O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi. Holbuki, 2000-yilda atigi 24 foiz aholi o‘zini shu toifaga mansub deb bilar edi. Shuni unutmaslik kerakki, o‘rta sinf ulushining yuqoriligi fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamini va asosi, davlatning barqarorligi va mustahkamligining, odamlarning o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchining muhim omili sifatida qabul qilinadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar yetakchi xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, xolisona baholanmoqda. 2012-yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining Farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir. Ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zgalar havas qiladigan o‘rinni mustahkam egallab turibdi.
130
Hech shubhasiz, xalqimizning tinimsiz mehnati, mardligi va matonati evaziga qo‘lga kiritgan bunday yutuqlardan va marralardan har qaysimiz g‘ururlanib, boshimizni baland ko‘tarib yashashga haqlimiz. Biz 2013-yilni yurtimizda “Obod turmush yili” deb e’lon qildik. Aholimizning tinch-omon hayotini ta’minlash, uning farovonligini oshirish, iqtisodiyotimizni izchil rivojlantirish, O‘zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va pozitsiyasini yuksaltirish, mintaqamizda