O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TIL VA ADABIYOT INSTITUTI
O'ZBEK TILINING
IZOHLI LUG'ATI
TO'RTINCHI jild
Tartibot — Shukr
"O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti
5 YA'^
TARTIBOT [a. oL-yjj «tartib» s. ko'pl] esk. kt. Tartib. Qo'shin tartiboti. mm \Bo-bomirza]
Oilaning.. aqlli kenjasi bo'lib, ota eshigidagi tartibotni uncha yoqtirmas. edi. I. Raxim,
Taqdir. Bu yerda sergaklik va g'ay-rat bilan qo'shin tartibotini kuzatib tur-di. Oybek,
Navoiy.
TARTIBSIZ 1 Ma'lum tartib, qonun-qoida talablariga javob bermaydigan; tar-tibga
solinmagan; betartib. Otabek uyga kirganda, yostiq betini tartibsiz socho'rim-lari bilan
chulg'atib, Kumush uxlar edi. A. Krdiriy, O'tgan kunlar. Katta uyda.. har xil asbob-idishlar
tartibsiz qalashib yotar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 O'zaro tartib bilan bog'lanmagan, no-izchil. Yormat hamma narsani, tartibsiz bo'l-sa ham,
lekin mufassal aytib berdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Uning tartibsiz fikr-lari muntazam
bir shaklga kirib, voyaga yetdi. M. Osim, Jayhun ustida bulutlar.
3 Intizomsiz, betartib. Tartibsiz bola. TARTIBSIZLANMOQ kam qo'll. Betar-
tib holga kelmoq, betartib bo'lmoq. Xayoli tartibsizlanib ketgan, bundan bir necha soat
oldingiga hech o'shamasdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
TARTIBSIZLIK 1 Tartibsizga xos xatti-harakat, xislat. Tartibsizlik qilmoq.
2 Tartibsiz xrlat. Tartibsizlikka qar-shi kurashmoq. sht Orada so'kish, tartibsiz-lik, janjal
qo'zg'aladi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TARXASH kam qo'll. Ujar, qaysar. Yog'du-larin to'kmaydi oy barkashda, Osmon bilan yer arazda —
tarxashda. E. Oxunova.
TARXASHLIK O'jarlik, qaysarlik, terslik. Tarxashlik qilmoq. mm Hadeganda ish yurishavermadi.
Mahkam Musaev buni Er-gashevning tarxashligidan bildi. I. Rahim, Zangori kema kapitani.
TARXON q. darxon.
TARQALMOQ 1 Bir o'rindan, bir to'p-dan turli tomonga qarab yo'nalmoq, ketmoq. Mexmonlar
tarqaldi. Qo'ylar har tomonga tarqaldi. mm Otabek eshikdan chiqqanda, Sodiqni ko'mib kelgan
kishilar qur'on o'qib, tarqalmoqda edilar. A. Qodiriy, Utgan kunlar.
2 Tevarak-atrofga yo'nalmoq; yoyilmoq, sochilmoq. Muattar hid butun uyga tar-qaldi. mm
Qamalgan tutun juda sekin tar-qalmoqda edi. Yo'lchi nafasini rostlash uchun eshikka chiqdi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Bular — bulutlar, E'zozxon! Shu bulutlar tunda yig'ilib, kunduz
tarqalib turibdi. H. G'ulom, Mash'al.
3 Joylarga, kishilar orasiga kirib bormoq. Faqat o'tgan asrning o'zidagina gripp epidemiyasi
to'qqiz marta tarqaldi. «Fan va turmush». Kana — planetamizda keng tar-qalgan jonivor. «Fan
va turmush». Ma'lum-ki, Eron va O'rta Osiyoda islomgacha asosan otashparastlik keng tarqalgan
edi. «UTA».
4 Kishilar qulog'iga yetib bormoq, shu tarzda ma'lum-mashhur bo'lmoq; yoyilmoq, bilinmoq. U
sarpolarning ovozasi.. butun Toshkentga bo'lmasa ham, shaharning yarmiga tarqalgan. Oybek,
Tanlangan asarlar. Bu xalqda keng tarqalgan ashula edi. A. Muxtor, Opa-singillar. Olmos
botirning dovrugi hamma yoqqa tarqalibdi. «Oltin beshik».
5 Urchimoq, urchib ko'paymoq. Bu jallod jo'ji-bo'ji tuxumidan tarqalganga o'xshay-di.. Oybek,
Navoiy.
6 ko'chma Arimoq, arib yo'q bo'lmoq; yo'-qolmoq, ketmoq. Karaxtligi tarqalmoq. Mastligi
tarqalmoq. mm Bosh ustida tu-tun tarqalar, go'yo tutun emas, asta-sekin hasrat tarqalar edi.
A. Muxtor, Opa-sin-gillar. Uyqusi butunlay tarqalib ketgach, o'zini juda tetik va bardam
sezdi. F. Musa-jonov, Himmat. La`lining jununi tarqal-gan bo'lsa ham, hali yaxshi sogayib
ketmagan. H. G'ulom, Mash'al.
TARQAMOQ ayn. tarqalmoq. Guldur etib bulut tarqab, Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. Hamza.
Nizomiddinov qancha o'ylamasin, o'yi-ning oxiri tutunga o'xshab tarqab ketaver-di. S. Ahmad,
Hukm. Gohi oqshom bog'lar ora-lab, Dardlashgali kelar cho'poni. Orom gul-shaniga o'ralar Bir dam
tarqar dardi-armoni. T. To'la. To'y tarqaganda, bir to'da qiz, yigitlar kelin va kuyovni
kuzatib, mashi-nalarda Norqo'zinikiga ketishdi. H. G'ulom, Senga intilaman.
TARQATMOQ1 Tarqamoq fl. ort. n. Xush-bo'y hid tarqatmoq. Yoqishi sado tarqat-moq. Xabar
tarqatmoq.
2 Ega-egalariga yetkazib bermoq, ulash-moq. Gazeta tarqatmoq. mm Aravakash eshik-ma-eshik yurib,
moli olinganning molini, g'allasi olinganning gallasini egalariga tar-qatib chiqdi. P.
Tursun, O'qituvchi. ..har kuni uch-to'rt mahal tayyor ovqatlarni palata-ma-ps`shta yurib
tarqatadi. Gazetadan.
TARQOQ 1 Bir yerga g'uj bo'lib to'plan-magan, bir-biridan uzoq joylashgan. Tar-qoq uylar.
Tarqoq soch. Tarqoq elemeshplar (kim.). mm U[Sohib\ lapanglabo'rnidan tur-di, uyushgan
tizzalarini uqaladi, tarqoq k,og'oz,shrini Sshg'ishtirib, yana o'rniga o'tirdi. Oybek, Navoiy. Bir
guruh yuqori kurs stu-dentlari turadigan bu uyda, xons`shr kam va tarqoq bo'lgani uchun,
vaxtyor o'tirmas, har xonaning kaliti ma'lum bir joyga yashirib ketilardi. P. Qodirov, Uch
ildiz.
2 Yaxshi uyushmagan, birlashmagan; paro-kanda. Vaholonki, bizda mavjud bo'lgan agro-kimyoxizmati
laboratoriyalari.. tarqoq hol-da ish ko'rib kelmoqda. Gazetadan.
3 ko'chma Tarqalgan, sochilgan, parishon. Tarqoq fikrlar. mm Qiz sochiday xayoli shar-qoq, Tosh
ustida o'y surar cho'pon. T. To'la.
TARQOQLIK Tarqoq holatga egalik, tarqoq holatda bo'lish. Fikrning tarqoqli-gi. G'oyaviy
tarqoqlik. mm Ziyofat asnosida ittifoqning foydalari, tarqoqlikning za-rarlari so'zlandi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
TARG'IB
ni kuchaytirish; rag'batlantirish]: targ'ib qilmoq (yoki etmoq) 1) chuqur tushuntirish yo'li bilan
biror g'oya, ta'limot va sh.k. ni yoymoq. kishilarning ongiga singdirmoq; shunga undamoq. O'zbek
adabiyoti yutuq.shri-ni.. targ'ib qilishda A. Hayitmetov katta hissa qo'shmoqda. «O'TA»; 2)
tushuntirish yo'li bilan biror ishga chaqirmoq. da'vat etmoq. ..paranji taiiashni targ'ib qtgan,
airim-larning boshidan chachvonini olib, o'tga uloq-tirgan ekan. J. Abdullaxonov. Xonadon.
TARG'IBOT \a. oL^i.jZ - «targ'ib» s. ko'pl] Biror g'oya. ta'limot va sh.k. ni yoyish-ga, kishilar
ongiga singdirishga qaratil-gan ishlar, targ'ib ishlari. Men targ'ibo-tingga muhtoj emasman. SH.
Rashidov. Bo'-rondan kuchli. Omma orasida huquq targ'ibo-ti muhim rol` o'ynaydi. Gazetadan.
Ko'rgazma-li targ'ibotga qaraganda, ishar joyidaga o'xshaydi. S. Karomatov, So'nggi barxan.
TARG'IBOTCHI Targ'ibot ishlari olib boruvchi shaxs. Muzayyana opashz —xalq ijo-dining chinakam
muhibasi. tolmas targ'i-botchisi. Gazetadan.
TARG'IBOTCHILIK Targ'ibot olib bo-rish, targ'ibot ishi. Targ'ibotchishk mahora-ti. mm Boshqarmada
g'ayrat ko'rsatib ish-layotgan yosh bunyodkorlar T. Ortiqovning targ'ibotchilik faoliyatidan
bahramand bo'-lshiyapti. Gazetadan.
TARG'IL 1 Sarg'ish va qoramtir yo'lli: shu tusdagi sigir, buzoq va sh. k. Targ'il bu-zoq. Sigir
olsang, tanib ol, taniy olmasang, targ'il ol. Maqol. mm Sutchi ota targ'i.\ni ko'rishlari btan
silab-siypab, u yoq-bu yog'i-dan uch-to'rt kana olib tashadilar. A. Mnr-ahmedov, Kulgan
chechaklar.
2 snt. Naqqoshlikda: naqsh mujassamo-tidagi gul va barglarni rangli chizi^lar yordamida
tasvirlashdan iborat pardoz turi.
TARH I [a. J-^JO — olish, olib tashlash: ayirish] esk. ayn. oluv 2. O'ndan uchni tarh qilsa,
yetti qoladi.
TARH II [a. j-jJa - qurilish, imorat. bog'ning bichimi, loyihasi] 1 Chizma lavha: loyiha,
reja. Qog'ozdagi shakl — binoning tarhi edi. Oybek, Navoiy. Mavlono Faz-liddin mana shu
shaharda qurmoqchi bo'lgan madrasa va saroy tarhini Xonzoda begimga ko'rsatib, uning maqtovini
eshitgan yorug kunlarini esladi-yu, yuragini armon g'ijimlab o'tdi. P. Krdirov, Yulduzli tunlar.
..yozgi xo'jaligining bor tarhigacha eslab qolgandi. N. Norqobilov, Bekatdagi oquycha.
2 ko'chma Tuzilish, bichim. Qizning tarhi toza gul yanglig', Javdirabon boqar shaxlo ko'z. M. Ali,
Boqiy dunyo.
TASAVVUR \a. jjj ~" — o'ylash, xayol qi-lish, ko'z oldiga keltirish; o'ylab zehnda gavdalantirish]
1 Narsa, hodisa va sh.k. haqida kishi ongi-xayolidagi ma'lumot, bilim, tushuncha. Lekin
tasavvurim, bari bir, yuzaki edi. «Yoshlik». Leytenant, Sultonov-ning batafsil hikoyasini
eshitib, aniq ta-savvurga kelgan bo'lsa ham, o'sha joyni o'z ko'-zi bilan ko'rishi kerak edi. O'.
Umarbekov, Yoz yomg'iri. To'g'ri, ko'rmay turib yozilgan asarlar adabiyotimizda ko'p. Buning uchun
avval bilim, mahorat, o'tkir tasavvur kerak. N. Fozilov, Diydor. Hshigacha biz — studentlar
klassik adabiyot namoyandssharidan birontasishtg hayo-ti va ijodi haqida mukammal tasavvurga
ega emasmiz. D. Nuriy, Osmon ustuni.
2 Shunday ma'lumot, tushuncha, bilim shakllanishining manbai sifatidagi ong, xayol. Kecha yig'lab,
ko'ksiga bosh qo'ygan Charos yana tasavvurida jonlandi-yu, lablarini qi-sib.. stul suyanchig'iga
yelkasini tashladi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Fotoap-parat bir lahzada kishi tasvirini
qanday ilib qolsa, uning tasavvuri ham qizning o'sha qiyofasini shunday eslab qolgan edi. O'.
Ho-shimov, Qalbingga quloqsol. ..eski yilning g'oyat katta xizmatlarini bir-bir tasav-vurdan
o'tkazishga odashanganmiz. Gazetadan.
Tasavvur qilmoq (yoki etmoq) 1) xayolda tiklamoq, gavdalantirmoq. \Yodgorni] Qorga yiqilib
yotgancha, boshini ko'tarib turgan alamli chehrasini tasavvur qiladi. O'. Hoshimov, Qalbingga
quloq sol. Hamon sog'inch o'rtaydi. Zumradni harir ko'ylakda.. bag'rida to'lg'anib turgan holida
tasavvur qiladi. S. Siyoev, Otliqayol. Mahkam Gavhar bilan uchrashishini tasavvur etganda,
sov-qotib, gulxanni ko'z oldiga keltirgan kishi-day, yuragi bir orziqdi. P. Qodirov, Uch il-
diz; 2) idrok qilmoq. Zamira ham hali mu¬habbat nimaligini yaxshi tasavvur etmasdi. P.
Qodirov, Uch ildiz. Nahotki boshqarma besh iil, uch yil, boringki, ikki yildan keyin
bajaradigan zarur ishlarni tasavvur qi-lolmasa?! «O'zbekiston quriqlari».
3 fls, ncxji. Idrok qilingan, his etil-gan narsa yoki hodisaning kishi ongida aks etishi,
gavdalanishi. Tasavvur jariyoni.
TASAVVUF [a. -jundan qilin-
gan kiyim, po'stin kiyish; sufiylik] Islomda insonning ruhiy dunyosi to'g-risidagi, uni ruhiy
va axloqiy jihatdan komillik sari yo'llovchi ta'limot, diniy e'tiqol; sufiylik. Bundan ming
yil muqad-dam, o'ninchi asrda Bag'dod shahrida dorga tortilgan tasavvufning ilk rahnamolari-
dan Mansur Hallojning «Analhaq» degan so'zi mashhuri jahon bo'lgan. K. Yashin, Hamza.
TASADDUQ [a. j,i - sadaqa qilish, sadaqa (xayr yo'li bilan biror narsa be-rish)] 1 Sadaqa;
qurbon, fido. Qaniki to-pilsa yorim, Tasadduqdir harna borim. «Rav-shan».
2 und.s. Sadaqa bo'lay, o'rgilay. Hamma-sini kiyib, zebu ziynap`shrni taqib olib-siz-ku,
tasadduq. K. Yashin, Hamza. Hozir, tasadduq!Hozir, bolam.. S. Nurov, Narvon.
3 und. s. Tahsin, ofarin, tasanno. Seni tuqqan onangga ming tasadduq, Qay yigit-ning
sendek baxtiyori bor! YO. Mirzo. Paxta-sini bayroq qilgan Paxtakorga tasadduq. N.
Narzullaev.
Jonim tasadduq Jonim sadaqa, qurbon bo'lay, jonim fido bo'lsin. Jonim tasadduq senga,
nigorim. Hamza. Jonim tasadduq bo'lsin u kishiga. Oybek, Navoiy. Tasadduq bo'lay (yoki ketay)
ayn. jonim tasadduq. [Xolmat:] Qayoqqa qarasam, hur bilan g'ilmon quchaman-a! Tasaddug'ing
ketay! Hamza, Boy ila xiz-matchi. Tasadduq bo'lmoq Aylanib o'rgilmoq. Onang bo'yginangga
tasadduq bo'lib, Otang maqtanadi: tayanchim, ko'rkim. F. G'ulom.
TASADDUQOT esk. kt. Qurbon; qurbon-lar. Buyrug'ingizga muvofiq dehqonlar haz-ratning
sog'lshashri uchun tasadduqot qilip-ti. S. Ayniy, Doxunda.
TASALLI [a. I-' — tinchlantirish, yupatish; xushnudlik, xotirjamlik] Yupan-tiruvchi, taskin
beruvchi gap-so'z, xatti-ha-rakat va sh.k. Yengil esgan shabadadanmi yobri-gadirning tasallisi
kor qildimi, har qalay, raisning chehrasi bir oz yorishdi. X. Ergashev,
Tadbirkor rais. Men haqiqiy qishloq oq-soqollarining so'zini eshitdim. Mening uchun yurak amri
bilan aitilgan bu so'zlar tasal-li edi. N. Safarov, Olovli izlar.
Tasalli bermoq Yupatuvchi gap-so'z ayt-moq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo'llar bilan
yupantirmoq, taskin bermoq. Shu top-da.. yigitchaga nimadir deb tasalli bergisi keldi-yu, so'z
topolmadi. U. Hoshimov. Qal-bingga quloq sol. Omon unga yaqinlashdi. yel-kasiga qo'lini tashlab,
tasalli berdi. S. Ka-romatov, Oltin qum. Tasalli topmoq k\ng-li tinchlanmoq, taskin topmoq.
Shu gapni aytsa, ko'ngli allaqanday tasalli topardi. III Xolmirzaev, Og'irtosh ko'chsa. Iigit
she'r yozib, o'zini bir yaproqqa, qizni bir tomchiga o'xshatib, ko'ngli ancha-muncha tasalli topadi.
P. Qodirov, Uch ildiz.
TASALLO \a. CH—z] kam qo'tl. ayn. tasalli. Sen uning tushiga kirib, Tasallo berolsang, caodam
axir. A. Oripov.
TASANNO \a. — maqtash, ko'klarga ko'tarish; minnatdorchilik bildirish] pozt. 1 Madh, maqtov;
olqish. Tasanno aytmoq (demoq, o'qimoq). sht Boyatdan beri tantiq-liklaridan ichida kulib
kelayotgan Hafizi o'zgardi, u Shahnozaxon opaga jilmayib boq-di — bu uning tasannosi edi.
Mirmuhsin. Umid. Oybek adabiyotimiz shuhratini.. dunyo-ning ancha mamlakatlariga yoyishda juda
katta tahsin va tasannoga loyiq ish qildi. V. Zohidov, Mo''jizakor.
2 und. s. Qoyil, ofarin; tahsin. Taqsir.. yerning tagida ilon qimirlaganini bilasiz-a.
Tasanno! SH. Toshmatov, Erk qushi. Den-gizlar ortidan kelar aks sado, Yer yuzi yoshlari deydi:
Tasanno.'R. Bobojon.
TASARRUF \a. ^au^ — o'z ixtiyoriga olish, egalik qilish; mustaqil harakat qilish; o'zboshimchalik]
kt. Foydalanish, egalik huquqi, ixtiyori; egalik, xo'jayin-lik. Xususiy tasarruf. Bu yer-
suvlar qadim-dan boyning tasarrufida edi. sht Otasi esa, Bobomirzani o'zining ko'z qorachig'i
deb bilar, shu sababdan katta ro'zg'orni boshqarishni, yer-suv, mol-dunyo tasarrufini shuning
qo'liga tashlab ketish niyatida yurardi. I. Rahim, Taqdir.
Tasarruf qilmoq (yoki etmoq) Egalik qil-moq. Mening butun xo'jaligimni tasarruf qilishga
undan boshqa kishining haddi yo'q. F. G'ulom, Tirilgan murda. ..Fotih Iskandar butun yer yuzini
tasarruf etib sh ko'ngli zarracha shod bo'lmagach, onasiga shunday maktub yozgan.. Gazetadan.
TASARRUFOT \a. ^Li>^ - -tasarruf» s. ko'pl.] kam qo'll. ayn. tasarruf. Tor ora-liqlaridagi
katta yo'l. bekatlardan mop-mud ilon izi so'qmoqlargacha.. har bir qoya tosh-dan tortib
buloqlargacha — barini inson o'z tasarrufotiga olibgina qolchabdi. Ularning har qaysisiga
yarashiq nom qo'yibdi.. H. Nazir. Maftuningman. Ozarbayjon.
TASBEH [a. - ; ¦ - maqtash. vasf etish: maqtab ko'kka ko'tarish] Xudoning nomini zikr etib
sanaladigan munchoq shodasi. Sa-daf tasbeh. Tasbeh o'girmoq (ag'darmoq). mm Mirzakarimboy..
gazlamaga suyanib, tasbeh donalarini barmoqlari orasidan bitta-bitta o'tkazib, chordana qurib
o'tirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.. Pirim oppoq tong otguncha tasbeh o'girib. qur'on
tilovat qmshdilar. S. Ahmal. H\km. Bir soatdan beri joynamozdan qo'zg'almay. tasbeh ag'darib
o'tirgan Oysha buvi To'ybekani boshdan-oyoq kuzatib, yana ishiga mashg'ul bo'ldi. A. Qo-diriy, O'tgan
kunlar.
TASVIR[ y. suratini olish, su-
ratlash; tavsiflash! 1 Biror narsaning o'yma, quyma yoki chizma shakli; rasm, surat. Grafik
tasvir. tsh Hirotda jangnomalar ichiga surat chizish odat tusiga kirgan, mavlono Behzod chizgan
Ashsher Navoiy va Husayn Boyqaro tasvirlari rasmiy doi-ralarda shuhrat topgan edi. P.
Qodirov, Yulduzli tunlar. Bu daftarda Buxorodagi bir necha madrasalarning ham tasviri bor..
Mirmuxsin, Me'mor. Lola yanglig orazingni men ko'rib tasvirda, Mubtayu bo'lmoqlig'im yozmish ekan
taqdirda. Hamza.
2 Narsa, voqea-hodisa va sh.k. ning ba-diiy ifodasi, tavsifi. «Boburnoma»ni va-raqlar
ekansiz, o'rni-o'rni bilan tabiat manzaralari chizilgan lavhalarga, tabiiy hodisalir
tasviriga duch kelasiz. «Fan va turmush».
TASVIRII [ Q. ^^j tasvirlash, yaq-qol ko'rsatishga oid] 1 Tasvirga oid, badi-iy tasvir
shaklidagi. Tasviriy ibora. Tas-viriy hikoya. mm Toshkent san`at muzeiida tasviriy san'at
ko'rgazmasi ochildi. Gaze-tadan.
2 Bayon, tavsif shaklidagi.
TASVIRIYLIK Tasviriy bo'lish, tas-vir shakliga egalik. Ifodaning tasviriy-ligi. mm Badiiy
adabiyot tilining eng kat-ta xususiyatlaridan biri uning tasviriy-ligidir. «Adabiyot
nazariyasi». Demak, badi-iy adabiyotning o'ziga xosligi yuzasidan bahs ochganda.. tasvir va
tasviriylik, majoz va majoziylik haqida gapirish o'rinlidir. G'. Salomov, Tarjima nazariyasiga
kirish.
TASVIRLAMOQ 1 Suratini, rasmini chizmoq, tasvir etmoq. Dengizni tasvirla-moq. mm Janob
Ahmadbek, kamina bog'larning suratini chizganda, bir chetida bog'bonni ham tasvirlashim mumkin.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 Badiiy obrazlarda ko'rsatib bermoq, tasvirini bermoq, bayon etmoq. Xalq hayoti-ni g'oyatda
teran tasvirlay bilish muallif-dan katta iste'dod talab etadi. Gazetadan. Qo'sh belbog'
chapanichasiga past bog'langan, yurishi ham oliftalarga taqlidni ko'rsatar; uning butun qomati,
hamma harakatlari o'ziga zeb bergan, maqtanchoq kambag'alni tas-virlar edi. Oybek, Tanlangan
asarlar. ..yozuvchi o'zi tasvirlayotgan voqeaga qattiq ishoni-shi kerak. S. Karomatov, Oltin
qum.
TASVIRLI 1 Tasvirga ega. ..o'tkir tas-virli va kuchli ta'sirli asarlarida Navoiy motivlari
seziladi. «O'TA».
TASDIQ [a. z_.l~~ — imon, ishonch; mus-tahkamlash, isbotlash, asoslash] 1 Biror narsaning
haqligi, to'g'riligi yoki ma'qul-ligini tan oluvchi so'z, imo-ishora kabilar; ma'qullash, to'g'ri
deb bilish. Akbarov unga tasdiq ma'nosida bosh irg'ab, Mahkamga ga-pirishda davom etdi. P.
Qodirov, Uch ildiz. Usta Olim tasdiq ishorasini berib: -So'z-lay beringiz! — dedi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Bolalardan tasdiq javobini olgach, po'pisa qildi.. S. Karomatov,
Oltin qum.
2 To'g'ri, haqiqat ekanlikni qayd etuvchi narsa, fakt; isbot. ..xalq demokratiyasi mam-
lakatlari bilan do'stlik, hamkorlik mus-tahkamlanganligi baynalmilalchilik g'oya-larining
amaliy tasdig'idir. Gazetadan.
3 Ma'qullanganlik haqidagi rasmiy qayd, qaror. Loyihani tasdiqdan o'tkazmoq. mm Mana bu —
bo'limning butun tasdiq-lardan o'tgan tematik plani. S. Karomatov, Oltin qum.
4 Inkorga zid mazmunli. Tasdiq gap. mm Kesimi inkor shaklida bo'lib, tarkibida qan-doq,
nima, ozmuncha so'zlari ishtirok etgan gaplar tasdiq fikrni ifodalaydi. «UTA».
Tasdiq qilmoq (yoki etmoq) ayn. tasdiq-lamoq. Hakimboyvachcha iljayib qarab, uning so'zini bosh
qimirlatish bilan tasdiq qildi. Oybek, Tanlangan asarlar. ..bizga faqat ishning o'naqayini
topib, xondan tasdiq ettirishgina qoldi. A. Qodiriy, Utgan kunlar.
TASDIKLAMOQ 1 Qaror bilan yoki qo'l qo'yib, muhr bosib, qonuniy kuchga ki-ritmoq, tasdiq
qilmoq. Hukumat loyihani tasdiqladi. Direktor shartnomani tas-diqladi. Kotiba imzoni
tasdiqladi. mm Buyruqni dastlab boshqarma, so'ngra mi-nistrlik biron-bir e'tirozsiz
tasdiqladi. «Yoshlik». ..rektorat ham uning ikkita imtihondan «qarzi» borligini hisobga
olib, bu qarorni tasdiqlagandi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Biror ish, harakat, g'oya va sh.k. ni to'g'-ri deb topmoq, ma'qullamok, tasdiq etmoq. -Ota,
bular cho'pon emas! — dedi Badia. Bu gapni Zulfiqor ham, Zavrak ham tasdiqladi. Mirmuhsin,
Me'mor. -Ha, barakalla, — Qud-rat kallasini tebratib tasdiqladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.
o.
3 To'g'riligidan dalolat bermoq, isbot-lamoq. Bu fakt fikrimizni tasdiqlaydi. mm -Materialni
tasdiqlovchi hujjatlaringiz bormi? — debso'radi. «Mushtum». Uningfikr-lari haqligini
hujjatlar tasdiqlab tu-ribdi. Gazetadan.
TASIRA-TUSUR ayn. tasir-tusur. Ta-sira-mycyp o'q ovozi. mm Tasira-tusur o'q otilar Tol-terak
va tosh orqasidan! H. Po'lat.
TASIRLAMOQ «Tasir-tusur» tovush chiqarmoq. Uzoqdan zambaraklar hayqirig'i, snaryadlarning
portlashi eshitilmoqda. Al-laqaerda pulemyotlar tasirlamoqda. I. Ra-him, Chin muhabbat.
TASIR-TUSUR taql. s. Ketma-ket tak-rorlanuvchi «tasir» va shunga yaqin tovush-ni bildiradi.
Orqada ot tuyoqlarining ta-sir-tusuri eshitildi. S. Anorboev, Oqsoy. Daydi shamol.. otilib
turgan o'qlarning ta-sir-tusur ovozini olib keladi. M. Muhame-dov, Qahramon izidan.
TASKIN [a. j:< -' — tinchlantirish, yupatish, ovutish; yumshatish] Yupatuvchi narsa, ran, ish-harakat
va sh.k.; tasalli, yupanch. Bu nafosat dargohi {Muqimiy te-atri\ o'sha og'ir jang va kurash
yillari.. beorom ko'ngsh`shrga taskin, yoshli ko'elarga nur baxsh etgan. A. Yusupov, Jilokor
qo'llar. Yuragim ranjigan boladay Na ermak, tas-kinga ko'nadi. SH. Rahmon, Yurak qirralari.
Taskin bermoq Yupatuvchi gap-so'z aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo'l bilan yupantirishga,
tinchitishga harakat qilmoq. - Tashvish tortma, oshna, — dedi Omontoy do'stiga taskin berib, —
agar Sanobarni Samarqandga chaqirib qoladigan bo'lishsa, senga ham biron chora toparmiz. K.
Yashin, Hamza. Taskin topmoq Taskin beruvchi nar-salar ta'sirida tinchlanmoq. Qanday gap
aytsa, Ikromjon amakining ko'ngli taskin toparkin?S. Ahmad, Ufq. Nafisaxon qizini ko'rmagan
bo'lsa ham, kampirning gaplaridan haqiqatni anglab, yuragi taskin topdi. Mirmuhsin, Umid.
..oriqlab, sarg'ayib ket-gan yuziga rang kirib qolganini ko'rib tas-kin topdi. J. Sharipov,
Xorazm.
TASLIM \a. \ „.' — salomlashish; yon berish; topshirish; dushmandan yengilish| Kurashda, jang,
tortishuv va sh. k. da yen-gilib, qarshilikni to'xtatish, mag'lubiyat-ni tan olish. Taslim bilmas
qo'shinim ana mening, G'azabi bor bir dunyo — otashga teng. H. Olimjon. Uzini ishq azoblarini
yengishga, maqsadga yetishga qodir deb bilgan odam taslimni tan olmaydi. A. Obidjon, Akang
qarag'ay Gulmat.
Taslim bo'lmoq I) jangda, kurashda, tor-tishuvda yengilib, qarshilikni to'xtatmoq. Dushman taslim
bo'ldi. tsh Qurshovda qolgan nemislarni taslim bo'lishga chaqirdik. N. Safarov, Olovli izlar.
Jahl otiga mingan xon behuda urindi, qiz taslim bo'lmadi. J. Sharipov, Xorazm. Bo'taboy
askiyadan yen-gilib, taslim bo'ldim, degandek ikki qo'lini ko'tardi. S. Ahmad, Hukm; 2)
qarshilikni to'xtatmoq; bo'ysunmoq. Muncha ming yosh-yalang keladi-yu, cho'l darrov taslim bo'ladi-
qo'yadi-mi? R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Taslim qilmoq (yoki etmoq) I) dushman yoki raqib
ustidan g'olib kelmoq; yengmoq. Dushmanni taslim qilmoq. mm Tojiali Boboev Berlin-ni bosib
olish, gitlerchilarni taslim etish uchun munosib hissa qo'shdi. T. Rustamov, Mangu jasorat; 2)
bellashuv, bahs kabilarda us-tun kelmoq, mag'lub qilmoq, yengmoq. Raqi-bini taslim qilmoq.
Jon taslim qilmoq Jon bermoq. joni uzilmoq; o'lmoq. Uning jon tasshm qshganiga ishonch hosil
qilgach, xonga qarabi. S. Snyoev. Yorug'lik.
TASLIMCHI 1 G'olibtomon shartlarmga ko'nib, qarshilik ko'rsatishni to'xtatuvchi, taslim bo'luvchi.
2 ko'chma Qarshiliklar, to'siqlar. qinin-chili`slar oldida orqaga chekinuvchi. o'zining kuchsiz,
ilojsiz ekanini tan oluvchi. Tas-limchilarga qarshi kurashmoq.
TASLIMCHILIK Taslimchiga xos ish tutish, taslim bo'lish siyosati.
TASMA 1 Uzun, ensiz teri. Botir ars-lonni o'ldirib, terisidan bir tasma oldi. «Ertaklar».
2 Shunday ko'rinishda bo'lgan, bog'lash. biriktirish va sh.k. uchun ishlatiladigan. teri yoki pishiq
matodan yasalgan ensiz buyum; qayish, kamar. Yugan tasmasi. Mil-tiq tasmasi. sht Boboqul ota
qo'zichoqning qo'ltig'idan brezent tasma tortardi-da, kichkinagina tarozining ilgagiga ilib
ko'-tarardi. S. Anorboev, Oqsoy. Keyin qizil dastali ustarani tasmaga shart-shart qay-rab,
chamadonga joylashtirdi. «Guldasta». Boshliq oriq, cho'zinchoq yuzli, bir ko'zi ingichka tasma
bilan boylangan novcha kishi edi. S. Ahmad, Hukm.
3 Ba'zi bir mexanizmlar yoki transport moslamalarining to'xtovsiz harakatlanishi va b. vazifa
uchun qo'llanadigan, charm yoki boshqa pishiq to'qimadan ishlangan uzun buyum; lenta. Ventilyatsiya
tasmasi. mm Yaqin kelgusida hozirgidan uch baravar ko'pga chi-daydigan kapron tasma ishlab
chiqarish yo'lga qo'yiladi. S. Abdullaev, Gazlamaning «umri». Shpindellarni harakatga
keltiruvchi tasma, ventilyatorlarning shkivlari shu vaqtgacha o'rnatilmabdi. Gazetadan.
4 ko'chma. Lenta. Bir dam olish kuni Tosh-kent radiosiban ikkita muxbir kelib, so'zi-mizni
magnit tasmasiga yozib oldi. T. Rasu-lov, Sarbon.
TASMADAY, -dek 1 Tasmaga o'xshash. tas-ma kabi. Ko'klam yomg'iri qorni eritgan, fa-qat olis-
olislarda, tog' yonbag'irlarida qir suvi oq tasmaday milt-milt jildirab tushmoqda. H. Nazir,
Bir tup g'o'za. Osmonba oppoq bulutlardan uzilib tushgan ipak tasmadek mezon to'rlari suzadi.
S. Nurov.
Narvon. ..tasmadek uzala ketgan yo'lga qaradi. Shuhrat, Shinelli yillar.
2 ko'chma Xipcha va xushbichim (asosan kim-sa haqida). [Oysha:] Hoy, Komiljon, xoti-ning
tasmadekkina ekan. Ilohim, qo'sha qa-ringlar. O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam —
dilim.
TASNIF [a.. a/. — tanlab olish; tur-larga ajratish] Narsa va hodisalarni ular-ning o'ziga xos
belgi, xususiyatlariga qarab tur, turkum va sh.k. ga ajratish. O'zbek tili shevalarining
tasnifi. mm O'zbekiston to-ponimlarining leksik-semantik tasnifida terminologik bir xillik
yo'q. «UTA».
Tasnif qilmoq (yoki etmoq) Ma'lum bel-gi-xususiyatlari asosida tur, turkumlarga ajratmoq,
tur, turkumlarini belgilamoq. Imloviy printsiplar, ularni belgilash va tasnif qilish yuzasidan
aytilgan nuqtai nazarlar o'zaro turli tafovutlarga ega. E. Begmatov, Uzbek imlosi. So'z
san'ati asar-larini tur va janrlarga tasnif etish tarixi juda qadim zamonlardan boshlana-di.
«Adabiyot nazariyasi».
TASNIFLAMOQ Tasnif qilmoq. Tur-kiy tillarni tasniflamoq.
TASODIF [a. . '«¦>! — bir-biriga to'g'-ri (duch) kelish; bir-biriga mos kelish; bir xillik] 1
Favqulodda, kutilmagan hol, voqea, hodisa. Baxtli tasodif. Ko'ngilsiz tasodif. Har qanday
tasodifga tayyor turmoq. mm Tasodifdan xursandman behad, Duchor qildi baxtga bir safar.
Shukrullo, Javohirlar sandig'i. Tasodifni qarangki, Muhiddin Soliyaxonga duch kelib qoldi. R.
Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Hikoya alohida shaxslarning yaxshiligi yo yomonligi haqida, yo
bo'lmasa, turmushdagi biror tasodif ustida yozilmaydi. A. Qahhor, Sarob.
2 fls. Narsa va hodisalarning ichki tabiati bilan bog'liqbo'lmagan, undan tash-qarida, yuzaki
va ikkinchi darajali, yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo'lgan voqea-hodisani
ifodalovchi fal-safiy tushuncha. Zaruriyat va tasodif.
TASODIFAN rvsh. Kutilmagan holda, birdan, qo'qqisdan, tasodifiy ravishda. Tasodifan uchrashmoq.
mm Ra'no, qulog'i osshiga tekkan issiqlikdan cho'chib, yuzini o'nglagan edi, tasodifan labi
haligi is-siqlikka uchrashdi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. «Dadasi qaytib kelsa, Nigorani
ta¬nirmikin?» — tasodifan tushlgan bu so'roq Nigorani hayajonga soldi. S. Anorboev, Oqsoy.
TASODIFIY Tasodif tarzidagi, ta-sodif holidagi; kutilmagan; favqulodda. Tasodifiy voqea.
Tasodifiy uchrashuv. mm Tasodifiy hodisalarda qashtiq yarador bo'lganlarga tez yordam berish
menga ma'qul bo'ldi. Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi. Bu urush tasodifiy emas, albatta, bu
voqe-lik osmondan tushgani yo'q. I. Rahim, Chin muxabbat.
TASQARA [a. - lochin, qirg'iy] 1 zool. Yirtqichlar turkumining qarchig'aylar oi-lasiga mansub
o'laksaxo'r qush. Uning usti-dan qora hoshiyali malla qanotlarini asta yelpitib, kattakon
tasqara uchib o'tdi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 ko'chma Ko'rinishi yoqimsiz, turqi so-vuq; beo'xshov, xunuk. Nahotki keksalarni hurmat
qilmaydigan, betayin ba'zi tasqara-lar o'z ishini ma'qul qilib yura bersa. Mir-muhsin, Bir
xumcha tilla. Uying kuygur tas-qara mirshablar izingga tushib quvladimi? Oybek, Tanlangan
asarlar.
TATABBU [a. - biror narsaning ke-tidan tushish, ergashib, izidan borib tek-shirish; ta'qib
qilish] esk. kt. Tekshirish, o'rganish; tadqiqot, taxdil. Ilmiy tatab-bu. mm Boyqaro o'z
g'azalini jamiki shoir-larga tatabbu uchun berdi. Oybek, Navoiy. Ilmni xalqqa beringiz,
tatabbu va tafak-kur bilan ilmni kengaytirmoqqa harakat qi-lingiz. Oybek, Navoiy.
TATALAMOQ 1 Tirnamoq, timdalamoq. It yerni tataladi. mm Adolat bir joyni panjasi bilan
tataladi, ketmonda kovla-di, ammo buloq ko'zini topa olmadi. I. Ra-him, Chin muhabbat.
Chiroqni yoqmoqchi bo'l-ganida, eshikni birov, xuddi mushuk tata-laganday, taqirlatdi. A.
Qahxrr, Sarob.
2 ko'chma Kovlashtirmoq, titmoq, titki-lamoq. Ish davomida unda-bunda begona so'z-larni eshitib,
keyin esa kitob tatalab, inglizchani bir oz bilib oldim. «Guldasta».
3 ko'chma Betinch bo'lmoq (qilmoq), g'ash qilmoq, tirnamoq (ko'ngilni, dilni). Xa-votirlik
yuragini tataladi. mm Nevarasi-dan bezovta bo'lib, yuragi tatalab keta-yotganini, ota-onasiga
qanday xabar berish-ni bilmay yig'lardi. Mirmuhsin, Umid.
4 ko'chma. c. m. Urinib-surinmoq, tirish-moq. Munavvar ruschaga u qadar usta bo'lma-sa ham,
uyalib qolmaslik uchun tatalab, ma'-nosini tushunishga harakat qilar edi. S. Anorboev, Mehr.
Qorni tatalamoq Qorni juda ochmoq, ochlikdan betoqat bo'la boshlamoq. Qudrat, qorni tatalab
ketganidan, hovli burchagi-dagi yangi o'choqqa osig'liq dekcha qopqog'ini ochib ko'rdi: dekcha bo'sh
edi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
TATAMI [yap. - poxol bo'yra, bordon] sprt. Dzyudo kurashi uchun mo'ljallangan tarang. elastik
gilam. Dunyoning eng dongdor sportchyuari bilan tatamiga chiqqan vakil-larimiz o'zlarining
nimalarga qodir ekan-liklarini namoyish eta olishdi. Gazetadan.
TATAR 1 Tatariston Respublikasi aso-siy aholisini tashkil etuvchi xalqning nomi. Tatar
xalqi. Tatar millati.
2 Shu xalq, millatga oid, tegishli, man-sub. Tatar tili. Tatar yigit. mm -Buldi, bor indi
palatangga, — dedi tatar xotin. E. Raimov, Ajab qishloq. Utatar artist-kani tanib qolgan
edi. K. Yashin, Hamza. ..Abdulla O'razaev tatar adabiy muhitiga yaqinlashadi. X. Yodgorov, Xayot
to'lqinlari.
TATARLAR 1 Tatariston Respublika-sining asosiy aholisini tashkil etuvchi, turkiy tilda
so'zlashuvchi xalq.
2 Volgabo'yi, Sibir` va Qrimda yashovchi, turkiy tillarda so'zlashuvchi bir qancha elatlarning
umumiy atamasi.
TATARCHA 1 Tatar millatiga, tili, ada-biyoti va madaniyatiga oid. Tatarcha qo'shiq. Tatarcha
do'ppi.
2 Tatar tili. Tatarchani o'rganmoq. Ta-tarcha gaplashmoq.
TATBIQ [a. j)., U~ — qo'llash; ishlatish, ishga solish; amaliyot] Amalda ishlatish, qo'llash. Yadro
energiyasining tinch maqsadlar uchun tatbiqi. sht Bu usulning tatbiqi mumkinligiga va g'oyat
foydaliligiga muta-xassislar iqror edilar. Oybek, O.v. shaba-dalar.
Tatbiq qilmoq (yoki etmoq) Ishlatmoq, qo'llamoq, ishga solmoq. Hozir aspirantu-raga kirish uchun
hech bo'lmaganda ikki yil ishlab, institutda olgan ta'limni hayotga tatbiq qilish kerak. S.
Zunnunova, Ko'k chiroqlar. Urf-odat masalasi — turmushga tatbiq etib boriladigan masala. N.
Safa-rov, Olovli izlar.
TATBIQIY Amalda tatbiq etiladigan. qo'llanadigan. Tatbiqiy mexanika.
TATIM I 1 Ravoch urug'i (dori tayyorlash uchun ishlatiladi).
2 shv. totim.
TATIM II Ta'sir etish quvvatm: ta'm. maza. O'z yurtingda pishgan nonga nima yetsin'. Ta'mi ham,
tatimi ham boshqa. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o.
TATIMLI 1 Yaxshi ta'm beradigan: ma-zali, ta'mli, totli. Tatimli ovqat.
2 Tatimi yaxshi, yaxshi tatiyligan. Ta-timli choy.
TATIMOQ 1 ayn. totmoq. Ovqatning tu-zini tatimoq. Hayotning achchiq-chuchugini ta-timoq. sht
Qambar egilib shivirladi: -Icha-sizmi? Ozgina quyib beray. Juda xushta'm musallas. -Sira
tatib ko'rgan zmasman. Ke-rak emas. Oybek, Tanlangan asarlar. [Raz-zoq] U yerdan
[maktabdan].. qorni ochib. ko'z-lari kirtayib, kech qaytardi-da, oldiga qo'-yilgan taomdan
tatir-tatimas, allaqaer-ga jo'nardi. H. G'ulom, Mash'al.
2 Ta'sir qilmoq: ta'siri bilinmoq; yuqmoq. Qatiq moshxo'rdaga yaxish tatiydi. shsh Ovqat
[Shavkatjonga] mazaliroq tatidi. N. Maqsudov. Umilli bola. Bolam bechorani tinch qo'yasanmi,
yo'qmi? Yegan-ichgani tati-may, kundan-kunga.. qotib ketyapti o'zi. O. Husanov. Qo'shiqchining
taqdiri.
Arzonning sho'rvasi tatimas Arzon nar-sa yoki mehnatsiz topilgan daromad, mab-lag'ning
barakasi bo'lmaydi, yolchitmaydi ma'nosidagi maqol. Singlim, hech qachon ish-shng osonini
axtarmang. Arzonning sho'rvasi tatimas, degan gap bor. Uyg'un, So'ntti pu-shaymon.
3 Kifoya qilmoq, kifoya bo'lmoq, yetmoq. Butun umrga tatiydigan saboq. Urpog'ingda bo'lsa,
urug'ingga tatiydi. Maqol. mm O'zi ellik gektar yer-u, daxmazasi besh yuz gektar-ga tatiydi. R.
Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Oddiy [bir kilo] guruch besh kishilik osh bo'l-sa, devzira palov o'n
kishiga tatiydi. Gaze-tadan.
TATINMOQ q. totinmoq. TATIR bot. Sho'rxok yerda o'sadigan buta-simon o'simlik.
TATIQ: tatig'ini bermoq kam qo'll. Ja-
zosini, adabini, ta'zirini bermoq. Bular¬ning tatig'ini bermasam!.. He, ko'zlaring qur-
sin/A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. Tatig'ini yemoq (yoki totmoq) kam. qo'll. 1) jazosini tortmoq,
adabini, ta'zirini yemoq. Ha, bu qilmishing uchun tatig'ingni yeysan; 2) maza-sini, lazzatini
totmoq. Ko'p yillar tinchgi-na turgan qilichning Tatig'in dushman tota-jakendi. G'. G'ulom.
TATUIROVKA [fr. tatouer - rasm, bel-gi chizish < polinezcha tatau — rasm, tasvir, belgi] 1
Igna yoki boshqa narsa vositasida maxsus bo'yoq bilan kishi tanasiga rasm, tasvir tushirish, so'z
yozish.
2 Shunday yo'l bilan tushirilgan rasm, tasvir, yozilgan so'z. Men uning bilagidagi
tatuirovkasini ko'rib qoldim. P. Qodirov, Erk.
TAF [f. — harorat; isitma; bug'; nur, jilo]: taf tortmaslik Cho'chimaslik, qo'rq-maslik,
hadiksiramaslik. Qotma, baland bo'yli, keng yelkali, hech kimdan taf tort-maydigan Xudoyor
o'rnidan turdi. SH. Tosh-matov, Tongdagi ko'lanka.
TAFAKKUR [a. Jiiu — fikr yuritish, o'y-lash, fikrlash] 1 Ob'ektiv voqelikning tasavvur, tushuncha
va muhokamadagi faol in'ikos jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati; fikrlash. Til tafakkur
bilan bevosita bog'liqdir. mm Insoniyat yuksak xayolot va tafakkur kuchi bilan yaratgan bar-cha
ma'naviy-badiiy boyliklar orasida og'zaki ijod namunalari alohida ajralib turadi. «Fan va
turmush».
2 O'ylash, fikr yuritish, muhokama; o'y. Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal. Oybek,
Navoiy. Ki har ishniki qildi odamizot, Tafakkur birla bildi odamizot. Alisher Navoiy.
Oragauzoq, vazmin xomushlik tushdi. Malika bir nuqtaga tikilib, ta-fakkurga cho'kdi. T.
Jalolov, Oltin qafas.
TAFOVUT [a. OjUi — ayirma, farq; ixtilof] Narsa, hodisa va sh.k. orasidagi noo'xshashlik,
farq, ayirma. Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o'rtasidagi tavo-fut. mm Lavozim va
xizmatimizdagi ta-fovut: men — shtab boshlig'i, Narzi — oddiy askar, pulemyotchi. N. Safarov,
Olovli iz-lar. Nafisa uning andazasiga sal ham to'g'-ri kelmas edi: tafovut fil bilan
qumurs-qacha! Shuhrat, Jannat qidirganlar.
TAFRIQ(A) [a. JJJJU / kt. 1 Farq, tafovut; fark^pa-nish.
2 Farq, ajralish yoki ajratish tufay-li yuzaga kelgan nizo; nifoq, adovat. Bu ma'nosiz g'avg'o
podshoning farmoni bilan ro'y berdi. Xalq orasiga tafriqa solmoq-dan o'zga ish yo'qmi, ajabo!
Oybek, Navoiy.
TAFSIL [a. J:.-- - bichish, bichiq; at-roflicha, aniq, ochiq bayon qilish] Ish-harakat, voqea-
hodisa va sh.k. ning har bir ayrim nuqtasi, mayda-chuyda tafsiloti; shunday tafsilotlarni o'z
ichiga olgan bayon, batafsil izoh. Hatto kundoshini parishon-xotir qilgan bu gap Otabekka
qanday ta'-sir qilishi ko'p tafsilga muhtoj emas. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ulardagi har bir
obraz, manzara va tafsil bilan qiziqdim. M. Qo'shjonov, Diydor.
TAFSILIY Butun tafsilotini o'z ichigaolgan; batafsil, izoxli. Tafsiliyhi-koya. mm Yo'lda menga
voqeani tafsiliy ra-vishda so'zlab berdilar. Oydin, Uyaldi she-killi, yerga qaradi. Biz
qissamizning haj-mi sig'dirmaganlikdan, Abduraxmonning sha-xardagi safil hayotiga tafsiliy
to'xtay olmaymiz. A. Qodiriy, Meqrobdan chayon.
TAFSILLAMOQ Butun tafsiloti bi-lan, to'la, batafsil tushuntirmoq, mufas-sal bayon qilmoq,
izohlamoq. Voqeani taf-sillamoq. Tafsillab aygpib bermoq.
TAFSILLI Butun tafsilotini o'z ichi-ga olgan; mufassal. Tafsilli javob. mm Ah-mad Xusayn
uzoq so'zladi, dehqonlarning hayo-tini yorqin, chuqur tafsilli hikoya qildi. Oybek, Hyp
qidirib.
TAFSILOT [a. obL^aJu - «tafsil» s. ko'pl.] Ish-harakat, voqea-hodisa va sh.k. ning tafsili,
mayda-chuydasi. Usha jang tafsilotini eslaganimda, barcha quroldosh do'stlarim ko'z o'ngimda
birma-bir gavdala-nadi. T. Rustamov, Mangu jasorat. UZamira-ni taniganidan beri,
oralaridan nima o't-gan bo'lsa, hammasi, mayda-chuyda tafsilot-larigacha, xayolida tinmay
takrorlanardi. P. Qodirov, Uch ildiz.
TAFSIR [a. j- ¦ - sharh, izoh, matn-ning ma'nosini ochish; ma'no, mazmun] kt. 1 Biror ran,
voqea-hodisa, matn va sh.k. ga berilgan mukammal izoh, sharh, tushunti-rish. Qur'onning
tafsiri. Muammoning taf-siri. Tafsir qilmoq.
2 map. Qur'onning madrasalarda alohida fan sifatida o'rganiladigan mufassal shar-hi.
Axmadxo'ja o'z xatida Madrasai oliyada tafsir, hadis, ilmi kimyo kabi turli ilmlar o'qitilishini
yozgan edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
TAFSIRLAMOQ Ma'nosini tushunti-rib, izoxlab bermoq, sharxdamoq, tafsir qilmoq. Olim Bedilni
tafsirlashga kirishdi.
TAFSIRCHI Biror narsaning ma'no-sini tushuntirib, izoxdab beruvchi shaxs. Qur`on tafsirchilari.
TAFT [f. g. i~, — isitma, xarorat] Issiq-lik manbai yoki qizib turgan narsadan ura-yotgan
issiq, harorat. Tandirning tafti. Olovning tafti. Gulxan taftida isinmoq. sht Kech kirib,
havoning tafti qaytdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Moviy osmon tiniq va beg'ubor, hali
taxtga minmagan quyoshning tafti badanni kuydirmaydi. F. Musajonov, Himmat.
2 Issiqlikdan ko'tarilayotgan bug'simon narsa; hovur. Egatlardan jimir-jimir taft ko'tarshadi.
Qushlar ko'rinmaydi. S. Nu-rov, Narvon.
3 ko'chma Shaxs yoki narsaning harorat darajasi holati; temperatura. Suvning taf-tini bilgisi
keldi shekilli, g'o'dir barmoq-larini botirdi. R. Rahmonov, Vosil aka. Shu tariqa tajriba ham
to'plana bordi, cho'l yerlarining tafti, maromini ham o'rganib olishdi. Gazetadan.
4 ko'chma Ijobiy ta'sirli, xayotbaxsh ha-rorat, o't. Hovlida odam borki, jon bor. De-vordan
tortib dov-daraxtgacha.. oshxonadan tortib donxonagacha, ro'zg'or buyumlarigacha — bari odam
tafti bilan tirik. R. Fayziy, Hazrati inson. Bu satrlarning taftidan Zuhra begimning
qalbiga yana shshqlik yugurdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
5 ko'chma Kishi ruhidagi yoqimsiz holat, g'ubor. Ovqatdan oldin yuvinib chiqasizmi — sovuq suv
odamning taftini bosadi. A. Qaxdor, Ayajonlarim. Odam taftish odam oladi, deganlari shu-da,
inim. R. Rahmon, Mehr ko'zda. Diqqati oshib, dili qorong'i bo'lib ketgan kezlarida chelakni
shaftoliga to'ldirib, yotog'imizga kelib qoladi. Bizni koyib-koyib, taftini yozib ketadi. S.
Ahmad, Onajonlar.
6 ko'chma O'zini yuqori olish, manman-lik kayfiyati. Halima o'sha Oyjamol opa kelib ketgandagi
mojarodan keyin ancha taftidan tushgan, o'zgara boshlagan edi. J. Abdullaxonov, Gulchexra.
Taft tortmaslik ayn. taf tortmaslik q. taf. Shuning uchun ular niyatlariga yetish yo'lida
og'irliklardan taft tortmadi.gar. M. Jo'ra, Quyoshdan nur emganlar.
TAFTISH \a. ai,r. S -izlash, qidirish; tekshirish, nazorat qilish) 1 esk. Bo'lib o'tgan ish, hodisa
va sh.k. yuzasidan yoki xaqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida o't-kaziladigan tekshiruv, tergov,
so'roq. Reja-li yillik taftish. Taftish komissiyasi. tsh \Navoiy:\ Taftishlar shuni ko'rsatadiki,
Yodgorbek qo'zg'olonida bu odamning ham qo'li bo'lgan. Uyg'un va I. Sulton. Atisher Navoiy.
O'g'lingiz sizdan yashirib, Hamza hojining bedin maktabiga qatnarmish deb eshitaman, shu rostmi?
- Taftish qildim, taqsir, qat-narekan. K. Yashin, Hamza.
2 esk. Qidiruv, tintuv. O'g'rilar tutil-sin, dorga osilsin! Har bir xonadon taftish qilinsin.
J. Sharipov, Xorazm.
3 Biror muassasa yoki mansabdor shaxs-ning moliyaviy-xo'jalik faoliyatining to'g'-riligi,
qonuniyligini anikdash maqsa-didagi tekshiruv. Birinchi taftish yuzaki o'tkazilgani haqida
e'tirozlar tug'ilgach, respublika agrosanoat komitetidan muta-xassis chaqirishdi. «Mushtum».
Taftish qilmoq (yoki etmoq) Tekshiruv o'tkazmoq (taftish har uchala ma'nosida). Partbyuro
Og'ajonning arizasini taftish ztish yuzasidan komissiya tuzdi. S. Karoma-tov, Oltin qum.
Eshmamat Ashurovning ish faoliyati taftish qilinganda, ming so'mga yaqin kamomad aniqlandi, ish
haqidan 2138 so'm ortiqcha olingan. «Mushtum».
TAFTISHCHI Taftish qiluvchi, tekshi-ruvchi. Xalq nazorati postidagilar Ilhom-chaning egri qo'lligi
haqida militsiyaga signal berishibdi. Ammo taftishchilar kelganda, Ilhomcha allaqachon
qochibulgurgan edi. H. G'u-lom, Senga intilaman. Pixi qayrilgan taf-tishchilar qasd qilganda
ham, biron marta kamomad topolmaganlar. Y. Shamsharov. Toshqin.
TAFFOT shv. Ko'ngilni behuzur qiluv-chi issiq shamol; garmsel. Tush mahs`sh edi. Bu payt
Buxoroda kun juda og'ir kechardi. «Ko'chaga chiqma, taffot keldi», deyishardi onalar
farzandlarini garmseldan asrash
15
niyatida. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Goho yoz oylari bu yerda taffot esadi. S. Anorbo-yev,
O'zbekiston oltini.
TAX 1 Dazmol urilgan yoki taxlangan narsaning tekis qayrilgan, bukilgan jo-yi, chizig'i.
Do'ppining taxi. Taxini yozmoq. Dazmol urib, taxini tekislamoq. Dazmol-lab, shimga max
solmoq. Taxtakachlab, do'ppi-ning taxini chiqarmoq. mm Kelin choy quya turib, ko'zi taxi
ochilmagan do'ppiga tush-di, sevinch bilan uni qo'liga oldi, minnat-dorchilik bildirdi. Oydin,
Mardlik — man-gulik. Dilshod xat taxini ochdi. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o.
Taxiga solmoq Bukilgan, qayrilgan jo-yidan qayta bukib, yana asliday qilib tax-lab qo'ymoq.
[Kumush] Ko'z yoshini duv-duv to'-kib, xatni o'z taxiga soldi va o'zidan javob kutib turgan achasi
bilan onasiga dedi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Terib, taxlab qo'yilgan narsa yoki uning har bir taxlami. Bir max pul.
Tax urmoq Zih chiqarib taxlab, yig'ib qo'ymoq (kiyim, o'rin-ko'rpa va sh.k. ni). Do'ppiga max
urmoq. O'rin-ko'rpalarni sandiq ustiga max urmoq. Taxi buzilmagan 1) yangi, kiyilmagan,
tutilmagan. Kimsan taxi bu-zilmagan katta kostyumining yengini osil-tirib, ko'chada yolg'iz
turar ekan, o'ziga-o'zi kulgili ko'rinib ketdi. A. Muxtor, Tug'ilish. Ona taxi buzilmagan
ko'rpachalarni tashlab, ayvonga joy qildi. N. Yoqubov, Havas; 2) qo'l tegizilmagan,
ishlatilmagan. Taxi buzil-magan pul. mm .lseng paxtazor maydonida paxta chunonam bo'libdiki,
qancha terilsa ham, taxi buzshmaganday. H. Nazir, Olmos. Uyga berilgan topshiriqlar taxi
buzilmas-dan turgan edi. H. Nazir, Yonar daryo.
TAXAIYUL \a. J_*~" — o'ylash, xayol qi-lish, tasavvur etish] esk. kt. Xayolga kelti-rish, o'y
surish, xayolot. Taxayyul mayiga ter-milaman jim. R. Parfi, Ko'zlar.
TAXALLUS \a.
o'zini o'zi qut-
qarish, ozod qilish; xalos bo'lish] Biror ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom, olim va sh.k.) yoki
siyosiy arbobning o'zi uchun tanlab olgan boshqa, ikkinchi nomi. Men — Yusu-fiyman, taxallusim —
O'tkir. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Muhammad Rahim, tabia-tan muzika va adabiyotga havaskor
bo'lib, «Feruz» taxallusida she'rlar yozgan. J. Sha-ripov, Xorazm.
TAXIR 1 Ta'mi og'izni burishtiradi-gan; kakra, talxa. Taxir dori. Taxir shafto-li. mm Uning
[Salimboyning] kengqora qoshli, qo'y ko'zli, peshonasi serajin cho'ziq yuzi xud-di taxir bir nima
yegandek burishdi. S. Ab-duqahhor, Sanamay sakkiz dema. Meva g'o'ra-ligida taxir bo'ladi, yegan
kishining labini qizdiradi. «Fan va turmush».
2 ko'chma Dag'al, badxazm (ran, so'z, muo-mala va sh. k. haqida). Taxir gap. mm Xaridor-lar
sotuvchidan taxir so'z eshitmaslik uchun indamay chiqib ketishdi. «Mushtum».
Taxirini chiqarmoq Sharmanda qilmoq, izza qilmoq; pachavasini chiqarmoq. ..vaqti kelib,
hovuridan tushib qolar, deb o'ziga sabr berib, erining taxirini ko'chaga chiqar-madi. R.
Rahmon, Qiz - aziz farzand-ku! Ammo so'kaverib, bir-ikkita vakilning ta-xirini chiqarib
yubordi. «Mushtum».
TAXLAM Terib, taxlab qo'yilgan narsa va uning har bir to'pi. Bir taxlam kitob. mm Zokir
Usmon ichkari uydan eski gazeta-lar taxlamini olib chiqdi. «Yoshlik».
TAXLAMOQ 1 Buklab, taxiga solib qo'y-moq; buklab, taxiga solib joylamoq. Onam ustimdan
choponimni yechib olib, taxlab qo'-yibdilar. E. Raimov, Ajab qishloq. Men shamshod xivichidan
to'qilgan buklama kur-sichamni taxladim. «Guldasta». Xotin inda-madi, ro'(y)jani taxlab,
stolning ustiga surib qo'ydi. A. Qahhor, Asarlar.
2 Ustma-ust termoq, ustma-ust qo'yib joylamoq. ..tatar ayol kitoblarni bir chekkaga taxlardi.
O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Ota chaylaning to'riga taxlab qo'yilgan ko'rpalar ustidagi
yostiqqa isho-ra qildi: -Hech uyalib-netib o'tirma. S. Anorboev, Oqsoy.
3 ko'chma Ust-ustiga, ketma-ket keltir-moq, qo'shmoq, qalashtirmoq (gap-so'z va sh.k. haqida).
Keyin birinchi navbatda nima ish-lar qilish kerakligini taxlab tashladi. J. Abdullaxonov,
To'fon. Maktab direktori Soat Lochinov.. birpasda talay gapni tax-lab tashladi. Gazetadan.
..bahona taxlab tashlayotgan Javhardan Rasuljonning jah-li chiqdi. J. Abdullaxonov, Xonadon.
TAXLIT [a. ` - «taklid» (o'xshatish, o'xshash, o'xshatma) s. ning buzilgani] 1 Ko'-rinish, shakl,
qiyofa. Odam taxlitidagi maymun. Aka-uka quyib qo'ygandek bir tax-litda. mm Ba'zi joyda
kvadrat aniq, ba'zi
joylarda ta'shti ham yo'q. I. Rahim, Ix-los. Har qadamda nuragan, xaroba devorlar ko'p
uchraydi. Bu qishloqning taxliti ana shun-day edi. YO. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot. ..nonni
ishtahasiz tishar, miskarlar to-monidan samovar taxlitida yasalgan qumg'on-dan choy quyar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Ayrim so'zlar va ko'rsatish olmoshlari bilan qo'llanib, usul, yo'sin, tarz ma'no-sini
bildiradi. Ishtaxliti. Yurish-turish taxliti. mm Shu taxlit yuk tugaguncha.. terlab ishlashdi.
«Yoshlik». Ularning turmu-shi shodlik ham ko'rmay, achchiq-chuchukni ham sezmay, shunchaki bir ro'zgor
tebratish tax-litida o'tdi. I. Rahim, Ixlos. Xachirga mi-nib, siz bilan bir maximmda boraman.
«La-tifalar».
3 ko'm. vzf. O'xshatish, qiyos bildiradi; kabi, singari. Bu taxlit chistoniy bayt-lar qadimda
ham oliy hazratning istaklari ila bitilur edi. S. Siyoev, Avaz. -Ollo niya-tingizni bersin!
— dedi.. o'zini ulug'vor va yuksak mansabdor taxlit tutib. Shuhrat, Oltin zanglamas.
TAXLOG'LIQ Taxlab, terib qo'yilgan, taxlangan. Taxlog'liq qog'oz. Taxmondagi max-log'liq
ko'rpalar. mm Nigora ko'z yoshini ar-tib, taxlog'liq turgan kitoblar ichidan daf-tar oldi. S.
Anorboev, Oqsoy.
TAXMIN \a. j; — faraz, gumon; mo'l-jal, chama] O'ylab, chamalab, mo'ljallab yoki qandaydir
mulohaza va sh.k. ga asoslanib qilingan faraz, chama. Taxmini to'g'ri chiqdi. mm Ana shundan
keyin.. odamlardan biri o'z taxminini so'zlay ketdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o. Ko'rgan
zahotim, o'zbek qizimikan, degan edim, taxminim to'g'ri chiqdi. Oydin, Suhbati jonon.
Ziyodillaning taxminicha, Komil afandi Bo'ronbekning uyiga yetib kel-gan va agar kelmagan
bo'lsa ham, hozir yetib kelishi kerak. H. G'ulom, Mash'al.
Taxmin qilmoq ..deb o'ylamoq, faraz qil-moq, o'ylamoq. Abdumajidlar, Zarif ota taxmin
qilganidek, o'n ikkidan ancha oshgan-da kelishdi. O'. Usmonov, Sirli sohil. Bozor-ga sabzi-
piyozmi yo kartoshka olib kelib, bo-la-chaqalariga kiyim-kechak qilib ketayotgan dehqon bo'lsa
kerak, deb taxmin qildi. S. Anorboev, Oqsoy.
TAXMINAN [a. \ :1 \ — taxmin asosi-da, taxmin bo'yicha, taqriban, qariyb] Tax-minga ko'ra;
chamalab, taxmin qilib olgan¬da (aytganda, ko'rganda). Ular bir-biridan taxminan bir yosh-bir
yarim yosh farq qshadi. F. Musajonov. Nozik masala. Qamchi oxirgi marta qatorasiga o'q oti.\gan
joyni tax-minan mo'ljalga olgan bo'lsa ham, to'qayga kirganda, mo'ljaldan adashdi. H. G'ulom,
Mash'al.
TAXMINIY Taxminga asoslangan. tax-min, chama bilan belgilangan. taxmin qi-lingan;
dastlabki, xomaki. Taxminiy ma'-lumosh. Taxminiy hisob. mm Taxminiy gapshr quloqqa
yoqmaydigan bo'lib qoldi. Rejasiz, tavakkal ish faqat zarar keltirishi mum-kin. H. G'ulom,
Mexnat va go'zallik.
TAXMINLAMOQTaxmin asosida hukm chiqarmoq, taxmin qilmoq, chamalamoq, mo'l-jallamoq.
Qassobqo'yni, go'sht-yog'i bilan, qirq besh kilo taxminladi. mm Bir yili.. qariya-lar chinorning
yoshini hisoblab, mingga kira-digan faslini taxminlab e'lon qilishibdi. A. Muxtor, Chinor.
TAXMON Uy yoki ayvon devorida: san-diqo'rnatib, ustiga o'rin-ko'rpa yig'ib qo'yi-ladigan
tokchasimon maxsus joy. Uyning to'-rida ikkita taxmon. Taxmonga o'rin yig'moq. mm Xoldorxon
taxmondan ko'rpacha olib yozdi. S. Zunnunova, Gulxan. Shahzodaxon bir nozik shox tashlab.. shohi
atlas ko'rpa-ko'rpachashr to'la taxmonga bordi.. K. Yashin, Hamza.
TAXOMETR [yun. tachos - tezlik + met-geo — o'lchayman] Val, g'ildirak va sh.k. nar-salarning
aylanish tezligini o'lchaydigan asbob; spidometrning bir turi.
TAXT I [f. - podshohning marosim-larda o'tiradigan maxsus o'rindig'i] 1 Ras-miy qabul va boshqa
tantanali marosim-larda shoh, xon va amir o'tirishi uchun sa-roy to'riga o'rnatilgan, maxsus
bezatib ish-langan joy, hashamatli o'rindiq. Xon taxtda edi. O'ng taraf kursida Abduraxmon
oftoba-chi va so'lda shoir mulla Niyoz dolia qo'l bog'-lab o'tirar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan
chayon. Shayboniyxon u bilan taxt ustidan tushmasdan so'rashdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Abusaid to'ppa-to'g'ri Arkka ko'ta-rilib, katta hovlidagi qadimiy taxtga o'tirdi. Mirmuhsin,
Me'mor.
2 Podshoh, xon, amir lavozimi; podshoh-lik, xonlik, amirlik. Agar kushoyishi korin-gizni
berib, taxt Jahongir mirzoga o'tsa, siz uning eng ishongan rahnamosi bo'lursiz. P. Qodirov,
Yulduzli tunlar. Zulm, taxtga qarshi isyon Sharq ko'ksida to'lib toshdi. G'ay-ratiy.
3 ko'chma Mansab, lavozim (o'rni). Taxtda yolg'iz bo'lishni, barcha og'ziga tikilib o'tiri-shini
istardi Qayumxon. F. Musajonov, Him-mat.
Taxtga chiqmoq (yoki o'tirmoq, minmoq) 1)
shoh, xon yoki amir lavozimiga ko'tarilmoq, \okimiyat tepasiga chiqmoq. Aslida bu otni Ulug'bek
mirzo Samarqand taxtiga chiqqan paytida Buxoro begi tuhfa etgan edi. Mir-muhsin, Me'mor.
..bir kuni odil bir amirzo-<)a Xuroson taxtiga o'tirgach, zolimni ja-yulaydi, deb o'ylardi.
Mirmuhsin, Me'mor; 2) biror vazifaga, lavozimga ko'tarilmoq. Xalilovning texnikasi,
Xalilovning o'zi ham kkirib qolgan emish. Sen qoch, men chiqaman taxtingga, degani emasmi bu
tirmizakning. I. Rahim, Ixlos. Taxtdan tushmoq (yoki yi-qilmoq) 1) shoxdik, xonlik, amirlik
lavo-zimidan ajralmoq, hokimiyat tepasidan tushmoq. Haydar ota shaharga borgan edi, «oq poshsho
taxtdan tushdi» degan gapni eshitib qoldi. A. Qahhor, Asror bobo; 2) ko'chma s. t.
vazifasidan, amalidan tushmoq, bekor bo'l-moq. Yaxshisi, o'sha kuni, oshpazlik taxtidan tushgan
kuning, o'zingni osib qo'ya qolsang ham bo'ladi. Shuhrat, Shinelli yillar.
TAXT II Foydalanish yoki ishlatish uchun tayyor, shay; muhayyo. Hamma narsa ishni bosh-lash uchun
taxt. S. Karomatov, So'nggi bar-xan. Miltiqlar taxt, op`shr tayyor, lekin kimningdir qush olib
kelishini kutishar edi. A. Qahhrr, Xotinlar.
Taxt turmoq Chidab, bardosh berib tur-moq; tek turmoq; sabr qilmoq. \Sharofat\ G'azabidan
emas, otilayotgan narsalarga chap bermay, taxt turgan Sidiqjonning olov sochayotgan ko'zlarini
ko'rib, qo'rqqanidan otar edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari. Taxt qilmoq Tayyor, muhayyo
holga keltirmoq. Men Yo'ldoshning maoshini yig'ib, to'yni taxt qtib qo'yibman. \. G'ulom,
Toshkentliklar. Butazorda yigitlar qurollarini taxt qi-lib, dushmanni poylab yotishdi. T.
Rustamov, Mangu jasorat.
TAXTA I [f. — taxta, lavha; varaq; yog'och] 1 Xodadan uzunasiga tilib olingan yassi yog'och
bo'lagi. Qarag'ay taxta. Taxtani randalamoq. mm Birinchi xonaga kiraverishda uzun enli taxta
qo'yilibdi. S. Siyoev, Yorug'-lik. G'ulomjon.. daladagi terakzorlaridan to'rtta baqaterakni
kestirib, taxta til-dirdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Bo'r bilan xat yozish uchun maxsus yasal-gan maktab-o'quv quroli. Xonadao'ntacha jki, chang
bosgan parta, kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. P. Tur-sun,
O'qituvchi. Bolalarda daftaru qalam, sinfda taxtayu bo'r bo'lsa ham, o'qish kitob-larining
yo'qligi G'ulomjonni yomon dilxun qilar edi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
3 map. Abjad yozilgan dastali taxtacha (eski maktabda o'quv quroli sifatida ish-latilgan).
Ikki hafta harflar yozilgan «tax-ta» o'qiganimdan keyin domla: -Shanba kuni haftiyakka
tushasan.. — dedi. A. Qahhor, O't-mishdan ertaklar.
4 Turli maqsadda foydalanish uchun tax-ta, faner va sh.k. dan ishlangan narsa. Shax-mat
taxtasi. E'lonlar taxtasi. Yodgorlik taxtasi. Osh taxta. mm Men uni tennis taxtasiga boshlab,
o'zimcha o'yin qoidasini tushuntirgan bo'ldim. H. Nazir, Yenar daryo. Turli voqelik va
yangiliklarni yoyishda shior va plakatlar, tematik stend va ko'rsatkich taxtalari alohida o'rin
tutadi. Gazetadan.
5 Turli o'lchamdagi to'rt burchak yaxlit qog'oz, varaq. «Qoching! O'zim yozaman», dedim. O'tirib,
yetti taxta qog'ozni to'ldirdim, eshitganlarimning hammasini yozdim. Oydin, Sadag'ang bo'lay,
komandir. Anavi qutida yaxshi, ko'k chiziqli taxta qog'oz bor, o'shandan ikki varag'ini olib, mana
bu yerga o'tir, qi-zim [dedi Onaxon]. A. Muxtor, Opa-singil-lar.
6 Shu taxlitdagi, o'lchamdagi oyna, tosh, metall va sh.k.; plita. Marmar taxta. Bir taxta
tunuka. Bir taxta oyna. Taxta choy. mm Maydonning bir chekkasidagi keksa maj-nuntol ostida
bir-biriga suyab qo'yilgan ik-kita qora tosh taxta sag'ana shaklini olib turar zdi. A. Qahhor,
Xotinlar. Chetroqqa chiqib, beton taxtaga o'tirdim. S. Siyoev, Yorug'lik.
7 q. x. Marza bilan ajratilgan yer bo'la-gi; karta. Ikki taxta poliz. Tuyaning hazili bir
maxma g'o'zani yeydi. Maqol. mm Soyga tushguncha ko'ndalang egatli alohida taxta boshlanadi. A.
Qodiriy, Obid ketmon. Ochil-gan yerni katta-katta taxta Qilib, ish boshladi ekmakka paxta.
Habibiy.
Taxta bo'lib qolmoq yoki taxtaday qotib qolmoq Qo'rquv yoki hayratdan tong qotib
2-O'zbek tilining izo\li lug'ati
qolmoq, hayron bo'lib qolmoq. Mezbon, u bilan ikki-uch og'iz gapirishdi-da, bshshadim, nima cup
o'tdiki, turgai yerida taxta bo'lib qoldi. A. Qahhor, Sarob. Maymun tilkalan-gan qurbonini
ko'tarib, derazada ko'ringan-da, matros taxtaday qotib qoldi. «Fan va turmush». Taxtaga olmoq
(yoki tortmoq) Si-quv xrlatiga olmoq, iskanjaga olmoq. G'iyo-siddin qiziq holga tushdi.
Oqsoqol uni ikki modda bilan taxtaga tortib, til-jag'ini bog'lab qo'ygan edi. S. Ahmad, Hukm.
Oqsoqol ko'rsa, meni taxtaga torttiradi, seni raisga topshiradi. S. Siyoev, Yorug'lik. Riso-
latoyni avval taxtaga olib qarasam, Rus-tambek bilan ikkovining orasida ozgina el-chiligi
bor ekan. Hamza, Paranji sirlari.
TAXTA II \f. d" ch-,] Suyanchiqsiz keng di-van.
TAXTABAND \f. ch", — taxta bilan to'silgan; bog'langan] kam qo'll. 1 Taxta qo-qilgan; taxta
bilan qurshalgan, ajratil-gan. Taxtaband devor. shsh Deraza va eshikli, tagi taxtaband, usti
tunukali ikki uy, bir oshxona, bir og'ilxona va bir xashakxona — tamom! A. Qodiriy, Obid
ketmon.
2 ayn. taxtakach.
TAXTAKACH 1 maxs. Yangi tayyorlanib buk-langan do'ppini siqib (presslab), taxini chiqarish uchun
ishlatiladigan, ustma-ust qo'yilgan ikki taxtachadan iborat moslama; iskanja. [Mehrixon] Yangi
bitkazgan do'ppi-ni taxtakachga bostirdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Telpagini qoziqqa ilib,
hozirgina taxtakachdan chiqqandai yangi chust do'ppisi-ni cho'zg'ilab kiydi-da, so'radi. A. Muxtor,
Tu-g'ilish.
2 tib. Singan a'zo suyagini qimirla-maydigan qilib bog'lab qo'yish uchun ishla-tiladigan
taxtacha. Oyoqqa taxtakach bog'la-moq. mm Axir u salkam bir yildan buyon.. taxtakachda shipga
tikilgancha yotibdi. E. Oxunova, Ko'z ko'zga tushganda.
3 map. Aybdorning bo'yniga solib, bog'-lab qo'yiladigan jazolash quroli. Xirojni to'lamagan
dehqonlarning bo'yniga taxtakach osib qo'yar edilar. «O'qish kitobi».
4 Yong'oq o'yinida: soqqani qo'yib otish uchun moslangan taxta asbob. Soqqani tax-takachga qo'yib
otmoq.
TAXTAKACHDAY, -dek 1 Taxtakach kabi, taxtakachga o'xshash.
2 Juda yetilib semirgan, biqqi semiz. Sovliq kichik bo'lishiga qaramay. taxta-kachdek, bozorda
munchalik biqqi qo'y yo'q, de-sa bo'ladi. S. Abdulla, Soyalar. Doim boquvda turgan, orqasiga
egar botmay taxtakachday.. semirib ketgan to'riq, egasining oyog'i uzangiga tegishi bilan,
ko'chaga qarab intildi. S. Anorboev, Oqsoy.
TAXTAKACHLAMOQ 1 Taxtakach orasiga olib, qisib qotirmoq. Do'ppini taxtakach-lamoq.
2 Singan a'zo suyaklarini taxtakach ora-siga olib, siqib bog'lab qo'ymoq. Boboqul ota
qayoqdandir yog'och topib keldi. Uni Nigora aytganday qilib yo'ndi. Ikkovlashib Sher-bekning
dod-voyiga ham quloq solmay, chap qo'lini taxtakachlab bog'lashdi. S. Anorboev. Oqsoy.
Hamshiraningyonida qo'lini taxtakach-lagan novcha doktor ham turardi. S. Karo-matov, Oltin qum.
TAXTA-O'QLOG'I Oshtaxta va o'k^og'i.
Taxta-o'qlog'ini yig'ishtirmoq 1) xamir yoyib bo'lgach, taxta, o'qlog'i va b. asboblarni yig'ishtirib
qo'ymoq. Mas'uda taxta-o'qlo-g'ini yig'ishtirib, oshxonaga qarab ketda. S. Abduqahxrr, Sanamay
sakkiz dema; 2) ayn. dov-dastgohni yig'ishtirmoq (yoki ko'tarmoq) q. dov-dastgoh. [Shokir omaj
«Povurkon» mollari har yoqni to'ldirib, kosiblarning bozorini kasod qilganligi, ishi chippakka
chiqqan kosiblar birin-ketin «taxta-o'q-log'ini» yig'ishtirayotganligi va hokazoni tasvirlab
ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TAXT(I)-BAXT Boylik, davlat. Taxti-baxtini tashladim, Halandar bo'p, yo'l bosh-ladim.
«Rustamxon». \Jamila:\ Meni olar emish. Ho-ho. Men senday qorin boylarni, taxti-baxting
bilan, o'zimning kambag'al erimning harom tukiga olmasman! Hamza. Boy ila xizmatchi.
TAXTIRAVON [f. ohj^^ ~ yuruvchi taxt] 1 Sharq mamlakatlari va Janubiy Amerikada: ma'lum bir
safar chog'ida oliy martabali shaxslar o'tqazilib, sopi yelkaga qo'yib ko'tariladigan yoki fil
ustiga o'r-natiladigan, usti berk qashamdor zambar. Bizlar Shohrux janoblarini suyab, xachirdan
tushirdik va avaylab, taxtiravonga soldik. To'rt mulozim ul taxtiravonni yelkalab,
lashkargohdagi bir chodirga eltib, o'sha yerga janoblarini yotqizdilar. M. Osim, Zulmat ichra
nur.
2 ko'chma Ravon, tekis (yo'l haqida). Fab-rikaning yo'lini taxtiravon desang-chi, Fab-rikaning
qizini qandak o'rik desang-chi. «Fo-l`klor».
TAXTLAMOQ Tayyor, shay holga keltir-moq, tayyorlab, taxt, shay qilib qo'ymoq. Safar anjomlari
taxtlab qo'yildi. mm Radiator deysizmi, akkumulyator deysizmi, boringki, kerosin voronkasini
ham taxtlab olganmiz. R. Rahmon, Mexr ko'zda.
TAXTLI: tag-tugi taxtli ayn. tag-taxt-li. Juda boy bo'lmasa ham, tag-tugi taxtli bir odamga
quda bo'la olishar edi. S. Zun-nunova, Olov.
TAXURAR etn. O'g'il to'yiga atab tikil-gan ko'rpa-to'shaklarni taxmondagi sandiq ustiga ko'z-ko'z
qilib yig'ishga — tax urish-ga bag'ishlangan, faqat xotin-qizlar ish-tirokida o'tkaziladigan
kichik to'y maro-simi.
TACHANKA [r. < pol. najtyczanka — arava turi] Ikki ot qo'shiladigan to'rt g'ildirak-li usti
ochiq yengil arava. Shoshmay tur-laring. Hali zamon tachanka ham kelib qola-di. H. Nazir, Cho'l
havosi.
TACHKA \qad. r. tachati — g'ildiratmoq, g'ildiratib bormoq] Yuk tashish uchun ish-latiladigan yakka
g'ildirakli qo'l arava; zambilg'altak. Yaqindagina Mamajon ham tachka g'ildiratar edi. A.
Muxtor, Opa-sin-gillar.
TASH 1 Tashqi tomon, sirt. Uyning ta-shini oqlamoq. Mol olasi — tashida, odam olasi — ichida.
Maqol. tsh -Ichimda «tiling boshingni yesin!» desam ham, tashimda hur-mat bilan kutar edim, —
dedi Hoji hola. \1. Ismoiliy, Farg'onat. o.
2 Tashqari, chet. Dushmanning tashida bo'l-guncha, ichida bo'l. Maqol. Dala-tuzni suv ol-sa,
qo'ng'ir g'ozning to'shidan, Quloqsizga so'z aytsang, qulog'ining tashidan. Maqol.
TASHABBUS [a. — tirishqokdik;
barqarorlik, qat'iylik; g'ayrat, tashabbus] 1 Biror ishga boshlovchi, da'vat etuvchi sa'y-
harakat, g'ayrat. Ilg'orlar tashabbusi bilan boi`shngan musobaqa. Tashabbus ko'rsa-tib ishlamoq.
mm Odamlarda g'ayrat va ta-shabbus yashnab ketdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Mayin junli
zotli qo'ylarurchi-tish ishi o'z tashabbusimiz bilan qilindi. S. ¦Chnorboev, Oqsoy.
2 Uddaburonlik bilan mustaqil ish olib borish xislati, biror ishda boshchi-lik, yetakchilik roli.
Tashabbusni qo'lga ol-moq. Tashabbusni qo'ldan berib qo'ymoq. mm [Elmurod] Bu muvaffaqiyatni
to'la va bu-tunlay qo'lga kiritish uchun, bu ishda ko'proq tashabbus ko'rsatayotgan Gulsumga doimiy
ta'sir qilib turish lozimligini hech bir unutmadi. P. Tursun, O'qituvchi. Ko'nglining bir
chetida «Tashabbusni qo'ldan bermaslik kerak!..» degan e'tiqodi chinqiradi. P. Qo-dirov, Uch
ildiz.
TASHABBUSKOR Biror ishni, tashab-busni boshlab beruvchi; boshlovchi; tashab-bus egasi. Usta
Hazratqul yangi posyolkaning tashabbuskori va rahbari Oyqiz kelayotgani-ni ko'rdi-yu, tezgina
yurib, qarshisiga chiqdi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
TASHABBUSKORLIK Tashabbus ishi, tashabbus ko'rsatish; biror ishda boshlovchi bo'lishlik. Ijodiy
tashabbuskorlik. mm Uziga xos bilim va tajriba, o'ziga ishonch va iroda; tashabbuskorlik.. har
qanday mushku-lotning kshitidir. N. Safarov, Olovli iz-lar.
TASHABBUSCHI ayn. tashabbuskor. Buy-ruq bor.. Oliy bosh qo'mondonlik jangchilar-ni tashabbuschi
bo'lishga chaqirdi. I. Rahim, Chin muxabbat.
TASHAKKUL \a. jLm - shakllanish, muayyan shakl, ko'rinishga ega bo'lish] Mu-ayyan bir shaklga ega
bo'lish, tashkil topish, shakllanish. Fuzuliy ustida olib borilgan tekshirishlar Fuzuliy adabiy
maktabining tashakkulida Navoiy ijodshshng muhim rol` o'ynaganligini yanada yaxshiroq ochib
beradi. «O'TA».
TASHAKKUR [a. j<— minnatdorchilik bildirish, rahmat aytish] 1 Yaxshi ish, xiz-matni takdirlab
bildirilgan minnatdor-lik. Tashakkur bshdirmoq (ayshmoq, epgmoq). mm Halol mehnati, beminnat
xizmatlari tufayli ko'p sonli shogirdlar tashakkuriga, odamlar hurmatiga sazovor bo'lgan..
ustozlar oz deysizmi. Gazetadan. Musofir hayajonla-nib, Me'morga qay yo'l bilan tashakkur
ay-tishni bilmasdi. Mirmuhsin, Me'mor.
2 und. s. vzf. Minnatdorchilik ifoda-laydi. -Tashakkur, tashakkur! — koshinpaz nihoyatda
xursand bo'lib ketdi. Mirmuhsin, Me'mor. Rashid tashakkur degandek, qo'lini ko'ksiga qo'yib, bosh
egdi. «Sharq yulduzi».
20
TASHAKKURNOMA [tashakkur + noma] Yozma tashakkur. Tajribali jangchi Haydar-ali Dehqonovning
xizmat daftarchasiga o'ttiz ikkita tashakkurnoma yozshgan. Ga-zetadan. Bu qonli jangda mening
qismimda-gi yigitlar botirlik ko'rsatib, qo'mondon-likdan tashakkurnoma oldilar. J. Sharipov,
Xorazm.
TASHAKKUROT kam qo'll. Tashakkur; ta-shakkurlar. Zoti oliylarigi jaridamiz chu-qur
tashakkurotini bildiradi. Oybek, Tan-langan asarlar.
TASHASHMOQ s. t. Urishmoq, solishish-moq. Bo'yin patlarini gardish qilib, patir-putur tashashayotgan
ikki xo'rozning atro-fini.. doira shaklida o'rab olgan edilar. «Mushtum».
TASHAHHUD \a. xj pL — kalimai shaho-datni aytish] din. Kalimai shahodatni, ya'ni «Lo iloha
illalloh va Muhammadun rasululloh» («Alloxdan o'zga iloh yo'q, Mu-hammad uning rasulidir»)
iborasini til bilan aytish, dil bilan tasdiq etish; Islom dinidagi besh asosiy ruknning
birinchisi.
TASHBIH [a. ij., ,7,1 — o'xshatish; taqqos-lash; o'xshashlik; majoz] ad. O'xshatish; ma-joz. Bunday
o'rinlarda tashbih ayni choqda mubolag'a, ifrot mohiyatiga ega. «O'TA». Uning so'zlarida qishloq
kambag'allari tu-shunmaydigan istiloh, ta'bir, tashbih va jumla yo'q. A. Qodiriy, Obid ketmon.
Tash-bih axtarmangiz ushbu g'azaldan, Naqd joyda nasiya ne kerak asli. A. Oripov, Onajon.
TASHVISH [ Q. ^^Ixj^-Ja-i tinchsizlik, tartibsizlik, buzg'unchilik; kasallik] 1 Ko'zlangan ish,
maqsad va sh.k. yo'lidagi o'y-fikr, xatti-harakat; bezovtalik, taraddud. Ro'zg'or tashvishi.
Tirikchilik tashvishlari. To'y tashvishlari. mm Har bir kunning o'ziga xos ishi va tashvishi bordir.
SH. Rashidov. Bo'rondan kuchli. Adolat kechasi bilan chan-qoq g'o'zalar tashvishida ux/yulmadi. I.
Rahim, Chin muhabbat. Mana endi O'skinboyda yangi tashvish: adirlardan yer ochmoqchi. «O'zbekis-ton
qo'riqlari». Xo'rozlarning so'nggi qichqi-rig'idan uyg'onayotgan.. qishlog'imizning kun-lik yoqimli
tashvishlari boshlanayotgan edi. «Saodat».
2 Baxtsizlik, judolik va sh.k. tufayli yuz beradigan his-tuyg'u; g'am, qayg'u. Tashvish tortmoq
(chekmoq). Boshiga (ko'ngliga) tash¬vish tushdi. O'ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish.
Maqol. ¦¦ Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, sho'xshgini ham, ovozidagi lashofashini ham
quvarkan. S. Ahmad, Ufq. Sizga bir maslahatim: ko'p kuyunchak bo'lavermang, yurak kasalligi
ak-sariyat ikir-chikir tashvishlardan kelib chiqadi. O'. Hoshimov, Hyp borki, soya bor.
3 Notinchlik, azob-qiynoq beradigan narsa-hodisa va shu tufayli yuzaga keladi-gan holat;
kulfat, savdo. Yosh olimning muso-firchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida
hech gap emasdi. M. Osim, Jayxun ustida bulutlar. Shundoq il-mu amal bilan kunlari o'tib
turgan Me'mor boshiga tushgan ulkan kulfat — o'g'lining hibs etilishi hammasini bir tomonga
uloqtirib tashladi. Mirmuhsin, Me'mor.
Tashvish qilmoq ayn. tashvishlanmoq. Unchalik tashvish qiladigan gap yo'q. Uch va-gon molimizni
brak qilishibdi. «Mushtum». Tashvishga solmoq (yoki qo'ymoq, tushirmoq) 1) tinchini buzmoq,
bezovta qilmoq, urin-tirib qo'ymoq. - Tashvishga soldikmi? — dedi bika, qorako'l popog'ini
boshidan olib. J. Sharipov, Xorazm. Mart oyigacha mo''tadil bo'lib turgan havo birdaniga
aynidi. Ta-biatning bu notantiligi paxtakorlarni tashvishga solib qo'ydi. N. Safarov, Xadicha
Ahrorova; 2) qayg'urtirmoq, g'am-qayg'uga, xavotirlikka solmoq. Qobil karvonning qa-moqqa
olinishi Abdurahlyunboy xonadonini qattiq tashvishga solib qo'ydi. H. G'ulom, Mash'al. Tashvishga
tushmoq 1) tinchi, oromi buzilib bezovta bo'lmoq, urinmoq. Kuzhavo-si past keldi: kolxozchilar
tashvishga tushib qolishdi; 2) g'am chekmoq, xavotirlikka tush-moq. [Hasanali] Bu o'rtada qanday
tashvish-larga tushmadi, so'rasangiz. A. Qodiriy, O't-gan kunlar. Tashvishini qilmoq Biror nar-sa
taraddudida, xarakatida bo'lmoq, o'yla-moq. To'y tashvishini qilmoq. Ro'zg'or tashvi-shini qilmoq.
TASHVISHLANMOQ 1 O'ylamoq, bezov-ta bo'lmoq; urinmoq. Biz uchun tashvishlan-mang, shoshib turibmiz.
sht Endi bu mening qishlog'im, uning ko'rki, obodligi uchun bosh-qalar qatorida men ham
tashvishlanishim kerak. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
2 G'am-tashvish chekmoq, qayg'urmoq; xavo-tirlikka tushmoq, xavotir bo'lmoq. -Nima bo'ldi: katta
buving og'ridimi yo buving be-
tobmi? — tashvishanib so'radi G'ulomjon. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. «Yopiray, nima bo'l-di
bolalarimga?» — deb ota tashvishlana boiiadi. H. G'ulom, Mash'al.
TASHVISHLI 1 G'am-tashvishga ega; g'am-li. g'amnok. Tashvishli xabar. Tashvishlicheh-ra. Tashvishli
damlar. mm O'choqdagi o't G'u-lomjonning tashvishli yuragiga umid bo'lib ko'chdi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Boshliq-ning avzoyi haqiqatan ham tashvishli edi. N. Aminov, Suvarak.
2 Kishini tashvishga soladigan, tashvish keltiradigan. Yaxshi kunlarsh halollik bilan o'tkaz, lekin
tashvishli kunlar kvlishini ham o'yla.. Gazetadan. Qii`yuqqa jang maydonla-ridagi yigitlardan
tashvishli xabarlar ke-lib turibdi. Nazarmat, Jo'rlar baland say-raydi.
TASHVISHMAND [a. + f. .\;P,1,_>^ -tashvishli, tashvish tortuvchi] Boshiga bi-ror tashvish tushgan,
tashvish tortayotgan. Qutbiddinov suhbatning boshlanishida jin-day tashvishmand bo'lganidanmi, bu
safar mavzu shaharning kelajagi.. emas, bola tar-biyasi bo'lib qoldi. A. Qahhor, O'jar.
TASHVISHNOK [a. + f. ^U^^ -tashvishli] kt. ayn. tashvishli. Muqimiy tashvishnok bir vaziyatda
hujrasiga kirib, G'aribiy bilan so'zlashib o'tirgan bir yigit-niuchratdi. S. Abdulla, Mavlono
Muqimiy.
TASHVISHSIZ Tashvishi yo'q, tashvish-dan xoli; betashvish, xotirjam. Tashvishsiz kishi. Tashvishsiz
hayot. Tashvishsiz yashamoq.
TASHVIQ [ y. j qiziqish, xohish-ni kuchaytirish; qiziqarlilik] kt. Biror narsaga yo'llash,
yo'naltirish, chaqirish maqsadidagi gap-so'z, xatti-harakat va sh.k. Ma'lumki, Furqat ijodiy
merosida bahor vasfi va ona tabiat manzaralarini kuylash, undan zavqlanishga tashviq mavzui
yetakchi o'rin tutadi. «UTA».
Tashviq qilmoq (yoki etmoq, yurgizmoq) 1) tashviq ishini olib bormoq. Ahmad Hu-sayn bu
ta'limotni tashviq qiluvchilar bi-lan hech vaqt munosabatda bo'lmagan. Oybek, Hyp qidirib; 2)
undamoq, da'vat qilmoq. Uz vazifangizni bajarib chiqib ketaver-masdan.. ozodalikka tashviq
qiling, uyalti-ring. Shunda ish chiqadi. S. Anorboev, Oq-soy. \Tojiboy\ Hamsuhbatiga boshiga
tush-gan tashvishni bayon qildi va o'ziga xos usul-da tarafdorlikka tashviq qshdi. P. Tursun,
O'qituvchi. Jenotdel [xotin-qizlar bo'limi] xodimlari, targ'ibotchilar.. xotin-qizlarga paranji
tashlashni tashviq etardilar. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman.
TASHVIQOT [a. oUe>i2 - «tashviq» s. ko'pl.] Ommaga siyosiy yoki boshqa jihatdan ta'sir ko'rsatish
maqsadida yozma va og'zaki ravishda qilinadigan ishlar, tadbirlar. Tashviqot yurgizmoq. sht Hay,
xotin kishi ekansiz, erkak kishi bo'lganingizda, bu tes-kari tashviqotingiz uchun sog' qo'ymas
edim. P. Tursun, O'qituvchi. Ma'lumki, urush vaq-tida tashviqot ishlari g'alabani ta'min-lashda
muhim omillardan sanaladi. «Fan va turmush».
2 s.t. Undov, da'vat. Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar deganlaridek, Uzbek oyim-ning o'sha
vaqtlardagi tashviqotlari ham, uning [Zaynabning] tarafidan faqat «ke-linlik» majburiyati
ostida qabul qilindi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Shu kechayu kun-duzda tashviqot sizga juda ham
zarur. Qu-loq soling, foydasi tegadi! Uyg'un, Navba-xrr.
TASHVIQOTCHI Tashviqot bilan shug'ul-lanuvchi, tashviqot olib boruvchi shaxs. Har bir ongli ishchi
bizning ulug' haqiqatimiz-ning tashviqotchisi bo'lishi kerak. Oybek, Hyp qidirib. Rafiqov, biz
yuqorida baho ber-ganimizcha, unchalik usta tashviqotchi.. emas. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TASHVIQOTCHILIK Tashviqot (tashvi-qotchi) ishi. Tashviqotchilik qilmoq. mm Uning tashviqotchshgigiga
lozim bo'lgan ijod-ni yoki ilhomni shu manba.. hadya qiladi. A. Krdiriy, Obid ketmon.
TASHDID \a. A^AJ^ - kuchaytirish, mus-taxkamlash; tazyiq; undoshni ikki qayta-lab
(ikkilantirib) aytishni bildiradi-gan belgi) Arab yozuvida so'z tarkibidagi biror undoshning
takroriyligini, qo'sh ta-laffuz qilinishini bildirish uchun undosh ustiga qo'yiladigan diakritik
belgi.
TASHIMOQ 1 Narsalarni bir yerdan ikkinchi yerga ko'tarib yoki transport vo-sitalariga ortib
ko'chirmoq, eltmoq. Chelak-da suv tashimoq. Mashinada g'isht tashimoq. Non yemoqchi bo'lsang, o'tin
tashishdan erin-ma! Maqol. mm To'ybeka ichkari 6WWH pgash-qariga yugurib, dasshurxon yangilar, choy
ta-shir edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tevarak atrofda ketmon urayotgan, zambillab, qop¬lab
tuproq tashiyotgan qanchadan-qancha odam-lar ham, xuddi Ro'zimatday, jadallab ishlar edi. A.
Qahhor, Ko'shchinor chiroklari.
2 O'zlashtirish, o'ziniki qilish maqsa-dida olib ketmoq. Nima ko'rsa, uyiga ta-shiydi. Tashib
ketmoq. mm Tomlari buzilib, yog'ochlari ham tashib ketilgan. SH. Xolmir-zaev, Yo'llar,
yo'ldoshlar.
3 ko'chma O'zi bilan olib, saklab yurmoq. Vatanga sevgini o'lguncha yuragida tashidi-mi, bu
sevgini ko'ksida saqlab uxlasin! Oy-bek, Quyosh qoraymas. ..maqollar katta bir mazmunni
tashib, yozuvchi niyatshsh aniq, qis-qa va ta'sirli usulda ifodalashni ta'min etadi. «O'TA».
TASHKIL \a. J;< — tuzilish, shakl-lanish; tarkibiy qism; muassasa; tarkib]: tashkil bo'lmoq (yoki
topmoq) 1) tuzilmoq, yuzaga kelmoq. Universitetimiz 1918 yil-da tashkil bo'lgan. mm Yangi
yerlar ochilib, butun boshli yangi xo'jaliklar tashkil top-di. «O'zbekiston qo'riklari»; 2)
tarkibiy qismlardan butunlik hosil qilmoq, ibo-rat bo'lmoq. Suv vodorod va kisloroddan
tash-kil topgan. mm O'rmonjon.. yer islohotidan keyinroq sobiq batraklardan tashkil top-gan
kolxozga rais bo'ldi. A. Qahhor, Qo'shchi-nor chiroqlari. Tashkil qilmoq (yoki etmoq 1)
uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. To'garak tashkil qilmoq. Gulzorlar tashkil qilmoq. mm Hatto bir
kuni qismdagi havaskor san'at-chilar tashabbusi bilan «katta yerto'la»da kontsert tashkil
qilindi. A. Qahxrr, Oltin yulduz; 2) tarkibiy qismga kirib, butun-lik yuzaga keltirmoq.
Hatnashchilar orasi-da yoshlar ko'pchshshkni tashkil qiladi. Tili-mizda ishlatiladigan barcha so'zlar
uning lug'at boyligini tashkil qiladi. mm Narigi tomon o'rdaning ichkari qismini tashkil etib,
unda bek — hokim oilasi turar edi. A. Krdiriy, O'tgan kunlar.
TASHKILIY Tashkil etishga, uyushti-rishga, tashkilotchilikka oid; tuzish, tu-zilish bilan bog'liq
bo'lgan. Tashkshshy ish-lar. Tashkiliy choralar. Tashkiliy masalalar. mm Jadal sur'atlar ketidan
quvib baja-rilayotgan ishlar hajmining salmog'i bilan ovunib, boshqa tashkiliy jihatlarni
e'ti-bordan chetda qoldirishdi. «O'zbekiston qo'-riqlari».
TASHKILOT [a. oUL.U, - «tashkil» s. ko'pl.] Aniq tarkib va vazifasiga, ish das¬turiga ega
bo'lgan ijtimoiy, xo'jalik bir-lashmasi yoki davlat muassasasi. Ijtimoiy tashkilot. Mahalliy
tashkilotlar. mm Baraka topgur yer tuzuvchi tashkilotlar turli-tuman texnikalarini ishga solib,
maydonni kaftdek tekislashibdi. N. Safa-rov, Jasoratning davomi. Qishoqdagi ma'-muriy,
madaniy va savdo tashkilopiarining idoralari, asosan, mana shu ko'chaga joylash-gan. S.
Anorboev, Oqsoy.
TASHKILOTCHI Biror tashkilotni tuz-gan yoki tuzuvchi; biror ish-harakatni bosh-lab bergan, tashkil
etgan, uyushtirgan yoki uyushtiruvchi va unga boshchilik qiluvchi shaxs yoki ijtimoiy guruh. Mohir
tashki-lotchi. Musobaqa tashkilotchilari. mm Bugun Kattaqishloqning iyusi peshqadam kishisi — ikki
dongdor tshkilotchining birlashish ma-rosimida o'tiribmiz. I. Rahim, Ixlos. H. Olimjon faqat
yaxshi shoirgina emas, eng yaxshi tashkilotchi ham edi. N. Safarov. Olovli izlar.
TASHKILOTCHILIK 1 Tashkil etish xislati. O'z tashkilotchiligini namoyish qilmoq.
2 Tashkilotchi ishi, faoliyati. Xalq biz-dan bu ishda rahbarlik, tashkilotchilik talab
qilayotibdi. P. Tursun, O'qituvchi.
TASHLAMA 1 Tashlab, chiqarib yubori-ladigan (asosan suv haqida). Olabuqa eye om-borining
tashlama suvi katta selxonaga tushib, bekor oqib yotadi. I. Shamsharov, Ko'rk me'morlari. Bozor
Kudratov brigada-si cho'l ichkarisida, tashlama kanallar tar-mog'i barpo etshayotgan joyda mehnat
qi-layotgan edi. «O'zbekiston qo'riklari».
2 Partov suv chiqarib yuboriladigan max-sus o'zan. Sel suvi hayqirgan holda chuqur tash-lamaga
tushib ketdi. SH. Rashidov, Bo'ron-dan kuchli.
TASHLAMOQ 1 Narsani qo'ldan, yelka-dan yoki boshqa joydan uzib, quyi tomon (irg'itib, otib va
hokazo) tushirmoq, yo'-naltirmoq. Olma uzib, yerga tashamoq. mm G'u-lomjon supurgini tashlab,
qo'llarini qoq-di. M. Ismoiliy, Farg'onat. o. Keyin nosiii tashlashga joy izlab alangladi. O'.
Xoshi-mov, Qalbingga qiloq sol.
2 Narsani biron boshqa narsa, joy us-tiga, ostiga yoki ichiga yo'naltirmoq, olmoq, solmoq,
qo'ymoq. Qizlar ichkaridan Haki-maning boshiga oq shol ro'mol tashlab, yetak¬lab chiqdilar. S.
Siyoev, Yorug'lik. Adyolni may-salar ustiga tashlab o'tirishdi. O'. Hoshi-mov, Qalbingga quloq sol.
Munisxon suyan-chiqqa boshini tashlab, derazaga tikilib borardi. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri.
..choponi-ni yelkasiga tashladi-da, yo'lga tushdi. N. Fozilov, Diydor.
3 Kuch, zarb bilan intilmoq, o'zini ot-moq. Zuhra.. Saodatxonga o'zini tashlab, mahkam
quchoqlab oldi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Cho'milmoq-chun birday bo'lib, endi hovuzga
tashladi. «Murodxon».
4 Biror ish, vazifa va sh.k. ga yo'nal-tirmoq, yo'llamoq; safarbar qilmoq. Ham-mani yig'im-
terimga tashlamoq. mm Dushman bor kuchini jon holatda qarshi hujumga tashladi. Gazetadan.
Dushman barcha mavjud tanklarini va o'zshorar to'plarini hujum-ga tashladi. Nazarmat, Jo'rlar
baland say-raydi.
5 E'tiborsiz. aloqani uzib va b. xrlda qoldirmoq. Do'st so'zini tashlama, Tashlab, boshingni
qashlama. Maqol. mm Uning ta-labalaridan bir qanchasi maktabni tash-lab, bu yerga qochib keldi.
M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. G'avvos Muhammadning ustodni tashlab ketib qolgani armon bo'lib
tur-gshshda, eshikdan uchinchi shogirdi — Zulfiqor Shoshiy kirib keldi. Mirmuxsin, Me'mor.
6 Barham bermoq, yo'q qilmoq; yig'ish-tirmoq (ba'zi odat, xatti-harakat kabilar haqida).
\Dadam\ Aroqni tashlagan bo'lsa-lar-a! Rosa maza bo'lardi-da. E. Raimov, Ajab qishloq.
Uqituvchi yoki tibbiyot xodimi bo'l-moqchimisan — chekshini tashla, odamlarga ik-ki qiyofada
ko'rinma. Gazetadan. Xo'sh, kinani tashlagan bo'lsangiz.. nega boya ularning oldi-da ogzingizga
kelganini o'tladingiz? A. Qo-diriy, Mexrobdan chayon.
7 Pasaymoq, tushmoq. Sovuq bir oz tash-ladi. Narxlar ancha tashladi.
8 s.t. Raqsga tushmoq; o'ynamoq. Tanovar-ga rosa tashladi.
9 ko'm. fl. vzf. =(i)b qo'shimchali ravish-dosh shakliga qo'shilib, harakatning keskin, kuchli
tarzda yuz berishini bildiradi. Bu-zib tashladi. Jerkib tashladi. G'ijimlab taiiamoq. Ag'darib
tashladi. tsh Shu yerning o'zida podshoh kishilari uni tutib olib, tshka-pora qilibtashagan edi.
Mirmuhsin, Me'mor.
Gap tashlamoq q. ran. Shuncha qizlar bilan o'qib, birga dars taiyorlab, birortasiga gap
tashlamabman. M. Qoriev, Oydin kechalar. Ilon po'st tashlaydi q. ilon. ..qilayotgan qilig'iga
ilonlar po'st tashlaydi. Mirmuh-sin, Me'mor. Ko'z tashlamoq q. ko'z 2. Bobur to'planib turgan
beklarga ko'z tashlagan edi.. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Ko'lanka (yoki ko'lka) tashlamoq ayn.
soya tashlamoq. Tarqa-lib ketgan keng shoxlar yerlarga ola ko'lanka tashlagan. Uyg'un, Saylanma.
Tashladimi yoki bir umr ko'zimga g'am ko'lkalarini. SH. Rah-mon, Yurak qirralari. Luqma tashlamoq
q. luqma. Jizzakilik qilib, o'tirgan yerida notiqqa bir-ikki marta luqma tashladi. F.
Musajonov, Himmat. Nazar tashlamoq ayn. ko'z tashlamoq. Rahim akaga.. kamsitgandek nazar
tashladi.. F. Musajonov, Himmat. Orqaga tashlamoq 1) orqaga olmoq. Qo'rqib, o'zini orqaga
tashladi; 2) orqaga (keyinga) surmoq, qoldirmoq. Bugun borib kela qol, orqaga tashlama. Soya
tashlamoq 1) soya ber-moq. Bahaybat sada atrofga soya tashlab tu-ribdi; 2) o'z aksini
(ifodasini) bermoq. Raisaning qoshlari chimirshshb, haligina kulib turgan yuziga g'am soya
tashladi. M. Xay-rullaev, Tilla marjon; 3) ko'chma xiralash-tirmoq; ta'sirini susaytirmoq.
Romanning badiiyligiga soya tashlab turgan voqealar ba'zi o'rinlarda ortiqcha cho'zilib ketadi.
S. Karomatov, Oltin qum. Tob tashlamoq q. tob.
- Tob tashlamaslik kerak og'ir sharoitlarda,
— dedi Shoimov bamaylixotir. «O'zbekiston qo'rikdari». Tomdan (o'zini) tashlaydi q. tom. Mo'may
pul ko'rsa, tomdan o'zini tashlaydi. «Mushtum». Urug' tashlamoq Sepmoq, ekmoq. Dehqon yaxshi niyat
bilan zaminga baraka urugini tashlamoqba. Gazetadan. Xandon tash-lamoq (yoki otmoq) q.
xandon. Ortiq o'zining hazilidan o'zi xandon tashlab kuldi. M. Mansurov, Yombi. Shox tashlamoq
q. shox. Shahzodaxon bir nozik shox tashlab, sochlarini tartibga soldi-yu.. taxmonga bordi. K.
Yashin, Hamza.
TASHLANDI 1 Tashlanadigan, ortiqcha, chiqindi. Tashlandi ovqat. Tashlandi suvlar.
2 ayn. tashlandiq. Tashlandi bog'. mm «De-vonbegi» mahallasiga qayrilib, bu yerda bir tashlandi
hovliga kirishdi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
TASHLANDIQ Qaralmay tashlab qo'-yilgan; qarovsiz. Chakalakzordagi go'za tash¬landiq holga keldi.
R. Rahmonov, Chakalak-zordagi sharpa. Bu katalak uychalar kishida xuddi ko'hna qasrning
tashlandiq hujra-lariday taassurot qoldiradi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Axir oyda-yilda bir
kelib, o'sha tashlandiq bolangizning boshini bir silab qo'ysangiz, qalbingiz taskin topmaemidi?
«Yoshlik».
TASHLANMOQ 1 Tashlamoq fl. o'zl. va majh. n. Yerga o'g'it tashlandi.
2 O'zini otmoq. It g'ingshib chekindi, qayta yigitga tashlandi. S. Siyoev, Avaz. Onasining
azasiga bormay, beparvo yotgan otasiga g'azab bilan tashlanmoqchi bo'lib turgan Saodat birdan
yoshlarini artib, karavotga yaqinlashdi. A. Muxtor, Bo'ronlar-da bordek halovat.
TASHLASHMOQ1 Tashlamoqfl. birg. n. Bolalar bir unga, bir tuzoq tomonga ko'z taishshshardi. H.
Nazir, So'nmas chaqmok^ar.
2 s.t. Urishmoq, olishmoq.
TASHMALAMOQTashib-tashib olib kel-moq yoki olib ketmoq; tashimoq (o'z uyiga, tomoniga). Hamma
shoshiladi, o'z uyasiga al-lanimalarni tashms`gaydi. O'. Hoshimov, Qal-bingga quloq sol.
Afandiningxotini tashma-chi ekan. Har kuni tashmshab kelgan buyumlari-ni qo'shnilariga pullarkan.
«Mushtum».
TASHMACHI Biror yerdan narsa-buyum-ni, boylikni tashmalab, o'g'irlab olib ke-luvchi, olib ketuvchi;
o'g'ri. Non kombinati-da sifatli nonlar chiqib, tashmachilar yo'-qoldi. Gazetadan. Tashmachi ham
nafsiga kuchi yetmagan, vijdoni nopok nusxalar jumlasi-ga kiradi. Gazetadan.
TASHNA \f. *— chanqoq, suvsagan| 1 Suvga zor; suvsagan, chanqagan, suvsoq, chan-qoq. Odamlar
tashna, yer chanqoq, yurt qaqroq edi. Hamma suv deb talpinar, hamma suvga intilar edi. M.
Ismoiliy, Farg'onat. o. Ey sen, boshi va oxiri yo'q cho'lda suvsirab, jon berayotgan tashna
yo'lovchi! F. Musajonov, Himmat. Kanal qazib, oqizib suvni tashna sahroga.. Habibiy.
2 ko'chma Biror narsaga zor, kuchli tala-bi bor. Kimki ilmga tashna bo'lsa, uning qalbida
yaxshilik guli bor. Gazetadan. Ah-madning yuragi mehrga va saxovatga to'la, o'zi esa suhbatga
tashna edi. F. Musajonov, Himmat.
Qoniga tashna bo'lmoq Ortiq azoblanmoq, xunob bo'lmoq. \Akbar:\ Ha, xo'roz, buncha xo'm-rayasan ?
[ Sshim:\ Qoningga tashna bo'lib yurib-sanmi deyman?UU\G]\\, Hurriyat. Qoniga tash-na qilmoq
(yoki etmoq) Ortiq darajada diq-qat qilmoq, xunob qilmoq. Xunarim, ma`-lumingiz — g'azallar
yozish; Ba'zan bir hijo silur qonimga tashna. G'. G'ulom. Shuyamhukmi-ni o'tkazadi-ya! ..qoningga
tashna qshshb yubo-radi/S. Nurov, Narvon.
TASHNALAB [tashna + lab] kam qo'll. Tashna. Tashnalab sahrolarning hayot tomi-riga qon yugurtib,
dur undirgan bunyodkor in-son.. S. Karomatov, Oltin irmoqlar.
TASHNALIK 1 Tashna ekanlnk. suvsa-ganlik. Aziz va bepoyon Mirzacho'lning suvga tashnaligini
o'ylar ekan, Muhiddin Karimov porloq istiqbolga nazar tashlaydi. «O'zbe-kiston qo'riqlari».
2 Tashna holat (tashna har ikki ma'no-sida). To'tiqiz cho'llab, ichi tashnagik o'tida yonardi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o. Tashna-liklari qongach, daraning ichkarisi shomon yo'lda davom etishdi.
K. Yashin. Hamza. U tashnalik bilan Olchinbekka tatinar, olov-li ko'zlari unga qarab javdirar,
di.1 rozi-ni ifodalamoqchi bo'lardi. K. Yashin, Hamza.
TASHRIF [a. -hurmat. ehtirom;
ulug'lash, sharaflash; marosim; marhamat qilib kelish] kt. Biror yerga. elga, xona-donga yoki
biror kimsa huzuriga qisqa mud-datga borish, kelish. Tashrifingizdan ko'p xursandmiz. mm Ziyo
shohichi bu vaqtsiz tash-rifga tushuna olmay, «nima qilib yuribsan» degandek, bir necha qayta
Hasanaliga qarab oldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti uch
kunlik tashrif bilan Italiyaga keldi. Gazetadan.
Tashrif buyurmoq (yoki etmoq, qilmoq) Kelmoq yoki bormoq; qadam ranjida qil-moq. [Mulozim:]
Ulug' amir Nizomiddin Ali-sher tashrif buyurdilar. Uyg'un va I. Sul-ton, Alisher Navoiy. Bizning
kulbai vayro-namizga tashrif etsangiz.. Inim betob.. M. Osim, Ibn Sino qissasi. ..bizning
oilamizga tashrif qilganingiz uchun qadamlaringizga hasanot.. YO. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-
mamog'.
TASHRIH \a. r"^-i^ ~ ochish, kesish, yorish] esk. kt. ayn. operatsiya 1. Yosh hakim uning son
go'shtini ikki pallaga ajratib, o'qni oldi, so'ngra malham qo'yib yopishtirdi-da, tikib, bog'lab
qo'ydi. Tashrih vaqtida tishini tishiga bosib yotgan yigitdan sado chiqmadi. M. Osim, Kitobga
ixlos.
TASHXIS \a. ipg~* ,tn — belgilanish; ko'r-satilish, ko'rinish; kasallikni aniqlash, diagnoz] 1
tib. Kasallik xarakteri va be-morning ahvoli xaqidagi qisqacha tibbiy xulosa, kasallik
nomi. Shifokorlar, «Sizda pichan astmasi bor», deb tashxis qo'yishdi va «Allergologik
shifoxonada davolaning», deb aytishdi. Gazetadan. ..ba'zan kasalxonalarga «oftob urgan»
degan tashxis bilan bemorlar keltirilyapti. Gazetadan.
2 ad. Odamdan boshqa jonli va jonsiz narsalarga insoniy xususiyatlarni ko'chi-rishdan iborat
badiiy san'at turi.
TASHQARI 1 ot Bino, uy, hovli va sh.k. ning atrofidagi joy; tash. Tashqariga qa-rang, qorong'i,
hech narsani ko'rib bo'lmaydi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Darvoza ochildi, tashqaridan saman
otini yetaklab, Hasanali kirdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tashqarida sevalab o'tgan mayin
yomg'ir ham tindi. N. Aminov, Suvarak.
2 ot, etn. Tashqi xrvli (hovli-joyning erkak mehmonlar va umuman erkaklar uchun xos, ko'cha
darvozaga yaqin tomondagi xoli qismi; qiyos. ichkari 2. Boyning tashqarisi-da Yo'lchidan boshqa
hech kim yo'q. Oybek, Tan-langan asarlar. Keng tashqari g'arbga cho'zil-gan bo'lib, darvozadan
kirgan kishiga u kaft-day ko'rinib turardi. M. Ismoiliy, Farg'o-na t. o ..tashqari hovlidagi
naqshli.. meh-monxonaning birida qat-qat ko'rpachalarda.. Mirzakarimboy o'tirar edi. Oybek,
Tan-langan asarlar.
3 sft. Tashqi tomondagi, tashqi, sirtqi. Tashqari darvoza.
4 (ch. k. bilan) ko'm. vzf. Boshqa, bo'lak. Bun-dan tashqari. Undan tashqari. mm Bu yil ho-sil
miqdoridan tashqari, tola sifatiga ham alohida e'tibor beriladi. Gazetadan. A'zam ko'rinib
turgan husni, barvastaligi-dan tashqari, o'z ichki fazilatlarini ham ochib tashladi. Shuhrat,
Jannat qidirgan-lar. Uning gapidan Bashorat ishchilarning ishdan tashqari vaqtda ham ishlashga
ahd qilishganini angladi. A. Muxtor, Opa-sin-gillar.
Haddan tashqari Me'yoridan ortiq, ko'p, ortiq darajada. Tong mahalida dushman ar-tilleriyasi
bizning pozitsiyalarimizni haddan tashqari qattiq to'pga tutdi. A. Qahxrr, Oltin yulduz. Haddan
tashqari horganligiga qaramay, har bir jangchining ismi, fami-liyasini xotirlar edi. N.
Safarov, Olovli izlar.
TASHQI 1 Tashqarida, tashqari tomon-da joylashgan; tashqarigi, sirtqi. Tashqi devor. mm Bu vaqsh
allakim darvozaning tash-qi halqasiga.. uch-to'rt urib sharaqlatdi. H. G'ulom, Mash'al.
2 ayn. tashqari 2. Biz Yaypanda Olim bu-va degan nonvoyning tashqisida turar edik. A. Qaxdor,
O'tmishdan ertaklar. U Qudratni keng sahnli tashqini supurib-sidirishga qo'ydi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o.
3 O'zidan tashqariga, sirtga oid. Tirik hujayra tashqi muhit bilan muntazam aloqada bo'lgan
taqdirdagina yashay oladi. «Fan va turmush». Quyonlar, o'zining biologik xususiyatlariga ko'ra,
tashqi sharoit omil-lariga o'ta ta'sirchan bo'ladi. «Fan va tur-mush». «Besabab tikan kirmas»
deganlaridek, har bir ishning boshlanishiga biror tashqi yoki ichki sabab bo'ladi. Shukrullo,
Javohir-lar sandig'i.
4 Chet davlatlar bilan bo'ladigan, xori-jiy. Tashqi siyosat. Tashqi savdo. Tashqi ish-lar
vazirligi.
5 Narsaning ichga qarama-qarshi tomoni. Jurnalning tashqi va ichki bezalishi izchil
takomillashtirib borilmog'i kerak. Gazeta-dan. Massaj qilayotgan o'ng qo'lining tashqi tomoni
bilan peshonasiga tushgan sochini yuqoriga surdi. S. Karomatov, Oltin qum.
6 Ko'rinishda bo'lgan; zohiriy. Shu bir-gina so'z uning butun ichki va tashqi dunyo-sini o'zida aks
ettirgan edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Sultonali mirzo Anvarning tashqi ahvoli bilan yaxshi
tanish bo'lsa ham, uning ichki siridan voqif emas edi. A. Kr-diriy, Mexrobdan chayon.
TA'B [a. ?-Ja — tabiat; tabiiy holat; xulq-atvor, xarakter] 1 Kishining xarak-g'erida, uning
kishilarga, narsalarga mu-nosabag'ida namoyon bo'ladigan ichki tabiat; yoqtirish-yoqtirmaslik
jihatdan ko'ngli. Podshohning muborak ta`blari hashamatga moyil ko'rinadi. Oybek, Navoiy.
Lutfdan maroqlanish, lazzat olishda individning xa-rakteri, ta'bi, fahm-farosati katta
ahamiyatga ega. «O'TA». Bujahonda, deydilar, Har kimda bor bir o'zga ta'b, Menga may,
bulbulga tong, Gul bargida shabnam shirin. E. Vohidov, Muhabbat.
Ta'bi olinmoq Kayfiyati buzilmoq, xa-fa bo'lmoq. Haydar nimadandir Anorxonning ta'bi
olinganini sezdi. I. Rahim, Ixlos. Ta'bi ochilmoq Kayfiyati yaxshilanmoq, di-li ravshanlashmoq,
yengil tortmoq. Sidiq-jon Urmonjonning oldidan ta'bi ochilib chiqib ketdi. A. Qahxrr,
Qo'shchinor chiroq-lari. Ta'bi tortmoq yoki ta'biga yoqmoq Tabiatiga, didiga to'g'ri kelmoq.
[Yormat\ Ba'zi bir ta'bi tortgan odamlarga: « To'yga birga bo'ling!» deb qo'yadi o'zicha. Oybek,
Tan-langan asarlar. Ta'bi xira (yoki tirriq, kir, xufton, namozshom) Kayfiyati buzuq, buzil-
gan; diqqat. Bo'pga uzoq uxlab qolganidan ta'-bixira bo'lib, hovliga tushdi. S. Ahmad, Hukm.
Avazning ta'bi tirriq edi, indamadi. S. Siyoev, Yorug'lik. Ertalabdan direktorning ta'bini
xufton qilishning nima keragi bor. «Mushtum». ..Sherbekning qulog'iga gap kirmas, ta'bi
namozshom edi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 Xohish, ixtiyor; rag'bat. Birovlarning ta'biga qarab ish qilmoq. mm Nurining hech qanday
so'zga, ishga ta`bi yo'q edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Alay-balay desam, tutib olib urish ham
ta'bida bor. H. Shams, Xarakteristika. -Mana bu kreslo ham sizga havola. Oling, menga bir
oddiyroq stul bersangiz bo'ladi, — dedi Mohidil. -Ta'-bingiz, — dedi sekretar` qiz. J.
Abdulla-xonov, To'fon.
TA'BIR \a. JIIII — yo'yish, tushunti-rish, ma'nosini yechish; ibora] 1 Biror ji-hatdan
ta'riflovchi yoki tugal ma'no ang-latuvchi qisqa ifoda, ibora. Dehqonlirning ta'biricha, ekin
kun sanaydi. mm Uning so'z-larida qishloq kambag'allari tushunmaydi-gan istiloh, ta'bir..
jumla yo'q. A. Qodi-riy, Obid ketmon. Fozil Shoislomovich.. ay-rimlarning ta'biri bilan
aytganda, «bir qop yongoq» edi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
Ta'bir joiz bo'lsa Agar shunday deyish mumkin yoki o'rinli bo'lsa. Shovvozlarimiz, ta'bir joiz
bo'lsa, cho'lga dastlab hujum boshlagan tankchilarimiz shular. I. Sham-sharov, Qaxramonlik yo'li.
Ta'bir joiz bo'l-sa, tomir urishini sezib turish kerak. Ga-zetadan.
2 Ma'nosini tushuntirish; izoh, sharx.. Tushning sha'birini aytib bermiq. mm Kama-lak ko'ribsan,
buning ta'biri: Yetti rang quyoshu qutlug peshona. Shukrullo, Javohir-lar sandig'i.
TA'BIRLAMOQ 1 Ta'rif bermoq. ifodalamoq. Qoidani ta'birlamoq. mm Shu-ning uchun biror narsa
tanqis bo'lsa, «Anqo-ningtuxumi», deb ta'birlashadi. «Mushtum».
2 Tushuntirmoq, izoxlamoq, sharxlamoq. Tushni ta'birlamoq. mm Enaga: -Tushingizga sho'y kiribdi,
bu yaxshilikdan darak, — deb uning | Odshbikaning] tushini ta'birlabdi. J. Sharipov, Xorazm.
TA'BIRNOMA |ta'bir + noma] esk. Tushlar ta'biridan, talqinidan iborat ki-tob; shunday
kitoblarning umumiy nomi.
TA'VIYA [a. ^>1o _ yashirin, pinhona niyat, qasd] Yoqimsiz ko'rinishli; beo'xshov, xunuk, badburush,
badbashara. [E'zozxon] Ga-doyning tovushini eshitib, ta'viya qiyofasi-ni ko'rib hayron bo'ldi. H.
G'ulom, Mash'al. Bo'ying bir qarich, buning ustiga abjag'ing chiqqan cho'tir bo'lsang, sen ta'viyaga
kim boqadi, tentak! Oybek. Ulug' yo'l.
TA'ZIM I a. j^Ji-*j tabriklash, salom-lashish; ulug'lash, hurmatlash, izzat-ikrom (qilish)] 1
Yuksak hurmat, iinnatdorlik, tahsin. Said Axmad hikoyalarida.. ta`zimga sazovor obrazlar
talaygina. F. Nasrildinov. Ta'zim va ta'zir. Xudoyor ismshsh eshituvchi a'yonlar uning ta'zimi
uchun o'rinlaridan turib, yana o'tirdilar. A. Krdiriy, Utgan kunlar. ..odob, ta'zim xususida
onasi ancha-muncha gaplarni uqtirib yuborgani uchun.. dasturxonni tezgina yig'shitirib, choi icha
boshladi. Oybsk, Tanlangan asarlar.
2 Shunday hurmat ifodasi sifatida egilib, boshni quyi solish yoki qo'lni qovushtirish, ko'ksiga q
\;yish. Ta`zim bi.yun qarish olmoq. mm Rahim aka ta`zim bilan ikki-uch qadam orqaga tisarildi.
F. Mu-sajonov, Himmat. Ubarvozidan kirib, supa-ga o'n-o'n besh qadam qolganda, qo'l qovushti-
rib, ta'zim bilan «Assalomu alaykum», dedi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Ta'zim qilmoq (yoki etmoq) Ta'zim bil-dirmoq, ta'zim bajo keltirmoq (ta'zim har ikkala
ma'nosida). Atrofda tobora odam ko'payib borar, birov unga uzoqdan ta'zim qilar, birov
quyuqqina ko'rishar, notanish kishshar sekin kalla silkib qo'yardi. S. Siyoev, Yorug'lik. ..ganchxok
[ganch kukuni] qorayotgan yigit Me'morga ilgarigidek salom berib, ta'zim etdi. Mirmuhsin,
Me'mor.
TA'ZIMKORTa'zimli, serta'zim. Ta'-zimkor odam. mm Ko'l uzra ta'zimkor qator
27 oq qayin Ohista tebranar alqagan sifat. M. Ikrom. Hattoki baland osmon Egilajak ta'zimkor.
M. Boboev.
TA'ZIR [a. ^J>»J — jazolash, ayblash, qoralash; tanbeh berish] O'tgan xato yoki gunohga
loyiqdakki, dashnom, tanbeh. [L/ai-sara:} O'g'lim, shu ta'zir oz emas. Hovli yuziga chiqargandan
keyin qasam berib bo'shatursiz. Hamza, Maysaraning ishi.
Ta'zir bermoq Aybi yoki xatosini aytib qizartirmoq, uyaltirmoq, koyimoq, dashnom bermoq.
Menga shuncha yaxshilik qildingiz.. Yangi kelgan vaqtingizda meni yomon yo'ldan qay-tardingiz..
Butun zveno oldida ta'zir be-rib, odam bo'l, dedingiz. A. Qahhor, Qo'shchi-nor chiroqlari.
Ta'zirini bermoq Adabini bermoq, tavbasiga tayantirmoq. Umuttaham-ning ta'zirini o'sha yerning
o'zidayoq berib qo'ygan bo'lardim, bunchalik uyatga qolmasdim. F. Nasriddinov, Tundagi voqea.
Ta'zirini yemoq Jazosini tortmoq, adabini yemoq, tavbasiga tayanmoq. - Keldingmi, daydi? —
dedi-yu, uning bosh egib turishidan: «Ta'zi-ringni yebsan, yetar», dedi ichida. I. Shamsha-rov,
Qaxramonlik yo'li.
TA'ZIYA [a. ^JJL^ — ovutish, yupatish; hamdardlik bildirish] Kimsaning vafoti munosabati bilan
tutiladigan aza, motam; azador kishiga tasalli berish, undan ahvol so'rash. Ta'ziya marosimi.
Ta'ziyaga bormoq. mm Bopshr akasining ta'ziyalari o'tgandan ke-yin, xolasining bir gapi bilan
shu yerga kel-gan edi. R. Fayziy, Hazrati inson.
Ta'ziya bildirmoq Marhumning yaqin kishilariga, odatda, ta'ziya kunlari ayti-ladigan so'zlar
bilan hamdardlik bildir-\gaq, tasalli bermoq. Mana, kombinatdan kimdir ta'ziya bildiryapti,
kimdir ko'ngil so'rayapti, maxalladan kelgan birov marosim-ga bosh. A. Muxtor, Chinor. Biz
leytenant-ning xotiniga xat yozdik.. hamdardligimizni sshtib, ta'ziya bildirdik. T. Rustamov,
Man-gu jasorat.
TA'ZIYANOMA [ta'ziya + noma] Kim-saning vafoti munosabati bilan berilgan, e'lon qilingan,
bildirilgan yozma ta'ziya. Otaning ikki o'g'li ham.. qattiq janglarda jon berdi: ota birin-
ketin ikkita ta`-ziyanoma oldi. Y. Shamsharov, Dovruq. Garchi Yigitalida ta'ziyanomani o'qishga
holi bo'l-masa-da, ko'ngli ancha ko'tarildi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
TA'ZIYAXONA [ta'ziya + xona] Motam marosimi o'tkazilayotgan xonadon, uy, hov-li. Ta'ziyaxonada
bir soashcha o'tirishgandan so'ng, Zokir ota boqqa birrov borib keladi-gan yumushi borligini
aytib, uzr so'radi. E. Nosirov, Hojining «hunari».
TA'ZIYACHI 1 Motam tutgan, azador kishi.
2 Marhumni dafn etish, motam marosi-mida qatnashuvchi kishi. -Janozaga yig'ilgan ta'ziyachilarni
chaqirib keldim, — dedi Shum bola. G'. G'ulom, Shum bola.
TA'YIN \a. — belgilash, anikdash; tayinlash] esk. Tayin, tayinli.
TA'KID [a. juSfc - ishontirish; so'z be-rish; isbotlash, quvvatlash] 1 Alohida uq-tirish; qattiq
tayinlab aytilgan so'z, ran. Habibaning ta'kidini eslab, gullar to'g'ri-sida og'iz ochmasdim.
S. Ayniy, Esdaliklar. «Hushyor bo'l!» ta'kidini eshitgan kishi sin-gari hushyor tortib, ichkari
kirdi. H. Shams, Dushman.
2 Uqtirish, qayd etish yoki tasdikdash; qayd; tasdiq. Ta'kidqilmoq. mm U\Teshaboy\ o'z ta'kidida
Fosih afandshsh safsataboz-likda aybladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TA'KIDLAMOQ 1 Boshqalaridan aj-ratib qayd etmoq; urg'u berib, maxsus e'-tibor qaratishni qayd
etib aytmoq. Keyin-gi jumlani Jomiy zo'r imon bilan g'pa'kid-lab aytdi. Oybek, Navoiy. -
Ajriliishbdi! — dedi Nurmat, shu so'zni ayuhida ta'kid-lab. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Uqtirib aytmoq, tayinlamoq. Nafisa opa, nochor unga javob berib, o'ziga ehtivt bo'lishini,
buvisining so'zidai aslo chiqmas-ligini qayta-qayta ta'kidladi. Mirmuh-sin, Umid. Elmurod
bugungi mashqni tak-rorlash uchun pulemyotga yotar ekan, general shoshilmaslikni ta'kidladi.
Shuhrat, Shi-nelli yillar.
3 Tasdik^tamoq, quvvatlamoq. -Balli, — Fazliddin boshi bilan xotinining so'zini ta'kidladi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Tosh-qin xavfidan qushulish uchun damba qilish zarurligini hamma bir
og'izdan ta`kidladi. A. Qaxxor, Qo'shchinor chirokdari.
TA'LIM [a. VJJU - o'rgatish, o'qitish, ilm berish; ma'lumot] 1 Bilim berish, ma-laka va
ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
Ta'shm va tarbiya ajral-mas egizaklar bo'lib, ma'lumot ularning
28
totli mevasidir. P. Usmonov, Odobnoma. Bizga ta'lim berar har kun o'qituvchimiz, Turli fanni
o'qib o'sar ong va kuchimiz. I. Muslim.
2 Ilm-fan yoki kasb-\unar sohalari bo'yicha egallanadigan, olinadigan ma'lu-mot va ko'nikmalar
majmui; bilim. Bosh-lang'ich ta'lim. Oliy ta'lim. Madrasa ta'-limi. mm Ilk bor alifbodan
olganda ta'-lim.. E. Vohidov, Muhabbatnoma.
3 Tarbiya, odob-axloq. Ta'limi yo'q bola. mm Arabboy qancha o'qisa ham, uning qiliq va
gapirishi, yurish-turishi maktabda ta'lim ko'rgan kishini emas, balki chapani aravakash-ni eslatib
turar edi. P. Tursun, O'qituvchi.
4 s. t. Ko'rsatma, yo'l-yo'riq, o'rgatuv. Arzi xola Qutbi otinning haligiday ta'limidan gangib
qoldi. R. Azizxo'jaev, To'lg'oq yemagan juvon. [Sidiqjon] Hech kimga qaramay, ket-monni qay
xilda chopish to'g'risida Malla-voy aka bergan ta'limga ham rioya qilmay, kuyib-pishib ishladi.
A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroklari.
TA'LIMII Ta'limga oid, ta'lim be-radigan; ta'lim-tarbiya ahamiyatiga ega bo'l-gan. Pokistonga
adabiy va ilmiy, ayniqsa, mahiiuMuu.. hikoyalar g'oyat zarurdir. Oybek, Hyp qidirib.
TA'LIMLI Ta'lim ko'rgan, yaxshi tar-biyalangan, axlokdi, odobli. Ta'limli bola.
TA'LIMOT [a. o\ ,.\g~ - «ta'lim» s. ko'pl.: ko'rsatmalar, yo'l-yo'riqlar, farmo-yishlar| 1 Fan
sohalari, ijtimoiy hayot, jamiyat va sh.k. haqidagi ilmiy qarashlar, nazariy xulosalar majmui;
nazariya. Fal-safiy ta'limotlar. Sufiylik ta'limoti. Forobiy ta'limoti. mm «Inson ko'zi
tush-gan nuqtaga yetib borishi mumkin..» Me'mor Najmiddin Buxoriy ulug' munajjim Ulug'-bek
mirzo ta'limotidagi bu so'zning mag'zini chaqib, xayol ichida o'tirardi. Mirmuhsin, Me'mor.
2 Ko'rsatma, yo'l-yo'riq, o'rgatuv. Shunday, siz mening haligi ta'limotim bo'yicha, uning bo'yniga
qo'y so'yish va to'n berishni yuklashga harakat qshshngiz. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TA'LIMSIZ Ta'lim ko'rmagan, yaxshi tarbiya olmagan; odobsiz, tarbiyasiz. Ta'-limsiz bola.
TA'LIM-TARBIYA Ta'lim va tarbiyaga oid ishlar; ta'lim va tarbiya; pedagogika. Ta'lim-tarbiya
ishlari. Ta'lim-tarbiya il¬miy-tekshirish instituti. mm Zag'chako'z patnisdan ko'zini olmay,
g'azabini ichiga yut-gani holda: -Xo'sh, sizning maktabingizda bolalarga ilm-axloq, ta`lim-
tarbiya ham o'rgatiladimi? — debso'radi. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
TA'LIF \a. - qo'lga o'rgatish;
tuzish, tashkil etish; insho, kitob] esk. Yozma asar, insho, kitob.
Ta'lif qilmoq 1) asar yozmoq; 2) bosh-qaning asarini tahrir qilmoq.
TA'M [a. u\g — maza, ta'm; yoqimli his-tuyg'u] 1 Totib yoki yalab ko'rib bilinadigan xususiyat;
maza-tot sezuvchi a'zolarga ta'-sirdan uyg'onadigan tuyg'u; maza, tot. Achchiq ta'm. Shirin
ta'm. Dorining ta'mi. Ov-qatning ta'mi tuz bilan, Odamning ta`mi so'z bilan. Maqol. Hademay
bir yil ham o'tib ketyapti, Hali o'sha mayning ta'mi lablarda. Uyg'un. Muzdek qovunni yesangiz,
ta'miga ta'm, mazasiga maza qo'shiladi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
2 ko'chma Boshdan kechirilgandagi taas-surot, maza. Amir sarbozligining ta'mini bir marta
totgan Yodgor, bunday «ozodlik»ni istamadi, sarboz bo'lishdan zindonda qama-lib yotishini a'lo
bildi. S. Ayniy, Doxunda.
TA'MIN \a. (j^h - kafolat, ta'min-lash; garov; xavfsizlik; «omin» deyish, omonlik berish]:
ta'min qilmoq (yoki etmoq) 1) kerakli narsalarni yetkazib bermoq, ta'minlamoq. Kerakli
mahsulotlar bilan ta'min etmoq. mm Otam uchun ikki kishini shaharga yuborib, moddiy jihatdan
ta'min qilish og'irlik qilardi. S. Ayniy, Esdalik-lar; 2) biror narsaning amalga oshishi,
ro'yobga chiqishi, muhayyo bo'lishi uchun zarur sharoit yaratmoq. Muvaffaqiyatni ta'min qilmoq. mm
Hamrohlarim o'z tanki bilan dushman zotini abjaq qilgan va g'alabani ta'min etgan. N.
Safarov, Olovli izlar; 3) qoniqtirmoq, qanoatlantirmoq; kifoya qilmoq, yetarli bo'lmoq.
Buning sababini so'zlashdan ilgari imom afandining o'tgan tarixiga bir oz ko'z tashlab olishga
maj-burmiz. Chunki busiz o'quvchimizni ta'min qilish mumkin emasdir. A. Qodiriy, Meh-robdan
chayon.
TA'MINLAMOQ 1 Kerakli narsalar-ni muhayyo qilib, topib, yetkazib bermoq, ta'min qilmoq.
Shaharni sabzavot bilan ta'minlamoq. Maktablarni o'quv qurollari
6wmn ta'minlamoq. mm Mazkur komteksni iirlashma o'z kuchi bilan qurganligi, zarur jihozlar
bilan ta'minlaganligi diqqatga sazovordir. Gazetadan.
2 Biror narsaning amalga oshishi, ro'yob-ga chiqishi, muhayyo bo'lishi uchun zarur sharoit yaratmoq.
-Javilboydagi uchta na-sosning beto'xtov ishlashini ta`minlay-man, — dedi Usmonjon aka.
«O'zbekiston qo'rikdari». ..xshqlarimiz do'sp`shgiurushdagi g'alabamizni ta'mishagan omillardan
bo'l-ganligi to'g'risida to'lqinlanib gapirardi. N. Safarov, Jasoratning davomi.
TA'MINOT \a. .-.I L" — «ta'min» s. ko'pl.] 1 Kerakli narsalarni muhayyo qilib yetkazib berish;
yashash, ishlash uchun zarur narsalarga bo'lgan ehtiyojni qondirish. Ijtimoiy ta'minot. Davlat
ta'minoti. Ta'minot bo'limi. mm Ta'minot ham to'la yo'lga qo'yilmagan: gohi yoqilg'i yetkazib
be-rilmaydi.. «O'zbekiston qo'rikdari».
2 Yashash, ishlash uchun kerakli pul, oziq-ovqat, kiyim-kechak kabi narsalar majmui. ..lashkar
ta'minotini ziyoratchshshrning nazr-niyozlariga yuklaganlar. K. Yashin, Hamza.
3 ko'chma kam qo'll. Ma'naviy ozuqa; dal-da; umid. Otasining bu so'zlari uning [Ota-bekning]
istiqboli uchun yaxshi ta'minotlar berar. A. Krdiriy, O'tgan kunlar.
TA'MIR [a. J-L^-X! — (yerni) ishlash, o'zlashtirish; qurish, qurilish; tuzatish; obod qilish] esk.
kt. 1 Kishi kuchi va ixtiyori bilan inshoot, bino, joy va sh.k. ni qurish, yangidan yaratish.
Tabiat turfa tuzmish tarhu ta'mir Qilib bog'u chaman shaklida tasvir. Habibiy. [Xudoyorxon]
1288 (hijriy) yilda Qo'qonning eski qalandarxonasini bu-zib, yangidan ta'mir.. qildi. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon.
2 Biron narsa, ob'ektni buzilgan, sin-gan, yirtilgan joylarini tuzatish, yaxshi-lash va shu yo'l
bilan yarokdi holga kelti-rish. Hamma hasharchilar orolga o'tib olgan-shridan keyin, ta'mir ishi
jadallab ketdi. \1. Osim, Temur Malik.
Ta'mir qilmoq (yoki etmoq) Ta'mir ish-larini amalga oshirmok, ta'mir bilan butunlamoq, yaroqli
holga keltirmoq. ..Balx-dagi Xo'ja Muhammad madrasasi ta'mir qi-ishayotganini aytdi.
Mirmuhsin, Me'mor. xodimlar qisqa fursatda ta'mir etilgan xonaga tiqilishib qoldi. N.
Qobil, Unu-tilgan sohillar.
TA'MIRLAMOQ Ta'mir qilmoq. Sa-marqand shahrida ham keng miqyosda ta'-mirlash ishari olib
borildi. «Fan va tur-mush». Xalq hunardmandlari tomonidan ta`-mirlangan va pardozlangan
obida o'zining go'zalligi bilan kishi diqqatini jalb eta-di. Gazetadan.
TA'MIROT [a. s\- «ta'mir» s. ning ko'pl.] esk. kt. 1 ayn. qurilish 2.
2 Qurilgan bino; inshoot.
TA'MLI 1 Ta'mga ega. Isiriq tuksiz, badbo'y va achchiq ta'mli ko'p yillik o'tdir. «Fan va
turmush».
2 Ta'mi, mazasi yaxshi; mazali, lazzat-li, totli. Ta'mli ovqat.
TA'MSIZ Ta'mi, mazasi yo'q; bemaza, lazzatsiz, totsiz. Ta'msiz qovun.
TA'NA \a. <1AJO — nayza yoki pichoq san-chish; shikoyat; rad etish; malomat] 1 Xato-lik, ayb yoki
kamchilikni betga solib yoki kamsitib aytilgan ran, qilingan xatti-harakat va sh.k. Achchiq
mama, mm Gunohkor bo'lmay turib, o'z sevgilingdan o'rinsiz ta'-nalar eshitsang. J. Jabborov,
Sevinch yosh-lari. Keksa bog'bonning samimiy so'zlari ham ta'na, ham tanbeh edi. LU. Rashidov,
Bo'ron-dan kuchli. Bobo, bu gapga qanday tiling bordi, deganday unga ta`na bilan qaradi-da,
bosh chayqadi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
2 Minnat, haqorat, malomat tarzidagi gap-so'z. -Yo'qchilik jonimga tegdi, — dedi bolali
xotin, — boyvachchalarning xotinla-riga kir yuva-yuva o'lib bo'ldim. Itdek meh-nat qilib, bir
burda nonlarini ta'na bilan yedim. S. Zunnunova, Gulxan. Agar kuchim, quvva-tim yetsa,
odamlarning jon olg'uchi ta'na-lariga yana chidash berar edim, lekin majolim qolmadi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Ta'na qilmoq Ta'na tarzidagi gap-so'z aytmoq. Xasis deb ta'na qilmoq. mm Yo'l-dosheva..
rabfakda o'qib yurganida, mahallada paranji yopinib trgan bo'lishi mumkin, buni hozir ta'na
qilishda xech qanday ma'no yo'q. A. Qahhor, Bek. Hamkasblari.. «Mansabdor bo'lib, mensimay
ketdi», deb ta'na qilish-laridan o'zini ehtiyot tutardi. R. Fayziy, Hazrati inson.
TA'NALI Ta'na bilan aytilgan, ta'-nadan iborat bo'lgan, ta'na ifodalaydigan. Safoxon
to'raning Kamol qozidan man tort¬may qilayotgan ta'nali o'tkir gaplari bosh-qalarni o'ylatib
qo'ydi.. K. Yashin, Hamza. Munira, xotinini kuzatib kelgan raisga ta'nali boqdi. E. Usmonov,
Yolqin.
TA'NAOMUZ [ta'na + f. ^1 - o'xshash, kabi] ayn. ta'nali. Rahimaning brigadasida ham anchagina
g'o'zaga dori sepilmagan. Oysha ta`naomuz gaplarni gapirgisi kelsa ham, bu haqda indamadi. H.
Nu'mon, Mehr. Mutrib, «xayolparast inim» degandek, Avazga ta'-naomuz razm soldi. S. Siyoev,
Yorug'lik.
TA'NACHI Har narsani ta'na qilave-radigan kishi. Ta'nanilardan tegmasin is-noding, ko'zing
ochgin, Avaz, senga ne bo'ldi? «Bo'tako'z».
TA'RIF \a. — tanishtirish; tu-
shuntirish; anikdash; maqtash, vasf etish] 1 Narsa, voqea-hodisa va sh.k. ga so'zlar vositasida
berilgan bayon, tasvir; tavsif. Ming ta'rifdan bir ko'rgan afzal. mm Ol-chinbekning ta'rifiga
qaraganda, Zubayda-xon tengi yo'q momaqaymoq, ofatijon emish. K. Yashin, Hamza. Orif ota
gullarning ta'-rifini hikoya qilgudek bo'lsa, hamsuhbatining og'zini ochirib qo'yadi. R. Fayziy,
Hazrati inson. To'yingning ta'rifini eshitdim, shu yerda bo'lsam ham kelmas edim. A. Qahhor,
Og'-riq tishlar.
Ta'rif qilmoq Ta'rifini, tavsifini bermoq, keltirmoq. ..u zot nihoyatda pokiza odam
ekanliklarini ta'rif qildi. Mirmuh-sin, Me'mor. Ta'rifga sig'maydi q. sig'moq. Ta'rifi
ketgan Juda ma'lum-mashhur. U ta'rifi ketgan go'zal qiz bo'lgani uchun Sul-ton Muhammadxonday
podshohning xotiniga aylangan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 Narsa, voqea-hodisa, tushuncha va sh.k. ning qisqa va aniq ifodasi. Terminning ta'rifi.
Tushunchaning ta'rifi. Ko'shma so'z-ning ta'rifi.
TA'RIFI(Y) Ijobiy xislatlari, maqtovi hammaga ma'lum bo'lgan; maqtala-digan, maqtovli.
Nizomjon qishlog'ining ta'rifi o'rigini juda sog'ingan edi. S. Ah-mad, Ufq. Qishloqdagi
bog'dorlar borki, ik-kitasining boshi biriksa bo'ldi, Abdulaziz hojining gilosi haqida gap
ochilar edi.. Ja ta'rifiy gilos edi.. S. Anorboev, Ham-qishloqlar.
TA'RIFICHA krsh. s. Ta'rifiga ko'ra, tavsiflashicha, tasvirlashiga qaraganda. Uning o'z
ta'rificha, bir necha yillardan buyon tinch va osoyishta tirikch`ishgini o'tkazib yurganida..
Saodatxonning kelishi oshga pash-sha tushganday bo'ldi. «Mushtum». Dosha Mu-soning ta'rificha,
«qoshlarini objuvoz qi-lib», Elmurodga tikildi. P. Tursun. O'qi-tuvchi.
TA'RIFLAMOQ 1 Ta'rifini bermoq, ta'rif qilmoq; maqtamoq. Toshkentni, dok-tor, doktorxonani
ta'riflab ado qiyaolmay-di. Shuhrat, Jannat qidirganlar. Ketmon usta ta'riflagancha bor ekan.
T. Ashurov. Oq ot. Peshtaxtalar oldida xaridordan ko'ra ko'proq uymalashgan sotuvchtar tiiaridan
bol tomib, mollarini ta'riflashadi. N. Ami-HOI5, Suvarak.
2 Narsa, voqea-hodisa, tushuncha va sh.k. ning mohiyatini qayd etmoq, ifodalamoq. Temir,
«Hamma narsaning ta'rifi bor, ham-ma narsani tushuntirib bera olaman», dey-di. U baxtni ham
ta'riflab berdi, ko'nglini ham, muhabbatni ham.. A. Muxtor, Chinor.
TA'RIFLI Muayyan tavsifga ega, ta'-rifga loyiq, ta'rifga tushgan. Siz ta'rif-li zargarbachcha.
Men sizniki too'lguncha. «Era-li va Sherali». /967 yilda bog' kuchga to'lib, gurkurab ketdi..
Ayniqsa, anorzor ta'rifli edi. Gazetadan.
TA'RIFOT \a. oUy^ — «ta'rif» s. ko'pl.] kt. Ta'riflar, ta'rif va tavsif-lar; maqtovlar.
Erur kim mardligingdan yoz-salar ko'p dostonlar ham, Nechuk biz sig'di-raylik bir varaqqa
ta'rifotingni. Chustiy. Qovun haqidagi boyagi ta'rifotlarning bar-chasi ham hozir birdan
yodidan ko'tariladi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TA'SIP [«taassub» s. ning buzilgani]: ta'sip qilmoq (yoki etmoq) s. t. Taassub qil-moq,
ish-harakatda birovga ergashmoq, taq-lid qilmoq. Sattorqul akang uyini yangi turmush qildi..
Obidjoning shularga ta'sip qilaman deb, meni ko'p kuydirdi-da! A. Qah-hor, Qo'shchinor
chirokdari.
TA'SIR [a. — (xotirida) iz, asar qoldirish, ta'sir qilish] 1 Tashqi omil-larning kishi yoki
narsa holatini o'zgar-tirish, qo'zg'ash xususiyati va uning natija-si. Ta'sir va aks ta'sir.
O'zaro ta'sir. Dorining ta'siri. Issiqlikning ta'siri. Uqituvchining bolalarga ta'siri.
Ta'sir kuchi. Ijobiy ta`sir ko'rsatmoq. mm So'nggi kunlarda Navoiydan kelgan xatning ta'-
sirida yurgan Bobur Hirotdan gap ochdi. P.
31 YAU,^
Qodirov, Yulduzli tunlar. Kuni bo'yi bir stakan aroq yoki vinoning ta'sirida yuradi. E.
Raimov, Ajab qishloq. Yerda tunov kuni yoqqan yomgirning ta'siri bor. Jangchilarning yurishini
og'irlashtiradi. Shuxrat, Shinelli yillar.
Ta'sir qilmoq (yoki etmoq) Ta'siri yuza-ga chiqmoq, sezilmoq; ta'sir bildirmoq, o't-kazmoq.
Bo'lib o'tgan gap Tolib akaga yomon ta'sir qildi. F. Musajonov, Himmat. Meni afsun bilan ham
rom qilib bo'lmaydi, menga zahar ham ta'sir qilmaydi, gap ham! Mir-muhsin, Me'mor. Sanobar
o'z so'zlarining Ali-jonga qanday ta'sir etganligini bilish uchun uning yuziga sinchkov nazar
tashladi. M. Xay-rullaev, Ko'ngil.
2 Obro', nufuz, e'tibor. Buxoro jadid-lari orasida usmonli turklarning va tatar
boyvachchalarining ta'siri katta edi. S. Ayniy, Doxunda.
TA'SIRLAMOQ kam qo'll. Ta'sir qil-moq, ta'sir ko'rsatmoq. Nervni elektr, zarb, issiq suv yoki
birorta kimyoviy modda bilan ta'sirlaganimizda, hamma vaqt muskulning qisqarganini ko'ramiz.
«Anatomiya».
TA'SIRLANMOQ Ta'sir olmoq, ta'-siriga berilmoq, ta'sirida bo'lmoq: izti-robga tushmoq. Avaz
har narsadan darrov ta'-sirlanadigan, adolatsizlik ko'rsa, lov etib ketadigan chars
tabiatli.. S. Siyoev, Avaz. Yolg'izjon qallig'ining mulohazalaridan ta'-sirlanib, anchagacha jim
yotdi. R. Rahmon, Mehr ko'zda. U bir nimadan qo'rqsa yoki ta'-sirlanib ketsa, gapirolmay
g'o'ldirab qolar-di. Mirmuhsin, Me'mor. Ma'sumaoy Oyim-bibiga qayrilib qaradi, uning
holatidan ta'sirlanib, pastki labini tashladi, bo-shini chayqadi. N. Safarov, Don.
TA'SIRLI Ta'sir qila oladigan, ta'-sir kuchiga ega. Eng muhimi, faktlarni qu-ruq qayd
qilmay, ularni badiiy ta'sirli ifodalashdadir. N. Safarov, Jasoratning davomi. Nogoh jimjit
va qizg'in havoni yangratib, hofizning ta'sirli ovozi ko'ta-rildi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Obro'li, e'tiborli, nufuzli. Ta'sirli doiralar.
TA'SIROT \a. ol — «ta'sir» s. ko'pl.] Ta'sir; ta'sirlar. U organizmni tashqi mu-hitning har
xil ta'sirotlaridan saqlaydi. «Anatomiya».
TA'SIRSIZ 1 Ta'siri yo'q, ta'sir ku-chiga ega emas, kor qilmaydigan, kuchsiz, zaif. Ta'sirsiz
gap. mm Osmonni qizg'ish kul-rang tuman qoplab, kunning yuzini g'ira-shira va ta'sirsiz qilib
qo'ydi. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
2 Obro'si, e'tibori, nufuzi yo'q. Ta`-sirsiz odam.
TA'SIRCHAN Yaxshi ta'sir etish kuchi-ga ega, ta'sir etish kuchi yuqori darajali; ta'sirga tez,
kuchli beriladigan. Quyonlar o'zining biologik xususiyatlariga ko'ra, tash-qi sharoit omillariga
o'ta ta'sirchan bo'la-di. «Fan va turmush». Har bir so'zni o'ziga xos phangda, ta'sirchan qshshb
gapira oladigan bu kishining hozirgi nutqi salobat bilan ta'-sirchan jarangladi. I. Rahim,
Chin muxabbat.
TA'SIRCHANLIK Ta'sirchan bo'lish, ta'sir etish kuchi, qobiliyati. Ko'rsatuvga bunday har tomonlama
yondashish, so'zsiz, uning ta'sirchanlik kuchini yanada oshiradi. Gaze-tadan.
TA'SIS \a. i..:...!" — tuzish, tashkil etish; joriy qilish]: ta'sis etmoq (yoki qilmoq) 1)
joriy qilmoq, belgilamoq. Me-xanizatorlar Anzura Jo'raeva nomida esda-lik mukofoti ta'sis
etilishini orzu qil-moqdalar. «O'zbekiston qo'riqlari»; 2) tash-kil qilmoq, vujudga keltirmoq.
Ilmiy ja-miyat ta'sis etmoq.
TA'TIL I \a. k,i,J — to'xtash, to'xtatish; berkitish, yopib qo'yish; tarqatish] 1 esk. O'quv
dargohlarida, umuman, dars-mashg'ulot bo'lmaydigan kunlar; dam olish kunlari. Maxdum, bu kun
sizga ta'til \dedi mavlono Fasihiddin Sultonmurodga]. Oybek, Navo-iy. ..chorshanba, payshanba
va juma kunlari ta'til (dam olish kunlari) bo'lar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
2 Maktab va b. o'quv yurtlarida dars-mash-g'ulotlar to'xtatilib, o'quvchilarga dam beri-ladigan
(o'quvchilar dam olishga chiqadigan) vaqg, tanaffus. Nihoyat, maktablarda ta'-tsh kunlari
boshlandi. L. Tojieva, Mehrim sizga, odamlar. Axmad ta'til paytida Far-g'ona vodiysiga
praktikaga bordi-yu, u yerdagi odamlarga qoyil qoldi. F. Musajonov, Him-mat.
3 Dam olish, davolanish va sh.k. uchun ishdan ozod qilib beriladigan ma'lum kunlar, ishdan ozod
qilinadigan muddat. Boshqs`shrga dam olish kun, Ta'til oyi be¬
32
rilar. Shoir yangi tashbih uchun O'lgan bo'lsa tirilar. E. Vohidov. Mo'minov har yili ta'-til
paytida dam olmas edi. M. Maqmudov, Mangu kuy izlab.
TA'TIL II shv. fol`k. Ovqat, yegulik; no-nushta; ovqatlanish.
Ta'til qilmoq Nonushta qilmoq, umu-man ovqatlanmoq. Ul alplar qanday alp: yoyandoz, mergan,
har qaysisi.. har kuniga to'qson shirvozning etini ta'til qilgan.. zo'r ptvondir. «Alpomish».
TA'TILLANMOQ ayn. ta'til qilmoq. Ertalab ta'tillanib, yo'lga otlandim. T. Murod, Ot
kishnagan oqshom.
TA'XIR [a. _>*`.1l — kechikish, kechikti-rish; imillash, orqaga sudrash, keyinga qoldirish] esk.
kt. O'z vaqtida kelmaslik yoki qilmaslik, bajarmaslik; kechikish, xayollash; to'xtab qolish;
to'xtatib qo'yish.
Ta'xir qilmoq (yoki etmoq^ Kechiktirmoq, to'xtatib qo'ymoq. Nechuk ish bo'lsa, o'z vaqti-da
qildim, qilmadim ta'xir, Sadoqat bir-la qilgan mehnatimni aylashib taqdir. Habibiy.
Ta'xirga solmoq Kechiktirmoq, to'xtatib qo'ymoq. Ta'xirga tushmoq Kechik-tirilmoq, to'xtatib
qo'yilmoq; o'z vaqtida bajarilmaslik. Do'st achchig'iga do'stlar ix-losi bo'lsa shoyad, Ta'xirga
shushmay ishlar soz bo'lsa, kulsa shoyad. «Mushtum».
TA'QIB [a. — orqasidan quvish;
iziga tutish; quvg'un qilish; jazolash] 1 Zimdan, bildirmasdan ko'z-quloq bo'lib kuzatish. Yurish-
turishini ta'qib. Ta'qib-dan qutulmoq.
2 Erkin harakat-faoliyat ko'rsatishga qo'ymaslik, shu maqsaddagi nazorat, kuza-tish. Podsho
Ibrohim Sultonga ahli ulamoyu fuzalo ustidan ta'qibni haddan ziyod qil-maslik, mumkin qadar
ularga tegmaslik ke-rakligini aytdi. Mirmuhsin, Me'mor.
3 Izdan tushmoq, ketidan quvmoq, or-qama-orqa bormoq, yurmoq. Uning harakati bir narsadan
shubhalanib emas, ammo orqadan dushman ta'qibi bo'lmadimi uchun edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Ta'qib kilmoq (yoki etmoq) 1) ko'zdan o't-kazmoq, kuzatmoq. Onasi uning butun hara-katlarini
ta'qib qilib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar. Otabek xomush o'tirar, Hasanali esa uning
holini ta'qib etmoqda edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar; 2) ko'z-quloq bo'lib kuzatmoq,
nazoratda tutmoq. Gulsum¬bibi.. qizning fe'li-atvorini, yurish-tu-rishini ochiq va bekitgich
ravishda uzoq ta'qib etdi. Oybek, Tanlangan asarlar; 3) izidan tushmoq, ketidan harakat
qilmoq, quvmoq. Uloqni olgan Sodiqjon boyvachcha hammadan oldinda, Sulaymon oqsoqol boiiiq
qolgan ko'pkarichilar uni quyunday ta'qib qilib kelishardi. K. Yashin, Hamza. Jo'raqul do'stlari
bilan dushmanni ta'qib qilib, oldinga siljirdi. Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi.
TA'QIBCHI Zimdan kuzatuvchi, ta'qib qiluvchi. Daraxtning yuqorisiga chiqib oldim. Bir marta
quvib niyatiga yetolmagan bu ta'qibchi yirtqich [ayiq] endi jon-jahdi bilan archa ustiga
chiqishga urinardi. Q. Sultonov, Maymoqpolvonning ta'qibi.
TAEKVONDO [koreyscha: tae - oyoq + kvon — qo'l + do — yo'l: oyoq va qo'llarning harakat yo'li,
usuli] sprt. Erkak va ayol-larning o'z vazn toifalarida (yakka va ja-moaviy), belgili
qoidalar asosida, oyoq va qo'llar bilan zarbalar berishdan iborat sport kurashi turi. Xalqaro
taekvondo fe-deratsiyasi. shsh Yaqinda respublika taekvondo federatsiyasi tomonidan o'tkazilgan
sport yo'riqchilarining malaka sinovi [baholanishi] ana shu savollarga javob berdi. Gazetadan.
TAYAMMUM \a. - - niyat qilish; bi-ror maqsadni ko'zlash; suv bo'lmaganda qum bilan taxrrat
qilish] din. Suv bo'lmagan joyda qum, tuproq, paxta, toza mato kabi narsalardan foydalanib
olinadigan shart-li tahorat. Uydan chiqishda qumg'onni olish yodidan ko'tarilgani uchun u ancha
tashvish-landi. Hech bo'lmagandan keyin, libosiga qo'l urib, tayammumni ado etdi. N. Maqsudiy,
Bola yo'qotgan kishi.
Suv yo'g'ida tayammum Yo'q narsa o'rnida boshqa narsadan foydalanishga, boshqa nar-sa bilan
kifoyalanishga to'g'ri kelgan hol-larda aytiladigan ibora. Axmad Husayn bir oz o'ylanib
turgandan so'ng dedi: -Yaxshi, roziman, suv yo'g'ida tayammum, deganlar-ku. Oybek, Hyp qidirib.
TAYAMOQ 1 Biror narsani ikkinchi bir narsaga tegizib, kuch bilan ig'arib turmoq, tiramoq.
Tirsaklarini tizzalariga tayagan holda bukchayib o'tirgan Elmurod yuzidan qo'llarini olmay
so'radi: -Nima qilay? P. Tursun, O'qituvchi.
2 Mustahkam turishi uchun biror narsa tirab, o'rnatib qo'ymoq. Qulay boshlagan de-vorga yog'och
shayab qo'ymoq.
3 Biror narsaga tegizib quymoq, suyamoq. Chol hassasini devorga tayab qo'ydi.
TAYANMOQ 1 Tayamoq 1 fl. o'zl. n. Hassaga tayanmoq. Qo'llari bilan stolga tayanib olmoq. mm
Kampir.. bir qo'lida hassasiga, ikkinchi qo'lida Anorxonga tayanganicha qabristonga yo'l oldi.
I. Ra\im, Ixlos. Sulton tizzalariga tayanib o'rnidan turdi. E. Usmonov, Yolqin.
2 ko'chma Biror narsani hisobga (asosga) olib, unga ishonib ish tutmoq; suyanmoq. Ommaning
tashabbusiga tayanmoq. Bizda pax-tachilik yuksak agrotexnikaga tayanadi. mm O'rtoq Nizomiddinov,
bunday paytlarda rah-bar organlarning yordamiga tayanish kerak. S. Ahmad, Hukm. Xon.. ko'proq
saroy amaldorla-ri, ulamo va to'ralarga yon bosar va ularga tayanardi. J. Sharipov, Xorazm.
Azaldan yer unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshi-rishda almashlab ekish samarasiga tayanib
kelingan. «Mushtum».
Tavbasiga tayanmoq q. tavba.
TAYANCH 1 Narsani ko'tarib, uning tik, barqaror turishi uchun xizmat qiladigan vosita; ustun,
tirgak, tirgovuch. Ko'pgina qu-rilish tashkilotlari.. tayanchlar yasash uchun metallni behuda
sarflamoqdalar. Gazetadan.
2 ko'chma Asos bo'lib xizmat qiladigan, suyaniladigan narsa. Mo'lhosil to'plash oyi-da
mexanizatsiya dehqonning eng kuchli tayan-chidir. Gazetadan. Pedagogning eng qudratli tayanchi
ham va orombaxsh yostig'i ham uning pokiza vijdonidir. R. Usmonov, Odobnoma. Tabiat faqat
inson tirikligining, hayot-ning jismoniy asosini belgilabgina qolmay, ma'naviy hayotning ham
asosiy tayanchidir. «O'TA».
3 ko'chma Yordam yoki himoya qiladigan, qo'l-lab-quvvatlaydigan kimsa; himoyachi, yordam-chi, homiy.
Zebixon xotinlarni zimdan kuza-tib o'tirar, ularning ichidan o'ziga tayanch bo'ladiganlarini
mo'ljallar va o'ylar edi. S. Zunnunova, Gulxan. Xudodan boshqa tayanchim yo'q, o'zi asrasin.
Oybek, Tanlangan asarlar.
TAYANCHIQ 1 Tutib, ko'tarib turadigan vosita; tirgak, ustun, tirgovuch. Ko'prikning
tayanchiqlari. mm Bo'yin tayanchig'i bo'lgan yuqorigi yeshtita umurtqa bo'yin umurtqa-lari deb
ataladi. «Anatomiya».
2 Stul, karavot va sh.k. ning suyanila-digan, tayaniladigan qismi; suyanchiq. Nai-miy buni sira
kushmagan edi, rangi o'chib ketdi, kresloning tayanchig'ini changallab, o'rnidan turdi. A. Muxtor,
Opa-singillar.
3 ko'chma ayn. tayanch 3. Men keldim bir darbadarday yosh to'kib hushsiz, Qani onam.. tayanchig'im,
ko'nglim quvonchi? «Sharq yul-duzi».
TAQ I taql. s. Ikki qattiq narsaning bir-biriga zarb bilan urilishidan hosil bo'ladigan
tovushni bildiradi. Yong'oq taq ztib toshga urildi. Eshik taq etib yopildi. mm Boshliq trubkani
yana taq etib qo'ydi. Xuddi katta bir ishni qoyil qilgan odam-dek, qandaydir dimog' bilan
xo'rsindi. S. Zunnunova, Gulxan. Zokir qo'lidagi qadahni taq etkazib, stolga qo'ydi. P.
Krdirov, Uch ildiz.
Peshonasi taq etib devorga tegmoq O'z
bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo'l-moq. Peshonang devorga taq etib tekkandan so'nggina
ko'zing ochildi. S. Anorboev, Oqsoy. Taq (yoki tiq, tuq) etsa, eshikka qaramoq Kimsani
intizorlik bilan kutmoq. Muhar-ramning toqati toq, Elmurodning yo'liga ko'zi to'rt edi. Taq
etsa, eshikka qarardi. Shuhrat, Shinelli yillar.
TAQ II q. taqqa. Temurbekning shaxti ko'p baland! Yeru ko'kni u taq tindirar. M. Ali,
Gumbazdagi nur.
TAQA I Ot-ulov tuyog'ini zararlanishdan, sirganishdan saqlash uchun tuyoq ostiga mix-lab
qoqiladigan yarim doira shaklidagi metall buyum. Otning taqasi. mm Qishloq tinchligini buzgan
bu yakka ot tuyoqlarining taraq-turuqi, taqalarning toi`shrga uri-lishidan chiqqan yalt-yalt
chaqmoq dam o'tmay uzoqlashdi. S. Anorboev, Oqsoy.
TAQA II shv. Juftning biri; toqa. Nor-boi ota.. olti tanob yeru bir taqa ho'kizga ega bo'ldi.
M. Hakim, Buvnor. ..bir necha qa-dam yo'l bosishi bilan qo'lqopning ikkinchi taqasini ko'rib
qoldi. «Mushtum».
TAQAL: taqal qilmoq Biror ishni ba-jarishga darrov kirishmay, o'ylanib qol-moq, kechiktirmoq;
ketga surmoq, galga sol-moq; bahona qilmoq. Tojixon, qo'ying shu vajhu taqalni. A. Muxtor,
Kumush tola. Hayallamay jallod, endi boringlar, Taqal qilmay, tezroq borib kelinglar.
«Alpomish». Yomon xotin ko'p qiladi taqalni, Qirqqa
Z-O'ZBEK TILINING IZOHLI LUGATI
kirmay oqartirar soqolni. M. Alaviya, O'zbek xalq qo'shiqlari.
TAQALAMOQ Ot-ulov tuyog'iga taqa qoq-moq. [Xolxo'ja Bo'taga:\ Menga yigit bo'l! Bir qoshiq
qoningdan o'taman. Menga xizmat qsh! Otlarni taqalaysan. S. Ahmad, Hukm.
TAQALMOQ 1 Taqamoq fl. o'zl. va majh. n. Yog'ochning uchi devorga taqalgan. Qayiq bo-rib
qirgoqqa taqaldi. mm Hozir suhbat El-chibekka kelib taqaladiganday edi. A. Mux-tor,
Tug'ilish. Suvi ancha tortilib qolgan ko'lning shimoliy etagi qishloq uylarining hovlilariga
borib taqalar edi. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o. Kamar bir odam bemalol engashib yura oladigan
bo'lib, oxiri qaerga borib taqalishini hech kim bilmasdi. P. Tur-sun, O'qituvchi.
2 Biror narsaning bitishiga, yuzaga ke-lishiga qarab qolmoq, u bilan bog'liq bo'l-moq.
Ruxsatnoma yozilgan. Ish suratga taqa-lib qoldi. Bugun u ham tayyor bo'ladi. N. Sa-farov,
Saodatning qissasi. Ko'p narsa za-monaviy mashina-uskunalarning yetishmasli-giga borib
taqaladi. «Mushtum».
TAQAMOQ 1 Juda yaqiniga olib borib, yetkazib, tegizib qo'ymoq; tiramoq. Stul-larni bir-biriga
taqab qo'ymoq. mm \Mah-kam:\ Goh qo'lida miltiq, yo'limni to'sadi, goh ko'kragimga minib olib,
kekirdagimga pichoq taqaydi.. N. Safarov, Uyg'onish. Nuri o'z yuzini yigitning yuziga taqadi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
2 ko'chma So'zni, mavzuni biror yerga, ma-salaga ulamoq, olib kelmoq, ko'chirmoq. Shunday qilib,
Yefim Danilovich gapni yana qurol-yaroqqa olib kelib taqadi. A. Muxtor, Opa-singillar.
3 Kim yoki nimadandir deb bilmoq, unga bog'lamoq. Hamma narsani dinga, xudoga ta-qayverma.
N. Aminov, Suvarak. Oblast`sahro hisobiga taraqqiy etib, kelgusida ikkiga bo'linib ketsa,
bu ob'ektiv qonun, Abbosov. Sen buni menga taqama, bundan ig'vo chiqa-rishing qiyin. A.
Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat.
Devorga taqamoq Shoshirib, gangitib qo'ymoq; taslim bo'lishga majbur qilmoq. Bora-bora Qoracha
Hojibning hazillari siy-qalashib, hammaning ensasini qotira bosh-ladi. Oysuluv esa yangi-yangi
so'zlar, o'xshatish-lar topib, raqibini devorga taqab qo'ydi. M. Osim, O'tror.
TAQASOQOL Uzun-uzun gullari egilib, yarim doira shaklini oladigan yovvoyi cho'l o'simligi.
Taqasoqol, yovshan.. ko'karib, yulg'un-lar qip-qizil gulladi. A. Muxtor, Davr me-ning
taqdirimda.
TAQATAQ 1 Hammasi birdan, bitta ham qolmasdan; yoppasnga. Magazinlar, do'konlar taqataq
qulf. mm Uy.charning eshiklari, derazalari taqataq yopiq. Oybek. Tanlan-gan asarlar.
2 Butunlay, tamoman. Isitma polvonning ishtahasini taqataq bo'g'ib, sillasini qu-ritibdi. M.
Aliev, Betob. Allonning bir ju-vozi taqataq to'xtadi A. Muxtor, Qoraqal-poq qissasi. To'rani
ko'rib, hamma toqataq to'xtar, ikki bukilib ta'zim qilardi. J. Sharipov, Xorazm.
TAQA-TAQ taq.1. s. Bir me'yordagi tez ha-rakatdan, urilishdan hosil bo'ladigan ovoz, shovqinni
bildiradi. Poezdning «taqa-ta-qi» kishish mudratardi.
TAQACHI Taqa yasaydigan va otga taqa qo-qadiganusta. Mo'g'ullar.. kerakli qurolsomar,
uzangisozlar, taqachilar, temirchilar, ara-vasozlar, to'quvchilar va boshqa kasb egalarini bir
chekkaga ajratdilar. M. Osim, O'tror.
TAQACHILIK 1 Taqa yasash va taqa qo-qish ishi, kasbi. Taqachilik arsheli. Taqa-chilikni o'rganmoq.
Taqachilik qilmoq. mm Bo'taboy ham ikki kunda tatsachilik do'koni-ni tikladi. S. Ahmad, Hukm.
Dadam taqa-chilikni jinidan battar yomon ko'rsa ham, taqa yasashga kirishdi. A. Qahxrr, O'tmishdan
ertaklar.
2 map. Taqachilar ishlaydigan joy; taqa-chilarning do'koni, ishxonasi joylashgan rasta, ko'cha yoki
mahalla. Bari bir, Mahkam tinmadi, taqachilikka tushib, bir cheti uch-gan sandon ko'taribkeldi.
R. Fayziy, Hazrati inson. Ochil taqachi Madumarni taniydi, kulollar rastasi taqachilikshng
shunday yon-ginasida. A. Muxtor, Chinor.
TAQASHTIRMOQ Bir-biriga taqab, te-gizib qo'ymoq, yonma-yon jigtslab joylash-tirmoq. Stolni
devorga taqashtirib qo'ymoq. mm Qizlar birin-sirin kelib, o'rinlari us-tiga o'tirdilar. Urin
qator va bir-biriga taqashtiribsolingan edi. A. Qodiriy, Meh-robdan chayon.
TAQVIM \a. ^jjj — to'g'rilash, tuzatish; baholash; kalendar`] 1 esk. Sayyora (plane¬
35
ta)larning holat va harakatlarini ko'rsa-tuvchi yillik jadval; yulduzlar jadvali.
2 Yilning barcha oy-kunlari tartibi bilan ko'rsatilib, boshqa turli xil qizi-qarli
ma'lumotlar ham berilgan jadval yoki kitobcha. Stol taqvimi. Yirtma taqvim.
TAQVO [a. — dindorlik, xudojo'y-lik; xudodan qo'rqish] din. 1 Mustahkam di-niy e'tiqod;
xudojo'ylik, dindorlik.
2 Harom-xarishdan hazar qilish, o'zini saklash, tiyish. [Eshonlarnipg] Taqvo emish sil-mishlari,
Ya'ni shuldir ishlari: Faqir molin chaynarga O'tkir bo'lgan tishlari. Hamza.
TAQVODOR din. 1 Mustahkam diniy e'-tiqodli; xudojo'y, dindor. Eldan burunmas-jidlarga
ketayotgan taqvodorlardan bosh-qa ko'chalarda hech zog' yo'q. M. Osim, O'tror.
2 Harom-xarishdan hazar qiladigan, o'zi-ni sakdaydigan, tiyadigan; pok. Mulla Mah-mudning
gapidan keyin ba'zi taqvodorroq kam yerli dehqonlar ham qo'shimcha sifatida bo'lib berilgan
tokzordan voz kechishdi. S. Anorboev, Oqsoy.
TAQVODORLIK Taqvodorga xos ish, xislat; taqvodor ekanlik. Bu amir muma-lik va taqvodorlik
bilan dong'i chiqqan bir kimsa edi. S. Ayniy, Qullar. Yigit, xo'ja oilasining taqvodorligini,
fuqaroga qiz berish u yoqda tursin, uning sovchisini ham ostonadan hatlatmasligini bilar edi.
M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TAQDIM \a. ^xij — olg'a siljitish; yuqori lavozimga ko'rsatish, tavsiya etish; bir narsani biror
kimsaga berish; bir kishini boshqa kishi bilan tanishtirish] Tavsiya, taklif. Yuqori idoralarning
taq-dimiga ko'ra ishga tayin etmoq. sht Ja-moatchilik asosida ishlaydigan rais (oqso-qol)
maslahatchilari o'rtasidagi vazifalar taqsimoti, raisning taqdimiga ko'ra, fu-qarolarning
yig'ini tomonidan amalga oshi-riladi. Gazetadan.
Taqdim etmoq (yoki qilmoq) 1) tavsiya et-moq, taklif qilmoq. Elmurod hammani mu-kofotga
taqdim etganda, o'zini tushirib qoldirgan edi. Shuhrat, Shinelli yillar; 2) tortiq, sovg'a
sifatida bermoq, tortiq (xddya) qilmoq. Muhiddinning taqdim qil-gan sovg'asi Xosiyat xolaning
boshini ko'kka yetkazdi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. ..dars vaqtida meni xayol surib
o'tirganimni rasm¬ga olibdi.. Keyin rasmni menga taqdim etdi. M. Qoriev, Oydin kechalar.
TAQDIMNOMA [takdim + noma] Yozma taqdim. ..jazoning hali o'talmagan qismini yumshoqroq jazo
bilan almashtirish to'g'-risida.. sudga taqdimnoma topshirish huqu-qi berilsin. Gazetadan.
TAQTSIMOT \a. oL^Aiu - «takdim» s. ko'pl.] Biror narsani tantanali suratda ko'pchilikka
tanishtirish.
TAQDIR \a. ^JJJ — hisoblab chiqarish, hajmini belgilash; e'tirof etish; faraz, ehtimol;
baholash, qiymat) 1 din. Oldindan belgilab qo'yilgan, peshonaga bitilgan ko'r-gilik; yozmish,
qismat. Qora taqdir. Shum taqdir. shsh Nima qilardik, bandasining qo'lidan nima kelardi..
taqdir. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. -U ham emas, bu ham emas, — dedi [Kumush], — hammasi
xudoning taqdiri! A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ahmad Husayn quldan badtar ojiz, zabun, hamisha
taqdir-ga itoatkor, g'irt savodsiz bu dehqonning mulohazalariga hayron qoldi. Oybek, Hyp
qidirib.
Takdir bo'lib Taqdir yuz berib, nasib etib, peshonada yozilgani bo'lib. Layloning otasi ham,
onasi ham menga o'rganib qolish-di.. taqdir bo'lib, Layloning singlisi Mas-turaga uylandim.
M. Qoriev, Oydin kechalar. Taqtsir qilmoq (yoki etmoq) 1) nasib qil-moq, nasib etmoq,
buyurmoq. -Xudo taqdir qilgan bo'lsa, bu hunarni ham topamiz, — dedi eshon. S. Ayniy,
Doxunda; 2) munosib baho-lamoq, takdirlamoq. Osh o'xshalgan edi. Bi-rinchi oshamdayoq, Mahmud
Nigor oyimni taq-diretdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Taq-dirga tan bermoq 1) din. o'z
qismatiga, ko'r-giliklariga xudoning irodasi, xohishi deb, rozi bo'lmoq To'xta xola o'zini
bosib, ko'z yoshlarish yutib, taqdirga tan berib tura qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat; 2) umuman
ko'nikmoq; chidamoq. Hasratdan, yig'idan ze-rikkan fuqaro taqdirga tan bergisi kel-maydi. H.
Shams, Oqpadar.
2 Kelgusi hayot; kelajak, istiqbol. Av-val Adolat o'z taqdiridan boshqa hech narsa-ni o'ylay
olmasdi. Endi bo'lsa u yolg'iz o'z taq-dirini emas, o'ziga o'xshagan yuzlab xotin-qizlarning
taqdirini o'ylaydi. S. Zunnuno-va, Gulxan. Aslida hayajon bshtn qizlarning og'ziga ko'z tikar,
go'yo o'zining bundan keyingi
taqdiri ularning javobiga bog'liqdek, yura-gi taka-puka edi. M. Xayrullaev, Tilla mar-jon.
3 Kelgusi natija, uning nima bo'lishi, qanday ekani. Hosilning taqdiri ana shu zovurlarni har
iili, hech bo'lmaganda, iil ora tozalab turishga bogliq. Gazetadan. Georgii Sinyavskiy otasi
tuzgan loyihaning taqdi-ri nima bo'lganini bilib berishni iltimos qshibdi. «O'zbekiston
qo'riklari». Hoshim aka-ning mushohadalariga berilib o'tirsam ham, lekin.. xayolim boyagi
xatning taqdirida edi. O'. Usmonov, Sirli sohil.
TAQTSIRDA bogl. Shart ma'nosini bil-diradi, shart munosabatli gaplarni bog'lash uchun xizmat
qiladi. Hammasi emas, biron-tasi rost bo'lgan taqdirda ham, men bu gap-larni sizga aytmas
edim. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroqlari. Agarda ko'nib, xo'p desa-ku xayr; ko'nmagan taqdirda,
bu xabarni Ota-bekka yetkazsak, zora shuning bilan ko'ngli sovib tushsa. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Ti-rik hujayra tashqi muhit bilan muntazam aloqada bo'lgan taqdirdagina yashay oladi.
«Fan va turmush».
TAQDIRDOSH Taqdiri bir, bir xil takdirga ega. Mana dongdor paxtakor juvon, Ruxsori gulmi,
quyosh? Kemirarkan visolsiz hijron, Sirqiradim taqdirdosh. Zulfiya, Yurak to'lqinlari.
TAQDIRLAMOQ Munosib baho, muko-fot va sh.k. bilan nishonlamoq, qadriga yetmoq, qadrini qayd
etmoq. Buyuk xizmat-larini taqdirlamoq. mm Bir kech uning bu fazilatlarini taqdirlagan
bo'lib, resto-ranga taklif etdi. Shuhrat, Jannat qi-dirganlar. Hamid Olimjonning.. xizmat-
larini taqdirlab, uning nomi abadiylash-tirildi. N. Safarov, Olovli izlar.
TAQDIRNOMA [takdir + noma| Taq-dirlash haqidagi hujjat, takdirlash qog'o-zi. «Qibray» dam
olish uyi O'zbekiston ku-rortlar boshqarmasining taqdirnomasiga sazovor bo'ldi. F. Is'hoqov,
Rohatijon. Eks-ponatlar orasida G'anievning frontdan yoz-gan xatlari, jangovar
taqdirnomalari, gu-vohnomalari bor. Gazetadan.
TAQILLAMOQ «Taq-taq» etgan tovush chiqarmoq. Eshik taqilladi. mm Uko'zini yum-di deguncha,
xayolida qorabayir javlon qilar, taqalarining toshlarga urilib taqillashi quloqlariga
eshitilayotganday tuyulardi. H. G'ulom, Mash'al.
Tomog'i taqillamoq q. tomoq.
TAQILMOQ I Taqmoqfl. majh. n. Ko'k-rakka taqiladigan nishon.
TAQILMOQ II 1 Teginmoq: tegmoq. Eshikning qulf va zanjiri bo'lmay, yuziga yopiq holda turgan
bo'lsa ham, u [uueumj eshik-ka taqilmadi, mashaqqatlanib, devirga min-di. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
2 Nutqda, gapda kimsa yoki narsa haqida to'xtamoq, gapirib o'tmoq. Ma'ruzachi ko'p ma-salalarga
taqilmadi.
TAQIM Oyoqning tizza osti bukiladi-gan joyi. Uning o'zi ham sochini ikkita qi-lib o'rib,
taqimiga tushirib yurishni yaxshi ko'rardi. P. Qodirov, Erk. Shu zahoti ta-qimim, umuman, butun
badanim qichishayot-ganini payqadim. H. Shayxov, Tutash olam-lar. -Iya, Obidjon, — tirjayib
gapirdi Qambar, — men o'ylovdimki, uloqni taqimga bosib kelasiz, bu yerda qozon osamiz deb,
qu-ruq tomosha deng. Oybek, Tanlangan asarlar.
TAQIMLAMOQ Ot ustida o'tirgan holda biror narsani (mas, uloqni) taqimi os-tiga bosib olmoq.
Oriyat zo'r narsa. Sen ham maydondasan. Uloq otingning yelkasida tu-ribdi, taqimla. I. Rahim,
Ixlos.
TAQIMOQ s. t. Aybni birovga ag'dar-moq, to'nkamoq, birovdan ko'rmoq. Modomi-ki shundoq ekan,
rashk to'grisida birovga ayb taqish qiyin. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroq-lari.
TAQINCHOQ Uzuk, isirg'a, marjon ka-bi taqiladigan zeb-ziynat buyumlari. Siz o'sha — taqinchoq,
dollarga banda, Villadan dunyoga tashlaysiz nazar. Zulfiya.
TAQIR 1 ot, geogr. Qattiq qatqaloq bi-lan qoplangan yer. Tuya quvlasa, shudgorga qoch, Ilon
quvlasa — taqirga. mm Qum uyumlari orasida nuqul gildan hosil bo'lgan maydon-lar uchraydi.
Bunday joylar taqir deb ata-ladi. «O'zbekiston geografiyasi». Oqmagan daryoning nomidir
taqir. A. Oripov. Yillar armoni.
2 sft. Giyoh o'smaydigan yoki deyarli o's-maydigan; yaydoq, yalang'och. To'g'ri. olti-yet-ti yil
ilgari bu joyuar — Qarshi cho'li ta-qir yerdan farqi yo'q edi. «Uzbekiston qo'-riqlari».
3 sft. O't-o'lansnz. o't-o'lani yerdan ko'-rinmaydigan (o'smagan) darajada. Qo'-nishdagi taqir
yalanglikda kuni bilan to'yib o'tlagan qo'y-echkilar kavsh qaytarib yotibdi. S. Anor-boev, Oqsoy.
4 sft. Sochi, juni, tuki yo'q; tuksiz. ..ba'zi o'rtoqlarning aldamchiligini ko'rgan-da, taqir
dahanimga soqol chiqib ketishiga oz qoldi. «Mushtum». Jamshid shundoq deraza tagida, taqir
gilam ustida uxlab qoldi. SH. Xolmirzaev, Tog'larga qor tushdi.
5 sft. ko'chma Hech narsa to'shalmagan; yalang'och. Taqir yerda uxlamoq. mm Yo'ldosh aka taqir
sholchaga, xuddi sakkiz qavat ko'rpacha-ga o'tirganday, bamaylixotir yostanib oldi. H. Nazir,
Vasiyat.
6 rvsh. Sira, aslo; mutlaqo, butunlay. Bu ishdan taqir xabarim yo'q. mm [Nodira:] Uy
anjomlarim, kiyimlarim ko'zimga taqir ko'-rinmadi. Hamza, Maysaraning ishi. -Ko'z tikib turgan
yerlarimiz eski ariqdanki suv icholmaydi, yangi ariqdan taqir icholmaydi, yana azalgiday qaqrab
yotaveradi, — dedi Ha-san so'fi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Mum-kinmi, aytgin axir? Bu ish
yaramas taqir. Q. Muhammadiy.
7 Sira qoldirmasdan, tozalab, qirtish-lab; tozalangan. Sochini taqir qirdirgan bir kishi sal
jilmayibqarab turardi. S. Anor-boev, Oqsoy. U kishi [boy] sho'rvani pishira-di, lekin moyini
suzib ichadi, go'shtini yeydi, menga taqir suyak bilan bir kosa jirsiz suv keltiradi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
8 shv. Chalatug'ilgan chaqaloqning terisi. Taqiri chiqmoq Ut-o'lani yeyilib tugab
bo'lgan. Mol oralab ketgan ang'izlarning al-laqachon taqiri chiqqan. N. Qobil, Unutil-gan
sohillar.
TAQIRLAMOQ ayn. taqillamoq. Eshik taqirladi. Uzoqdan aravaning taqirlagan ovozi eshitildi.
TAQIRLIK Taqir joy, maydon. Shu ku-niyoq uzoq-yaqindagi cho'ponlar taqirlikdagi quduq yoniga..
odamlar kelib turishganini eshitishdi. Mirmuhsin, Me'mor.
TAQIR-TUQUR 1 taql. s. «Taqir» va shunga yaqin tovushlarni bildiradi. \Usta-xonada]
Bolg'alarning taqir-tuquri, ishchi-yurning sho'x qahqahalari baralla eshitilib turibdi. SH.
Umurzoqova, Bahorni qutlab. E'zozxon.. o'i bilan o'tirganda, yo'ldan mak-tabga burshgan arava
gsh\diraklarining ta-qir-tuquri eshitildi. H. G'ulom, Mash'al. Kulog'iga tunuka tomning bir
me'yorda ta¬qir-tuqur qila boshlagani eshitildi. I. Ra-him, Zangori kema kapitani.
2 Qaqir-ququr, lash-lush(lar). Har yerda siniq-mshshq idishlar, taqir-tuqurlar, har xil jihozlar
ayqash-uyqash bo'lib yotardi. Oybek, Quyosh qoraymas.
TAQIYA q. taqya.
TAQIQ \a. z^al^ - uzish, to'xtatish; quloq solmaslik, bo'ysunmaslik| Man, qatag'on. Islom dini
san'atni o'ziga xizmat qildirish bilan bir qatorda rassomlik, musiqa va qo'shiq san'atiga
muayyan taqiqlar kiritdi. «Fan va turmush».
Taqiq qilmoq (yoki etmoq) Taqikdamoq. Taqiq qilingan qo'shiqlarni aytmoq. Beso'roq kirish taqiq
etilgan.
TAQIQLAMOQ Man etmoq, qatag'on qilmoq, taqiq qilmoq. Chekishni taqiqla-moq. mm Bizda yo'q
chegara, dinu irqu rang — Aql taqiqlagan barcha jaholat. G'. G'ulom. Menga zov boshiga
borishimni taqiqlab qo'-yishgandiuydagilar. SH. Xolmirzaev, Yo'llar, yo'ldoshlar.
TAQIQCHILIK s. t. Taqiqishi. -Nodon bir kimsa tepamda taqiqchilik qilib tur-sa, bilmadim, bu
yog'i qandoq bo'lar ekan? — deb qo'llarini o'ynatib shikoyat qildi qori. P. Tursun, O'qituvchi.
TAQLID \a. JLJJU — vakolat berish; (amal-ga) tayinlash; o'xshatish] 1 Shaxs yoki nar-saning
ovozi, xatti-harakati va sh.k. ni iloji boricha anikdik bilan, o'ziday qi-lib aytish, bajarish;
o'xshatma ovoz, hara-kat qilish. Shodon askiyalar, payrov va taq-lid Davrani porlatar misoli
chiroq. A. Is-roilov. Ming yildirkim, bulbul kalomi O'z-garmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho'rlik
to'-tining holi O'zgalarga taqlid hamisha. A. Oripov, Yillar armoni.
2 Ijod, faoliyatda o'zgalarga ergashish, o'zgalar namunasi asosida ish olib borish. Taqlid esa,
aksincha, boshqa yozuvchiga ko'r-ko'rona ergashish, unda tasvirlangan hayot lavhalarini
«o'zlashtirib», mexanik surat-da ko'chirishga olib keladi.. G'. Salomov, Tar-jima nazariyasiga
kirish.
Taqlid qilmoq (yoki etmoq) 1) o'xshatma ovoz, harakat va sh.k. ni bajarmoq, qilmoq. Uqishloq
korchalonlari va boyotarining yurish-turishlarini, qiliqlarini juda do'ndirib taqlid qiladi. H.
Shams, Dushman. Fritslar-ning odatlari, yurish-turishlarini artist¬
38
lardek harakatlar bilan jonli tak^shd etib, masxara qilar edi. Oybek, Quyosh qoraymas; 2)
faoliyat, ijod va sh.k. da o'zgalarga er-gashmoq, taqlidan ish olib bormoq, harakat qilmoq.
Yomonni tanqid qiladi, yaxshiga taqlid qiladi. Maqol. mm Bola taqlidchi bo'ladi, u.. o'z otasiga
taqlid qilishga ha-rakat qiladi. S. Zunnunova, Yangi direktor.
Taqlid so'z yoki taqlidiy so'z tlsh. Turli tovush yoki obrazlarga taqlidni bildiruv-chi so'zlar.
Mac, taq, gup, sharaq-shuruq, lip-lip, yalt-yalt va b.
TAQLIDAN O'zgaga o'xshab yoki o'xshatib, taqlid qilib, taqlid tarzida. Bu odam av-val uyatchan
qizlarga taqlidan noz qilib, keyin haligi beqasam to'n kiygan juvonga taqlidan o'yinga
tushib, hammani kuldirdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari. Xo'jabe-kovdan so'ng Saidg'ozi so'z
oldi. Uhar vaqtda-gidek ko'rimsiz jussasini raisga taqlidan tiktirgan kulrang kiteliga
yashirgan edi. A. Anorboev, Oqsoy.
TAKLIDIY Taqlid bilan bo'lgan, taq-lid natijasida yuzaga kelgan. Taqlidiy she'r. Taqlidiy
so'z.
TAQLIDCHI O'zgalarga taklid qiluvchi, taqlid yo'lidan boruvchi. Taqlidchi shoir. mm Bola taqlidchi
bo'ladi.. S. Zunnunova, Yangi direktor.
TAQLIDCHILIK O'zgalarga taklid qi-lish; taqlidiy yo'l (mas, ijodda). Bu «mo-dernizm»,
«taqlidchilik» kasalidir, uni da-volash kerak. «Mushtum».
TAQMAGUL bot. Sertikan, guli mayda yovvoyi atirgul; jingul.
TAQMOQ 1 Bezak buyumlari, medal`, qu-rol va sh.k. ni tananing (kiyimning) bi-ror joyiga
o'tkazib, osib yoki bog'lab o'r-natmoq. Barmoqqa uzuk taqmoq. Ko'krakka medal` taqmoq. Quloqqa
isirg'a taqmoq. Bo'-yinga marjon taqmoq. Belga qilich taqmoq. Sochga lenta taqmoq. mm
Gunafshalar ochildi, chakkangga taq, chakkangga; Atir hidi sochil-di, Chakkangga taq, chakkangga.
3. Diyor. To'g'ri-dagi devorga Oxunboboevning chaqmoq telpak kiyib, ko'kragiga qizil lenta
taqib tushgan surati yopishtirilgan. S. Ahmad, Hukm.
2 To'g'namoq, chatmoq. Ko'ylakka tugma taq-moq. Belboqqa munchoq taqmoq.
3 Teshigidan o'tkazib qo'ymoq, o'tkazmoq. Kecha sutdek oydin. Ignaga ip taqsa bo'ladi-gan.
Oydin, Ko'ngli to'ldimi, yaxshi yigit.
4 Umuman, bir narsani boshqa narsaga mahkamlamoq. Olimov tayoqlar tepasiga chsh-lakday ayrilar
bog'lab, ularga qizsh qog'oz-dan varrak qulog'iday shokilalar taqib qo'i-di. H. Nazir, So'nmas
chaqmoklar.
5 q. taqimoq. O'z aybingni birovga taqma. mm Aytdingiz, aytdingiz, nega tonasiz? Men sizga
ayb taqyotganim yo'q-ku! A. Qahhor, Munofiq. Bu bitta odamning [Rahmonqulov-ning] odati. Uni
sen kollektivga taqma.. A. Muxtor, Chinor.
TAQOVUL \a. JJUJ — bir-biriga yuzma-yuz. qarama-qarshi bo'lish, turish; taqqos-lanish, qiyoslanish]
s. t. O'zaro mos, muqo-bil. Xuri bilan ikkovi unga ot ham qo'yib qo'yishgan: o'g'il tug'ilsa,
Elbekka taqovul — Sherbek, qiz tug'ilsa, Huriga taqovul — Nuri qo'yishadi. S. Anorboev, Oqsoy.
TAQOZO \a. tL-iU3 — vaqtning o'tishi, tugallanish; sudlanish; xoxlash, qat'iy ta-lab (etish)]
Biror holatdan, vaziyatdan ke-lib chiqadigan talab. Zamon taqozosi. Hayot taqozosi. mm Taqdir
taqozosi bilan Akmal shaharda yashab qoldi. M. Hazratqulov, Jur'-at. Kozim endi xizmat
taqozosi bilan Shi-rinbuloqdagi ba'zi ishlarni adolat qilgani ketyapti. E. Usmonov, Yolqin.
Taqozo qilmoq (yoki etmoq^ Shunday bo'-lishini talab qilmoq, ko'rsatmoq. ..Me'mor hozirgi
yoshlarning ehtiyotkor va puxtagigi-ni ko'rib taajjublanar, zamon shuni taqo-zo qilayotir,
debo'ylardi. Mirmuhsin, Me'-mor. ..Abdurahmonni topib ayt, bor odam-larni shahardan tezda
ko'chirsin, fursat che-kinishni taqozo etadi. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
TAQRIBAN [a. LJ_>JJ -haqiqatga YAQIN-roq; taxminan, qariyb] Taqribiy ravish-da, taxminan.
Masalani taqriban hal qil-moq. Taqriban hisoblamoq.
TAQRIBIY Juda ham aniq emas, le-kin haqiqiy qiymatga eng yaqin. Taqribiy son. Taqribiy
hisoblashlar.
TAQRIZ \a. Jij^SJ — retsenziya yozish; ror kitob (asar)ni maqtab yozish] Ilmiy, badiiy va b.
turdagi asarga tanqidiy nuq-tai nazardan berilgan yozma baho, ta\lil. Saidiy bunga katta
bir taqriz yozib, Ul-fatni proletar mafkurasini o'zlashtirib yetmagashikda aybladi. A. Qahxrr,
Sarob. Ikki yil o'tgach, uning asarlari taqrizshrda, ada-biy-tanqidiy maqola/shrda tilga
olinadi-
gan bo'ldi. O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchra-shuv.
TAQRIZCHI Taqriz yozgan yoki yozadigan shaxs; takriz muallifi. Sanjar Siddiqov.. tarixchi,
publitsist, tarjimon, taqrizchi, san'atshunos, pedagog edi. X. Yodgorov, Hayot to'lqinlari.
TAQRIZCHILIK Taqriz ishi. U [A'zam Ayupov] taqrizchilikning hamma turlarida ikki yuzga yaqin
katta, kichik maqolalar yo'z-di. X. Yodgorov, Boqiy umr.
TAQRIR [a. JJJ^J - qaror qilish; qa-ror berish; ma'ruza, xisobot; bildirish, xabar berish]
esk. kt. 1 Xat, maktub, noma; yozma asar. Ammo bu taqrirni.. muayyan qatli om soati
yetmaguncha.. po'shida [yashirin] tu-tilmog'i ma'quldir. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar.
2 Yozma taxdil; ilmiy tekshirish.
Taqrir bo'lmoq Yozilmoq, yozma holda yara-tilmoq. Navoiy har asarkim qilsa tahrir, Bo'libdur
Andijon lafzida taqrir. Habi-biy. Taqrir qilmoq (yoki etmoq) 1) yozmoq, xat yozmoq; maktub
yubormoq. Mushtum pochcha! Tushimni sizga taqrir qilib.. ta'bir aytib berishingizni so'rayman.
«Mushtum»; 2) foyda-ziyoni haqida mulohaza yuritmoq, o'ylab ko'r-moq; taxdil qilmoq. Azizim,
rostgo'y, bir so'z-li bo'l, yolg'onni kasb etma, Kishi taqrir etarda chin-chinu afsona-afsona.
Habibiy; 3) munosib ko'rmoq, loyiq deb bilmoq, qis-mati, taqdiri deb belgilamoq. Cho'rilikni
mullalar senga qildilar taqrir, Kel, bugun bu zaxmingga ma'rifatni darmon qil. Hamza.
TAQSIM \a. ...bo'lish; bo'lish. Ish taqsimi. Da-romad taqsimi. tsh Qazuv taqsimi boy uchun ham, kambag'al dehqon
uchun ham baravar bo'-lib, ming tanob yeri borga ham, chorak tanob yeri borga xam bir edi. J.
Sharipov, Xorazm.
2 kam qo'll. Bo'lingan qism; ulush. Ekkan-da, tikkanda g'oyib Hoshimboy xirmonda ho-zir bo'lar,
hosilning uchdan ikki taqsimini o'ziga olardi. N. Safarov, Olovli izlar.
3 esk. mat. Bo'lish amali, bo'lish. Uch taq-sim olti (U6) ikki bo'ladi.
Taqsim son tlsh. Bo'lak, ulush ifodalay-digan son. Mac, beshtadan, uchtadan. Taqsim qilmoq (yoki
etmoq, aylamoq) 1) qismlar-ga, ulushlarga bo'lmoq, ajratmoq; har joy-ga, har kimga o'z
ulushini, tegishini ajra¬tib bermoq. Shundan so'ng ular o'rtasida ish taqsim qilindi. Oybek,
Tanlangan asarlar. ..boya jo'yaklarga chim bosib, suv taqsim qi-layotganda, kiyimlari shilta
bo'lib ketsa ham, bir og'iz indamadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Aslida tuproqni odil
tabiat Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng. A. Ori-pov, Yurtim shamoli; 2) mat. bo'lish ama-lini
bajarmoq, bo'lmoq. Berilgan sonni besh-ga taqsim qilmoq.
TAQSIMLAGICH tex. Mashina, mexa-nizm, motor va sh.k. da gaz, bug', elektr ener-giyasi va b.
ning yurishini, oqishini tar-tibga soladigan qism, moslama. ..O'zbekis-tondan yuborilgan shchitli
taqsimlagichlar va vklyuchatellar ishlab turibdi. Gazetadan.
TAQSIMLAMOQ 1 Taqsim qilmoq. Da-romadni taqsimlamoq. Kadrlarni taqsim-lamoq. Sovg'alar
bolashrga taqsimlab beril-di. shsh Oson ishda lazzat bo'lmaydi, Adolat. Kunduzi bilan yer
taqsimlaymiz. Kechasi qa-ror yoziladi. S. Zunnunova, Gulxan. Mavlon aka nonushta ustida bugun
qilinadigan ishlarni oila a'zolari o'rtasida taqsimladi. H. G'u-lom, Mash'al. Elmurod..
vzvodlarni taqsim-lab, tezda okop qazishga buyurdi. Shuhrat, Shinelli yillar.
2 esk. mat. Bo'lish amalini bajarmoq, bo'ltsrq. Mingni beshga taqsimlamoq.
TAQSIMOT [a. ol L,..,' - «taqsim» s. ko'pl.] Bo'lak va ulushlarga ajratish, taq-sim ishi;
taqsimlash, bo'lish. Daromad taq-simoti. Mehnat taqsimoti. Taqsimot me-xanizmi. sht O'qishni
bitirganimdan so'ng, taqsimot bo'yicha yuborishgandi. O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv. Nazar
suv taqsi-moti haqida bosh qotirib o'tirardi. E. Us-monov, Yolqin. Taqsimot komissiyasi
Komil-jonga rayonga.. yo'llanma berganini eshitib, onaning fig'oni falakka chiqdi. D. Nuriy,
Osmon ustuni.
TAQSIMCHA Yassi, yuza idish; likop. O'choqboshidan bir taqsimchada qovurilgan jigar bilan mayda
to'g'ralgan piyoz yuborish-di. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. No-zikxon ikkita chuqur
taqsimchada norinni uyib olib kirganda, suhbat bo'lindi. S. Yunu-sov, Kutilmagan xazina.
TAQSIR \a. l .p' - qisqartirish, ka-maytirish; kamchilik; sustkashlik, bepar-volik] esk.
Amaldorlarga, boy va mullalar-ga hurmat bilan murojaat shakli. [Mulla¬do'st:] Taqsirim,
bizning toji davlatimiz janobingiz-da. Hamza, Maysaraning ishi. -Gapingiz nuqul haqiqat,
taqsir, — dedi Olchinbek.. K. Yashin, Hamza.
TAQ-TUQ «Taq» va shunga yaqin to-vush(lar)ni bildiradi Taq-tuq qilib ish-lamoq.
G'ildiraklarning taq-tuqi. mm Sal-tanat.. poshnasi baland tuflisi bilan pol-ni taq-tuq
bosib, davraning o'rtasiga chiq-di. O. Yoqubov, Bir fel`eton qissasi.
TAQCHIL Kam bo'ladigan, kam topila-digan, yetishmaydigan; kamyob, kamchil. Taq-chil mol. Taqchil
xomashyo. mm Shu inshootlar-ni ishga tushirish.. suv taqchil yerlarni suv bilan ta'minlashni ancha
yaxshilashga.. imkon beradi. Gazetadan.
TAQCHILLIK 1 Yetishmaslik holati, taqchil hol. Yog'och, taxta taqchilligi. mm Res-publikamiz
sugorma dehqonchiligida ma'lum darajada suv taqchilligi sezilib turadi. «Fan va turmush».
2 iqt. Ilgari belgilangan, rejalashti-rilgan yoki zarur darajadagi mablag', resurs,
tovarlarning yetishmasligi, tanqisligi; de-fitsit. Tovarlar taqchilligi. Byudjet taq-chilligi.
TAQYA \ a. "UJLL — ehtiyotkorlik; yashirish, bekitish] esk. Sidirg'a matodan tayyorlangan gulsiz
do'ppi. Shoirning boshida uchli ko'k taqyaga silliq o'ralgan ko'rkamgina salla. Oybek, Navoiy. Bir
ozdan keyin es-hushini yig'ib olib, oyoq tovushi kelayotgan tomonga qaradi va erkak kishi
ekanini bilib, taqya ustidan o'ralgan kichkina shol ro'molini yuziga tortdi. Oydin, Suhbati
jonon.
TAQQA Ba'zi narsa, harakat va sh.k. ning birdan, butunlay, batamom yuz berishini kuchaytirib,
ta'kid bilan bildiradi. Ot-lar ko'prik oldida taqqa to'xtadi. Ariqda suv taqqa to'xtadi.
Ogriq taqqa to'xtadi. mm Ashmardon tormozni taqqa bosdi. O'. Ho-shimov, Qalbingga quloq sol.
Boyvachchaning vajohatini ko'rgan xizmatkorlar turgan joylarida taqqa qotib qolishdi. K. Yashin,
Hamza. Yomg'ir era boshlasa, ish taqqa to'x-taydi. H. G'ulom, Feruza. ..osmondan so'nggi tomchilar
tushib bo'lib, chaqmoq ham taqqa to'xtadi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
TAQQOS [ a. ^juV&i ko'z bilan o'lchash, chamalash; qiyoslash, chog'ishtirish] O'zaro so-lishtirish,
chog'ishtirish; qiyos. Gul deya atab¬san sevgan yoringni, Go'zal tuyulgandir senga bu taqqos.
Uyg'un.
Taqqos qilmoq Bir-biriga qiyos qilmoq. solishtirmoq, taqqoslamoq. Bu o'zgarishlar-ni biror
narsaga taqqos qshish qiyin. El-lar, yurtlar, odamlar o'zgardi. N. Safarov. Olovli izlar.
TAQQOSLAMOQ Qiyoslamoq, solish-tirmoq, chog'ishtirmoq. Faktlarni taqqos-lab ko'rmoq. Taqqoslab
bo'lmaydigan yuksak sur'atlar. mm U.. mop yo'lning har ikki to-monidagi g'o'zalarni taqqosladi.
Oybek. O. v. shabadalar. U o'zicha har ikki qishloqni bir-biriga taqqoslab ko'rdi. R. Fayziy,
Cho'lga bahor keldi. Oltmish yil olamni qshshb to-mosha, Nimani ko'ribman — taqqoslab yozdim.
Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
TAG'AYYUR \a. _>IJL1 - o'zgarish. boshqa tusga kirish; o'zgaruvchanlik] esk. kt. O'zga-rish, tusini
o'zgartish, o'zga tusga kirish. -Holingizda tag'ayyur ko'raman, o'tiring, -joy ko'rsatdi Sohib
Doro. Oybek. Navoiy.
TAG'I s. t. Tag'in, yana. Shomurodning achchish kelib, Chandana cholga tag'i bir so'z aytib turgan
ekan. «Yodgor». Qizil gul ochishr g'un-chadan-g'uncha, Toqatim yo'q tag'i gul ochshgun-cha. «Ravshan».
TAG'IN rvsh 1 Buning ustiga. bundan tashqari, ustiga-ustak; yana, Tag'in bir-ik-ki kishi
gapirib, yangi rahbardan mamnun ekan-liklarini izhor epshshdi. N. Aminov, Suva-rak. Feruzning
imosi bilan tag'in uch-to'rt sipohi unga shukrona keltirdi. S. Siyoev, Yorug'lik. Undan keyin
tag'in bir yigilishga borishga to'g'ri keladi. O'. Hoshimov, Qal-bingga quloq sol.
2 Takror marta; qaytadan, yana. Bir piyt burchakdan, oxur tomondan tag'in shitirlash eshitildi.
SH. Xolmirzaev, Yo'llar, yo'l-doshlar. O'rtada tag'in so'zsizlik, o'ng'aysiz-lik boshshndi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 yukl. vzf. Ta'kid, hadiksirash kabi ma'-nolarni bildiradi. «Tagin Toshkentdek azim shaharda
tannoz qizlardan birontasiga ko'n-gsh berib qo'ygan bo'lmasin», degan vahima bosdi. R. Fayziy,
Cho'lga bahor keldi. Men seni shashtingdan qaytarib qo'ygan bo'lmay tagin.. A. Muxtor. Opa-
singillar.
TAG'OII esk. kt. ayn. tog'a. Ashsherning tagoyilari Husayn Boyqaro hazratlarining yaqin
odamlari bo'lganlar. Oybek, Navoiy.
41 $%s^
TAG'OFIL \a. JiLi: — o'zini e'tibor-siz, beparvo, beg'amlikka solish; bilib bilmaslikka olish]
kt. Ko'rib ko'rmaslik-ka, bilib bilmaslikka olish; g'ofillik. Bir tabassum birla sayd etding
ko'ngilni avva-lo, Oxiri nozu tag'ofil bo'ldi ish, ey dilrabo. Habibiy.
O'zini tag'ofilga solmoq Ko'rib ko'rmas-likka, bilib bilmaslikka olmoq. Garchimud-dao kun kabi
oshkora bo'lgan bo'lsa ham, nima uchundir qutidor yana o'zini tag'ofilga solib so'radi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
TAHAYYUR \ a. — hayron bo'lish, tong (qoyil) qolish; xijolat bo'lish; dovdirash] esk. kt. Juda
ham hayron bo'lish, nima qilishni, nima deyishni bilmay qolish; hayronlik, hayrat. Bu so'zni
eshitishi bilan chol taajjub va tahayyurda qoladir. A. Qo-diriy, Kichik asarlar.
TAHAMMUL fa. J — zimmasiga olish; boshdan kechirish; toqat, sabr, chidam; to'-zim] esk. kt.
Qiyinchilikka bardosh berish; chidash; chidam, sabr, toqat. Har qanday tashqi dushman uning
[Husayn Boyqaroning] yeriga bosib kirsa, har qanday bek isyon ko'tarsa, u qayg'urmas, yolg'iz
g'azablanar, ham tahammul va sabot bilan safar choralarish ko'rar edi. Oybek, Navoiy.
Tahammul qilmoq (yoki etmoq) I) bardosh bermoq, chidamoq. sabr-toqat qilmoq; sabr-toqat bilan
kutmoq. Bek.. yana yarim soatga tahammul qilsangiz, oshni yeb, yo'lga tusha-siz. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar; 2) kifoya-lanmoq. Tushda ishtaha bo'lmay, qovun bi-langina tahammul
qilganlaridan, qorin och, buning ustiga-ustak, jazirama oftob. I. Qalandarov, Shoxidamas,
bargida.
TAH-BATAH [f. yanglig' tah-batah qon aylading ket-ding. Muqimiy. Oy, yulduzlar tah-batah, Yoyilganda oqshomgi
salqin.. R. Bekniyoz, Mo-viy to'lqinlar.
TAHDID [a. JUJLP — do'q qilish, qo'r-qitish] kt. 1 Qo'rqituv, do'q, po'pisa. Gulnor-ning
zaharlanganini Mirzakarimboy va o'g'il-lari qat'iyan pad qilib, ma'suma qurbonning ota-
onalarining tillarini do'q, tahdid bilan muhrlashga tirishdilar. Oybek, Tan-langan asarlar.
Nusratilla mehmonning ko'-ziga qarab turib, tahdid bilan aytdi: -Chi-qib keting! A. Muxtor,
Opa-singillar.
Taxdid qilmoq Taxdidli xatti-harakat qilmoq, do'q-po'pisa qilmoq. U Hamidani chaqirib olib,
Haydarga tayoq bilan tahdid qilib qo'ydi. M. Osim, Tilsiz guvoh. -Yo'qol, ko'zimga ko'rinma! —
bek ovozini ko'tarib tahdid qildi. H. G'ulom, Mash'al.
2 Biror falokatning, qo'rqinchli vo-qeaning sodir bo'lish xavfi; xatar, xavf. Tahdid solmoq.
mm Bilaman, hayotim tah-did, xatarda. U. Qo'chqorov. Bu punktda bar-qaror bo'lgan armiya
kuchlari dushmanning so'l qanotini katta tahdid ostida qoldirgan-di. Oybek, Quyosh qoraymas.
TAXDIDLI Taxdid soluvchi, qo'rqinch-li, xavfli; taxdid ifodalovchi. Zamira bo-shini ko'tarib,
uning ko'zidagi zaharli olov bugun juda tahdidli ekanini ko'rdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
Bashirjon qog'ozdan ko'z uzib, cholga tahdidli tikildi. N. Aminov, Yolg'onchi farishtalar.
TAHLIKA [a. <>< U-. — halokat, o'lim; yo'q bo'lish, zavol] Biror falokat, halokat, baxtsiz
hodisaning sodir bo'lish xavfi tug'ilgan tashvishli holat, shundan qo'rqish (cho'chish) hissi. Sel
taxlikasi eson-omon o'tdi. mm Ahmad Husaynni ko'rish bilanoq har gal qo'rquv va tahlikani
unutsa-da, yura-gining bir chekkasi hamisha g'ash bo'lar edi. Oybek, Hyp qidirib. Besh kunligim
bormi, yo'qmi, uni tahlika ostiga qo'yib nima qshyuman. S. Karomatov, So'nggi barxan. ..boyagi
tahlika xayolidan uzoqlashib, qalbida iliq tuyg'ular uyg'ondi. P. Qodirov, Bobur.
TAHLIKALI Biror falokat, halokat, baxtsiz hodisaning yuz berish ehtimoli, xavfi bo'lgan,
taxdikaga soluvchi, xavfli. Taxlikali kunlar o'tib, qiz o'ziga keldi-yu.. gul yaprog'idek
yuzining cho'tir bo'lganini payqab, yana o'zini yo'qotdi. S. Shamsieva, Shifokor. Andijon ko'chalari
tahlikali bir sukutga cho'mgan. P. Krdirov, Yulduzli tunlar.
TAHLIL \a. JJ-- — tarqalish, (kurtak) yozish; tekshirish, surishtirish; hal qilish, ochish| 1 Narsa,
hodisa va sh.k. larni mohiyat, qonuniyat va b. jihatlardan tekshirish, o'rganish ishi. Ilmiy
tahlil. Estetik tah-lil. mm Fan uchun tajriba va faraz, qiyos va taxlil juda zarur. A.
Rahmonov, Hurmat-ehtirom. Adabiy tanqid esa shtiy tadqi-qot va tahlil yo'li bilan yaratgan
yangi¬liklarini o'zi joriy qiladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
2 Biror narsa, ma'lumot va sh.k. ni ma'-lum nuqtai nazardan o'rganish, baholash. Ertasi kun
cho'lni yana qadamlash boshaandi. Yana o'lchash, suratga olish, tahlillarni daf-targa ko'chirish davom
etdi. R. O'roqov, Qar-shi cho'lida. Menimcha, bu to'g'rida [maktub haqida] hech qanday tahlilning
lozimi bo'l-masa kerak. Chunki buning ahamiyati hamma-mizga ma'lum. N. Safarov, Tanlangan
asar-lar.
3 Biror narsaning tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadqiq etish. Kimyoviy tahlil.
Lingvistik tahlil. So'zning morfem tahlili. Sintaktik tahlil.
Tahlil qilmoq (yoki etmoq) Taxlil ishi-ni bajarmoq, taxliliy ish o'tkazmoq (tah-lil har uchala
ma'nosida). Notiq o'z so'zi-ning asosiy qismini yubilyarning ijodiy-ilmiy faoliyatini chuqur
tahlil qilishga bag'ishladi. «UTA». Ammo mana shu ziddiyat-larni chuqurroq tahlil qilishga hali
xalq-ning ongi yetmasdi. K. Yashin, Hamza. Ishlar-ni taxlil qilib, kerakli tashkilotlarga
qo'ng'iroq qildi. S. Nurov, Narvon. So'zni sintaktik tahlil qilganda, sintaktik hodisalar,
sintaktik birliklar, ularning tiplari, ifoda materiali va shu kabilar belgilanadi. «O'TA».
4 din. Dafn marosimi oldidan marhum tepasida davra olib, tilovat qilish.
TAHORAT [a. Ojl^Jo — tozalik, poklik, yuvinib toza bo'lganlik; hojatdan so'ng suv bilan
tozalanish] din. Ibodat qilish, namoz o'qish, qur'on tilovat qilish oldidan bet, qo'l, oyoq va b.
a'zolarni yuvish, poklanish, shunday poklangan holat. Tahorat qilmoq (olmoq). mm So'fi azonni
aytdi, garchand ta-horatim bo'lmasa ham, kirib jamoat bilan namoz o'qidim. G'. G'ulom, Shum
bola. Eshon aya ichkariga o'rin solib, obrez oldiga obdastada tahorat suvi qo'yib, mehmonxonaga
chiqdi. S. Ahmad, Hukm. Hozir tahorat oldim. Namozi jumani o'qib olay. S. Ahmad, Hukm.
Tahorat ushatmoq (yoki sindirmoq) Yozil-moq, bo'shalmoq; hojatga bormoq. Mehmonlar o'rinlaridan
turib, uvushgan oyoqlarini uqa-lab, kerishib, kim qo'l yuvishga, kim tahorat ushatishga tarqaldi.
Oybek, Tanlangan asar-lar.
TAHORATXONA [tahorat + xona] 1 Ta-horat olish, yuvinib poklanish uchun mos-langan maxsus xona.
Masjid tahoratxonasi.
2 s. t. Hojatxona, xaloxona. Nikoh-ni-kohda, osh-oshda qolib, kuyovni qidirib ket-ganlar.
Nihoyat, yarim kechada hammomning ta-horatxonasi yonidagi bir og'ilning oxuridan qoniga belashib
yotgani holda topganlar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TAHRIR [a. JJJ-^I - ozod qilish; tuza-tish, muharrirlik qilish; yozish, asar yozish) 1 Yozma ishni,
asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish. Maqola tahrirga beril-di. Asar tahrirdan
chiqdi. Kitob professor-ning tahriri ostida bosildi. mm To'tamdagi.. ayrim maqolalar
tahrirga muhtoj. F. Ab-dullaev, Ikki xil yordam.
Tahrir qilmoq Tahrirdan o'tkazmoq. Zamira oqshomlari Ochil bilan birga ish-lashni, u yozgan,
tahrir qilgan narsalarni oqqa ko'chirishni tasavvur etib, yuragi gur-sillab ura boshladi. P.
Qodirov, Uch ildiz. Saidiy hikoyani bir haftada tamom qilib, Ilhomga ko'rgani bergan edi,
ikki kundan so'ng uni Abbosxonning qo'lida tahrir qilingan holda ko'rdi. A. Qahxrr, Sarob.
Tahrir hay'ati Kitob, jurnal, gazeta va sh.k. ning nashri-ni tayyorlovchi, unga ilmiy-metodik
rah-barlik qiluvchi kishilar guruhi. Lug'atning tahrir hay'ati a'zolari.
2 esk. Yozish, ijod qilish. «Nuqta lab ustida bejodur», dedim, aydi kulib: «Sahv qilmish
kotibi qudrat magar tahrirda.» Furqat. Arizani shu majlisda, mulla Abdu-raxmon huzurida
yozilishi muvofiq ko'rilib, mufti tahrirga o'tirdi. A. Qodiriy, Me\-robdan chayon.
TAHRIRIY Tahrirga oid. Tahririy ish. Tahririy tuzatish. Tahririy xato.
TAHRIRIYAT \a. cL.^j^\ Nashriyot or-ganlarining nashr ishlarini olib borish, qo'lyozma matnlarini
ishlab, nashrga tayyor-lab berish va nashr jarayonida terilgan matnlarning to'g'ri-noto'g'riligini
tekshi-rish ishlarini amalga oshiradigan bo'limi va shunday bo'lim xodimlari. Saksonni qo-ralab
qolgan bu insonni, tahririyatdagi xo-namga kirib kelganlarida, dastlab tani-madim.
Gazetadan.
TAHRIRCHI s. t. Taxrir qiluvchi, tah-rir ishlarini bajaruvchi; muharrir; mu-saxdih.
TAHSIL [a. J^ ,^->~ — ega bo'lish, egal-lash; yig'ish, to'plash; hosil qilish, o'rga-nish (ilmni,)]
1 O'qish, bilim olish. [Abdi-shukur] Tahsilini chala qoldirib, madrasadan chiqdi. Tahsil uchun
Isshambul yoki Misrga jo'nash orzusi mablag' yo'qligidan amalga oshmadi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Ammo madrasalarda dunyoviy ilmlardan tahsil bermasak, xarob bo'lgaymiz. S. Siyoev,
Avaz.
2 O'qish mavsumi, dars-mashg'ulotlar dav-ri. Tahsil boshlanishi bilan har bir to'da mullavachchalar
patnis yasab.. domlalarning oldiga olib kirar.. edshar. M. Muhammad-jonov, Turmush
urinishlari.
Tahsil qilmoq (yoki etmoq) Mutolaa qil-moq, mustaqil ravishda o'qimoq, o'rganmoq; bilim olmoq.
Iskandaro bir necha yil mak-tabda qur'on tahsil qilib, o'qish-yozishni o'rgangandan so'ng, uyda
qolgan. Oybek, Hyp qidirib.
3 Bilim, ma'lumot. Siz ibtidoiy va o'r-ta tahsshni tamom qilgansiz. A. Qahhor, Sarob. Shuncha
tahsil va tarbiya bergan-laringiz uchun rahmat. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o. Lekin madrasa
tahsili ularni qoniqtirmasdi. Shuning uchun ular «Taraq-qiyot», «Xurshid».. hamda «Vaqt»
singari gazeta va jurnallarni yarim tunda.. muto-laa qilishga kirishar edilar. K. Yashin,
Hamza.
Tahsil olmoq (yoki ko'rmoq, topmoq) Ma'-lum o'quv yurtida yoki biror mutaxassis rahbarligida
o'qimoq, bilim, ma'lumot ol-moq. Xusaynbek afandi asli xorazmlik boy-lardan bo'lib, Turkiyada
tahsil olgan.. edi. J. Sharipov, Xorazm, G'iyosiddin Buxoroning Devonbegi madrasasida tahsil
ko'rib yurgan paytlarida otasi uni oq qiladi. S. Ahmad, Hukm. Hakimxon Vodiliy avval Buxoro,
keyin Samarqandda tahsil topgan mullo odam ekan. Mirmuhsin, Me'mor.
TAHSIN [a. j; — yaxshilash, tako-millash; tuzatish; ma'qullash, maqtash] 1 Mamnuniyat bilan,
ma'qullab berilgan yuqori baho; maqtov, tasanno. Ko'pchilikning tahsin va rahmatiga sazovor
bo'lib, yaxshi odam degan nomga munosib bo'lish oson emas. Shukrullo, Yaxshi xulq - yaxshi husn.
G'ulom-jon, qozining ko'z qarashida allaqanday iliqlik, hatto tahsin sezdi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o.
Tahsin o'qimoq (yoki aytmoq) Ko'kka ko'-tarib maqtamoq, yuksak baholamoq, tasan-no o'qimoq.
Shahodat mufti uning aqliga tahsin o'qiy-o'qiy, nos chekib, o'z joyiga o'ltirdi. A. Qodiriy,
Mehrobdan chayon.
2 und. s. kam qo'll. Balli, ofarin. -Tah-sin-tahsin! — deydi Xatib domla [mulla Obidga]
hasadli taajjub bilan, — toza ham pulni qirdik, deng.. Tahsin-tahsin!K. Qodi-riy, Obid
ketmon.
TAHQIR [a. — nafratlanish, jir-
kanish; mensimaslik, haqoratlash, kamsi-tish, xo'rlash] kt. Xo'rlash, haqorat qilish, kamsitish;
haqorat. Oysha xolaning tahqiri va yolg'izlik alami bilan kuyinib turgan Mayna barmoq uchi
bilan betiga tushgan yosh tomchilarini sidirib, o'zida qandaydir yen-gib bo'lmas bir kuch sezdi.
SH. Toshmatov, Erk qushi. Keksa ona ochlik-muhtojlikda, tah-qir va tubanlikda kun sayin so'lib,
boyning bostirma yonidagi sora hujrasida qizining o'z qo'lida jon berdi. A. Muxtor, Opa-sin-
gillar.
Tahqir qilmoq (yoki etmoq) Haqorat bo'-luvchi, xo'rlik keltiruvchi gap-so'z aytmoq, ish qilmoq. U
qaynota-qaynonaning mut-tasil tahqir silishiga chiday olmasdi. SH. Rashidov, Qudratli to'lqin.
Bari bir, har qanday yolg'on kimnidir tahqir etadi. A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv.
TAHQIRLAMOQ Tahqir qilmoq, xo'r-lamoq. ..shu soxta ma'lumot asosida tergov boshlanishi.. meni
qattiq tahqirlamoqda. O. Yoqubov, Izlayman. Tolib aka har qanday andishani yig'ishtirib qo'yib,
Ahmadni har qadamda tahqirlay boshladi. F. Musajonov, Himmat.
TAHQIRLI Tahqir, haqorat ifodalov-chi, tahqirlovchi; Tahqirli kulgi. Tahqirli piching. shsh
Mirzakarimboyning bunday muo-malasi Yo'lchiga tahqirli bo'lsa ham.. ku-tilmagan bir hodisa
emas edi. Oybek, Tan-langan asarlar.
TAHQIROMUZ [tahqir + f. - o'x-shash, kabi] Tahqir mazmunidagi, haqorat ifodalaydigan.
Tahqiromuz gap. mm [Amerika ofitserida] O'zining ulug'vorligi, davlati bilan kibrlanadigan
odashardagina bo'ladi-gan tahqiromuz tabassum paydo bo'ldi. Shuh-rat, Shinelli yillar. Ayol
eriga bepisand, tahqiromuz qaradi. N. Aminov, Suvarak.
-^O 44
TAHQIQ \a. z^Z^ — bajarish, amalga oshirish; tekshirish, biror narsaning ha-qiqatini izlash,
tekshirib ko'rish, aniq-lash] esk. kt. Tekshirish, surishtirish; aniqlash. Tahqiq, taftish bitgan
kuniyoq o'zim ogohlantirurman. Oybek, Navoiy. Afsus, janoblarini Toshkentda uchratol-madim.
Ta'qib, shahqiq kuchaydi.. A. Hakimov, Ilon izidan.
TEATR [lot. theatrum < yun. theatron — tomoshaxona] 1 Aktyorlarning sahnadagi ha-rakatlari
orqali hayotni, hayotiy hodisalar-ni badiiy ravishda aks ettiruvchi san'at turi, shu san'atga
asoslangan tomoshalar. Qo'g'irchoq teatri. mm Kitob nashr etish, teatr, kino, televidenie va
radioga katta z'tibor berilayotganining guvohi bo'ldik. Gazetadan. Kino, teatr kabi san'at
turlari orasida adabiyot ham tarbiyaning eng faol va samarador omillaridan biridir. «Fan va
turmush».
2 Shunday san'at vositasida tomoshalar qo'yish bilan shug'ullanuvchi muassasa. Navo-iy nomidagi
opera va balet teatri. Yosh tomoshabinlar teatri. mm -Bizning teatr hadi yangi-da. Usta
o'ynovchilar io'q, — izoh bera boshladi Abdishukur. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Shunday san'at namoyish qilinadi-gan, tomoshalar ko'rsatiladigan joy, bino. Teatr
tomoshabinlar 6wim liq to'lgan zdi. Bu yerda yana bitta muhtasham teatr qad ko'taradi. mm
[Alimardon] Teatr ztagidagi boqqa kirgandagina o'ziga keldi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq
sol.
4 s.t. Aktyorlarning sahnadagi harakati orqali ko'rsatiladigan tomosha; spektakl`. Esingda
bormi, rayondan teatr ko'rib ke-layotgan kechamiz, aravada Sotiboldi, ashula aytamiz, deb
Kanizakni qistadi, ko'nma-gandan keyin, sochidan tortdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chiroqlari.
TEATRLASHTIR(IL)MOQ Biror-bir asar yoki bo'lib o'tgan voqea-hodisani teatr-da ko'rsatish uchun
moslashtirmoq, qayta ish-lamoq. Teatrlashtirilgan tomoshalar. Te-atrlashtirilgan hikoya. Abdulla
Krdiriyning «O'tgan kunlar» romanini teatrlashtirish.
TEATRU s.t. esk. Teatr. Bir kunda bir sahna uchun bir kassadan ham teatruga, ham kartinaga
belat sotildi. A. Qodiriy, Ki-chik asarlar.
TEATRSHUNOSLIK Teatr tarixi va na-zariyasini o'rganuvchi fan. O'zbekistonda te-atrshunoslik
mustaqil fan sifatida 20-asrning 50-yillarida shakllandi. «UzME».
TEBRANGICH Tebranib, likillab, qi-mirlab turadigan narsa. Soat tebrangichi.
TEBRANISH 1 Tebranmoqfl. har n G'o'-zalarning shamolda tebranishi. mm Tebranish yoki shebratish
uyquni tezroq keltiradi. Gazetadan.
2 fiz. Tebranuvchi harakat; muayyan vaqt oraliqlarida takrorlashib turadigan hara-kat. Erkin
tebranish. mm Tebranish konturi radiotexnika qurilmalarining asosiy ele-mentidir. «Fizika».
TEBRANMA 1 Tebranadigan, chayqalib turadigan. Tebranma stul.
2 fiz. Tebranishdan iborat bo'lgan (q. teb-ranish 2). Tebranma harakat.
TEBRANMAS 1 Likillamaydigan, qi-mirlamaydigan.
2 ko'chma O'zgarmaydigan, mustahkam. Mu-sobaqada yutib chiqish uchun eng avval g'alaba qilishga zo'r
xohish va tebranmas ishonch ke-rak. F. Musajonov, Chiqindi.
3 O'ta loqayd, parvoyifalak, tepsa teb-ranmas. Inson sog'ligi uchun shunchashk jon kuy-dirib,
ba'zi tebranmas konservatorlar bi-lan olishib yurgan ekan, demak, yaxshi qiz bo'l-sa kerak. S.
Anorboev, Oqsoy.
TEBRANMOQ 1 Goh u tomonga, goh bu tomonga bir tekis harakat qilmoq; chayqal-moq. Soat
kapgiri bir tekis tebranmoqda. Salmoqdor boshoqlar shamolda mayin teb-ranadi. mm Shiftga
osig'liq belanchak bir tekis tebranarkan, tokchadagi chiroq nurida hovli yuziga uzun-uzun soya
tashlabo'tardi. S. Axmad, Hukm. Kuy boshlanib, raqqosa o'yinga tushishi bilan, atrof jimjit
bo'lib qola-di. Hamma o'tirgan joyida tebranardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
2 Umuman qimirlamoq. silkinmoq. Shu vaqt yana bir qarmoq yog'ochi tebranib qoldi. H. G'ulom,
Mash'al.
3 Notekis harakat qilmoq, u yoqdan bu yoqqa chayqalib yurmoq, lapanglamoq. Mashi-na sharshara
ko'prigidan o'tib, katta shag'al yo'lga tushgach, o'nqir-cho'nqir joylarda teb-rana boshladi. I.
Rahim, Ixlos.
4 Joyidan qo'zg'almoq, qimirlab qo'ymoq; jilmoq. O'tirganlar bir tebranib olishdi. S. Ahmad,
Hukm. ..boyvachcha xotinining ikki
45
qulog'iga chang soldi. Shahzodaxon joiidan tebranmadi. K. Yashin, Hamza.
5 ko'chma Joyidan bo'shab, puturdan ke-tib, qimirlaydigan, liqillaydigan bo'l-moq, omonat bo'lib
qolmoq. Oq podshoning taxti tebrana boshladi. sht Shahri vayron bo'lsa, sulton tebranar.
«Murodxon».
6 ko'chma Amal-taqal bilan yurib, o'tib turmoq (ro'zg'or, hayot va sh.k. haqida). -Bo-zorlar
yaxshimi? -Bir navi.. harchi tiriklik tebranib turadi, uka! A. Qodiriy, Mehrob-dan chayon.
Qishloq kattakon bo'lgani uchun, bu ish ham yomon bo'lmadi, ro'zg'orimiz tebra-nib turdi. A.
Qaxlor, O'tmishdan ertaklar.
TEBRATMOQ 1 Tebranma xarakatga kel-tirmoq, bir tekisda u yoq-bu yoqqa chayqal-tirmoq; umuman
qimirlatmoq. Boshni teb-ratmoq. Beshikni tebratmoq. mm Mayin tong shabadasi rang-barang
gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi. Oy-bek, Tanlangan asarlar. Uzun sariq
kapgirini bir maqomda tebratib chiqillayotgan katta devor soat uzib-uzib dang'illay boshladi.
P. Tursun, O'kituvchi.
2 Joyidan qo'zg'atmoq, biror tomonga surmoq, siljitmoq, qimirlatmoq. Uni hech tebratib
bo'lmaydi, shunaqangi og'ir karvon. tsh Amir Badriddin.. kuchli hamlalar bilan dushmanni asta-
asta tebratib, harakatdan mahrum qilishga tirishardi. Oybek, Navoiy.
3 ko'chma Larzaga keltirmoq, solmoq. Men gapimni tamom qilib, endigina blindajga tushib
ketmoqchi edim, qandaydir snaryadlar-ning chinqirig'i quloqqa xunuk eshitildi va birin-ketin
gumburlab, o'rmonni tebratib yuborgudek bo'ldi. A. Ubaydullaev, Qonli izdan.
4 Biror ishni olib bormoq, yurgizmoq. Oilani tebrat.moq. mm U \Mahmud Torobiy\ ..sahardan mo
shomgacha mehnat qilib, katta ro'zg'orini tebratib turardi. M. Osim, Maqmud Torobiy. Ikki o'g'il
uyni gulday tebrata boshladi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir. Bundan keyin dehqonchilikni
bilim-siz tebratish qiyin-da. H. Nazir, Eng muhimi. Gapiga gap topib berolmay, suvga tushgan
mushukday bir chekkada o'tirishlik holing bor ekan, idora tebratish sendaqaga yo'l bo'lsin. J.
Abdullaxonov, Xonadon.
Qalam tebratmoq Ijod qilmoq, yozmoq. Ma'ruf Nazarov kinematografiya, drama-turgiya va
qo'shiqchilik sohasida ham dadil qalam tebratyapti. X. Yodgorov, Xayot to'l-qinlari. Yozuvchi
qandaydir tanish manzara-ni, tanish shaxsni ko'z oldiga keltirib tu-rib, qalam tebratadi. U.
Normatov, Talant tarbiyasi.
TEVA ayn. tuya. Qator tevalarga sepini ortib, Mardlikning yurtiga yetuk qiz keldi. F. G'ulom.
Bir qultum suv bitta hayot bilan bab-baravar bo'lgan, bitta teva najot bo'-lib ko'ringan
taqirlar axir shu cho'lning o'zi emasmi? A. Po'lat, Cho'ldagi mash'al.
TEVALASHMOQ shv. Janjallashib urishmoq. Tezagi bilan tevalashadigan Egam-berdi podachi bekor
yurib horimaydigan, ko'sa bo'lib qarimaidiganlar xilidan edi. N. Qo-bil, Unutilmas sohillar.
TEVANA(K) q. tegana. \Mahsido'zning\ Boshqorongi bo'lgan xotini «Anor olib keling», debunga
sira tinchlik bermaydi.. tantiqlik va noz bilan bir uning qo'lidan tevanagini tortiboladi,
bir ipini uzadi. M. Qodirov, O'zbek xalq og'zaki dramasi.
TEVARAK 1 Kuzatuvchi, so'zlovchiga yoki boshqa shaxs, narsaga nisbatan hamma yoq, tomon, joy,
atrof. Tevarakka ko'z yugurti-rar ekan, Olimovning ham peshonasi tiri-shibketdi. H. Nazir,
So'nmas chaqmoklar. Yana tevarakdan odamlar to'xtovsiz ravishda bu yerga kelmoqda edi. Oybek,
Tanlangan asar-lar. Suvonjon tevarakni qoplab olgan qo-rong'ilikka qo'rqinch to'la ko'zlari
bilan ti-niLwp, butun vujudi bilan o'z nidosiga biror javob kutardi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 Biror narsaning gir atrofi, aylana-si. Hovuzning tevaragida teraklar o'sgan. sht O'zining..
tevaragi tekis qilib qirqilgan qora soqol va chiroyli mo'ylovi.. bilan za-monasining qorni
katta boylariga sira o'xshamagan Teshaboy ham odamlar nazaridan chetda emas edi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t.o. Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida rang-barang kapalaklar bazm quradi,
asalarilar g'uvullaydi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
3 ko'chma Biror shaxs, guruh, kuch va sh.k. nint birlashtiruvchi doirasi, atrofi. U \Qudrat\ o'z
tevaragiga G'ulomjon, Zamon, Barot polvon singari yoru do'stlarini yig'ib, ularning yordam va
madadlari bilan qishloq mazlumlarining haq va huquqlarini qo'lidan kelganicha himoya qilib,
ularga balogardon bo'libkeladi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
4 Atrofida bo'lgan, atrofidagi. Yolg'iz Tiktepa qishlog'idagina emas, tevarak qish-loqlarda ham
mulla Obidning ertagi ekin-dagi muvaffaqiyati og'izdan og'izga yurib ketdi. A. Qodiriy, Obid
ketmon. Tevarak bog'-larda to'ladi yaproq, Mehnatkash daraxtlar tiklaydi qaddin. Shukrullo,
Javohirlar sandig'i.
5 ko'm. vzf. kam qo'll. Atrofida. ..vahima va tahlikali holga qirq yosh tevaragida tush-ganidan
dalolat beradi. Gazetadan.
TEVARAKLAMOQ s.t. kam qo'll. Atrof-lab, har tomondan o'rab olmoq; qurshamoq. Ko'zini ochsang,
shuncha xalqni ko'rar, teva-raklab turgan jallod — mirg'azabni ko'rar. «Ravshan».
TEVAT shv. It. Tevatga suyak tashlaga-ningdan keyin o'z holiga qo'y, qanday g'ajisa, shunday
g'ajisin. «Qanotli so'zlar». To'rt tomon yeliga ko'kragi ochiq, Eshakday tevat ham yotibdi beun.
Mirtemir.
TEG s.t. Tag. Katta tolning tegida So-vur nonvoyning do'koni bor. A. Qodiriy, Meh-robdan
chayon. Kimsan — Mirzakarimboy tegi past, qashshoq qizga uylansa, men qanday chi-dayman. Oybek,
Tanlangan asarlar.
TEGAJAK Birovning achchig'ini, jahli-ni chiqarish uchun ataylab tegishuvchi, tega-jaklik qiluvchi,
shunday xususiyati kuchli. O'zi sho'x bo'lgani uchun, Ra'noga sho'x, tegajak yigitlar ko'proq yoqardi.
O. Yoqubov, Bahor kunlaridan birida.
TEGAJAKLIK Birovning achchig'ini, jahlini chiqarish uchun ataylab tegishish, hazillashish. Nuri..
yigitlarga hazilla-shishni, tegajaklikni yaxshi ko'rar edi. Oy-bek, Tanlangan asarlar. Anvar
go'shtni to'g'-rab, yana tegajaklikni boshladi: - To'yinglar qachon, hay qiz?A. Qodiriy, Mehrobdan
chayon.
Tegajaklik qilmoq Hazil-huzul bilan, o'ynashib tegishmoq. Haromi, nuqul bizga tegajaklik
qiladi. Oybek, O.v. shabadalar.
TEGAJOG'LIK ayn. tegajaklik. Hazil-huzulni yaxshi ko'radigan Karim qori usta Maqsudga
tegajog'lik qilib: -Ustoz Sa'diy bizning usta Maqsudni ko'rmagan ekanlar-da, — dedi.
Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
TEGANA I maxs. 1 Poyabzal qolipining ustki va ostki qismi orasiga qoqiladigan pona.
2 Charm va sh.k. qalin-qattiqnarsalarni tikishda ishlatiladigan katta yo'g'on igna.
TEGANA II 1 maxs. Tegirmon toshlari orasidan chiqayotgan un tushib yig'iladigan gardishsimon
joy.
2 Otlarda bo'ladigan, teri ostini shi-shirib, qabartiradigan kasallik.
TEGARCHIK shv. Arava g'ildiragnning gardishi, to'g'ini. Sidiqjon yengi va etak-larini qoqdi, otni
chiqarib, aravaning te-garchigiga bog'ladi-da, bostirmaga kirdi. A. Qahhor, Qushchinor
chiroqlari.
TEGDOR s.t. Tagdor, tagli. tubli. Teg-dor, obro'li boy ekan, lekin kundoshlik yomon-da.
Oybek, Ulug yo'l.
TEGIZMOQ 1 Tegmoq fl. ort n Uma-shinaga hech kimni shegizmaydi. Mergan o'n o'qning hammasini
nishonga tegizdi. mm Ota-bek.. Kumushning manglayiga qo'lini tegizdi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
Gap tegizmoq q. ran I. Kuragini (yoki yel-kasini, yonboshini) yerga tegizmoq Kurashda,
bellashuvda yengmoq, g'alaba qilmoq. Hech bir Xuroson pahlavoni.. hali uning [Muhammad Said
naxjiaeoHHum] yonboshini yerga tegizgan emas. Gazetadan. Til tegizmoq q. til 3. Qo'l tegizmoq
q. qo'l.
2 ko'chma Gapning mazmunini kimsaga qaratmoq, ran bilan kimsaga tanbeh, dash-nom bermoq. -
Qo'ynidan to'kilib, qo'njiga tushgan, — O'tap Bo'ronbekka tegizib piching otdi. H. G'ulom, Mash'al.
TEGINMOQ kam qo'll. Daxl qilmoq, tutinmoq; gap-so'z yoki qo'l bilan tegmoq. Eshikni ochsa ham,
idish-tovoqlarga teginsa ham, tars-turs, qars-qurs qilib, kimdandir o'ch olayotganday bo'lardi.
R. Rahmon, Mehr ko'zda. Holin bilmay, har kim halok bo'ladi, Kim bunga teginsa, tayin o'ladi.
«Alpomish».
TEGIRMON G'allani, donni yanchib un qilish uchun moslangan, maxsus qismlardan iborat, suv,
shamol, elektr energiyasi va sh.k. kuchi bilan ishlaydigan qurilma. Suv tegirmon. Shamol
tegirmon. Tegirmon shoshi. Tegirmonga don olib bormoq. mm Soy bo'yida behisob daraxtlar
orasiga ko'milgan tegir-mon guvullar edi. A. Qahhor, Asror bobo. Irmoqlar anhorlarga
qo'shilib, tegirmon, objuvozlarni harakatga keltiradi. J. Ab-dullaxonov, Oriyat.
2 Shunday qurilma joylashgan bino, joy. Menga qara, chopib tegirmonga boribkel! Ozgina
bug'doyga un alishib kelasan. S. Siyoev,
Yorug'lik. Tegirmon Sho'xsoyning bo'yida joy-yaashgan edi. A. Qahhor, Asror bobo.
Bir tegirmon suv Bir tegirmonni yur-gizishga yetarli suv. Ilgari kanal to'g'risi-da gap
bo'lganda, Sidiqjon uni biron te-girmon suv eltadigan arits deb o'ylagan edi. A. Qahxrr,
Qo'shchinor chirokdari. Boshida tegirmon toshi yurgizmoq Juda qattiq qiy-namoq, azob bermoq,
jabr-zulm o'tkazmoq. ..etlarimni nishtar bilan tilsinlar.. bo-shimda tegirmon toshi
yurgizsinlar! Men siz-dan ajralmayman! Hamza, Boy ila xizmat-chi. Tegirmon boshi Tegirmon
joylashgan joy. Haydar ota shu o'y bilan tegirmon bo-shiga yetganini ham bilmay qoldi. A.
Qahhor, Asror bobo. Tegirmon navbati bilan Har qanday ishning o'z muddati, bunda har kim-
ning navbat bilan keladigan tartib o'rni bor (bo'ladi), degan ma'noli ibora. Nega shoshasiz,
tegirmon ham navbati bilan. Te-girmon toshi Tegirmonda donni ezib may-dalash, un qilish uchun
ishlatiladigan, max-sus tayyorlangan tosh. ..bir o'g'il bshshn yerga mixlanib o'tiraverish, tegirmon
toshidek, uni kun sayin ezib yuborardi. D. Nuriy, Os-mon ustuni. Tegirmon qilmoq (yoki
tortmoq) Donni tegirmonda un qilmoq. Otamning do'sti Mahkamboy aka tegirmon qildirib qo'ygan
chaksa zog'ora unni orqalab, orqamga qaytdim. S. Abdulla, Yoshlik yillarim. Tegirmonga tushsa,
butun chiqadi Har qanday noqulay, yomon holatdan qutulishning yo'li-ni topadigan, uddaburon
ma'noli ibora. Tinchshn, qizim.. u keladi. Keladigan vaqgp bo'pqoldi. Otamurod — tegirmonga
tushsa, butun chiqadigan yigit. M. Mansurov, Yombi. Tegirmoniga suv quymoq Kimsaning biror
ish-faoliyatiga (odatda, salbiy deb qara-luvchi ishiga) ko'maklashmoq, unga kuch ber-moq. Nahotki
do'st bilan dushmanni ajra-tolmaysiz. Nahotki muttahamlarning te-girmoniga suv quyganingizni
sezmasangiz!SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
TEGIRMONCHI Tegirmon egasi, xo'ja-yini yoki tegirmonda ishlaydigan kishi. Safarali — bizning
tegirmonchimiz. Juda qiziq yigit. A. Qahhor, Kartina. Eshik ochi-lib, yuzlari oppoq chang
tegirmonchi yigit kirib keldi. N. Yoqubov, Ko'ngil piyolasi.
TEGIRMONCHILIK Tegirmonda ish-lash, tegirmonchi ishi, kasbi. Tegirmonchshshk unga ota meros, ertayu
kech tegirmon at¬rofida aylangani aylangan. A. Qahxrr, Kar-tina.
TEGISH 1 Tegmoq fl. har. n. Ekspo-natlarga tegish man qshshngan. Nafsoniyatga tegish. Jig'iga
tegish. tsh Osonmi, kishi ni-ma bo'lishini bilmaydi, bosh yostiqqa tegishi bor. A. Qahhor, To'yda
aza. Ahmadning bo'limga foydasi ko'p tegishi mumkin, qobiliyatli bola.. F. Musajonov, Himmat.
2 Rasamadda, taqsimotda kimsaga tega-digan ulush, hissa. Matqovulning tegishi bo'lsa hatto
qarzlarini ham qoplayolmadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 Nasiba, xaq. Hammasi sizning tegi-shingiz, hech kimga qaramang. Baliqni oling! A. Qahhor,
Qo'shchinor chiroqlari. Xontax-ta ustida non kesib, bolalarning tegishini alohida-alohida qilib
tayyorlarkan, ko'chada allakimlarga gapirayotgan Abduhafizning ovo-zi eshitildi. R. Fayziy,
Hazrati inson.
TEGISHINCHA kam qo'll. ayn. tegishli 3. Xalq deputap`shri tuman, shahar kengashla-ri tegishincha
tumanga bo'ysunuvchi shahar hamda shahardagi tuman byudjetini va uning ijrosiga doir
hisobotlarni ham tasdiq-laydshar. Gazetadan.
TEGISHLI 1 Talabga, vaziyatga, qonun-qoidaga va sh.k. ga mos, muvofiq; shu ji-hatdan kerak,
loyiq, lozim bo'lgan. Tegish-li xulosa chiqarmoq. Tegishli choralarni ko'r-moq. Tegishli hujjat
ko'rsatmoq. tsh Bu xabarni professorga bildirdim, undan te-gishli konsul'tatsiya oldim. Oydin,
Uyaldi shekilli, yerga qaradi. Elmurod ham uning fe'lini bilib, har bir savoliga tegishli
javobni berib turar edi. P. Tursun, Uqi-tuvchi. Paxtakorlarning hamisha o'z so'zlari-ning
ustidan chiqishi uchun tegishli sharoit ham yaratib berilishi lozim. Gazetadan.
2 Kimsa yoki narsaga qarashli, aloqa-dor, taalluqli bo'lgan. Ularning [xotinlar-ning] chag'ir-
chug'ur aralash qahqahalari hov-lini yangratadi. Gulnorga tegishli to'rdagi bir uy, bir ayvon
jimjit. Oybek, Tanlan-gan asarlar. Bo'ston, bu gst senga tegishli. S. Zunnunova, Yangi
direktor. Abdulaziz, o'g'il-lari otlarni sug'orib, aravalarni shay qilib qo'yganini,
karvonsaroy sohibi ham unga te-gishli odam ekanini.. aytdi. Mirmuhsin, Me'mor. -Dadam har
kishining o'ziga tegish-li gapni aytadilar, — dedi Onabibi Bozor-qulga. A. Muxtor, Chinor.
48
3 Daxli bo'lgan, muayyan, belgili. Senlar bilan tegishli joyda gaplashaman, ertagayoq domla-
imomlar bilan orani ochdi qilaman. S. Karomatov, Hijron. Tegishi yuqori tash-kilotga yetib
borgan igvoni tekshirish uchun zudlik bilan to'rt-besh kishidan iborat komissiya jo'natildi. E.
Usmonov, Yolqin. Sessiya, shuningdek, xalq deputatlari te-gishli Kengashi deputatlarining
kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Gazetadan.
4 O'ziga yarasha, lozim bo'lgan; kerakli. Tekinxo'r va bezorilar odil sud tomonidan tegishli
jazosini oldi. Gazetadan. Soib Ismoilovning jasoratidan ruxlangan jang-chilarimiz dushman
hamlasiga tegiiii javob berdilar. T. Rustamov, Mangu jasorat.
TEGISHLIK 1 Bog'lanish, aloqa, daxl-dorlik. Ahmabjonning nazarida, bu ishlar, bu yurishlar, tog'
oralig'iga solingan bu uy-lar — hammasi ortiqcha, urushga hech tegish-ligi yo'qdai ko'rinar edi.
A. Qaxdor, Oltin yulduz.
2 s.t. ayn. tegish 2. Kolxozchi paxtadan tegishligining teng yarmini, chorvadan tegish-ligini
esa mutlaqo ololmadi. I. Rahim, Zangori kema kapitani.
3 ayn. tegishli 2. Abduraxmon.. ayniqsa orada xonga tegishlik hukumatdor beklardan
ko'rinibqolsa.. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
TEGISHLICHA Kerakli, lozim bo'lgan darajada. Biroq Ittifoq idoralarida biz keltirgan
dalillarga tegishlicha quloq so-lishmayapti. Gazetadan.
TEGISHMOQ 1 Tegmoq fl. birg. n. Bolalar hech narsaga tegishmasin. mm Teng-qurlari.. Nazarovni
hurmat qilganlari hol-da.. «G'ozi», ba'zan «G'ozi chillashir» deb ji-g'iga tegishardi, S.
Anorboev, Oqsoy.
2 Tegajaklik qilmoq, hazillashmoq. U [Sidiqjon] ..butun zvenoni gullatib ashula aytar,
odamlarga tegishar, kular, kuldi-rar edi. A. Qaqxrr, Qo'shchinor chiroqlari. -Qachondan beri
qizlarning suhbatidan qocha-digan bo'lib qoldingiz? — kulib unga tegish-di Muharram. Shuhrat,
Shinelli yillar.
TEGISHQOQTegishishni, hazillashish-ni yaxshi ko'radigan; tegajak, hazilkash. Mah-mudning qizarib,
kulumsiraganicha nari ket-ganini ko'rgan bir ayol tegishqoq dugonasini jerkib berdi. S.
Zunnunova, Olov. Obidjon yumaloq, kalta bo'yin yigit bo'lib, yoshlikdan sho'x, gapdon va tegishqoq
o'sgan. I. Rahim, Barno.
TEGLI s.t. Tagli, tubli.
TEGLIK s./ya. Taglik, ostlik.
TEGMOQ 1 Bir-biriga yoki bir narsaga bevosita yonma-yon, uchma-uch kelib taqalmoq, yopishmoq,
urinmoq. Shaftolshshr mevasining ko'pligidan yerga tegib yotibdi. Parda yerga tegib turibdi.
Kekkayganga kekkaygin, bo-shing ko'kka yetguncha, Enkayganga enkaygin, boshing yerga tekkuncha.
Maqol. sht Bir mahal kimningdir qo'li yelkasiga tekkandek bo'ldi. S. Ahmad, Yulduz. Dilshod
musicha iniga qo'l cho'zganda, so'ri orasidan o'tkazshgan elektr simiga tegib, yerga qulagan edi.
Gazetadan. U ihrab-sihrab yonboshiga o'girshgan zdi, o'pkasi-ga shamol tegib, yo'tal tutdi.
«Mushtum».
2 Zarb bilan urilmoq. Mevali daraxtga tosh tegar. Maqol. mm Xotin chars bedanaday patillab,
qochmoqchi bo'lganida. yuzini karnay-gulning poyasiga urib oldi: yuzi butoqqa yomon tegdi, ko'n&sh
ozdi. A. Qahhor. Mayiz yemagan xotin. To'p borib, Buviniso xolaning ko'chaga qaragan
derazasiga tegib. bir ko'zini chil-chil qildi. R. Fayziy, Sen yetim emassan. Nemis mukkasi
bilan yiqildi. Uning avtomati Bektemirning qo'liga qattiq tegdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
3 Tomib, sachrab. surkpib iz. dog' qol-dirmoq, yuqmoq. Pal`tongizga bo'yoq tegib-di. mm Sening
soqolingga tekkan bir qatra shira mening fuqarolarimga bir kunlik ov-qat bo'ladi. A. Qaxdor,
Bashorat. Yengingizga qon tegibdi, qarang! Mirmuhsin, Me'mor.
4 Qo'l, kuch bilan teginmoq, ushlamoq; daxl qilmoq. Agar tegsa, men ham tushira-man, deb
lunjini poylab turibman. H. Na-zir, Yonar daryo. Bu g'o'zalarning shox/shb keti-shi asosiy
shoxning biron sabab orqasida sin-ganligi yoki mol-hol tekkanligi natijasi, bu ilmga ma`lum.
A. Qahhor, Qo'shchinor chi-roqlari. Nusratilla kirmadi. -Bir tiyi-ningizga tekkanim yo'q, — deb
ichkari hovli-ga o'tib ketdi. A. Muxtor, Opa-singillar. Suvsar kemiruvchilarga qiron
keltirgan bo'l-sa ham, uy parrandalariga tegmaydi. Gazeta-dan.
5 ko'chma Daxl qilmoq, ta'sir etmoq. E, senga tegib ketdimi, hali.. Birovlarni.. kam-yeitishga
kim huquq berdi senga? P. Tursun, O'qituvchi. Uning bu gapi boshqalarga ham te-gib ketdi.. K.
Yashin, Hamza.
49 9~U^
6 Borib yoki kelib yetmoq (mas, yuboril-gan narsa haqida), topshirilmoq. Telegram-ma tegdi.
Xat bilan sovg'a haliyam tekkani yo'q. mm Bir necha kundan so'ng ushbu mazmun-dagi xat qo'limga
tegsa ajab emas. O. Mo'mi-nov, Xiyobondagi uch uchrashuv. Did va ixlos bilan bezatilgan o'n
ikkita rango-rang ki-tobcha jurnalxonlarga borib tegdi. Gaze-tadan.
7 Rasamadda ma'lum hissa, ulushga ega bo'lmoq, ulushiga tushmoq, nasib etmok. Suv chiqadi-yu,
lekin boyga yarasha chiqadi. Bu eye-dan bizga tuyaning dumi yerga yetganda tegadi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Yagona stul Ah-madga tegdi. F. Musajonov, Nozik masala. Ba'zan jon boshiga
bazo'r yarim stakandan tegadigan ichimlik suvini gul tagiga quii-shar edi. T. Rustamov, Mangu
jasorat.
8 Xotin bo'lmoq, turmushga chiqmoq. Xo'sh, Zargarov amaldor emas, yelkasiga arqon tash-lab,
bozorda yurgan hammol bo'lsa, tegarmi-dingiz?A. Qahhor, Og'riqtishlar. Koshkiidi qoracha bo'lib
tug'ilgan bo'lsam, ko'rgami, kal-gami tegib, sizning.. so'zlaringizni eshitmas edim! M.
Ismoiliy, Farg'ona t.o.
9 Ba'zi so'zlar bilan qo'llanib, shaxs yoki narsaga shu so'z anglatgan narsa bo'li-shini, yetishini
bildiradi. Foydasi teg-moq. tsh Yotoqxona binosini chor atrofdan ko'm-ko'k daraxtlar qoplagan
bo'lsa ham, biz-ga buning nafi tegmaydi. «Guldasta». Ular-ning gunohini yengillashtirish
kerak, xudo yorlaqab, zora bizga ham bir oz savobi tegib qolsa! U. Ismoilov, Saylanma.
Ishqilib, do'stlariga zarari tegmasa bo'ldi — boshqa-sidan qo'rqmaydi. O. Yoqubov, Er boshiga ish
tushsa.
Asabiga tegmoq q. asab. Boshi yostiqqa tegmoq q. yostiq. Gap tegmoq Tanbeh, ogo\-lantirish va
sh.k. tarzdagi ran bo'lmoq, aytilmoq, shunday ran eshitmoq. Nasibaning o'zi o'qishni xoxlamasa,
hech kimga gap tegmay-di. A. Qahhor, Og'riqtishlar. Bo'lmasa sizlarga ham, mengaham gap
tegadi. «Guldasta». Yelkasi yerga tegmagan 1) kurashda biron marta ham yiqilmagan; 2)
musobaqa, bellashuvlarda hech yutqazmagan. Asakalik mashhur qimorboz Qulmatqora
«to'rtol»chilarning yelkasi yerga tegmagan kuzuri edi. A. Muxtor, Opa-sin-gillar. Javob tegmoq
Ruxsat berilmoq, javob bo'lmoq. Bugun Sherzodning palata-sidagi semiz bemorga javob tegdi.
U. X0¬shimov, Hyp borki, soya bor. Aag'i-jag'iga tegmay To'xtamay, tinmay, bidillab gapi-rish
holati. Sattorqul bosh vrachning kabi-netiga kirdi-yu, jag'i-jag'iga tegmay say-rabketdi.
«Mushtum». Jig'iga tegmoq q. jig'. Jon(i)ga tegmoq q. jon. Kambag'allik jonga tegmagan vaqt,
joniga tegmagan odam bo'l-ganmikin?A. Qahxrr, Qushchinor chiroqlari. Izzat-nafsiga tegmoq q.
nafsoniyatiga teg-moq. It tekkan Nomusiga tegilgan, iffa-tini yo'qotgan ayolga nisbatan
qo'llanuvchi ibora. Agar it tegmagan bo'lsa, pokman, no-musim joyida desang, kel, beri kel.
M. Man-surov, Yombi. Ko'z tegmoq q. ko'z. Ko'ngliga tegmoq q. ko'ngil. Nafsoniyatiga tegmoq Ki-
shining qadr-qimmati, izzati nafsini, g'ururini yerga urmoq, toptamoq. Odam (yoki inson) oyog'i
tegmagan Inson bo'lmagan, kel-magan, inson qadam qo'ymagan. Bu yer odam oyog'i tegmagan to'qay.
«Chalpak yoqqan kun». Orqasiga (yoki yelkasiga) oftob tegdi q. of-tob. Og'zi(ga) tegdi q. og'iz.
Erkak kishining og'ziga tegdimi.. Yuring, boqqa chiqamiz. N. Safarov, Sharq tongi. Olma, o'rik
va shu kabi map mevalar ham birin-ketin pishib, odamlarning og'izlariga tegdi. K. Yashin, Ham-
za. Peshonasi devorga tegmoq q. peshona. Peshonam devorga borib taq etib tegdi. Onam,
kelinoyim, o'rtoqlarimhaq. «Yoshlik». Tekkanga tegib, tegmaganga tosh (yoki kesak) otmoq Hamma
bilan urish-janjal qilib yurmoq, tinch yurmaslik. U\Asrora\ yoshligida tekkanga tegib,
tegmaganga kesak otardi. S. Ahmad, Ufq. Tekin pul, tekin maishatdan taltayib ketgan Ahmedov
hozir tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadigan bo'ldi. «Mushtum». Yarasiga tegmoq q. yara.
..yaxshi ko'rgan bu odamini maqtayman deb, uning yarasiga tegib ketganini bilmay qoldi. A.
Muxtor. Bo'ronlarda bordek halovat. Qitig'iga tegmoq q. qitiq. Bir qitig'iga tegaymi, zora
iigitlik g'ururi varaja qilsaP. Murod, Ot kishnagan oqshom. Quloqqa tegmoq Eshi-tilmoq. Bolam,
sen qaydan eshitding?! Se-ning qulog'ingga tegmasin, deb yurar edim. «Yodgor». Qo'li tegmoq q.
qo'l. Shoh xizmatiga kirgandan beri esa deyarli qo'li tegmay qoldi. S. Siyoev, Yorug'lik. Qo'li
qo'liga tegmaslik q. qo'l. Dala,shrda hayot qaynaidi, bobodehqon-ning qo'li qo'liga tegmaydi.
Gazetadan. Qo'n- * doqda tekkan q. qo'ndoq. Ana shu mudir Sali-movning qo'ndoqda tekkan bir
kasali bor.
4-O'zbek tilining izo\li lug'ati
«Mushtum». G'ashiga tegmoq q. g'ash. Zimmasiga tushayotgan vazifa Sobirning g'ashiga tegdi. F.
Musajonov, Himmat. Hamiyatiga tegmoq q.
hamiyat. Uning oxirgi gapi Mansurning hamiya-tiga tegdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
TEGRA kt. Tevarak. atrof. Tegrasi de-vorsiz, faqagp tollar bshangina ajratil-gan uchastka
juda serfayz, gashtli ko'rindi.. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi. O'zini o'zi boshqarish organlari
amal qiladigan hudud-larning tegralari aniqlangunga hamda yi-g'inlarning raislari qonunda
belgilangan tartibda saylangunga qadar ularning va-zifalarini bajarib turish shaharcha, qish-
loq.. kengashlari raislari zimmasiga yuk-latilsin. Gazetadan.
TEJAB-TERGAMOQ Sarf-xarajatda, ro'zg'or ishida ayab, reja bilan ish tutmoq. Pulni tejab-tergab,
rasamadi bilan ish-latmoq. mm Biz o'zimizdagi sanoqli o'`^shrni endi tejab-tergab ota olar
edik. A. Rahmat, Brest qaxramoni.
TEJAM 1 Ehtiyot qilib, ayab, o'z o'rnida ishlatish, tejash, iqtisod. Tejam masala-si hamisha zo'r
amaliy ihamiyatga egadir. mm Tejam bilan ishlatsang, uy-ro'zg'oring but bo'lar.. «Qanotli
so'zlar».
2 Tejash tufayli qolgan, orttirilgan foyda. Tejam hisobiga shiorlarni mukofot-lamoq. mm
..Har safar o'zlari o'ylamagan te-jamlarning kelib chiqqanidan mamnun bo'-lishdi. Gazetadan.
TEJAMKOR Tejam bilan ish tutadi-gan, tejab ishlatadigan. Tejamkor ishchi. Tejamkor buxgalsher.
mm U [Umid] boshqa o'rtoqlariga qaraganda ancha tejamkor, fe'shn bosiq. Mirmuhsin, Umid.
TEJAMKORLIK Tejam bilan ish tu-tish, shu tarzdagi iqtisodiy tartib. Isi-tish qurilmasida
tayyorlangan issiq suvdan tejamkorlik bilan foydalaning. Gazetadan. Bugungi mashg'ulot
«Qurilishda tejamkor-lik» mavzuida bo'ladi. «Saodat».
TEJAMLI 1 Tejashga, tejamkorlikka imkon beradigan, tejaydigan. Tejamli Ma-mma. Tejamli
ishlab chiqarish usuli. mm Ta-biiy gaz faqash tejamli yoqilg'igina bo'lib qolmasdan, tengi yo'q
ximiya xomashyosi ham-dir. A. Abduqodirov, Gaz ximiya xizmatida. Brigadalar paxtani qop-
qanorsiz tashish¬dek tejamli va qulay usulni qo'lladilar. Gazetadan.
2 ayn. tejamkor. Sizdek insofli, te-jamli odamlarni ayrim tashkilotlarga, ayniqsa,
qurilishlarga bittadan boshliq qilib qo'ysa bormi. bunaqa isrofgarchishk.shr bo'lmasdi! Shukrullo,
Javohirlar sandig'i.
TEJAMLILIK aim. tejamkorlik. Kor-xona jamoasi tejamlshshk yo'lidan borib, ko'plab elektr
energiyasi va xomashyo tejayap-ti. Gazetadan.
TEJAMOQ 1 Ortiqcha sarfga yo'l qo'y-maslikka harakat qilib ish tutmoq. ayash, tejam bilan
sarflamoq. Umidning qiyin-chilik bilan katta bo'lganini hamma oiuapdu
— kiyimni yaxshi kiyishi, pulni tejashi ham shundan. Mirmuhsin, Umid. Ma.ia.xoe qancha ayab,
tejab otmasin, o'qi kutgandan tez tugab borardi. Shuxrat. Shinelli yillar. Minutlarni tejang,
o'tmasin damlar.. R. Bobojon.
2 Isrof qilmaslik yo'li bilan ort-tirmoq, ishlatmay, sarflamay qoldirmoq. Shunday bo'lsaham,
tushlikka chiqqanda. yarim soatgina vaqtni tejab, oshxonadan chiq-di-yu, Halim boboning bog'iga
yo'l oldi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Yem-xashakdan mohirona foydalanish tufayli chorvadorlar
ko'p miqdordagi donni tejab qoldilar.. Ga-zetadan.
3 Kimsani yoki o'zini ehtiyot qilmoq, ayamoq, saqyaamoq. Bolani o'z holiga tashlab qo'yib
bo'lmaydi, uni tejab, tergab turish kerak. mm Qutidor qizining peshonasini ushladi: -Ey, ha..
Kumush, hali issig'ing bor,
— dedi. — O'zingni teja, qizim, o'rningni qalin qilib, burkanib yot, terlasang — yori-shasan,
qizim! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TEJAMSIZ 1 Tejashga imkon bermay-digan, ortiqcha sarfga yo'l qo'yadigan. Tejam-siz mashina.
Tejamsiz shexnologiya.
2 Ayamasdan, pala-partish sarflaydigan, gejashni bilmaydigan. Tejamsiz ayol.
TEJAMSIZLIK Tejab-tergamay, te-jamkorlikka rioya qilmay sarflash; isrof-garchilik.
Tejamsizlik bilan ishlamoq.
TEJOG'LI Tejashga, tejamkorlikka asoslangan; tejamli. Tejog'li ish — bejog'-li ish. Maqol.
2 Ishlari yaxshi yo'lga qo'yilgan, har nar-sa o'z joyida, tartibga solingan, saranjom-sarishta.
Sirdaryo sohillari — ko'z ilg'amas
51
asriy datum. Ardo/rsh o'lka bugun — yasog'li va tejog'li. Mirtemir.
TEZ [f. j^j — o'tkir, keskir; o'yuvchi, ach-chiq; sanchiluvchan; ziyrak, sezgir; ildam, jadal;
chaqqon] 1 Oradan ko'p vaqt o'tmas-dan, oz (qisqa) vaqt ichida; darrov, tezda. Majlis tez
tugadi. Bola o'qish-yozishni tez o'rgandi. Voqealar tez rivojshnmoqda. Shosh-masang, tez yetarsan,
shoshgandan o'zib ke-tarsan. Maqol. mm Bordi-yu, ko'klam seryom-g'ir kelgudek bo'lsa, yer tez
yetilmaydi, ekin kechikib ketadi. N. Safarov, Xadicha Ahro-rova. Havo ayniyapti, ukajon.
Bunaqa xavoda cho'qqiga chiqish xavfli, Tog'da qorong'i tez tushadi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
Tez kunda (yoki kun ichida), tez orada, tez fursatda (yoki fursat ichida) Oradan ko'p vaqg
o'tmasdan, ozgina vaqt o'tgandan keyin, qisqa fursatda, oz muddatda. Azalda taqdi-rimiz qora
bitilgan ekanmi, tez kunda boshimizga og'ir kunlar tushdi. Oybek, Tan-langan asarlar. Soraxon
tez fursat ichida uning ko'nglidan Munisxon ishqini yuvib chi-qardi. A. Qahhor. Sarob.
2 Darhol, shu topda, shu on, zudlik bilan. Naq peshin vaqtida Yermat choy-non olib keldi,
ularni yerga qo'ymasdan, Yo'lchini ko-yidi: -Tez chiqing-ye.. kunning issig'ini se-zasizmi?!OShek,
Tanlangan asarlar. Qudrat tez javob aytolmadi. Singlisshi, shu bshan birga o'zini ham yupatish
uchun bahona axtar-di. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar. Boy tez fahmladi-da: -Shundaymi, jiyan, —
deb kuldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Tez aytish O'zbek xalq og'zaki ijodining yanglishib ketish mumkin bo'lgan qofiyadosh, o'xshash
so'zlarning jumlalarini adashmay, tez talaffuz qilishdan iborat bir turi. Tez bo'l Vaqt
o'tmasdan, darrov harakat qil, imillama. Yuring, tez bo'ling. Hamro opam betob bo'lib qoldi.
Tuyg'un, Zulfizar.
3 Me'yordagiga nisbatan oldinroq, il-gariroq. Bola otasining so'zlaridagi ma'no-ni durust
tushunmagani uchun bunchalik tez va oson «xo'p» dedi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Sidiqjonning
onasi Xadicha xola umrini xorlik-zorlik tortib o'tkazgan hamma kishsharday tez qarigan.. A.
Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
4 Katga sur'at bilan, shaxdam, jadal. Tez ishlamoq, Tez yurmoq. Tez o'qimoq. mm Soy un-cha
katta bo'lmasa ham, nihoyatda tez oqar.
«qulq-qulq» etgan tovushlar eye ostida katta-katta toshar yumalayotganini 6wi-dirib turar edi.
A. Qahhor, Oltin yulduz. Yillar shu qadar tez o'tardiki, ha-huv de-guncha u oltmishdan oshib,
payg'ambar yoshiga yaqishashmoqda.. Mirmuhsin, Me'mor. U,Dil-barga yetib olish uchunmi yoki qattiq
xaya-jonga tushganidanmi — tez qadam tashlay boshladi. «Guldasta».
5 sft. Darrov achchig'lanib, qizishib ke-tadigan, serjaxl, jizzaki. Juda tezsiz-da, Axmadjon,
berdisini eshitmay bo'g'asiz-a! S. Karomatov, Hijron. E.. men bu ishga ara-lashmas edim, bu
yigitning o'zi tezroq. N. Safarov, Uyg'onish.
Jahli (yoki achchig'i, fe'li) tez Darrov achchig'lanib, qizishib ketadigan, serjaxd, jizzaki.
Shommi kalning jahli juda tez bo'lib, yuragida kek saqlovchi kishi edi. J. Sharipov, Xorazm.
Domlaning achchin^shri tez, asabiy mijoz ekanliklarini aytib o'tgan edim. M. Muhammadjonov,
Turmush urinish-lari. Xotshshng, bunaqa fe'li tez ekan, [bo-lani] olib ketmagani ham durust.
A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroqlari. Tili tez Tezda qi-zishib, bidillab ketadigan, ran bermaydi-
gan. Oh, o'g'lim, yoshsan, tiling tez, o'ng-tersi-ga qaramay gapiraverasan. Shuhrat, Jannat
qidirganlar.
6 s.t. Juda tez ishlaydigan, tezkor. Ju-da tez usta.
Zehni tez Zehni, aqli o'tkir, tez fahm-lab oladigan, farosatli. Tez yordam Og'ir bemorlarga
shoshilinch yordam ko'rsatish xizmati. Tez yordam mashinasi. Tez yordam cha-qirmoq. mm Hamma shahar
va tumanlarda tez yordam stantsiyalari ishlab turibdi. Gazeta-dan.
TEZAK \f. 1 Hayvon yoki qush ax-
lati; go'ng. Mol tezagi. mm Yigitlar qo'y-larning siydik va tezaklariga bulg'anib yot-gan
tuttsunlarning qo'l-oyoqlarini yechib, qo'ra-dan haydab chiqarmoqchi bo'ldilar. S. Ayniy, Qullar.
-Oq qushlarning tezagi oppoq bo'lar jan, — dedi Shum bola. G'. G'ulom, Shum bola.
2 Qurigan yoki yoqish uchun maxsus quri-tilgan go'ng (asosan, mol go'ngi). Haydar.. o'choq ichiga
ko'milgan o'tni ochib, ustiga bir dona tezak qo'yib, puflab, bir oz yashnatdi. S. Ayniy, Qullar.
O'choqda tezak miltillab yonar, qora chovgum biqir-biqir qaynardi. S. Anorboev, Oqsoy.
Teng tengi bilan, tezak qopi bilan Har
kim mavqei, obro'yi jihatidan o'ziga teng, mos, muvofiq kishi bilan bo'lishi lozim, degan
ma'nodagi maqol. Teng tengi bilan, tezak qopi bilan! Bozorov — bir qop tezak! Adolatning
tengi — Normat. I. Rahim, Chin muhabbat.
TEZAKLAMOQ Tabiiy xrjat chiqarmoq, yozilmoq (hayvon va qushlar haqida). Ot te-zakladi.
TEZAKXONA Tezak sakdanadigan yopiq joy, saroyxona. -Ofarin! — eshon yasama kuldi. —
..Tinchgina bol chaynab yurgan odam, tezakxonada istiqomat qilibsiz. I. Rahim, Taqdir.
TEZAURUS [yun. thesauros — xazina, boy-lik] tlsh. 1 Muayyan tildagi barcha so'zlar-ni qamrab
oladigan, ularning matnda qo'l-lanish holatlarini to'la-to'kis aks ettira-digan lug'at.
2 Biron-bir ilm-fan sohasiga oid so'z-lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ular o'rtasidagi
semantik (jins-tur, sino-nimik va b.) munosabatlar aks ettirilgan ideografik lug'at.
TEZGIZAK Yog'och kanasi.
TEZGIR [f. JHS-'J^ — tez, chaqqon oluv-chi] Ovni tez oladigan, olg'ir. Tezgir bur-gut. Tezgir
tozi.
TEZDA(N) rvsh. Oradan ko'p vaqt o'tmas-dan, qisqa muddat ichida, oz fursatda; dar-rov. Qishning
birinchi yarmi quruq keldi. Ik-ki martagina qor yogib, tezda erib ketdi. P. Tursun, O'qituvchi.
Kecha klubga borgan xo-tinning Adolatga ko'zi tushishi bilan, ran-gi o'zgarib ketdi. Lekin
tezda o'zini o'nglab oldi. S. Zunnunova, Gulxan. Bektemir tezdan o'zini pastlikka tashladi,
yugura-yugura, o'r-monga kirdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
TEZIKMOQ shv. Tez yurmoq, tezlikni oshirmoq; tezlashmoq. Zulfizar otiga g'azab qamchisini urdi,
g'oyibning qushiday tezikib ketdi. «Zulfizar bilan Avazxon».
TEZIS \yun. thesis — qoida; isbot] 1 Il-miy asar, maqola, ma'ruza va sh.k. dagi asosiy
g'oyalarning qisqa va lo'nda bayoni. Ma'ruza tezisi. mm Saodatxon stol usti-dagi tezislarini
olar ekan, soatiga qara-di. S. Zunnunova, Yangi direktor.
2 mnt. Haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo'lgan hukm, mulo\aza, fikr. Shoir dunyoqarashining
barkamolligidan darak be¬ruvchi bu tezis uning qator asarlarida turli shakllarda juda ko'p
qaytarilgan. «UTA».
TEZKOR [f. JL^^H — tez' jadal ishlov-chi] 1 Tez ishlaydigan, ishni tez, chaqqon bajaradigan.
Tezkor ussha. mm Urinboy tez-kor, har qanday ishni ham tez bajo ztishni yoqtiradiganlardan. T.
Rustamov, Mangu ja-sorat.
2 Tezlik bilan harakat qiluvchi, tezlik bilan natijaga erishishni ta'minlovchi. Qurt boqishning
tezkor usuli haqidagi bu dovruq butun mamlakatga ham tara.gdi. I. Muqimov, Ipak tolasi.
Farg'ona vi.yuyati Davlat soliq boshqarmasi tuzgan tezkor guruh a'zolari bozorlarni zimdan
kuzata boshladilar. Gazetadan.
TEZKORLIK 1 Tez ishlash. Uning tez-korligi himmani hayratda qaldirdi. mm Tez-korligi,
sifatli ishi bilan tanila bosh-lagan.. Omonga mas'uliyatli ish topshirildi. T. Baxromov,
Otasining bolasi.
2 Tez ishlash, ishni tez bajarish; ishda jadallik. G'alla o'rim-yig'imi tezkorlikni talab qiladi.
mm O'rta Osiyoning talay qis-mini egallab yotgan tog'lar bag'ridagi boy-liklar yil sayin
tezkorlik bilan o'zlash-tirilmoqda. A. Razzoqov, Muhokama mavzui. Buning uchun tezkorlik
bilan, qattiq, ba`-zida ko'pchilikka xush kelmaydigan choralar ko'rilishi zarur. Gazetadan.
TEZLAMA: tezlama qilmoq kam qo'm. ayn. tezlamoq II.
TEZLAMOQ I 1 Tezligi oshmoq, hara-kat tezligini oshirmoq. Poezd tezlab ket-di. Yomg'ir
tezladi. mm Komiljon tezlab ke-lib, Xalilovga qo'l uzatdi: -Keling, Xalilov aka. I. Raxim,
Ixlos.
2 Tez yurishga undamoq, qistamoq. Kuch bo-richa otim tezlab ko'raman. «Murodxon».
3 Hujum qilishga, urishishga undamoq, xezlamoq, gijgijlamoq. Xo'rogshrni bir-bi-riga tezlamoq.
Bedanani tezshmoq.
4 Charxlab, qayrab o'tkir qilmoq. Ket-monni tezlamoq. O'roqni tezlamoq.
5 s.t. Olov kuchayib. tepik qilib, oqib, ko'chib tushmoq (tandirda yopilgan non, somsa \aqida).
TEZLAMOQ II Binoning ishdan chiqqan devorini, tomini buzmasdan ko'tarib qo'-yib ta'mirlamoq.
yangilamoq. -Uyning or-qasini tezlasammikin, — deb ko'nglidan o't-kazdi Bo'taboi, — shoshmasdan,
yaxshilab tez¬lasam. Uyning ichini qumsuvoq qilsam. S. Ah-mad, Hukm.
TEZLATKICH 1 maxs. Biror ish-harakat yoki jarayonni tezlatish, jadallatish, ku-chaytirish uchun
xizmat qiladigan asbob, qurilma va sh.k. Yadro zarrachalari tezlat-kichi.
2 Biror jarayonni tezlashtiradigan, ri-vojpantiradigan omil, vosita, kuch.
TEZLASHMOQ 1 Tezlamoq I fl. birg. n. Yigitlar bolalarni tezlashib, kurashga tu-shirishdi.
2 Sur'ati oshmoq, jadallashmoq; kuchay-moq, avjga minmoq. Poezd tezlashdi. Ish-lar tezlashib
ketdi. tsh Shabada ham tez-lashib, bolalarning sochlari va galstuklari bilan tinmay
o'ynashmoqda. H. Nazir, So'n-mas chaqmoqlar. Maydalab, shivalab yog'ayot-gan yomg'ir tobora
tezlashardi. E. Raimov, Ajab qishloq. Avazning qadami bir sekin-lashadi, bir tezlashadi. S.
Siyoev, Yorug'lik.
3 Muddatidan oldin amalga oshmoq, tez-roq sodir bo'lmoq. Uylab qaraganda, uning endigi
taqdiri ko'p jihatdan mana shu safariga ham bog'liq; hatto to'yning tez-lashuvi ham, to'ydan
keyingi sayohat ham shun-ga bog'liq. S. Anorboev, Oqsoy.
TEZLIK 1 Tez odamga xos xarakat, xu-susiyat. Solihboyning qaynab turgan g'azabi uning
tezligida yoki jazavaga tushishida emas. F. Jo'raev, Obid Jalilov.
2 Ish-harakat, jarayon va sh.k. ning ja-dalligi, sur'ati, darajasi. Ish tezligi. Hi-soblash
tezligi.
Tezlik bilan 1) imkon boricha qisqa vaqt ichida, tez sur'at bilan, jadal. Hosil-ni tezlik
bshan yig'ib-terib olmoq; 2) dar-hol, oshig'ich ravishda, kechiktirmay. Tezlik bilan yetib kel.
3 fiz., tex. Jism bosib o'tgan masofa-ning shu masofani bosib o'tish uchun ket-gan vaqtga
nisbati. Yurish tezligi. Yugurish tezligi. Tovush tezligi. O'rtacha tezlik. Tez-lik birligi.
Tezlikni hisoblamoq. Traktor balandlikka birinchi tezlikda chiqadi.
TEZLIKDA rvsh. kam qo'll. Tezlik bi-lan, tezda, tez. Tezlikda yetib kelib, Sen ham davramizga
kir. Ko'm-ko'k archa tagida Sakrab-sakrab o'ynab ber. I. Muslim. Tezlikda Samarqandga —
Ulug'bek mirzoga choparlar orqali noma jo'natildi. Mir-muhsin, Me'mor.
Yashin (yoki chaqmoq) tezligida Juda tez, ko'z ochib yumguncha. Birdan kallamga yashin tezligida bir
fikr keldi. E. Raimov, Ajab qishloq. Bu fikr Ergashevshng xayolidan chaq-moq tezligida o'tdi. N.
Safarov, Vodillik qaqramon.
TEZOB [f. ^'ihe — barcha metallarni erituvchi suyuqlik, sul`fat va nitrat kis-lotalar
aralashmasi; tezoqar suv] 1 kam qo'll. Tez oqadigan, tezoqar. Izboskan qishyug'ining etagidan..
tezob daryooqadi. I. Shamsharov, Oltin kuz. Qalbing ishlar ishqin kuylab doimo, Misralar
irmoqday tezob, sho'x, toza. M. Boboev. Yoshlik ekan, umr atalmish tezob daryoning ayni
ko'pirgan, jo'shqin pallasi. E. A'zam, Kechikayotgan odam.
2 Tez sur'atli, jadal. Har yakshanba ish shu tariqa tezob.. SH. Tohirov, Qars ikki qo'ldan
chiqadi.
3 ayn. tez 5. Voqeadan xabardor bo'lgan tezobroq Inog'om aka tutaqib ketdi. F. Mu-sajonov,
Kamtarin ishchi.
4 maxs. Turli texnologik jarayonlarda eritish, tozalash, okdash, oshlash va sh.k. maqsadlarda
ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi. Terini tezobga solmoq. Me-tallni tezobda
tozalamoq.
TEZOBLAMOQ maxs. Tezobda ishlov ber-moq. Terini tezoblamoq. Metallni tezobla-moq.
TEZOTAR 1 Birin-ketin juda tez o'q otadigan. Tezotar miltiq. Tezotar zenit to'pi.
2 Tez sayraydigan, sayroqi (bedana ha-qida). [Komil bedananing sayrashini eshitib to'xtaydi:]
Oh, oh, oh! Bay-bay-bay!Zap tez-otar bo'pti-da. O. Yoqubov, Ikki muhabbat.
TEZOQAR Tez oqadigan. Tezoqar daryo, pulemyotlardan yomg'irdek quyilayotan o'q.. snaryadlarning
dahshatli chinqirig'i xujum-ni tezlatgani qo'ymas edi. A. Rahmat, Aziz tuprokda ungan do'stlik.
TEZPAZAK [f. ^-^^ ~ tez PISHUVCHI1 shv. Tezpishar. Tezpazak o'rik.
TEZPISHAR Tez pishadigan, erta yeti-ladigan; chillaki. Tezpishar naxma navlari. Tezpishar o'rik.
Tezpishar qovun. mm Anov pol tutzor ko'rkam — Ra'no qalamchalari. Bu poli — Salimjonning
Tezpishar olchalari. Q. Muhammadiy.
TEZ-TEZ rvsh. 1 Tezlik bilan, jadal, ildam; shoshilib. Tez-tez yurmoq. Tez-tez
54
ishlamoq. mm LUoup daftarchasini tizzasiga qo'yib, tez-tez yozar edi. A. Qahxrr, Kartina.
Alimjonning yuragi tez-tez urib, badani qizishdi. K. Rahimov, O'z kasbini sevgan yigit.
[Madamin] Xuddi birovdan qizg'angan-dek tez-tez oshar va chaynamasdan yutar edi. P. Tursun,
O'qituvchi.
2 Ko'p vaqt oralatmay, bot-bot, o'qtin-o'qtin. Bemor tez-tez suv so'rar edi. mm Gul-nor bu oy
ichida tez-tez og'rib turdi. Oy-bek, Tanlangan asarlar. -Endi siz shu yerda qoling, — dedi
onasiga Normat, darvozadan chiqarkan, — urinmang.. Tez-tez xat yozib turaman. I. Rahim, Chin
muhabbat.
TEK rvsh. 1 Harakatsiz, qimirlamasdan va ovoz chiqarmasdan, jim. Tek tur. Tek o'tir. mm Hamma
bir lahza tek qolib, birdan qat-tiq kulgi ko'tarildi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin. Unda
laylak bir oyoqlab tu-rib, yashillanib kelayotgan adirlarga ko'z tashlab, tek qotgan. S. Ahmad,
Hukm.
2 Hech ish, harakat qilmasdan, bekor. Tek turmagan to'q turar. Maqol. mm Uning
[Haydarboyning] qo'llari tek turmaydi: dam uzun otashkurak bilan to'nkaning o't olgan josharini
qoqib, yana ham ko'proq biqsitadi. P. Tursun, O'qituvchi. Hamma harakatda-yu, yolg'izmen tek
yotibman. Oydin, Oltin uzukka olmos ko'z.
3 und. s. vzf. Qimirlama, jim. - Tek, o'r-shoqlar, — dedi rais va davom etdi, — o'zin-giz
ekasizmi? A. Qahhor, Sarob.
Tek qo'ymoq Tinch qo'ymoq, bezovta qil-maslik. Hozir tek qo'yib qo'ygan odamyurni suv chiqqandan
keyin qamashi ham ehtimol-dan uzoq emas. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
TEKIN Evaziga pul, haq yoki boshqa biror narsa talab qilinmaydigan; pulsiz, bepul. Tekin
ovqat. Tekin mehnash. mm Uzoq safarga pul kerak. Tekin qimiz, et qayda. Oybek, Tanlangan
asarlar. -Senhali shunaqa yomonmisan-a? Uy-bo'y! — dedi zavxoz. — Shun-chalik tekin yeb-ichib,
o'qib yurganingga shukur qilish kerak. P. Tursun, O'qituvchi.
Suv tekin, suvtekin Juda arzon, deyarli tekin. Xotinlarning mehnati ayniqsa qadr-siz, suv
tekin bo'lishini o'shanda bildim. Oybek, Tanlangan asarlar. -Go'r azobi bilan yetishtirgan
paxtasini zavodga keltirib, suv tekin sotadi, — deyar edi kuyunib Vali aka. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Tekin tomoq q. tomoq 3.
TEKINGA rvsh. Evaziga pul, haq yoki boshqa biror narsa olmasdan yoki bermasdan; pulsiz, bepul.
Tekinga ishlatmoq. Tekinga olmoq. mm Qarang, birovlarning bolalarini pul sarf qilib, vaqt
sarf qilib, tekinga o'qitsa-ya.'M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
TEKINTOMOQ (to'g'risi tekin tomoq) q. tomoq 3.
TEKINXO'R 1 Mehnat qilmasdan, bosh-qalar hisobiga kun ko'ruvchi; \aromxo'r. Te-kinxo'rlar va
bezorilar odil sud tomonidan tegishli jazosini oladi. X. Rizaev, Bezori munosib jazolandi.
Axmadga o'xshagan sof vijdonli odam uchun eng yomoni — o'zini be-korchi, tekinxo'r sezish. F.
Musajonov, Him-mat.
2 biol. Boshqa organizmlarga yopishib, ularni so'rish bilan yashovchi mayda jonivor yoki o'simlik;
parazit. Tekinxo'r zarpechak. mm Endi chimqirqar mashina solaman bu shekin-xo'r gazandaga.
Oybek, O.v. shabadalar.
TEKINXO'RLIK Mehnat qilmay yeb-ichish, kun ko'rishlik. Qodir Qurbonboev jamiyatimiz uchun biror
foydash ishga ko'n-gil qo'ymadi, tekinxo'rlik, chaiqovchilikka mukkasidan ketdi. «Mushtum».
TEKIS 1 Yuzida g'adir-budir, baland-past, o'nqir-cho'nqir joylari bo'lmagan; silliq. Tekis
maxma. Tekis maydon. Tekis devor. mm Kecha qorongi va tumashi edi. Keng, tekis ko'chaga
uzoqdan chirok^shr tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yo'l tekis,
mashina silkinmasdi. S. Ahmad, Ufq.
2 Joylashish, o'lcham (hajm yoki bo'y) va sh.k. jihatdan bir xil. U jilmayganida, qizlarnikiga
o'xshash, tekis tishlari yarq etib ketdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Bo'yi baland, qomati
kelishgan, qora soqoli iyagida tekis qilib qirqshgan. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Ko'k bluzka
kiygan ikki qiz Bashoratlarning oldiga keldi. Ular bir-birlariga juda o'xshar, bo'ylari ham
tekis, juda chiroyli qizlar edi. A. Muxtor, Opa-singillar.
3 Bir maromda, bir xil tezlikda. Tekis harakash. Tekis odim. mm Xuddi sirk otla-riday
bezatilgan semizgina, si.iiqqina bo'z ot tekis olib ketdi. Oybek. Hyp qidirib. Undan
nariroqda qora ka.shgt. san'atini namoyish qilayotganday. bir tekis suzib yuribdi. N. Fozilov.
Diylor.
55 YA'^
4 rvsh. Baravariga, yoppasiga bir vaqtda; shig'a, qiyg'os. Urug'larni tekis undirib ol-moq.
Giloslar bir tekis gulladi. G'o'zalar bir tekis unib chiqdi. mm Har safar tekis chi-qib, yashnab
o'sayotgan yam-yashil g'o'zalarni ko'rganimda.. paxtazordan chiqqim kelmas edi. 0. Yoqubov, Ikki
muhabbat.
5 Har jihatdan teng, baravar, bir xu-qukdagi. Suv xudoyimning mulkimi? Xaloyiq tekis
ichadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Meni saylang, negakim, Endi qadrdon bo'la-man. Bir tekis
hammangizga Xizmati bajon qilaman. Hamza.
6 ko'chma s.t. Beishkal, silliq; bir xil qilib. Ishi juda tekis. Hamma ish tekis bo'lib ketdi.
mm Musa ko'sa bir yerda turmas, chigitlarni bir tekisda ekish kerakligini, chigit to'rt enlikdan
chuqur bo'lmasligini hadeb tayinlardi. S. Ahmad, Hukm.
7 s.t. Kelishgan, chiroyli. O'rtada o'n olti-o'n yetti yashar bachcha o'ynaydi. U pane-cm, xipcha,
«tekisgina», yana to'g'rirog'i, «po-pukday» bola. Oybek, Tanlangan asarlar. Anov tog' bilan
manov tog' egiz ekan, Jami qizdan oxun qizi tekis ekan. «Oq olma, qizil olma».
TEKISLAGICH Tekislash, silliqlash uchun xizmat qiladigan asbob, moslama, ma-shina. Yer
tekislagich. mm Doirani tekislagich yordami bilan gorizontal holatga keltirish mumkin.
«Astronomiya».
TEKISLAMOQ 1 Baland-past, g'ijim, g'adir-budurlarini yo'qotib, tekis, silliq qilmoq. Yerni
tekislamoq. Ko'chani tekis-lamoq. Taxtani tekislamoq. Sochini tekis-lamoq. mm Nodira boshliq
bir to'da o'quvchi-lar sport maydonchasini tekisladilar. S. Zunnunova, Yangi direktor. Normat
o'rnidan turib, kamarini qattiq tortib, gimnas-tyorkasini tekisladi-da, Adolatning oldiga
bordi. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 Bir chiziq bo'ylab tekis joylashtir-moq. Saflarni tekislamoq. mm Rota ko-mandiri
jangchilarga kiyimlarini tuza-tishni, qurollarni yana qayta tekislab, tartibga solib qo'yishni
buyurdi. Shuxrat, Shinelli yillar.
3 s.t. Ishkallarni yo'qotib silliqla-moq, to'g'rilamoq. Hamma ish tekislab yubo-rildi.
TEKISLIK 1 Tekis yuza(sirt)ga egalik. Yerning tekisligi. Taxtaning tekisligi.
2 Baland-pasti bo'lmagan tekis yer, te-kis maydon. Ro'paradagi tekislikda rayon daraxtlari
qorayib ko'rinar.. edi. P. Tursun, O'qituvchi.
3 fiz., geom. Tekis yuza. Proektsiyalovchi tekislik. Qiya tekislikdan jismning tushi-shi.
4 geogr. Katta balandliklar, tog'lar bo'l-magan, nisbiy tekis bo'lgan yer sathi; okean-lar
tubidagi yassi katta maydon. O'shning janubidagi keng tekisliklar, to'lqinsimon qir va adirlar
turli-tuman dala gullari bilan bezangan. P. Qodirov, Yulduzli tun-lar.
5 siyos. Har jihatdan tenglik, teng xu-quqlilik. Iqtisodiy tekislik.
TEKISSIZ kam qo'll. Tekismas, note-kis. Tekissiz taraqqiyot.
TEKISSIZLIK kam qo'll. Tekissiz ho-lat, notekislik. Rivojlanishning tekissiz-ligi.
TEKISCHILIK 1 Bajarilgan ishning miqdori va sifatini hisobga olmasdan, hammaga bab-baravar
haq to'lash, bir xilda to'lash, taqdirlash. Tekischilikka qarshi ku-rash. mm Shukurjon shekischilikka
qarshi murosasiz kurash olib borar, biron yosh ta-belchiga naryadni boshqatdan ishlash uchun
qaytarib berar ekan: -Shuni bilib qo'yingki, hech qachon hamma bir xilda ishlamaydi, — derdi.
3. Sotiev, Iste'dod. Bu sohada [mod-diy rag'batlantirishda] yuz berib kelayotgan tekischilikka
qat'iyan barham berish kerak. Gazetadan.
2 siyos. Kishilarni, qaysi sinf yoki ta-baqaga mansubligidan qat'i nazar, iqti-sodiy va
siyosiy jihatdan teng imkoniyat-li, teng xuquqli qilishga urinish.
TEKST [lot. textum — bog'lanish; biri-kish; aloqa; birikma] 1 q. matn. Maqolaning teksti.
Telegrammaning sheksshi. mm Jum-lalari turar tekis, Zumda varaq chiqar egiz. Gazeta, jurnal,
kitob, Tekstlari o'qishga bop. Q. Muhammadiy.
2 plgrf. Yirik shriftlardan birining nomi.
TEKSTIL` [lot. textile — gazlama; to'qi-ma mato; gazlamadan tayyorlangan kiyimlar] 1
To'qimachilik sanoati mahsuloti; gazmol.
2 s.t. To'qimachilik kombinati. Kelinim o'lgurning o'ziyam tekstilda ishlab, jaraq-jaraq pul
oladi. «Mushtum».
TEKSTOLOG q. matnshunos. 1939 yili Navoiy yubileyi komiteti tuzilganda, [ko-mitet] Mahjur,
Habibiy, Anisiy, Ulfat-larni O'zbekiston Fanlar akademiyasiga tekstolog qilib chaqirtirdi.
Gazetadan.
TEKSTOLOGIK Matnshunoslikka oid (q. matnshunoslik). Tekstologik tadqiqot printsipshri bo'yicha
o'z davrining pvshqadam qalam egalari — Navoiy bilan Jomiyning tutgan umumiy pozitsiyalari
bir-biriga ju-da yaqin.. bo'lganligiga «Xamsatul-mutahay-yirin»dan yana bir mashhur misolni
kelti-rish mumkin. «O'TA».
TEKSTOLOGIYA \lot. textum + yun. lo¬gos — ta'limot| q. matnshunoslik. Shunisi aniqki,
tekstologiya u vaqtlarda mustaqil fan sifatida rivojlanmagan.. edi. «O'TA». Respublikamizda
tekstologiya fani rav-naqini uning asoschilaridan biri Porso Shamsievsiz tasavvur qilib
bo'lmaydi. S. G'anieva, Allomaning tabarruk yoshi.
TEKTONIK 1 Yer qobig'i harakati va uning o'zgarishlariga oid; shular natijasi-da sodir bo'lgan.
Tektonik jarayonlar. mm Yaponiyada va Amerikaning g'arbiy qirg'oq-larida sodir bo'ladigan
zilzilalarda ham tektonik, ham vulkanik kuchlar baravariga ishtirok qiladi. T. Hamroboev,
Zilzila haqida mulohazalar.
2 Yerning tuzilishi va o'zgarishiga oid. Tektonik xarita. mm Mazkur tektonik qatlamlar
orolgacha kuchli bosim bilan ta'-sir qilayotganligi sababli u joyidan sil-jigan. Gazetadan.
TEKTONIKA \yun. tektonike — quruvchi-lik san'ati] geol. Geologiyaning Yer qobig'i muayyan
qismining tuzilishi va unda yuz be-radigan o'zgarishlarni o'rganadigan bo'limi. Geologlarning
maxsus guruhi ishida tek-tonika, geofizika, gidrogeologiya sohasida.. ish olib borayotgan eng
taniqli mutaxas-sislar qatnashdilar. Gazetadan.
TEKTURMAS 1 Bekor tura olmaydigan, bekorchilikni yoqtirmaydigan, tinib-tin-chimas,
serharakat. Tekturmas chol.
2 Sho'x, to'polonchi (ko'pincha bolalar ha-qida). Tekturmas bola.
TEKSHIRISH 1 Tekshirmoq fl. har. n. Qarorning bajarilishini tekshirish. Buxgal-teriya faoliyatini
tekshirish.
2 O'rganish, tadqiqot. Geologik tekshi-rish. Ilmiy tekshirish instituti. mm Fu¬zuliy [ijodi]
ustida olib borilgan tek-shirishlar Fuzuliy adabiy maktabshshng ta-shakkulida Navoiy ijodining
muxim rol` o'inaganligini yanada yaxshiroq ochib beradi. «O'TA».
3 Taftish, reviziya. Agar tekshirish na-tijasida Hasanjon bu ishga ilingan bo'lib chiqsa, u ham
nobud bo'ladi.. jazosini tor-tadi. S. Ayniy, Qullar.
TEKSHIRMOQ 1 To'g'ri-noto'g'ri. haq-nohakdigini bilish maqsadida ko'zdan, e'-tibordan o'tkazmoq.
Inshoni tekshirmoq. mm Amirzodam, gapim yolg'on bo'lsa, bugun kechasi tekshirib ko'ring. P.
Qodirov. Yulduzli g'unlar. Darsimni ham tayyorlab bo'lbim. Ana, dadamdan so'rang: tekshirib
ko'rdilar. S. Zun-nunova, Yangi direktor.
2 Mohiyatini, haqiqiy holni bilish, aniqlash uchun ko'zdan, e'tibordan o'tkazmoq. Ishga qabul
qilishda sinab ko'rish — ishchi yoki xizmatchining unga topshirilayotgan ishga mas'uliyatini tekshirib
ko'rishdir. Gazetadan. Endi ovozini tekshirib ko'raman deyayotganda, telefon jiringladi. T.
Ashurov. Oq og'.
3 Ilmiy asosda o'rganmoq. taxlil, tad-qiq qilmoq. Gulning tuztiishni tekshirmoq. Qonning
tarkibini tekishrmoq. mm Kichik avtobuslardagi laboratoriyalarda esa suv va tuproq tarkibini
tekishrish, klinik tad-qiqotlar olib borish mumkin. Gazetadan.
4 Nazorat uchun ko'zdan kechirmoq, taf-tish, reviziya qilmoq. Qarorning ijrosini tekshirmoq.
Kassani tekshirmoq. Ferma xo'-jaligini tekshirmoq. mm -To'xta, qaerga borasan?.. Sen komissiya
a'zosisan-ku. Tek-shirishni bitkazganimizdan keyin, aktga qo'l qo'yib, so'ngra o'z ishingga
borasan. S. Ayniy. Qullar.
TEKSHIR-TEKSHIR s.t. Ustma-ust, qayg'a-qayta tekshirishlar. Tekshir-tekshir qilmoq. Tekshir-tekshir
boshlanmoq.
TELBA 1 Aqldan ozgan. devona. jinni. U betlari yumdalangan, oppoq soch.shri yulin-gan bu telba
xotinni o'zining qirq yiiik umr yo'ldoshigao'xshata olmadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Osiyajon
qah-qah urib kulib yubordi, hamma, qiz telba bo'lgan. deb unga qaradi. J. Sharipov. Xorazm.
2 Biror narsaga. kimsaga ortnq daraja-da berilgan; savdoyi. shaydoni. Faqirham shu fikrning
telba bandasidir. Oybek, Navoiy.
57
3 Telbaga xos, telbalikni aks ettiruv-chi; ma'nosiz. Telba ko'zlari bilan Bekshe-mirga
boqdi-da, ukasining qonli miltig'ini changalladi va shamolday uchib, Bektemirdan ham o'zib
ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Siz mening telba so'zlarimdan achchig'lanmang. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
4 ko'chma poet. Jilovlanmagan, asov, «quturgan». Telba daryo. Telba to'lqinlar. mm Jo'sh urib,
qirg'og'ini Xo'plar edi telba soy. G'ayratiy. Telba shamol qushurib hamla qil-di. Avaylab
o'stirilayotgan nihollarni ildi-zi bilan qo'porib ketdi. A. Nabixo'jaev, Mandat. Xorazmda
Amuni ko'pdan Telba daryo deb atashadi. E. Rahim.
Telba to'nini teskari kiymoq ayn. to'ni-ni teskari kiymoq q. to'n. Ba'zan telba to'ni-ni
teskari kiyib.. muomalalari dag'allashib qoladi. G'ayratiy, Dovdirash.
TELBALANMOK 1 Aql-hushini yo'qot-moq, telba bo'lmoq. La'li degan bu juvon Abdurahmonboyning
kelini bo'lgan. Ammo Bo'-ronbekka ishqi tushib, uning ko'yida tel-balangan. H. G'ulom, Mash'al.
2 Telbaga o'xshash holatga tushmoq. Sov-liqning bunchalik telbalanib chopishiga endi tushundi. S.
Anorboev, Hamsuxbatlar. Ziyo-dillaning qoni miyasiga urdi.. Alamiga chi-dolmay, telbalana
boshladi. H. G'ulom, Mash'al.
3 ko'chma Shiddat bilan pishqirmoq, jo'shga kelmoq, o'zini har yoqqa urmoq, «quturmoq» (odatda suv
va shamol haqida). Oqar jo'shqin uraroq, Telbalanib Xonariq. Yuvilar tinmay qirg'oq, Haryon
toshgan hay-qiriq. G'ayratiy.
TELBALARCHA Telbalarga o'xshab, akd-dan ozgan kabi. -Hayotim! Topdim, olma or-qasidasiz! — deb
yubordi u [G'ulomjon] tel-balarcha quvonib. M. Ismoiliy. Farg'onat. o. Gumonimcha, isitmangiz
qattiq ushlagan ko'rinadir va telbalarcha maktubingizni isitma orasida yozganga o'xshaysiz. A.
Qodi-riy, Utgan kunlar.
TELBALIK 1 Telba ekanlik. Telba tel-baligini tan olmaydi. Maqol.
2 Telbalarga, akddan ozgan, es-hushini yo'qotgan kishilarga xos holat, xatti-ha-rakat;
jinnilik. Telbalik izlari yo'qolib, akl va husn barq urib pgurgan ko'zlarga bo-qish unga
\Adolatga\ sira tengsiz bir laz-zat bag'ishlardi. S. Zunnunova, Gulxan.
TELBANAMO Telbalar kabi, telbaga o'xshash, jinnisifat. Telbanamo kishi. mm Karimjon urushga
ketgach, Asrora biron oy telbanamo bo'lib yurdi-yu, darrov o'zini o'ng-laboldi. S. Ahmad, Ufq.
TELBASARO kam qo'll. Telbalarga o'x-shash, aqlu hushini yo'qotgan; devonasi-fat. Telbasaro
emishsan gohi, Qiynar emish seni tashna lab. Uylaringni uzun tunlari Qora fikr olarmish
qamrab. T. To'la.
TELBA-TESKARI Bir-biriga bog'-lanmagan, poyintar-soyintar, tartibsiz. \G'ofirjon\ Roziya
xolaning telba-teskari gaplarini ko'ngliga olgan bo'lsa, ehtimol. N. Nazarov, Zamon.
Jangchilarimiz telba-teskari otishmadan gitlerchilarning maq-sadlarji aniqlash uchun o'zaro
munozara qi-lishar edi. N. Safarov, Olovli izlar.
TELE- \yun. tele — uzoq, olis; uzoqqa, olisga] Baynalmilal o'zlashma qo'shma so'z-larning
birinchi tarkibiy qismi: 1) uzoq masofadan turib harakat qiluvchi yoki amal-ga oshiruvchi; 2)
«televizion» ma'nosiga muvofiq keluvchi ma'nolarini bildiradi. Mac, telealoqa, teledastur,
teleko'rsatuv, teleminora kabi.
TELEBOSHQARISH ayn. teleboshqaruv.
TELEBOSHQARUV Muayyan ob'ektning ishini nazorat qilish, zarur hollarda uning ish rejimini
o'zgartirish va b. uchun mo'ljallangan boshqarish qurilmalari majmui; uzokdan turib boshqarish,
maso-fadan boshqarish. Respublikadagi hamma gidroelektrostantsiyalarda avtomatlashti-rilgan
teleboshqaruv joriy qilingan. mm Teleboshqaruv apparatlari dengiz ostida, xuddi odam kabi,
hatto ob'ektlarni aniq-lab, ma'lumotlarni taxlil eta oladi. «Fan va turmush».
TELEVIDENIE [tele.. + r. videnie -ko'rish < lot. visio — ko'rish] Harakatdagi yoki harakatsiz
ob'ektlarning tasvirini tovush bilan birga radioelektron vosita-lar yordamida muayyan
masofaga uzatish va qabul qilish; uzoqtsan ko'rish; axborot tar-qatish vositalaridan biri.
Toshkent tele-videniesi. Televidenie texnikasi. Televidenie orqali ko'rsatish va eshittirish.
mm Radio, kino, televidenie hayotga chuqur kirib borgan hozirgi sharoitda ham badiiy
asarlarga ehtiyoj ortib borayotgani shundan dalolat beradi. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
2 Fan va texnikaning harakatdagi ob'ekt tasvirini masofaga uzatish bilan bog'liq sohasi.
3 Teleko'rsatuv, teleeshittirish ishlari bilan shutullanuvchi muassasa va u joylash-gan joy.
TELEVIZION Televideniega oid. Tele-vizion antenna. Televizion ko'rsashuv. Tele-vizion
markaz. Televizion minora.
TELEVIZOR [tele.. + lot. visio rish; ko'rsatuv] Telestudiyadan uzatiladigan telesignallarni
tasvir va ovoz tarzida qa-bul qilib ko'rsatadigan va eshittiraDigan apparat. «Ro'bin» markali
televizor. Tele-vizorni o'rnatmoq. Televizorda kontsert ko'rmoq. mm Uy to'ridagi stolda turgan
televizor uning \Xolmirzaning\ diqqatini ko'proq tortdi. H. Nazir, Odamning qadri. Bashirjon
ko'pchilik shoirlarni televizorda.. ko'rar edi. N. Aminov, Suvarak.
TELEVIZORCHI s. t. Televidenie bo'-yicha mutaxassis; televizor tuzatuvchi usta. O'tgan kuni
televizorchilar kelib, uni \Qu-vondiqni] suratga olishgan, xiila ovora qi-lishgan edi. S.
Abduqahhor, Quvondiq.
TELEGA [r. telega — bir ot qo'shiladi-gan arava turi] To'rt g'ildirakli arava. Telegada go'ng
shashiyoshgan Dilshod va Anzi-rash yo'lda uchrab, goho unga hazillashar edi-lar. Oybek, O. v.
shabadalar.
TELEGRAMMA [tele.. + yun. gramma -yozuv] Telegraf orqali uzatilgan yoki qabul qilib olingan
shoshilinch xabar, hujjat va shunday xabar yozilgan qog'oz. Qutlov tele-grammasi. Telegramma
yubormoq. Telegramma olmoq. mm Greyderning yordamchi kuch so'rab bergan shelegramma,
radiogrammalariga tur-licha noaniq javoblar keldi. I. Rahim, Chin muhabbat.
TELEGRAF [tele.. + yun. grapho - yoza-man] 1 Uzoq masofalarga telegramma, ra-diotelegramma
tarzida shoshilinch xabar uzatish yoki uni qabul qilib olish uchun xizmat qiladigan aloqa tizimi
va uning vositalari. Telegrafning kashf etilishi. Telegraf stantsiyasi. Telegraf aloqasi.
Tele-graf apparati. Telegraf simlari. mm Stan-siyaning idorasi, pochta va telegraf ikki-ta
ko'k vagonga joylashgan. R. Fayziy, Ta'-zim.
2 Shunday xabarlarni yuboradigan va qabul qilib oladigan aloqa muassasasi va uning binosi.
Toshkent markaziy telegrafi. Telegrafga bormoq. Telegrafda ish.shmoq.
TELEGRAFIST 1 Telegrafiya mutaxas-sisi.
2 Telegrammalar yuboruvchi va qabul qi-lib oluvchi telegraf xodimi. Telegrafist bo'lib
iiishmoq.
TELEGRAFISTKA Telegrafist ayol.
TELEGRAFIYA |tele.. + yun. grapho - yoza-man] 1 Yorug'lik, radio va elektr signal-lari
vositasida uzoqka tez xabar yetkazish texnikasi.
2 Fan va texnikaning telegraf aloqani gashkil qilish tartib-qoidalarini o'r-ganish, telegraf
signazlarini uzatish usul-larini ishlab chiqish va ularni amalga oshiruvchi apparatlar yaratish
bilan shu-g'ullanuvchi sohasi.
TELEJKA 1 Kichkina telega: aravacha (q. telega). Mahsulot ortilgan mashinalar, te-lejkalar
muzxona va punkt tomon oshiqadi. M. Nazarov, Yaxshini maqtasa yarashur.
2 Ba'zi mashina va mexanizmlarning surilma qismi. Minorash kran telejkasi.
TELEINSTSENIROVKA [tele . + ins-senirovka] Televidenie orqali berilgan instsenirovka.
TELEKOMMUNIKATSIYA |tele + kom-munikatsiya] Signal, belgi, matn, tasvir, ovoz va b. turdagi
axborotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash tizimlari majmui.
TELEKOMPANIYA |tele.. + kompaniya] Tegishlicha jihozlangan televizion stu-diyaga ega bo'lgan va
teleko'rsatuvlar olib boruvchi xususiy yoki davlat korxonasi.
TELEKS \ingl. telex < tel(egraph) - te-legraf + ex(change) — kommutator, almash-tiruvchi,
o'zgartiruvchi] 1 Abonentlararo ikki tomonlama telegraf xabarlar alma-shish uchun mo'ljallangan
xalqaro telegraf, aloqa tarmog'i.
2 Shunday aloqani amalga oshirish ap-parati.
TELEMARAFON [tele.. + marafon] Uz-luksiz, ko'pincha sutka davomida ko'rsatila-digan, odatda
xayriya maqsadlarini ko'zlab uyushtiriladigan televizion ko'rsatuv.
TELEMARKAZ, televizion markaz Te-levidenie ajioKacM uchun xizmat qiladigan, maxsus
uskunalangan muassasa va uning binosi.
TELEMARKETING [tele.. + marketing] Televidenie orqali tovar va xizmatlarni targ'ib qilish va
sotish.
TELEMETRIK Telemetriyaga oid. Tele-metrik apparat. Io'ldosh kemaning tele-metrik sistemasi.
TELEMETRIYA [tele.. + yun. metreo - o'l-chayman] Turli fizik kattaliklarni uzoq-dan o'lchash va
uning usullari haqidagi fan.
TELEMEXANIZATSIYA [tele.. + mexa-nizatsiya] Ishlab chiqarish jarayonlarini uzoqdan boshqarish va
nazorat qilishda aloqa vositalaridan foydalanish.
TELEMEXANIK Telemexanika mutaxas-sisi.
TELEMEXANIK Telemexanikaga, uzoq-dan boshqarishga oid; uzoqtsan boshqarish uchun xizmat
qiladigan. Telemexanik appa-ratura. Telemexanik sistema.
2 Telemexanika vositasida amalga oshi-riladigan. Telemexanik nazorat.
TELEMEXANIKA [tele.. + mexanika] 1 Texnikaning axborotlarni kodlash, ular-ni simli aloqa va
radioaloqa kanallari orqali uzatish vositalarini ishlabchiqish, yaratish va ulardan foydalanish
bilan shu-g'ullanuvchi bo'limi.
2 Axborotlarni uzoqdan boshqarish va nazorat qilish maqsadida ularni uzatish hamda qabul qilish
vositalari va usulla-rini ishlab chiquvchi fan. Avtomatika va telemexanika sohasidagi ilmiy-
tadqiqot ishlari.
TELENAZORAT [tele.. + nazorat1 Ob'ektlarni telemexanika vositalari bi-lan masofadan turib
tekshirish, nazorat qilish.
TELEOB'EKTIV [tele.. + ob'ektiv) Uzoqdagi narsalarni katgalashtirib suratga olishda,
shuningdek, portret surat yaratish-da ishlatiladigan fotoob'ektiv.
TELEPATIYA [tele.. + yun. pathos — sezgi; sezish, his qilish] psxl. Ba'zi odamlarda fikr va
his-tuyg'ularni sezgi a'zolari ishtirokisiz muayyan masofaga uzatish qo-biliyati.
TELESKOP [tele.. + yun. skopeo — ko'ra-man] Osmon jismlarini kuzatish, suratga olish va
o'rganish uchun mo'ljallangan ast-ronomik optik asbob. Astronomlar taxmi-nan 350 yildan beri
teleskop orqali Oini o'rganadilar. shsh Teleskop ko'zimizni Surayyo¬dan o'tkazdi, Radio
so'zimizni Jahonlarga yetkazdi. G'. G'ulom.
TELESKOPIK 1 Teleskopga oid. Tele-skopik linza.
2 Teleskop vositasida amalga oshirila-digan. Teleskopik kuzatishlar.
3 tex. Bo'ylama yoki yuqorilama surila-digan yoki surilib turadigan qismi bo'lgan. Teleskopik
kran. Teleskopik antenna. Mo-totsiklning teleskopik vilkasi.
TELESKOPIYA Osmon jismlarini te-leskop orqali kuzatish.
TELESTUDIYA [tele.. + studiya1 Televi-zion markaz qoshidagi bevosita televide-nie
ko'rsatuvlari olib boriladigan studiya. Seni izlab, konservatoriyaga bordim, tele-studiyada,
deyishdi. Oyog'imni qo'limga olib, u yoqqa yugurdim, keyin bu yoqqa. SH. Sa'dulla, Ikki bilaguzuk.
TELETAYP [ingl. teletype < tele.. + ingl. type — mashinkada yozish] Yozuv mashinkasiga o'xshash
klaviaturali, uzokdan yuborilgan axborotlarni qog'oz lentaga avtomatik ra-vishda yozib
oladigan mexanizmli telegraf apparati. Xabarni teletayp orqali uzatmoq. Teletayp lentasi.
TELETASVIR [tele.. + tasvir] Televi-denie orqali uzatilgan va televizor ekra-nida qabul
qilingan tasvir. Kosmosdan be-rilgan teletasvir.
TELETOMOSHABIN [tele.. + tomosha-bin] Televizor OPQAJ^i berilayotgan ko'rsa-tish va
eshittirishlarni ko'ruvchi va eshi-tuvchi tomoshabin. Teletomoshabinlarga man-zur bo'ladigan
dastur. shsh Radio va televi-deniening bir sancha programmalari radio-eshituvchi yoki
teletomoshabinlarni qiziq-tirmaydi. Gazetadan.
TELEFAKS [ingl. telefacs < tele.. + lot. fac simile — aynan shunday, o'xshash bajar] tex. 1
Bosma axborotlarni uzatishga mo'l-jallangan xachqaro faksimil telefon alo-qasi.
2 Shunday aloqani amalga oshirishga mo'ljallangan, harf bosish moslamasi bo'l-gan apparat;
faksimil apparat.
3 Shunday aloqali abonent nomeri, raqami.
TELEFIL`M [tele.. + fil`m| Televi-denie uchun mo'ljallab ishlangan fil`m; ekran san'atining
bir turi.
TELEFON [tele.. + yun. phone — tovush, ovoz] 1 Uzoqtsan turib so'zlashishga, ovoz, nutqni
masofaga uzatishga xizmat qiladi-gan elektr aloqa qurilmasi va uning sig-nal qo'ng'irog'i
hamda gaplashish trubkasi bo'lgan apparati. Teyaefonda (telefon orqa-li) gaplashmoq. Telefon
bilan xabar qil-moq. Telefon stantsiyasi. mm Telefon ji-ringladi. Sulaymonov trubkani oldi.
A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun. Kitob mutolaa qilibo'tirgan Normurod bir sapchib tushdi-yu,
qo'rqa-pisa telefonga qo'l cho'zdi. O. Yoqubov, Diyonat.
2 Telefon aloqaning qisqa nomi. Ba'zi gazeta xodimlari materiallarni telefon orqali
oladilar. «Mushtum».
Telefon qilmoq (yoki qoqmoq) Telefon-da, telefon orqali gaplashmoq. [Xumorxon:] Ha,
aytganday, kimdir telefon qilib, sizni so'ragan edi. A. Qahhor, Og'riq tishlar. Mu-rodova
Hosimovga, Qosimov esa boshqarmaga telefon qoqa boshladilar. I. Rahim, Ixlos.
TELEFONBOZ [telefon + f. 3L, - yaxshi ko'ruvchi, o'ynovchi] s.t. Telefon orqali gaplashishni yaxshi
ko'radigan, idoradan chiqmasdan, telefon orqali ish bitirishga urinadigan shaxs. -Tag'in
telefonboz bo'lib ketibdi, deb o'ylamanglar, — gap qistirib qo'ydi Asadulla [muxbirga]. T.
Xo'jaqulov, Sekretarning yon daftaridan.
TELEFONBOZLIK s.t. Idoradan chiq-masdan, telefon orqali ish bitirishga urinish, uzluksiz
telefonda gaplashish; telefonda gaplashib vaqt o'tkazish. Hamma ish qog'ozbozlik va
telefonbozlikdan iborat bo'lib qolmoqda. Gazetadan.
TELEFONIST q. telefonchi.
TELEFONISTKA 1 Telefonchi ayol. Smena tugadi. Fotima opa ham, boshqa qiz-lar ham mehnat
postlarini boshqa tele-fonistkalarga bo'shatib berishdi. S. Mah-mudova, Fotima.
TELEFONIYA Fan va texnikaning te-lefon aloqaga doir omillarni o'rganish va bunday aloqani
amalga oshirish uchun mo'l-jallangan apparatlarni ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi sohasi.
TELEFONLASHMOQ s.t. Bir-biriga telefon qilmoq, telefon orqali gaplash-moq. Bayramgacha yana
bir telefonlashamiz. Endi tez-tez telefonlashib turaylik. mm ..kechqurun telefonlashib, erta
bilan Hafi¬za Patilaxonlar oilasi bilan mashinada Vodilga jo'nadi. Mirmuhsin, Umid.
TELEFONLASHTIRMOQ Biror joy da telefon aloqasi o'rnatmoq, biron hu-dudni telefon bilan
g'a'minlamoq. Qishlo-g'imizni allaqachon telefonlashtirganmiz.
TELEFONOGRAMMA [telefon + yun. gramma — yozuv, xag'] Telefon orqali be-ril(adi)gan va qabul
qilib olin(adi)gan shoshilinch rasmiy xabar va shunday xabar-li blank. Telefonogramma yubormoq.
mm Bek-mirzaev telefonogrammani qayta o'qib chiqdi-da, battar parishon bo'lib qoldi. U.
Usmonov, Sirli sohil. Haydarov telefono-grammaning og'irligini salmoqlagandek, uni qo'lida
tutib, o'yga toldi. A. Muxtor, Bo'-ronlarda bordek halovat.
TELEFONCHI 1 Telefon stantsiyasi-ning xodimi. Telefonchi qiz bir soash ku-tishni so'radi. O'.
Umarbekov. Yoz yomg'iri. Qayta-qayta trubkani olib, telefonchi qizga qanchalik yalinib-
yolvormasin. hech ulash-ning iloji topilmadi. J. Abdullaxonov, To'fon.
2 Telefon liniyalarida ishlovchi. tele-fon liniyalari o'tkazuvchi mutaxassis.
TELLUR [lot. tellus. telluris - ep] Men-deleev davriy sistemasining VI guruqiga mansub
kimyoviy element. kumushsimon ko'-kish-oq rangli mo'rt metall. Yarimo'tkaz-gichlar hosil qilishda..
tellur, indiy, galliy kabi nodir metallar muhim rol` o'ynaydi. «Fan va turmush».
TELMIRMOQ s.t. Termilmoq. Nahot o'tgan-ketganning qo'liga telmirib, qarib-chirib ado
bo'lajakman? S. Siyoev, Yorug'lik.
TELOV: aqlingga telov tekkanmi? shv. Aqpdan ozdingmi? Akdingni yedingmi? Sen-ga nima bo'ldi?
TELOGREYKA \r. telo - tana, badan + gret` — isitmoq, qizitmoq] Oldi tugmala-nadigan kalta
qavima paxtalik; ust kiyim. Brigada boshlig'i Jumaqo'zi Abduraimov.. egnida telogreyka,
paxtazor oralab yurgan ekan. X. To'xtaboev, Oqoltin xirmon-xirmon.
TELPAK 1 Tepasi yumaloq. domra shakl-li, tekis mo'yna jiyakli issiq bosh kiyi-mi. Savsar
telpak. mm Kimki, oyog'i tolib, sal orqada qolsa, tulki telpak kiygan badqovoq qo'rboshi
beshotar qo'ndog'i bshan uning ku-ragiga turtib. peshtaham so'ggar bilan so'ka-di. H. G'ulom,
Mash'al.
61
Qunduzsiz telpak Mo'yna jiyagi bo'lma-gan, faqat ichiga mo'yna qoplangan bosh kiyimi. Ko'sa,
ozg'in, keng guppi to'n va qun-duzsiz telpak kiygan bir kishi kirdi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chiroqlari.
2 s.t. Mo'ynali har qanday issiq bosh kiyimi (quloqchin, papax, tumoq va sh.k.). Men Rahimovni
oddiy kishilar, soldatlar orasida uchratdim, uning ustida po'stini va boshida qorako'l telpagi
bor edi. A. Rahmat, Generalning shuhrati. O'rta bo'yli, ozg'in, qora charm telpakni boshiga
bostirib kiygan kishini uchratsam, Gavharning dadasimikan, debyuragim o'ynab ketadi. S. Siyoev,
Yorug'lik. Usubalining serbar telpak ostidagi kalla-si barra po'stin ichiga kirib ketdi. M.
Is-moiliy, Farg'ona t. o.
TELPAKDUZ Telpak tikadigan, tayyor-laydigan kosib. Bu ko'chada boy savdogar, uzan-gisoz,
sarroj, mahsido'z, kavushdo'z, telpak-do'z, duradgor kabi hunarmandlar bor.. edi M.
Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
TELPAKDO'ZLIK Telpak tikish ishi, kasbi. Telpakdo'zlik qilmoq.
TELPAKLI Boshida telpagi bor, tel-pak kiygan. Ergash perronda chemodan ko'ta-rib turgan tulki
telpakli yigitning yoniga bordi. I. Rahim, Chin muhabbat. Shayxning ko'-zi tashqarida,
qabriston tomon eshagini nuqib kelayotgan telpakli kishida edi. S. Siyoev, Avaz.
TELPAKCHI 1 ayn. telpakdo'z. ..uningke-lib chiqishi ham kambag'al oiladan — bir tel-pakchi
kosibningo'g'li edi. Mirmuhsin, Umid.
2 Telpak sotuvchi; telpakfurush.
TELCHIRAMOQ ayn. terchilamoq.
TEMA [yun. thema — asosida bo'lmoq] q. mavzu. Klub mudiri bugungi lektsiyaning te-masini,
lektorning nomini juda kerilib, pisanda qilib e'lon qildi. A. Qahhor, Asar-lar.
TEMATIK Mavzu yoki mavzular majmui-ga doir, biror mavzuga bag'ishlangan. Tema-tik kontsert.
Tematik ko'rgazma. mm Oyda bir marta oilaviy tematik kechalar o'tka-zib turiladi. Gazetadan.
Turli voqelik va yangiliklarni yoyishda.. temashik stend va ko'rsatkich taxtalari alohida o'rin
tutadi. Gazetadan.
TEMATIKA Tanlab olingan, ishlangan yoki ishlanayotgan mavzular majmui. Yozuvchi ijodida hozirgi
zamon tematikasi. tsh
Festivalda ko'rsatilayotgan fil`mlarning tematikasi, janri rang-barang. H. Akbarov, Izlanish
yo'lida.
TEMBR [fr. timbre] Bir pardadagi, bir xil balandlikdagi har bir tovushning o'ziga xos
tomoni, sifati, tovlanishi. Tembr — har bir musiqa asbobining yoki ashulachi ovo-zining o'ziga
xos xarakteridir. tsh Cholg'u asbobining tuzilishi va shakliga ko'ra, uning tembri turlicha
bo'lishi mumkin. I. Akbarov, Muzika savodi.
TEMIR 1 Mendeleev davriy sistema-sining VIII guruhiga mansub kimyoviy ele-ment,
bolg'alanganda yassilanadigan, is-talgan shaklga kiradigan, uglerod bilan qo'shilganda, po'lat
va cho'yan hosil qiladi-gan qoramtir kumush rangli og'ir metall. Sof temir. tsh Magnit ham
temirni domiga tortadi, kesakni torta olmaydi. P. Qo-dirov, Uch ildiz. Ushng [Qoratoyning]
o'nuch yashar o'g'li dam bosib, kichik bolg'a bilan temirni urib, dadasiga yordamlashardi. Oy-bek,
Tanlangan asarlar.
2 s.t. Umuman, temir, po'lat va sh.k. lar va ulardan yasalgan buyum-narsalar. Temir qoshiq.
Temir ko'prik. Temir panjara. Temir o'choq. Temir darvoza. mm Yigish uzoqda haybatli temir
uyumlari singari ag'nab yotgan pachoq parovozlarga tikildi. Oybek, Quyosh qoray-mas. Samolyotning
kichkinagina zinapoyasiga bir oyog'imni qo'yib, eshigidan ushlagan edim, qo'llarim temirga chip
etib yopishib qolsa bo'ladimi! N. Fozilov, Diydor.
Temir daftar s.t. ko'chma Yozuvlari qo-nun kuchiga ega bo'lgan daftar. Bularning hammasi uning
bo'ynida qarz bo'lib yotardi. Bulardan tashqari, otasining dafn xara-jatlari ham temir
daftarda yozig'liq edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Temirni qizig'i-da bosmoq Har ishni o'z
vaqtida, fursatni boy bermay amalga oshirmoq. «Temirni qi-zig'ida bos» degan maqolga amal
qilib, unga madh-sano o'qishga boshladi. Oybek, Navoiy.
3 Temir (erkaklar ismi) TEMIRATKI Tashqi ko'rinishi, kechi-
shi va kelib chiqish sabablari turlicha bo'lgan ko'pchilik teri kasalliklarining umumiy nomi.
Echkining suti temiratki-ga dori bo'larmish. Bu Luqmoni Hakimdan qolgan gap. S. Ahmad, Hukm.
TEMIR-BETON Ichiga temir chiviqdar o'rnatib quyilgan beton. Temir-beton buyum¬
62
lari zavodi. Temir-beton ustushshr. Temir-beshon shpallar. Temir-beton inshoot.
TEMIRTAK 1 Temir parchasi. Bu kichki-na tugunchak ichida mozor tuprog'i, temirtak, tobutning
cho'pi, sovun, o'lik tirnog'i va ho-kazolar bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 ko'chma Hech narsaga yaramaydigan, eski o'tmas pichoq. Sabzi to'g'rash uchun shu temir-takdan boshqa
pichoq topilmadimi ? mm Opa duduqlanib va yonida turgan temirtak pi-choqni olib, Saidiyga
qiradi. A. Qahhor, Sarob.
TEMIR-TERSAK Ishdan chiqqan temir va b. metall buyumlar; temir va b. metall chiqindilari.
Temir-tersak yig'moq. mm Ish-latilmagan traktorning uyilib yotgan temir-tersakdan nima farqi
bor? Shuhrat, Shinelli yillar.
TEMIRTOSH min. Temir rudasi. Magnit temirtosh. Qizil temirtosh.
TEMIRCHI Temirni bolg'alab, undan turli buyumlar yasaydigan hunarmand. Nina-chining ming
urgani, temirchining bir urga-ni. Maqol. mm Katta ko'cha. O'ng tomonida Temirchilar bosqon
bosadi. E. Ra\im. Mulla Fazliddin o'tda kuymaydigan, suv kirmay-digan bu sandiqni Quvaning
temirchi usta-lariga buyurtma berib yasattirgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Gapga temirchi esk. 1) gapni juda cho'zib yuboradigan, ezmalik qiladigan, ezma; 2) gapni
aylantiradigan ran bilan aldaydi-gan. -Tavba, — deb kuldi Kumush, — sen qo'rqmasang ham
bo'ladi, deb tag'in nina tiqasiz. Mana shuni, gapga temirchi, deb aytadilar!'A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Otang temirchimi? yoki otang temirchi o'tganmi? Muncha ezmasan, gapni cho'zma, degan
ma'no-da ishlatiladigan ibora. Otang temirchi o'tganmi o'zi, gapni cho'zib nima qilasan? S.
Abduqahhor, Achchiq dori.
TEMIRCHILIK 1 Temirchi ishi, kas-bi. Temirchilik bilan ro'zg'or shebratmoq. mm Bu mahallada unga
[Yo'lchiga] ma'qul bo'lgan ikki kishi bor edi. Biri — guzarda taqa-chilik-temirchilik qiladigan
Qoratoy, ik-kinchisi — Shokir ota nomli mahsido'z chol. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 esk. Temirchilarning do'kon yoki ishxo-nalari o'rnashgan joy, rasta, ko'cha.
Gapga temirchilik esk. 1) gapni cho'zish, ezmalik qilish. Gapga temirchilikdan xudoy saqlasin,
ota-onam temirchi o'tgan emas. A. Qodiriy, O'tgan kunlar; 2) gapni aylanti-rish, ran bilan
aldash. Kishini bo'g'asiz, Zaynab! Gapga temirchilik yaxshi emas. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TEMIRQOZIQ (J-katta) ayn. Qutb yulduzi q. qutb 1.
TEMP \ital. tempo < lot. tempus — vaqg] q. sur'at. Hozirgi kunning tempi bilan o'sib
borolmagan kishi orqada qolib ketishi tur-gan gap. Gazetadan.
TEMPERAMENT \lot. temperamentum -(qismlarning) mutanosibligi, teng o'lcham-liligi] q. mizoj.
TEMPERATURA \lot. temperature - to'g'-ri nisbat, odatiy holat] q. harorat.
TEMURIY Temuriylar sulolasiga man-sub shaxs; Temur avlodi.
TEMURIYLAR 15-16-asrlarda O'rta Osiyodagi turli davlatlarda hukmronlik qilgan Amir Temur
avlodlari.
TENG 1 O'lchami, hajmi, katta-kichik-ligi, soni va sh. k. jihatidan o'-xshash, bir xil, baravar.
Teng masofalar. Uzunligi teng yog'ochlvr. Teng yeganni tangri sevibdi. Maqol. mm «Biz qachon
o'qiymiz?» deb Qamishkapaning teng yarmi bo'lgan ayollar talab qilsa-yu, ularning talabini
qondirish birinchi galda sovetning vazifasi emasmi? P. Tursun, O'qituvchi. Ikki tomoni teng
bo'lgan uchbur-chak teng yonli uchburchak deyiladi. «Geomet-riya».
2 Yoshi jihatidan baravar, tengdosh, tengqur. Teng bolalar. mm O'kshamboy ham o'z tenglari ichida
durkun, orqasida olti pud yuk ko'tarish btan maqtanadirgan yigit. A. Qodiriy, Obid ketmon.
3 Ahamiyati, tutgan o'rni, mavqei, nu-fuzi, haq-huquqi va sh.k. jihatidan o'xshash, bir xil,
baravar. Bu yerdau [Elmurod] birin-chi marta o'zini boshqalar bshan teng odam his qilar edi. P.
Tursun, O'qituvchi. Uning [Umri\ uchun olamda o'ziga teng odam yo'q, u bilgan odamlar yo o'zidan
past, yo o'zidan yuqo-ri. A. Qaxdor, Xotinlar. To'lib yetilgan qiz endi uning [yigitning] ko'z
oldida tengi topilmas go'zal bo'lib qoldi. P. T\rsun. O'qi-tuvchi. \Xumorxon:] Burungi vaqtda
erlarga cho'ri bo'lgan xotinlar hozir erlar bilan teng. A. Qaxxor, Og'riqtishlar.
4 Bir-biriga mos. muvofiq. munosib. Tengini topsang, tekin ber. Maqol. Teng¬
63
tengi bilan, tezak qopi bilan. Maqol. Chin do'st tug'shiganing bshan teng. Maqol. mm Men hech
sening tenging emasman. Omonim bor — seni demasman. H. Olimjon. Akasi munosib, axloqli,
odobli, or-nomusli yigit bo'lsa, bu qiz ham uning tengi, munosibi edi. «Mushtum».
5 rvsh. Bir-biridan qolishmay yoki o'z-may, ayni bir paytda, bir vaqtning o'zida; baravar. Ular
teng tug'shgan. Bu ko'chatlar teng ekilgan. Teng ishlamoq. mm Tohir-Zuh-ra holidan bir kalima
eshishing: Uqib, o'ynab bir bog'da ulg'ayar edilar sheng. S. Abdulla, Tohir va Zuxra.
6 ko'm. vzf. (3-sh. egalik shaklida) Teng-lik jihatdan o'xshatish, qiyos ma'nosini bildiradi;
qatori. Bu — qotmadan kelgan, qoracha, leytenant Sultonov tengi yigit edi. O'. Umarbekov, Yoz
yomg'iri. Anvar o'z tengi bolalar bilan oz aloqa qilar, ularga kam aralashar.. edi. A.
Qodiriy, Mehrobdan chayon. [ Oqshjon] O'zi yaxshigina, siz tengi kishi edi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Xalq tengi dam olmok, — buhuquqimiz.. Oybek, O.v. shabadalar.
Teng baravar s.t. Ikki hissa; ikki his-sa ko'p, ikki marta ortiq. Teng baravar foy-da
olmoq. Teng bo'lmoq 1) baravar ikki yoki bir necha qismga ajratmoq; baravar taqsim-lamoq.
Qovunni olti kishiga teng bo'lmoq. Yong'oqlarni bolalarga teng bo'lib bermoq; 2) bir xil,
baravar bo'lmoq, tenglashmoq; farq qilmaslik. Mana, o'sha qadimiy cho'l.. Bax-shilar: «Uncha-muncha
yer unga yeng bo'lmas, yeng bo'lsa ham, teng bo'lmas», deb atagan.. cho'l. A. Po'lat, Cho'ldagi
mash'al; 3) birov bilan ay-tishib, tortishib, unga bas kelmoq, bara-var kelmoq. Keyin
o'g'lining qo'ltig'idan olib, bir chetga tortdi: -Bular bilan teng bo'l-mang, o'g'lim. M.
Ismoiliy, Farg'onat. o. Teng kelmoq ayn. teng bo'lmoq 2, 3. Mahamadagi turli qiziqchiliklar
va hazilvonliklarda Yusufjonga teng keladigan yo'q edi. T. Obi-dov, Yusufjon qiziq. Odamlar
zavq bilan hazil qilishdi: -Sizga teng kelib bo'ladimi? Sizdan yiqilib, bir hafta belimizni
olol-may yurmaylik tag'in, qo'ying-ye. P. Tursun, O'qituvchi. Teng ko'rmoq (yoki qaramoq) 1) aha-
miyati, mavqei, martabasi va sh.k. dan qat'i nazar, bir xil munosabatda bo'lmoq. Dada-miz
hammamizni teng ko'rar edilar; 2) teng-lashtirmoq, baravar, bir xil, teng huquq-li deb
hisoblamoq. Hademay, mas'uliyat his-sini g'urur yengdi: Bo'taboy hech kimni o'ziga teng
ko'rmaydigan.. bo'lib qoldi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Teng sherik Teng foy-dalanish,
teng bo'lib olish sharti bilan tuzilgan sherikchilik. Tengi yo'q Mos tusha-digani, monandi, teng
keladigani yo'q; yagona. Orol bo'yidagi ko'chmanchi qabilalarga aql-farosatda tengi yo'q, husnda
tanho Oltinoy ismli ayol boshchilik qilar ekan. «O'zbekiston qo'riklari». -Yerni kovlash ish-lari
bo'lsa, mana bu og'aynilarga qo'yib bera-siz, — dedi yosh cho'pon chap qatorda o'tirgan aka-
ukalarni ko'rsatib, — quduq qazishda bularning tengi yo'q. Mirmuhsin, Me'mor. Tuproq bilan
teng qilmoq 1) yer bilan yak-son qilmoq, vayron qilmoq. Urush ko'p sha-har va qishloqlarni
tuproq bilan teng qil-di; 2) xor qilmoq, poymol, oyog'osti qil-moq. [G'ofir:] Men hali
kelib-kelib odam-garchilikni, diyonatni, nomusni tuproq bi-lan teng qilgan sizday razil,
xotinfurush qo'shmachilar oldida shunchalik past tush-dimmi ?! Xamza, Boy ila xizmatchi.
TENGDOSH 1 Yoshi baravar, teng, teng-qur. Tengdosh bolalar. Biz u bilan tengdosh-miz. mm Jonim
o'g'lim, qahramon bo'l mehnat-da, Tengdoshlarga namuna bo'l g'ayratda. Ha-bibiy.
2 Bir vaqtda maydonga kelgan, tug'ilgan, yuz bergan. Tarjima tarixi adabiyot tari-xi bilan
tengdosh. F. Salomov, Tarjima na-zariyasiga kirish. Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon,
o'zbegim. Senga shengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim. E. Vohidov.
TENGKUNLIK Yilning tun bilan kun teng bo'ladigan vaqti, kuni. 23 sentyabr` — kuzgi
tengkunlik kuni Quyosh osmon ekvato-rini shimoliy yarimshardan janubiy yarim-sharga kesib o'tadi.
«Fan va turmush».
TENGLAMA mat. Tarkibida o'zaro bog'-langan ikki yoki bir necha noma'lum kat-taliklar (sonlar
yoki funktsiyalar) bo'lgan matematik tenglik. Birinchi darajali teng-lama. Kvadrat tenglama. mm
Kimyoviy reak-siyaning shartli ravishda simvollar va for-mulalar bilan yozilishi «kimyoviy
tenglama» deb ats`shdi. «Kimyo» darsligi.
TENGLAMOQ 1 Teng qilmoq, teng hol-ga keltirmoq. Yog'ochlarni bir-biri bilan tenglamoq.
Hajmini tenglamoq.
2 Teng deb bilmoq; tenglashtirmoq, qiyoslamoq. Bizning Farg'onani hech bir yerga tenglab
bo'lmaydi. Mirmuhsin, Umid. Toshqin
64
Amudaryoni Tenglab bo'lmas soy bilan. X. Sei-tov. Qudrat o'zini Munisxonga tenglab ko'rdi. 3.
Fatxullin, So'nmas yulduz.
TENGLASHMOQ 1 Biror jihatdan, (mas, mavqei, huquqi, bilimi, hajmi va sh.k. jihatidan) boshqa
bilan teng, bara-var bo'lmoq, baravarlashmoq. Kuchlar teng-lashdi. O'yinda hisob tenglashdi. mm
Bobur mirzo otdan tushganda, bo'yi o'sib, katta yigitlarga tenglashib qolgani bilindi. P.
Qodirov, Yulduzli tunlar. Umurzoq aka qishloq tarafdan otni yo'rg'alatib kelib, ularga
ten&shshib oldi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
2 Kurash, bahs va sh.k. da teng bo'lmoq, teng bo'lishga harakat qilmoq. -Uzr ayt, bolam. Zolim
bilan tenglashma! — dedi chol. Oybek, Tanlangan asarlar. Siz bilan teng-lashish kelinimning
itiga or, mushugiga no-mus. S. Zunnunova, Yangi direktor.
TENGLASHTIRMOQ 1 Tenglashmoq fl. ort. n. Kuchlarni tenglashtirmoq. Ekinlar-ni tenglashtirib
olmoq. Bolalarni bilim jihatidan tenglashtirib olmoq. mm Ha-kimboyvachcha.. oilasi bilan hech
qanday oila-ni tenglashtirmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Qiyoslamoq, taqqoslamoq, o'xshatmoq. Onam meni ish uchun tuqqan emas. Sen meni kim bilan
tenglashtirasan ?Oybek, Tanlan-gan asarlar.
TENGLIK 1 Teng holatga egalik, teng holatlilik (hajm-o'lcham, sifat, mavqe va b. jihatdan).
Uchburchaklar tengligi. Kuchlar tengligi.
2 huq. Jamiyatdagi barcha shaxs, guruh, qatlam va sh.k. ning qonun oldida bara-varligi, teng
huqukdiligi; haq-huqukda baravarlik. Tenglik bermoq. Ten&shkka erish-moq. Tenglik — kenglik.
Maqol. mm U yerda tenglik va do'stlik, sevgi va mehnat — oila baxtining manbai. Oybek, Hyp
qidirib.
3 mat. Muayyan kattaliklar o'rtasida bir kattalik ikkinchisiga teng ekanini ko'r-satuvchi o'zaro
nisbat. Uchburchaklar tengligi. Tenglik ishorasi (=).
TENGLIKDA rvsh. kam qo'll. Baravar, birgalikda, bir vaqtda. Ikkisi [qutidor bilan Otabek]
tenglikda qushbegiga qarshi cho'kkaladilar. A. Qodiriy, Utgan kunlar.
TENGSALMOQ shv. Selkillamoq, sol-lanmoq. Qarasa, o'sha o'zini aldagan parizod..
qalqib, mingan oti yo'ldan chiqib. tengsalib, tervanib.. borayotgan ekan. «Murodxon».
Boyearining uyin ko'rib, Har yoqqa tengsalib o'tdi.. «Alpomish».
TENGSIZ 1 Tengi, misli yo'q. misl-siz; haddan ziyod. Tengsiz go'zal qiz. U so'z san'atida
tengsiz edi. mm -O'zim ko'rmadim, — dedi Oftob oyim, — ammo ko'rguvchilar-ning so'zlariga
qaraganda, o'xshashsiz ko'rkam, tengsiz aqlli bir iigit emish. A. Krdiriy. O'tgan kunlar. Fashist
gazandalari xalq xo'jaligiga tengsiz zarar yetkazdilar. N. Safarov, Olovli izlar.
2 Biror jihatdan (mas, mavqe, haq-huquq, kuch-qudrat va b. jihatdan) teng kelolmaydigan,
teng bo'lmagan. Tengsiz bi-lan pgeng bo'lma! Maqol. mm Maqol bor: orzuga ayb emasdir,
Yigitman, menga sen tengsiz demasdir. Xabibiy. Biz mamlakat ichkari-sidagi qismlarni
chegaraga to'play olmadik. Birinchi kunlarda tengsiz janglar bo'ldi. I. Rahim, Chin muhabbat.
TENGSIZLIK 1 Teng bo'lmagan holat; egalik, mavqe, daraja va sh.k. da teng emas-lik; tengsiz
holat. Xuquqiy tengsizlik. Iq-tisodiy tengsizlik. Imkoniyatning teng-sizligi.
2 mat. Muayyan kattaliklar o'rtasida bir kattalik ikkinchisiga teng emasligini, undan katta
yoki kichiklitini ko'rsatuvchi o'zaro nisbat.
TENGSITMOQ s.t. Tenglashtirmoq, baravar qo'ymoq. Menga tengsitmasin Tohirni ul Zuhroi
aflokkim, U suvga g'arq edi, men g'arqi daryoyi xuni ishq. Mahjur.
TENG-TUSH, tengu tush Yosh jihatdan teng, tenqur(lar). Qani endi, u [Rustamjon].. qahramon
bo'lish sirlarini bila qolsa, yeng shimarib, ishga tushsa! Teng-tushlaridan avval maqsadga
erishsa. I. Rahim, Ixlos. Menga motam tutib, qora bog'lamang, Tengu tushim nozik bag'rin
dog'lamang. Hamza. Kryil bo'ldim mard yigitning ishiga, Omon-eson borsin tengu tushiga.
«Murodxon».
TENGQUR 1 Yosh jihatdan teng yoki uncha farq qilmaydigan kishilar; birga o'sib katta bo'lgan
o'rtok,lar: tengdosh. teng-tush. Tengqurlarim — besh yi.1 bir auditoriyada o'qigan qadrdonlarim
- to'da-to'da bo'lib, safarga otlanishardi. \. Nazir. Muxabbat. Shu orada Aiyumish.. qirqta
tengqur jo'rasi
65
bilan Boysarini izlab, Qalmoq yurtiga borib, qalmoq shohga bandi bo'lib qoldi. «Alpomish».
2 fol`k. Munosib, muvofiq, mos. Menga tengqur bo'lolmaysan, Ko'ngliginang qurib ketsin.
Po'lkan.
TENDENTSIOZ [lot. tendo - yo'nalti-raman, intilaman] Ma'lum tendentsiyaga, oldindan o'ylab
qo'yilgan g'oya, fikr, qaror va sh.k. larga asoslangan; g'arazli, bir yoqla-ma. Tendentsioz
mulohaza. Tendentsioz xulosa.
TENDENTSIOZLIK Ma'lum tenden-siyaga, oldindan o'ylab qo'yilgan g'oya, fikr, qaror va sh.k. ga
asoslanish; shunga ishon-tirishga intilish.
TENDENTSIYA [nem. Tendenz < lot. ten-dere — yo'nalmoq, intilmoq] 1 Taraqqiyot yo'nalishi; biror
narsaga qiziqish, mo-yillik, intilish.
2 Ma'lum o'y-mulohaza, tasvir yoki asar-ning asosiy mazmuni, g'oyasi. Ma'lumki, 60— 70-yillar
davomida tarixiy kinolvntalar yaratish sohasidagi ijodiy tendentsiyalar yanada rivojlantirildi.
S. Xo'jaev, O'zbek tarixiy fil`mlari. Bunday asarlarga qi-ziqishning siri esa, menimcha,
turmushdagi wiFop tendentsiyalarni zamonga, kishilar ta-lablariga hamohang.. bo'ladigan
tomonlarini topib, tanlab, saralab olib yozish bilan bog'-liq. N. Safarov, Jasoratning
davomi.
TENDER I \ingl. tender < tend — xizmat ko'rsatmoq] t.y. Bevosita parovozga tirka-ladigan
(ulanadigan), suv va yoqilg'i zaxi-ralari, moylash-tozalash ashyolari saqla-nadigan maxsus
vagon.
TENDER II iqt. 1 U yoki bu ish va xiz-matlar majmuini bajaradigan, ma'lum bir loyiha uchun
uskuna-jihoz va materiallar yetkazib beradigan firma yoki kompaniyani — pudratchini aniqlash
maqsadida e'lon qilingan tanlov.
2 Ochiq turdagi yoki cheklangan sonli ishtirokchilar uchun yopiqturdagi raqobatli savdo-sotiq;
buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli. Ochiq tender. Yopiq tender.
3 Xalqaro bozorda mashina-uskunalar xarid qilish, qurilish-montaj ishlarini bajarish,
injenerlik xizmatlari ko'rsa-tish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish.
TENNIS \ingl. tennis] To'r tutib. ikkiga ajratilgan maydonda yoki stolda movut qoplantan
rezina koptokni yoki plastmassa sharchani kapgirsimon moslama (raketka) bilan urib, to'r
ustidan oshirib (ikki yoki to'rt o'yinchi ishtirokida) o'ynaladigan sporto'yini. Tennis koptogi.
Stol tennisi. Tennis o'ynamoq. mm Bolalar chuvvos ko'tarib, uzoqda tennis o'yinida davom
etardilar. Oybek, Hyp qidirib. Keng, yorug' zalda shax-mat-shashkadan tortib stol tennisigacha
bor. «Saodat».
TENNISKA Kalta yengli, yengil tri-kotaj ko'ylak. Mo'ylov stulga o'tirar ekan, ko'zi bir zum
Zokirning egnidagi chiroyli sho-yi tenniskada to'xtadi. P. Qodirov, Uch ildiz. ..ko'k satindan
juda ixcham tikilgan tenniska bo'y-bastini juda nozik va xush-bichim qilib ko'rsatardi. O.
Yoqubov, Mirza-terak.
TENNISCHI Tennis o'ynovchi. Bsjschi, mohir akrobatchi, usta tennischilarning o'zaro musobaqalari
katta bahsga aylandi. R. Is-xrqov, Epchillik va dovyuraklik.
TENOR \ ital. tenore — asosiy ovoz] mus. 1 Erkaklarning eng yuqori ovozi. Tenor, tovushning
xarakteriga qarab, dramatik [kuchli] ham lirik [yumshoq] bo'ladi. I. Akba-rov, Muzika savodi.
2 Shunday ovozga ega bo'lgan ashulachi. Xorda tenorning ovozi alohida ajralib mypadi.
3 Puflama cholg'ular orkestri tarkibiga kiradigan mis puflama cholg'u asbobi.
TENT [ingl. tent < lot. tenda — chodir, palatka] Quyosh va yomshrdan saqlanish uchun matodan
qilingan shiypon, soyabon (plyaj, paluba yoki ko'chada). Tentning cheti ko'tari-lib, kabinadan
kimdir erinib tusha boshla-di. SH. Xolmirzaev, Saylanma.
TENTAK 1 To'g'ri fikr yurita olmay-digan, aqli noraso, esi past. Tentak bola. Tentak to'rini
bermas. Maqol. mm Ravshanbek shu yerda qip-qizil tentakka chiqib qoldi. «Ravshan».
2 Akddan ozgan, telba, devona; jinni. Olti oyda Maryam tentak bo'lganmish, Eshon eshigida
sho'rlik o'lganmish. M. Alaviya. Qishda yalangoyoq yurgan kishini ko'rganlar uni, al-batta, tentak
bo'lsa kerak, deb o'ylaydi. «Fan va turmush». Hamshira Ahmadga ten-taklarga qaragandek nazar
tashladi. F. Mu-sajonov, Himmat.
3 Shunday shaxsga nisbatlab, odatda o'z yaqin kishisiga qarata (erkalash, yengil hazil bilan)
aytiladigan so'z. -Darrov bo'l,
5—Uzbek tilining izohli lug'ati
tentak! — dedi kulib Tolib. H. Shams, Dushman. -Voy tenshagim-yey. do'stning do'st-ligi kishi
boshiga kulfat tushganda bili-nadi, qizim! S Anorboev, Oqsoy. -Tentak! — dedi Adolat ham
jaxl, ham erkalash bi-lan.. S. Zunnunova, Gulxan.
4 ko'chma kam qo'll. Jilovlanmagan, asov, telba. Tentak daryo. shsh Men suvingdan kuch olsam,
Tentak yeldano'ch olsam. 3. Diyor. Gohida o'shandoq tentak xayollar Sendan voz kechmak-ka qistaydi
hargiz. R. Parfi.
TENTAKLARCHA rvsh. Tentaklar kabi; aqldan ozgan, jinni bo'lgan kishiga o'xshab. [Otabek] O'z-
o'ziga so'zlanib, Marg'ilon ko'-chalarida tentaklarcha yugura boshladi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TENTAKLIK Tentakka xos ish, xatti-harakat. Azizim, men tentaklik qilib uydan ketganim yo'q.
«Saodat». Boylik bilan ishi bo'lmagan Ahmadga Qayumxonning kerilishi tentayushkdek tuyuldi. F.
Musajonov, Him-mat.
TENTAKQUSH Qumursqa va hasharotlar bilan tirikchilik qiladigan, boshi katta, yassi, tumshugi
keng va qisqa tun qushi.
TENTIMOQ kam qo'll. q. tentiramoq.
Vahobjon shu kuni kechgacha shahar ko'chalari-da tentib yurdi. S. Ahmad, Poyqadam. Tash-qarida qor
aralash yomg'ir savalamoqda, sovuq shamol tenshib, goho koridor ichiga ham o'zi-niurmoqda. SH.
Toshmatov, Erk qushi.
TENTIRAMOQ 1 Aniq bir maqsadsiz kezib yurmoq, bekorga sanqib, vaqt o'tkaz-moq, kezmoq. U
\Yormat\ butun kun kuyib-yonib, boshi oqqan yerlarda jinnilardai tenti-rab, xufton vaqtida
boynikiga sanqib kelib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Uko'p ten-tirab charchagani ustiga,
singlisini uzoq yolg'izlatib qo'yganidan xijolatda edi. H. Nazir, So'nmas chaqmoklar. Kun bo'yi
ten-tiragani tentiragan. Xo'kizday yigit bo'lib qolganidan xabari yo'q. E. Raimov, Ajab
qishloq.
2 Sarson-sargardon bo'lmoq, sargardon-likda yurmoq. Senlarning zulmingdan qaicha odamlar
tentiradi. O'z qishlog'iga o'zi sig'madi. P. Tursun, O'qituvchi. Axir, nima deysiz, ochmiz demay,
sovuqmiz demay, ketingizda bir yil tentiradik. H. Ahmar, Kim haq?
3 ko'chma Kezmoq, esmoq; izg'imoq. Dasht-ning salqin shamoli tentirab, chodirning ipagini yengil
mavjlantiradi. Oybek, Na¬voiy. Yer ustida bulutlar soyasi tentirab qoldi. M. Mansurov, Yombi.
4 shv. Charchash, kasallik va sh.k. nati-jasida chayqalib yurmoq, gandiraklamoq. U \ Saidiy\ mast
kishiday tentirar edi. A. Qahhor, Sarob. U \ Muxtorxon dosha\ yarim yo'lgacha chamadonlarni ozod
ko'tarib, bardam qadam tashlab bordi-yu, undan nari rangi oqarib, tizzalari qaltirab,
tentiray bosh-ladi. A. Qahhor, To'yda aza. Maydon birdan qo'zg'aldi. Boshiga qon quyilgan,
ko'zlari qip-qizil odamlarning qad ko'targanlari ten-tirab ketdi, belini yozolmaganlari
qichqi-ribyubordi. A. Muxtor. Chinor.
5 shv. Nima qilishni bilmay qolmoq, o'zini yo'qotib qo'ymoq; sarosimaga tushmoq; esankiramoq.
Janjalning foydasi shundan iboratki, Ehson yengilsa, tentiraybi, yordam beradigan kishi
izlaydi. A. Qahhor. Sarob
TEODOLIT \yun. theomai - qarayman + dolichos — uzun) Ochiq joylarda gorizon-tal va vertikal
burchaklarni o'lchash uchun ishlatiladigan geodezik asbob.
TEOLOG Teologiya bo'yicha mutaxassis, ilohiyotshunos.
TEOLOGIK Teologiyaga oid: teologiyaga asoslangan; ilohiy.
TEOLOGIYA \yun. theos - xudo + logos -so'z, tushuncha; fan] Xudoning mohiyati, din va diniy
aqidalar to'g'risidagi diniy ta'limotlar majmui; ilohiyot.
TEOREMA \yun. theorema < theoreo -qarayman, o'ylab ko'raman] mat. To'g'riligiga isbot etish,
qat'iy mantiqiy mushohadalar yuritish orqali ishonch xrsil qilinadigan da'vo. Pifagor
teoremasi. Viet teoremasi. shsh Teoremalar matematik tushunchalarni o'zaro bog'laydi.. «O'zME».
TEPA 1 Yer sathidan baland, do'ng joy; tepalik, balandlik. Xademay o'ng tomondagi tepalar,
undan naridagi tik qoyashr ustida oftob porlaydi. Mirmuhsin. Me'mor. Suyun og'a garang,
dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fozilov, Diydor.
Shu tepalar nishabida kamarlar bor. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
2 Umuman, biror joy. makonga nisbatan yuqoridagi joy. yer. Tepadan qaragan kiishga bu ariqcha
ilon izidek egishb. bukilib, o'zining o'qida aylanayotganga o'xshab ko'rinar edi. I. Rahim, Chin
muhabbat. Nigora u yoq-bu yoqqa qaradi: yuqorida Qashqatov. pastda qalin
67
archazor, o'ng va so'lda tepa.. S. Anorboev, Oqsoy.
3 Biror narsaning yuqori qismi, usti. Arizaning tepasiga imzo qo'ymoq. Daraxtning tepasida
bir qush o'tiribdi. Qabr tepasini maysa qoplagan. tsh Tashakkur, ustod! Agar eng baland minora
tepasiga g'isht qo'ysin, desangiz ham bizrozi. Mirmuhsin, Me'mor.
4 Ko'p miqdorda uyilgan narsalardan hosil bo'lgan balandlik, do'nglik. Go'ng tepa. Kul tepa.
Qum tepa. shti Bu tuproq tepa uch kishining qabri bo'lib chiqdi. A. Qahhor, Oltin yulduz. Uch-
to'rt yuz inson boshidan turg'izil-gan bir tepa! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
5 Kishi ustidagi bo'shliq, osmon, falak; yuqori. Samolyot tik tepaga ko'tarildi. Qu-yosh qoq
tepaga keldi. tsh Tepadan ofshob urib turibdi. S. Ahmad, Tomosha. U o'z ovozidan uygonib
ketib, ko'zini ochganida, tepada oy suzar, hamma yoq jimjit.. Mirmuhsin, Me'-mor.
6 Nisbatan yuqori qismda bo'lgan, joy-lashgan; ustki. Uroz tepadagi qoziqdan do'm-birasini
oldi.. Oybek, Tanlangan asarlar. [Tolning] Tepa shoxiga quruvchilar projek-tor o'rnatishgan
ekan, hozir atrofni sut-day yoritib, ko'zni qamashtiradi. O'. Usmonov, Sirli sohil. Ustki
qatordagi so'yloq tish-laridan ikkitasi tepa labini yorib chiq-qanini.. ko'rgan
kishio'qchibyuborardi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
7 arxeol. Paxsadan ishlangan qadimiy ipshootlarning xarobalari va ularni to'l-dirgan madaniy
qatlamlardan hosil bo'lgan do'nglik.
8 3-sh. egalik va j.k., o'.-p.k., ch.k. af-fikslari bilan ko'makchi vazifasida qo'l-lanadi va
makon munosabatini ifodalay-di. Adolat uxlayotgan juvonning tepasiga bordi. I. Rahim, Chin
muhabbat. Botirali Oyshabonuni bir qo'li bilan chetga surdi-da, boyning tepasiga engashib,
ko'rpani ochdi. H. G'ulom, Mash'al. O'tgan kuni shu ikki yigit-ni qozon tepasida et
olayotganlarida ko'rgan edilar. Mirmuhsin, Me'mor. Keysh, piyolani butilkaga urib, tepasida
parvona bo'lib turgan xotiniga o'shqira ketdi.. «Mushtum». Tepamdan vag'illab samolyot uchib
o'tdi. H. Nazir, Yonar daryo.
Ikki qo'li bir tepa Boshni changallab, quruqdan-quruq, hech narsasiz. [Mastura:] Loimo huzur-
halovati shularcha-yu, ikki qo'li bir tepada men qolaman. Hamza, Paranji sirlari. Bolalarimni
yetakladim-da, ikki qo'lim bir tepa, boyning dargohidan ketdim.. H. Nu'mon va A. Shorahmedov,
Ota. Tepa sochi tikka bo'lmoq G'oyat achchiqlanmoq, g'azabga kelmoq. -A?! — Rahimning tepa sochi
tikka bo'lib, ko'zlari qinidan chiqayozdi. -Bekor! Hammasi bekor. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
Tepasiga chiqmoq (yoki minmoq) O'z hukmini o'tkazmoq, boshiga chiqib olib, mensimay qo'ymoq.
Shuncha o'qibdi — bas, bundan ortiq o'qisa, tepangga chiqib ketadi. A. Qahhor, Asarlar.
TEPAKAL Boshining tepa qismidagi sochi to'kilib ketgan, silliq. Tepakal odam. shsh Tergovchi yosh
bo'lsa ham, sochlari to'kilib, tepakal bo'lib qolgan, tirnoqlarigacha zahar bir odam ekan.. O.
Yoqubov, Izlayman. Lafziy divandan shiddat bilan turib, dastro'molini tepakal boshiga yopdi-da,
lapanglaganicha borib, bufetni ochdi. E. Nosirov, Muskat.
TEPALAMOQ 1 Havoga, osmonga ko'ta-rilmoq, balandlamoq. Raketa tepalabket-di. Qush tepalab
uchdi. Snaryad tepalab o'tdi.
2 kam qo'll. Narsalarni bir yerga to'plab, balandlik hosil etmoq. Qo'lida tepalab ja-zillama
qaynoq somsa uyilgan laganni ko'-tarib, oqsoch kirdi. Oybek, Ulug' yo'l.
TEPALIK Nisbatan katta va baland joy; balandlik, do'ng, tepa. Tepalikka chiq-moq. Tepalikni
egallamoq. shsh Uzoqdagi tog'-lar va tepaliklar tuslarini yo'qotib, to-bora quyulayotgan tun
quchog'iga singib bor-moqda. P. Tursun, O'qituvchi. Baland tepalik ustiga qurilgan Axsi
qal'asi tun og'ushida tog' qoyasiga o'xshab qorayib ko'rinadi. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
TEPAG'ON ayn. tepong'ich. Tepag'on om. tsh Bu o'lgudek qaysar, tepag'on.. egasini ham
tanimaydigan, kaltak o'tmas eshak edi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
TEPINMOQ: yer tepinmoq 1) takror (davomli) holda oyog'ini (tuyog'ini) yerga ur-moq. Jonivor
tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydi, yer tepinadi, dum sshkitadi. A. Kr-diriy, Uloqda. Bechora
chirqiragancha, bir-ikki yer tepinib faryod qildi. Mirmuhsin, Al-Maxdiy. -Qaerda yuribsan? — yer
tepindi soqchi. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mam-lakati.
TEPKI I 1 Oyoq bilan berilgan zarb. Xudoyqul bir nafas g'ingshib yotdi. Tepkidan
og'rigan joylarini sekin-asta siladi. P. Tursun, O'qituvchi. Bola ko'rsatilgan ikkinchi so'zni
o'qiyman deb turganda, sinf eshigi qattiq tepkidan lang ochilib, ichkariga sovuq
yopirilibkirdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o.
Ot tepkisini ot ko'taradi Teng kuchlilar bir-biriga bas kela oladi, chidash bera ola-di, degan
ma'noli maqol. Tepki yemoq 1) tep-ki zarbiga uchramoq, tepilmoq. Mamarayim, egasidan tepki
yegan itday, orqaga chekindi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.; 2) xo'rlanmoq. | Yo'lchi:] Chiday
olmadim, mulla aka.. Men ham odam farzandi, tokaygacha tepki yeyman. Oybek, Tanlangan
asarlar.
2 To'p, zambarak kabi otish qurollaridan o'quzilganda, uning orqaga beradigan zarbi. To'pning
tepkini kamaytiradigan quritasi.
3 O'q otadigan qurollarning otish mexa-nizmini ishga soluvchi qismi. Pulemyot tep-kisi.
To'pponcha tepkisi. tsh «Otaymi, ot-maymi!».. Ung qo'lining barmog'ini miltiq tepkisiga yuborib,
uni bosayotgan joyda yana to'xtadi. I. Rahim, Chin muhabbat.
4 Mahalliy to'qish dastgohining oyokdar bilan galma-gal bosib, dastgohni ishga tushirish, uning
muntazam ishlashini ta'-minlash uchun xizmat qiladigan qismi. Hojiyaxon bo'z to'qishni endi
o'rgangan, o'ng qo'li tasma g'altakni tortsa, chap oyog'i tepkini bosolmas, o'ng oyog'i tepkini
bossa, chap qo'li gulani juftlolmas edi. A. Muxtor, Opa-singillar.
5 Dastgohning shu qismini bosganda to'-qilib, zichlangan moki ipi. Atlasning tep-kisi qancha
ko'p bo'lsa, abr bezakdan olinadi-gan taassurot shunchalik zo'r bo'ladi. Gazeta-dan.
Sakkiz tepki atlas Qalin, yuqori si-fatli atlas. Yana yurib ketadi sakkiz tepki gul atlas,
Chiviq beqasamlarning olag'ovur bozori. F. G'ulom. Tepki mashina Maxsus tep-kisi, pedalini oyoq
bilan bosib yurgizi-ladigan tikuv mashinasi. Oyim tepki ma-shinada Donoga ko'ylak tikib
o'tirgan ekan. X. To'xtaboev, Sariqdevni minib.
TEPKI II tib. 1 Asosan, bolalarda uch-raydigan, quloq oldi bezining yallig'-lanishidan iborat
o'tkir yuqumli kasallik. Tepki ko'proq qish, bahor fasllarida uchray-di. I. Fozilov, Tepki.
Tepki kasali bilan hamma yoshdagilar ham og'rishi kuzatiladi. «Saodat»
2 Ayrim kasalliklar tufayli paydo bo'ladigan mayda, pufakchasimon qizil dog'-lar; toshma, gul.
Qizilcha kasali.. yuqadigan bo'lib.. ikkinchi kunida kshiining taniga qi-zil tepkilar chiqadi.
3. Tohiriy, Sog'liqni saqlash.
TEPKILAMOQ 1 Oyog'i bilan ketma-ket zarb bermoq, takror-takror tepmoq. Bir-birini tepkilab
urishmoq. Tepkilab loy pishitmoq. shsh Go'ng aravaga rosa tepkilab bosilgan, g'ildiraklar yuk
zo'ridan g'ijirlar, qo'sh ot uni bazo'r tortar edi. H. G'ulom. Senga intilaman. Ustiga chiqib
tepkilasa ham, jigarniki o'tmas ekan. S. Ahmad. Ufq. G'azab o'tida yonib, kampirning yuziga
tarsaki tu-shirdi, suyaklari chiqib turgan beliga tep-kiladi. «Mushtum».
2 Bosib payhon qilmoq, yo'q qilmoq; toptamoq. Ot tuyog'i tepkilab ketgan Lola-zorlar o'tar
xayoldan. \. Sharipov. [Afandi] Ho'kizni tutdi, uyiga olib kirib: -Jazzoyi kishi birovning
jinini tepkilasin! — deb so'yib yubordi. «Latifalar».
TEPLITSA [r. teplo — «issiq, issiklik» s. dan yasalgan ot] q. issiqxona 2. Bu joydan kolxoz
klubi, GESi, teplitsadan tortib elektr tegirmonigacha ko'rinar ekan. A. Mu-hiddin, Oshnalar.
Umid ularga.. atrofdagi yangi nav ekilgan kartalarni, teplitsani, ichkariga olib kirib,
laboratoriyalarni ko'r-satdi. Mirmuxsin, Umid.
TEPLOVOZ \r. teplo - issiq, issikdik + voz(it`) — tashimoq, sudramoq] Ichki yonuv dvigateli
o'rnatilgan, uning yordami bilan yuradigan lokomotiv. Birinchi yo'lda «hap-ho'p, hap-ho'p»lab
turgan teplovoz so'nggi marta qichqirib, sostavni tortib ketdi. H. G'ulom, Feruza. Og'ir yukli
poezdlarni tortayotgan zamonaviy teplovozlar og'irimizni bir necha ming marta
yengillashtirmoqda. Gazetadan.
TESHYUIZOLYATSIYA [r. teplo - issiq, issikdik + izolyatsiya] 1 Turli inshoot va qurilmalarni issiq
ta'siridan saqlash hamda issiq,1ikning yo'qolishiga yo'l qo'y-maslik uchun ularni issiqlik
o'tkazmay-digan material bilan qoplash. o'rash.
2 s.t. Shunday maqsadda kshlag'iladigan o'rash materiali.
TEPLOTEXNIK Teplotexnikaga, ya'ni sanoat yo'li bilan issik^ik hosil qilish va undan
foydalanish texnikasiga oid.
69
Ko'mirning teplotexnik sifati. Teplotex-nik hisoblash usuli.
TEPLOTEXNIKA [r. teplo - issiq, is-siqlik + texnika] Fan va texnikaning is-siqlik
energiyasi hosil qilish va undan foydalanish bilan shug'ullanadigan sohasi.
TEPLOXOD [r. teplo — issiq, issikdik + xod(it`) — yurmoq, harakatlanmoq] Ichki yonuv
dvigateli o'rnatilgan, uning yordami bilan yuradigan kema. Xo'jayli pristaniga kelgan
paroxodlar, teploxodlarning keti uzilmaydi. R. Yeshimbetov, Darg'a.
TEPMOQ1 Oyoqbilan zarb bermoq. Kop-tok tepmoq. Eshikni tepib ochmoq. Itni qopmas deb bo'lmas,
otni tepmas deb bo'lmas. Maqol. mm U\ Soli sovuq] shoshib-pishib, Azim boyvachchaning ko'kragidan
itarib edi, Azim uning kindigiga o'xshatib tepdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t.o. Polvon uni bir
te-pib, yerga ag'natdi-yu, bo'g'zidan bosib tura-verdi. S. Siyoev, Avaz.
2 Oyoq bosib, tepkilab biror ish qil-moq. Tom tepmoq. Loy tepib pishitmoq. mm Kechalari shinni
uchun uzum tepadilar, kundu-zi ularni aravalab shaharga tashiydilar. Oydin, Yamoqchi ko'chdi. Loy
tepish, loy qo-rish ishlari qilinmaydi. «Mushtum».
3 O'q uzish yoki boshqa bir ish paytida zarb bilan orqaga siljimoq, urmoq. Bumil-tiq qattiq
tepar ekan. mm Nima balo bo'l-di, mashinaning ruchkasi tepib oldimi, dey-man.. I. Rahim,
Shonli avlod.
4 ko'chma Ritmik harakat qilmoq, dukil-lamoq, urmoq (yurak va qon tomirlari ha-qida). Yuragim
gurs-gurs tepadi. mm Ular [yigit bilan qiz] darvoza tagiga o'tirdilar va shu zayl bir necha
vaqt nafaslarini yutib, go'yo bir xilda tepayotgan qalblarini tinglab, indamay qoldilar.
P.Tursun, O'qituvchi. Ba-shorat o'zining oqarib ketganini sezdi, chak-ka tomirlarida qon
gupillab tepardi. A. Muxtor, Opa-singillar.
5 ko'chma Tepaga, yuzaga (sirtga) ko'tari-lib chiqmoq, ko'rinmoq, namoyon bo'lmoq. Qi-zamiq sirtga
tepdi. Sizot suvlar yer betiga tepib chiqdi. mm Ter kuchli ishqorli reaktsiya beradi va u shanaga
tepib, sho'rga aylanadi. «Fan va turmush». Nima uchundir yuragi hov-liqar, tez-tez urar edi.
Yuziga qon tepgan. Shuhrat, Shinelli yillar. Onaning dili o'g'lining yuziga tepib chiqqan alashi
norozi¬likni, aniq bo'lmasa ham, darrov sezgan edi. S. Anorboev, Oqsoy.
6 Ba'zi so'zlar bilan birikib, narsa-ning shu so'z bildirgan joyga urishi, yeti-shi ma'nosini
bildiradi. Ana, g'o'zalarimiz-ga o'zingiz bir qarang, belga tepadi-ya! M. Ismoiliy, Farg'ona t.
o.
Beliga tepmoq O'zi bog'lanib kelgan so'z bildirgan narsaning bo'lishiga xalaqit ber-moq, uni
uzib, to'xtatib qo'ymoq ma'nosi-ni bildiradi. Ishning beliga tepmoq. Gap-ning beliga tepmoq.
mm E-e, senmisan? Ammo uyquning ham beliga tepding-da! Tinchlikmi o'zi?0. Yoqubov, Er boshiga
ish tushsa. Bu orada rotalardan ma'lumot olib kelgan aloqachi-lar suhbatning beliga tepdi.
Shuxrat, Shi-nelli yillar. Burga teldi Tobi qochgan kishiga nisbatan qo'llanadi. Sizni qanaqa
burga tepdi, yotib olibsiz? A. Muxtor, Bo'-ronlarda bordek halovat. Orqasiga tepmoq Voz
kechib haydamoq, quvmoq. Dunyo yalinib kelgan vaqtda shoh Mashrab uning orqasiga tepgan
ekanlar.. dunyo o'zi bevafo, orqasiga tepsang arziydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Tilab olgan
bolamni echki tepib o'ldirdi Zo'rg'a, juda qiyinchiliklar bilan erishgan narsasidan ayrilganlik,
mahrum bo'lgan-likni ifodalovchi maqol. To'ydirganning qorniga tepmoq Yaxshilik, himmat qilgan,
qo'llab-quvvatlaganga yomonlik bilan javob bermoq ma'nosidagi ibora. Endi to'ydirgan-ning
qorniga tepma-da. A. Muhiddin, Chap cho'ntak. Ulganning ustiga (chiqib) tepmoq Biror yomon
holatning ustiga yana boshqasi yuz berishi ma'nosidagi ibora. Kolyaning haqorati qalbini
nashtardek tilgan Foti-ma opaga odamlarning ta'nasini eshitish o'lganning ustiga tepgandek
bo'ldi. R. Fayziy, Sen yetim emassan. ..qo'lingda xating bor, o'l-ganning ustiga chiqib
tepgandek, xat-xabar-siz qo'yma! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TEPONG'ICH Tepish odati bor, tepadi-gan, shattalab yuboradigan; tepag'on. Tepon-g'ich sigir.
Tepong'ich osh.
TEPSA-TEBRANMAS s. t. Xech ran kor qilmaydigan, biror ish qildirish juda qiyin bo'lgan, ortiq
darajada beg'am, be-parvo; og'ir karvon. Tenca-tebranmas odam. mm Inson sog'ligi uchun
shunchalik jon kuy-dirib, ba'zi menca-tebranmas konserva-torlar bilan olishib yurgan ekan,
demak, yax-shi qiz bo'lsa kerak?S. Anorboev, Oqsoy.
TEPSINMOQ q. depsinmoq. Qaydan par-voz etib kelding bemahal, Oting tepsinadi, o'zing o'zga
hol. «Tohir va Zuxra».
TEPCHIK Do'ppi, to'n va sh.k. ning max-sus qavig'i; ipni sirtga chiqarmay tiki-ladigan mayda
qaviq. Do'ppi tepchigi. Tepchi-gi yirik do'ppi. mm Juda qo'pol bir tepchik, Tepasi cho'qqi, kichik,
Kizagi salkam sara, Jiyagi o'n uch iplik. F. G'ulom. Aksar do'ppilar tepchigidan qirqilib,
piltasi ko'rinib tu-radi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TEPCHIKCHI Do'ppi, to'n yoqasi va sh.k. ni maydalab qaviydigan, tepchiyditan shaxs. Tepchikchining
boshida Kattagina ko'rgulik! Uydan chiqmish yaqinda Arslonday yigit —o'lik. G'. G'ulom.
TEPCHIMOQ I 1 Do'ppi, yoqa va sh.k. ni ipni sirtga chiqarmay mayda qavimoq, tep-chigini tikmoq.
Do'ppi tepchimoq. mm Onam lampa yoniga o'ltirib, jiyak tepchishga ki-rishdi. Oybek, Bolalik.
2 To'rlab tikmoq, chatmoq. Kostyumning mix ilgan joyini tepchib qo'ymoq.
TEPCHIMOQII Yuzaga tepib, sizib o'tib ko'rinmoq; yuzaga tepmoq. Dokaning har yer-har yeriga
tepchib chiqqan qonga ko'zi tushdi va shundagina butun badani zirqirab og'-riyotganini, ayniqsa,
ko'kragining o'ng tomo-ni kuchliroq og'riyotganini sezdi Adolat. S. Zunnunova, Gulxan. Uning
yuziga tepchib chiq-qan tashvish alomatini kelin darrov pay-qar.. R. Rahmon, Mehr ko'zda.
TER 1 Ter bezlari ajratib chiqaradi-gan tiniq suyuklik. Badanidan ter chiqdi. Terga botmoq.
Peshonasini ter bosdi. A'zo-yi badanidan ter quyilardi. Ter bezlari. mm Uning yelkasiga va
turtib chiqqan beliga terdan namiqqan ko'ylagi yopishib qolgan. S. Anorboev, Oqsoy.
Peshonasidan do'lday oqayotgan terlarini o'ng qo'li bilaan halloslab artayotgan mingboshiga Soli
sovuq jiydagul piyolada ko'k choy tutdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 ko'chma Mehnat. Yer kuch bilan, ter bilan unum beradi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Jon teriga tushmoq 1) qattiq tirish-moq, bor kuchini sarflamoq. Jon teriga tushib ishlamoq; 2)
qattiq azoblanmoq, azobning, og'riqning zo'rligidan majolsiz-lanmoq, holdan toymoq. Otlar
jon teriga tushib kishnaganlaricha yiqila boshladi, oyoqlari ot ostida qolgan suvorilar ham
merganlarning o'qini yeb, yer tishlab qola-verdilar. M. Osim, Iskandar va Spitamen. Peshona
teri q. peshona. Hammasi senu men-daqalarning peshona teridan bino bo'lgan. P. Tursun,
O'qituvchi. Axir kambag'al xalq o'z qo'l kuchi, peshona teri bilan kun ko'rshiga ham iloj topolmay
qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Ter to'kmoq Mexnat sarflamoq, as-toydil mexnat qilmoq. Men
kuchimni, te-rimni to'kay, foydasini soyaparvar boylar ko'rsin.. Qani insof!Oybek, Tanlangan
asar-lar. Ish sharoiti nihoyatda og'ir edi. Har kuni 12—14 soatlab ter to'kishga to'g'ri kelardi.
T. Alimov, Haqiqat yengdi.
TERAK Toldoshlar oilasiga mansub, po'stlog'i ko'kish yoki oqish, tik yoki shox-lab, tarvaqaylab
o'sadigan daraxt (tanasi-dan asosan qurilish materiali sifatida foydalaniladi). Oq terak.
Tog'teragi. Ko'k terak. mm Bog'ning quyi tomonida bir chiziq-da saf tortgan baland, adiu
teraklar. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
TERAKZOR Nuqul teraklar bilan band joy, terak ekilgan maydon. Quyosh terakzor orqasiga
botayotgan, g'arb ufqiga alvon rang shafaq yoyilgan ajib oqshom edi. H. G'ulom, Mash'al.
G'ulomjon.. dsiadagi terakzordan to'rtta baqaterakni kestirib, taxta til-dirdi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o.
TERAN kt. 1 Biror joydan, mas, yer-ning sathidan ancha pastga — chuqurlikka o'tib kirgan yoki
ancha pastdan — chuqurlikdan boshlanadigan; chuqur, cho'nqir. Yerning teran qatlamlari. Teran
daryo. Teran quduq. Teran buloq. mm Uning \ M. Qosimovning] qiyofasi va yurish-turishiga sahro
sokinligi, teran qat-lamlardan nam yuqi topib asta so'radigan chayir saksovul tomirlarining
to'zimliligi asar qilganga o'xshardi. A. Muxtor, Davr me-ning takdirimda.
2 ko'chma Mazmun-mohiyat jihatidan keng qamrovli, chuhur, kuchli. Teran fikr. Roman-ning teran
mazmuni. mm Onalar, faqat mas'ud onalargina go'dak yig'isidagi teran ma'nolarni anglay olishi
mumkin. E. Oxuno-va, Hayot gullari. Ikki ko'zim sening yo'ling-da, O'zim teran xayolga botdim.
G'. Shodi. Qalbimni allaqanday tiniq, teran bir mung chulg'ab oldi. O. Yoqubov, Izlayman.
Xalqhayo-tini g'oyatda teran tasvirlay bilish mual-lifdan katta iste'dod talab etadi. Gaze-
tadan.
71 <7U^
TERANLASHMOQTeranlik kasb etmoq. Hayajon va qalb zarbalarining estetik funk-siyasi, mohiyati
ortdi, aytish mumshnki, teran aql va ijtimoiy ma'no bilan teran-lashdi. «O'TA». Adabiyot
haftaligi singari yaxshi an'ana tufayli g'oyat chuqur, ko'hna qar-doshligimiz yanada teranlashdi.
Gazetadan. Yosh ulg'aygan sari odamning xayol dengizi teran-lasha va kengaya boradi. M.
Qo'shjonov, Diy-dor.
TERANLIK Teran holat, teran holatga egalik. Dengiz tubining teranligi. G'oyaning teranligi.
shsh Portret asarlari xarakte-rining yorqinligi, qahramon hissining teran-ligi bilan
chegaralanib qolmaydi. A. Umarov, Portret — davrning yorqin ifodasi. Ular-ning bu kitoblari
fikrining teranligi, soddaligi va bayon uslubining ravonligi ji-hatidan ilmiy-ommabop
adabiyotning eng yaxshi namunalaridan qolishmaydi. «Fan va turmush».
TERAPEVT \yun. therapeutes — (kasalga) qarovchi, g'amxo'rlik qiluvchi] Ichki a'zolar
kasalliklarini aniqlash, oldini olish va davolash bilan shug'ullanadigan mutaxassis vrach.
Z.I.Umidova hozirgi vaqtda respub-likamizning eng yirik terapevtlaridan biridir. O.
Rizaev, Vrach - olima.
TERAPIYA \yun. therapeia — parvarish, g'amxo'rlik; davolash] Tibbiyotning ichki a'zolar
kasalliklarining paydo bo'lish sabablarini, rivojlanish mexanizmlarini anikdaydigan, davolash
yo'llarini o'rga-nadigan bo'limi; shunday kasalliklarni davolash usullari. Yurak terapiyasi.
Terapiya kursi.
TERBIY [< shu element kashf etilgan joy — Shvetsiyadagi Itterbyu (Ytterby) sha-harchasi nomidan]
Mendeleev davriy sis-temasining III guruhiga mansub kimyoviy element; plastik va yaxshi
deformatsiyala-nadigan, kumushsimon oq metall.
TERGAMOQ 1 Tekshirmoq, nazorat qil-moq; ta'qib ostiga olmoq, kuzatmoq. Xizi-rov kibrlik
bilan: -Maorifning ishini ter-gay olmaysiz. Nima qilsam, o'zim bilaman, — dedi. P. Tursun,
O'qituvchi. [Mastura:] Shoh bo'lsang, sabab o'g'irlik qilgan fuqarolaring-ni tergamaysan? A.
Qahhor, Bashorat. Chol bolalarnshg nojo'ya harakatlarini tergab, mudirga yetkazib turar edi. P.
Tursun, Uqituvchi. Hammaga adolat qilding, Qoraxon,
Tergamading buzuq, batshol qizingni. «Rav-shan».
2 Nojo'ya xarakatlarini nazoratda tutib, undan tiyish xatti-harakatlarini, yo'lla-rini qilmoq;
yomon yo'ldan qaytarib tur-moq. Men sizga o'g'ilman, farzandingizman. Urishishga, so'kishga,
tergashga haqqingiz bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Qayliq sizniki bo'lgandan keyin, tergash,
tiyish ham sizni-kidir. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
3 huq. Tergov qilmoq; tergov, so'roq qi-lib aniqyaamoq. Qo'rboshi esa Otabekning us-tida hali
bunchalik tergashlar borligi uchun o'zini bir oz to'xtatib qoldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TERGOV 1 Tergamoqfl. har. n.
2 huq. Jinoyat yuz bergan sharoit, uning sabablari va qatnashchilarini tekshirish, so'roq qilish
ishi; jinoiy ish bo'yicha da-lillar yig'ish. Dastlabki tergov. Tergov organlari. Tergov
natijasi. Tergov o't-kazmoq. sht Sherbek rayonga jo'nadi. Uni yana tergovga chaqirishgan edi. S.
Anorboev, Oq-soy. Rayon tergov idoralarining vakillari tomonidan jinoyat sodir bo'lgan joyda
tek-shirish o'tkazilib, tegishli aktlar tuzil-gandan keyin, jasadni aravaga solib, qish-loqqa
olib keldilar. P. Tursun, O'qituvchi.
Tergov qilmoq I) biror ish, holat va sh.k. yuzasidan so'roqqa tutmoq, so'roq qil-moq. Dadasi
uni [Nizomjonni] uyga boshlab kirdi-yu, o'tqazib, tergov qila boshladi. S. Ahmad, Ufq; 2) huq.
jinoyat yuz bergan sha-roit, uning sabablari va qatnashchilarini anikdash uchun bunga aloqador
kishilarni so'roq qilmoq, tegishli dalil va xujjat-larni atroflicha o'rganmoq. Aybdorni ter-gov
qshmoq. tsh U [mingboshi] avvalo G'ulom-jonni yeng ichida tergov qilib, yeng ichida jazo berish-u,
shu bilan undan o'ch olish.. niyatida edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TERGOVSIZ rvsh, huq. So'roq, tergov qil-may yoki bo'lmay, so'roqsiz, beso'roq. beter-gov.
Tergovsiz qamoqda yotmoq.
TERGOVCHI 1 Birovning xatti-hara-katini, yurish-turishini nazorat qilib, surishtirib, tergab
turuvchi; nojo'ya ishdan, yo'ldan qaytaruvchi. Nishonboyning ko'zlari vahshiyona chaqnab shang'illadi:
-Ha, sen ter-govchimi menga? Bor-bor, o'sha.. P. Tursun, O'qituvchi.
72
2 huq. Biror ish yuzasidan dastlabki ter-gov o'tkazuvchi lavozimli kishi. Prokuratu-ra
tergovchisi. Xalq sudi tergovchisi. mm Rayondan kelgan tergovchi uch kun ovora bo'-lib,
jinoyatchilarning izini topolmadi. A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroklari.
TERGOVCHILIK Tergovchi ishi, kasbi. Tergovchilik qilmoq. mm Tekshirishni juda yaxshi ko'rasiz-a,
domla! Ilgari tergovchilik ham qilganmisiz, deiman? M. Boboev, Go'zal-lik istab.
TERI I 1 Odam va hayvon tanasining tashqi qoplami, tana a'zolarini tashqi ta'sirlardan himoya
qiluvchi va turli fi-ziologik vazifalarni bajaradigan po'sti. Teri kasalliklari. Quyonning
terisini shil-moq. mm Tortqilaganda, [uloqning] terisi ayrilib ketmaydi. Bo'lmasa, tort-
tortda uloq butun qoladimiP. Murod, Ot kishnagan oqshom.
2 Molning, hayvonning shilib olingan po'sti. Shu yerda ishlaydigan odamlardan biri, yo'qchilik
vajhidan, bir kuni bola-chaqasi bilan otning terisidan sho'rva qilib ichibdi. A. Qahhor,
Millatchilar. Xon borib, arslon terisiga o'tirdi, Arslonbekni o'zining o'ng tomoniga oldi. A.
Qodiriy, Mehrobdan chayon.
3 Mol po'stidan maxsus ishlov berib tayyorlangan material; charm, ko'n. [Shokir ota\ Teriga suv
purkaydi va ko'va bilan do'q-do'q urib, charmni tekislaydi. Oybek, Tan-langan asarlar. Uyda
bir oz teri bor. Ammo tagcharm yo'q. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 kam qo'll. Po'st, po'choq. Terisi qalin qovun. mm Bogdagi.. anorlar terisiga sig'may, tars-
tars yoriladi. YO. Shukurov, Uch savol.
Bir terining ichida qo'y necha ozib, necha marta semiradi Kishi hayotida necha xil o'zgarishlarga,
yaxshi-yomon holatlarga tushi-shi mumkinligini qayd etuvchi ibora. -Bir terining ichida qo'y necha
ozib, necha marta semiradi, — dedi salmoqlab boy, — kishining boshiga yomon kunlar ham tushishi
mumkin. Oybek, Tanlangan asarlar. Terisi yupqa Uncha-muncha gapni ko'tara olmaydigan. Himm,
terisi yupqa ayol emasmi, shu gap baho-na bo'libdi-yu, «Meni bo'shatib, qoloq bri-gadaga
yuborasizlar», deb turib olibdi. N. Safarov, Katta karvon yo'lda. Terisi qalin Uncha-muncha
ran kor qilmaydigan, beti qattiq. Terisi qalin kassir esa: -Eplasang sen ham qil, —
debbo'zrayibturaverdi. «Mush¬tum». Terisiga sig'maslik Nixryatda xursand bo'lmoq. Elchibek bu
xabardan terisiga sig'may ketdi. Harholda, dastlabki g'alaba. A. Mux-tor, Tug'ilish. Quvonch
bilan qo'l berib so'-rashdi. Terimga sig'may ketdim. Oydin. Hi-koyalar. Terisiga (yoki tsrisini
shilib) so-mon tiqmoq Niqoyatda qattiq jazolamoq. Yaxshiki, boyagi gaplaringizni o'g'lim eshit-
madi, yo'qsa, teringizga somon tiqqan bo'lar edi.. M. Osim, Ajdodlarnmiz qissasi. Men-ga
do'ppisi emas, o'zi kerak. O'zini tiriklay tutib kel! Terisini shilib, somon tiqma-gunimcha
xumordan chiqmayman. N. Safarov, Ko'rgan-kechirganlarim. Terisini shilmoq (yoki shilib olmoq)
Bor-yo'g'ini qokdab ol-moq, hamma narsasini tortib olmoq. Uning [Musulmonqulning] o'z kayficha
oyda emas, haftada solib turgan soliqlari fuqaroning terisini shilsa.. ostirib, kestirib
turishi xosni ham esankiratdi. A. Qodiriy, Utgan kunlar.
TERI II Xamirni yupqa yoyib, uchburchak, to'rtburchak shaklida kesib, yog'da pishiri-ladigan taom.
TERIM Hosilni terib, yigib olish (asosan paxta hosili haqida). Birinchi te-rim. Ikkinchi
terim. Terim mashinasi. Bu yil terim erta boshlandi. mm Mana /o'zalar ko'z ocha boshladi.
Hademay terim ham boshla-nib qoladi. «Mushtum». Qaysi kuni otasi: «Ikkinchi terimga qachon
tushasiz», degandek edi. Qiziq, paxtalar hech terilganga o'xsha-maydi-ku?!M. Ismoiliy, Farg'ona
t. o.
TERIMCHI Dalada yetilgan paxta hosi-lini qo'l bilan terib, yig'ib oluvchi. Ilg'or terimchilar. mm
U ikki qo'llab teruvchi. che-var terimchi. I. Raxim, Hayot bulokdari. Bant aka o'g'liga xirmon
qilinadigan joyni ko'r-satib, o'zi terimchilarni Madaminxo'janing paxtazoriga.. boshlab ketdi.
M. Ismoiliy, Fargona t.o. Atlas ko'ylak yarashar. Terimchi qiz bo'yiga. Plan to'lganda keling.
Paxta-xonning to'yiga. Uyg'un.
TERIFURUSH Teri savdosi bilan shu-g'ullanuvchi, teri sotuvchi sha\s. Kimsan — te-rifurush,
falonchi boy. Onbek. Tanlangan asarlar. Terifurush boyning uyiga tushgan-larga qattiqroq
tayshiang.. tosining uyi-dek bahuzur yotaverishmasii. K_ Yashin. P`e-salar.
TERLAMA tib. Kuch.tm shshpa chikarish, qaltiratish b»aan prnskraniigan og'ir
yuqumli kasallik; tifning bir turi. O'sha yillari Sobirjon terlama kasali bilan ogrib,
to'satdan vafot ztdi. Mirmuhsin, Umid.
TERLAMOQ 1 Badanidan ter chiqarmoq, terga botmoq. Bemor terlab yotardi. mm Sun-bula oyining
mo''tadil havosiga qaramasdan, Zaynab marjon-marjon terlagan edi. A. Qo-diriy, O'tgan
kunlar. G'ozi bir piyola aroqni shimirdi-da, achchiq qovurma sho'rvani ichib, bir oz o'ranib yotgach,
terladi. I. Rahim, Ixlos.
2 Ter bilan qoplanmoq, terchilamoq. De-raza oynalari terlayapti.
3 ko'chma s.t. Astoydil mehnat qilmoq, ter to'kmoq. Bir dunyo ish bor ekan, ko'p ter-laysiz
hali.
TERLATMOQ 1 Terlamoq fl. ort. n. Ach-chiq mastava uni bir oz terlatdi.
2 ko'chma s.t. Uyaltirmoq, qizartirmoq. Ular [staxanovchilar] lo'nda gaplar bilan qoloq sex
boshshqlarini rosa terlatdilar. A. Muhiddin, Hadya.
TERLASH 1 Terlamoq fl. har. n. Terlash kerak.
2 tib. Organizmni sovitadigan fizio-logik mexanizmlarning biri.
TERLI Ter bilan qoplanib turgan. Ter-li qo'l. Terli yuz.
TERLIK Otning terini to'qimga o'tkaz-maslik uchun to'qim tagidan qo'yiladigan qalin namat
parcha. Omborxonadan ot abzal-larini: terlik, bellik, yugan, egarni qo'ltiq-lab keldim. T.
Murod, Ot kishnagan oqshom. Bismillo, deb soldi otning ustiga Kimxobi mayindan bo'lgan
terlikni. «Alpomish».
TERLOQ Tez terlaydigan, doim terlab turadigan. Terloq oyoq.
TERMA 1 sft. Saralab-saralab yig'ib, birlashtirib tashkil etilgan, tuzilgan. Ter-ma futbol
jamoasi. mm Kapsanchilarning ko'pchiligi paxtani bilmagani uchun, bu ekin-ni uncha-muncha
biladigan odamlardan terma brigadalar tuzishni, bu brigadalarga taj-ribali qariyalarni
brigadir qilib tayin-lashni taklif qildi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 ot fol`k. Baxshilar repertuarida dos-tondan keyin, ikkinchi o'rinda turadigan, band
tuzilishi erkin, uch qatordan 100—150 misragacha bo'ladigan fol`klor janri. Fo-zil Yo'ldosh o'g'li
turli mavzularda termalar va dostonlar aytar edi. «O'zbek adabiyoti».
Uning [To'xtag'ulning] o'lanlarida, tvrmala-rida siyosiy jo'shqinlik hukmron edi. H. Nu-riy,
Ulug' oqin. Doston va terma baxshilar ijodida yonma-yon yashab keladi. «UTA».
3 ot Umuman, xalq og'zaki ijodiga man-sub, odatda to'rt misradan iborat qo'shiq turi.
TERMAKASH 1 Termalarni do'mbirada kuylovchi baxshi.
2 Boshqalarning asarlaridan terma qi-luvchi adib. Shoshma, hali qo'llarim qanoti-ni yozgani yo'q;
mana bu termakash O'sarjonni chetga chiqarib qo'yaman. Oybek, O.v. shabada-lar.
TERMALAMOQ kam qo'll. Har joydan oz-ozdan terib yig'moq.
TERMACHI 1 ayn. termakash.
2 map. Tabiiy ravishda yetishgan meva, ildizmeva kabi yemishlarni terib-yig'ib tirikchilik
qiluvchi. Arxeologik tekshirish-lar shuni ko'rsatadiki, so'nggi neolit davri-ga oid ilk
dehqonchilik madaniyati muxOjUUU ovchi va termachi aholining o'troq holatga va dehqonchilikka
o'tishi natijasida paydo bo'lgan. I. Jabborov, Ko'hna xarobalar siri.
TERMIK \yun. thermos - iliq, issiq] tex., kim. Issik/shk bilan ishlov berishga oid, shunday
ishlov berish uchun belgilan-gan. Termik pech`. Po'latni termik ishlovdan o'tkazmoq. Termik ishlov
bermoq. mm Olim-lar va injenerlar elektr termik uskunalar-ga xizmat ko'rsatuvchi va montaj
ishlarshsh bajaruvchi robotlar yaratdilar. Gazetadan.
TERMILMOQ Ko'z uzmasdan uzoq qarab qolmoq, tikilmoq; umid bilan, biror ich-ki hissiyot bilan
boqmoq. Asrora uzoqlarga termilib turib, allanimalarni o'ylardi. S. Ahmad, Ufq. Komiljon
xotiniga mehr bilan uzoq termilib turdi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Bir haftagacha
kishilarning og'zi-ga termilib, sevimli ashulasini eshitgan-dek, so'zlaridan zavqlanganini bir
vaqt hi-koya qilib bergan edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Ular bir-birlariga termilib-
termilib, ma`yus-ma'yus qarab qo'yadilar. \. G'ulom, Mash'al.
TERMIN [lot. terminus — chek, chegara| Fan, texnika, kasb-hunarning biror soqa-siga xos
muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo'lgan so'z yoki so'z bi-rikmasi; atama.
Botanika terminlari. Zar-garlik terminlari. Paxtachilik terminla¬pu. mm Yo'ldosh.. Elmurodga
notanish termin-larni.. tushuntira ketdi. Shuhrat, Shinel-li yillar. Terminlar ilmiy
kommunikatsiya-dan jonli so'zlashuvga o'tganda, xalq uchun tushunarli so'zlarga aylana boradi.
«O'TA».
TERMINAL [ingl. terminal < lot. ter¬minals — oxirgi, so'nggi; oxiriga tegishli] 1 tex.
Hisoblash sistemasi tarkibiga ki-ruvchi, axborotlarni sistemaga kiritish va undan chiqarib
olish uchun mo'ljallangan chetda turuvchi, sirtqi moslama (komp`yu-terda ishlaganda, monitor,
sichqoncha, kla-viatura kabilar terminal hisoblanadi).
2 Portning (havo yoki dengiz portining) konteynerli va bog'lama yuklarni saklash va qayta
ishlashga mo'ljallangan qismi.
3 Umuman, katta miqdordagi yuk, narsa-buyum vaqtincha, mavsumiy saqlanadigan ombor. Paxta
tolasi terminali. mm Ter-minallar, o'z navbashida, tashqi savdo kom-paniyalari bilan tuzgan
shartnomalariga ko'-ra, tolani ekspartga ortishadi. Gazetadan. ..tayyor maxsulotlarning
terminallar orqa-li xorijga chiqarilayotgani qayta ishlash korxonalariga ham.. yangi
imkoniyatlar eshi-gini ochdi.. Gazetadan.
4 Plastik kartochkalar yordamida ish-laydigan, turli hisob-kitob va to'lovlar-ni amalga oshirish
uchun xizmat qiladigan elektron qurilma. Respublikadagi barcha savdo va xizmat ko'rsatish
shoxobchalariga o'rnatilgan terminallar yordamida to'lov-larni amalga oshirishingiz mumkin.
Gazeta-dan. Bank mutaxassislari tomonidan o'rna-tshgan 1300 savdo terminali va 20 banko-mat
mijozlar xizmatida. Gazetadan.
TERMINATOR [lot. terminare - aj-ratmoq, ayirmoq; yo'q qilmoq] 1 astr. Say-yoralar va
yo'ldoshlar gardishining yorug' (kunduzgi) va qorong'i (tungi) yarimshar-larini ajratuvchi chiziq,
chegara.
2 Yo'qqilib, qirib tashlovchi robot; yo'q qilib bo'lmaydigan odamsimon robot (ame-rikalik
rejissyor J.Kameronning ayni nomdagi fil`mi qaxramoni ismidan).
TERMINOLOGIK Terminologiyaga, terminlarga oid. Terminologik lug'ash. So'z-ning terminologik
ma'nosi. mm Deter-minlashish — terminologik sistemadagi so'zning adabiy tilga to'la
o'zlashishidir. «O'TA».
TERMINOLOGIYA \lot. terminus - che-gara + yun. logos — fan. ta'limot] 1 Fan, texnika, kasb-
xunarning biror soxasida qo'llanadigan terminlar majmun. Texnika terminologiyasi. Harbiy
terminologiya. Il-miy terminologiya. O'zbek tili termino-logiyasi. mm Qori aka fanlar ichida
avvalo matematikani sevib o'rganadi va uning o'zbekcha terminologiyasini ishlab chiqadi. M.
O'rozboev, Mo''jizalar olami.
2 Tilshunoslikning terminlarni o'r-ganish, tartibga solish bilan shug'ullanuv-chi sohasi.
Terminologiya mutaxassisi. Ter-minologiya bo'limi. mm Seminar rus va o'zbek tillarining
fonetikasini qiyosiy o'rganish, orfoepiya, terminologiya va leksikologiya ma-salalariga alohida
e'tibor beradi. «UTA».
TERMIT I \yun. therme - issiqlik, qay-noqlik] kim. Alyuminiy yoki magniyning ba'zi metallar
oksidi bilan qosil qila-digan, yonganda juda kuchli issiklik chiqa-radigan kukunsimon
aralashmasi (texnika-da va harbiy maqsadlarda ishlatiladi). Termit bomba.
TERMIT II \lot. termes. termitis - yog'och yemiruvchi hasharot; qo'ng'iz] Asosan, issiq
mamlakatlarda katta uyalarda jamoa bo'lib (bir necha yuzdan milliongacha) yashaydigan parda
qanotli hasharot, yog'och, teri, qog'oz va ba'zi ekinlar zararkunandasi. Termit degani xuddi
bitga o'xshash jirkanch hasha-rotgina emas, daxshatli ofat ekan. A. Mux-tor, Davr mening
gakdirimda. Termit —o't-loq ustida loydan yasalgan uyalarda yashovchi hasharot. «Geografiya».
TERMO- \yun. thermos — issiq, iliq < therme — qaynoqlik, issiqlik] Baynalmi-lal o'zlashma
qo'shma so'zlarning birinchi qismi bo'lib: 1) issiqlik, haroratga aloqa-dorlik (mas,
termodinamika); 2) issiq-lik, kuchli harorat yordamida hosil qilish (mas, termofosfatlar); 3)
modda yoki as-boblarning issiklik xossalaridan foyda-lanish (mas., termoterapiya,
termoelement) kabi ma'nolarni bildiradi.
TERMOGRAF | germo.. + yun. grapho - yoza-man] Temperatura o'zgarishlarini avtoma-tik suratda
izchil yozib boradigan asbob.
TERMODINAMIK Termodinamikaga oid; issiqlik tufayli yuzaga keladigan harakatlar bilan bog'liq
bo'lgan. Termodi¬namik miqdor. Termodinamik muvozanat. Termodinamik o'zgarish.
TERMODINAMIKA [termo.. + dina-mika] Fizikaning termodinamik muvoza-nat holatida bo'lgan
tizim (sistema)larning umumiy xossalarini va bu holatlar o'rta-sidagi o'tish jarayonlarini
(bunda issiq-lik — energiyaning boshqa turlariga ayla-nadi) o'rganuvchi sohasi.
TERMOIZOLYATSIYA [termo.. + izolya-siya] ayn. teploizolyatsiya.
TERMOMETR [termo.. + yun. metreo -o'lchayman] Temperaturani, issikdik yoki sovuklik darajasini
o'lchaydigan asbob. Termometr 20 daraja sovuqni ko'rsatar edi. mm Kishida isitma borligi va
uning balandligini aniqlash uchun.. meditsina ter-mometri ishlatiladi. N. Ismoilov, Ka-
sallarni parvarish qilish. Xotin Lolaning qo'ltig'iga qo'ygan termometrni olib, charoq-qa solib
qaradi-da, uni silkib, stol ustiga qo'ydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
TERMOMETRIYA Amaliy fizikaning temperaturani, issiqlik yoki sovukdik da-rajasini o'lchash
usullari va vositalari haqidagi bo'limi.
TERMOREGULYATOR [termo.. + regulya-tor] Xona, pech` va sh.k. da kerakli tem-peraturani
avtomatik ravishda xrsil qi-ladigan va sakdab turadigan asbob.
TERMOS [yun. thermos — issiq, qaynoq] Ichiga quyilgan issiq yoki sovuq narsani (mas, issiq
choy yoki sovuq suvni) uzoq vaqt shu holicha saklaydigan maxsus idish. Mehri opa stolcha yonidagi
korzinkadan ovqatlik-lar oldi, to'rda osig'liq termosni ochib, stakasharga issiq choy quidi. YO.
Shukurov, Birinchi parvoz.
TERMOSTAT [termo.. + yun. statos — tik turuvchi, qo'zg'almas] Chegaralangan hajmlarda (termik
pech`, sovitkich va sh.k. da) tempe-raturani hamisha bir xilda sakdab turadi-gan apparat.
Bodring urug'i, ekishdan oldin, uch sutkagacha 50—51 daraja issiqda termo-statda qizdirilib,
binafsha metilen erit-masi bilan ivitiladi. «Fan va turmush».
TERMOSTATIK Termostatga oid. Ter-mosshatik kamera.
TERMOELEKTR(IK) [termo.. + elektr] Elektr o'tayotgan zanjirdagi elektr va is-sikdik
jarayonlari o'rtasidagi bog'lanishga oid, shu sababli hosil bo'lgan. Termoelek-tr(ik) hodisa.
Termoelektr(ik) tok.
TERMOYADRO [termo.. + r. yadro - mag'iz, urug'; o'zak]: termoyadro reaktsiyasi Yengil atom
yadrolarining o'ta yuqori (kamida 10 mil-lion gradus) temperaturalarda kechadigan o'zaro
reaktsiyasi, jarayoni. Termoyadro quro-li Termoyadro reaktsiyasi tufayli portlay-digan, shikastlash
vositasi yadro zaryadi-dan iborat bo'lgan qurol.
TERMOQ 1 Sochilib yoki to'kilib yotgan narsalarni qo'l bilan birma-bir olib to'p-lamoq, yig'moq.
Soylikdan mayda tosh ter-moq. O'tin termoq. mm Ertalab Begoyim: «G'ulomjonlarning qantak
o'rigi to'lib yotib-di, terib kelgin», deb tayinlovdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o. Men
yoshlikdan otam-ga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Don, meva, gul va sh.k. o'simlik ho-silini birma-bir olib to'plamoq, yig'moq. Gul termoq.
Yong'oq termoq. Mosh termoq. Olcha termoq. mm Paxta tersang, toza ter, Chanog'ida qolmasin.
«Qo'shikdar». Bahor keldi elimizga — Ko'm-ko'k bo'ldi bog', dala. Sevinch to'lib dilimizga, Terib
keldik gul-lola. I. Muslim. Toqqa chiqib terganing Pista bi-lan bodommi? «Qo'shikdar».
3 Ma'lum tartibda ustma-ust, yonma-yon yoki birin-ketin joylamoq, o'rnashtirmoq, taxlamoq.
Kitoblarni tokchaga termoq. Omborga qovun terib qo'ymoq. Savatga non termoq. Yashiklarga olma
termoq. mm Nigor oyim oshxonada mantilarni qasqonga terib, qozonga uyar, Ra'no bo'lsa,
ayvonda kichkina ukalari orasida o'tirar edi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
G'isht termoq 1) g'ishtlarni ma'lum tar-tibda taxlamoq. Sidiqjonning diqqati o'ng tomondagi
to'qaynning ochiq yeriga terib qo'yilgan son-sanoqsiz g'ishtga jalb bo'ldi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chirokdari; 2) g'isht-larni loy yoki sement qorishmasi bilan o'zaro biriktirib, devor va sh.k.
qurmoq. Binoning g'ishtini termoq; 3) yotqizmoq. Hovli sahniga g'isht termoq.
4 Narsalarni teshib yoki teshigidan ip, sim va sh.k. o'tkazib, qator, yonma-yon joy-lashtirmoq,
tizmoq. Ipga munchoq termoq. mm Hayotxon bechora ip eshib, marvaridlarni te-rishga o'tirdi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t.o. Eshonxon chaqqonlik bilan sixlarga kabob terardi. Oybek, Ulug' yo'l.
O'ziyam uncha-muncha marjonlardan emas, o'n ikki shoda-ya! Muncha-ni terguncha, yuraging qon bo'lib
ketadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
5 Narsalarni joyidan, orasidan bir-ma-bir yulib, ajratib olib tashlamoq. U [Mulla Shamsiddin]
eshik oldidagi supada, oldida bir g'alvir mayiz, cho'pini teribo'tir-gan edi. A. Qahhrr,
Bashorat. Sigirning qu-log'iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko'ra sigir uning [Baqoevning]
achchig'ini keltirar zdi: kanani teray desa, qo'ymaydi, boshini silkiydi, pishqiradi. A. Qahhor,
Adabiyot muallimi.
6 plgrf. Bosish, nashr etish uchun tipo-grafik belgi va harflarni tegishli tar-tibda
joylashtirib, biror matn hosil qil-moq. E'lonni yirik harflar bilan termoq.
7 Ayrim belgi yoki raqamlarni yonma-yon, birin-ketin olib, keltirib, biror butun-lik hosil
qilmoq. La`lixon gaplashish uchun telefon oldiga bordi, trubkani qo'liga olib, kerakli
nomerlarni tera boshladi. Oydin, Ko'ngli to'ldimi, yaxshi yigit.
8 Saralamoq, tanlamoq. Futbol koman-dasiga kuchli o'yinchilar terib olindi. mm Polklardan
ajratib, terib olingan hu-jumkor otryadlar artilleriya otishmalari-dan so'ng dushman ustiga
tashlandi. Nazar-mat, Jo'rlar band sayraydi.
9 Ketmon, tesha, bolta kabi asboblar yuzini bolgalab tekislamoq, yoymoq yoki o't-kirlamoq.
Ketmon yuzini termoq. Tesha ti-g'ini termoq.
Bez termoq q. bez. I. Rizqini termoq Nasibasini topib yeb, kun kechirmoq, amal-taqal kun
ko'rmoq. Shuning uchun «odamlar-ning hojatini chiqarib yura turay, tuzuk ish o'zi chiqib qoladi»,
degan o'yda sochilgan rizqini terib yura berdi. A. Qahqor, Asarlar. Toshingni ter q. tosh.
TERRARIUM terrariy \lot. terra — yer, maydon] Uncha katta bo'lmagan, tajriba yoki namoyish
qilinadigan sudraluvchilar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi jonivor-larni saqlash, o'rganish
hamda ko'payti-rishga mo'ljallangan maxsus joy, bino. Kuzatish postlari tovus, kiyik, olmaxon
saqlanayotgan kataklarga, qurbaqa va ilon-lar boqilayotgan terrariumga o'rnatilgan.
Gazetadan.
TERRASA [fr. terrasse < lot. terra - yer, zamin| 1 Tor yonbag'irlaridagi zinapoya-simon bo'lib
tushgan tabiiy yoki sun'iy tekis sa\n, maydoncha. Terrasalar hozirgi vaqtda turli jinlar va
mevazorlar bshan band bo'lgan yerlardir. «O'zbekiston geogra-fiyasi».
2 Yozgi yengil ayvon, peshayvon.
TERRENKUR [nem. Terrainkur < fr. ter¬rain — joy, yer; ochiq sahn + nem. Kur — davolash]
Kurort va sanatoriylarda davo-lanish maqsadida ma'lum marshrut bo'ylab piyoda yurish \amda
shunday yurish uchun tayyorlangan, masofalari ko'rsatilgan max-sus yo'l, yo'lka. Har kuni subhidam
chog'lari-da terrenkurlar odamga to'lib ketadi. I. Rahim, Ixlos.
TERRITORIAL q. hududiy. Territori-al shevalar. Territorial bo'linish. mm Ter-ritorial
boshqarma butun texnikani, ishni o'z qo'liga jashabdi. «O'zbekiston qo'rikdari».
TERRITORIYA \lot. territorium < terra -yer, zamin] q. hudud. Tadqiqotlar asosida respublika
territoriyasini seysmik rayon-lashtirish tafsiliy kartalari tuzib chi-qildi. Gazetadan.
Mamlakatimizda tabiiy boyliklarga serob yangi terrshporiyalar tez-korlik bilan
o'zlashtirilmoqda. «Fan va turmush».
TERROR \lot. terror — qo'rqinch, dahshat| Qo'rqitish siyosati, siyosiy muholiflarni zo'ravonlik
bilan bostirish. Irqchilar ter-rori. Terror qilmoq. mm Josuslik, diversiya, terror akti..
sotillik kabi jinoyatlar uchun o'lim jazosi berilishi mumkin. Gazetadan.
TERRORIZM \lot. terror - qo'rqinch, dahshat| Terror bilan amalga oshiriladi-gan siyosat va
taktika; siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo'q qilish yoki qo'rqitish. aholi o'rtasida vahima va
tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zo'ravonlik harakatlari (ta'qib qilish, buzish.
garov-ga olish, qotillik, portlatish va b.): ter-rorchilik.
TERRORIST q. terrorchi
TERRORISTIK Terrorga. terrorizm-ga asoslangan; terrorpzmdan. terrorchi-likdan iborat
bo'lgan; terrorizmga amal qiluvchi. Terroristik reja. Terroristik tashkilot, Terroristik
harakat. mm Bu general inglizlarga ham giterchi bombar-dimonchilarning Angliyaga terroristik
maq¬sadda uchishlarini uyushtirgan kishilarning biri sifatida ma'lumdir. Gazetadan.
TERRORCHI Fikr va maqsadini terror yo'li bilan amalga oshirishga harakat qi-luvchi shaxs.
TERRORCHILIK ayn. terrorizm.
TERS 1 Asl, me'yoriy, odatdagiga qara-ma-qarshi holatli; oldning aksi; teskari. Qulahmad
o'zini kibor tutar, odam yuziga boqmay, ters qarab gapirardi. Mirmuhsin, Cho'ri. Katta hovliga
ters bo'lgan panaroq joyda samovar qo'yish bilan mashg'ul bo'ldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Eshakka ters mindirilgan.. yuziga kuya surkalgan Umarali-ni ko'rgan Zumrad.. hushsiz qotib
qoldi. Oy-bek, Ulug' yo'l.
2 Qarama-qarshi tomon; teskari. Mohi-ro'y shu ko'yi qachon meni ko'rsa, yo'lini ters soladigan
qiliq chiqardi. S. Siyoev, Erkak-lar ertagi. -Hoy, menga qarang, — dedi Yoqu-toyim shiddat
bilan oynaga ters o'girilib.. S. Anorboev, Oqsoy.
3 O'zaro muomala, munosabat va sh.k. da bir-biri bilan kelishmaydigan; teskari. Maxsum
Mirobid bilan ilgari ters bo'lsa, endi apoq-chapoq, og'iz-burun o'pishadi. V. G'o-furov,
Vafodor. Shahnoz bilan ters bo'l-gandan beri ikki yil o'tib ketdi.. R. Raxmon, Mexr ko'zda.
4 Xulq-odob, muomalada qo'pol; qo'rs. Xulqi ters, og'ziga kelganini gapiradi, yoza-di. A.
Muxtor, Chinor. Hoji so'zini tugata olmadi. Hojining ters so'ziga chidolmagan Azizbek
vahshiylarcha hayqirdi: -Nima dey-san!? A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TERSAYMOQ 1 Xafa bo'lib, nimadir yoqmay (yoqtirmay) qovoq solmoq; tumray-moq. Otabek
tersaygancha choyga kelib o'tir-di, otasiga salom ham bermadi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Qampir jahl bilan tersayib oldi. N. Aminov, Tillo tabassumlar. U\Ku-mush\ mehmonxonaga
kirgandan so'ng ham ter-sayib, tokchalardan nedir axtargandek yurina boshadi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
TERSKAY Quyoshga teskari, quyosh tush-maydigan, shimolga qaragan (tog, balandlik yonbag'ri,
chuqurlik va sh.k. haqida). Unga Sherbek anavi terskay, qor yotgan qirning ortidan hali zamon
ot o'ynatib chiqib qola-diganday tuyulaverdi. S. Anorboev, Oqsoy. Atrofini qurshagan toshar
orasidagi o'rik-zor chorbog'lar, kunduzi quyosh, kechasi oy nuri¬dan yarqiraidigan xarsang
toshlar, kun tush-mas terskay jilg'alar uning ko'z oldini band etibturardi. P. Tursun,
O'qituvchi.
TERSLANMOQ 1 O'jarlik qilmoq, ters, teskari ish qilmoq. Bolaning tersla-nadigan odati yo'q.
2 Tumtayib olmoq, qovoq-dimog' qilmoq, tersaymoq. Er-xotin indamadi, xuddi masla-
hatlashganday terslanib olishdi. Oraga no-qulaylik cho'kdi. R. Rahmon, Mehr ko'zda.
TERSLIK Ters holat, xususiyat, xatti-harakat, qiliq. Terslik qilmoq. mm Shahar-ning
tersliklariga tishni tishga qo'yib chidardim.. X- Nazir, Ko'kterak shabadasi.
TERT Somon, xashak va sh.k. dag'al ozu-qalarga maydalangan kunjara, kepak kabi to'yimli
ozuqalar aralashtirib, qorib tay-yorlangan yem. Molning pa>yuvi — silos, hozircha kepak sepib,
tert qorib beringlar, bolam. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar. Yigitali onasi bilan, u
sigirga yem bergani chiqqan vaqtda uchrashdi.. onasining qo'lidan tert qorilgan tog'ora yerga
tushib ketdi. D. Nu-riy, Osmon ustuni.
TERTSET \ital. tezzetto < lot. tertius -uchinchi] mus. 1 Uch xonanda yoki uch cholg'u asbobi uchun
yozilgan musiqiy asar.
2 Uch xonandadan tashkil topgan an-sambl`.
TERTSIYA \lot. tertia - uchinchi] 1 mus. Diatonik gammaning uchinchi pardasi va shu gammadagi uch
pardali interval. Oralig'ida bir bosqich qoldirib tuzilgan interval tertsiya deb ataladi. I.
Akbarov, Muzika savodi.
2 plgrf. Bosmaxona shriftlaridan biri-ning nomi (kitob, gazeta va jurnallarda —
sarlavhalarni, titul varaqlarda esa nashr nomini terishda ishlatiladi).
TERCHIL kam qo'll. Tez terlaydigan, ter-lab turadigan; terloq. Kishi to'ni kirchil bo'lar, Kishi
oti terchil bo'lar. Maqol.
TERCHILAMOQ 1 Bug'dan hosil bo'lgan tomchilar bilan qoplanmoq. Hammomning devori terchilab
turardi.
2 Andak terlamoq. [Mirvosilning\ Oftob ta'sirida qorayib, sho'ralab ketgan pesho-nasi, kechki
salqinga qaramasdan, terchilab turardi. H. Nazir, Odamning qadri.
TESKARI 1 Odatdagi, o'ng, to'g'ri deb qabul qilingan holatga, yo'nalish, tuzi-lish, tartib va
sh.k. ga qarama-qarshi bo'l¬gan; ters. Teskari ish. Bo'luvga teskari amal — ko'paytiruv. Kepkani
teskari kiymoq. Kitobni teskari ushlamoq. Stulga teska-ri o'tirmoq. So'zni teskari o'qimoq.
Suv teskari oqmaydi. mm Qo'limga tushganida, yuziga kuya surib, eshakka teskari mindirar edim-
u, bozorning o'rtasi bilan haydab, to'ppa-to'g'ri qozining huzuriga olib borar edim. P.
Tursun, O'qituvchi. Bo'ta, quruq choy-ni nonsiz issiq-issiq ho'plab, choynakning qopqog'ini
teskari yopib, ichiga ikkita o'n tiyinlikni tashlab, o'rnidan turdi. S. Ah-mad, Hukm.
2 Qarama-qarshi tomon, o'ng bo'lgan tomonga qarshi, ters. Uzoq o'ylab turmay, bu kungi
Tiktepaning guzarga teskari to-monidan o'zi uchun bir «boshpanoh» ochish qaroriga keladi. A.
Qodiriy, Obid ketmon. Men qayoqqa boshlasam, mehmon yurmaydi, g'peskari tomonga yo'l oladi.
«Guldasta».
3 Qarama-qarshi, xilof, zid. Agar bi-ronta ish uning [Xushro'yning] tilagiga teskari ketsa,
shovqin-suronni xuddi boshi-ga kiyib olar edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Kishi ko'rinishda va
muomalada bir xil, haqiqatda, ichki jihatdan tamom teskari bo'lib qolishi mumkin. P. Tursun,
O'qituvchi.
4 Akd-odob, ish-faoliyat va sh.k. da o'za-ro zid, bir-birining aksi bo'lgan, bir-biri bilan
kelishmaydigan holatli. Shay-xulislomning Ulug'bek mirzoga ochiqdan-ochiq teskari bo'lib
olganini ko'rgan Tarxon yoqa-sini ushladi.. Mirmuhsin, Me'mor.
5 Biror narsaning orqa tomoni, orqasi, astari. Gazlamaning teskarisi. Ko'rpaning teskarisi.
mm Bitta kulchani kaftiga tes-kari qo'yib turib, mushti bilan o'rtasiga urdi.. H. G'ulom,
Mash'al.
6 ko'chma Bir-biri bilan gaplashmay-digan, arazlashgan. Ular bir-birlari bilan teskari bo'lib
qoldilar. mm Olti oydan be-ri yuz ko'rishmagan qaynata-kuyov birga ish-lashyapti-ya? Bir hisobdan
yaxshi bo'pti. Tokaygacha teskari bo'lib yurishadi. R. Rahmon, Mehr ko'zda.
Ishi teskari ketdi Ishi yurishmay qoldi, ishi orqaga ketdi, pachava bo'ldi. Teskari dunyo Bevafo,
o'zgarib turuvchi dunyo. Qanday qilay, shunday teskari dunyo ekan. G'. G'ulom, Tirilgan murda.
To'nini teskari kiymoq q. to'n (Xudo) Yuzini teskari qilsin Xudo ko'rsatmasin, unga duchor yoki
girif¬tor qilmasin. Yomonning yuzini teskari qshsin.
TESKARILANMOQ O'girilib, teskari vaziyat olmoq, teskarisiga ag'darilmoq.
TESKARILASHMOQ 1 O'jarlashmoq, qaysarlashmoq.
2 Bir-biri bilan teskari bo'lib qol-moq, urishib, arazlashib qolmoq.
3 Teskari, orqaga ketmoq. Ishi teska-rilashib ketdi.
TESKARILIK 1 Teskari holatlilik. Eg-nidagi ko'ylakning teskariligini sezmabdi.
Teskarilikka olmoq Aytilgan gapii, fikrni teskari, noto'g'ri. aksincha tushun-moq yoki
tushuntirmoq, teskariga burmoq. Men jo'rttaga ba'zi gaplarni teskarilik-ka olib ko'rsam ham,
u \3aynab\ churq etmay-dir. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 s.t. O'jarlik, qaysarlik, terslik. Muncha teskarilik qilasan.
TESKARISIGA rvsh. Teskari yo'na-lishda; qarama-qarshi tomonga. orqaga qa-rab. Hech qachon Quyosh
teskarisiga yuradimi? mm Men bu yoqdan qarz beraversam, sen bola-chaqang bilan yeyaversang,
qachon to'laysan? Zamon bunday teskarisiga aylanib, insondan imon qochib turibdi, axir. P.
Tursun, O'qi-tuvchi.
TESKARISICHA kam qo'll. Qarama-qar-shi yo'nalishda, geskari holda. Teskarisicha ish tutmoq.
TESKARICHI Ijtimoiy taraqqiyot, in-qilobiy harakat kabilar dushmani, siyosiy reaktsiya
tarafdori. Marg'ilonda Sarkor boshliq teskarichilar Nurxonni o'ldirish vazifasini uning akasi
Mamatga yuklaydi-lar. M. Isroilov, Dramaturgiyada detal`. Xat uzoqdan kelmaganligi, shu
yerning o'zida yozilganligi, unda teskarichilar vakilining qo'li borligini aytishdi. H. Nu'mon
va A. Shorahmedov, Ota.
TESKARICHILIK Teskarichilarga xos ish-faoliyat, xatti-harakat; reaktsiya.
TEST [ingl. test - sinash, tekshirish, o'rganish] 1 psxl. ped. Shaxsning (tekshiri-luvchining)
aqliy rivoji, qobiliyati, ma-laka va ko'nikmalari, irodaviy sifatla-ri, shuningdek, uning
boshqa ruhiy xusu-siyatlarini aniqlashda, tekshirishda qo'l-lanadigan qisqa standart
topshirikdar.
2 Muayyan ijtimoiy tadqiqotlar uchun foydalaniladigan materiat sifatida tar-qatiladigan
savolnoma; so'roq varaqasi. Keyingi vaqtlarda jamiyatimizda anketa so'rovi yoki test o'tkazish
o'ziga xos modaga aylanib borayotgani ko'zga tashlanadi. «Ta-fakkur».
TESTLASH(TIRISH) Testlar yordami-da muayyan bir shaxsning afzallik tomoni, bilimi va
qobiliyatini aniqlash.
TETAPOYA 1 Zo'rg'a, u yoq-bu yoqqa tash-lanib bo'ladigan (asosan bolaning qadami haqida). Bola
ona atrofida, tol tagida Yura boshlar, qadamlari tetapoya. H. Po'lat.
2 Ana shunday qadamlar bilan yuradigan. Tetapoya bolani so'qmoq yo'ldan katta yo'lga chiqarib
yuborgan muallimning inson hayotida ozmuncha hissasi bormi! A. Ma'zumov, Mu-rabbiy. Oyog'i
ostida o'ralashib yurgan teta-poya qizchasini yiqitib o'tib ketdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar.
Rumiya bemorlik to'-shagida uzoq yotdi. Tetapoya bo'lib yura bosh-laganidan keyin ham og'ir iztirob
chekadigan bir turda bo'lib qoldi. S. Karomatov, So'nggi barxan.
3 ko'chma O'z hayoti, faoliyatida endi ish boshlagan, endi mustaqil hayot kechira bosh-lagan, hali
mustahkam oyoqqa turib olmagan (oila, tashkilot, jamoa va sh.k. haqida). Kollektivimizning
tvtapoya vaqti o'tib ketgan, endiuni buzolmaysiz, o'rtoq Rahmon-qulov! A. Muxtor, Tug'ilish.
Kolxoz endi te-tapoya bo'layotgan kunlarda dushman xuruj qildi, jamoat mulkiga o't qo'ydilar,
urug'-lik g'allani o'g'irladilar, turli-tuman mish-mishlar tarqatdilar. SH. Rashidov, Bo'ron-dan
kuchli. Paxta nima, dehqonchilik nima — endi tetapoya bo'lib o'rganib kelyapsizlar. H. Nazir,
Cho'l havosi.
TETIK 1 Jismoniy, ruhiy jihatdan zaiflashmagan; bardam. Onam yetmishdan oshib qolgan bo'lsalar
ham, hali ancha tetiklar.. M. Qoriev, Oydin kechalar. Ibrohim ota bardammi, Oysha xola
tetikmi, ukang Sher-niyozsog'mi?J. Sharipov, Xorazm. Og'aynilar tushkunlikka tushmadilar. Kuvnoq
va tetik kayfiyatda xayrlashdilar. F. Musajonov, Himmat.
2 Harakat-holati, darajasi va sh.k. ji-hatdan bardam, tiyrak. Temirjon odamlar qatori
ko'paygan trotuarda ildam va tetik qadam otib borardi. J. Abdullaxonov, Oriyat. Aziza o'zini
bir oz oldirgan, ammo hamon o'shanday chiroyli, ko'zlari shrtayib qolgan bo'lsa ham, tetik boqar
edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Soylik tomondan ke-layotgan tetik va yangroq ovoz
Elmurodning o'yini buzdi. Shuxrat, Shinelli yillar.
3 ko'chma Hayiqishni bilmaydigan, da-dil gapiradigan, o'z fikrini baralla ayta oladigan.
Qandolat opaga ne balo bo'ldi, deyman, hayron bo'laman. Gapga chaqqon, te-tik xotin edi-ku!
Oydin, Sadag'ang bo'lay, komandir. Pochchaev, qurilishga biron fikri tetikroq bola kelib qolsa,
darrov iziga tushadi. A. Muxtor, Tug'ilish.
TETIKLAMOQ kam qo'll. Tetiklik ba-g'ishlamoq, tetiklantirmoq; hushyor qilmoq. Podshoning, garchi
mastlik vaqtida bo'lsa-da, u bilan achchiq suhbat qilishi Majdid-dinni tetikladi. Oybek,
Navoiy.
TETIKLANMOQ1 Jismonan tetiklik kasb etmoq; bardam bo'lmoq. Muzday suv ko'zi-ni moshdek ochdi.
Yana miyasi fikr qila boshla-di, o'zi tetiklandi. Shuhrat, Shinelli yil-lar. [Qurbon ota\
Kasalxonada yaqin ikki oy yotib, oyoqlari tuzaldi, o'zi juda tetiklandi. A. Qaxdor, To'y.
2 Dadillik kasb etmoq, o'zini tetik sezmoq; dadillashmoq. Dastlab o'zini aybdor sezib,
shumshaiib o'tirgan bola sekin-sekin tetiklandi. Oybek, Quyosh qoraymas. -Bari bir shu yerda
tunashga to'g'ri keladi \dedi bekning ukasi Me'morga]. -Tunaymiz, — dedi Me'mor negadir
tetiklanib. Mirmuhsin, Me'mor.
TETIKLASHMOQTetiklik kasb etmoq, tetik bo'lmoq. Uning ruhi tetiklashdi. sht Rahimberdi bir oz
tetiklashdi. X. To'xtabo-yev, Fel`etondan so'ng. U sal tetiklashib, tashqariga chiqdi. S.
Yo'ldoshev, Qiz qalbi.
TETIKLIK 1 Tetik, bardam holatga ega-lik. Uning [Asrorqulning] tetikligi, shax-dam qadam
tashlashi, yosh bolaga chiqqan soqolday, kishining kulgisini qistatar edi. A. Qahhor, Asror
bobo.
2 Kuch-quvvatga to'la, tetik, bardam kishilarga xos jismoniy va ruhiy holat; bardamlik.
Yigitali achasining dardsh yen-gib, turib ketishidan ranjisa ham, yuzida-gi tetiklikdan xursand
bo'ldi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Uko'zini ochib, o'zini tetik-likka soldi va Karimjon bilan
samimiy ko'rishdi. G'ayratiy, Uzoqdagi yor.
TETR-, TETRA- [yun. tetra - to'rt] Bay-nalmilal o'zlashma qo'shma so'zlarning bi¬rinchi qismi
bo'lib, muayyan so'z (tushun-cha)ning «4» raqami bilan bog'liqligini bildiradi. mas, tetralogiya,
tetrod.
TETRALOGIYA [tetra.. + yun. logos - bi-lim, tushuncha; so'z] ad. snt. Bir muallif-ning yagona
g'oya, mazmun va obrazlar bilan o'zaro bog'langan to'rtta adabiy, musiqiy yoki sahnaviy asari.
TETRAEDR [tetra.. + yun. hedra — asos, yuza; yoq, tomon] mat. Har bir yog'i o'zaro teng
uchburchaklardan iborat bo'lgan to'rt yoqli piramida.
TETROD [tetr.. + (elektr)od] tex., pa-duo. To'rt elektrod (katod, anod va ikkita to'r) li
elektron lampa.
TEXNETSIY \yun. technetos - sun'iy; tabiiy emas] Mendeleev davriy sistema-sining VII
guruhiga mansub kimyoviy ele-ment; sun'iy yo'l bilan olingan, qiyin eruvchi kumushsimon-
jigarrang radioaktiv metall.
TEXNIK 1 O'rta texnik ma'lumotga ega bo'lgan va texnikaning biror sohasida ish-laydigan
mutaxassis. Texnik chaqirib, plan va smeta tuzish, necha pud tunuka kerak bo'lishini b`ishsh
zarur jan. A. Qodiriy, Obid ketmon. Texnik, prorab kerak, g'ishshchi, su-voqchi, gulkor, mohir
duradgorlar kerak. N. Safarov, Olovli izlar.
2 Texnika sohasida ishlovchi mutaxassis. Rus texniklari va olimlari grafik tas-virlarni
takomillashtirish ishiga katta hissa qo'shganlar. A. Abrikosov, Chizmachilik.
TEXNIK 1 Texnikaga oid, texnika va undan foydalanishga aloqador; texnikaviy. Texnik
bilimlar. Texnik progress. Texnik nazorat. Texnik ta'lim.
2 Texnika, mashina, mexanizmlar ishi-ga bog'liq bo'lgan. Texnik sabablarga ko'ra dasshgoh to'xtab
qoldi.
3 Sanoatda, texnikada ishlatiladigan yoki qayta ishlanadigan. Texnik moy. Texnik gpola.
Texnik kotib Yozuv-chizuv ishlarini olib boruvchi idora xodimi. Texnik muharrir
Bosma asarda materialning joylanishi, matnlarning tegishli harflar bilan teri-lishi va sh.k.
masalalar bilan shug'ullanuv-chi maxsus muharrir.
TEXNIKA \yun. technike — mohir, usta < techne — san'at, maxrrat] 1 Jamiyatning inson
faoliyatidagi ishlab chiqarish ja¬rayonlarini amalga oshiruvchi va noishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun xizmat qiluvchi vositalar yig'indisi. Ilg'or texnika. Avia-siya texnikasi. Paxta terish
texnikasi. Texnika fanlari. Texnikadan unum.sh foy-dalanmoq. mm Dushman Oryol va Belgorod
rayonlariga.. bu kungacha hech qaysi frontda ko'rilmagan yoki oz ko'rilgan texnikani taxt qilib
qo'ygan edi. A. Qahhor. Oltin yulduz. Jabborov texnikani yana bir sidra ko'zdan kechirish uchun
besh kun imkoniyat borligini aytdi. N. Xay"tQUL0V- Yer tafti. Bizning zamonamiz ishlab
chiqaruvchi kxchlarning shiddat bilan rivoj.tniish. fan va texni-ka taraqqiyotining tezlashishi
bilan xa-rakterlanadi. «Fan va turmush».
2 Ishlab chiqarishning biror sohasida qo'llanadigan mashina. mexanizm. asbob, qurol, moslama va
sh.k. lar majmui.
3 Biror ish-faoliyat yoki harakat turida orttirilgan mahorat darajasi, malaka va ko'nikmalar
yig'indisi; san'at, mahorat. Su-zish texnikasi. Qurilish texnikasi. Sport texnikasi. Balet
texnikasini egallamoq.
Texnika ekinlari Hosili sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan ekinlar (mas. paxta,
zig'ir, kanop, qand lavlagi, kungaboqar va sh.k.). Xavfsizlik texnikasi yoki texnika
xavfsizligi Ishlab chiqarish-da halokat va falokatlarning oldini olish-ga qaratilgan ish
usullari va vositalari tizimi. Kommunal xo'jalik idoralari tex-nika xavfsizligi yuzasidan
g'amxo'rlik qi-lishlari darkor. Gazetadan.
TEXNIKAVIY ayn. texnik. Texnikaviy yordam. Texnikaviy tadbirlar. mm Uzbek tiliga har xil
mavzu guruhlariga oid tex-nikaviy terminlar o'zlashgan. «UTA».
TEXNIKUM \lot. technicum < yun. techne — kasb-hunar] O'rta maxsus o'quv yurti: sanoat,
qurilish, transport va aloqa, qish-loq xo'jaligi, madaniyat va san'at, sog'liq-ni saqlash va b.
sohalar uchun kadrlar tay-yorlab beruvchi o'quv muassasalarining umu-miy nomi. Qurilish
texnikumi. Texnikum-da o'qimoq. mm Hozirning o'zida shahrimizda induaprial texnikum, Toshkent
davlat politexnika institutning filiali ishlab turibdi. S. Anorboev. O'zbekiston oltini.
Texnikum jamoasi yangi o'quv iiliga katta tayyorgarchilik bishn keldi. Gazetadan.
81
TEXNOLOG Texnologiyaning u yoki bu sohasi bo'yicha mutaxassis. Chirchiq shahrida-gi «Elektromash»
zavodining bir guruh tex-nologlari murakkab konveyer ijod qildilar. Gazetadan.
TEXNOLOGIK Texnologiyaga oid; ma-teriallar va mahsulotlarga ishlov berish-ning usul va
yo'llari bilan bog'liq bo'lgan. Texnologik bilim. Texnologik talab. Meva konservalari
tayyorlashning texnologik jarayoni. mm Urug'lik chigitning viltga chidamli yangi navlarini,
shuningdek, yuksak texnologik sifatlarga ega bo'lgan chigitni ekish ancha ko'paytirildi.
Gazetadan.
TEXNOLOGIYA [yun. techne - mahorat, san'at + logos — ta'limot] 1 Ishlab chi-qarishning biror
sohasida xomashyo, mate-rial, yarimfabrikat va sh.k. larga ishlov berish yoki qayta ishlash,
ularning holati, xossalari va shaklini o'zgartirishda qo'l-lanadigan usullar (metodlar)
majmui. Me-tallar texnologiyasi. Kimyoviy texnologiya. Atlas to'qish texnologiyasi. Ilg'or
texno-logiya. mm Ubaydning tashabbusi bilan hosil-ni o'rib-yig'ib olishga ilg'or texnologiya jo-
riy etildi. «O'zbekiston qo'riklari». Tex-nologiya jarayoni elektron hisoblash mashi-nasi
yordamida boshqariladi. Gazetadan.
2 Xomashyo va materiallarga tegishli ish-lab chiqarish qurollari yordamida ishlov berish usul va
yo'llari haqidagi fan. Me-tallar texnologiyasi.
TESHA 1 Tig'i dastasiga nisbatan ko'n-dalang o'rnatilgan chopish, kesish quroli. Dast tesha. Poy
tesha. mm Ha o'tin bo'lma-sa, na o'tinni yorgani teshasi bo'lmasa, nima qilaman? Xamza,
Tuhmatchilar jazosi. Ha-sharchilar ketmon, belkurak, tesha, gaz va boshqa asbob-uskunalarni
maktab omborchisi-ga topshirib, uy-uylariga tarqaldilar. H. G'ulom, Binafsha atri.
2 Tesha (erkaklar ismi).
Oyog'iga (yoki tagiga, ildiziga va sh.k.) tesha urmoq ayn. oyog'iga bolta urmoq q. bolta. Bir
necha qizimizning nomusini barbod et-gan, xonadonlarni buzgan, mustahkam axlo-qimizga tesha
urmoqchi bo'lgan.. iblisni fosh qilib, sizni falokatdan qutqarib qolmoq-chiman. G'. G'ulom,
Xalqhukmiga havola. Tesha tegmagan Ilgari ishlatilmagan, eshitil-magan; butunlay yangi (so'z,
ran, fikr, xa-bar, yangilik va sh.k. haqida). Tesha tegmagan gaplar. Tesha tegmagan yangilik.
mm Yusuf-jon qiziqning Oxunjon qiziq bilan qila-digan tesha tegmagan askiyalari.. va lati-
falari zalda gulduros qarsaklarga va kulgi ko'tarilishiga sababchi bo'ldi. T. Obidov, Yusufjon
qiziq. Tikila turib, xayolida bir tesha tegmagan fikr uyg'ondi. H. Nazir, Mayoq sari.
Xolvachining teshasiday 1) qisqa, kalta. [ Guljon Mirzaraimga: | Avval Rustambekning tilidan
holvachining teshasiday kaltagina xat qildirdim. Hamza, Paranji sirlari; 2) chaqqon, epchil
(kishi xaqida).
TESHIK Teshilgan joy, kovak, o'yiq. Ignaning teshigi. Burunning teshigi. Devor-ning teshigi.
Qopning teshigi. Quloqning teshigi. Teshik xalta. Teshik chelak. mm Meh-monxonaning qator uch
eshigi miltiq sig'ar-lik o'lchakda bir necha joyidan teshildi. Miltiqlar u teshiklarga qo'yilib,
otila boshladi. S. Ayniy, Qullar. Yigitcha ko'cha-ning narigi muyulishidagi eshik va bo'g'ot te-
shiklaridan gurkurab tutun chiqayotgan uyni ko'rsatdi. P. Tursun, Uqituvchi. Yaxshiyam vaq-tida
borib qolgani, yo'qsa.. chodirning teshik joyi bor ekan, kechasi yomg'ir yoqqanda, to'p-na-to'g'ri
chaqaloqning ustiga tomaveribdi. S. Anorboev, Oqsoy.
Kirmagan teshigi qolmadi yoki kirmagan teshigi yo'q Kirmagan, yo'liqmagan joyi qolmadi; hamma
joyga kirib, suqilib yura-di. Teshik munchoq yerda qolmas Uzoq vaqt turmush qilmay, uyda o'tirib
qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo'lishi,
ishlatili-shi mumkinliti xaqida aytiladigan ibora. Bo xudo, teshik munchoq yerda qoptimi? So-
chingning mo'yicha er. Kimlar olmaydi seni?! O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Teshik tomoq
(yoki jig'ildon) \ar qanday ovqat ta-lab kishi; xo'randa. Qaramog'imda o'n ikkita yeyar og'iz,
teshik tomoq bor. mm Biz bunaqangi teshik jig'ildonlarning bahridan o'tmasak bo'lmaydi. A.
Muhiddin, Nuqsonboy. Teshik quloq eshitadi Qulog'i bor, albatta eshita-di, ran albatta yetib
boradi. Uham.. ishlay-di. Birda bo'lmasa birda eshitadi. Teshik qu-loq emasmi? Oydin, Mardlik
— mangulik.
TESHILMOQTeshmoq fl. o'zl. va maj\ n. Devor teshilibdi. Samovar teshilibdi. Qop teshilib
qolibdi. Taxta parma bilan te-shiladi.
6-O'zbek tilining izohli lug'ati
Bag'ri teshilmoq Bag'ri qon bo'lmoq, qat-tiq g'am yoki azob chekmoq. Xumor desa, siyna-bag'rim
teshilar, Utingda tomirlar ipday eshilar. «Ravshan». Ko'zi teshilmoq Kutaverib ko'zi to'rt
bo'lmoq, toqati toq bo'lmoq. Yor-ning yo'liga boqib, Teshildi ko'zim mening. YO. Mirzo. Ko'zing
teshilgur! qarg'. Ko'zing o'yi-lib tushgur!
TESHMOQ Parmalab, o'yib, suqib, kuy-dirib yoki boshqa biror yo'l bilan teshik hosil qilmoq.
Tunukani mix bilan teshmoq. Taxtani cho'g' bilan teshmoq. Yog'ochni parma bilan teshmoq. O'q zirhni
teshib o'tolmabdi. Suv to'g'onni teshib o'tibdi. Tomchi toshni teshar. Maqol. mm Bu miltiqlar
omwmaudu — o'qdoni teshib qo'yilgan. A. Qahhor, Oltin yulduz. Mahallaning ba'zi bir
o'spirinlari pichoq bilan qopni yo yashikni teshar, cho'ntak-lariga ko'rqa-pisa meva solardilar.
Oybek, Tanlangan asarlar.
TIB \a. OJo - tabobat; davolash] q. tib-biyot. Keyinchalik Abu Ali ibn Sino nomi bi-lan
mashhur bo'lgan yosh Husayn har kuni yarim kechagacha o'tirib, yunon va arab hukamolari-ning tib va
falsafaga oid kitoblarini o'qir edi. M. Osim, Kitobga ixlos. Qadimiy sharq tib qo'lyozmalarida
mumiyoning ikki xwi bo'-lishi aytiladi. L. Shokirov, 3. Hakimov, Mumiyoyi asl.
TIBBIYOT [a. oULU - tabobat, davolash; meditsina] Kishilar sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash,
umrni uzaytirish, kasal-liklarning oldini olish, davolash haqi-dagi bilimlar va shu sohadagi
amaliy tad-birlar majmui. Abu Ali ibn Sino bundan ming yil ilgariyoq o'simliklardan dori-
darmonlar olib, tibbiyotda qo'llagan. Gazetadan. Tovush to'lqinlarini tutgich vazifasini o'tovchi
quloq suprasi tabobatda katta ahamiyatga molik ekani Sharq tibbiyotida qadimdan ma'lum. «Fan
va turmush». Milodga qadar bo'lgan tibbiyotda zira keng ko'lamda qo'llan-gan. M. Nabiev, Zira.
Tibbiyot fanlari dok-tori.. Musaboevning yuzlab, minglab bemor-larning jonlariga ora
kirganligi shubxasiz. Gazetadan.
TIBBIY [a. ^jlb — tibbiyotga, dori-dar-monga aloqador] Tibga, tibbiyotga oid, alo-qador.
Tibbiy xodim. Tibbiy yordam. mm Tow-Mam shimining cho'ntagidan tibbiy eksper-tiza spravkasini
chiqarib berdi. H. G'ulom, Mash'al. Tibbiy hamshira bo'lsa kerak, oq xalat, oq qalpoqli juvon
kelib, Murodova-ni shifoxonaga taklif etdi. I. Rahim, Ixlos. Birdan tibbiy punkt yodiga
tushdi-yu, bolaning hayoti faqat o'sha yerdagina saqlanib qoladigandek yugurdi. Shuhrat, Shinelli
yillar.
TIBBIYA \a. — tibbiyot] esk. kam qo'll. q. tibbiyot, tibbiy. O'rta Osiyo dorilfu-nunining tibbiya
fakul`tetining talaba-laridan.. Mirsoatov.. xotin olishga harakat etdi. «Mushtum».
TIVIT Hayvonlarning nozik va ma-yin juni; shu jundan to'qilgan, ishlangan mato; shu matodan
ishlangan, tikilgan nar-sa. Sifatli tivit olish maqsadida har yili qishlovga puxta
tayyorgarlik ko'ramiz. Ga-zetadan. Qurbon ota o'tirdi. Stolga yopilgan movutning tivitini
yulqib, bir oz jim qol-di. A. Kdhhor, Qo'shchinor chiroqlari. Chap qo'ldagi mop ko'chadan boshiga
tivit ro'mol o'ragan yoshgina bir qiz yugurib chiqdi. S. Abduqahxrr, Ushalgan orzu.
TIGEL` \nem. Tiegel < lot. teganum — tomga yopiladigan material; cherepitsa] 1 tex. kim.
Turli materiallar (metall, shisha va b.) ni qizdirish va eritish uchun ishlati-ladigan, grafit,
chinni va olovbardosh materiallardan tayyorlangan maxsus idish. Mamlakatimizda grafitdan,
asosan.. qa-lam ishlab chiqarishda, rangli metallar eri-tiladigan tigellar yasashda, bundan
tashqa-ri, keramika, bo'yoq sanoatida foydalan`ish-di. «Fan va turmush».
2 plgrf. Bosmaxonada bosma dastgoh yoki bosma mashinaning qog'ozni bosma qolipga siqish uchun
ishlatiladigan metall plitasi.
TIJORAT \a. CJJUJI - savdogarlik, ol-di-sotdi ishi] Savdo-sotiq, savdo (savdo-garlik)
ishlari. «Piyon bozor»ning orqasi-dagi machit Toshkentdagi tatar savdogar-lari, Hozon,
Orenburg, Ufadagi savdo fir-malari.. vakillari uchrashadigan joy edi. Bir so'z bilan
aytganda, ular bu yerda ham ibodat, ham tijorat ishlarini bitirib olardilar. M. Osim, Tilsiz
guvoh. Savdo axliuni Sharq-ning hamma mashakatlarini kezgan, savhat va tijoratda sochi
oqargan mashhur savdo-gar deb tanir edi. A. Muxtor, Opa-singil-lar. Tuzilgan maxsus tijorat
bo'limi esa .. savdo vazirligi bilan do'koshar o'rtasidagi vositachi. Gazetadan.
83 <^%^
TIJORATXONA esk. Ulgurji savdo ishlari amalga oshiriladigan bino. Savdo-tijorat va qo'l
hunari sanoati yotib qolganligi sababli, vaqfga oid saroy, do'kon va tijoratxonalar ham
daromad berish qobiliyatini yo'qotgan edi. S. Ayniy, Es-daliklar.
TIJORATCHI Tijorat bilan shug'ulla-nuvchi shaxs. Bizdagi biznesmenlar, tijo-ratchilarning
faoliyati sizlarga yoqadimi? Gazetadan.
TIJORIY \a. ^jV^i - savdoga oid] Tijoratga oid, tegishli, aloqador. Shu bi-lan birga aylanma
mablag'lar hamon tijo-riy rejada ko'zda tutilmagan tadbirlarga sarflanmoqda. Gazetadan.
TIZ I ayn. tizza 1, 2. Olma xola yuzini tirnab, tiziga urdi. G'. G'ulom, Soyalar. Ko'm-ko'k g'o'za
tegardi tizga Va o'pardi yigit barini. YU. Shomansur. Nuri uyida yolg'iz qolarkan, yuragi
qattiqurdi.. tizlarida kuch qolmagan kabi tuyuldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Quloq solib
eshit endi, bobojon, Bir farzandni olmay o'tdim tizima. «Erali va Sherali». Avazxonning
chilton bergan ro'mo-lin, Bul ayyor xolasi urlab oladi, Boshqa ro'-mol tizga yozib soladi.
«Gulshanbog'». Avaz-xonni qo'ndirib o'ng tiziga, Bu nozlikdi endi kulshiin ko'ring.
«Gulixiromon».
Tiz cho'kmoq 1) tizzalarini bukib, oyoq-lari ustiga o'tirmoq; cho'k tushmoq; cho'kka-lamoq. Yormat
kirib, eshikni yopdi. Qizining oldiga tiz cho'kib, yuziga tikildi, peshona-sidan asta siladi..
Oybek, Tanlangan asar-lar; 2) gavdani shunday tutgan holda ilti-jo-iltimos bilan yolvormoq.
Lekin undagi shuhratparastlik, tama oldida nodiuoxjiap-ga tiz cho'kishdan ham, o'zgalar
manfaatini bosib-yanchib o'tishdan ham qaytmasligini ko'pchilik bilardi. Mirmuhsin, Me'mor; 3)
ko'chma kishi izmiga yurmoq, irodasiga bo'y-sunmoq. Ana shu Surxon jilovi ham jaso-ratli
xalqimiz izmida, u qanchalik pishqir-masin, o'kirmasin, bari bir, inson oldida tiz cho'kadi.
«O'zbekiston qo'rikdari».
TIZ II taql. s. Suyuqlik kuch bilan oti-lib chiqayottanda eshitiladigan tovushga taqlidni
bildiradi. Shlang teshigidan tiz ztib eye otildi.
TIZGIN 1 Ot, eshak va b. hayvonlarni bog'lash yoki qantarib qo'yish uchun xizmat qiladigan, uchi
suvliqqa yoki boshvoqqa bi¬riktiriladigan uzun tasma yoki chizimcha. Sherbek egardan sakrab
tushdi. Otning tiz-ginini panjaraga bog'lab, cho'chqaxonaga qarab yurdi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 s. t. Jilov. Ovchshar xiyla ilgarilab ketdi. Juvon tizginni sal bo'shatgan edi.. toy
birdaniga ko'tarilib ketdi. A. Qahhor, Xotinlar. Rais otidan tushib, tizginni bilagiga
soldi-da, ariqdan yuzini yuvdi. H. Nu'mon, Fasllar.
3 ko'chma Boshqarish vositasi, boshqaruv. Yoshlarda hayo yo'q. Yo'q, ayb onasida, tizgish-ni bo'sh
qo'ydi. A. Ubaydullaev, Hayot oqimi. Urta Osiyodagi irrigatsiya inshootlarining tizgini uning
qo'lida. A. Abduqodirov, Bo'z-suvdan Sirdaryogacha. - Tabshtimni lanj qil-gan ba'zi nuqsonlarni
hisoblamasam, men safarimdan xursandman, — suhbat tizginini o'z qo'liga oldi afandi.
«Mushtum».
TIZGINLAMOQ 1 Ot, eshak va b. hay-vonlar boshiga tizgin bog'lamoq, tizgin solmoq; jilovlamoq.
«Kishnoqi»ni faqat Andriyan tizginlay olardi. Gazetadan.
2 ko'chma O'z amriga, irodasiga bo'ysun-dirmoq, itoat qildirmoq; jilovlamoq. -Uch raisdan
birini tanlash mumkin, — dedi Zunnunov, — katta xo'jalik, odashari har xil, ularni tizginlab
oladigan keksaroq, tajribaliroq odam kerak-da! I. Rahim, Ixlos. Qoplonbekning ichiga tushgan
har qa-dah kon`yak so'z bo'lib qaynasa ham, u o'zini tizginlab turardi. Shuhrat, Jannat qi-
dirganlar. Asov daryolar tizginlanib, ular-dan nur va quvvat olinayotir. Gazetadan.
TIZGINLI 1 Boshida tizgini bor, tiz-gin solingan, jilovlangan.
2 ko'chma Kishi amriga, irodasiga bo'ysun-dirilgan; jilovlangan; jilovi, huquqi birovning
qo'lida bo'lgan. Yo'ldoshboy endi, kechadan beri tizginli, taqdiri bundan buyon nima bo'lishini
bilmaydi. H. Nu'mon va A. Shorahmedov, Ota.
TIZGINSIZ 1 Boshida tizgini yo'q, tizginlanmagan.
2 ko'chma Kishi amriga, irodasiga bo'y-sundirilmagan; erkin. Tizginsiz osh kabi chopgan oy daryo,
Yuragingdan porlab chiqar elektr. Tuyg'un. Unga ayon: ko'tarilar eye Singanida qishning qilichi.
Unga ayon: tiz-ginsiz Amu — Xarxashasi, nozi, qilig'i. S. Akbariy.
TIZZA 1 anat. Oyoqning bukiladigan, boldir bilan son qo'shiladigan joyi. Hayot..
kelinchaklarcha, bir oyog'ini shg'ishtirib, ik-kinchi oyog'ini tizzasidan bukib o'tirdi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Mana, mast holda Tojiboy mynna-to'g'ri Gulsumning eshigiga keldi-da, zanjiri
ilinmagan eshikni tizza bilan bir itarib, to'g'ri ichkariga kirdi. P. Tursun, Uqituvchi.
Tizza cho'kmoq kam qo'll. ayn. tiz cho'kmoq 1 q. tiz I. Tizza cho'kib o'shirmoq. mm Tizza cho'-kib
shashrif eshdilar O'yinga sho'x raqqosa qigyur. E. Rahim.
2 Ishton, shim va sh. k. kiyimlarnint tizni qoplab turadigan, tizzaga to'g'ri kela-digan qismi.
Ishtoni yo'q tizzasi yirtiq-qa kular. Maqol. mm Tizzalari titilibket-gan eski tirinka
shimining pochalaridan suv sirqib oqar.. chit ko'ylagi shalabbo bo'lib, badan-badanlariga yopishib
qolgan edi. N. Fozilov, Diydor. Ha, mulla G'ulom, tizza-laringiz tuproq, namozni yerda
o'qidingizmi? M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
3 Oyoqning tizdan dumbagacha bo'lgan qis-mi (o'tirgan holatda). Yo'lchi o'tirgach, Shokir otaning
yetim nabiralarini tizzasiga olib, o'pib, uzumdan ikki boshini ularning qo'liga tutqazdi..
Oybek, Tanlangan asarlar. Zul-fiqor ustodga yaqin o'tirib, qo'ynidan keng va qalingina
daftarni olib, tizzasiga qo'y-di. Mirmuhsin, Me'mor. Saodatxonning ig-na ushlagan qo'llari
beixtiyor tizzasi usti-ga tushdi. S. Zunnunova, Yangi direktor.
TIZZALAMOQ 1 Cho'kka tushmoq, cho'kka-lamoq. Tizzalab yurmoq. mm Shofyor har biri qo'ydek keladigan
ikkita cho'l qovunini in-qillab ko'tarib keldi-da, tizzalab, duma-latib yubordi. S. Ahmad, Cho'l
burguti. Ota supadagi ko'rpachaga tizzalab o'tirib, sabzi to'g'rardi. A. Eshonov, Ota. -Suv! Suv
olib kel, o'g'lim! — deb qichqirdi erkak, yonida tizzala-nib onasiga mo'ltirab turgan katta
o'g'liga. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
2 Tizza bilan bosib joylashtirmoq. niqtalamoq, bosmoq. Paxtani qanorga tiz-zalab joylamoq.
Ostiga olib tizzalamoq.
TIZILLAMOQ Davomli tarzda «tiz» etgan tovush chiqarmoq (q. tiz II). Trubaning teshigidan suv
tizillab oqmoqda. mm Oddiy qo'l nasosidan tizillab otilayotgan suvni o't yamlab yutib yuboryapti.
A. Muxtor, Chi-nor. -Bo'ldi, dedim, bo'ldi, bo'lmasa, tilingni sug'urib olaman, — navkarning
qamchisi ko'kda tizillab, havoni kesib o'tdi. J. Sharipov, Xorazm.
TIZILMOQ 1 Tizmoq fl. majh. n. Marvarid donalari ipga tizildi. Tokchalar-ga tizilgan olma,
anorlar. mm Endi otish-malar yaqqol eshitilibgina qolmay, yon-verimizga o'q yog'ilar, iz
qoldiruvchi o'qlar marjondek tizilibuchardi. A. Ubaydullaev, Qonli izdan. Sahna oldiga
tizilgan ska-meykalarni turli tashkilot va maktab-lardan kelgan vakillar.. va boshqa
mehmonlar to'ldirgan. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Tizmoq 2 fl. o'zl. n. Soldatshr safga tizildi. Qaldirg'ochlar elektr simiga tizi-lib
o'tirishibdi. mm Mayin esayotgan shamol uning [Saodatning] betidan marvarid donalari singari
tizilib yotgan terlarni yalabketdi. N. Safarov, Saodatning qissa-si. Yo'lda, terakzorda
mashinalar, moto-sikllar, orwmp, velosipedlar tizshibdi. H. G'ulom Senga intilaman.
3 ko'chma Birin-ketin gavdalanmoq, ko'-rinmoq, qatorlashib o'tmoq. Kambag'al eri bilan ko'rgan
kunlar, besh bola bilan beva qolib tortgan azob-uqubatlari ko'z o'ngidan bir-bir tizilib
o'tdi. H. Nu'mon va A. Shoraxmedov, Ota.
Ko'zda(n) yoshi tizildi Ko'zdan to'xtovsiz yosh oqa boshladi, ko'zdan duv-duv yosh oqdi. Yolg'izligim
sezildi, Ko'zda yoshim tizildi, Yurak-bag'rim ezildi, Kelmaysanmi, Xadicham. «Kushiqlar».
4 shv. Tomoq yoki ichakdan tiqilib o't-moq, to'xtab qolganday tuyulmoq. Xaligi ovqat ko'kragimda
tizilib turibdi. mm Sensiz o'tmas, hatto suv ham tizilar! Ku-lib goho, nazar solmasang
bo'lmas! S. Abdul-la, Tohir va Zuxra.
TIZIM 1 Ip, sim va sh.k. ga terilgan narsa; shoda. Bir tizim marvarid. Bir ti-zim marjon.
Bir tizim pomidor qoqi. Bir tizim qalampir. mm Biz ishni cho'zmaslik uchun har quvurni alohida
emas, ikki-uchtasshsh bir tizim qshib burabolar edik. P. Qodirov. Erk.
2 Bir soha, muassasa va sh.k. ga oid yo'nalish, ish-faoliyat kabilar majmui. Bank tizimi. Xalq
ta`limi tizimi. Xavf-sizlik tizimi. mm Mehnat vazirligi tizi-mida ishlayotganingizga ham
ancha bo'libdi. Tizim va uning joylardagi bo'limlarida xo-tin-qizlarning faoliyati qanday? -
Tizimi¬
85
mizda ishlayotgan xotin-qizlarning olib borayotgan ishlari yaxshi. «Mehnat». Mamla-katimizning
tashqi iqtisodiy munosabat-larida muhim o'rin egallagan tashqi savdo tizimidagi tub
o'zgarishlar sust amalga oshirilmoqda. «Fan va turmush».
3 O'zaro bog'liq va uzviy tartibda bo'lgan narsa, hodisalar birligi, majmui. Barcha bo'g'indagi
davlat idoralari faoliyatining huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladigan qonun-lar tizimini
barpo etish lozim. Gazetadan.
4 O'zaro bog'liq qismlardan tashkil top-gan tuzilma, ijtimoiy, siyosiy va b. ji-hatdan tuzilish
shakli. Ular, bizga ma'lum sabablarga ko'ra, «Markaz» deb ataluvchi es-ki tizimdan nihoyatda
bezillab qolishgan. Gazetadan. Jumhuriyatlarda bugun mutlaqo bir-biriga o'xshamaydigan turli
xil ijti-moiy-siyosiy tizimlar vujudga kelmoqda. Gazetadan.
5 Biror ish-faoliyatni tashkil etish, amalga oshirishning shakl va tartib-qoi-dalari majmui.
Baholashning reyting ti-zimiga o'tildi. «Ma'rifat». ..mehnat unum-dorligini ta'minlovchi
omillarning mun-tazam tizimini yaratish tarafdorimiz. Gazetadan.
TIZIMGUL Oq, ba'zan qizil yoki och binafsha gulli ko'p yillik dorivor o'sim-lik.
TIZIMCHA kam qo'll. ayn. chizimcha. Op-
poqqina yuzi tuxumday yiltiragan.. ko'ylagi ustidan ipak tizimcha bilan belini bog'la-gan kishi
gapni kesdi. Oybek, O.v. shabadalar.
TIZMA 1 Birin-ketin yoki yonma-yon joylashgan; qator. Ochil Zarafshon tizma tog'i etagida,
chorvador va bog'dor qishloqda o'sgan. P. Qodirov, Uch ildiz. Uylar ikki qavatli bo'lib,
trassadan ancha yuqori, tiz-ma qum adirlar ustida saf tortganlar. J. Abdullaxonov, To'fon.
2 Xarakteri, tabiati, munosabati va sh.k. ga ko'ra bir-biriga bog'liq bo'lgan, ketma-ket yoki
yonma-yon sodir bo'ladigan voqea va hodisalar tizilmasi majmui; tizim. Asar-da ishtirok etuvchi
qahramonlarning xa-rakterini, ularning o'zaro munosabatlarini ochib beradigan, bir-biriga
bog'langan voqea-lar tizmasi asarning syujeti deyiladi. «Adabiyot xrestomatiyasi». Biz Jizzax
nasos stantsiyalari tizmasi qurilayotgan boshqa uchastkalarga yo'l oldik. «O'zbekiston qo'-
rikdari».
TIZMOQ 1 Ip, sim va sh. k. narsalarga o'tkazib shodalamoq; termoq. Marvarid dona-larini ipga
tizmoq. Marjon tizmoq. Go'sht burdalarini sixga tizmoq. mm ..katta-kat-ta munchoqdan tizib,
tasbeh qilib beribdi.. «Oltin olma».
2 s. t. Kimsa yoki narsalarni yonma-yon yoki birin-ketin joylamoq, termoq, saf yoki qator
qilmoq; saflamoq, qatorlamoq. Soldatlarni safga tizmoq. Tokchalarga anor, olma, behilar
qashor-qator tizib tashlan-gan. mm Traktor parkidagi barcha agregat va mexanizmlar sifatli
sozlanib, start chi-zig'iga tizib qo'yilgan. Gazetadan.
3 ko'chma Biri ketidan boshqasini, bi-rin-ketin, uzluksiz keltirmoq, qatorlash-tirmoq,
qalashtirib tashlamoq. Ma'ruzachi quruq raqamlarni tizdi. n Qulay payt kelsa, [Elmurod]
ilhomi qaynab, qizning ko'zlariga tikilganicha, gaplarni tizib tashlar.. edi. P. Tursun,
O'qituvchi. Meh-natning ta'rifini yozgan kitoblar, Mard-lar nomin harfma-harf tizgan
kitoblar. M. Shayxzoda.
TIZG'IMOQ Sizib chiqmoq (asosan qon haqida). U. yarador, bemador bolalarga yordam bergani,
ularning qon tizg'ib turgan yara-larini bog'lagani yugurdi. M. Ismoiliy, Bar-hayot qiz.
TIYIN I Bir so'mning yuzdan biriga teng pul hamda shunday qiymatga ega bo'lgan mayda chaqa. Besh
tiyin. Un tiyin. mm Da-romad taqsimotida har bir mehnat kuniga yaqin [taxminan] bir kilodan
bug'doy, bir so'mu qirq yetti tiyindan pul tushdi. A. Qahxrr, Bek.
TIYIN II ayn. olmaxon.
TIYINLI Tiyin qiymatiga ega bo'l-gan. 3 tiyinli chaqa. 20 tiyinli tanga. mm Jo'ra.. hujraning
besh tiyinli chaqaday qulfini ko'rsatdi-da, yo'qoldi. Oybek, Tan-langan asarlar.
TIYINLIK Qiymati tiyin turadigan, tiyinga keladigan. 50 tiyinlik choy.
TIYIQ O'zini tiyib, bosib, tutib ol-gan; quyulgan, bosiq. Tiyiq odam.
Nafsi tiyiq Nafsga berilmagan, naf-si o'lik. Nafsi tiyiq odam. n Boshqa insofliroq, nafsi
tiyiqroq biror shofyor
kelib qolar degan umidda.. kuta boshladi. Gazetadan.
TIYIQSIZ Tiyilmagan; boshqarib bo'lmaydigan, asov. Tiyiqsiz bola. mm Biz tiyiqsiz
o'zboshimchalik bilan ro'baro' kelib turibmiz. Gazetadan. Shunda u jiyaniga tiyiqsiz kuch ato
etgan xudodan xafa bo'lib ketdi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
TIYMOQ 1 Biror ish-harakatdan to'x-tatmoq, undan o'zini yoki kimsani qaytar-moq; bosmoq, erk
bermaslik. Ko'z yoshini tiy-moq. Ko'zing og'risa, qo'lingni tiy; iching og'risa, nafsingni tiy.
Maqol. Ubeixti-yor yenglarini shimararkan, kichkinagina gav-dasida tiyib bo'lmas kuch paydo
bo'lgandek edi. A. Muxtor, Tug'ilish.
2 Kutib, kutkilab, tergab yo'lga solmoq; nojo'ya ish, yo'l va sh.k. dan qaytarmoq: tergamoq. Siz
otamisiz, nimasiz axir, o'g'-lingizni tiyib olish sira esingizga keladi-mi?A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Yaxshi otadan yomon bola tug'ilsa ham bo'lar ekan. Otasi qandayin nozanin juvon to'g'ri
kelsa ham, ko'z qirini tashlamas edi. Bu bebosh bo'lib ket-di, tiyadigan kishisi bo'lmadi. Oydin,
Mard-lik — mangulik.
Og'zini (yoki tilini) tiymoq 1) biror narsa deyishdan, gapdan o'zini tutmoq, ga-pirishdan
to'xtamoq, og'ziga erk bermaslik. Hoy bola, tilingni tiy! mm Komila ham ha-zil bilan javobga
hozirlandi-yu, yana tilini tiydi. Oybek, O.v. shabadalar. Yigitcha.. cholga dashnom berib
borardi, og'zini tiyadi-ganga o'xshamaydi. «Mushtum»; 2) gapirtir-may qo'ymoq, gapirishdan
to'xtatmoq, gapir-maslikka majbur qilmoq. [Elmurod:] Ko'p alam o'tganidan tilim shunaqa yomon
bo'lib qolgan. Xo'jayinlar urib-so'ksalar ham, ti-limni tiya olmadim. P. Tursun, O'qituvchi.
Og'zini tiyib qo'yolmaysizlarmi?! I. Rahim, Ixlos. O'zini tiymoq Biror harakat-holat-dan o'zini
tutmoq, saqlamoq; tiyilmoq. Sho-jalil yana «Odam emasman, yuz nima qiladi menda?» demoqchi
bo'ldi-yu, o'zini tiydi. YU. Shomansur, Qora marvarid. Qarsak chalish-dan o'zini tiyib, odamlarga
boqib jilmayar edi. N. Safarov, Olovli izlar. Qadamini tiymoq Biror joydan qadamini uzmoq,
bo-rish-kelishni to'xtatmoq. [Olaxo'ja] Gapni ginaxonlikdan boshladi: -Juda qadamingni tiyib
qo'yding. Kelib, tog'angdan, holing qalay, deb surishtiray ham demaysan-a. P. Tursun,
O'qituvchi.
TIYNAT \a. 1~ — xulq-atvor, tabiat] Kimsaga xos xarakter, fe'l-atvor.
TIYRA [f. - qorong'i, qora; g'am-g'ussali] esk. kt. Qora; qorong'i. Ko'zlarim yig'ladi zulfingni
ko'rib, Ki yog'in boisidur tiyra bulut. Nodira. To yuzing oyi namoyon bo'ldi husn aflokida, Rashk
o'tidin tiyra bo'ldi ro'zgori oftob. Nodira. Ko'zimni tiyra deb yor, etmas yuziga ko'zgu,
Kipriklarimni tig'deb, sochiga shona qilmas. E. Voxidov.
TIYRAK 1 Bir yerda tinch turmaydigan, g'ayrati ichiga sig'maydigan; serharakat (asosan yoshlarga
nisbatan qo'llanadi). Tiy-rak bir bola armiyadan kecha qayshgan mez-bonning yoniga o'shirib,
medalni havas bilan tomosha qshyu boshladi. N. Safarov, Toshga bitilgan xat.
2 Bardam, tetik, baquvvat. Saksonlardan o'tgan, lekin tiyrak chol.
Tiyrak tortmoq Tetiklanmoq, jonlan-moq, kuch-quvvat olmoq. Baxmaldek yumshoq, chinni ovozidek
jarangdor bu kulgidan alla-nechuk jonlanib, tiyrak tortadi. N. Nor-qobilov, Bekatdagi oq
uycha.
3 Ziyrak, husher. Otasi o'ylanib qoldi: har narsani bilishga qiziquvchan, tiyrak qizimga nima
desam ekan! I. Muqimov, Ipak tolasi. Sochlari duv oqargan, ammo ko'z qa-paiiLiapu tiyrak
doktor opa har kuni Sher-zoddan qandoq ovqatlanganshi.. so'raydi. O'. Hoshimov, Hyp borki, soya
bor.
TIYRAKLASHMOQ Tiyrak holatli bo'lmoq, tiyrak bo'lmoq. Rixsining ko'zlari birdan tiyraklashdi.
Orqasiga bir qarab qo'yib, Adolatning yoniga keldi. S. Zunnunova, Gulxan.
TIYRAN kam qo'll. Chuqur, teran. Ix-chamlik, lo'ndalik, tiyran fikr, mantiqning kuchliligi..
shoir xotirasining eng yaxshi fazilatlaridandir. «O'TA». Uzun bo'yli, bar-vasta oqsoqolning
aqlli ko'zlarida chuqur o'i, tiyran mulohaza. H. G'ulom, Bir kunimiz.
TIYG'ONMOQ shv. Toyg'anmoq, sirg'an-moq, toymoq. Oyog'i tiyg'onib ketdi. Tiyg'o-nib yiqildi. mm
[Mahkam aka] Tollar ekil-gan ariq labidan bora turib tiyg'onib ket-di, gursillab yiqildi.
R. Fayziy, Hazrati inson.
TIYG'ONOQ shv. Sirg'anchiq, toyg'anchiq. Qo'lim terdan tiyg'onoq, O'rog'im o'rar chaq¬qon. Ko'katga
solsam o'roq, G'aramlar yasar chunon. Sayyor.
TIIG'ONCHIQ ayn. tiyg'onoq. Tiyg'onchiq yo'l. mm Munisxon.. tiyg'onchiq yerdan o'tishga yordam qo'lini
cho'zib turgan Saidiyga qo'l ber-moqchi edi. A. Qahxrr, Sarob. Ehtiros tug'yon urganda, aql
chirog'i xiralashadi, Kumush. Bu g'oyat tiyg'onchiq yo'l. O'ylab, qarab qadam bosish kerak. T.
Jalolov, Oltin qafas.
TIK I 1 Yuqoriga tikka yo'nalgan yoki pastga tikka tushgan. Tik jarlik. Tik qir-g'oq. mm Faqat,
sohil tik bo'lgani uchun, aravalarni olib chiqish benihoyat qiyin edi. Oybek, Quyosh qoraymas.
Boboqul otaning nazari tik qoya labida turgan oq uloqqa tushdi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 Yerdagi ma'lum nuqtaga nisbatan ver-tikal holatdagi tepa (yuqori) qism; tepada shunday
xrlatli. Mingboshi shoshib, osmonga qaradi. Quyosh tik.. M. Ismoiliy, Fargona t.o. Ammo oy tik
ko'tarilganlikdan ziyo-ratxona ichi qop-qorong'i edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Quyosh tik
kelganda, Cho'li bobo hammani ovqatga chaqirdi. Mirmuhsin, Me'mor.
3 Oyokdari yoki asosi yerga tiralgan, ver-tikal holatdagi; tikka. Bo'sh qop tik tur-mas. Maqol.
mm Qishloq husniga xusn qo'shgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini mag'-rur ko'rsatib
turardilar. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Bularning orqasida tik turgan odashar bir-birlariga
zanjir bilan bog'lab qo'yilgan kabi zich va tig'iz. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 Bo'yi (nisbatan) baland; bo'ychan. Avval haligi tikroq qora bola, keyin boshqalari g'oyib
bo'ldi. A. Muxtor, Opa-singillar. Men sendayligimda, yo'q, sendan tikroq bo'lsam kerak,
maktabga qatnardim. S. Anorboev, Hamsuhbatlar.
5 U yoq-bu yoqqa burilmagan (og'magan), to'g'ri yo'nalishli; to'g'ri. Qishloq markaziga tik yo'l
tushdi. mm Katta tik ariq. Ikki labi tog'-tog'tuproq. I. Rahim, Chin muhab-bag'. Terak tagidan
sholipoya bo'ylab yo'l bor. Chirchiqqa tik chiqadi. H. G'ulom, Mash'al. Oynisa kurt-kurt beda
chaynayotgan otni.. bir lahza kuzatib turdi-da, tavakkal qilib, oxurga tik bordi. H. G'ulom,
Toshkentliklar.
6 Gorizontal yuzaga, chiziqqa perpen-dikulyar holatli, yuqoriga tikka ko'taril-gan yoki pastga
tikka tushgan; vertikal.
Tik chiziq 1) vertikal chiziq; 2) per-pendikulyar chiziq.
7 ko'chma (ayrim so'zlar bilan qo'llan-ganda) Tap tortmasdan, qo'rqmasdan, dadil, to'ppa-to'g'ri,
ro'yirost. Betiga tik aytmoq. mm Bir xil itlar borki, bo'ri bilan tik olishadi. Oybek,
Bolalik. Uning [Adolatning] bir vaqtlar hayodan kshiiga dadil boqolma-gan chiroyli ko'zlariga
g'azab va alam to'lgan. Endi u hamma narsaga tik, dadil boqadi. S. Zunnunova, Gulxan.
Masturaning o'limning yuziga bunchalik tik qaragani.. uchun ope-ratsiyaning natijasini kutmadi.
A. Qahhor, Ming bir jon.
Tepa sochi tik bo'lmoq ayn. tepa sochi tikka bo'lmoq q. tikka.. Desam unga bo'ling og'ir, Tepa
sochi bo'ldi tik. «Mushtum». Tik qilmoq q. tiklamoq2. G'ayrat qilib ko'pchshshk, Garajni qildilar
tik. Q. Muhammadiy.
TIK II [goll. tijk, ingl. tick] Kanop yoki paxta tolasidan to'qilgan qalin, pishiq gazmol,
mato (ko'pincha matrats, dasturxon va sh.k. uchun ishlatiladi). Oynisa yo'l-yo'l tik ko'rpachada..
o'tirarkan, o'g'li Io'ldoshbekdan kelgan xatni qayta o'qib chiqdi. H. G'ulom, Toshkentliklar.
Tikdan bir xilda shikilgan kiyim kiygan, madori ketgan yaradorlar hov-liga chiqishdi.. R.
Fayziy, Hazrati inson.
TIK III [fr. tic — uchish, pirpirash] tib. Nerv sistemasining kasallanishi oqiba-tida ayrim
yoki bir guruh muskullarning (odatda yuz, bo'yin, qo'l va b. muskullarning) ixtiyorsiz
qisqarishi.
TIKAN 1 O'simliklarning, shuningdek, ba'zi hayvonlarning ingichka uchli, nina-simon a'zosi.
Qizil gul tikani. Yantoq ti-kani. Tipratikan tikani. Tikan bo'lib oyoq-qa qadalguncha, gul
bo'lib ko'krakka sanchil. Maqol. mm Vohid jon-jahdi bilan siqim-lagan na'matak tikanlari
kaftiga emas, yuragiga sanchshdi go'yo! «Saodat».
2 Shunday narsali (tikanli) o't-o'sim-liklar. Ekuvsiz qolgan yerlarda tikanlar o'sib yotibdi.
3 Narsalarning o'tkir tikansimon qis-mi. To'siq simning shikani.
Ko'zga tikan Kishilarga yomon ko'ringan kimsa yoki narsa haqida. Xalqimizda ajoyib bir maqol
bor: «Tekin yegan — ko'zga tikan». M. Ismoiliy, Bizning roman. Tikan bo'l-moq O'rtada to'siq,
g'ov bo'lmoq. Uning [Zay-nabning] bu holi ersa mening uchun yaxshi emas, u yana ko'p vaqt bizning
oramizda tikan bo'lmoqchi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tikan ustida o'tirmoq ayn. igna ustida
o'tirmoq q. igna. -Siporish qilsam-u, tikan ustida tipirchilab o'tirsam, bari bir, gap qovush-
maydi. Undan ko'ra dangal gap yaxshi: men dala-ga chiqmoqchiman, — dedi Parpiev. Y. Sham-sharov,
Yengish. Tikanga ag'anamoq (yoki duma-lamoq) Tinchligini yo'qotmoq, notinch bo'l-moq, ruhiy azob
tortmoq, qiynalmoq. Ota-bek qizga uylanib qo'ygach, bizning Homid tikanga ag'anab, oradan
Otabek bilan Mir-zakarim akani ko'tarish fikriga tushgan. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Odiljon
shu kecha tikan ustida dumalab chiqdi. I. Rahim, Qo'sh-nilar. Qora tikan Kishilarga yomon ko'rin-
gan salbiy shaxs xaqida. -Yo'q, faqat siz yaxshisiz, — dedi Zulayho istehzo qilib. - Bosh-
qalarning hammasi qora tikan, hammasi siz-ni ko'rolmaydi! P. Qodirov, Qadrim. Qora tikan
tuz ayn. tikanak tuz q. tikanak.
TIKANAK 1 Tikanli o'simliklarning umumiy nomi. Onaxon.. tikanak bosibketgan go'riston
ustidan to'g'ri temir yo'l usta-xonasi tomonga yo'l oldi. A. Muxtor, Opa-singillar. Cho'qqining
o'rta yerida, «Toshbu-loq» yaqinida tikanak va archa cho'kirtak-laridan gulxan yoqilgach,
bolalarning quvonchi yana qanotlandi. H. Nazir, So'nmas chaq-moklar.
2 ayn. tikan. -Oyoqlarimni ari tshabket-di! — deb tipirchilab o'tirib oldi. Bolalar egilishib
qarashsa, ari degan narsa ko'rin-masdi. Faqat paypog'ining hamma yog'iga ti-kanaklar yopishib
olgandi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar. [Abdusamad] O'gay otaning ko'ziga tikanak bo'lmaslik
uchun bir burchakka ti-qilib uxlab qolar edi. Oybek, Navoiy.
Tikanak tuz Novvotsimon kristallan-gan yirik tuz. Bs`yu-qazoni hozir daf qi-lamiz. Bitta
tovoqqa kul solib, tikanak tuz bilan bir kaft isiriqning donidan olib keling. R. Fayziy,
Hazrati inson. Chaqir tikanak Poyasi yotib o'sadigan yovvoyi o't va uning yulduzcha shaklidagi
tikani (tikan-laridan biri yuqoriga qarab o'sgan bo'ladi). Oyoqlarimga chaqir tikanaklar kirib,
hamma narsa yo'limni to'sardi. E. Raimov, Ajab qishloq.
TIKANAKLI Tikanagi, tikani bo'lgan; tikanli. Tikanakli sim.
TIKANZOR Tikanli o'simliklar o'sib yotadigan, tikanli o'simliklar bilan qop-langan yer, maydon.
Tikanzor cho'l. mm Suv-sizlikdan qaqshab. xuddi skeletlarga o'xshab qolgan yantoq va tikanzorlar
maidoni. Tuy-g'un, So'nggi sayohat.
TIKANLI 1 Tikani bor, tikanlar bi-lan qoplangan. Tikanli daraxt. Tikanli o'simlik. mm
Tuyalar oldiga yantoq tashlan-gan va ular ignaday tikanli bu xashakni, qa-ri odamlar pashmak
holva yeganday, osonlik bilan yutmoqda. S. Ayniy. Qullar. Tikashi simlar bilan o'ralgan bu
yam-yashil o'rmon eta-gi, bu oppoq palatalarda kechayu kunduz azob, o'lim. A. Muxtor, Chinor.
2 ko'chma Kishiga qatgiq botadigan, ozor beradigan; achchiq, yoqimsiz (gap-so'z, muo-mala
haqida). Xusayn Boyqaro otda turib, asiriga bir necha achchiq, tikansh so'zlar ot-di-da, qo'li
bilan navkarlarga «olib jo'nang-lar», degan ishorat qildi. Oybek, Navoiy. Rashidning gapi,
garchand xolis va muhokama-li bo'lsa ham, nima uchundir Elmurodga ti-kanli tuyuldi. Shuhrat,
Shinelli yillar.
TIKER \ingl. ticker] Qimmatbahr qog'oz-larning oxirgi, qat'iy belgilangan baho-si (kursi)
ni ko'rsatib, ma'lum qilib tu-ruvchi birja apparati.
TIKILLAMOQ Bir maromda uzuq (past) «tik, tik» etgan ovoz bermoq (chi-qarmoq). Devor soat
go'yo Akramning qolgan umri hisobiii qilayotganday.. to'xtovsiz, erinmay tikillar edi. I.
Rahim, Tinimsiz shahar.
TIKILMOQ I Tikmoq fl. majh. n. Bir kunda yuzta ko'shak tikildi. Utloqqa o'tov-lar tikildi.
Maydonga baland dor tikildi. Ezgu ish uchun bosh ham, jon ham tikildi. mm U [Fotima]
yenglariga chiroyli qizil kash-talar tikilgan ukraincha oq shoyi kofta, qora yubka kiygan edi.
P. Tursun, O'qituvchi. Kechqurun biyobonda Tikildi yuz palashka.. Kuy yangradi garmonda, Fayz
bag'ishlab hayotga\ YO. Mirzo.
TIKILMOQ 11 1 Ko'z uzmasdan qaramoq, uzoq qaramoq; diqqat-e'tibor bilan, razm solib boqmoq.
Kirib ketdi sinfga erkam, Turib qoldim shikilib ko'p vaqt.. YO. Mirzo. Hirotdan kelgan go'zal
qizga hamma mahliyo bo'lib tikilardi. Mirmuhsin, Me'mor. Abdug'afur ota hamsuhbatini birinchi
marta
89 YA^k
ko'rayotgandek, unga qattiq tikildi. «Sharq yulduzi».
2 ko'chma Kdsd qilmoq, qasdiga tushmoq. [Sherali] Tikilgan dushmandan oladi o'chni. «Erali va
Sherali». Sening boshingga shi-kilgan bu balolarni o'zining shirin jonidan kechib daf qilgan
Otabek seni sira ham unutmas. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Og'ziga tikilmoq Gap kutmoq (suhbat-doshidan, qarshisidagi kimsadan). Biz bir zumda jimib,
Hasan akaning og'zilariga tikildik. E. Raimov, Ajab qishloq.
TIKISH 1 Tikmoq fl. har. n. [Unsin] Mahsi tikishini, yo'qchilik, muhtojlik ichida yashashini
Gulnordan yashirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kitob o'qishdan zerikkan choqlarimda bichish,
tikish bilan mashg'ul bo'lib, bu hunarni ham yetarli da-rajada o'zlashtirdim. S. Ayniy, Esdalik-
lar.
2 Tikuvchilik, bichish-tikish ishlari, chok; tikuvchilik san'ati. Zumradning tiki-shi go'zal,
ipakni turlashi ham mohirona. Oybek, Ulug' yul.
Tikish xaltasi Tikuvchi yoki kashta-chining o'z ishi uchun kerakli buyumlar (ip, ipak, latta,
angishvona, igna va sh.k.) so-lib qo'yadigan xaltasi; ishpech. Gulnor ko'cha eshshidan hovlisiga
kirarkan.. ayvonga pa-ranjisini otdi, tikish xaltasini tanchaga tashlab, ustunga suyanibroq,
bir muddat parishon turib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Kashtachilik va umuman do'zandalik yo'li bilan tayyorlanadigan narsa (mahsi, do'ppi va sh.k.).
Endi sotishga hech narsam qolmagan edi. Yana tikish tikdim. Bu o'rta-da dadam qazo qildi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Tirikchilik shoshi benihoyat og'ir bo'lar ekan. Bizlarni
zoriqtirmaslik uchun ayam tikish tika boshladi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
4 Xom teridan tilishlab, tilim-tilim qilib yasalgan mayin qayish ip. -Mana bularni yamab qo'y,
— deb jahl bilan oldimga uzilgan-yamalgan bir to'da qayish, jazliq, yugan — ot abzallarini,
bir bigiz va bir nechta tikish bilan uloqtirdi. F. G'ulom, Tirilgan murda.
TIKKA 1 Yuqoriga yoki pastga tik yo'-nalgan; tik, vertikal. Tikka qoya. Tikka o's-gan daraxt.
Tutun tikka ko'tarilmoqda.
Nayza yerga tikka sanchildi. shsh Ariq qa-zuvchilar ertasiga kelib qarasalar, tikka jar
o'pirilib tushib, ariqlari ko'milib, tep-tekis bo'lib qolibdi. S. Anorboev, Oqsoy. Qaynab
chiqar neft` buloqlari, Fontan bo'-lib otilar tikka. YO. Mirzo. Qo'rboshi kulib yubordi. Uning
amri bilan polvon yana ilgari-gi joyiga kelib, chatanog'ini kerib, tikka turdi. A. Kahhor,
Ko'r ko'zning ochilishi.
2 Yerdagi ma'lum nuqtaga nisbatan ver-tikal yo'nalishdagi tepa joy. Kulrang os-monning olis-
olis burchlarida yulduzlar mil-tillaydi. Hov ana, tikkada yorqin bir yul-duz — tong yulduzi
porlamoqda. H. G'ulom, Sen-ga intilaman. U \Rahim Saidov] pastga tushdi. Kun tikkaga kelgan,
ko'cha yonardi. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri.
Tepa sochi tikka bo'lmoq q. tepa. Turob-jonning tepa sochi tikka bo'ldi: -Hay, se-ning dimog'-
firog'ing kimga, xo'sh, nima dey-san?A. Qahhor, Anor.
3 To'ppa-to'g'ri yo'nalgan; u yoq-bu yoqqa burilmaydigan, og'maydigan; adil, to'g'ri. Uzun g'ishtin
yo'lka darvozaxonadan boshla-nib, chorbog'ni g'pikka kesib o'tadi. H. G'ulom, Binafsha atri.
Maston ilang-bilang yo'lni qoldirib, mo'ljallangan tepalikka qarab tikka yo'l soldi. A.
Qahhor, Maston.
4 ko'chma Tap tortmasdan, qo'rqmasdan; dadil, tik. Betiga tikka aytmoq. Tikka olishmoq. mm
Yovga qarshi tikka bosib bor-ganman. T. To'la. Nega sen menga tikka ga-piradigan bo'lib
qolding? Mirmuhsin, Umid. Bu gapni g'ar ham ko'tara olmas, tikka yuli-shar edi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chirokdari.
TIKKAYMOQ Tik holatli bo'lmoq, tikka bo'lmoq. Tepa sochi tikkaydi. Quloq-lari tikkaydi. sht
Ilon izi kabi buralib oqayotgan Sirdaryoning o'ng qirg'og'idagi keng qirda tikkaygan daraxt
ko'rinmaydi. Oydin, Farxrdlar. Mehrioy dugonasining yelkasiga suyanib turganidan, sochidagi
lentasining uchi tikkayib qolgan edi. H. Nu'mon, Fasllar.
Sochi tikkaymoq aim. tepa sochi tikka bo'lmoq q. tepa. Komila rais haqida bir nima deb achitib
oldi shekilli, Shamsievning sochi tikkayib, zarda bilan trubkani qo'yib qo'y-di. «Mushtum».
TIKKALAMOQ U yoq-bu yoqqa buril-masdan, tikka, to'ppa-to'g'ri yo'nalmoq. Sho-lipoyadan tikkalab
bormoq. Tikks`tb ko'ta-rilmoq.
90
TIKKAMA-TIKKA ayn. tikka 4. [Max-sum] Chol bilan tikkama-tikka olishishdan ko'ra, yalinishni
afzal ko'rdi. A. Muqimov, Hasharot.
TIKKASIGA rvsh. 1 U yoq-bu yoqqa bu-rilmasdan, tikkalab, tikka; to'ppa-to'g'ri. Cho'qqiga
tikkasiga chiqmoq. Dala o'rtasidan tikkasiga yo'l solmoq.
2 ayn. tikka 3, 4. Zaynab yana ko'zida yoshi, Va tutashib ichi va tashi, G'azab bilan o'rnidan
turdi, Tikkasiga ichkari yurdi. H. Olimjon.
TIKLAB rvsh. Tikkasiga, tikkalab, tik-ka. Dushmanga qarshi baland qir ustiga tik-lab
ko'tarilgan tanketka birinchi daf'a hu-jumga boshladi. H. Sayidahmad, Mastura.
TIKLAMOQ 1 Tik, vertikal holatga keltirmoq, tikka qilmoq, tikka qilib qo'y-moq. Yiqilgan
g'o'za tuplarini tiklamoq. mm Jo'raposhsho pastga tushib, shotini tiklab qo'ydi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t.o. Sulton bo'zchi kamon singari egilgan qaddini.. tik-lab, bazo'r o'rnidan turdi. N.
Safarov, Sul-ton bo'zchining nevaralari.
2 Qurmoq, bino qilmoq, bunyod etmoq. O'tgan yilning bahorida mana shu joyni tiklab oldim. M.
Abdulla, Kutilmagan meh-mon. Qurilish maydonida ish jadal.. Birov palatka tiklayapti, ikkinchi
bir kishi chiz-malarga belgilar qo'yyapti. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Birgalashib cho'lda
birinchi oq uy-ni tiklaganmiz. «Uzbekiston qo'riqlari».
3 Yo'q bo'lgan, ishdan chiqqan, xarob bo'l-gan va sh.k. narsalarni bor qilmoq, asl holiga
keltirmoq. Arxitektura yodgorlik-larini tiklamoq. Xo'jalikni tiklamoq. mm Vodokachkani
tiklagani g'isht, qum tashish kerak bo'lganida, otining tuyog'iga mix qoqib, oqsatib qo'ygan kim
edi? A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroklari. Xo'jalik rahbarlarining ishiga — mehnat ahlining
salomatligini tiklash haqida qilayotgan g'amxo'rliklariga qarab baho berilmoqda. «O'zbekiston
qo'riq-lari». Sex qoloqlikdan chiqib, avvalgi shuh-ratini yana tikladi. Gazetadan. Bois Erga-
shev.. radiostantsiyani qayiqqa ortib, uzilib qolgan s`yuqani tikladi. N. Safarov, Olov-li
izlar.
4 Unutilgan, esdan chiqib ketgan nar-salarni yuzaga keltirmoq; bekor qilingan, rad etilgan
narsalarni qayta joriy qil-moq, qaytarib bermoq. Ayuqa-munosabap`shr¬ni tiklamoq. Huquqini
tiklamoq. Unvonini tiklamoq. —sh Umid eslab-eslab, keyinchalik ona allasining deyarli
hammasshi tiklab ol-di. Mirmuhsin, Umid.
5 Qayta o'z o'rniga, ishiga qo'ymoq. Di-rektor nohaq ishdan bo'shatilganlarni yana tikladi.
6 shv. Boshini ko'targan holda tik qara-moq. Tersak damini ichiga olib, shishini ti-shiga qo'yib,
kiprigini qoqmay tiklab qol-di. «Ravshan». Xech nimaman ishi bo'lmay, Dam-ma angrayib tiklab
qolgan. «Murodxon».
TIKLANMOQ 1 Tiklamoq fl. o'zl. va majh. n. Narvon tiklandi. Moqa tiklandi. Uning huquqi
tiklandi. U o'z vazifasiea tiklanadi. mm Uning [imoratning] o'piri-lib tushgan joylari siniq
pishiq g'isht, guvalak bilan tiklangan. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chirokdari. U [Faztddin] birinchi
bor uchrashgani beixtiyor Sherbekning xotirasi-da tiklandi. S. Anorboev. Oqsoy. To'satdan.. dam
g'ujanak bo'lib, dam tiklanib, damini chiqarmay azob tortayotgan novcha qotma bir kishi \
Mehrining\ ko'zo'ngiga keldi. S. Anor-boev, Mehr.
2 Urishish, janjallashish uchun rost-lanmoq, qo'zg'almoq. Otasiga qarish tiklan-moq. tsh Tinchlik
soldati bo'lib Otlanib tiklanasan. Q. Muhammadiy.
TIKLASHMOQ 1 Tiklamoq fl. birg. n. Kolxozchilar yotib qolgan g'o'za tuplarini tiklashmoqda.
Buzilgan uyni tiklashmoq.
2 s. t. Ro'baro' kelib urishmoq, janjal-lashmoq. Ular bir-birlari bilan tiklashib qoldilar. tsh
Nima gap o'zi, qorishmaga nima bo'libdi? — dedi Hikmat ham Usmonovga tik-lashib. YU. Shomansur,
Qora marvarid.
TIKMA I Ip bilan tikilgan. Tikma etik.
TIKMA II q. x. Urug'likni sepib emas, balki uyalarga ko'mib ekiladigan va shu yo'l bilan
ekilgan. Tikma ekin.
TIKMOQ 1 Igna-ip bilan choklab ula-moq, biriktirmoq; shu yo'l bilan biror narsa tayyorlamoq.
Yarani tikmoq. Qopning og'zini tikmoq: Qalpoq tikmoq. Etik tik-moq. mm Dahlizda Hasanali
uzilgan ot as-boblarini ulab tikar edi. A. Qodiriy, O't-gan kunlar. Dilbar ham sizga atab
bir chi-royli ro'molcha tikdi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Fotima opa har xil qiyqindi-
91 j?k^
lardan olib, qo'g'irchoqqa ko'ylakcha tikib berdi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
2 O'rnatmoq, qadamoq; qurmoq. Bayroq tikmoq. sht Ularda imorat-bino yo'q edi, hammasi o'tov
tikib o'tirishar edi. «Bo'-tako'z». ..maysalar ustiga chodir tika bosh-lashdi. Mirmuhsin, Me'mor.
3 Ekmoq, qadamoq. Yerga urug' tikmoq. Chigirtkalar jin yer, ekmay-tikmay, tekin yer. Maqol. mm
Kun isishi bilan.. ariqlar qurigan. Mo'l hosil undirmoq niyatida ekin tikkan dehqon bor
suvni, oltin tortganday, misqollab sarflaydi. J. Abdullaxonov, To'fon.
4 Bolalar o'yinida: ganakni ma'lum tar-tibda terib qo'ymoq, joylamoq. Ikkitadan yong'oq
tikmoq.
5 Qimorda: o'yinga pul yoki boshqa narsa qo'ymoq. Otasi o'lib, katta merosga ega bo'l-gan
boyvachchalarning ko'pi.. pul tikib, xo'roz urishtirib rohatlanar edi. M. Muhammad-jonov,
Turmush urinishla/em. Boy beradi-yu, o'zi yutmaguncha o'yinni to'xtatmaydi, hech narsasi
qolmaganda, butun a'zolarini bit-ta-bitta tikaveradi, qo'li, burni.. boring-ki, zanjirlab
tashlang, bari bir o'ynaydi. A. Muxtor, Opa-singillar.
6 Turli o'yin va musobaqalarda: g'olib-lar uchun, yutuq sifatida biror narsa ata-moq, o'rtaga
qo'ymoq. Men hammalaringning guvohliklaringda musobaqaga bir qo'y ti-kaman. N. Safarov, Don.
7 ko'chma Ba'zi so'zlar bilan birikib, shu so'z ifodalagan narsani (biror shaxs yoki narsa uchun)
baxshida etish ma'nosini bil-diradi. Hamrohlarim o'z jonini tikib bo'l-sa-da, g'alabani ta'min
etdilar. N. Safa-rov, Olovli izlar. Men butun dunyomni Rah-monqulga tikkanman.. H. G'ulom,
Mash'al. Shunday yaxshi kunlar kelishi uchun kurashgan, cho'lni bo'ston qilishga hayotini tikkan
odam-larni e`zozlaymiz. «O'zbekiston qo'rikdari».
TIKRAYMOQ shv. Tikka turmoq, tik-kaymoq. Kampir beli bukrayib, qulog'i tik-rayib borayotibdi.
«Alpomish».
TIKUV 1 Tikmoq fl. har. n. Ish tikuv. Do'ppi tikuv.
2 Tikuvchilik ishi, kasbi, xunari. Ti-kuv mashinasi. mm Temirjon bog'chaga bora-digan bo'lgandan
keyingina tikuv fabrikasi-ga qatnay boshladi ona. J. Abdullaxonov, Oriyat.
TIKUVCHI 1 Tikmoq fl. sfdsh. Do'ppi tikuvchi. Kiyim tikuvchi. So'zana tikuvchi. Etik tikuvchi.
2 Tikish kasbi egasi; mashinachi. Otam — artist, onam esa tikuvchi. S. Anorboev, O'zbekiston
oltini. Ba'zilar matolarini ishni cho'zgan boshqa tikuvchidan olib, Madi-naga berishardi.
Mirmuhsin, Chodrali ayol.
TIKUVCHILIK Tikuvchi kasbi; tikuv ishlari bilan shug'ullanish. Tikuvchilik ar-teli. Tikuvchilik
fabrikasi. Tikuvchilikni o'rganmoq. Tikuvchilik bilan shug'ullanmoq.
TIL I 1 anat. Og'iz bo'shlig'ida joylash-gan, ta'm-maza bilish, og'izga ovqat olish, yalash va sh.k.
lar uchun xizmat qiladigan muskulli a'zo. Issiqdan itning tili osil-gan. Aytsam, tilim
kuyadi, aytmasam — dilim. Maqol. mm O'lguday taxir ekan, tshshmni yorguday, og'zimni kuydirguday
bo'l-di. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Nihoyat, gapira-gapira qaqragan lablarini tili bi-lan
yalab, Lutfiniso jim bo'ldi. Oybek, Tanlangan asarlar. ..buzoqchalar bo'yinlarini cho'zib, unga
[raisga] tillarini ko'rsatishdi. «Mushtum».
2 ko'chma s. t. Asbob, mexanizm va sh.k. ning osilib, qimirlab turadigan qismi. Soat-ning
tili. Kompasning tili. Ko'ng'iroqning tili.
3 ko'chma poet. Tig'ga o'xshash, uchli narsa. Shamol kuchayib, olovning tili yana ham uzunlashdi. S.
Axmad, Ufq. Tepaga ko'sharilgan quyosh o'tli tili bilan yer bag'ridagi barcha namni so'rib olardi.
SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Quyosh haroratidan bahramand bo'lgan maysa, Qiyoq tillarin cho'zib,
nurga qasida kuylar. G'. G'ulom.
TIL II 1 Kishilar o'rtasida, jamiyatda o'zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning
asosiy o'rganish ob'ekti. Odam tilidan topar, ho'kiz — muguzidan. Maqol. mm Xotinning bu gapi
Bo'taboyning jon-jonidan o'tib ketdi, lekin bundagi kuchli mantiq tilini bog'ladi-yu, hech narsa
deyolmadi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chirokdari. Hafiza hech narsa deyolmasdi. Uning tillari hali
qovushmay g'o'ldirardi. Mirmuhsin, Umid. -Nikoh qilmay, bir yildan ortiq totuv yashadik.
Innaykeyin, — dedi-yu, tili tu-tilib, gapni aylantirib yubordi. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o.
Yusufbek hoji so'zlar ekan, yuragi mash'um bir ehtimolning dahshatidan
92
titrar, tili ham osonlik bilan harakat-lanmas edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 So'zlash, gapirish, fikr ifodalash qobiliyati. Til inson uchun berilgan buyuk ne'matdir. v
Gapirmoqqa tili yo'qdir jonivor, Rustamning boshida aylanib tu-rar. «Rustamxon».
Til uchida (yoki til uchi bilan) so'zlamoq {yoki gapirmoq) Sidqidildan emas, shuncha-ki (yo'liga)
biror so'z (ran) aytmoq. Ko'z uchiman ko'zlama, ko'zingga zo'r kelar, Til uchi-man so'zlama,
o'zingga zarar kelar. Maqol. shsh Uni xush ko'rmasam ham, u, til uchidami, har vaqt manga
«jiyanim», deb shirin gapira-di. Oybek, Tanlangan asarlar. Tilga kirmoq (yoki kelmoq) So'zlay
boshlamoq (gapirmay turgan holatdan keyin yoki kimningdir gap-nutqidan so'ng). Oqsoqol
derazaning zihiga omonatgina o'tirib, hakkam-dukkam soqol o'sgan iyagiga qo'lini tirab,
o'ylanib qoldi. Oxiri tilga kirdi. S. Ahmad, Hukm. Uch-to'rt daqiqalik sukutdan keyin Otabek
tilga keldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tilga ol-moq Gap-suhbat davomida kimsa yoki narsa
haqida gapirmoq, eslab ran aytmoq; umu-man, biror so'zni aytmoq. Keyin u o'ziga o'zi tanbeh
berdi: «Yomonlikni tilga olma, Hop-Mam, bunday bo'lishi mumkin emas». I. Rahim, Chin muxabbat.
Usta «podshoh» so'zini tilga olgani sababli, Ma'sumabeka labini tishla-di. Mirmuhsin, Me'mor.
Tildan ayrilmoq (yoki qolmoq) So'zlash qobiliyatini yo'qot-moq. Pirimboy, urush boshlanganda,
yong'oqning tagida uxlab qolib', tildan ayrildim, deb to urush tugaguncha gung bo'lib yurgan
ekan. O'. Us-monov, Sirli soxil. Hatto tildan qolgan kasalning rozilik tilashib qaragani ham
dunyodan umid uzgani emas. A. Qahhor, Asar-lar. Tili aylanmaslik Tili gapga kelmas-lik,
gapirolmay qolmoq. Munavvar yalt etib qaradi. Ro'zinshg lablari titrab, tili ay-lanmay qoldi.
«Mushtum». Tili bormaslik Biror narsa deyishga botina olmaslik, ko'ngli bo'lmaslik. Ko'p
vaqtdan beri miyamda bor-u, lekin aytishga tilim bormay keladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o.
Ko'ngliga kelgan gapni ochiq aytishga Nizomjonning sira ti-li bormasdi. S. Ahmad, Ufq. Tili
gapga kel-maslik Gap-so'z aytolmay qolmoq. Dovdirab qolganimdan, tilim gapga kelmay, «a-a»,
«a-a» deyman nuqul \dedi Said]. E. Raimov, Ajab qishloq. Tili kelishmaslik (yoki kelmaslik)
Talaffuz qila olmaslik, ayta olmaslik. \Hamroqulni] Chaqirgan kishi tomoshabog'ning qorovuli
Usta kulol edi. Uning asli oti Stokgulov. Hamroqul, aytishga tili kelish-may, Usta kulol
qo'yib olgan. A. Qahxrr. To-moshabog'. Tili kelmaslik Gapira olmaslik, so'zlay olmaslik.
O'tirgan joyida qoziqdek qoqilib qolgan edi, qutidorning oldiga yurishni-da bilmas, so'zlashga
ham tili kel-mas edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tili chiqmoq 1) gapiradigan bo'lmoq,
gapirishga o'rganmoq. O'g'limning tili chiqib qoldi, ba'-zi so'zlarni aytyapti; 2) gapiradigan,
ga-pirishga jur'at etadigan bo'lmoq. -Tiling chiqib qopti! — U Nafisaning yuziga tarsa-ki
tortib yubordi.. Mirmuhsin, Topilgan husn. Tili qisiq Hech narsa deya olmaydigan, qarshi
gapira olmaydigan holatli. Uochko'z-lar bundan keyin ham meni qo'shishmaydi.. Ular oldida har
vaqt tshim qisiq. Oybek, Tan-langan asarlar. Uning tili qisiq bo'lishiga sabab bo'lgan gunohi
shunday sodir bo'lgan edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Tili qi-chimoq yoki tilini qichitmoq
So'zlashga xo-hish qo'zg'almoq (qo'zg'atmoq). Bu yigit juda tegishqoq bo'lib.. bu gapni ham uning
tilini qichitish uchun aytgan bo'lsa kerak.. A. Qah-hor, Qo'shchinor chiroqlari. Jo'ra, otihaqi-da
gap sotishni yaxshi ko'rardi, darrov tili qichidi. Oybek, Tanlangan asarlar. Tilim-ning uchida
turibdi Biror so'z, gapning yodiga tushay deb, aytay-aytay deb turgan holatni qayd etadi.
[Zargarov: (o'ylab)] Tilimning uchida mypunmu-ya! Xayr, mayli, keyin ayta-man.. A. Qahhor,
Og'riq tishlar. \Said:\ Se-ning ikkinchi oting nima edi, hozir tilim-ning uchida turuvdi. E.
Raimov, Ajab qish-loq. Tilini bog'lamoq Gapirmaydigan qilib qo'ymoq, gapdan tiyib qo'ymoq.
Bugungi ziyo-fat o'qituvchilar bilan orani mustahkam-lash, Saodatxonning tilini bog'lash uchun
qilingan. S. Zunnunova, Yangi direktor. ..bu gapni kampirning tilini bog'lash va, naza-rida,
durustgina gap topolmay chuldirab o'tirgan Zunnunxo'jaga luqma solish uchun aytdi. A. Qaxdor,
Qo'shchinor chirokdari. Til-larda doston Biror kimsa yoki narsaning hammaning og'zidan tushmay,
ta'rif-tav-sifda bo'lgan holatini bildiradi. Paxta-si, shirin-shakar mevasi tufayli O'zbekis-
ton nomi tillarda doston. «Saodat». -Ke-linning suluvligi Marg'ilonda ma'lum ekan¬
93
mi ? -Ma'lum ekan, tillarda doston ekan. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Fikr ifodalash jarayoni va bu ja-rayonda yuzaga keluvchi so'z, ibora, ran, nutq. Til bilan dil
bir xil bo'lishi kerak. To'g'ri til toshni yoradi, eg'ri til — boshni. Maqol. mm Besh yashar
Turg'unboy shirin go'dak tili-dan: -Siz zo'rmi, dadam zo'rmi? — dedi-da, uya-lib, boshini
ko'rpasiga yashirdi. Oybek, Tan-langan asarlar. Bandi sho'rlar, quloq solgin tilima. «Erali va
Sherali».
Til biriktirmoq O'zaro kelishib olmoq, biror ish bo'yicha (odatda, kimlardandir yashirin holda)
bir fikr-xulosaga kelib ol-moq. Singlshg qiz dilini bilib chiqsin. Xo'p desa, til biriktirib,
bir kechada ura qocha-sanlar. Oybek, Tanlangan asarlar. Hisobchi Rahim Hayitboev bilan til
biriktirib.. kolxozning o'nlab qo'yini saranjom qilib yubordik. «Mushtum». Til tegizmoq Izzati
nafsga tegadigan, umuman, tegadigan nomaq-bul ran qilmoq. Agarda ustod Qavom haz-ratlari
xonadoniga yana bir nima deb til tegizsangiz, muhtarama ayamlarga aytib be-raman. Mirmuxsin,
Me'mor. Buning oqiba-ti, albatta, yomon. Ulamolarga aslo til tegizmangizlar, Abdishukur!
Oybek, Tan-langan asarlar. Til topishmoq O'zaro bir fikr-mulohazaga kelmoq, shunday holatda
ish tutmoq. Kulollar bilan til topishib, lojuvard koshinlarni o'z vaqtida yetkazib berishajagiga
ishongan Me'mor.. Axmad Cha-labiy bilan ham ochilib, quvnab gaplashardi. Mirmuxsin, Me'mor.
Til tortmaslik Til gapga kelmaslik, \yech narsa deyolmaslik. Til shortmay o'lmoq. mm Georgadze
daydi o'qqa duch kelib yiqildi, yiqildi-yu, til tortmay qoldi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
Tilga tushmoq ayn. og'izga tushmoq q. og'iz. Yirik korxonada chiniqib, ko'zi pishgan qizning no-
mi mwiza tushib qoldi. Gazetadan. Tildan qolmoq So'zlash qobiliyatini yo'qotmoq. Gapiray desa,
tildan qolganga o'xshaydi. S. Ahmad, La'li Badaxshon. Tili uzun Har narsani gapiraveraditan,
tap tortmay, had-di sig'ib aytaveradigan. Bu zamonda.. kim boy bo'lsa, uning og'zi katta,
tili uzun. Oybek, Tanlangan asarlar. Begimxonning tili uzun bo'lib ketdi. Endi u nima desa,
deya oladi. I. Rahim, Chin muhabbat. Tilidan bol tommoq Muomalaning o'ta yoqimli, «shirin»
ekanligini qayd etadi. Nizomiddinning ismini Qavom hazratlari qo'yganlari, Ba-diani kelin
qilaman, deb tillaridan bol tomib gapirganlari hammaga ma'lum-ku! Mirmuhsin, Me'mor.
Tilidan tushirmaslik (yoki qo'ymaslik) Doim eslab tilga olmoq, u x,akda doim gapirib yurmoq,
doim tilida bo'lmoq. Seni, boshqa kursdoshlarini tili-dan qo'ymaydi. mm Buvim oiimlarni yaxshi
ko'rardilar. Hozir ham sira tillaridan qo'ymaydilar. E. Raimov, Ajab qishloq. Tilini
bermaslik O'z gapida turib olmoq, gapini ma'qullayvermoq. Yosh bo'lsa ham, tilini bermaydi. mm
Bilasanmi, to'rtta odamning orasiga kirib, hali tilimni ber-maganman-a! S. Ahmad, Xanka
bilan Tanka. Tilini kesmoq Gapidan to'xtatmoq. To'qli mergan To'g'onbekni maqtashga boshlagan
edi, To'g'onbek unga xo'mrayib, tilini kesdi. Oy-bek, Navoiy. Tilini tiymoq Gap aytish
(gapirish)dan o'zini tutmoq. Darvesh gov yana bu yerda ham tilini tiymay, chatoq qildi. Barcha
beklarni yomonlab, qarg'ab, olovga moy cendu.'U. Qodirov, Yulduzli tunlar. Tilini tishlamoq
Majburiy yoki pushaymon holda gapdan to'xtamoq, gapirmaslik. Zulfiqor bu gapni eshitishi bilan
tilini tishladi, sukut qildi. Mirmu\sin, Me'mor. Bir kun kechdi tilini tishlab, Na
xursandman, na xa-fa undan. R. Parfi, Ko'zlar.
4 Fikr ifodalash, aloqa quroli bo'lib xizmat qiladigan tovush, so'z va grammatik vositalar
tizimi. O'zbek tili. Rus tili. Ingliz tili. Fors tili. Chet tillarni yax-shi bilmoq. mm
[Zayniddin] Hirotning ko'cha yigitlari bilan ularning o'z tshida, ruhida bir nafas
hangamalashar.. Oybek, Navoiy. Odatda ijodkor biron kitob yoki hujjat-ni bir tildan ikkinchi
tilga tarjima qilmoqchi bo'lsa, u avvalo o'sha originalning tom ma'nosini chuqur bilmog'i lozim.
X. Yod-gorov, Hayot to'lqinlari.
Ona tili Inson o'z millatiga mansub kishilar doirasida o'rgangan, shu millatga mansub bo'lgan
til. Ona t`ishm — o'zbek ti-li. mm Me'morning sezishicha, bu go'ldirash ularning o'z ona tilida
edi. Mirmuhsin, Me'mor.
5 Nutqning o'ziga xos ifoda vositalari va b. xususiyatlari fark^anadigan bir turi. Badiiy
asar tili. So'zlashuv tili. sht Deh-qonlarning tili bilan aytganda, yo'g'on cho'-zilib, ingichka
uziladigan payt. N. Fozilov,
Diydor. Bolangizning bir martaba «dada» deganini eshitsangiz, har qanaqa kek esdan chiqadi.
Yosh balaning tili har qanaqa ko'n-gilni eritadi. A. Qahhor, Qo'shchinor chi-roqlari.
6 ko'chma Insondan boshqa narsalarning o'zaro bir-birini tushunishga xizmat qila-digan vositasi,
ifoda vositasi (belgisi). Qush tilini qush biladi. Maqol. Uzoq-yaqinlarda turli-tuman qushlar
o'z tillari-da dilshodlik qiladilar. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
7 harb. Kerakli ma'lumot olish maqsa-dida qo'lga olingan, tutib keltirilgan harbiy asir.
Qo'mondonlik Ostonaqullar keltirgan «til»dan hujum jangining pla-nini tuzish uchun eng
kerakli ma'lumotlar-ni oldi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir.
8 Biror narsa, ish-faoliyatning mo\iya-ti, siri va sh.k. Yerning tilini bilmoq. mm Rustam
dehqonchilikning tilini yaxshigina o'rgangan. Oybek, O. v. shabadalar. Bu yerda, sexlar ichra
stanok tilin, Boshdan oyoq o'rgangan harakat yo'lin. G'ayratiy.
TILAK 1 Biror istak, niyat bilan, ni-manidir tilab aytilgan ran, duo va sh.k. Tila
shilagingni. mm Mening birinchi xolis ti-lagim, albatta, mazlum xalq tilidan bo'la-dir:
bundan so'ng Toshkent hokimligiga har qanday bo'lmag'ur odam qo'yilmasin. A. Qodi-riy, O'tgan
kunlar. Mulla Abdurahim qur'on-dan qisqa bir oyat o'qib, xon hazratlariga eng oliy tilaklar
bildirdi-yu, nihoyat, maq-sadga o'tdi.. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Hordiqlariga bo'lar Shu qiz
ba'zan ovunchoq, «Yomon ko'zdan asrasin» Tilagi bo'lar har choq. G'ayratiy. Xudo o'z panohida
asrasin.. hech bo'lmaganda, shu tilagimga yetkazsin xudo/M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Qo'lda
qadah, tilda esa tilaklar. YO. Mirzo.
2 Biror narsani amalga oshirish, unga erishish uchun bo'lgan ichki intilish, his-siyot; istak,
niyat. Bir haftadan keyin mo-FaM haqida biror ma'lumot olish tilagida Murodjon ishlab turgan
korxonaga qarab jo'nadim. G'ayratiy, Uzokdagi yor. Usta uzun va qalin mo'ylovini qimirlatib,
Oyqizni yupatish tilagida gapirdi. LU. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Rayimjon o'n olti yashar
yigitchalik vaqtidayoq unda traktorni boshqarish tilagi tug'ildi. H. Nu'mon, O'z kasbining
egasi.
TILAQDOSH Kimsaning tilagiga, or-zu-maqsadiga erishuvini istovchi. uning tilagiga sherik
bo'lgan shaxs; xayrixoh. Jalil akaning kelgusida amalga oshirmoqchi bo'lgan rejalari anchagina.
Bu reja.shrning amalga oshuviga tilakdoshmiz. Gazetadan.
TILAMOQ 1 Biror istak, tilak. niyat bildiruvchi so'z, ran aytmoq. Hazratim, men mungliq
qizingiz sizga xudodan Shayx Sa'-diyning umrini tilayman! Ilohim yuzga ki-ring/P. Qodirov.
Yulduzli tunlar. Utili-da «Maylingiz», desa ham, dilida «Xudo oq yo'l bersin», deb tiladi.
M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. O'zbeklarda agar katta xur-sandchilik tilaydigan bo'lsa,
«To'yustiga to'y bo'lsin!» deyishadi. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
2 kam qo'll. ayn. tilanmoq. Biror yegulik tilamoq. mm Qiziq ekansan, oyog'idagini yechib
beradimi, bu yerdagshar hammasi — gadoydan non tilaydigan qashshoqlar.. Oybek, Tanlan-gan
asarlar. Juldur-juldur qo'sqiga o'ranib olgan bukur chol ayanch ovoz bilan yolvorib, bir narsa
tiladi. A. Muxtor, Opa-singillar.
Tilab olgan bolamni echki tepib o'ldirdi Qiyinchilik bilan qo'lga kiritilgan nar-sasidan
ajralganlik haqida aytiladigan maqol.
3 Xoxdamoq, istamoq. Sihat tshshsang, ko'p yema, Izzat tilasang, ko'p dema. Maqol. mm Anvar
aka.. ertaga chahorshanba kechqurun, tilasangiz — ochiqcha, tilamasangiz, yashi-rincha bo'lsa ham,
biznikiga keling.. A. Qo-diriy, Mehrobdan chayon. Qiyatga yordamga? Uyimizga qon tilab
bostirib kelgani uchun-mi?A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi. Uning istiqboliga turishni va
bo'yniga osilib yig'lashni tilasa-da, qarshisidagi «olabo'-jilar» bunga mone edilar. A.
Qodiriy, Ut-gan kunlar.
TILAMCHI s. t. Tilanchi. gadoy. 1949 yilning 8 avgustida «Tilamchilar» sarlavha-si bilan
yozilgan ocherkim emon qshindi. N. Safarov, Olovli izlar.
TILANMOQ Berishni so'rab iltijo qilmoq (yegulik, ichgulik narsalar haqida); tilanchilik qilmoq.
[Haydar] Har kun bozor-larni aylanib, qalandarlar odaticha, g'oyat oddiy tirikchiligi uchun
kerakli narsalarni tilanib topardi. Oybek. Navoiy. Bola, non olib chiqqan kishi borki,
qo'lini cho'zib ti-lanar, bir-ikki qadam ergashib borar.. ber¬masa, hafsalasi pir bo'lib, yana
to'daga o'zini urardi. R. Fayziy, Hazrati inson.
TILANCHI Kishilardan biror narsa (sadaqa) tilab, tirikchilik qiluvchi kishi; gadoy. Ochlar,
yupunlar ko'p. Tilanchilar or-qangizdan ergashgani ergashgan. H. G'ulom, Hamkasblar gurungida.
Zokirboy uning \Ho-diqulning] ro'parasida, sadaqa so'rab kelgan tilanchiday, bir lahza so'zsiz
turdi. S. Ka-romatov, Bir tomchi qon. «Masjidi jome» bo'ylab har qadamda gadoy: qalandarlar,
ti-lanchi bolalar, kampirlar. Oybek, Tanlangan asarlar.
TILANCHILIK Tilanchi ishi, narsa-sadaqa so'rash. ..Lekin tilanchilik, to'g'risi-ni aytsam, yomon
narsa, ishlang.. Oybek, Tanlangan asarlar. Hey.. shunday badnom qi-lib quvamanki, tilanchilik
qilsang, kishi-lar sadaqa tashlamaydi. Shuhrat, Jannat qidirganlar. Yo'l chetlarida o'tirgan
mayib gadoylar, tilanchilik qilib yurgan chol va kampirlar.. ko'z o'ngidan bir-bir o'tdi. P.
Tursun, O'qituvchi.
TILAR-TILAMAS ayn. istar-istamas. Oftob oyim.. tilar-tilamas, «o'zingiz bi-lasiz» javobini
berdi. A. Qodiriy, Utgan kunlar. Dildor, tilar-tilamas, konvertni qo'liga oldi. Xatga
qarab, rangi oqardi. S. Axmad, Ufq.
TILYOG'LAMA 1 Munofiqona xushmuo-malalik, shirinso'zlik bilan kishining ko'nglini olishga
qaratilgan, aldovchi; la-qillatuvchi, (gap-so'z, muomala haqida). Di-rektorning tilyog'lama
gaplari Maqsud aka-ni bo'shashtirdi. Gazetadan. Inspektor oldi-ga kirib borganimda, u meni
munofiqona tilyog'lama so'zlar bilan qabul qildi. M. Mu-hammadjonov, Turmush urinishlari.
2 Shunday muomalani kasb qilib olgan shaxs. -Men tilyog'lama odamni yomon ko'raman! — dedi
Alijon Faridaga. Mirmuhsin, Chiniqish. Kushnilar seni o'lgudek tilyog'lama derdi-ya, darhaqiqat,
shakaring tilingda, zaxaring dilingda ekan!«Tanish basharalar».
TILYOG'LAMALIK Tilyog'lamaga xos muomala, shunday muomalada bo'lish, shunday muomala bilan ish
tutish. Har qanday me'yor unutilib, toshni ham eritib yuboradigan tilyog'lamalik boshlandi. F.
Musajonov, Himmat. Qumrining ta'bi xira bo'ldi: «Katta yig'inda minbardan aytilgan gaplari
ham shunchaki tilyoglamalik ekan-da», — o'yladi u. Mirmuhsin, Qumri va Tamanno.
TILYOG'LAMACHI ayn. tilyog'lama 2.
TILYOG'LAMACHILIK ayn. tilyog'lama-lik. Hasan ovchi ellikboshining tilyog'lama-chiligiga e'tibor
berib o'tirmadi. SH. Tosh-matov, Erk qushi.
TILIK ayn. tilim. Bir tilik qovun. shsh Uloqchi soshga feruza qadalgan chiroyli pi-choq bilan
umburvoqidan bir tilik kesib, O'sarjonga uzatdi. Oybek, O. v. shabadalar. Bekat binosi
ustida gumbaz. Bu gumbazga san-chilgan uzun kaltak uchida handalakning bir tiligiday
oyramzi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
TILIKLAMOQ ayn. tilimlamoq. [Qo-vunni] Shartta uzib, tolning tagiga bor-dim. Tiliklabeya
boshladim. G'. G'ulom, Tiril-gan murda. Yerga chordana qurib, yonidan pichoq chiqardi-da, qovunni
tilikladi. «Yoshlik».
TILIM Narsalarning (asosan, poliz mahsulotlarining) uzun-uzun qilib tilib, kesib
ajratilgan har bir bo'lagi; tilik. ..yo'lda qattiq toliqqanligi uchun durust ovqat ham yemadi.
Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to'rt piyola choy ichdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
D&shmizda qovun mo'l, tilimi tilni yorar. R. Bobojon.
TILIMLAMOQ Tilim-tilim qilib kesmoq; tiliklamoq. Go'shtni tilimlamots. Tarvuzni tilimlamoq.
sht Ermatov.. handa-laklarni.. tilimlab, odamlarga ulasha ket-di. Oybek, O.v. shabadalar.
Jalolxon yarim-ta qovunni tshimlab tashladi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
TILIM-TILIM Ko'p joyidan tilin-gan, yorilgan yoki bir necha uzun-uzun bo'-laklarga bo'lingan;
tilimlangan. Krvunni tilim-tilim qilib kesmoq. Go'shtni tilim-tilim qilib tuzlamoq. sht
[Xudoyqulning] Oyoqlari sovuqdan tilim-tshshm yorilib ket-gan. P. Tursun, O'qituvchi.
TILISH 1 Tilmoq fl. har. n. Taxta tilish.
2 Tilik, tilim. Bir tilish go'sht.
TILISHLAMOQs. t. Tilimlamoq. Go'sht-ni tilishlamoq. Charmni tilishlamoq.
TILKA Bo'lak-bo'lak, pora-pora. Tilka qilmoq. Tilka bo'lmoq. mm Qiz ham shunday ostonasida
Turdi to'sib yopiq eshikka, Quyosh-dan uzilgan sayyora Kabi tanho jigari til-ka. Zulfiya.
96
TILKALAMOQ Parcha-parcha, tilka-pora qilmok,. Qani, kuch bo'lsa-yu, tog'ni til-kalasang..
Mirtemir. Qop-qora osmonni chaq-moq tilkalab o'tdi.. A. Muxtor, Opa-sin-gillar.
TILKALANMOQTilkalamoqfl. majh. n. Yonbag'irlardagi qovjiragan o'tloqlar yomg'irdan qorayib,
jilg'a izlari bilan til-kalanibketgan. A. Muxtor, Chinor.
TILKA-PORA Parcha-parcha, mayda-mayda qilingan; tilka-tilka. Kiyimlari tilka-pora.
Tilka-pora bo'lmoq Parcha-parcha, mayda-mayda bo'lmoq, tilkalanmoq. -Endiuyga qan-day kiraman?
— dedi Mansur tilka-pora bo'lgan kiyim-boshiga qarab. YO. Shukurov, Uch savol. Jahannamga
aylangan jang tingandan so'ng tshsha-pora bo'lgan yer ham.. go'yo horg'in nafas olardi. Oybek,
Quyosh qoraymas. Til-ka-pora qilmoq 1) parcha-parcha, mayda-may-da qilmoq, tilka-tilkasini
chiqarmoq. Shu yerning o'zida podshoh kishilari uni tutib olib, tilka-pora qilib tashlagan edi.
Mir-muhsin, Me'mor. Yigit-qizlar yashnab bo-rayotgan cho'lni, yangi qurilayotgan imorat-larni,
tepalikni tilka-pora qilayotgan ekskavatorni tomosha qshshshardi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
Tilka-porasi chiqmoq ayn. tilka-pora bo'lmoq. Ko'prikning tilka-porasi chiqib ketdi. S. Ahmad,
Oydin kechalar. Ha, yer quchib yotar endi, chiqib tilka-porasi. O. Hakimov.
TILKA-TILKA ayn. tilka-pora. Uning qo'l-oyoqlari kishanlangan, sochlari yulingan, kiyimlari
tilka-tilka qilingan edi. Oy-din, Gulsanam._
TILLA [f. }U= / *i — oltin, zar] 1 ayn. oltin 1. Bir gramm tilla. sht Shu paytdan tillaga
ishqi tushib qolganiga o'laymi u xumparning. F. Musajonov, Himmat.
2 Shu metalldan zarb qilingan pul, undan yasalgan qimmatbaho buyum; boylik. [Kanizakning\
Ko'mib qo'ygan tillasi yo'q-dir, ko'mib qo'ygan tillasi bo'lganda, bo'ydoq yigitga tegar edi. A.
Qaxdor, Qo'shchinor chiroqlari.
3 map. Qiymati o'n so'mga teng bo'lgan tilla tanga. Hoji kulumsirab, qo'lidagi uch-to'rtta oq
tanga bilan bitta tillani Oy-bodoqqa uzatdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
4 ko'chma Eng yaxshi, qimmatli narsa yoki sevimli kishi haqida. Nigora ko'rpada chal¬qancha yotib,
xayolga cho'mdi. «Dadang btan birga ovga ham chiqqanmiz, tilla odam edi», dedi o'sha cho'pon.
Dadasi tilla odam bo'lganmi-yo'qmi — Nigora bilmaydi. S. Anorboev, Oq-soy. -Jo'ravoyni
aytmaysizmi! Men odam-ning bunaqa tillasini ko'rmaganman, — dedi Umurzoq ota. H. G'ulom,
Mash'al.
5 bot. Vohalarda, sug'oriladigan yerlarda o'sadigan ko'p yillik, yalpoqboshokdi o'sim-lik.
6 Tilla (erkaklar va xotin-qizlar ismi). TILLADO'Z \f. 3JJ5LL - tilla, zartikuv-
chi; zardan tikilgan] kam qo'll. ayn. zardo'z.
TILLADO'ZI \f. ^JJJSI-L. - zar bilan tikish; zar bilan tikilgan] kam qo'll. ayn. zardo'zi. U
[elchi\ tumtaroqli so'zlar bilan To'marisni qutlug'lar ekan, mulozimlari til-lado'zi chopon va
harir ko'ylaklar tugilgan zarbof bo'g'chani uning oyog'i ospshga qo'ydilar. M. Osim, To'maris.
Shoh.. saroy ahliga far-monlar berdi: Ustod Said saroyda qoladi, unga tillado'zi to'n
kiygizilsin.' A. Muxtor, Chinor.
TILLAKOR(I) [f. ^jllbLL - tilla, zar, zarhal bilan bezatilgan, ishlangan] Tilla bilan
bezatilgan. Tsh`shkor egar. mm U [Husayn Boyqaro] o'zining maxmu turgan tillakori xonaga
emas, unga yopishgan kichik xonaga kir-di. Oybek, Navoiy. Mulla Fazliddin Hi-rotdan kelib,
Andijon chorbog'ida podshoh oilasi uchun tillakori ko'shk qurgan payt-larida, o'n olti yoshli
Xonzoda begim.. o'zi-ning suratini chizdirgan. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
TILLASHMOQ s. t. 1 Chet (begona) tilda yoki o'ziga xos «til» bilan gaplashmoq, muo-mala qilmoq.
Bu kishining gapiga tushunma-yapnman, tillashib bering. it Ba'zan esa qabulxona sekretariga:
«Qo'ng'iroq qilgan kishi mebeldan gap ocha boshlashi bilanoq, un-ga direktor bilan tillashavering
degin», deb uqtirib qo'yadi. O. Yunus, Qoching, telefon jiringlayapti. Ikkalasi anordek
qizarib, ko'zlari orqali tillashib, sho'x tabassum bilan chehralari atirguldek ochilib, bir-
birlarini turtib, quvlashib ketishardi. A. Muhiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz.
2 ko'chma Ba'zi narsalarning sirini, «tili»ni bilib, ular bilan muomala qil-moq, ish
bitirmoq. Hamdamjonning nomi, ish faoliyati.. kasbdoshlariga yaxshi ma'lum: ko'p yillardan beri
texnika bilan tillashadi.
Gazetadan. Iskandar kunduzlari mashinalar bilan «tsh\lash»sa, kechilari yangi instruktsiya,
chizmalar bilan «suhbatlashib» chiqadi. H. Nazir, O'tlar tutashganda.
TILLAQOSH Xotin-qizlarning tilla-dan yasalgan yoki tilla suvi yugurtirilgan, peshonaga
taqiladigan bezak buyumi. Zargar yasar tillaqosh, Kelinchaklar taqsin deb, Iig'lab olay, marjon
yosh Oq yuzimga oqsin deb. «Qo'shiqlar». Nazokatga kelin libosi kiydirilib.. bo'yniga dur-
marvarid, yoqut, olmos ko'zli kumush tumor, peshonasiga til-laqosh taqishadi. S. Anorboev, Mehr.
TILLAQO'NG'IZ Bahor, yoz oylarida paydo bo'ladigan, yarqiroq yashil rangli qo'ng'iz. Xuddi yengil
shamol kabi Zir yugurib bog'larda, Yoki quvib tillaqo'ng'iz, Gulzorlar-da o'ynardim. 3. Diyor.
TILLO yuq. usl. Tilla, oltin. [Toshkent-ning] Tabarruk tuprog'i zaru tillodan. M. Shayxzoda,
Toshkentnoma. Uch-to'rt yillar-dan beri o'rdada mirzolik qilib, necha tillo mohiyona olar emish.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
TILMA Tilimlab kesib hosil qilin-gan. Tilma jo'yak. mm Tilma zovurdan chiqib, tuproq uyumidan
sakrab o'tgan Alijon qay-tarma etigiga yopishgan tuproqni jahl bi-lan qoqdi. H. Nu'mon,
Fasllar.
TILMALAMOQ kam qo'll. Tilimlamoq, tilishlamoq. Asl qizil olmalar, Uni qizim tilmalar. M.
Shayxzoda, Toshkentnoma.
TILMOCH esk. Bir tildagi ran yoki nutq-ni boshqa tilga og'zaki tarjima qilib beruvchi;
tarjimon. Hokim gap nima to'g'ri-sida ketayotganligini tilmochdan so'rab, Teshaboyga kulib qo'ydi
— targ'sh! ko'zlarida g'alati bir sirning o'ti chaqnadi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
TILMOCHLIK Tilmoch ishi, kasbi. Rus prorabning gapiga Abil tushunmadi. Yoshgina bir yigit
tshmochlik qilib yubordi. Gazeta-dan. Til bilganlar tilmochlik qilib, xonning gapini
qo'ng'irotlarga tushuntirdi. «Yodgor».
TILMOQ 1 Pichoq va sh.k tig'li narsa bilan uzunasita kesmoq, qirqmoq, yormoq. Nasimiyni
tiriklayin tovonidan tilish-gan va terisini shilishgan. Mirtemir, Do'st-lar davrasida.
Etlarimni nishtar bilan tilsinlar.. men sizdan ajralmayman. Hamza, Boy ila xizmatchi.
Jilg'aning boshidan oyogigacha so'qa bilan tilib, ariq ochilsa-da, tog'olcha bilan yong'oq ekilsa..
S. Anorboev, Oqsoy. Qonli ko'ylakni Krratoy ehtiyot bilan tshshb, yarani ochdi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
2 Tilim-tilim qilib kesmoq; tilimla-moq. Qovunni tilib qo'ymoq. Go'shtni tilib tuzlamoq. mm
Shaharda qorovullik qilaman-mi, qovun tilib sotamanmi — mening ishim. «Mushtum».
3 Yog'och yoki taxtani uzunasiga arralamoq. Bir kuni.. mehnat darsida bitta ko'zlik taxtani
tshshyotib, elektr arrani sindirib qo'ydik. E. Raimov, Ajab qishloq. Simyog'och-lar ham, tilsa,
juda so'ribop ekan. A. Mux-tor, Chinor.
4 Tirnab yoki yulib, uzun iz hosil qil-moq. Stol ustidagi bir taxta oyna mayda-mayda bo'lib,
Saidiyning bilak va panja-larini tildi. A. Qahxrr, Sarob. Salomat butun kuchini yig'ib,
bog'ma-bog' oshib ketdi. Tikashar oyog'ini tildi. S. Ahmad, Hukm.
Bag'rini (yoki ko'ksini, yuragini, qalbi-ni) tilmoq Yuragini dog'lamoq, yaralamoq, vayron qilmoq.
Rangimizga qon kirdi, Dush-man bag'rin tilibdi. «Qo'shikdar». Nega endi qalbimni tilding?!
Nega qilding sevgiga oshno.. Sayyor.
TILOVAT [a. OjbU - (ovoz chiqarib) o'qish; o'qib chiqish] din. Qur'on o'qish, qur'ondan bir sura
o'qish. U daryo bo'yida xufton namozini o'qidi. O'g'lining ruhiga tilovat qilib, ko'zidan yosh to'kib
baxshida qildi. Mirmuhsin, Me'mor. Gulniyoz ohista odimlab borib, maqbaraning yonginasida tiz
cho'kdi, qiroat bilan tilovat qildi. Shuh-rat, Jannat qidirganlar.
TILOG'OCH Yog'ochi juda qattiq, uzun, ig-nabargli daraxt. Hozirgi kunda sanoatimiz oshlovchi
moddani tol, tilog'och, qarag'ay kabi daraxtlarning po'stloqlaridan va boshqa qismlaridan
oladi. «Fan va turmush».
TILSIZ 1 Og'iz bo'shlig'ida tili bo'l-magan, tili yo'q.
2 So'zlash qobiliyatiga ega bo'lmagan, so'z-lay olmaydigan. Bechora tilsiz jonivor ega-sinshg bu
jinnshshklariga quloqlarini jim-gina chimirib chidab bergan. S. Anorboev, Oqsoy. Yo'lchi tilsiz
kabi, g'ayrishuuriy ravishda boshini chayqadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 ko'chma Gap-so'zsiz, ig'shamay. Unsin ham, kampir ham harakatsiz, tilsiz qotib qol-dilar.
Oybek, Tanlangan asarlar. Mendan
7—O'zbek tilining izo\li lug'ati
a?3 98
tilsizgina bir narsa so'rar, Yolborib fik-rimga termiladi u. R. Parfi, Ko'zlar. Ku-tilmagan
g'azabga uchragan Bozorov nima de-yishini bilmay, tilsiz, harakatsiz yog'ochday qotib turardi.
I. Rahim, Chin muhabbat.
4 ko'chma Churq etgan ovoz eshitilmaydi-gan, jimjit. Bir kun tilsiz kechaning Ki-rib qo'yniga,
Ashurni yo'q qilishni Oldi bo'y-niga. G'ayratiy.
Tilsiz yov Gapga tushunmaydigan, quloq solmaydigan; shafqatsiz, zolim. Quruq ayoz — tilsiz yov.
Maqol. Lashkarimni yutar zdi ajdaho, Bo'lolmadim tilsiz yovga baro-bar. «Shirin bilan Shakar».
TILSIZLANMOQ 1 So'zlash qobiliya-tini yo'qotmoq, gapirolmay qolmoq.
2 ko'chma Biror e'tiroz yoki javob aytol-may, lol bo'lib qolmoq.
TILSIM \a. ,,, IJo — tumor; sirli, max-fiy yozuv; sir] 1 Sexrlab qo'yilgan, sexrli narsa;
\yech kim kira olmaydigan sehrli joy. Tantiboyvachcha bobilladi: -Dev poylagan tilsimdan uni
qaysi mard olib ketdi? Oybek, Tanlangan asarlar. Ishchining bu so'zlari Sergeyga tilsimning
kalitiga o'xshab tuyuldi. H. G'ulom, Mash'al.
2 ko'chma Har qanday sirli, narsasini bilib. topib bo'lmaydigan. yashirin joy. Ehtimol, javohir
saqlagan sandiq, Tilsim boyliklarga kondir bu tpaqir. Uygun, Hayot chaqiradi. Me'mor tabiat
dashtni ataylab yasagan, ey odamzod, tilsimini top-u, o'zing-ga bo'ysundir, shunda xizmatingni
o'tayvera-di. «Uzbekiston qo'riqlari».
TILSIMLAMOQ Sehru jodu qilmoq, hech kim kira olmaydigan qilib qo'ymoq; sexrlamoq. Yonida
kashmir yo'q ediki, Ibro-himbekning ko'zini bog'lab, tilsimlab ketgan bo'lsa! SH. Xolmirzaev,
Qil ko'prik.
TILSIMLI 1 Sehrlab, tilsimlab qo'-yilgan, tilsimlangan. Tilsimli xazina. Til-simli qal'a.
2 G'ayritabiiy kuchga ega bo'lgan; mo''-jizakor, sehrli, sirli. Bekshemir go'yo um-rida oyni ilk
daf'a ko'rgandek, qiziqib qa-radi, qizchaga tilsimli, g'alati o'yinchoqni ko'rsatgandek, boshini
qimirlatdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Yer bag'rining razvedkachila-ri tilsimli tayoqchaga emas,
balki o'z bilim va tajribalariga suyanishadi. «Fan va tur-mush».
TILSIMOT [a. .-.I .-IU - «tilsim» s. ning ko'pl.] 1 Tilsim, tilsimlar. Tabiat tilsimotlari.
tsh Sultonmurod o'zini alla-qanday bir tilsimot ichida sezdi. Oybek, Navoiy. Ushatsam
dengizlar tilsimotini, So'ngsiz muhitlarning qulfin ocholsam! M ir-temir, O'ylar.
2 Sehr, jodu. Jodu-tilsimotlar bilan tog'ni ko'tarar. «Murodxon».
TILXAT Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olgan-ligini tasdikdovchi
rasmiy yozma hujjat. Dehqon bir parcha yerini, uy-joyini garovga qo'yib, kech kuzda yuz so'mni yuz
yigirma so'm qilib qaytarishga tilxat berar, tilxatga qozi muhr bosib, boyga uzatardi. M.
Osim, Tilsiz guvoh. Yo'qotib qo'ymanglar, zavoddan tilxat bilan olib keldim. I. Rahim, Chin
muhabbat.
TILCHA 1 Til 1 s. kichr
2 anat. Og'iz bo'shlig'ida yumshoqtanglay-ning orqa chekkasidan pastga osilib tura-digan yumshoq
o'simta.
TILCHI 1 Til bo'yicha mutaxassis, til-dan dars beruvchi shaxs, o'qituvchi.
2 q. tilshunos. Tilchi va adabiyotchi olim-lar birinchi tadqiqotlarini shu yerda bosh-laganlar,
«Fan va turmush».
3 esk. Gap tashuvchi; chaqimchi; josus, shpion. Podsholarning qatnab yurar elchisi, Elchilarning
bo'lar ekan tilchisi. «Alpomish». ..oyoqyalang dehqonlarni bunday majlislarga yaqinlashtirish
kerak emas, ajab emaski, bu-larning oralarida bol`sheviklarning tilchi-si bo'lsa. S. Ayniy,
Qullar.
TILCHILIK 1 Tilchi ishi, kasbi.
2 Gap tashish; chaqimchilik; josuslik. U bizning oqsoqol bo'lib, biz tolyundan tor-tishib
talashishi lozim bo'lsa ham, amlok-dorga tilchilik qiladi. S. Ayniy, Qullar.
TILSHUNOS Tilshunoslik bo'yicha mu-taxassis, olim. Mashhur tilshunos.
TILSHUNOSLIK 1 Tilshunos ishi, kasbi.
2 Til haqidagi fan; lingvistika. Til-shunoslik masalalari. mm H. Berdiyorov mash-hur tilshunos
va adabiyotshunos olimlar rah-barligida tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yozgan. Nazarmat,
Jo'rlar baland sayraydi.
TIM I [f. ^ - bozor (yaqini)dagi kar-vonsaroy] Usti yopiq bozor; savdo rasta-sining baland
tomi; karvonsaroy. G'archcha
gg YAU^.
moy!» Uning jarangli ovozi rastaning ti-mini teshgunday yangrardi. Oybek, Tanlan-gan
asarlar. Abdullaxon soldirgan qubbali timning ichi ari inidek g'uvillar edi. M. Osim,
Elchilar. Matchon to'ra karvonsaroy tomonga, timga burildi. J. Sharipov, Xo-razm.
TIM II «Qora», «qorong'ilik» kabi so'z-lar oldidan ishlatiladigan kuchaytiruv yuklamasi. Tim
qora soch. Tim qorong'i tun. mm Otinoyi oltmishlarga borgan, tishlari tushgan, faqat tishqolidan
tim qoraygan ikki tishi gapirganda liqillab turar edi. Oybek, Ulug' yo'l. Tim qorongilik
ichidauzoq-dan yulduzlar jimir-jimir ko'z qisar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TIM III shv. Mutlaqo, sira, hech. Xon Dalli bu so'zlarni eshitib, yuragida tim toqati qolmadi,
eri mard Hasanga qarab.. bir so'z dedi. «Ravshan».
TIMBON \f. (jl: o L — tim qorovuli] Tim soqchisi, bozor qorovuli.
TIMDALAMOQ Tirnoklar yoki o'tkir uchli buyumlar bilan tilmoq, yulmoq; tir-namoq. Mushuk bilan
o'ynashma, timdalab oladi. tsh Onasiga yuragi ichishdi. Xayolida onasi sochlarini yulib, yuzlarini
timdalab yig'lab turardi. M. Ismoiliy, Farg'onat.o.
Yuragini {yoki qalbini, ichini) timda-lamoq Xuddi timdalaganda bo'ladigan (tim-dalash kabi)
ruhiy azob bermoq, qalbda xuddi shunday qarakat sodir bo'lmoq. Ayiq-chadan ayrilib, ichini
nimalar timdala-yotganini faqat o'zi bilardi. J. Abdulla-xonov, Oriyat. Bu qo'rqinchli xabar
ikki kun-dan beri uning qalbini timdalar.. aytay desa, tili bermasdi. SH. Toshmatov, Erk
ku-shi. Bobur yaqindagina yayrab-yashnab yurgan onasini hozir bu ahvolda ko'rib, yuragini bir
narsa timdalabo'tdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
TIMI(R)SKILAMOQ Paypaslab yoki titkilab qidirmoq, axtarmoq. Cho'ntagini timirskilamoq. mm
Kampir timiskilab, nimchasini topdi-da, yelkasiga tashlagancha, o'rnidan turdi. S. Ahmad,
O'ylar. Madraim stol tagida turgan chamadonni ochdi, timis-kilab, nimanidir axtara boshladi.
M. Mu-hamedov, Qaxramon izidan.
TIMI(R)SKILANMOQ 1 Timi(r)ski-lamoq fl. o'zl. va majh. n. Yonidagi sherigi
Ahmad ham.. timiskilana boshladi. Oydin, Do'ndikdan ham yosh ekan.
2 Paypaslab taxmin bilan yo'l topmoq; urilib-surilib, qoqilib yurmoq. /Olaxo'ja] Eshikka
chiqdi. Qorong'i mop ko'chada timis-kilanib, Mamasaidnikiga bordi. P. Tursun, O'qituvchi.
TIMSOL \a. Jh l". — haykal; tasvir] 1 Tushuntirish uchun yoki asos, dalil, isbot va sh. k.
sifatida keltirilgan ayrim namu-na; misol. Yana timsol: go'zal adabiyot — ru-hiy oziq. A.
Qahhor, Sarob. Hamjihatlik va haqiqiy birodarlikni hozirgi kunlarda poy-taxtimizda amalga
oshirilayotgan buyuk ish-lar timsolida ham ko'rib turibmiz. N. Sa-farov, Olovli izlar.
2 Ibrat bo'la oladigan kimsa, narsa; o'rnak. Do'stlikning timsoli azali sensan, Shoirlar
ilhomi, g'azali sensan. M. Ikrom. Zamonamiz ma'rifatin, donishmandligin Timsolidir ikki
qo'shni respublikamiz. G'. G'ulom. Suq bilan qarasa, hech ajab emas, Chunki sen hurlikning yorqin
timsoli. Zulfiya.
3 Belgi, ramz. Shoda-shoda ko'sakda gavhar yotibdi.. Tinchligimiz shimsoli kapshar yotib-di. YO.
Mirzo. Oloviddin tepaliklarida qurilayotgan dengiz — xalqlar do'stligining timsoli bo'lib
qoladi. «O'zbekiston qo'riq-lari».
4 Ko'z o'ngida, xayolda, tasavvurda gavda-langan obraz, siymo, ko'rinish, surat. Oro-mim ham
yo'qoldi. Kechalari uxlayolmay, to'l-ganib chiqa boshladim. Sal mizg'idimmi, bas, yana ko'z oldimda
Yoqutxonning timsoli gav-dalanadi. M. Salom, Kechirim. Qalblarga timsoling o'rnat, ey baxshi,
Menga ham kuy-lashni o'rgat, ey baxish. X. Saloh, Izlar va xislar.
TIMSOH [a. ^\ „, l'> — timsoh] Issiq mamlakatlardagi suv havzalarida yashay-digan, terisi
qalqonsimon qattik va qa-lin, tanasi kaltakesakka o'xshash sudraluv-chi yirik suv hayvoni,
TIMTIQ shv. Salqit, nishxo'rt. Sigir yemning timtig'ini ham qoldirmadi.
TIN 1 Nafas olish, nafas. Yig'ishti-rib bor bisotini, Bo'g'iziga tiqilib tini, Nuri sari qildi
ishora, Zaynab uchun bu bo'ldi chora. H. Olimjon.
Tin olmoq 1) nafas olmoq. -Xayriyat, — Abduraxmonboy erkin tin oldi-da, domlaga qaradi. H.
G'ulom, Mash'al; 2) nafasini rostlab olmoq, dam olmoq. [Qodirbek] Rulga boshini qo'yib, bir oz
tin oldi. M. Qoriev, Oydin kechalar.
TING Haydalmay, ekilmay yotgan; zarang. Ting yer.
TINGLAMOQ Diqqat-e'tibor bilan eshitmoq. Ma'ruza tinglamoq. Musiqa ting-lamoq. Oz so'zla,
ko'p tingla. Maqol. mm Yo'l-chi uni diqqat bilan tinglab, so'ng asl maq-sadini ochishga intildi.
Oybek, Tanlangan asarlar. O'tirgashar ajoyib ovoz bilan ay-tilgan ashulani rohat qilib
tinglaydilar. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
TINGLOVCHI 1 Tinglamoq fl. sfdsh. Aytuvchi ahmoq bo'lsa, tinglovchi dono bo'li-shi kerak. Maqol.
shsh Ashulalarim tinglov-chilarga qanday ta'sir qilayotganligini yaq-qol ko'rib turardim. H.
Nosirova, Men o'z-bek qiziman.
2 O'quv yurtlari talabasi yoki kurs, to'garak va sh.k. ning o'quvchisi. Mashg'ulotga faqat men
emas, tinglovchilar ham rosa tayyorlanishadi. «Saodat». Iqtisodiyot to'garagi ishidan hamma
tinglovchilar mam-nun bo'lishdi. Gazetadan.
3 tlsh. Ikkinchi shaxs. TINGSHAMOQ shv. Diqqat bilan quloq
tutmoq; quloqni ding qilmoq. Hoji aka biron gap aytmoqchi bo'lib, ro'parasidagi suhbatdoshiga
ko'zoynagi osha tingshab qarab qo'ysa.. o'zini tutolmay kulib yuboradi. T. Po'lat, Hoji
hisobchining hikoyalari.
TINDIRGICH Suyukdikni tindirish, undagi qum, loyqa, eritma va sh.k. ni cho'k-tirib, suyuklikni
tozalash uchun xizmat qi-ladigan qurilma, hovuz yoki idish. Traktor kerosin bakining
tindirgichi. n ..mavjud kanallarsh ta`mirlash.. hovuzlar, suv tin-dirgichlar qurish ishlari
amalga oshirildi. Gazetadan.
TINDIRMOQ1 Tinmoqfl. ort. n. Suvni chelakda tindirmoq. Yupatib ko'z yoshini tin-dirmoq.
Tindirmay ishatmoq. ti Har tomon-da ishchilar Toshlarni sindiradi, Daryoni tin-diradi, Temir
tan kurashchilar. H. Olimjon. Dushman snaryad, minalarni bir zum ham tin-dirmasdan, omonsiz
yogdirar edi. Oybek, Qu-yosh qoraymas. Sal o'tmay uning g'azabli ovozi hamma shovqinni tindirdi.
A. Muxtor, Opa-singillar. Ko'n&shngizga kelmasin, Erkatoy, deb Solini, Mehnatda ham tindirar
Ona-sining jonini. Q. Muhammadiy.
2 Bartaraf qilmoq, tinchitmoq, bosmoq. -O'z «fojiam» nihoyasidan oshay deb tursa-yu, o'zgalar
mojarosini qanday qilib tindirar ekanman. Hecham, — dedi Qumri. M. Jo'ra, Iz-tirob.
3 Hamma narsadan badastir, saranjom-sarishta qilmoq. Hanifaxon sergaproq bo'l-sa-da,
mehnatkash ayol chiqdi, butun ro'zg'orni taxt tindirdi. SH. Toshmatov, Erk qushi. Nima desang,
aytganingni tindirib, Xafa bo'lib, g'am yemagin, farzandim. «Rustamxon».
TINJIRAMOQ fol`k. Yilt-yilt nur sochib turmoq, yarqiramoq: jilvalanmoq. Jamoli chillaning
qoriday tinjirab, yal-tirabo'tirur. «Ravshan».
TINIB-TINCHIMAS Sira tinmaydi-gan, tinim bilmaydigan. serxarakat, ser-tashvish. Tinib-
tinchimas ayol. shsh Tinib-g'pinchimas Me'mor gpong sururi oldida tas-lim bo'ldi.. kitobini
yig'ib, o'rnidan turdi. Mirmuhsin, Me'mor.
TINIM Ishdan, harakatdan xoli vaqt yoki holat; dam, orom. Ba'zi vaqtda, sug'orish paytlarida,
kechalari ham tinim bo'lmas, suvni uzoqdan haydab kelishga to'g'ri kelar edi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
Tinim bermaslik 1) dam bermaslik, be-tinim holatda tutmoq. Otinoyi unga [El-murodga] tong
sahardan kechasi allavaqtgacha tinim bermasa ham, qornini hech qachon yol-chitmaydi. P. Tursun,
O'qituvchi. Umarovning jangchilari dushmanga tinim bermay, izidan quvladmyur. T. Rustamov,
Mangi jasorat; 2) tinchi-oromini buzmoq, tinchlik bermaslik. Mana bu qo'shnimizning bolalari
sira tinim bermaydi.. R. Fayziy, Sen yetim emassan. Bu hamma vaqt boshida aylanib, tinim
bermay yurgan eski o'y edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Keyingi kunlarda Yulduzxon Muhiddin-
ning ko'z oldidan nari ketmaydigan, tinim bermaydigan bo'lib qoldi. R. Fayziy, Cho'lga bahor
keldi. Tinim bilmaslik Tinim, dam olmay, doim ish, harakatda bo'lmoq. Erta sahardan to qora
kechgacha odamlar tinim bilmagan ana shu kunlarning birida.. Qora-buloq qishlog'idan biri
keksa, biri yo'sh — ikki otliq chiqibkelaverdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t.o. Asalari kabi o'zbek
paxtakori ti-nim bilmaydi. N. Safarov, Olovli izlar. Tinim yo'q To'xtovsiz (tinimsiz) ish-
hara-katda. Ustanikida tong yorishgandan qosh qoraygungacha tinim yo'q — dam bosish, bosqon
urish, eye tashib, o'tin yorish.. P. Fayziy, Hazrati inson. Pristanda hayot qaynaydi. Ish!Hech
tinim yo'q kemachida. E. Rahim, Yangi qadam. Tinim kuni kam qo'll. Dam olish kuni. Tinim kuni
soqoli o'sgan Umid erta bilan gastronomga, undan keyin yopgan non olish uchun bozorga kirdi.
Mirmuhsin, Umid. Ti-nim olmoq Dam olmoq, hordiq chiqarmoq. Uyga qaytganda ham, bir muddat
tinim olishga imkon topmadi. Oybek, Navoiy.
TINIMOQ ayn. tinmoq 1. Suv tinidi.
TINIMSIZ 1 To'xtovsiz ravishda, ti-nim bilmay. Deraza ortida oqshom tashvi-shi bilan jonsarak
bo'lib qolgan chumchuqlar tinimsiz chirqillardi. O'. Hoshimov, Hyp borki, soya bor. Qishloqning
o'rtasidan shid-dat bilan oqayotgan soy tinimsiz shovullay-di. T. Rasulov, Shonli avlod.
2 Davomli tarzdagi, uzluksiz. Paxtachi-lik sharafli va mas'uliyatli kasb, u doimo
dehqonlardan tinimsiz izlanishni talab qiladi. Gazetadan. San'at jasorat, jonfi-dolik
bilan.. tinimsiz mehnat — mashqlar bilan dunyoga keladi. «Saodat».
TINISH 1 Tinmoqfl. qar. n. Soqievtik turganicha shovqin tinishini kutdi.. F. Mu-sajonov,
Himmat.
2 ayn. tinim.
Tinish belgilari Muayyan tilda yozma nutqni to'g'ri, ifodali, mantiqli bayon qilish, uni
ixchamlash, yozma nutq bo'-laklarining o'zaro mantiqiy-grammatik munosabatlarini ko'rsatish uchun
xizmat qiladigan muhim grafik vositalar (vergul, nuqta, tire va sh.k.). To'gri, abzats boshqa
tinish belgilari singari ayrim bir shaklga ega emas. «O'TA».
TINIQ 1 Loyqa va sh.k. dan xoli, ti-nigan holatli. Cho'qqilardan oqib tushgan bu soylar
shishadek tiniq. Mirmuhsin, Ham-zaobod. Ariqchalarda kech kuzning tiniq suvi limillab oqadi.
N. Aminov. Suvarak.
2 Gard-g'ubor, xiralik va sh.k. dan xoli, ravshan ko'rinishli. Osmon har vaqtdagi-dek
bulutlardan xoli, beg'ubor, tiniq, ko'm-ko'k. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Radiodan dutor sadosi
mapaiap, sehrgar kuy Temir-jonning qalbiga kirib borar, tiniq yuzi-ila yoqimli, muloyim
joziba.. uygotardi. J. Abdullaxonov, Oriyat. Ko'zlarining qorasi chihoyatda tiniq va o'tli.. P.
Qodirov, Uch ildiz.
3 Xiralik, qo'pollikdan xoli; jarang-dor (tovush, ovoz haqida). Adolat dutorini qo'lga oldi.
Bir nafasdan keyin uning qo'n-g'iroqdek tiniq ovozi yangradi. S. Zunnunova, Gulxan.
Tog'bag'ridao'ynoqlabyugurgan jshtg'a-larni eslatuvchi tiniq, jozibador sado xo-nani to'ldirdi. J.
Abdullaxonov, Oriyat.
4 ko'chma Aniq ifodali; ravshan. So'z-fikri tiniq ziyoli bo'lganingiz uchun ham biz chekayotgan
ayriliq sitamini sezyapsiz. Mir-muhsin, Me'mor. Jahonda aqli tiniq shina-vanda yigitning
bitasi sen-u, bittasi men. J. Abdullaxonov, Toji bilan Hoji. Uning xotirasi hayratda
qolarli darajada boy va tiniq edi. Gazetadan.
TINIQLASHMOQ Tiniq, musaffo, ravshan, toza bo'la bormoq. Ovozi yana ham tiniqlashdi. mm
Anhordagi suv tiniqlashib, zilol rang kasb etgandi. F. Musajonov. Himmat. Saidning
nazarida, Bekobod osmoni tiniqlashish bilan birga kengaygandek edi. I. Muqimov, Olov va
nihollar. Safarlar, uch-rashuvlar, suhbatlarda fikring yana tiniq-lashadi. Zulfiya, Cho'qqilar.
TINIQLIK Tiniq holat. Osmon shu qadar beg'ubor, shu qadar ko'm-ko'k ko'rinadi-ki, go'yo hech qaerda
bunaqa tiniqlik bo'lishi mumkin emasdek. J. Abdullaxonov, To'fon. Bu suvlar o'zining
tiniqligi, shifobaxshligi.. kabi ustunliklari bilan ayniqsa yozning jazirama nywiapu ajrsitb
turadi. Gazeta-dan. Bir yo'la kengaytirilgan kommutatsiya sistemasi ovozda g'oyatda yaxshi tembr
va tshiqlikni hosil qiladi. Gazetadan. Shuncha shaddodligi, fikrining tiniqligi, chaqqon-ligi
bilan Badia Xudodbekka xotin bo'lar-mikin? Mirmuhsin, Me'mor.
TINIQMOQ 1 Charchoq, ezilish va sh.k. lardan xoli bo'lib, bardam, tetik holatli bo'lmoq. Uxla,
uxla, safaring uzoq, tiniqib ol, o'g'lim. Oybek, Bolalik. Ana shundan keyin bolalarning
aqllarigina emas, tanlari ham sekin-sekin tiniqib bordi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o
Tiniqib uxlamoq Miriqib, charchoq ke-tadigan (tarqaydigan) bo'lib uxlamoq. Uyqu-dan qolibsan,
tiniqib uxlab ol, men tezda qaytib kelaman. M. Qoriev, Oydin kechalar.
2 Tiniqlashmoq (to'g'ri va ko'chma ma'-noda). O'sha-o'sha Latofat. Sira o'zgarmabdi. Tiniqib, xiyol
to'lishibdi. S. Karomatov, Hijron. Frantsiya, Angliya xotinlari o'n bir¬
102
gacha uxlashadi, shunda yuzlari yaxshi — chiroyli bo'ladi, tshshqadi.. Mirmuxsin, Umid.
3 kam qo'll. ayn. tinmoq, tinimoq. ..ariq-chalarning bittasida oppoq sut, bittasida tiniqqan
suv.. bittasida sharob oqmoqda. Fitrat, Qiyomat.
TINKA Kuch-quvvat, mador, majol. Isitmalayverib bemorning tinkasi qolma-di. mm Kun botishga
yaqin ikkinchi to'nkani ham qulatdim. Juda tinkadan tolgan edim, «uh» deb borib, o'rnimga
cho'zildim. G'. G'ulom, Shum bola.
Tinkasi qurimoq 1) ish, harakat va sh.k. natijasida (ta'sirida) holdan toymoq. Har bitta
g'ishtni, yog'ochni, har bir ko'za suvni pastdan olib chiqqunlaricha tinkalari qurib ketardi. P.
Qodirov, Yulduzli tunlar. Jazirama issiq kunlari mening tinkam qurib, soya joyni axtarib
qolaman. E. Rai-mov, Ajab qishloq; 2) ko'chma axvoli tang bo'lmoq, holdan toymoq. Urushdan
xalqning tinkasi quridi. mm Uzaro qirg'in, harbiy yurishlar, o'lponu ushr soliqlari raiyatni
tobora qashshoqlashtirib', tinkasini qu-ritdi. Mirmuhsin, Me'mor.
TINKASIZ kam qo'll. Tinkasi qurigan, holdan toygan, madorsiz. Mana Gulshan uyda tinkasiz
(yaxshiyamki ona o'roqda), Chol supada bukchaymish yolg'iz. Oybek, Tanlangan asarlar.
TINLIK Tinch, shovqin-suronsiz ho-lat; sukunat. Kechki tinlikda qaerdadir «to'q-to'q» etgan
tovush zshitilarda. A. Muxtor, Chinor. ..erkin qushlar daraxtlar-ning quyuq shoxi ichidan jonli
naylarini tinlikka quyardi. S. Zunnunova, Olov.
TINMAGUR Sira tinmaydigan, tinim bilmaydigan, tinch turmaydigan, tinib-tinchimas; serharakat
(shunday xususiyatni qayd etuvchi munosabatni bildiradi). Tin-magur ayol. mm Tinmagur
shahrimizning subhi-da shuncha ovoz. G'. G'ulom. E tinmagur ko'ngil, nihoyat, meni mana shu
qizaloqlarga masxara qildirding. Oybek, O.v. shabadalar.
TINMAI rvsh. 1 Tinim bilmay, dam ol-may, hormay-tolmay. Tinmay ishlamoq. mm Hovlida tinmay-
qo'nmay xizmat q``shb yur-gan paxmoq sochli, isqirt kiyimli yosh-qari xotinlar ham anchagina.
Oybek, Tanlangan asarlar.
2 To'xtamasdan, tinimsiz. Yigitlar, go'yo karamzor boshidagi daraxtlarda tinmay sayrayotgan
bulbulga quloq solayotgandek, jim qolishdi. P. Tursun, O'qituvchi.
3 Davomli tarzda, surunkasiga, uzluk-siz. Ikki kun tinmay qor yog'di. Mehnatkash-larning
ongini tinmay oshirib bormoq. mm Endilikda shaharda har turli mish-mshshshr tarqalib, siz
hurmatli zotning podshohga qarshi gaplaringizni ayg'oqchilar tinmay yetkazib turibdi.
Mirmuhsin, Me'mor.
TINMAIIN ayn. tinmay. Bahri shoshar bosolmay qadam, O'lchab bo'lmas uning sevin-chin. Tipirchshar
yurak tinmayin, Sig'dirol-may shodliknshg kuchin. H. Olimjon.
TINMASDAN ayn. tinmay. Bu kecha Sho-qosim juda xursand edi. Tinmasdan qiziq narsalarni
so'zlaydi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Tinmasdan aylanardi O'rtada kosa. Olar-dilar damba-dam
Kosadan bo'sa. G'ayratiy.
TINMAG'UR ayn. tinmagur. -Qayoqqa yana, tinmag'ur? — so'radi Komila [Latifjondan] o'zini
onalarcha tutib. Oybek. O. v. shabada-lar.
TINMOQ 1 Loyqa va sh. k. aralashma-larning cho'kishi natijasida tozalanmoq; tinimoq (suyuklik
haqida). Loyqa suv bir kechada zo'rg'a tindi. mm Kun isib ketdi. Har qadamda xalqob bo'lib
yotgan ko'lmaklar yerga singib, ariqlardagi loyqalar tina boshladi. H. Nazir, So'nmas
chaqmoklar.
2 Gard-g'ubor, xira holatdan toza bo'l-moq, tinikdashmoq, ravshan bo'lmoq. Yuvosh nurlar o'ynaydi,
osmon gulday yashnar tobora tinib. SH. Rahmon.
3 Ish, harakatini to'xtatmoq; dam olmoq. U kun bo'yi tinmadi. Eshak mshganning oyog'i tinmas,
Ikki xotishshkning qulog'i tinmas. Maqol. mm O'yinqaroq.. It tinsa tinadi, qush tinsa tinadi,
bu tinmaydi. H. Nazir, So'n-mas chaqmoklar. Xotinlar, qaytaga, Onaxon ishdan tingan paytlarda
to'planadigan bo'-lishdi. A. Muxtor, Opa-singillar.
Og'zi (yoki jag'i. chakagi) tinmoq Gapi-rishdan to'xtamoq, jim bo'lmoq. [ Yormatning] Qo'llari
etikni ishtsalarkan, og'zi tinmadi: -Uh, o'lib bo'ldim, qizim! Yolg'iz qo'yni haydash — nuqul azob.
Oybek, Tanlangan asarlar. Shisha bo'shab, navbat pirojniyga yetgan mahal ham G'oyibning jag'i
tinmadi. J. Ab-dullaxonov, Oriyat. Hamma shirin uyquda. Duranbekning qo'rg'onidagi
bo'ribosarning ham chakagi tingan. A. Muhiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz.
4 Harakati va o'zi to'xtamoq, bosilmoq. Ariqda jildirab oqayotgan suv tindi. shsh Bo'ron
tinardi-yu, hamma yoq sokin bo'lardi. «O'zbekiston qo'rikdari». Maktab koridori-da kechgacha
g'ala-g'ovur tinmaydi. R. Fayziy, Sen yetim emassan. Ertalab yomg'ir tingan, havo naqadar
muloyim va orombaxsh. J. Ab-dullaxonov, Oriyat. Otishmalar sekin-asta tindi. N. Safarov,
Olovli izlar
Ko'zi tinmoq Boshi aylanib, ko'zi xira-lashmoq, ko'z oldi qorong'ilashmoq. Tinkam qurib, ko'zim
tinib, zo'rg'a shu yerga yetib yiqildim, singlim. N. Safarov, Hayot mak-tabi. Salimxon qarorni
o'qiyotganda, qo'llari qaltiradi, ko'zi tinib, boshi aylandi. H. G'ulom, Mash'al. Uning qo'l-
oyoqlari titrab, o'tirgan joyida ko'zi tina boshladi. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar. Ko'ngli
tinmoq Xotirjam bo'lmoq, ko'ngli to'q, bo'lmoq. Shunday desam, do'stim ko'ngli to'lar deb, Nima
bo'lsa, mendan ko'ngli tinar deb, Shul sababdan yoring ko'nglin so'radim. «Murodxon». Uzidan
tinmoq Uzini o'zi eplab, o'z kunini o'zi ko'radigan bo'lib olmoq, tinchimoq. Salomat to'g'risida
bir nima demayman. Shukur, uo'zidan tinib ketdi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman. Ona,
o'zimdan tinib ketganman, biroq Sening darding qalbimni siqadi har choq. G'ayratiy.
TINTIMOQ 1 Titkilab, kovlashtirib, ag'dar-to'ntar qilib, biror narsa qidirmoq. Yoshlikdan
boshlab kelinoyilarining sandiq-larini, qutshshrini tintib o'rgangan Nuri, bu kun Gulnor uyini
xoli topib, kaliti burnida unutilgan bir qutini ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Ularuyni
tintib nimani qidirishgan! P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 Man etilgan yoki yashirib qo'yilgan narsani topish uchun hamma yoqni qarab, tekshirib chiqmoq.
Bo'ronbek naganini g'ilo-figa soldi-da, militsionerni yoniga olib, Mavlon akaning uyini..
tintib chiqdi. H. G'ulom, Mash'al. Chekistlar tintiganda, yonlaridan shaxsiy hujjatlaridan..
bo'lak bironhujjat topilmadi. A. Hakimov, Ilon izidan.
TINTUV 1 Tintimoq fl. har. n; q. tin-tish
2 Man etilgan yoki yashirib qo'yilgan narsani topish uchun tegishli organlarning vakillari
tomonidan o'tkaziladigan rasmiy axtaruv. [Zokirboy] Qishloqda shubhali odam-lar tobora
ko'payayotgani, Ravshan xali ham tinchimaganini aytib, tintuv o'tkazish uchun odam so'radi. S.
Karomatov, Bir tomchi qon. Bozorlar, saroylar, qalandarxonalar tintuv qilindi. J. Sharipov,
Xorazm.
3 huq. Jinoiy ish bo'yicha dalillarni olishga qaratilgan tergov harakati. Tintuv qidirilayotgan
shaxsni, shuningdek, murdani topish uchun ham o'tkazshshshi mumkin. «UzME».
TINCH 1 G'ala-g'ovur, shovqin-suron, to's-to'polon va sh.k. dan xoli. Atrof tinch. O't-kinchilar oz.
Anhor yoqasida, tollar orasida ikkita oq echki o'tlab yuradi. Oybek, Tan-langan asarlar.
Ajoyib kecha bo'ptimi ? Tinch, oydin, shabada/P. Tursun, O'qituvchi. [Axmad] Shovqin-suronli,
serqatnov ko'chalarni yo'q-tirmas, sal aylanish bo'lsa ham, tinch, sal-qin xiyobonlarni tanlardi.
F. Musajonov, Himmat. Hiziq, kechagina dengiz zdi tinch, Qa'riga olmoqda bugun zshzila. G.
Jo'raeva, Iqbol.
2 Kishi hayoti, faoliyatida unga salbiy g'a'sir ko'rsatmaydigan, bezovta qilmaydi-gan, g'am-
tashvishdan xoli. Me'mor [usta Nusratga] qolgan umrini bir chekkada tinch-gina, g'aribona
o'tkazmoqchi zkanini.. aytdi. Mirmuhsin, Me'mor. Qshshoq ko'chasi tinch, qizi bo'lsa kichkina emas.
rayonda bo'ladigan kengashlarda qatnashib, allamahalda uyiga keladigan kunlari bo'lgan-ku. R.
Fayziy, Cho'lga bahor keldi. O'rtog'ingizga ayting, shu hujrasini bizdan ayamasin. Shu yerda
tinchgi-na yashaylik! Oybek, Tanlangan asarlar. O't-tiz yildan beri shu yerdamiz, hali biron
kori hol bo'lgani yo'q. Bu yer tinch joy. Mirmuh-sin, Me'mor.
3 Urish-janjalsiz, turish-turmushi osoyishta. Ko'shning tinch — sen tinch. Maqol. mm O'zlariga to'q,
bekamu ko'st, tinch yashasha-di, ikki kuyov ko'rgan, nevaralari bor. R. Fay-ziy, Ta'zim. Niso
buvining qizlari tufay-li necha martaba qo'ydi-chiqdi bo'lib oldi. A. Qahhor, Boshsiz odam.
4 Betashvish, osoyishta holat; tinchlik. Shu [Saodatxon] kelgandan beri tinchimiz yo'qoldi. S.
Zunnunova, Yangi direktor. O'zim mayli, uy-ichimning tinchi ketdi.. T. Io'ldosh, Attang. Chunki
bu qo'lga tushmasa, yana odam-larning tinchini buzib, jinoyatini davom et-tiraveradi. M.
Yunusov, Qutilmagan hazina.
Ko'ngli tinch Ko'ngli xavotirlik, bezov-talikdan xoli. Xudoga ming qatla shukur,
104
o'zimning ko'nglim tinch, birovni bir narsa deyishlikka haddim yo'q. A. Muxtor, Opa-singillar.
O'ziga tinch Uy-ro'zg'ori, hayoti me'yorida, o'zidan tingan. Nabi polvon va boshqa o'ziga tinchroq
kishlarning hovlilari mehmon qo'narlik bir holga keltirilgan edi. S. Ayniy, Qullar. Qulog'i
tinch Tashqi tomondan bo'ladigan turli gap-so'z, mashma-shalardan xoli. O'zshgdan chiqqan baloga,
qayga boray davoga! Shaharda yurgani ham durust ekan, qulog'imiz tinch edi. Uyg'un, Navbahor.
TINCHIMOQ 1 Barham topmoq, to'xta-moq, bosilmoq; tinmoq (to'ttolon, shovqin-suron va sh.k.
haqida). A'yonlar supada, odam-lar yerda o'tirib, g'ala-g'ovur tinchigandan keyin, hokim
odatdagicha tilmoch orqali xalqni og'ox^shntirdi. M. Ismoiliy, Farg'o-na t.o. O'sha to'polon
tinchigandan keyin bir hafta o'tuvdi hamki, men uy poylab qoldim. E. Raimov, Ajab qishloq.
Tinchimaydi cha-qaloq dodi, Xotin quvolmaydi sharpani. U. Qo'chqorov, Hayajonga ko'milgan dunyo.
2 Urish, janjal, notinchlik barham To¬nne, osoyishtalik yuzaga kelmoq, tinchlik qaror topmoq.
O'zim mayli, uy-ichimning Tinchi ketdi, Talay gaplar bo'ldi, shukur, Tinchib keshdi. T. Yo'ldosh,
Attang. Yursh tinchisin desangiz, quymuchlariga shartta tepib, oq fotihaparini berish kerak.
«Mushtum».
3 Tinch tortmoq, tinchi, oromi joyiga kelmoq. Xat kelganda, tinchir jon, Xat — juda aziz
mehmon. H. Olimjon. Uy ichi jim-jit, bemor endi tinchigandek bo'ldi. N. Fo-zilov, Diydor.
[Gulnor] Goh tinchib, goh qiy-nalib yotdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 Biror ish, niyat va sh.k. ni amalga oshi-rib xotirjam bo'lmoq. Qiz bola ota-onaga omonat,
uzatib tinchiy\ S. Zunnunova, Yangi direktor. Ana shu nozik mehmon kelgach, mez-bon ham
tinchib, qatorga qo'shildi. «Mushtum». -Maktabdan tinchib oldingiz, — dedi Meli polvon kulib. —
Endi o'zingizni ham bir tinchitibqo'ysak bo'lar edi.. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
5 Ish-harakat, intilish va sh.k. ni to'x-tatmoq, undan to'xtamoq. Bolam, hech bo'lmasa dam olish
kuni bir tinchisangiz-chi. N. Sa-farov, Tanlangan asarlar. Birdan uloqchi-lar suv quygandek
tinchib, tortish o'rnida to'planib qoldilar. A. Qodiriy, Ulokda. Qizimni tilga oldingiz, rais,
to'g'ri, o'zi ham tinchimaydi, dangasalarga ham tinchlik ber-maydi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Ko'ngli (yoki yuragi) tinchimoq Bezovta-ligi, xavotirligi ketib, ko'ngli taskin topmoq. Sherbek
qo'liga bilet tekkanidan so'nggina bir oz ko'ngli tinchidi. S. Anorboev, Oqsoy. Payt topaman.
Gaplashaman. Bo'lma-sa mening yuragim tinchimaydi. P. Tursun, O'kituvchi. Qulog'i tinchimoq
Behuda, bo'lar-bo'lmas gap-so'z, ovozlardan qutulmoq, uni eshitmaydigan bo'lmoq. Shu odam
mahalla-mizdan ko'chib ketdi-yu, qulog'imiz tinchidi. shsh Onaxon rastadan qayrilib, temirchilik
mahallasidan o'tgandan keshngina qulog'i bir oz tinchidi. A. Muxtor, Opa-singillar.
TINCHITMOQ 1 Tinchimoq fl. ort. n. Janjalni tinchitmoq. Shovqin-suronni tinchitmoq. Urishni
tinchitmoq. mm Shu kichkinagina kulumsirash O'zbek oyimni ancha tinchitdi. A. Qodiriy. O'tgan
kunlar. Jo'-raxon qo'l ko'tarib, xaloyiqni tinchitdi. A. Muxtor, Opa-singillar. Balki direktor
qizishib ketganimni ko'rib, tinchitish uchun quruq va'da qilgan bo'lsa-ya. Gazetadan. Oti-noyi
uni [Xolmurodni] tunda ham allama-halgacha tinchitmadi. Unga paxta chuvitdi. P. Tursun,
O'qituvchi.
2 ko'chma Saranjom-sarishta qilmoq, bitirmoq. Xotirjam bo'ling, hamma ishni o'zimiz tinchitamiz.
tsh Magazin mudiri Bobojonovning 122 so'm 40 tiyinlik ko'ylak-ni 163 so'mdan pullayotgani
to'g'risidagi aktni o'z qo'limga olib, tinchitib yubordim. «Mushtum».
3 s. t. Yo'q qilmoq, bartaraf qilmoq. Kosadagi qaymoqni, xuddi dahaga kirgan qurt-day,
birpasda tinchitdik. E. Raimov, Ajab qishloq. -Sen tinchitmasang.. boshqalar seni tinchitidi.
-U nima deganingiz? -Ya'ni rohatini buza bersang, ering seni qo'yar! A. Qodiriy, O'ttan
kunlar. Bu yaramasni [Sul-tonbekni] tinchitib qo'ya qolsam, nima deysan? — u etigi qo'njiga
solib qo'ygan dudamaxanjariga ishora qildi. Mirmuhsin, Me'mor.
TINCHLANMOQ 1 Hayajonini, achchig'i-ni bosib yoki taptidan, hovridan tushib o'zini tutib olmoq,
o'zini bosmoq. -Tinch-laningiz, Otabek! — dedi qushbegi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Oyimxon
yuvosh tovush bilan uni tinchlanishga chaqirdi. G'. Rasul, To'ng'ich o'g'il.
2 Tashvish, dard-alam, xavotirlik, be-zovtalikdan xoli bo'lmoq, tinch tortmoq. Kasal bir
qimirlab, ko'zini ochdi va bosh ko'tarib, tshanchi xotinga qaragandan keyin, yana boshini yostiqqa
qo'yib tinchlandi. S. Ayniy, Qullar. Otabekning pishillab ux-lagan tovushini eshitib,
[Hasanali/ bir daraja tinchlandi. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar. Kampirning uyquda ekaniga
ishongach, yuragi birdan tinchlandi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Shovqin-suron, janjal, harakat va sh.k. lardan to'xtamoq, tinch holat yuz bermoq. U, tribuna
oldiga kelgan bo'lsa ham, besh minutcha so'zlayolmay, xalqning tinchlanishi-ni kutib turdi.
Oydin, Sadag'ang bo'lay, komandir. Ko'llarining keskin harakati bi-lan xalqqa tinchlanishni
buyurishdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TINCHLIK 1 G'ala-g'ovur, shovqin-suron kabilardan xoli, tinch holat. Hamma yoq tip-tinch.. ora-
chora uzoqdan kelgan bola yig'isi bu miiH4iiuKHu buzgandek bo'lar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan
chayon. Ammo Salimning kutgani chiqmadi, qo'rg'onda avvalgiday tinch/shk, jim-jip`shk. Oybek,
Tanlangan asarlar.
2 Kishini bezovta qilmayditan, tinch, osoyishta holat. Uch kundan beri yamoqchining uyida
tinch,shk yo'q. Bolalari qo'rqib, ko'chaga chiqmaydilar. Oydin, Hikoyalar. Gulnor shu topda
yolg'izlikni, tinchlikni istar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Urish-janjalsiz, tinch holat; qamma narsa me'yorida, joyida (odatda, hol-ahvol haqidagi
so'roqqa javob tarzida qo'llana-di). -Xo'sh, Sodiq polvon, ishlar qalay, Toshkentda nima gaplar
bor? -Nima gaplar bo'lein, Toshkentda tinchlik. Bahona bilan Toshkentni ham ko'rib oldik. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. -Ha, Bo'taboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinchlikmi? -
Tinchlik, — dedi Bo'taboy va otning jilovini uning qo'lidan oldi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroq-
lari.
4 Urush, o'zaro ziddiyatli to'qnashuvlar va sh.k. dan xoli sharoit, tinch sharoit. Bu-tun dunyodagi
bizga o'xshash mehnatkashlar bilan bir safda urushga qarshi, tinchlik uchun kurashmoq burchimiz.
Oybek, Hyp qidirib. Tinchlik uchun kurash tobora qizg'in tus olmoqda. Ayollarga ham, bolalarga
ham — xammaga tinchlik kerak. «Saodat».
Tinchlik bermaslik 1) o'z holicha, erkin ish tutishga qo'ymaslik, turli yo'l, xatti-harakatlar
bilan bezovta qilish. To'g'ri, ular boy, juda boy. Ammo ular Gulnorga tinchlik bermaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Devo-naga bir piyola choy ichishga ham tinchlik bermadshshr. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar; 2) ruhan tinchligini buzmoq, tinchini olmoq. Bu savol Boboqulga
mahkam yopishib oldi, bu to'g'rida nechog'li o'ylamaslikka tirishmasin, yursa ham, tursa ham
tinchlik bermasdi. S. Anorboev, Oqsoy. Oradan qancha yillar o'tsa hamki, hamon mana shu hikoya
menga tinchlik bermaydi. Gazetadan. Tinchlik bormi? Xar-xashali, notinch holatdan norozilikni
ifo-dalaydi. -Hoy, tinchlik bormi, yo'qmi? -Axir bola kasal-ku. -Kasal bo'lsa, yig'latmagin.
A. Qa\xrr, Og'riq tishlar.
TINCHLIKSEVAR Urush bo'lmasligini, tinchlikni, mamlakatlar, xalqlarning tinch-totuv yashashini
istaydigan va shunga intiladitan. Tinchliksevarxalqlar.sht Tinch-liksevar elimning Farzandiman
— baxtiyor. YU. Hamdam. [O'zbekiston] Izchil tinchlikse-var siyosati bilan barcha tinchliksevar
xalq-larning muhabbat va hurmatini qozondi. Gazetadan.
TINCHLIKCHA rvsh. Urish-janjal yoki to'polon qilmasdan; biror g'alva chiqarmas-dan; tinch yo'l
bilan. Musulmonqulga taraf-dorlaringiz bo'lsa, tinchlikcha qo'shindan chiqib ketsin\ A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
TINCHSIZ Tinchi, oromi yo'q, betinch. Tinchsiz tun. tsh Bu jumla kelasidagi ang-lashilib
bitmagan, lekin bo'lishi aniqqa o'xshagan yaramas va tinchsiz bir hayotning go'yo muqaddimasi edi.
A. Qodiriy, O'g'gan kunlar.
TINCHSIZLAMOQ kam qo'll. Tinchli-gini buzmoq, beg'inch, bezovta qilmoq, tash-vishga solmoq. -
Bizni kechirasiz, bek aka! — deb Rahmat uzr aytdi. -Vaqtsiz kelib, sizni tinchsizladik. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
TINCHSIZLANMOQ Tinchligini yo'-qotmoq, betinch, bezovta bo'lmoq; tashvishga tushmoq. Unsin
sovuqdan tinchsizlina bosh-ladi. Oyoqlarini yerga urib, qo'llarini puf-laydi. Oybek, Tanlangan
asarlar. [Otabek qutidorga:] Faqat sizning tinchsizlani-shingiz va mardumning yuqori-quyi
so'zi bo'l-masa, sizga boshqa zarar bo'lur, deb o'ylay olmayman. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ona
nimanidir payqab tinchsizlandi. Oybek. Tanlangan asarlar.
TINCHSIZLIK Tinchsiz holat, notinch-lik; bezovtalik. Kunlar o'tgan sari tinch-sizligim osha
bordi. M. Zayniddinova, Kim edi u, demasangiz aytaman. U[Hakimboyvach-cha\ yurtdagi
tinchsizlikning sababini din-ning susayganidan, ulamolarning xalqqa rah-barlik qilmaganidan
ko'rdi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
TING' I ayn. ting. Ting' yer.
TING' II taql. s. Torli musiqa asbob-lari torini chertganda chiqadigan tovushni bildiradi.
TING'ILLATMOQ Ting'-ting' degan to-vush chiqarmoq; torli musiqa asbobi tori-ni chertmoq.
Muxtorxon tokchadagi dutorni olib ting'illatdi. H. G'ulom, Mash'al. Alyo-sha gitarasini olib
ting'illatshii bilan, darrov uning atrofiga yig'ildilar. J. Ab-dullaxonov, To'fon. Xiyol qo'liga
dutorini olib, sozlash uchun ting'illata boshladi. I. Rahim, Taqdir.
TING'IR-TING'IR ayn. ting'-ting'. Bax-mal ting'ir-ting'ir chertib, uydan dutor ko'tarib chiqdi.
Oybek, Ulug' yo'l.
TING'-TING' Ting' II s. takr. Endimagni-tofon vag'illamasdi, o'rniga tori sozlanma-gan
rubobning ting'-ting'i bshshn qasqoni tob tashlagan chirmandaning dang'-dang'i eshiti-lardi. R.
Rahmon, Mehr ko'zda.
TING'SHAMOQ shv. Tinglamoq, eshit-moq. Kuyovning ahvolini bilgisi keldi, «Gu-zarga chiqay,
odamlardan ting'shab bilaman», dedi-da, ko'cha tomon yurdi. R. Rahmon, Mehr ko'zda.
TIP \yun. typos — iz, belgi; shakl, na-muna] 1 Muayyan bir tur (guruh)dagi nar-salarning
muxim belgilarga ega bo'lgan na-munasi, shakli, modeli. Bizning vazifamiz — cho'lda shahar
tipidagi posyolkalar qurish, obod qishloq barpo etish. «Uzbekiston qo'-riqlari». Tuproqlar
sho'rlanish tipiga ko'ra, asosan, xlor-sulfap'sh, ba'zan sulfat-xlorli bo'ladi. «Fan va turmush».
2 biol. Hayvonlar sistematikasida: ke-lib chiqishi jihatidan o'zaro qarindosh, yagona tuzilish
shakliga ega bo'lgan hayvon-lar sinflarini birlashtiradigan oliy sistematik kategoriyalardan
biri. Bo'g'im-oyoqlilar tipi.
3 Ijtimoiy, kasbiy, axloqiy va b. bel-gilarning umumiyligiga ko'ra birlasha-digan
kishilarning yorqin vakili. Kamtar, ijtimoiy tadbirkor — ilg'or kishilar, xalq vakili
sifatida, ijtimoiy taraqqiyotga ulkan hissa qo'shgan yangi tipdagi odamlar-dir. N. Safarov,
Olovli izlar.
4 Adabiyot va san'atda: bir turdagi ki-shilarning xarakterli, umumlashma belgi-xususiyatlarini
aks ettiradigan, mujassam-lashtiradigan obraz. Temaning qahramoni qilib olingan shipning,
mehnatni san'at darajasiga ko'tara olgan odamning xarak-terini bo'rttirib bera olish kerak.
N. Sa-farov, Olovli izlar. O'zbek prozasida pro-totipdan adabiy tip yaratishning rang-barang
ko'rinshilari bor. «O'TA».
5 s. t. O'ziga xos (ko'pincha salbiy) xusu-siyatga ega bo'lgan odam. Mana bu tipga otni ber
desam, bermadi. Meni tutib so'kdi. T. Mu-rod, Ot kishnagan oqshom.
TIPIK 1 Ma'lum bir tipga xos bo'l-gan; ma'lum tipdagi narsa va hodisalarning xarakterli
belgi-xususiyatlarini o'zida aks ettiradigan, mujassamlantiradigan. Ham-za o'zining dramatik
asarlarida.. o'zbek ayollarining tipik obrazini yaratadi. «O'TA». Biz kartinamizning asosiy
masalasi qilib mexanizatsiya masalasini olmoqchimiz. «Pax-takor» [kolxozi] mexanizatsiya
jihatidan ham tipik, shundoq emasmi?A. Qahhor, Kartina.
2 Biror narsa uchun xos, xarakterli. No-tiqning shablon nutqiga xos tipik ele-mentlarni
topish.. kerak bo'ladi. «O'TA». O'timlilik ham o'zbek tili holat fe'llari semantik tuzilishi
uchun tipik emas. «O'TA».
TIPIKLASHTIRMOQ1 Bir tipga kel-tirmoq, tipi jihatidan tasniflamoq, bir xil qilmoq.
Tipiklashtirilgan binolar.
2 ad. Tipik belgilar va shakllarda gav-dalantirmoq. Tipiklashtirilgan obraz.
TIPIKLIK 1 Tipik belgi-xususiyatga egalik. Ijobiy obrazlarning tipikligi.
2 Adabiyot va san'atda: xususiy va umu-miy hodisa, voqealarning badiiy obrazlar-dagi
birligi, umumlashmasi. Zotan, china-kam badiiy asarda g'oyaviylik, tipiklik, emo-sionallik va
ijtimoiy amaliyot bilan alo-qadorlik dialektik yaxlitlikni tashkil qiladi. «O'TA».
TIPILLAMOQ ayn. tipirlamoq. Ora-dan ko'p o'tmay, [imtihondan] «O'tolarmi-
107 ya'^
kanman, bilmaydigan qiyin savol tushib qolsa, nima qilaman», deb tipillab turgan Ra'no ham
kirib, «to'rt» olib chiqdi. Mir-muhsin, Umid.
TIPIRLAMOQ 1 Jon talvasasida o'zi-ni har yonga urmoq, sapchimoq, pitir-pitir qilmoq,
pitirlamoq, tipirchilamoq.
2 ko'chma Tez, shoshilinch yoki bezovta ha-rakat qilmoq, shoshilib pitirlab qolmoq. Nurxon
tipirlab qolgan Ravshan polvonga tikildi. O. Yoqubov, Larza.
TIPIR-TIPIR ayn. pitir-pitir. ..lo'p-pigina, kuldirgichli shirin qiz tipir-tipir yurib borib,
onasini «achom» qiladigan bo'ldi. A. Muxtor, Chinor.
TIPIRCHILAMOQ 1 ayn. tipirlamoq. Nozik, rang-barang parvonalar, kapalaklar lampa atrofida
aylanar, guldor qanotlari-ni shishaga urib tipirchshshr, gilamga yengil-gina qulab, tinar
edi/iap. Oybek, Tanlan-gan asarlar. Adolat tipirchilab, uning [Us-monjonning] qo'lidan
chiqdi. S. Zunnunova, Gulxan. Suvonjonning qo'ynida yotgan uloq endi tipirchshamay qo'ydi. S.
Anorboev, Oq-soy.
2 Nima qilishni bilmay qolmoq, o'zini yo'qotib, gangib qolmoq. Mohidil uning \La-tifjonning]
kelishini kutmagan bo'lsa ke-rakki, juda tipirchilab qoldi. J. Abdulla-xonov, To'fon. Sholining
aravaga ortilishi-ni eshitgan boy tipirchilab qoldi. H. G'ulom, Mash'al.
3 Juda shoshgan (shoshilgan) holda bi-ror narsa harakatiga tushmoq. Bir zum o'tar-o'tmas xalat
kiygan doktorlar.. tipirchilab qolishdi. X. To'xtaboev, Sariqdevni minib. Olti oygacha
tashvishlanmay yurib, endi tipirchilaysizmi?! «Mushtum».
TIPIRCHILANMOQ ayn. tipirchilamoq 1. Mo'min mirzo bor kuchi bilan tipirchilan-di. Lekin temir
panjadan qutulish imkon-siz edi. Oybek, Navoiy. Qodir, burgut chan-galiga tushgan qo'yday
tipirchilanardi. J. Sharipov, Xorazm.
TIPOVOY [«tip 1» s. dan] Muayyan bir tip, namuna, shakl yoki andozaga mos, to'g'ri keladigan,
shunga asoslangan, namuna bo'la-digan; namunaviy; andozaviy. Tipovoy loyi-ha. Tipovoy maktab
binosi. mm Boshliq.. ku-ni kecha qo'ldan chiqarilgan tipovoy uylar yoniga yetib keldi.
Gazetadan.
TIPOGRAFIYA [yun. typos - iz, shakl + grapfo — yozaman] Kitob, gazeta va b. turli xil
nashrlarni bosib chiqaradigan korxo-na; bosmaxona. Ushbu poezd sostavi maxsus tipografiya,
kinoapparat, ko'rgazmalar ort-gan o'n uch vagondan iborat edi. «O'TA».
TIPOLOGIK Narsa va hodisalar ti-piga xos bo'lgan; tipologiyaga aloqador, oid; muayyan narsa
va hodisalarga oid belgi-larning umumiyligini, mushtarakligini aniqlashga, belgilashga
asoslangan. Tillar-ning tipologik tasnifi. mm Mualliflar tipologik o'xshashlik, shuningdek,
regional genetik yoki kontakt munosabatlarning mav-judligi bilan izohlanadigan faktlarga
dahldor masalalarga murojaat qilganlar. «O'TA».
TIPOLOGIYA [yun. typos - belgi, iz; namuna, shakl, + logos — fan, ta'limot] 1 Ob'ektlar
tizimini qismlarga ajratish va ularni umumlashma model` yoki tip yordamida guruxlashtirishdan
iborat ilmiy metod.
2 tlsh. Til tuzilishining muhim belgi-larini ayrim olingan tillar qurilishi-ni o'rganish,
ularni har tomonlama taqqos-lash asosida anikdovchi va umumlashtiruv-chi tilshunoslik bo'limi.
TIPPA-TIK 1 Adil, tik, tikka. Tippa-pgik narvon. Tippa-tik o'sgan daraxt. mm Jo'raning
tippa-tik turishi Nosirnshg g'a-shini keltirdi. N. Nazarov, Zamon.
2 ko'chma Hech tap tortmasdan, dangal. U [Rahimov].. ma'muriy xodimlar bilan tip-pa-tik
olishar, tortishar emish. J. Abdul-laxonov, To'fon.
TIPRATIKAN Usti va yonlari igna-simon tikanlar bilan qoplangan hasha-rotxo'r sutemizuvchi
kichkina hayvon; kirpi.
TIR I \f. — o'q, kamon o'qi] (i — cho'ziq) esk. kt. Uq, kamon o'qi. Tup otmoq. mm Har bs`yudan
asraguvchi eng muhim, qimmat yarog' — Tiri vahshash, xanjari zillatga qalqondir kitob. Hamza.
Tiri mijgon poet. Kiprik o'qi; o'kdek o'tkir, sho'x qarash xaqida.
TIR II \fr. tir < tirer - otmoq] {i -cho'ziq) Kamon, to'pponcha, miltiq kabi otish qurollari
bilan nishonga qarab otish mashkdari o'tkaziladigan, maxsus jihoz-langan joy.
TIRAGICH ayn. tirak. Bu gsh xam o'zi oldin o'tdi. Unga yagona tiragich bel bo'ldi. Oydin,
Gulsanam.
108
TIRAJ \fr. triage < tirer - tortmoq, cho'zmoq; sudramoq] 1 Zayom yoki lotereyaning yutuqlari
o'yini. Tirajda hammasi bo'lib 569600 ma pul va buyum yutug'i o'ynaladi. Gazetadan.
2 Kitob, jurnal, gazeta va sh.k. ning bosilib chiqqan nusxalarining umumiy soni, adadi.
Gazetaning tiraji. Kitobning tiraji. mm Nashr qilinadigan kitoblar, jurnallar va
gazetalarning tiraji ancha ko'payadi. Gazetadan.
TIRAK 1 Narsani biror holatda suyab. ko'tarib, tutib turish uchun qo'yiladigan tayanchiq; tirgak,
tirgovuch. tiragich. Devorga tirak qo'ymoq. shsh Tirak qo'yib mahkam-langandan keyin, ungur
yoqdagi uchidan yerga sho-vun tashlanadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 ko'chma Qo'llab-quvvatlaydigan, yordam beradigan kuch; ishonchli himoyachi, tayanchiq. U —
oshamizning tiragi. tsh Qanchalik qiyin bo'lmasin, Nizomjon qishloqda qolishga, keksayib qolgan
dadasiga tirak bo'lishga ahd qilib qo'ydi. S. Ahmad, Ufq. Mirhaydarning baxtiga, katta o'g'li
Mirsaid yigitcha bo'lib, otasi yoniga kirdi: Tirak bo'ldi — loy iylab, charx tepdi.. Mirmuhsin,
Tungi chaqmokdar.
TIRALMOQ1 Tiramoq fl. o'zl. va majh. n. Devorga tirshgan narvon. Eshikka tiral-gan tamba. mm
U, kelganlarga peshvoz chiq-moqchi bo'lib, tirsagiga tiralib, o'rnidan turayotgan edi.. S.
Ahmad, Hukm.
2 Suyanmoq, tayanmoq. Ikromjon ayvonga kelib, bir qo'liga tiralibo'tirdi. S. Ahmad, Ufq. -
Bizga ham o'sha yumshog'i kerak, — dedi afandi va hassasiga tiralib, vagonga chiqdi. «Mushtum».
TIRAMA, tiramo(h) [f. iLoo^ — xira oy; kuz] shv. Kuz. Orila bilmadi tog'larning qori,
Tiramada pishar bog'ning anori. «Qun-duz bilan Yulduz». To'g'risi, bunga kech ti-ramoda
ekinzoriga go'ng sepib chiqishi ham poydevor yaratdi. «Yoshlik».
TIRAMOQ 1 O'zini yoki biror narsani tutib turish uchun (tirgak, tayanch sifati-da) qo'ymoq.
Shotilarni sekin tikladilar, uchini devor qirrasiga tirab qo'ydilar. P. Krdirov, Yulduzli
tunlar. Sobir burchakka tirab qo'yilgan dutorni olib, ikki o'rtoq o'rtasidagi bahsni
to'xtatishga urindi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Qora Ahmad bir qo'lini yerga tirab, ohista
ko'tarildi.. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
2 Biror tomonga tutashtirmoq, qadamoq. Pichoq tiramoq. tsh ..hovlining kunbotar tomonida
xarobalikdan ozgina berida bo'lgan boyagi yo'lakka tirab solingan ikki darichali bir uy.. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Ular [Nizomjon bilan Dildor] boshlarini bosh-lariga tirab, surat
oldiribham kelishdi. S. Ahmad, Ufq.
Oyoq tiramoq Biror ish, maslahat, muo-mpaga ko'nmaslik, o'z aytganidan qaytmas-lik. Shuni
yangisiga almashtirib berilmasa, mashinani qabul qilmasligini aytib, oyog'ini tirab turibdi. H.
Nazir, Ko'kterak shabada-si. Siz ham endi oyog'ingizni tirab turib olmang, biron muomalaga
keling, P. Tursun, O'qituvchi. Yuziga oyoqtiramoq Hurmatiga zid ish qilmoq. Qizim, Ruhi.po
yuziga oyoq ti-ragani uchun, shunday tashvishlarga uchrayapti.. Mirmuhsin, Chodrali ayol. O'z pirini
beobro' qilgan, yuziga oyoq tirab ketgan bandaning holiga voy! «Mushtum».
TIRAN q. tiyran. Biz.. xo'jalik rahbari to'g'risida gapirganimizda, ko'z oldimizda bilimlari
tiran, jonkuyar kishining siymo-si gavdalanadi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuch-li. Qay dil chamani
boy, jozib nafasi. Kim-ning fikri o'tkir, tiran, bokira? Zulfiya.
TIRANDOZ \f. - o'qotuvchi] Ka-
mondan o'q otuvchi; kamonkash, mergan. Ot-ryad tirandozlar himoya qilib turgan to'siq-larni yorib
o'tib, katta bozorga yaqinlashdi. F. Ozodaev, Toshkent tarixidan.
TIRANDOZLIK 1 Tirandoz ishi, kas-bi; merganlik.
2 Kamondan o'qotish mashqi yoki san'ati; merganlik. Alisher.. tarix, falsafa, man-tiqdan boshlab
tirandozlikka qadar hech bir sohani qoldirmagan emish. Oybek, Navoiy. Bu tomondagi ikki
maydonda harbiy mashq — otda chopib, novda qirqish, tirandozlik, pilta miltiq otish kabi
mashqlar o'tadi. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar.
TIRAQAYLAMOQ Tura qochmoq, qochib qolmoq, hech narsaga qaramay chopib qolmoq. Tiraqaylab
qochmoq. mm Ahmad jo'rttaga sakrab, o'rnidan turdi. Ikkala o'spirin tiraqaylab qochib qoldi. F.
Musajonov, Himmat. Musht yegan Sholg'om maxsum inva-lidning qo'lidan omon qutulganiga shukur
qilib, tiraqaylaganicha jo'nab qolibdi. Mirmuxsin, Umid.
™9 G'`^
TIRBAND Kishi yoki narsalar bilan liq to'lgan, butunlay band, bo'sh joy yo'q. Ko'chalar tirband.
Teatr binosi oldida odamlar tirband. mm Io'lkalar, tramvay, trolleybuslar.. uncha tirband
emas, ammo katta ko'chalarda hali mashinalar oqimi avjida. Mirmuhsin, Umid. Payshanba va juma
kunlari do'kondorlarning yana bozori qizir, samovarxona va oshxonalar odamga tirband bo'lib,
yurish qiyin bo'lar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari. Maxsus tokchalar tirband
kitoblardan si-naman deydi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
TIRGAK ayn. tirak. Yog'och tirgak. Temir-beshon shirgak. mm Yiqilib ketmasin, deb tirgak
qo'yilgan bu hovlidagi yagona xonaning orqasiga borib, past tovush bilan: -Qulmu-rod! O',
Qulmurod! — deb chaqirdi. S. Ayniy, Qullar. Shu og'ir kunlarda bir-birimizga tirgak bo'lmasak,
qachon bo'lamiz!? Shuhrat, Shinelli yillar. Ularning ollohi — pul, paygambari — yer, imoni —
mol-mulk. Hayoti-ning ana shu uch tirgagini istagan yo'l bilan muhofaza etishga doim tayyor
ular. S. Karo-matov, So'nggi barxan.
TIRGIZMOQ kam qo'll. ayn. tiriltir-moq. G'amli ketgan Muqimiyni tirgizding, Ozod xalqning
qatoriga kirgizding. Habi-biy.
TIRGOV ayn. tirak. Tirgovi chirib, de-vor qulab shushdi. mm [Traktorchi:] Shunday paytda bir-
birimizga tirgov bo'lmasak, har kim har yoqqa qiyshayib, ish ora yo'lda qolib ketadi. S.
Mahkamov, Katta rulda.
TIRGOVUCH ayn. tirak. Yog'och tirgovuch. Olmalarga tirgovuch qo'ymoq. Ota-onaga tir-govuch bo'lmoq.
mm Yer qatlami siljib shi-tirlaydi, yo'g'on tirgovuchlar qisirlab sina-di. S. Ahmad, Mo'tti. Bir
kun pushaymon bo'lmagin, deyman. Tilmochning qozikalonday tirgovuchi bor, bilib qo'y! Oybek,
Ulug' yo'l. Hech kim yakka tashlamas qadam, Kimdir kim-ga bo'ladi tirak. Bir-biriga suyanar odam,
Tirgovuch ham shirikka kerak. To'lqin, Ochiq xat.
TIRE \fr. tiret — chiziqcha < tirer — cho'z-moq, tortmoq] tlsh. Uzun gorizontal chi-ziqcha (—)
shaklidagi tinish belgisi.
TIRJAYMOQ Ovoz chiqarmay, ko'z, lab-lunj harakati bilan kulgi ifoda-lamoq, miyig'ida kulmoq.
Fazliddin tir-jayib, egri-bugri tishlarining oqini ko'r¬satdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Tirja-yib turib, jonini oldi, yo'q, chayonga ayla-nib, ko'ksiga zaharli nayzasini sanchdi. S.
Anorboev, Oqsoy. Yigitali bo'lajak qay-nona yuzidagi tabassumni ko'rib, o'zi ham zo'rma-zo'raki
tirjaydi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Men tirjayib turgan ekanman-mi, bilmadim, to'satdan
ro'paramda to'xtab: -Xo'sh, nimaga kulasan, soldat ? — deb so'radi. O. Yoqubov, Izlayman.
TIRJIQ 1 Doim tirjayib turadigan; tirishiq, burushiq.
2 Juda oriq, qotma.
TIRIK 1 O'lmagan, hali yashab turgan; hayot, barhayot. Ikkita tirik katta baliq-ning bo'g'zidan
kanop o'tkazib, hovuzga tash-lab qo'yildi. Mirmuhsin, So'gal. «E, ona-jonginam, qani endi, sen
ham shu yerda tirik bo'lsang-u, o'z o'g'lingning qanday odam bo'l-ganini ko'rsang», debxayol qildi
[Elmurod]. P. Tursun, O'qituvchi. Alhamdulilloh, ko'rdim, tirik ekansan, noqobil bolam.
Oybek, Tan-langan asarlar.
2 O'simlik yoki hayvonot dunyosiga oid; jonli. Tirik shabiat. Tirik organizm.
3 O'zinint yangi vaqtdagi ko'rinishini, tarovatini yo'qotmagan, so'lmagan (o'simlik, unint guli,
mevasi va sh.k. haqida). Sabzi-ning tirik-tirigini terib olmoq. Bodring suvda tirik turadi.
4 Kuch-quvvatini yo'qotmagan; bardam, te-tik. [Buvim] Tirikkina kampir, hassa mym-maydi.
Oybek, Bolalik.
5 Tiyrak; serg'ayrat, harakatchan. Hamida o'n olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz. A. Qah-hor,
Adabiyot muallimi.
6 ko'chma Yashayotgan, saqlanib qolgan, jonli, barhayot. Azim tog'a bilan suhbatlash-gan odam uni
tirik tarix deydi. «O'zbekis-ton qo'riqlari». «Bu taxtu saltanatlar benomu nishon yo'qolur,
faqat me'moru mu-savvirlar yaratgan zo'r san'at asarlari ti-rik qolur», degan aqidalar bizga
mak\um. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
7 ko'chma Yaxshi pishib yetilmagan (asosan ovqatga solintan don haqida). Mastavaning guruchi
tirik, bir oz qaynasin. Mosh hali tirik. mm Xayolim qochib, kabobni qayish qilib qo'yibman. Osh
ham tirik bo'libdi. P. Qodirov, Qadrim.
Ko'z tirigida Hayot vaqtida, hayotligida, o'lmasdan. [Ona:] Ko'zimning tirigida orzu¬
110
havasini ko'rsam, deyman bolaginamning. I. Rahim, Chin muhabbat. Endi ko'zimning tiri-gida
eng kichik Yusufjon ukangni ham xatna qildirib qo'ysam, deyman. «Bo'tako'z». Tirik vazn
Hayvonning tiriklayin tortilganda-gi og'irligi. Go'shtga topshirilgan har bir qoramolning
tirik vazni o'rtacha 400 kilo-grammga yetdi. Gazetadan. Tirik yetim Ota-onasi o'lmagan, ammo
ulardan biror sabab bilan judo bo'lgan bola haqida. \Sharofat:\ Bolam tirik yetim bo'lmasin,
deb keldim. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Tirik jon Yashab turgan inson haqida, unga
nisbatan qo'llanadi. Hay, mayli, tirik jon nimalarni ko'rmaydi! Nima bo'lsa, ko'raveramiz! P.
Tur-sun, O'qituvchi. Tirik tovon q. tovon II.
TIRIKLAY(IN) rvsh. Tirik holida, tirikligicha; o'lmasdan yoki o'ldirmasdan. Kuyonni tiriklay(in)
tutmoq. shsh Kutul-madim qayg'u, kulfat, alamdan, Tiriklay ay-rildim ikki bolamdan. «Shirin
bilan Sha-kar». ..yuzdan ortiq aziz ota-onalarni ti-riklayin kuydiribdi vahshiylar. T.
Rustamov, Mangu jasorat. Agar shamol qo'zg'alsa, qum \odamlarni\ tiriklay ko'madi. A. Qaxdor,
Asarlar.
TIRIKLIGICHA ayn. tiriklay(in).
TIRIKLIK 1 Tirik holda (xayot) ekan-lik. (Gulnor:\ U tirikligimni, siz bilan bir yoqqa
qochgamigimni sekingina oyimga so'zla-sin. Oybek, Tanlangan asarlar. Tirikligida uni ko'p
urib azoblagan va uning dunyoga kelga-ni uchun xudodan ham norozi bo'lgan Buviniso endi
farzandining jasadi ustida.. ko'zlaridan sel-sel yosh to'kardi. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Hayot, yashash jarayoni, holati. Sevgisiz tiriklik anduh, befarah, Mangu sharofatli ma'raka bu
kun. R. Parfi, Ko'zlar. Unitark etgan tiriklik nishonalari qaytdi, og'zi-dan chiqqan birinchi
so'z: «Voy o'lay!» nidosi bo'ldi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Tiriklik — mavj urib, to'lqiyuyunib
oqayotgan zo'r bir daryo. Bu daryoda suzmaydigan odam yo'q. N. Sa-farov, Olovli izlar.
3 Kun kechirish, yashash, tirikchilik; hayot. Cho'ntaklarida xemiri qolmagan aka-uka tiriklik
to'g'risida o'ylay boshladilar. M. Osim, Tilsiz guvoh. O'rnimdan turib, otam ekib ketgan yarim
tanobcha yerdagi jo'xorshsh qayirib olishga va buni pishirib, tiriklik o'tkazishga erinar edim. G'.
G'ulom, Tirilgan murda.
Ko'z tirikligida ayn. ko'z tirigida q. tirik. Ko'zim tirikligida shu qizimning ham hayotini
tinchitib, to'yini o'tkazsam, armon bo'lmasdi. Mirmuhsin, Umid.
TIRIKTOVON (to'g'risi - tirik tovon) q. tovon II.
TIRIKCHILIK 1 Hayot kechirish, kun ko'rish, yashash. Tirikchilik uchun kecha-kunduz pshnmasdan mehnat
qilgan va yuragida shuncha g'amni ko'targan bu beli bukik, yelkasi chiqiq cholni.. so'z bshan
yupatishning.. ma'nosizligi-ni sezdi. Oybek. Tanlangan asarlar. Tirik-chilik yanada og'irlashbi.
Boylar ham qarz bermay qo'ydi. P. Tursun. O'qituvchi. Odamlar shirikchilikdan qiynalib, ishga
och-nahor qatnayotgan o'sha mashaqqatli kunlarda Poshsha xola boshqalardan to'q va but yashadi. D.
Nuriy, Osmon ustuni.
2 Kundalik ro'zg'or va u bilan bog'lik, ish-yumush, tashvishlar. -Orzularim bor, jur-nalist
bo'lishni istaiman, — dedi \Ahmad Husayn], — lekin dardisar tirikchilik to's-qin. Oybek, Hyp
qidirib. Har kimning o'z tirikchiligi bor. Mana, hut kirdi, dehqon-ning oyog'iga qurt kirdi.
P. Tursun. O'qituv-chi. Endi uy-uyingizga tarqalingiz, tirik-chilikdan qolmangiz, o'rtoqlar!
H. G'ulom, Mash'al.
Tirikchilik qilmoq Hayot o'tkazmoq, kun kechirmoq; yashamoq. Qishloqda tirikchilik qilish juda
qiyin. Ochlik, yalang'ochlikka chi-dab, tirikchiligimizni qilar edik. Oybek, Tanlangan asarlar.
Kichkina do'konchamdan kel-gan daromad bilan tirikchilik qilib bo'lmas-di. SH. Rashidov, Qudratli
to'lqin.
TIRILLAMOQ Davomli yoki qisqa-qisqa, uzuq-uzuq «tir» etgan ovoz chiqarmoq; «tirr-tirr»
etmoq. Shim tirillab yirtil-di. tsh Jarning o'ng yog'ida pulyometlarning muttasil tirillashi..
avtomatlarning tasir-tusur o'q yomg'iri benihoya edi. A. Mu-hiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli
qiz. Jimlikni temir yo'l yoqalab o'rmalayotgan traktorning tirillashi buzadi. A. To'xta-xo'jaev,
Beg'am traktorchi.
TIRILMOQ 1 Diniy tasavvurga ko'ra, joni kirib, qaytadan yashay boshlamoq. Mana shu
sallalilardan biri borib, bir Map-ma «suf» desa, uning onasi tirshshb ketadi. P. Tursun,
O'qituvchi.
2 ko'chma O'lim yoqasidan qaytmoq, o'lim-dan qolmoq; qayta jonlanmoq. Ha, men uch
marta o'lib, uch marta tirildim. A. Ubay-dullaev, Qonli izdan. Onalar shunday.. o'lim bilan
olishuvda vngib chiqadi-yu, shundan boshlab o'zi olamdan ko'z yumguncha, bolam deb, necha boro'lib,
necha bor tiriladi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Murtazinning gaplari.. tirik murda bo'lib
qolgan odamlarni qayta tiriltirdi. N. Safarov, Olovli izlar.
3 Qaytadan ko'karib o'sa boshlamoq, jon-lanmoq (so'ligan o'simlik haqida). Kun is-sig'ida
shalpaygan ko'chatlar kechga borib tirila boshlaydi. mm Tagidan suv o'rmalagan har tup g'o'za
tirilmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat.
4 ko'chma Qaytadan ishga tushmoq; yuri-shib ketmoq, jonlanmoq. Savdo ishi ancha tirilib qoldi.
O'l desang — o'ladi, tiril desang — tiriladi Nima desa, shuni qiladigan, ito-atkor kishi yoki
hayvon haqida. | FazliddinH Xizmatkor, malay qanday bo'lsa ?! U tanini, jonini
xo'jayinlardan ayamasa, ninaday narsaga xiyonat qilmasa, o'l desa — o'lsa, tiril desa —
tirilsa). Oybek, Tanlangan asarlar. O'lib-tirilmoq Bor kuchi bilan' harakat qilmoq.
tirishmoq. O'lib-tirilib ishlamoq. mm -Qiz bola ko'cha-ko'yga chiqqan-da, qilning ustida yurganday
bo'ladi. Hech kim yomon demasin, deb o'lib-tiriladi, ~ dedi Chinnixon Abrorga. P. Qodirov,
Qalbdagi quyosh.
TIRINKA \fr. tricot] s. t. Ust kiyim uchun ishlatiladigan ip yoki yarim jun gazlama. Maxsum
esa egnidagi tirinka shim-ni yechib.. buloqda yuvindi. S. Anorboev, Oq-soy. Tizzalari tshpilib
ketgan eski tirin-ka shimning pochalaridan suv sirqib oqar.. zdi. N. Fozilov, Diydor.
TIRISH 1 ot Terining burushuvi natijasida hosil bo'ladigan chuqur iz; ajin, burushiq, tirishiq.
[Hamidaxonning] Notinch yuzida jilmayish emas, tirish pay-do bo'ldi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Fol-bin ingichka, uzun, qop-qora habashday, ko'zlari g'ilaynamo, sirli qiyofadagi yuzi qat-qat
tirish. Oybek, Bolalik.
2 sft. Burushgan, tirishgan. Opam qop-qorayib ketgan tirish qo'llari bilan yuzini berkitdi-da,
yig'lab yubordi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman.
TIRISHIB-TIRMASHMOQ Kuch-g'ay-ratini ayamasdan, astoydil harakat qilmoq, jon-jaxdi bilan
urinmoq. [Kampir.] Hech kimga xor-zor bo'lmay, deb tirishib-tir-mashib yotibman. Oybek,
Tanlangan asarlar. Azamatlar xo'p tirishib-tirmsshshb, brigada yerini uch yilda dasht hisobiga
ikki baravar kengaytirishdi. H. Nazir, Mayoqsari.
TIRISHISH tib. Muskullarning to'sat-dan g'ayriixtiyoriy ravishda qisqarishi.
TIRISHIQ 1 ot Ajin bosgan, burush-gan, tirishgan joy; burma, qat, ajin. Yuz tirishiqlari.
1 sft. Ajin bosgan, burushgan, tirish-gan. Tirishiq yuz.
TIRISHMOQ 1 Ajin, tirish bilan qoplanmoq. Nazarimda, yuraklari sanchdimi, burushib ketgan ozg'in
yuzlari badtar tirishdi. E. Raimov, Ajab qishloq. Marhamat uning shishib yotgan lunjini ko'zdan
kechirarkan, xuddi qo'liga igna kirganday, chekkalari ti-rishib ketdi. H. Nazir, So'nmas
chaqmoklar. Ahmadning peshonasi tirishdi, hozir o'y-laydigan payt emas edi. F. Musajonov,
Himmat.
2 Badani yoki biror a'zosi og'riqdan yoki shunday ogriq tug'diradigan his-tuyg'u-dan tortishish,
tirishish holatida bo'lmoq. [Gulnor] Oyoqlariningakashaklana borganini, butun gavdasining
tirisha boshlaganini sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Uning boshiga muz yugurib, asablari
tirishdi. H. G'ulom, Mash'al. Hamma yog'im og'rib, tiri-shib ketyapman. Mirmuhsin, Me'mor. [El-
murodning] Yarasi tirishib, og'rib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar. ..ariq bo'yiga joy qilib, och
qoringa xo'p qovun yedi. Isitmasi ko'tarilib, tirishib yotgani shuniki. I. Rahim, Ixlos.
3 Astoydil harakat qilmoq, urinmoq. Birovni ishontirishga tirishmoq. Bolani yupatishga
tirishmoq. Uzini oqlashga ti-rishmoq. Tirishgan shog'dan oshar. Maqol. mm Darmoni qurigan yigit
o'zini dadil tutish-ga tirishar, lekin munkib-munkib ketar edi. J. Sharipov, Xorazm. Matqovul
quduqdan suv tortib turib, bu yoqqa qarab-qarab qo'yar, qulog'iga yetib kelgan gaplarni
eshitmaslikka tirishar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TIRISHIB rvsh. Astoydil, zo'r berib, kuch bilan, berilib. Qariya qovun, oshqovoq.. ortilgan
zambilg'altakni tirishib haydab kelardi. N. Aminov, Suvarak. Tirishibmashq qilishim orqasida
hamsaboq o'rtoqlarim ora¬
112
sida insho yozishda peshqadam bo'ldim. N. Sa-farov, Olovli izlar.
TIRISHQOQ Har qanday ishga astoy-dil harakat qiladigan, tirishib ishlaydi-gan; harakatchan.
Uning zehni o'tkir, o'zi ti-rishqoq edi, maktabda eng kuchsh o'quvchilar-dan hisoblanardi. P.
Qodirov, Uch ildiz. Mehnat faoliyatini shu yerda farroshlikdan boshlagan edi. Abjir, tirishqoq
qiz ayni vaqtda murakkab hunar — tikuvchilikni qunt bilan o'rgandi. Gazetadan.
TIRIQTIRMOQ Oldiga solib yugur-tirib, zirqiratib haydamoq. U \Kudrat\ uzun tol novdasini
sindirib oldi-da, sigir-ni savalagancha, oldiga solib tiriqtira ketdi. H. Nazir, So'nmas
chaqmokdar. -Shaf-toli opchiqolmaydi. Bog'bon amaki naq gav-ron bilan tiriqtiradi, — dedi
Asrora qizlarga. S. Ahmad, Ufq.
TIRKALMA Boshqa bir ulovga, mashi-naga tirkab ishlatiladigan, o'zi mustaqil yurmaydigan;
tirkama. Tirkalma plug. Tir-kalma seyalka.
TIRKAMA ayn. tirkalma. Tirkama kul`-mueamop. Tirkama seyalka.
TIRKAMALI Biror qurolni tirkab, ulab ishlatishga moslangan; tirkamasi bor. Tirkamali
traktor.
TIRKAMOQ 1 Biror qurol, moslama va sh.k. ni yurgizuvchi mashina, ulovga birik-tirmoq, ulamoq.
Vagonlarni parovozga tir-kamoq. Seyalkani traktorga tirkamoq. tsh Qodirni dafn qilib
qaytganlarida, sharq tomondan pachag'i chiqqan «Volga»ni yuk ma-shinaga tirkab kelishayotganini
ko'rishdi. J. Abdullaxonov. To'fon.
2 Birga qo'shib qo'ymoq, qatoriga qo'sh-moq, kiritmoq. Mirza Muhiddin Ibrohi-movning ishiga yangi
hujjatlar tirkadi. A. Qahxrr, Sarob. Abdurasul A,1eksey bshshn mas-lahashashib, uning
[Turdiboyning] arizasi-ni quloqlar va dargumon odamlardan tushgan arizalar delosiga tirkab
qo'ydi. P. Tursun, Uqituvchi. Bo'taboy.. Sodiq tarangni quloq-larro'yxatiga tirkabyubordi. S.
Ahmad, Hukm.
3 ko'chma Biriktirib, bog'lab qo'ymoq (yor-damchi, o'rganuvchi shogird sifatida). Yaxshi
o'zlashtirmayotgan o'quvchini a'lochilardan biriga tirkab qo'ydi.
4 Tiramoq, suyamoq. Shaftoliga airi tirkamoq. ish Zikriyo bilan Azizboy uning \eshonning\
qo'ltig'idan olib, so'riga o'tqa¬zadilar, yonboshiga paryostiqlarni tirkab qo'yadilar. N. Safarov,
Sharq tongi. Ular narvonchani tokchalarga tirkab qo'ydilar. A. Muxtor, Chinor.
TIRKISH Arava shotisini egar ustida tutib turuvchi, ikki uchi biriktirilgan qalin qayishdan
iborat ot-arava abzali. Shunda kalning achchig'i kelib, so'ygan moli-ning terisidan tirkish
qilib olibdi. «Ol-tin olma». Go'yo hamma ishni o'zing qilmoqchi bo'lasan. Lekin shuni bilki,
tirkish bo'lmasa ham, otni aravaga qo'shib bo'lmaydi. F. Nas-riddinov. Ota o'g'li.
TIRMA: girma mola Haydalgan yerni te-kislash bilan bir vaqtda yuza yumshatish uchun ishlatiladigan
tishli mola; sixmola.
TIRMALAMOQ shv. Tirnamoq, timda-lamoq. Chaqmoq o'zining o'tkir panjalari bilan ko'k yuzini
tirmalar. M. Jabborov, Sevinch yoshlari. Ku.iariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi,
rohati badan ko'ylagining etagi yirtildi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
TIRMASHMOQ 1 Mahkam yopishib, chir-mashib, yuqori ko'tarilmoq, yuqoriga chiq-moq. Sakkizta bola
birdan: «Bo'pti, juda soz!» deyishdi-da, devorga tirmashib, tomga g'izillashdi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Ana, ular cho'qqining yonboshida.. yo'l topib, echkilar-day yuqoriga tirmashib
ketishdi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
2 Mahkam ushlamoq, yopishmoq. Men yugu-rib borib, otamning oyog'iga yopishdim, rangi quv o'chgan,
tshprab turgan Anvar uning ik-kinchi oyog'iga tirmashdi. H. Ahmar, Kim haq? Nazokat ariqdan
chiqib olishi bilan beliga va bilagiga qattiq titroq qo'llar tir-mashayotganini ko'rdi. A.
Muxtor, Opa-sin-gillar.
TIRMIZAK 1 kest. Hali qo'lidan en-pop ish kelmaydigan, turmushning og'ir-yengilini ko'rmagan
shaxs ma'nosida qo'lla-nadi. Sen men aytadigan ashulaga ham chang soldingmi, indamagan sari
boshimga chiqib olmoqchimisan hali tirmizak. S. Karomatov, Hijron. Hamma yigitlar urushga
ketdi. Dalada xotinlaru qarilar, tirmizakday bo'lib biz, bolalar, ishlaganmiz. S. Anorb&yev,
Oqsoy.
2 Sho'x bolalarga nisbatan «shumtaka», «tirrancha» kabi ma'nolarda ishlatiladigan undalma. Hoy,
omon bo'lgurlar, bularni [bo-
lalarni] qaerdan topdinglar? Qidirmagan joyim qolmadi-ya! Ha, tirmizaklar! W. Qo-dirov,
Qalbdagi quyosh. Mabodo bironta bola tomdagi kaptarga tosh otsa, «shiferni teshasan. tirmizak»,
deb uyigacha quvib boradi. S. Ahmad, Cho'l shamollari.
TIRNAMA: tirnama asboblar mus. Tor-larini barmoquchlari, noxun va sh.k. bilan tirnab. chertib
chalinadigan asboblar (du-tor, tanbur, do'mbira, balalayka va b.)
TIRNAMOQ 1 Tirnoq yoki o'tkir uchli narsalar bilan tilmoq, yulmoq, timdala-moq. Mushukcha
bolaning qo'lini tirnab oldi. mm Soch yulib, yerni tirnab qildilar faryod. G'ayratiy. Zuhra
begim yolg'iz o'g'lining to-butda boshsiz yotgan tanasini ko'rganda, o'zining kallasiga mushtlarini
urib dod sol-di, yuzini qo'li bilan tirnab, qonatib yubor-di. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 ko'chma Xuddi tirnash kabi harakat va uning ta'siriga nisbatan qo'llanadi. Sovuq shamol
badanni tikanli tili bilan tirnar, ni.mdosh kiyimdan o'tib sanchar va qaltira-tar edi. N.
Maqsudiy, Laylatulqadr. Ammo Iigitalining bugungi ishi uning ichini tirnab o'tdi. I. Rahim,
Zangori kema ka-pitani. ..yuragimni tirnab turgan fikrlar-ni tushunib, samimiy
maslahatingiz, shirin so'zlaringiz bilan madad bersangiz edi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Ichini mushuk (yoki it) tirnamoq q. ich. Shu vaqtgacha shoirning hayoti uchun qo'rqib, ichini it
tirnayotgan vazir yengil nafas olib.. bosh egibqo'ydi. M. Osim, Ajdodlari-miz qissasi.
TIRNOQ 1 Barmoqlar uchining orqa tomonidagi etga yopishgan, barmokdarni hi-moya qiluvchi,
shoxsimon moddadan iborat tuzilma, qoplama. Tirnoq o'stirmoq. Tirnoq-ni qaychi bilan olmoq.
mm Maxsum o'siq shir-noqlarini Boboqulning bo'g'ziga botirishga chog'lab, xezlanib kela boshladi.
S. Anorboev, Oqsoy. Botirali tirnog'i bilan stolni chertib o'tirar, nima haqdadir o'y o'ylardi.
S. Ahmad, Hukm.
2 Ba'zi hayvon va qushlarning panjasi yoki changalidagi uchi qayrilgan, o'tkir, shox moddali
o'simta. Burgutning tirnog'i. Mu-shukning tirnoqlari. mm Sherni sher qilgan — tishi bilan
tirnog'i. R. Jumaniyozov, So'z ko'rki — maqol.
3 shv. Ot tuyog'i. Ot tirnog'iga tekkan tosh Yong'oqday ushalib ketdi. «Nigor va Zamon». Ot
tirnog'idan chiqqan qumlar Qozonday ov-darilibyotdi. «Gulixiromon».
4 ko'chma Farzand, bola. Tirnoq ko'rmoq. Tirnoqqa zor bo'lmoq. mm Obodon xola Safo ota bilan
ellik yil birga turmush kechirdi. Ammo ularga tirnoq nasib etmadi. R. Otaev, Siz nima
deysiz? Gulnor bilano'nuch yil bir-ga turib, tirnoq yuzini ko'rmadik. Oydin, Ikki ko'zi shunda.
5 ko'chma maxs. Baland simyog'ochlarga, mach-talarga ko'tarilish uchun oyoq qiyimiga mah-kam bog'lab
olinadigan tishli o'roqsimon temir asbob. \Akbaralini\ Ba'zan kechalari ham chaqirib qolishsa,
yo'q demay, brezent shimini kiyib, shaldir-shuldir zanjirli «temir tirnoq»larini yelkasiga ilib
chiqib ketardi. A. Muxtor, Chinor.
6 ayn. qo'shtirnoq. Oxirgi kolonkada, tirnoq ichida, « Tuzuk odamlarning bolalari» degan
maqola bo'lib.. P. Tursun, O'qituvchi.
Tirnog'ini o'stirmaslik Birovning biri ikki bo'lishiga, o'nglanishiga, boyishiga yo'l qo'ymaslik. -
Siz ham xizmatchining tir-nog'ini o'stirmaydiganlardan ekansiz, — Io'l-doshboy shunday dedi-yu,
boyning betiga tik qaragancha turaverdi. H. Nu'mon va A. Sho-rahmedov, Ota. Tirnoqdan (yoki
tirnoq orasidan, ostidan, tagidan) kir izlamoq (yoki axtarmoq, qidirmoq) Arzimagan yoki yo'q
narsadan kamchilik topib, birovni nohaq ayblashga, unga tuhmat qilishga urinmoq. Sen tirnoq
orasidan kir qidirmay qo'ya qol. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. [O'ktam:] Gap ta-shuvchi,
tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqim-chilarni men juda yomon ko'raman. Oybek, O. v. shabadalar.
Darrov tirnoq tagidan kir qi-dirasiz-a, Samadov? P. Qodirov, Uch ildiz. Tish-tirnog'igacha yoki
tish-tirnog'i bilan O'zi birikib kelgan so'z bildirgan narsa, hara-kat-holatni kuchaytirish uchun
xizmat qila-di. Tish-tirnog'igacha qurollanmoq. mm Man bir parcha boshpanamga tish-tirnog'im
bilan yopishganimdan hafsalasi pir bo'layozgandi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TIRNOQDAY, -dek Kichkina, zig'irday, bir parcha. Tirnoqday bola. mm Hoy, Shodi.. uyda
tirnoqday ham ko'mir qolgani yo'q. E. Raimov, Ajab qishloq.
TIRNOQLAMOQ Tirnoqlarini boti-rib, chiziq qosil qilmoq; yulmoq, timda-
8—Uzbek tilining izohli lug'ati
lamoq, tirnamoq. Mehmon \mehmonxonadagi\ nomerni ko'zdan kechirdi, yarqirab ko'zni qa-
mashtirayotgan jihozlarni birma-bir ushlab, silkitib, tirnoqlab, hidlab ko'rdi. A. Qah-hor,
Dumli odamlar. Kashal bo'lib sho'rli ik-ki uliga, Tirnoqlab yuzini, faqir qon etib. «Erali va
Sherali».
TIRNOQCHA I Tirnoq s. kichr. Qo'ng'iz oyoqlari bir qancha bo'g'imlardan iborat bo'-lib, o'tkir
tirnoqchalari bilan tamom-lanadi. «Zoologiya».
TIRNOQCHA II rvsh. Ozgina, jinday. U tirnoqcha ham g'am yemaydi. mm Tirnoqcha jo-yimni sen xotin
taloqqa bermaganim bo'lsin! Oybek, Tanlangan asarlar. Puliga tirnoqcha ham kuymadi,
bolalarimning boshidan sadaqa derdi-yu, ammo.. R. Fayziy, Hazrati inson.
TIRR taql. s. Latta, qog'oz yirtilganda chiqadigan tovushni bildiradi. Shim tiz-zasidan tirr
etib yirtildi.
TIRRAKDAY: tirrakday qotmoq Rosa qotmoq, butunlay qotib qolmoq (kishining holati haqida).
Yuvosh ham meni ko'rib, yuta-yotgan noni ham bo'g'zida qolib, tirrakday qotdi. E. Raimov, Ajab
qishloq. Kecha meni ot qoqqan ekan, o'rnimga kirishim bilan tirrakdek qotib uxlabman. A.
Qodiriy, Uloqda. Kechasi rosa ichib, nasha solib dam-langan oshdan qorniga siqquncha yeb,
tirrak-day qotgan Roziq qo'rboshi bilan yigitla-rining oyoq-qo'llarini bog'lab.. shahar turma-
siga jo'natildi. S. Anorboev, Oqsoy.
TIRRANCHA ayn. tirmizak. Turdiboy xal-fa ochiq chehra bilan gap boshladi: -Ko'p yaxshi bo'libdi-
da, bu tirranchalarni o'qitib mulla qilmasangiz, ko'cha changitishdan boshqani bil-may qola
beradi. P. Tursun, Uqituvchi. Har xil tirranchalar paydo bo'libdi.. u tir-ranchalar har
qadamda bo'lmag'ur maslahatlar berishadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TIRRAQI 1 Hadeb tirraqilayveradi-gan, ichiketar. Tirraqi bola. Tirraqi mol. Tirraqi buzoq
podani bulg'ar. Maqol. shsh Ular [qo'zilar] hali yosh-da, chiroq, o'z foy-dalarini bilmaydi. Agar
ham sush emib, ham o't yeb, tirraqi bo'lib yurishni afzal ko'rishsa, onalariga qo'sha qolay. S.
Anorboev, Oqsoy.
2 Oriq; o'laksa, nimjon. Olgan oyligiga bersa, to'rtta tirraqi qo'y beradi. A. Qah-hor,
Sarob.
Tirraqi buzoq podani bulg'ar Bir yomon-ning bo'lmag'ur, nopok ishi unga aloqador boshqalarga ham
ta'sir etishi, boshqalar-ni ham bulg'ashini bildiradigan maqol. Hamma o'lib-tirilib ishlab
yursa-yu, bir tirraqi [buzoq] podani bulg'asa, hali ko'ra-san, buning isnodi butun brigadaga
tegadi. SH. G'ulomov, Bo'z yer uyg'ondi. -Podaning ichida bitta tirraqisi bo'lsa, hammasini
bulg'aydi. Bulg'ama xotinlarni sen, — dedi Shirmonxon zarda bilan. S. Zunnunova, Olov.
TIRRAQILAMOQ s. t. Ichi ketib, hamma yoqni bulg'amoq.
TIRRIQ O'yinda va umuman oldi-ber-di, savdo-sotiq va b. muomalalarda bosh-qalarni aldashga,
tonishga, firib berish-ga o'rgangan; g'irrom, firibgar. Tirriq, o'yinchi. Tirriq odam. mm Anavi
shirriqlar ko'p ishlarni bo'yniga olmasligi mumkin. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
Ta'bi (yoki tabiati, kayfi) tirriq Bi-ror narsadan ranjigan, xafa; kayfi bu-zuq.
Ilhomchaning.. ko'ngli g'ash, sha'bi shir-riq, ovozi siniq. H G'ulom, Senga intila-man. [Nazar.]
Uyga borsam, xotinim tabia-timni battar tirriq qildi. S. Zunnunova, Ko'zlar. Og'ir yuk
ko'targan kishiday arang o'tirgan yeridan qo'zg'aldi. Uning ta'bi tirriq edi. Shuhrat, Shinelli
yillar.
TIRRIQLIK 1 Tirriq shaxsga xos xususiyat, xatti-harakat; g'irromlik. Hafiz oshnasining ba'zida
tirriqlik qilishini — jon koyitmay ko'proq pul topishning keti-ga tushganini payqasa ham,
negadir unga e'tiqodi baland edi. Mirmuhsin, Qizil durralar. Turg'unboy aka bo'lsa, biz nima
uchun qayg'urayoshganimizni o'ylamay, tomorqam deyapti, to'g'rirog'i, u g'irromlik qilyapti. H.
Nu'mon, Qaxramonning tug'ilishi.
TIRS taql. s. Cho'g'dan uchqun otilganda, ip uzilganda chiqadigan keskin, kuchsiz to-vush haqida.
Nimadir tirs etdi: qizil urug' qovun dum berdi shekilli. A. Eshonov, Dutor.
TIRSAK I 1 Qo'lning bilak suyagi bi-lan yelka suyagi qo'shiladigan, bukilib bur-chak hosil
qiladigan joyi, bo'g'imi. Nazo-kat tirsagini stolga qo'ydi-da, chiroyli panjalari bilan
yuzlarini silab, noz va erkalik bilan so'z boshladi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. -Hammasini
qanchaga bera-san? — deb Karim tirsagi bilan Oyto'tini sekingina turtib qo'ydi. Oydin, Fonar`
ta-gida. Bondar` chiqayotib, Anna Ivanovnaning tirsagidan odob bilan tutdi. Shuhrat, Shi-nelli
yillar.
2 Yengning qo'lning shu yeriga to'g'ri ke-ladigan joyi, qismi. Turobjon eshikdan hov-liqib kirar
ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib, tirsakkacha yirtildi. A. Qahxrr, Anor.
3 Narsalarning burchak hosil qilib bu-kilgan joyi yoki qismi. Trubaning tirsagi. Valning
tirsagi. mm E'tiborsizlik, shosh-qaloqlik qilinadi-yu, chiziqdan chiqishadi: lova muyulishida
past-balandlik, bir metr keladigan qiytiq tirsak paydo bo'lib qoldi. Y. Shamsharov,
Qahramonning yo'li.
4 map. Uzatilgan qo'l barmoklarini uchi-dan tirsagigacha bo'lgan masofaga teng uzun-lik o'lchovi
birligi (taxminan yarim metr yoki undan oshiqroq).
Tirsakni tishlab bo'lmas Ko'rinib tur-gan, ammo qo'lga kiritib bo'lmaydigan narsa yoki amalga
oshmaydigan orzu va sh.k. haqida aytiladigan matal.
TIRSAK II Tilda paydo bo'ladigan so'-galsimon bo'rtiq, chiqiq; sariqcha. Tilimga tirsak
chiqibdi.
Tilingga tirsak chiqarmidi Aytish, gapirish lozim bo'lgan gapni aytmagan, bildirmagan shaxsga
nisbatan qo'llanadi. «Kechiringmeni, sizni bilmay..», desa tiliga tirsak chiqarmidi?
TIRSAKLAMOQ Tirsagi bilan bir ish qilmoq (suyanmoq, turtmoq, qormoq, pi-shitmoq va sh.k.).
Stolga tirsaklab o'tir-moq. mm Otasi Mirzaxo'ja novvoy xamir tirsaklamoqda, o'gay ayasi
Ziyodabibi un ela-moqda. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy.
TIRSILLAMATerisiga, qobig'igasig'-mas darajada to'lishgan, yetilgan; bo'liq. [ So'nagulning]
Lablari ham yetuk qizlarga xos bo'liq, tirsillama. A. Muxtor, Davr mening taqtsirimda.
TIRSILLAMOQ I «Tirs» etmoq, kes-kin, kuchsiz ovoz chiqarmoq, chirsillamoq. Sement solingan
xalta tirsillab, yorilib ketdi. Quruq o'tin tirsillab yona boshladi.
TIRSILLAMOQ II 1 Terisiga, qobi-g'iga sig'mas darajada to'lmoq, to'lishmoq, to'lib, yorilar
darajaga yetmoq. Sigirning yelini tirsillab ketibdi. tsh To'lishgan, or-qa-beli tirsillagan
go'zal gavdasini ser-killatib, Dildor dahlizdan xona ichiga kir-di. Oybek, Navoiy.
Semizlikdan ko'zlari qi¬silib ketayozgan, qontalashgan yuzlari tir-sillab yorilib ketguday. A.
Muhidtsin, Chap cho'ntak.
2 ko'chma To'lib-toshmoq (kuch-quvvat, g'ay-rat va sh. k. haqida). Norg'ul, o'mrovlardan ku-chi
tirsillab', Cho'pon chiqib keldi katta o'tovdan. Zulfiya. Mushaklarida kuch-quvvat tirsillab
turibdi. S. Akbarov, Otamning xayollari.
TIRTAYMOQ Arazlagan, ranjigan yoki zarda qilgan ko'yi chimirilmoq, lab-lunji-ni osiltirmoq,
tumshaymoq. [Jo'ra] O'qish-ga boradiku-ya, ammo [sinfdoshlari] «Kecha ketgan eding kekkayib,
bugun keldingmi tir-tayib?!» deyishsa, nima qiladi. N. Nazarov, Zamon.
TIRTISHMOQ 1 Taranglanib burush-moq, tirishmoq. Kostyumingiz mop ekan, yel-kasi tirtishib
yotibdi.
2 Bitib burush-tirish bo'lib qolmoq. Yarasi bitib, yuzi tirtishib qolibdi.
TIRTIQ Bitgan yara, jarohat o'rnida hosil bo'lgan yamoq; chandiq. Uning xotini.. goh-goh zimdan
Boqijonning bo'ynidagi tir-tig'iga qarab qo'yar edi. Oybek, 0. v. shabada-lar. Yigitning qora
mag'izdan kelgan cho'ziq yuzi, ayniqsa, qosh-ko'zining qoraligi uni bir oz lo'liga o'xshatib
ko'rsatar, labining chetidagi pichoq tilganday ingichka, chuqur tirtig'i negadir bu o'xshashlikni
tag'in ham kuchaytirgan edi. O. Yoqubov, Bir fel`eton qissasi.
TIRQIRAMOQ 1 Har tomonga tarqalib ketmoq, qochmoq, to's-to's bo'lmoq. Eshik og'zida uymalashib
turgan qizchalar yon-yoqqa tirqirab, g'oyib bo'lishgan edi. S. Anorboev, Mexr. Ilgarilar bu yerga
yelkasiga miltiq taqib, yonboshiga charm xalta osgan otliqlar kelar, odamlar ularning qorasini
uzoqdan ko'riboq, «soliqchi» derdilar va bekingani joy axtarib, tirqirab ketardilar. P.
Tursun, O'qituvchi.
2 Otilib chiqmoq, shiddat bilan chiqib, atrofga tarqamoq, sochilmoq (suyukdik ha-qida). Yaradan
qon tirqirab ketdi. mm [Er-gashning] Chap bosh barmog'idan tirqirab qon oqyapti. A. Mirahmedov,
Kulgan chechaklar. U [ Mayna] o'zini bosishga urinsa ham bo'lmadi — ikki ko'zidan sevinch yoshlari
tirqirab ketdi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
TIRQISH 1 Bir-biriga zich yopishmagan eshik tabaqalari, taxta va sh.k. orasida hosil bo'lgan tor
va uzun bo'sh oraliq. Dera-za tirqishidan muzdek havo kiryapti. ish Eshik tirqishidan yo'lakka
ipdek ingichka nur tushdi. S. Ahmad, Ufq. Eshelonning keyingi to'xtashida vagon tirqishidan
qarab turgan Isroil Azimov bu stantsiyani tanib, «Penza», dedi. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 Uzun teshik, yoriq, uzun darz. Eski binoning devorlarida har tomonga tarqalib ketgan
tirqishlar paydo bo'libdi. Gazetadan. ..molxonaning teshik, tirqishlarigacha dori septirdi. S.
Anorboev, Oqsoy.
TIRG'ANMOQ ayn. sirg'anmoq. Tirg'anib yiqilmoq. mm Tirg'anib, loy sachrashib yugurgan Gulnor, o'z
eshigida bir nafas to'xtab, kechin-malarini onadan yashirishga qancha urinmasin, buni eplay
olmadi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Tursunoy anhorga kelib, suv olaman, deb qo'qqisdan
tirg'anib, suvga tushib ketdi. Gazetadan.
TIRG'ANCHIQ ayn. sirg'anchiq. Tirg'anchiq joy. mm Io'l qatqaloq, tirg'anchiq bo'lgan-ligidan motor
qattiq ovoz chiqarib guvul-lar.. edi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
TIS und. s. Otni orqaga tisarishda aytiladi.
TISARILMOQ 1 Tisarmoq fl. o'zl. va majh. n. Mashina sal tisarilsa, yo'l ochiladi. mm To'ra..
orqasiga tisarilib, yugurib kelib, butun kuchi bilan sakradi. J. Sharipov, Xorazm. Dushman
endi olg'a yugurish o'rniga tisarila boshladi. N. Safarov, Komissar Qoraboev. Bul`dozerlar biri
olib, biri qo'-yib vag'illaydi. Orqaga tisariladi, oldinga intiladi. O'. Usmonov, Sirli
soxil.
2 ko'chma Tutilgan yo'ldan, fikridan, e'-tiqodidan yoki azmu qarori, shaxti va sh.k. dan
qaytmoq, chekinmoq. Ishning haqligiga ishonsang, unga astoydil kirish, tisarilma. mm Bu
[mafkuraviy] sohadagi har bir bo'-shashish, har bir tisarilish yot g'oyalarga yo'l ochish bo'lib
chiqadi. Uyg'un, So'nggi pushay-mon.
TISARMOQ 1 Orqasi bilan yurgizmoq, orqasi bilan yurgizib, ketiga qaytarmoq. Chavandoz otini
tisardi. n Qiz.. uni [mul-la Burhonni] hujra ichiga qarata tisarib, «shoshmang».. depti. S.
Ayniy, Esdaliklar. U [Qumri] mashinani tisarib, chap tomonga sal burdi. S. Ahmad, Oydin
chechaklar.
2 Chekinishga majbur qilmoq. Dushmanni front bo'ylab tisardik.
TISARTMOQ ain. tisarmoq. Hali kuchli bu la'nati yov, o'zing ko'ryapsan, bir surgancha tisartib
olib ketish qiyin bo'lyapti. V. G'ofurov, Vafodor.
TISKI [r. tiskat` - «siqmoq, qismoq; bosmoq» fl. dan yasalgan ot] tex. Ishlov beriladigan
buyumni siqib, mahkamlab qo'-yish uchun xizmat qiladigan slesarlik as-bobi; gira, iskanja.
Hasan tiskiga dam bol-g'aning bir qirrasini qisar, zo'r berib egov-lar edi. Iboxon, Ulug'
kun. Stanok titasida katta boltlar bilan mustahkamlangan tis-ki polga tushib, o'rtasidan
yorildi. Gazetadan.
TISLAMOQ Orqasi bilan yurgizmoq, tisarmoq. Aravani tislamoq. mm Uroq shofyor-gamashinani
orqaga tisshshni buyurdi. I. Mu-qimov, Matonatli kishilar.
TISLATMOQ ayn. tislamoq. Ular bir-birlarining otlari tumshug'iga qamchi urib, uni keyin
tislatib, o'zlari oldin o'tishga harakat qilardilar. S. Ayniy, Esdaliklar.
TISS und. s. Ovoz chiqarmaslikka yoki sekin so'zlashga undash uchun ishlatiladi. - Tiss, —
Abdulla dik eshib o'rnidan turdi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
TITAN 1 \yun. Titan — yunon mifologiya-sida Uran (osmon) va Geya (yer)dan tug'ilgan birinchi
avlod farzandlar nomi) Mendeleev davriy sistemasining IV guruhiga munsub kimyoviy element;
po'latsimon yaltiroq qat-tiq, korroziyabardosh metall.
TITAN II Suv isitadigan yoki qaynata-digan maxsus qurilmali katta idish. [Er-gash:] -Mana bu
esa titan deyiladi, — dedi suv qaynatayotgan yaltiroq idishni ko'rsatib. P. Tursun, O'qituvchi.
TITIQ 1 sft Titilib, to'zib uvadasi chiqqan, titilib ketgan, dabdala. Titiq kitob. Titiq
ko'rpa. Titiq savat. Titiq qop.
2 ot Narsaning titilgan, to'zgan joyi; titilgan, to'zgan narsa. Dasturxonning ti-tig'i.
Shlyapaning titig'i.
Titig'i chiqib (yoki o'ynab) ketibdi 1) titilib, to'zib uvadasi chiqibdi, juldur-juldur, dabdala
bo'libdi. Ko'rpaning titig'i chiqib ketibdi. Divanning titig'i chiqib ketibdi; 2) ko'chma
dabdalasi, majag'i chi-qibdi, tor-mor bo'libdi. Dushman otryadining titig'i chiqib ketdi.
Titig'ini chiqarmoq Qattiq kaltaklamoq, dabdala qilmoq. Shu qilganingga bir urib, titig'ingni
chiqarib yuboraymi? N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
TITKILAMOQ Titib, kovlashtirib biror narsa qidirmoq; titib, kovlashtirib ostin-ustun qilmoq.
Stol yashigini tit-kilamoq. Xujjatlarni titkilamoq. Tovuq-lar go'ng titkilamoqda. tsh
Afandining qizchasi uyni titkilab yurib, ko'zi otasi-ning haligi xaltachasiga tushib qoldi.
«La-tifalar». «Shungayammi», — dedim ichimda va qidirishga arzimasa ham, shu qizni xursand
qilish uchun, ikki qo'lim bilan tuproqni titkilashga tushdim. Oydin, Ikki ko'zi shunda.
TITMOQ 1 To'da, to'p holidagi narsani u yoq-buyoqqa sochmoq, ag'darmoq, to'zitmoq. Bundan ko'ra
go'ng titganing yaxish emasmi, keksa tovuq! Oybek, Tanlangan asarlar. ..taxta ko'mirlarini,
chinni parchalarini etikuchi bilan titdi. H. G'ulom, Mash'al. U jangchilarning texnika va
taktika haqidagi mulohazalariga ahamiyat bermagandek, cho'g'ni titib o'tirdi. Oybek, Quyosh
qoraymas.
2 Kovlashtirib, ag'dar-to'ntar qilib qa-ramoq, titkilamoq. Sandiqni titmoq. Uy-ni titmoq. shsh
Qizil krest alomatli bre-zent sumkani titib, dori oldi-da, Murzin-ga tutdi. Shuhrat,
Shinelli yillar. Qo-g'ozlarini qancha titsam ham, la'nati daf-tar sira-sira topilmadi. SH.
Rashidov, Bo'rondan kuchli. Kechqurun o'zida bor jur-nallarni titib, Ulfatning she'rlarini
topdi. A. Qahhor, Sarob.
3 Yulib, savab, qoqib yoki boshqa yo'llar bilan yumshatmoq va chang, xas-xashakdan tozalamoq.
Paxta titmoq. Jun titmoq. shsh G'oziboy aka bilan Ro'ziboy akalar panshaxa bilan xirmonda
tinmay paxtani titib turishsin. Mirmuhsin, Mixlar va po'kaklar.
4 s. t. Pora-pora qilmoq, dabdala qil-moq, majag'ini chiqarmoq. Hozir ko'ziga ko'-rinsang,
titib tashlaydi. A. Qaxdor, Sarob. Tutun jigarimni ham titib yubordi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
TIT-PIT: tit-pit bo'lmoq Titilib-sochilib ketmoq, to'zib ketmoq; ostin-ustun bo'lmoq. O'nlab
kilometr masofada yap-yangi kabellar tit-num bo'lib ketgan edi. A. Muxtor, Davr mening
taqdirimda. Tit-pit qilmoq 1) titkilab, titib, ostin-ustun qilmoq, tartibsiz holga
keltirmoq; 2) ko'ch-ma miridan sirigacha tekshirmoq, tekshi¬rib ostin-ustun qilmoq, kov-kov
qilmoq. Tit-pitini chiqarmoq 1) adabini bermoq, burnini yerga ishqamoq, tavbasiga tayantir-
moq. Menga qarang, Afandixon, Bo'ta yana rais bo'ladi. Ammo lekin unga tuxmat qilganning
tit-pitini chiqazaman. S. Ahmad, Hukm; 2) ayn. tit-pit qilmoq.
TITRAMOQ 1 Sovuadan, qo'rquvdan, hayajondan yoki darmonsizlikdan, kasallik va sh.k. dan
qaltiramoq. Hayot piq-piq yig'-lar, yelkalari dir-dir titrar edi. M. Is-moiliy, Farg'ona t.o.
Ko'zlarimiz to'qnash-di-yu, uning lablari titrab, ko'zlaridan ik-ki tomchi yosh dumalab ketdi. M.
Jabborov, Sevinch yoshlari. Shodligimdan o'zimni yo'qo-tayozdim, dag'-dag' titrayman. Gazetadan.
2 Qimirlamoq, tebranmoq, silkin-moq, larzaga kelmoq. Baland, to'g'ri o'sgan, uchlari bir-
biriga tutashgan qator te-raklar jimgina titraydi. Oybek, Tanlan-gan asarlar. Ali
tajangning sarg'ish mo'y-lovi titrab ketdi. Oybek, Quyosh qoray-mas. G'ulomjonning gurzisi asov
tosh usti-ga dahshat bilan urilganda, butun tog' titrar, ungur ichi gumburlab ketar edi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 Titroqqa o'xshash bo'linib-bo'linib chiqmoq, ifodalanmoq (ovoz, tovush haqi-da). Qattiq
titragan deraza orqali uzoqda o't-bo'ronlar ko'rinadi. Oybek, Quyosh qo-raymas. -Qalay endi,
tuzukmisiz? -Shukur, rahmat, —uning ovozi titrab, gapishng oxi-ri yaxshi eshitilmadi. S. Ahmad,
Hukm. Uyning yaqindagina sirlangan, bo'yoq isi anqib turgan shifti ostida mop sadolari titrab
ketdi. O'. Hoshimov, Bahor qaytmaydi.
4 ko'chma Titroqqa o'xshash ifoda bermoq, xarakatlanmoq. So'zlar ekan, yuragi mash'um bir
ehtimolning dahshatidan titrar, tili ham osonlik bilan harakatlanmas edi. A. Qo-diriy,
O'tgan kunlar.
TITRAMA ayn. titroq 1. Uning hayqi-rishlarining o'zidayoq har qanday raqibning tizzasiga
titratma tushadi. E. Samandar, Tangri qudug'i.
TITRASH 1 Titramoq fl. \ar. n. Badan-ning titrashi to'xtadi.
1 tib. Biror a'zo, (ko'pincha qo'l, oyoq va yuz) muskullarining beixtiyor ritmik ra-vishda titrab
turishi.
TITROQ 1 ot Sovukdan, qo'rquvdan, hayajondan yoki darmonsizlik, kasallik va sh.k. dan yuzaga
keladigan g'ayrishuuriy harakat, qaltiroq. [ Sidiqjonning] Telegram-ma qog'ozini tutib turgan
qo'li titrardi. Bu titroq asta-sekin butun vujudini qamrab oldi. E. Usmonov, Ko'ngil. Adolat
surbet Bozorovni ko'rishi bilan g'azabdan qaltiradi va titrog'ini bosish uchun paxta teraverdi.
I. Rahim, Chin muxabbat.
2 sft. Titrab, qaltirab turadigan, tit-raydigan, titrokli; qaltiroq. Titroq qo'l. Titroq
oyoq. mm Muhammadjon uning tit-roq lablariga suqlanib qaradi-yu, lekin jur'at etolmay,
qo'lidan cho'pshlatib o'pdi. P. Qodirov, Uch ildiz. Zamira uning tit-roq vujudi va haddan
tashqari olovli qarashiga tob berolmay, stol ustiga past-roq engashdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
3 sft. To'lqinlanib yoki uzilib-uzilib chiqadigan (asosan ovoz, tovush haqida). U, oppoq
ro'molchasi bilan ko'zlaridan dona-dona oqib tushayotgan yoshini artib, titroq ovoz bilan javob
berdi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Titroq bosmoq (yoki turmoq, kirmoq, yugurmoq) Titroq paydo bo'lmoq, egallamoq. Nahotki Ahmad
tanbal qo'lga tushgan bo'lsa ? Unda cup ochiladi.. Yoqubbekni titroq bosdi. P. Qodirov, Yulduzli
tunlar. Qo'ying, dada-si, hadeb ich-ichingizni timdalayvermang. Har cho't qoqqaningizda bir
titroq turadi. H. G'ulom, Mash'al. Urmonjon «Qo'rqqan oldin musht ko'tarar» degan xayolda
vujudiga tit-roq kirib, sekin kursiga o'tirar ekan.. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari. Mayna
bir daqiqa ko'zini yumdi, g'azabdan butun a'zosiga titroq yugurdi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
TITUL I [lot. titulus — ustiga yozilgan yozuv; faxriy unvon] plgrf. Kitobning uning nomi,
muallifi, nashr qilingan yili va joyi, nashriyot yoki uni nashr etuvchi tash-kilot nomi
ko'rsatilgan birinchi beti; titul varag'i. Kitabning tituli. mm Uning \kitobning\ muqovasi,
titul varag'i, shuning-dek, boshqa ayrim betlari ham juda e'ti-borsizlik bilan vyorstka
qilinibdi. Gaze-tadan.
TITUL II Milliy va b. turli huquklar asosi; ayrim kodeks yoki qonunlardagi alo-hida
bo'limcha.
Titul ro'yxati Qurilish ob'ektlarini qurish uchun kerak bo'ladigan, ob'ektning nomi va o'rni
(joyi), loyihaviy quvvati, smeta bo'yicha bahosi va sh.k. ko'rsatiladigan ro'yxat. Yaqinda
hukumat titul ro'yxatlari-ni tasdiqlashning yangi tartibini belgilab.. kamchilik-\arni
yo'qotdi. Gazetadan. 1984-1985 yillarning titul ro'yxatlariga kiriti-ladigan ob'ektlar
binokorlik material-larining hamma turlari bilan.. ta'minla-nishi lozim. Gazetadan.
TIF \yun. typhos — tutun; ongning, akl-hushning xiralashuvi] tib. Isitma va ong
parokandaligi. xir&zashuvi bilan kechadi-gan og'ir yuqumli kasalliklarning umumiy nomi;
terlama. Orada besh oyo'tgandan keyin, uning bo'yga yetgan qizi tif bilan og'rib, o'n yetti kun
deganda vafot qildi. A. Qaxdor, Sarob.
TIXIR s.t. So'zga, maslahatga kirmay-digan, tutgan yerini kesadigan; o'jar, qay-sar. Tixir
bola. Tixir ot.
TIXIRLANMOQ Tixirlik, o'jarlik qilmoq, qaysarligi t\tib t\rib olmoq.
TIXIRLIK Tixirga xos xususiyat, xat-ti-\arakat; qaysarlik. O'choqboshida idish-tovoqlarni
yuvayotib, hamma gapdan xabar-dor bo'lib turgan O'rinbu qaynatasining tixirligidan uyaldi. S.
Anorboev, Oqsoy. Kampir nevarasining oldiga uni-buni qo'yib, qistayveradi, Obida bo'lsa,
nuqul «yo'q, yo'q», deb tixirlik qilaveradi. R. Rahmonov, Chan-galzordagi sharpa. Ot negadir
tixirlik qilib, yurmay turib oldi. S. Ahmad, Cho'l burguti.
TISH I 1 anat. Ovqat yeyish, tishlash, chaynash, tutib turish uchun xizmat qiladi-gan a'zo. Kurak
tish. Oziq tish. Fil tishi. Tilla tish. Tish cho'tkasi. Tish passhasi. Tish doktori. Tish tozalsshoq.
Tish qo'ymoq, Tishni sug'urmoq (olmoq). mm Juvon yelkasi osha Si-diqjonga qarab, oppoq,
marjondek tizil-gan tiiishrini yarqiratib iljaydi. A. Qah-hor, Ko'shchinor chiroklari.
Tish yormoq 1) tishi ko'rina boshlamoq, chiqa boshlamoq (yosh bola, go'dak haqida); 2) ran bilan
bildirmoq, og'iz ochmoq; aytmoq. Bu to'g'rida qo'shnimizga tish yorgan edim, u: -Bitta-
yarimtasining tomog'ini moyla-mabsiz-da, — dedi. «Mushtum». Tarantsevning allaqayoqqa bosh olib
ketganidan xabardor bo'lsa ham, birovga tish yormadi. «Mushtum». Tishi chiqmoq Ma'lum so'z yoki
so'z birikmasi bilan birikib, so'z (so'z birikmasi) bil-dirgan ish-faoliyat, sohada
ulg'aytanlikni,
"9
tanilganlikni bildiradi. ..kechagina shinel` kiygan Chernetsov, harbiyda tishi chiqib, har-biyda
balog'atga yetgan kapitanga taktika-dan dars bermoqchi, debo'yladi. I. Rahim, Chin muhabbat.
Olg'irlik bilan tishim chiqdi, behuda gaplar bilan tilim burro bo'ldi. «Mushtum». Tishi o'tmoq
Mohiyatiga tushun-moq, aqli yetmoq, hal eta bilmoq. Gazeta yoki kitobo'qiganida, ayniqsa,
texnikaga oid broshyuralarni o'qiganida, ba'zilariga tu-shunmayapti, o'zining ta'biri bilan
aytgan-da, tishi o'tmay qolyapti. R. Rahmonov, Ti-nib-tinchimas. Tishida (yoki tishining ka-
vagida yoxud orasida) saqlamoq Nihoyatda ehtiyotlik bilan (kimsaga bildirmay, ko'r-satmay)
saqlamoq. Lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni. Oybek, O.v. sha-badalar. Ma, ol.
Biror kuningga yarab qolar, tishimning orasida saqlab yurgandim. «Mush-tum». Afandining tish
kavagida asrab yur-gan yuz tanga puli bor edi. «Latifalar». Ti-shini tishiga qo'ymoq Bor kuch-
imkoniyat bi-lan o'zini tutmoq, chidagan holda tutmoq. Nojo'ya gaplarni boshingizdan chiqarib
tash-lang, akasi jonidan, unaqa vaqtlar o'tib ketgan, tishni tishga qo'ying-da, dam bo'ling,
bosti-bosti qilib yuboramiz. A. Muxtor, Opa-singillar. Tag'in ham farzand ekan. Ti-shimni
tishimga qo'yibkuzatdim. «Mushtum». Tishini qayramoq Tayyorlanmoq, biror nar-sa uchun o'zini
chog'lab turmoq. Yo'lchi tishini qayrab, boyvachchaning ko'kragiga bir musht tushirdi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Tishing-ni qayrab shur, uka, sal qo'l bo'shasin, katta to'y qilib beraman.
Oybek, O.v. shabadalar. Tishining oqini ko'rsatmoq (Tishini ko'r-satib) irjaymoq, ishshaymoq,
tirjaymoq. Shunday tabarruk odamga qaysi betim bilan tishimning oqini ko'rsataman? M. Ismoi-
liy, Farg'ona t. o. Tish-tirnog'i bilan Qat'i-yat bilan, butun imkon bilan. Tish-tirno-g'im
bilan shu yerda, shu bolalarning sevgan o'qituvchisi bo'lib qolishga tirishaman. P. Tursun,
O'qituvchi.
2 Qurol, asbob, mashina qismlari va sh.k. ning (tishga o'xshash) o'tkir, uchli qismi. Arraning
tishi. Qirg'ichning tishi. Taroqning tishlari. Omochning tishi. tsh Avvalgi yil-larda ham traktor
ishlardi, bolalar tush-magur tishini sayoz botirishardi, hozir unaqasi yo'q. S. Mahkamov, Katta
rulda. Tosh omochning tishi shakliga kirganda, polvon ko'rib ma'qulladi.. A. Qahhor, Ko'r
ko'zning ochilishi. Ammo chig'iriq o'qining tishi chi-gitni chaynagan choqda ishchilarning aylan-
tirishga kuchi yetmas va quloqni chappa ay-lantirib, qaytadan oldin bosishga majbur bo'lar
edilar. S. Ayniy, Qullar.
TISH II s.t. Tash, sirt, tashqari. Mol olasi tishida, odam olasi ichida. Maqol. mm O'zi tishdan
yaltirab ko'rinsa ham, ichki jixatdan surbet bir kimsaga o'xshab qoldi. P. Tursun, O'qituvchi.
TISHAMOQ Tish chiqarmoq yoki tishini charxlab o'tkirlamoq. Arrani tishamoq.
TISHKOVLAGICH Tishni ovqat qoldiq-laridan tozalash uchun cho'p yoki boshqa nar-sadan tayyorlangan
buyum, vosita. ..taomdan so'ng biron soat g'oz patidan yasalgan tish-kovlagichini olib, tishini
kovlab yuradi. Mirmuhsin, Umid.
TISHLAM Non, go'sht va sh.k. ovqatning bir tishlashda uzib olingan qismi yoki bir tishlashli
parchasi. Bir tishlam go'sht. tsh Bir tishlam non gadosi bo'lib, birov eshigiga borgan vaqtlarim
bo'ldi. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
TISHLAMOQ 1 Tishlari orasiga olib, bir qismini uzib, ajratib olmoq. Juvon qo'lidagi olmani
ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. A. Qahhor, Ming bir jon. E'zozxon
suvi qochgan nonni tishlab, chaynay boshladi. H. G'ulom, Mash'al.
2 Tishlari orasiga olib qismoq, tish-lari bilan tutmoq, tishida ushlamoq. Mu-shuk bolasini
tishlab, hovliga olib chiqdi. tsh Mirzakarimboy.. so'zni nimadan boshlash-ni bilmay, soqolining
uchini tishlab dedi. Oybek, Tanlangan asarlar. \Jo'ra\ Qamchini tishlagan holda, otga mindi. H.
Shams, Dushman.
3 Tishlarini botirib jarohatlamoq, qopmoq. Uni it tishlab oldi. Bu ot tish-lamaydi. mm Tilini
pgishlab olgan odam ti-shini sug'urib tashlamaydi. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chirokdari. Ot jonivor,
oldidan kel-ganni tishlab, orqadan kelganni tepibdi. «Ertaklar».
4 ko'chma Qattiq ran bilan ozor bermoq, achitib gapirmoq, chaqib olmoq. Maston kssh-pir
nevarasining yig'lab turib qilgan zori-ga qaramay, yana tishlab-tishlab olmoqchi bo'ldi, lekin
shaytonga hay berdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
120
Barmog'ini tishlamoq q. barmoq 1. Shun-day hiyla bilan berardimki [zaharni], ta-biblar
barmog'ini tishlab qolgan bo'lardi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Burnini tish-lamoq Hech narsa
qila olmaslikka ishora qiladi. Alam qilsa, burningni tishla. tsh Endi uyga qaytish yo'q.
Mirzakarimboy bur-nini tishlab qolsin. Oybek, Tanlangan asar-lar. Yer tishlamoq Yerga qulab
jon bermoq, o'lmoq. Fashisg'p.. yo qansharidan o'q yeb, yer tishlaydi, yo evini qilsa, ro'para kelgan
te-shikka o'zini uradi. A. Qaxdor, Asarlar. Mum tishlamoq q. mum. Eshpo'latov lom-lim de-madi,
deb biz ham mum tishlab keta ber-sakmikin.. «Mushtum». Oldidan kelsa tish-laydi, ketidan
kelsa tepadi O'ziga yo'lat-maslik. Mulla Norqo'zi o'sha gapni xazilla-shib aytganini arz qilish
uchun oldidan kelsa tishlar, ketidan kelsa tepar edi.. A. Qahxrr, Asarlar. Tilini tishlamoq
q. til 1. Og'zing-ni yum, tilingni tishla, Adolat, urushga borganlarning hammasi ham halok
bo'laver-maydi.. I. Rahim, Chin muhabbat. Tishida tishlab Nixryatda ehtiyotlab. Ikki-uch yoshida
onadan yetim qoladi. Otasi uni tishida tishlab katta qiladi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman.
..topgan-tutganini tishida tishlab saqladi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Qulog'idan
tishlamoqO'ziniki qilib qo'ymoq (odatda, qiz bolani yoshligida, ke-yin unga uylanish uchun).
Senuning qulog'ini tishshgansan, nomardU. Ismoilov, Saylan-ma. Yoshligimizda bir-birimizni yaxshi
ko'ri-shib yurardik, qo'shni edik, qulog'ini tishgab ham qo'ygan edim, — dedi Botirali. SH. Rizo,
Krr yog'di, izlar bosildi.
TISHLATMOQ 1 Tishlamoq fl. ort. n. Mening poylaydiganim ham, tishlab oladi-ganim ham yo'q,
tuzukmi! Tshilatib qo'yadigan qizlardan emasman. I. Rahim, Chin muhabbat. Sindor esa, yer
bag'irlab o'rmalayotgan ikki oyoqli hayvonlarga merganlarcha o't ochib, yer tishlatardi. N.
Safarov, So'nggi nafasgacha.
2 ko'chma Kezi kelganda ran bilan bop-lamoq; gapni o'rniga qo'ymoq; o'rinli ran qilmoq. -
Dadalarimiz xuddi bizning sho'x, quvnoq bo'la olishimiz uchun o'lib ketgan bo'l-sa-chi! — deb
tishlatdim men ham. A. Mux-tor, Davr mening taqdirimda.
TISHLASHMOQ 1 Tishlamoqfl. birg. n. Kutib turgan xotinlar, Kumushni ko'rgan on, bir-birlariga
qarashib, lablarini tishlash¬di. A. Krdiriy, O'tgan kunlar. Qizlar o'yna-shib, qizg'aldoqday
yashnashib.. birov-birovi bilan tishlashib.. bir xillari birov-biro-vining bo'yniga qo'lini
tashlashib yuribdi. «Ravshan».
2 ko'chma Janjallashmoq, tolishmoq. ..yetti Sibirdan omon qaytib, general Ku-ropatkindek hokim
bilan tishlashayotgan kim? N. Safarov, Tanlangan asarlar.
3 tex. Bir-biriga kirishmoq, ilashmoq. Tishlangan sheapernyalar.
TISHLON shv. So'yloq tish va shunday tishli odam.
TISHLONG'ICH 1 Yoniga borganni tish-layveradigan. tishlab oladigan. Tishlong'ich urn. Tishlong'ich ot.
2 ko'chma Gap bilan tishlab oladigan; urishqoq. O'g'lingizning tishlong'ichligidan maqtanmang,
tog'a, endi bunaqa tishlong'ich yigitlarning davri o'tgan! S. Abdulla, O'l-masxon.
TISHOVLAMOQ shv. Tish chiqarmoq, tishamoq. Arrani tishovlamoq.
TISHSIZ Tishi bo'lmagan; tishi yo'q. Tishsiz chol. Tishsiz mola. Tishsiz sixmola.
TISH-TIRNOQLI 1 Qo'l urgan narsa-sini bitiradigan; uddaburon, epchil. Chin-dan ham u
[Ummatali] juda tish-tirnoqli edi. Intilgan narsasini yo uzib olar, yo unga yopishib qolib
ketardi. Shuhrat, Jannat qi-dirganlar.
2 ko'chma Tekkan, e'tibor qaratgan jo-yini uzadigan, ta'sirini o'tkazadigan. Retsenziya degani
ana shunaqa tish-tirnoqli, tishlab oladigan bo'lsa. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema.
TISHQOLI etn. Tishni buzilish, ka-sallanishdan caiyiam maqsadida surti-ladigan maxsus qora
bo'yoq. Tishiga tishqoli qo'ygan Oysara cho'tir ovozini pastlatib, gapga zeb beradi. R. Rahmon,
Mehr ko'zda. Tishqolidan qoraygan yakkam-dukkam tish-larini tirjaitirib, xir-xir kuldi yana
xotin. Oybek, Ulug' yo'l.
TIQ/yaa/o'l. s. Narsalarningtegishi, uri-lishidan hosil bo'ladigan bo'g'iqroq kuchsiz tovush
haqida. Qalam tiq etib polga tush-di. Tiq etsa, eshikka qarayman. tsh -Men.. xizmat qilib
turibman. Tiq etgan choynak bejavob qolmaydi, — dedi Shum bola. G'. G'u-lom, Shum bola.
Tiq etgan tovush (yoki ovoz, xabar) yo'q
Hech qanday tovush, sharpa yoki xabar eshi-tilmaydi; jimjit. Qo'rg'onda tiq etgan tovush yo'q.
Hatto beshikdagi bolalar ham tip-tinch. Oybek, Tanlangan asarlar. Eshik-lar mahkam
tambalangan, ko'chalarda tiq etgan tovush eshitilmaydi. T. Obidov, Yusufjon qiziq. Bu xatdan
keyin Marg'i-londan tiq etgan xabar bo'lmadi va oradan ikki oylab fursat o'tib ketdi. A.
Krdiriy, O'tgan kunlar.
TIQILINCH 1 ot Odam, mashina va sh. k. bilan tirband; yurish, harakatlanish qiyin holat; shunday
holatli joy; shunday holatdagi odam yoki narsalar to'dasi. Yo'lchi «Do'ppi bozor»dan aravani
zo'rg'a olib o'tdi: bu yerda zo'r tiqilinch, ko'pchiligi xotinlar. Oybek, Tanlangan asarlar.
Tramvay narigi bekatda to'xtaganda, tiqshshnchda urilib-surilib, men tushgan vagonga
kutilmaganda Sanobar chiqib keldi. O'. Usmonov, Sirli sohil.
2 Shunday tirband, yurish, harakatla-nish qiyin bo'lgan (qiyin holatli). Oynisa vokzal maydoni
yaqinida tiqilinch tram-vaydan hammadan keyin tushdi.. \. G'ulom, Toshkentliklar. Hamadon shahri
xuddi be-zovta qilingan arining inidek g'uvullaydi. Ko'chalar tiqilinch. M. Osim, Ibn Sino
qissasi.
3 Tezlik bilan bajarilishi lozim bo'l-gan; shoshilinch, oshig'ich. Tiqshshnch ish. mm Boradigan
joyingizga kech qoladigan bo'l-dingiz-da, meniki judayam tiqilinch emas edi. Shuhrat, Jannat
qidirganlar.
4 Bajarilishi lozim bo'lgan ish ko'p (tiqilgan), vaqt esa ziq. Shukur betoqat bo'lib, ensiz
peshonasini tirishtirdi. Shu tiqilinch paytda Shukurning miyasiga bir fikr kelib qoldi. S.
Anorboev, Hamsuhbatlar. Kunduzi Zinnat buvi terimchilarga ovqat pishirgani ketadigan vaqtda,
ishlarim tiqilinch bo'lishiga qaramay, men uyga yetib keldim. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi.
Tiqilinch qilmoq Zo'r berib qistamoq, shoshirmoq, qiyin-qistoqqa olmoq, hol-joniga qo'ymay
talab qilmoq. Munisxon tiqshshnch qilmaganda, ular ko'chib ketishmasdi. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri.
Yuzboshiga aytib qo'ying, Haydarvoy, ishla, ha bo'l, deb bizga ko'p tiqshshnch qilavermasin. M.
Osim, Tilsiz guvoh.
TIQILLAMOQ ayn. tiqirlamoq. Eshik tiqilladi. mm Endi yotmoqchi bo'lib tur-ganida, deraza
tiqilladi. «Saodat».
TIQILMOQ 1 Tiqmoq fl. o'zl. va majh. n. Shisha og'ziga po'kak tiqilgan. Qopga un tiqildi. mm
Xurjunning bir ko'zida tugun, bir ko'zida o'rab tiqilgan jun qoplar. S. Anor-boev, Oqsoy.
Go'rga tiqilgur ochofatlar, mol talashib, sandiqni ham sindirishdi. I. Ra-him, Chin muxabbat.
2 Loy yoki yumshoq joyga botib qo'z-g'alolmay, yurolmay qolmoq. Mashina kichik bir ariqqa tiqilib
qoldi. mm Oti loyga tiqilgan navkarlardan biri Tohir edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Arava loylarga titsilaverib, jonimizdan to'ydirdi. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
3 Top, ziqjoydan o'rin olmoq, joylash-moq. A'zam uch-to'rt kun ko'chada bosh urgani joy
topolmay.. daydib yurgach, shahar cheti-dagi ko'rimsizgina bir masjid qorovulining mol bog'lasa
turmaydigan hujrasiga borib tiqildi. Shuhrat, Jannat qidirganlar. Mana, hozir yaralangan
bo'ridek kavakka ti-qilib o'tiribdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. Semizligidan partaga
tiqilibo'tir-gan bir kishi tomoq qirib, mo'ylovini burab qo'ydi. S. Zunnunova, Yangi direktor.
4 Biror narsa yoki kimsaga yopishmoq; zich, tirband narsa yoki odamlar orasidan joy olmoq. Eski
kir choponni kiygach, ayvonga chiqdi, o'ho'-o'ho'lab yo'talgancha, tanchaga tiqildi. Oybek, Ulug'
yo'l. Nurini naq mozoristonda yolg'iz qolgan kabi bir vahima bosdi, rangi o'chib, kampirning
pinjiga tiqildi. Oybek, Tanlangan asarlar. Eshik oldida odamlar orasiga tiqilib, Bozorboy
ham o'tirgan ekan.. P. Tursun, O'qituvchi.
5 Ko'p mikdorda va zich, tig'iz joylash-gan holatda bo'lmoq. Mana, bir tomondan deraza o'rniga
tuynuk ochilgan kichkina qorong'i uyda o'n-o'n besh chog'li xotin o'tiribdi. Ular eski, lekin
ozodagina ko'rpa yopilgan sandal atrofiga tiqilishib, sekin-sekin suhbat-lashishardi. S.
Zunnunova, Gulxan.
6 ko'chma Juda ko'p miqdorda bo'lmoq, mo'l-ko'l bo'lmoq. Magazinda xohlagan narsang tiqilib
yotibdi. mm -Tut meva qiladi-ku, otajon. Kurtlar tol bargini yeya qolsin, ariq bo'yida tiqilib
yotibdi-ku, — degandi qiza-loq. Y. Muqimov, Ipak tolasi.
JtJS 122
7 Tomoqdan o'tmay to'xtab qolmoq. Uning tomog'iga non tiqilibdi. mm Safarov.. mush-tining
qirrasi bilan uning kekirdagiga tushirdi. Yo'g'on kishi chalqancha yiqildi va so'yilgan tovuqday
tipirchilab, suyak tiqil-gan itday xirillay boshladi. A. Qaqhor, Qo'shchinor chiroqlari.
[O'rinboev] Shuncha qattiq gapirgani bilan, xuddi tomogiga don tiqilgan xo'rozdek, ovozi
chiqmaydi. A. Mu-hiddin, To'g'ri ta'bir.
8 Boshqalarning gapi, suhbati va sh.k. ga aralashmoq, suqilmoq. Bu ishga sen tiqil-ma. sht
Ikkinchi navkar yaqin kelib, bo'ynini cho'zib tiqildi: -Siz kimsiz? Nega taslim bo'lamiz? —
so'radi u. Oybek, Navoiy.
Joni halqumiga tiqilmoq aim. joni halqumiga kelmoq q. jon 1. Agar har yil ja-sorat
ko'rsatamiz desak, jonimiz halqu-mimizga tiqilishi mumkin. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Nafasi tiqilmoq yoki nafasi og'ziga {yoki bo'g'ziga, halqumiga) ti-qilmoq Nafas olishi
og'irlashmoq (ma'lum sabab ta'sirida). ..sug'dlarning ashaddiy dush-mani bo'lgan Eron shohi va
uning qora niyat-lari to'g'risida gapirar ekan, g'azabdan nafasi siqilar, ko'zlari o't sochar
edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi. Yo'q, jonim, yoruq-qina ayvon tuzuk menga, uyda nafasim
ti-qilib ketadi. Oybek, Ulug' yo'l. Tez yurib kelganlaridan bo'lsa kerak, nafaslari og'zi-
lariga tiqilib, hars-hars qilardilar. E. Raimov, Ajab qishloq. -Qumqishloqqa yubo-rilgan
yigitlar qirilibdi, — dedi Bek nafasi bo'g'ziga tiqilib. H. G'ulom, Mash'al. Bektemirning
lablari qovjiragan, nafasi halqumiga tiqilgan, og'ir hansirardi. Oybek, Quyosh qoraymas.
Pinjiga tiqilmoq Shaxsiy manfaat, g'arazli maqsad bilan kimsaga yaqinlashmoq. Yer-suvli
odamlar.. qiynalib qolsalar, darrov ularning pinjiga tiqilar yo o'rtaga kishi qo'yib, yerni
tezroq o'z qo'liga o'tkazishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. O'pkasi halqumiga (yoki
og'ziga) tiqilmoq q. o'pka. Butun vujudini larzaga solgan titroq paydo bo'ldi. O'pkasi
halqumiga tiqilib, nafasi qisildi. M. Xayrullaev, Tilla marjon.
TIQIN 1 Idishlarning og'ziga tiqib qo'yiladigan qopqoq. Po'kak tiqin. Shisha tiqin. Butilkaning
tiqini. mm Shukurjon butun vujudi jimirlab ketganini his etib, flyaganing tiqinini tortdi, u
bo'sh edi. O.
Yoqubov, Ota izidan. Ashurtoy aka nos-qovoqning shokilador charm tiqinini yopa turib,
salmoqlanibgapirdi. R. Fayziy, Haz-rati inson.
2 ayn. tiqilinch. Yo'l juda tiqin va serqatnov.. mm Bol`nitsaga [kasalxonaga] borsangiz, o'zim
eltib qo'yaman, yuravering. Tramvayda hozir odam tiqin bo'ladi. J. Abdullaxonov, To'fon. Men
tiqinda havo yetmaganday bo'g'ila boshlayman, derazaga intilaman. A. Muxtor, Davr mening taq-
dirimda.
3 Ichiga, qobig'iga tiqilib turgan, shun-day joylashgan. Yo'ldosh tiqin ryukzagini orqaladi,
Oynisa tugui ko'tarib oldi, bobo bilan buvi oldinga tushishdi. \. G'ulom, Toshkentliklar. \ar
ko'chatda o'n-o'n ikki va undan ziyod g'oz tuxumiday, ana ochilay, mana ochilay deb turgan tiqin
naxma. G'. G'ulom. Sinflarda bo'sh parta yo'q, Mag'zi tiqin anorday. G'. G'ulom.
TIQINLAMOQ Og'zini tiqin bilan bekitmoq, og'ziga tiqin tiqmoq, tiqin bi-lan qopqoqlamoq.
Butilka.shrni tiqinlamoq.
TIQINCHOQ Tiqin 1 s. kichr.-erkl. Chol uning qo'lidan ko'zachani olib, og'zidagi ti-qinchoqni
ochdi. S. Nurov, Onalar.
TIQIRLAMOQ «Tiqir-tiqir» ovoz chiqarmoq. Xayol surish bilan tong otardagi-na endi ko'zim
ilingan ekan, ko'cha eshik ti-qirlab qoldi. A. Muhiddin, Chap cho'ntak.
TIQIR-TIQIR taql. s. Qaggiq narsa-ga kuchsizroq urish yoki urilish natijasida xrsil bo'ladigan
qisqa-qisqa, keskin kuch-siz ovoz haqida. Sichqon tiqir-tiqir qilib, nimanidir kemirmoqda.
mm Jimjit xonada tarnovlardan tushayotgan suvning shitir-lashi, tom tunukalarining tiqir-
tiqiri va borliqni qamrab olgan muloyim, ammo salobatsh yomg'ir shovuri eshitilib turardi. P.
Qodirov, Uch ildiz.
TIQISHTIRMOQ 1 Ko'p yoki katta narsani talab etilganidan kichik yoki tor idishga, joyga zo'rlab
tiqmoq; niqtalab, zichlab joylamoq. Kitoblarni portfelga tiqishtirmoq. Cho'ntakka har narsani
ti-qishtirma. mm -Koptok o'ynashni judayam yax-shi ko'raman, yozin-qishin cho'ntagimda olib yuraman, —
dedi Zumrad koptokni qaytadan kichkina cho'ntagiga tiqishtirib. Oybek, Ulug' yo'l. Mahkam aka
unga ko'z qisib qo'yadi, bola kulib, lunjiga non tiqishtiradi. R. Fayziy,
123
Sen yetim emassan. Tutab yotgan chala to'ngak yoniga.. shox-shabbalar tiqishtirib puflash-dan boshi
og'rigan Jobir nihoyat boshini ko'-tardi. H. Shams, Dushman.
2 ko'chma s. t. Biror joyga, ishga, o'qish-ga zo'rma-zo'raki tiqib qo'ymoq, joylash-tirmoq,
joylamoq. Ishga qarindoshlarini tiqishtirmoq.
3 Nima bo'lsa (topsa), borini kimgadir beravermoq. Uchta bo'yiga yetgan singlisi bor.
Qaramaydi. Topganini xoshiniga tiqishshi-radi. «Mushtum».
4 Yoqsa-yoqmasa, xoxlasa-xohlamasa, yara-sa-yaramasa beravermoq, suqavermoq. Bolaga har qanday
ovqatni tiqishtiravermaslik kerak. shsh Bu axir rasvogarchilik-ku! — dedi bir kuni Muzaffar
Muhamedov. — Bizga qan-day p'esalarni tiqishtirishyapti. H. No-sirova, Men o'zbek qiziman.
TIQMACHOQ 1 Ichiga niqtab biror narsa (mas, paxta) tiqilgan; do'ppaygan (qop, xalta va sh.k.).
Ja'far ipak fabrika-si tomon ketayotganda, portfeli ozg'in bo'-ladi, qaytayotganda, tiqmachoq
bo'lib keladi. «Mushtum».
2 ayn. tiqmachokday. Usmonali aka uning [Omontoyning] quyib qo'ygandek tiqmachoq gavdasiga..
ikki qulog'iga yetay deb turgan mo'yloviga qaradi. S. Ahmad, Cho'l shamolla-ri. U oriqqina bo'lsa
ham, qo'li, boldirlari tiqmachoq.. A. Muxtor, Davr mening taq-dirimda.
TIQMACHOQTSAY, -dek Yetilib to'lish-gan; bo'liq, semiz, lo'ppi. Tiqmachoqday bi-laklarida ilon
boshli oltin bilaguzuklar yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Eshikni ikki yuzi qip-qizil,
ukrainlarga xos puchuq-roq, tiqmachoqdek bir juvon ochdi. Shuhrat, Shinelli yillar.
TIQMOQ 1 Bir narsani boshqasiga sanchib, suqib kiritmoq. Bigiz tiqmoq. Xanjar tiqmoq. sht
..yerda ham xosiyat ko'p.. Yerga cho'pni tiqib quysang, ko'karib, qulochga sig'mas daraxt paydo
bo'ladi. Oybek, Tan-langan asarlar. Hammaning ko'z oldida ko'ksi-ga pichoq tiqib, chuqurga
tashlangan aka-ukalar turardi. Mirmuhsin, Me'mor. Eshak: -Bu qirq yilni nima qilib
o'tkazaman? — degan ekan, xudo: Odamlar ustingga yuk ortadi, o'zi ham minadi, xalacho'p tiqadi,
— debdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 Teshik, ochiq, bo'sh joyga kiritmoq, yubormoq. Burniga barmog'ini tiqmoq. sht Boyvachcha
kavakchadan cho'p tiqib, zanjirni tushirdi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Qur-bon ota samovarning
ostiga sim tiqayotgan edi, qaddini rostlab, Sidiqjonga qaradi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chiroqlari. Nimchasi cho'ntagiga qo'l tiqib, ro'molchasini oldi. Mir-muhsin, Me'mor. Uuy oldiga
kelib to'xtadi. Derazadan boshini tiqdi. M. Muhamedov, Qaxramon izidan.
3 Ichiga, orasiga olmoq (solmoq); joy-lamoq. Krpga somon tiqmoq. shsh Oling, mol-larni
sandig'ingizga, pulni cho'ntagingizga tiqing.. «Mushtum». Mirhomidxo'ja shoshib, Qambarali
akaning qo'lidan pulni oldi-da, uning qo'yniga tiqdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Qorovul
sho'ra va yalpizlarni o'rib, suv urgan joyga tiqa boshladi. E. Raimov, Ajab qishloq.
4 ko'chma s. t. Biror o'qish, ish yoki lavo-zimga zo'rma-zo'raki joylab, o'rnashtirib qo'ymoq,
tiqishtirmoq. Komissiya tarkibiga yana seni tiqibdilar-da. tsh [ Suxsurov:] Meni butun urush
davrida o'qituvchilikka tiqib qo'yishdi. A. Qahhor, Tobutdan tovush.
5 Birovni biror ish, ran yoki davraga qo'shmoq, aralashtirmoq, tortmoq. Otabek sachrab, Kumushga
yuz o'girdi: -Bu o'rtaga Zay-nabni keltiribnimaga tiqasiz endi? A. Qo-diriy, O'tgan kunlar.
Bosh tiqmoq Xonadon, muassasa kabi joyga kurish, bilish va sh.k. maqsadda kir-moq, qadam
bosmoq. Kampir enam qiz qidi-ra-qidira, tinkasi quridi. Qaysi eshikka bosh tiqsa,
so'rasharmshi: -Savdogarmi, bog'i bormi, uy-joyi bormi? Oybek, Tanlangan asarlar. ..mehmon
ikki kun ichida shahar ras-ta-bozorlarini aylandi, saroylarga bosh tiqdi. A. Hakimov, Ilon
izidan. Qizlar u ko'chaga bosh tiqib, bu ko'chaga bosh tiqib, adashib ancha yurishdi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Burnini (yoki tumshug'ini) tiqmoq Biror ish, gap-so'z va sh.k. ga aralashmoq,
suqilmoq. Nega Nuri erkaklar ishiga burni-ni tiqadi? Xizmatkor kerak bo'lsa, eri topsin.
Oybek, Tanlangan asarlar. Sen me-ning ishimga tumshug'ingni tiqma\ H. Ahmar, Kim haq? U,
ellikboshi bo'lgani uchun, ma-rakalarga burnini tiqadi. Oybek, Tanlan-gan asarlar. Go'rga
tiqmoq O'ldirmoq. Biz.. fashistlarni go'rga tiqamiz. Oydin, Hi¬
124
koyalar. Ikki barmog'ini (yoki qo'lini) bur-niga tiqib qolmoq q. barmoq 1, burun I.
Bizning shartimiz shuki, suv chiqarilib, qa-qir yerlarga jon kiritilganda, yersiz va kam yerli
kambag'allar ikki barmog'ini burniga tiqib qolmasin!`A. Ismoiliy, Farg'onat. o. Ikki oyog'ini
bir etikka tiqmoq Aytganini bajarishni talab qilmoq, shu talabda o'jar-lik bilan turib olmoq.
-YO bino top, yo biz-ning javobimizni ber, — deb ikki oyoqlarini bir etikka tiqib turib
olishdi. Y. Sham-sharov, Qahramonlik yo'li. Ikki qo'lni (yoki besh panjani) og'ziga tiqmoq ayn.
besh qo'lni og'ziga urmoq q. besh. Terisiga somon tiqmoq q. teri. Yaxshiyamki, boyagi
gaplaringizni o'g'lim eshitmadi, yo'qsa, teringizga somon tiqqan bo'lar edi. M. Osim,
Ajdodlarimiz qissasi.
TIQ-TIQ Tiq s. takr. Yong'oqli bog' eshi-gin [ Olimjon] chaqirdi tiq-tiq urib. Bar-vasta bo'yli
kishi chiqdi: «Kim ?» deb hol so'-rib. Q. Muhammadiy.
TIG' [f. '^2 — qilich, xanjar; tikan, ti-kanak; nur] 1 Qilich, xanjar, pichoq, nayza kabi
sovuq qurollarning umumiy nomi. Tig' yarasi tuzalar, til yarasi tuzalmas. Maqol. mm Ammo tig'
tegib, qo'l yoki oyog'i uzilganlar oh-voh urib, madad kug'pib yotardi. Mir-muhsin, Me'mor.
Ernazar jallod, Sherali-ni siyosat bilan yiqitdi va po'lat tig'ini qinidan tortdi. «Erali va
Sherali».
2 Kesuvchi asbob, qurol-yarog' va sh.k. ning keskir qirrasi, dami; turli mashina, me-xanizm va
sh.k. ning keskich qismi. Bolta-ning tig'i. Qilichning tig'i. shsh Ketmon tig'i-ni qayiradigan
tosh-metin eski paxsalarni qizlar necha chaqirim yerdan tashib kelib, dalaga to'kishdi. Oybek,
O.v. shabadalar. Qaynarning bo'ydor o'tlari kosilkalarning beomon tig'lari zarbidan yuztuban
yiqilardi. S. Anorboev, Oqsoy.
3 Nishtar, nayza kabi asboblarning o't-kir uchi, nayzasi.
Tig' tegizmoq (yoki urmoq) 1) biror as-bob, qurol bilan kesmoq. Tepa shoxga aslo tig'tegiza
ko'rmanglar. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova.
4 s. t. Stvol, mil. Qo'sh tig' miltiq. shsh Vagondan eng keyin tushgan va miltig'ini tig'idan
ushlab, ketmonday yelkasiga qo'yib kelayotgan Axmadjon.. A. Qahhor, Oltin yulduz.
5 ko'chma Umuman, tig', nayza kabi ta'sir o'tkazuvchi narsa, kuch. Zulm tig'i. Jabr tig'i.
tsh Ilmu fan tig'i birlan jahl bag'rini qon qil. Hamza. «Uchchiga chiqqan ma'muriyatchi» degan
sarlavha ostidagi maqolaning o'tkir tig'i Oyqizga qaratilgan bo'lsa ham.. SH. Rashidov,
Bo'rondan kuchli.
Tig' ko'tarmoq Qurol-yarog' bilan urush-jangga xezlanmoq, jangga kirmoq, jang qilmoq. Taqsir,
uzr, fuqarochilik, adolat-sizlikka qarshi yana tig' ko'tarishga to'g'ri keldi. Uyg'un va I. Sulton,
Alisher Navoiy. Tig' urmoq (yoki tortmoq) Tig'-yarog' bilan zarb bermoq. Tig'urib yarsiamoq. mm
Qaysi farzand otasiga tig' tortar. «Rustamxon». (Dami) tig'dan o'tkazmoq Yoppasiga tig'-yarog'
bilan o'ldirmoq. Podshoh: -Hech kim menga shu sirni oshkor qilmasa, shahar xalqini dami tig'dan
o'tkazib, tuproq bilan barobar qilaman, — debdi. «Ertaklar». Yaqinda Ash uyqudan tu-radi,
zulfiqorini ko'tarib, dindan chiqqan.. bandalarni tig'dan o'tkazadi, dedilar. S. Ahmad, Hukm.
Quyosh (yoki kun, saraton) tig'i 1) quyosh nuri, shu'lasi, yog'dusi. Kun tig'ida yonib-o'chib Ko'rinadi
ketmonlar. T. To'la; 2) quyosh harorati. Kunlarning birida, saraton-ning tig'ida bog'bonning
etlari uvushibdi, tomog'i qurishibdi. YO. Shukurov, Uch savol. Quyosh (yoki kun, tong) tig' urdi
(yoki tortdi, yoydi, yordi) Quyosh chikdi, quyosh nur, shu'la taratdi, yog'du sochdi. Kun
tig'uribqolgan edi. O'rtalik allaqachon yorishgan. G'. G'ulom, Shum bola. Kun tig' tortib, daryoning
u tomonida-gi adirlarning sirti to'q yashil, jilg'alari qora tusga kirdi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chi-roqlari. Sharq osmonining tepasida tong tig' ura boshlagan bo'lsa ham, devorlar, da-raxtlar
ichiga ko'milgan shahar hali ancha qorong'i edi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o. Chosh-goh mahalida
quyosh bulutlar orasidan tig' yoribchiqdi. R. Rahmon, Mehr ko'zda. Qo'lgatig' olmoq ayn. tig'
kutarmoq. Urushni boi`shgan men emas, sensan, endi jazosini tortasan o'zing, Qo'lga tig' olishga
majbur etgan sen. Endi shu tig' bilan o'yilar ko'zing. Uyg'un.
TIG'A \f. — tig'ga o'xshash narsa; qilich yoki pichoq dami; tog' cho'qqisi] 1 esk. ayn. zenit 1. Kun
tig'aga kelganda, uyga qaytdik. mm Kun tig'ada, jazirama, chang. G'. G'ulom, Shum bola.
2 s. t. Quyosh harorati; quyosh nuri ko'p yog'ilib, qizdirib turgan joy. Oftob ti-g'asida yotmoq.
Kun tig'asida terlab-pishib ishlamoq.
125
TIG'DOR \f. jl,— tig'li, tig'i bor; tig' egasi] 1 Kesadigan, tig'li. Bir gazli tig'dor pichogini
qayrab turgan qassob, dada-si yetaklab keltirgan qo'yning kallasini shartta kesib, go'shtini
boshqa, suyagini bosh-qa qilib qo'ygan edi. I. Rahim, Tinimsiz shahar.
2 ko'chma O'tkir, achchiq. Tig'dor til. Tig'dor gap.
TIG'IZ 1 Bir-biriga juda yaqin joy-lashgan; oralig'i qisqa; zich, qalin. Tig'iz daraxtlar. Zalda
odam tig'iz. Tig'iz o'shqa-zilgan ko'chatlar. mm Endi ular ancha zich-tig'iz qatorlar bilan
ilgarilardi. Oybek, Quyosh qoraymas. Tutqun sasni topolmadim Tig'iz o'rmonlarda ham. M.
Shayxzoda. Maj-nuntol barglari orasidan sirqib tushayotgan yomg'ir tomchilari qizning payvasta
qosh-lariga, tig'iz kipriklariga tekkan. P. Kr-dirov, Yulduzli tunlar.
2 Muayyan ish (ishlar) uchun vaqtning kamligi, qisqaligi; ziq. Kuzakdagi baraka-li xirmon shu
tig'iz kunlardagi ishning unu-mi va sifatiga bog'liq. mm -Vaqt tig'iz. Ha-li bilet ham olganim
yo'q,— dedi Mahmud. A. Ubaydullaev, Hayot oqimi. Agar mexmonning vaqti tig'iz bo'lsa, har bir
uydan bir narsa olib chiqilib, dasturxonga qo'yib chiqiladi. SH. Xolmirzaev, Qil ko'prik.
3 Bajarilishi lozim bo'lgan ishlar ko'p va u tez suratda, uzluksiz bajarilishi lo-zim bo'lgan
holat; shoshilinch, oshig'ich, qis-talang. Anhorda ikki objuvoz va ikki tegir-mon ishlab turadi..
Shunga qaramay, ish ti-g'iz. H. G'ulom, Toshkentliklar. Dalada ish-ning tig'iz vaqti o'tgani uchun
mardikorlar-ga bundan bir necha kun ilgari javob berilgan. Oybek, Tanlangan asarlar.
TIG'IZLASHMOQTig'iz holatli bo'lmoq (q. tig'iz). Orasi tig'izlashdi. Vaqti tig'iz-lashdi. Ishim
tig'izlashdi. mm Yig'im-terim boshlanib, yo'llarda qatnov yanada tig'izla-shib qoldi. Gazetadan.
TIG'IZLIK Tig'iz holatdalik. Ekinning tig'izligi. Aholining tig'izligi. Vaqt ti-g'izlik qildi.
Ish tig'izligidan teatrga borolmadim. mm \Hypu Yo'lchiga:] Ha,sh shosh-mang, deganimga ko'nasiz
axir, — dedi-da, vaqtning tig'izligidan xavflanib, derazani ohista yopdi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Dalada ishning tig'izligini bahona qilib, buvisini ikki-uch kunda sayr qildiradigan
bo'ldi. H. Nazir, So'nmas chaqmoklar.
TIG'LAMOQ kt. Tig' urmoq, kesmoq.
Bag'rini (yoki ko'ksini, yuragini) tig'la-
moq Ruhiy yoki ma'naviy azob berib, ezib, yuragini dog'lamoq, yaralamoq. Buo'y-lar kichik Umidni
azoblar, bag'rini tig'-lardi. Mirmuhsin, Umid. G'am xanjari bilan ko'ksin tig'ladi. G'ayratiy.
Seni deya ko'p yig'ladim, Yuraklarimni tig'ladim. «Nigor va Zamon».
TIG'LI 1 Kesuvchi yoki nayzali asbob bilan qurollangan, tig'i bor; tig'dor. Tig'li kishi. Tig'li
mashina.
2 Keskir qirrasi, nayzasi, dami bo'l-gan. Ikki tig'li xanjar. mm Oldinda — qo'l-larida
bittadan kaltakcha, bellarida in-gichka tig'li dudama pichoqlar osilgan ikki kishi yurmoqda edi.
Bular jallod edilar. S. Ayniy, Qullar.
3 ko'chma Tig'dor, kesadigan, sanchila-digan.. Tig'li shil. Tig'li gap. mm Bu so'zlar ancha tig'li
bo'lsa ham, Gulsum xolaga og'ir botmadi. «Qahramonnoma».
TO \f. 1l - =gacha, qadar, =guncha] Gapda-gi o'rin, payt va sh.k. ma'noni ta'kidlay-di,
ta'kidlash, kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Tong otgandan to kun botguncha ishladim.
Toshkentdan to Qarshigacha ux-lamadim. Yetti yoshdan to yetmish yoshgacha.. tsh Ko'zoynakni taqib,
ertalabdan to shomgacha, ba'zi vaqt kechalari ham o'qidi. Oybek, Tan-langan asarlar. Pastdan
to cho'qqilarigacha mitti-mitti chuqurchalar, tokchalar qop-lanib yotibdi. SH. Xolmirzaev, Qil
ko'prik. Rahim Saidov to bir qarorga kelguncha, Said aka masalani hal qildi. O'. Umarbekov,
Yoz yomg'iri. Har kun tong qorong'isida ishga tushib, to peshin namoziga qadar hech qayoqqa
qo'zg'almaydigan «bachkanado'z» bu kun qiyom bo'lmasdanoq do'konxonadan chiqdi. Oybek, Tan-langan
asarlar.
TOABAD \f. + a. AJILI — abadiylikkacha, doimiy] q. abadiy. Usha kunlar unutilmas, Qolur
toabad. R. Bobojon. Ma`rifatu obod-lik chirog'ini yoqqan kishi toabad o'lim bil-maydi.
Mirmuhsin, Me'mor.
TOAT [a. CoiLL — itoat qilish, bo'ysu-nish; itoatkorlik] 1 din. Xudoga sig'inish, ibodat. Bir
soat tafakkur bir yillik to-atdan afzal. Oybek, Navoiy.
Toat qilmoq Xudoga sig'inmoq. Menimcha, oltmish yil quruq toat, iboday qilgandan ko'ra, bir
soat odil bo'lmoq savobliroqdir. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
TOAT-IBODAT [toat + ibodat] 1 din. Uzluksiz toat va ibodat; toat va ibodatlar. Ko'kcha
mahallasidagi «kulbayi vayronasi»da toat-ibodatga mukkasidan ketgan emish. H. G'ulom,
Mash'al. Qolgan umrimni bir chekka-da uzlatda xudoyi taologa sig'inib, toat-ibodatda
o'tkazmoqchiman. Mirmuhsin, Me'-mor.
2 ko'chma s. t. Kishining biror maqsad bilan qilgan butun \arakati, urinishlari. Oyi! Shu dorshsh
topmasam, butun qilgan toat-ibodatlarim bekorga kuyib ketadi/S. Anorboev, Oqsoy.
TOB \f. — kuch-quvvat, chidam, dar-mon; issiqlik; yonish, yogdu; dard, azob| 1 Kishi
organizmining xrlati; sogliq. Tobim yaxshi. Tobi durust emas. mm -Ota, tobingiz joyidami? —
deb so'radi iigit tashvishla-nib. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Tobi aynimoq (yoki qochmoq) yoxud tobi kelishmaslik Sog'lig'i salbiy tomonga o'z-garmoq, sog'lig'i
yomonlashmoq. Shu kunda sal tobim aynib yuribdi. O'lib-netib qolsam.. S. Ahmad, Ufq. Jinday
tobim kelishmay qol-di.. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek xalovat. O'riklar danak qotirganda
tobim qochib qol-di. M. Mansurov, Yombi. Tobi yo'q Sog'lig'i durust emas; kasal, betob. Buning
oldidan ketolmay qoldim, ota, tobi yo'q. A. Muxtor, Chinor.
2 Me'yoriga yetish, yetilish (yetilganlik) darajasi, holati. -Yerning tobi bundan or-tiq
bo'lmaydi, — dedi u sinovchan nazar bi-lan yonidagilarga qarab. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
Hosil mo'l, tobida silos qil-masak, shirasi kamayib, burdi ketadi. F. Nu-rullaev, Bo'z yigit.
Sayislar biladi otning tobini. Ergash Jumanbulbul o'g'li.
Tobiga yetmoq {yoki kelmoq) Foydalanish, ishlatish uchun tayyor holga yetmoq (kelmoq); yetilmoq.
Kechagina paxtalari bodroqday ochi-lib yotgan dalalar shudgordan keiin qor os-tida bo'rsillab
yotibdi, tobiga yetayapti. Gazetadan. So'fining tanlariga birdan o't tutashganday bo'ldi. Butun
vujudi qizigan tanurday /tandirday] tobiga kelgan edi. Cho'lpon, Kecha va kunduz. Baliq sho'rva
kvldi tobiga chog'i, Dasturxonga cho'kdi ovchilar shu choq. M. Ikrom, Baliqovida.
3 ko'chma Xohish-istak, mayl, rag'bat. Ish-ga tobing bormi, jiyan? Oybek, Tanlangan asarlar. Na
o'qishga, na yumushga tobi yo'q, ta'bi nozik.. «Guldasta».
4 Chidam, toqat. Tob bermoq. mm Oshangga berma azob, Azobga qolmagan shob. H. Olimjon.
Tob bermoq Turish bermoq; chidamoq. Nizomiddinov uning o'tli qarashiga tob berolmay, asta-asta
yurib, darvozadan chiq-di. S. Ahmad, XUKM- Tobi yo'q Chidamaydi. La'natining xotin olishga
ixlosi baland-u, katta chiqimga tobi io'q. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
5 Taft, dam. Qoramtir, qo'ng'ir, pushti bulut karvonlari go'yo qizil shu'la tobidan sharqqa
shoishlib qochar edi. P. Tursun, Uqi-tuvchi.
Tob bermoq Taftiga (damiga) tutmoq; toblamoq (toblanmoq). Mana, ko'z o'ngimizda quyoshning
hayotbaxsh taftiga tob berib, keng pichanzor vodiy yastanib yotibdi. Gazetadan.
6 shv. Xuddi, naq. Sen opang Jumagulning tob o'zisan, lekin bir ozgina farqing bor, xolos.
J. Sharipov. Xorazm.
Tob tashlamoq 1) aynib, qing'ir-qiy-shiq, egri-bugri bo'lib qolmoq (asosan hul yog'och, eshik, rom
va sh.k. haqida). Eshik tob tashlabdi. mm Dangasa mehnat uchun bermai-di tob, Oftobda ho'l yog'och
tashlaydi tob. Habibiy. Ikki zinadan ko'tarildi. Tobtash-lab, taxtalarining orasi ochilib
qolgan yup-qa eshikka ro'para bo'ldi. S. Nurov, Narvon; 2) ko'chma aynib, loqayd, sust bo'lib
qol-moq; puturdan ketmoq. Keldiyorov ularni gap bilan uzib oldi: -Ot-ulov bahona, o'zlaring
tob tashlab qolgansizlar. «Mushtum». Chol hali-beri tob tashlamasdi. Kenjamiz ava-riyada nobud
bo'lgandan so'ng sinib qoldipar. N. Qobil. Tobga olmoq Tobiga keltirish ha-rakatini qilmoq;
toblamoq. Shuytib qis-tab yo'l tortdi, Tobga olib G'irotdi. Ergash Jumanbulbul o'g'li. Shu tobda
Hozirning o'zida, shu vaqtda. Lekin shu tobda qizning bag'rini bir narsa qattiq o'rtadi va u
o'kirib yig'labyubordi. «Yoshlik»
TOBAKAI \f. ^1^ — qaysi paytgacha; tokaygacha] kt. kam qo'll. Tokay, qachongacha. O'ldirur
hijronlaringiz tobakay, Bormu oxir hech aslo mehringiz. Muqimiy. Tobakaymasxara bo'lamiz,
Tobakay xotinlar qirg'ini?P. To'la.
127 du^
TOBE [a. ^JLJ — kimsaga ergashuvchi; qaram, bo'ysunuvchi; birovga qarashli] 1 Hokim qo'l
ostidagi, uning hukmida bo'l-gan; qaram. Tobe mustamlakalar. mm Qili-chin bo'yniga solib,
Shakarbekka tobe bo'ldi. «Shirin bilan Shakar». ..ukalari Suyur-g'atmish mirzo bilan Muhammad
Jo'qiylarni kelgusida o'ziga tobe Movarounnahr hokimla-ri etib tayinlashni ko'zlardi.
Mirmuhsin, Me'mor.
2 Lavozim, mavqe va sh.k. jihatdan quyida bo'lgan, bo'ysunuvchi. Keyin sekin-as-ta darajasi
yuqori kimsalar bilan gapla-shib, tobe kishilarga qaramaydi.. Mirmuh-sin, Umid. Javlonbek
yuragi hapqirib, ses-kangandek bo'ldi, biroq bu yerda cup boy berish o'ziga tobe odamlarni ham
qo'ldan berish bi-lan barobar edi. N. Fozilov, Diydor.
3 Shart-sharoit yoki muhit jihatidan bo'ysungan, bog'liq, aloqador. Bu oilada yeyish-ichish belgiyai
tartibham rejaga tobe esa-da, har kun shirin-shirin ovqatlar tay-yorlanadi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
Tobe qilmoq (yoki etmoq) Bo'ysundirib, o'z hukmi ostiga olmoq; bo'ysundirmoq. Komshning ziyrak
zvhnida chaqnab qoladigan aql uchqunlari.. uni hayratda qoldirar, na-tijada shu yosh yigit uni
o'z irodasiga tobe qilib qo'yar edi. H. G'ulom, Mash'al. Amirak Ahmadni yo'qotib, o'rniga o'z
o'g'illaridan birini qo'ymoq, Farg'ona viloyatini tobe etmoq Shohrux saltanati mavqeini ko'ta-
rishda g'oyat muhim masala edi. Mirmuhsin, Me'mor.
TOBELIK Tobe holatdalik; qaramlik. Iqtisodiy tobelik. mm Xonzodalarni har ko'ringan kimsa
mazaxlab yursa, qora xalqda tobelik, ikrom, andesha qolurmu? S. Siyoev, Avaz.
TOBLAMOQ I 1 Taftiga, alangasiga tutmoq, qizdirmoq. Cho'pon ota.. paxmoq soqollarini silab,
bag'rini oftobga toblab, tog' bag'riga yonboshladi. Oydin, Farhodlar. Zokir O'rinovich pechga
qo'llarini toblab, bir oz isitgach.. javon yoniga bordi. SH. Xol-mirzaev, Yo'llar, yo'ldoshlar.
2 maxs. Maxsus qurilmada qizdirish va b. yo'llar bilan ishlov berish orqali yetiltirmoq, tobiga
keltirmoq. Temirdan uranni qilolamiz farq, Po'lat toblamoqqa o'z ko'ramiz bor. R. Bobojon.
3 ko'chma Chidam-bardoshli qilib yetish-tirmoq; chiniqtirmoq. Mamajon-ku pishi¬gan, hayot obdan
toblagan uni. S. Nurov, Narvon. Kurash olovida tobladiko'zni, Tarix jildlarida shuhratimiz
bor. R. Bobojon.
TOBLAMOQ II 1 Pishitmoq, eshmoq, chiyramoq. Ipni toblamoq.
2 Chiroyli, ko'rkam qilib o'rmoq (soch haqida). Toblab zulfin o'rgan bormi? Yorman suhbat qurgan
bormi? Yoki birga yurgan bor-mi? «Ravshan».
TOBON [f. (jLU - yorug', porloq, yalti-roq] (birinchi o — cho'ziq) kt. Yorqin nurli, porloq. Ul
kun, jonon, yuzni tobon aylading, Abr ichinda oyni pinhon aylading. Muqimiy.
Mohi tobon q. moh. Xurshidi tobon q. xurshid.
TOBORA rvsh. Vaqt o'tgan sari, borgan sari. Shahrimiz tobora obodonlashmoqda. Narxlar tobora
pasaymoqda. tsh Chirchiq tog'laridagi qorlar erib, daryo suvi tobora ko'paya bordi. H. G'ulom,
Mash'al. Uning vujudini qamrab olgan o't asta-sekin pasa-yib, ko'ngli tobora soviy boshladi.
H. G'ulom, Mash'al.
TOBOQ shv. q. tovoq. Palov suzilib, uchovara bir toboq bo'ldi. T. Murod, Ot kish-nagan oqshom.
Azizim, deb olib keldi Lami toboqda oshini. «Gulshanbog'».
TOB-TOQAT, tobu toqat [tob + toqat] Sabr-toqat, chidam, bardosh. Kutishga sira tob-toqat
qolmadi. mm Otasi qul, onasi cho'ri bo'lib o'tgani yetar.. bolamizning qul bo'lishiga tob-toqatim
yo'q. N. Safarov, Katta karvon yo'lda.
TOBULG'I, to'bilg'i Ra'noguldoshlarga mansub, tog'li yerlarda, jarliklarda uchray-digan buta
o'simlik. Uyda o'tin yo'q edi. Onam ikkovimiz tog'dan to'bilg'i chopib kelgani bordik. S.
Murodbekov, Yovshan isi.
TOBUT [a. Sz- sandiq, quti; tobut; qabr] Dafn marosimida o'likni solib, mozorga yelkama-yelka
ko'tarib boriladigan to'rt dastali moslama. Ulikni tobutga solmoq. mm Jasad yuvilib,
kafanlangandan keyin, peshinga yaqin tobutni ko'chaga olib chiqdilar. P. Tursun, Uqituvchi. Zum
o'tmay odamlar to'dasi tobutni lopillatib, ko'cha tomonga yo'l oldi. Yodgor bir vaqtlar tobut
ko'tarish savob, degan gapni eshitgan edi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Tobutim ko'rsin O'lganimda ko'ray, aslo ko'rmay. Men boshqani sevmayman. Tobutim ko'rsin o'sha
Bozorovni! I. Rahim, Chin mu-habbat.
TOBUTKASH \a. + f. ^o^` - tobut ko'taruvchi] 1 Tobut ko'taruvchilarning har biri. Birdan
tobutkashlar harakatga tuishb qolishganda, xotin-xalaj uvvos tortib yig'-lay boshlagan edi.. Y.
Shamsharov, Toshqin.
2 ko'chma Yaxshi-yomon kunlarda bir-biri-ga hamdam, hamdard bo'luvchi bir yerli ki-shilar. Yo'q,
qizim, o'ylab gapiring. Man, qari odam, besh kunligim bormi, yo'qmi, boshqa shaharda musofir
bo'lib yuramanmi? Axir mening tobutkashlarim bunda. Mirmuhsin, Umid. -Jamoat, — keksa boy..
salmoqli ravishda gapira boshladi, — alhamdulillo, hammamiz musulmonmiz.. bir mahalladamiz,
tobutkashmiz.. Oybek, Tanlangan asarlar.
TOBUTSOZ \a.+ f. jL-o^lj - tobut yasovchi] Tobut yasovchi usta; tobutchi.
TOBUTXONA [tobut + xona] Masjid huzuridagi tobut saqlanadigan joy. Mak-tabxona va
tobutxona deb ataladigan, bir-biriga o'xshash bu ikki xunuk bino va bu yerdan eshitilayotgan
shovqin Elmurodning vujudi-da ko'p yoqimsiz ta'sir qoldirar edi. P. Tursun, O'qituvchi.
TOVA [f. uchun ishlatiladigan, gir atrofi qayrilgan yassi metall idish. Cho'yan pechka ustidagi kattagina
tovada qovurdoq vi-jillab pishar edi. H. G'ulom, Toshkentlik-lar. Ota choy damladi, qo'rga
ko'mib qo'yil-gan tovadan issiq non oldi. A. Mirahmedov, Qo'ylar qo'ziladi.
TOVAR 1 iqt. Talab, ehtiyojni ta'-minlovchi barcha narsa, mahsulot; sotuvchi-lar va xaridorlar
o'rtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari ob'ekti. Tovar ayir-boshlash. Tovar birjasi. mm
Ammo xotirjam bo'ling, men sizni tovarlardan siqmayman. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 esk. Matoning ipakdan to'qiladigan, tagi bilan gulining rangi bir xil, yalti-roq bir turi.
Oq tovardan ko'ylagim Ko'k tikanlar ilmasin. «Qo'shiqlar». Shahzoda-ning ko'ylagini yirtib
tashladi, tovar peshmatini bir tomonga irg'itdi-da.. bir qo'li bilan ko'ksiga chang soldi.. K.
Yashin, Hamza.
TOVARSHUNOS Tovarshunoslik bo'yi-cha mutaxassis.
TOVARSHUNOSLIK Savdo ob'ekti bo'lmish tovarlar, ularning navlari, xu-susiyatlari, sifatlari,
iste'moliy a\a-miyati xaqidagi bilimlar sohasi va ularni egallagan kishining kasbi. Olimlar
Ho-jinova yoqlagan dissertatsiyada to'qimachi-lik tovarshunosligini.. boyitadigan yangi
ma'lumotlar borligini ta'kidladilar. M. Jo'ra, Quyoshdan nur emganlar.
TOVBA q. tavba. -Hozir grammofonda qiziqchilik qilayotipti, — dedi Yormat. Yo'lchi «tovba», deb
o'rnidan turdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Tursun xola, yo tovba, deb yuzini uchirdi. S.
Zunnunova, Gulxan.
TOVVA I s. t. Tavba; pushaymon. Tovva qilmoq.
TOVVA II Oshiqning olchiga qarama-qarshi silliq tomoni.
Oshig'i tovva Ishi yurishmagan, ishi pachava. Nega mening oshig'im tovva-yu, uniki olchi? Uningmendan
nimasi ortiq?S Anor-boev, Oqsoy.
TOVKAR q. tavkar. Budi-shudini yut-qazgan nimdosh qimorbozlar tovkardan chi-qib.. qon talashgan
ko'zlarini yerga tikkancha og'ir xayolga botgan edi. H. Nu'mon va A. Shoraxmedov, Ota.
TOVLAMACHI Kishilarni tovlab, la-qillatib, qo'rqitib kun ko'ruvchi; firib-gar. \Sidiq:}
Muhabbat sevgini, or-nomusni tovlamachi bir savdogarga sotdi, vijdonni latta-puttaga
ayirbosh qildi. N. Safarov, Hayot maktabi. Kitob nihoyatda qiziq, tov-lamachi Dalla degan bir
xotinning qil-mishlari hikoya qilinar edi. A. Qahxrr, Ut-mishdan ertaklar.
TOVLAMACHILIK Aldash, laqilla-tish, qo'rqitish yo'li bilan kishining mol-mulki, pulini olib
qo'yish, undan foy-dalanish; firibgarlik. Tovlamachilik qil-moq. mm -Ahvolingizni bilmas
ekanman, — dedi tovlamachilik san'atini ishga solib. «Mushtum».
TOVLAMOQ I s. t. ayn. toblamoq I 1. Qo'lini o'tga tovlamoq. mm Qishloq xalqi-ning ko'pchiligi
dalada edi. Guzarda o'n besh-yigirma chog'li — o'zini oftobga tovlab yot-gan ishyoqmaslargina bor
edi. H. Shams, Dushman. Elmurod titrab-qaqshab, ularning oldiga bordi-da, muzlagan qo'llarini
o'tga tovladi. P. Tursun, O'qituvchi.
129
Mehrini tovlamoq Mehrini uyg'otmoq. Vasi.shxonning qop-qora charos ko'zlari, kamon qoiiari
Xadicha xolaning mehrini tovlab yubordi. T. Alimov, Sovg'a. Har kuni bir yoqimtoy qiliq
chiqarib, mehringni tovlaydi. Shu\rat, Jannat qidirganlar.
2 ayn. toblamoq I 2. Kulalaning qo'lidan faqat charxlash, tesha tovlash keladi. A. Qaqhor,
O'tmishdan ertaklar.
Bosh tovlamoq ayn. bosh to'lg'amoq, bosh tortmoq 2 q. bosh. Uzoqlamay Normuhammad qushbegi
Qo'qondan bosh tovlab, o'z oldiga mustaqil hukumat e'lon qilgan bo'ldi. A. Qo-diriy, O'tgan
kunlar. Bordi-yu, darhaqiqat, sen o'ylamagan ekansan, ozgina choy-chaqani ayamasang, Azroil xam
spravka berishdan bosh tovlamaydi.. S. Abdulla, Soyalar. Bo'iintov-lamoq q. bo'iin. ..tashkiliy
ishlarning Mirza-ga topshirilishi unga juda yoqib tushgan, ularning birontasidan ham bo'yin
tovlamagan edi. 0. Yoqubov, Mirzaterak.
TOVLAMOQ II Eshmoq, o'ramoq; bura-moq, to'g'rilamoq. Otalarimizning ko'pchili-gi mayda
kosiblar.. meshkob, arqon tovlay-digan.. bo'lganliklari uchun ularning yoniga tushish bizga
to'g'ri kelmas edi. G'. G'ulom, Shum bola. Oldimdan bir qizcha chiqdi Zulfini tovlab. «Boychechak».
Ochildov shashtidan qaytganday mo'ylovini tovlab, miyig'ida kuldi. A. Mirahmedov, O't yuraklar.
TOVLAMOQ III Aldab, laqillatib, qo'rqitib, biror narsasini yoki pulini olmoq, yulmoq, anoyi
qilmoq, firib ber-moq. Laqmalarsh tovlamoq. sht Sen mehnat qilmas ekansan, demak, boshqalar
hisobiga yashayapsan, jamiyatni tovlayapsan. Gazetadan.
TOVLANMOQ 1 Muayyan bir tusda jil-valanmoq; yarqiramoq. Javhar ko'chaga chiqqan mahal qor
tingan, hamma yoq kumushday tovlanib, tun qorong'isini oppoq yoritib turardi. J. Abdullaxonov,
Xonadon. Yoqut-dek tovlanayotgan toifi uzum uyulgan tog'o-ra orqasida.. Davron tog'a mo'ylov
silab mypapdu. N. Aminov, Suvarak. ..och havorang tovlanib turgan lojuvard parchalariga
\ko'zini\ tikdi. S. Karomatov, Oltin qum.
2 Turli rang, ohang bilan akslanmoq, ifodalanmoq. Qiz boshiga tovus pari kabi rang-barang
tovlanadigan shoyi paranji yopinib, yuziga dokadan parda tashlab yurar-kan. S. Ayniy,
Esdaliklar. Kampir bilan yetti bola, o'n olti nevarani katta qil¬ganmiz, birontasini chertgan
emasman, o'g'lim, — dedi tovushi tovlanib chol. A. Muxtor, Davr mening takdirimda.
3 ko'chma Gap-so'zi, xatti-harakati bilan turli qiyofaga kirmoq. -Bo'lganim shu, men sizga o'xshab
tovlanishni bilmayman. -Ie, tovlanish sizdan beri kelmasin. Uyg'un, Hurriyat. Avaz buqsmamunga
o'xshab tovlanuvchi bu mullavachchani jini suymasa-da, do'kondan nari quvmas edi. S. Siyoev,
Yorug'lik. Nima qilardingiz halidan beri ming xil tovlanib. A. Muxtor, Chinor.
Mehri tovlanmoq Mexri uyg'onmoq, qo'z-g'almoq. Poshsha xolaning mehri tovlanib ketdi: -Voy,
onang aylansin! Rangini shun-chalik oldirib qo'yibdi-ya, bolam bechora. D. Nuriy, Osmon ustuni.
Zubaydaning Shaxzoda-ga yana mehri tovlanib, ko'ksiga boshini qo'y-di. K. Yashin, Hamza.
TOVON I 1 Oyoq kaftining orqa qismi. Yumshoq tuproqqa qadam qo'yganingda, to-voning huzur
qiladi. mm Kalishda terlab, tovonlari qorayib ketgan oyoqlarini suvga tiqib shaloplatdi, joni
rohatlandi. «Yosh-lik».
2 Oyoq kiyimining shu joyga to'g'ri kela-digan qismi. Tovoni sheshik mahsi. Tovoni qora paypoq.
mm Avazning ham shovoni te-shilayozdi, kovushining butuni qolmadi. S. Siyoev, Yorug'lik.
TOVON II \f. — jarima, penya, haq to'lash] 1 Keltirilgan zararni qoplash uchun to'lanadigan yoki
olinadigan xaq. Tovon ol-moq. Tovon to'lamoq. mm Kelgan baloyu qazo o'shanga ursin. Tovon
to'lab, nafsoniyatimni-yam yergaurmang. S. Karomatov, So'nggi barxan.
2 J.k. dagi so'z bilan qo'llanib, biror narsa, ish-harakatning shu kelishikdagi so'z bildirgan
shaxs zimmasida ekanligini bil-diradi. Ro'zg'orning ikir-chiqir ishlari qizi Zuhraga tovon. A.
Muhiddin, Aybsiz aybdor.
Tirik (yoki quruq) tovon Butun ehtiyoj, turish-turmushi kimsaning zimmasida bo'l-gan shaxs. Men
kolxozingga tirik tovon bo'-lishni istamayman. O. Yoqubov, Diyonat. Qiy-nab qo'yaman, deb
o'ylamagan edim. Men sizga tirik tovon bo'ldim. B. Rahmonov, Oltin odamlar. Nima ish kelarkan
uning qo'lidan. Kuruq tovon-ku! S. Zunnunova, Gulxan. To-von to'lash huq. Fuqaroning hayoti,
sog'lig'i yoki mol-mulkiga yetkazilgan moddiy ziyon-ni yoxud uning o'ziga yetkazilgan ma'naviy
9—O'zbek tilining izoxli lug'ati
130
zararning o'rnini qoplash. Tovoniga qol-
moq Yuz bergan zarar yoki hodisa uchun tovon to'lovchi, javobgar bo'lib qolmoq. Velosipedga
ehtiyot bo'l, buzib qo'ysang, tovoniga qola-san. mm ..bas qilaylik, biror kor-hol bo'lib,
tag'in tovoniga hssh qolib o'tirmaylik. S. Karomatov, So'nggi barxan. Ishqilib, yangam-ning
yuragi yaxshmi? Yana tovonlariga qolib o'tirmaylik. Shuxrat, Jannat qidirganlar.
TOVONBALIQ Chuchuk suvlarda yashay-digan balikdarning bir turi.
TOVOR q. tovar 2.
TOVOQ 1 Yuzi yoyiq, bir oz yalpoq, kosa shaklidagi chuqurroq idish (turli o'lchamda sopol, chinni,
metall, ba'zan marmardan tayyorlanadi). Sopol tovoq. Chinni tovoq. Tu-nuka tovoq. mm Komil
tovoqlarda qaymoq, likoplarda uzum ko'tarib kirdi. H. G'ulom, Mash'al. Buvi, yuzini suzib
turgan sutli tovoqni yerga qo'yib, «nima deyapsan?» degan-day Murodga qaradilar. A.
Mirahmedov, Kulgan chechaklar.
Norin tovoq Norin suziladigan katta kosa yoki tovoq. Otabek shoshib tokchadan xitoyi norin
tovoqni oldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 shv. Lagan. [Vahob/ Bir tovoq xushbo'y palovni keltirib, oldimizga qo'ydi. M. Mu-hamedov,
Qahramon izidan.
3 s.t. Plastinka (patefon, radiola plas-tinkasi). Ertalabhosilotning xotini pate-fon
tovog'ini so'rab chiqibdi. S. Ahmad, Qadr-don dalalar.
TOVOQDOSH kam qo'll. ayn. hamtovoq. -Biz.. — dedi otam, — ishning borishidan oqibati nima
bo'lishshsh sezdik: agar tovoq-doshlarimizga qarasak, o'shancha turli-tuman lazzatli taomlar
oldidan och qorin bilan shaharga qaytishimizni bildik. S. Ayniy, Esdaliklar.
TOVSILLAMOQ I ayn. tovsilmoq. Ta-lon-shoroj, bosti-bostilar tovsillab, Samarqand yonida
Buxoro ham bir qadar oso-yishta turgani tufayli yillar tez kecha-yotganday tuyular edi.
Mirmuhsin, Me'mor.
TOVSILLAMOQ II shv. Ikkilanmoq, nima qilarini bilmay turmoq; tortinmoq. » -Ke, oshna, — deya,
tovsillab turgan Sano-qulni ichkariga undadi. SH. Bo'taev, Qo'rg'on-langan oy.
TOVSILMOQ Siyraklashib, kamayib qolmoq, tortilmoq; bosilmoq. Ummatali ko'chaga chiqqanda, tun
soat o'n bir bo'lib qol-gan, odamlar harakati ancha tovsilgan edi. Shuxrat, Jannat
qidirganlar. Terim suro-ni shovsilib, caji nafasni rostlaganlaridan keyin, Qodirjon: «Endi
xotinim bilan mas-lahatlashishga fursat yetdi», deb bildi. H. Nazir, O'tlar tutashganda.
Oyog'i tovsilmoq Odamlar keldi-ketdi-si, yo'ldagi harakati siyraklashmoq, ka-maymoq. Oqshom,
odamlar oyog'i tovsilgach, eshikni ichidan tanbalab, devor oshib, ko'chaga chiqdim. H. Nazir,
Ko'kterak shabadasi.
TOVUS \a. ^jjLk - tovus] Qirg'ovullar oilasiga mansub. rang-barang patli, er-kaklarining
dumi yelpig'ich shaklli chiroy-li qush. Tovus kabi aylab xiromon, Raqsga tushdi bir go'zal jonon.
E. Vohidov.
TOVUT cm. Tobut.
TOVUTKASH s.t. Tobutkash.
TOVUSH 1 Gapirish, kuylash. qichqi-rish, yig'lash va sh.k. vaqtida yuzaga kela-digan va eshitish
a'zolari qabul qilib oladigan hodisa; ovoz, sado, sas. Mungli to-vush. Yig'i tovushi. Shamolli
kun qichqir-ma, tovushing zoe ketadi. Maqol. Krray-gan tom bo'g'otlarida qo'noqlayotgan chumchuq-
lar quloqni teshguday tovush bilan chir-qillashadi. Machit tomondan so'niq azon tovushi
eshitiladi. P. Tursun, O'qituvchi. Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. «Be-mor Bakirov, ukol!» degan tovushdan uyg'onib ketdi. S. Siyoev,
Yorug'lik. «Qani, ho, yigit-lar! Ishga! Ishga, azamatlar!» degan tovush eshitildi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chirokdari. -Olimxon aka, — dedi yalingan tovush bilan Tanti, — Salim o'z dadasi
bilan hazillash-moqchi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Bor tovush(i) bilan yoki tovushi boricha, tovushini baralla qo'yib Ovozi boricha, eng qattiq,
baland ovozi bilan. Bor tovushi bilan qichqirmoq. mm Mutal tovushini baralla qo'yib so'zlar
edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tovush bermoq Tovush chiqarib, o'zini, borligini bildirmoq. Men
boshda indamay biqinib turdim, keyin tovush ber-dim. Oydin, Do'ndikdan ham yosh ekan. Tovush
chiqarmoq 1) ovozini eshittirib gapirmoq (o'qimoq va sh.k.) Xatni tovush chiqarib o'qimoq. mm Chol
o'tirgan yerida tovush chi-qardi: -O'rtoq Nurmatovning o'zlari ayt-sishar! A. Qaxdor. Munofiq; 2)
indamoq,
131 YAGx^
biror narsa demoq, gapirmoq. Said Jalol-xon tovush chiqarmay, uning yoniga borib o'tirdi. A.
Qahxrr, Bashorat. Tovushing o'chgur qarg'. Ulgur. Xotin yig'laguday bo'lib, tash-qariga chiqdi, yana
kirdi, yana chiqdi.. Qani endi, bu «tovushing o'chgur» bola yupansa\ A. Qahxrr, Xi-xi.
Tovushingni o'chir Jim bo'l. -Jim! — mushtini ko'tardi Yormat. — To-vushingni o'chir, xudo hammaga
aql ulashgan-da, sen qay go'rda eding! Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Ma'lum sifatlarga ega bo'lgan ovoz. Baland shovush. Musiqiy tovush. mm Odamlar jonlandi.
Ba'zilari chindan, ba'zilari esa hazil-mutoyiba bilan Oxunning tovushini maqtashdi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
3 Mexanik tebranishlar natijasida yuzaga keladigan va quloq eshitadigan har qanday ovoz,
sado. Oyoq tovushi. Tasir-tu-sir o'q tovushi. Gudok tovushi. Karnay-sur-nay tovushi.
4 Shovqin; shovqin-suron. [Mullado'st:] Eshityapsizmi? [Qozi:] Ha, juda hayronman, nima
tovushlar? Boshim qotdi, aqlim yo'q! Hamza, Maysaraning ishi. [Mamat Xolis-xonga:] Tovush
qilma, o'lasan! Mana shu chu-qur.. sening uchun qazildi. Hamza, Paranji sirlari.
5 fiz. Havo yoki boshqa bir muhit zar-ralarining to'lqinsimon tebranma hara-katlari. Quloq
eshitmaydigan tovushlar. Tovush shezligi. Tovush nazariyasi.
6 tlsh. Nutq a'zolari artikulyatsiyasi bilan \osil bo'ladigan eng kichik til birligi.
7 mus. Musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi.
8 ko'chma kam qo'll. Saylovlarda yoki bi-ror masalani hal etishda o'z fikrini bil-dirish huquqi
va usuli; ovoz. Mulla Obid bir tovushdan, ammo Usmon polvon ikki qar-shi bilan kolxoz
idorasiga saylanib o'tadi-lar. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TOVUSHLI 1 kam qo'll. ayn. ovozli. Tovushli kino.
1 fiz. Tovush hosil qiluvchi, tovush o't-kazadigan. Tovushli to'lqinlar. Tovushli tebranishlar.
TOVUSHSIZ 1 kam qo'm. ayn. ovozsiz. Tovushsiz kino.
2 Tovush chiqarmay. Qalin qor bilan qoplangan qabrga boshini qo'yib, Yo'lchi tovushsiz, lekin
butun o'g'illik muhabbati bilan uzoq yig'lagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 fiz. Tovush hosil qilmaydigan. Tovush-siz sho'lqinlar.
TOVUSHQON shv. Quyon. Oq shovushqon. mm [U| O'zi uchun uya yasashga kirishgan to-vushqonday, qumni
tirnay boshladi. S. Ay-niy, Qullar.
TOVUQ 1 Tovuqsimonlar turkumiga mansub, go'shti, pati va tuxumi uchun boqi-ladigan urg'ochi uy
parrandasi. Sertuxum tovuq. Kurk tovuq. Tovuq katagi. Tovuqning tushiga don kiradi. Maqol.
¦¦ ..tong ot-may, tovuqlar qo'ndoqlaridan tushmay, yana ishga tushar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona
t.o. Donlab yurib, tentirab ketib qolgan to-vuqlar bir mahal joy qidirib, uygacha kirib
keldi. K. Yashin, Hamza.
Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don ke-rak Tirikchilik uchun kishiga xamma narsa (ko'p narsa)
kerak, degan ma'nodagi maqol. Dumi yulingan tovuqdek q. dum 1. Oyog'i kuygan tovuqday /u.oyoq.
Ola tovuq somon sochar, o'z aybini o'zi ochar O'zining yoki yaqinlarining aybini gapirib yuradigan
odam haqida aytiladigan maqol.
2 Shu parrandaning go'shti (ovqat, ma-salliq sifatida). Tovuqni yesang, bir yeysan, shuxumini
yesang, ming yeysan. Maqol. mm Xoli-sa gazo'choqqa tovuqlarni dimlab qo'ygan. S. Nurov,
Maysalarni ayoz urmaydi.
3 lily parrandaga nisbatli haqoratni bildiradi. Bundan ko'ra go'ng titganing yax-shi emasmi,
keksa tovuq\ Oybek, Tanlangan asarlar. So'k meni, kurk tovuq degin!.. A. Qahhor, Asror
bobo.
4 Ba'zi qushlarning modasi, makiyon. Qirg'ovulning tovug'i.
5 shv. Tunda xo'roz qichqirishi bilan belgilanadigan vaqt. Bir tovuq o'tganda yotdik.
6 Muchal yil hisobida o'ninchi yil no-mi. Uning yili tovuq.
Tovuq yili Muchal yil hisobida o'ninchi yil (q. muchal).
TOVUQBOQAR Tovuqlarga qarovchi, ularni parvarishlovchi kishi. Parrandachi-lik fermasining
tovuqboqarlari.
TOVUQXONA Tovuqlar turadigan ka-talak yoki maxsus bino. Oysha xola uyiga kelayotib qarasa,
tovuqxonaning ham, mol¬
132
xonaning ham eshiklari hali ochilmagan. «Yoshlik».
TOVUQCHILIK Tovuq boqish va uning mahsulotlarini yetishtirish ishi; qishloq xo'jaligining shu
tarmog'i. Tovuqchilikniri-vojlantirmoq. mm Yangi tipda solingan qoramolchiliq, tovuqchilik..
fermalari bor. J. Fayozov, Ekskursiya o'tkazish metodikasi.
TOVCHA s.t. Tokcha. -Qachon kelsangiz, pulingiz mana bu tovchadagi xaltada tura-di, — debdi
qozi. «Ertaklar».
TOJ \a. — toj, gulchambar; jig'a; gultoj] 1 Shoxdarning xukmronlik ramzi bo'lgan, qimmatbaxo
toshlar qadalgan ziy-natli bosh kiyimi. Shoxlarning boshida til-ladan toji, Necha shaharlardan
oladi boji. «Fol`klor». [Mirzo Yodgor] Jurjonni qo'lga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj
kiyish umidi bilan urinadi. Oybek, Navoiy.
Sohibi toj Toj egasi, taxt egasi, toj-dor, hokimi mutlaq. Toji davlat Davlat tojining
sohibi, hrkimi. Misher va.. to-ji davlat bo'lmish Husayn Boyqaro haz-ratlari go'daklikda do'st
va hammaktab ekanlar. Oybek, Navoiy. Toju taxt yoki tax-tu toj Hukmronlik ramzi; hokimiyat,
dav-lat. Bu olishuv, toju taxt talashuvlaridan faqat fuqaro azob chekadi. Mirmuhsin, Me'mor.
Bu o't uchqunlari.. yaqinlarda birdan alangalanib yuzaga chiqadi, amirning taxtu tojini, uning
homiylari bilan birga kuy-dirib kul qiladi. S. Ayniy, Doxunda.
2 ayn. gultoj.
3 Ba'zi qushlarning boshidagi etdor o'simta. Xo'rozning toji. mm Kelin darha-qiqat yosh, lekin
xuddi qiziqchilikka se-mirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil ko'ylak, boshida popishakning
tojiga o'x-shagan, lekin qizil shlyapa. A. Qahxrr, To'yda aza. ..katta terakka ikkita qush
kelibqo'n-di. Narining boshida toji bor. S. Nurov, Narvon.
4 ko'chma Biror narsaning yuqori, yetuk qismi, uning ifodachisi. Inson barcha max-luqotning
tojidir. Oybek, Navoiy. -Chi-dash kerak. Sabr — inson irodasining toji, — dedi Jo'raxon.
Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi. Agar mazkur she`r bamisli bir qush bo'lsa, bu bayt uning
toji-ku.. S. Siyoev, Avaz.
5 ko'chma Biror musobaqada g'oliblik unvoni va shu g'oliblik uchun kiydiri-ladigan kiyim.
Kur'aga ko'ra, birinchi par¬tiyada oq donalarni toj talabgori suradi. Gazetadan.
6 astr. Quyosh atrofidagi, kun tutilish paytlarida yaxshi ko'rinadigan yorug' gardish. Quyosh
atmosferasining uchinchi, eng qalin va eng siyrak qatlami Quyosh toji deyiladi. «Astronomiya».
7 tex. Gupchakka yoki boshqa asosga o'rna-tiladigan gardishsimon qism. Shesternya toji. Toj
shesternya.
TOJDOR [a. + f. - toj egasi;
tojli| 1 Toj-taxt soxibi, toj kiygan, taxtga o'tirgan hokimi mutlaq; podsho. Elimda
podshoman, bir o'zim tojdor, Behad kishi turar menga xizmatkor. «Erali va Sherali». Mashakat
parokanda, zolim toj-dorlar qonustiga qon to'kurlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 Boshida toji, o'simtasi bo'lgan, toj-li. Tojdor xo'roz.
TOJIK 1 Tojikmston Respublikasi asosiy aholisini tashkil etuvchi xalqning nomi. Tojik xspqi.
Tojikmillashi.
TOJIKLAR Tojikiston Respublika-sining asosiy aholisini tashkil etgan, eroniy tillardan
birida so'zlashuvchi xalq; tojik xalqi.
TOJIKCHA 1 Tojiklarga, tojik xalqi-ga, uning alifbosi, tili, adabiyoti va madaniyatiga oid.
Tojikcha o'yin. Tojikcha odshplar.
2 Tojik tili. Siz tojikcha(ni) bila-sizmi? Tojikcha gapirmoq. mm Kampir to-jikcha talaffuz
bilan: -Undoqlar yo'q, ay-lanay, — dedi. P. Qodirov, Yulduzli tun-lar.
TOJIR \a. j-^V^ — savdogar] esk.kt. Tijoratchi, savdogar. Kimi ko'rsam, mening dardimdin
ortiq dardini so'ylar, Ajab mo-tamsarosen, tojiru karvonni yig'latding. Mohzoda begim.
TOJLI ayn. tojdor 2. Tojli kaptar.
TOJ-TAXT, toju taxt q. toj 1.
TOZ 1 Boshning sochsiz taqir yoki kal yeri. Boshim — toz, ko'nglim — noz. Maqol.
2 Shunday bosh va shunday boshli odam, kal. Toz taranguncha, to'y tarqalar. Maqol.
TOZA [f. — yangi, yosh, nozik; yashil (nihol)] 1 Kir, chang, ifloslik va sh.k. dan xoli (xoli
qilingan), ozoda, pokiza. Toza idish. Toza kiyim. Toza uy. Toza kiyinmoq. mm A'zoii
badanimni Xo'p yaxshilab yuvaman.
133
Tirnog'imni, tiishmni Doim toza tutaman. Uyg'un. Ko'llarini toza sochiqlarga artishdi. K. Yashin,
Hamza.
2 Chang-g'ubordan xoli; beg'ubor, sof, musaffo. Toza osmonda yulduzlar charaqlaydi. S. Nurov,
Narvon. Toza havodan to'yibnafas oldi. S. Siyoev, Avaz. Har taraf sof, toza maysa-ko'kat..
G'ayratiy.
3 Aralashmalardan xoli; sof, asil. Toza oltin. mm Mana bu durmi ? Juda toza ekan, Nuri
opamda ham bor-a? Oybek, Tanlangan asarlar. Gulnor kelgach, u Yo'lchi bilan qizga shivirladi:
-Mana bu juda toza choy. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 Xirildoq va sh.k. kamchiliklardan xoli, jaranglab chiqadigan tovush, ovoz haqida. Oshna
ashulalarning dilrabo kuyi, hofizning toza va shirali ovozi Elmurodning yuragiga bahor
nash'alaridek quyildi. Shuh-rat, Shinelli yillar.
5 ko'chma Dog' tushmagan, bulg'anmagan; sof, pok. Toza vijdon. Toza nom. Toza qalbda dog
bo'lmas. Maqol. mm Murzin yanada qizishib, bo'rtib, davom etdi: -Men uni yaxshi bilaman. Uyaxshi
qiz, ko'ngli toza. Shuhrat, Shinelli yillar.
6 rvsh. Juda ham, rosa. Toza charchadik. Sizni toza kutdik. mm Yigit-qimar xola-ning
gaplariga toza kulishdi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova. Bechora! Qallig'ini ko'raman, deb toza
baloga qolgan ekan! P. Tursun, O'qituvchi.
7 shv. Yangi. Toza maktab ochsang, kofir deydi, gazeta o'qisang, dahriy deydi. J. Sharipov,
Xorazm. To'rani olajak toza xotinidan sovitib berasiz. J. Sharipov, Xorazm. Matpano: - Tag'in
kelaman, og'a, toza gap bo'lsa, yetkazaman, o'ksimay yuring, — deb peishnlatib jo'nadi. S. Siyoev,
Yorug'lik.
Palagi toza Urug'-aymog'i, avlodi va oi-la a'zolaridan ibrat olsa bo'ladigan; na-munali,
zotli. \Po'lat\ Grexovning palagi tozaemas. N. Safarov, Sharqtongi.
TOZALAGICH Tozalash uchun ishlatila-digan, tozalaydigan narsa, qurilma va sh.k. Aptekalarda
parranda qanotidan yasalgan tish tozalagich sotilardi. Gazetadan. Ma-shinaning oyna tozalagichi
tinmay ishlar, lekin yomg'ir selidan yo'lni ko'rib bo'lmas edi. M. Mansurov, Yombi. Katta i.shiy-
tadqi-qot ishlari natijasida institutda.. to-la tozalagich yaratildi. Gazetadan.
TOZALAMOQ 1 Kir, chang, ifloslik va sh.k. dan xoli qilmoq, toza qilmoq. Tish tozalamoq.
Idishlarni tozalamoq. Uyni tozalab supurmoq. mm Yo'lchi ularga beda tashladi. Keyin kurak va
supurgi olib, otxonani tozalay boshladi. Oybek, Tan-langan asarlar.
2 Aralashmalardan, keraksiz, ortiqcha narsa yoki qismlardan xoli qilmoq. Spirt-ni tozalamoq.
Yong'oq tozalamoq. Guruch toza-lamoq. Dalani g'o'zapoyalardan tozalamoq. mm Anvar gullarni
sug'orish, o'tlarni yulib to-zalash vazifalarini o'zi bajardi. A. Qodi-riy, Mexrobdan chayon.
Yo'lchi yo'g'on qamish topib, ichini tozalab, bir qarichdan mo'lroq qirqib oldi-da, unga no'xat
sig'adigan bir necha teshiklar yasadi: -Mana bu nay, — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Nomaqbul kishi, narsa va sh.k. dan xo-li qilmoq, ularni yo'q qilmoq. Yoshlar ongi-ni zararli
ta'sirlardan tozalamoq. Ekin maydonini begona o'tlardan tozalamoq. mm U [ To'qsonov\ birinchi
galda o'z qaramog'idagi idoralarni «tozalab», odamlarni yangilashga kirishadi. P. Tursun,
Uqituvchi. Polk o'lkani qadam-baqadam fashistlardan tozalab, Dneprga yaqinlashyapti. A.
Muhidddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz.
TOZALIK Toza holatlilik. Kiyimning tozaligi. Uyning tozaligi. Vijdonning tozaligi. Tozalik
— salomatlik garovi. mm [Manzura ona] Har bir sinfga kirib, bola-larning tozaligi bormi,
kundaligi bormi.. tekshirib chiqdilar. E. Raimov, Ajab qish-loq.
TOZI \f. — chopag'on ov iti; uchqur, arabiy ot] 1 Oyoqlari ingichka, tumshug'i uzun, xipcha,
yugurik ov iti. Har yerning tul-kisini o'z tozisi bilan ovlar. Maqol. mm Xohlasa, qarchig'ayini
qo'liga qo'ndirib, tozi itni ergashtirib, odamlari bilan toqqa chiqib ketardi. P. Tursun,
O'qituvchi. O'g'lim ovga ketadi Asil ovchi tozi bilan. «Boyche-chak».
2 Chopqir ot, tulpor. Ostimda irg'iydi G'irko'kday tozi. «Malikai ayyor». Ustiga minganda uchar
tozingni, Qo'lga olsang biz qip [qilib]bergan sozingni. «Erali va Sherali».
Asbi tozi Arabiy ot, arg'umoq. Qamchi urib tarlonday asbi toziga. «Oysuluv».
Tanlab-tanlab tozisiga uchramoq q. tan-lamoq.
134
TOINKI [f. - shu choqqacha, o'sha
vakdtacha.. ki] brkt. bog'l. ayn. toki. -Qattiq-roq gapiring, toinki hamma eshitsin. mm -
Qalandarboshi eshikdan mayda talqin bosh-lab kirdi. Toinki janob eshonga bizning kelganligimiz
ma'lum bo'lsin, — dedi Shum bola. G'. G'ulom. Shum bola.
TOIFA [a toifasi. Badaviylar toifasi. mm Bilarmiding, ey talonchi toifa, Meh-nat ahli qayramoqda
qilichin/M. Shayxzoda. U to'yboshilarga oldindan uqtirib qo'ygan edi: «Tartib buzilmasin, har
toifani o'z vaqtida, o'z yeriga o'tqazish, o'ziga yarasha kutish kerak». Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Xil, tur. Rahim domla kabilar chum-chuqdan qo'rqib, tariq ekmaydiganlar toi-fasidan. H.
G'ulom, Mash'al. Shunday toifa odamlar bo'ladiki, ular mehnat bilan bo'lib, o'zini o'ylamaydi. U.
Umarbekov, Odam bo'lish qiyin.
TOIFI [a. ,^11* - Saudiya Arabis-tonidagi Toif (.JiLkJI) shaxri nomidan] Mevasi qizil va
yirik, kechpishar uzum navlaridan biri; shu uzumdan qilingan vino nomi. 8 gektar tokzordagi
nimrang, soyaki, toifi.. kabi uzum navlarining har gektaridan 25 sentnerga yetkazib hosil
yi-g'ibolindi. Gazetadan.
TOY I 1 Otning bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan bolasi. Saman toy. Ot bosmagan yerni toy
bosadi. Maqol. Kun hisobin oy olar, be-dov o'rnin toy olar. Maqol. Toychani «toy»
debxo'rlama, erta-indin ot bo'lar. Maqol.
2 Bolalarga nisbatan erkalash ma'no-sini bildiradi. Uning uzoq yurtida, quyosh va gullar diyori
Uzbekistonda qolgan duogo'y kampir onasi uni — yolg'iz o'g'lini erkalar ekan, har vaqt: «Rustam
toyim! Arslon toyim!» deb atamasmidi. Oybek, Quyosh qoraymas.
3 Ba'zi atoqli otlarning tarkibiy qismiga kiradi yoki erkalatish uchun ularga qo'shib aytiladi.
Xoltoy, O'rintoy, Halim-toy.
Toy-toy turmoq shv. ayn. g'oz-g'oz turmoq q. g'oz-g'oz. Omontoyning qizi Bo'stonxon toy-toy
turadigan bo'lib qolibdi. S. Ahmad, Cho'l shamollari.
TOY II \f. / - tax, qat; burma; bukik joy; bog'lam; to'p] Katta to'p qilib taxlab yoki bosib
bog'langan mol va shu tarzdagi mol o'lchovi. Paxta toylari. Besh toy gazlama. Toy qilmoq. mm
Bo'riev kecha u [Samandarov] bilan kuni bo'yi bazada qop, toy, yashik, bochkalar orasida
ivirsidi. A. Muxtor, Tug'ilish. Pudratchi uni ishga olib, toy paxta tashishga qo'ydi. H. G'ulom,
Mash'al.
TOYDI Bolalarning oshiq o'yinla-ridan biri (bunda raqibning chikka yoki pukka oshig'ini o'z oshig'i
bilan urib toy-dirgan yutadi). Ko'zlarida ma'nosiz bir iltifot, Go'yoki u allakimdan ranjipti;
Haligacha maktab, o'qish unga yot. Mashg'ulo-ti: «toydi» bilan «achipti». G'. G'ulom.
TOYILMOQ ayn. toymoq 1, 2. Toyilib yiqilmoq. Bo'sag'adan toyilsang, to'rga o't-ma! Maqol. mm
Qor yog'moqda, oyoq osti muzla-gan. Yo'lovchi har qadamda bir toyilardi. S. Ayniy, Esdaliklar.
Yo'lkaning g'isht te-rilgan qismidan o'nqir-cho'nqir yerga o'tishda Nuqra xolantg oyog'i toshiib
ketdi. A. Mu-hiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz.
TOYLAMOQ I kam qo'll. Qulunlamoq, tug'moq (biya haqida).
TOYLAMOQ II Toy-toy qilib taxlab, bosib bog'lamoq, toy qilmoq. Gazmollarni toylamoq. Towmiu
mashinasi. mm Mana, ik-ki oydan beri zavod gumburlab ishlayapti, dalalardan kelayotgan qanor-
qanor paxta-larni paidar-pay tozalab, toylab tash-layapti. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TOYLOQ 1 Kichkina toy, toycha.
2 Erka, erkatoy (faqat bolalarga nis-batan). Kelingiz, toiloqlarim, Qaydan sha-mol uchirdi ?
Imtihoshar muborak, Nechanchi-ga ko'chirdi?K,. Muhammadiy.
TOYMAS Olingan yo'ldan, maqsaddan qaytishni, toyishni bilmaydigan, qo'rqmas. Chinakam
sevishganlar shunaqa bo'lishadi, toymas bo'lib qolishadi, ularga olamda bir-birlaridan boshqa
kimsa ko'rinmaydi. R. Rahmon, Mexr ko'zda.
TOYMOQ 1 Silliq yuzada monesiz surilib, sirg'anib ketmoq; toyg'anmoq. Na-zira shoshib yoniga
qaramoqchi bo'lgandi, suvga engashib qolgan quvur ustidan pastga qarab oyog'i toyib ketdi. D.
Nuriy, Osmon ustuni. Ko'cha va tomlar qordan oqara boshlagan. U sirpanib, toyib,
xizmatkorxonaga jo'nadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 ko'chma Chetga chiqmoq, adashmoq, ozmoq. Shariat yo'lidan toygan qizning so'ziga
135
ishonasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar. Oyog'im sal toydimi, bas, burnimni yerga ish-qaydilar.
SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
3 (faqat bo'lishsiz shaklda) Qaytmoq, tap tortmoq. U hech narsadan toymaydi. Yalang'och suvdan
toymas. Maqol. mm Borib turgan shum, toshyurak bola edi, mushtdek boshidan jo-nivorlarni qiynab
o'ldirishga o'rgangan.. odam o'ldirishdan ham toymaydi. M. Osim, Tilsiz guvoh. Aytganini qilish
uchun hech narsadan toymaydi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa.
Jaddiga toymoq Kimsaning qilmishi uchun aybdor bo'lib qolmoq, javob bermoq. Qilgilikni
Sidiqjon qildi-yu, jaddiga biz toyib ketdik-da. N. Safarov, Uyg'onish. Holdan toymoq Tinka-
madori, sillasi qurib, o'lar holatga yetmoq. Yo'lovchilar Ustyurt sahrosida o'n besh kun yo'l
yurib, toza charchadilar, tuyalar ham holdan toydi. M. Osim, Elchilar. Meni navkarlar holdan
toygunimcha urdilar. S. Siyoev, Yorug'lik.
TOYCHA 1 Toy I 1, 2 s. kichr.-erkl. Bir yashar toycha. Toychani «toy» deb xo'rlama, Erta-indin ot
bo'lar. Maqol.
2 ko'chma Erka, erkatoy, toyloq (faqat bolalarga nisbatan). Xo'sh, kolxozda o'zing nima
qilyapsan, toycham. Oybek, O.v. shabadalar.
TOYCHI Mol toylovchi ishchi. Paxta tozalash zavodining ilg'or toychilari. mm Baho'r bilan birga
Rafaelning ilgarigi zavodida ishlayapman. U slesarlik qilyapti. Men esam toychiman. YO. Xaimov,
M. Rahmon, Hayot-mamot.
TOYCHOQ ayn. toycha. Bir kun ko'rmaganiga saman yo'rg'a uyda qolgan toychog'ini eslab kishnayapti.
M. Muhamedov, Qaxramon izi-dan. Ikkinchidan, toychog'im, «A'lo» olgin har fandan. Barcha
oshna-og'ayning O'rnak olsin-lar sendan. 3. Diyor.
TOYG'ANMOQ ayn. toymoq 1. Toyg'anib yiqilmoq. mm Boyagi qora choponli bola toy-g'ana-toyg'ana
yuqorilayotgan edi. «Yoshlik». Oyog'im qumda toyg'anib ketdi. S. Siyoev, Yorug'lik.
TOYG'ANOQ Sirg'anib ketadigan dara-jada silliq, sirg'anchiq, toyg'oq. Toyg'anoq yo'l. Ko'chalar
shoyg'anoq. mm Himolayning sharqiy tomonidagi toyg'anoq yonbag'ir va qoyalarda dovyurak sherlarning
oyog'i yetmagan joy yo'q desa bo'ladi. M. Aminjonova, «Qor odam» bormi?
TOYG'ANCHOQ ayn. toyg'anoq. U yerning toyg'anchoq ekanini ham endi sezgandek bo'ldi. SH.
Xolmirzaev, Qil ko'prik.
TOYG'OQ ayn. toyg'anoq. Toyg'oq yo'l. mm Ko'chalar toyg'oq, mashinalarning g'ildirak-larida
zanjirlar shaqirlaydi. P. Qodirov, Erk.
TOK I [f. S\i — uzum novdasi, daraxti] Uzum o'simligi. Uch tup tok. Tok ochmoq. Tokni ko'mmoq.
Bir shup shok eksang, bir myn tol ek. Maqol. mm Hovlining yonida chorbog', chorbog'da rasta-rasta
qilib, havozaga ko'ta-rilgan toklar. S. Ayniy, Qullar. Uzum tok bargidanham ko'p. Oybek,
Tanlangan asarlar.
Tok oshi Kovatok solingan osh. Tok oshi qilgudek bo'lib qolgan barglar yonida g'uj-g'uj uzum
sho'ralari paydo bo'la boshlabdi. Ga-zetadan. Mana, bir necha yildan beri bahor kelganda tok
oshi qilamiz. Shukrullo, Ja-vohirlar sandig'i.
TOK II \r. tok — oqim, oqish] Elektr zaryadlarining ma'lum tomonga yo'nalgan oqimi; elektr.
O'zgaruvchan tok. O'zgarmas tok. Kuchli tok. Kuchsiz tok. Elektr toki. Knopkani bosib, tokni
ulamoq. mm Shunday qilib, o'tkazgichdan tok o'tganda ajralib chiqadigan issiqlikning miqdori
tok kat-taligining kvadratiga.. to'g'ri mutanosib ekan. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
TOKAY (GACHA) [f. ^ - qaysi vaqt-gacha] Qachongacha, qay vaqtgacha. Men tokay betimning qalini
— jonimning huzuri deb, fermada tovuqqa don sepib, tuxum teraman. A. Mirahmedov, O't
yuraklar. [Yo'lchi:] Chiday olmadim, mulla aka.. men ham odam farzandi, tokaygacha tepki yeyman.
Oybek, Tanlangan asarlar.
TOKARLIK Tokar ishi, kasbi. Tokar-lik qilmoq. Tokarlikni o'rganmoq. Tokarlik dasshgohi
(sshanogi).
TOKAR` [r. tochit` — «qayrab o'tkir qilmoq; yo'nib, qirib yasamoq» fl. dan yasalgan ot] Metall
yoki yog'och yo'nish stano-gida ishlovchi mutaxassis, ishchi. Abdushu-kur Qodirov oddiy ishchi —
tokar`. O'. Ho-shimov, Po'lat chavandoz.
TOKZOR Nuqul tok o'simligi bilan band yer, maydon, bog'. Ana, yo'lning ikkala beti bo'ylab,
saxii quyosh nurini bearmon emib, yastanib yotgan tokzorlar orqada qoldi. S. Anorboev, Oqsoy.
>d 136
TOKI \f. — qaysi paytgacha; =gacha, =guncha] brkt. bog'l. 1 Bosh gapda ifodalan-gan ish-
harakatning ergash gapda ifoda-langan maqsadga qaratilganligini ang-latadi (bunda ergash ran
kesimi, ko'pincha, buyruq mayli shaklida keladi). Qattiqroq gapiring, toki hamma eshitsin. tj
Bizning maqsadimiz kishilarga ong, tushuncha bermoq, toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni,
oqu qorani o'zi ajrata oladigan bo'lsin! P. Tursun, O'qituvchi.
2 ayn. to 2. Hamma, toki qariyalar ham ishga tushib ketdi. tsh Toki bolasi shurgan bog'chagacha
ergashib bordim.. H. Nazir, Ko'k-terak shabadasi.
3 Bosh va ergash gapdagi narsa-hodisa, ish-harakatning bir vaqtga oidligini, sabab-shart
munosabatini bildiradi. Toki bormen, suymagan odamingizga uzashtirmas-men. P. Qodirov,
Yulduzli tunlar. Poydevor omondir. Demak, uy omon. U yana tiklanar, Toki bor firoq, Toki bor
boshimda Bu qa-dim osmon, Toki bor bobolar Qon sho'kkan tuproq. X. Davron, Qaqnus.
TOKILON Kaltakesakka o'xshash, kul-rang, tez yuguradigan, o'tlokdarda yashaydi-gan jonivor.
TOKSIKOZ [yun. toxikon — zahar] tib. Organizmning uning o'zida hosil bo'ladi-gan mahsulot
(modda)lar bilan umumiy za-harlanish holati. Homiladorlik toksikozi.
TOKSIKOLOGIYA \yun. toxikon - zahar + logos — fan, ta'limot] Tibbiyotning zaharli
moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning ta'sir mexanizmi-ni va bu jarayonda
organizmda yuz beradi-gan o'zgarishlarni hamda zaharlanishni davolash chora va vositalarini
izlab topish bilan shug'ullanadigan, o'rganadigan bo'-limi.
TOKSIKOMANIYA \yun. toxikon - zahar + mania — ehtiros; berilish, mayl; inti-lish] tib.
Mastlik, qisqa muddatli xur-sandchilik, kayf paydo qiluvchi turli xil moddalar (spirtli
moddalar, narkotik-lar, ba'zi dorilar, maishiy kimyo vosi-talari va sh.k.) ni iste'mol
qilishga moyillik, intilishda namoyon bo'luvchi kasalliklarning umumiy nomi.
TOKSINLAR \yun. toxikon - zahar] biol., tib. Ba'zi mikroorganizmlar, shuningdek, ba'zi
hayvon va o'simliklar chiqaradigan zaharli moddalarning umumiy nomi. Gormon, antibiotik,
toksin va boshqa turli xil fiziologik faol moddalar hujayra membra-nalarining xossalarini
o'zgartiradi. «Fan va turmush».
TOKCHA [a. + f. / ^JU»] 1 Mahal-liy uylarda idish-tovoq va b. anjomlar qo'yish uchun devorda
kvadrat yoki boshqa shaklda ishlangan maxsus joy. Elmurod ko'r-pachaga o'tirdi. So'ngra yon-beriga
ko'z yugur-tirdi. Kichkina tokchalarga rang-barang chin-ni va sopol kosalar terilgan edi. P.
Tursun, O'qituvchi. Tokchayurga misko'za, samovar, qum-g'on, jom, chinni piyolalar tarshib bilan
te-rib qo'yilibdi. K. Yashin, Hamza. Tokchalari ganchdan ajoyib gullar bilan ishlangan kash-ta
uyda bir talay odam o'tirgan edi. Oybek, Navoiy.
2 Umuman, vazifasi, shakli yoki boshqa biror jihati bilan tokchaga o'xshash narsa, joy. Toqilar
ostidagi do'konlarning tok-chalariga uyilgan harir mollar.. shoii, atlas .. va boshqa rango-
rang bazzozlik mollari bu yerga kelganlarning ko'zini o'ynatadi. Mir-muhsin, Me'mor. Shkaf
tokchalariga terib qo'yilgan turli ichimliklar yaqqol ko'rinib turibdi. S. Azimov, O, Laylo.
Abduvali aka.. deraza tokchasiga omonatgina o'tirdi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Ular
\kiyiklar\ besh-olti gaz pastda — tokchada, ikki to-mon esa tik devor. SH. Xolmirzaev, Bodom
qishda gulladi.
Kir tokcha Odatda, taxmonlar orasi, eshik yoki deraza yoniga ishlangan, boshqa tokchalarga
nisbatan kichik, yuqoriga tomon uzun bo'lgan tokcha (turli mayda-chuyda nar-salar qo'yiladi).
Ikki taxmon o'rtasidagi kir tokcha tepasida choy qutisining zar qog'ozlaridan qirqib
yopishtirilgan Madina-ning tasviri. S. Ahmad, Saylanma.
TOKCHALI Tokcha ishlangan, tokchasi bor (q. tokcha 1). ..taxmon va tokchali hamda og'ir loy tomli
imoratlarning zilzilaga bardoish ancha past bo'ladi. Gazetadan.
TOKCHILIK kam qo'll, ayn. uzumchilik 1, 2. Dongdor Rizamat ota tokchilikda so-xibkor. M.
Shayxzoda.
TOL I Ingichka uzun bargli, surx novda otib o'sadigan daraxt yoki buta. (asosan soya-s&chqini,
poyasi, poyasidan esa turli nar-salar tayyorlash uchun ekiladi). Qora tol. Sambit tol. Bir tup
tok eksang, bir tup
137 d-u^
tol ek. Maqol. mm Terak ekmay, sholni ek, tolning soyasi yaxshi. «Qo'shiklar». Soy bo'yi-dagi
aksariyat azim tup tollarning tagi choyxona. K. Yashin, Hamza.
Majnun tol q. majnuntol. G'ulomjon.. majnun tolning ham bir mahallar suvga cho'zilgan, suv
yetay-yetay deb qolgan uzun, nozik novdalarini esladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Siz (yeki
u) aytgan tollar kesilib ketgan Zamon, u bilan bog'liq holda shart-sharoitlar o'zgarib
ketganligini bildi-radi, qayd etadi. Sarvi xola qizining ix-tiyori o'zidaligini, hozirgi
zamonlar bosh-qaligini, u aytgan tollar kesilib ketgan-ligini qayta-qayta takrorlab, jagi
og'ri-di. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema. Tol bargak q. bargak III. Kechagina tol bargak
o'ynab, Tom boshida erkin yurganding. YU. Hamdam.
TOL II Uzun va ingichka. Kokillarim eshilgandir tol-shol, Har toliga bersa em-Mac dunyo mol.
«Malikai ayyor». Torlari shol ipaklardan eshilsin, Ayshganimda, shovush-ginam qo'shilsin.
«Qo'shiqlar».
TOL III [p.] harb. Mina va snaryadlar ichiga quyiladigan kuchli portlovchi modda; oq yoki
sarg'ish rangli qattiq kristall mahsulot.
TOLA 1 Yigirish, gazmol to'qish va sh.k. maqsadlar uchun ishlatiladigan juda in-gichka, puxta
tabiiy yoki sun'iy material. Ipak tolasi. Jun tolasi. Sun'ii tola. mm Biz tergan paxtaning
har bir tolasin Yovuzlar bo'yniga aylagil sirtmoq. G'ayratiy.
2 Soch, soqol kabilarning har bir mo'yi. Ayt, bu soching tolasimu, Jon ipin bir ban-dimu? E.
Vohidov. Uni quchoqlab o'pgisi, har bir tolasi og'ir mehnat, alam bilan sug'o-rilgan oppoq
soqolini ko'zlariga surtgisi keldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 kam qo'll. Kokil, zulf.
4 ko'chma Umuman, tolaga o'xshash narsa xaqida. Urgimchak to'qir oq tolalar, xonqizi boradi
mehmonga. SH. Rahmon, Yurak qir-ralari. Poliefir tolasidan ishlangan sun`iy qon tomirlar
arteriya tomirlari torayib qolgan bemorlarga yordam berishda qo'llanmoq-da. «Fan va turmush».
Og'riq — jag' tola-larining isyoni bo'lib, biror a'zo yoki vujud-ning «dod-faryodi»dan darak
beradi. «Fan va turmush».
TOLALI 1 Tolaga ega bo'lgan, tolasi bor. Ingichka tolali paxta. Uzun tolali zig'ir.
2 Tola beradigan. Tolali texnika o'sim-liklari.
3 Tolalardan tuzilgan. Yog'och tolali plastmassa.
4 tex. Tuzilishida tola bo'lgan. Cho'g'lanma tolali elektr lampa.
TOLACHI Tola yetishtiruvchi. Shahrisabz tolachilari Shukur Berdiev nomini hurmat bilan tilga
oladilar. Gazetadan.
TOLASHUNOS Tola va u bilan bog'liq ilmlar bilan shug'ullanuvchi mutaxassis, olim. Maqsuda
A'zamovna o'z kasbi bo'yicha tolashunos, ana shu kafedradagi ishlardan bevosita xabardor bo'lib
turishi kerak. Gazetadan.
TOLBARGAK (to'g'risi - tol bargak) q. bargak III. Qizlar sochida tolbargakdan soch-popuk. S.
Ahmad, Huxm.
TOLGUL shv. Sambitgul. Ba^shnd g'isht poydevorli to'rt uy, dahliz, devoriga tolgul va bo'yni
uzun oftobaning surati solingan baland ayvon, oshxona. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari.
TOLE [a. ^JLk — ko'tarilayotgan, yuqori-layotgan; taqdir, qismat] 1 Turmushdan mam-nunlik
holati, turmushdan mamnun etuvchi takdir. Toleingda bor ekan yashash, Goh qon ichding, gohida
sharob. A. Oripov, Yurtim shamoli. Toleingdan o'rgilay, qizim, onang sho'rlik qiz bo'lib, kelin
bo'lib, hech narsa ko'rmagan edi, xudoyi shaolo hammasini senga nasib qilgan ekan. A. Qahhor,
Og'riqtishlar. Ha, tole bo'lmasa qiyin ekan! Men ne-ne orzular bilan ilm-hunar o'rganib kelgan
edim! Vatanim bo'lmish Farg'ona vodiysida.. mad-rasalar qurmoqchi edim. P. Qodirov, Yulduz-li
tunlar.
2 s.t. Omad, baxt. Xo'jaiinning karmoni o'pirilganga o'xshaydi, tolei yo'q-da. Shu bu yil
yutqizishdan boshi chiqmay qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Sulton bo'zchining o'g'li
Muhammadjonning tolei past ketdi. N. Safarov, Sulton bo'zchining nevaralari.
TOLELI Hamisha baxt-tole yor bo'lgan; baxti, omadi baland; baxtli. Toleli odam.
TOLEMAND \a. + f. J^^JUO - toleli, baxtli] esk. kt. Toleli, baxtli. Tolemand yigish. mm Hyp
dengizi ichra tolemand Suzar edi turnalar baland. Oybek.
138
TOLERANTLIK [lot. tolerantia - sabr-toqat, chidam, bardosh] 1 biol., tib. Orga-nizmning
immunologik jihatdan tashqi ta'sirlarga javob bera olish qobiliya-tining to'liq yoki qisman
yo'qolishi; ya'ni antigen ta'sirlarga nisbatan odam yoki hayvon organizmi tomonidan
antitanalar ishlab chiqarish qobiliyatining pasayishi yoki yo'qolishi.
2 tib. Organizmning muayyan modda yoki zaharning noqulay, salbiy ta'siriga chi-dash, bardosh
berish qobiliyati.
3 O'zgalarning fikr-g'oyalari, e'tiqodi, his-tuyg'ulari, turmush tarzi va xulq-at-voriga
nisbatan sabr-toqatli bo'lish, be-parvo qarash; bag'rikenglik.
TOLESIZ Baxti, tolei yo'q, omadi past. Tolesiz odam. mm [Norbuvi] Erdan tolesiz emasedi. H.
Shams, Dushman.
TOLESIZLIK Omadsizlik, baxtsiz-lik.
TOLZOR Nuqul tol bilan band yer, maydon. Anhor.. narigi qirg'oqdagi tolzor tagida yoy`ishb
oqadi. H. G'ulom, Toshkent-liklar. Kaftday kichkina hovlining bir yoqasidan o'tgan anhor bo'yi —
quyuq tolzor, sersoya, jimjit bir go'sha. Oybek, Ulug' yo'l.
TOLIB \a. ._JLL> — izlovchi; talab qiluv-chi, xoxlovchi; o'quvchi; tinglovchi] 1 Talabi bo'lgan,
talabgor. Suluv qizsan, senga tolib ko'p bo'lur. «Ravshan». Ishshmoqqa hamma to-lib, Bir-biriga
kelib g'olib. Har ketmon-dan yuz gul unar, Cho'llar suvga to'lib-qonib. Fozil Yo'ldosh o'g'li.
Hafiza eshik yoniga kelib, serrayib turdi, yonidan o'tib keta-yotganlar uning joy bo'shashini
kutib tur-ganini, u o'qishga juda tolib ekanini se-zishganday bo'lardi. Mirmuhsin, Umid.
Tolibi ilm Ilmga talabi bo'lgan, ilmga tashna; talaba. Nariroqda Umarali bir-ikki do'stlari,
tolibi ilmlar bilan quyuq suh-batda. Oybek, Ulug' yo'l. Tolibi ilmlarning aksari bu kun
hovliga chiqishgan. Oybek, Navoiy.
2 Madrasa o'quvchisi.
3 Tolib (erkaklar ismi).
TOLIM Ozgina soch tutami, dastasi. Uning uchun Gulnozning bir sholim sochi emmu ig'^shm
podshosining boji bilan xirojidan qimmashli. T. Sulaymon, Intizor. Yaqiila-shay desam
qo'rqaman, yaqinlashmay desam bir pgolim sochini bo'ynidan ikki marpga aylan-tirib, o'zini
bo'g'yapti. «Mushtum».
TOLIQISH 1 Toliqmoq fl. har. n.
2 Madorsizlik holati; horg'inlik. Xa-zil-huzul, gurung avjida. Odamlar shu bilan o'zlarini
ovutadshyur. Charchoq, toliqish, qo-rin ochligi bilinmaydi. M. Hazratqulov, Jur'at.
TOLIQMOQ 1 Kuch-madori qurimoq, tinkasi qurimoq, holdan toymoq; mador-sizlanmoq. Beli
toliqmoq. Qo'li toliqmoq. Ko'zi toliqmoq. mm Aiaqaerda ko'rganim chip-pa-chin esimda turipti-yu,
rostini aytsam, ajratolmayapman, toliqibman shekilli. S. Karomatov, Oltin qum. Uning
toliqqani, ruhan qiyns`sh-qiynala tunlari yaxshi uxlay olmagani rang-ro'yidan ko'rinib turardi.
Shu\rat, Shinelli yillar. Kun isidi, amir-zodam. Yoz ramazoni tinkani quritur. Erta-gacha
toliqib qolmasishar. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
2 Hayot-ehtiyoj narsalaridan kamchiligi bo'lmoq, siqilmoq, shu jihatdan qiyin, nochor ahvolda
bo'lmoq. Oziq-ovqatdan to-liqmoq. mm Tanbalning yoshiga yetguncha ko'p g'alabalarni ko'rursiz.
Holbuki, bu urushlar-dan el-ulus behad toliqdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Bola-chaqasi
toliqsa ham, yemay-ichmay orttirganini olib kelib, shayx-lar oyog'ig'a to'kadi. K. Yashin, Hamza.
TOLKUCHUK Barg yoza boshlagan tol nov-dasi. Ko'klam. Nega shamol kelmas yuksak tog'lardan,
Tolkuchukdan jevak pgaqqan may-sa bog'lardan. G'. G'ulom.
TOLMA shv. Bo'lali, lo'ppi; muloyim. Uning [Zumradning] o'rta, tolma bo'yi, nozik beli, ingichka
egma qoshlari, qirra burni, yirik uchqunli ko'zlari bir-biriga munosib. Oybek. Ulug' yo'l. U
[Maxsumaxon] baland bo'yli, tolmadan kelgan, xushro'y, ko'zlari kat-ta-katta va porlab
turadigan, nihoyatda chiroyli ayol. H. Nosirova, Men o'zbek qi-ziman.
TOLMAS 1 Charchashni bilmaydigan, xormas-tolmas. Tolmas kurashchi. Holini bil-gan hormas, qancha
ish qilsa, sholmas. Maqol. mm Boshimdagi qoplab shurgan bulushni Tol-mas bilak, bitmas kuch-la
yiqitdim. M. Ala-viya.
2 Tolmas (erkaklar ismi). TOLMOQ 1 ayn. toliqmoq 1. Belim to-lib ketdi. Qo'lim tolib,
chamadonni tashlab
139 du^
yuborayozdim. Kitob o'qiyverib, ko'zim tolib ketdi. mm Razzoqning ishi yana ko'paydi. Umurzoq ota
esa uning yo'lini poylayverib toldi. H. G'ulom, Mash'al. Bektemir go'dak-ni yerga qo'yib, tolgan
bilagini uqaladi. Oybek, Quyosh qoraymas. Ularga qaray-qa-ray, Bashirjonning bo'yni tolib
ketdi. N. Aminov, Suvarak.
2 Ayrim so'zlar bilan birikib, shu so'zdan anglashilgan narsaga berilmoq, u bilan band bo'lmoq
ma'nosini bildiradi. Xayolga tolmoq. O'yga tolmoq. mm Sultonali mirzo Gulshanning o'rdaga
ketganligini eshi-tib, sillasi quridi, bir necha vaqt fikrga tolib qoldi. A. Qodiriy,
Mehrobdan chayon.
TOLPOPUK (to'g'risi tol popuk) ayn. bargak III. O'zi endigina sochlariga tolpopuk taqadigan
qizcha edi. «Yoshlik».
TOLCHOVKON Tol kurtak chiqara bosh-laydigan erta bahor vaqti. Tabiat hech qa-chon bo'sh turmagan,
bo'sh, Gijing toyday o'y-nab qochar soylari. Tolchovkon bog'larga yopib gilampo'sh, Rovoch,
momaqaymoq chiqqan oylari. S. Akbariy, Yangi yil alyori.
TOL` [fr. tole] Kartonga toshko'mir qatroni (smola) shimdirib, ba'zan ustiga bir oz qum sepib
tayyorlangan, suv o'tkaz-maydigan qurilish materiali. Bir rulon tol`. mm Tol` omonashgina
yopilgan saroy ichiga selishra to'kib qo'yilgan. S. Ahmad, Cho'l burguti.
TOLQON 1 Qovurilgan don, quritil-gan non va sh.k. dan tuyib tayyorlangan yemish. Non tolqon.
Bug'doy tolqon. mm Ertalab Tozagul mehmon opani yangi tuqqan sigirning og'izi va o'g'irdan
issiqqina chiqqan oqishoq tolqon bilan siyladi. H. G'ulom, Mash'al. Niyoz bobomning kampiri
Xumor xola das-turxon yozdi, bir hovuchdan jiyda, o'rikqoqi, tolqon qo'ydi. «Yoshlik».
2 Umuman, tuyilgan har qanday narsa; poroshok. Nosvoy tolqon.
Tolqon qilmoq 1) tolqon tayyorlamoq. Xotinlar, odatda, hayitga holva, tolqon qilishadi; 2)
tuyib tolqonga aylantirmoq. Maxorkani tolqon qilaman. Jindak ohak yoki kul bilan xurushga
keltiraman. Oybek, Quyosh qoraymas; 3) ko'chma mayda-mayda qilmoq; yer bilan yakson qilmoq. Bu
yoqdagi qazuvchilar ham G'ulomjon, Barot polvon, Zamon singari tog'ni ursa tolqon qshshdigan
azamatlar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
«Singlimning nomusini himoya qildim», deb gap tarqatib yurgan mirob, tuhmati o't-masligini
sezib, mo'ltayib, tolqon yutib o'tirdi. S. Nurov, Narvon.
Og'ziga tolqon solmoq (yoki tolqon yut-moq) Tovush chiqarmay, indamay, hech narsa demay turmoq.
Nega jim o'tiribsizlar? Og'izlaringizga tolqon solib oldilaringiz-mi? Chirmanda chalib,
qo'shiqni boshlanglar! I. Rahim, Chin muhabbat.
TOLQONLAMOQ ayn. tolqon qilmoq 2, 3. q. tolqon. Qo'ltig'idan qog'ozga o'ralgan, quritib
tolqonlangan nosini olib, til ostiga otdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TOLG'IN kam qo'll. Horg'in, so'lg'in, si-niqqan. Norqo'zi Feruzaning tolg'in cheh-rasiga,
charchoqdan qizargan ko'zlariga achinib qaradi. H. G'ulom, Senga intilaman. Biz uchovlon ham
tabiatning bir tolg'in bo'lagi-dek so'qmoqda turibmiz. SH. Xolmirzaev, Saylanma.
TOM I 1 Uyning, binoning ustini be-kitib turuvchi tepa qismi. Loy tom. Tunuka tom. Ikki
nishabli baland tom. mm Asfal`t yo'llar, tunuka va shifer tomlardan qaynoq hovur ko'tariladi.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Keta-ketguncha yakkam-dukkam loysuvoq tomlar, devorlari
to'kilay deb turgan pastak uylarni ko'raverib, dilingiz xira tortadi. K. Yashin, Hamza.
2 Ba'zi qurilmalarning qor-yomg'ir, quyosh va sh.k. dan himoya qiluvchi tepa qismi. To'lanboy
Ikromjonning ahvolini ko'rib turganidan, u ham indamadi-da, ketdik, deb kabina tomini
mushtladi. S. Axmad, Ufq. Ikkala boshliq qori tizzaga uradigan qizil vagon tomiga chiqib,
atrofni kuzata bosh-ladilar. N. Safarov, Jasoratning davomi.
3 shv. Uy, hovli-joy. Eshakka muguz bitsa, egasini suzadi, Tuyaga qanot bitsa, tomingni
buzadi. Maqol. ¦¦ Shunda borib, bir tomni ochdi — bari tillaga to'la, bir tomni ochdi —
kumushga to'la. «Ravshan». «..Dashti qipchoqlar boyisa, xotin oladi, turkiilar boy bo'lsa, tom
soladi» [ywmpdu Ma'suma beka}. Mirmuhsin, Me'mor.
Tomdan tarasha tushganday q. tarasha. (O'zini) tomdan tashlaydi Biror narsaga juda o'ch, o'larmon
odam haqida aytiladigan ibora. Ichkshshk bo'lsa, Jo'ra o'zini tomdan tashlaydi. Oybek, Tanlangan
asarlar. ..pul desa, o'zini tomdan tashlaydigan bu ta'viya¬
140
ning na do'sti bor, na jo'rasi. J. Sharipov. Xorazm.
TOM II [a. ^LJ — to'la, to'liq, butun; mukammal] kt. 1 sft. To'la, to'liq. Mufti... kotibining
chizgan rejalarini amalga oish-rishga tom ixlos bilan ko'ndi. A. Hakimov, Ilon izidan.
Qo'ltig'imdagi anordan bit-tasini olib, yorig'idan ikkiga ajratib, ik-ki qo'lim bilan siqib,
tom ishtaha bilan yeyishga tushdim. G'. G'ulom, Shum bola. [Ha-sanali] Xo'jasi Yusufbek hojiga,
ayniqsa, xo'jazodasi Otabekka itoat va ixlosi tom bo'lib, buning evaziga ulardan ham ishonch
va hurmat ko'rar edi. A. Qodiriy, Utgan kun-lar.
Darajai tom To'liq daraja, kamolot da-rajasi. Ma'lumotim darajai tomga erish-gan bo'lsa
ham... yozmoqda qiynalamen. Oybek, Navoiy. Tom ma'nosi bilan To'liq. chin ma'-nosi bilan.
Farmonov tom ma'nosi bilan «shjtimoiy odam» bo'lib, butun hayoti kol-lektivda, idora,
majlisda, minbarda o'tgan. A. Muxtor, Chinor.
2 rvsh. Butunlay, tamomila, batamom. Qu-log'im tom bitdi. mm -Taqsir, — dedi Fo-zilhaq
Azizulxon sigaret chekib.. Muxtor Hasanga qarab, — pinakka ketganday tom mahliyosiz. Oybek,
Hyp qidirib. Mendek odamning og'zidan bunday gapning chiqishi Sizni tom qayron qilishini
bilaman. SH. Xolmirzaev, Qil ko'prik.
TOM III \yun. tomos — bo'lim; bo'lak, qism] Bir necha kitobdan iborat asar, asarlar to'plami,
muqovalangan hujjat va sh.k. ning har bir ayrim kitobi; jild. Lug'atning birinchi tomi.
To'plamning uchinchi tomi. mm Yo'ldosh kirganda, Po'lat deraza rafida tizzasini quchoqlab o'tirar,
stolda, yostig'i ustida meditsina entsiklopediyasining tom-lari sochilib yotar edi. A. Muxtor,
Chinor. Tergovchi Qosimov yana taxlab qo'yilgan ji-noiy ish tomlarini varaqlashga tushib ket-di.
«Mushtum».
TOMAT [ucn. tomate] Pomidor suvi yoki pastasi. Ko'p tomat va sok olish mumkin bo'lgan
«Yusupov».. kabi yaxshi sort pomidor-lar kam keltirilayotir. Gazetadan. Ayolning xonadonidan 30
litr samogon.. 150 litr mo-Mam pastasi, xamirturush topildi. Gaze-tadan.
TOMIZIM shv. Tomchi. Bir tomizim suv. mm Marahim.. uchinchi shishadan tegaturgan
«nasiba»sini ham bir tomizim qo'ymay ichdi. SH. Rizo, Qor yog'di, izlar bosildi. Shu talantni
ishga solish uchun allaqanday bir doridan bir necha tomizim tomizish kerak. A. Qahhor, Sarob.
TOMIZMOQ 1 Tommoq fl. ort. n. Ko'z-ga dori tomizmoq. mm Ota dekchasini osdi va chayladan
shishadagi juvoz moyini kel-tirib, unga tomizdi. H. G'ulom, Mash'al. \Qilichev\ Ichki
cho'ntaklariga turli-tuman tabletkalar, hidlaydigan, yutadigan, to-mizadigan dorilar solib
yuradi. Mirmuhsin, Zanglagan qilich.
Og'ziga suv tomizmoq O'lim to'shagidagi bemorga suv tomizib, oxirgi yordam ko'r-satmoq. Reviziya
arpa, bug'doy yetishmagan-ligini aniqlagan paytda, Aliqulning og'ziga suv tomizilayotgani
to'g'risida mish-mish tarqatildi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Oqizmay-tomizmay Hech bir so'zini qol-dirmay, bor (bo'lgan) gapni to'laligicha. Jannatxon
otasiga dasturxon yozdi, otasi-ni siyladi, lekin erining so'zlarini ham oqiz-may-tomizmay
yetkazdi. I. Rahim, Takdir.
2 (faqat bo'lishsiz shaklda) Bir qatra xam anoyi qilmaslik, bekor ketkazmaslik, yordam
ko'rsatmaslik. U onasiga bir chakki tomizmaydi. mm Boy pishiq odam, bir ti-yinni chakki
tomizmaydi. Oybek, Ulug yo'l.
TOMIZG'I 1 ot Qatiq ivitish uchun sutga solinadigan achitqi (mas, eski qa-tiq). Sutga tomizg'i
solmoq. n Ko'shniniki-ga tomizg'i so'rab kirgan Hajalxon bir zumda bir talay gap topib chiqdi.
A. Muhiddin, G'anisher. ..maxsus tomizg'i bilan tayyor-langan qatiq, kefir kabi sut
mahsulotlari ham vitaminga boydir. Gazetadan.
2 sft. Tomiziladigan, tomchilab quyi-ladigan. Tomizg'i dori.
Tomizg'i ham bo'lmaydi Juda oz. Bu pulingiz tomizg'i ham bo'lmaydi. Tomizg'iga ham topilmaydi
Umuman yo'q, sira topil-maydi, uchramaydi. Suv tomizg'iga ham to-pilmaydigan cho'l.
TOMIZG'ILIK Tomizg'i uchun yetarli; tomizg'i uchun qoldirilgan. Bir tomizg'ilik qatiq. Qatiqdan
bir-ikki tomizg'ilik qoldirmoq.
TOMIZG'ICH Suyuqlikni tomizish uchun ishlatiladigan asbob; pipetka. Tomizg'ich bilan ko'zga dori
quymoq. mm U shkafdan allaqanday reaktiv oldi-da, tomizg'ich bi-
lan binokulyar mikroskop tagidagi mineralga tomizdi. «Fan va turmush».
TOMIR 1 anat. Odam va hayvonlar ta-nasida qon yoki limfa oqadigan naychasi-mon a'zo.
Tomirdan qon olmoq. Tomirga dori quymoq. mm To'lagan yerga qarab jim qoldi. Uning chakka
tomirlari bo'rtdi, burnining uchi yiltiradi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari.
Qon tomirlari Arteriyalar, kapillyar-lar va venalardan iborat tomirlar. q. ar-teriya(lar),
arteriola(lar), vena(lar), ka-pillyar(lar).
2 ko'chma Umuman, narsa-hodisaning hayoti, faoliyatini ta'minlovchi omil, vosita. Sanoatning
yuragidir marten pechi, Yurak bo'lgach, ishlaydi-da erta-kechin. Bu yurakni yurgizadi usta Anvar,
Sanoatning tomiriga po'lat oqar. «Mushtum». Qishloqning hayot tomiri urib turgan har bir
joyda.. tashabbus yaqqol sezilib turadi. Gazetadan.
3 s. t. Yurak harakati natijasida qon tepishi; pul`s.
Tomirni (yoki tomir) urishini (yoki tepi-shini) ko'rmoq Tomirni ushlab, yurak, qon harakatini,
pul`sni aniklamoq. Tabib, Ota-bekdan voqeani so'rab bilgandan so'ng, Kumush-ning tomirini
ko'rib, labini tishlab qoldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
4 s. t. Mushaklarni suyakka biriktiruv-chi puxta, elastik to'qima; pay. [Yo'lchi].. Tomiri
shortishgan odam kabi, bir lahza qotib qoldi, so'ng qilichini mahkam ushlab, bukchayib,
ohistagina yerga yiqildi. Oybek, Tanlangan asarlar. Tomirlarini yozish uchun boshini orqaga
tashlab, bir-ikki silkitib oldi. S. Karomatov, Oltin qum.
5 biol. Usimlik tanasida suyuqlik va undagi erigan moddalar oqadigan to'qima naychalar.
6 bot. Ildiz. Ariq bo'ylarida, qir etak-larida o'tgan yilgi o'tlarning tomiridan nozik
maysalar unib chiqa boshyugan. S. Anor-boev, Oqsoy. Agar u har kuni ertalab, kech-qurun soyga
tushmaganda edi, ko'za-ko'za suv quyib, tomiriga nam yubormaganda edi, o'rik allaqachon xazon
bo'lardi. SH. Rashidov, Bo'-rondan kuchli.
7 ko'chma Ildiz, negiz. Yaxshi naql — tomi-ri aKgL. Maqol. mm Jo'raxon bu muhim masala-ni
aytishdan bosh tortganda, buning tomiri juda uzoq ekanligini G'ulomjon darrov fahmlab oldi.
M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
Tomiriga (yoki ildiziga, oyog'iga, tagiga) bolta urmoq. q. bolta. Elmurod o'zining ja-holatga
qarshi bo'lgan bilimini odamlarga yoyish bilan doshaning tomiriga bolta ura-yotganini yaxshi
fahmlamasdi. P. Tursun, O'qituvchi. Tomir otmoq (yoki yoymoq). 1) il-dizini har tarafga
yo'naltirmoq, ildizi rivojlanmoq; 2) asosli holda o'rnashib yashamoq, rivojlanmoq. Ammo butun
bir aho-li yashab, tomir otib qolgan bejirim joy-larni yo'q qilish — xutor sistemasini yo'-
qotish, degan gapga kirmaydi. J. Abdulla-xonov, Xonadon; 3) har tomonga yo'nalmoq. Sherbek
katta ko'cha to'rt tomonga tomir otgan joyda to'xtab qoldi. S. Anorboev, Oqsoy; 4) tarqalmoq,
ko'paymoq. Odamlar orasida ham devpechak borligshi, u asta to-mir yoyib borayotganini bilardi-
yu, ammo o'sha devpechakning ildizini topalmay dog'da edi. S. Ahmad, Hukm.
8 ko'chma Bir-birini qo'llovchi, bir-bi-riga homiylik qiluvchi kishilar o'rtasida-gi o'zaro
bog'lanish, aloqa; ildiz. Zag'chako'z domlayam, Turdivoy xalfayam, hammasi.. Bu-larning tomiri
uzun, Zag'chako'z mudarris bo'lgan ekan, o'g'illari, shogirdlari katta-katta amalda deyishadi. P.
Tursun, O'qi-tuvchi. Shuhratparastlar xalqqa yuqoridan qanday zarar yetkazgan bo'lsalar, pastdan
ham shunday zarar yetkazganlar. Ularning tomiri bitta. H. G'ulom, Senga intilaman.
9 shv. Qarindosh, urug'; qarindoshlik rishtasi. Yurtga dong'i ketgan Jonaliboy-ga, Hizing berib,
boyga tomir bo'laylik. Po'lkan. Tojiboy o'zi kambag'allardan bo'lsa ham, tomiri Olaxo'ja maxsum
bilan tutash-gan edi. P. Tursun, O'qituvchi.
10 shv. Tutingan o'rtoq, yaqin do'st. To-miringni maqtama, yomon chiqsa, qaytasan. Maqol. mm
Ikki o'rtada so'z bergandik, to-mirmiz deb, Zuvalasi ayrim bitta xamir-miz deb. G'. G'ulom.
Mingning zotini bilgan-dan birning otini bil, deganlar, tanishib qo'yaylik, tomir. A. Muxtor,
Qoraqalpoqqis-sasi.
TOMLI 1 Tom bilan yopilgan, tomi bo'lgan. Tunuka shomli uy. mm Can yurilgach, daraxtzorlar,
bog'lar, poxol g'aramlari... cherepitsa va qamish tomli uylar qatorlashib ketdi. H. Nazir, Cho'l
havosi.
TOMLI II Belgili tomdan, jilddan iborat. Ikki tomli she'rlar to'plami. Besh tomli asar.
142
TOMLIK Nechadir tomdan, jilddan iborat bo'lgan asarlar to'plami. Alisher Na-voiy asarlari o'n
besh tomligi.
TOMMOQ Tomchilab oqmoq; chakka-chak-ka oqib turmoq, tushmoq, tomchilamoq. Xatga siyoh tomdi.
Shimga yog' tomdi. Tomchi tomib bo'lguncha, daryo oqibo'tadi. Maqol. Toma-to-ma ko'l bo'lur, hech
tommasa, cho'l bo'lur. Maqol. mm Sovuq tomchilar uning yuziga, bo'yniga to-mib g'ashini keltirdi.
Oybek, Quyosh qoray-mas. Ko'z yoshlari.. egarning qoshiga va otning yoliga toma boshlaydir. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Uning ko'zlaridan oppoq soqoliga qatra-qatra yosh tomar zdi. A.
Qahhor, Ac-pop bobo.
Ko'zlaridan qon tomadi O'ta g'azabli holatni qayd etadi. Azim tajang bir qadam oldinga
tashladi. Ko'zlaridan qon tomardi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Og'zidan (yoki labidan, tilidan)
bol (yoki asal) tomadi Nihoyatda shirin so'z, xushmuomala. Kat-tadan-kichikka og'zidan bol tomib
muomala qiladigan xola negadir men bilan til uchida so'rashib qo'ya qoldi. T. Alimov, Dashsho'.
Lablaringizdan bol tomadi, yonib turgan olovsiz. K. Yashin, Hamza. Yuzidan qon toma-di q. qon.
[Qishlog'imiz] Odamlari shunaqangi xushbichimki, bir qarashdayoq suqingiz kira-di. Yuzlaridan qon
tomadi. E. Raimov, Ajab qishloq. Qamchisidan qon tomadi O'ta zolim, qahri qattiq. Qiz avval
qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so'zlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham,
terisiga somon tiqadi: bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi. A. Qahxrr, Qo'shchinor
chiroqlari.
TOMOGRAF Tomografiyani amalga oshirishda qo'llanadiagan, maxsus tuzilish-li rentgen qurilmasi.
TOMOGRAFIYA [yun. tomos — qism, bo'-lak; qavat, qatlam + grapho — yozaman] Rent-genografiyaning
o'rganilayotgan ob'ektning qavatma-qavat soyali tasvirini olish usuli.
TOMON 1 Biror narsa yoki joy (ma-kon)ga nisbatan yo'nalishdagi joy, makon; taraf. U tomon. Bu
tomon. Ko'chaning ikki tomoni. Bog'ning bir tomoni. Paykalning to'rt tomoni. mm Bir tomoni
bosib qolgan kulbaga Yo'lchini yotqizishdi. Oybek, Tan-langan asarlar. Xonaning ikki tomoniga
karavot qo'yilgan. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. To'rt tomon qum, xayriyat, bunda hech kim
eshitmaydi. Mir\guhsin, Me'mor.
2 O'zaro nisbatda, munosabatda bo'lgan shaxs yoki shaxslar guruhining har biri. Dushman tomon.
Quda tomon. tsh Ammo o'z otasidek bo'lib qolgan noib janoblarining tomonini olishni ham,
yovuzona bir qudrat egasi bo'lgan Zokir kalla tomoniga o'tishni ham bilmay, ikkilanib turardi.
X. To'xtabo-yev, Yillar va yo'llar. Har ikki tomonning ishini ko'rgan odam muqarrar: «Bular kim
tez qazirga o'ynashganov!» deb o'ylaydi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o. Abdurahmon yosh bola ekan,
otasi o'lib, onasi va ota tomonlari tarbiyasida qoldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
Tomonini olmoq Tomonida turib himoya qilmoq, qo'llab-quvvatlamoq; yonig'gi olmoq. Darvish gov
ko'pincha fuqaroning tomonini olar, beklarga, navbati kelmaguncha, suv ber-mas edi. P.
Qodirov, Yulduzli tunlar. Sizni qarang-u, yana o'shalarning tomonini olasiz-a. P. Tursun,
O'qituvchi.
3 (ko'pl. shaklida — tomonlar). O'zaro muxolif, zid munosabag'dagi shaxs yoki sub'ektlar.
Tomonlarni kelishtirmoq. To-monlarning roziligini olmoq.
4 Ish, narsa-hodisa, masala va sh.k. ning qirralari, qismlaridan biri; jihat. Masalaning eng
muhim tomoni. Asarlardagi mushtarak tomonlar. tsh Ha, bizning kasb-ning o'ziga xos nozik,
jilov tutqizmas, ba'zan asov, ba`zan injiq tomonlari bor. N. Safarov, Olovli izlar. Men
ko'lda cho'k-kanim, bolaning qutqargani qolib, boshqa tomonini aytdim. X- Nazir, Yonar daryo.
AM¬MO ayni chog'da uning ham o'ziga xos zaif to-monlari bor edi. S. Karomatov, Oltin qum.
5 mat. Tekislikdagi geometrik shakl-larni hosil qiluvchi kesmalarning har bi-ri. To'g'ri
to'rtburchak tomoshgari. Tomonlari teng uchburchak.
6 ko'm. vzf. Makon, payt, ob'ekt, sabab kabi munosabatlarni, shunday ma'nolarni bildiradi.
Biz tomonga kelyapti. Ovoz ko'cha tomondan kelyapti. Kechga tomon xabar ol-moq. mm Yelkasiga
tashlangan kitelining yengiga qo'l sola turib, indamay eshik tomon yurdi. S. Karomatov, Oltin
qum. Kechga tomon Sobirning xonasiga Odil buva kirib keldi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
Ammo olamshu-mul bu kashfiyot ilmiy kengash tomonidan yetarli baholanmaganga o'xshaydi. X.
To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati. Bir tomondan
ferma mudiri.. uning o'rnida siz bo'lsangiz-u, ko'z oldingizda boshi ochiq bir juvon qilpil-lab
yursa.. E, sodda ekansiz, uka! A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
TOMONLAMA Miqyaor bildiruvchi so'zlar, shuningdek, har so'zi bilan qo'lla-nib, shu so'zlar
anglatgan miqtsoriy nisbat-ni bildiradi. Har tomoshama asoslamoq. Bir tomonlama baho bermoq.
G'o'za qator oralari-ga ikki tomonlama ishlov bermoq.
TOMORQA Qishloq mehnatkashlarining ixtiyoridagi, odatda, ularning qo'rg'oni, hovli-joyi yonida
joylashgan yer bo'ltagi. Pensiyani nima qilasiz, mol-hol, tomorqa-dan chiqqan daromad yetadi
ikkovingizga.. S. Nurov, Narvon. Har kim istasa, o'z to-morqasini, uyi oldini bog' qilishi
mumkin. «Mushtum».
TOMOSHA [a. LiL^ /^`^ - harakat-lanish; aylanib yurish, sayr qilish] 1 Ommaviy ravishda namoyish
etish uchun tayyorlangan sahna asari, ko'rsatuv. Teatr tomoshasi. Sirk tomoshalari. Tomosha zali.
Tomosha qo'ymoq. Spektaklni qiziqib tomo-sha qilmoq. mm Peshayvon oynasiga tushiril-gan parda
orqasidan Hamza chiqib keldi-da, tomosha tugagashshgini e'lon qshdi. K. Yashin, Hamza.
Televizorni ko'raverarkanmiz-u, to-moshalarni tayyorlash qanchalik mashaqqatli bo'lishini bilmas
ekanmiz. U. Hoshimov, Qal-bingga quloq sol. Tabiiy, u ko'ndi, shu yo'sin ertaga o'ynaladirgan
tomoshaga Sultonali-ning xotini ham o'rgatildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 Umuman, kishi e'tiborini tortadi-gan, e'tibor bilan qaraydigan, kuzatadi-gan, undan
zavq-shavq oladigan, ta'sirla-nadigan narsa. Chorsudagi choyxonadan o'tib, ajib bir tomoshaning
ustidan chiqishdi. Samovar to'la odam. Ashula, askiya, hangoma, qahqaha avjida. K. Yashin, Hamza.
Obbo', pol yuvishni ko'rish ham tomosha bo'ptimi? O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. -Baliqlar ham
ko'p alomat narsa-da, — deb qo'ydi to-moshaga berilib ketgan Qudrat ichida. H. Na-zir, So'nmas
chaqmokdar.
3 Kishi e'tiborini tortadigan Mam-Mama, janjalli holat; hangoma. Bularning qitig'iga tegma.
Agar gazetaga tortsa, g'ir etib tergovchi keladi. Ana unda ko'r tomo-shani. P. Tursun,
O'qituvchi.
Tomosha qilmoq Tomoshani kuzatmoq, e'tiborni tortadigan joy, narsa va sh.k. ni kuzatmoq,
ko'rmoq. Hamza xalqqa qarab: -Ho-zir bir manzara ko'rinadi, shuni tomosha qilasizlar, — deb
e'lon qildi. K. Yashin, Hamza. Yigit-qizlar yashnab borayotgan cho'l-ni, yangi qurilgan
imoratlarsh, tepalikni tilka-nopa qilayotgan ekskavatorni tomo-sha qilishardi. R. Fayziy,
Cho'lga bahor kel-di. Uyga keldig-u, Yuvosh ikkalamiz yulduz va medallarni tomosha qila
boshladik. E. Rai-mov, Ajab qishloq.
TOMOSHABIN \a. + f. j^LiL^i - to-mosha ko'ruvchi (qiluvchi)] 1 Biror tomosha-ni ko'rish uchun
kelgan shaxs, tomosha ko'-ruvchi. Teatr tomoshabinlari. Futbol to-moshabinlari. sht Tomoshabinlar
chapak cha-lib yubordilar. Hamma yoqdan qiyqiriq eshi-tildi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Xalq,
sahnaning ochilishini kutgan tomoshabinday, jim edi. P. Tursun, O'qituvchi.
2 ko'chma dag'l. Biror ishga loqaydlik bilan chetdan qarab, kuzatib turuvchi shaxs. Tomoshabin
bo'lib turmoq. mm -Xafa bo'lmang, aka, — dehqonning yelkasiga qoqib yupatdi Yo'lchi,— falokat
emas, arava sinadi, tu-zatiladi.. Atrofda odam to'plandi. Ba'zi-lar achinadi, ba'zilar
tomoshabin. Oybek, Tanlangan asarlar. Janjal esa borgan sari gazak olardi, ota-ona ham
ularning kelish-movchiligiga aralashmas, go'yo tomoshabin rolini o'tashar edi. Gazetadan.
TOMOSHABINLIK O'zini tomoshabin kabi tutish, tomoshabin bo'lib turish. Maf-kuraviy sohada
tomoshabinlikka chidab bo'l-maydi. Gazetadan.
TOMOSHAXONA [tomosha + xona] Tomosha ko'rsatiladigan joy, tomosha muassasasi (teatr, kino, sirk
va sh.k.). Saroy ulkan tomoshaxonani eslatardi. S. Siyoev, Yorug'lik. Yangi qurshkan bu
imoratning bi-rinchi qavati tomoshaxona bo'lib, tepasiga madaniyat uyi joylashgan. D. Nuriy,
Osmon ustuni.
TOMOSHACHI Tomosha qiluvchi; tomo-shabin. Uning [direktorning] qovog'idan qor yog'ar edi.
Tomoshachilar gap nimada ekanligi-ni tushundilar. M. Hazratqulov, Jur'at. Sonsiz tomoshachi
kelgan bu oqshom Bu mo'l ziyofatni tekin yemoqqa. Mirtemir.
TOMOSHAQOVOQ bot. Qovoqning yeb bo'lmaydigan, mayda, faqat ziynat (man-zara) uchun ekiladigan
turi.
TOMOQ 1 Bo'yinning engak osti (tum-shuq osti) qismi. Kanizak ko'k ro'molini tomog'ining tagidan
bog'lab olgan.. yerga qa-rab jadallab kelar edi. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroqlari. Birorta
odam zig'ircha kamchiligimiz haqida og'iz ochsa, tomog'idan g'ippa bo'g'amiz. F. Musajonov, Himmat.
2 anat. Qizilo'ngach bilan kekirdak bosh-lanadigan yer; bo'g'iz. Tomoq og'rig'i. Tomog'im og'riyapti.
mm Qizdi uyqu yo'q. Uning badani qizg'in, tomog'i qaqragan, yuragi shiddatli uradi. Oybek,
Tanlangan asarlar. [Abdurah-monboi] Tomog'iga sovuq havo shiqilganday, bir entikdi. H.
G'ulom, Mash'al. Har yutumi tomoqni qiribo'tadi. P. Tursun, O'qituvchi.
Tomoq qirmoq 1) tomoqqa urilib (qi-rib) o'tadigan havo bilan ovoz chiqarmoq (tomoqni tozalash
yoki boshqa maqsadda, shunchaki). U tomog'ini ora-sira qirib, en-tikibturibgapirdi. M.
Ismoiliy, Farg'o-na t. o. Darvoza ochayotgan kishi qattiq yo'talib, ustma-ust tupurdi va tomoq
qi-rib, «Kir!», dedi bo'g'ilib. N. Aminov, Suva-rak; 2) shunday ovoz bilan nimadandir bel-gi
bermoq, nimagadir ishora qilmoq. To-moq qirsam, bas, shu tob, Keltirib besh six kabob,
Qo'limga tutib sharob, Ichavering, xo'p, derdi. F. Mahmudov, Vaqtim ziq. ..keksa bir ulamo
tomoq qirib, o'zidan xabar bermagani-da, kim biladi, u sukunat yana qancha davom etar ekan?
M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Tomoqni ho'llamoq Ichimlikdan (asosan, spirtli ichimlikdan) bir 03
olmoq, ichmoq. Yoshikning oxiri, qarilikning boshi, degan-day, ozroq tomoqni ho'llab olsak
bo'lardi. «Mushtum». Tomog'i taqillamoq 1) yeyish yoki ichishga juda talabgor bo'lmoq. Tomog'i ta-
qillab turgan Ahmad bir otishda qadahni bo'shatdi. F. Musajonov, Himmat; 2) biror narsani
undirish, olish, egallash payida bo'lmoq. Haligi Mamasaid deganimizning qizi ham bo'yiga yetib,
ko'zga ko'rinib qoldi. Birorta hamyoni kattaroqqa pullasam, deb tomog'i taqillab yuribdi. P.
Tursun, O'qi-tuvchi. Tomog'i qichimoq Biror narsa undi-rishni istamoq, tama qilmoq. U tomog'i
qichigan kuni biror kishining simini shart-ta uzib, uyiga kirib ketadi. «Mushtum». Tomog'idan
o'tmaslik 1) taom yoki suyuqlik-ni yuta olmaslik (asosan, kasallik tu-fayli). Tomog'idan
[buvamning] hech narsa o'tmaydi, suv ichsa ham, g'arg'ara qilib tash-layveradi. Gazetadan; 2)
yeb-ichkisi kelmas-lik, ko'ngli tortmaslik. Qudrat tomogi-dan ovqat o'tmay, ikki qo'li
chekkasida, xayol surib ketdi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Tomog'ini yog'lamoq (yoki moylamoq)
Pora bermoq, pora o'rnidagi narsa bilan siy-lamoq. Ular boyning qo'zi va qazilari bi-lan
tomog'i moylanib, ishni yopib yuborgan edi-lar. S. Ayniy, Qullar. Mudirga cho'tal to'la-gan
yuqoridagi kishilar «boshliqning to-mog'ini moyladik, endi ovozi chiqmaydi», deb bir portsiyali
ovqatni uch portsiya qilib, xo'randalarni cho'michdan qoqa boshladilar. «Mushtum».
3 Taom, ovqat, ovqatlanish. Tamli to-moq. Tomoq yemoq. Tomoq qilmoq. Qarini to-moq asraydi.
Maqol. mm Uydagilarning so'z-larinigina emas, hatto tomoq chaynashlari-niham eshitsa bo'lar
edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tomoqdan keyin Otabek ham bir oz uxlab olish uchun yotdi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
Tekin tomoq 1) o'zganing mehnati bilan yuzaga kelgan ovqat. Tekin shomoq ichaging-ni teshadi.
Maqol. Tekin shomoq tanni to-za qiladi. Maqol; 2) o'zganing hisobiga yashovchi kishi; tekinxo'r.
Allonxo'ja qo'ra-sidagi qora o'tovlarni oralab, otboqaru foytunchilarni, tekin tomoq yalqovlar,
deb so'kib juvozga quvdi. A. Muxtor, Qoraqal-poq qissasi. Harom tomoq Halol mehnat bilan
emas, xarom yo'llar bilan kun kechi-radigan. Harom tomoq odam o'g'ridan yomon. Uyg'un, Hayot
chaqiradi.
TOMTEPAR map. Chakka o'tadigan tomni ko'pchilik bo'lib tepib zichlash va shu maq-sadda uyushtirilgan
hashar.
TOMTESHAR Tom teshib o'g'rilik qiluv-chi o'g'ri; umuman, uy-xonadonlarga tushuvchi o'g'ri; muttaham,
firibgar. -Mana bundan tomteshar chiqadi. Kissavur bo'lolmaydi, qo'-pol, — dedi Sulton Omonni
ko'rsatib. G'. G'ulom, Shum bola. Kolxoz mulkini senga o'xshash tomtesharlardan saqlayman. Oybek,
O.v. shabadalar.
TOMUG' q. tamug'. Uning zindonlari to-mug'dan battar, Uning kishani bor — umrga xatar.
Mirtemir.
TOMCHI 1 Suyuqlikning zarrachalari tortishuvi natijasida aylanma sirt bilan chegaralangan, bir
tomishdan hosil bo'lgan aloqida kichik bo'lagi. Suv tomchisi. Yomg'ir
145 dh^
tomchilari. Bir tomchi ham qoldirmay ichmoq. Tomchi sel bo'lmas, dushman el bo'lmas. Maqol. Tomchi
toshni teshadi. Maqol. Bir tomchi suv chumoliga daryo ko'rinadi. Maqol. mm Bu gal qusuq qonga
aylangan edi, [Kumushning] bur-nidan ham bir necha tomchi qon oqdi. A. Qo-diriy, O'tgan
kunlar. Uning {dehqonning} of-tobda kuyib pishgan, etsiz, yirik yonoqli yuzida ko'z yoshimi,
termi, har holda tomchi-lar yumalanar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 shv. ayn. chakka II. Tomdan tomchi o'tayo-tir. mm Yomon bo'lganda qanday — umrning zavoli.
Onam, tomchining har «chiq» etgani — bir kunlik umrning chiqqani, deydilar. P. Tursun,
O'qituvchi.
Daryodan bir tomchi Ko'pning, katta miq-dorning juda oz qismi, qatrasi. -Bu ayt-ganlarimiz
daryodan bir tomchigina! — dedi Olimov, bolalarning ko'pi hsish qanoatlan-maganini sezib. —
Tog'larimizda cup ko'p. H. Nazir, So'nmas chaqmoklar.
TOMCHILAMOQ Tomchi-tomchi bo'lib, tushmoq; tommoq. Yomg'ir tomchilayapti. mm Shox-shabba orasidan suv
silqib tomchilar-di. Oybek, Quyosh qoraymas. Kunbotar oldida bir-ikkita tomchilagani bo'lmasa,
yomg'ir hali yoqqanicha yo'q edi. N. Fozilov, Diydor.
TON [yun. tonos — taranglik, tig'izlik; kuchlanish] 1 fiz. Murakkab tovush spek-trining oddiy
tebranishlar natijasida hosil bo'ladigan eng kichik bo'lagi.
2 Muayyan baland-pastlikka ega bo'lgan tovush, musiqa tovushi. Tebranuvchi mop map-qatadigan
eng past chastotali bu tovush torning asosiy toni hisoblanadi. «Fan va turmush».
3 fiziol. Ishlab turgan yurakning ovo-zi, tovushi.
4 Nutq, ovozning ohangi, nozik farqi. [Zargarov (al`bomni tez-tez varaqlaydi):] Hozir-
hozir.. Ha, mana, mana!'(Doklad tonida, baland ovoz bilan) O'rtoqlar! A. Qa\\or, Og'riq
tishlar.
5 snt. Rangning sifati; muayyan rangning och-to'qligi, boshqa ranglardan farklanuv-chi belgisi.
TONG I 1 Kun chiqish payti, subhidam, sahar, azon. Bahor tongi. Tong payti. Tong shabadasi.
Tong qorong'isi. mm Xo'rozlar ham uyg'onib, Berbilar tongdan xabar. Kimlarga ogir botar,
Kimni shirin allalar. G'ayratiy. Tongga yaqin pgo'plar, mashinalar, tanklar qalangan, jangchshar
qaynagan katta man-zilning qo'yniga kirdi. Oybek, Quyosh qoray-mas. Erta tongda Nurullaboyda
Aravaga qo'shildi otlar. E. Raxim.
Yolg'on tong ayn. subhi kozib q. subh. Tong bo'zarib yorishdi. Yolg'on tongda adashib yo'lga chiqqan
bulutlar taraldi. Shu\rat, Shinel-li yillar. Tongni tong ottirib, kunni kun bottirib
Ertalabdan kechgacha va kechasi bilan tinmay. Tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq Kechasi
bilan uxlamay, biror ish, xayol va sh. k. bilan mashg'ul bo'lmoq. [Ni-zomjon] Kechalari yulduz
to'la osmonga ti-kilib, tunni tongga ulab, qushlar na'masi-dan, suvlar shildirashidan ko'ngilga
alla-qanday yupanch izlardi. S. Axmad, Ufq. To'xta xola chinakchilikdan chiqqan paxtasini ke-
chalari yigirar, charx oldida tong ottirardi. I. Rahim, Chin muhabbat. Erta tong yoki tong
sahar Juda erta, kun yorishar-yorishmas.
2 ko'chma Biror narsaning boshlanish payti, ilk davri. Baxt tongi. mm Kushar kelar — qop-qora
ufq Ol shafaqdan bo'lar lolarang, Najot tongin ochadi quyosh. G'ay-ratiy.
Tong otdi Quyosh chiqish payti yaqin-lashib, kun yorishdi. Tongotdi. Tepaliklar-ning qor bosgan
oppoq cho'qqisi, o'rmondagi daraxpiarning uchi qizardi. A. Qahxrr, Ol-tin yulduz.
TONG II: tong (qotib) qolmoq ayn. dong qotib qolmoq q. dong II. Shodilla ertalab do'konni
ochib, hujraga kirdi-yu, akasini ko'-rib, tong qoldi. H. G'ulom, Mash'al. Voqea ustiga kelgan
Shirin bu holni ko'rib, tong qotib qolgan. S. Ayniy, Qullar.
TONGGI Tongga mansub, tongda bo'lgan yoki bo'ladigan. Tonggi shabada. mm Konlar — injenerni,
tog'lar — Farhodni, Ustasin cha-qirar tonggi gudoklar. G'. G'ulom.
TONGLA esk. kt. Ertangi, kelgusi kun. Bugun degani tonglaga to'g'ri kelmaydi. Oy-bek,
Navoiy.
TONGOTAR Tong otish payti; tong, sub-hidam. Toshkent tongotari naqadar go'zal, Chiroyli,
tasvirga sig'mas, sermazmun. G'ay-ratiy. Tongotarga yaqin bir gumburlab, yer si,tinganday
bo'ldi. Mirmuhsin, Umid. Cho-piq tongotardan kunbotargacha davom eta-digan bo'ldi. I. Raxim,
Chin muhabbat.
TONER [ingl. toner] Elektrografik ko'r-satkich (ko'rinadigan qiladigan modda); la-zerli
printerda qo'llanadigan bo'yovchi kukun.
10-Uzbek tilining izohli lug'ati
TONZILLIT [lo/i. tonzilla - murtak be-zi, bodomsimon bez] tib. Murtak bezining
yallig'lanishi.
TONMOQ 1 Kdlmishini, aytgan so'zi va sh.k. ni bo'yniga olmaslik; inkor etmoq. Gapidan tonmoq.
mm Aytdingiz, aytdingiz, nega tonasiz? Men sizga ayb taqayotganim yo'q-ku! A. Qahhor,
Munofiq. Marg'ilondan qaytgandan keyingi kunlaringizni mehmon-xonada kechirib kelishingizdan,
albatta, tona olmaysiz. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Umuman, bor, bo'lgan narsani tan ol-maslik; rad etmoq. Qarzidan tonmoq. mm [Maysara
Cho'ponga:] Otang rahmatlikning senga vasiyat qilib qoldirib ketgan yigirma tilla puliga qozi
eshonning tonib ketish-larining sababi bor ekan. Hamza, Maysara-ning ishi. Quloq soling
gapima, hay yaxshi-lar, Oq sut bergan onadan tongan bormi? «Mushtum».
TONNA [fr. tonne < lot. tunne — bochka] Ming kilogrammga teng og'irlik o'lchov bir-ligi. Besh
tonna yuk. mm Uch o'g'londir Andi-jon, Namanganu Farg'ona. Yurtga aylar ar-mug'on Million tonna
durdona. YO. Mirzo.
TONNAJ \fr. tonnage] 1 Kemaning yoki kemalar majmuining yuk ko'tarish qobi-liyati (bo'sh yoki
belgili yuk ortilgan kema siqib chiqargan suvning og'irligi bilan o'lchanadi).
2 Vagon, avtomobil` va sh.k. ning ton-nalar bilan ifodalangan yuk ko'tarish qo-biliyati. Adolat
bo'sh mashinalarni, albat-ta, orqasiga qaytarib, shlagbaumni tonna-jiga loyiq yuki bor
mashinalargagina ochar edi. I. Rahim, Chin muxabbat.
TONNALI 1 Tonna og'irligidagi. Bir tonnali tosh. Yuz tonnali bomba. mm Hop-Mam vistavkada
turli nav bug'doylarni, saksontadan tuqqan nasldor cho'chqalaru o'n paqirlab sut beradigan
govmish sigirlarni, bir tonnali novvoslarni ko'rgan. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 Ma'lum tonna yuk eltadigan, ko'tara-digan. Uch tonnali mashina. Ellik tonnali sisterna. tsh
Yigirma besh tonnali avto-kran yetib kelgach.. Hasanov sim arqonning uchiga qo'sh batareyali
lampani ulab, yondirib qo'ydi. I. Rahim, Takdir.
TONNEL` ayn. tunnel`. Brigadir Sme-kalinni boshlab, pastga — tonnel` devor-larini
zichlayotgan yigitlar yoniga tushib ketdi. Gazetadan.
TONOMETR [ton 3 + yun. metreo - o'l-chayman] tib. Qon bosimini, shuningdek, ko'zning ichki
bosimini o'lchaydigan asbob.
TOP s.t. Tob, payt. Shu topda. O'sha topda.
TOPAZ \yun. topazos] Turli rangda bo'la-digan qimmatbaho qattiq tosh, mineral. Topaz ko'zli
uzuk. mm Misrliklar shisha buyum-larni qimmatbaho yonartoshlarga: yoqut, zumrad, topaz, feruza..
marvarid va bosh-qalarga o'xshatib yasar edilar. M. Amin-jonova, Shishaning kashf etilish tari-
xidan.
TOPALOQ: topgan topaloqniki bol. Kim topsa, o'shaniki.
TOPARMON Pul, daromadni yaxshi (ko'p) topadigan. Tursunboylar qassob guza-ridan, otasi
chalasovod, lekin toparmon edi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
TOPARMON-TUTARMON Topish-tu-tishi yaxshi. Bosh-ko'zimni aylantirib, qo'l-ga oldingiz, endi hunar
chiqaryapsizmi? Ne-ne toparmon-tutarmon yigitlar eshigimizning turumini buzib, o'targa yo'l
bermay yurdi. S. Karomatov, Bir tomchi qon. O'g'li toparmon-tutarmon, otasiga o'xshab
uddaburongina, tagida yap-yangi mashina. E. A'zamov, Olam yam-yashil.
TOPAR-TUTAR q. topish-tutish. Kampir derazadan mehmonxona tomonga qarab qo'ydi.. Gulday toza,
topar-tutari yaxshi, obro'yi baland. S. Nurov, Narvon.
TOPAG'ON 1 Tez, darrov topadigan, topqir. Topag'on bola. mm Folchi juda to-pag'on ekan, mening
otimni hech o'ylamasdan topibberdi. «Ertaklar».
2 s. t. Toparmon; toparmon-tutarmon. To-pag'on erkak.
TOPAG'ONLIK Topag'onga xos xususiyat. Kolya o'z gapi o'ziga nasha qilib kularkan, Qudrat
do'stining topag'onligiga hayron qoldi: -Kryilman miyangga, adash! Topding, topding!\. Nazir,
So'nmas chaqmoqdar.
TOPGAN-TAYANGAN ayn. topgan-tutgan Otasi qazo qilib qoldi. Otaning jamg'ar-gani, o'zining
topgan-tayangani xudoyi, ma'-rakalarga sarflandi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
TOPGAN-TUTGAN Ishlab-kuchlab to-pilgan, to'plangan bor-yo'q narsa; jamg'ar¬
147
ma, bud-shud. Topgan-tutganim sizniki. mm Endilikda chol-kampir topgan-tutganini Topilga
atagan, butun e'timodini shu Ken-Ma o'g'ilga qo'ygan. H. Nazir, O'tlar tutash-ganda.
TOPIK [ingl. topic < yun. topos — umumiy joy, o'rin] ped. Biror xorijiy tilda avvaldan
belgilangan mavzu bo'yicha tuzil-gan, ayni xorijiy tilni o'rganuvchilarga og'zaki nutq
malakalarini rivojlanti-rishga, shuningdek, o'quvchilar bilimini tekshirishga xizmat qiladigan
matn.
TOPILDIQ ayn. topilma 1. Yangi to-pildiq uzoq o'tmishni o'rganishda yordam ber-moqda. Gazetadan.
TOPILMA 1 Izlanish, qidiruv ish-lari natijasida topilgan narsa. Antik davrda sug'orishga
asoslangan dehqonchilikning taraqqiy qilganligini juda ko'p arxeologik topilmalar
tasdiqlaydi. I. Jabborov, Ko'hna xarobalar siri. Mahalliy gazetaning yozishicha, topilmaning
noyobligi murda ko'mil-gandan buyon miyaning hech qanday o'zgarishga uch-ramaganidadir. «Fan va
turmush».
2 Har qanday topib olingan narsa. Topilmalarni egalariga qaysharmoq. Topil-malar byurosi.
TOPILMAS Kam topiladigan yoki si-ra topilmaydigan; nodir. Topilmas mato. mm Yosh yigitning
ko'nglida tomchilardan hosil bo'lgan sevgi tobora chuqurlasha berdi. To'lib yetilgan qiz endi
uning ko'z oldida tengi topilmas go'zal bo'lib qoldi. P. Tur-sun, Uqituvchi.
TOPILMOQ1 Topmoq fl. o'zl. va majh. n. Yo'qolgan kitob topildi. Hamma savollar-ga javob
topildi. Fikr ma'qul topildi. Ishning yangi usullari topilmoqda. Bosh omon bo'lsa, do'ppi
topilar. Maqol. Mehnatsiz topilgan oshdan mehnatda topilgan tosh yaxshi. Maqol. mm Onam bilan
manim bax-timga kutmagan joydan mo''jizadek bu mak-tub topildi-da, men xizmatingizga
yugurdim. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ammo buloqning topilishi hali suvni egatlarga oqizish
de-gan gap emas edi. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 Mavjud, bor bo'lmoq. Sizda bir varaq qog'oz topiladimi? mm Qoratoy, bir tanga pul
topiladimi senda ? Nosvoy yo'k, ertadan beri xumoriman. Oybek, Tanlangan asarlar. Bas, bu
hiylalar, bu makrlar sizdan boshqa kimdan topilsin? A. Qodiriy, O'tgan kun¬lar. Xullas Pavel
Ivanovich Petrovskiy maktab yaratgan zabardast olim bo'lib, uning fikri bilan
hisoblashmaydiganlar kamdan-kam topshshrdi. S. Karomatov, Oltin qum.
TOPINMOQ 1 din. Sig'inmoq, cho'qin-moq. Olovga topinmoq. mm Hindistonda hay-von va
o'sishiklarga topinish haddan tash-qari kuchli. 3. Akramov, Hindiston lav-halari. ..ular ayol
zotini ilohiylashtirar ekan, bir zamonlar uning loydan va yog'ochdan yasalgan shaklini uylari
to'riga qo'yib, unga topinisharkan. SH. Xolmirzaev, Qil ko'p-rik.
2 ko'chma Sajda qilmoq, bosh egmoq. Pul-ga topinmoq. mm U [Zumrad] o'zining nafis zavqiga
bovar ishqini gapiradi, ma'shuqining aqliga, qalb go'zalligiga, insoniy g'ururiga topinadi.
Oybek, Ulug' yo'l.
TOPISH 1 Topmoq fl. har. n. Savolga javob topish. Ish topish. Sonlarnshg umu-miy bo'luvchisini
topish. mm Qolgan xiz-matlaringizning bittasi endi menga er topish edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Hayot Saltonbuning so'zlaridan tasalli topishga ulgurmay, Maston kampir uning o'tini
lo-vullatdi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
2 Ishlab-kuchlab yoki boshqa biror yo'l bilan daromad, pul olish, keltirish, ish-lash; daromad.
Uning topishi yaxshi. mm Kampir darchadan [Sidiqjonga] ro'para bo'l-di: -Shundoq degan bo'lsam,
ajab qilibman, xo'p qilibman! — dedi ikki qo'lini soniga urib, — uyni uy qilgan erning
topishiyu xotinshng ko'rpa ishi! A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqla-ri. Kunlik topishi yaxshi bo'lib
qoldi. S. Siyoev, Yorug'lik. Ishingizga sira tushunol-may turibman, Yigitali aka, topishin-
gizning ham tayini yo'q.. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
TOPISHLI-TUTISHLI ayn. topish-tutishli \Alijon\ Topishli-tutishli bola bo'lmasayam, qanotimning
ostida bo'lsa nima qilarkan. Men sho'rlikni qon yig'latib ke-tib qoldi. Mirmuhsin, Chiniqish.
TOPISHMACHOQ 1 kam qo'll. ayn. be-kinmachoq.
2 ayn. topishmoq II 1. Topishmachoq o'y-namok.
TOPISHMOQ I 1 Topmoq fl. birg. n. Bolalar yangi o'yin o'ylab shopishibdi. Uni ishxonasidan
topishdi.
2 Uchrashmoq, yo'liqmoq; bir-birini topmoq. Ot kishnashib topishar, odam — es-lashib. Maqol. mm
-Bu yog'i o'zingga ma'lum, singlim, — xo'rsinib gapida davom etdi akam, — biz dadam bshan
qo'qqisdan bolalar uyida topishdik. Gazetadan. Ikki o'rtoq ishxonada tasodifan topishib
qolishdi, bola-chaqa, qozon-tovoq, sigir-buzoqqacha so'rashishdi. «Mushtum».
3 O'zaro til topib, kelishib bir bo'lib olmoq, inoqlashmoq. O'qituvchi so'rab ba'zi maktablardan
kelishgan vakillar o'zlariga tekkan yosh o'qituvchilar bilan darrov eski qadrdonlar kabi topishib
olishdi. P. Tur-sun, O'qituvchi. Hanifa Namozov bilan o'z erkicha topishmagan, balki eski urf-
odat bo'yicha uni nikoxlab, erga topshirgan bo'l-salar kerak. S. Anorboev, Mehr.
Til topishmoq Elakishmoq, do'stlashmoq. Murodjon Nabijonov bo'lsa, quvnoq, kam-tar bir yigit
ekan. Bir nafasda biz bilan til topishib, do'stlashib oldi. G'ayratiy, Uzoqdagi yor. Komiljon
bu yerdagilar bilan til topishib, og'a-iniday bo'lib ketdi. J. Abdullaxonov, Xonadon.
TOPISHMOQ II 1 Topishmachoq o'yi-nida: topilishi kerak bo'lgan narsa, hodisa va sh.k. ning ramz
va o'xshatmalar orqali ifodalangan qisqa tavsifi; jumboq. Xalq topishmoqlari. n Bolalar
Nuridan so'rash-di. Nuri ertak emas, bir necha topishmoq aytishga majbur bo'ldi. Lekin og'zidan
chiq-masdan, bolalar topaverdi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
2 ko'chma kam qo'll. Tushunilishi qiyin, sirli narsa; jumboq, muammo. Gaplarin-giz xuddi
topishmoqqa o'xshab ketadi. S. Siyoev, Yorug'lik. Hayot ham goho topishmoq-qa o'xshab qoladi. Tez
orada taqdiringiz hal bo'lishini bilasiz-u, ammo nima bo'lishini, qanday bo'lishini topolmaysiz.
O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
TOPISHTIRMOQ 1 Topishmoq fl. ort. n. Uzoq ko'rishmagan og'aynilarni topishtirib qo'ydik. mm Kim
meni asrimning katta yo'liga olib chiqdi, kim kishilik bilan topishtirbi? A. Muxtor, Davr
mening takdirimda.
2 s.t. kam. qo'm. Topshirmoq. Xatni egasi-ga topishtirmoq. mm -Nima ish qilmoqchi-siz? -Siz
hozir so'ramang, ammo shu daqiqa-dan boshlab ixtiyoringizni menga topish-tiring\ A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
TOPISH-TUTISH Ishlab-kuchlab yoki boshqa biror yo'l bilan topiladitan pul, daromad va uni joy-
joyiga sarf qilish. Topish-tutishim yomon emas, cho'ntagim to'la pul, hech narsadan kamim yo'q.
Gazetadan. [Fotima] Topish-tutishi katta bo'lgan bozor pattachisiga turmushga chiqdi. Mir-
muhsin, Umid. Shunday ishchan, topish-tu-tishi yaxshi bu juvonning, kampir aytgancha, yomon kiyinib
yurishiga ajablanardim. S. Ahmad, Cho'l burguti.
TOPISH-TUTISHLI Ko'p pul topa-digan va uni joy-joyiga sarflay bila-digan, topish-tutishi yaxshi;
toparmon. Uziniyam naq ko'rsangiz: aqlli-hushli, topish-tutishli. Oydin, O'zidan ko'rsin.
TOPMOQ 1 Yo'qotgan, umuman, kdtsi-rilayotgan (qidiruvda bo'lgan) narsa yoki shaxsni duch
keltirmoq, ko'zga ilintirmoq, uchratmoq. So'ray-so'ray topdim, tezroq qaytai, uka. Oybek,
Tanlangan asarlar. Cho'ntaklarini alg'oq-dalg'oq qilib qidirar, topa olmay xijolat bo'lardi. A.
Ubaydulla-yev, Qonli izdan. O'n botirning hujjat-larini olganda, Ahmetgashning onasiga yubor-
moqchi bo'lgan surati bilan xatni topdilar. T. Rustamov, Mangu jasorat. O'zimga o'xshash
o'qimishsh, bopinio'zim topaman. «Mushtum».
2 Nogahon ko'zi tushib qo'lga kiritmoq; topib olmoq. Bu qamchinni kelayotib ko'chadan topdim. mm
Rustamning birinchi xatini adabiyot kitobi orasidan topib olgan kuni allaqanday tuyg'udan
boshim aylanib ketgan edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol.
3 Qidirish, kuzatish, izlanish nati-jasida kashf etmoq, ochmoq. Geologlar yangi-yangi yer
boyliklarini topmoqda. mm Foyda-li qazilmalar konlarini topish.. iqtisodiy rivojlanish
sur'atini jadallashtirishga ko'maklashadi. Gazetadan. Meli polvon xijo-lat chekdi, lekin
kulgiga parvo qshshaganday, dutorga achchiq qilib so'zladi: -Seni o'ylab topgan Aflotunni ko'p
aqlli odam o'tgan deydilar-u.. P. Tursun, O'qituvchi.
4 Noma'lum bo'lgan narsani anikdamoq, nima ekanini belgilamoq, tayin etmoq. Topishmoqqa
to'g'ri javob topmoq. mm Bu-rungi zamonlarda Ibn Sino, Luqmon Hakim o'tgan. Ular har bir
kasalga davo topgan. Oybek, Tanlantan asarlar. Dili yaqin odam-lar bir-birining
ko'nglidagini darrov topa-di. F. Musajonov, Himmat. Aqlli to'ngakka
149
nozik yerini, yoriladigan yerini topib turib bolta uradi — aqli bilan yoradi.. M. Ismoi-liy,
Farg'ona t. o.
5 Umuman, ish-mehnat, biror sabab va sh.k. bilan ega bo'lmoq, erishmoq. Botir top-sa, barcha
yer, Baxil topsa, bosib yer. Maqol. Mehnat qilib topganing, Qandu asal totga-ning. Maqol. shsh
Mayli, ishlayver, birots top-ganingni ochko'z cholning qo'yniga solaverma. Oybek, Ulug' yo'l.
Bizlar misqollab obro' to-pamiz, o'g'illarimiz botmonlab bu obro'yni to'kadilar! Mirmuhsin,
Me'mor. Buvam farzand ko'rmay-ko'rmay, qarigasharida top-gan yolg'izo'g'illari dadam ekan [dedi
Said\. E. Raimov, Ajab qishloq.
6 Ba'zi so'zlar bilan birikib (ba'zi birikmalar tarkibida), shu so'zdan angla-shilgan
narsaning yuz berishi, yuzaga ke-lishi ma'nosini bildiradi. Tashkil pgop-moq. Qaror topmoq.
Rivoj topmots. Kamol topmoq. Baraka topmoq. Lazzat topmoq. Ozor topmoq. Najot topmoq.
Dardiga davo topmoq. shsh Tabib qo'y jigarini xom kabob qshshb, bujg'un sepib yeng degan ekan,
bir-ik-ki qippgi, lekin ishfo topmabdi. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o. Anzirat xolaning bu
gapi-dan keyin u mojaroning eng xunuk oqibati barham topganday yengil tortdi. A. Qaxdor,
Qo'shchinor chiroqlari.
7 Bog'lama vzf. «Hisoblamoq», «deb bil-moq» ma'nosini bildiradi. Ma'qul top-moq. Muvofiq
topmoq. sht Uning.. so'zlarida-gi qishloqcha soddalik va to'g'rilik (bu xu-susiyatni kambag'al
odamlarda katta fa-zilat deb topar edi boy) unga juda yoqdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
..keksalik, yana yodimdan ko'tarilib ketmasin, deb daftarga chiziqlar tortib, belgilar qo'yishni
lozim topdim.
Topgani yoki topgan gapi, topgan odami, topgan narsasi Faqat aytilgan ish-harakat, gap-so'z,
kimsa.. yoki narsanigina bilish, boshqasi bilan ishi yo'qlik, boshqasini tan olmaslikni qayd
etadi. Ularda [Kumush va onasida} epaqali bir miya, Hasanaliga yo'l ko'rsatadigan ixtiyor
qolmagan, topganlari faqat yig'i edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ikki dunyoda ham o'g'lingiz
yorilib: «Xotin olib ber», demaydi. Topib olgani kishob, ayb o'zingizda. M. Ismoiliy, Farg'ona
t. o. Ifo-dasini (yoki aksini) topmoq Aks etmoq, bor bo'lmoq, ifodalanmoq. Shoirning bu
vaqt¬lardagi hayoti, musofirlik, g'aribu bekas-lik iztiroblari uning asarlarida o'z ifo-
dasini topdi. «UTA». Barqaror juft so'z-lar orfografik, qiyosiy, izohli.. lug'atlar-da o'z
ifodasini topishi shart. «UTA». Hu-rufiylarning aqidasicha, koinot abadul-abad, ilohiy ibtido
odamda o'z aksini topgan.. Mirmuhsin, Me'mor. Ko'nglinitop-moq q. ko'ngil. Kishi ko'nglini
topish oson hunar emas. Shukrullo, Javohirlar sandig'i. Fano topmoq q. fano. Bu kun poytaxt
ma'yus turadi: Fano topmish Muhammad Sulton. M. Ali, Gumbazdagi nur. Esini topmoq q. es.
Yusufbek hoji xotinining so'zini bu gal ham elamaydir, faqat: -Qo'ya ber, xotin, o'zi sog'
bo'lsa, bir kun esini topar, — deb qo'yadir. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. O'zini qo'yishga (yoki
qo'yarga, qo'ygani) joy topol-maslik Nima qilishini bilmay, nihoyatda noqulay va bezovta
holatga tushmoq. Obidov o'zini qo'yarga joy topolmay qoldi. S. Zun-nunova, Yangi direktor.
TOPOGRAF Toggografiya \gutaxassisi. Bu g'orda topograflar yashashgan bo'lsa kerak. Gazetadan.
TOPOGRAFIK Topografiya va topo-grafga oid, topografiya ishlari uchun xiz-mat qiladigan,
topografiya usullari bilan tayyorlangan. Topografik shartli belgilar. Topografik surash
(tasvir). Topografik xarita. sht Ekspeditsiyalar qancha-qancha og'ir-chiliklarni yengib, yangi
marshrut sxemalari, topografik s'yomka [tasvir]lar, geologik ma'lumotlarni qog'ozga
tushiraverdilar. J. Abdullaxonov, To'fon.
TOPOGRAFIYA [yun. topos - joy + grap-ho — yozaman] Geodeziyaning biror joyning, yer sathining
geografik va geometrik ele-mentlarini tasvirlash va shu asosda topo-grafik xaritalar yaratish
usullarini o'r-ganuvchi bo'limi. Harbiy topografiya.
TOPONIMIK Toponimikaga oid. To-ponimik tadqiqot. Toponimik xarita. To-ponimik tasnif.
TOPONIMIKA [yun. topos - joy + opu-ta — nom] 1 Biror joyning, hududning geo-grafik nomlari
(aholi punktlari, daryo, ko'l va b. nomlari) majmui. Toshkent topo-nimikasi. Toponimika
lug'ati.
2 tlsh. Leksikologiyaning geografik nomlarni o'rganadigag'g bo'limi.
TOPONIMIYA ayn. toponimika 2.
TOPONIMLAR Joy nomlari. O'zbe-kiston toponimlarining leksik-semantik tasnifida terminologik
bir xillik yo'q. «O'TA».
TOPTAMOQ 1 Oyoq bilan bosmoq, ez-moq. ..yonayotgan xasni botinkasi bilan toptabo'chirdi. N.
Safarov, Olovli izlar.
2 Payhon qilmoq. Poda ekinlarni top-tab o'tibdi. mm Kosiblar talangan, dehqon-larning
ekinlarini ko'chmanchi qo'shinning behisob mollari toptab tashlagan. P. Qo-dirov, Yulduzli
tunlar. Dushmanlarning qadami bilan Toptalmasin bog', chaman, gul-zor. G'ayratiy.
3 ko'chma Oyog'osti qilmoq, poymol qil-moq, tahqirlamoq. Bosqinchilar qaram mam-lakatlar
xalqlarining milliy huquqlari-ni toptab keldilar.. mm Bizni, seni qo'riq-layman, deb urushga
ketgan eringning sof muhabbatini toptashga qanday ko'ngling bo'ldi?S. Zunnunova, Olov.
Mehnatkash xalq, jafokash xalq.. og'ir kulfatlar chekar, uning insoniy erki toptalar edi.
Gazetadan.
TOPSHIRIQ Kimsaning zimmasiga yuklatilgan ish, vazifa. Hukumat top-shirig'i. Topshiriq bermoq.
Topshiriq olmoq. mm Endi denymam bo'lib, sizlarning pgop-shiriqlaringizni ham jonimni ayamay
baja-raman. Oydin, Sadag'ang bo'lay, komandir. Tergovchi ham xit bo'ldi. Axir, u bu yerga
o'ynagani kelmagan-ku. Maxsus topshiriq bilan, oqni oqqa, qorani qoraga ajratish uchun kelgan.
S. Anorboev, Oqsoy. Bu mening emas, dekanning topshirig'i. Shikoyatingiz bo'lsa, o'ziga ayting.
O'. Hoshimov, Qalbing-ga quloq sol.
TOPSHIRMA shv. ayn. topshiriq. -Das-turxonni yopingiz, — dedu u o'zining janu-biy shevasida, —
sizga muhim topshirma bor. «Mushtum».
TOPSHIRMOQ 1 Kimsaning o'z qo'liga yoki ixtiyoriga bermoq. Xatni egasiga top-shirmoq. Kitoblarni
kutubxonaga topshir-moq. shsh Chol kalovlanibo'rnidan turdi: -Yura qol, qizim, man sani kampirga
topshirib chiqay. Oybek, Tanlangan asarlar. Sarboz-lar shayxga kishan kalitini topshirib, ot
choptirib ketdilar. S. Siyoev, Avaz. Hizil-qumdan kiyik bolasi keltirib, hayvonot bog'iga
topshiribdi. H. Nazir, Yonar daryo.
2 O'z qo'lidagi, ixtiyoridagi narsani kimsaga keltirib bermoq, o'tkazmoq. Dav¬latga paxta
(pilla, g'asha) topshirmoq. ish -Sizuchun, Ergash aka, — dedu, — bir beshotar topib beraman. Bu
mening o'zimniki, o'z yarog'-larimni topshirganda, komissiya raisidan «o'zimni qo'riqlash uchun»,
deb tilab olib edim. S. Ayniy, Qullar.
3 Zimmasidagi ish, lavozim va sh.k. ni bermoq, undan kechmoq, xoli bo'lmoq. Rais-likni
topshirmoq. Mudirlikni topshirmoq. mm -Hozir smenani topshiraman, — dedi konduktor, —
biznikiga boramiz. «Guldasta».
4 Biror gap-so'z, xabar va sh.k. ni o'z egasiga yetkazmoq, ma'lum qilmoq. Do'st-larning
salomini topshirmoq. mm U ovqat-lanib bo'lgach, Rohat xola «nakazlarni» oqiz-may-tomizmay
topshirdi. «Guldasta». U \xotin\ supaga yaqinlashgach, Io'lchi o'rnidan turib salom berdi va
onasining salomini topshirdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
5 Ish-vazifa yuklamoq, buyurmoq. O'tar bobo o'g'illariga ish topshirib bo'lib, Avazga o'girildi: -
Sen Ahmadjon og'angni chorlab kelasan. S. Siyoev, Yorug'lik. Me`mor yuvinib, namozni o'qib olgach,
hovliga chiqdi. Nonushta-ga hozirlik qilishni shogirdlariga topshir-di. Mirmuhsin, Me'mor. Endi
zabastov-kalaru miting-pitinglarni tarqatish bi-lan ovora bo'lib yurmang, bu ishni boshqalarga
topshiraman. K. Yashin, Hamza.
Imtihon topshirmoq Biror fan, uning sohasi yuzasidan so'roq-savollarga javob berib sinovdan
o'tmoq. Nasiba kuzda hamma fandan ashoga topshirmasa, yo'l qo'ymayman. A. Qahhor, Og'riqtishlar.
Charos bilan oxir-gi marta ko'rishganidan buyon o'tgan bir yari.m oy ichida esdan og'ib
qolmaganiga, qishki imtihonlarini qandoq topshirganiga o'ziyam hayron bo'ldi. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol. Omonatini topshirmoq Jon taslim qil-moq, olamdan o'tmoq; o'lmoq.
Tuproqqa topshirmoq Dafn etmoq. Tuproqqa shopshirdik biz jo'ramizni.. X. Davron, Bolalikning
ovozi. ..aka-uka Umar polvon bilan Rustam-jonlar ham qiynoqda jon bergan otalarini ona
tuproqqa topshirib, ko'plar qatori mardikorga safar jabdug'ini noiloj hozir-lashdi. K. Yashin,
Xamza.
TOPQINCHI shv. Topqir. Biz qo'limiz bilan ushlamasak ham, ko'zimiz bilan ko'rma-sak ham
topadigan topqinchi — bilgirmiz. «Ertaklar».
TOPQIR I 1 Navbatdagi guruh, turkum. ..Mehriniso shoshib qolgan, kelayotganlar bosim
o'tirishmas. ularni kuzatib qaytishi bilanoq, ketma-ket yana bir topqiri kirib kelardi. R.
Fayziy, Hazrati inson.
2 Marta, karra. Ovchi birin-ketin ikki topqir o'q uzdi. mm Hirot xo'rozlari kecha-ning
sukutini ikkinchi topkir buzganda, Darveshali ko'zlarini uqalab, o'z xonasiga chiqdi. Oybek,
Navoiy. U Kolya bilan nima-dir shivirlashib, uch-to'rt topqir eshikka chiqib keldi. H. Nazir,
So'nmas chaqmok^par.
TOPQIR II Tez, darrov topadigan, fah-mi o'tkir; topag'on. Topqir odam. mm Biri juda sevimli.
Qo'ng'iroqli qo'zichok; Ikkin-chisi «Bek» nomli Ziyrak, topqir, ovunchoq. 3. Diyor. Izquvar o'z
atrofidagilarga qa-raganda aqlliroq, idrokliroq, topqirroq bo'lishi shart. U. Normatov,
Talant tarbiyasi.
TOPQIRLIK Tez topish ko'nikmasiga egalik. Ha, tushunarli, chayqovchi ekan, deb qaror qildim.
Shunda o'zimning topqirligimga o'zim qoyil qolib qo'ydim. F. Musajonov, Pushaymon. Raxmatulla
shunday deb, o'zining topqirligiga o'zi ham hayron iljaydi. X. Sultonov, Onamning yurti.
TOP I 1 Eni, kengligi uncha katta bo'l-magan; ensiz, kambar. Top lenta. Top ko'cha. Top yo'lak.
mm Ubaland bo'yli, peshonasi mop, o'tkir yuzli, beti ham soqoliday qop-qora kishi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
2 Hajmi, sig'imi uncha katta bo'lmagan; siqiq. Toruy. Top kiyim. mm Qoratoy tur-di, mop va
dim hovlida bo'g'ilgan kabi, eski, yirtiq ko'ylagi bilan yelpindi. Oybek, Tan-langan asarlar.
Ushbu keng dunyo ko'zimga bo'l-di tor\ A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Avazyarim soatcha dam tortib
o'tirdi-yu, bu mop, nim-qorong'i ustaxonadan zerikib chiqib ketdi. S. Siyoev, Yorug'lik. Domla,
boshida chamandagul do'ppi, egnida kalta va mop katak ko'ylak. A. Qaqhor, To'yda aza.
3 ko'chma Chegarasi, ko'lami uncha katta bo'lmagan, chekli. Top soha. Top doirada qo'l-lanadigan
so'mar.
4 ko'chma Juda qattiq, baxil odam haqi-da. Torga mop dunyo, kengga keng dunyo. Maqol.
Do'ppi tor kelmoq Noqulay, nochor, tang ahvolda qolmoq, ahvoli mushkullashmoq. Ba`zi qallob
odamlar uchun nima ko'p — vaj-korson ko'p. Do'ppi mop kelganda, og'izlariga kelganni
qaytarishmaydi. Gazetadan. Do'ppi mop keldimi, darrov Jo'raboevning panohi-ga tiqilishadi. SH.
Rashidov, Bo'rondan kuch-li. Yolg'on chiqib gapi, do'ppi mop kelsa, Hech kim yo'g'in poylab so'raydi
uzr! S. Abduqah-hor. Ko'zi tor O'ta xasis, ziqna. ..ko'zi mop savdogarlarni.. satira ostiga
oladi. «Mush-tum». O'zlariyam o'lguncha ko'zi mop, ziqna odam, pul bo'lsa-bo'lgani.. G'. G'ulom, Shum
bola. Fe'li (yoki yuragi) tor 1) ayn. ko'zi tor. Ularda pul bo'ladi, bshaman. Lekin ayollari-
ning fe`li mop. Kafanlikka doka berishsa ham katta gap. Oybek, Tanlangan asarlar; 2)
kishilarga yaxshilik, xushmuomala bilan munosabatda bo'lmaydigan, ziq munosabatli. Mudiring
nokasroq, fe'li torroq odamga o'xshaydi. Ehtiyot bo'l unaqalardan, jiyan. S. Nurov, Narvon.
Avaz o'z fe'lini biladi: u injiq, yuragi mop, qo'rs. S. Siyoev, Yorug'lik. Qo'yaver, uka, er-
xotinchilikda o'tadi. Ba'zi xotinlar yuragi torroq, g'ayirroq bo'ladi. H. Nazir, O'tlar
tutashganda.
TOP II [f. jti — ip, arqon, tola; dutor ipi; soch tolasi] Cholg'u asboblarining teb-ranib
tovush chiqaradigan ipi. Ipak mop. CUM mop. mm Cholg'umning mopu tarang, Me¬nu ko'rgan yov
garang. Qanday baxtli men, qarang. H. Po'lat. Meli polvon dutorini qo'liga oldi. Biroq
quloqlari haddan ortiq buralgan dutor bardosh bermadi — uzilib ketgan tordan ingraganday
nido awumuiidu. P. Tursun, Uqituvchi. Uyga qaytgach, ot qi-lidan mop tortib, o'yinchoq dutorcha
yasadim. «Guldasta».
2 q. dor 1. Uyning bir devorida sharqcha qilib mop tortilgan, mop ustida Qut-biyaning
kiyimlari qatorida Hasanning ham beqasam to'ni.. yoyilgan edi. S. Ayniy, Qul-lar.
3 ko'chma Torga nisbatlanuvchi narsani bildiradi. Yurak torlari. Qalb mopu. mm Kunlar yaqin,
chertajakmiz sevgi torini.. G'ayratiy. Raufning ta'nalardan bo'shashgan torlari tortilib, zarur
ritmga moslash-di. «O'zbekiston qo'rikdari». G'ulomjonning asab torlari tortildi, alamiga alam
qo'-shildi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
Tori (yoki asabi) tarang Juda diqqat, asabi buzuq. Yo'qchilik o'lsin, ikkovining ham tori
tarang, sal narsaga qizarishib qoladi. «Mushtum».
TOP III [f. jLi - musiqa asbobi turi; gitara] 1 Rubobga o'xshash sim torli xalq
152
musiqa asbobi. Ozarbayjon tori. Kavkaz tori. Torni sozlamoq. mm Torini asta-se-kin cherta
boshladi. Keyin zavq bilan, ha-rorat bilan chalishga tushdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Umuman, torli cholg'u asbobi. O'rtoq-larim, qo'lga olsam torimni, Beixtiyor yod-laydirman
yorimni! A. Qodiriy, O'tgan kun-lar.
TORAYMOQ 1 Eni, hajmi kichrayib, siqilib kichik tortmoq, kengligi qisqar-moq, tor bo'lmoq.
Ko'ylak yuvilib torayib-di. Yo'l torayib qolibdi. shsh Orol maydoni asosan sayoz janubiy va
sharqiy qismlar hisobiga torayib bormoqda. «Fan va turmush». Tamaki chekish orqasida shomirlar
torayishi bilan birga, tomirlarning devori ham o'z-garadi. «Fan va turmush».
2 ko'chma Ish ko'rish, vazifa doirasi qisqarmoq, cheklanmoq. Ish doirasi toray-di. Huquqi
toraydi.
TOREADOR, torero \isp. toreador < toreo — buqalar jangi < toro — buqa] Ispaniya,
Portugaliyada va Lotin Amerikasining bir qancha mamlakatlarida: buqalar bilan bo'-ladigan
jangning asosiy, buqalarga halo-katli zarbalar beruvchi ishtirokchisi.
TORIY [lot. Thorium — qad. skandi-naviya mifologiyasidagi momaqaldiroq va chaqmoq ma'budi,
ziroat, hosildorlik ho-miysi Top (Dorr) nomidan] Mendeleev dav-riy sistemasining III
guruhiga mansub kimyoviy element; radioaktiv oqish kulrang yumshoq metall.
TORLI Tori bo'lgan, tor tufayli ovoz beradigan. Torli musiqa asbobi. To'rt tor-li tanbur.
Sim torli dutor. mm Chang — o'zbek xalq cholg'u asboblari orasida eng ko'p torlisi hisoblanadi.
Gazetadan.
TORLIK 1 Top holatga egalik. Yo'lning torligi. Uyning torligi. Menga eshik tor-lik qildi. mm
Endi G'iyosiddinga Andijon torlik qildi. S. Ahmad, Hukm. Kampirning torgina hovlisiga u go'yo
uchib kirdi. Hovli-ning torligi ham bilinmadi unga. «Guldasta».
2 ko'chma Utaketgan qattiqlik, xasislik. \Kuyov\ O'ta ziqnalikdan, torlikdan, damlab ichadigan
choylarini ham o'lchab beradigan bo'l-di, tiyinlarini tuflabtugdi. SH. G'ulomov, Sahroda.
TORMOZ \yun. tormos — g'ildirak ayla-nishini to'xtatuvchi mix tiqiladigan teshik]
1 Mashina. mexanizm va sh.k. ning xdra-katini sekinlatish yoki to'xtatish uchun xizmat qiladigan
qurilma. Mexanik tormoz. Pnevmatik tormoz. Velosiped tormozi. Tormoz pedali.
Tormoz bermoq (yoki qilmoq, bosmoq) ayn. tormozlamoq. Mashina tug'ruqxona eshigida sekin
tormoz berib to'xtadi. F. Musajo-nov, Himmat. Mukarram tormozni bosdi, traktoridan tushib,
mashina tomonga yurdi. S. Karomatov. Hayot qanday yaxshi. Stan-siyadan o'n besh kilometr naridagi
raz'ezdga yetganda, parovoz tormoz berdi. O. Husanov, Qo'shiqchining taqdiri.
2 ko'chma s. t. Biror ish-harakatga xalal beruvchi, uni sekinlatuvchi narsa, FOB, to'g'anoq,
to'siq. Naslchilik ishlarini izdan chiqarib, o'zi [Jumaniyozov] katta bir tor-mozga aylanib
qoldi. «Mushtum».
TORMOZLAMOQ Tormozlarni ishga solib, mashina, mexanizm va sh.k. ning harakatini sekinlatmoq
yoki to'xtatmoq; tormoz qilmoq, tormoz bermoq. Mashinani tormozlamoq.
TORMOZLANISH 1 Tormozlanmoq fl har. n. Avtomatik tormozlanish.
2 fiziol. Nerv tizimining qo'zg'alishiga yo'l qo'ymaydigan jarayon. Shartli tor-mozlanish. n Uyqu
tormozlanishning o'ziga xos formasidir. A. Zohidov, Uzoq umr sirla-ri. Bosh miya
yarimsharlaridagi qo'zg'sishsh va tormozlanish jarayonlari xotiraga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.
«Fan va turmush».
TORMOZLASH 1 Tormozlamoqfl. har. n. Mashinani tormozlash.
2 fiziol. Nerv markazlari yoki a'zolari faoliyatini ma'lum tarzda susaytirish yoki to'xtatish.
\Miya} Yangi sharoitda shartsiz refleks bilan mustahkamlanmaydigan dast-labki shartli
reflekslarni tormozlash bi-lan javob beradi. «Anatomiya».
TORMOZLIK: tormozlik qilmoq s.t. To'sqinlik qilmoq, g'ov, to'g'anoq solmoq. Ishga tormozlik
qilmoq.
TOR-MOR [f. - tarqoq, tartib-
siz holga kelgan; parokanda; yo'q qilish]: tor-mor bo'lmoq Qaqshatqich zarbaga uchrab yo'q
bo'lmoq, mahv o'lmoq, yer bilan yakson bo'lmoq. Tor-mor qilmoq (yoki etmoq, kel-tirmoq)
Qaqshatqich zarba berib yo'q qil-moq, mahv etmoq, yer bilan yakson qilmoq. Darhaqiqat,
xalqlarimiz manfaatlari
yo'lidagi mushtaraklik fashistlarni tor-mor qilgan edi. N. Safarov, Olovli izlar. Yakshanba
kuni shaharning kirish darvozasi-dan uch farsa.x narida ikki tomon ssrbozlari to'qnashib..
buxoroliklar tor-mor etildi. Mirmuhsin, Me'mor.
TORNADO [isp. tornado] Shimoliy Ame-rikada bo'ladigan quyun, girdoblarning nomi.
TOROJ \f. jrljli — o'g'irlash, talash; o'lja]: toroj qilmoq (yoki etmoq) kt. Ta-lamoq, talab
ketmoq. Qushin tortib, necha yerlarni toroju talon etdi. Furqat.
TORPEDA \lot. torpedo — elektr baliq] Kemalarning suv osti qismiga shikast yetkazish uchun
qo'llanadigan, bosh qismi portlovchi modda bilan to'ldirilgan si-garasimon o'ziyurar mina.
Torpeda qo'ymoq. mm Biz narsalarimizni yig'ishtirib.. ta-vakkal qilgancha kayutadan chiqdik. Shu
payt torpeda portladi. «Yoshlik».
TORS: tors yorilmoq «Tars» etgan tovush chiqarib, shiddat bilan yorilmoq, ikkiga ajralmoq.
Pichoq qo'yishi bilan qovun tors yorildi. mm [Zilziladan] Ayvon ham qiyshayib qolgan. Uning
devorlari ham tors yorilgan, polda devordan tushgan suvoq parchalari yotib-di. I. Rahim,
Tinimsiz shahar. Gumbura-gum-bur boshlanib, yerdan momaqaldiroq ko'taril-di, bundan go'yo osmon
tors yorilib, yer lovullab yondi. I. Rax,im, Mangulik qo'shig'i. Boshi(m) tars yorilib (yoki ajrab)
ketay deyapti Bo-shi(m) juda qattiq og'riyapti. U \Akbarali\ hozir boshi tors yorilib
ketadigandek, oti-lib yo'lakka chiqdi. A. Muxtor, Chinor. Tors yorilib ketgudek bo'ldi yoki
yuragi tors yori-lib ketay deyapti Juda xit, xunob bo'ldi, yuragi siqilib ketdi. Yerga kirgudek
bo'lib o'tirgan Valivoydan ortiq sado chiqmagach, Jo'raning yuragi tors yorilay dedi-da: -Men
ketdim! — deb o'rnidan qo'zg'aldi. H. Nazir, Onaizor.
TORSILLAMOQ 1 Tors (tors-tors) et-gan tovush chiqarmoq. Toshibborib shorsillab Kemaemup
otlari. «Sharq yulduzi».
2 ko'chma Juda taranglashmoq, miqti bo'-lib semirmoq. Lekin-chi, yana bir oz semi-rish g'amida
bo'ling. Evi bilan, yana semiraman deb torsillab ketmang. «Mushtum».
TORS-TORS: tors-tors yorilmoq Har yer-har yeridan katta-katta yorilmoq. Paxsa qurib, tors-tors
yorildi. Qo'llarim sovuqdan tors-tors yorilib ketdi. mm Quyoshning olov-li taftida tors-tors
yorilib, osmondan tomchi tushishida o'z najotini kutib tur-gan bu asriy cho'llarda hech
yurganmisiz? S. Nurov, Durdona.
TORT \ital. torta < lot. tortus — eshil-gan, eshma; xamirdan tayyorlangan yumaloq mahsulot]
Xamirga yog', shakar, tuxum kabi masalliqlardan qo'shib tayyorlanadigan bejamali qandolat
mahsuloti. Shokoladli tort. mm Dasturxonda xonaki pechen`elar, atirgul nusxa tort va turli
xil mevalar bor edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
TORTIB 1 Tortmoq fl. rvdsh. Arqonni tarang tortib bog'lamoq. Yukni tarozida tortib bermoq.
Yengidan tortib qo'ymoq. mm Uni chuqurdan Yusufjon qiziq tortib olib-di. Mingboshi kayfi sal
tarqagach: -E, Yusuf-jon, senmisan ? — debdi. T. Obidov, Yusuf-jon qiziq.
2 ko'm. (ch.k. bilan) Boshlab, e'tiboran. Shu bugundan tortib. mm Oyog'imdan tortib basharamgacha
qonga bo'yaldim. G'. G'ulom, Shum bola. Xalq dadil boradi. Ayniqsa, xotinlar-onalar jasur. Ular
Nikolaydan tortib el-likboshilarga qadar hammani qarg'ashadi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
TORTILMOQ1 Tortmoq fl. majh n. Kir yoyish uchun arqon tortildi. Quduqdan eye tortildi.
Derazalarga parda tortildi. Ishga yoshu qari tortildi. Mehmonlarga osh tortildi. mm
G'ulomjonning asab torlari tortildi, alamiga alam qo'shildi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
2 Kamayib, kamchil bo'lib qolmoq. Si-girning suti tortilib qoldi. mm Suvi ancha tortilib
qolgan ko'lning shimoliy etagi qishloq uylarining hovlilariga borib ta-qalar edi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o. Qiz chiqaradigan onalar tugun-tugun ish ko'ta-rib kelishardi, bu yil
bir oz tortilib qol-di. Oybek, Ulug' yo'l.
TORTINMOQ Uyalib, begonasirab yoki biror boshqa andisha bilan o'zini tortib, tiyib, odob saqlab
turmoq, iymanmoq. Tushunmaganlaringizni hech tortinmay so'-rang. P. Tursun, O'qituvchi. Sodda
qishloq yigiti takallufni bilmasa ham, odob-ta'-zim xususida onasi ancha-muncha gaplarni
uqtirib yuborgani uchun, davlatmand qarin-doshining huzurida ovqatdan tortinishni ma'qul
ko'rdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Haq
154
va adolat peshvolari haqni riyo, riyoni haq deyishdan tortinmas ekashar. M. Ismoiliy, Farg'ona
t. o.
TOG'TINCHOQ Boshqalardan uyalib, iy-manib, o'zini tortib turadigan, shunday his-tuyg'usi kuchli;
uyatchan. Tortinchoq odam. mm Yonma-yon paxta terayotib, u yoq-bu yoqdan gapirishganlarida, qiz
uning haqiqatan ham tortinchoq, kamsuqum yigit ekanini sezdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
TORTINCHOQLIK Tortinish, uyat-an-disha his-tuyg'usiga egalik. Tortinchon^shk bilan gapirmoq. mm
Sadbarga qolsa, bu yerda-gi yigitlar orasida eng aqllisi shu Luqmon-cha. Faqat tortinchoqligi
bor, dadil emas. A. Muxtor, Tug'ilish.
TORTISH Tortmoq fl. har. n. Ariq mop-mum. Reja tortish. Jazoga tortish. shsh [Zaynab:] Mahalliy
mehnatkashlar orasida g'ayratli yoshlar ko'p, o'rtoq komandir. Ular-dan harbiy xizmatga ko'proq
tortish kerak. 3. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi. Saidg'ozi o'tirganlarning diqqatini
tortish uchun tomoq qirib yo'taldi. S. Anorboev, Oqsoy.
Tortish kuchi I) ayn. tortishuv kuchi q. tortishuv 3; 2) lokomotiv, elektrovoz, ma-shina va sh.k.
ning harakat tomon yo'nalgan kuchi. Parovozning tortish kuchi.
TORTISHISH 1 Tortishmoqfl. har. n.
2 Tortishuv, baxs. Ularning orasida bo'-ladigan tortishishni eshitib, maza qilib kulishga
ishqivozlar ko'p edi. P. Tursun. Uqi-tuvchi.
TORTISHMACHOQ etn. Nikoh to'yida kelin kuyovnikiga kelgandan keyin xotin-lar kelin va kuyov
tarafga bo'linib, bel bog'lab, bir-birini tortishish o'yini. Yalpi shovqin bilan «tortishmachoq»
boshlandi: qiz tomondan gupchakdek yum-yumaloq xotin beli-ni belbog' bilan mahkam bog'lab,
o'rtaga tush-di. Oybek, Tanlangan asarlar.
TORTISHMOQ 1 Tortmoq fl. birg n Arqonni tortishmoq. Ariq tortishmoq. Dor-bozlar dorni
tortishib bo'lishdi. mm [ Qimar\ «Endi nari yot, beri yot» bshgan bir-birlari-ni itarib, surib,
ko'rpani to'rt tomonga tortishib, janjs`'shsha boshladilar. A. K,o-diriy, Mehrobdan chayon. -
Jazosini tor-tishibdi, — deb qo'ydi Jumagul quvongani-dan. J. Sharipov, Xorazm. Yig'i ko'ngil
dog'i-ni yuvar emish.. bular ham ancha ravshan tortishib, sekin-sekin gapga kirib ketish-di. M.
Ismoiliy, Farg'onat. o.
2 Mushaklarning beixtiyor qisqarishi natijasida harakatsiz qotmoq, bujmay-moq, akashak bo'lmoq.
Shokir ota og'ir xo'rsindi, so'ngra birdan «voy» deb, tomiri tortishgan oyog'ini uqalay boshladi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
3 ko'chma O'zinikini ma'qullash uchun harakat qilmoq, talashmoq, bahslashmoq. Murosaga kelgan
bo'ldi Rasuljon: -Hozir tortishadigan bo'lsak, dahanaki ixtilof boshlanadi o'rtada. J.
Abdullaxonov, Xo-nadon. Qishloqba duv-duv gap: pravlenieda rais bilan Hamdam aka tortishib
qolibdi: raisyangi yer ochamiz desa, u qarshi chiqibdi. Y. Shamsharov, Paxtaqaynar.
TORTISHUV 1 Tortishmoqfl. har. n.
2 Baxr, munozara. Qizg'in tortishuv. mm Kampirlarning tortishuvidan zavqlangan Oliyaxon,
kula-kula, ularning qo'llaridan ush-lab, avvalgi qurtxonaga boshlab kirdi. N. Safarov,
Oliyaxon Sultonova. Bir masala ko'pdan beri tortishuvga sabab bo'lyapti. I. Rahim, Ixlos.
3 fiz. Zarralar, jismlar o'rtasidagi bir-biriga yaqinlashuvga bo'lgan intilish hodisasi;
joziba. Jisliarning tortishuvi.
Tortishuv kuchi ayn. tortishuv 3.
TORTIQ 1 Kimsaga tuhfa qilingan narsa; sovg'a, armug'on. Bayramga munosib meh-nat
tortiqlari. mm Dehqonboi, sizning tortig'ingizni dasturxonga qo'yay desam, joy ham yo'q. N.
Safarov, Vodillik qahramon. Men ikki qo'limda ikki xil gulni tutib, unga \Habibaga\ tortiq
qildim. S. Ayniy, Esdaliklar.
2 Tortilg'an, tortib, tutib qo'yilgan, tortiqlik. Parda tortiq oynalar.
TORTMA 1 ot Stol, shkaf kabilar-ning surilma yashigi. [Juvon] Pullarning orasidan bitta besh
so'mlikni olib, qol-ganlarini yana o'rab, tortmaga solib qo'ydi-da, menga qaradi. S. Ahmad,
Ta'zim. No-nushtaga asrab qo'ygan bir burdagina qot-gan nonni tumbochka tortmasidan olib yedi.
S. Karomatov, Oltin qum.
2 ayn. qorinbog'.
3 sft. Tortib chiqariladigan, surilma. Tortma polka.
TORTMOQ 1 Biror yeridan ushlab, tu-tib, o'ziga tomon surmoq yoki surishga
155
harakat qilmoq. Eshikni tortib ochmoq. Qo'lidan tortib turg'izib qo'ymoq. mm Si-diqjon tutning
ostida otning boshini tortib: -Tut yemaymizmi? — dedi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
Anzirat kampir qu-ti o'chib, o'rnidan turdi, Bashoratning yoniga kelib, uning boshini ko'kragiga
tortdi. A. Muxtor, Opa-singillar. [Gavhar] Tal'at bi-lan yuzma-yuz turgan Mansurning qo'lidan
ushlab tortdi.. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Burnidan tortsa yiqilguday q. burun. Dorga tortmoq Dorga osmoq. Olib kelib, dop¬ed tortib
o'ldirib.. «Yusuf va Ahmad». Yo'l tortmoq Io'l yurmoq, yo'lda davom etmoq. Ot o'ynatib yo'l
tortdi. Yakka dushmanning yo'li-ga. «Gulshanbog'». Oyog'i tortmaslik Biror yerga borishga dili
ro'yxush bermaslik. O'rganma-gan yerga borishga oyog'im tortmadi. Biroq ayam xafa bo'lmasin, deb
aytolmadim. S. Siyoev, Yorug'lik. Oyog'idan tortmoq Biror noxush ish-holatga jalb etmoq, duchor
qilmoq. Nechun bir-birining ko'ziga cho'p solur, bir-birining oyog'idan tortur, vaqti kelsa,
bir-birining bo'g'ziga panja urmoqdan toymas. S. Siyoev, Avaz. Oyog'ini tortmoq Bormaydigan,
kel-maydigan (umuman, qatnamaydigan) bo'lmoq, qadamini uzmoq. U qamalgan kundan beri oyog'ini
tortgan, hatto ko'chib ketganlar ham keldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
2 Orqasiga tirkalgan, qo'shilgan va sh.k. holatdagi narsani kuch bilan olg'a yurgiz-moq, yurgizib
olib bormoq. ..teplovoz so'ng-gi marta qichqirib, sostavni tortib ket-di. H. G'ulom, Feruza.
Ho'kiz kallasini egib, omochni tortishga urinar, qo'shchi esa hadeb qistardi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t.o. Kichkinagina mashinasini tortib yurgan bola Muhiddinni o'ziga jalb qildi. R.
Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
Aravangni tort q. arava. Qo'shin {yoki lashkar, askar) tortmoq. Qo'shin (lashkar, askar) bilan
yurish qilmoq, bosib bormoq. Lashkar tortib yurish qilsa, O'nin ko'zlab, birin sanchar.
«Gulnorpari». Go'ro'g'li dushman-ga askar tortadi, Oriyat yo'lida jonin sotadi. «Gulshanbog'».
3 Ichiga kuch bilan yo'naltirmoq, yurit-moq. Komiga tortmoq. Qa`riga tortmok. mm Nishonov
papirosini tutatib, yaxshilab tortib oldi-da, stol ustiga engashdi. S. Zunnunova, Yangi
direktor. Muqaddam fla¬kondagi dorini shpritsga tortib oldi-da, ignasini yuqoriga ko'tardi. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
4 Biror nuqta (joy)dan boshqasi ora-lig'iga o'tkazmoq, yuritmoq. Zulfiqor, bobo-ning qo'lidan
teshani olib, [qoziqni] yana ham mustahkamladi-da, Me'morga karab: -Endi ustiga mix qoqib,
kanop tortaversak bo'-ladimi? — debso'radi. Mirmuhsin, Me'mor. Bir necha kun ilgari
aloqachilar sim tortib yurib, Davronni uchratishgan edi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
5 Atrofidan tarang qilib o'tkazmoq, bog'lamoq. Hotam esa otining ayil-push-tanini qaytadan
tortdi.. M. Hazratqulov, Jur'at. Qarshisida ko'kragidan qayish tort-gan, kizil shapka kiygan
militsioner turib-di. «Guldasta».
6 Biror narsani, uning sirtini, ochiq joyni to'smoq, berkitmoq. Betiga niqob tortmoq. mm Bir
tomonda dorbozlar dor tikadi, qo'g'irchoqbozlar chodirxayol pardasini tortadilar. S. Siyoev,
Avaz. Haligi xotin kisilgandanmi, uyalgandanmi, boshidagi oq doka ro'molini yuziga tortib,
«qo'ya ber» deganday qilib, boshini silkitdi. Oydin, Fonar` tagida.
7 O'ziga qaratmoq, moyil qilmoq, jalb etmoq. Diqqatni o'ziga tortmoq. mm Quyosh, toza havo,
keng, tiniq zangori osmon ko'zlar-ni beixtiyor tortadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
To'lqinjon.. shu kungacha Xurini sira qiziqshirmagan edi. Garchi To'lqinjon chiroy-li bo'lsa ham,
qizni o'ziga torshmasdi. F. Musajonov, Huri. Olib kirilgan choy ham sovib qolar, allaqanday
o'lchovlar — uchbur-chaklar xayolini tortib ketardi. Mirmuh-sin, Me'mor.
8 Biror ishga aralashtirmoq, qotish-tirmoq, jalb etmoq. Ishga tortmoq. O'qish-ga tortmoq. mm
Shahidbek mulla Abdurah-monni so'zga tortdi: -Nima lavozimatdalar, taqsirim? A. Qodiriy,
Mehrobdan chayon. «Bunday kilaman, — labini qimirlatib, o'z-o'ziga shivirladi Yo'lchi, — avval
shunday odam-larni tortamanki, o'zimga qanday ishonsam, ularning diliga shunday ishongan
bo'lay». Oybek, Tanlangan asarlar. ..ular orasidan bizni qo'llab-quvvatlayman, deganlarini
xizmatga torting. K. Yashin, Hamza.
9 O'zini, kimsa yoki narsani biror joyga, holatga olmoq. Bundan o'zini tort-
moq. Do'stini chetga tortmoq. mm Matpa-noning biqinida turgan qalandar unga bosh-dan-oyoq razm
soldi, o'zini sal chetga tortdi. S. Siyoev, Avaz. Kichik ofitser ham, soldatlar ham ulardan
o'zlarini tortishdi. Mirmuh-sin, Chodrali ayol. Bir kuni kechqurun, yotar mahalda ayamni chetga
tortib shivirladim. S. Siyoev, Yorug'lik.
Bosh tortmoq q. bosh. Armani usta qora marmar lavhadagi so'zlarni o'chirib, qayta yozishdan
keskin bosh tortdi. N. Aminov, Suvarak. Tap tortmaslik Qo'rqmaslik va chekinmaslik. Har
qanday mushkuldan man tortmay, tikka qarshi boradigan o'tyurak ko'rinadi. A. Muxtor, Bo'ronlarda
bordek halovat. Yusuf qiziqqa nihoyat darajada qattiq botganidan, sira man tortmay, boyni
caeaiiau ketdi. K. Yashin, Hamza.
10 Ayrim so'zlar bilan qo'llanganda, «urmoq» ma'nosini bildiradi. Tig' mopm-moq. Tarsaki
tortmoq. mm [Dadam] Oldimga keldilar-u, shapaloq bilan tortib yubordi-lar. E. Raimov, Ajab
qishloq. Otliq bor ku-chi bilan dehqonning yuz-ko'zi aralash qamchi tortib yubordi. S. Siyoev,
Yorug'lik.
11 Ulashmoq, tarqatmoq, qo'ymoq (meh-monlarga ovqat). Mehmonlarga osh tort-moq. Patnis
tortmoq. mm Norinni tortib bo'lgandan keyin Anorgul hamma tovoq-qo-shiqlarni toza qilib yuvib
oldi. Oydin, Hazil emish. Taomning ustidan qizlar tor-tadi Beyushrga opkelib qovurma go'shtni.
«Al-pomish».
12 Tarozida og'irligini o'lchamoq. Qo-vunni tortib ko'rmoq. mm Tortib berganda, o'zinglar qarab
turganmidinglar? Nima en-di kam deb, betinglarni yulasizlar? M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Bir
oydan keyin qo'yni tortib ko'raman, qo'y semirmasligi kerak (debdi xon). «Chalpak yoqqan kun».
13 Chizmoq, chiziq shaklida iz solmoq; qazimoq. Chiziq tortmoq. Reja tortmoq. Jo'yak tortmoq. mm
Me'mor o'z chodiri yonida yelkasiga peshmatini solib.. kitob o'qir, tosh bostirib qo'ygan yaxlit
qog'ozni olib, chiziq-lar tortar, xayol surar edi. Mirmuhsin, Me'mor. Tog'a va'dasida turib,
kanaldan ariq tortib kelishga odam yubormasa, ishi-miz chatoq bo'ladi. S. Ahmad, Ufq.
14 Tegirmonda donni unga aylantirmoq. Un tortmoq. mm Tegirmonchi: -Ertaga ke¬ling, afandi,
bug'doyingizni tortib qo'ya-man, — debdi. M. Hazratqulov, Jur'at.
15 Kamaytirmoq, ozaytirmoq; cheklab qo'ymoq. Puldan bir oz tortib qo'ymoq. ti Mol degani
iymasa, tanasi yayramaydi, Tanasi yayramasa, sutini tortadi, — dedi Adol xola. A.
Mirahmedov, O't yuraklar.
16 O'ziga singdirmoq, shimmoq. Chuqur suvni tortib ketibdi. Guruch suvini tor-tibdi.
17 fiz. Zarralar, jismlar o'rtasidagi joziba kuchi tufayli o'z tomoniga surmoq. Magnit
temirni tortadi.
18 Biologik. jismoniy tuzilish yoki ma'naviy jixatdan tuqqanlariga, tugish-ganlariga o'xshamoq.
Qazisan, qartasan — axir aslingga tortasan. Maqol. mm Sen kimga tortding-a? Ota-onamiz
qo'ydan ham yuvosh odamlar edi-ku! YO. Xaimov, M. Rahmonov, Hayot-mamot. -Bushngiz shaxzodalarga
munosib, — dedi Oysha xola sekingina Sanam otinga o'girilib. - Onasiga tortdi. SH. Toshmatov,
Erk qushi. Otangga tortib, xotin kishini xo'rlasang agar, senga bergan oq sutim harom bo'ladi,
o'g'lim, bilib qo'i shuni!S Anorboev, Mexr.
19 Boshdan kechirmoq, chekmoq; his qil-moq, sezmoq. Azob tortmoq. Tashvish mopm-moq. Dard
tortmoq. Xijolat tortmoq. mm \Va1Shxo'ja tutaqib:] Uchastkani sen qil-u, jabrini men
tortaymi? N. Safarov, Hayot maktabi. Ro'zg'ordan shunday tanglik tort-dikki, gapirsam, balki
ishonmaysiz, Oybek, Tanlangan asarlar.
20 O'zi birikib kelgan so'z bildirgan holat-vaziyatni egallamoq ma'nosini bil-diradi. Ingichka
tortmoq. Yo'g'on tortmoq. Baquvvat tortmoq. mm Qurbon ota ancha dadil tortdi. S. Nurov,
Narvon. Momaqal-diroq guldurab, u hushyor tortdi. «Yoshlik». Darhaqiqat, kuz havosi musaffo
bo'lib, sumbula suvi tiniq tortadi. Gazetadan.
21 «Ko'ngil», «dil» kabi so'zlar bilan qo'llanib, ixtiyor etmoq, xoxdamoq ma'-nosini
bildiradi. Yo'ldan o'tayotib, ko'ng-lim tortib, bir ko'ray dedim sizni. S. Nu-rov, Narvon.
Panoh tortmoq q. panoh. Sizni panoh tortib keldik, ustod. Maqsad — mana shu o'g'limni
shogirdlikka qabul qilsangiz.. Mir-muhsin, Me'mor.
157 TOPT-TOPT cm. 1 Talab, tortqilab, yulib-yulqib olib ketish; talon-toroj. Ustalar
kelmaganligidan ko'prik qurilishi qolib ketdi. Yog'och-taxtalarni esa kimlar tort-tort qilib
olib ketgani noma'lum. «Mushtum».
2 Ko'p ichish, ichkilikbozlik. Bir kuni rosa tort-tort bo'lgan ekan, ertasiga bo-shim xuddi ari
qamalib qolgan tomosha-qovoqqa o'xshab guvullardi. «Mushtum».
TORTUVCHAN kt. Kishini o'ziga tor-tadigan, diqqat-e'tiborni jalb etadigan; qiziqarli.
Ko'rgazma materiallari tor-tuvchan bo'lishi kerak.
TORTQILAMOQ 1 Hadeb tortavermoq; tartibsiz ravishda har tomonga tortmoq, tortib-tortib
qo'ymoq, har tomonga tortib to'zg'itmoq. Etagidan tortqilamoq. mm Isfandiyor Avazning yoqasidan
tortqilab, hamon baqirardi. S. Siyoev, Yorug'lik. Xotin bir qo'llab uning bilagidan tortqilar,
ikkinchi qo'li bilan yuziga suv separdi. O'. Hoshimov, Qalbingga qulok, sol.
2 Talab, har tomonga tortib olib ket-moq, o'ziniki qilish uchun harakat qil-moq. Adolat
qopchig'ini ochdi. Unda angish-vonadan tortib ip, ipaklargacha bor edi. Qizlar o'z buyumlarini
tanib, uni bir boshdan tortqilay boshladilar. I. Rahim, Chin muxabbat. Nafs balosiga uchragan
ayrim shof-yorlar konduktorlar bilan.. tushgan pullar-dan tortqilash bilan ovora. «Mushtum». Shu
kambag'al qarindoshni tortqilamasdan tinch qo'yinglar. Umid bilan shu yerda yurip-ti, shu yerda
qolsin u. Oybek, Tanlangan asarlar.
TORTQICHLAMOQ shv. tortqilamoq.
Bahor qishi bilan qandaydir dimiqib, yuragi siqilib yotgan-u, mana endi, o'z mayliga
qo'yilganidan xursanddek, bog'-rog'larda quv-naydi.. goh qizlarning durralarini tort-
qichlabo'ynaydi.. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
TORF [nem. Torf] To'qayzor, botqoklik yerlardagi o'simlik qoldiklarinint tabi-iy chirishidan
hosil bo'lgan zich massa; foydali qazilma (yoqilg'i, o'g'it, xomashyo sifatida ishlatiladi). Torf
qazib olshi.
TORFLI Torf ko'p bo'lgan. Torfli botqoq.
TORSHER [fr. torchere < torche - mash'-al(a)] Tik taglikka baland qilib o'rna-tilib, polga
qo'yiladigan tunchiroq.
TORG'OQ Baliqchilar turkumiga mansub, boshi va dumi qora, tumshug'i uzun qush.
TOS I [f. ^I` - ichi chuqur lagan, tog'o-ra, jom] Asosan, kir yuvish, yuvinish uchun ishlatiladigan
katta metall idish. Tunuka moc. mm Hovlilardan toslarning jarang-jurunglari eshitila berdi.
S. Ayniy, Es-daliklar. Afandi bir kuni hammomga tush-gan edi, hammomchi nazarga ilmay, eski
tos. yirtiq lungi berdi. «Latifalar».
Tos suyagi anat. Son suyaklariga tayangan va umurtqa suyagini tutib turadigan, bel-dan past
kamar suyagi. Eski tos, eski ham-mom q. eski.
TOS II Birga o'tirgan kishilar guruhi. Shu choqda mulla Obidlarning toslari ke-tishga
qo'zg'aladilar. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TOS III shv. Parcha, kimxob. Tos to'n. mm Qavat-qavat shoyi ko'ylaklarim, duxoba kamzulim.. tos
qalpog'im, zardo'zi peshona-bandim ham bor. S. Ayniy, Qullar.
TOS IV s. t. Toz.
TOST [ingl. toast < lot. panis tostus -qovurib qizartirilgan non (Angliyada tost
aytuvchining oldiga stakan va shunday non bo'lagi qo'yilgan)] Qadahlarga quyilgan ichkilik va
uni ko'tarish oldidan kimsa nomiga yoki biror narsa sharafiga yaxshi tilaklar bildirib
aytiladigan qisqacha so'z, nutq. Birinchi tost. Tost aytmoq. mm O'ktam xushkayf bo'lib, ketma-
ket tost ko'tardi. Oybek, O. v. shabadalar. Oq mu-sallasni YO may charosni Ko'tarar do'stlar,
Aytishar tostlar. M. Shayxzoda.
TOT 1 Ta'm, maza, lazzat. Qimizning toti. Totini ko'rmoq. Maqtanchoqning mo-ti chiqar, Jom
qozonning toti chiqar. Ma-qol. mm Shul sababdan taqdir ataldi Ilk bo'saning ikkinchi oti. Shul
sababdan umrbod qoldi Labda o'shal bo'saning toti. Uyg'un.
TOTAL \lot. totalis - to'la, to'liq, butun| Beistisno barchaga baravar taallukli, yal-pi,
umumiy. Total urush.
TOTALITAR [fr. totalitaire < lot. totalis — to'la, to'liq, butun] siyos. Zo'ravonlik bi-lan
xarakterlanadigan, demokratik ozod-lik va shaxs erkinligini cheklash yoki yo'qotishga
qaratilgan. Tot&shtar davlat. Tots`shtar tuzum.
TOTALITARIZM [fr. totalitarisme < lot. totalis — to'la, to'liq, butun) siyos. Davlat
gj3 158
boshqaruvi shakllaridan biri: jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlat-ning yalpi
(total) nazorat o'rnatishi, kons-titutsion huquq va erkinliklarning yo'-qotilishi, bir shaxs yoki
ijtimoiy guruh (siyosiy partiya)ning yakkahokimligi, muxo-liflarga nisbatan qatag'on
uyushtirilishi bilan xarakterlanadi.
TOTEM [ingl. totem < indeyscha ototem — «uning nasli, urug'i» ma'nosidagi so'z] etn. Ibtidoiy
urug', qabilalarda diniy hurmat-ehtirom ob'ekti bo'lgan, ya'ni ilohiylash-tirilgan hayvon,
o'simlik, biror narsa-buyum yoki tabiat hodisasi (har bir urug', qabila o'z totemi nomi bilan
atalgan).
TOTEMIZM [ingl. totemism] etn. Ilk urug'chilik tuzumidagi din, e'tiqod shakli; ma'lum bir
urug'ning urug' asoschisi va homiysi deb hisoblangan biron-bir totem bilan g'ayritabiiy
aloqasiga va qon-qarin-doshlig'iga ishonch bilan xarakterlanadi.
TOTIM bot. Pistadoshlar oilasiga mansub, tog' yonbag'irlarida o'sadigan, shoda-shoda mayda gulli
daraxt yoki buta (barg-larida bo'yoq va oshlovchi moddalar ko'p bo'ladi).
TOTIMLI Mazasi yaxshi, shirin. Mu-habbatli, totimli bo'ldi turmush, Kelib shodlik, farahlik,
ketdi tashvish. Habibiy.
TOTINMOQ 1 Ovqatdan ozgina yemoq, ichmoq; andak ovqatlanib, yeb, ichib olmoq. Ovqatdan
totingan bo'ldi-yu, yemadi. Or-tiqcha gap ham gapirmadi. Shuhrat, Shinel-li yillar. Zumrad
ko'ngli g'ash, dilgir o'ti-rardi. Ishtahasizgina undan-bundan totin-gan bo'ldi. Oybek, Ulug' yo'l.
2 Mazasini totib ko'rmoq, totmoq.
TOTLI 1 Ta'mi, mazasi yaxshi; mazali, lazzatli, shirin. Totliovqat. Molingzot-li bo'lsa,
yemishing totli bo'lar. Maqol. tsh Shavla juda totli tuyuldi — oshpazni maqtadilar. Oybek, Quyosh
qoraymas. Suyak solingan suyuq ovqatlar qancha uzoq va mil-tiratib qaynatilsa, ta'mi shuncha
totli bo'ladi. K. Mahmudov, O'zbektansiqtaomlari.
2 ko'chma Lazzat bag'ishlovchi, shirin, nash'ali. Totli xayollar. Totli onlar. shsh Begimxonning ko'z
oldida xarita emas, Erali jonlandi. Qanday totli edi ularning tur-mushi. I. Rahim, Chin
muhabbat. Dili po-tirlab, miyasida biri biridan totli o'ylar charxuradi. S. Siyoev, Yorug'lik.
TOTMOQ 1 Bir oz yeb, ichib, mazasini ko'rmoq. [Nabigul Qodirga:] Musallas suzgan-dan keyin,
qandoq qilib sabring chidaydi, totib ham ko'rasan-da. A. Qahhor, Qanotsiz chittak.
2 Umuman, yemoq, ichmoq. Mehnat qilib topganing — qandu asal totganing. Maqol. sht [ Gulnor]
Ertalabki choydan buyon uyda ik-ki marta ovqat tayyorlangan bo'lsa ham, hech nima totmagan edi.
Oybek, Tanlangan asar-lar.
Tuz totmaslik Hech narsa yemaslik, ich-maslik. Hotam nonushtadan beri hali tuz totgani yo'q. M.
Hazratqulov, Jur'at. Uf.. itdek charchadim. Kechadan beri tuz totga-nim yo'q. N. Safarov, Hayot
maktabi. Kun-duzlari katta uyga kirib olib, ko'kragini zaxga berib yotar, kechgacha tuz totmay
o'y surar, lekin o'yining tagiga yetolmas edi. K. Yashin, Hamza.
3 ko'chma Boshdan kechirib, lazzatini, ta'mini ko'rmoq, sinamoq. Achchiq bilan chuchukni totgan
bilur, Uzoq bilan yaqinni yurgan bilur. Maqol. tsh Bu yerdagilarning ko'pi Sobir Umarov
qilichining tig'ish to-tib ko'rgan. H. G'ulom, Mash'al. Qullik azobini totgan-u, ammo U shamol
bo'lganin unutolmagan. X. Davron, Qaqnus.
TOTUV O'zaro do'stona munosabatli, it-tifoq, inoq, ahil. Totuv oila. Totuv bo-lalar. Totuv
bo'lmoq. mm Otam o'lgandan ke-yin Fuod afandi meni o'z hujrasiga ko'chirib tushdi. Nikoh qilmay,
bir yildan ortiq totuv yashadik. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o.
TOTUVLASHMOQ Bir-biri bilan to-tuv, ahil bo'lmoq, ahillashmoq, inoklash-moq. Yangi o'quvchilar
tezda totuvlashib olishdi. shsh Ba'zan Janna bilan Umid to-tuvlashib ham qolishardi, bunday
paytlar-da Janna bir qadar o'z ta'sirini eriga o'tkazardi. Mirmuhsin, Umid. Yomonliko'sha-ning
[Musulmonqulning] boshi bilan birga ketgandek, qipchoq og'aynilar ila totuv-lashdik,
qipchoqning eski adovap`shri bitdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TOTUVLIK Totuv munosabat, totuv mu-nosabatli holat. Soli otaning.. uyida endi totuvlik,
hamjihatlik hukm surardi. S. Abduqahhor, Oltin vodiylarni kezganda. Urtalaridagi
totuvlikka havasingiz kela-di — xuddi bir oila farzandlariday, bara-ka topkurlar. H.
Nazir, Mayoq sari. Janglar emas, urushlar emas, g'araz emas, totuvlik kerak, Zulmat emas,
yog'dulik kerak. M. Shayx-zoda.
TOTUVCHILIK s.t. ayn. totuvlik. Ma-
salani totuvchilik bilan hal etmoq.
TOSH I 1 Yaxlit massa yoki bo'lak-bo'lak holda uchraydigan, suv kor qilmaydigan, qattiq, mo'rt
tog' jinslarining umumiy nomi. Oq tosh. Ohak tosh. Marmar tosh. Chaqmoq tosh. Xarsang tosh.
Qayroq tosh. Yo'lga tosh yotkizmok. Tog'ning ko'rki — tosh bilan, Odamning ko'rki — bosh bilan.
Maqol. Suv ketaru tosh qolar — o'sma ketar, qosh qolar. Maqol. shti Suvonjon tosh terib, inning
og'zini to'ldirdi. Ustidan tuproq bosib, ketmon bilan yaxshilab shibbaladi. S. Anorboev, Oqsoy.
Yoshlik chog'imda men bir hikoya eshitgan edim: Xon bir begunoh odamni g'azabiga olib, toshbo'ron
qildiribdi, «Tosh otmagan odam qolmasin», deb o'zi tepasida turibdi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chirokdari.
Bag'ri (yoki qalbi, yuragi) tosh O'ta be-mehr, achinish, kuyinish his-tuyg'usi yo'q. Hayosiz inson
bag'ri tosh bo'ladi.. «Mushtum». Za'faron bo'ldi yuzlar.. Xonlar qalbi tosh bo'lgan. YO. Mirzo.
Boshi toshdan O'ta chidam-bardoshli. Bandasining boshi toshdan, ha, u hammasiga chidaidi —
majbur-da. E. A'zamov, Javob. Boshida tosh (yoki danak, yong'oq) chaqmoq q. bosh. -Ofarin! —
kinoyali tovush bilan qichqirdi Ahmad Husayn. — Kishining boshida tosh chaqib, yana shafqat haqida
so'z sotishga naqadar mohirsiz! Oybek, Hyp qi-dirib. Boshing toshdan bo'lsin Chidam-bardoshli
bo'lish. o'lim-yitim bilmaslik haqidagi istak, duoni bildiradi. -Hamma-lari biram sipo, biram
salobashi odamlar ekan.. hay, ishqilib boshlaring toshdan bo'lsin, ko'sha qaringlar! — dedilar.
P. Tursun, O'qi-tuvchi. Tosh qotmoq 1) his-sezgisiz holatda bo'lmoq. Ayolning tosh qotgan
ko'zlarini qayg'u teshdi. Yuzlaridan tomchilar yumaladi. Oy-bek, Quyosh qoraymas. Ko'zlarini
ro'paradagi gujumning yashil butoqlariga tikib, chuqur, qizil yopqichli kursida tosh qotgan. S.
Siyo-yev, Yorug'lik; 2) qattiq uyquga ketmoq. Tosh qoshgancha tush ko'rmish, Tushda qiziq «ish»
ko'rmish. «Mushtum». Toshingni ter Ishingni qil; yurishingni qil; jo'nab qol.
2 Shunday tog' jinslarining ziynat buyumlari yasash yoki ularni bezatish uchun ishlatiladigan
navlarining umumiy nomi. Qabr toish. Marmar tosh. Oltin, kumush — tosh emish; arpa, bug'doy — osh
emish. Maqol.
[Doroning] Ko'lidagi uzun aso dastasiga qadalgan qimmatbaho toshlar qorong'i ke-chadagi
yulduzlardek porlar edi. M. Osim, Shiroq. [Olimxon] Barmoqlariga toshi yi-rikuzuklar taqadi.
Oybek, Tanlangan asar-lar. Yon tomondagi toshga.. «Ma'rifatxon, jannat makon» deb yozilgan va
hijriy bi-lan 1335 deb tarix qo'yilgan edi, A. Qahhor, Xotinlar.
3 Ba'zi so'zlar bilan qo'llanib, shu so'z-lar anglatgan narsaning tosh kabi yog'iluvchi (otiluvchi)
narsa sifatida bildiradi. Ular Abdurasul ustiga la'nat toshini yog'dirib, uning sha'niga
yolg'onlarni to'qir edilar. P. Tursun, O'qituvchi. -Niyatingiz tezroq Men-dan qutulish,
ortiqchalik qilayotganimni sezib turibman, — deb ta'na toshi otgani-otgan. J. Abdullaxonov,
Xonadon.
4 ko'chma Juda qattiq; toshdek (qattiq). [Kampir.] Hah, shumtakalar, og'izlaringda erib
ketadigan suzma qurutni bersam, ol-maysizlar, shu tosh qurutni talashasizlar. Oybek,
Tanlangan asarlar.
5 Narsalarning vaznini o'lchash, tortish uchun belgilangan, turli shakl va og'ir-likdagi yuk,
qadoq tosh. Tarozi pallasiga tosh qo'ymoq. Bir kiloli tosh. mm Sharo-fat.. bu kecha shu yerda
qolib, Sidiqjonni bu yerga bog'lagan, uning dimog'ini shishirgan narsani yaxshilab bilmoqchi va
shunga qarab tosh qo'ymoqchi bo'ldi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
6 Og'irlik, vazn. Olingan mol toshidan kam keldi. sht Shu shanbadan qoldirmay to'y-sh boshlaylik;
semiz qo'y, yotsirab, yana ikki kun ovqat yemasa, toshini yo'qotadi, ozib qoladi.. S. Abdulla,
Soyalar.
Tosh bosmoq 1) ma'lum (mo'ljaldagi) og'ir-likka ega yoki ega emaslikni bildiradi. -Hali siz
aytganingizdek, — dedi Oliyaxon, — pillasi ham tosh bosmaydi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova;
2) salmoq-salobatga ega bo'lmoq. Keling, so'zlaringizni taroziga so-laylik, puchmi yoki tosh
bosadimi, darrov ma'-lum bo'ladi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
7 tib. Kasallik tufayli ba'zi a'zolar-da yuzaga keladigan qattiq modda. Buyrak toshi. Toshni
oldirmoq.
8 Tosh (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
TOSH II map. Sakkiz chaqirimga yaqin (taxminan 6 kilometr) uzunlik o'lchov bir-ligi. Bir tosh
yo'l. Ahmoqqa Quva [To'ytepa] bir tosh. Maqol. shsh Kun og'ib bormoqda. Yarim toshdan mo'lroq yo'l
yurildi hamki, bekat ko'rinmaydi. \. Nu'mon va A. Sho-rahmedov, Ota. Kosonda ikki xumdon
bor.. bu yer bilan xumdonlar orasi uch tosh kelib qoladi. Mirmuhsin, Me'mor.
TOSHBAQA Tanasi kosasimon qattiq, suyak-muguz qobiq bilan o'ralgan sudraluvchi hayvon. Cho'l
toshbaqasi. Dengiz toshbaqasi. Toshbaqa kosasi. Toshbaqadai sudralmoq. mm Ovchi noumid bo'lib,
tuzoqni olib ketmoqchi bo'lgan ekan, toshbaqani ko'rib qolib, xurjun-ga solibdi. «Chalpak yoqqan
kun».
Toshbaqa qadam Juda sekin, imillab, sudralib yuradigan; orqada qolgan. Gal g'o'za parvarishida
sudralayotgan «toshbaqa qa-dam» rahbarlarga keldi. Gazetadan.
TOSHBAG'IR Achinish, kuyinish his-tuyg'usi yo'q; bag'ritosh. ..ayni bahor payti-da tog'dagi noyob qush
va hayvonlar tuxum qo'ygan yoki bolalagan bo'ladi. Ammo miltiq tutgan toshbag'ir kishilarning bu
bilan ishi yo'q. N. Rahmatov, Betayin ovchilar. -Kim aytdi sizga meni toshbag'ir deb, — kampir
arqonga yopishdi. Gazetadan.
TOSHBAG'IRLIK Toshbag'irga xos bel-gi-xususiyat, xatti-harakat. Birida insoniy-lik,
oliyjanoblik, kamtarinlik ramzini, ikkinchisida esa hayosizlik.. toshbag'irlik ifodasini
ko'rdi. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
TOSHBOSH Daryolarning tubida yashay-digan mayda baliq.
TOSHBO'RON [tosh + f. - yomg'ir] 1 Ko'chib, bir-birini surib dumalatib, shid-dat bilan tushayotgan
toshlar oqimi. Shu payt tog' cho'qqisidan katta bir tosh yumaladi va yo'lidagi boshqa toshlarni
qo'porib, dahshatli toshbo'ron boshlandi. S. Ayniy, Doxunda.
2 map. Qadimda aybdor deb hisoblangan kishini ko'kragigacha yerga ko'mib, har yokdan tosh otib
qatl qilish usuli; umuman, har tomondan tosh yog'dirib jazolash, urish. -Muf-ti janoblari, qora
xalq uni toshbo'ron qil-dirishga qo'ymas. Badarg'a qilmoq kerak, ba-darg'a! — dedi qozikalon. J.
Sharipov, Xo-razm. O'lgan, yarador bo'lga/`shrga qaramay, qo'z-g'olonchilar katta suron bilan
ilgari oti¬lib, «toshbo'ron»ni kuchaitirdi. Oybek, Tan-langan asarlar.
TOSHDAY, -dek 1 Xuddi tosh kabi. Cho'ntagi ham maktab bolasinshg sumkasiday bor ekan cho g'i,
nosqovoq quduqqa tushgan toshday ko'rinmay qoldi. M. Hazratqulov, Jur'at.
2 Juda qattiq, tosh kabi qattiq. Go'rkov ketmon ursa, yer naq toshday, ketmon yuzini
qayiribdi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
Toshday qotmoq ayn. tosh qotmoq q. tosh I. O'qib bitirgach, u [qutidor] dahshat va taajjub ichida
toshday qotib qolgan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TOSHZOR kam qo'll. Toshloq yer, toshloq. Toshzorlar ekin maydopiga aylashpirildi. mm Ular..
chegara uchastkasidan tog', toshzor joydan o'tishdi. A. X^kimov, Ilon izidan.
TOSHKESAR Tosh kesuvchi, tosh yo'nuv-chi; toshtarosh, sangtarosh. \Ra'no} Esanki-rab qolgan
dadasini tinchitdi: -Xuddi men qidirgan manzaralar shu yerda ekan: tog', daryo, toshkesarlar! A.
Muxtor, Chinor.
TOSHKO'MIR O'simliklar organik qol-diklarining parchalanishi va b. sabablar bilan yuzaga kelgan
qattiq qazilma yoqilg'i. Ohangaron toshko'miri. Toshko'mir havzasi. Toshko'mir yoqmoq. mm Qizilqiya,
Sho'rob toshko'mir konlari sabab bo'lib, o'nlab rus, o'zbek, tatar boylarining dovrug'i butun
Turkistonga tarqaldi. K. Yashin, Hamza.
TOSHLI I 1 Tarkibida, ichida tosh bo'lgan. Toshli tuproq. Toshli yer.
2 Tuzilishida qimmatli tosh bo'lgan. O'n besh toshli soat.
TOSHLI II Tosh uzunligidagi, ..tosh keladigan. Besh toshli yo'l.
TOSHLOQTosh bosgan, sertosh yer; tosh-zor. Mashina soydagi toshloqdan o'ziga yo'l ochib keta
boshladi. Gazetadan. Mosh qurg'ur, bshmadim, qaysi toshloqda bitgan ekanki, hadeganda ochila
bermadi. G'. G'ulom, Shum bo-la. Kuzda daryo daf`atan sayoz tortib, o'zanning toshloq joylarida
o'tkir qoyalarni yalang'ochlab ketadi. A. Muxtor, Chinor.
TOSHMA Tashqi ta'sir (issiq, sovuq, ishqor, kislota) yoki ichki sabablar (ka-sallik, modda
almashinuvining buzilishi va b.) natijasida badanda, shilliq par-dalarda paydo bo'ladigan
xol-xol dog'lar, pufakchalar, chiqikdar. Terlama toshmasi. Qizamiq toshmasi. mm Penitsillindan
bi¬lar-bilmas foydalanish natijasida teri-da har xil toshmalar, shish paydo bo'ladi. Gazetadan.
TOSHMALI Badanda toshma paydo qi-ladigan. Toshmali terlama.
TOSH-METIN Juda ham qattiq, metin-day qattiq; metin, zarang. Tosh-metin yer. mm [Sherbek:]
Ishkomlarning orasiga dori septirib, traktorda haydatmoqchiman. O'ziyam tosh-metin bo'lib ketgan
ekan. S. Anorboev, Oqsoy.
TOSHMOQ 1 Qirg'okdan oshmoq, qir-g'oqtsan oshib, atrofga yoyilmoq, atrofni bosmoq. Hovliga suv
toshib ketibdi. mm Yer islohotidan keyin bir yil daryo toshib, ekinlarning yarmidan ko'pi nobud
bo'ldi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chiroklari. Hovli o'rta-sidagi vodoprovod jo'mragidan suv sharillab
oqib yotar, sement hovuzcha to'lib chiqib, ariqcha chetidagi barq urib yotgan o'smalarga toshib
ketgandi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 O'z qobig'i, idish va sh.k. dan to'lib, ortib, sirtga chiqmoq. Oliyaxon tashqari eshikdan hovliga
kirishi bilan darhol qozon-da toshayotgan sutga ko'zi tushdi. N. Safa-rov, Oliyaxon Sultonova.
Olov chetiga qo'-yilgan qora qumg'on shaqillab qaynab toshdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Vali
aka yetil-gan, u yer-bu yerda chanoqlardan toshib chiqib to'kilgan oppoq paxtalarga shukronalik
bi-lanqarab.. qoldi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o. .lpog'oradan toshib chiqqan xamir singari
tizzalariga oqib tushgan kattakon qorni.. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
3 ko'chma Jo'sh urmoq, oshib ketmoq. G'aza-bi toshdi. mm To'lamat polvonning ko'zlari chaqnab,
g'ayrati toshib ketdi. S. Anorboev, Oqsoy. Sevinchim toshardi qalbimga to'lib.. YO. Mirzo.
Oshib toshmoq ayn. to'lib toshmoq. Gulnor uyni yig'ishtirar ekan: «Boyning fe'li yax-ishlanibdi,
ilgari ziqna edi.. Boyligi oshib toshib ketdi, derdi dadam..» deb o'yladi. Oybek, Tanlangan
asarlar. To'lib toshmoq 1) limmo-lim to'lib, qirg'og'idan oshmoq, hu-dudiga, chegarasiga sig'may
qolmoq. Hasrat-la to'lib toshgan Ularning siniq jomi. G'ayratiy. 2) dard, alam va sh.k. ni
ichiga yutaverib, chidab, so'ng darajaga yetmoq. O'rmonjon xo'p ham to'lib toshib yurgan ekan,
yuragini rosa bo'shatdi. A. Qahhor, Qo'shchi¬nor chiroqlari; 3) juda ko'p bo'lmoq, tiqi-lib, achib-
bijib yotmoq. Qo'lyozmada xatolar to'lib-toshib yotibdi. Yuragi (yoki ichi) toshdi Juda zerikdi,
yuragi siqildi, xit bo'ldi. Tojiboy taajjubda qolib, boshini li-killatdi: -Bir o'zingiz-a?
Yopiray! Miyangiz achib, yuragingiz toshib ketmaydimi? P. Tursun, O'qituvchi. Mening
imillaganimni ko'rib, bolalarning ichi toshib ketdi. H. Nazir, Cho'l havosi. Qaynab toshmoq ayn.
to'lib toshmoq 1. Japaqning miyasida savollar qaynab toshdi, A. Muxtor, Qoraqalpoq qis-sasi.
4 ko'chma Tutaqishmoq, qizishmoq. Erim-dan o'qishga rozilik berishini iltimos qil-dim. O'sha paytda
Ergash akamning tepa sochi tik bo'lib.. birpasda ko'pirib toshdi-ketdi. B. Fayziev, Oydin
kechada.
5 Badanda paydo bo'lmoq, yuzaga tepmoq, chiqmoq. Bolaning badaniga qizamiq toshib-di. mm
Lablariga toshgan uchuq hali rostma-na qaytmagan bo'lsa-da, isitmasi pasaygan edi. R.
Rahmonov, Changalzordagi sharpa. Nariga tarafda o'tirgan bir semiz kishining rangida qon
qolmadi, oppoq oqarib, yuzlariga ter toshib ketdi. N. Fozilov, Diydor.
Labiga uchuq toshmoq O'ta darajada qo'r-quvga tushmoq (bunday hollarda go'yo labga uchuqtoshadi).
Bargi zubturumday titrashib, labiga uchuqlar toshib, mirshabning kattasi otidan tushib,
qilichini yalang'ochlab, momo-ning qoshiga bordi. «Gulixiromon». «Paxta terish mashinasi» desa,
labiga uchun tosha-digan ba'zi qaysarlar ham hayrat barmog'ini tishlab qoldi. «Mushtum».
TOSH-TAROZI, toshu tarozi 1 Tarozi va uning toshlari. Sotuvchilarga tosh-taro-zi bermoq.
2 Tosh, tarozi bilan o'lchash; o'lchov. Quv, epchil, dag'dag'&sh alloflar qo'llari, og'izlari, ko'zlari
bilan ishlab, tosh-tarozidan urib, beva-bechorani ovlaydilar. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
Har yerni qilma orzu, har yerda bor toshu tarozi Hamma yerning o'ziga yarasha o'lchovi, xisob-
kitobi bo'lishini qayd etuvchi maqol.
TOSHTAROSH ayn. sangtarosh. Qoraqoya deganicha bor. Qoya ko'mirdek qop-qora, old tomoni mohir
toshtaroshning qo'lidan chiq-qandek silliq. S. Norboev, Ukki.
TOSHTAROSHLIK ayn. sangtaroshlik.
11-O'zbek tilining izohli lug'ati
162
TOSHQIN 1 om Qor va muzliklarning shiddatli erishi, yog'inning ko'p bo'lishi, tabiiy va sun'iy
to'g'on va dambalarni suv vayron qilishi va b. sabablar tufayli daryo, soy, ko'l suvlarining
qirg'okdan oshib, sohil, yerlarni bosuvi. Bahorgi toshqin. Toshqin suvlari. Toshqin xavfi. mm
Uning dokladi va muzokaraga tayyorlangan chol-larning so'zlaridan toshqin manzarasi, bu
ofatning butun oqibatlari hammaning ko'z oldida gavdalandi-qoldi. A. Qaxdor, Qo'sh-chinor
chirokdari.
2 sft. Jo'sh urgan, pishqirgan, jo'shqin. Toshqin daryo.
3 ko'chma G'ayrati ichiga sig'maydigan, o't-yurak, qaynok,. Toshqin yigit. Toshqin qalb. mm -
Barakalla, otangizga rahmat! — dedi Kudrat quvonib. Keyin toshqin bir mehr bilan so'radi: -
Qiimoqqa qachon qaytasiz?M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
4 Toshqin (erkaklar ismi). TOSHQOVOQ Ovqatga ishlatilmaydi-
gan, qobig'idan turli idishlar qilinadi-gan mayda qovoq.
TOSHQORA am. tasqara 1.
TOQ I fa. 3U0 — qavat, qatlam; marta, gal] 1 Ikkiga bo'linmaydigan, juft bo'l-magan (butun
sonlar haqida.); juftlab sanashda oxiri juft chiqmaydigan, bir do-na ortib qoladigan. Toq
son. Yong'oq toq chiq-di. Juftmi-toq o'ynamoq. mm Yupun das-turxondagi toq nonlar yaqinda bu
uydan o'lik chiqqanini ko'rsatardi. S. Siyoev, Avaz.
2 Jufti, sherigi, toqasi bo'lmagan; juftsiz, yolg'iz. Sovga degan toq bo'lmaydi. mm Keyingi
yili Bozorning dehqonchilik ishlari burungiday avj olmadi, chunki ho'ki-zi toq, o'zi yolg'iz. S.
Ayniy, Doxunda.
3 Xotinsiz yoki ersiz. Dunyodan toq o't-moq. mm Ijozat bering, bir jononni o'zim topaman,
shuncha davlat bilan toq o'ti-rasizmi! Oybek, Ulug' yo'l.
TOQ II \a. 3LL - gumbaz, qubba; arka] arxit. 1 Eshik va binolarning tegtasidagi yarim doira
shaklida ishlangan qismi; arka. Timga kiraverishdagi toqning ikki tomoni-da shoyi chopon
kiygan, simobiy salla o'ragan sarroflar oldilaridagi barkashga tangalar-ni uyibo'tirar
edilar. M. Osim, Elchilar.
2 ayn. gumbaz. Sirli osmon toqiga ilk Qo'ydi narvon o'zbegim. E. Vohidov, [Navoiy:]
Gulimning qabriga ekkan chechaklar, Ochil¬gandur bu choq.. ohim chechaklar Kabi ko'k toqi-ga
chirmashmasinmu?! Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
TOQ III: toqati toq bo'lmoq Ortiq sabr-toqati qolmaslik.' -Gapirsangiz-chi, — dedi toqati
toq bo'lgai Lutfixon Tojiboyga, turtib. S. Ahmad, Muhabbat. Muharramning toqati toq,
Elmurodning yo'liga ko'zi to'rt edi. Shuhrat, Shinelli yillar.
TOQ IV: toqi la'nat s. t. ayn. tavqi la'nat q. tavq. /Bosqinchilar] Shu darajada surbet
bo'lib ketganki, toqi la'natni bo'y-niga ilib qo'ysangiz ham, u iblislar quturib, o'z
bilganlaridan qolmayotir. Mirmuhsin, Hayot kushandalari talvasasi.
TOQA [a. - bir dona, bir to'p, bir o'ram] 1 Juft holda butunlik tashkil etuv-chi narsalarning
ikki qismidan biri, bir tomoni, bo'lagi. «Tahqirlangan» boy o'rnidan turib: -Batrak, qul, —
deb tikuvchini so'-kib, qoliplangan bir toqa etikni uning boshiga chog'lab otdi. S. Ayniy.
Qullar. Sha-mol shuncha zaptiga olgan ediki, eshikning bir toqasini uning qo'lidan sug'urib, kuch
bilan devorga urdi-yu, devorning ustki qavati butunlay ko'chib tushdi. III. Rashidov, Bo'-rondan
kuchli.
2 Bir jo'ra atlas yeki beqasamning har bir bo'lagi. Bir toqa atlas. Beqasamning bir toqasi.
TOQALASH shv. Yaganalash. Ota-bobola-rimizdan beri g'o'za toqalash davom etib kelayapti.
«Toqalash», ya'ni shoq qoldirish. I. Rahim, Hayot bulokdari.
TOQAT \a. cJLL — kuch, quvvat; chidam, bardosh, sabr] Chidash, bardosh berish qobi-liyati; sabr-
bardosh, chidam, to'zim. Toqash bilan kutmoq. Toqat bilan gapiga quloq solmoq. Toqati tugadi
(bitdi, tamom bo'l-di). mm Sen bo'lmasang, menda toqat qay-dadir, Tog' chidamas otangning
faryodiga! «Ravshan». Kalit topila bermagach, maxdum-ning toqati tugadi, chiqib, qizlar ichidan
Ra'noni chaqirdi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. Otamurod Hanifaning yozg'irishi tuga-shini toqat
bilan kutardi. «Uzbekiston qo'rikdari».
Toqat qilmoq Bardosh bermoq; chidamoq. Issiqqa toqat qilmoq. Toqat qilib bo'l-maydigan ahvol.
mm U [ Sattorqul] ketgan-dan keyin Sidiqjon ortiq toqat qilolmay, onasiga yorildi, voqeani
aytib, Zunnunxo'-
janing uyini yelkamning chuquri ko'rsin, de-di. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Toqa-ti yo'q
Sabr-chidam yetishmasligini, chiday olmaslikni bildiradi. Ochig'ini aytsam, kitobo'qishga tokat
yo'q. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Bunga qolganda, sizni bilmasam-da, ammo mening bunday
judolikka sira toka-tim yo'q. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Toqati toq bo'lmoq q. toq III.
TOQATLI Sabr-toqatga ega; chidamli, to'zimli. Toqatli kishi. Toqatliga tog'lar egar boshini.
Maqol. mm Avvalo, yigit kishi sabrli, tokatli bo'ladi. Ikkinchidan, mard bo'ladi. R. Rahmon,
Mehr ko'zda.
TOQATSIZ Toqat qila olmaydigan; toqati yo'q, betoqat, chidamsiz, to'zimsiz. Toqatsiz odam.
Toqatliga tog'lar egar bo-shini, Toqatsizning birovlar yer oshini. Maqol. mm [Bozorqul]
Toqatsiz to'lg'anib, «kasalman, meni yomon dard chalgan», deb pichirladi, yana to'lg'andi, zaif
tovushi bi-lan faryod qildi. A. Muxtor, Chinor.
TOQATSIZLANMOQToqati tugab, chi-day olmay bezovtalanmoq, betoqat bo'lmoq. Og'riqdan
toqatsizlanmoq. Hayajondan to-qatsizlanmoq. Toqatsizlanib kutmoq. sht Oyqizning yonida turgan
Pogodin toqat-sizlanib so'radi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Hasan ovchi yotgan yerida
toqatsizla-nib, bir ag'darildi-yu, yonboshaganicha Mayna-ga tikilib qoldi. SH. Toshmatov, Erk
qushi.
TOQATSIZLIK Betoqat holat. Toqat-sizlik qilmoq. shsh Qamchining kelishini toqatsizlik bilan
kutib turgan Kumri, qo'lini silkitib, qichqirdi. H. G'ulom, Mash'al.
TOQI [a. jUa /(jiLlo — gumbaz, qubba, arka! 1 ayn. vassa. Bu uy ilgari bedaxona
bo'lganidan, darchasi ham yo'q, tokchasi ham yo'q, toqisi ham yo'q edi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
Toqi sanab yotmoq 1) uxlay olmay, tun-ni bedor o'tkazmoq. Ko'zimga hech uyqu kelma-di.. Hech
bo'lmaganidan keyin shipga qarab, toqilarni sanay boshladim. Oydin, Fonar` tagida; 2) ko'chma
bekor yotmoq. -Nahotki, taltayibyotishga kelgan bo'lsam'— dedi Zay-nab e'tiroz bildirganday,
qoshiga kelgan Komilaga, - horganim yo'q, uyqusiz, toqi sa-nab yotishni yomon ko'raman. Oybek,
O.v. shaba-dalar.
2 ayn, toq II. Kichkinagina eshikdan olib o'tib, shu eshikcha yonidagi torgina, lekin to-qilariga
rango-rang gullar o'yilgan xonaga olib kirdilar. X. To'xtaboev, Yillar va yo'l-lar.
3 Qorovullarning shaqildog'i. Bozor to-monda qorovulning toqisi shaqilladi. S. Anorboev,
Mexr. [Gulbodom] Uzoqdan qorovul toqisjing ovozini eshitdi. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
4 Ko'ylakning yelka qismiga ichidan qo'-yilgan astar. Toqi ko'ylakning yelkasini tez
uupmwiuiudaH saqlaydi.
TOQIDOR ayn. toqili. Bo'rixo'ja o'n bir qator yapaloq g'isht bilan ko'tarilgan, oldi to'rt ustun,
tepasi toqidor.. qadimiy ayvonda o'tirib, keyingi bir oy ichidagi «kirim» va «chiqim»larini
xomcho't qildi. Mirmuhsin, Chiniqish.
TOQILI Shipiga toqi terilgan; vas-sali. Hovlining ikki tomoni bo'g'ot imorat; katta chorxari,
shifti rangdor toqili, devorlari ganchli mexmonxonalar. Oybek, Ulug' yo'l.
TOQLI Toqi, arkasi yoki gumbazi bo'l-gan; gumbazli. Uzoqda oydin va sokin kechada Hirotning
yetti toqli jomei yana ham muazzam tuyular edi. Oybek, Navoiy.
TOQ-RAVOQ, toqu ravoq Hashamatli binolar, dang'illama uylar. O'zganing toqu ravokidan
o'zingning ayvoning yaxshi. Maqol.
TOG' 1 Yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekislik, tepalik yoki boshqa balandlikka nisbatan yakka
yoki qator \olda baland ko'-tarilgan, odatda, turli tosh, qattiq jism-lardan iborat qismi.
Tog'tizmasi. Tog'jins-lari. Tog'ning ko'rki — tosh bilan, Odamning ko'rki — bosh bilan. Maqol.
Ko'ringan tog'-ning yirog'i yo'q. Maqol. mm Lager` tog'tagi-ga joylashgan. Sharqi-janubiy tomon
ayla-na ketgan tog'. Shuhrat, Shinelli yillar. Janubdan, keng va yashil bag'irli Aravon to-g'idan
allalovchi.. salqin, sarin shabada esa boshlaydi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o. Uzoq-dan qorayib
ko'rinib turgan tog' o'rkachiga to'lin oy minib oldi. H. G'ulom, Mash'al. Olmosdek serqirra,
oftobda cho'qqilari yar-qirab turgan baland qorli tog'lar ko'zni ola-di. Mirmuhsin, Me'mor.
Atrofni osmon-o'par tog'lar o'rab olgan.. K. Yashin, Hamza.
2 Aholi yashaydigan tog'li joy, o'lka; tog'lik. O'rganishda ham gap ko'p. Otaningo'zi
J^o 164
aytdi-ku, y tog'da tug'ilib, tog'da o'sgan. Ha, u tog'ning o'z odami. S. Anorboev, Oqsoy.
3 ko'chma Narsalarning baland (tog' kabi) uyumi. Yotib yeyishga tog' ham chidamaydi. Maqol. El
xirmonida to'planayotgan «oq oltin» tog'larining qomati yulduzlar sari bo'y cho'zdi. Gazetadan.
4 ko'chma Og'ir yuk, mashaqqatli ish, tash-vish, g'ov va sh.k. ramzi sifatida qo'llanadi. G'am tog'i.
Yelkadan tog' ag'darilganday bo'ldi. shtOtabek go'yo tog' ostida qolgan edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Shuncha tadbir bi-lan qochgani holda, diplomini esidan chiqar-ganidan A`zamni vahima
tog'i yelkasidan bos-di. Shuxrat, Jannat qidirganlar. Har go'sha-dan oqdi tinmay tilsiz faryod,
Bosgan edi balo tog'i — zo'r istibdod. G'ayratiy.
Biri bog'dan kelsa, biri tog'dan keladi Bir-biriga aloqasi bo'lmaydigan, aloqasi yo'qgap,
fikr-muloxazani qayd etadi. Shokir ota o'tirgan joyida hassasini yerga «do'q» etib urdi,
temirchining so'zidan noroziligi-ni bildirib dedi: -Men bog'dan gapirsam, sen tog'dan kelasan.
Oybek, Tanlangan asarlar. Ishongan (yoki suyangan) tog'i Madad, ko'mak beruvchi, shu jihatdan eng
asosiy homiy bo'luvchi kimsa yoki narsa. Oyjamol o'zining suyangan tog'i deb bilgan Polvonning
kelishi-ni nihoyatda orziqib kutardi. J. Sharipov, Xorazm. Bugun hech ikkilanmay terim mashi-
nalari va uning mexanizatorlarini paxta-korlarning qatordagi nori, suyangan tog'i, desa
bo'ladi. Gazetadan. Ko'nglini (yoki ko'ksi-ni, dilini ...) tog' qilmoq Ruhan juda shod (xursand)
qilmok,. Ayniqsa, mana bu yoshlar ko'nglimni tog' qilib yubordi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
Ko'ksim tog' etgan — Vatan sevgisi. YO. Mirzo. Tog'ni ursa tolqon qiladigan Nihoyatda baxrdnr
va shijoatli. Bu yoqdagi qazuvchilar ham G'ulomjon, Barot polvon, Zamon singari tog'ni ursa
tolqon qiladigan azamatlar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Tog'-tosh (tog'u tosh) Tog' va tosh
qoplagan yer, joy. ..bu eye tog'u toshni to'l-dirib yurgan qushlar, kavak-kandiklarda is-tiqomat
qiladigan jonivorlardan ortmas. I. Rahim, Chin muhabbat. Besh kun cho'lda, besh kun ko'lda,
tog'da-toshda — qaerda molga o't bor desa, borib qo'ngan odammiz-da. «Yodgor».
TOG'A 1 Ayolning aka-ukalari (uning bolalariga nisbatan). Homid, bir turli va-ziyatda, yer
ostidan jiyaniga qaradi. Tog'a¬sining holidan xabarsiz Rahmat so'zida da-vom etdi.. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Shayx beixtiyor jiyaniga qarab yurdi. Rasulmat munkib kelib, tog'asini
quchoqladi.. S. Siyoev, Yorug'lik.
2 O'zidan kattalarga murojaat shakli. Tog'a, poezd soat nechada jo'naydi ? mm U., har bir ishda
maslahatgo'y, barcha katta-kichik «tog'a» deb hurmap`shydigan Yusvali chol edi. P. Tursun,
O'qituvchi. Oramizda besh kishi nos chekadi, qorovul tog'a bilan olti kishi. S. Siyoev, Yorug'lik.
TOG'AY Odamda va umurtqali hayvon-larda qalinligi va elastikligi bilan aj-ralib turuvchi
biriktiruvchi to'qima. Burun tog'ayi. n Kuloq suprasi tog'aydan iborat bo'lib, teri bilan
qoplangan. «Anatomiya».
TOG'DAY, -dek 1 Tog' kabi, tog'ga o'xshash. Kotlovandan chiqqan yangi nam tuproq tog'-day bo'lib
turibdi. A. Muxtor, Opa-sin-gillar. Shahlosini ko'rmadi ortiq, Tog'day ezib mauLiadu firoq.
T. To'la. U.. tog'dek bo-sib yotgan «orzuni» ag'darib solgan va qushdek yengil tortgan edi. A.
Qodiriy, O'tgan kun-lar.
2 ko'chma Ulkan, zo'r, katga, buyuk, ulug'. Qiyin kunga qoldi tog'day boshimiz. G'. G'ulom.
Elmurodning qalbini bu xat ezib yubordi. Onasining tog'day yuragi, quyoshday issiq mehri oldida
o'zini ojiz sezganday bo'ldi. Shuhrat, Shinelli yillar. Qshshyuqdagi jiya-ningizning o'g'limi?
Tog'dek yigit bo'libdi. Yoshligida ham bo'lali bola zdi. Oybek, Tan-langan asarlar.
TOG'LI Tog'lar bilan qoplangan, tog'-lari ko'p bo'lgan; tog'i, tog'lari bor. Tog'li mamlakatlar.
mm Erta kuz jalasi tog'li joylarga xos hafsala bilan quyar, yomg'ir suvi temir yo'lning ikki
tomonidan daryo bo'lib oqar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
TOG'LIK 1 Tog'li joy. Tog'likda yashamoq. mm Mening sovg'am tinch go'shada, tog'lik qo'y-nida Uxlab
yotgan go'daklarning sokin uyqusi. G'ayratiy.
2 Tog'li joyda yashovchi kishi. Tog'liklar odatiga ko'ra, o'g'rini urib o'ldirishar yoki toshbo'ron
qi/shshardi. Gazetadan.
TOG'OYI esk. kt. ayn. tog'a. Obro'li to-g'oyilari.. ham birin-sirin mavqelarini yo'-qotdshshr.
Oybek, Navoiy.
TOG'OLCHA 1 Olxo'rilar turkumiga man-sub, asosan tog'larda o'sadigan, olchadan yi-
165 du^
rik, olxo'ridan mayda sarg'ish, ba'zan qiz-g'ish yoki qoramtir mevali daraxt. Tog'larga
kirsangiz, o'rik, shaftoli.. tog'olcha, hatto olmurutgacha bor. «Yoshlik».
2 Shu daraxtning nordon mevasi. Olcha yoki tog'olcha qoqisini yaxshilab yuvib, sovuq suvli idishga
solib, olovga qo'yasiz. K. Mah-mudov, O'zbek tansiq taomlari.
TOG'ORA [f. _,Uc — katta, keng, dumaloq sopol jom] Xamir qorish, kir yuvish va b. maqsadlarda
ishlatiladigan katta chuqur to'-garak idish. Xamir tog'ora. Kir tog'ora. Bir tog'ora osh. mm Yormat
qizidan xursand bo'l-di.. Pichoq, qayroqtoshni va go'sht-moy solish uchun tog'oralarni tozalab
taiyor qilishni buyurdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Qozi tog'oraday salla ostidagi xum
kallasini likillatib hiringladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Xamir qorib qo'ysam, to boshqa
ishlarimni bitirgunimcha, tog'oradan toshib ketadi. A. Hamdam, Dastingdan.
TOG'ORACHA Kichkina tog'ora. Tunuka to-g'oracha. mm Xotin jo'xorini tuyib bo'ldi, uni kelidan
tog'orachaga solayotib do'ng'illadi. A. Qahhor, Anor.
TOG'RAYHON bot. Labguldoshlar oila-siga mansub, asosan tog' yonbag'irlarida o'sadigan ko'p yillik
o'simlik.
TOG'TERAK bot. Toldoshlar oilasiga mansub, asosan tog' vodiylarida o'sadigan, yog'ochi sanoatbop
terak turi. Kuz kelib qolga-ni bois, qirg'oqlarida tol, tog'terak, qayrag'ochlar qalin o'sgan
soy endi tiniq va sokin oqmoqda edi. A. Ibodinov, «Lato-fat» do'konidagi qatl.
TOG'-TOSH, tog'u tosh Tog'li joy va undagi tog'lar, toshlar. Tog'u toshni suv bu-zar. Maqol. mm
Tog'-toshlar orasida yashiri-nib yurgan bir yirtqichni qo'lga tushirish oson emas, juda ustalik
bilan harakat qilish lozim edi. P. Tursun, O'qituvchi.
TOG'-TOG' 1 Tog'dek uyilgan, to'p-to'p, ko'p. Katta tik ariq. Ikki labi tog'-tog' tuproq. I.
Rahim, Chin muhabbat. Shundoq-qina qurilishga yaqin joyda tog'-tog' g'isht ochiq havoda uyilib
yotibdi. J. Abdullaxo-nov, To'fon. Sevdim seni chaman vodiyda, G'alabalar sozin chalibsan.
Dovruq solib ulug' vatanga, Tog'-tog' paxta terib olibsan. G'ayratiy.
2 ko'chma Cheksiz ko'p, bitmas-tuganmas. Oh, qani edi, u tirilsa-yu, bir ko'rsam! Tog'-tog'
hasratlarimni unga aytib yozsam!\. G'ulom, Mash'al.
TOG'UZUM bot. Po'sti juda yupqa, eti suvli, sershira o'rtapishar mahalliy uzum navi.
TOG'CHUMCHUQ zool. Chumchuqsimonlar turkumiga mansub, dum patida oq, bo'ynida sariq xoli bo'lishi
bilan boshqa chumchuq-lardan farqlanuvchi, tog' qoyalarida, jar-liklarda yashovchi qush.
TRAVMA \yun. trauma — yara, shikast, lat] Jismoniy yoki ma'naviy shikast, lat. Miya travmasi.
Ishlab chiqarish travmasi.
TRAVMATIZM Biror muhit, faoliyat sohasida sodir bo'ladigan shikastlar, trav-malar majmui.
Keyingi vaqtlarda trav-matizmga qarshi kurash masalalarini ishlab chiqish yo'lida ko'p ishlar
qilindi. Gazetadan.
TRAVMATOLOG Travmatologiya bo'yicha mutaxassis, vrach.
TRAVMATOLOGIYA \yun. trauma, trauma-tos — shikast, lat + logos — fan, ta'limot] Tibbiyotning
travmalarni o'rganish, ular-ni davolash hamda oldini olish bilan shug'ullanadigan sohasi.
Ayniqsa, Toshkvnt travmatologiya va ortopediya ilmiy tek-shirish instituti bu sohada tuzukkina
ishlar qildi. «Guliston».
TRAGEDIYA [yun. tragoidia — echki qo'shig'i < tragos — echki + ode — qo'shiq; yunon mifologiyasida:
nabotot, vino va xursand-chilik ma'budi Dionis sharafiga echki qurbonlik qilinayotgan paytda
aytiladigan birinchi qo'shiq] 1 ad. O'ta keskin, o'tkir yoki kelishtirib bo'lmaydigan hayotiy
ziddi-yatlarni tasvirlovchi va ko'pincha qahra-monning o'limi bilan tugallanuvchi dra-matik
asar. Shekspirning «Gamlet» trage-diyasi.
2 Dahshatli voqea, hodisa; mudhish ah-vol; fojia. Jizzax qo'zg'oloni stixiya bi-lan boshlanib,
beqiyos tragediya bilan mag'lubiyatga uchradi. N. Safarov, Olovli izlar.
TRAGIK 1 Tragediya yozuvchi, tragediya muallifi.
2 Tragik rollarni ijro etuvchi artist.
TRAGIK 1 Tragediyaga, fojiali dra-matik asarlarga oid; tragediyaga xos bo'lgan. Tragik asar.
Tragik janr. Tragik aktyor.
2 Fojiali, fojiaviy. Teshaboy kam-bag'allarning o'z bolalarini boqolmay, boy¬
166
larning eshigiga tashlab, «otalik huquqi-ni» ularga o'tkazib ketganlari haqidagi tragik
voqealardan anchagina gapirib ber-di. SH. Rizo, Qor yog'di, izlar bosildi.
TRAGIKOMEDIYA [tragediya + komediya] ad. Yechimi kulgili, beo'xshov, yopishmagan holatlar bilan
bog'liq fojiaviy (trage-diyaviy) ziddiyat asosita qurilgan, qaxra-monning o'limi taqozo
etilmaydigan dra-matik asar.
TRADITSION q. an'anaviy. Qo'shnimiz Farg'oni oblasti paxtakorlari bilan tra-ditsion musobaqa
bizga katta yordam ko'r-satmoqda. Gazetadan. Sizning traditsion janr — aruzdagi asarlaringiz
tevaragida qizg'in bahslar bo'ldi. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
TRADITSIYA [lot. traditio — yetkazish, o'tkazish; hikoya qilib berish] q. an'ana. Olimpiada
o'yinlari — xalqaro sport hara-katining yaxshi traditsiyasidir. Gazetadan. Jamoat ko'riklari,
tomoshabinlarning kon-ferentsiyalarini o'tkazib turish turmushga singib, tradishyaga aylandi.
Gazetadan.
TRAEKTORIYA [lot. trajectus - siljish, jilish, surilish] Harakatdagi nuqta yoki jismning
tekislikdagi, fazodagi yo'li, izi. Harakat traektoriyasi. Snaryad traek-toriyasi. Yerning
sun'iy yo'ldoshi traek-toriyasi. mm Jism harakatlanayotgan chiziq harakat traektoriyasi deb
ataladi. «Fi-zika». Ko'p bosqichli kosmik raketa ilgari-dan qat'iy belgilangan traektoriya
bo'yicha Oyga uchib bordi. Gazetadan.
TRAKT [nem. Trakt < lot. tractus — sud-rash, tortish; siljish, yurish; yo'l] Katta yo'l. Katta
O'zbekiston trakti. Suv trak-ti. mm Shahar chekkasidagi so'nggi uylar ham orqada qolib ketdi,
mashina tezligini oshirib, qor bosgan cho'l traktidan uchib bo-rardi. Gazetadan.
TRAKTAT [lot. tractatus — muhokama qilish, ko'rib chiqish] Ayrim masalaga ba-g'ishlangan ilmiy
asar, risola. Falsafiy traktat.
TRAKTIR \lot. tracto — mehmon qila-man, ziyofat qilaman] O'tmishda Rossiyada: past darajali
restoran va shunday resto-rani bo'lgan mehmonxona.
TRAKTOR [lot. tractor < trahere — sud-ramoq, tortmoq] Turli xil mashina, me-xanizm va b.
xil qurollarni tortuvchi, ularning harakatga keltiruvchi va yuk tashuv-chi o'ziyurar mashina.
G'iyadirakli traktor. Gusenitsali traktor. Haydov traktori. Chopiq traktori. Traktor
haydovchisi. Yerga traktor solmoq. Yerni traktor bilan hay-damoq. mm Uchta traktor sekin-sekin
yurib, past-balandlarni surib, tekislab borardi. E. Raimov, Ajab qishloq. Og'ir to'pni sudrab
ketayotgan traktor buzilib, yo'lni to'sib qo'yibdi. I. Rahim, Chin muhabbat. Zamona-viy qishloq
xo'jaligini kuchli traktorlar, murakkab mashina va mexanizmlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Gazetadan.
TRAKTORIST s. t. q. traktorchi. San'at-kor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi,
bir traktorist uni savodsiz-likda aybladi. A. Qahhor, Asarlar.
TRAKTORSOZ (asosan, ko'pl. shaklida -traktorsozlar) Traktor ishlab chiqaruvchi. Bola
Samandarovning traktorsoz usta ekanligiga juda amin bulsa kerak, qattiq bosh irg'itdi. A.
Qahhor, Qo'shchinor chi-rokdari. Toshkent traktorsozlari shanba-likni mehnatda eng yuksak
unumdorlikka erishish bilan nishonlashga ahd qildilar. Gazetadan.
TRAKTORSOZLIK Traktorlar ishlab chiqarish; sanoatning traktorlar ishlab chiqaradigan sohasi.
Traktorsozlik zavodi.
TRAKTORCHI Traktor haydovchi shaxs. Ayni sahar paytida Kelar yoqimli ovoz, Traktorchi Tursunboy
Yerni haydab qilar soz. «Qo'shiqlar».
TRAKTORCHILIK Traktor haydash ishi, kasbi. Barnovoyning qizi Buxoroga o'qishga ketarmish, yana
qanaqasiga deng, traktor-chilikka. N. Aminov, Muyassar.
TRAMVAY \ingl. tramway < tram — va-gon + way — yo'l] 1 Elektr kuchi bilan ishlaydigan, bir
yoki birdan ortiq vagon-dan iborat, yo'lovchi tashuvchi shahar temir yo'l transporti. Yigitali
azbaroyi xur-sandligidan tramvayga o'tirishni ham unu-tib, ijara kulbasi tomon piyoda ketdi.
D. Nuriy, Osmon ustuni. Tramvayning ol-didan maxma ortilgan uzun mashina kesib o'tdi-yu,
qattiq tormoz zarbidan vagon qalqibketdi. O'. Usmonov, Sirli sohil. El-murod Muharram bilan
xayrlashib, Xadraga kelganda, tramvaylar parkka kirib ketmoq-da edi. Shuhrat, Shinelli
yillar.
167 ^`^
TRAMVAYCHI Tramvayda, tramvay par-kida ishlovchi kishi.
TRAMPLIN [fr. tremplin] 1 Chang'ida uchish va suvga sakrash sportida mumkin qadar uzoqqa yoki
balandga sakrash uchun yasalgan maxsus moslama. Zal maxsus volei-bol o'ynash uchun yaroqsiz bo'lsa
ham.. kon`, ko-zyol, tramplin.. va boshqa sport inventar-lari bir chetga yig'ishtirib qo'yilgan
edi. A. Ubaydullaev, Hayot oqimi.
2 ko'chma Biror ishni boshlab yuborish, hujum qilish, sakrab o'tish va sh.k. uchun qulay joy, o'rin.
Siz xudbin odamsiz. Quri-lish siz uchun trestdagi va'da qilingan o'rin-ga sakrashga bir
tramplin, xolos. A. Muxtor, Tug'ilish.
TRANZISTOR [ingl. transistor < tran¬sfer) - o'tkazmoq, ko'chirmoq + (re)sistor — qarshilik] 1
Elektr signallarni (to'lqin-larni) kuchaytiruvchi yarimo'tkazgichli elek-tron asbob, element.
Kasal yotgan xonaga yurak urishini yozib oluvchi tranzistor asbo-bi o'rnatiladi. Gazetadan.
2 s. t. Tranzistorli priyomnik. Stol ustida magnitofon, tranzistor, fotoap-paratlar.
Mirmuhsin, Umid.
TRANZISTORLI Tranzistor o'rna-tilgan, tranzistori bo'lgan. Tranzistorli priyomnik.
TRANZIT [lot. transitus — o'tish joyi, yurib o'tish] 1 Bir mamlakatdan, joydan ikkinchi bir
mamlakatga, joyga ular o'r-tasidagi mamlakat, joy orqali passajir, yuk olib o'tish, o'tkazish.
Tranzitga yo'l ber-moq. Tranzit huquqi. Tranzit bilet. Tran-zit passajir. mm Tranzit
mashinalar Toshkentni aylanib o'tadi.. Gazetadan.
2 Yukni jo'natilgan joydan to mo'l-jallangan joygacha oraliq punktlarda tushirmasdan, boshqa
transport vosita-lariga ortmasdan to'ppa-to'g'ri olib borish, o'tkazish. Yuklarni tranzit qilib
(tranzit bilan) yubormoq.
TRANS- \lot. trans — orqali, orasidan, ichidan; orqasida; mobaynida] Baynalmi-lal o'zlashma
qo'shma so'zlarning birinchi qismi bo'lib: 1) biron-bir fazo, maydon orqali harakatlanib, uni
kesib o'tish (mas, transatlantik); 2) biror narsa ortidan, biror narsaning narigi tomonida
borish, joylashish (mas, transuranlar); 3) biror narsa vositasida ko'rsatish; belgilash,
yet¬kazish (mas, transliteratsiya) kabi ma'-nolarni bildiradi.
TRANSKRIPTSION Transkriptsiya (1, 2)ga oid, transkriptsiyaga asoslangan. Trans-kriptsion belgi.
Transkriptsion sistema.
TRANSKRIPTSIYA [lot. transcriptio -ko'chirib yozish] 1 tlsh. Biror tildagi nutq tovushlarining
talaffuzini shartli belgi va harflar vositasida aniq aks ettirish; shu maqsad uchun xizmat
qiladitan belgilar tizimi. Fonetik transkriptsiya. Dialek-tologik tadqiqotlarda
transkriptsiyadan foydalanish.
2 Boshqa tillardagi atoqli otlar, geo-grafik nomlar, ilmiy terminlar va sh.k. tarjima
qilinmaydigan so'zlarni maxsus belgilar tizimi orqali yoki muayyan mil-liy alifbo vositalari
orqali aks etti-rish; fonetik transkriptsiya.
3 mus. Biror soz yoki ovoz uchun mo'ljal-lab yozilgan musiqa asarini boshqa soz yoki ovoz ijrosi
uchun moslashtirish yoki uni ustalik bilan qayta ishlash.
TRANSKRIPTSIYALAMOQ Transkrip sion belgilar bilan yozmoq, oddiy yozuv belgilarini transkriptsiya
belgilari bi-lan almashtirib ko'chirmoq. Matnni trans-kriptsiyalamoq.
TRANSLITERATSIYA [trans. + lot. lit-tera — qarf! Biror alifbo asosida yozilgan matnlar yoki
alohida so'zlarni boshqa bir alifbo vositalari bilan harfma-harf aks ettirish. Yevropacha
nomlarningo'zbekcha trans-literatsiyasi.
TRANSLYATSION Translyatsiyaga oid, translyatsiya uchun xizmat qiladigan. Trans-lyatsion radiouzel.
TRANSLYATSIYA [lopg. translatio - uzatish; eshittirish, ko'rsatish] Musiqa, tasvir, nutq va sh.k.
ni radio, televidenie, simli aloqa vositalari orqali muayyan masofaga uzatish, eshittirish,
ko'rsatish. Spektakl` radio orqali translyatsiya qilindi. Futbol o'yini translyatsiyasini ko'rmoq.
TRANSPARANT \fr. transparent - ti-niq, shaffof] 1 Shior yozib, rasm, surat solib ramkaga
tortilgan, odatda orqa to-monidan nur tushirib yoritilgan mato yoki qog'oz (namoyishlarda,
reklama va e'lon-larda foydachaniladi). Bir kundan keyin da-la shiyponida shunday bir katta
trans-parant paydo bo'ldi: «Paxtakor, mana shu
168
besh kunlikda olgan majburiyatingni unut-ma!» Gazetadan. Odamlar tinchlikka, hamkor-likka
qaratilgan transparantlar ko'tarib yuribdilar. Gazetadan.
2 Bir tekis yozish uchun oq varaq ostiga qo'yiladigan, gorizontal yo'g'on qora chiziq-lar
chizilgan qalin qog'oz. Chiziqsiz qog'oz ostiga transparant qo'yib xat yozmoq.
TRANSPLANTANT tib. To'qima yoki a'zoning transplantatsiya uchun foydalani-ladigan qismi,
bo'lagi.
TRANSPLANTATSIYA [lot. transplantare — ko'chirib boshqa joyga o'tkazmoq] tib. Odam va
hayvonlarda patologik jarayon natija-sida shikastlangan yoki olib tashlangan to'qima va a'zolar
o'rniga sog'lomini ko'chi-rib o'tkazish (bir organizm doirasida yoki bir turdagi bir necha
organizmlar o'rtasida yoxud har xil turdagi organizmlar doirasi-da amalga oshiriladi). Qon
tomirlari trans-plantatsiyasi. Yurak transplantatsiyasi.
TRANSPORT [lot. transportare - olib bormoq, tashimoq, o'tkazmoq] 1 Xalq xo'ja-ligining yuk va
passajirlar tashish bilan shug'ullanuvchi tarmog'i va uning vositalari. Avtomobil` transporti.
Shahar transpor-ti. Temir yo'l transporti. tsh Qurilish materiallarini olib kelay desang,
trans-port yo'q.. «Mushtum». Piyoda, xuddi trans-port haydovchisi kabi, yo'l harkatining teng
huquqli ishtirokchisi hisoblanadi. Gazetadan.
2 harb. Oziq-ovqat, qurol-aslaha va sh.k. harbiy anjomlar tashiydigan kema.
TRANSPORTYOR \fr. transporteur < lot. transportare — olib bormoq, tashimoq] 1 Yuklarni
joydan-joyga to'xtovsiz uzatib turadigan qurilma; konveyer. Lentali transportyor. sht [Smena
masteri bilan In'omjonning] U yonidan-bu yonidan vagonet-ka guvullab yuguradi, oyog'ining
tagidan transportyor lentasi g'iqillab o'tadi. S. Ahmad, Mo'tti.
2 ayn. bronetransportyor.
TRANSPORTIR [fr. transporteur < lot. transportare — ko'chirmoq, olib o'tmoq] Gra-duslarga
bo'lingan yarim doira va chizg'ich-dan iborat burchak o'lchash va burchak yasash asbobi; burchak
chizgich.
TRANSPORTCHI Transport xodimi. Transportchilarimiz yetishtirilgan hosil-ning hammasshi qop-
qanorsiz tashib berishga va'da berdilar. Gazetadan.
TRANSURANLAR, transuran elementlar
[trans. + uran] Mendeleev davriy sistema-sida urandan so'ng joylashgan, deyarli ta-biiy holda
uchramaydigan (sun'iy yo'l bi-lan olinadigan) kimyoviy elementlar.
TRANSFORMATOR [lot. transformare -boshqachasiga o'zgartirmoq, aylantirmoq] O'zgaruvchan elektr
tokining kuchlanishini oshirib yoki pasaytirib beruvchi apparat. Kuchlanishni pasaytiruvchi
transformator. Kuchlanishni oshiruvchi transformator. Transformator qutisi.
TRANSFORMATSIYA [lot. transformatio — o'zgartirish] 1 tex. Energiya yoki ob'ekt-larning biron-
bir muhim xossa-xususiyati-ni transformator yordamida o'zgartirish. O'zgaruvchan tokni
transformatsiya qilish.
2 tlsh. Asosiy sintaktik tuzilmani til qonun-qoidalari asosida o'zgartirib, ik-kinchi bir
tuzilma hosil qilish (mas, Uqi-tuvchi qoidani tushuntirdi. // Qoida o'qi-tuvchi tomonidan
tushuntirildi.
TRANSFORMATSIYALAMOQ Trans-formatsiya qilmoq, o'zgartirmoq. Elektr tokini transformatsiyalamoq.
TRANSHEYA \fr. tranchee — chuqur, xan-daq, zovur < trancher — qirqmoq| 1 harb. Jang olib
borish, dushman zarbalaridan sakdanish, yashirin harakat qilish uchun moslashtirilgan, atrofi
tuproq ko'tarma-li tor, uzun, chuqur zovur, xandaq. Yo'lning pastki tomonida vayrona
stantsiyalar.. uzun-dan-uzoq transheyalar.. stvollari yerga san-chilgan to'plar.. ortda qolib
borar edi. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz. U «Vzvod kela qolsa edi, bularni ushlab olardik»,
degan xayolda transheyalar bilan vzvodga jo'nadi. I. Rahim, Chin muhabbat. Har qadamda.. kala-
mushning uyasiga o'xshagan okop, transheya. A. Qahxrr, Oltin yulduz.
2 maxs. Biror maqsadda qurilgan, kov-langan zovur, chuqur. Silos transheyasi. Poy-devor
transheyasi. Vodoprovod quvurlari yot-qiziladigan transheya.
TRAP [goll. trap — zina, narvon] 1 Kema ichidagi, shuningdek, kemaga chiqish-tushish uchun xizmat
qiladigan, arqon, yog'och yoki metalldan ishlangan maxsus narvon, zina. Arqon mpan. mm Kema
trapidan tushayotgan mehmonni zirhlari yaltirab turgan ikki robot kuzatibborardi. M.
Mahmudov, Mangu kuy izlab.
169 dh^
2 Samolyot, vertolyot va sh.k. ga chiqish-tushishda foydalaniladigan maxsus zina; muvaqqat
narvon. Samolyotga trap qo'yib bo'lmadi. Odamlar balanddan bir-birining ustiga o'zini
tashlamoqda.. edi. A. Muxtor, Qanoti singan orzu.
TRAPETSIYA \yun. trapezion — stolcha] mat. Ikki tomoni o'zaro parallel bo'lgan, qol-gan ikki
tomoni parallel bo'lmagan to'rt-burchak.
TRASSA [nem. Trasse < lot. tractare — chizmoq, chiziq tortmoq] 1 Yerda yoki xarita-da kanal,
yo'l, gaz quvuri, aloqa liniyasi va sh.k. ning qanday o'tishini yoki qanday o'tkazilishi
kerakligini yoki samolyot, ke-ma harakat yo'nalishini ko'rsatuvchi chiziq, iz. Samolyot uchadigan
trassani belgilamoq. Toshkent metrosining trassasi. Buxoro— Ural gaz quvuri trassasi. sht
Kanal trassa-sidagi yerning yuqori qatlami bir metr chamasida toshdek qattiq ediki, unga tek-
kan kovsh, toshga tekkandek, sapchib ketar-di. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
2 Uzoq masofali katta qatnov yo'li, yo'l. Mamlakatning temir yo'l trassalari. Avtomobil`
trassasi. shsh Sportchilar o'z-larining mashinalarini tekshirishdan o't-kazdilar, motokross
trassasi bilan ta-nishdilar, trassada bir necha kun mashg'ulot o'tkazdilar. Gazetadan.
TRAULER [ingl. trawler < trawl — yoyma to'r] deng. Baliq va b. dengiz jonivorlari-ni tral
(konussimon to'r qop) yordamida ovlash va ularga dastlabki ishlov berish uchun mo'ljallangan
dengiz kemasi.
TRAFARET [ital. traforetto — teshib, ilma-teshik qilib tashlangan < lot. trans-forare —
teshmoq] 1 Gul, naqsh solish, be-zakli xat yozish va sh.k. uchun belgilangan o'y-ma andaza va
shunday andazadan foydalanib, bo'yoq bilan devor, plakat va sh.k. ga solin-gan gul, naqsh.
Trafaret bilan gul solmoq. Devorlarga chiroyli trafaretlar solingan. sht Rasm solinishi lozim
bo'lgan har bir buyum uchun o'zining andazasi — trafareti tayyorlanadi. Gazetadan. -Men bu
kishining didlariga qoyil bo'ldim, amaki, — dedi Nabi-gulning akasi, — uylarini ko'kimtir
bo'yoq bilan trafaret qildirgan ekanlar, hafsa-la qilib, chiroqlariga shu rangdagi abajur ham
qo'yibdilar. A. Qahhor, Qanotsiz chit-tak.
2 O'ylamasdan amal qilinadigan, tayyor holdagi namuna; qolip. Hatto, aytish mum-kinki,
fol`klordagi tayyor traditsion tra-faret iboralar o'rniga yangilari qo'llanmoq-da. «O'TA».
TRAXEIT [ingl. tracheitis] Traxeya shil-liq pardasining sovuq yoki ayrim yuqumli kasalliklar
oqibatida yallig'lanishi.
TRAXEYA [yun. tracheia - kekirdak] Ke-kirdak — nafas yo'llarining hiqildoqdan keyingi qismi.
TRAXOMA \yun. trachus - g'adir-budur] tib. Ko'z shilliq pardasining surunkali yallig'lanishi
bilan kechadigan yuqumli kasallik; shilpiq.
TREVOGA [r. trevojit` — «tashvishlan-tirmoq, xavotirga, vahimaga solmoq» fl. dan yasalgan ot]
Xavfli holat va undan ogoh-lantiruvchi signal. Havo trevogasi. Trevoga signali. mm Trevoga
e'lon qilinishi bilan soldatlar daraxt panalariga, o'ydim-chuqur joylarga o'zlarini oldilar,
butun kolonna yerga yotdi. I. Rahim, Chin muhabbat.
TRED-YUNIONIZM \ingl. tradeunio nism] Ishchilar va kasaba uyushmalari hara-katida
mehnatkashlarning ahvolini yaxshi-lash yo'lida islohotlar o'tkazish talab-larini olg'a suruvchi
oqim.
TRED-YUNIONLAR \ingl. trade - kasb-hunar + union — birlashma, uyushma] Buyuk Britaniya,
Avstraliya, Yangi Zelandiya va b. ba'zi inglizzabon mamlakatlarda kasaba uyushmalari.
TREYLER \ingl. trailer < trail - tortmoq, sudramoq] O'ta og'ir, odatda 100 tonnagacha bo'lgan
yaxlit yuklarni tashishga mo'ljal-langan tirkama transport vositasi.
TREK [ingl. track — iz, yo'l] Velosiped va mototsikl sporti bo'yicha o'tkaziladigan turli mashq
va poygalar uchun doira shaklida qurilgan, qiya, nishabli burilishlari bo'l-gan maxsus yo'l,
yo'lka. Velosiped treki.
TRENAJYOR \ingl. train — o'rgatmoq, mashq qildirmoq] 1 maxs. Muayyan kasbiy mala-kalar
orttirish, mashina, mexanizmlarni boshqarishni o'rganish uchun mo'ljallangan moslama.
2 sprt. Jismoniy mashklar vositasida turli xil muskullarni o'rgatish, chiniq-tirishga yordam
beruvchi moslama, qurilma.
TRENER \ingl. trainer < train - o'rgat-moq, mashq qildirmoq] Sportning biror
170
turi bo'yicha sportchilar tayyorgarligiga rah-barlik qiluvchi mutaxassis. Futbol jamoa-sining
treneri. mm Trener menga qo'lqop be-rayotib: -Yuragingni saqla! — dedi. I. Ra-him, Chin
muhabbat. Bu shaharda ko'pgina sport ishlarini jamoatchi trener va instruk-torlar olib
bormoqda. Gazetada. Trener sho-girdini hayajonlanmaslikka undar, so'nggi maslahatini berardi.
Gazetadan.
TRENERLIK Trener ishi, kasbi. Tre-nerlik qilmoq.
TRENING [ingl. training — o'rgatish, tar-biyalash, mashq qildirish] Trenirovka ti-zimi, mashq,
mashg'ulot rejimi (q. treni-rovka).
TRENIROVKA [r. < ingl. training] 1 Ma'-lum sifat-xususiyatlarga ega bo'lish yoki ularni saqlab
qolish uchun muntazam ra-vishda amalga oshiriladigan mashqlar, mashg'ulotlar.
2 Muayyan reja asosida sportchini, uning organizmini o'z kuchini maksimal namoyon qilishga,
chidamlilik, tezlik, chaq-qonlikka va g'alaba uchun intilishga tayyor-lab borish.
TREPANATSIYA [fr. trepanation < trepan — parma] tib. Suyak bo'shlig'ini, mas, kalla suyagini
teshib ochishdan iborat jarrohlik operatsiyasi.
TREST [ingl. trust — ishonch] iqt. 1 Mono-poliya shakllaridan biri — tadbirkorlar (firmalar)
ning iqtisodiy birlashmasi; bunda ishtirokchilar o'zlarining avvalgi ishlab chiqarish, tijorat va
yuridik mus-taqilligini to'la yo'qotib, yagona boshqa-ruvga bo'ysunadilar.
2 esk. Sobiq SSSR mamlakatlarida: mah-sulotlarning bir turdaligi yoki xomashyoga ishlov berish
bosqichlari bo'yicha o'zaro bog'langan korxonalar birlashmasi.
TRIBUN \lot. tribunus — armiya qo'mon-doni; oddiy xalq huquqlarini himoya qi-luvchi vakil]
Otashin notiq va publitsist bo'lgan yirik jamoat arbobi.
TRIBUNA \fr. tribune < lot. tribunal] 1 Notiqchiqib so'zlaydigan, rahbarlar o'z mu-lozimlari
bilan turadigan (o'tiradigan) baland joy; minbar. Tribunaga chiqib so'z-lamoq. mm
Tribunalarda dig`yumatik korpus a`zolari turibdshshr. Gazetadan. Tribunalar-da shu gap,
televizor ekranlari, reklamalar-da shu mavzu. E. Oxunova, Ikki okean osha.
2 ko'chma Ijtimoiy faoliyat olib borish uchun vosita bo'lgan soha, joy.
3 Stadionlar va maydonlarda tomosha-binlar uchun o'rinlar tobora yuqorilab boradigan
qatorlarda joylashtirilgan qu-rilma, inshoot. Tribunalar tomoshabinlar bshshn liq to'la.
TRIBUNAL [lot. tribunal - sud qila-digan joy] Sud hay'ati; favqulodda yoki ixtisoslashgan
sud, unda asosan harbiy xizmatchilar, harbiyni o'tovchilar jinoya-ti bo'yicha ishlar ko'riladi
(Mustaqil Dav-latlar Hamdo'stligi mamlakatlarida, jum-ladan O'zbekistonda). Bu asilzodani
o'rtoq Qambarovga olib borib topshir! Tribunal oldida javob bersin! B. Rahmonov, Mardlar
qissasi.
TRIGONOMETRIK Trigonometriyaga oid. Trigonomeshrik funktsiya. Trigonomepgrik jadval.
TRIGONOMETRIYA [yun. trigonon - uch-burchak + metreo — o'lchayman] Matematika-ning uchburchak
tomonlari va burchaklari o'rtasidagi bog'lanishlarni o'rganadigan bo'limi.
TRIKO [fr. tricot < tricoter - to'qimoq] 1 Ustki kiyimlar tikish uchun ishlati-ladigan,
jimjimador qilib to'qilgan jun gazlama. Kostyushik triko. Triko shim.
1 Trikotaj to'qimadan tikilgan, gavda-ga yopishib turadigan sport yoki teatr kos-tyumi. Darvoza
ochilib, yo'g'on qomatini sport-chilar kiyadigan qalin triko siqib turgan Shamsi To'raevich
ko'rindi. N. Aminov, Su-varak.
TRIKOTAJ [fr. tricotage < tricoter -to'qimoq] Mashinada ilmoqlab to'qilgan mato va undan
tayyorlangan kiyim (paypoq, kofta, shapka, ko'ylak-lozim va sh.k.). Ipakli trikotaj. Jun
trikotaj. mm Trikotaj sexida ellik ishchiga mo'ljal-langan ishlab chiqarish uchastkasi foyda-
lanishga topshirildi. Gazetadan. Respublika sanoati mineral o'g'shp.. konservalar, tri-kotaj
kiyimlar ishlab chiqarish rejasini bajardi. Gazetadan.
TRILLER \ingl. thrill — asabiy titroq, hayajon(lanish)] Sarguzasht fil`mlar, ba-diiy
asarlarning tomoshabinlar yoki o'quv-chilarda tashvish, vahima, bezovtalik, qo'r-quv uyg'otuvchi
o'ziga xos voqea, epizodlari bo'lgan alohida turi.
TRILLION [fr. trillion < lot.\ Ming milliardga teng son, ming milliard (1 ra-qami va 12
ta, ba'zi mamlakatlarda 18 ta noldan iborat). Geologlar bu yerda [Qizil-qumda\, xuddi
okeanshunoslar singari, tril-lionlar bilan ish ko'rishadi. A. Muxtor, Davr mening taqtsirimda.
TRILOGIYA [yun. trilogia < tri - uch + lo¬gos — so'z] ad., mus. Bir muallifnint umu-miy mavzu,
yetakchi g'oyasi, syujet aloqa-dorligi bilan bir butunlikni tashkil etuvchi uch (badiiy, musiqiy
yoki sahnaviy) asari. Birinchi bor o'zbek adabiyotida bir muqova ostida uch kitobni o'z ichiga
oluvchi mukammal badiiy trilogiya paydo bo'ldi. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
TRIO [ital. trio < lot. tres — uch] 1 Uch-ta ijrochi (xonanda yoki sozanda)dan ibo-rat
ansambl`. Bayanchilar triosi. Xonandalar triosi.
2 Uch ijrochi (xonanda yoki sozanda) uchun yozilgan musiqa asari.
TRIOD [yun. tri + (elektr)od] Katod, boshqaruvchi to'r va anoddan iborat uch elektrodli lampa.
TRIPPER [nem. Tripper < trippen—tom-moq, oqmoq] ayn. so'zak I.
TRIPSIN [yun. thrypsis — suyultirish] tib. Me'da osti bezida hosil bo'ladigan, ovqatni hazm
qildiradigan ferment.
TRIPTIX \yun. tri ptychos — uch buklan-gan, qatlangan] snt. Umumiy, yagona g'oya, mavzu va
syujet bilan bog'langan, uchta rasm, manzara va sh.k. dan tashkil topgan tasvi-riy san'at
asari.
TRITII \yun. tritos — uchinchi] Vodo-rodning massa soni 3 bo'lgan radioaktiv izotopi (atom
yadrosi bitta proton va ikkita neytrondan iborat).
TRITON \yun. Triton — yunon mifo-logiyasida: tanasi odamsimon, oyoqlari o'rnida baliq dumi
bo'lgan dengiz ma'budi] 1 zool. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika-da yashovchi, salamandralar
oilasiga mansub dumli amfibiyalarning bir turi.
2 astr. Neptun sayyorasining ikkita yo'ldoshidan biri.
TROLLEYBUS [ingl. trolleybus < trolley - rolikli tok o'tkazgich (ulagich) + bus — (avto)bus]
Elektr kuchi bilan yuradigan, yo'lovchi tashuvchi rel`ssiz shahar transport mashinasi. Trolleybus
parki. mm Avshobus, pgrolleybus, tramvaylar muntazam ishlab turgan vaqtdagina yo'lovchi hech
qanday qiyinchiliksiz ishxonasiga kayfiyati chog' holda kirib keladi. Gazetadan. Ahmad erta-
siga, menga kelayotganida tok bo'lmay, trol-leybus to'xtab qolganini aytdi. F. Mu-sajonov,
Himmat.
TROMB [yun. thrombos - yumaloqlangan; ivigan, quyulib qolgan narsa] tib. Qon tomirlari yoki
yurak bo'shlig'ida ivib qolgan qon yoki limfa tomirlarida ivib qolgan limfa.
TROMBOZ [«tromb» s. dan] tib. Qon tomirlarida va yurak bo'shlig'ida qonning ivishi va buning
natijasida qon oqimi-ning qiyinlashuvi yoki umuman to'silishi.
TROMBON \ital. trombone - katta tru-ba] Past keskin tovush chiqaradigan, tovush balandligi
surma yoki klapanli mexanizm bilan o'zgartiriladigan, misdan qilingan puflama musiqa asbobi.
Yorqin tuyg'ularni ifodalovchi skripka va fleytalar kuyiga bora-bora kontrabas va
trombonlarning yo'g'on.. ohanglari qo'shildi. P. Qodirov, Uch ildiz.
TROP \yun. tropos - burilish, aylanish] q. ko'chim.
TROPIK [yun. tropikos — burilishli, aylanishli] 1 Yer yuzasidan ekvatordan 23° 27' shimolda yoki
23°27' janubda unta parallel ravishda o'tkazilgan ikki fara-ziy doiraviy chiziqning har biri;
mador. Tropikdan o'tmoq.
2 Shu ikki chiziq o'rtasida, ekvatorning ikki tomonida joylashgan eng issiq min-taqa. Tropikda
yashamoq.
TROPIK Tropiklarga oid, Yer shari-ning eng issiq mintaqasiga, tropiklarga xos bo'lgan, shu
yerda bo'ladigan, joylashgan. Tropik mamlakapglar. Tropik o'simliklar. Tropik kasalliklar.
Tropik siklon.
Tropik yil Quyosh markazining bahorgi tengkunlik nuqgasidan ketma-ket ikki mar-ta o'tishi
orasidagi vaqt, davr.
TROPIKLAR Tropikda joylashgan yer-lar, tropik mamlakatlar, o'lkalar.
TROPOSFERA \yun. tropos - burilish; o'zgarish + sfera — sfera] Atmosferaning Yer yuzasi ta'siri
aniq seziladigan, 10 dan 18 kilometrgacha bo'lgan quyi qatlami.
TROS [goll. tros] Tolali materiallar, po'lat simlar, sun'iy tolalardan eshilgan, pishiq yo'g'on
arqon, kanat. Doniyorbekov bloknotidan bir varaq yirtdi-da, «Xiyol! Qanday bo'lsa ham trosni
belingga bog'la, bor kuching bilan unga osil, bu yoqdan tortib olamiz!» deb yozdi. I. Rahim,
Taqtsir. Lebyod-ka [chig'ir] qattiqroq ishlaganda, uning g'altagiga o'ralayotgan yo'g'on tros tutab
ketganday ko'rinadi. P. Qodirov, Erk.
TROTUAR [fr. trottoir < trotter - mayda qadam tashlab yurmoq] Ko'chaning chekkasida, qatnov
yo'li bilan uylar o'rtasida piyoda-lar uchun qurilgan yo'lka. Keng trotuar. Asfal't trotuar. tsh
G'ulomjon ikki cheti-ga qator mirzaterak o'tqazilgan keng ko'cha-ning salqin trotuarida janub
tomon borar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TRUBA [ital. tromba] 1 Suyuklik, gaz, bug' va sh.k. ni o'tkazish uchun yasalgan, odat-da,
doiraviy kesimli, uzun, ichi kavak mah-sulot. Sopol truba. Cho'yan truba. Vodoprovod trubasi.
ish Stantsiya shaharning o'rtasida edi. To'rt tomonda baland-balaid truba-lardan quyuq qora tutun
buruqsib chiqib, ko'kka intilmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 mus. Baland ochiq tovush chiqaradigan puflama musiqa asbobi. Truba chalmoq. ish Truba — mis
duxovoy [puflama] asboblar to'dasida eng bs`shnd (yuqori), ochiq va ravshan tovush beradigan
asbob. I. Akbarov, Muzika savodi.
TRUBACHI Truba chaluvchi sozanda yoki signalchi. Ikki o'rtoq bir qo'liga qadah, ikkinchi qo'liga
mezbon xotin yangigina olib kelgan kabobdan olib, endi vinoni yarmigacha shimirgan edi, polk
trubachiei trevoga chalib qoldi. Shuhrat, Shinelli yillar.
TRUBKA \ital. tromba] 1 Ingichka truba, naycha. Rezina trubka.
2 maxs. Cho'ziq truba shaklidagi turli asboblar nomi. Rentgen trubkasi. Televi-zorning
elektron-nur trubkasi. shsh -Qo'li singanga ham trubka qo'yadimi? — dedi mu-rabbiya Ahmadga
qarab. Oydin, Bolalik uyda g'iybat yo'q.
3 Telefon apparatining eshitish va so'zlash uchun xizmat qiladigan qismi. [No-dirjon] Telefon
jiringlashi bilan cho'chib keshdi, apil-shapsh trubkani olib, qulog'iga tutdi. A. Muhiddin, Chap
cho'ntak.
4 Bir tomoni tamaki solinadigan ki-chik kosachaga, ikkinchi tomoni mushtukka ulangan ichi bo'sh
naychadan iborat chekish asbobi. Chol esa indamadi-yu.. trubkasji chu-qur tortib qo'ydi. M.
Mahmudov, Mangukuy izlab.
TRUBOPROVOD [truba + r. provodit` - «o'tkazmoq» fl. dan] Uzoq masofaga suyuq-lik, gaz yoki
qattiq materiallarni quvur-lar orqali yetkazib beradigan inshoot yoki inshootlar majmui.
Tabiiy gazning dast-labki million kubometrlari truboprovod magistraliga oqizilmoqda.
Gazetadan.
TRUBOPROVODCHI Truboprovod o'tka-zuvchi, uni ta'mirlovchi shaxs, mutaxassis.
TRUPPA \nem. Truppe - qism, bo'lin-ma, guruh] Teatr yoki sirk artistlari jamoasi. Balet
truppasi. shsh O'sha vaqtda Qo'qonga gostrolga kelgan har xil truppa-lar rus, tatar, ozarbayjon
tillarida spektakllar ko'rsatar, ot o'yin — sirk tomoshalari bo'lib turardi. «UTA». 1927 yilda
Samarqandda tashkil topgan «Ko'k ko'ylak» truppasiga Manas Levievni ham qabul qil-dilar.
Gazetadan.
TRUSI \r. trusi < ingl. trousers — shim] Ichdan kiyiladigan kichik ishtoncha, shun-day sport
kiyimi. Biz trusi, maykalari-mizni kiyib kelguncha, komandamiz saf tort-gan edi. R.
Azizxo'jaev, Yashil chayla.
TRUSICHAN Faqat trusi kiygan, faqat trusida bo'lgan. Ichkaridan trusichan, olti yoshlardagi bir
bola burnini tortib chiqdi. S. Ahmad, Tog' afsonasi.
TRYUM [goll. truim - uy, xona] Kemaning pastki palubasi bilan kema tubi, eng osti
o'rtasidagi, odatda, yuklarni qo'yish va b. maqsadlar uchun foydalaniladigan oraliq joy.
Xizmatga zarur bo'lgan olti-yetti matros va mashina bo'limidagilardan tash-qari hamma tryumga
qamaldi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.
TRYUMO [fr. trumeau] Devorga taqab tikka qilib qo'yiladigan katta toshoyna.
TUB 1 ot Tag, ost. Paqirning tubi. Dengiz tubi. shsh Sakkiz bul`dozer kanal tubini o'yib,
mashina xartumiga qamrab ol-gan tuproqni yuqoriga surib chiqarardi. «O'zbekiston qo'riqlari».
Bog'ning etak tomoni chuqur jarlik. Uning tubida.. bir tegirmoncha eye qishin-yozin to'xtamay
oqib yotadi. M. Osim, Tilsiz guvoh.
Tub joy O'zi yashaydigan yer, joy; asl o'ziga mansub joy. Tub joy itidan ko'ra musofir itning
quturgani yomon bo'ladi.. A.
Qahhor. O'tmishdan ertaklar. Tub kon Yer osti koni. Hozir biz asosan tub konlarni izlab
topishimiz kerak, nazarimda. S. Karomatov, Oltin qum. Tub qo'ymoq Asos olib o'rnash-moq,
barqaror joylashmoq. Bu qishloq suvini bir ichgan odam, tamom, shu yerda tub qo'yib, shdiz otib
ketmay iloji yo'q. F. Nasriddi-nov, Oltin odamlar. Tubi ochildi ayn. tagi ochildi q. tag.
[Tantiboyvachcha] Birinchidan, ishning tubi ochilishidan vahimaga tushdi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Tubiga yetmoq ayn. tagiga yetmoq q. tag. Qalb (yoki ko'ngil, yurak) tubi Qalbning eng
chuqur, nozik yeri. Shu mitingda Murzin ham bor edi. Rosa quloq solib tingladi. Qalbi tubida
qandaydir kuch uyg'ondi. Shuxrat, Shinelli yillar. Elmu-rod uning yonida o'tirar va bu so'nggi
kunda unga nimadir degisi kelar, lekin ko'nglining tubida yig'ilgan gaplarshsh ifodalashga payt
ham, so'z ham topolmas edi. P. Tursun, Uqi-tuvchi.
2 ot ko'chma Pirovard natija, oxir-oqibat; asos, zamir. Sabr tubi — oltin. Maqol. mm Yo'q,
o'rtoq Nizomov, biz tavak-kal qilmaymiz. Tavakkalning shubi — pgosh, boshingni ursang —
yoriladi. Shuhrat, Shi-nelli yillar. Bu so'zlarning tubida juda katta rashk borligini sezdim.
M. Qoriev, Oydin kechalar.
3 Mohiyat e'tibori bilan asosiy bo'l-gan; asl, birlamchi. Yordamchi va shaxsiy xo'-jaliklarsh
rivojlantirish kundalik tur-mushimizning tub masalalaridan bo'lib tu-ribdi. «Mushtum». Adib,
hayotga faol mu-nosabatda bo'lish — yozuvchi mehnatining tub mohiyati, debhisoblagan. Gazetadan.
4 tlsh. Qismlarga bo'linmaydigan, yasa-mabo'lmagan. Tubso'z. Tub terminlar. mm Cod-da terminlar
o'z o'rni bilan ikkiga bo'linadi: tub va yasama terminlar. «UTA».
TUBAN 1 Quyi, past. -Xizmat? O'ti-ringlar, — a'lam tetik, ayyor ko'zlari bilan keluvchilarga
razm solib, tubanroqdan joy ko'rsatdi. Oybek, Ulug' yo'l. Kema tuban oqib boradi, Bo'ron uni
qirga oladi. E. Rahim. Qulmurodning bu so'zlarini eshitgan Shokir qizarib-bo'zarib ketdi va
nima deyishini bilmasdan, boshini tuban soldi. S. Ayniy, Qullar.
2 ko'chma Mavqei, xislatlari, sifati va sh.k. jihatidan quyi darajali; past, ar-zimas. Tuban
odam. mm Aqlga kelganda, mulla
Sultonquldan ancha pastda, tegirmonchidan esa juda ham tuban turadi. A. Qodiriy, Obid
ketmon. Hayot oqimidan sokin, uning talabidan tuban yashash o'qituvchini beobro' va beqadr
siladi. R. Usmonov, Odobnoma.
3 ko'chma Hayot, axloq talabi nuqtai na-zaridan yomon, yaramas. U[Fazliddin] yaqinda yana ichib
kelib, onasini eng tuban haqorat-lar bilan tuproqqa qorib tashladi. M. Is-moiliy, Odamiylik
qissasi. Giyohvandlik-ning qanday qilmishlarga sabab bo'lishi, fo-hishabozlikning naqadar
jirkanch, tuban ekanligini yashirmay-netmay ko'rsatmoqda-miz. Gazetadan. Boshqa iloj qolmagach,
ona eng tuban va jirkanch bir «hunar»ga tutindi; do'kondorlarga, mulkdorlarga, badavlat
odam-larga yanada ziyoda davlat tilab, xayr-sada-qa so'ray boshladi. P. Tursun, O'qituvchi.
TUBANDA rvsh. Quyida, pastda. Bu haq-da tubanda so'z boradi. Tubanda keltirilgan misollar.
mm Shuning uchun biz, ayollar bun-day kishilarga tegishli chora ko'rilishini talab etamiz, deb
tubanda qo'l qo'yuvchilar. P. Tursun, O'qituvchi.
TUBANDAGI Quyida aytilgan, zikr qi-lingan, ko'rsatilgan, quyidagi. Tubandagi faktlar
(raqamlar).
TUBANLASHMOQ 1 kam qo'll. Pastlash-moq, pastroqtushmoq. Bulutlar tubashashib, daraxt cho'qqilarini
qopladi.
2 ko'chma Pastlashmoq, razillashmoq, tu-banlikka, razolatga yuz tutmoq.
TUBANLIK 1 Past qolatga egalik, past ekanlik. Sodiq qo'lidagi xanjarini bir-ik-ki qayta
solib ko'rsa ham, tegdirish uchun kesmaning tubanligi xalal berdi, lekin o'zi tetik edi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 ko'chma Tuban shaxsga xos holat-xususi-yat; tuban xatti-harakat, razolat. Ilg'orlik bilan
qoloqlik, samimiylik bilan hasad, oliyjanoblik bilan tubanlik.. to'qnashadi. Shukrullo,
Javohirlar sandig'i. Ayol kishiga qo'l ko'tarish — ojizlik belgisi, tubanlik — madaniyatsiz/tk
belgisi. Gazetadan.
Tubanlikka bormoq (yoki ketmoq) Tuban holat, xususiyat kasb etmoq; tubanlashmoq. Pastkash
ishlar bilan shug'ullanadigan kim-salar.. shunday tubanlikka borib, kishilar-ni aldaydi,
qalloblik qiladi.. Mirmuhsin, Umid. Izzat-hurmat ko'rgan odamni tah-qirlasang, tubanlikka
ketasan. Gazetadan.
174
TUBDAN rvsh. Butunlay, tubli ravish-da, tag-tugi bilan, jiddiy ravishda. Ahvol tubdan
o'zgardi. Ish tubdan qayta ko'rildi. mm Delegatlar asosiy e'tiborni.. paxtachi-likni
rivojlantirishga, buning uchun kishi-lar bilan ishlashni tubdan yaxshilashga qa-ratdilar.
Gazetadan. Umida undan ko'p mar-talab eshitgan bu gapning daxshatini endi-gina tubdan
payqadi. A. Muxtor, Chinor.
TUBERKULYOZ [lot. tuberculum — shish, g'udda, do'mboq] q. sil.
TUBLI 1 Tubi, tagi bo'lgan, tagli. Chu-qur tubli daryo. Pachaq tubli paqir.
2 ko'chma Chuqur asosga ega bo'lgan, asosli. Maxmud Nurining gapiga mundoq razm solib qarasa,
ancha tubli. A. Ubaydullaev, Hayot oqimi. Navoiy katta kuch: u siyosatni tub-li biladi. Aqlga
boy, ham el-ulus orasida obro'si baland. Oybek, Navoiy. O'tgan yili.. paxtachilikni kompleks
mexanizatsiyalash ishida tubli burilish yasaldi. Gazetadan.
TUBSIZ 1 Tagi, tubi bo'lmagan, tagsiz. Tubsiz paqir.
2 ko'chma Tagiga yetib bo'lmaydigan, juda chuqur; chek-chegarasi yo'q. Tubsiz jarlik. mm Odamlar
yuragini o'rganish — go'yo poyonsiz osmon, shubsiz dengiz sirlarini o'rganishdek mushkul. YO.
Shukurov, Xalq bilan hamnafas. Tikilganing sari cheksiz va shubsiz tuyuluv-chi osmon olamni o'z
domiga tortib keta-yotgandek bo'ladi. F. Musajonov, Himmat. Ochil yana tubsiz o'ylar girdobida
qoldi. P. Qodirov, Uch ildiz.
TUBSIZLIK Tagiga yetib bo'lmaydigan, juda chuqur joy. Dovulning yovuzligini ol-qishlayotgan
bo'ron esa, kemalarga har ikki qanotdan hujum qshar, sher o'mrovli yirt-qich to'lqinlarni dam
olddan, dam ortdan keltirib urar, tubsizlik qa'riga g'arq qil-moqchi bo'lardi. J.
Abdullaxonov, To'fon.
TUVAK 1 Beshikka belangan bolaning siydik va axlati tushadigan beshik asbobi.
2 Konus shaklidagi sopol idish. Gul tuvak. mm Deraza yonidagi katta tuvakda sambitgul ko'm-ko'k
bo'lib yashnab turibdi. S. Zunnunova, Yangi direktor.
3 Itga ovqat beriladigan idish. Itining tuvagi oltindan q. it. TUVAKLI Tuvakka ekiladigan,
ekil-
gan, tuvakda o'sgan. Chiroyli gilamlar, tur-li haykallar.. tuvakli gullar bshan bezatil-gan
kabinetdan sira-sira ayrilgilari kelmaydi. «Mushtum».
TUVALAR, tivalar Rossiya Federatsiya-sidagi Tuva (Tiva) Respublikasining aso-siy aholisini
tashkil etgan xalq. Tiva xalqi.
TUVALOQ Tuvdokdar turkumiga mansub, ov qilinadigan, go'shti mazali yirik qush; tuvdoq.
Tuvaloq ovlash. Ko'lda yurgan qo'ng'ir g'oz cho'l qadrini ne bilur, Cho'lda yurgan tuva-loq ko'l
qadrini ne bilur? Maqol. it Kak-likdan tashqari, qirg'ovul, tuvaloq va shu kabi parrandalar
ham ovchilarning ko'zini o'ynatgan. «Fan va turmush».
Yo'rg'a tuvaloq Tuvalokdarnint bir turi. Hu ana.. issiqda mudrayotgan cho'lga fayz kiritib,
oqqushnikiday chiroyli bo'ynini g'oz tutgancha yo'rg'a tuvaloq yo'rg'alaydi. S. Anorboev, Go'zallik
izlab.
TUVDOQ ayn. tuvaloq.
TUVOQ Qozonning qopqog'i. Mis qozon-ga loy tuvoq. Maqol. mm Tuvog'i yo'q qozon, uning yonida
bir o'g'ir, bitta kuv turibdi. G'. G'ulom, Shum bola. Feruzaning o'chog'ida yana olov. Tuvog'i yopiq
dekchadan bug' ko'tariladi. S. Anorboev, Go'zallik izlab.
TUVCHA shv. Bir-ikki yoshli echki. Echki-nimi, tuvchasinimi sotib, puliga ozroq don olsakmikan,
bolam.. S. Is'hoqov, Olam go'zal.
TUGAL 1 Bitgan, chala yeri yo'q, oxiri-ga, poyoniga yetkazilgan. Tugsm ish. Tugal asar. mm Endi
bilishimcha, biz o'sha davrlarda o'y-nagan narsalarimiz hali tugal bo'lmagan, an-cha g'o'r asarlar
edi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman. Elmurod birinchi kuni besh vaqt namozni tugal o'qidi.
Ikkinchi kuni uchtasi-ni o'qib, ikkitasini qazo qildi. P. Tursun, O'qituvchi. Ona, tugal
yozishdan qaaamim ojiz. G'ayratiy.
2 To'la-to'kis. bekam-ko'st; to'liq, but. Tugal fikr. Tugal jumla. mm Ikki pud bug'-doy bilan
besh pud sholi berib qutulmoqchi bo'libdi. Janish bo'lsa, tugal berasan, deb turib olibdi. H.
Shams, Dushman. Domlangiz-ni shundoq katta professor qilib, obro', uy-joylarimiz tugal
bo'lganda, shularni tash-lab ketib qolamanmi, deb qo'rqaman. Mir-muhsin, Umid.
To'rt ko'z tugal Hamma jam holda, bir-galikda. [ Cho'pon:] Qo'y, mol ketsa ketsin, bosh sog'
bo'lsa, toparmiz. Ko'y, to'rt ko'z tugal yo'l olganimiz ancha g'animatdir. Hamza,
Maysaraning ishi. Vaqti bilan to'rt ko'z tugal bo'lamiz. Shuhrat, Jannat qidirgan-lar.
TUGALLAMA ad. Syujetning yechimdan keyin keladigan va personajlarnint oxir-gi taqtsiri haqida
hikoya qilinadigan xo-tima qismi.
TUGALLAMOQ 1 Oxiriga, yakuniga yet-kazmoq, bitirmoq, tugatmoq. Ishni tugal-lamoq. Qurilishni
tugallamoq. Chigit ekish-ni eng kulay agrotexnik muddatlarda tu-gallamoq. tsh Institutni
tugallaganida, u [Umid] rus tilida a'lo, to'kis gaplashardi. Mirmuhsin, Umid.
2 Iste'mol, sarf bilan tamom qilmoq; tugatmoq. Pulini tugallamoq. Hamma narsa-sini
tugallamoq.
TUGALLIK Tugal xrlatdalik, tugal holatga egalik. Fikrning tugsi`shgi. Asar-ning tugalligi.
mm O'zbek musiqasida ko'p janr va shakllar mavjud. Xususan, musiqii dostonlar — maqomlar
o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Maqomlardagi mukam-mallik, tugallikni aytmaysizmi! H.
No-sirova, Men o'zbek qiziman.
TUGALMOQ ayn. tugamoq. Daraxshardagi sariq barglar to'kilib tugalgan, yer yuzi o'zining qishki
sariq kiyimini kiygan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Vaqtsiz tugaldi bebaho umring.
G'ayratiy.
TUGAMOQ1 Oxiriga, nihoyasiga yetmoq, tamom bo'lmoq. Savol-javob tugadi. Majlis tugadi. Chopiq
tugadi. mm O'qish tugarmidi? O'la-o'lguncha o'qish kerak. Uyg'un, Navbahor. O'zbek oyimning gapi
tugamasdan, Kumush yana jomga intildi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Voy, ish o'lsin, uy ishi
tugaydimi? S. Zun-nunova, Yangi direktor. Safar tugab, qay-tish vaqti ham yetib keldi. N.
Orifjonov, Shonli avlod. Bomdod namozi tugagan she-killi, to'p-to'p odam kela boshladi. S.
Siyo-yev, Yorug'lik.
2 O'tib ketmoq, o'tmoq. Qish tugadi. Vaqt tugadi. mm Oktyabr` oyi ham tugadi, o'rik yap-roqlari
sovuqda o'ynagan yo'sh bolaning lo'ppi yuziday qizardi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
3 Ishlatilib, sarflanib tamom bo'lmoq. Kuduqning suvi tugadi. Ovqat tugadi. Kuch-quvvati
tugadi. Davlat tugar, bilim tu-gamas. Maqol. mm Korsondagi qimiz tugab, sho'rva ham ichildi.
A. Krdiriy, O'tgan kun-lar. Hash-pash deguncha dasturxondagi burda nonlar tugab, bolalar
darvoza tomon chopish-di. S. Karomatov, Oltin qum. Axmad cho'ntagij titkilab ko'rsa, sigareti
tugabdi.. F. Mu-sajonov, Himmat.
4 Yakun topmoq, tamom bo'lmok, o'tmoq (vaqt, mudtsat, makon va sh.k. haqida). Vaq-tim tugadi.
Yozgi ta'til tugadi. mm Sum-bula tugab, kuz boshlanayotgan edi. F. Mu-sajonov, Himmat.
Birinchi smena tugay deb qolganda, Saodatxon rayondan qaytdi. S. Zunnunova, Yangi direktor.
Sayhonlik tu-gab, tutash bog'lar ko'rindi. S. Siyoev, Yorug'-lik. Yo'l tugar-u uyiga kirar Qiz
zangori eshikni ochib. X. Davron.
5 Biror natija bilan yakunlanmoq, na-tijalanmoq. Xo'sh, chekish nima bilan tugay-di? Gazetadan.
Iskandarovning birinchi muo-malasidanoq Yodgor ish yaxshilik bilan tu-gamasligiga aqli yetdi. O'.
Hoshimov, Qal-bingga quloq sol. Ishning yaxshi boshlanishi uning muvaffaqiyatli tugashidan dalolat
beradi. Gazetadan.
6 Barham topmoq, yo'q bo'lmoq. Savodsiz-lik tugadi. mm Oldingi arava xarsang yot-qizilgan
yo'ldan tuproq yo'lga o'tib, qaldi-rash tugagach, aravakash orqasiga — Me`mor-ga qarab qo'ydi.
Mirmuhsin, Me'mor.
7 ko'chma Safdan chiqmoq, tamom bo'lmoq, o'lmoq. Erimbet ko'kragini changallab turar-di: «Mana
endi Japaq tugadi! Muncha sekin yuradi bu?» A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.
TUGANAK O'simlik ildizpoyasining yer ostidagi yo'g'onlashgan qismi; ildizmevali o'simliklarning
hosili, tugunak. Kartosh-ka, aslida, o'simlik yer osti novdasining o'sib, kattalashgan
tuganagidir. «Fan va turmush». ..ro'yanning tuganaklarida hosil bo'lgan kis-lota toshni eritish
qobiliyatiga ega. Gaze-tadan.
TUGANMAS Sira ham tugamaydigan, bitmas-tuganmas. Tuganmas boylik. mm O'y-lab shursam, eye
aslo shuganmas kuch ekan. Oybek, O.v. shabadalar. Dunyoda tuganmas, o'zgarmas narsa io'q. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o. ..jahonga tarshgan shuhrati.. tuganmas g'ayrat va shijoap'shrining
sir-asrori ni-mada ekan? N. Safarov, Olovli izlar.
TUGATMOQ 1 Tugamoq fl. ort. n. Ishni tugatmoq. Kamchshiklarni tugatmoq. Savod-sizlikni
tugatmoq. mm Domla saboqni tu-gatib, endi o'rnidan qo'zg'almoqchi bo'lib tur-ganda, G'ulomjon
savol berib qoldi. M. Is¬
^ 176
moiliy, Farg'ona t. o. Madamin salkam bir lagan oshni bir necha olishda tugatdi. P. Tur-sun,
Uqituvchi. Kumushbibi xatni o'qib tugatdi-da, yugurganicha uyiga kirib ketdi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
2 Ma'lum muddatli ish, faoliyat ja-rayonini ijobiy natija bilan yakunlamoq; tamom qilmoq.
Yuragimiz hamohang, maq-sadimiz bir bo'lganidan oliy o'quv yurtini tugatishimiz bilan to'yimiz
ham bo'ldi. «Mushtum».
3 Ishini, faoliyatini to'xtatib, yo'q qilmoq. Artelni tugatmoq. sht Tabiiy ofat oqibatlarini
tugatish yuzasidan shoshilinch chora ko'rildi. Gazetadan. Sharqii Buxoroda Anvar bandasini
tugatishda qatnashib qaytgan bir askaruyiga kelib qarasa.. A. Kdh-hor, Qo'shchinor chirokdari.
Ishini tugatmoq Saranjom qilmoq, yo'q qilmoq; o'ldirmoq. Botir yana abjirlik qilib, uning
beliga qilich solib, ishini tugatibdi. «Chalpak yoqqan kun».
TUGMA 1 Kiyim, g'ilof va sh.k. ning chetiga qadaladigan, odatda to'garak shak-lidagi tutqich.
Sadaf tugma. Ko'ylak tugma-si. Tugma qadamoq. shsh Havo hali isimagan bo'lsa ham, xomsemiz
hokim formasining ko'krak tugmalarini yechib tashlab, yelpinish-ga tutindi. M. Ismoiliy, Fargona
t. o. Kiyimga qadaladigan tugma tez uzilib kstmasin desangiz, uni shamga ishqab olingan ipda
tiking. Gazetadan.
2 Ulagich knopka. Qudrat qo'ng'iroq tug-masini bosdi. M. Ismoiliy, Fargona t. o. Sattor
liftning pastga olib tushadigan tugmasini bosmoqchi edi.. P. Qolirov, Erk. Hamshira chiqib
ketgach, Axmedov stalining burchagidagi tugmasini bosdi. H. Nu'mon, Fasllar.
TUGMAGUL ayn. tugmachagul.
TUGMADOR Ko'p tugma qadalgan; sertug-ma. Birinchisining ustida zarbof chopon, belini oltin
kamar bilan bag'lagan, boshqasi esa oddiy tugmador kamzul, boshiga popoq, oyog'iga qo'pol sag'ri
etik kiygan edi. M. Osim, Zulmat ichra nur.
TUGMALAMOQ Kiyim, g'ilof va sh.k. ning tugmasini solmoq, qadamoq. Ko'ilak-ning yoqasini
tugmalab olmoq. Yostiq ji/idu-ni tugmalamoq. sht [Tog'acha\ Hamisha yoqasi tugmalangan yashil
kitel`, cho'ntagidan pasti qizil hoshiyali ko'k galife shim, qizil charm etik kiyib yuradi. S.
Karomatov, Hijron.
TUGMALI Tugmasi bor, tugma qadala-ladigan. Atlas ko'ylak enini Tugmali qil yengini.
«Qo'shikdar».
TUGMACHA Kichkina tugma. Sadaf tug-macha. Ko'ylak tugmachasi. tsh Ko'chada yotgan eski taqa,
zanglagan mix, tugmacha, shunga o'xshash balo-battarga ko'zi tushsa, darrov olar edi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
TUGMACHAGUL bot. 1 Yovvoyi gulxayri va uning guli.
2 Mayda oq gulli o'tsimon manzarali o'simlik va uning hidsiz guli.
TUGMACHADAY, -dek Kichkinagina; be-jirimgina. Tugmachaday qiz. mm Kaklikning qip-qizil
tugmachadek ko'zlari javdirar-di-yu, hech narsani ko'rmasdi. S. Anorboev, Oqsoy.
TUGMOQ 1 Tugun solmoq; tugun solib ulamoq, bog'lamoq. Ro'molning uchini tugmoq. Ipning ikki
uchini tugib bog'lamoq. tsh So-chin tugib, sallani o'ray berdi boshiga. «Oy-suluv».
2 (j. k. bilan) O'rab bog'lamoq, bo'g'cha-lamoq; o'rab. tugun solib joylamoq. Das-turxonga non
tugmoq. Belga (belboqqa) pul tugmoq. mm Keyin sandiqni ochib, bisotidan bir kiyimlik chit
oldi-da, barkashningusti-ga qo'yib, dasturxonga tugdi. T. Alimov, Sovg'a. Nodir indamay
o'rnidan turdi. Oyisi ro'molchaga non, meva-cheva tugdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
3 Chetlarini yopishtirib yasamoq, tayyor-lamoq (chuchvara, somsa va sh.k. ni). Manti tugmoq. Somsa
tugmoq. ish Dugonalar ish bilan band bo'lishdi: biri pag'pir yasadi, biri somsa tugdi. \. G'ulom,
Toshkentliklar. Go'shti, xamiri tayyor, mantini o'zingiz tugib yuboring, inim, chaqqonsiz, har
ishga qo'lingiz kelisha qoladi. Oybek. Ulug' yo'l. Kelin shunday mitti chuchvara tugadiki, uning
to'rttasi bitta qoshiqqa sig'adi. Gazetadan.
Mushtini tugmoq Barmoklari uchini kaft ichiga olmoq, kaft ichida birlashtirmoq. Xuddi boks
tushadiganday mushtini tugib, tirsagini chiqarib, semiz gavdasini pol-voshshrcha lapanglatib
yuridi. H. Nazir, Yonar daryo. -Bari bir topajakman! — mushtini tugib, osmonga o'qtaldi Eshjon.
S. Siyoev, Yorug'lik.
4 ko'chma Yig'moq, to'plab g'amlamoq. Top-ganini shugadi. mm Ayollar ko'z yoshi to'kib, bu xonadonda
hamma narsa bor, faqat to'y yetishmadi, boyoqish yig'di, tugdi, essiz, kelin ko'rmay ketdi, deb
afsuslanishgan edi. S. Nurov, Narvon. Topganimni shunga tugib qo'-yib, o'zim bola-chaqa bshan
po'stakning junini yeyman. A. Qahhor, Tobutdan tovush.
5 bot. Hosil nishonasini bermoq, me-va solmoq. Olcha g'uj-g'uj tugibdi. mm Bu vaqt ko'klam
kelib, hamma yoqni yashil libos bilan bezagan, gullar g'uncha tugib, ariq-chalarda suvlar
hayqirib oqqan, dov-daraxt-lar tomiriga jon kirgan payt. J. Abdul-laxonov, To'fon. Bu orada
daraxtlar gullab, meva tuga boshladi. S. Nurov, Narvon.
Dumini tugmoq q. dum. Shundan keyin qurilish rahbarlari ularning dumlarini tugib, «unisi
bo'lmasa, bunisi», debyana boshqa shunga o'xshash kishilarni tavakkal qilib ish-ga olisha beradi.
«Mushtum». Ko'ngilga (yoki dilga, qalbga, yurakka, ko'krakka) tugmoq I) ko'ngilda saqlamoq, yodda
tutmoq; unutmay yig'ib yurmoq. Ko'nglimga tugib yurgan gap-larimni bugun siz bilan ochiq
gaplashmoqchi edim. P. Tursun, O'qituvchi. U hamqishloq dugonalarining eng shirin tilaklarini,
eng aziz tuyg'ularini diliga tugib, ardoqlab bormoqda. A. Muxtor, Opa-singillar; Ulug' ishga
bo'lsin debhissa, Qalbga tugib ishtiyoq, havas. Sayyor. O'tar boboning ko'pdan beri ko'ngliga
tugib yurgan bir niyati bor edi. S. Siyoev, Avaz. Ko'kragiga tukkan niyati menga ma`lum,
Yo'lchiboy! Oybek, Tanlangan asar-lar. Buning ustiga usta mutaxassislar huzuriga yuragiga
tugib qo'ygan bir fikrni aytib, maslahat olish uchun ham borgan edi. SH. Rashidov, Bo'rondan
kuchli; 2) niyat qil-moq. U [Haydar] Anorxonga nimadir sovg'a qilishni ko'ngliga tugib qo'ygan.
I. Rahim, Ixlos. «Endi Razzoqvoyning boshini ikkita qilib qo'ysak hssh bo'lardi», deb orzu
qildi chol va o'g'li bilan bu haqda bafurja gap-lashishni diliga tugib qo'ydi. H. G'ulom, Mash'al.
TUGRIK [mo'g'. to'gro'k — doira, to'garak] Mo'g'uliston (Mongoliya) ning asosiy pul birligi.
TUGUK Tugilgan, tugib qo'yilgan. Uchi tuguk arqon. mm Daryoda yuzgan qayiqmi! Sening belbog'ing
tugukmi? Po'lkan, Hasan batrak. Odam qadri magar buyukdan-buyuk,
Leshn qay dillarda malomat tuguk. A. Ori-pov.
TUGUKLIK ayn. tuguk. Bu odamning be-lida gavhar tuguklik bo'lsa kerak. Oybek, O.v.
shabadalar. Ularning so'zi shu yerga yetganda, ro'molda tuguklik bir narsa ko'targan holda, Sayfi
kirib keldi. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar.
TUGUL inkor-ta'kid yukl. Narsa, kim-sanigina emas, balki..; u yoqtsa tursin, hat-to.. Sendan
molim tugul, jonimni ham ayamayman. mm Yaroq tugul, yo'q qo'lingda tayog'ing. «Nigor va Zamon».
Kunlar isib, daryo tugul, dengizning ham ta'siri bo'lmay qoldi. M. Muhamedov, Qahramon
izidan. Jon shu-naqa shirin narsaki, oshna-og'ayni tugul, ota-onadan tondiradi! Shuxrat, Oltin
zangla-mas.
TUGUN 1 Arqon, ip, lenta va sh.k. nar-salarning bog'lab ulangan, tugilgan joyi. Arqonning
tugunini yechmoq. Ipning uchiga tugun solmoq. Botinkaning ipiga tugun tu-shib qolibdi.
Galstukning tuguni chiroyli chiqibdi. mm Uzilgan ip qayta ulansa ham, tuguni qoladi. Yurak ip
emaski, qayta ulansa. A. Eshonov, Bir og'iz so'z. Kostyumni yechib> ko'rpachaga tashladim,
galstukning tu-gunini bo'shatdim. S. Siyoev, Yorug'lik.
2 O'rab, bo'g'chalab bog'langan narsa; bo'g'cha. Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qop-chig'ini
yerga qo'yib, Shakarxonga qaradi. I. Rahim, Chin muhabbat. Uzoqda, siyrak da-raxtlar bilan
qoplangan qiyalikda qop va tugunlar orqalagan ikki ayol va bir cholning qorasi ko'rinib qoldi.
Oybek, Quyosh qoray-mas. Hambarali aka tugunni yechdi, bir dasta nutsul yuz so'mlik pulni ko'rib,
kayfi uchib ketdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari.
3 ko'chma Kishi tana a'zosida yoki boshqa narsada hosil bo'lgan tugunga o'xshash narsa (q. tugun
1). Daryo qisqichbaqasining nerv sistemasida, chuvalchangdagi singari, yirik halqum ustki
tuguni bo'ladi. «Zoologiya». Nerv tugunlari — o'zaro birikkan neyron tana-chalarining
to'plamidir. «Odamning anato miyasi va fiziologiyasi».
4 ko'chma Umuman, hal etilmay, ochilmay, yechilmay, «tugun holda» bo'lgan narsa. -Mu-nozaralar
vaqtida ko'p mushkul tugunlar ochilib, noaniq masalalar hal etilgay, — dedi alloma boshini
ko'tarib. M. Osim, Ibn Si-no qissasi. Mening xavotir olgan joyim
12-O'zbek tilining izohli lug'ati
178
shuki.. bu voqealar tuguni bir kalladan chiq-qanga o'xshaydi.. A. Muxtor, Opa-singillar.
Akbarov, Eshonboev, Hakimov muammosi ko'nglida tugun bo'lib turar edi, endi bunga Gavhar
orqali Toshev muammosi ham qo'shilib, tugun yanada chigallashdi. P. Qodirov, Uch ildiz.
Tugun oshi din. Odatda, xudoyiga qi-linadigan chuchvarali utra oshi, suyuq osh. Xom tugun etn.
Qizni yigitga unashtirish uchun birinchi marta olib boriladigan narsa-sovg'alar.
5 ad. Badiiy asarda voqeaning rivoj-lana boshlashiga sabab bo'lgan voqea, hodisa. Keling,
arqonni uzun tashlab, sabrga erk beraylik yana. Zotan, har bir asarning tuguni bilan birga
yechimi ham bor-ku? J. Ab-dullaxonov, To'fon. Oyqizning psixologik holati roman markazida
turgan muhim tugunki, uning yechimi uchun Oyqiz tipidagi.. boshqa bir shaxs. ishtiroki talab
qilinardi. «O'TA».
TUGUNAK q. tuganak.
TUGUN-TERSAK Har turli katta-kichik tugun, bo'g'cha. Tugun-tersak ko'targan xotin-lar.
Ko'tar tugun-tersagingni Lash-lushla-ringni yig'ishtirib jo'nab qol.
TUGUNCHA 1 Tugun s. kichr. Ular boqqa chiqib, to'kilgan yong'oqlarni terib turgan-da, Jonuzoq
oqsoqol qaytib keldi. Uning qo'lida kichkina tuguncha bor edi. S. Anor-boev, Oqsoy. [L.r*yad]
Har bir eshitgan narsasini bilib olishga intilganidan, uning siyrak qoshlari o'rtasida tuguncha
hosil bo'lgan. H. Nazir, So'nmas chaqmoklar. Bu holatni to'yib ko'rdim-da, Yechib soldim dil
tugunchasin. Sayyor.
2 bot. Gulda urug'chining ostki qismi, urug'don (changlangandan keyin meva, uning ichida urug'
hosil bo'ladi). Mineral o'g'it-lardan samarali foydalanib, katta may-donlarda hosil
tugunchalarining ko'payishiga erishish mumkin edi. Gazetadan.
TUGUNCHAK kam qo'll. ayn. tuguncha. Xo'jayin tugunchakni yechib, deraza tomonga o'tdi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Nuri yupqa, yengil ro'mol uchidagi tugunchakni yechib, buk-langan qog'oz
chiqardi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TUGUNCHALAMOQ Tuguncha hosil qil-moq (q. tuguncha 2). Agar g'o'zamiz yana ikki suv ichsa, bas.
Paxtamiz yaxshi tugunchalayapti. Gazetadan.
TUGUNCHI «Falonchi» so'zi bilan birga qo'llanib, noma'lum (kimligi aniq bo'l-magan) shaxsga
ishora qiladi. ..falonchi bunday degan, tugunchi unday degan, deb ko'pgi-na sodda kishilarni
yo'ldan urishardi. N. Fo-zilov, Diydor.
TUDOQ s. t. Tuvdoq, tuvaloq.
TUYOQ 1 Ba'zi sutemizuvchi hayvonlar-ning oyoq uchidagi, shoxsimon moddadan tuzilgan tayanch
qismi. Otning tuyog'i. Tuyoq tovushlari. shsh Loyi ko'pirib yotgan yo'lda ot taqalari, mol
tuyoqlaridan hosil bo'lgan chuqurchalarni limmo-lim to'ldirgan sarg'ish zardoblar jimirlab, yoni-
veridan sirqib yotardi. P. Tursun, O'qituvchi. Ot, eshak, mol tuyoqlarining tapir-tupuri
bosildi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 ko'chma s. t. Uy hayvoni, mol. Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko'rmagan. Oybek, O. v.
shabadalar. Chorvam bor desam degunday.. bu yil yana tuyoq sotib oldik. I. Rahim, Ixlos.
3 Bosh (mollarning soni haqida). Chorva tuyog'i ko'paydi, mollarning naslini yaxshilash, qishlovga
puxta tayyorgarlik ko'rish masa-lasida ham anchagina ishlar qilindi. A. Pax-Mar, Ellik bir
bahodir.
4 ko'chma Zurriyot, tirnoq. Siz hurmat-lilarga ma'lumdir, bizning shul Otabekdan o'zga
farzandimiz bo'lmay, dunyoda o'zimizdan keyin qoldiradigan tuyog'imiz va ko'z tikkan orzu-
havasimiz.. faqat shul Otabekdir. A. Qodiriy, Utgan kunlar.
Tuyog'ingni shiqillat Jo'nab qol, ket. Qani, tuyog'ingizni shiqillatib qoling! H. G'ulom, Mash'al.
Ho'kizning shoxiga ursa, tuyog'i zirqiraydi Kimsaga aytilgan qattiq ran uning yaqinlariga ham
tegadi.
TUYOKLI Tuyog'i bo'lgan. Ayri tuyoqli hay-vonlar. Toq tuyoqlilar. Juft tuyoqlilar.
TUJJOR {a. jli^ - «tojir» s. ning ko'pl.: savdogarlar, tijoratchilar] esk. kt. Savdogar. Go'yo
dunyodagi jami bozorlar Shah-ristonga ko'chib kelgan-u, ahli tujjorlar molini pulga chaqishga
oshiqardi. S. Karo-matov, So'ntgi barxan. A'lo hamkasblarimiz ichidan.. qilni qirq yoradigan
tujjorlar yetishib chiqdi. Gazetadan.
TUJURKA 1r. < fr. toujours - doimo, hamisha: kundalik kiyim] Odatda ikki bortli erkakcha
ustki kalta kiyim; kalta
"9
kurtka. Sergey nagan osig'liq yo'g'on kamarini tujurkasi ustidan tortib bog'layotganda, ko'cha
tomondan bir ayol, bir erkak tovushi eshipshchdi. H. G'ulom, Mash'al.
TUZ I 1 kim. Molekulalari tarkibiga kislota qoldig'i bilan boglangan metall atomlari kirgan
murakkab moddalar. Tuz organizmning tuzilishi uchun, unda modda almashinishining to'g'ri borishi
uchun zarur-dir. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish. Tuproq sho'rlanishi jarayonida ko'p-rok
xlor va sulfat tuzlari to'planadi. «Fan va turmush».
2 Shu birikmanint ovqat uchun ish-latiladigan bir turi (natriy xlorid). Osh tuzi. Qoratikan
tuz. Mayda tuz. Yirik tuz. Oshga tuz solmoq. Taom — tuz bilan, tuz — o'lchovi bilan. Maqol.
Xosiyat xola olovi ancha pasayib qolgan o'choq yoniga borib, tuvoqni ko'tardi-da, oshning ta'mini
ko'rib, bir chimdim tuz tashladi. R. Fayziy, Cho'lga ba-hor keldi. Yorni go'zal dema, oqil so'zi
bo'lma-sa, Totli bo'lmas taom, agar tuzi bo'lmasa. YO. Mirzo.
Tuzini ko'rmoq 1) namagini chuchmal, ra-so yoki sho'r ekanligini bilish maqsadida totib ko'rmoq.
Sho'rvaning tuzini ko'rmoq; 2) ko'chma yemoq, totmoq. Kechagi oshning tuzini ham ko'rmadim. Yarasiga
tuz sepmoq q. sepmoq. Sherali uning yarasiga tuz sepmaslik uchun gapni boshqa yoqqa burmoqchi
bo'ldi. S. Karo-matov, Oltin qum.
3 Umuman, ovqat, yegulik-ichgulik narsa. Jazirama kunlarda tong sahardan kechqurun qorong'i
tushguncha tuz totmay och yurish ko'p odamning sillasini kuritardi.. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Choy ichmadim, ichimga tuz ham kirmadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 ko'chma Kimsaning boshqa odamga ber-gan, yedirgan-ichirgan (yegan-ichgan) ovqati. Tuz bermoq.
Tuzini yemoq (ichmoq). mm Bosgan otasin yuzini, Andisha qilmay tuzini. «Era-li va Sherali».
Yo'q, tuzim, nonim seni qu-turtirgan. Oybek, Tanlangan asarlar. Men sizga uy berdim,
vaqtida tuz berdim, pesho-nangizni siladim. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari. Shu kampirning..
tuzini ko'p yedik. «Ravshan». Xo'sh, nima bo'pti? Axir tuz ichgan joyingning farzandi-ku. «Bir
kun tuz ichgan yerga qirq kun salom», deganlar. P. Tursun, O'qituvchi.
Tuz(im) ko'r qilgur qarg'. Nonko'rlik qilgan kishiga qarata aytiladigan ibora. Odamgarchilikni
ham bilmadi bu tuz ko'r qilgur!A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Tuzyalab Hech narsa yemay-ichmay,
qorinni juda-ju-da ochqatib, och holda. Xatib domla panj-shanba kunidan tuz ya,shb, ziyofatga
borishga hozirlanadi. A. Qodiriy, Obid ketmon. Tu-zini ichib, tuzlug'iga tuplamoq (yoki
tupur-moq) Nonko'rlik qilmoq, nontepkilik qilmoq, yaxshilikka yomonlik qaytarmoq. Sendaqa,
hukumatnjg tuzini ichib, tuzlug'iga tuplaydigan nontepki kerak emas. S. Ahmad, Hukm. Tuzini
oqlamoq (yoki halollamoq) Kimsaning bergan osh-tuzi, boqqani, par-varish qilgani zoe
ketmaganini isbot qil-moq, yaxshilikka yaxshilik qaytarmoq. Senga men kamtarin farzand
erurman.. Ulug' bur-chim — tuzingni oqlamoqdur. Habibiy. Tuzi-ni totmoq 1) ayn. tuzini
ko'rmoq 1 q. tuz I 2; 2) mazasini ko'rmoq, ta'mini totmoq. O'zing ham qalandar nonining
tuzini totib qol. S. Ayniy, Qullar.
5 ko'chma Mantiq, ma'no, mazmun. Esi bor biladi gapning tuzini. «Alpomish». Iyi-iyi, bu
oyimchaning gapida tuz bormi o'zi? I. Rahim, Chin muhabbat. So'zingda tuz bor. Nafsilamrda,
fashist bachchag'ar juda be-insof.. Oybek, Quyosh qoraymas.
TUZ II 1 Tekis yer, keng tekislik. Tu-ganmas konimizdir tog' bilan tuz. Habibiy. Yo'l yuramiz
qumloq, suvsiz tuzlarga.. «Ha-sanxon».
2 Foydalanilmay yotgan yer, bo'z yer, qo'-riq. Na qilt etgan bir shamol, Na uyg'oqdir dala, tuz.
Shuxrat.
TUZ III \r\ kart. 1 O'yin turiga qarab eng katta yoki bir ochko (bir xol) qiymatga ega
bo'ladigan karta. Kuzir tuz. G'ishtin tuz. Valetni tuz bilan bosmoq.
2 (egalik affiksi bilan) ko'chma Biror narsaning eng sarasi, eng yuqori daraja-lisi, oliy
maqomlisi. Ayollar orasida suh-batning «tuz»i qurilish edi. Oybek, O.v. shabadalar. Men
aytmoqchimanki, to'rtala tuzning hammasi o'zjgizda. A. Muxtor, Tug'i-lish.
TUZAKLI Saranjom-sarishta qilin-gan, tuzalgan, tuzatilgan, bezatilgan. Tu-zakli uy. Tuzakli
dasturxon.
TUZAKSIZ Saranjom-sarishta qilin-magan, tuzalmagan, tuzatilmagan, bezatil¬
180
magan. G'ulomjon Hayotning bezaksiz, tuzak-siz ham tarovatli, haroratli yuzini ko'rib, bir xil
bo'lib ketdi. M. Ismoiliy, Farg'o-na t. o.
TUZALMOQ I 1 Kasallikdan, xastalik-dan xalos bo'lmoq, sog'aymoq, shifo topmoq. Bemor tuzaldi.
U kurortdan ancha tuzalib qaytdi. tsh [Qurbon ota] Kasalxonada yaqin ikki oy yotib, oyoqlari
tuzaldi, o'zi juda tetiklandi. A. Qahxrr, To'y. Dorim bilan tuzalib ketganlar meni «doktor
opa» deb eslari ketishadi. M. Ismoiliy, Farg'onat.o.
2 Bitib ketmoq, yo'q bo'lib ketmoq (yara, chipqon, jarohat va sh.k. xaqida). Yaram tuzalib
qoldi. Tig' yarasi tuzalar, shil yarasi tuzalmas. Maqol. mm To yara tuzalguncha, u erka va
izzatli mehmon.. Oybek, Quyosh qo-raymas.
3 Buzuqholdan foydalanishga, ishlatish uchun yaroqli holga kelmoq. Ko'chadan juda to'ydim, Qachon
tuzalar ekan. «Mushtum». Siz ham nonushtani mashina tuzs`ggandan keyin qilasiz! « M ushtum ».
4 Kamchiliklari, nuqsonlari bartaraf etilib, to'g'ri, durust bo'lib qolmoq, yax-shilanmoq. Ahvol
tuzaldi. Tuzalmas xasho. mm Abdurahmon.. yana ikki yil madrasada turib, shu tuzalgan axlotsini
«kamolotga» erishtirdi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. Erlar bilan mehnatga Otganlar quloch.
Tur-mushlari tuzalib, Topganlar rivoj. G'ayratiy. «Yozuvim shuzalyapti, mana ko'ring», deyman.
H. Nazir, Yonar daryo.
5 Yomon, noto'g'ri, nojo'ya yo'ldan qayt-moq, axloqiy nuqsondan xalos bo'lmoq. Tanqiddan so'ng u
ancha tuzaldi. sht Xo'sh, u \Yo'lchi\ tentakni qutqarib nima qilasan, jiyan? U tuzalmaydi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Siz ham yo't erkak. Siz mendan nima kutasiz, ma'lum; bu yerdan qochsam,
tuza-lardim, balki.. Oybek, Tanlangan asarlar.
TUZALMOQ II Tuzamoq 1, 2 fl. majh. n. Tuzalgan spgol. Tuzalgan dasturxon. mm Das-turxonchi
tuzalgan bir patnis olib kirib qo'ydi. Oybek, Ulug' yo'l. Joy tuzaldi siz-ning uchun, begijon,
Turing begim, ichkariga kiramiz. «Gulixiromon».
TUZAMOQ 1 Patnis, dasturxon, stol va sh.k. ni noz-ne'matlar bilan bezamoq, yasatmoq.
Begimxon.. dugonasini ko'rpachaga o'tqizdi-da, patnis tuzab keldi. I. Raxim, Chin muhabbat.
Kamoliddin maxdum.. dastur¬xon tuzashni Asad qoriga buyurdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
Qari kelsa — oshga, yosh kelsa — ishga. Ikkalamiz stol tuzar ekanmiz. N. Safarov, Hayot
maktabi.
2 Saranjom-sarishta qilmoq, shinam qilib jihozlamoq, yasatmoq. Ug'lim a'lo o'qir deb, Sevib
ota-onasi, Atailab o'ziga xos Tuzab bergan bir uycha. Q. Muxammadiy. \Sheralixon otlarni\
Qushdai qilib tuzab, zar subbali zumrad egarni soldi. «Erali va Sherali».
O'zini tuzamoq shv. O'zini tuzatmoq, tar-tibga solmoq; shaylanmoq, tayyorlanmoq, hozirlanmoq.
Hasan mard buni ko'rib, ko'zi yoshga to'lib, jazavalari qo'zg'alib, polvonlik tomirlari uyg'onib,
o'zini tuzab tezlana-verdi. «Ravshan».
3 shv. Ado etmoq, bajarmoq, o'tamoq. Bir shartga buyurdi ul qoshi qaro, Tuzamoqqa men Yovmitga
boraman. «Nigor va Zamon». Kun-dan-kun bachalar ishni tuzab, juda yaxshi mehmonxonalar soldi.
«Yusuf va Ahmad».
TUZATINMOQ O'zini, usti-boshini, soch-soqolini tartibga solmoq. Hasanali tuzatinib oldi va
ichkariga kirdi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Sultonov qabulxonada-gi oynaga qarab, tuzatshshb
oldi-da, ministr kabinetiga kirdi. «Mushtum».
TUZATISH 1 Tuzatmoq fl. har. n. Kam-chiliklarni tuzatish. Uzini tuzatish. Yurish-turishini
tuzatish. mm Ba'zan u kun bo'yi xonasidan chiqmay, taxta qog'ozdagi chiziqlar ustida o'ylar,
chizmalarning kam-ko'stini tuzatish bilan kunni kech qilar edi. Mirmuhsin, Me'mor.
2 Yaxshilash yoki to'g'rilash maqsadida o'z-gartirish, o'zgartma, tuzatma. Lug'atga ilova qilingan
tuzatishlar. Qarorga kiritilgan tuzatishlar. mm Xatdan mamnun bo'ldi she-killi, tuzatish
kirgizmay, yaktak cho'ntagi-ga solib qo'ydi. Oydin, Hikoyalar.
TUZATMA ayn. tuzatish 2. Qarorga tu-zatma kiritmoq.
TUZATMOQ 1 Saranjom-sarishta qil-moq, tartibga solmoq. Nuri xo'reindi, sochla-rini, g'ijim
ro'molini tuzatdi. Oybek, Tan-langan asarlar. Mastura opa ana shu xayollar bilan uyga kirib..
yo tarelkaning o'rnini almashtirar, yo stulni tuzatib qo'yardi. R. Fayziy, Shohi darparda.
Vodoprovod o't-kazamiz, deb qazib ketishgan edi, bir uwi bo'ldi, tuzatmaydilar. S. Siyoev,
Yorug'lik.
2 Buzilgan, ishdan chiqqan narsani tik-lamoq, foydalanishga, ishlatishga yaroqli holga
keltirmoq. Kecha bir kampir televi-zorni qoldirayotib, tezroq tuzatib be-ringlar.. deb
iltimos qilgan. T. Ashurov, Oq ot. Tegirmoni buzilib ketgan ekan, tuzat-di... A. Qahhor,
Asror bobo. Loaqal o'n besh so'm turadigan qovunni to'rt yarim so'mga sotsin, buni ham birovning
aravasini tuza-tishga to'lasin. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Bartaraf qilmoq, to'g'rilamoq. Xato-ni o'zlari qilib, tuzatishni sizdan talab qilsalar,
insofdanmi axir! SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Aybni o'zim qildim, o'zim tuzatishim kerak! O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
4 Nuqson-kamchiliklarni yo'qotib yaxshi-lamoq, durustlamoq. Talaffuzni tuzatmoq. Ahvolni
tuzatmoq. mm Kichik bir master bo'lib chiqardi otin, Tuzatdi kundan-kunga ro'zg'or hayotin.
G'ayratiy. Mayli, sizlar yashanglar, zamonni tuzatinglar. Oybek, Tan-langan asarlar. -
Kamchilikni tuzatish mum-kin! -Albatta mumkin, To'lqinjonni ham tu-zatish mumkin. F.
Musajonov, Huri.
5 Kasallikdan, xastalikdan xalos qil-moq, davolamoq, shifolamoq, shifo ber-moq, kasalini
aritib sog'aytirmoq. Ibn Si-noga kasalning joni chiqmagan bo'lsa, bas ekan, tuzatar ekan.
Oybek, Tanlangan asarlar.
6 s. t. Gap bilan boplamoq, qattiq izza qilmoq, uyaltirmoq. Yuzma-yuz turib, Shay-xullo
domullani shunday tuzatdiki, yer yoril-sa, kirib ketguday bo'ldi. SH. Toshmatov, Tongdagi
ko'lanka.
7 ayn. tuzamoq 1. Hanifa ayvonning tax-monidagi yangi ko'rpachalarni xontaxta at-rofiga yozdi,
dasturxon tuzatdi.. H. G'ulom, Feruza.
TUZDON 1 Tuz solib, dasturxonga qo'-yiladigan kichkina idish. 2 ayn. tuzluq.
TUZILISH 1 Tuzilmoq fl. har. n. Buish yuzasidan komissiya tuzilishi bejiz emas.
2 Tarkibiy qismlarning o'zaro joyla-nishi; qurilish tarkibi. Atomning tuzi-lishi. Organizmning
tuzilishi. Mashinaning tuzilishi. Gan tuzilishi. shsh Birinchi xatda vergul tushib qolgan,
ikkinchisining bir yerida mashinistka abzats qo'ymagan, uchinchi-sida jumla tuzilishi yoqmabdi. F.
Musa-jonov, Himmat.
3 Tashqi ifoda, qiyofa. Gavda tuzilishi. mm Butun tuzilishimning, a'zolarimning, qonimning..
odamlarnikidan farqi yo'q-ku! O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv. Siz-ning yuz tuzilishingizda
rusnikiga o'xshama-gan nishonalar ko'p. Shuhrat, Shinelli yil-lar.
4 Tuzum. Biroq jamiyat tuzilishi hami-sha shunday adolatsiz bo'lib kelganligi fakt-dir. Oybek,
Hyp qidirib.
TUZILMA1 Biror narsaning o'zaro bog'-liklikda (aloqada) bo'lgan qismlari bir-ligi, shunday
qismlardan iborat yaxlit holdagi narsa. 1888 yilda hujayra yadrosida tuzilmalar topilib,
ularga «xromosomalar», ya'ni rangli tanachalar degan nom berildi. «Fan va turmush». Ular bosh
miya va orqa miya hamda chakka asab tuzilmalarining zarar-lanishi natijasida kelib chiqadi. N.
Yoqu-bov, Jon.
2 Ma'lum qismlar asosida yuzaga kel-tirilgan, tuzilgan, tashkil etilgan narsa. ..uch yuzdan
ortiq tadbirkorlik tuzilmalari faoliyat ko'rsatmoqda. Gazetadan. ..shaharda-gi noorganik
mahsulotlar iiishb chiqaruvchi kombinat va zavodlar bilan o'quv-wmuii ish-lab chiqarish
tuzilmasiga aylanadi. Gazeta-dan. «Umid» markazining vujudga kelishida Toshkentdagi o'nlab
korxonalarning jamoa-lari, tijorat va davlat tuzilmalari ish-tirok etdi. Gazetadan.
TUZLAMA Umuman, tuzlab tayyorlangan narsa, mahsulot (mas, bodring, karam, pomidor va b.).
TUZLAMOQ 1 Tuz sepib qo'ymoq, tuz sepmoq, tuzga bulamoq. Go'shtni tuzlamoq. mm Katta chipor
tovuqni tutib, bog'lab qo'y, kechqurun so'yib beraman, tuzlab qo'yasan, erta bilan bir sho'rva
pishirasan. S. Ayniy, Qul-lar.
2 Tuz sepib yoki namakobga solib, uzoq vaqt buzilmaydigan yegulik tayyorlamoq. Bodring
tuzlamoq. Karam tuzlamoq. mm Oshko'klar va ularning ildizlari.. sabzavot-larni tuzlash,
marinovka qilish va konser-valashda juda ham bebahodir. Gazetadan.
3 ko'chma s. t. Gap bilan boplamoq, tu-zatmoq. Ularning fikricha, ko'pni ko'rgan mug'ambir va
pishiq domla o'qituvchi bolani yaxshilab tuzlamoqda va damini qaytarib qo'ymoqda edi. P. Tursun,
O'qituvchi. Mavli
Mardievich telefondagi kishini rosa tuzla-di. «Mushtum».
4 ko'chma dag'l. Boplab aldamoq, firib bermoq, laqillatmoq. Dallol bo'lib, pul to-pishni
ko'zlabman, Qo'lin siltab, mol sotgan-ni tuzlabman. O. Qo'chqorbekov. Uni o'zim bi-lan birga
Qashqarga olib ketaman, yo'lda tuzlayman.. jazosi bir piyola sharob.. K. Yashin, Hamza.
TUZLI Ichida yoki tarkibida tuzi bo'l-gan. Tuzli xalta. Tuzli mineral suv.
TUZLUQ Tuz saqlanadigan idish. Ho, Adolat, tuzluqni ber, shakarga jindek tuz sepib qo'yay,
juda shirin bo'lib ketibdi! I. Rahim, Chin muhabbat.
Tuzini yeb (yoki ichib) tuzlug'iga tupurmoq q. tuz I 2. Tuzluq to'rva 1) esk. oziq-ovqat
saqlanadigan xalta; 2) ko'chma tirikchilik, oilani boqish, uy-ro'zg'or tashvishi. Tuzluq pgo'rva
bo'yniga tushdi. mm Farzand tug'iladi. Hikmat o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qoladi, bo'ynidagi
tuzluq to'rva yana og'irlashib, atrofga qarashga ham fursati bo'lmay qoladi. YU. Shomansur, Qora
marvarid.
TUZMOQ 1 Barpo etmoq, vujudga kel-tirmoq, yaratmoq. Armiya tuzmpq. Komissiya tuzmoq. Jamiyat
tuzmoq. Partiya tuzmoq. mm Temur tuzgan saltanatning vorisligi Shohruxdan keyin Ibrohim
Sultonga o'tishiga umid bog'lashardi. Mirmuhsin. Me'mor.
2 Tarkibiy qismlardan yaxlit narsa yaratmoq, tarkib etmoq, tartib qilmoq. Jumla tuzmoq.
Ro'yxat tuzmoq. Ertangi ish-ga bugun reja tuz. Maqol. mm Biz nutqimiz-da ayrim so'zlarni
o'zaro biriktirib, gap tuzamiz va fikrimizni bayon qilamiz. «O'z-bek tili» darsligi.
3 Turli material, ma'lumot va sh.k. ni yig'ib va ma'lum tartibda joylashtirib, yaxlit bir
holga keltirmoq; yaratmoq. To'p-lam tuzmoq. Ikki tilli lug'at tuzmoq. Dars-lik tuzmoq. mm
Ular Avazning ko'hna, yangi g'azallarini tartibga solib, bir devon tuz-moqchi bo'ladi. S.
Siyoev, Yorug'lik.
4 Rasmiy ravishda kelishib, biror \uj-jat yozmoq. Dalolatnoma tuzmoq. mm [Mirza-karimboy]
O'g'li Hakimboyvachchaning paxta savdosi yuzasidan o'ris firmalari bilan yaqinda tuzgan
shartnomasi ustida o'ylab.. ko'zlarini yana mahkamroq yumdi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Ikkala hukmdor yarash bitimi tuzubdurlar. M. Osim, Ibn Sino qissasi.
5 Uyushtirmoq; qurmoq, qilmoq. Ular yuksak oilalarning o'g'illari. Ularning kis-salarida
oltin-kumush mo'l. Ular kechalar «shirin suhbatlar» tuzadilar. Oybek, Na-voiy. G'alaba
munosabati bilan Muzaffar mirzo katta ziyofat tuzdi. Oybek, Navoiy.
6 kam qo'll. ayn. tuzatmoq 2. Buzilgan ish-ni botir tuzar. Maqol. Ota buzsa, bola tu-zar.
Maqol.
7 ayn. tuzamoq. Elda qolgan kattalar To'lg'onning oldida dasturxonni tuzib, olib ketib
xizmat qilib turdi. «Oysuluv». Er-larga o'xshab, mundoq bir oz chaqchaqlashib o'tirsangiz nima
qiladi. Ne-ne umid bilan dasturxon tuzgan edim.. Shuhrat, Jannat qidirganlar.
TUZ-NAMAK 1 Ovqatningtuzlanganlik darajasi, tuzining past-balandligi. Ov-qatning tuz-
namagini rostlamoq. Manti-ning tuz-namagi bir oz baland bo'libdi.
2 Umuman, yeyiladigan narsa; yemish, ov-qat, taom. Lapanglab yugurgan mingboshi gu-zarga arang
yetib kelganda, hokim to'ra alla-qachon otdan tushib, tuz-namak qabul qil-moqda edi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Tuz-namak bo'lmoq Ma'lum muddat ham-tovoq bo'lmoq, topganini kimsa bilan o'rtada baham
ko'rmoq. Cho'lni yashnatayotgan odamlar yonida bo'lish ishtiyoqiuni \Yayrani\.. cho'lquvar bilan tuz-
namak bo'lib yashashga da'vat etdi. S. Akbariy, U hayotni sevadi.
TUZ-NASIB(A) Go'yo takdirda belgi-langan rizqi ro'z. nasiba. Bilmayman, tuz-nasib qaerga
tortar, Menda yo'qdir, bova, sira ixtiyor. Fozil Yo'ldosh o'g'li. Umriuzoq ekanmi, tuz-nasiba
tortibmi, bir oyoqda bo'lsa hamki, qaytib keldi. X. Sultonov. Onamning yurti.
TUZOQ 1 Qush yoki boshqa ovlanadigan xayvonlarni tutish uchun odatda qildan yasaladigan
sirtmoqli moslama. Tuzoq qo'i-moq (qurmoq). mm \Suvonjon\ Ot dumidan eshib to'qilgan
tuzoqlarni kaklik kelishi ehtimol topilgan yerlarga shaxmat tar-tibida o'rnashtirardi. S.
Anorboev, Oqsoy.
2 ko'chma Umuman, qo'lga tushirish yoki o'ziga og'dirish uchun ko'rilgan tadbir yoki ishga solingan
vosita; dom. Bilmagan ishga urinma, Urinib tuzoqqa ilinma. Maqol. mm
183
Lekin o'zi lapashang bo'lsa ham, balo! Qora-suvning gulday qizini tuzog'iga tushirgan. O.
Yoqubov, Izlayman. Jon tshvasasida qolgan dushman Umurzoq otani tuzoqqa tushirish yo'liga o'tdi.
SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. [ Solihboy:) Xayriyat, bu ish ham xamirdan qil sug'urganday
jo'ngina bitdi. G'ofirni endi butunlay ipsiz tuzoqqa ilintirdim. Ham-za, Boy ila xizmatchi.
Tuzoq qo'ymoq 1) qush tutish uchun tuzoq-ni moslab, joy-joyiga qo'ymoq; 2) qo'lga kiritish,
tushirish chora-tadbirini ishga solmoq. Muhiddin pulga tuzoq qo'yib, endi boshqa shaharlarga ham
qatnaydigan bo'lib qoldi. S. Abduqahhor, Uy ostonadan bosh-lanadi. Sodda ota, onamizni urib
yo'ldan, Bizga tuzoq qo'ymoqd&shr o'ngu so'ldan. «Mush-tum». Tuzoqqa tushmoq (yoki ilinmoq) 1)
tuzoqqa kirmoq, band bo'lmoq (if. tuzoq 1). Tuzoqlarga beshta kaklik tushibdi (ili-nibdi); 2)
domiga duchor bo'lmoq (q. tuzoq 2). Faqat Nigora o'ziniki bo'lsa, qo'lidan chiqib ketmasa, uning
g'puzog'iga ilinib qolmasa bas. S. Anorboev, Oqsoy.
TUZOQCHI 1 Tuzoq yasovchi va tuzoq qo'-yib ov qiluvchi.
2 ko'chma Kishilarni tuzog'iga, domiga ilintiruvchi. Domiga tushmagan kam, turfa tuzoqchi hojim,
Bermaydi qilsa nasiya, sud-rab, chatoqchi hojim. Muqimiy.
TUZOG'LIK Tuzab qo'yilgan; yasog'lik. Tuzog'lik dasturxon. Tuzog'lik sshol. mm Mulozimlar
tuzog'lik barkashlar, so'yilgan qovun va tarvuzlar, turli-tuman nozu ne'-matlar ko'tarib
kelishdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TUZSIZ 1 Tuzi yo'q, tuzi me'yoridan kam, past. Tuzsiz xamir tandirda turmas. Maqol.
2 ko'chma Ma'nosi, mazmuni yo'q; bema'-ni, tuturiqsiz. O'zi yuzsizning so'zi tuzsiz. Maqol. mm
Qo'ying tuzsiz gaplaringizni, siz-ga yarashmaidi. M. O'rinxo'jaev, Unutilmas kunlar.
TUZSIRAMOQ Organizmda tuz yetish-masligi sababli tuz talab bo'lmoq (asosan \ayvonlar haqida).
(Qo'ylarning] Hammasi tuzsiragan bo'lsa kerak, kirsangiz, qo'lingiz-ni yalaydi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chirokdari.
TUZUVCHI 1 Tuzmoq fl. sfdsh. Shartnoma tuzuvchi tomonlar. Dalolatnoma tuzuvchi shaxslar.
2 Material, fakt, ma'lumot va sh.k. ni yig'ib va ularni ma'lum tartibda joy-lashtirib asar
yaratuvchi yoki yaratgan shaxs. Lug'at tuzuvchi. Xalq qo'shiklari to'plamini tuzuvchi.
Yer tuzuvchi Yerni planlashtirish va sh.k. ishlar bilan shug'ullanuvchi shaxs, mutaxas-sis. Bu orada
yer tuzuvchi Xudoinazarov bilan o'zingiz ikkitadan to'rtta uchastka qurib oldingiz. «Mushtum».
TUZUK I 1 Buzilgan-netgan yeri yo'q, ishlab turgan yoki ishlay oladigan. Televizor tuzukmi,
buzuqmi? Motor tuzuk ishlab tu-ripti.
2 Kamchiligi, yomon yeri yo'q; durust, yax-shi; binoyi. Tuzuk yigish. Bu ish pguzuk tash-kil
qilinmabdi. mm O'zi tuzuk shoir, biroq tanqidni ko'tarmagani yomon. A. Qahhor, Sarob. Kenja
yigit qishloqda Tura oldi bir oycha, Turmush pguzuk bo'lsa-da, Ammo baxti uzoqda. 3. Diyor.
3 Dard-kasali yo'q, sog', sog'lom; sog'lig'i qanoatlanarli. Ota, tuzukmisiz? Tuzuk bo'-lib
keshdingizmi? mm Xayriyat, onangizning ahvoli ancha tuzuk bo'lib qoldi, isitmasi ham qaytdi.
M. Ismoiliy, Farg'onat. o.Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uyg'ot-mang. A. Qahxrr,
Bemor.
4 rvsh. Qoidasi bilan, durustgina, yax-shilab. Tuzukroq, mazmunliroq gapirsangiz-chi. Tuzukroq
o'tiring. mm Xayolingiz qaerda, nima so'zlayapsiz, oyi? Tuzukkina gapiring! Oybek, Tanlangan
asarlar.
5 tasdiq yukl. Yaxshi, xo'p, mayli, ma'-qul. -Ertaga kitobni ola kel, tuzukmi? -Tu-zuk, olib
kelaman. mm -Cm kirgandan keyin men eshikni ustingizdan yopib olaman-da, bir ozdan so'ng
oldingizga kelshting yolg'iz o'zini kirgizaman, tuzukmi? -Tuzuk. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TUZUK II map. huq. Qonun-qoidalar to'p-lami; nizom. Amir Temur tuzuklari.
TUZUKLAMOQ kam qo'll. Yaxshi, durust holga keltirmoq, yaxshilamoq. \ Otabvk\ Xayol ichida
qog'ozning taxlarini tuzukladi-da, qaytarib, yana qo'yniga tiqdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Artel` ishini yaxshi yo'lga qo'iish, hosildorlikni oshirish, kolxozchi-larning daromadini
tuzuklashda faol qat-nashibdi. Gazetadan.
TUZUK-QURUQ s.t. kam qo'll. Yaxshigi-na, durustgina, ko'ngildagidek. [To'la] O'qi¬
184
tuvchining savollariga tuzuk-quruq javob qilmay, o'z o'yi bilan mashg'ul bo'ldi. M. Is-moiliy,
Bizning roman. Kasbingiz bo'lmasa, oshna-og'aynilaringiz bo'lmasa, qo'lingizda tu-zuk-quruq
xarakteristika bo'lmasa! Qayoqqa borasiz?A. Muxtor, Tug'ilish.
TUZUM Jamiyat va davlat tuzilishi (qurilishi) tizimi. Davlat tuzumi. Qabi-lachilik tuzumi. tsh
Milliy tilning saqla-nishi va rivojyaanishi hamma vaqt ijtimo-iy tuzumning.. odilligiga
bog'liq. «Fan va turmush». U [Aliqul] ko'p o'tmay yangi tuzum, yangi davlat, yangi hayot va yangi
odamlarga duch keldi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
TUZQOQ: tuzqoq qilmoq Go'shtga tuz se-pib quritmoq, qoklamoq. Shahar, qishloq-larga barra
go'shtning hammasini yetkazib berolmaymiz.. Kuchimiz yetganicha tuzqoq qi-lamiz. Gazetadan.
TUYILMOQI Tuymoq I fl. majh. n. Xo-vonchada tuyilgan tolqon. mm Jo'xori tuya-yotgan xotini
uning qo'lidagi tugunchani ko'-rib, kelisopsh kelining ustiga qo'ya chopdi. Keli lapanglab
ag'nadi, chala tuyilgan jo'xo-ri yerga to'kildi. A. Qahhor, Anor.
TUYILMOQII 1 Tuymoq II fl. majh. n. Uning so'zi menga qattiq tuyildi.
2 O'xshamoq, o'xshab ko'rinmoq, his etil-moq. U paytlar yoz edi, bu gal esa qish; Bir xilday
tuyilar ikkala fasl. M. Ikrom. Nihoyat, har minuti bir kunday tuyilgan bir soat vaqt o'tgach,
butadan yigirma-o'ttiz metrcha berida, qora kaska ko'rindi. A. Qah-hor, Oltin yulduz.
TUIMOQ I 1 Keli, xovoncha va sh.k. da yanchmoq, maydalamoq, kukun qilmoq. Murch tuymoq. mm
Hovli yuzida jo'xori tuyib o'tir-gan Karomat Mehrinisoni ko'rib, dik etib o'rnidan turdi. R.
Fayziy, Hazrati inson. Onasi qandaydir o'tlarning tomirini te-rib quritar edi-da, kelida
tuyib, atala qaynatib berar edi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 shv. Oqlamoq, tozalamoq (mas, sholi-ni). Qori o'zining xotinini yomonlab ketdi: sholini
sochmasdan tuyolmaydi, suv qainatsa ham, tagiga oldirib qo'yadi. A. Qahhor, Qo'sh-chinor
chiroqlari.
TUIMOQ II His qilmoq, sezmoq; pay-qamoq. Shu ondayoq u chekkasida ayolning tit-roq issiq
lablarini tuydi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. [Yo'ldosh] Shu daqiqa onaning mehrli nigohi
farzand g'ussasini mahv etishga qodir ekanini umrida ilk bor tuydi. H. G'ulom, Toshkentliklar.
TUYNAK Yangi tugilgan, hali yetilma-gan qovun, sapcha. [Bozorda] Qovun tushira-diganlarga
yordamlashaman, sapcha, tuynak be-rishadi. G'. G'ulom, Shum bola. Bunday kezlar-da xazanak bo'lgan
polizdan topilgan xomak ham, paykal kesagida yorib yeydigan tuynak ham shirin bo'ladi. S.
Ahmad, Qadrdon dala-lar. Ba'zan egatlar ichida tarvuz, qovun palaklari chiqib qolardi.
Albatta, bir-ik-kita burushgan tuynak bo'lardi. III. Xolmir-zaev, Saylanma.
TUYNUK Eski tipdagi mahalliy uy, binolarning devori yoki tepasidan yoruglik, havo kirib
turishi yoki boshqa maqsadlar uchun qoldirilgan to'rtburchak yoki doiraviy teshik. Mana, bir
tomondan deraza o'rniga tuynuk ochilgan kichkina qorong'i uyda o'n-o'n besh chog'li xotin o'tiribdi.
S. Zunnunova, Gulxan. Xona madrasalardagi hujraga o'xshash kichik bo'lib, tepada ikki tuynuk
bor edi. Mirmuhsin, Me'mor. Bir vaqtlar Sulton Mahmud mirzo tirikligida shu xonadan qiz-lar
cho'miladigan bo'lmaga maxfiy bir tuynuk ochilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Boshi (yoki bo'yi) tuynukdan chiqib keta-yotgani yo'q Hali yosh, balog'at davri o'tgan emas. Xom
o'ylabsiz, halitdan kuyov nimasi, \ Toshxonning] boshi tuynukdan chiqib keta-yotgani yo'q. A.
Mirahmedov, O't yuraklar. Bironta xotini yo'q odam topilib qolardi. Qizimizning bo'ii
tuynukdan chiqib ketayot-gani yo'q-ku! S. Zunnunova, Gulxan. Oy tuy-nukka, arava eshikka
kelganda Ish tiqilinch bo'lib qolgandagina harakatga tushganda aytiladigan ibora.
TUYNUKLI Tuynugi bo'lgan, tuynuk qo'yilgan. Tuynukli ui. mm \Qo'rg'onning] Un-da-munda
shuynukli devorlari mustahkam, qo'sh tavaqa darvozasi ham bor. G'. G'ulom, Shum bola.
TUYQUS shv. Birdan (to'satdan) yuz ber-gan; nogahoniy. Ikkala mo'ysafid uning bu tuyqus
holatidan hayron qarab qolishdi. I. Shamsharov, Toshqin.
2 ayn. tuyqusdan. Oyparcha berajak sa-volini unutib qo'ygandek tuyqus gangib qol-di. LU.
Xolmirzaev, Qil ko'prik. Nizom nafratomuz chimirshib qo'l siltadi, tuyqus miyasi g'uvullab, bir
laxza ko'zi tindi. «Yosh-lik».
TUIQUSDAN rvsh. shv. Bexosdan, qo'q-qisdan, kutilmaganda, birdan. Bangi, bo-shiga tuyqusdan
sovuq suv quyilgan odamday, qisiq ko'zlari charaqlab ochilib ketdi. O. Yoqubov, Larza.
Toshtemir Oynisaga yaqin-roq kelib, tizginni uning qo'lidan oldi va tuyqusdan so'rab qoldi: -
Toshkentga olib ketaymi?\. G'ulom, Toshkentliklar.
TUIG'U 1 fiziol. Tashqi ta'sirni se-zish, his etish, qabul qilib olish qobi-liyati; sezgi. Tuyg'u
yordamida biz issiqni yoki sovuqni sezamiz. mm Quyonning tuyg'u a'zola-ri terida tamoshanadigan
nerv uchlaridan iborat. «Zoologiya».
2 Ruhiy yoki jismoniy kechinmalar, his-tuyg'ular majmui; his-tuyg'u, his-hissiyot. Nafis tuyg'u.
Ishonch tuyg'usi. Do'stlik tuy-g'usi. Og'riq tuyg'usi. Yurakni g'ash qilayot-gan tuyg'u. mm Rashk,
menimcha, mana shu haqo-ratning alami va shundan kelib chiqadigan tuyg'u. A. Qahhor, Qo'shchinor
chiroqlari. Otasining saltanat oldida katta hurmat-ga ega ekani Badianing qalbiga ham
fidoyi-lik tuyg'ularini solgan edi. Mirmuhsin, Me'mor. Oraga jimlik cho'kib, tuyg'ularni
so'ndirdi. K. Yashin, Hamza.
TUIG'ULI Sezish, his etish qobiliya-ti kuchli; sezuvchan. Nafis tuyg'uli qiz.
TUYG'UN I 1 Tez sezib, fahmlab, pay-qab oladigan; sezgir. Tuyg'un bola. mm Hamza onasidek
tuyg'un, har narsaga qiziquvchi bola bo'lgan. «UTA». Bunday tuyg'un, bunday ziyrak, bunday
boadab qiz yetti iqlimda ham topilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Tuyg'un (erkaklar ismi).
TUIG'UN II Qirg'iy yoki qarchig'ayning erkagi. Suvsiz cho'lda keladi. Polvon Hasan, mard Hasan,
Och tuyg'unday chirqillab. «Rav-shan».
TUYG'USIZ Sezish, his etish qobiliya-ti yo'q yoki kuchsiz; hissiz, sezmaydigan. Tebranolmay faqat
men yotaman O'z o'rnimda yarim tuyg'usiz. O. Yunus.
TUK 1 Badanda o'sadigan soch yoki yung-ning har biri; mo'y. Mo'ylov tuki. mm So-chining har bir
tolasi, qoshidagi har bir tuk, mijjasidagi har bir kiprik ko'z o'n-gimda turipti. I. Rahim.
Chin muhabbat.
2 Ba'zi narsalarning ustini qoplab olgan (qoplab o'sgan) mayda qilsimon o'simta. Shaftolining
tuki. Chigitning tu-ki. mm Otliq shoxni ushladi, uni avaylab o'ziga tortdi, keyin behilardan
birining chang bosib yotgan tukini qo'li bilan artdi, qalpoqli boshini engashtirib, uni
hidladi, yana hidladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Bir tuki o'zgamas yoki bir tuk ham kam emas Aynan o'zi, xuddi o'zi, o'zginasi. Kam-pir suratni
qo'liga olib tikilib qoldi: -Xuddi o'zi, Kenjagshamning o'zi. Bir tuki o'zgamas. S. Ahmad,
Chevara. Buvasi-ku «Dada-sidan bir tuki kam emas», deb A'zamning bolalik chog'ini eslaydi.
Shuhrat, Jannat qidirganlar.
TUKDOR ayn. sertuk. Taqsimcha, kosalar-da barra piyoz, shivit bo'ktirilgan suzma-qatiq.
Boshmaldoqdek to'q-qizil tukdor bodringlar. S. Nurov, Narvon.
TUKLI 1 Badanida tuki bo'lgan; mo'yli. Uning mayin sarg'ish tukli peshonasida, yuqo-ri labining
ustida ter rezalari yiltirar-di. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 Ustki qismi tuk bilan qoplangan; sertuk. Tukli arilar. Tukli gazlama. Tukli behi.
TUKSIZ 1 Tuk-mo'y o'smagan, tuki yo'q. Tuksiz silliq yuz. mm [Fosih afandining] Tuksiz qosh.shri
jiyrilib borib, ko'k shisha-li ko'zoynaklariga qadaldi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Mohina
Latofatning tog'acha-si, deb atagan kishi pakana, tuksiz boshi tarvuzday dum-dumaloq, ellik
yoshlar chama-sidaedi. S. Karomatov, Hijron.
2 Ustida tuki yo'q. Tuksiz shaftoli. Tuksiz qovun.
TUKSIZLANTIRMOQ Tukidan xoli qilmoq (asosan, chitit haqida). Tuksizlan-tirilgan chigitga
juda ehtiyot bo'lish ke-rak. Gazetadan.
TUL Eri yoki xotini o'lib yolg'iz qolgan; beva, yesir. Tul xotin. Tul qolmoq. mm Qan-cha-qancha
onalar, kelinchaklar tul bo'ldi. 3. Diyor. [Ahmadning] Pastdagi qo'shnisi tul erkak, juda
bo'shang, beozor odam edi. F. Musajonov, Himmat.
TULIY [yun. Thule — Tule, qadimda Yer-ning shimoliy chegarasi deb hisoblangan yarim afsonaviy
mamlakat nomi] Mendele-yev davriy sistemasining III guruhiga man-sub kimyoviy element,
radioaktiv metall.
TULIM kam qo'll. ayn. tolim. Sochni ik-ki tulim qilib o'rmoq. mm Suluv og'ir tuli-mini to'lg'ab,
qovoq kosadan jindak suv ho'pladi. A. Muxtor, Opa-singillar.
186
TULKI 1 Bo'risimonlar oilasiga man-sub, tumshug'i uzun, dumi mayin uzun jun-li, o'ta sezgir va
ayyor yirtqich sutemizuv-chi hayvon. Qalin maysalar orasida sarg'ish ayyor tulki alanglab borar
edi. Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi. Kovakni boyvachcha tulki ovlab yurganida ko'rgan edi.
S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
2 Shu hayvonning mo'ynasi va undan tayyorlangan telpak va b. Oysuluv uyg'onib, ungurning
og'ziga chiqib turgan edi.. Suvon-jon unga quyon rangli tulkini uzatdi. S. Anorboev, Oqsoy.
Boshiga tulki telpak kiy-gan bu otliq unga tanish ko'rindi. H. G'ulom, Mash'al.
3 ko'chma O'taketgan ayyor, makkor odam haqida. Ishonmayman-u, lekin qari tulki eridan ko'p
narsani yashirishini bilaman. U. Umarbekov, Yoz yomg'iri. Haqiqatda esa, bu tulkilar uni
laqillatadilar. A. Qahhor, Sarob.
Bo'rimi, tulki? Ishning o'ngidan kelgan-kelmaganligi haqida so'roqni bildiradi. Qani,
bo'rimieiz, tulkiRHamza, Boy ila xiz-matchi. Bo'rimi, tulkimi? Oq tuyani ko'rgan-laring yo'qmi?
«Oysuluv».
TULKILIK Tulkiga xos xatti-harakat, qiliq. Tulkilik qilmoq. mm Tulkilik-da. Bu odam xirpi
bo'lib ketgan. Komissiya kelib qolsa, suvdan quruq chiqish lshqsadida, mashi-nalarni pad [qator]
qilib, bo'yatyapti. Mir-muhsin, Qizil durralar.
TULLAK 1 Bulturgi, qari (ikki, uch yillik), tullagan, tullab chiqqan (parran-dalar xaqida).
Dam olib o'tirganlarga choy tashiyotgan Tojivoy yurib keta turib, tul-lakning ovozidan
zavqlanardi. Mirmuhsin, Chiniqish.
2 ko'chma Ayyor, makkor, firibgar odam haqida. Tullak odam. mm Tabiiy, bular ro'pa-ralaridagi
yuzdan to'qsonni urgan va bir haf-tada to'rt-besh bozorni oladigan tullaklar.. edilar. SH.
Rizo, Qor yog'di, izlar bosildi. O'zi ham ish ko'rgan tullak shasmi, endi bu og'ir holatdan
ustalik bilan chiqib olish yo'llariga yopishadi. A. Qodiriy, Obid ket-mon.
Pixini yorgan tullak Utaketgan firib-gar, ayyor, makkor. Jinoyatchining kattasi — uning akasi
Ziyodilla. Pixini yorgan tul-lak. H. G'ulom, Mash'al.
TULLAKI kam qo'll. ayn. tullak. To'rtta to'rqovoqda to'rtta sayratma, ha, bitta tullaki olib
yurishga yurarman.. buni huku-mat ishiga zarari yo'q.. Mirmuhsin, Umid. Siz, birodarlar..
peshona teri to'kib ish qilasiz. Lekin orangizga sovuqda qolgan tul-lakilar aralashib qolibdi.
«Mushtum».
TULLAKLIK Tullakka xos xatti-hara-kat (q. tullak 2). Surxonboy akasining tul-laklik
qilayotganini bilib tursa ham.. or-tiq bahslashibo'tirmadi. I. Rahim, Taqdir.
TULLAKXONA esk. Otlarni bo'rdoqiga boqish uchun moslangan og'ilxona.
TULLAMOQ Pat, teri yoki yungini tash-lab, yangi pat, teri yoki yung chiqarmoq (xayvon, parranda
va sh.k. haqida). Tullagan tovuq. mm Uning [cholning] oyoqlari ostida tullagan oriq it qimir
etmay yotardi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi. Bu orada da-raxtlar gullab tuga boshladi.
Mollar tul-labbo'ldi.. S. Nurov, Narvon. Ko'klam chiqdi deguncha biz tullagan sigirning junini
yulib olamiz. S. Murodbekov, Yovshan isi.
TULPOR 1 Nasldor, chopqir, uchqur ot; arg'umoq. Bos oldin, tulporim, chu, azamat, chu. G'.
G'ulom. Tulpor otlar yel quvib il-gariladi-da, tepalik yonbag'ridan yurib, o'r-mon ichiga kirib
ketdi. M. Muxamedov, Ki-chik garnizon.
Xosa tulpor Boqilgan, chiniqqan, uzoq safarlarda, poygada pishigan nasldor ot. Maydon bo'lsa,
bedov otlar chopilar, Ko'p chopilsa, xosa tulpor sovilar, Xizmat qil-sang, yoring ko'ngli
topilar. «Shirin bilan Shakar».
2 fol`k. Qanotlari bo'lgan afsonaviy uchar ot. Hotamning bulutga uchadigan tulpo-ri
bo'larkan.. Shukrullo, Javohirlar san-dig'i.
TULUM 1 Terisiga poxol tiqilgan bu-zoq (bolasi o'lgan sigirni iydirishda foydalaniladi).
2 Ichiga poxol va b. narsa tiqib qoti-rilgan hayvon, qush va sh.k. Ayiq tulumi. Burgut
tulumi. Lashak tulumi. Tulum us-shaxonasi. mm Uning \ Polvonning} yoniga bir-muncha o'rdak
tulumlari uiilib qo'yilgandi. J. Sharipov, Xorazm. Bolaligidan boqib o'stirilgan qushni ovga
o'rgatishda quyon, tulki singari haivon tulumlaridan foyda-laniladi. «Fan va turmush».
3 Mesh, sanoch.
1*L ?U
TUM Nog'oraning po'killaganroq ovoz chiqaradigan toqasi va undan chiqadigan ovoz. Nog'oraning
tak, tum (taka, tum) ovo-zi eshitildi.
TUMAN I [mo'g'. tumen — o'n ming] 1 At-mosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda
suv yoki muz zarralari. Quyuq tuman. Tonggi shuman. mm Havo pguman bo'l-ganidan o'rmon ko'zga
ko'rinmas edi. M. Mu-hamedov, Qahramon izidan. Sal o'tmay soylikni oqish harir tuman kopladi.
O. Yoqubov, Izlayman. Ro'parada past-baland cho'qqshyurini osmonga turtib, ko'kish tuman pardasiga
burkangan Chotqol tog'lari. P. Tursun, O'qituvchi.
2 ko'chma Tumanga o'xshash, xira, nim-qorong'i holat. Bahorning fikri bulut bos-gan osmonday
qorong'ilashdi-yu, ko'z oldini tuman chulg'adi. SH. Rashidov, Qudratli to'l-qin.
TUMAN II 1 esk. O'n ming. Birniki ming-ga, mingniki tumanga. Maqol.
2 Nihoyatda ko'p, sanog'iga yetib bo'lmay-digan, tumonat. Salomatlik — tuman boi-lik. Maqol. mm
Biz uchun eng avvalo tuman boyliklar yaratishga qodir bo'lgan odamlar-ning salomatligi kerak.
Gazetadan.
3 map. Tilla barobarida o'n ming so'm. [ Sohib Doro:\ Xalifamiz o'tgan kuni devon qurib,
vazirlari va beklaridan ikki tuman aqcha topib bermoqni talab etibdurlar. M. Osim, Zulmat
ichra nur.
4 map. Markaziy Osiyo va Xurosonda: o'n ming otlikdan iborat askariy qism, di-viziya. Men..
bir tuman birla g'animning o'ng qo'lidan orqasiga o'tib oldim. M. Osim, O't-ror. Turgin, ota,
qara, naq tuman Dushman kelar sarhadma-sarhad. X. Davron, Bolalik-ning ovozi.
TUMAN III 1 map. Sharqda, jumladan, O'zbekistonda 20-asr 20-yillarigacha ma'-muriy-hududiy
bo'linish; uezd; Shu o'ttiz chaqirimlik ariq qazilib bitganda, Naman-gan va Andijon
tumanlaridan ikki ming botmongacha yer sug'orilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Mardon
asli Sherobod tumaniga qarashli bir qishloqlik yigit. M. Osim, Elchilar.
2 O'zbekistonda: viloyat, shahar hududi-da ularning tarkibiy qismi bo'lgan ma'-muriy-hududiy
bo'linma. Farg'ona viloya-tining Oltiariq tumani. Toshkent shahri¬ning Yakkasaroy tumani. mm Bu
haqda hikoya qilishni tumandagi oilalardan boshladik. Gazetadan.
TUMAN IV shv. Tuban, quyi.
Yuzi tuman bo'lmoq Uyatga qolmoq, shar-manda bo'lmoq. Mahrami-man kelib qizing ko'rmaymi?
Siyosat-man kelib tortib ol-maymi ? Undan keyin yuzing tuman bo'lmaymi ? «Alpomish». Yuzini
tuman qilmoq Uyatga qoldirmoq, sharmanda qilmoq. Sen eshitgin menday mardning so'zini, Tuman
qipsan bek otangning yuzini. «Alpomish».
TUMAN V \f. ^`,— o'n ming dinorga teng pul birligi < t. tuman] Eronda 1932 yilga qadar
muomalada bo'lgan pul birligi.
TUMANBOSHI map. O'n ming jangchi-dan iborat harbiy qism, diviziya qo'mondo-ni. Bobur qo'shinida
tumanboshi lavozimi mav-jud bo'lmagan, chunki qo'shinning soni o'n ikki mingdan ortiq emas edi.
«O'zME».
TUMANLANMOQ Tuman bilan qoplan-moq; xiralanmoq. Tumanlangan deraza oyna-lariga yirik qor
parchalari oq kapalakday urilardi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TUMANLASHMOQ 1 Xira bo'la bormoq, xiralanmoq. Ko'z oldim tumanlashdi. mm Uy-laganim sari
o'ylarim tumanlashdi. 3. Do'st-matov, Yoqut.
2 ko'chma Xiralashmoq, noaniqlashmoq. Bu og'ir andishalardan Ahmad Xusaynning ko'z oldi
tumanlashdi. Oybek, Hyp qidirib.
TUMANLI 1 Tuman qoplagan, tuman bosgan. Tumanli kun. mm Kecha qorong'i va tu-manli edi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Te-girmon yo'lagi un to'zoni ichiga ko'milib, kech kuzning quyuq
tumanli havosi manzarasji beradi. A. Kddirmy, Obid ketmon.
2 ko'chma Aniq emas, aniq ifodali bo'l-magan. Tumanli tasavvur. Tumapli fikr. mm Shukurjonning
miyasida yana chaqmoq chaq-naganday bo'ldi-yu, o'n yillar davomida di-liga ozor berib kelgan
tumanli o'ylarning hammasini birdan yoritib yubordi. O. Yoqu-bov, Ota izidan.
TUMANLIK 1 Tuman bilan qoplangan holat, qatlam. Tumanlik orasida bir to'p chug'urchuq shovqin
solibo'tdi. O'. Hoshimov, Bir tomchi shudring.
2 Tuman bosgan, qorong'i joy. Saidiy shu darvoza va shu zanjirnigina oddiy deb bi-lib,
ichkarini sira ko'z oldiga keltirmas va
>^ 188
keltirmoqchi bo'lganda, faqat bir tuman-liknigina ko'rar edi. A. Qahhor, Sarob.
3 astr. Yerdan juda uzoqda joylashgan va Somon yo'liga o'xshash ko'rinishga ega bo'l-gan yulduzlar
sistemasi. Kosmik miqyosda pla-netar tumanliklarning yashash muddati bir necha o'n ming yil,
xolos. «Fan va turmush». Yana ming yillardan so'ng yoritqich atrofida sayyoraviy tumanlik hosil
qiladi. O. Mo'-minov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
TUMBA [nem. Tumbe < lot. tumba — qabr < yun. tumbos — do'ng, tepalik] 1 ayn. tum-bochka.
Gulni tumba ustidagi sopol guldonga solib qo'yib, Usmonning bosh tarafiga og'ir cho'kdi. «Sharq
yulduzi».
2 G'o'laga o'xshash narsa; kursi, ustuncha. [To'la] Vagon orqasiga yugurib o'pgdi-yu, lip eshib
tumbaga chiqib oldi. Tramvayning yurib ketayotganidan ham, tumbaga osilib yurish xavfli
ekanidan ham qo'rqmadi. M. Ismoi-liy, Bizning roman.
TUMBOCHKA [«tumba» s. ning kichr.] Ichiga va ustiga narsa qo'yiladigan kichkina pastak shkafcha.
Har bir karavot boshida bittadan tumbochka, oyog'ida — bittadan taxta kursi. H. G'ulom, Mash'al.
Nonushta-ga asrab qo'ygan bir burdagina qotgan nonni tumbochka tortmasidan olib yedi.. S. Ka-
romatov, Oltin qum. Birdan tumbochka usti-dagi telefon jiringlab qoldi. G'ayratiy, Dovdirash.
TUMOV Sovqotish, infektsiya, allergiya tufayli burun shilliq pardasining yal-lig'lanishi va buning
natijasida burundan suv, nazla oqish kasalligi. Tumov bo'lmoq. mm [Yormat] Tumov orqasida
burnidan to'x-tovsiz oqqan suvni ham sezmaydi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Kishi tumovga
chalingan bo'lsa, u ovqatning ta'mini ham, gulning hidini ham sezmaydi. «Fan va turmush».
TUMOVLAMOQ Tumov bo'lib qolmoq. Sayyora tumovlab, bir-ikki kun maktabga kelmadi. P. Qodirov,
Qalbdagi quyosh. Yolg'iz farzandimiz qolsa tumovlab, Tushamiz va-hima, vasvasasiga. A. Oripov,
Iillar ar-moni.
TUMONAT Sanog'iga yetib bo'lmaydigan, nihoyatda ko'p (odamlar to'pi); xaloyiq. Uning shovqin-
suroniga bir zumda shumonat to'p-landi. mm U \Xaupu] onasidanmi, buvisidan-mi meros bo'lib
qolgan ming yamoq banoras paranjisini nomiga yopinib olgan, ko'zlari tumonat ichidan kimnidir
qidiradi. A. Mu-hiddin, Qirq baxt egalari. Dod deb ayyuhan-nos solmoqchi, tumonatni yig'moqchi
bo'lar.. nafasi tiqilardi. R. Fayziy, Hazrati in-son. Shuning uchun chinorning ziyoratiga at-
rof-tevarakdan har yili tumonat odam kelib ketadi. A. Muxtor, Chinor.
TUMOR 1 [a. jU^L. - o'rog'liqxat; noma, yozuv] Xalqona, diniy tasavvurga ko'ra, go'yo egasini
ko'z tegishdan, balo, ofat, ins-jins va sh.k. dan saqlaydigan, ichiga duo bitilgan qog'oz
joylangan uchburchak narsa (odatda bo'yinga, qo'ltiqqa, sochga taqiladi yoki kiyimning ichki
qismiga tikib qo'yi-ladi). Duo tumor. Ko'z tumor. mm Nima bu, qanday tumor, Do'ppi ichra
chatilgan? G'. G'u-lom. Shayx duotalab ikki ayolga tumor yozib berayotgan edi. S. Siyoev, Yorug'lik.
Asqarmul-la dam solar, band qilib, tumor bitib be-rar edi. S. Zunnunova, Olov.
2 etn. Xotin-qizlarning kiyim ustidan bo'yinga osiladigan yoki yelkaga osib, qo'l-tiqqa
tushirib yuriladigan bezagi. Boy-vachcharoq qizlar bo'yishariga zebigardonlar, bo'yin tumorlar,
qo'ltiq tumorlar, tilla-qoshlar.. taqib olgan. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
3 sft. s. t. Uchburchak (tumor) shaklga ega bo'lgan. Tumor yer. mm Faqat necha ming kilo-metrlar
yo'l bosib kelgan tumor xat unga [ Po'latjonga] tasalli berdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
TUMORNUSXA Tumorga o'xshagan, tumor shaklidagi. Tumornusxa xat.
TUMORTAXLIT ayn. tumornusxa. U\Be-gijon\.. tumortaxlit buklangan bir qog'oz-ni menga uzatar
ekan, hayo bosgandan bo'lsa kerak, iyagida marvarid donalari singari may-da-mayda terlar
paydo bo'ldi. N. Safarov, Sevgi.
TUMOQ 1 shv. Qulokli issiq qalpoq; quloqchin. Orqada boshiga qozoqi tumoq kii-gan podachi bola
hadeb shovqin solar edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi. G'iyos aka.. boshida ko'hna tulki
tumoq, xayol surib ket-yapti. N. Fozilov, Diydor. Utumog'ini olib, tizzasiga qo'ydi. E.
Samag'shar, Tangri qu-dug'i.
2 O'rgatilgan ov qushining boshiga kiy-diriladigan teri qalpoqcha. He munglig' bu dunyoda —
qizlar munglig', Boshida tumog'isi burgut munglig'. «Oq olma, qizil olma».
189
TUMSA Tug'maydigan, suti yo'q. Tumsa sigir. mm Senga qarab bo'shadayin bo'zlayman, Fikrim
shudir, o'zim sira tshmayman, Men tumsaga agar sutni bermasang, Bergan omo-nating ol, deb
yig'layman. «Zulfizar bilan Avazxon». Bu Go'ro'g'li xumsa, xotini tug'mas tumsa.. «Bo'tako'z».
2 ko'chma Hosilsiz, hech narsa unib-o's-maydigan. Ey buyuk sahroning zarrachalari, Kaftimda
to'zg'imay tursang bo'lmasmi, Dil xursand bo'lmasmi, tumsa bag'ringda Giyohlar potirlab unsa
bo'lmasmi? SH. Rahmon, Gul-layotgan tosh.
TUMSAYMOQ ayn. tumtaymoq. Boqijon tumsayib, og'zini ochgan holda, hammaga ma'-nosiz tikildi.
Oybek, O.v. shabadalar. Hat-to tumsayib o'tirgan Asrora ham beixtiyor chapak chalar edi. S.
Ahmad, Ufq.
TUMTAYMOQ Biror narsadan xafa bo'lib, ranjib yoki jaxdi chiqib, qovoq solib o'tirmoq;
tundlashmoq, tumshaymoq. U bolasining bugun juda ham tumtayib ol-ganiga hayron bo'lar, uni
gapga solish, pari-shonligini tarqatish uchun turli savollar berar.. edi. M. Ismoiliy, Farg'ona
t. o. Karimberdi indamadi, badtar tumtaydi. S. Mahkamov, Dala tongi.
TUMTARAQAY rvsh. Tartibsiz, har to-monga to'zgan holda (asosan, qochish, ketish, to'zish harakati
haqida). Eshik ochilishi hamon bolalar tumtaraqay qochib ketishdi.. I. Rahim, Zangori kema
kapitani. Qal'ani ihota qilib turgan navkaru yasovullar har tomonga tumtaraqay qochib
ketishdi. M. Osim, Utror.
Tumtaraqay bo'lmoq Tumtaraqay holga tushmoq, har tomonga qochish, ketish hola-tiga tushmoq.
Birpasda darvozaxona bo'shab qoldi. Qalandarlar mo'r-malaxday to'rt tomonga tumtaraqay bo'ldi.
S. Siyoev, Avaz. Tong otganda kimdir: «Yog'iy bosdi!» deb qichqirdi-da, tura qochdi.
Uyqusiragan odam-lar vahima ichida tumtaraqay bo'lab ketdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Tumtaraqay qilmoq Har tomonga tartibsiz ravishda qochishga majbur etmoq, to'zitmoq. Tran-sheyaga
kirib qolgan gitlerchilar madad-korlarimiz zarbasidan tumtaraqay qilib yuborilgan edi. N.
Safarov, Olovli izlar. -Tur o'rningdan! — deb qoldi Poshsha xola Umidning xayollarini..
tumtaraqay qilib. D. Nuriy, Osmon ustuni.
TUMTAROQ [f. e`-k^ - tantanavor, dabdabali, shov-shuvli] 1 Balandparvoz dabdabadan
(so'zlardan) iborat, tamtaroq. Kechiring, aziz do'stlar, tumtaroq bo'ldi so'zim. P. Abdullaev,
Mening qo'shig'im. Siy-qasi chiqqan tumtaroq, mavhum, umumiy fikrlarni yodlab olgan..
notiqlardan nima foyda? Gazetadan. Bir qator tumtaroq, balandparvoz qarorlar qabul
qilingan, ammo ular bajarilmagan. Gazetadan.
2 ayn. tumtaraqay. Hajiqizlarning tum-taroq bo'lib qochishini ko'rdingmi? Uyg'un, Saylanma.
Nahotki, o'sha men urush boshida ko'rgan, soyasidan hurkib tumtaroq qochib yurgan qizil askarlar
shunaqa kuchga to'lib, uddaburro bo'lib ketgan.. Shuhrat, Jannat qidirganlar.
TUMTAROQLI Balandparvoz dabdaba-dan iborat bo'lgan; tamtaroqli. U [Elchi\ tumtaroqli so'zlar
bilan To'marisni qut-lug'lar ekan, mulozimlar tillado'z chopon va harir ko'ylaklar tugilgan
zarbof bo'g'chani uning oyog'i ostiga qo'ydilar. M. Osim, Aj-dodlarimiz qissasi.
TUMUSHMOQ shv. Tumshaymoq. Uning tumushib, to'niga o'ralib turishini ko'rgan dehqon, rahmi keldi
shekilli, asta egilib, yuzlariga tikildi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
TUMSHAYMOQ 1 ayn. tumtaymoq. Nega tumshayib olding, yigit?mm Qishloqqa ish-ga borish niyatim
qat'iyligini bilgach, mendan o'zini olib qochib, tumshayib yurdi. N. Yoqubov, Xayolimdagi qiz.
Vali aka kallasi-ni qimirlatdi, keksa yuzi tumshaydi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
2 ko'chma Yoqimsiz tus olmoq, «qovog'ini solmoq»; tundlashmoq (asosan, havo haqi-da). Havoni
qarang, juda tumshayib oldi. G'o'zalar sal o'zini tutib olsa, yaxshi bo'lardi. S. Zunnunova,
Olov.
TUMSHUQ1 Qushlarning og'zi bilan bi-rikkan, cho'qish va zarb berish uchun xizmat qiladigan o'tkir
uchli shoxsimon a'zosi. Tovuqning tumshug'i, mm Laylakning bo'yi novcha, tumshug'i bor tarnovcha.
Uyg'un. Qush-chaning juvoldiz uchiday tumshug'i salgina ochilishi bilan jilg'ani kuchli ovoz tutdi.
S. Anorboev, Oqsoy.
2 Hayvonlar boshining old (og'iz, burun tomon) qismi. Cho'chqaning tumshug'i. mm Yelib-yo'rg'alab
ketayotgan to'riq daf'atan tum¬
190
shug'ini baland ko'tarib, qattiq kishnadi. S. Anorboev, Oqsoy. »Tarzan» boyagiday buy-ruqni
bajarib, qand «mukofot» olgisi kel-dimi, saxiy egasshing oyog'iga yalpoq tumshug'ini surkadi. H.
Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
3 s. t. dag'l. Aft-bashara; kalla, bosh-ning yuz, bet tomoni. Poshsha xola.. kuyovning tumshug'i
oldida ombur qilib qisilgan bar-moqlarini o'ynata boshladi. D. Nuriy, Os-mon ustuni. U
[Madaminxo'ja] borib, mut-taham qozining tumshug'iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi
keldi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
4 ko'chma Biror narsa, buyum va sh.k. ning oldinga chiqib turgan qismi, burni. Kema-ning
tumshug'i. Miltiqning tumshug'i. shsh Xoliq ko'zlab turib, og'ir etigining tumshu-g'i bilan bir
tepdi. H. Nazir, Cho'l havosi. Po'lat qush tumshug'ini cho'za-cho'za, osmonga ko'tarildi. N. Safarov,
Olovli izlar. Ular-ning biri sumkadan oyna qutiga o'xshash nar-sani oldi-da, mashinaning
tumshug'iga qo'ydi. Mirmuhsin, Supurgiga sajda.
Tumshuq tiqmoq (yoki suqmoq) Biror ish, narsaga aloqasi bo'lmagan holda, o'rinsiz aralashmoq.
Birinchidan, meni afandixon de-Mam. Ikkinchisidan, tushunmagan ishingizga tumshug'ingizni
suqmang! S. Ahmad, Hukm. Bu ishga uning tumshuq tiqmasligini iltimos qilishganda.. Mirmuhsin,
Chodrali ayol. Ra-suljon o'zining bevosita vazifasi qolib, boshqalarning ishiga tumshug'ini
tiqadi. J. Abdullaxonov, Xonadon. Tumshug'i (yoki qo-voq-tumshug'i) osilmoq (yoki cho'zilmoq)
Aft-basharasi xafalik, norozilik va sh.k. ni ifodalovchi tund holatli bo'lmoq. Mengli-boyning
tumshug'i osildi. «Mushtum». Tergov-chi Hamdam Yo'ldoshev, qovoq-tumshug'i osilib, ularni xonasiga
boshlab kirdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. So'nggi gap yoqmadi she-killi, tumshug'i cho'zilib
ketdi. Oydin, Hi-koyalar. Tumshug'i ostida (yoki tagida) Shun-doqqina oldida, yonginasida. Agar
tumshu-g'ining ostida nimalar bo'layotganini ko'r-masa, unda u latta! «Sharq yulduzi». Qayno-na
shundoq Yigitalining tumshug'i ostiga kelib, gulduroq ovoz bilan bir kulib qo'ydi.. D. Nuriy,
Osmon ustuni. Poezddan tush-gandan keyin tumshug'imiz tagida ekansan-ku, biz bo'lsak qayoqlarga
borib yuribmiz. E. Raimov, Ajab qishloq. ..ko'chada turgan mi-litsionerning tumshug'i tagidan
ko'cha hara¬kati qoidasini buzib o'tib ketgan-ku.. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida.
Tumshug'i-dan ilinmoq Qo'lga tushmoq. Nihoyat, qing'ir ko'chaga kirgan yoshlar tumshuqlaridan ili-
nishdi. Gazetadan.
TUN 1 Sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tongotargacha bo'lgan qismi. Oysiz
tun. Tun kapalagi. Oy tunda kerak, Aql kunda kerak. Maqol. tsh Ochil yarim tungacha ko'chalarda
tentirab yurdi, yotoqqa borsa, yana tun bo'yi uxlay olmay chiqishini bilaredi. P. Qodirov, Uch
ildiz. [Nizomjon] Kechalari yulduz to'la osmonga tikilib, tun-ni tongga ulab, qushlar
nag'masidan, suvlar shildirashidan ko'ngilga allaqanday yupanch izlardi. S. Ahmad, Ufq.
2 Tun qorong'isi, qorong'ilik. Bahor kel-di, Tun bag'rida Yarq eshganday bo'ldi nur. E. Vohidov,
Nido. Hali tong otmagan, kulrang osmon asta-sekin oqara boshlaganiga qara-may, xiyobonlar,
ko'chalar, binolarning past-ki qavatlari tun qo'ynida edi. U. Umarbe-kov, Yoz yomg'iri. Olis-
olislarda yongan yulduz-dek Dardim bilan singib ketdim men tunga. X. Davron, Qaqnus.
TUNAMOQ 1 Biror joyda tunni uyqu bilan o'tkazmoq, kechasi yotib qolmoq. Xir-monda tunamoq. shsh
Bozorni kutib, ikki-uch kun.. samovarda tunadik. G'. G'ulom, Shum bola. [Yo'lchi] Ba'zan
Qoratoyning ishxo-nasida, ba'zan choyxonada tunab yurdi. Oybek, Tanlangan asarlar. To'g'ridan
ham kichik bu-loq bor ekan. Karvon shu yerda tunadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Bosqinchilik, o'g'rilik qilmoq (odat-da, tunda). Ular birinchi kuni Qo'yliqqa yaqin joyda
Zufar G'aynullinni tunab, kaltakla-dilar. Gazetadan. Rahmat sheriklari bilan tunda
fabrikadan kelayotgan I.M. ismli qizni tunab, jabrlab qochayotganlarida, qin-g'ir ishning
qiyig'i chiqib qoldi. Gazetadan.
TUNGAN s. t. Tungoni. Ora-sira tun-ganlar ham ko'rinib qoladi. Ular ayollar ko'y-lagiga o'xshash
uzun kamzul kiygan. H. Nu'-mon va A. Shorahmedov, Ota.
TUNGI Tunda bo'lgan yoki bo'ladigan; tundagi, kechki. Tungi smena. Tungi salqin. ish Asab,
tungi uyqusizlik Qudratni to-liqtirgan edi. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz. Rasuljon tungi
sayrning hayotbaxsh taas-surotidan beqiyos lazzat topib, uyiga qayt-
gan mahal tong yorisha boshlagan edi. J. Ab-dullaxonov, Xonadon.
TUNGONI 1 Xalq, millat nomi. q. dun-ganlar, tungonilar.
2 Shu xalq, millatga oid, tegishli. Tun-goni yigit. Tungoni tili.
TUNGONILAR q. dunganlar.
TUND [f. — shiddatli, qattiq; ta-rang, pishiq; zaharli, vahshiy, gazabli] 1 Muomalasi qo'pol,
yoqimsiz, qo'rs. Tund, kam-gap, keksa jarroh.. har bir so'zni o'lchagan-day, ohispga tushuntira
boshladi. Oybek, Navoiy. Karimjon, Manzura o'ylagandek, tund emas ekan. Ushunday qiziq
gaplarni to-pib gapirardiki, uning so'zamolligiga Man-zura qoyil qoldi. Habibullo, G'uncha.
Eson ustol [stol] yoniga borish bilan Saidiyning tund gapini eshitmagan, Saidiyni ko'rmagan
bo'ldi. A. Qahhor, Sarob.
2 Ko'rinishi, chehrasi sovuq, qiyofasi yoqimsiz. Tund bashara. mm Eshik og'a ikki bukilib ta'zim
qilar ekan, yuzi tund ko'rin-di. P. Qodirov, Bobur. Ikki kunchadan beri tund bo'lib yurgan
Yigitalining ko'ngli yorishib ketganday bo'ldi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Ertalab havo tund,
osmonni past tushgan bulutlar qoplab olgan. SH. Xol-mirzaev, Bodom qishda gulladi.
TUNDA rvsh. Tun pallada; kechasi. Bor-sak, oy chiqmasdan boraylik. Tunda shunday zo'r ov
bo'lsinki.. uning gashtiga nima yetsin! M. Mansurov, Yombi. Hoziroq yo'lga chiqib, ertaga tunda
qaytaman. H. G'ulom, Mash'al.
TUNDLANMOQ q. tundlashmoq. Narvo-niy yana tundlandi, chimirildi-yu, negadir gapirmay, bloknot
varag'idagi yozuvni «Mana, o'zingiz o'qib, bila qoling», degandek surib qo'ydi. «Mushtum».
TUNDLASHMOQ Tund bo'lmoq, tund qiyofa olmoq. Xuri uning [Kamolning] basha-rasi tundlashib,
katta-katta qora ko'zla-ri g'azabdan chaqnaganini ko'rdi. SH. G'ulomov, Saxroda. -Bo'pti. Shunday
qilamiz, — dedi Sherbek qat'iy. Uning yuzi ko'lanka tush-ganday tundlashdi. — To'lamat aka, endi
menga to'rikni bering. S. Anorboev, Oqsoy. Biroq cho'lga yetganlaridan keyin hamma yoqni bir
zumda qorong'ilik bosib, yarim chaqirim joyni ham arang ko'z ilg'aydigan darajada tund-lashdi.
J. Abdullaxonov, Xonadon.
TUNDLIK 1 Qo'pollik, sovuq muoma-lalik. -Bilasizmi, — dedi Pyotr Larionovich tundlik bilan, —
meni bu yerdagi yozuvlar qiziqtirmaydi. M. Xayrullaev, Tilla mar-jon.
2 Tund holat, qiyofa. Akasida.. so'z o'tmas bir tundlikni ko'rdi. H. Ahmar, Kim haq? Tashkarida
ham uydagidek tundlik hukmron edi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
TUNDRA [fin. tunturi - o'rmon (da-raxt)siz baland tog', tepalik] Shimoliy yarimsharning yuqori
kengliklaridagi o'ta sovuq iqlimli o'rmonsiz, yo'sinlar, siy-rak mayda o'simliklar bilan
qoplangan yerlar.
TUN-KUN, tunu kun 1 Kechayu kunduz, kechasiyu kunduzi, sutka davomida. Shuning uchun bu yerda
darg'alar bedor, tunu kun baqi-rik-chaqiriklar, uzun eshkaklarning betinim shaloplagani..
eshitshshb turadi. S. Siyoev, Yoruglik.
2 Hamisha, hamma vaqt, tinimsiz. Tun-kun ishlamoq. mm Navoiy va Pushkin — us-shozlar Tarbiyalar
tunu kun meni. X. Saloh, Chashma. Seni o'ylarman mangu, Seni o'ylar-man tun-kun. To'lqin.
TUNLARI 1 Tun s. 3-sh. ko'pl. shakli. Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira
boshladi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Yoz tunlari shu qadar dilbar.. G'ay-ratiy.
2 rvsh. Tun paytlarida. Kunlari kuyib-pishib ishlaganidan tunlari qotib uxlaydi. T. Ashurov,
Oq ot. Birinchi qavatdagi sport zalining chirog'i tunlari ham allamahalga-cha o'chmaydi. O'.
Usmonov, Sirli sohil.
TUNNEL` [ingl. tunnel < fr. tonnel -yumaloq, bochkasimon gumbaz] Transport yurishi, suv o'tishi
va b. maqsadlarga mo'l-jallab tog' (yer) yoki suv ostidan o'yib ochil-gan yo'l, o'tish joyi.
Metropoliten tun-nellari. Tog' tunneli. Tunnel` qazimoq. mm Urmonzor yo'li xuddi tog' tagidan
kesib ishlangan tunnel` yo'lga o'xshaydi. N. Safa-rov, Jangchi shoir.
TUNOV: tunov kuni Yaqinda, o'tgan yaqin kunlarning birida. Shoir Haydarning yangi she'rlari
tunov kuni yozuvchilar o'rtasida muhokama qilingan edi. M. Muhamedov, Qah-ramon izidan.
Mehriniso ham tunov kuni bir shoda marvaridi bilan ko'sh bilaguzugi-ni zargarlikka olib
borib, sotib keldi. R. Fayziy, Hazrati inson.
J^Q 192
TUNOVGI shv. Tunov kungi, tunov kuni, yaqinda yuz bergan. Tunovgito'y. Tunovgimaj-lis. mm Men
uchun taning ingratib, tunov-giday nasib bo'lsa kelaman. «Gulixiromon».
TUNOVIN shv. Tunov kungi, tunov kuni. Bular tunovin Katta namozgohda isharini tugatgan ekan.
M. Safarov, So'qmoqdagi odamlar. Podsho bu so'zlarni eshitib, Go'ro'g'-lining oti ekanini bilib,
tunovin xaridor bo'lgan ko'sani tutib olib, zindon qildi. «Dalli».
TUNUKA Tom yopish va b. maqsadlar uchun maxsus tayyorlangan yupqa, taxta-taxta te-mir.
Oqtunuka. Ruxtunuka. Tunuka choynak. Tunuka pechka. mm Novvot opa ishdan qaytib kelganda,
O'rinjon o'zi yasagan uychaning usti-ga tunuka qoqayotgan edi. Oydin, O'zi mo-nand. Samandarov
etigining qo'njidan tu-nuka quticha chiqarib, maxorka o'radi. A. Qah-qor, Qo'shchinor chirok,lari.
TUNUKALI Tunuka bilan yopilgan, tu-nuka qoplangan (tom haqida). - Toshkentdagi uylardan
chakka o'tmasa kerak-a ? — deb so'ra-di u. -O'tadiganlari ham bor. Lekin ko'pi tunukali uylar.
— dedi Elmurod. P. Tursun, O'qituvchi.
TUNUKASOZ 1 Tomga tunuka qoquvchi mutaxassis; tunukachi. Bu odam pora orqasi-dan oltita
uchastka solgan, yettinchieini qurayotganda, tunukasoz bilan urishib qolib, tomdan
iiqilibo'lgan. «Mushtum».
2 Tunukadan turli asbob-anjom yasovchi usta, tunuka ishlari ustasi; tunukachi. Kek-sa dehqon
Yusuf ota obrazi oddiy tunuka-soz chol Orif ota Yusupovga topshirildi. S. Xo'jaev, O'zbek
tarixiy fil`mlari. Ha, hunarmand tunukasoz-temirchining qo'li nan-ma bo'ladi. K. Yashin, Hamza.
TUNUKASOZLIK 1 Tunukasoz ishi, kasbi. Tunukasozlik qilmoq. Tunukasozlik-ni o'rganmoq.
2 Tunuka ishlariga oid, tunuka ishlari bajariladigan. U yerda sandiqsozlik, tunu-kasozlik
do'konlari bor edi. J. Sharipov, Xorazm.
TUNUKACHI ayn. tunukasoz. Baland tom ustida emaklab yurib, tunukachilar tunuka qoqardilar. P.
Tursun, O'qituvchi.
TUNUKACHILIK Tunukachi ishi, kasbi. Tunukachshshk bilan shug'ullanmoq.
TUNQOTAR map. Tungi qorovul, soqchi. Tanish qo'ng'iroqlarning tovushini eshitgan tunqotar
darvozani ochgach, ko'zi mudhish voqeani ko'rdi. J. Sharipov, Xorazm. Tosh-machitga yetay
degasharida, ro'paradan yoniga qilich osib, qo'liga gavron ushlagan tunqotar chiqdi. S. Siyoev,
Avaz.
TUNQOTMOQ fol`k. Kechasi bilan ser-gak, bedor bo'lmoq, uxlamay chiqmoq; tunda qorovullik
qilmoq. Ravshanbek tunlar tun-qotib yo'l tortdi. «Ravshan».
TUP O'simlik yoki daraxtnint har bir donasi. Bir tup daraxt. O'n tup olma ko'cha-ti. G'o'zaning
mynu. mm Salkam million tup daraxti bor Toshkentda nima ko'p, sersoya joylar ko'p. P. Qodirov,
Uch ildiz. \Far-gonaning] Har tup mevasidan bol tomadi. Shuhrat, Shinelli yillar. Ekinning
tupi-ni ko'rib, hosilini aniqla. «Qanotli so'zlar».
Tup qo'yib, palak yozmoq (yoki otmoq) q. palak I.
TUPIK [r. tupoy - «to'mtoq, boshi, uchi yo'q; boshi berk» s. dan] Boshi berk ko'cha yoki yo'l.
«Inspektor» ishning o'ng'ay ko'chayotgan-ligidan benihoya xursand holda ikkinchi tu-pikdagi
ikkinchi eshikni taqillatdi. S. Is-kandarov, Tovlamachi.
TUPKA: (bir) tupkaning tagida yoki bir tupkada Juda ham uzoq, chekka joyda. Uyi bir
tupkaning tagida ekan. mm Xo'jabekov-ni tupkaning tagidan bo'lsa ham topib kelamiz.. Xalq
oldida hisobot bersin! S. Anorboev, Oqsoy. Yonimda yurish otangga buyurmovdi, sen ham meni
tashlab, ukala-ringning ko'zlarini javdiratib, bir tupka-da yursang, men kuymay kim kuysin!
N. Yequ-bov, Xayolimdagi qiz.
TUPLAMOQ ayn. tupurmoq. Ba,pg'am tup-lamoq. Og'zidagi nosvoyni tuplab tashlamoq. mm
Ellikboish.. loy va qon aralash tuplay-di. Oybek, Tanlangan asarlar.
TUPPA 1 Suyuq osh uchun ugraga nisba-tan enliroq qilib tayyorlanadigan uzma yoki kesma xamir.
Uvraga uquving yo'q, palovni lanj qilasan, somsani yopolmaysan, tuppani kesolmaysan. A.
Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 Shunday xamir solib pishirilgan suyuq osh. Bir oy o'tmay, qavm-qarindosh-larining ham
ziyofatlari nihoyasiga yetib, beva onasining tuppasiga qanoat etishga majbur bo'lib qoldi. A.
Qodiriy, Mehrob-dan chayon.
TUPPAK s. t. Loy soqqani puflab qush otish uchun maxsus yasalgan qamish nay.
193
Tuppak bilan chumchuq otmoq. mm [Ovchi] Ag-
batta, yovvoyi to'ngiz ovlash uchun qo'liga qirg'iy yoki tuppak ko'tarib chiqmaydi. Shuk-rullo,
Javohirlar sandig'i.
TUPPAKCHI Tuppak otuvchi. Mo'min tup-pakchi asli ovchi edi. Shukrullo, Javohir-lar sandig'i.
TUPROQ 1 Yerning kovlash, chopish, hay-dash, ezilish va sh.k. natijasida hosil bo'l-gan yumshoq
qismi, qatlami. Bir hovuch tup-roq. Tuproq uyumi. Urani tuproq bilan ko'-mib tashlamoq. Tuproq
olsang, olpgin bo'lsin. Maqol. mm Chuqurliklardan irg'ishilayotgan tuproq okoplarning chap
qirg'oqlarida tog bo'lib ko'tarilmoqda. I. Rahim, Chin muxab-bat. Bo'sag'ani to'rt enlik tuproq
qoplagan. S. Siyoev. Yorug'lik.
2 Yer qobig'ining o'simlik rizq olib o'sadigan ustki qatlami; yer. Qora tuproq. Qumloq tuproq.
Tuproq xaritasi. Tuproq-iqlim sharoishi. mm Mirzacho'lning shuprog'i Bo'lar yoshlikning bog'i, Toshar
sevgi bulog'i, To'ldiribdil jomimni. YO. Mirzo. Sharoit-ga qarab paykallarga chigit suvi
berilyapti, chunki tuproq qatlamida nam ancha kamayib qoldi. Gazetadan. Tuproq — hosilning
negizi, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining sha-biiy shart-sharoitlaridan va yagona vosi-
talaridan biri. «Fan va turmush».
3 O'lgan kishining xoki; xok. [Qurbon ota:\ «Bir siqim tuprog'im begona yurtda qolib ketmasa
ekan», degai o'yga bordi. A. Qaxxor. To'y.
4 ko'ch.cha Ma'lum yurt, o'lka, mamlakatga qarashli hudud. Hozirgi O'zbekiston tup-rog'ida yashagan
qadimgi xalqlar o'zlarining mustaqil, boy madaniyatlariga ega bo'lgan-lar. K. Yashin, Hamza.
Ular endi Movaroun-nahr tuprog'ida edilar. Bu ro'yi zamin dunyo-dagi eng go'zal va eng
muqaddas mamlakat edi. Mirmuhsin, Me'mor.
(Bu yerning) tuprog'i og'ir Bu yerni tash-lab ketish oson emas, bu yerni tashlab ke-tishga hech
kimning ko'zi qiymaydi. Tuproq bilan teng' qilmoq Juda pastga urmoq, qadr-qimmatini yerga
urmoq. Men hs`sh kelib-ke-lib odamgarchshshkni, diyonatni, nomusni tup-roq bilan teng qilgan
sizday razil, xotin-furush, qo'shmachilar oldida shunchalik past tushdimmi?!\shza, Boy
ilaxizmatchi. Qo'sh-ni xalqlarga bosqinlaruyushtirdi, o'zga yurt-larni vayron etdi; o'sha
xal/rshrning asrlar davomida vujudga keltirgan madaniy boy-liklarini tuproq bilan teng qi!
1di. S. Ka-romatov, Oltin qum. Tuproqdan tashqari O'l-may, hayot holda. Yarsmarimning xammasi
ham uncha og'ir emas, mana, tuproqdan tashqari yuribman. «Sharq yulduzi». Tuproqqa topshir-moq
Dafn etmoq, qabrga qo'ymoq. O'g'li Shod-monbekning Farg'ona jangidan qaytmagani, uni o'z qo'li
bilan tuproqqa topshirgan Ni-zomiddinning ham tuproqqa qo'shilib ketga-ni yomon iz qoldirgan
bu ustalar xonadonida anchadan buyon xafaqoshshs, motamsarolik hukm surardi. Mirmuhsin,
Me'mor. Tuprog'i so-vimasdan Vafot etganiga ko'p vaqt bo'lmay. Qanday ota u.. Oyimning
tuprog'i sovimas-dan cho'ri qizga uylanadimi? Oybek, Tan-langan asarlar. Tuprog'i tortmoq
Tug'ilib o'sgan (o'z) joyi undamoq, jalb qilmoq. Bu ishlar — xudoning ishi, xaloyiq, YO tupro-
g'im, non-nasibam tortgandi, Elni iig'ing, yuring, jovliq ketamiz. «Yusuf va Ahmad». Tuprog'i
shu yerdan olingan Asli shu yerning odami, shu yerning o'ziniki degan ma'noni qayd etadi. -
Do'smatov o'zimizniki, — dedi Sotvoldi, — Do'smatovning tuprog'i shu yer-dan olingan. Hech qayoqqa
ketolmaydi. P. Tur-sun, O'qituvchi. Tuprog'ini yalamoq Ma'lum joy, hududda ko'p yillar muqim
bo'lmoq. ..xalqimning zulmatli kechasida loaqal jin-chiroq bo'larmikanman, deb madrasa
tuprog'i-ni olti yildan beri yalab keldim. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
TUPROQSHUNOS Tuproqshunoslik bo'yicha mutaxassis olim. O'zbek tuproqshu-noslari. Tuproqshunos
olim. mm Ekspeditsiya tarkibida tarixchi -arxeolog, tuproqshunos, tabiatshunos va ishchilar bor.
J. Abdulla-xonov, To'fon.
TUPROQSHUNOSLIK Tuproq, uning tarkibi, turlari va xususiyatlarini o'rga-nadigan fan.
Tuproqshunosshk inapituti. mm Tuproq unumdorligini har tomonlama puxta o'rganshiga hamda
qishloq xo'jaligi fani yutuqlari asosida uni yaxshilashga qaratil-gan tadbirlarni ishlab chiqish —
tuproq-shunoslikdagi aeosiy vazifalardan biridir. «Fan va turmush».
TUPUK 1 Og'iz bo'shlig'ida so'lak bezla-ri tomonidan ishlab chiqariladigan va ovqatni hazm qilish
uchun xizmat qiladi-gan suyuklik. Tupuk yutmoq. mm Ovqat og'iz-da atala holiga kelib, tupuk
bilan ara¬
13-O'zbek tilinint izohli lug'ati
194
lashgandan keyin oshqozonga, undan ichakka o'tadi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish.
2 Shu suyuqlikning tupuriladigan bo'la-gi. Hahraton qish. Tup desangiz, shupugingiz muzlaydi.
Oydin, Hazil emish.
TUPUKLAMOQ Tupuk bilan ho'llamoq. Tupuklab vpishtirmoq. Ipning uchini tu-puklab eshmoq.
TUPURIK kam qo'll. ayn. tupuk.
TUPURIKLAMOQ kam qo'll. ayn. tu-puklamoq.
TUPURMOQ 1 Tupukni til, lab yorda-mida tashqariga tashlamoq, otmoq. Osmonga tupursang,
betingga tushar. Maqol. Ru-qiya uning oldiga kelib, bir turtdi, g'azabi-ga chidolmay, «chirt»
etkazib yoniga tupurdi.. K. Yashin, Hamza.
2 Og'izdagi (og'izda to'plangan) qon, nos va sh.k. ni tashqariga tashlamoq. Og'zidagi nosini
tupurib.. shshshning pochasini shima-rib, ketmon bilan o'rtaga tushdi. S. Ahmad, La'li Badaxshon.
Bektemir tuproq osti-dan emaklab chiqdi. Og'zidan loy tupurdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Latofat
hamon «qariqiz» o'tini tishlari bilan kirsilla-tib uzib, tupurib tashlor, olis qishloq hayotini
eslatuvchi qadrdon bir is tuyardi dimog'ida. O'. Hoshimov, Birtomchi shudring.
TUR I Belgilari, xossalari, vazifasi va sh.k. jihatdan umumiy bo'lgan bir guruh yoki butunlik
tashkil etgan narsalar, hodi-salarning xili, navi, ko'rinishi. Poyabzal turlari. Gazlama
turlari. Sport turlari. Qo'shin turi (harb). mm Hozirgi vaqtda O'r-ta Osiyo va Zakavkaz`eda
aloyning daraxt-simon turi yerga ekib o'stirilmoqda. «Sao-dat». San`at turlarining ichida eng
qiyini rassomchilik. F. Musajonov, Himmat. Turizm va ekskursiya ommaviy dam olishning eng
qiziqarli turlaridan biriga aylanmoqda. Gazetadan.
2 biol. O'simlik va hayvonlar tizimida biror turkumga mansub, alohida sifatga ega bo'lgan
shakl, tasnif birligi. Ussuri qoboni — yapon cho'chqasining bir turi. mm Irsiyat tufayli uzoq
evolyutsiya davomida paydo bo'l-gan asosiy strukturalar hamma turlarda saqlanib qoladi. «Fan
va turmush».
3 Ba'zi belgi bildiruvchi so'zlar bilan qo'llanib, «tarz», «holat», «ahvol» ma'no-larini
bildiradi. Ellikboshi bir minut qadar sukut qilib, haligi «ikki og'iz» so'z-ni qay turda
boshlashni o'yladi-da, jilma-yib qo'ydi. Oybek, Tanlangan asarlar. -Bu-gun zrtalab domla
biznikiga kelgan edi, — dedi Sultonali jids)iy turda. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
TUR II \fr. tour — aylana, doira; ay-lanma harakat; minora] Davrali sport musobaqalarida
bir qur o'yin. Shaxmat turnirining uchinchi turi. tsh Xokkey bo'yi-cha.. sharqiy zonada
qatnashayotgan koman-dalarning ikshnchi davra birinchi tur uchra-shuvlari nihoyatda keskin kurash
vaziyatida o'tdi. Gazetadan.
TURANG'I, turong'i Terakning to'qay-larda, suv bo'ylarida o'sadigan bir turi. Ular.. yulg'un va
turang'i changalining to-mirlarini kovlab, traktorlarga yo'l ochar-dilar. SH. Rashidov, Bo'rondan
kuchli. Ot-larni turong'ilarga bog'lab, katta hovuz bo'yiga o'tdilar. E. Samandar, Tangri
qudu-g'i. Bir turong'i tagiga borib tushdik.. Shundan keyin bu turong'i osti bizning
uchrashadigan-o'tiradigan joyimiz bo'lib qoldi. SH. Xolmirzaev, Saylanma.
TURBAT [a. - yer, tuproq; qabr,
go'r, maqbara] 1 esk. kt. Tuproq, yer. Turba-timdin qon yutib, lola unar. Muazzamxon.
2 ko'chma. Qabr, sag'ana, maqbara. -Shutur-batda istirohat qilib yotgan Xo'jaubon xazratlari, —
deb farrosh qabrni ko'r-satibdi. S. Ayniy, Esdaliklar.
TURBINA \fr. turbine < lot. turbo, tur-binis — quyun, uyurma; shiddatli aylanish| Suv, bug' yoki
gaz kuchi bilan ishlaydigan dvigatel`. Bug' turbinasi. Gaz turbinasi. Turbina zavodi. mm
Turbinalardan chiqib kelayotgan havoning shiddati dovul kuchiga ega. Gazetadan. ..bug'
turbinalari o'rniga gaz turbshshlarini ishlatish katta ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda. Gazetadan.
TURBINALI Turbinaga ega bo'lgan, gurbina o'rnatilgan. Bug' turbinali elek-trostantsiya.
TURBINACHI Turbina ishlab chiqaruv-chi yoki turbinaga qarovchi mutaxassis. Tur-binachi slesarlar.
TURBOBUR \r. turbobur < lot. turbo -quyun, uyurma + nem. Bohrer — burg'i] tex. Chuqur
quduqlarni (mas, gaz, neft` quduq-larini) burg'ilaydigan gidravlik appa-
rat; burg'i. Tez orada Gazobodga turbobur uskunalari yetib keldi. I. Rahim, Taqdir.
TURBOGENERATOR [lot. turbo - quyun, uyurma + generator] tex. Gaz yoki bug' turbi-nasidan
harakat olib, u bilan birga ish-laydigan elektr generator. Reaktorning is-siqlik
almashtirgichlarida bug' vujudga ke-ladi va u turbogeneratorlarni harakat-lantiradi. «Fan va
turmush».
TURGAN-BITGANI Butun borlig'i, bu-tunlay. Zaytun daraxtining turgan-bitga-ni kishi organizmi
uchun foydali. Gazetadan. Kechasi hammani esnatib majlis o'tkazadi. Turgan-bitgani xalaqit
berish. SH. Toshma-tov, Tongdagi ko'lanka. Bosh injener ayt-ganidek, Yoqubjonning turgan-bitgani
pay. N. Safarov, Jasoratning davomi.
TURDOSH Bir turdagi, bir xildagi, bir xil. Turdosh kasblarni egallamoq. mm Ularni
[kadrlarni] malaka oshirish uchun shurdosh korxonalarga yuboryapmiz. Gazetadan.
Turdosh ot tlsh. Bir turdagi predmet-larning nomini anglatadigan otlar.
TURIB-TURIB 1 Ko'p vaqt tik qolib, ko'p vaqt o'tkazib. U ostona oldida turib-turib, orkasiga
qaytdi.
2 Oradan vaqt o'tib, ba'zi-ba'zida, tak-ror holda. Uning gaplari turib-turib menga alam
qilyapti. mm Turib-turib behuda xayol-lar chulg'ab oladi. He mashakqatlar bilan borganimdan
keyin, [Murodjon\ yaxshi qabul qilsa tuzuk. G'ayratiy, Uzoqdagi yor.
3 Ko'p vaqt fikr yuritib, o'ylab-o'ylab. Mehmon savollarimga javob bermasdan, tu-rib-turib,
to'satdan: -Dumli odamlarni ko'rganmisiz? — dedi. «Guldasta».
TURIZM [fr. tourisme < tour — ayla-nish, sayr (sayohat) qilish] 1 Ham dunyoni ko'rish, bilish,
o'rganish, ham dam olish maqsadida tashkil ediladigan sayr-sayohat. Xalqaro turizm. mm Saxiy
quyosh, tinchlik va saxovat o'lkasi bo'lgan respublikamizga jahonning turli mamlakatlaridan
ko'plab turizm va sayohat ishqibozlari kelmoqdalar. Gazetadan. Turizmning tobora rivojlana-
yotganini e'tiborga olib, turistik poezd-lar marshruti yanada ko'paytiriladi. «Fan va turmush».
2 sprt. Organizmni jismoniy chiniq-tirish maqsadida uyushtiriladigan jamoa-viy yurishlar,
safarlar.
TURIST [fr. touriste — sayyoh] Turizm bi-lan shug'ullanuvchi shaxs; turistik sayohat, yurish
qatnashchisi. Chet ellik turist-lar. mm Yigitali lola sayliga bir necha kun tayyorgarlik ko'rdi.
Prokat [ijara]dan palatka, hatto turistlarning qozon-tovog'ini ham olib keldi. D. Nuriy,
Osmon ustuni.
TURISTIK Turizmga, turistlarga oid. Turistik sayohat. Turistik yo'llanma. mm Bo'stonliq
tumanidagi «Chimyon» turistik majmuasi ham kishki dam olish mavsumini qizg'in boshladi.
Gazetadan. Deponing ishlab chiqarish ilg'orlari Samarqand-Buxoro tu-ristik poezdida ham
maroqli safar qildi-lar. Gazetadan.
TURISH 1 Turmoq fl. har. n. Qo'shni qo'shnidan erta turishni o'rganadi. Maqol. mm Gulnor.. oyoqda
turishga ojiz, tinkasi kurigan bir xasta kabi, umidsizlik bilan yana sekingina o'tirdi.
Oybek, Tanlangan asar-lar. Otabek bu xabarni sovuqqina eshitib o'tirar va fotiha o'qib,
turishga hozirlanar edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Muayyan holat, vaziyat, ahvol. Bu tu-rishda ish bitmaydi. Shaxmat o'yini shu turishda
kechiktirildi. Turishidan u senga o'xshab ketadi. mm Boyadan beri gustoxona so'zlarni bisyor
aytgan bo'lsa-da, Avazning bu turishi xonga yoqdi. S. Siyoev, Yorug'lik.
Turish bermoq Bardosh bermoq, chidash bermoq, chidamoq. Bay-bay.. men yegan qay-moqlarni ariq
qilib oqizsangiz, hech qanday to'g'on turish bermaydi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun. Aslo
qochmay, bering tu-rish, Sherday bo'p qilinglar xurush. «Yusuf va Ahmad».
TURISH-TURMUSH Shaxsning hayot tarzi, ahvoli. U [Sidiqjon] Sharofatning qo'ynini puch yong'oqqa
to'lg'azmasligi, tu-rish-turmushini ko'rsatish kerak ekani to'g'risida o'ylaganida, bu turish-turmush
tufayli, oz bo'lsa-da, xijolat tortishini xayoliga ham keltirmagan edi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chirokdari.
TURK 1 Turkiya davlati asosiy, tub aholisining, millatinint nomi. Turk xalqi. Turk millati
(q. turklar).
2 Shu xalq, millatga tegishli, mansub, oid. Turk ayoli. Turk tili.
TURKIGO'I [turkiy + f. ^jE. — so'zlov-chi, gapiruvchi] esk. Turkiy tilda o'quvchi va yozuvchi.
Turkigo'y shoir.
196
TURKIY Turk etnosi, uning tili va madaniyatiga oid {q. turklar 2). Turkiy til-lar. Turkiy
xalqlar.
TURKIILAR Jahondagi eng qadimiy va yirik etnoslardan biri (yana q. turklar 2).
TURKIYSHUNOS [turkiy + f. ^`l, -o'rganuvchi] Turkiyshunoslik bo'yicha muta-xassis, olim.
TURKIYSHUNOSLIK Turkiy tillar-da so'zlashuvchi xalqlarning tillari, etno-grafiyasi, tarixi,
adabiyoti, fol`klori, madaniyatini o'rganuvchi gumanitar fanlar majmui.
TURKLAR 1 Turkiyaning asosiy, turkiy bo'lgan xalqi.
2 Turkiy tillardan birida so'zlashuvchi xalklarning umumiy nomi.
TURKMAN 1 Turkmanistonning asosiy aholisini tashkil etuvchi xalq va millat nomi. Turkman
xalqi. Turkman millati (q. turkmanlar).
2 Shu xalq, millatga mansub, tegishli. Turkman shili. Turkman madaniyati.
TURKMANI 1 Turkmanlarga xos, turk-manlarga oid. Turkmani telpak. Turkmani chakmon.
2 Mayizning bir navi.
TURKMANLAR Turkmanistonning aso-siy aholisini tashkil etuvchi xalq; turk-man xalqi.
TURKMANCHA 1 Turkmanlarga. turkman xalqiga, uning tili, adabiyoti va madaniya-tiga oid.
Turkmaicha raqs. Turkmancha kiyim.
2 Turkman tili. Siz pgurkmancha(ni) bi-lasizmi? Turk.mancha gapirmoq.
TURKOLOG Turkologiya mutaxassisi, olim. yana q. turkiyshunos.
TURKOLOGIK Turkiyshunoslikka oid. Turkologik adabiyot. Turkologik tadqi-qotlar.
TURKOLOGIYA [turkiy + yun. logos -fan, tushuncha] q. turkiyshunoslik.
TURKONA 1 esk. Turkiy til va ada-biyotiga oid; turkiy. Turkona bayt. mm Kelinning atrofida,
orqasida kelayotgan guruh-guruh ayollar turkona rasm bilan «yor-yor» aytdilar. Oybek, Navoiy.
2 Xalq tabobatiga oid; xonaki. Turkona dori. mm Otinlarning turkona emi tariq-cha bo'lsin
otamga ta'sir bermadi. G'ayratiy, Yoshligimsiz. Yarash polvon keksa momolarning tiliga kirib,
xotinini turkona muolaja qildirdi. Foyda chiqmadi. S. Siyoev, Otliq ayol.
TURKUM 1 To'da, to'p, guruh. Bir turkum odamlar. mm Uchinchi turkum fotihaxonlar kelgandan
so'ng, maxdum Anvar oldiga kishi yuborib, uni chaqirtirib kelishga majbur bo'ldi. A. Qodiriy,
Mehrobdan chayon. Hovli o'rtasida olamni boshiga ko'tarib Ulug'buvi yig'lar, bir turkum xotinlar
uning atrofi-ni o'ragan edi. H. Shams, Dushman.
2 Bir-biriga bog'liq bo'lgan, bir butun-ni tashkil etgan bir necha asar, ma'ruza va sh.k.;
davra, sikl. Paxtakorlar haqidagi she'rlar turkumi. Adabiyot nazariyasidan ma'ruzalar
turkumi. mm Satirik jurnalis-tikada fel`etonlar va pamfleshar turku-mi ham mavjud bo'lib,
ular o'z hajmi va imkoniyatlari bilan povest` janriga yaqin turadi. «UTA».
3 biol. O'simlik va hayvonlar tizimida bir necha oilani o'z ichiga olgan bo'linma. Chumchuqsimon
qushlar turkumining qarga-simonlar oilasi. mm Qaldiryuch — chumchuqsi-monlar turkumiga mansub
qush. «Fan va tur-mush».
So'z turkumlari tlsh. So'zlarning leksik-semantik, grammatik guruhlari. Fem tur-kumi. Sifat
turkumi. So'zlarni turkumlar-ga ajratmoq.
TURKUMLAMOQ 1 To'p-to'p qilib bo'l-moq, guruxlarga ajratmoq.
2 biol. Biologik belgisiga ko'ra o'xshash bo'lgan turkumlarni belgilamoq, ana shun-day
guruhlarga ajratmoq, bo'lmoq. Baliqlar-ni turkumlamoq.
TURKCHA 1 Turklarga, turk xalqiga, uning alifbosi, tili, adabiyoti va mada-niyatiga oid (q.
turklar 1). Turkcha kuy. mm Domla eski muqovali turkcha kitoblarni ixlos bilan qo'ltiqlab
yuruvchi, hech kimni mensimaydigan, kibr va fitna Mirzajon Latifiyni sinfga boshlab kirdi. P.
Tursun, O'qituvchi.
2 Turk tili. Turkcha so'zlashmoq. mm Men turkchaga, u o'zbekchaga sal-pal tushunadigan bo'lib
qolgan edik. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Ular turkchaga o'girib, savodxonlarga tartsatadi. S.
Siyoev, Yorug'lik.
TURKCHI esk. Panturkizm tarafdori, panturkist.
TURKCHILIK esk. ayn. panturkizm.
197
TURLAMOQ1 Turli-tuman, rang-barang qilmoq, har xil, xilma-xil qilmoq. Ekin-larni juda
turlab yuboribsiz-ku!
2 Bir-biriga moslab, uyg'unlashtirib tanlamoq, xillamoq. -Osmon kabi katta palakni xilma-xil
ipak bilan turlab, uch oy-da tikib tugatarmikanman? — o'z-o'ziga shi-virladi Zumrad. Oybek,
Ulug' yo'l.
3 tlsh. So'zlarni kelishik qo'shimchala-ri qo'shib o'zgartirmoq. Otlarni kelishik-lar bilan
turlamoq.
TURLANISH 1 Turlanmoq 1 fl. xar. n. Ipaklarning quyoshda turlanishi.
2 Har xil tusda ko'rinish, tovlanish.
3 tlsh. Ot, olmosh va otlashgan so'zlar-ning kelishik qo'shimchalari olib o'zgari-shi. Otlarning
turlanishi.
TURLANMOQ1 Turlamoq 1, 2 fl. majh. n. Do'ppining gullari juda yaxshi turlanib-di. mm Sirlar
bilan turlangan qoziqlarning biriga beva xotinning dekchasidek bir salla ilingan edi. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon. Ziyofat samimiyat bshyun chaqirilgashikdan, dasturxon qadrli mehmonga
maxsus turlan-gan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Har xil tusda ko'rinmoq; qiyofasi tez-tez o'zgarmoq. Xilma-xil chechaklar bilan qop-langan
dala turlanib ko'rinardi. mm Ta-biatning qonuni — turlanib, tuslanib tu-rishi butun
mavjudotga hayot bag'ishlaydi. Gazetadan. U \Jannat\ biron ikki soat uch bor turlandi:
kiyishari behisob ekashigini kimgadir ko'rsatmoqchi bo'lardi. Mirmuhsin, Umid. O'qimagan odamga
qiyin bo'ladi. Axir artist ming turlanadi-ya. S. Karomatov, Hijron.
3 Turlamoq 3 fl. o'zl. va maj\. n. Otlar kelishiklar bilan turlanadi. mm Ot o'rnida qo'llangan
sifatlar ko'plik, egalik va ke-lishik qo'shimchalari bilan, xuddi otlardek, turlana beradi.
«Uzbek tili» darsligi.
TURLI 1 Belgi-xususiyati, holati, joy-lashish o'rni va b. jihatlari bilan o'zaro farqlanadigan,
har xil turga mansub bo'l-gan, har xil. Turli xalq vakillari. Turli tilda so'zlashuvchi
kishilar. Turli ovozlar. Turli kitoblar. Turli taoshar. Turli mam-lakat vakillari. Turli
sohalar. mm Boyvach-cha o'zining farg'onalik do'stlari bilan bo'l-gan o'tirishlaridan, har turli
ziyofatlar-dan so'z/shdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Mam-lakatimizning turli iqlimiy
zonalarida o'suvchi o'simliklar turli vaqtlarda gullay-di. «Fan va turmush».
Bir turli 1) bir xil, doim birdek bo'-lib, o'zgarmay turadigan. Bu oshxonada doim bir turli
ovqat bo'ladi. mm Qizlar o'z-larshshng bir turligina so'rashishlari bilan Kumush ila ko'risha
boshladilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar; 2) qandaydir boshqacha; g'ala-ti bir, o'ziga xos bir;
ajib. Bu qizning o'zi-ga xos bir turli fazilati bor edi. mm Otabek qiziq holatda qoldi: bir
turli titrab ketdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. O'yin ham bir turli nazokat kasb etib,
Gulsumbibi yo'rg'alay ketdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 kam qo'll. Kabi, singari, o'xshash, yang-lig'. Ilon tilli, yashin turli xanjarni, Obro' ber,
debxipcha belga bog'ladi. «Ravshan».
TURLI-TUMAN Xilma-xil, har xil. Turli-tuman xayollarga bormoq. mm Bu chi-roqlar turli-tuman
edi: ularning ichida kattasi ham, kichigi ham, chaqnab turgani ham, xirasi ham, oqi ham,
qizg'ish tusda-gisi ham bor edi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Ona tabiat insonga turli-tuman
ne'matlarni in'om etib, unga hayot bag'ish-lab turadi. Gazetadan.
TURLICHA Turli usulda, turli ra-vishda, turli yo'l bilan; har xil. Bu masa-lani turlicha yechish
mumkin. Bir gapni turlicha tushunmoq. mm Greyderning yordam-chi kuch so'rab bergan telegramma,
radio-grammalariga turlicha noaniq javoblar keldi. I. Rahim, Chin muhabbat. Har xil millat
kishilarining odap`tri, xislatla-ri turlicha bo'lsa-da, dushmanga zarba beri-shiga ishonchim
komil edi. T. Rustamov, Man-gu jasorat.
TURMA [r. tyur`ma < t. turma — qamoq] q. qamoqxona, qamoq. Turmaga solmoq. Turma-ga
qamamoq. mm Hokim uchta mahbusni sha-har turmasiga jo'natganda, o'shalarni Qud-rat akam qochirib
yubordi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TURMAK O'rab yoki tugib bog'langan narsa; bog', tugun. Oq harir ko'ylakli, qora zulfining
turmagi yechilib, yelkalariga tush-gan parishon qiyofadagi qiz oyog'i bilan supa labidagi chuvagini
qidira boshladi. J. Ab-dullaxonov, To'fon.
TURMAKLAMOQ 1 O'rab yoki tugib bog'-lamoq. Mayda-chuyda narsalarimni turmak¬
198
lab, Toshkentga jo'naydigan poezdga tush-dim. M. Muhammadjonov, Turmush urinish-lari. Nimagadir
orqasidan ikki o'rim uzun sochini boshiga turmaklab oldi. S. Zunnuno-va, Uzilgan ip. U
[Munavvara] turmaklab qo'yilgan durrachasini yechib, serkokil soch-larini orqasiga tashladi.
Gazetadan.
2 Etagini, barini ko'tarib, belga bog'-lamoq, bar urmoq. Suvchi yaktagining etagi-ni beliga
turmaklab oldi. mm ..ustiga Bu-xoroning olabayroq matosidan chopon kiyib, kamar o'rniga
choponini turmaklagan mulla-namo bir zot bo'lib, bu kishi yaroqsiz [qurol-siz] edi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
TURMALMOQ kam. qull. Turmaklab bog'-lanmoq, turmaklanmoq. Xannayashng saqichday qora quyuq sochi
ikki qubba qilib boshiga turmalgan. A. Muxtor, Qanoti singan orzu.
TURMACHI s.t. Turma nazoratchisi.
TURMINLAMOQ q. tambalamoq. -Opoch, — Karvon xotiniga yumshoqqina dedi, — Meh-monlaringizni
kuzatib, eshikni turminlab keling, ikki og'iz gap bor. H. G'ulom, Tosh-kentliklar.
TURMOQ 1 Oyoq uzra tik vaziyatda bo'l-moq. Oyoq uchida turmoq. Saf tortib tur-moq. Ko'cha boshida
turgan yigit. Tiz cho'kib yashagandan tik turib o'lgan yaxshiroq. Ma-qol. mm [Yo'lchi] Qo'l
qovushtirmadi, qanday-dir xomushlik, beparvolik bilan jimgina turdi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Kirsam, Qo'qonga ketgan Qayum ponsad uch-to'rt yigi-ti bilan qushbegining qarshisida
turibdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Biror joy-makon, vaqt, holatda mav-jud bo'lmoq. Tokchada turgan soat. Ko'cha che-tida turgan
mashina. mm Madrasa tomi qirrasida turib, pastdan paqirda arqon bilan suv tortib olayotgan
yigit.. g'isht tarashlab o'tirgan keksa odamga o'zga tilda bir nima dedi. Mirmuhsin, Me'mor. O'q
otish nuqtalarida qorovul pulemyotchilar turib-di.. T. Rustamov, Mangu jasorat. Bir haf-ta
turgan bo'lsak, har kuni oltmish xonadon-dan dasturxon chiqadi. «O'zbekiston qo'riq-lari». Biz
katta ishlar, ulug' o'zgarishlar arafasida turibmiz. SH. Rashidov, Yangi yer haqida so'z.
Askarlarimiz dadsh turib, dush-manga talafot yetkazar edilar. Gazetadan. Bizning gapimizni
ikki qilmaysiz, nima xizmat bo'lsa, belni bog'lab shay turasiz. E. Raimov, Ajab qishloq. Inson
qalbida ulug' va savobli iiishrni qilish istagi bormi, u tek turolmaydi. Gazetadan.
3 Biror joy-makonda istiqomat qil-moq, xayot kechirmoq; yashamoq. Mullajon ama-kim bozorga
shunday yaqin Gulzorobod mahal-lasida turadilar. E. Raimov, Ajab qishloq. ..sakson uchga
kirgan amakimiz borlar. Sha-harda turadilar. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Vaqqos otaning
bu yil qishloqda ishi ko'p bo'lgani uchun Omil ham Nodirlarnikida turadigan bo'ldi. S. Yunusov,
Kutilmagan xazina.
4 Umr ko'rmoq, yashamoq; yashab ketmoq. Dunyo turguncha turing. Shu ayol bilan ikki yil turdi.
To'ng'ich farzandi turmadi. mm [Qumri] Bolasi turmay-turmay, yakka-yolg'iz arzandasi
Tursunboyni, shamolni ham ravo ko'rmay, avaylab boqib katta qildi. S. Ahmad, Ufq.^
5 O'zi birikib kelgan so'z anglatgan joy, soha, vazifa va sh.k. da ishlash, shunday ish-vazifani
bajarish ma'nosini bildiradi. Mudofaada turmoq. Qorovul turmoq. mm Tishdan qaraganda eski,
ko'rimsiz, lekin kashta, sermol do'konda Mirzakarimboy bi-lan Salimboyvachcha turar edi. Oybek,
Tan-langan asarlar.
6 Kutgan holda bo'lmoq, bo'lishi, yuz berishi, kelishi umidida bo'lmoq, shu maq-sadda o'zini
tutmoq. Bir oz turaylik-chi, zora kelib qolsa. Shuncha turdik, yana sabr qi-laylik-chi, ishimiz
yurishib qolar.
7 Ishlatilmay, sarflanmay, buzilmay, o'z mavjud holatida bo'lmoq; saqlanmoq. Yuborgan
narsalaring hammasi turibdi. Qirqma qovun ko'p turadi. Kartoshka, sabzi kabi mahsulotlar
maxsus o'ralarda yaxshi turadi.
8 Navbatda, qatorda mavjud bo'lmoq; bor bo'lmoq. Chorvadorlarimiz oldida juda mu-him
vazif&gar turibdi. Gazetadan. Bugungi kunda insoniyat oldida nihoyat muhim muam-mo turibdi,
u ham bo'lsa, Yer yuzida tinchlik-ni cahyia6 qolish. Gazetadan. Sizlarning ol-dingizda
dehqonchiliklaringizni yo'lga qo'yib yuborish vazifasi turadi. 3. Said, N. Sa-farov, Tarix
tilga kirdi.
9 O'zi birikib kelgan so'z anglatgan da-raja, mavqe, qiymat va sh.k. ga egalikni bildiradi.
\Yormat\ Hammasini tushuntir-di: ot, arava besh ming so'm turadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Bizning jamiyatimizda
inson nurdek pokiza, nondek aziz, u har qan-day boylikdan yuqori turadi. Gazetadan.
10 Yotgan, o'tirgan va sh.k. holatdan gav-dasini tik holatga olmoq, qaddini tik-lamoq. U
vannada qancha yotgani bilan dili ravshan tortmasligish bilib, o'rnidan tur-di. M. Xayrullaev,
Tilla marjon. Shiyponda o'tirgan Nodir bobosini ko'rib, shoshib o'r-nidan turdi-yu, ko'ngli
buzilib, salom be-rishniyam unutdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
11 Uyg'onib, o'rnidan qo'zg'almoq, o'rnini tark etmoq. Me'mor barvaqt turib, uch shogirdi bilan
birga tashqari hovlida nonushta qildi. Mirmuhsin, Me'mor. Er-talab bulbullarning xonishidan
barvaqt turib, uzumzor, paxtazorlarni aylandik. Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
12 ko'chma Harakatga kelmoq, qo'zg'almoq, ko'tarilmoq (shamol, chang-to'zon va sh.k. haqida). Keyin
dovul turdi.. Mo'ytanlar qocha boshladi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi. Shamol turdi, chinor
yaproqlarining soyasi titray boshladi. Gazetadan.
13 yord. fl. vzf. Ravishdoshnint -(i)b, -a/ -y qo'shimchali shakllari bilan qo'llanib, yetakchi fe'l
bildirgan harakatning davom-liligi, vaqtinchalik harakat ekani va b. ma'nolarni bildiradi.
Qatnab turmoq. So'rab turmoq. Baqrayib turmoq. Ishlab turmoq. mm Eshik ochiq bo'lgani uchun
ichka-ridan futbol kommentatorining uzuq-yuluq ovozi eshitilib turardi. F. Musajonov, Nozik
masala. Sartaroshlik yomon kasbemas. Oppoq xalatlarni kiyib, atir-upalar hidi burqirab
turgan ozoda xonada o'tirasan. E. Raimov, Ajab qishloq.
Bir oz turib Bir ozdan so'ng, birpas o'tib. -Uqimasang, o'qimassan. ~ Keyin bir oz turib
so'radilar: -Haydavordimi? E. Raimov, Ajab qishloq. Borib turgan q. bormoq. Kurakda
turmaydigan q. kurak. Oyoqqa turmoq 1) oyoqqa tayangan holda turmoq, qo'zg'alib tik turmoq. U
nutqini.. tugatganda, butun zal oyoqqa turib, gulduros qarsak chaldi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chirokdari; 2) sog'ayib qaddini rostlamoq, turadigan-yuradigan bo'lmoq. Xurramov shifo
joylarida uzoq davolanib, oxiri oyoqqa turdi. Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi. Turgan ran
Biror ish, voqea-hodi-saning so'zsiz yuz berishi-bermasligini, shiqligini qayd etadi. Mas'ul
lavozimdagi xodim yetti o'lchab, bir kesmasa, uning xato-si qimmatga tushishi turgan gap.
Gazetadan. Turib olmoq Biror talab, da'vo va sh.k. dan qaytmaslik, faqat o'shani himoya
qilmoq. Bormayman, deb turib oldi. mm Men [o'qi-maymandeb] so'zimda turib oldim. E. Raimov,
Ajab qishloq. U yoqtsa tursin Faqat ugina (unigina) emas, hatto.. Qo'rqoq odam jangda o'zini
yo'qotib qo'yishi ayon, hujum u yoqda tursin, o'zini himoya qshshshni ham unutadi. T. Rustamov,
Mangu jasorat. Me'mor.. hozir tunda Ark tomon borish u yoqda tursin, sha-har ko'chalarida yurish
ham mushkul ekanini tushundi. Mirmuhsin, Me'mor. Qarab tur-moq (yoki o'tirmoq) 1) sinchiklab
qaramoq, razm solmoq, tikilmoq. -Qiziq/ — dedi ho-kim cholga qarab turib. Uning so'zi
ohangida masxaralash ham bor edi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.; 2) biror kimsa yoki narsaga
ko'z-quloq bo'lib turmoq yoki parvarish qilmoq. Men bolaga qarab turdim, onasi non yopdi. mm
Saroyda birmuncha mollarimiz bo'lar edi. [Hasan&sh] Saroyda mollarga qarab turadir. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar; 3) {asosan bo'-lishsiz shaklda) Ish-mashg'ulotsiz holda bo'l-maslik, biror
narsa qilmay, jim holatda bo'lmaslik. Siz uy solsangiz, men ham qarab turmayman. n \Yo'lchi:\
Men qarab turma-dim: poda boqdim, o'roqchilik qildim, otbo-qar bo'ldim. Oybek, Tanlangan
asarlar; \Boy:\ Bittasi manmi? Bittasi Shoyunus karvonmi? Har kimning karmoni o'ziga ma'-lum.
Ammo bizlar qarab turmaymiz, qo'ldan kelgancha, hukumatga yordam beramiz. Oybek, Tanlangan
asarlar. Qil ustida turmoq Jid-diy xavf ostida bo'lmoq, halokat yoqasida bo'lmoq. Uning xayoti
qshustida turardi. O. Yoqubov, Diyonat.
TURMUSH 1 Insonning, millat va xalq-ning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti. Yorqin
turmush. Farovon turmush ke-chirmoq. n Yaxshi ishlasak, o'z turmushimiz farovon, yurt obod bo'ladi.
Oybek, O. v. sha-badalar. Turmush qatshiqchiligini tatib pishgan Botirali dunyoda mo''jiza
bo'lmasligi-ni yaxshi biladi. H. G'ulom, Mash'al. Urmondagi turmushni o'z ko'zing bilan ko'rib
turibsan. Har bir qultum suv, har bir burda non hisobli. I. Raxim, Chin muhabbat. Umarali
qisqa vaqt ichida o'z hayotida yuz bergan o'zgarishlarni esshdi, keyin G'ozining betayin turmushini
ko'z oldiga keltirdi. I. Raxim, Ixlos.
200
2 Biror xalq, ijtimoiy guruh va sh. k. ga xos hayot tarzi, urf-odatlar, rasm-taomil-lar
majmui. Yangi turmush. mm Gavharning qarshisida, boya o'zi o'ylagandek, olifta ki-yinishni yaxshi
ko'radigan qiz emas, ko'pni ko'rgan, turmushning pastu baland so'qmoq-laridan o'tib kelgan inson
o'tirar edi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Ayb sizda ham emas, eski turmushda. Eski
turmushda xotinlar har qanaqa erkakdan tortinadi, zrkaklar har qanaqa xotinga tegishgisi
keladi. A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroqlari.
3 fls. Jamiyatning oddiy hayot shart-sha-roitlari majmui, ob'ektiv reallik. Tur-mush ongni
belgilaydi. mm Qonunni turmush-ga singdirib yuboruvchi asosiy kuch bizning o'qituvchilarimizdir.
Gazetadan.
4 s.t. Nikoh asosida yuzaga keladigan hayot, er-xotinlik holati, shu holatdagi hayoti.
Begimxonning ko'z oldida xarita emas, Erali jonlandi. Qanday totli edi ular-ning turmushi!
I. Rahim, Chin muhabbat. U turmushi omonat zkanini, qachondir oilasi buzilishini ko'pdan ko'ngli
sezib yurar, ammo bunchalik sharmanda bo'lishini o'ylamagan edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq
sol.
Turmush(i) buzilmoq Er-xotinlik hrla-ti va shu holatdagi hayot barham topmoq. Agar shunday
tashlab qo'yila bersa.. o'rtaga sovuqchshshk tushadi, oqibatda turmushlari buziladi. R. Fayziy,
Cho'lga bahor keldi. Turmush o'rtog'i Er-xotinlik holatidagi shaxsning har biri (er va xotin
bir-biri-ga nisbatan). Rustam uyiga shirakayf kel-di. Bir ozdan so'ng turmush o'rtog'i Shohis-ta
ham ishdan qaytdi. Gazetadan. Turmush qilmoq 1) ayn. turmushga chiqmoq. Shu bola o'ksimasin, deb
turmush qilmadim, non za-vodiga kirib ishlab, o'g'limni o'qitishga kirishdim. «Mushtum». 2) er-
xotinlik ho-latida yashamoq. Iigirma yil turmush qi-lib, bola ko'rmadim. I. Raxim, Chin
muhabbat. Biroq nayrangboz Abduvohid Hurixon Sat-torova bilan ham sshliqqina turmush qilib
keta qolmadi. «Mushtum». Turmush qurmoq q. turmush qilmoq. Ona sho'rlik yigirma ikki yoshida beva
qolib, shu-shu turmush qurmadi. O'. Usmonov, Sirli sohil. Turmush qurgani-ga uch yil bo'libdi-yu,
hamon bu uyga ko'nikib kesholmaydi. Gazetadan. Turmushga chiqmoq Erkak bilan oila qurmoq; erga
tegmoq. Qizlarning erki o'zida, sevib, sinashib tur¬mushga chiqishadi. «Guldasta». To'rtinchi
sinfga o'tganimda, onam o'zi bilan maktabda ishlaydigan o'qituvchiga turmushga chiqdi. U.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
5 Kishining butun borlig'i, bo'lgan-tur-gani. Uning turmushi shu.
TURMUSHLAMOQ 1 Qaytarib belga qistirmoq, bar urmoq, turmaklamoq. Etak turmushlab, yonboshiga
bir mushtlab, hayyo-hu deb, shahardan tashqariga qarab yo'lga ravona bo'ldim. G'. G'ulom, Shum
bola.
2 O'rab, tugib bog'lamoq, siqib, ixcham-lab o'ramoq. Yog'ni bir qog'ozga solib, tur-mui`chab,
lippamga qistirdim. G'. G'ulom, Shum bola.
TURNA Issiq o'lkalarda botqoklik va ko'llarda yashaydigan, oyog'i, bo'yni, tumshug'i uzun, boshida
toji (sochi) bor ko'chmanchi qush. Arg'imchoqqa o'xshab tizilishgan tur-nalar.. P. Tursun, O'qituvchi.
O'lkamizga nav-bahor elchilari — turnalar va qaldirg'ochlar uchib kela boshladilar. Gazetadan.
Sochning oqarishi insonlar xususiyatidir, lekin tur-nalarning qarigan vaqtida sochi-toji kul-
ranglikdan qoralikka almashadi. Gazetadan.
Turna qator, turnaqator Qator bo'lib tizilgan, birining ketidan biri. Og'ir yuk mashinalari
turna qator bo'lib tosh-beton to'kkailari — bari ko'z oldimda. S. Anorboev, Yo'lda yo'ldosh
bo'lganlar. Faqatgina uch oyda bir suv beradigan jo'mrak bor. Bu yerda ham tog'ora ko'targan
kishilar turna qator tu-zshshshib turadi. «Mushtum». Mana shu ovoza-dan so'ng uyimizga turna
qator sovchilar ke-la boshladi. T. Jalolov, Oltin qafas.
TURNIK \fr. tourner — aylantirmoq, buramoq] Ikki ustunga gorizontal holatda o'rnatilgan
temir to'sindan iborat gim-nastika snaryadi, moslamasi. Turnikda gim-nastika qilmoq. mm Mana
chinakam bola-lik: ozoda va yorug' sinflarda o'qish, maktab sahnida ochiq havoda fizkul`tura
mashqlari qilish, yong'oq oldidagi turnikda osilib, charxpalak bo'lish, shashka-shaxmat o'ynash,
qo'shiqlar aytish.. Mana bolalik! P. Tursun, O'qituvchi.
TURNIKET [fr. tourniquet < tourner -aylantirmoq, burmoq] Binolarning kirish joylarida,
vestibyullarda o'rnatiladigan, tashrif buyuruvchilarni bitta-bittadan o't-kazish uchun
mo'ljallangan, aylanib tura-digan krest shaklli metall to'siq, g'ov.
TURNIR [nem. Turnier — ritsarlarning harbiy musobaqasi] Sportning shaxmat, shashka, futbol va
sh.k. turlarida qatna-shuvchilarning har biri shaxsiy yoki jamoa-viy birinchilik uchun ma'lum
tartibda, barcha qatnashuvchilar bilan bir yoki bir necha martadan uchrashadigan musobaqa. Xal-
qaro shaxmat turniri. Turnir jadvali. mm Rasmiy musobaqalardan shashqari oila a`zo-lari
o'rtasida ham har xil turnir, match-lar o'tkazib turiladi. M. Muhiddinov, Do-nalar maftuni.
TUROB 1 \a. — chang, gard; xok; tup-roq, yer] esk. kt. Tuproq; yer. Xohishingcha o'lmas ersa,
koinot o'lsun turob, Sargardon qon yig'lasun ham yerga kirsun oftob. Habi-biy.
2 Turob (erkaklar ismi).
TUROQ I kam qo'll. Turadigan joy, mas-kan. Sokin-safoli turoq: O'n ikki buloq! Jildiragan
chashmalar O'n ikki singli.. M. Shayxzoda, Chorak asr devoni.
TUROQ II ad. She'r misralarida bo'g'in-larning misralar bo'yicha takrorlanib kel-gan muayyan
bo'lagi, qismi. To'rt bo'g'inli turoq. tsh She'rda qofiya, vazn, turoq degan narsalar bo'lishi
kerak. Ma'no, mantiq.. bo'lishi kerak. X. To'xtaboev, Sariq devni minib. Bayt misralari
ba'zan qofiyadosh so'zlar vositasida san'atkorona ikkiga bo'linib, turoq hosil qilish orqali,
bayt ohangdorligi, ta'sirchanligi orttiriladi.. «O'TA».
TUROQLI ad. Ma'lum turoqlarga ega bo'lgan. To'rt turoqli she'r.
TURP I Hosili ko'kishroq rangda bo'-ladigan va pishirilmay ovqatga qo'shib yeyiladigan sabzavot
o'simligi. Turpga suv qo'ymoq. Turp to'g'ramoq. ish Sho'rni aritish uchun.. suvni ko'p talab
qiladigan sholg'om va turp ekish eng yaxshi chora emish. A. Qo-diriy, Obid ketmon. Keksa temirchi
chuchuk turp bilan osh yeyishni sevardi. SH. Rashidov, Qudratli to'lqin. Bu payt.. grafinda kon`yak
bilan ikki likopcha to'g'ralgan turp qo'yib ketdi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
TURP II Mevaning siqib suvi yoki shirasi olingandan keyin hosil bo'lgan qoldig'i. Uzum turpi.
Behi turpi. tsh Nor-matparang ko'knor ivitganda, turpini doim tomga tashlar ekan. A. Muxtor,
Opa-sin-gillar. Darvoqe, \ananas\ mevasidan sharbat olinganda, 20-25 protsent turpi qoladi.
«Fan va turmush».
TURPTARASH Sabzi, turp, oshqovoq va sh. k. ni qirish, tarashlash uchun xizmat qiladigan metall
asbob; qirg'ich. Turpta-rashda sabzi qirmoq.
TURTINIB-SURTINIB 1 U-bu nar-salarga urilib, turtina-turtina. U \Hyc-ratilla] turtinib-
surtinib, devorlarni ushlab, qaysi tomongadir yurdi. A. Muxtor, Opa-singillar. Shermat aka
odamlarga turtinib-surtinib, oldinga o'tdi. M. Xay-rullaev, Qo'ngil.
2 Qiyinchiliklar bilan, qiynalib. Tur-tinib-surtinib o'qimoq.
TURTINMOQ 1 Turtmoq 1 fl. o'zl. n. Qorong'ida stulga turtinib ketdim. mm Ppchchamdan
dasturxonni olib, qoqish uchun gilosning yonidan o'tarmanmi, allakimga tur-tinib ketdim. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 ko'chma Ish-faoliyatda qiyinchilikka duch kelmoq; qoqilmoq. Paxta ishida quruq praktika bilan
ish ko'rsang, oxir turtina-san, qoqilasan. Oybek, O.v. shabadalar. So'ng-gi yillarda u ancha
turtindi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
TURTKI 1 Uncha qattiq, kuchli bo'lma-gan qisqa, keskin zarb. Xo'kizga turtki, donoga ishora
kifoya. Maqol. mm Bir vaqt u allakimning turtkisidan uyg'onib ketdi. L. Tojieva, Mehrim
sizga, odamlar. Orqaroq-da qolgan Vitya alanglab, odamlarning turt-kisi yoqmay, qadam
tashlardi. R. Fayziy, Hazrati ig'gson.
2 ko'chma Biror ish, harakat va sh. k. ning boshlanishi, amalga oshishi, yuzaga chiqi-shi uchun
qo'zg'atuvchi, undovchi narsa, sabab. Bu fikrlarni aytishimga olimlar davra-sidagi suhbat
turtki bo'ldi. Gazetadan. Men xayolimdan dastlabki poemalarimning yara-tilishi, unga sabab
bo'lgan voqealar va yozi-lishiga turtki bo'lgan odamlarni o'tkaza boshladim. Shukrullo,
Javohirlar sandig'i.
Turtki bermoq Qo'zg'atuvchi, undovchi gap-so'z, ish-harakat va sh.k. vazifasini o'tamoq, qilmoq.
..birda muruvvatpesha, birda johil-likdan o'zini unutadigan Muhammad Rahim-xon [Avazning]
ham shafqatini o'yg'otar, ham nafratiga turtki berardi. S. Siyoev, Yorug'-lik.
3 ko'chma Kishini xo'rlovchi, tahqirlovchi harakat. Yana mehnat, turtki, yupun, qish kuni
202
och. G'. G'ulom. Yana avvalgi do'qu turtkiyu tuhmatga o'tib, Ko'cha-ko'ylarda sizni zor ila hairon
qiladir. Hamza.
Turtki yemoq 1) turtki tegmoq, turtkiga duchor bo'lmoq. Sultonmurod qaynagan olomon ichida
turtki yeb, bosilib, ezilib, uzoq yurdi. Oybek, Navoiy; 2) xo'rlik ko'rmoq, kam-sitilmoq,
tahqirlanmoq. Salomat qaqshoq o'gay ona bilan chiqisholmadi. Har kun jan-jal, eshitmagan gapi,
yemagan turtkisi qol-madi. S. Ahmad, Hukm.
TURTKILAMOQ 1 Hadeb turtavermoq, beto'xtov turtmoq. Turtkilab Hasanni ham podshoning oldiga
haydab keldi. «Baxrom va Gulandom». Yechinib olishgach, uch og'ayni bir-birini turtkshshb kulishar,
qo'shiq aytib, beso'naqay o'yinga tushishardi. Gazetadan.
2 ko'chma Kamsituvchi, haqoratlovchi, xo'r-lovchi gap-so'z, xatti-harakatlar qilmoq. Bu onang
o'gay. Agar turtkilasa, indamay biz-nikiga chiqib kelaver. S. Zunnunova, Go'dak hidi. Inson
zotini hech kamsitib, turtki-lab, izzat-nafsiga tegma.. Gazetadan.
TURTKICH tex. Dvigatellarning kla-panlari va sh.k. ga harakat uzatib turuvchi sterjen`, o'q.
Klapan turtkichi.
TURTMOQ 1 Gavda (tana)ning biror a'zosi (qismi) bilan teginmoq, tegmoq. Turtib yubormoq. mm
Polvon odamlarni ita-rib, turtib o'tdi. J. Sharipov, Xorazm. To'rt kun avval, ertalab mashina
turtib ketdi. O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
2 Shunday harakat — e'tiborni tortuv-chi, ishora qiluvchi, undovchi belgi sifa-tida. Qayrag'och
tagidagi so'rida oldiga choy-nak qo'yib, yolg'iz o'zi xayol surib o'tirgan us-tani ko'rib,
hamrohimni turtib qo'ydim. S. Aqmad, Xazina. Aravakashning ichki holati-ni sezib turgan Badia
chidab turolmay, dar-hol otasini turtdi: -Suv beraymi, ota? Mirmuhsin, Me'mor. -Qaytanga
ikki non-xo'r kamayadi, — dedi Bayonqul aka va etigi-ning uchi bilan oyog'imni turtdi. S. Siyoev,
Yorug'lik.
3 ko'chma E'tiborni tortuvchi, ogoxdan-tiruvchi gap-so'z, xatti-harakat qilmoq. Karimkul ponsad
hojini turtmak maqsadi-da: -Kengashli ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz o'ylashib javob
bersinlar-chi, axir! — deb qo'ydi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Yig'i-lish joyida o'tdi. U
kishilarni ancha tur-tib, changini qoqib qo'ydi.. xotirjamlikka berilib ketganlarning ko'zini
ochib qo'ydi. X-Tursunqulov, Hayotim qissasi.
4 ko'chma Xo'rlamoq, kamsitmoq, yerga ur-moq. Birovni nohaq turtish, xo'rlash yara-maydi. Urgandan
turtgan yomon. Maqol.
5 s. t. «Ketmoq», «o'tmoq», «qo'ymoq» fe'llari bilan birga kelib (boshqa nar-salar qatorida),
«qayd qilmoq», «ta'kid-lamoq» ma'nosini bildiradi. Biz yuqori-da ham turtib o'tgan edikki,
Otabek na Yusufbek hojiga, na Uzbek oyimga va na Hasanaliga Marg'ilondan tez qaytib kelish
sababshsh aytmagan. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar. ..biror narsa yozish niyatlari bo'lsa, xo-lamning
o'zbek ayollariga mutlaqo yot bo'lgan mana shu yovvoyilik odatlarini ibrat uchun kalamlari uchida
bir turtib o'tsalar. N. Sa-farov. Xadicha Axrorova.
Turtib chiqmoq Tekis (to'g'ri) joyga, holatga nisbatan bo'rtib turmoq, ko'tarilib turmoq.
Devorning turtib chiqqan joylari. mm Kulcha yuz, yonoqlari turtib chiqqan.. amir-zoda na
Muhammad Tarag'ay va na Boysunqur-ga o'xshardi. Mirmuhsin, Me'mor. U kishi-ning burni andak
uzunroq, engagi oldinga tur-tib chiqqan.. sochi fatila-fatila bo'lib, yel-kasiga tushgan edi.
N. Aminov, Suvarak.
TURUM I (3-sh. birl. turmi va turumi) Eshik tabaqasining tepadagi va ostonadagi uyalarga
tushib turadigan va eshikning ochi-lib-yopilishiga imkon beradigan chiqiq qismi. Uning
[Munavvarning] ko'z oldidan.. ochilganda turumi antiqa g'iyqillaydigan pastakkini eski eshik,
toqilarini is bosgan kattauy bir-bir o'tdi. S. Anorboev, Mehr. Boy ota: -Hay-hay, qizim,
eshikni ochmang, bekorga turmi yedirilib ketadi, — debdi. Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
Eshikning turmini buzmoq Takror hol-da, qadami uzilmay kelavermoq (bo'y yetgan qiznint uyiga
keluvchilar, sovchilar haqi-da). -Sovchilar mening darvozamning turumi-ni buzishyapti.., — deb
qattiq izza kildi bizni. S. Nurov, Narvon. Ne-ne toparmon-tutarmon yigitlar eshigimizning
turumini buzib, o'targa yo'l bermaydi.. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
TURUM II: yotib yeganga turum tog' chida-maydi Ishlamay-kuchlamay yotib yeyaversang, hech qanday
jamg'arma yetmaydi, degan ma'-nodagi ibora. Bolalarim, mendan xafa bo'l-manglar. Yotib yeganga
turum tog' ham chida-
maydi. Pul ustiga pul kelib qo'shilib tur-masa, har qancha davlat ham darrov ketib qoladi. M.
Osim, Tilsiz guvoh.
TURUMTOY Yirtqich qushlar turkumi-ning lochinsimonlar oilasiga mansub, o'rmon va tog'li
joylarda yashaydigan qush. -Mayli, bulbullar qatorida turumtoylar ham sayray bersinlar.
Bularni ham ting-lovchilar bor, — dedi Amir Mo'g'ul. Oybek, Navoiy.
TURUSH [f. Jl_r — nordon, achchiq] 1 Achitish, oshirish yoki ko'pchitish vositasi (tomizg'i,
xamirturush va sh.k.).
2 Nordon, qimizak. Turush olma.
TURFA [a. — yangilik, kamyoblik;
sovg'a; qochirim, piching] Ajibligi bilan kishini hayratga soladigan; ajoyib, g'ala-ti. Turfa
savdolar boshima shushdi, ketdi ixtiyor, Voh, o'targa o'xshadi endi umr zan-jirda. Hamza. Shoirlar
hayron bo'lmang, shoir xalqi turfadir, She'r olami bu olamning evaziga tuhfadir. E. Vohidov.
TURSHAK Danagi bilan quritilgan o'rik. Qandak turshak. Turshak solmoq. mm Zebixon patnisda
non, turshak olib chiqib, ular \meh-monlar] oldiga qo'ydi. S. Ahmad, Ufq. Aloqa-chi ham og'ziga
turshak solib shimib o'tirar, danagini qasir-qasir chaqar, mag'zini yerdi. M. Muhamedov,
Qaxramon izidan.
Turshak suvi Turshakni suvda qaynatib tayyorlanadigan ichimlik. Sayilda bir chek-kada og'zi
qulog'igacha yetgan kvas sotuvchilar.. turshak suvi sotuvchilar, no'xatsho'rakchilar yosh bolalarning
pullarini aldab olmoqdalar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari. ..o'rnidan turdi-da,
kosadagi turshak suvi-dan ikki-uch qoshiq ichdi. Gazetadan.
TURQ Tashqi qiyofa, avzo, vajohat (asosan, salbiy munosabat bilan) Turqi sovuq odam. Turqini
buzmay gapirmoq. Tur-qi(ng) qursin! (qarg'.) Turqingni yel yesin! (qarg'). mm Turqi buzuq
erkaklarning «Ur uni \Hojarni\! U qishlog'imizga isnod keltir-di!» deb xuddi hayvondek
o'kirganlari qu-loqlarim ostida qayta yangradi. H. No-sirova, Men o'zbek qiziman. Shu vaqt
bu-talar orasidan «ket!» degan yo'g'on tovush eshitildi. Birdan itlarning turqi o'zgar-di-
qoldi. S. Anorboev, Oqsoy. Shirmonxon hovliga chiqdi. Osmon yuzini qoplagan tur-qi xunuk
bulusharga tashviiish nazar tash-ladi. S. Zunnunova, Olov. Devor ustida tur¬gan o'n ikki
yoshlardagi bir qiz devordan ke-sak ko'chirib olib, mulla Norqo'ziga o'qtaldi: -Hu o'l, turqing
qursin! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin. -Oting o'chkur, — dedi ichida o'gay ona Umidga tikilib,
— hali sen odam bo'lib qoldingmi! Turishini qara, voy tur-qingni yel yesin! Mirmuhsin, Umid.
TURQ-ATVOR Tashqi qiyofa va fe'l-at-vor, ahvol. Qayoqqa boraman, nima qilaman, qo'limdan nima
ish keladi? Shu turq-atvor bilan kimga ham kerakman? S. Ahmad, Cho'l burguti.
TURG'IZMOQ Turmoq fl. ort. n. Anorxon kampirni suyab turg'izdi.. oftobda eye kel-tirib berdi.
I. Rahim, Ixlos.
Yotqizib turg'izmoq Kimsaga istagancha o'z \ukmini o'tkazmoq, kimsani istagancha o'z amriga,
hukmiga bo'ysundirmoq. Oyoqqa tur-g'izmoq 1) yotgan, o'tirgan yoki yiqilgan yeri-dan turg'izib
qo'ymoq. Oysuluvni dast ko'-tarib, oyoqqa turg'izdi-da, yerdan po'stinni olib, uning ustiga
yopdi. S. Anorboev, Oq-soy; 2) oyoqqa bostirmoq, yo'lga solib yurishtirib yubormoq. Korxonani
oyoqqa turg'izdik; 3) ko'chma oyokdantirmoq, biror ishga boshlamoq. Ko'ngilga tasalli beruvchi,
odamni hamisha oyoqqa turg'izuvchi, o'ylatuv-chi, kurashga chorlovchi chigil jumboqlar ko'p bu
dunyoda. S. Ahmad, Ufq.
TURG'UN 1 Biror joyda doimiy yashov-chi, o'rnashib qolgan; muqim; Shaharning turg'un xalqi. tsh Bir
necha yil darbadar umr kechirib.. oshpazlik qildi, oxiri ona qishlog'i Avvalda turg'un bo'lib
qoldi. K. Yashin, Ham-za. Sen aytgancha, kuyoving Toshkentdan ik-kinchi uylanmasin-da, Kumushni
qudalaring oldiga turg'un qilib yuboraylik, tuzukmi ? A. Qodiriy, Utgan kunlar. Furqat
vatanida bo'lolmay turg'un, Donishday, Voqifday g'am-alam yutdi. X. Rasul.
2 O'zgarmas bo'lgan, doimiy, barqaror. Turg'un muvozanat. Turg'un holat. Barcha tash-kilotlarni
turg'un kadrlar bilan ta'min-lash. mm Hayotda hech narsa turg'un bo'lib qolmaganiday, teatrda
ham ko'p narsalar o'zgardi. S. Karomatov, Hijron.
3 To'xtab, turib qolgan, harakat qilmay-digan; harakatsiz; oqmas. Turg'un eye. mm U
ko'zlarini hovuzdagi turg'un ko'kimtir suvga tikib o'yladi. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 Turg'un (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
204
TURG'UNLASHMOQ1 Biror joyda yashab ketmoq, o'rnashib, muqim turib qolmoq. Biz shaharda
turgunlashib qoldik.
2 Turgun holatga kelmoq, turg'un holat kasb etmoq.
TURG'UNLIK 1 Turg'un holat (q. turg'un 1, 2, 3). Muvozanatning turg'unligi. Aholi-ning
turg'unligi. Suvning turg'unligi. Iqti-sodiy turg'unlik. shsh Shoir [G'. G'ulom] bir yoqlamalikka
va turg'unlikka qarshi.. keskin kurash olib bordi. SH. Rashidov, G'. G'ulom xotirasi. Zamon po'k
narsani tez unutdirar. Ya'ni turg'unlikdan hayot o'ch olar. M. Shayx-zoda, Toshkentnoma.
2 map. Sho'rolar hukumati tarixida 20-asr 60-yillaridan boshlangan, iqtisodiy tushkunlik,
hokimiyat tuzilmalaridagi poraxo'rlik, ma'naviy-axloqiy buzilish va shunga bog'lik, xrlda
jamiyatning tanazzulga yuz tutishi bilan xarakterlanadigan davr. Bu — shaxsga siginishi,
turg'unlik davrining illati. M. Qo'shjonov, Diydor.
TUS 1 Narsalarga xos bo'lgan rang, rang ko'rinishi. Tusi o'zgarmoq. Tusi oqarmoq. Tu-sini
yo'qotmoq. mm Shuning uchun yoz kunlari maxdumning bog'chasi oq, nimrang, ola-zangor, malla-
lojuvard va boshqa tus kapalaklar-ning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko'rinishga kiradi.
A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. Marzalardagi maysa-giyohlar bir xil rangda — oltin tusida
tovlanadi. N. Ami-nov, Suvarak. Mardon Yo'lchievich novcha, yuzi cho'zinchoq, tusi ham
Temirjonning chehrasi-day tiniq ekan. J. Abdullaxonov, Oriyat. Odatda dengiz suvi ko'kimtir
rangli, bo'la-di. Primor`eda esa dengizning suvi temir zangining tusini eslatadi.
Gazetadan.
2 Tashqi ko'rinish; qiyofa. Zamonlar o'z-garadi, joyning ham tusi o'zgaradi. Y. Sham-sharov,
Toshqin. Bolalarning qii-chuvi, xo-tinlarning baqirib-chaqirishlari bu jim-jit to'qayzorga
mahalla tusini berib qo'ydi. S. Ahmad, Ufq. Qizi shomda qaytganda, hovlida gard ham yo'q,
salqin, suv sepilgan, hovlining tusi o'zgarib, chang bosib yotgan akaslar ham chehrasi
ochilganday edi. S. Nu-rov, Narvon. Homid mag'rur tus bilan Ota-bekka qaradi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar. Qu-vonch, qo'shiq har yonda, Oq kaptarlar osmonda Parvoz qiladi ko'rkam, Bayram
tusida o'l-kam. R. Bobojon.
Tus bermoq Qandaydir tus paydo qil-moq, qandaydir tusga olmoq, tusda ifoda-lamoq, tus
kiritmoq. Yuziga tushunib bo'l-maydigan allaqanday tus berib, bir xo'rsi-nibqo'ydi-da, unga
dedi.. K. Yashin, Hamza. -Nahotki o'z jangchilarimizni unutsak, — deya gapga tus berdi
Muharram. Shuhrat, Shinelli yillar. Har anorlarki donasi choynakday, uzumini ko'tarolmay
bukilib qolgan ishkomlar, yombi oltindek sap-sariq behilar bu boqqa chinakam jannat tusini
berar edi. S. Ahmad, Hukm. Tus olmoq Qan-daydir tus-qiyofa kasb etmoq; tusga kir-moq. Uning
rangi oqarib, vajohati qo'rqinch-li tus oldi. M. Hazratqulov, Jur'at. Pay-kallar etagini
yuvib oqayotgan Qashqa suvi qizg'ish-sariq tus olib.. tol, jiydalar ostigacha toshgan. S. Nurov,
Narvon. Asta-sekin munosabatlarimiz boshqacha tus ola boshladi. E. A'zamov, Javob. Tusga
kirmoq Qandaydir tus, qiyofa kasb etmoq, tus-qiyo-faga aylanmoq. Ariq va anhorlardagi suvlar
shaffofligini yo'qotib, mallarang tusga kirdi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Murzin uning
nazarida lahza sari yuksalib, ajoyib qahramon tusiga kirib bormoqda edi. Shuh-rat, Shinelli
yillar. Nafis kiyimlar bilan yosh kelin tusiga kirgan Xoljon.. de-razadan o'tgan-ketganlarni
tomosha qilib o'tirdi. G'ayratiy, Dovdirash.
TUSAMOQ Ixtiyor etmoq; xohlamoq, istamoq. Yigitali qorni nihoyatda ochgani-ni, ko'ngli achchiq
ko'k choy tusayotganini sez-di. D. Nuriy, Osmon ustuni. Uzoq yo'l bosib keldim, serqatiq,
achchiqqina mastavani ko'nglim tusab turgan edi, chaqirdim. «Mush-tum». Besh yil o'qib, uning
biror marta pul-dan qiynalganini yoki ko'ngli tusagan kiyi-mini olib kiymaganini Axmad
ko'rmagan. F. Musajonov, Himmat. Xoli bo'lishni, bir o'zi yakka qolib xayol surishni ko'ngli
tusadi. R. Fayziy, Hazrati inson.
TUSLAMOQ tlsh. Fe'llarni shaxs, son va zamon qo'shimchalari yordamida o'zgartir-moq.
TUSLANMOQ 1 Har xil tus, rangda ko'-rinmoq, tovlanmoq. Tovus patlari rang-barang tuslanadi.
Atlas elektr nurida har xil bo'lib tuslanadi.
2 tlsh. Shaxs, son va zamonda o'zgarmoq (fe'llar haqida).
205
TUSMOL Aniq bilmagan holda o'zicha qilingan gumon; taxmin, chama. Mening tus-molimcha. Tusmol
qilmoq. mm Ular gap orasi-da Foshimaga yana kimlarning jazmanligi.. haqida o'z shubha va
tusmollarini gaplash-dilar. P. Tursun, O'qituvchi. Oy botib, kecha qorong'ilashib qolgan, juda
avaylab, tusmol bilan harakat qilamiz. G'. G'ulom, Shum bola.
TUSMOLLAMOQ Tusmol-taxminga asoslanmoq, tusmol-taxmin asosida ish ko'r-moq; tusmol qilmoq.
Kurbonning Ko'ktoshga ketganini o'zi ham tusmollagan edi. SH. Xolmirzaev, Qil ko'prik. Oqimning
kuchini, yo'nashshini tusmollash kerak edi. A. Muxtor, Chinor. Yodgor ko'z o'ngi qorong'ilashdi-yu,
boshini quyi solgancha, tusmollab yurib ket-di. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol.
TUSSIZ Tusi bo'lmagan, tusi, rangi yo'q; rangsiz. Tussiz gaz. mm Bek eshikni och-di. Qulmat
uning dokadek tussiz yuziga qa-rab kuldi. H. G'ulom, Mash'al.
TUSTOVUQ Tovukdar zotiga mansub, patlari chiroyli, asosan to'qayzorlarda yashaydigan,
ovlanadigan qush; qirg'ovul. Tustovuq qamishlarning ichiga kirib g'oyib bo'ldi. SH. Rashidov,
Qudratli to'lqin. Qa-dimda ovchi qushlar bilan tustovuq, kaklik va boshqa parrandalarni ovlash
keng tarqsi-gan edi. «Fan va turmush».
TUT \a. CJJZ — tut daraxti] 1 Barglari ipak qurti uchun asosiy oziq bo'ladigan daraxt. Ana
bog'lar-chorbog'lar.. Ana butalari qizg'ish tutunday havoga yoyilib turgan katta tut. P. Tursun,
O'qituvchi. Mamnun bo'lib ipak qurtlari, Urmalar tut yaproqlarida. H. Po'lat.
2 Shu laraxtning iste'mol qilinadi-gan oq, qora yoki qizil tusli totli mevasi. Juvon boshidan
ro'moli tushib ketgan, Si-diqjonga orqasini o'girib, zo'r ishtaha bi-lan tut terib yemoqda edi.
A. Qaxdor, Qo'sh-chinor chirokdari.
Tut mayiz, tutmaymiz Quritilgan tut mevasi, quruqtut. Shu kecha unga \Kimsanga\ boshpana
berib, non, tut mayiz, qurt, ayron bilan mehmon qildilar. S. Abdulla, Hasan bilan Kimsan.
Tutday to'kilmoq 1) qi-rilmoq, qirilib ketmoq; mahv bo'lmoq. Dush-man askarlari tutday
to'kildi; 2) putur-dan ketib yemirilmoq, vayron bo'lmoq. Tut-day to'kilib turgan devorlar. mm
Ko'z qa-mashtiruvchi bu chamanzor yonida tutday to'¬kilib turgan ikki ui bo'lib, bularning biri-
da — kungaydagida Gulbodosharning.. sigi-ri, uning yonidagi.. uyda esa, o'zlari turi-shardi.
S. Karomatov, Bir tomchi qon; 3) es-kirib, to'zib yirtilmoq, yirtilib (siti-lib) ketmoq,
yirtilib tushmoq (kiyim xaqida). Ko'ylagim tutday to'kilib ketdi. Qo'noq tut Mevasi
yeyilmaydigan och qizil tut.
TUTA I 1 Paxtadan ip yigirish uchun tayyorlangan pilta.
2 Uchi chaqmoqda cho'g'latish uchun moslash-tirilgan (uchi kuydirib qoraytirilgan) paxta ipi. Uch
kishilashib chaqmoqni toshga urib, tutani yomg'irdan bekitib, rosa urin-ganlaridan keyin,
nihoyat, achchiq paxta tu-tuni dimog'lariga urildi. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
TUTA II Erta bahorda o'sadigan o'sim-likning bir turi. Loyxonada badbo'y, lekin chiroyli
ertabahor o'simligi — tutalar bir tekis unib chiqdi. SH. Xolmirzaev, To'lqin-lar.
TUTAK Paxtadan qo'lda ip yigirishda ishlatiladitan qovoqnaycha.
TUTAL shv. Ishonib bo'lmaydigan nar-sa, ran; uydirma. Shahardagi har kim uning.. qiziq
harakatlariga va tutal so'zlariga qiziqar edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Shu xildagi tutal,
askiya, lutf so'zlar, ashula anchagacha davom etdi. K. Yashin, Hamza.
TUTAM Narsalarning tutamlash yoki siqimlash mumkin bo'lgan mikdori; pan-janing shuncha mikdorni
oladigan (tuta-digan) holati. Bir tutam soch. Bir tutam paxta. Dangaeaning quyrug'i bir
tutam. Maqol. mm Robiya xola bir tutam pechak o't-ni jo'yakka tashlab, qo'llarini qoqqanicha,
Shirmonxon qarshisiga yurdi. S. Zunnunova, Olov. Qo'ylar kecha zrtalab oxirgi tutam xashakni yeb
bo'lishgan. S. Anorboev, Oqsoy. Yoqubbek soqolini tutamiga olib, bir laxza o'ylanib turdi-yu..
P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Bir tutam 1) bir tutam mikdordagi, bir tutamlashga loyiq. Bir tutam xashak. mm -Bular ham
sizga! — dedi u bir tutam-bir tutam gul tutqazib. J. Abdullaxonov, To'-fon; 2) ingichka,
nozik; ozg'in. [Anoraning] Yosh niholdek bir tutam nozik qaddi-qoma-ti boshqalardan ajralib
turar.. kulganda qo'ng'iroqdek jarang/shydigan ovozi o'tirish¬
206
ga alohida bir fayz bag'ishshr edi. M. Xay-rullaev, Tilla marjon; 3) juda qisqa. Yoz kechalari
bir tutam — ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi. R. Fayziy, Hazrati inson.
TUTAMLAMOQ Tutamga olmoq. Sochini tutamlamoq. mm Qovog'ini solib, soqolini tutamlab, gapga
jimgina quloq solib o'tirgan usta: -Qani, bu yoqqa yur, — dedi [bangiga]. O. Yoqubov, Larza.
TUTAMOQ 1 Tutunlanib yonmoq, buruq-simoq; tutun chiqarmoq. Pechka tutab ket-yapti. Ho'l o'tin
tutaydi, yonmaydi. mm Tu-tab yotgan to'nka yonida sochlari o'sib, soqoli-ga qo'shilib ketgan bir
devona bu mudhish qorong'ilikka qarshi kurashgan kabi gulxan-ni yondirishga tirishar.. edi. A.
Qodiriy, O't-gan kunlar. Axmadjon o'rnidan turdi va ha-nuz tutamoqda bo'lgan qishoqni
ko'rsatdi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
2 Is, dud chiqarmoq (yog', pilik va sh.k. haqida). Krzonda yog' tutay boshadi.
3 ko'chma Tutaqmoq, tutaqib ketmoq, qi-zishmoq; yonmoq. Haydarboy ich-ichidan tutab ketdi. N.
Fozilov, Oqim. Qizdan javob bo'lmagach, Oyshaxon battar tutay boshladi: -Ming martalab
aytganman bu megajinga, bir nimani tayinli qilib qo'ygin deb. A. Muhiddin, Aybsiz aybdor.
TUTANMOQ shv. Tutaqmoq, tutaqish-moq, qizishmoq. U birdan tutanib ketdi. shsh Go'ro'g'libekning
bol Avazga «Ra'yingdan kaytgin!» deganida, Avazxon o'tday yonib, olovday tutanib, otasiga
qarab bir so'z aitgani. «Xushkeldi».
TUTANOQ I shv. Tutqanoq, quenchiq. Qi-zing endi o'shaning tutanog'ini eshitib, ko'ngilsiz bo'lib
turgandir-da. Hamza, Pa-ranji sirlari. Tag'in uning tutanoq dardi.. buning ustiga ortiqcha.
Hamza, Paranji sirlari.
TUTANOQ II G'ayrati ichiga sig'maydi-gan, sho'x. Yelena tutanoq do'stining \ Nadya-ning] ozgina
xatoga yo'l qo'yganligini bil-sa ham, yuziga solib, battar kuydirgisi kelmadi. H. Nazir.
Maftuningman, Ozar-bayjon.
TUTANOQLIK Tutanoqqa xos xususi-yat, xatti-harakatga egalik. \Yigit-qiz-larning] Shu
g'ayratlari, shu tutanoqlik-lari bo'lsa, marra bizniki, — deb qo'ydi Qo-dirjon. H. Nazir,
O'tlar tutashganda.
TUTANTIRIQ 1 O't oldirib olish uchun xizmat qiladigan mayda tarasha, payraha va sh.k.; tutatqi.
Quruq tutantiriq. mm \Afandi:\ Qozonni osib qaraydiki, o'choqqa tutantiriq yo'q. «Latifalar».
U suv to'l-dirib tayyorlab qo'yilgan qumg'on tagiga olov yoqdi. Xushyor shogirdlari xatto tutan-
tiriq ham tayyorlab qo'yishgan ekan. Mir-muhsin, Me'mor.
2 ko'chma Biror narsaning amalga oshu-viga, yurishib ketishita sabab, omil. Bu uchrashuv
tutantiriq bo'ldi. Ustiga cho'p tatgamasa, o'chib qoladi. Shuhrat, Umr po-g'onalari. To'g'rirog'i,
shutantirig'ini Umrzoq ota tutatibdi-yu, bu yog'ini Bo'tavoylar alangalatibdi. N. Fozilov,
Diydor. O'sha spravkangiz tutantiriq bo'ldi-yu, ishim yuri-shibketdi. «Mushtum».
Tutantiriq ham bo'lmaydi Juda oz, ki-foya qilmaydi, urvoq ham bo'lmaydi.
TUTATMOQ1 Tutamoqfl. ort. n. Pechka-ni tutatmoq. mm Oradan yarim soat o't-gandan keyin,
polvon sekin ko'zini ochib.. bek-ning oldiga bir siqim somon tutatib qo'-yishni so'radi. A.
Qahxrr, Ko'r ko'zning ochi-lishi.
Isiriq tutatmoq q. isiriq. -Shoshilma, bolam, — kampir tandir tomonga yugurdi va xokandozda
isiriq tutatib keldi, Nor-matning boshidan aylantirdi. I. Rahim. Chin muhabbat.
2 O't oldirib, yondirib olmoq; yondirib olib chekmoq. Salimxon xozir kelib tugat-gan
papirosning o'tidan ikkinchisini tuta-tib, Saidiyni mehmonlarga tanitdi. A. Qah-hor, Sarob.
Bektemir yonida maxorka tu-tatib o'tirgan yoshgina rus jangchini turt-di. Oybek, Quyosh qoraymas.
TUTATQI I shv. Tutantiriq.
Tutatqi ham bo'lmaydi ayn. tutantiriq ham bo'lmaydi q. tutantiriq.
TUTATQI II etn. 1 Tutatilganda kasal-lik, falokat va sh. k. ni daf etuvchi yoki kerakli
predmet, voqea-xrdisani yuzaga kel-tiruvchi, hozirlovchi narsa. Ezibichki berib, tutatqi
tutatib, boshingizdagi balo-qa-zolarni qaytarik qilib haydayman. K. Yashin, Hamza. Ermana
mergan bir tutatqini tu-tatgan ekan, parining otlaridan biri pay-do bo'ldi. «Oltin beshik».
Qilichqoraga bir tutatqi berib: -Qachon shuni tutatsangiz, biz tayyor bo'lamiz, — debdi. «Oltin
beshik».
2 Tutatiladigan har qanday xushbo'y nar-sa yoki vosita (mas, isiriq).
TUTASH I Tutamoq fl. har. n. Samovar-ning tutashi. Isiriqning tutashi.
TUTASH II Bir-biriga yonma-yon ulangan; tutashgan. Krshlari tutash. mm Sayhonlik tu-gab, tutash
bog'lar ko'rindi. S. Siyoev, Yorug'-lik. Bir tomoningiz — xarsanglar makoni, ikkinchi tomoningiz
— ufqqa tutash yam-yashil vodiy. J. Abdullaxonov, Oriyat.
TUTASHMOQ I 1 Alangalanmoq, alanga olmoq.
2 ko'chma Yonmoq, kuymoq. Siz o'zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo'lgansiz, lekin men
hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim.. Borlig'im
muhabbatingiz alangasi bilan tutashgani holda, zavjangiz Otabek. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Hech kim meningdek kuymagan hajring o'tiga, ey sanam, Tanho tutashdim men o'zim, so'zona bo'ldim
sog'inib. Hamza.
3 fol`k. Tutaqmoq, qizishmoq. Juda ham tutashib ketdi Hakimxon. «Achpomish». Ar-zirumdan ekan
asli elati, Tutashgan bola-dir — ko'pdir g'ayrati. «Nigor va Zamon».
TUTASHMOQ II 1 Tutash holatda bo'l-moq. Bir-biriga tutashib ketgan kichkina, tiniq ko'lchalar
ko'rindi. S. Siyoev, Avaz. Bundan [daryodan] chiqadigan suv bilan mak-tab uchastkasinigina
emas, unga tutashgan tomorqa yerlarni ham sug'orish mumkin. H. Nazir, Cho'l havosi. Shamol
tog'aninguyi bir tomondan qirga tutash edi. S. Siyoev, Yorug'-lik. Adolatning yuzi birdan
jiddiylashdi. Qora qoshlari tutashib, ko'zlarida g'azab chaqnadi. S. Zunnunova, Gulxan.
2 ko'chma Bir-biriga bog'langan, payvand. Tojiboy o'zi kambag'allardan bo'lsa ham, sho-miri
Olaxo'ja maxsum bilan tutashgan edi. P. Tursun, O'qituvchi. Xayoliga xayoli tutash, qalbiga qalbi
yaqin odamlarni ko'rgan sayin Muborak undan battar uzoqlashar, battar orqaga qarab ketar edi.
S. Zunnunova, Ko'k chirokdar.
TUTAQISHMOQ1 Tutakgioq2 fl. birg. n.
2 ayn. tutaqmoq 2. Soraxon «Shuncha ish bo'lgan ekan, men qaerda edim, doim uydaman-ku», deyish
o'rniga tutaqishib ketdi. A. Qahhor, Sarob.
TUTAQMOQ 1 kam qo'll. Tutab, o't olib qizimoq. -Shoshmang, bu dardi harina oz-moz tutaqsin!
Puf, puf. O'ho', ah. Tutun ji-garimni ham titib yubordi! -Bas. u o'tin yonmaydi, saraton yuzini
ko'rganda ham yon-maydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Achchig'idan, g'azabdan o'ta qizishmoq, o'ta darg'azab bo'lmoq. Domla shu qadar darg'azab bo'ldiki,
azbaroyi tutaqqanidan ko'zlari kosasidan chiqib ketayozdi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr. Vaqqos
ota tutaqib ket-ganidan qaltirar, tili gapga kelmasdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
3 ko'chma Harorati ko'tarilib, alangai otash bo'lib yonmoq. Isitmadan tutaqib ketyapman. mm Buni
eshitib, azbaroyi xudo, tutaqib, isitmam chiqib ketdi. Oybek, Tan-langan asarlar.
4 ko'chma Yuqori harorat ta'sirida juda «kuygan» holatda bo'lmoq. -Nega qichqirasiz, Adolat?
Biror yerga o't ketibdimi? -G'o'zaga o't ketibdi; qarang, tutaqib yotibdi. I. Ra-him, Chin
muhabbat.
TUTGICH Tutish uchun xizmat qiluvchi asbob, narsa. Tovush to'lqinlarshi tutgich vazifasini o'tovchi
quloq suprasi tabobatda katta ahamiyatga molik ekani Sharq tib-biyotida qadimdan ma`lum. «Fan
va turmush».
TUTZOR Faqat tut ekilgan yer, maydon. Ipakchilik uchun.. tuzilgan shartnomada besh gektar
tutzor qilishni kolxoz o'z ustiga olgan. A. Qodiriy, Obid ketmon.
TUTILISH 1 Tutilmoq fl. har n. Jinoyatchshshng tutilishi. Derazalarga nap-da tutilishi lozim.
Ko'rpa-yostiqlar ozoda tutilishi kerak.
2 astr. Osmon jismlarining, xususan, Oy va Quyoshning boshqa samoviy jismlar yoki ularning
soyasi bilan bekilib, qisqa mudtsatga qorong'ilashish hodisasi. Oyning tutilishi. Quyoshning
tutilishini kuzatish. mm Ahmad maxdum belgilagan vaqtda oyning yuzida hech bir tutilish
nishonasi qolmay, butunlay ochildi. S. Ayniy, Esdaliklar.
TUTILMAGAN 1 Tutilmoq fl. sfdsh. Tutilmagan idish, asboblar.
2 ko'chma Foydalanilmagan, hech kim eshitmagan, bilmagan. Gulasal kulgili gap-larni,
tutilmagan latifalarni ko'p bilar-di. Oybek, Ulug' yo'l. Men Farg'onaning juda ko'p qo'shiqlarini
bilar edim, biroq ustozim menga shunday tutilmaganlarini aytib berganida, xalq dahosining,
uning ko'ngil xazinasining naqadar boyligini ko'rib, hayratda qolardim. H. Nosirova, Men
o'zbek qiziman.
TUTILMOQ 1 Tutmoq fl. o'zl. va majh. n. Jinoyatchi kecha mymwidu. Tutilgan baliq-larni
pishirmoq. Derazalarga parda tutil-gan edi. Qurt tutilgan xona. Hovli doim ozoda tutiladi.
Cup tutilgan ish. Ish bilan tutilib qolmoq. Nazarda tutilgan vazi-falar. mm Ko'tarildi chang-
to'zon, Kunning yuzi tutildi. «Oysuluv». Hamma o'sha tomonga yuzchandi. Chiroq tutildi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Eshikdan kelganda, qo'liga shshq suv tutildi.. tagiga ko'rpacha to'shaldi.
«Mush-tum».
2 Duchor bo'lmoq, yo'liqmoq. Yomg'irdan qu-tulib, qorga tutildim. mm Hasanali «Qu-tuldim!»
degan edi, yana tog'dek qayg'uga my¬mwidu. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Gap-so'zini davom ettirolmay qolmoq; tili aylanmay qolmoq. Cho'pon dovdirab, tu-tilib
qoldi, oqarinqirab ketdi. Nima de-yishini bilmay, qo'lidagi chaqaloqni ko'rsat-di. A. Muxtor,
Chinor. Rahim Saidov nima javob qilishini bilmay, tutilib qoldi. Shofyor buni sezib,
xijolatlikdan qutqardi. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri. Janob tutilib, lom-mim deyolmay qoldi. U
bir lahzadan so'ng qizarib, yana savol berdi. Mirmuhsin. Nuqra.
4 Gap-so'zida ravonlik yo'qolmoq, to'x-tashlar, g'o'ldirash yuz bermoq. [Umarali:] Rus tilini picha
bilib qoldim; tutilib bo'lsa-da, gaplashadigan bo'lyapman. Oybek, Ulug' yo'l. Ibrohimov hech
tutilmaganidan keyin, ko'z-oynagini peshonasiga surdi-da.. uning afti-ga tikildi. U birovdan
xursand bo'lganida shundoq qilar edi. A. Qahhor, Qushchinor chi-roqlari. Qoloq sex boshliqlari
birin-ketin minbarga chiqib. tupiiib-tutilibhisob ber-dilar. A. Muhiddin, Yuzga aytganning
zah-ri yo'q.
Tili tutilmoq Tili gapga kelmay qol-moq, gapida tutilish(lar) bo'lmoq, gapirol-may qolmoq.
-Uyalmay qo'ya qol, o'g'lim.. Rah-matlik.. — degan joyida oyimning tili mymwidu. \. Nazir, Yonar
daryo. Suvonjonning tili mymwidu. Beixtiyor dadacu ko'z olbiga KeAdu. Tomog'iga bir nima
tiqilganday bo'lbi. S. Anorboev, Oqsoy. O'rtanib gapirayotgan Boburning tili tutilayotganiban
tabib chol hayratga tushib, unga tikilib qolbi. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
5 astr. Boshqa jismlar yoki ularning soyasi bilan bekilib qorong'ilashib qolmoq (asosan Oy va
Quyosh haqida). Oi mymwiean tun hali ham esimba. mm -Kun mymwidu, — beb shu choq mardum bor
abzalini bang'illat-du. «Erali va Sherali».
6 kam qo'll. Yordamchi so'z vazifasida bog'-lama bo'lib keladi; hisoblanmoq. Ma'zur tutiladi. mm
Ikkinchi, Otabekka bu yo'lba ko'makchi bo'lib yurgan Marg'ilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu
jazoga sazo-vor mymwiadu. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TUTIM q. tutum. Shahrixonning iqlimi ham, odaMiapuHuue tutimi ham, ulfatchili-gi ham,
she'rparastligi ham Qo'qonga o'xshay-du. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy. Odwi-jonning boshqa har
qanbai xitti-haraka-ti Caodamea qilgan muruvvati.. oAduda kechirimli, uzrli edi. Biroq bu
nayrangi tutabigan tutimga to'g'ri kelmasbi. «Yosh-lik».
TUTINMOQ I 1 Tutmoq 1 fl. o'zl. n. ytytiudciH qo'l siltab ketabigan og'ir kunlar-ni ham
Kypdu, ammo hamma vaqt o'zini jar yoqasida yolg'iz kuchli qo'llari bilangina tu-tinib turgan his
qilar ebi. A. Qahhor, Sarob.
2 (j. k. bilan) Biror ishni bajara bosh-lamoq, biror ishg'a kirishmoq. Ishga tu-tinmoq. mm Yo'lchi
qarmoqni ko'l bo'yiga su-qib, o'zi xashak yig'ishtirishga tutinbi. N. Yusufiy, Hayot so'qmoqlarida.
..burniga ko'z-oynagini qo'nbirib, o'qishga tutindi. «Sharq yulduzi».
TUTINMOQ II Kimsa bilan axdlashib, qalin do'st, o'rtoq, tomir bo'lmoq, qarin-doshdek munosabat
bog'lamoq. Aka-uka tu-tinmoq. Do'st tutinmoq. mm -E-e-e, — dedu Kurbon ota, - O'rmonjon?
O'rmonjon mening tutingan o'g'lim-ku! A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Mahbubaxon opam bilan
biz opa-singil tutinganmiz. A. Ubaydullaev, Hayot oqimi. Mutribbek kishini 6upodap, og'a tu-
tinib, Avazning yorug' kumari 3ueda 6yAdu. S. Siyoev, Avaz.
TUTMOQ 1 Qo'l bilan ushlamoq, ushlab turmoq; tutinmoq. Bir qo'lda kitob, bir qo'l-da guldasta
tutib turmoq. Bolaning qo'li-dan tutmoq. Otning jilovidan tutmoq. Ko'r tutganini qo'ymas, kar
— eshitganini. Ma-qol. mm Temirchi usta qahru g'azab bilan ich-kari kirbi va tikka borib,
Xayrinisaning kuyovi bo'lmish yigitning yoqasidan tutdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy.
Gavhartoqati toq bo'lib, o'rnidan tura boshlagan edi, Tal'at tirsagidan tutib o'tqazdi. O'.
\o-shimov, Qalbingga quloq sol. Ketmon tu-tishga odatlangan dag'al qo'llar igna ushlash-ga,
qatim tortishga kelishmaganidan diq-qati oshgan Oxun.. Oybek, Tanlangan asar-lar.
2 Ovlab, quvib, izidan borib va sh. k. yo'llar bilan ushlamoq, ushlab olmoq, qo'lga tushirmoq.
Baliq tutmoq. Quyon tutib ol-moq. O'g'rini tutmoq. mm Sayil ham sayil, sargardon ham sayil-
da, domlajon. Hali ki-iik tutdikmi, yo'qmi, hech bo'lmasa, shamol-lab kelamiz-da. M. Mansurov,
Yombi. Agar Hamzani tutib bersang, o'g'ling Umar polvonni ro'yxatdano'chiramiz. K. Yashin, Hamza.
3 Biror narsani iltifotan kimsaga tak-lif qilmoq, uzatmoq; foydalanish uchun to'g'rilamoq,
bermoq. Mehmonlarga sochiq tut-moq. mm Chol belbog'idan nosqovog'ini olib, o'tirganlarga tutdi.
S. Aqmad, Hukm. [Su-luv\ Hech narsaga qaramay, sakrab turib, han-sirab qolgan otasini
yupatgisi, sovuq ayron tutib, yelkasini silagisi kelardi. A. Mux-tor, Qoraqalpoq qissasi.
Duodan so'ng Ota-bek to'riq yo'rg'ani chiqarib, qutidorga tut-di. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Bo'ston qu-tichali atir olib kelib, oyisiga tutdi. S. Zunnunova, Yangi direktor.
A,shmeshkobchiyana madrasa qurilishiga kirib, odamlarga suv tutdi. Mirmuhsin, Me'mor.
4 Qo'lidagi (o'zidagi) biror narsani boshqa narsaga to'g'rilamoq, ro'baro' holga ol-moq. Xatni
chiroq yorug'iga tutib o'qimoq. Yelkasini oftobga tutmoq. mm Otboqar fo-nusni yana Bo'taboyning
yuziga tutdi. A. Qah-hor, Qo'shchinor chiroqlari. Senga havas bi-lan boqurman, rosti, O'limga
tik ko'ksin tuta olgan zot. A. Oripov.
5 ko'chma Yo'q bo'lish, ketish va sh.k. dan saqlab turmoq. Hokimiyatni tutib turmoq. Uz
pozitsiyalarini tutib turmoq. Jangchi-larimiz tepalikni tutib turish uchun bu-tun vositalarni
ishga soldilar. mm Azamat.. kombatning.. madad kuchi yetib borguncha dush-manni tutib turish
haqidagi farmonini Ergashevga aytdi. N. Safarov, Qahramon-ning tug'ilishi.
6 Biror holat, vaziyatda sakdamoq, as-ramoq. Saidbobo negadir tili uchida turgan gapni yutib,
cup tutdi. N. Safarov, Olov-li izlar. Tug'shgan kun ziyofatiga taklif qilish shart emas. O'sha
kunni esida tutgan yaqinlari o'chlari borishaveradi.. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Itni
zanjirga bog'lab qo'ygach, och tutadi deyishadi. S. Nurov, Nar-von.
7 ko'chma Biror narsadan o'zini tiymoq yoki biror narsani, voqeani yuz berishdan to'xtatmoq,
bosmoq, ushlamoq. U ko'zlariga to'lgan tomchilarni bazo'r tutib javob berdi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
O'zini tutmoq 1) o'zini bosmok,, tiymoq; o'zini qo'lga ola bilmoq. Yig'idano'zini tut-moq. U
kulgidan o'zini tutolmadi. mm O'zim-ni kulgidan tutolmay, hiringlab kulib yubordim. E.
Raimov, Ajab qishloq; 2) o'zi-ni biror tarzda ushlamoq. O'zini baland tutmoq. O'zini
kattalardek tutmoq. O'zini tetik tutmoq. mm Ibodovning o'zini tu-tishi hayron qoldirgan edi
uni. F. Musa-jonov, Himmat. Uo'zini imkoni boricha be-parvo tutishga harakat qildi. T.
Ashurov, Oq ot; 3) o'zini eplab qolmoq, oyoqqa tur-moq. Ertalab yana qonli urushlar boshlan-di.
Ammo xalq endi o'zini ancha tutib qolgan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Boboqul ota o'zini
tutib olib: -Ilgari faqat seldan emas, qurg'oqchilik ofatidan ham odamlar qirilardi.. —
dedi. H. Nazir, So'nmas chaq-moqlar.
8 ko'chma Idora qilmoq, boshqarmoq. Ro'z-g'or tutmoq. mm Yaxshi qilib yurtni tut-di, Kim kam
bo'lsa, yo'l ko'rsatdi. Ergash Jumanbulbul o'g'li.
9 ko'chma O'z qo'li ostidagi, izmidagi, qaramog'idagi kimsalarga qandaydir mu-nosabatda,
muomalada bo'lmoq. Bolani bo'sh tutish yaramaydi. Singlingni kaftingda tutsang, onangni
boshingda tut. Maqol. mm Shariat xotinni qattiq tutish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha
qattiq tut-sangiz, shuncha g'aflatda qolishingizni poy-laydi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin.
O'z-bek oyimning «Kelinni xor tutar zkan demasinlar, sen ham o'zingni tuzat!» deb aytgani
uchun, Zaynab ham tamom ipaklarga ko'milib yasangan, kecha erga g'pekkan yangi kelinlar suratiga
kirgan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
10 Biror tarzda ishlatmoq, foyda-lanmoq, qo'llamoq. Idish-tovoqni, ko'rpa-
14—O'zbek tilining izohli lug'ati
yostiqni toza tutmoq. Yangi olib kelgan teshani tutmoq. mm -Lekin, — dedi Saman-darov qoshiqni
salmoqlab, — hali ham mana bunaqa qoshiq tutish ayb.. Bunga yo'qchilikni vaj qilib bo'lmaydi.
A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
11 Parvarish qilmoq, boqmoq (pilla qurtini). Men, beshovlaring qurt tuting-lar, beshta odam
bo'shasin, demoqchi emasman. A. Qahxrr, Kampirlar sim qokdi.
12 Ishlatish, foydalanish uchun o'z ixtiyorida, qaramog'ida olib turmoq, saq-lamoq. Qani iloji
bo'lsa, bitta odam tutmasdan, butun ishni o'zim eplay olsam. Oybek, Tanlangan asarlar.
13 Pardalash, to'sish, qoplash va sh.k. maqsadlar uchun o'rnatmoq, bog'lab, ilib yoki osib qo'ymoq.
Pashshaxona tutmoq. Dera-zalarga parda tutmoq. Etak tutib, paxta termoq. Dastro'molni yuziga
tutib yig'lamoq. El og'ziga elak tutib bo'lmas. Maqol. n Baxmal paranjili xotin chimmat tutgan
yuzini Azim tajang tomonga xiyol o'girdi-yu, bir-ikki tomoq qirish bilan kifoyalandi, javob
bermadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o.
14 Ko'payib, tarqalib, yoyilib va sh. k. yo'llar bilan ma'lum joyni egallamoq, qoplab olmoq,
bosmoq. Samovarning bug'i uyni tutib ketdi. Qo'y-echkilarning ma'rashi ko'chani tutgan edi. n
Iilqi, poda, suruv-lar Dard ko'rmay o'ssa deyman, Tog'u toshga sig'ishmay, Yaylovni tutsa deyman.
Q. Mu-hammadiy. Qo'ng'iroqday tovushi bilan Gulsun ham qo'shiqchiga jo'r bo'lgandagina hamma yoq-ni
odam tutib ketganini ko'rdi. J. Abdul-laxonov, Tong yorishgan sohilda. Do'nan aka minbardan
tushishlari bilan, zalni qarsak tutib ketdi. «O'zbekiston qo'riqlari». Dashtni tutib yotgan
lolalar uzoqda qolib, gullaridan asalarilar bol emayotgan mevazor bog'lar boshlandi.
«Guldasta». Dostonning ovozasi olamni mymdu. N. Fozilov, Hayot o'rgatdi.
15 Qo'zimoq, qo'zib qolmoq, huruj qil-moq (odatda, inson tabiatida bo'ladigan turli xislatlar
haqida). Otaning tantiligi tutib ketdi. Uning jazavasi tutdi. Sho'x-ligi tutmoq. shj
Hindining ham himmati tutib ketdi, sarrof xaltadan bitta besh so'mlik tilla olibberdi. G'.
G'ulom, Shum bola. Gaping rost bo'lsa, qani yur! Yoki dangasali¬ging tutib, ishlaging
kelmayotibdimi? Ga-zetadan.
16 Amal olmoq, o'smoq, rivojlanmoq (yangi ko'chat yoki payvand haqida). Bog'bon o'zi ekkan yo
ulagan ko'chati tutib, bo'y tortib ketguncha, har kun tagiga necha marta kela-di. M. Ismoiliy,
Bizning roman. Onda-sonda ko'chatlar o'tqazilgan ekan-u, ko'pi tutmap-ti. A. Muxtor, Opa-
singillar.
17 Yordamchi fe'l sifatida boglovchi vazifasida qo'llanadi; hisoblamoq. Parvozga shaylanib
nochor nam urgan Yarador burgutga mymjnaewi oson. U. Qo'chqorov, Hayajonga ko'-milgan dunyo.
18 Ba'zi so'zlar bilan qo'llanganda, shu narsa evaziga biror narsaga duchor bo'l-moq, uning
haqidan qutula olmaslik ma'-nosini bildiradi. -Uvoli tutadi dema-dingizlar-a, uvolini
o'ylamadingizlar-a , — dedi javrab turgan Zulxumor, yuragi bo'lmay nari keta boshladi. M.
Mansurov, Yombi. Sizni o'sha norasidalarning ko'z yoshi tut-maydimi? S. Siyoev, Yorug'lik. Besh
bolaning uvoli uradi sen beklarni! Mening begunoh qonim tutadi hammangni!'P. Qodirov, Yul-
duzli tunlar.
Aza tutmoq q. aza. G'alaba kuni to'yga aylangan xonadonlar xam bo'ldi, yarasi yangi-lanib,
qayta aza tutganlar ham. «O'zbekis-ton qo'rikdari». Boshini tutmoq Biror ish, xunar va sh.k.
bilan mashg'ul bo'lmoq, uni egallamoq, kasb etmoq. Biror ishning boshi-ni tutmoq. mm Biron
boshqa hunarning boshi-ni tutsa ham eplab ketardi. S. Siyoev, Yorug'lik. Vatan (yoki makon)
tutmoq Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qi-lib olmoq. Erbo'taevlar oilasi ham yaydoq
cho'lni vatan tutib, mehnatda dong tara-tib, o'zlaridan ko'payishib borishyapti. «O'z-bekiston
qo'riqlari». Gapga tutmoq Gapga solib, savol-javoblar bilan band qilmoq. Hamma gapi yolg'on
bo'lmasin, o'rtaga olib, gapga tuting. «Yusuf va Ahmad». Traktorchi yigit ishga shoshilganidan
toqatsizlana boshladi. Chol buni sezib, ortiqcha gapga tutmadi. O'. Usmonov, Sirli sohil.
Darig' tutmoq q. darig'. Yakka va yagonaliging haqqi.. mendek bir ba-lokash gunohkor ojiza
bandangdan marha-matingni darig' tutmagaysan.. K. Yashin, Hamza. Ish tutmoq Ma'lum sabab,
shart-sharoit va sh.k. ni hisobga olgan holda ish qilmoq, ish olib bormoq. Nega bir-birimizga
211
yoqishimiz kerak. Yoki bo'lmasa, sizga yaqin bo'l-gan inson ko'ngliga qarab ish tutish lozim-mi?
Gazetadan. Io'l (yoki yo'lini) tutmoq Ish-faoliyatda muayyan bir yo'lni tanlamoq, shu yo'ldan
bormoq. Shuning uchun u tilyog'lama-lik yo'lini tutdi. Gazetadan. Sendan so'ng qolib ham u
qarimaydi, U mangu yoshlikning yo'lin tutgandir. Shuhrat, Yoshligimning davomi. Ko'z tutmoq
Kelishi, uchrashuvi yuz berishini intizorlik, ishtiyoq bilan kut-moq. Ko'z tutdim, ko'zlarim
nigoron bo'ldi. «Yoshlik». Temirjon, ayikcha qaytib kela-diganday, uning yo'liga intizor ko'z
tutdi. J. Abdullaxonov, Oriyat. Ko'zda tutmoq Nazar-e'tiborida bo'lmoq, nazarda tutmoq.
Kelgusi vazifalarni ko'zda tutmoq. Ishdagi kiyinchiliklarni ko'zda tutmoq. mm Bu gap-lari
bilan qurilishdagi ishlarni ko'zda tu-tayotganligini Baroqov yaxshi tushundi. «Uz-bekiston
qo'riklari». So'roqqa tutmoq Uz-luksiz so'roq berishda davom etmoq. Lekin u yerda siz emas,
ular sizni so'roqqa tut-masagar, deb qo'rqaman. K. Yashin, Hamza. To'p-ga (yoki o'qqa) tutmoq
Kimsa, narsa, joy tomonga (ustiga) to'xtovsiz to'p otmoq, o'q otmoq, o'q yog'dirmoq. Ko'pdan beri
kutilgan jang tong mahalida dushman artilleriyasi bizning pozitsiyalarimizni nihoyatda qattiq
to'pga tutishi bilan boshlanib ketdi. A. Qahxrr, Oltin yulduz. Dushman jangchila-rimizni
minomyotdan o'kqa tuta boshladi. Gazetadan. Etagini tutmoq Rahnamoligida ish tutmoq,
rahnamoligiga suyanmoq. Omon buva Yodgorov kabi ingichka tolali paxta ustalari bor. Ana
shularning etagini tut. «O'zbekiston qo'riqlari». Yuz tutmoq q. yuz. O'rin tutmoq Mavqega ega
bo'lmoq, ahamiyat kasb etmoq. Ular ichida Shodmonov alohida o'rin tutadi. «O'zbekiston
qo'riklari». Meh-nat jamoalarida myg'ilayotgan an'analar orasida musobaqaning takomillashib
bora-yotgan yangi shakl va usullari alohida o'rin tutadi, Gazetadan. Quloq tutmoq 1) eshi-tishga
diqqatni qaratmoq. Birpas devor tagida to'xtab, atrofga quloq tutishdi: jimlik hukmron..
«Mushtum»; 2) tinglamoq, eshitmoq. Akam tomda qor kurar.. men san-dal ichiga tiqilib olib,
shiftdan kelayot-gan kurak ovoziga quloq tutib yotar edim. M. Mansurov, Yombi.
TUTOQISHMOQ1 Tutoqmoq fl. birg. n. Bu ahvoldan yigitlar juda tutokishdi.
2 ayn. tutoqmoq. -Hali tug'ilmagan bola-ni, yer yetkur, deding-a, — dedi Turobjon borgan
sayin tutoqishib. A. Qaxdor, Anor.
TUTOQMOQ ayn. tutaqmoq. Hayot Sal-tonbuning so'zlaridan tasalli topishga ulgurmay, Maston
kampir uning tutoqkan o'tini lovullatdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Politsiya eshigi berk;
yashil rang bilan sirlangan yog'och panjaralar oldida tutoq-kan xalq qaynaydi, yigitlar,
xotinlar pan-jaraga yopishadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yuragim tutoqib ketdi, siz bilan
ichmoq-chiman, quying, rais. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Axir, bu yer, xuddi tanda paydo
bo'l-gan yomon yaraday, ko'm-ko'k vodiy o'rtasida qaq-shab tutoqib yotibdi-ku.. Oybek, O.v. sha-
badalar.
TU-TU und. s. Tovuqlarni chaqirishda ishlatiladi.
TUTUM Ish tutish yo'sini. Tutumlari joyida, istarasi issiq, so'zamol bola oila a'zolariga yokib
koldi. N. Yusufiy, Hayot so'q-moqlari. Bu yerda juda qiziq — Shahobid-dinovning tutgan tutumi
Ko'shokov, Rahi-movlarga, ularniki esa boshliqqa yoqmaydi. Gazetadan. Yuzidan jon oluvchi
nimtabas-sum arimas, tutumidan og'ir jismoniy meh-natdan xoli o'sganligi yaqqol sezilib
turar-di. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha. Qiz bola o'zga xonadonga bordimi, o'sha yerning
tutumini oladi. Boriga ham, yo'g'iga ham kanoat qiladi. Gazetadan.
TUTUN Biror narsa yonganda, havoga ajralib chiqadigan mayda zarralardan iborat gazsimon
moddalar majmui. Papiros tutuni. Uy tutunga to'ldi. Tutun osmonga ko'tarilib ketdi. mm
Uylarning mo'risidan tutun chikar buralib. Uyg'un. Bir vaqtlar turli ranglar bilan bo'yalgan
uyning shift-lari otashdonda yoqilgan o't tutunidan xiralandi. H. Shams, Dushman. Jikqaho'lo'tin
yolg'iz «pirs-nupc» kilib, achchik zahar tutun buruqtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Tutun puli map. Xonadon egasidan yashab turgan joyi uchun olinadigan soliq. O'zing-ni bos,
Jalomboy, seni hech kim hayda-maydi. Onangga men pul yuboraman, mayli, «tutun puli»ni
to'lasin. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi. Tutun qaytarmoq dag'l. Buyurilgan, qilingan ish
yoqmasligini bildiruvchi qo'pol gap-so'z qilmoq. Mollar, molxonalar joyidami ? Yana Gavhar
poshsha,
212
una bo'lmapti, buna bo'lmapti, deb tutun qaytarib yurmasin. «Mushtum». E, tuzlamay qurib ket..
o'shaning uchun rosa tutun qay-tarib yotgan ekan-da. K. Yashin, Hamza. Tutuni (osmonga) chiqmoq
Jaxdi, g'azabi qo'zg'amoq. -Iya, boyatdan beri qulog'ingga tanbur chertyapmanmi, — jahl bilan dedi
Ostonaqul, — shunga tutunim chiqib yonib yotibman-da. S. Abduqahhor, Sanamay sak-kiz dema.
Fashistlarning beva-bechoralar-ga berayotgan mislsiz azoblarini ko'rganda, O'rinboyning tutuni
osmonga chiqadi. T. Rus-tamov, Mangu jasorat.
TUTUNLANMOQ kam qo'll. Tutun chi-qarmoq, buruqsimoq. Samolyot birdan tu-tunlandi-yu, yerga
sho'ng'idi. ti Uzoqda tu-tunlangan o'rmonlar orqasidan samolyot-lar paydo bo'ldi. Oybek, Quyosh
qoraymas.
TUTUNLI Tutun chiqaradigan, tutab turadigan, tutaydigan. Tutunli porox. Tu-tunli mo'ri.
TUTUNMOQ q. tutinmoq. U o'z xonasiga kirib, karavotga cho'zshdi. Kitob olib o'qishga tutundi. P.
Tursun, O'qituvchi. [Rahmatusha] Bu odam bilan qiyomatlik do'st tutungan bo'lib, biri bo'lmasa,
birining tomog'idan bir qultum moy o'tmas edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
TUTUNSIZ Tutun chiqarmaydigan, tu-tuni yo'q. Tutunsiz porox. Tutunsiz uy bo'lmas, yoziqsiz —
yigit. Maqol. tsh Biror qishloqqa o't ketsa, odamlar darhol voqif bo'ladilar, yong'in daf
etiladi. Yurak yonsa-chi? Unsiz, tutunsiz laqqa cho'g' bo'lib yonib, kulga aylangan dil oh-zorini
eshituvchi bor-mi?S Karomatov, Hijron.
TUTURIQ 1 Kimsaning o'z so'zida, va'-dasida tura olish xislati; lafz, burd. Tuturig'i yo'q
odam. mm Nahotki, kechagina texnikaga birkitilgan bolalarni yana qay-tarib, tuproq ishiga
qo'yishga to'g'ri kelsa! Bolalar oldida lafz, tuturiq qoladimi ? A. Muxtor, Tug'ilish. Bir
soatning ichida ikki odamni ig'vogarga chiqarib, yana so'zingizdan qaytibo'tirsangiz, sizda
tuturiq bormi o'zi! «Mushtum».
2 Ish, gap-so'zdagi qat'iylik, tayin. ..men bu dunyodagi ishlaring betuturiq deb yursam,
oxiratdagi ishlaringda ham tu-turiq yo'q ekan. A. Qahhor, Asarlar. Otam-ning dardi og'ir,
ba'zi vaqtlar isitma ora¬sida allaqanday tuturig'i yo'q gaplarni ga-pirib qo'yadi. G'ayratay,
Mening yoshligim.
TUTURIQLI Tuturig'i, burdi bor; so'-zida, lafzida turadigan; burdli; tayinli. Tuturiqli
odam. Tuturiqli gap.
TUTURIQSIZ Tuturig'i, burdi yo'q; so'zida, lafzida turmaydigan, beburd, be-tayin, bema'ni.
Tuturiqsiz odam. Tuturiq-siz gap. mm Ikki tuturiqsizni deb ko'rpa-ni kuydirmoqchimisan? A.
Muxtor, Tong bi-lan uchrashuv. Tabibiy xonning G'oziy ta-xallusi bilan tuturiqsiz she'rlar
bitadi-gan jiyani Said G'oziy to'raga ishora qi-layotgan edi. S. Siyoev, Yorug'lik.
TUTURIQSIZLIK Tuturiqsiz ekan-lik, tuturiqsizga xos xususiyat, xatti-ha-rakat, qiliq.
Maqsumjonning so'zidan qan-daydir bir tuturiqsizlikning hidi buruq-sab turardi. G'ayratiy,
Dovdirash. Do'qurish va qo'pollik xodimning.. ojizligshsh, tu-turiqsizligini ko'rsatadi.
Gazetadan. [Ona-xon] Nazokatning yana paranji yopinib olib, o'taketgan tuturiqsizlik
qilganini eshit-gach, qattiq xafa bo'lgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar.
TUTUQ I 1 kam qo'll. Tutib qo'yilgan; tutuqli. Parda tutuq deraza.
2 esk. ayn. ayirish belgisi q. ayirish.
TUTUQ II shv. Duduq.
TUTUQ III shv. Chimmat, chachvon.
TUTUKLI Tutib qo'yilgan, tutilgan. Oynalarda parda tutuqli edi.
TUTCHILIK Tut daraxti o'stirish, yetishtirish. Ipak qurti uchun asosiy ozuqa bazasi bo'lgan
tutchilikka e'tibor bermoq.
TUTQA Dasta, tutqich. Eshik tutqasi. mm Dushanning otasi.. tutqasi yaltshlab turgan hassasini
olib, o'z xonasiga kirib ketadi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda.
TUTQAZMOQ ayn. ushlatmoq. Noib ot-dan tushdi. Qamchisini etigining qo'njiga buklab tiqib,
jilovni Amatjonga tut-qazdi. S. Siyoev, Avaz. Mashrab hali-hali eslaydi, Ashrafjon bir kun
uning qo'liga allaqaysi kitobni tutqazib, Barnoga olib borib berishni iltimos qildi. O.
Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
TUTQALOQ shv. Tutqanoq, quyonchiq. Sohiblar mirobga: -Tutqalog'i tutdi it-vachchaning, — deb
kuldi. J. Sharipov, Xo-razm.
TUTQANOQ 1 tib. Davriy ravishda to'satdan tutib qoladigan, kishi hushidan ketib, akashak bo'lib
qoladigan, bedavo asab kasalligi; quyonchiq, epilepsiya. Tutqanog'i bor odam. Tutqanoq
kasalligi. sht Salim vahimaning tutqanogi yana boshlandi. Asabi juda chatoq ekan bolaning. A.
Muxtor, Chi-nor.
2 Shunday kasalga yo'liqqan odam. TUTQANOKDI Tutqanoq kasaliga mub-talo bo'lgan, tutqanog'i
bor. Tutqano^sh bola. TUTQI ayn. tutqa.
TUTQIZMOQ Q. tutqazmoq. U kiyim-larini menga tutqizib, suvga sho'ng'idi. shsh Yo'lchi o'tirgach,
Shokir otaning yetim na-biralarini.. o'pib, uzumdan ikki boshini ularning qo'liga tutqizdi.
Oybek, Tanlan-gan asarlar.
TUTQILAMOQ s. t. Ushlab tortaver-moq, tortqilamoq. Bola onasining etagidan tutqilardi.
TUTQICH 1 Narsalarning qo'l bilan ushlash uchun xizmat qiladigan qismi, das-ta. Deraza tutqichi.
shsh Paranji-chachvon yopshgan ayollar derazalarni astagina silab ko'rishar, ichkariga mo'ralab,
bo'yalgan eshik-ning yaltirok,, chiroyli shisha tutqichlarini avaylabgina ushlab qo'yishardi. P.
Tursun, O'qituvchi.
2 Turli narsalarni qisib tutib tura-digan buyum, qisqich. Yuvilgan kiyimlarni tutqich bilan
tishlatmoq.
Tutqich bermoq (ko'pincha bo'lishsiz shakl-da) O'zini tutgarib qo'ymoq. Quyon tutqich bermay qochdi.
shsh Qush ham itga tutqich bermay, yana pirillab uchdi. H. Nazir, So'n-mas chaqmoqlar.
TUTQICHLI Tutqichi bor, tutqichga ega bo'lgan. Uyningo'ng tomonidagi og'ir, popukli duxoba
parda.. shisha tutqichli bir eshikda himarilgan darpardaning uzun etaklari sollanib turardi.
U. Ismoilov, Saylanma.
TUTQICHSIZ Tutqichi yo'q, tutqich o'r-natilmagan. Tutqichsiz deraza. shsh Axir Tosh-kentdek shahri
azimda qancha-qancha artel`, korxonalar bo'lsa-yu, qurgan imoratlari-mizning derazalari
tutqichsiz qolsa.. «Mush-tum».
TUTQUN 1 Asir olingan, asirlik ho-latidagi shaxs; asir, bandi. Oradan yarim soat o'tar-o'tmas,
haligi turkman.. yana tutqunlar qoshida paydo bo'ldi. S. Ayniy,
Qullar. \ Tog'amni\ Tutqun qilib olganlardan biri men bilan o'zlari orasida o'tgan voqeani u
yerdagilarga aytib berdi. S. Ayniy, Esdaliklar. Farzandim, yolg'izim, g'animlarga tutqun bo'lib
qolmagin. «Ravshan». Bundan ortiq jazo berishdan o'zini tiydi, sabab ustod Qavom boshqa tutqun
kishilarning qahrli ko'zlaridan hayiqdi. Mirmuhsin, Me'mor.
2 ko'chma Erki, huquqi o'zida bo'lmagan, xuquqi birov ixtiyorida bo'lgan. Seni ko'r-dim, yodimga
tushdi Yoshligimda ko'rgan bir juvon. O'zi suxsur kabi go'zal edi, Faqat tutqun, bag'ri to'la qon.
Uyg'un. Biz baliq ovlovchi, tutqun qullarmiz, He tutsak, xon tomon darhol yo'llarmiz. S.
Abdulla. [Zumrad] Shuncha tutqun bo'lishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi
allaqachon tushgan edi. S. Zunnunova, Gulxan.
TUTQUNLIK 1 Tutqun holat. Tutqun-likdan.. qutqazilgan Gulnorning qushdek uchgisi kelar,
lekin boshidan kechgan dahshat-li voqealar orqasida oyoqlarida zarracha ma-dor sezmas edi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Asirlikdagi yoki erksiz, haq-xuquq-siz sharoitdagi hayot; asorat. Sening erking, haqqing
o'g'irlab, Irodangga zanjir solgan kim? Erk makoni bo'lgan o'lkada Nechun qol-ding tutqunlikda
jij/Zulfiya. Unda [«Say-dshg qo'ya ber, sayyod» da] avtorning tutqun-lik va qullikka qarshiligi,
erkin hayotga intilish orzulari ifodalangan. «O'TA».
TUF I und. s. 1 Tupurganda hosil bo'la-digan tovushni bildiradi. Nasva [nasiba] tortib kelib
qolsa Axmadjon, Haq, tuf, deb tupuradi yuzingga. «Yusuf va Ahmad».
2 etn. Ko'z tegmaslikni istab aytila-digan so'z. Anzirat xola uning bolasiga hava-si kelib,
o'rnidan turib, bolani qo'liga oldi: - Tuf, yomon ko'zdan saqla, muncha ham do'mboq, muncha ham
oppoq! A. Muxtor, Opa-sintil-lar.
Tuf deb (yoki tuflab) tugmoq Topganini yig'moq, to'plamoq. -Nusratbek topganini tuf deb
tugayotgan bo'lsa kerak, — dedi yuz-lari qip-qizil, dumaloqqina sherigi uni quv-vatlab. S.
Nurov, Narvon. Yuziga tuf demoq (yoki tuflamoq) dag'l. Haqorat ifodasi si-fatida betga qarab
«tuf» demoq. Sag'irning haqi menga emas, meshng haqim sag'irga o't-masa, yuzimga tuf deng.. P.
Tursun. O'qituvchi.
214
TUF II \ital. tufo < lot. tofus — g'ovak tosh! geol. Qurilish materiali sifatida yoki boshqa
maqsadlarda ishlatiladigan g'ovak, rangdor tog' jinsi (vulqon otilishi mah-suli yoki issiq
buloq cho'kindisi sifatida hosil bo'ladi). Tuf ko'p asrlardan buyon fa-qat qurilish materiali
hisoblanar edi. Endilikda esa bu toshdan original gazlama tayyorlanmoqda. Gazetadan.
TUFAYLI I [a. J^L - (birovning) hi-sobiga, vositasida; sabab, bahona] 1 ko'm. Sababli,
orqali. mm Ekzema organizmda mod-da almashinishining buzilishi tufayli ham paydo bo'lishi
mumkin. Gazetadan. Yon qadoq jo'xori tufayli shu ko'yga tushaman, deb Avaz sira o'ylamagan edi.
S. Siyoev, Avaz. Turmush-dagi jamiki yaxshiliklar, go'zallik va faro-vonliklar inson
tufaylidir. Gazetadan.
TUFAYLI II \a. (^L-iJo — chaqirilmagan mehmon, tekintomoq] esk. Birov hisobiga kun
kechiruvchi, tekinxo'r, tekintomoq shaxs. Unday tufaylilarni bitirmoq kerak edi. Oybek,
Navoiy.
TUFAYLIDAN s. t. ayn. tufayli 1. Mushtipar volidai muhtaramlar! Biz istiq-lol tufaylidan
yorug'lik, ro'shnolik ko'rdik. Gazetadan.
TUFANG, to'fang esk. Chaqmoqtosh yorda-mida otiladigan pilta miltiq. Amiro'shan-cha to'p, tufang,
xazina va dafina bilan hech bir ish qilolmagan edi.. S. Ayniy, Doxunda. Eshitganimga ko'ra,
bol`sheviklar-ning to'plari, tufanglari va fidoyi askar-lari ko'p edi. «Mushtum».
TUFDON Tupurish uchun qo'yilgan maxsus idish. Tufdon, odashda. kasashing bosh tomonida polga
qo'yiladi. N. Ismoiloi, Kasallarni parvarish qilish. Mutrib og'ir yo'talib, tufdonga tupurdi.
S. Siyoev, Avaz.
TUFDONLI Tufdoni bo'lgan, tufla-nadigan maxsus qismi bor. Kunlardan bir kuni Qarshi hokimi
Buxoro amiri Olimxon saroyiga misdan yasalgan tufdonli ajoyib dastsho'y tuhfa qiladi.
Gazetadan.
TUFLAMOQ 1 ayn. tupurmoq 1, 2. Su-laymonov qaymoqdan bir qoshiq olib ichdi-da, birdan afti
burushdi, tuflagani joy izladi, tufladi. A. Kdhhor, Munofiq. Kir barmoqlariga tuflab, bir-
biriga yopishgan kipriklarini ho'llab yumshatib, zo'rg'a ochardi. S. Nurov, Narvon.
3 «Tuf» («tuf-tuf») demoq. q. tuf I 2.
Ko'kragiga (yoki ko'ksiga) tuflamoq etn. Qo'rqib ketganda, biror narsaning daf bo'lishini tilab
yoki daf bo'lganidan xur-sandlik belgisi sifatida «tuf» («tuf-tuf») demoq (q. tuf 3). -
Kayfim uchib ket-di-ya! — dedi qori va yoqasini katta ochib. ko'kragiga uch marta tufladi. A.
Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. ..qo'rqqanlaridan dag'-dag' qaltirab, ko'kraklariga tuflab, pastga
tushirishibdi. E. Raimov, Ajab qishloq. Ularning salomatligini ko'rgan shogird o'z ko'ksiga
tufladi. Mirmuhsin, Me'mor. Tuf-lab tugmoq ayn. tuf deb tugmoq q. tuf. [ Kuyov\ O'ta
ziqnalikdan, ichadigan choylarini ham o'lchab beradigan bo'ldi, tiyinlarni tuflab tugdi. SH.
G'ulomov, Sahroda.
" TUFLI [qad. nem. tuffele, goll. tuffel -boshmoq < yun. pantophelle — tagligi po'kak-dan
bo'lgan sandalet] To'piqdan past oyoq ki-yimi. Baland poshnali tufli. Amirkon tuf-li. Tufli
kiymoq. mm Qabulga kelgan qiz shinamgina tuflisinshg baland poshnalari-ni taqillatib, stul
oldiga yurib keldi-da, atlas ko'ylagining etaklarini astagina yig'ishtirib, noz bilan stulga
o'tirdi. III. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
TUF-TUF Tuf I s. takr. -Qo'y ko'rib, bundaqangisini ko'rgan emasman! Yelkasigacha naq yog' bo'lib
ketibdi, yo'lda ko''shngan bo'l-masin, tuf-tuf! — dedi xotin. S. Abdulla, Soyalar.
TUXMAK I [f. L l ch" - nasl, avlod, urug'; urug'don| tib. Ko'zg'a qon quyilishi, ko'zning
qizarishi bilan xarakterlanadigan kasal-lik.
TUXMAK II Vohalarda o'sadigan och sa-riqxushbo'y gulli o'simlik (daraxt, buta yoki ko'p yillik
o'simlik).
TUXUM \f. - urug'. tuxum; avlod, nasl; sperma] 1 Urg'ochi parranda, toshbaqa va b. ba'zi
hayvonlarnnng bola ochish uchun qo'yadigan, qobiq bilan o'ralgan jinsiy yumurtqasi va shu narsa —
tarkibida barcha oziq moddalariga ega bo'lgan taom ma\suloti sifatida. Tovuqning pxuxumi.
Urdakning tu-xumi. Tuxum qshshoq. Krvursh1gan tuxum. Tuxum yutmoq.
Anqoning tuxumi q. anqo. Nimasini su-rishtirasiz, mulla aka, xo'jayitar orasi-dan epaqaga
keladiganini qidirish anqoning tuxumini qidirish bilan barobar ekan.. Oy-bek, Tanlangan
asarlar. Tuxum bosmoq 1)
215
tuxum qilish uchun moyak ustida o'tirmoq. Bundan rosa o'n yil burun mana shu boloxo-nadagi
qaznoqda tuxum bosib yotgan farangi tovuq birdaniga qoqolab, tom orqasiga — Sobirjon
qorinikiga uchib tushdi. A. Qah-xrr, Qo'shchinor chiroklari; 2) jo'ja ochish uchun ma'lum vaqt
tuxumlarga bag'rini be-rib yotmoq. So'rining burchagiga in qurgan musichaning tuxum bosib
yotganini kuzatdi. Gazetadan; 3) ko'chma hech bir ish qilmay, uydan eshikka chiqmay yotmoq, loqayd
yura-vermoq. Rahim tag'in chetga surilardi, bal-ki yana chakagini bog'lab, uida tuxum bosib
qolardi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Tu-xum bostirmoq Jo'ja ochib chiqarsin uchun, kurk bo'lgan
tovuqning ostiga tuxum qo'ymoq. Komiljon bostirgan tuxumlar jo'ja bo'l-may, palag'da chiqib
qoldimi? W. Rahim, Ix-los. Tuxum ochmoq Tuxum bosib yotib, jo'ja chiqarmoq. Tuxum urishtirmoq
(yoki o'ynamoq) Pishgan tuxumlarni bir-biriga urib, kim-niki sinmay qolishga o'ynamoq. Ikki
ariq-ning atrofiga choyxonalar ochilardi.. Qi-morbozlik bo'lardi, mozorlardan shayx va
qalandarlar kelardi.. tuxum o'ynashardi, so'ngra mastbozlik. I. Rahim, Ixlos. Tuxum-ga kirmoq
Tuxum qila boshlamoq. Tovug'imiz tuxumga kirib qoldi. Tuxumdan chiqmoq I) tuxum qilmay
qo'ymoq; 2) tuxumni yorib chiq-moq, jo'jalamoq. Tuxumi og'ziga kelmoq (yoki tiqilmoq) Juda ziq,
tang ahvolda qolmoq. Oxiri tuxum og'ziga kelganda, «ha bo'l, ha bo'l»ga tushib, sho'r yerning
yarmini ham yuvol-madik. «Mushtum».
2 biol. Jinsiy hujayra. Tuxum yo'li. Tuxum hujayrasi.
3 bosh. Urug'. Oshqovoqning tuxumi.
4 ko'chma Nasl, avlod, zurriyot, zot. Tuxu-mi qurigan hayvonlar. mm Ko'k qurt! Yomon ofat.
G'o'zaning zavoli. Tezda tuxum-tu-xumini quritish kerak. R. Azizxujaev, Yashil chayla. Ulsam
o'laiin, odam tuxumidan qo'rq-mayman. «Oysuluv».
Tuxmi odam (yoki inson) Odam zoti. Sultonim, bir kun bo'lgan odam, bir kun o'la-di, tuxmi
odam boshida shu savdo bor. «Gu-lixiromon». Tuxumini quritmoq {yoki qir-moq) Butunlay yo'q
qilmoq. Agarda najo-timiz qipchoq tuxumini quritishda bo'lsa, meni xam ossinlar! A. Qodiriy,
O'tgan kun-lar. U [Davlatyor] fig'on chekayotir: -Seni o'ldirganning tuxumini qiraman, akajonim!
P. Tursun, O'qituvchi.
5 ko'chma Umuman, yuzaga keltiruvchi nar-sa, urug'. Agar siz nafsilamrga qarasangiz, ikki
xalqni bir-biriga sovuq ko'rsatib, adovat tuxumini sochib keluvchi bir necha-gina odam bor..
A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TUXUMBARAK shv. Xamir ichiga tuxum solib, qaynatib pishiriladigan ovqatturi.
TUXUMDON \f. - tuxum turadi-
gan, hosil bo'ladigan joy] anat. Ayollarda, urg'ochi xayvon va jonivorlarda tuxum hu-jayrasi
hosil bo'ladigan, juft holdagi jinsiy bez; onalik (urg'ochilik) bezi. Ho-milaning rivojlanish
jarayoni tuxumdonda urug'lanish bilan boshlanadi. «Fan va turmush».
TUXUMLAMOQ shv. Tuxum qilmoq, tu-xum qo'ymoq.
TUXUMSIMON Tuxumga o'xshash, ko'ri-nishdan tuxumni eslatadig'an. Tuxumsimon tosh. Tuxumsimon
barglar.
TUXUMXO'R \f. j^-^ - tuxum yeyuvchi] 1 Tuxum yeyishni yaxshi ko'radigan. Tuxumxo'r bola.
2 zool. O'z tuxumlarini boshqa hasharot-larning tuxumlari ichiga qo'yadigan hasharot, urug'xo'r.
TUSH I Uyquda vujudga keladigan sub'ektiv psixik hodisa, jarayon; uyquda ko'riladigan
obrazlar, narsalar. Anov mush-pgaham kim? Nega meni bu yerga o'g'irlab kela-di? Hech nima
tushunmayman! Tushimmi? O'n-gimmi"1. Oybek, Tanlangan asarlar. Qani en-di hozir shu tushim o'ng
bo'lib qolsa. Onam o'lmagan bo'lsalar. E. Raimov, Ajab qishloq. Qani endi shularning hammasi
tushim bo'lsa-yu, uyg'onib ketsam!.. Qadamimni bilib bosar edim. A. Qahhor, Og'riq tishlar.
Tush bilibmanmi (yoki ko'ribmanmi)? Qayoqdan bilay? Tush ko'ribmanmi uning ke-lishini ? mm Tush
ko'ribmizmi aprelda sovuq bo'lishini?S. Mahkamov, Shogirl. Tush ko'r-moq Uyquda tush jarayoni yuz
bermoq, uyqu-sida narsa, voqea-hodisa va sh.k. ko'rinmoq. Bir yaxshi tush ko'rdim, aytib
beraman. K. Yashin, Hamza. Tushiga kirmoq Uyqusida (tushida) ko'rinmoq. -Gavhar, ayam tuzuk-
milar? -Kecha tushimga kiribdilar. Qop-qorong'i chakalakzorda oq ko'ylakda yurgan-mishlar. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloqsol. Agregatlar yordam berar ishimga, Sevgan kas-bim hatto kirar
tushimga. «Guldasta». Tu-
shida kurmok ayn. tushiga kirmoq. Yetti oy-dan beri faqat tushimda ko'raman uni. I. Rahim, Chin
muhabbat. Tushda ko'rdim dil-barimni, ey sabo, uyg'otmagil. E. Vohidov. Tushingizni suvga
ayting Bekor aytibsiz, bo'lmagan ran, aslo unday emas. Es-hushini io'qotib, garanglangan
dehqon dastlab in-damadi. Yosh baqqol vaysayvergandan so'ng, bir uh tortib, sekingina dedi:
-Un to'rt so'm berasiz.. -E?O'n to'rt so'm? Tushingizni suvga ayting. Oybek, Tanlangan asarlar.
(Uxlab) tushiga kirmagan (yoki tushida ko'rmagan) yoki yetti uxlab, tushiga kirmagan (yoki tushida
ko'rmagan). Dildor o'ylamagan, o'ylab tushiga ham kirmagan ikki qiyinchilikka ro'baru kel-di. S.
Ahmad, Ufq. U kuyovi bilan shu xilda uchrashishni yetti uxlab, tushida ham ko'rma-gan edi. S.
Zunnunova, Gulxan. U yerdan G'u-lomjon kutgan, G'ulomjonni zoru intizor ztgan jonon emas,
G'ulomjonning yetti ux-lab, tushiga kirmagan notanish bir juvon chiqdi. M. Ismoiliy, Farg'onat.
o. Abdishu-kur tushida ham ko'rmagan poytaxt teatr-larini maqtamoqchi bo'lib, endi so'z boshlagan
edi, Yormat dasturxon keltirib, norin tay-yor bo'lganini bildirdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Anvar jim bo'lib qoldi, tushiga ham kirmagan bu taklifga nima deyishini bil-may entikdi. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon. Endi tushingizda ko'rasiz «Endilikda aslo ko'rmaysiz», «ko'rib ham
bo'libsiz» kabi ma'nolarni ifodalovchi ibora. Bunday ke-linni endi tushingizda ko'rasiz.
TUSH II Quyosh qoq tepaga kelgan payt. Tushgacha ishlamoq. Tushda dam olmoq. Devo-naning aqli
shushdan keyin kiribdi. Maqol. mm Tush payti, ta`limdan qaytdim bemajol. Tuyg'un. Tush chog'i
yaqinlashganda, bir chopar ot choptirib, boyning hovlisiga kirib keldi. S. Ayniy, Qullar.
TUSHAMOQ kam qo'll. Tushovlab bog'-lamoq, tushovlamoq. Mahbuslarga.. bu ham yetmaganidek, tag'in
tirsaklaridan bir-biriga tushabqo'yilgan. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
TUSHIM q. tushum. Rasvo qilgan meni pora, Bebiliska tushim, attang. T. Io'ldosh. Ko'mir
omborining tushim pullarini dasta-lab sanashda otasi unga tan beradigan bo'lib qoldi.
Gazetadan.
TUSHIRGI shv. Ortiqcha suvni oqizib yuborishga mo'ljallangan maxsus tarnov, mas, suv
tegirmonida.
TUSHIRGICH Biror narsani tushirish, tushirib qo'yish uchun xizmat qiladigan buyum, moslama. Qozon
tushirgich. Suv tu-shirgich. tsh Ashjon o'g'it tushirgichni ko'zdan kechirdi. H. Nu'mon, Fasllar.
TUSHIRMOQ 1 Tushmoq fl. ort. n. Yer-to'laga tushirmoq. Tramvaydan tushirib qo'imoq. Amaldan
tushirib yubormoq. Poezd-dan tushirib yubormoq. Pardani tushirmoq. Chuv tushirmoq. Arzonga
tushirmoq. Qo'lga tushirmoq. Penitsillin isitmani tushiradi. sht Muhtaram qayin otamizga! Siz
bilan meni qorong'i zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan.. Homid ismli bir
to'ng'izni, nihoyat, ikki yillik sargardonlik so'ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qo-
rishtirishga muvaffaq bo'ldim. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tanasi ikki qulochga sig'may-digan bir
myn sada tevarakka tangaday oftob tushirmaydi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Bo'taboy aka
aeeaii yaxshi gapirdi, keyin shovqin solib, «brigadirlikdan tushiramiz», dedi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chiroqlari. Elmurod hammani mukofotga taqdim et-ganda, o'zini tushirib qoldirgan
edi. Shuh-rat, Shinelli yillar.
2 Ortilgan yukni yerga olib qo'ymoq, yuk-dan bo'shatmoq. Yuk tushirmoq. Qurilish ma-teriallarini
vagondan tushirmoq. tsh \Io'l-chi\ Boyning do'koni oldiga o'nlarcha, yuzlarcha toy gazlamani
tushirib.. yerdan shipga qadar taxlar, yana aravani minib jo'nar edi. Oy-bek, Tanlangan
asarlar.
3 Biror narsa bilan urmoq, solmoq (odatda qattiq, zalvorli narsa bilan bo'la-digan zarb
haqida). Musht tushirmoq. Tosh bilan tushirmoq. mm U [Rohila] bor kuchini to'plab turib,
avtomatning qo'ndog'i bilan asirning quloq chekkasiga sharaqlatib tu-shirdi, A. Muhiddin va H.
Tojiboev, Otash qalbli qiz. Matpano so'iil bilan bitta itning kallasiga tushirdi. S. Siyoev,
Avaz.
4 ko'chma s. t. Ishtaha bilan yemoq, ich-moq; yeb-ichib qo'ymoq. Bir kosa sho'rvani tu-shirdim. mm
Yigitlar dasturxonlar yoniga o'tirdilar-da, sharoblarni no'sh qilib.. go'sht-larni tushira
ketdilar. M. Osim, Ajdod-larimiz qissasi. Zunnunqori.. to'rtta non-ni choy bilan paqqos
tushirib, endi hol-vaytarga ishtaha saqlab turgan edi, bir kishi chaqirib keldi. S. Abdulla,
Mavlono Muqimiy. Xola, ko'nglimdagini sezganday, bir kosa jo'xori go'ja olib chiqib, oldimga
qo'ydi. Yarimta zog'ora non bilan tushirib oldim. S. Siyoev, Yorug'lik.
5 O'qib yoki og'zaki, yodaki aytib tamom-lamoq, tugatmoq. Dostonni o'qib tushirmoq. ti Samad
bo'qoq indamay, chetga burilib ketdi. Shukur so'fi shom namozi uchun takbir tushira boshladi. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon. Zayniddin qo'liga olgan kitobni tu-shirmaguncha qo'ymasdi. M. Osim,
Sehrli so'z.
Qovun tushirmoq shv. O'rinsiz harakat, ran va sh. k. bilan ishni rasvo qilib qo'y-moq, ishni
buzib qo'ymoq.
TUSHKI Tush paytida bo'ladigan; tush vaqtidagi. Me'mor tushki ovqat vaqtida Zulfiqorni yoniga
chaqirib, undan bo'lgan voqeani so'radi. Mirmuhsin, Me'mor. Sidiq-jon tushki dam olishdan keyin
kechgacha xiy-la durust ishladi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chi-roqlari.
TUSHKUN So'niq his-tuyg'uli, ruhi past; so'niq. Ubugun ham hovlimizga parishon va tushkun bir
holatda kirib keldi. O'. Hakimali, Navbahor. -Vaqt o'tdi, — dedi hazrat tushkun bir ovoz
bilan. K. Yashin, Hamza. Jabborov, undagi [Ahmadjondagi] o'zgarishni odatda bir-biriga
mehribon ki-shilar uzoq vaqt ajralishayotganda bo'ladi-gan tushkun kayfiyatning ta'siri, deb
bil-di. A. Muqimov, G'alati odamlar.
TUSHKUNLIK 1 Tushkun holat. Ichkilik tushkunlikka olib boradi. mm Kalladagi qo-ra xayollarni
haydash kerak, tushkunlik — eng yomon dushman. F. Musajonov, Himmat. Po'-latning ko'zlaridagi
alam aralash tushkun-likni ko'rgach.. dedi: -Xafa bo'lma, Po'lat. SH. Rashidov, Qudratli to'lqin.
Tushkunlikka tushmoq Tushkun holatga berilmoq. Irodali kishi hayotni hamisha to'g'ri tushunadi,
tushkunlikka tushmaydi. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Bunday odam hech qachon tushkunlikka
tushmaydi, nolimay-di. F. Musajonov, Himmat.
2 Tarixiy jarayonda rivojlanish emas, aksincha, orqaga, quyiga ketish. Iqtisodiy tushkunlik. tsh
..boy tarixga ega bo'lgan Uzbekiston fani, muayyan tarixiy sabablar-ga ko'ra, bir necha asr
davomida tushkunlikni boshidan kechiradi. Gazetadan.
TUSHKUR O'zidan oldingi so'z bildir-gan shaxsni erkalash, suyish yoki yengil koyish kabi ma'nolarni
beradi; shunday munosabatni ifodalaydi; tushmagur, qur-g'ur, qurmag'ur. Biroq qizi tushkurning
hus-nimi, shirin so'zlarimi, har qalay, G'iyosid-dinning til-jag'ini bog'lab, qulog'ini kar,
ko'zini ko'r qshshb qo'ygan edi. S. Ahmad, Hukm. Shuning uchun [hoji\ o'z tarafidan Uzbek oyim
tushkurni yaxshilab epga olmoq, yuz qizarti-radigan ishlariga qarshi choralarni ko'rmak fikriga
tushdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. -Voy, otasi tushkur-zy, — dedi kula-kula Musa, — men sizni
so'fi, bunday ishlarga e'tibor qilmaydi, deb yursam, sizda gap ko'p ekan. Voy, otasi tushkur-
ey/P. Tursun, O'qi-tuvchi.
TUSHLIK Tush vaqtida yeyiladigan ov-qat; ovqatlanish, yeyish-ichish. Tushlikka sho'rva pishirmoq.
Tushlik choy. mm Bog'da ishla-yopggan kolxozchilar allaqachon shushlikka chi-qib, o'zlarining
kamtarin ovqatlariga Oy-qizniham taklif etdilar. SH. Rashidov, Bo'-rondan kuchli. Bo'lgan ish
shuki, o'sha kuni tushlik mahalida Xolmurod akaning zvenosi-dauchta ketmon yo'qoldi. A. Qahhor,
Qo'shchi-nor chiroqlari.
TUSHMAGUR ayn. tushkur. Qiz tushmagur o'yinga usta ekan. tsh Iigitali endi javon-ga yaqinlashgan
edi, Savri xola kirdi: -Mana, o'g'lim, o'zingiz ajrating, bu qurg'ur ikkisi-yam jigarrang
daftar, Dilnavoz tushmagur qaysi birini so'rapti ekan. S. Karomatov, Bir tomchi qon. [Roqiya:]
Muhabbatingiz balodek kiyim tanlaydi. Turg'unjon akam ziyofatimga yetib kelolmasalar, nima
qila-man, deb ichi pishganicha bor ekan-da, qizim tushmagurning. N. Safarov, Hayot maktabi.
TUSHMOQ 1 Yuqoridan, balanddan yoki biror narsa ustidan pastga tomon harakat qilmoq;
yo'nalmoq. Yerdan chiqdimi, osmon-dan tushdimi, yo'lda bittasi paydo bo'lib qolsami?! O.
Mo'minov, Xiyobondagi uch uch-rashuv. Mashina shundoqqina Mengliboyning yoniga kelib to'xtadi-yu,
undan eshikni tar-sillatib ochib, \azratqul bilan Temurlang tushdi. S. Ahmad, Yulduz. Sen
baland tog'uz-ra erding misli ohu yoki qush, Yolvorib men pastda derdim: Bir nafas yonimga tush.
E. Vohidov, Muhabbat.
2 Chiqib joylashgan, o'tirgan, bo'lgan jo-yini tark etib, yerga inmoq. Samolyotdan tushmoq.
Aravadan tushmoq. Tomdan tushmoq. Avtobusdan tushmoq. mm Kechirasiz, qaerda tushmoqchilar? X.
To'xtaboev, Shirin qo¬
218
vunlar mamlakati. Vagondan eng keyin tush-gan.. Ahmadjon: -Stroy [saf] bo'lmasdan shunday
ketaversak bo'lmasmikan, — dedi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
3 O'z joyidan chiqmoq, ko'chmoq; chiqib, ko'chib joyidan ketmoq, yo'q bo'lmoq. Sochi tushmoq.
Ilonning po'sti tushibdi. Molning tuyog'i tushibdi. mm Buning ustiga uning [ Nafisaning] tishi
tushgan — bu homilador vaqtida sodir bo'lgan edi. Mirmuqsin, To-pilgan husn. [Yara] Usti qora
qo'tir bo'lib qotadi, u tushib ketgandan so'ng, yana teri asli, sog'holiga qaytadi. Gazetadan.
4 Mansab, lavozim va sh.k. dan ketmoq, bo'shamoq. Men xizmatdan tushgandan so'ng piyoda yurish
yaxshi bo'ladimi? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. ..ikki haftadan so'ng bo'-shashganicha qaytibkeldi..
-Oq poshsho taxt-dan tushgani bilan, oq amin aminligidan tushmapti, — dedi. A. Qahhor, Asror
bobo. Mana, mudirlikdan tushdi-yu, xiyla odamsha-vanda bo'lib qoldi. P. Tursun, O'qituvchi.
5 Mavqe, daraja, qiymat va sh.k. jihat-dan darajasi pastlashmoq, bo'shashmoq. Shashtidan tushmoq.
Hovridan tushmoq. Qad-ri tushmoq. Ruhi tushmoq. mm Fakul`te-timiz institut bo'yicha umumiy
ro'yxatda beshinchi o'ringa tushib qolibdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Dunyo bozorida
teri-larimizning narxi tushmasa deyman. S. A\-mad, Yulduz.
6 Quyi tomon yo'nalmoq, quyi satxdan joy olmoq. Shaxarga tushmoq. Bozorga tush-moq. Yerga
tushmoq. mm Ular.. majnuntol-lar orasidan o'tib, soyga tushdilar. O. Yoqu-bov, Er boshiga ish
tushsa. Kampir javob bo'lmaganidan xayron qoldi shekilli, zina-lardan avaylab qadam bosib,
hovliga tushdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
7 Satxning biror tomoni. o'rnidan joy olmoq, unda bo'lmoq. Yalpi shovqin bilan «tortishmachoq»
boshlandi: qiz tomondan gumbazdek yum-yumaloq xotin belini belbog' bilan mahkam bog'lab, o'rtaga
tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Eshqobsh bunaqa davra-larga ko'p tushgan. M. Hazratqulov,
Jur'at. Shamsi To'raevich uning gaplariga quloq ham solmasdan, oldinga shushgancha lo'mbillab
ke-maeepdu. N. Aminov, Suvarak.
8 Turli tomosha va b. bo'ladigan, ko'ri-ladigan joyga kirmoq. Teatrga tushmoq. Sirkka tushmoq.
Stadionga tushmoq. mm
Ular faqat bir marta kinoga tushishdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. U hordiq oqshomi
hammomga tushdi-yu, xodmigarlardan biriga haligi so'rog'ini berdi. A. Qahhor, Asarlar.
9 Davolanish, axloq tuzatish va sh.k. maskanga olinmoq, unda bo'lmoq. Qamoqqa (turmaga)
tushmoq. Milisaga tushmoq (s.t.) mm U faqat bir narsani — otasi kasal-xonaga tushganini
onasiga bildirmaslikni o'ylardi, xolos. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Ehtimol, ko'p ichib
qo'yib, hushyorxona-ga tushgandir. «Mushtum».
10 Quyi tomon yo'nalib, osilib, sat\-ning ma'lum nuqtasiga yetmoq, o'sha o'rinda turmoq.
Gavharning egnida guldor ko'k ko'y-lak.. qop-qora, uzun sochlari taqimiga tu-shib turibdi. S.
Siyoev, Yorug'lik. ..Xirot yigitlariga xos ixchamgina salla o'rab olgan, sshlaning zar chiziqli
pechi yelkasiga tushib turar edi. Mirmuhsin, Me'mor. Yoqimli sadoning sehriga berilib, ko'zlari
sekin yumildi, boshi yana quyiroq tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
11 Kelin bo'lmoq; erga tegmoq, kuyovga chiqmoq. Singlim tushgan yerlarga Oy bo'la-iii, yor-yor..
«Qo'shiqlar». Ukishi mening yangam bo'ladi, akamga tushgan. «Guldasta». Hoy, To'raxon, Teshaboyga
tushganingizga ham uch yil bo'p qoldi shekilli. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
12 O'zi birikib kelgan so'z bildirgan ish, harakat, narsani bajarmoq, qilmoq ma'nosini
bildiradi. Gapga tushmoq. Maq-tanishga tushmoq. mm ..havaskir hofizlar qo'ishq aytdi, sho'x
yigitlar o'yin tushdi. S. Yunusov. Kutilmagan xazina. Kechalar ton-gotarga qadar Halimaxon
qo'shiq aytib, Tamiraxon raqsga tushgan joylarda bo'ldik. «O'zbekiston qo'riklari».
13 Shaxs (kimsa)da shu fe'l birikkan so'z bildirgan holat yuz berishi, uning shunday vaziyatda
qolishi ma'nosini bil-diradi. Sarosimaga tushmoq. Dahshatga tush-lyuq. Talvasaga tush.moq.
Hayratga tushmoq. sht Bu manzarani ko'rib turgan xaloyiq bir lahza hayajonga tushib,
sarosimalanib qoldi. K. Yashin, Hamza. Bashirjon ham akaxoshning bu sukutidan noqulay ahvolga
tushib, lom-lim demay, unga zimdan bir qarab qo'ydi-da.. N. Aminov, Suvarak.
14 Borliqda shu fe'l birikkan so'z ant-latgan narsaning yuzaga kelishi, bo'lishi ma'nosini
bildiradi. Oqshom tushib, ziyo-fat yarimlaganda, hovliqib hudaychi kirdi. S. Siyoev, Avaz. Oraga
bir lahza jimlik tushdi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Ular sovuq tushib qolmasdan ko'zlagan
manzillariga yetish uchun tolmas qanotlarini betinim sshjitardilar. Gazetadan.
15 Biror ish, manbadan qo'lga kirmoq, kelmoq (pul, daromad kabilar haqida). Tuzukkina tushib
turadi, yashirishning ho-jati yo'q. O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv. Oshihalolga tushadigan
ovqat or-tib qola boshladi. S. Siyoev, Yorug'lik. O'g'-limning qo'liga pul tushdi deguncha yeb
qo'yadi. «Mushtum».
16 Ma'lum narsa, harakat-holatning biror kimsa yoki narsa uchun shu fe'l bog'langan so'z
anglatgan ma'noda bo'lishini bildiradi. Yulduzingiz naq bir-biringizga to'g'ri tushgan ekan,
ikkingizning ham bir-biringizdan kamligingiz yo'q! A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Bu yosh yigit,
dunyoda muhab-batni har qanday qulfga tushadigan kalit-ga aylantirib olgan xotinlar ham
borligini bilib qo'ysin.. A. Qahxrr, Asarlar. Uning surati ham asosiy maqsadga, Alisherning
tabiatiga xo'b muvofiq tushadi. Oybek, Navoiy.
17 Shaxs uchun biror narsa qandaydir qiymat, mikdor bilan tegmoq, qo'lga kir-moq, to'gri
kelmoq. Sarf-xarajat esa ol-tinning o'zidan ham qimmatga tushayotgan edi. S. Karomatov, Oltin
qum. Lekin o'sha o'tni sigirga yedirib, qachon sut bo'lishini poylab o'tirgandan ko'ra, o'tning
o'zidan olsa, ham arzon, ham oson tusharkan. Shukrullo, Saylanma. O'ziyam [beda\ suv tekin
tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
18 Urilmoq, tegmoq (biror narsa bi-lan bo'lgan zarb haqida). Shu shovqin-suron orasida
Bektemirovning qorni va beliga bir-ikki tepki tushdi. S. Ahmad, Hukm. Birdan yelkamga tushgan
mushtdan uyg'onib ketdim. E. Raimov, Ajab qishloq. Uning shapalog'i sharaq etib G'ulomning chap
yuziga tushdi. M. Hazratqulov, Jur'at.
19 Paydo bo'lmoq, yuz bermoq. [Madrim-boyning] Sarik-qo'ng'ir cho'qqi soqoliga bir-dan oq tushdi.
J. Sharipov, Xorazm. -Jin-pin urganmi seni? — Ahmad brigadirning yuragiga g'ulg'ula tushdi.. S.
Nurov, Narvon. Suv qo'yibman jiyda maydon burchiga, Xol tushibdir kelinchakning yuziga..
«Qo'shiqlar». Bu fojia katta kemaga tushgan darzga o'xshardi. Mirmuhsin, Me'mor.
20 Barpo etilmoq, qurilmoq. Yerto'lalar birin-ketin yo'qolib, o'rniga uylar tusha boshladi.
«O'zbekiston qo'riqlari». Sidiq-jonning diqqati.. terib qo'yilgan son-sa-noqsiz g'ishtga jalb
bo'ldi.. «Shu yerga mak-tab tushadi» [dedi xotin] A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroqlari. Kana,1
tushmasdan ilgari bir odam Shahrixondan tuxum ko'tarsa, Uchqo'rg'ondan ko'rinardi, shundoq yaydok
edi. «O'zbekiston qo'rikdari».
21 Band holatga duchor bo'lmoq, ilinmoq. Tuzoqqa tushmoq. Qopqonga tushmoq. To'da-dan ajralgan
pgo'rga tushar. Maqol. mm Bo-bur Shayboniyxonning qo'liga tushsa, tirik qutula olmasligini
biladi. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar. Orqa tomonidan o'q yog'diri-layotganiga Durdi kilich
hayron: «Nahotki qurshovga tushib qoldik», deb garang edi. J. Sharipov, Xorazm.
22 Olinmoq, berilmoq (xat, ariza va sh.k. xaqida). Tinglovchilardan savol tushdi. Il-timos
tushdi. Taklif tushdi. mm Oradan ko'p o'tmay.. redaktsiyaga shunday xat tushdi. «Mushtum».
Majlisga.. yana o'n to'qqiz kishi-dan ariza tushdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chi-roqlari.
23 O'zga uchun sarf-xarajat qilmoq, shun-day sarf-xarajatga ilinmoq. Xotin kishi eriga xushomad
qildimi.. bilingki, katta-roq bir narsaga tushirmoqchi. S. Siyoev, Ot-liq ayol. ..hali bitta
morojnii emas, li-monadga ham tushasiz.. Mirmuhsin, Umid.
24 ko'm. fl. vzf. Xarakatning qo'qqisdan, kutilmaganda bajarilishi ma'nosini bil-diradi;
ma'noni kuchaytiradi. Cho'chib tush-moq. Qoqishb tushmoq. Bu so'zlar unga yoqib tushdi. mm -Ahmadjon
og'a, — deb chaqir-ganini eshitdi. Yuragi bir sapchib tushdi. S. Siyoev, Avaz. Uning kaltagina
mo'ylovi, qop-qora qoshi o'ziga yarashib tushgan. H. Shams, Dushman.
Asir tushmoq Bandilik holatida bo'lmoq, dushman qo'liga tushmoq. Ayri tushmoq q. ayri. Ko'zi xira
tortib borardi, Ayri tushib yorug' olamdan. X. Davron, Bolalikning ovozi. Bosh(i)ga tushmoq 1)
qismatda to'g'ri kelmoq, xohish-ixtiyordan tashqari hayotda duch kel¬
220
moq, to'g'ri kelmoq. Boshga tushganni ko'z ko'-rar. Maqol. mm Nizomjon o'z boshiga my ma-dman
savdolarning xuddi shu daqiqadan boshlanishini qayoqdan bilsin. S. Ahmad, Ufq. Dunyoning ishlari
shunaqa ekan, do'stim. Bo-shingizga tushgan ishlarning hammasidan xabarim bor. K. Yashin, Hamza;
2) ayn. bo'ini-ga tushmoq. O'n besh yashar chog'imda, Ro'zg'or bo-shimga tushdi. «Oq olma, qizil
olma». Bo'y-niga tushmoq q. bo'yin. Shunday qilib, movut mening bo'ynimga tushib turibdi, deng?!
S. Zunnunova, Yangi direktor. Yodiga tushmoq Xayolida (yodida) qayta tiklanmoq. -Onam-ni xafa
qilganim yodimga tushdi, — dedi xotiniyana ko'ziga yosh olib. «Guldasta». Yoniga tushmoq 1) yoniga
o'tmoq. ..ko'zlarini yerga bir lahza qadab turdi-da, keyin shartta hali-gi yigitning yoniga
tushib, o'ynab ketdi. K. Yashin, Hamza; 2) tarafini olmoq, himoya qilmoq, yonini olmoq (yana q.
yon). Zimmasiga (yoki bo'iniga, gardaniga, yelkasiga, ustiga) tushmoq q. zimma. To'ydan keyin
boybuvaning xizmatini ikki kishilashib qildi: tash-qaridagi yumushlar Xolboyning, ichkarida-
gilari esa yangi kelinchak zimmasiga tushdi. K. Yashin, Hamza. Shartnoma mazmuniga ko'ra, sizning
gardaningizga tushadigan bir ko'p chiqimlarni men o'z zimmamga oldim. Oybek, Tanlangan
asarlar. Izga tushmoq q. iz. Shu tariqa maktabda o'qish-o'qitish ishlari mus-tahkam izga tushib
ketdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Iziga tushmoq q. iz. Keyin hayot yana o'z iziga tushadi. O.
Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Demak, Badianing iziga tushgan-lar bor ekan, bo'lmasa, uning qiz
bola ekani-ni avliyodan bo'lak hech kim bilmas edi. Mirmuhsin, Me'mor. Ishga gushmoq Yangi-dan
yoki ma'lum muddat o'tkazib qaytadan ishlay boshlamoq. Zavod ishga tushdi. Ishi tushmoq q. ish.
Odamzodning hamma vaqt bir-biriga ishi tushibturadi. S. Zunnunova, Yan-gi direktor. Ichi
tushgan Pishib o'tib ket-gan, po'la (asosan qovun haqida). Tanishim-ning o'g'li bo'lganing uchun
ham siylab, qovu-ningni oldim.. Bari yo'lda urinib, ichi tush-gan. S. Anorboev, Hamsuhbatlar.
Ishqi tush-moq q. ishq. Buning chiroyliligiga Tojiboy oqsoqolning ham ishqi shushib qolgan. P.
Tursun, O'qituvchi. Yo'lga tushmoq q. yo'l. Yuk mashinasi changni ikkiga bo'lib, yo'lga tushdi. N.
Qobil, Bemorlar. Uni birov aynitdimi, mehnatdan sovib.. sayoqlik yo'liga tushdimi, bilmayman.
Oybek, Tanlangan asarlar. Sa-vodsizlikni tugatish bo'yicha o'qish bir qadar yo'lga tushib oldi.
K. Yashin, Hamza. Ko'ngli joyiga tushmoq q. ko'ngil. Uning kulayotganini ko'rib, Zoyirjonning
ko'ng^i joyiga tushdi shekilli, qarshisidagi stulga o'tirdi. U. Ho-shimov, Qalbingga quloqsol.
Endi singling-ning akasini topib kel, o'rgilsin onang. Ko'r-satmasang, ko'ngli joyiga
tushmayapti. N. Sa-farov, Olovli izlar. Nazarga tushmoq E'-tibor qozonmoq, nazar-e'tiborda
bo'lmoq. Intizomi yaxshi, ishiga ham bajonidil ki-rishadi-yu, nazarga tushmaydi. Shuhrat, Jan-nat
qidirganlar. Nazardan tushmoq Nazar-e'tibordan qolmoq, obro'-e'tiborini yo'-qotmoq. Dastlabki
kunlarda qishloq aholi-sining diqqati jalb bo'lgan yangi domla bora-bora nazardan tushib
qoldi. A. Qahhrr, Qo'sh-chinor chirokdari. Terga tushmoq Ter bos-moq, qattiq terlamoq. Otlar
terga tushib, kishnaganlaricha yiqila boshadi.. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi. Til(i)dan
tushmas-lik Biror kimsa yoki narsa haqida doim gapirmoq, esga olib gapirmoq. Fattoh pol-
vonning qizi Hurixon ko'zga chalinib, qirqbu-loqlik yigitlarning tilidan tushmay qol-di. A.
Eshonov, Bir og'iz so'z.
TUSHOV 1 Uzoqqa ketib qolmaslik uchun ot-ulov va mollarning oldingi ikki oyog'i-ni matashtirib
bog'laydigan arqon yoki mos-lama. Iskandar esa ko'rpachada yotgancha, beda-si o'rilgan paykalda
tushovini sudrab, hak-(k)achaklab yurgan eshakdan ko'zini uzmasdi. S. Nurov, Narvon. Xudoyorov
otning tushovini yechibmindi-yu, orqasiga qaramay, jo'nab qol-di. O. Qo'chqorbekov, Cho'pon.
2 ko'chma Umuman, erkin harakatlanishga qo'ymaydigan, uni «bog'lab qo'yadigan» narsa. Aytadigan
gapim yo'q, bir zum chaynalib tu-rib, kutilmaganda Oshno bergan vakolat yodimga tushdi-yu,
tilimning tushovi yechildi. M. M. Do'st, Lolazor.
Oyoqqa tushov bo'lmoq Erkin harakat-lanishga to'siq bo'lmoq, imkon bermaslik. ..o'z vaqtida olib
ketmaganimiz uchun o'g'it oyog'imizga tushov bo'ldi. «Mushtum». Eshagiga (yoki uloviga) yarasha tushovi
Bir-biriga yarasha, mos, munosib, monand kabi ma'-nolarni ifodalaydigan ibora. Eshagiga yara-
sha tushovi demoqchisiz-da? Uyg'un, So'nggi pushaymon. Barakalla, uloviga yarasha tusho-vi
deganlaridek.. texnikadan qiyinchilik
tortgani uchun dard qolishyapti bular. Y. Shamsharov, Dovruq. Eshagidan tushovi qimmat O'zidan
abzali, kerak-yarogi qimmat yoki xarajatni qoplamaydi degan ma'noda ishlatiladigan ibora.
Butun ish ketmonda bajarilardi. Natijada eshagidan tushovi qimmatga tushardi. N. Safarov,
Katta kar-von yo'lda.
TUSHOVLAMOQ Tushov bilan oyokdari-ni bog'lamoq, oyog'iga tushov solmoq. Ko'radan tashqaridagi
maydonda ikki tuya yonma-yon cho'ktirilib, tizzalari chilvir bilan bog'-langan va ikki eshak
tushovlab qo'yib yubo-rilgan edi. S. Ayniy, Qullar. Otlarni tu-shovlab, o'tga qo'yib kelayotgan
Sherbek uzoq-dan: -Horma, Suvonjon! — deb qichqirdi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 ko'chma Erkin harakatlana olmaydigan qilmoq, izmiga bo'ysundirmoq. Oramizda hech narsa
yo'qligini, boshqalar bilmasa ham, siz bshasiz. Endi o'sha yolg'on gap-so'zpar bshshn meni tushovlab
olmoqchimisiz? Y\. Qodirov, Qalb-dagi quyosh. Ibrohimbek miyig'ida kulum-siradi. Kulumsiradi-
yu, yigitni baharhol tushovlab olgandek tuydi o'zini. SH. Xol-mirzaev, Qil ko'prik.
TUSHOVLI s. t. Tushov solingan, tu-shovlangan. U [Saman] yana ustma-ust kish-nadi. Tushovli
bo'lsa ham, ancha joygacha sak-rab-sakrab bordi. N. Fozilov, Tushovli toy.
TUSH-TUSH Har tomon, atrof, tevarak. Ongi ketib qoldi turgan odamlar, Tush-tushiga qocha berdi
yoronlar. «Ochildov». Tush-tushidan yig'ilishib kelayik, Tanimasin biz-ni dushman xaloyiq.
«Gulixiromon».
TUSHUM Savdodan yoki umuman har qanday ishdan tushgan pul, daromad. Maga-zinning bir kunlik
pgushumi. mm Imomat-chilikning tushumi o'zingizga ma'lum bu za-monda. H. Nu'mon va A.
Shorahmedov, Ota. ..u yog'ingizdan kirib, bu yog'ingizdan chiqib, kundalik tushumning o'ndan
to'qqizini urib qolmoqda. Gazetadan.
Tushum kelishigi tlsh. «Kimni?» yoki «nimani?» so'roqlariga javob bo'ladigan, harakat yo'nalgan
ob'ektni bildiradigan kelishik turi, shakli. Kitobni olmoq.
TUSHUNARLI Tushunish mumkin bo'l-gan, tushunsa bo'ladigan; aniq, ravshan, ang-lashilarli.
Tushunarli vazifa. Tushunarli qilib gapirmoq. mm Axmadjonov maqolani boplagan-da: ham
tushunarli, ham ishonarli. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
TUSHUNGAN 1 Tushunmoq fl. sfdsh. Tu-shungan bo'lsangiz, aytib bering.
2 Voqelikni, ijtimoiy hayotni, o'z bur-chi va sh.k. ni yaxshi biladigan, ongi baland, ongli,
bilimli. O'z xotiningizni shunday degani uyalmaysizmi.. kim sizni tushungan odam deydi?!
Mirmuhsin, Topilgan husn. Muncha jerkasiz, ulug'. Albatta sizlarning.. ilmingiz bor,
tushungan shshshlarsiz. S. Axmad, Hukm.
TUSHUNIKSIZ kam qo'll. Tushunilishi, anglash qiyin bo'lgan. Norxo'ja tushunik-siz bir tarzda
g'o'ldiradi. E. Usmog'gov, Yolqin.
TUSHUNMOVCHILIK Tushunib yetma-ganlik yoki to'g'ri tushunmaganlik tufayli kelib chiqadigan xatolik;
anglashilmovchi-lik. Bu yerda andak tushunmovchilik borga o'xshaydi. mm Jo'ra dik etib o'rnidan
turdi.. Yigitaliga yaqinlashib: -Kalitni ber, og'ay-ni, endi bir tushunmovchilik qilib
qo'yibmiz, yuqoridagilarga aytib yurma, — deb yalindi. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Tegishli
tash-kilotlar, muassasalar redaktsiya so'rovlari-ga, xatlarga o'z vaqtida javob yo'llagan-
larida, ko'pgina tushunmovchiliklarning ol-dini olish mumkin bo'lardi. Gazetadan.
TUSHUNMOQ 1 Biror ran, ish-harakat, imo-ishora va sh.k. ning ma'no, mazmunini antlamoq. Hamma
gaplaringizga tushundim, juda to'g'ri. Mirmuhsin, Me'mor. Sherali uzoqdan bir yerga to'plab
qo'yilgan ket-monlarni ko'rgach, gap nimadaligini tushun-di. S. Karomatov, Oltin qum. -Bu
holni qandoq tushunmoq kerak, — Me'mor shogir-dining ko'zlariga qaradi. Mirmuhsin, Me'-mor.
2 Haqiqiy holni anglamoq, bilmoq, un-ga baho bermoq. O'z mavqeini yaxshi tushunmoq. Vaziyatni
tushunib ish ko'rmoq. mm Endi, kelin, o'zing tushunasan, yurtda ocharchilik, oshihalolga boqadi-da
o'g'ling. S. Siyoev, Yorug'-lik. -Men sizning ahvolingizni tushunaman, — deb gap boshlagan edi,
ayol shartta kesdi.. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
3 Narsalarning sifat darajasi yoki belgisini yaxshi farkday olmoq, ajrata bilmoq, farqiga
bormoq; tilini bilmoq. Darhaqiqat, paxtani tushuna oladigan, yer-ni biladigan tajribali
raissan. SH. Ra-shidov, Bo'rondan kuchli. Ertasiga ot og'rib
222
qolsa bo'ladimi! Kapalagim uchib ketdi. Yax-shiki, mendan bo'lak hech kim payqamadi. Xo'-jayinim
otni tariqcha tushunmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Mazasiga tushunmoq Biror narsaga odat-lanib qolmoq, mazaxo'rak bo'lmoq. Sen yubor-gan pulning
mazasiga tushundimi, bo'ldi, haftada, oyda pul so'rayveradi. Oybek, Tan-langan asarlar.
TUSHUNTIRISH 1 Tushuntirmoq fl. har. n. -Menimcha, — dedi Mo'ttixon o'ychanlik bilan, — avval
qizga tushuntirish kerak. S. Zunnunova, Gulxan.
2 Biror ran, hujjat va sh.k. ning ma'-nosini ochish, oydinlashtirish uchun be-rilgan og'zaki yoki
yozma izoh, sharh. Tushun-shirish xati. Oliy Majlisning farmonlari va tushuntirishlari.
TUSHUNTIRMA Tushuntirish xati, tu-shuntirish; uqtirish. Ertasiga Komiljon, Anorxon va Ernazar
akalarni.. nima uchun agrotexnika qoidalarini buzib, o'zboshim-chalik qilganligi haqida
tushuntirma yozib berishni so'radilar. I. Rahim, Ixlos.
TUSHUNCHA 1 Narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini, aloqa va
munosabatlarini umumlashtirib aks ettiruvchi umumiy tasavvur; tafakkur shakli. So'z turkumlari
haqida tushuncha. Materiya haqida tushuncha. Qo'shimcha qiymat tushunchasi.
2 Umuman, narsalar, hodisalar haqida-gi tasavvur, tushunish. Qishloqqa yangi za-monning yangi
odamlari kelar va.. yangi nom, yangi tushuncha olib keladilar. P. Tursun, O'qituvchi. Keyingi
kunlar uning \Abdulahad-ning\ hayot haqidagi barcha tushunchalarini ostin-ustun qilib,
o'zgartirib yubordi. A. Muxtor, Chinor. Xalq tushunchasicha, hajga borib, «tabarruk» bo'lib
kelgan kishining qo'lidan bu xil pastkashliklar kelmas, agar kelsa, u asl hoji emas, yolg'on
hoji deb qa-ralar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 Onglilik darajasi, ong. Siyosiy tu-shuncha. mm Bizning maqsadimiz — kishilarga ong, tushuncha
bermoq, toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oqu qorani o'zi aj-rata oladigan bo'lsin! P.
Tursun, O'qituvchi.
4 Insonning bilim va tasavvurlari darajasi; saviya. Tushunchasi paspg odam.
TUSHUNCHALI 1 Biror tushunchaga ega bo'lgan, biladigan, saviyasi keng. Tushunchali odam.
2 Ongi baland; ongli. Tushunchali kurashchi.
TUSHUNCHASIZ 1 Biror tushunchaga ega bo'lmagan, hech narsa bilmaydigan, saviyasi past. Tushunchasiz
odam.
2 Ongi yo'q yoki past; ongsiz.
TUSH` [nem. Tusche - rang, bo'yoq] Qora yoki boshqa rangda maxsus ravishda tay-yorlangan, uzoq
vaqt rangini yo'qotmaydi-gan suyuq bo'yoq (chizmachilik, rasm solish va muhim xat-hujjatlarni
yozish uchun ishla-tiladi). Qora tush`. Qizil tush`. mm Ba'zi estamplar ko'pincha u yoki bu yo'l
bilan siyoh yoki tushda tasvirlanmoqda. Gazetadan. Shu-kur Karimovich Umid diplomini qo'liga
olib, tush` bilan yozilgan familiyasini o'qidi. Mirmuhsin, Umid.
TUYULMOQ q. tuyilmoq II. Nabijonga qizning ovozi shu qadar mayin, shu qadar shirali tuyuldiki,
ko'ngli unga sening izla-ganing, o'ylaganing mana shu qiz, deyayotganday edi. S. Zunnunova, Ko'k
chirokdar. Mana shu yupqa lablardan bir o'pich olish erishib bo'l-maydigan baxtdek tuyulardi. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
TUYUR shv. Bo'lak, burda. Keyin go'sht tuyurlarini yulg'un butog'iga o'tkazib, usti-ga tokchadan
topilgan tuzdan sepib, o'tga toblay bosh,1adi. SH. Xolmirzaev, Qil ko'p-rik. Bir tuyur go'shtu
makaron solinib qaynatilgan shulon sho'rva.. joningizga te-gibketadi. SH. Xolmirzaev,
Saylanma. Qay-sar degani o'lsin, Bir tuyur non bermadi. «Oysuluv».
TUYUQ ad. So'z o'yiniga, ko'pincha tajnis qofiyasiga asoslangan, to'rt satrdan iborat she'r;
she'riy janr. Navoiy tuyuqlari. mm Tuyuqlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish amri
mahol. G'. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish.
TUYUQSIZDAN shv. To'satdan, qo'qqis-dan, birdan. Munisxon to'pponcha bilan muo-mala qilishni
bilmas ekan-da, og'zini o'ziga qaratib turib, tuyuqsizdan tepkisini bosib yuboribdi. A.
Qahxrr, Sarob. Birovi aytdi: Biz tuyuqsizdan ko'chsak, qaerga boramiz? «Yodgor».
TUYA Bir yoki ikki o'rkachli, juft tuyoq-li, asosan, yuk tashish uchun xizmat qila-digan,
suvsizlikka chidamli sutemizuvchi ish hayvoni. Tuyalarni haqli ravishda sahro kemalari deb
atashadi. Gazetadan. Ba'zi kunlari [Yo'lchi] ko'mir saroyga tushib, ko'-
mir, tappi, xashak keltirgan qozoqlarning tuyalarini xaridorning uyiga yetaklaydi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Suvsizlikni tuya ko'taradi.. A. Qahhor, Maston.
Baqiroq tuyaning bori yaxshi Oila, jamoa kabilarda tergab, kutkilab yo'lga solib turadigan
ota-ona, rahbar, yoshi ulug' kishiga nisbatan qo'llanadigan maqol. Baqiroq tuya-ning bori yaxshi,
deydilar. Ota-ona borligi-da bolalar bir-birlari bilan ahil bo'ladilar.. I. Ahmedov, Og'ir
operatsiya. Kambag'alni tuyaning ustida it qopar Kambag'al, nochor shaxsning ishi yurishmasligi, har
qanday sharoitda ham unga nimadir pand berishini bildiradigan maqol. Kambag'alni tuya ustida
it qopsin ekan-da?/«Mushtum». Nonini tuya qilmoq Birovnint narsasi, ulushi va sh.k. ga sherik
bo'lmoq, undan o'marmoq. Ishona-mizki.. go'daklar nonini tuya qilib kelayotgan Unsin
Boltaboevani og'ir tashvishdan tez xalos etib, u bilan uzsh-kesil gaplashib qo'ya-digan mardi
maydon topilur. SH. Tohirov, Teshik tomoq. Qachongacha mahalla hisobiga kayfu safo qilib, xalq
nonini tuya qiladi-lar. Gazetadan. Ot bilan tuya bo'larmidi U qadar katta, ko'p emaslikni
bildiruvchi ibora (summa, narsa haqida). Jonfig'on mukofotni o'z gazi bilan o'lchagani uchun
bunga ham uncha parvo qilmabdi — olgan mukofoti-ga «ot bilan tuya bo'larmidi», debdi. A.
Qah-hor, Qanotsiz chittak. Tuya go'shti yegan Biror ish, narsaning bitishi, amalga oshishi juda
sudralishi, cho'zilishini qayd etuvchi ibora. Tuya go'shti yegan teatr. «Mushtum». Tuya ko'r-dingmi -
yo'q q. ko'rmoq. Tuya bo'lsa ham, dumini ko'rsatmay yutib yuborib, tuya ko'r-dingmi — yo'q, deb
bezrayib turaveradigan-lar chiqib qoldi. «Mushtum». Tuya cho'ksa, joy topar O'tiruvchilar tig'iz,
zich bo'lgan holat-larda yana boshqa kimsa o'tirishni xoxdasa, joy topilishini, sig'ishini qayd
etuvchi ibora. Eshikdan birin-ketin odamlar kirar.. so'ngra «tuya cho'ksa, joy topar» qilib, u
yer— bu yerga siqilib o'tirardilar. P. Tursun, Uqituvchi. Tuya hammomni havas qilganday O'ziga
xos va mos bo'lmaydigan, yarashmay-digan urinish, intilish, orzu qilish ho-latiga nisbatan
qo'llanadigan ibora. Tuya hammomni havas qilganday, senga kim ko'yib-di bunday ishlarni. mm
Raisliging o'zingga buyursin. Men tuya emasmanki, hammomni orzu qilsam. T. Malik, Ajab dunyo.
Tuyani yutib, dumini ko'rsatmaydi Har qanday katta (ko'p) narsani ham o'zlashtirib, undan nishon,
iz qoldirmaslikni bildiruvchi ibora. Hoziru tomog'ining qurtini o'ldirish uchun tuya bo'lsa ham,
dumini ko'rsatmay yutib yuborishdan toymaidi. «Mushtum». Tuyani yush, lekin dumi og'zingdan ko'rinib
turmasin. Oybek, O.v. shabadalar. Tuyaning dumi yerga tekkanda (yoki yetganda) Ro'yobga
chiqmaydigan, amalga osh-mayditan ish, quruq va'da ekanlikni bildiruvchi ibora. Hasan so'fi: -
Suv chiqadi-yu, lekigin boyga yarasha chiqadi. Bu suvdan bizga tuyaning dumi yerga yetganida
tegadi, — dedi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Hayt degan tuyaga mador Kichikkina hissa, hatto
bir og'iz so'z ham yordam bo'lishini qayd etuvchi maqol. Ish sensiz to'xtab qolmaydi, ammo hayt
degan tuyaga mador, — dedi.. A. Muhid-din, Inson qalbi otash.
TUYADAY, -dek 1 Tuya singari, tuyaga o'xshash. O'zing-chi?Gulzorga bo'yin cho'zgan tuya-day, har ayolga
suqlanasan! Oybek, Quyosh qoraymas. Ko'ndalang kul`tivashya hozir suv bilan havoday zarur. Shu
bo'lmasa, qalin ko'-chatlarni garmsel uradi, tullagan tuyadek yaydoq bo'lib qoladi. I. Rahim,
Ixlos.
2 ko'chma Katta, ulkan. Mening gunohim ignaning uchiday bo'lsa, sizlarning aybingiz tuyaday. SH.
Rashidov, Bo'rondan kuchli. Qo'rqqan oldin musht ko'tarar qabilidanmi.. har qalay, og'zidan
tuyaday-tuyaday gaplar chiqib ketdi. N. Fozilov, Diydor.
TUYAKASH O'z tuyasida kirakashlik qi-luvchi yoki kimsaning tuyasini haydovchi kishi. Tuyakashlar kashsha
qoplardagi g'allani yelkalariga chapdastlik bilan olib, bizning omborga bo'shataverdilar.
Oybek, Bolalik. [Mirkarim] Uch oy yurgach, yana tuz tashuvchi tuyakash karvonlar bilan kishi bilmas
bo'lib Toshkentga keliboldi. P. Tursun, O'qituvchi.
TUYAKASHLIK Tuyakash ishi, kasbi. Tuya-kashlik qilmoq.
TUYAMOQ kam qo'll. Yuklamoq, ortmoq. Tom boshini shuvaganda ko'rganim bor, Qopga o'tin tuyaganda
ko'rganim bor. A. Muxtor.
TUYAPAYPOQ Cho'l va adirlarda o'sadi-gan past bo'yli sershox buta. Ko'm-ko'k yapaloq barglaridan
tortib kuvacha nusxa g'uncha-larigacha tikanak.. qo'ng'ir tuyapaymoq. S. Anorboev, Yo'lda yo'ldosh
bo'lganlar.
TUYASANDIQ Katta sandiq. Kalitini Hoji bobo belbog'idagi xujraning kaliti, darvozaning
kaliti, uyning kaliti, tuya-sandiqning kaliti.. va boshqa kalitlarga qo'shib qo'ydi. G'. G'ulom.
Shum bola.
TUYATISH bot. 1 Doni yirik, yirik donli (anor, bug'doy haqida). Patnisdagi novvotrang
husayni, oq, qizil olmalar.. cho'l shamolida tars-tars yorilgan tuyatish anor-lar chiroq
shu`lasida anvoyi tovlanardi. H. G'ulom, Senga intilaman.
2 Xo'raki, mayizbop, g'ujumi yirik, du-maloq, sarg'ish-yashil uzum navi.
TUYATOVON Qumliklarda o'sadigan, o't, buta, chala buta ko'rinishidagi ko'p yillik o'simlik turi.
Qovjiragan tuyatovonning nimtatir hidi shoshqaloq kuzning omonat-ligini eslatadi.. yovshanlar,
shuvoqlar, tikanlar va tuyatovondek qumga xos o'sim-liklar bu sahroning tabiiy ko'rinishlaridan
birini tashkil qilardi. S. Ayniy, Qullar.
TUYACHI 1 ayn. tuyakash. -Kech bilan bozor-ni olib, somon sotib qaytgan tuyachining tuyasiga
ikkita-ikkita mingashib, Eshon-bozorga qarab yo'l soldik, — dedi Shum bola. G'. G'ulom, Shum
bola.
2 Tuyachilik bilan shug'ullanuvchi kishi, tuyachilik mutaxassisi.
TUYACHILIK 1 Tuyachi ishi, kasbi; tuya-kashlik.
2 Chorvachilikning tuya boqish, ularni ko'paytirish, shu asosda chorva mahsulotlari yetishtirish ishi
bilan shutullanuvchi soha-si. Tuyachilik fermasi. mm Usshyurt qora-ko'lchshshk va tuyachilik yanada
taraqqiy etadi-gan hudud hisoblanadi. Gazetadan.
TUYAQUSH Ucha olmaydigan, ammo juda tez yuguradigan, issiq mamlakatlarda (aso-san Afrikada)
yashovchi yirik qush.
TUQ maw. s. Qattiq narsalarning uri-lishidan hosil bo'ladigan bo'g'iq tovushni bildiradi.
TUQQAN 1 Tug'moq fl. sfdsh. Besh bola tuqqan xotin. mm Onangiz sizni nima uchun tuqqan? A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Tug'ishgan qarindosh, tuvg'on. Yot yegun-cha, tuqqan o'lguncha. Maqol. Tuqqan-tuq-qan topishar,
yotga balo yopishar. Maqol. mm -Zulm? — boy yelkasini qisdi va quturib baqirdi, — san
nonko'rsan, man sani tuq-qanim, jigarim, dedim: Ovqat berdim, ki-yim berdim, bu — zulm
emish. Oybek, Tan-langan asarlar.
TUG' 1 Musulmonlarning yog'och dastaga o'rnatilgan qo'tos, ho'kiz yoki ot dumidan va yarim oy
tasviridan iborat bayroqsimon belgisi (qadimdan Sharq mamlakatlarida hukmdorlik, beklik va
sh.k. belgisi \isob-langan). U ko'chaning nariyog'idagi bir avliyo-ning sog'onasi ustiga
o'rnatilgan tug'ni ko'r-di. SH. Toshmatov, Erk qushi.
2 esk. Bayroq, alam. YO biror jahongir, yurt talovchining Unutib qoldirgan mudhish tug'idir. SH.
Rahmon, Yurak qirralari.
TUG'A q. to'qa. Bismillo, deb tortti o'i-rot beliga, Yarashiqqa tilla tug'a, ayilni.
«Gulixiromon».
TUG'ALOQ Ko'p bola tug'adigan, bola-laydigan. Tug'aloq mol. mm Yomg'ir yog'aloq, echki tug'aloq..
«Qo'shikdar».
TUG'ASI kam qo'll. ayn. tug'ma 1. Tug'asi soqov. mm Qozoq bilan qadimdan qondosh, Turkman bilan
shug'asi jondosh. Mirtemir.
TUG'DIRMOQ 1 Tug'moq fl. ort. n. Bir tomonda xotin-qizlar.. qo'y sog'moqda,.. ik-kinchi tomonda
erkaklar: qullar, qarol va cho'ponlar qo'y tug'dirmoqda. S. Ayniy, Qul-lar.
2 ko'chma Yuzaga keltirmoq, paydo etmoq, yaratmoq. Ishonch tug'dirmoq. Xavf tug'dirmoq. Imkoniyat
tug'dirmoq. Fikr tug'dirmoq. Ish uchun sharoit tug'dirib bermoq. mm Bu shodu xurramlikni
tug'dirgan yana o'sha suv edi. Suv, albatta, cye.'M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
TUG'DOR 1 din. Tug'i bo'lgan, tug' o'rna-tilgan. Tug'dor mozor.
2 esk. Bayroq ko'targan kishi; bayroq-dor. Oldingda otlanar tug'doru sardor, Yolg'iz yurib
sarson bo'lmoq ne darkor. «Murodxon».
3 esk. Askariy qism, davlat va sh.k. ning bayrog'ini sakdovchi lavozimli kishi; bay-roqdor.
Amaldorlar barin chaqirib oladi, Tug'-dorlarman ko'p maslahat qiladi. «Alpomish».
TUG'DOQ shv. Tuvdoq, tuvaloq.
TUG'YON 1 Toshqin, suv toshqini.
2 ko'chma Kuchli ichki tuyg'u-kechinmalar to'lqini; zo'r g'alayon, g'ulg'ula. Shodlik tug'yo-ni. Tug'yon
qilmoq (urmoq). mm Ra'no chuqur o'ylab qoldi. Hafiza yuragida qaynayotgan hislar tug'yonini
shundoq yuzidan sezib tu-rardi. Mirmuhsin, Umid. Chag'alayday charx uradi Betinch o'ylarim, Tug'yon
ichra jim kezaman Dengiz bo'ylarin. E. Vohidov. Dilda yoshlik hissi shug'yon qiladi O'riklar
ko'pirib gullagan damda. Uyg'un. Ehshiros tug'yon urgan-
225 d-h^
da, aql chirog'i xiralashadi. T. Jalolov, Ol-tin qafas.
3 ko'chma G'alayon, isyon. Hyp va ma'rifat sari talpinganlar, haqsizlikka qarshi tug'-yon
ko'targanlar amir zindonining abadiy mahbuslari bo'lgan. Gazetadan.
TUG'ILMOQ 1 Tug'moq fl. o'zl. n. Chala tug'ilgan bola. Bir onadan tug'ilgan aka-uka. Ishchi
oilasida tug'ilgan kishi. mm Bir ona-dan alvon xil bola tug'iladi deganlaridek, Anvarning
yaratilishi og'alariga nisbatan boshqacha edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Biz tegi oltinsoylik
bo'lamiz. Men ham shu yerda tug'ilganman. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
2 ko'chma Yuzaga kelmoq, paydo bo'lmoq. Bizda bir fikr tug'ildi. Unda noto'g'ri ta-assurot
tug'ilibdi. mm Jurnalning nomi «Maorif va o'qituvchi» edi. Adolatning ko'nglida uni o'qishga
ishtiyoq tug'ildi. S. Zunnunova, Gulxan. Muttasil olib borilgan i'ganish va tadqiqotlar
natijasida gripp-ni qo'zg'atuvchi omillarni anitslash imkoniya-ti tug'ildi. «Fan va turmush».
TUG'ISHGAN 1 Tug'ishmoq fl. sfdsh.
2 Bir ota-onadan tug'ilgan. Tug'ishgan opa-singillar. Tug'ishgan aka-uka. Chin do'st tu-g'ishganing
bilan teng. Maqol. mm Bu uyda Gulnor opam uchun sochim otsarguncha xizmat qilishni istar edim.
Umvni tug'ishgan opam-dan afzal sevadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Yaqin qarindosh. Sizlar menga tug'ish-ganlarimdan ham aziz bo'lib qoldingiz! H. G'ulom,
Mash'al. Kolxozchilarning kattasiyu kichigi, erkagsho ayoli unga tug'ishganday yaqin edi. Oybek,
O.v. shabadalar.
TUG'LI Tug'i bor, tug' o'rnatilgan; tug' ko'targan. Qanchasi piyoda, botirlar otli, Nechovi
ko'targan tug'li bayroqni. «Bahrom va Gulandom».
TUG'MA 1 Kishida tug'ilishdanoq paydo bo'lgan, aslida bor bo'lgan. Tug'ma soqov. Tug'-ma oqsoq.
Tug'ma kasalliklar.
2 Tabiiy holda mavjud bo'lgan. Tug'ma minerallar. Tug'ma elemenp`shr.
3 Tug'ilishdan biror ish-faoliyat uchun yaratilgan, shunday xususiyatga ega bo'lgan. U respublikada
xumam ko'rsatgan, atoqli o'qi-tuvchi, bolalar ruhini yaxshi biladigan tug'ma pedagog. M.
Ismoiliy, Bizning roman.
Onadan tug'ma Onadan yangi tug'ilgan(day). Bu o'zgarishdan keyin onadan tug'ma bo'lib yen-gil
tortdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ham-mom o'zi shunaqa joy, hammani onadan tug'ma qilib
qo'yadi. S. Ahmad.
TUG'MOQ 1 Bo'yida, qornida bo'lgan bolani, oy-kuni yetgach, dunyoga keltirmoq. Ust-ustiga egizak
tug'moq. Xotini o'n yil mobaynida ikki qiz, bir o'g'il tug'di. mm G'a-nijonning xotini tug'may
yurib-yurib, birdaniga qo'chqorday o'g'il tug'ib berdi. A. Qahhor, Asarlar. Gulsumbibi qizini
nari itardi.. peshonasiga urib yig'ladi: -Koshki o'lsam! Koshki ajal kela qolsa!.. Kuydirding,
nega tug'dim seni?OShek, Tanlangan asarlar.
2 Bolalamoq (hayvonlar haqida). Sigir ikkita tug'ibdi. Qo'y tug'ibdi. mm Oqposh-shoning ovchi
itlaridan yana bittasi tug'ib-di — suyunchi yig'iladi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
3 shv. Tuxum qilmoq. Tavba, tovuqdan ah-moq jonivor yo'q — moyak qo'ysang, tug'adi. A. Qahhor,
Asarlar.
4 ko'chma s. t. Foyda keltirmoq; ko'pay-moq. Voy nodon odamlar!.. Bilishmaydiki, pul bolalab
turadi, indamasdan tug'adi, chaqa-loqlari ing'alamaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Ikkitani (yoki to'rttani) tug'moq s. t.
Kimsani kutib, ortiqxavotir bo'lmoq. Sen kelguncha, to'rttani tug'dim. Kun(i) tug'di Kimsaning
ko'ntlidagi ishini, xoxlagani-ni qilishi mumkin bo'lgan kun, payt, sha-roit keldi. Qor yog'ib,
chang'ichilarning kuni tug'di. mm Yoz ham o'tdi, kuz ham keldi, qishloq chorbozorchilarining kuni
tug'di. S. Abdulla, Mavlaviy Mirsidiqning ijodlari. Oy tug'di 1) yangi oy boshlandi. Oy tug'ib,
mo'l-jsi\ yaqin yetdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar; 2) yangi oy ko'rindi. Qibla betdan bir oy
tug'ib keladi, Oyning girdin to'rtta yulduz oladi. «Alpomish».
TUG'RO esk. kt. 1 Kitob yoki uning fasl-lari bosh sahifasida, satr boshida ikki-uch harf
qo'shilmasi tarzidagi bezakli yozuv.
2 map. Podshohlarning yorliq, farmon va sh.k. hujjatlar tepasiga qo'yiladigan, ularning unvon
va amallarini ko'rsatadigan bezakli harflardan iborat belgisi.
3 ayn. gerb. Xalqimiz katta davrada paxta bayramini boshlagan kuni respubli-kamizning
tug'rosida yashnab turgan shu chanoqni boshimiz uzra baland ko'tarib, ja-honga ko'z-ko'z qilamiz.
H. Nu'mon, Chanoq.
15-O'zbek tilining izohli lug'ati
226
Yurtning bayrog'i, uning tug'rosi qanchalar ezgu hurmatga sazovor bo'lsa, uning madhiyasi ham
shunchalar jarangdor. Gazetadan.
TUG'URUQ 1 Homiladorlikni yakunlay-digan murakkab fiziologik jarayon; ayolning farzand ko'rishi,
tug'ish.
2 etn. Farzand ko'rish munosabati bi-lan o'tkaziladigan marosim; beshik to'yi. Endiu.. savat-
savat kulchalar, barkashlarda oshlar, sovg'a-salom bilan, butun qoidaga muvofiq, to'ylarga,
azalarga, tug'uruqlarga borib keladi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TUG'URUQXONA Oy-kuni yaqinlashgan onalarni qabul qilib, ularga tugish pay-tida va undan
keyingi bir necha kun da-vomida tibbiy yordam ko'rsatadigan maxsus tibbiyot muassasasi.
Tug'uruqxona ospgona-sini hapglab o'tgan mo''tabar ayol o'z taqdi-ridan ko'ra ko'proq bo'lajak
farzand ishtiyoqi bilan o'rtanib yonadi. Gazetadan.
TUHMAT \a. Sm^ - ayblash, ayblov] 1 Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida o'ylab chiqarilgan
asossiz da'vo; bo'hton. Tuhmat qilmoq. Tuhmat yog'dirmoq. Tuhmat tosh yoradi, Tosh yormasa, bosh
yoradi. Maqol. mm -Nega eringga xat yozmaysan? -Voy bundan bo'lak ham tuhmat bormi? Nega xat
yozmas ekanman. A. Qahhor, Xotinlar. Uying kuygur-da ikki oy qadar ishladim. Keyin haydadi.
Boshimga qancha tuxmatlar ortdi yana. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
2 s. t. Ortiqcha tashvish, dardisar. Sho-shib turganimda, sen ham tuxmat bo'lding menga.
Xizmatga tuhmat s. t. Kimsaga xizmat, yaxshilik qilib, oxiri aybdor bo'lib qolish yoki o'ziga
tashvish, dardisar orttirish; yax-shilikka yomonlik. | Mehri:\ Dadang shu to'n-g'iz qo'pkurning
zavodida qancha yil ter to'k-di. Boy, xizmatga tuxmat qilib, dadangni uch oy qamattirdi. 3.
Said, N. Safarov, Tarixtilga kirdi. Quruqtuhmat 1) oshkor-oydin tuhmat. -To'g'risini ayshsam,
siz bu to'g'rida bir narsa bilasiz, lekin so'zlashga Shokirbekdan cho'chib turasiz! — dedi usta.
-Quruq tuhmatni qo'ying-chi! — dedi usta Farfi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar; 2) s. t. ortiqcha
tashvish, g'alva, dardisar. E, xudo-yim-yei, qanaqa quruq tuxmatga qoldim-a!S Ahmad, Hukm.
TUHMATCHI Tuhmat qiluvchi, birovlar ustidan tuhmat gaplar aytib, yozib, tarqa¬tib yuruvchi;
bo'htonchi. Tuhmatchi odam. it [Komilov:] Tanqid qilganlarni tuxmatchi, amalparast, deb
ayblagansiz va shu bilan gunohingizga gunoh qo'shgansiz. Uyg'un, Nav-bahor.
TUHMATCHILIK Tuhmatchiga xos ish, xatti-harakat. Fohishaligingni bilardim-u, tuhmatchiligingni
bilmasdim. Hay, mayli, agar erkak kishi bo'lganingda, ichak-chovog'ing-ni salla qilib qo'yardim.
S. Ahmad, Hukm.
TUHFA [ya. OaJ — sovg'a, tortiq] 1 kt. Kimsaning ko'nglini olish yoki xizmat-larini taqdirlash
uchun berilgan narsa; tortiq, sovg'a. Qimmatbaho tuhfa. Tuhfa olib bormoq. mm \ Sohibdoro:]
Qilib olam-shumul san'atni bunyod, Ketirmish sizga tuxfa usta Behzod. Uyg'un va I. Sulton,
Alisher Navoiy. Husayn Boyqaro shu sha-harni [Astrobodni].. kichik o'g'li Muzaffar-ga tuhfa
qildi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi.
2 ko'chma Ko'pchilik uchun atab tayyorlan-gan narsa; sovg'a. Maqomlarning gramplas-tinkaga yozib
olinayotgani san'atkorlari-mizning xalqqa ajoyib tuhfasidir. Gaze-tadan.
3 Tuhfa (xotin-qizlar ismi). TYULEN` [/?.] Kurakoyokdi sutemizuvchi
dengiz hayvoni.
TYUL` \fr. tulle < Tulle - Frantsiyaning Korrez departamentidagi joy nomi] Ko'-pincha guldor
qilib to'qiladigan yengil na-fis to'r. Oyna parda uchun bop tyul`. Tyul` parda. mm ..mana shu
tyul`, — deb u dera-zalarga tutilgan nafis gulli oppoq to'rni ko'rsatdi. P. Qodirov, Uch
ildiz.
TYAGACH \r. tyagat` - «tortmoq, sudramoq» fl. dan yasalgan ot] Shatakka olinuvchi yoki tirkama
mashinalarni tortish uchun bel-gilangan quvvatli avtomobil` yoki traktor. Iormat nima qilishini
bilmay, atrofiga qaradi-da, besh metrcha nariroqda turgan tyagach tagiga emakladi. I. Raqim,
Chin mu-habbat.
TO'BICHOQ shv. Chopqir, yo'rg'a (ot ha-qida). To'bichoq om. mm Maydonda minardim bu to'bichoqni,
Xafa qilma, oyim, bu qo'chchoq-ni [qo'zichoqni]. «Alpomish». Mulla Fazlid-din ertalab, podshoh
in'om qilgan to'bichoq otni mindi-da, shahar dorug'asi qabul qi-ladigan mahkamaga yo'l oldi. P.
Qodirov, Bobur.
227 du^
TO'GARAK 1 Aylana, doira shaklidagi, doiraviy. To'garak stol. To'garak oyna. mm Umida
dokladchilardan biri bo'lgani uchun prezidiumda o'tirardi. Uerga to'garak zalni kesib o'tib,
zinadan chiqib borish kerak. A. Muxtor, Chinor. Shiyponning ustunlari sakkiz qirrali bo'lib,
ostki qismi handalak shaklida to'garak qilib tarashlangan edi. S. Ayniy, Esdaliklar.
2 ot Kishilarning birgalikda ishlash, mashg'ulotlar o'tkazish, mashqqilish, bilim-hunar olish va
sh.k. umumiy maqsadlar bi-lan tuzilgan guruhi va shunday birlash-maning, uyushmaning o'zi.
Musiqa to'gara-gi. Yosh tabiatshunoslar to'garagi. To'garak shuzmoq. To'garakka qatnashmoq. mm
Ibro-himov o'zining har paishanba bo'ladigan agronomiya to'garagini shu yerga ko'chirdi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chirokutri. Jo'raxon rah-barligida havaskorlik to'garaklari, sport ishlari jonlandi.
Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi.
TO'DA \f. j2 — do'ng qilib to'plangan narsa, garam] 1 Bir yerga to'plab yoki uyib qo'yilgan
narsa; uyum, to'p, to'plam. Ax,sht to'dasi. Bir to'da parcha-parcha g'isht. Nar-salarni to'da qilib
qo'ymoq. mm Keyin uni sug'urib oldi-da, bir to'da qog'ozni oldimga tashladi. «Guldasta».
2 Bir yerga to'plangan kishilar yoki hayvon, qush va sh. k. guruhi, galasi, to'pi. Uloqchilar
to'dasi. Qushlar to'dasi. To'da bo'-lib yurmoq. To'dadan ajralgan pgo'rga tushar. Maqol. HI Arilar
to'dasi o'zini qop ichiga urdi. Bu bolalarga chindan qiziq tomosha bo'ldi. H. Nazir, So'nmas
chaqmokdar. Avaz mop hovliga mo'ralab qo'yib, eshik oldida qo'l qovushtirib turgan kishilar
to'dasiga qo'shildi. S. Siyoev, Yoruglik.
3 Biror maqsad bilan uyushgan kishilar guruxi. Nazirqul Xolxo'ja yigitlaridan xabardor edi. U
eshonning gapidan, shular to'dasiga bor, degan ma'no angladi. S. Ahmad, Hukm. Toshkentdagi
Yusufbek hoji to'dasi-dan amaliy choralar ko'rsatilib yozilgan ja-vobmaktubi olindi. A.
Qodiriy, O'tgan kun-lar. Bizning hozir o'z to'damiz bor. Agar is-tasang.. seni ham sardorimiz
huzuriga olib poraman. Mirmuhsin, Me'mor.
TO'DAKASH To'dadan chaqqonlik bilan lirilib, tez o'zadigan abjir, kuchli uloq-chi ot.
TO'DALAMOQ Bir yerga to'plab, yig'ib, uyib qo'ymoq, to'plamoq. G'isht parchalarini to'dalamoq.
Axlatni to'dalab qo'ymoq. mm Tog'da ochilgan lola, terib to'dalay deyman. Yashnab yotgan g'o'zamni
kunda bir ko'ray dey-man. «Qo'shikdar».
TO'DALASHMOQ 1 To'dalamoq fl. birg. n. Bolalar xashak to'dalashyapti.
1 Bir yerga to'planmoq. Elmurod.. o'rnidan arang turdi-da, komissiya eshigi oldida to'-dalashgan
do'stlari yoniga bordi. P. Tursun, O'qituvchi.
TO'DALOG'LIQ To'dalab, to'plab qo'yil-gan, to'plogliq. Oliya opa qo'lidagi g'ishtni to'dalog'liq butun
g'ishtlar yoniga qo'ydi-da, chelakdagi tuproqni to'kkani chuqur tomon yurdi. Gazetadan.
TO'YONA 1 etn. To'y munosabati bilan shu to'y egalariga yaqinlari tomonidan qilin-gan
(qilinadigan) pul yoki kiyim-bosh tarzidagi sovg'a. Qani, aytinglar-chi, to'yona-ga nima olib
boray? S. Ahmad, Qadrdon dalalar. To'yga to'yona bilan borish — xal-qimizning azaliy odati.
Gazetadan.
2 ko'chma Ishchi va mehnatkashlarning muhim bir voqea-xrdisa, bayram va sh.k. ga atalgan mehnat
sovg'asi. To'yga to'yona kerak, mo'l hosil to'yonamiz. R. Bobojon.
TO'Z esk. Chang, g'ubor. Ariqlar qaqragan, daraxt yaproqlari to'z, osmon — chang. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Oting izi to'zlari ko'zimga surmadirkim.. «Oq olma, qizil olma».
TO'ZIM Kishinint qiyinchilik, kul-fat, og'riq va sh.k. ga chidash qobiliyati; chidam, bardosh. To'zim
bilan o'qimoq. mm Qai-si bir sadaf siyna To'zim-la sanchib igna, Injularin birma-bir Shu
shohiga qadagan? G'. G'ulom. Salimning kutgani chiqmadi, ko'rg'on-da avvalgiday tinchlik,
jimjitlik. Bu hol uni yana ezdi. Oxiriga qadar kutishga kuch va to'zim sezmadi o'zida. Oybek,
Tanlangan asarlar.
To'zim bersin 1) chidam. bardosh bersin (tilakni bildiradi). - Sizhali shu yerda bir-ikki kun
bo'larsiz. To'zim bersin, — dedi. A. Muxtor, Chinor; 2) qoyil qolib tan olish-ni bildiradi;
barakalla, balli-ye. Qarang, bir soatga bardosh bermabsiz. Yanayam ona-larimizga to'zim bersin.
«Mushtum». Chol to'ng'illab: -Qo'y-ye, hamma senga o'xshaganlar yorilib o'laversa, lapan&pab
yuradigan semiz¬
228
larga to'zim bersin-ye, — deb hazillashib qo'yardi. D. Nuriy, Osmon ustuni. To'zim bilmas (yoki
bilmaydi) To'zib tarqamas, to'zib, yo'q bo'lib ketmaydi. Sen-ni mangu chiqaverasan, To'zim
bilmas sendagi bardosh. SH. Rahmon, Yurak qirralari. Sizning bu yaratgan mo''jiza san'at Yuz yil
to'zim bilmay turmoqligipoem. A. Oripov, Yillar armoni.
TO'ZIMLI Chidam-bardoshi kuchli. To'-zimli yigit mm Tog'lar soyasida qumurs-qasimon, Dovul
qanotida uchgan xas kabi Bo'l-sa hamki, ammo to'zimli inson, Hamma dah-shatlardan zo'rroqdir
qalbi. S. Akbariy. Sipobek ota degan bir chol meni hayratda qoldirdi... hech qanday
pardozsiz, adabiyotga shunday kirsa bo'ladigan baquvvat obraz.. turmushning o'ziday keksa,
to'zimli. N. Fo-zilov, Qush qanoti bilan.
TO'ZIMLILIK Sabr-bardoshlilik, chidamlilik. Insonning to'zimliligi. To'-zimlilik ko'rsatmoq. mm
Uning [ Qosimovning\ qiyofasi va yurish-turishiga sahro sokinligi, jonli barxanlarning
sezilar-sezilmas siljishi, teran qatlamlardan nam yuqi topib asta so'radigan chayir saksovul
to-mirlarining to'zimliligi asar qilganga o'xshardi. A. Muxtor, Davr mening taqdi-rimda.
TO'ZIMOQ ain. to'zmoq. Eshik ochilib, shamolda qo/ozlar patday to'zidi. Kengash-liuy to'zimas.
Maqol. mm Ularning yuz-ko'zla-ri chang, ranglari zahil, sochlari to'zigan edi. I. Rahim, Chin
muhabbat. Yo'ldoshboyuch-to'rt haftadan beri ichki kiyimini yechmagan, ko'ylagi terda qotib
ketgan, to'ni bilan etigi to'zibqolgan edi. H. Nu'mon va A. Sho-rahmedov, Ota. Bu xabar
birpasda butun ar-shi a`loga tarqaldi. Farishtalar, uyasi bu-zilgan ariday, to'zidi. A.
Qahxrr, Qo'shchi-nor chirokdari.
TO'ZIMSIZ To'zimi-bardoshi yo'q; chi-damsiz, bardoshsiz. To'zimsiz odam.
TO'ZIMSIZLANMOQ kam qo'll. Sabr-toqati chidamaslik; toqatsizlanmoq. ..sizdek og'aynilarga
ko'maklashmasam bo'ladimi! — dedi haligi yigshp va pgo'zimsizlandi: -Qani, ildamroq yuringlar!
A. Qodiriy, Ulokda.
TO'ZIMSIZLIK To'zimsiz holat, xu-susiyat. To'zimsizlik qilmoq. To'zimsizlik ko'rsatmoq.
To'zimsizlik bilan kupgmoq. mm Bu gal [hoji] O'zbek oyimning o'sha eski ashulasini orshiqcha bir
sho'zimsizlik orasi-da kutar edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TO'ZIQ Har yon sochilgan, to'zigan ho-latli, xrldagi. To'ziq xas-xushlarni supurib, bir yerga
to'plamoq. mm Bari bir, rahbar og'iz-ga yaqin bo'ladi. Qancha kamtar bo'lsang ham, ko'pning
ogzida bo'lasan. Katta bo'ldingmi, tuprog'ing to'ziq bo'ladi, azizim. SH. Rashi-dov, Bo'rondan
kuchli.
2 ko'chma Sochiq, sochilgan, bo'lingan; pa-rishon. Uning xayoli to'ziq.
3 Betartib yoyilgan, to'zigan, to'zg'oq, paxmoq. Qiz tol tagidan chiqib yugurgancha, o'zini suvga
otdi. Nizomjon uning orqasi-dan oppoq boldirlarini savalagan to'ziq sochlarini ko'rib qoldi.
S. Ahmad, Ufq.
4 Eskirgan, titilib ketgan. Hujraning burchagida Shoqosimning uvada choponi, to'ziq ko'rpa-
yostig'i uyilgan. Oybek, Tanlangan asarlar. Gulnor ko'cha eshigidan hovlisiga kirarkan.. shipi,
devorlari to'ziq ayvonga paranjisini otdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TO'ZMOQ 1 To'zondek xar yon sochilmoq, uchmoq, to'zg'imoq. Par to'zib ketdi. mm Jimjimador
yaproqlaring Sarg'ayib band uzmoqda. Bevatanday shamol bilan Yerda izg'ib to'zmoqda. T. To'la.
2 ko'chma Har yonga tarqalmoq, tarqalib. sochilib ketmoq, parokanda bo'lmoq. Qo'ylar bo'ri
tekkanday to'zdi. mm She'r anjumani to'zdi, uyat so'z aralashdi. S. Abdulla, Mav-lono Muqimiy.
3 ko'chma Tarqamoq; tarqab, bo'linib yo'q bo'lmoq. Umr o'zadi. husn to'zadi. Maqol. Gavhar
xayollari to'zib, Tal'atga o'girilib qaradi. O'. Hoshimov, Qalbingg'a quloqsol. Nahot shunday
oson bo'lsa bu dunyoning to'zmo-g'i. T. To'la.
4 Betartib yoyilmoq, to'zg'imoq, paxmay-moq. Silliq qilib taralgan, ko'p diqqat va mehnat sarf
qilinib o'rilgan sochlar to'z-gan, sochilgan. A. Qahxrr, Sarob.
5 Eskirib, titilib ishdan chiqmoq. Ken-gash qilgan el ozmas, Keng bichilgan to'n to'z-mas.
Maqol. mm Menga ovqat beradi, kiyi-mim juda to'zsa, kiyim qilib beradi. Oy-bek, Tanlangan
asarlar.
6 ko'chma kam qo'll. O'zini oldirmoq, xa-zon bo'lmoq, so'lmoq. Xo'jayin aytgancha, «uzilmagan gul»
bo'lmasa ham, ruhi, qalbi bu
2*
chirkin bo'g'iq muhitda so'nmagan, to'zmagan ko'rinadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TO'ZON 1 Havoga ko'tarilgan (to'zgan) xas-xush va b. mayda narsalar aralash chang. Daryo qurisa
ham, o'zani qolar, Bo'ron bosilsa ham, to'zoni qolar. S. Akbariy. Mashinalar ketidan
ko'tarilgan to'zon kun tigida, osmonda bir zum kezib, keyin paxtazorga yopiriladi. A.
Muhiddin, Terimchilar.
2 Narsa betiga, sathiga qo'ngan, ingan shunday narsa; gard-g'ubor, chang. Nikolin uning to'zon
bosgan yelkasiga og'alarcha qo'lini qo'yib: -Rahmat, Bektemir, — depti. Oy-bek, Quyosh qoraymas.
O'choq boshida qumg'on sharaqlab qaynab, cho'g'ustiga to'kildi, bug'va kul to'zoni ko'tarildi. A.
Muxtor, Opa-sin-gillar. Tegirmon yo'lagi un to'zoni ichiga ko'milib, kech kuzning quyuq tumanli
havosi manzarasini beradi. A. Qodiriy, Obid ket-mon.
To'zon bo'lmoq Vayron-tolqon bo'lmoq, chang-to'zonga aylanmoq. Tong otganda, dunyo to'zon bo'ladi,
Har tarafdan devlar oshib keladi. «Shirin bilan Shakar». To'zon qil-moq Vayron-tolqon qilmoq,
chang-to'zonta aylantirmoq. Kelsa, mamlakatni to'zon qi-ladi, Ishqirib damiga tortib oladi.
«Rus-tamxon».
TO'ZONLI To'zon qoplagan, to'zon ko'-tarilgan. To'zonli bo'ron. mm Inshiladi to'-zonli yo'lga —
Yurayotgan saflarga qarab. E. Rahim, Yangi qadam. Nay navosi dam barglar-da o'ynagan bahor
yeli, dam uzoqdan momaqal-diroq nafasi kabi, to'zonli shom havosini lim-lim to'ydirgan.. A.
Muxtor, Chinor.
TO'ZG'IMOQ ayn. to'zmoq 1, 2, 4, 5. Xazon to'zg'ib ketdi. mm Chorak soatdan keyin shov-qin
ko'tarilib, maslahat majlisi to'zg'ib ketdi. A. Muxtor, Chinor. Nizomjon uning [Dildorning]
to'zg'igan qop-qora sochlarini, marmardek oppoq bilaklarini xayoldan ket-kizolmasdi. S. Ahmad,
Ufq. Qish-yoz oyog'ida og'ir sag'ri kafsh. Mahsi ham ming yamoq, bo-shida kir, to'zg'igan salla.
Oybek, Tanlan-gan asarlar.
TO'ZG'IN 1 ayn. to'ziq. Iskandaro asabiy va to'zg'in xayollar quchog'ida sukut etar edi. Oybek,
Hyp qidirib.
2 ko'chma Ozib-to'zgan, o'zini oldirgan, ozg'in. Qo'sh qulog'idagi juldur ishtonli qa-rolning
qovurg'alari ham ho'kizniki singari urib chiqqan, u ham ozg'in-to'zgin edi. M. Is-moiliy,
Farg'ona t. o.
TO'ZG'OQ I To'zg'igan, to'ziq, to'zg'in. Zar-ralar to'zg'oq holda bo'lsa, quruq tuproq deyiladi. M.
Bahodirov, Tuproqshunoslik-dan amaliy mashg'ulotlar. Uning to'zg'oq soch-lari, oppoq badani..
ochilib-sochilib turadi. U. Ismoilov, Saylanma.
TO'ZG'OQ II Lux, qamish va sh.k. o'sim-liklarning to'zg'uvchan parsimon popugi, hosili. Qoqio't
to'zg'og'i. mm Qaysi biruzun-quloq orqali bu gap qamish to'zg'og'iday ta-ralib ketdi. H. Nazir,
O'tlar tutashganda.
TO'Y 1 etn. Uylanish, turmushga chiqish, xatna qilish va b. munosabatlar bilan ziyo-fat berib,
bazm-tomoshalar bilan o'tkazila-digan xalq marosimlarining umumiy nomi. Nikoh to'yi. O'g'il
(xatna, sunnat) to'yi. Be-shik to'yi. To'y qilmoq. Ma'raka — mardni-ki, sho'y — xalqniki. Maqol.
Maqtanganning uyiga bor, Kerilganntg to'yiga bor. Maqol. mm Homidvoy bo'lsa, bugun
unashsalaring, er-taga to'yni boshlaymiz, deydi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Kechagi dam olish
kuni Rashid-ningto'yi bo'ldi. Shuhrat, Shinelli yillar. [Rohila:] Ha! Ko'zim ochiqligida
qizimning to'yini ko'ray, deb o'zimni o'ylabman-u, bu to'ydan keyin Nasiba nima bo'lishini o'y-
lamabman. A. Qahhor, Og'riqtishlar. Qo'qon-liklar taomshshda nikoh to'yi kelinnikida o'tadi. K.
Yashin, Hamza. Matyoqub qallig'i [ta'tilda] kelishi bilanoq to'yni boshla-moqchi. J. Sharipov,
Xorazm.
2 etn. Qudalar o'rtasidagi kelishuvga mu-vofiq, kuyov tomondan qiz tomonga berila-digan pul,
sarpo, masalliqva sh. k. majmui. To'y uchun kuyov shomonidan o'n besh arava yuk yuborilgan. Har bir
aravada boshqa-boshqa mollar va buyumlar. Oybek, Tanlangan asar-lar. Mirzakarimboy qichqirdi:
-Mulla Abdi-shukur, ertaga ojizamizga to'y keladi, mar-hamat qiling, durustmi ? Oybek,
Tanlangan asarlar.
3 etn. Shu narsalar yuborilishi munosa-bati bilan kuyov xonadonida, kelishi muno-sabati bilan
qiz xonadonida o'tkaziladi-gan marosim. Yakshanba kuni ham to'y, ham nikoh. mm [ Kutidorning]
Bitta juvon qizi bor-ku, muncha to'yni boshqa, nikohni boshqa qilamiz, deganiga hayronman. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
230
To'y bermoq 1) qudalar o'rtasidagi keli-shuvga muvofiq belgilangan pul, sarpo, masalliq va b.
ni kelin tomonga yubormoq; 2) yurtga osh, ziyofat bermoq. Qirq kecha-kun-duz elga to'y berib,
qirq kundan so'ng to'yi oxir bo'lgandi. «Shirin bilan Shakar».
4 Biror voqea-hodisaga bag'ishlab ziyo-fat va o'yin-kulgilar bilan o'tkaziladigan tantanalar.
Hovli to'yi. Hosil to'yi. mm Bu-gun maktab o'zining birinchi katta to'yiga, to'ng'ich o'g'illarini
mamlakatga taqdim qi-lish tantanasiga tayyorlanayotir. P. Tursun, Uqituvchi. Vodokachkaning
ochilish marosimi katta to'yga, kattakon sayilga ailanib ketdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor
chiroqlari.
Ko'pga kelgan to'y Ko'pchilikning boshiga tushgan ish, tashvish va sh. k. haqida ayti-ladigan ibora.
-Ota, — dedi Salim jerkib,
— bu narsa ko'pga kelgan to'y, o'g'lingiz nihoya-ti bir necha oy ishlab qaytadi. Nimasiga
qayg'urasiz? Uzoq yurtlarni ko'rib keladi. Oybek, Tanlangan asarlar. To'ydan keyin nog'ora q.
nog'ora. Uy-uyiga — taka (yoki tepa) to'yiga Odatda, bolalar kechki payt o'yin-dan charchab
tarqalayotganda aytiladigan ibora. Nachal`nik [boshliq] yotib qoldi, endi uy-uyiga — taka
to'yiga. A. Muxtor, Opa-singillar.
TO'YBOSHI To'yga boshchilik qiluvchi shaxs. Qishloqda to'y bo'lsa, u [To'lamat], al-batta, to'yboshi,
yigitlar to'piga qo'shilsa
— jo'raboshi. S. Anorboev, Oqsoy. U to'y-boshilarga oldindan uqtirib qo'ygan edi: - Tap-mud
buzilmasin, har toifani o'z vaqtida, o'z yeriga o'tqazish, o'ziga yarasha kutish kerak. Oybek,
Tanlangan asarlar.
TO'YGARCHILIK 1 To'y-hasham ko'p bo'la-digan, to'ylar yurishgan payt, shu paytlar-dagi to'ylar.
Professional masxaraboz va qiziqchilarning aksariyati to'ygarchilik kam-roq paytlarda
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug'ullangan. M. Qo dirov, O'zbek xalq
og'zaki dramasi.
2 ayn. to'ychilik.
TO'YDIRMOQ 1 To'ymoqfl. ort. n. Yerni suvga to'ydirmoq. G'o'zalarni to'ydirib su-g'ormoq. Ko'pchilik
bir mushtdan ursa, o'ldi-radi, bir burdadan bersa, to'ydiradi. Maqol. mm \Yo'lchi:\ Ukam
ishlaydi. Lekin yosh bola xo'jayinnikida o'z qornini to'ydirsa, bunga ham xursandman. Oybek,
Tanlangan asarlar. Uning [Musulmonqulning] istibdodi o'zga shaharlarda uncha sezilmasa ham,
ammo mar-kaz — Qo'qon odamlarini juda to'ydirdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 ko'chma Yegulik, ichgulik bilan ta'min-lamoq; boqmoq. Shu bog'dan kelgan daromad oilamizni
to'ydiradi. mm Abdurahmon boy to'g'onimizni buzdi. Ko'tarmani ko'tartirib, to'ydirib turgan
arig'imizni quritdi. N. Safarov, Ko'rgan-kechirganlarim.
TO'YIMLI Qorinni yaxshi to'ydira-digan, to'q tutadigan; kerakli vitamin va sh.k. ga ega (boy).
To'ysh`sh ovqat. To'yimli yem-xashak. To'yimli ozuqa. mm Inson iste'mol qiladigan oziq-ovqatlar
orasida eng laz-zatli, to'yimli va shifobaxshi — asal. «Fan va turmush». Oq saksovul, ayniqsa,
uningurug'i qo'y-echkilar uchun to'yimli ozuqa. «Fan va turmush».
TO'YIMLILIK To'ydirish va to'q tu-tish xususiyati. Ovqatning to'yimliligi. Ozuqaning
to'yimliligini oshirmoq. mm Non o'zining a'lo darajada to'yimliligi, tksak ta'mi bilan jahonda
juda qadrlanadi. Gazetadan.
TO'YINMOQ 1 Obdan to'ymoq. Bu to'g'-rida qat'iyatsiz, mujmal javoblar berish-dan.. to'yingan
Ra'no Anvardan ko'z olmay turar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 maxs. Yetarli miqdorda o'ziga olmoq, singdirmoq. Bug'ga to'yingan havo. To'yingan bug'.
To'yingan eritma.
TUYINCHILIK Yeydigan, oziklanadi-gan narsalar mo'l holat, to'yib yeb-oziklana-digan sharoit
mavjudligi (mol-hayvonlar-ga nisbatan). Dalada mol to'yinchiligi bosh-langan. H. Nu'mon,
Fasllar.
TO'YLAMOQ shv. 1 To'ylarda mehmon bo'l-moq, to'yma-to'y yurmoq. To'ylagani kelgan meh-monlar. mm
Suxsur uchar soy bo'ylab, Urtog'im kelar to'ylab, Ertaga kelar chog'i, Va'dani beray o'ylab.
«Qo'shiqlar».
2 To'y bilan muborakbod qilmoq. Er-kaklar qo'y, tana yetaklab to'yladi. T. Mu-rod, Ot kishnagan
oqshom.
3 (asosan ravishdosh shaklida — to'ylab) To'y qilib. Qabul qshsang, qizim to'shab be-rayin.
«Baxrom va Gulandom». Qizin to'ylab, nikoh qilib olganman. «Murodxon».
TO'YLI To'yi bo'lgan, to'y qilayotgan, o'tkazayotgan. To'ylining to'yi o'tdi, To'ysiz-ning kuni o'tdi.
Maqol. mm O'zbek oyim ara-lashgan to'yli xotinlarning ko'ngillarida¬
231
gi orzu-havaslari ham erlari tomonidan kamchiliksiz bajarilar.. edi. A. Qodiriy, Utgan
kunlar. Qo'ralari qo'yli, uylari to'yli. Fuqarosin ko'ngli Tangritog' bo'yli. Gaze-tadan.
TO'YLIK To'y uchun zarur bo'lgan nar-salar. [Qozi Qodirqulga:] Beshik ketdi bo'l-gandan buyoq har
yil rasm-rusumlarini qili-shib, yaqin vaqtlarda to'yligini ham berib qo'yibdi.. Hamza, Boy ila
xizmatchi.
TO'YLOVCHI shv. To'yta tashrif buyuruv-chi, to'y bilan muborakbod qiluvchi. To'ylov-chilar atagan
sovg'a-salomlarini ro'molga tashlashdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom. To'ylovchi ayollar sochqilar
sochdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
TO'YMAGUR haqr. Boriga, berganga qa-noat hosil qilmaydigan shaxsga nisbatan qo'llanadi.
To'ymagur direktor yana teri so'-ratibdi. S. Ahmad, Yulduz.
TO'YMOQ 1 Yeyish, ichishga bo'lgan tala-bi qonmoq, qonib yemoq, ichmoq, ovqatga, suvga qonmoq. Yeb
to'ymagan, yalab to'ymas Maqol. Qo'l bilan berganga qush to'ymas. Ma-qol. Suq to'ymas, o'g'ri
boyimas. Maqol. mm Anvar Nigor oyimga rahmat aytib, to'y-ganini so'zladi va qo'l artar ekan,
chaqaloqqa gap kotdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Kambag'al xalq'o'lib-tirilib mehnat qshyu-
di-ku, qorni to'ymaydi, egni butun bo'lmay-di. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Suv, ozuqaga to'yinmoq (yer va o'sim-liklar haqida). G'o'zalar suvga to'ydi. Yer to'y-maguncha,
el to'ymas. Maqol. HI Qor suviga to'ygan yer xamirdek yumshoq edi. S. A\mad, Ufq. Xalqning yer
to'ysa, el to'yadi, degan naqlida hikmat ko'p. Gazetadan.
3 ko'chma Rohatlanib miriqmoq. Uykuga to'ymoq. Diydoriga to'ymoq. To'yib suhbat-lashmoq.
Iiqilgan kurashga to'ymas. Maqol. mm U \Elmurod\ har gal bu yo'ldan yurganda, uzoq-uzoqlarga
tikilib, sira to'ymasdi. P. Tursun, O'qituvchi. To'pa xola o'zini shuncha tetik tutgisi, horigan
ko'zlarini ochgisi, tabiatga to'yib boqqisi keladi, ammo dar-moni yo'q. I. Rahim, Ixlos. Keng
hovlining husniga xol bo'lib turgan atirgullar yaqin kunlarda ochilib, to'yib bo'lmaydigan
jamo-lini namoyon qiladi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. To'yib-to'yib luyxjiiiK, beboshlik,
«jin-nilik» qilsang, vodiyni boshingga ko'tarib qahqaha ursang. F. Musajonov, Himmat.
4 ko'chma Chidab, toqat qilib charchamoq, toqati toq, bezorijon bo'lmoq. Aql, insof bilan ish
qila-qila, endi juda to'ydik. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Menxam to'ydim bu xo'rlik, bu
haqoratdan! M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o. Qishloq xalqi Sarijo'ja suvining toshqinidan juda
to'ygan ekan. «O'zbekiston qo'riqlari».
Jondan to'ymoq q. jon 3. Ko'ngli to'lmoq q. ko'ngil. Yeganingiz oldingizda, yemaganingiz
ketingizda, bu ko'rganingizga ko'nglingiz to'l-masa, hali yoshsiz, o'qing! A. Qahhor, Og'riq
tishlar.
TO'YPARAST To'yto'ylashni, to'yma-to'y yurishni yaxshi ko'radigan. To'yparast odam. mm Boshqa uylarda
qarindosh-urug'lar va nikohni poylab yotgan to'yparast, daydi, turli xotinlar bor edi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
TO'YXAT 1 To'yga taklif qilib yozilgan qog'oz, to'y taklifnomasi.
2 To'y, bayram munosabati bilan yozilgan tabriknoma.
TO'YXONA To'y bo'layotgan uy, joy. Afan-di ustida eski choponi bilan to'yxonaga ki-rib qolgan
edi. «Latifalar». To'yxonani qiy-qiriq bosdi. Bo'z yigitlar sabrini yo'qotib, o'tirgan
yerlarida selkillab tushdilar, qiz chirpirak bo'lib, lapar to'lqiniga aylana boshladi. S. Siyoev,
Avaz.
TO'ICHI 1 To'yta kelgan mehmon, to'y qat-nashchisi. To'y tarqadi, qizni nikoh qildi. Avazxon
yigitlari bilan to'ychilar ham qaytdi. «Bo'tako'z».
2 To'y qiluvchi kishi, to'y egasi. Agar hozirlik ko'rmay shaharni kutsak, shaxardan yordam chiqa
bermasa, xuddi to'yonaga ishonib, qo'y olmagan to'ychi kabi, to'y qozonini to'n-karishga majbur
bo'lamiz. A. Qodiriy, Obid ketmon.
3 To'ychi (erkaklar ismi). TO'YCHILIK To'ydagi o'ziga xos tartib,
muomala-munosabatlar. To'ychilik, aylanay, hech kimdan gina qilib bo'lmaydi. mm -Ha,
to'ychilik-da. Og'zimiz chuchib qolsin! — kuli-shishdi yigitshr. Oybek, Tanlangan asarlar.
TO'YCHIQ Kichkina to'y, to'ycha.
TO'Y-HASHAM Turli to'y marosimlari. Meniyam orzu-havaslarim bor, to'y-hasham ko'rmoqchiman. Oybek,
O. v. shabadalar. Bazm-larda, o'tirishlarda, to'y-hashamda xonan-
damp Ogahiydan bir g'azal o'qisa, Avazdan bir g'azaya o'qirdi. S. Siyoev, Avaz.
TO'KIB-SOCHIB 1 To'kmoqfl. rvdsh. To'-kib-sochib un qoplamoq.
2 ko'chma kam qo'll. Mo'l-ko'l qilib, to'-kin-sochin. [Olaxo'ja] To'ydan ilgari sha-yinladi: -Do'st-
dushman — hammasini ay-tinglar, to'kib-sochib yediringlar! Ola-xo'janing osh-suvini yurtdan
ayamaydigan kishi ekanini bilib qo'ysin bu xalq! P. Tur-sun, O'qituvchi.
TO'KILMOQ 1 To'kmoq fl. o'zl. va majh. n. Dasturxonga choy to'kildi. Krplardan bug'-doy
to'kilyapti. Qatiq to'kilgan yerda yuqi qolar. Maqol. To'kilsa manglay shering — unumli bo'lur
yering. Maqol. mm Qo'shoq, ot tagiga to'kilgan bedalarni bir quchoq qi-lib supurib olib keldi.
H. Shams, Dushman. Saldov deb nechaning qaddi bukildi, Yer tish-lab, ko'ksiga yoshi to'kildi.
G'ayratiy. Bu majlisdan keyin men bir necha vaqt Otabek va yo'ldoshlarining qonlari
to'kilmasin, deb bu gapni ichimga solib yurdim. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Shag'al to'ki,kan yo'l
bo'yida boshiga guldor soyabon tutib.. Gavhar tu-rardi. S. Siyoev, Yorug'lik.
2 Bo'shab, uvalanib duv tushmoq. Endi zax ariqlar paydo bo'lib, hamma yoqni qamish bo-sib
ketibdi: paxsa devorlarning osti sho'ra-labto'kilyapti. S. Nurov, Narvon.
Bir tuki to'kilsa.. Salgina zarar-ziyon yetkazilsa, jabr qilinsa. Xavotir olmang, ul
janobning bir tuki to'kilsa, men ja-vobgar. M. Osim, Ibn Sino qissasi. Ohori to'kilmagan q.
ohor 2. Tutday to'kilmoq q. tut. To'kilib (yoki to'kilay deb) turmoq Puturdan ketmoq; qulay,
o'lay deb turmoq (arang tur-gan, sharti ketib, parti qolgan narsalar, odamlar haqida). Otash
dukchining otasidan qolgan bo'g'ot tomli pastak uyning bir chekkasi cho'kkan, qiyshayib to'kilib
turar edi. Oybek, Ulug' yo'l. Feruz to'kilay deb tur-gan pastak uyga imo qilib kuladi: -Kun-
jaging xaroba-ku, Mamajon. S. Siyoev, Yorug'-lik. Sho'riga sho'rva to'kilmoq q. sho'r II. Yuragi
to'kilib (yoki to'kilay deb) turibdi Dili og'rib, ezilib turibdi, yuragi to'lib, to'li-qib, o'zini
arang tutib turibdi. G'ulom-jonning to'kilib turgan yuragiga qiz il-tifoti madad berdi. M.
Ismoiliy, Farg'o-na t. o. Qirovi to'kilmagan q. qirov II.
TO'KIN Noz-ne'matlarga boy, mo'l-ko'l, ma'mur. Qovun-uzumning to'kin vaqti. Ziyo-fat to'kin edi.
mm Umurzoq aka aziz meh-monni farg'onaliklarga xos saxiylik va ochiq yuz bilan qarshi oldi,
to'kin dasturxon yozil-gan uyning to'riga o'tqazdi. H. Nazir, So'n-mas chaqmokdar. To'kin kuzda
tug'ilgan far-zandning peshonasi yarqiroq bo'ladi. «Saodat».
TO'KINDI 1 To'kib tashlangan yoki tash-lanadigan qoldiq narsa. To'kindilarni o'raga tashlamoq.
2 To'kilib, tushib qolgan narsa. To'kindi, parcha-parcha paxtalarni yig'ib.. dalaga jo'-naydi.
Oybek, O.v. shabadalar.
TO'KINLIK To'kin, ma'mur holatlilik. \ozirgi ma'mur hayotimiz, to'kinlik — ham-masi paxtadan..
X. Axrorova, O'zimizning Tursunoy. Har yonda to'kinlik — Kuzdan ni-shona. A. Oripov, Yurtim
shamoli.
TO'KIN-SOCHIN Juda to'kin, mo'l-ko'l. To'kin-sochin dasturxon. mm Men bog'daman, atrofimda to'kin-
sochin yo'z, Ishkomlarda tov-lanadi qora ko'z charos. E. Oxunova. Bu yilgi bulutsiz iliq
kunlar, yashil yaproqlar, to'kin-sochin mevalar mavsumining g'animat bir qis-mi qolgani yurakni
allanechuk suyuntiradi. P. Qodirov, Uch ildiz.
TO'KINCHILIK Noz-ne'matlarningto'-kinligi, serobligi; mo'l-ko'lchilik. Biz Toshkentdagi Oloy
bozoriga juda zrta keldik.. Chinakam ma'murchilik, to'kinchilik-ni shu yerda ko'rish mumkin.
Gazetadan.
TO'KIS 1 Har jihatdan ta'minlangan, mukammal, kamchiligi yo'q; bekam-ko'st. To'kis ro'zg'or. mm
Toshkenshda manday to'kis kelin bormikan? Hamma narsa joyida. Oybek, Tan-langan asarlar. -
Xusni, odobi to'kis ekan, — kesatdi Anorxon. Oybek, O.v. shabadalar.
Har to'kisda bir ayb Kamchiligi, nuqso-ni yo'q odam bo'lmaydi. «Har to'kisda bir ayb» deganday,
uncha-buncha kamchiligimiz bor.. «Mushtum».
2 Savlatli, keng-mo'l (kiyim haqida). To'-kis kostyum.
TO'KISLIK To'kis holatga egalik. Das-turxonning to'kisligi. Kiyimning to'kisligi.
TO'KMA etn. Ulfatlar o'rtaga to'kkan mablag' va masalliq hisobiga, odatda, qish kunlarida
o'tkaziladigan o'tirish. Bizning shahar, qishloqlarimizda qish kirishi bilan yosh-yalanglar, har kim
o'z to'pi bilan «to'kma» boshashar.. edi. M. Muhammadjonov, Turmush
233
urinishlari. Bir tengdoshimnikiga boruvdim. U bizning jo'raboshimiz, haftalik to'kma-miz bor
edi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
TO'KMOQ 1 Suyuq yoki sochiluvchan nar-salarni idishdan tushirmoq, sochilishiga yo'l qo'ymoq. Sho'rvani
to'kmasdan oyaib kel. Oshni to'kmasdan ye! Shakarning yarmini yo'lda to'kib kelibsan.
2 Duv tushirmoq, tashlamoq. G'o'zalarning bargini to'kmoq. mm Keksa o'rik daraxtlari paxsa
devorlarni qo'ltiqlab olganday, gul-larshi ko'chaga to'kib yotardi. A. Muxtor, Opa-singillar.
Men chiqdim-u, bodom shoxidan To'da qushlar gurr eshib ketdi. Tagdo'zi do'ppili bodomning
Gullarini duv to'kib ketdi. T. To'la.
3 Ag'darib bo'shatmoq, ag'darmoq. Bola sut-ni to'kib yubordi. Grafindagi suvni to'kib tashladim.
mm O'zbek oyim burchakda bola ko'tarib o'tirgan Zaynabdan chaqayuqni olib, uni jomni to'kib
kelishga buyurdi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. [Ayol\ Paxtasini kel-tirib, xirmondagi eng katta
to'pga to'ka boshladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
4 ko'chma Oqizmoq, oqizishga majbur et-moq (ko'z yoshi, qon, ter haqida). Ko'z yoshi to'k-moq. Ter
sho'kmasa — er emas, Qo'l tegmasa — yer emas. Maqol. ¦¦ Xon qurolsiz xalqning qonini to'kib,
zo'rlik bilan isyonni bostir-di. J. Sharipov, Xorazm.
5 ko'chma Yog'dirmoq, sochmoq (yog'du, nur va sh.k. haqida). To'lin oy sutdek yog'dusini mak-tab
sahni va tom tunukalariga ayovsiz to'-kar, bulbul esa hamon tinmay sayrar edi. P. Tursun,
O'qituvchi. Rahmat, singlim, shu so'z, shu bo'sa, Shu guldasta baridan afzal. Mehr mayingdan
tutding lim kosa, Go'yo to'kding boshim uzra zar. YO. Mirzo.
6 ko'chma Dildagi bor narsani, bor-yo'-g'ini aytmoq, dildagini aytib, yurakni bo'-shatmoq.
[Xayrinisa] Bir zum jag'i tinmas, ichida yig'ilganlarni birovga to'kmasa tin-chimas edi. Oybek,
Ulug' yo'l. [Qurbon:] Biz yurakdagi dardimizni bir to'kay deb kelsa-gu, bergan javobing bu
bo'lsa! Rahmat senga! O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim. Uzbek oyim o'g'lining
«o'lganning ustiga chiqib tepish» qabilidan bo'lgan bu xarakatidan tutuni ko'kka chiqib, borliq
qahr-g'azabini eri ustiga to'kadi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Nizomjon chidamadi. Yuragida
to'lib-toshgan gaplarni uzil-kesil to'kib solmoqchi bo'lib, qizni imab, yana dala-ga qarab
ketdi. S. Ahmad, Ufq.
Obro'iini to'kmoq q. obro'(y) 1. Ohorini to'kmoq q. ohor 2. Savlat to'kmoq q. savlat 1. Ter
to'kmoq q. ter. Qo'r to'kmoq q. qo'r.
TO'L shv. Qo'ylarning tug'ish, bolalash mavsumi; qo'zilash; qo'zilatish. Kelasi to'l-da men ham
qo'zini hozirgidan ko'proq olishga so'zberaman. P. Krdirov, Qora ko'zlar. Erta-ga yeydiganini
bugun bersa, ayni to'l vaqtiga borib, omborlar shipshiydam bo'ladi. Unda qo'ylar tuproq
yalaydimi? S. Anorboev, Oq-soy.
TO'LA 1 Butun hajmi, sig'imi egallan-gan, band bo'lgan. To'la qop. To'la zal. To'la bir chelak
suv. Ko'cha to'la odam. mm Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva to'la patnis qo'yildi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
2 ko'chma His-tuyg'u, kuch-quvvat va sh.k. ga to'lgan, toshgan. Quvonch to'la ko'zlar. mm El-murod
uning ro'parasiga keldi va zahar to'la ovoz bilan so'radi. P. Tursun, O'qituvchi.
Sarpardalardan jon olgich dard-alam to'la bir kuy oqa boshladi. K. Yashin, Hamza. Ahmad endi
o'zini ota hisoblar va bu totli holdan yuragi g'ururga to'la edi. F. Musajonov, Him-mat. To'rt
tomonning hammasi bahor nafo-satiga to'la. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
3 Yetishmagan yeri, qismi, kam-ko'sti yo'q; mukammal, raso, to'liq, but. To'la ish kuni.
Asboblarning to'la komplekti. Gapning to'la mazmuni. To'la javob. To'la ishonch. Imkoni-yatlardan
to'la foydalanmoq. To'la qurol-sizlanish. To'la joriy etmoq. Fikringizga to'la qo'shilaman. mm
Tursunoy ko'zini hali to'la ochgani yo'q edi, uzun kipriklari xira ko'zlarini to'sib turardi. A.
Muxtor, Opa-singillar. Shokir otaning uyida yashay bosh-lagach, Unsin hamma voqeani — akasi
bilan Gulnorning sevgi ertagini kampirdan to'la eshitdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Uning
moyi qo'y va qoramolning moyiga nisbatan tez eriydi va to'la hazm bo'ladi. «Fan va turmush».
4 Jussasi yoki biror a'zosi bo'liq et-li, semiz. To'la odam. mm O'rta bo'yli, to'la, lekin keng
yuzining go'shtlari sarg'ayib, sal-qib tushgan, ellik sakkiz yoshlarda bo'lgan kasalnamo xotin
asta-sekin yurib kelaver-di. Oybek, Tanlangan asarlar. To'rdagi kich-kina eshik ochilib,
ichkaridan sho'la yuzli.. beliga qilich osgan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi ko'rindi. A.
Qodiriy, O'tgan kun¬
234
lar. To'la, qip-qizsh mag'izdek ayol bir hafta-da cho'pdek bo'lib qolgan edi. O'. Umarbekov, Yoz
yomg'iri.
5 To'la (erkaklar ismi).
TO'LALIK To'la holat. Idishning to'la-ligi. U sizdan to'lsishk qiladi. mm [Zaynab] Ilgarigi
to'laligining yarmisini yo'qotgan-dek, tusiga qarimsiqlik kirgan. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TO'LAMOQ 1 Olingan, xarid qilingan, foydalanilgan va sh. k. narsalar evaziga tegishli
miqdorda pul, xdq bermoq. Kassaga naqd pul to'lab, narsa olmoq. Kira haqi to'lamoq. Arzon
to'lamoq. mm Bu narsalarin-giz menda garov turadi, qachonki pul top-sangiz, mening yarog' uchun
to'lagan pulimni berib, narsalaringizni olasizlar. S. Ayniy, Qullar.
2 Olingan pulni, qarzni qaytarmoq, uzmoq; zimmasidagi pul, to'lov majburiya-tini ado etmoq.
Soliq to'lamoq. Badal to'-lamoq. Jarima to'lamoq. mm Bugun qarz-laringni to'laysanlar — men
tinch, senlar tinch. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 Yetkazilgan zararning muzdini bermoq, o'rnini to'ldirmoq. Tovon sho'lamoq. Xun to'-lamoq. v -
Voy, [qo'g'irchog'im] kasal bo'lib qolibdi, to'lab berasan, — dedi Muhayyo Man-zuraga. N. Yoqubov,
Kichkina doktor.
TO'LDIRMOQ1 To'lmoq fl. ort. n. Van-nani to'ldirmoq. Shkafni kitobga to'ldir-moq. Atir isi uyni
to'ldirdi. Shtatni yosh mutaxassislar hisobiga to'ldirdik. Kam-ko'stini to'ldirdik. El qozonini
to'ldirganni el to'ydirar. Maqol. shsh Uz g'uv-guvi bilan guzarni to'ldirgan odamlar gurungi ham
bir zumda tindi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Latofat yana bir yo'talib, ko'kragini to'l-dirib,
chuqur nafas oldi. O. Yoqubov, Mir-zaterak.
2 Bo'sh o'rinlarga, grafalarga tegishli raqam, ma'lumot va sh. k. yozmoq. Anketa to'ldirmoq. n
Mayor.. varaqani o'zi to'l-dirdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Mudira nikoh shahodatshshasini
tantanali vazi-yatda to'ldirib, avval Feruzaga, keyin Nor-qo'ziga ruchka tutib, qo'l qo'ydirdi.
H. G'ulom, Senga intilaman.
3 Turli qo'shishlar, qo'shimchalar bilan mukammallashtirmoq; qo'shimcha fikr-mu-lohaza bildirmoq.
Ular bir oz suhbatdan keyin birga kitob o'qishdi. Bir-birlariga savollar berishdi, bir-
birlarining fikr-larini to'ldirishdi. Shuhrat, Shinelli yil-lar. Ular mazmunan biri
ikkinchisini quvvat-laydi, to'ldiradi.. «O'TA».
TO'LDIRUVCHI 1 To'ldirmoq fl. sfdsh.
2 tlsh. Gapnint biror bo'lagiga bog'la-nib, uni izoxlab, to'ldirib keluvchi ikkin-chi darajali
ran bo'lagi. Vositash to'ldi-ruvchi. Vositasiz to'ldiruvchi.
To'ldiruvchi ergash ran Bosh gapning ke-simini to'ldiruvchi ergash ran.
TO'LIN To'liq gardish shakliga kirgan, butun (oy haqida). To'lin oy g'arbga tomon oqqan, hamma
yoq sutday oppoq. J. Sharipov, Xorazm. Navoiy suyunib baho berdi: -Siz she'rda hilol emas,
to'lin oy bo'libsiz endi! Oybek, Navoiy. Gahi boqsam to'lin oydek yuziga, Gahi sho'x o'ynoqi
shaxlo ko'ziga. Ha-bibiy.
TO'LISHMOQ 1 To'lmoqfl. birg. n. Olo-mon bir nimaga qasd qilib to'lishib turgan-da, bir og'iz
gap kifoya qiladi. A. Qaxdor, Asror bobo.
2 To'lalik, bo'likdik kasb etmoq; to'l-moq, Yuzi to'lishibdi. mm [A^iadjon] Yana tikildi. O'sha-o'sha
Latofat. Sira o'zgar-mabdi. Tiniqib, xiyol to'lishibdi. S. Karo-matov, Hijron. Gulnorning
bo'yio'sib, ko'kra-gi to'lishib, butun gavdasi qizlik latofa-ti bilan yashnagan chog'da, boyvachcha
uni ko'z tagiga olib qo'ygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TO'LIQ 1 To'lgan, to'ldirilgan, to'la. U o'zini ushlab turolmadi, nafrati qaynadi, g'azab bilan
to'liq, bo'g'iq tovushi bilan g'ijinib so'yladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Kinoya va achchiqlar
bilan to'liq maktu-bingizni oldim. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Bekam-ko'st, mukammal, to'la. To'liqro'y-xat. Asboblarning to'liq komplekti. To'liq asarlar
to'plami. mm Majlisda hamma ma-sala yechilganday, Ahmedovdan so'ralmagan va to'liq javob
olinmagan savol qolmaganday bo'lganzdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chirokdari. Gektarlar to'liq,
nihollar baravj, tekis shonalagan. «O'zbekiston qo'riqlari».
TO'LIQLAMOQ Raso, mukammal, but qilmoq, rasolamoq, to'ldirmoq, mukammal-lashtirmoq.
TO'LIQMOQ 1 Yuragi to'lib, o'zini arang tutib turmoq. Shoxariq bo'ylabAnorxon kelib qoldi. U
nimadandir xafa, kuyin¬
235 ?^>„
ganidan to'liqib turibdi. I. Rahim, Ixlos. Yosh yigit, yuragi to'liqadi, hapriqadi. E. A'zam,
Kechikayotgan odam.
2 kam qo'll. Kerkmoq, shishinqiramoq. Shirmonxon ko'z yoshini sira tiyolmadi. Qovoq-lari shishib,
yuzlari to'liqib ketdi. S. Zun-nunova, Olov.
TO'LIQSIZ To'liqbo'lmagan, noto'la. To'-liqsiz komplekt.
To'liqsiz ran tlsh. Biror bo'lagi tushi-rilgan, lekin mazmuni oson tushunilave-radigan ran.
TO'LMOQ 1 Bo'sh joyi qolmay egallan-moq, band bo'lmoq. Hovuz to'ldi. Zal to'ldi. Ko'cha odamga
to'ldi. Qop to'ldi. Daftarning ikki beti to'ldi. Ko'zi yoshga to'ldi.
2 Ko'p yoki yetarli miqdorda biror narsaga ega bo'lmoq, egallab olmoq, qamrab olmoq;
qoplanmoq, burkanmoq. Gullar hidiga to'l-gan iliq, mast qiluvchi havo. Oybek, Tan-langan
asarlar. Jajjigina xona billur qandildan yog'ilayotgan nurga to'lgan.. O'. Ho-shimov, Qalbingga
quloqsol. G'ulomjonning yuragi achishdi. Uning yuragida shu alamlar zahri to'lib yotardi. M.
Ismoiliy, Farg'o-na t. o. Bir zumda eshik bolalar chug'uriga to'l-di. M. Ismoiliy, Farg'ona t.
o. Lolaga to'ldi dala, Chakkangga taq, chakkangga. Sarasi tar-g'il lola, Chakkangga taq,
chakkangga. T. To'la. Eng ulug bayram bugun, Keling, o'rtoqlar. Nurlarga to'ldi bugun Uylar,
o'tloqlar. I. Muslim.
3 ko'chma His-tuyg'u, ichki kechinma va sh.k. bilan oshib-toshmoq. Onaning yuragi umid va quvonchga
to'ldi. Oybek, O.v. shabadalar. Uning [Da'lining] biyron-biyron so'zlarini eshit-gan Mirhosil
Maxjiue bo'lib qoldi, ko'kragi zavq-shavqqa to'ldi. H. G'ulom, Mash'al. Gapingning yolg'oni
bilinib qoldi, Shu sabab-dan Yodgor g'azabga to'ldi. «Yodgor».
4 ko'chma ayn. to'liqmoq. O'jar erdan to'lib yurgan kampir bir og'iz gap bilan yarasiga tuz
sepgandek bo'ldi. S. Abdulla, Soyalar. Hay-dar ota undan [kampirdan] Yodgorboyni so'-rab: -Xat
kelib turibdimi? — degan edi, kampir o'zi to'lib turgan ekan, ko'z yoshi qil-di. A. Qahhor,
Asror bobo.
5 Son-miqdor, vaqtning ma'lum bir darajasini egallamoq. Men, o'n oltiga rosa to'lmagan qiz,
birdan yot va katta oilaga tushib qoldim. Oybek, Tanlangan asarlar. O'n besh kunga to'lganida
oy, Ko'kka chiqib, tunni axtardi, Orqasidan baland osmonda Olam-olam yulduzlar bordi. H.
Olimjon. Hurmatli ustozning poyqadami yetganiga bugun rosauch yil to'ldi. M. Ismoiliy, Far-
g'ona t. o. Paxta ekdik, bo'lsin deb, Shart-nomamiz to'lsin deb, Yuz sentnerga qo'l ko'y-dik
Dushman kuyib o'lsin deb. «Qo'shiqlar».
Kuni (yoki qazosi, paymonasi) to'lmoq Kuni bitmoq, qazosi yetmoq, o'lar chog'i kelmoq. Xudo
sening aqlu hushing oldimi? Ajal yetib, sening kuning to'ldimi? «Rus-tamxon». Taralganda toza
gullar so'lmasin, Omon bo'lsin, paymonasi to'lmasin. «Erali va Sherali». Qazom to'lsa, qadam
bosmay o'layin. «Nurali».
6 Mukammallashmoq, raso, but bo'lmoq; o'rni qoplanmoq. Guruh to'ldi. Shtat to'l-di. Chalasi
to'ldi. Zararning o'rni to'ldi.
Aqli (yoki miyasi) to'lmoq Aqli o'sib, voyaga yetmoq, akuti yetilmoq. Kitob o'qigan kishining miyasi
tobora ochiladi, to'ladi. P. Tursun, O'qituvchi.
7 Et qo'ymoq; semirmoq, to'lishmoq. Zai-nab Kumushning to'lib yetmagan gavdasiga va.. g'ubor
tegmagan husniga hayron bo'lib, mulohazasini aytishdan qo'rqdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Saltanatxon kurortdan qay-tib keldilarmi? Oyday to'lib, kunday kulib kelgandirlar bo'lmasam?
S. Abduqaxdor, Sa-namay sakkiz dema.
Ichi (yoki yuragi) to'lmoq To'liqmoq, diq-qinafas bo'lmoq, diqqati oshmoq. To'g'risi, uydagi
gaplarni hammadan bekisha-bekita, ichim to'lib ketdi. H. Nazir, Yonar daryo. Yuragi to'lib ketgan
paytlarida esa hammahalla-si Zubaydaxonlarnikiga chiqadi. K. Yashin, Hamza. Ko'ngli to'lmoq q.
ko'ngil. Sabr kosa-si to'lmoq q. sabr 2. Uyi to'lib qoldi Kimsaning safardagi yaqin kishisi
kelib, uning oilasi jamuljam bo'lganda aytila-digan ibora. Yigshpcha frontchi akasining
kelishidan, uyi to'lib qolishidan quvonchi ichiga sig'madi. S. Ahmad, Ufq. O'pkasi to'lmoq q. o'pka
I.
TO'LOV 1 To'lamoq fl. xar. n. Ot ish-latganingda, nos puli, choy puli so'rab ol-ganingda,
qo'ling ko'ksingda edi, endi to'lovi-ga kelganda jirillaysan. I. Shamsharov, Toshqin.
2 Biror majburiyat yuzasidan yoki qaror, qonun va sh.k. ga muvofiq to'lanadigan pul, mablag' yoki
narsa. Birinchi to'lov. Ikkinchi
236
to'lov. To'lov qog'ozi. mm Bir ro'zg'orga qirq xil pgo'lov.. o'lasanmi, qolasanmi — ishi yo'q. SH.
Toshmatov, Erk qushi.
3 Tovon, kompensatsiya. To'loviga qolmoq.
TO'LOVDOR Biror to'lovi yoki to'lov yuzasidan qarzi, boqimondasi bo'lgan shaxs, tashkilot.
TO'LQIN 1 Qattiq chayqalib turgan suv betidagi po'rtana; dolg'a. Daryo sho'lqini. Qa-yiq to'lqinda
qalqib bormoqda. Dengiz to'lqinga keldi. mm Dengiz, muncha hovliqa-san, Qayiqlarni
irg'itasan, Tog'day-tog'-day to'lqinlarni Sohillarga sen otasan. G'ayratiy. Birdan suv
chayqalib, to'lqin tur-di. To'lqin ko'tarila-ko'tarila, biz tomon-ga yetib keldi. H. Nazir, Yonar
daryo. Ko'prik tagidan shitob bilan o'tayotgan Anhor to'l-qinlari go'yo pastdan qaynab chiqar va
yuma-lab-yumalab oqardi. P. Qodirov, Uch ildiz.
2 ko'chma Shakli, harakati va b. belgisi bilan shu hodisani bildiruvchi narsalarga nisbatan
qo'llanadi. Shamol to'lqini. Qum to'lqini. mm Havo to'lqini zarbidan da-raxtlar egilar, shoxlari
sinib tushardi. A. Qahhor, Oltin yulduz. «Xonga arzga boramiz», «Jabr-zulmdan dod» degan
xalq to'lqini Xivaga tomon oqib kelavergan. J. Sharipov, Xorazm. Uning ruhi ashulaning goh
jo'shqin, goh ipakdek, nurdek mayin to'lqinida oqib borardi. Shuhrat, Shinelli yillar. To'lqin-
pgo'lqin uchib kelar kuy, Yuragimni quchib ke-lar kuy. G. Jo'raeva.
3 ko'chma Xis-tuyg'u, ichki kechinma va sh.k. ning jo'shqin harakati, to'lg'anishi, g'a-layoni; tug'yon.
G'azab pgo'lqinlari. mm Yangier qandaydir katta bir quvonch to'lqinida su-zar edi. SH. G'ulomov,
Yorqin ufqlar. Mam-lakatda.. xon-beklar zulmi avjiga mindi. Bularni o'z ko'zi bilan ko'rgan
Avaz naf-ratlanib, yurak to'lqinini qog'ozga bitdi. J. Sharipov, Xorazm. Elmurod, ichidan to'l-
qin urgan g'azabini yashira olmay.. so'radi. P. Tursun, O'qituvchi.
4 fiz. Fizik muhitdagi tebranma hara-kat. Tovush to'lqinlari. Elektromagnit to'lqinlar. Qisqa
to'lqinlar.
5 To'lqin (erkaklar ismi). TO'LQINLANMOQ 1 To'lqinli hara-
katga kelmoq. Suv to'lqinlandi. mm Pastda juda katta loyqa ko'l to'lqinlanib yotar.. edi. A.
Muxtor, Qoraqalpoq qissasi. Sha-molda qum dalasi dengizday jimir-jimir qiladi,
to'lqinlanadi. H. Nazir, Yonar daryo. To'lqinlanar orqada Sochlar mayin bir ipak. G'ayratiy.
2 ko'chma To'lqinga o'xshash harakatlanmoq, to'lqinni eslatuvchi harakat qilmoq. Mil-tiqlar
o'qtalganda, xalq ham bir qo'zgalib, to'lqinlanib oldi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Shu
vaqtgacha tinch yotgan xalq dengizi to'lqinlanib, bosqinchilarni yutib, yo'q qi-lib yuborish
darajasiga keldi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi. Majlis o'tayotgan-da, zal go'yo
to'lqinlanayotganday edi. «Mush-tum».
3 ko'chma Qaynab toshmoq, jo'sh urmoq, g'alayon qilmoq, to'lg'anmoq, tug'yon urmoq (his-tuyg'u, ichki
kechinma va sh.k. haqida). Kutilmaganda qalbimda g'urur hissi to'l-qinlanib ketdi. A. Muxtor,
Davr mening takdirimda. Elmurod ichida to'lqinlangan hayajonni bosib gapirdi. P. Tursun,
O'qituv-chi. Zokir bulbul qaynab-toshib, to'lqinla-nib kuylayverdi. SH. Bo'taev, Qo'rg'onlangan
oy.
TO'LQINLI 1 To'lqinlanib turgan, to'lqinga kelgan, to'lqini bor (to'lqin -to'g'ri va ko'chma
ma'noda). To'lqinli daryo. To'lqinli shamol. mm Qora dengiz To'lqinli dengiz.. E. Vohidov,
Muhabbatnoma. Tarix-ning to'lqinli, o'tli izidan Qip-qizil qon tusli chechaklar terdim. Uyg'un.
\Notiqlar\ Bir-biridan jo'shqin, bir-biridan to'lqin-li so'zlardilar. Oybek, Ulug' yo'l.
2 fiz. Belgili uzunlikka ega bo'lgan (fizik to'lqinlar haqida). Qisqa to'lqinli nurlar. mm
Temir: -Qisqa to'lqinli radio-peredatchik orqali qizlar bilan tanishamiz, — deb
To'laganlarning vagoniga kelaverdi. A. Muxtor, Chinor.
TO'LQINSIMON To'lqinga o'xshash, to'lqin taxlitida. To'lqinsimon bulush. To'l-qinsimon sirt.
To'lqinsimon harakat. mm Zinadan pastga tushmay, gospitalning yuqo-ri qavat derazalariga
qaradi. Derazalar oynasi oq bo'yoq bilan to'lqinsimon bo'yalgan. Shuxrat, Shinelli yillar.
TO'LG'AMOQ shv. Chayqatmoq; silkimoq, tebratmoq. Suluv og'ir tulumni to'lg'ab, qo-voq kosadan
jindak suv ho'pladi-da.. yana ish-ga tushdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi. Oyxon ikki o'rim
sochini to'lg'ab, o'choqdan bosh ko'tarmay to'ng'illadi. A. Muxtor, Kumush
tola. Qodir guvaladek mushtini havoda to'l-g'adi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
Bosh (yoki bo'yin) to'lg'amoq kam qo'll. q. bosh, bo'yin. Itoatdan bosh to'lg'agan Tosh-kent ustiga,
albatta, Musulmonqul zolim qo'shin tortar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Bizlar bamaslahat nima
desak, u bo'yin to'l-g'amas. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Yuragi to'l-g'adi Qorni burab og'ridi.
TO'LG'ANMOQ1 To'lg'amoqfl. o'zl. n. Ilon dumi to'lg'anishdan to'xtab, yerga cho'zildi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Sherbek Nigoraga yer ostidan qaradi. Uning yo'g'on ikki o'rim sochi baland
quymichida to'lg'anib yotardi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 To'lqinli harakatga kelmoq, to'lqin-lanmoq. Oh.. tortdi qiz, go'yoki daryo ~ To'l-g'andi-yu
qirg'oqdan oshdi. T. To'la. Qishloqning chap unguridan mangu kuyini chalganicha, pgo'l-ganib-
to'lg'anib Oqdaryo oqibo'tadi. «Yoshlik».
3 Alam-iztirob, bezovtalikdan o'zini u yon-bu yonga tashlamoq, bezovtalanmoq. Uning
\Elgeldining\ azobli to'lg'anishiga qarab fa-ryod ko'tarmaslik uchun cheksiz bardosh, tosh yurak
kerak zdi. A. Muxtor, Qoraqalpoqqis-sasi. Uch daqiqali kurashdan so'ng Mutal bo'shashdi,
ilgarigi kuchanishlaridan qoldi va bir-ikki daf'a to'lg'anib, jimgina jon berdi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar. Shermat aka.. kechasi bilap uxlolmay, to'lganib chiqdi. A. Hayitmetov, Po'lat
barmoqlar.
TO'LG'IN kam qo'll. 1 To'la, to'liq. Navoiy bir necha oygina bir qadar sokin ishlai oldi. «Qush
tili» ustida to'lg'in zavq bilan ish-ladi. Oybek, Navoiy.
2 To'la, etli, semiz. -Ovqat emish! Zahar ber, zahar! — qiz qaddini rostlab, alam bilan
qichqirarkan, ko'zlari yondi, to'lg'in ko'kragi g'azab bilan mavjlandi. Oybek, Navoiy.
TO'LG'OQ 1 Tug'ish oldida qattiq og'riq, dard bilan bo'ladigan (tutadigan) holat; dard. Uni
to'lg'oq tuta boshladi. sht Sulton bo'zchining xotini Oysha bibini to'lg'oq tutib yotganda, ko'cha
eshigini birov qoqdi. N. Sa-farov. Sulton bo'zchining nevaralari.
2 ko'chma Og'ir mashaqqat, qiyinchilik; be-zovtalik. Umaralining ko'ziga Zunnunov qan-daydir
bezovta va sertashvish ko'rindi. Poem-dan ham yarasi yangilanganga o'xshaydi. O'zini qo'ygani joy
topolmayapti. To'lg'og'i bejiz emas. I. Rahim, Ixlos. Malohat esa, rassom-ning ilhom
to'lg'og'idan bexabar: tog' yonbag'¬ridagi tabiat jannatiga — ko'm-ko'k qir-larga sehrlanib
tikilardi. I. Rahim, Ti-nimsiz shahar.
TO'LG'OQLI 1 To'lg'oqholatli, to'lg'oqtu-tayotgan holatli.
2 ko'chma Bezovta holatli. Qabr tepasida-gi terakzorda doim yopirshshb yotgan qarg'a-lar, qachon
borsak, to'lg'oqli, hayajonli ovoz bishn qag'illagani qag'illagan edi.. A. Muxtor, Davr mening
taqdirimda.
TO'MPAYMOQ 1 Cho'kkalab muk tushib yotmoq. O'roz bilan Yo'lchi og'izlarini naq tu-tunga yetkizib,
to'mpayib, galma-gal pufla-shardi. Oybek, Tanlangan asarlar. Bolalar o'tirgan o'rinlarida
to'mpayib yo turli vazi-yatdauzala tushib, birin-sirin uxlashdi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
2 Turtib chiqib turmoq, to'ppaymoq, qap-paymoq. Yon cho'ntagi to'mpayib turibdi.
TO'MTOQ 1 Uchi, tig'i o'tkir bo'lmagan, o'tmas (ba'zi teshuvchi narsalar haqida). To'mtoq igna.
To'mtoq mix. shsh Usta qizning qovog'idan qog'ozlarni olib, kiprigini to'm-toq qaychi bilan
qayirayotgan edi. S. Ahmad, Mo'tti. Qmshchning to'mtoq tomoni Yo'ldosh-ning kallasiga tegdi. S.
Siyoev, Avaz.
2 Old, uch tomoni kesib tashlangan, ke-silgan (oyoq, qo'l, barmok,, daraxt va uning shoxlari
haqida). Uning to'mtoq qo'li bili-nar-bilinmas qaltirar, jag' mushaklari jimjiloqday bo'rtib
lo'qillayotgandi. S. Karomatov, Oltin qum. Novdalari qirqila berib to'mtoq bo'lib qolgan qator
tut da-raxtlari chorsi kartalarni ajratib tu-ribdi. Mirmuhsin, Nuqra.
3 Umuman, uch (bosh, old) tomoni o'tkir bo'lmagan, uchli emas. Bashirjon sekin o'rni-dan turdi.
To'mtoq burni sal-pal kershshb, CHUKUR-CHUKUR nafas olardi. N. Aminov, Yol-g'onchi farishtalar.
Dadasi mahallada birin-chi bo'lib galstuk taqqan, uchi to'mtoq bo-tinka kiyib, shimini ustiga
tushirganlar-dan edi. Shuxrat, Jannat qidirg'anlar.
4 ko'chma s. t. Aqli, zehni unchalik o'tkir emas, bilimi, tushunchasi cheklangan, tor. To'mtoq
odam. sht Uch-to'rt kundayoq Toji-boyning o'qishga qunshi yo'q, zehni sho'mshoq o'quvchilardan ekani
bilinib qoldi. P. Tur-sun, O'qituvchi. Ussharani qayrab shurilmasa o'tmaslanganidek, odam ham
o'z bilimini orttirmasa, to'mtoq bo'lib qolar ekan. A. Muhiddin, Hadya. -Bilaman qurumsoqni, —
238
dedi kamgap, so'zga to'mtoq chitfurush boy-vachcha. Oybek, Ulug' yo'l.
5 ko'chma Mazmuni yoki tuzilishi jiha-tidan qusurli; chala-chulpa, cho'ltoq, mujmal. To'mtoq jumla,
To'mtoq javob. Gapi to'm-toqning o'zi to'mtoq. Maqol. mm [Hozi:] Siz aralashmay turing,
ellikboshi, johilsiz. To'mtoq gapirib, ishning pachavasini chi-qardingiz! Hamza, Boy ila
xizmatchi. Hoji xola.. shu bilan hikoyasini to'mtoq qilib tugatdi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
TUN 1 Oldi ochiq, paxtali yoki paxtasiz uzun ustki milliy kiyim; chopon. Kimxob to'n. Zarvaraq
to'n. Olacha to'n. Banoras to'n. mm [Avaz] To'nini kiyib, belini mahkam tang'ib, uydan chiqdi. S.
Siyoev, Avaz. Xosiyat buvi bo'lsa kunduziyu kechasi to'n tikardi. S. Zunnunova, Gulxan. Avaz
singlisi olib kelgan paxtalik to'nga o'ranib.. qabriston oralaydi. S. Siyoev, Yorug'lik.
2 ko'chma Po'st, qobiq. Krvunning to'ni. To'ni ko'k qovun.
3 ko'chma Libos. Bahor keldi elimizga, Yashil to'n kiydi dala. I. Muslim, Sening sovg'ang. Shahar
ichidagi ba'zi daraxp`shr al-laqachon yashil to'nini yechib, qorni kutar.. Gazetadan. Qizlar uning
[Nafisaning] g'azab va iztirob to'nida ekanini bildilar. SH. G'ulomov. Yorqin ufqlar.
Nafsshshmrda ersa, oramiz juda buzilgan, men xam o'sha vaqtlar-da chin kundoshlik to'nini kiygan
edim. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Baqa to'n(i) Ko'lmak suvda hosil bo'la-digan yashil (to'q yashil) yumshoq qatlam. Odamlar shunday
sekin qimiryaar edilarki, xuddi baqa to'ni bosgan ko'lmak suvday bir joyda turganga o'xshar
edilar. SH. Rizo, Qor yog'di, izlar bosildi. Gapga to'n kiygizmoq Gapni juda boplab,
qoyilmaqom qilib gapirmoq. Obbo siz-ye.. Xo'p gapga to'n kiy-gizasiz-da.. N. Safarov, Olovli
izlar. To'n bichmoq Asl holat asosida yoki uni ko'rmay-bilmay xulosa qilmoq, ish qilmoq. Kadr-
larning savlatiga, so'zamolligiga qarab emas, ularning ishiga, iste`dodiga qarab to'n
bichinglar. «Mushtum». Kabinetdan turibto'n bichishlariga qaraganda, Shovot, Qo'shko'pir, Xonqa
rayonlaridagi kitob savdosi yaxshi. «Mushtum». To'n kiygizmoq To'n hadya qilmoq, to'n bilan
siylamoq. Nazarboy sovchilarni oq o'tovga kirgizib, oldiga dasturxon yozib, ikkoviga to'n
kiygizib so'radi.. «Oysuluv».
To'nini {yoki tepa to'nini, telba to'nini) teskari kiymoqO'jarlik qilmoq, qaysarlik tomoniga
o'tmoq. To'nglik qilsangiz, sho'nini teskari kiyib oladi — undan qaysari yo'q. S. Anorboev,
Oqsoy. Bir qarasa, undan mehri-bon odam yo'q, bir qarasa, tepa to'nini teskari kiyib oladi.
S. Ahmad, Cho'l shamol-lari. Otasi Umurzoq Zokirov shu yilning iyun` oyidayoq telba to'nini
teskari kiyib, etak qoqib, uydan chiqib ketgan. «Mushtum».
TO'NAMOQ Tunda yo'lini to'sib, bosib yechintirmoq, talamoq. Xuddi shu bugun kechasi samovarga
tushgan allaqaysi chorvachi boyni o'g'rilar to'nab, o'zini o'ldirib ketgan ekan. G'. G'ulom, Shum
bola.
TO'NG 1 Yoqimsiz, qo'pol, dag'al. Hamma-ni bezdiradigan to'ng so'z, qovoq solish ular-da
bo'lmaydi. Gazetadan. Latofat Zokir-jonning bu to'ng muomalasi zamirida nima borligini aslo
tushuna olmas edi. G'ayra-tiy, Dovdirash. Uni zulmatdan qariyb farq qilmaydigan nim yorug'lik
emas, hech bir ma'no anglatmaydigan ajabtovur to'ng sukunat ham qarshiladi. A. Dilmurod, Fano
dashtidagi qush. Usmonbek o'siq qoshlari ta-gidan yanada to'ngroq qaradi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
2 Yoqimsiz (dag'al) muomalali; qo'rs. To'ng odam. mm [Ustani] Ansambldan bo'shatib yuboraylik
deymiz-u, yana, qari odam — ti-rikchiligi nima bo'ladi, deymiz. Uzi ham o'l-gudayto'ng.
Mirmuhsin, Sozanda. Yashiribni-ma, To'xtanazar qo'rs, to'ng, ichkilikka ruju qilgan.. mehnatga
bo'yin bermasdi. I. Sham-sharov, Qahramonlik yo'li.
3 kam qo'll. To'ngib, muzlab qolgan, muz-lagan. To'ng daryo. mm Bizhamla boshladik to'ng
qirg'oqlarda. Mirtemir.
To'ng bo'yin Bo'yin bermaydigan, bo'yin egmaydigan, o'jar. Bo'yin egibhar to'ng bo'yin daryolar,
Biz istagan yo'lga burildi, yurdi. Habibiy. Chunki bu yerdagi to'ng bo'yinlar.. kundalik ish,
kasb-korlari bo'lgan paxta-chilikni tamoman yodlaridan chiqarganlar. «Tanish basharalar».
TO'NGAK To'nka, kunda. Tol to'ngagi. To'n-gak kovlamoq. Qo'poldan sho'ngak aylansin. Maqol. mm
Aqlli [odam) to'ngakka nozik yeri-ni, yoriladigan yerini topib turib, bolta uradi — aqli bilan
yoradi, o'zini qiynamay-di. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Sidiqjon sal yurgandan keyin yo'l
bo'yidagi kattakon
to'ngakda o'tirgan xotshni ko'rdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari.
TO'NGLAMOQ shv. To'ngmoq. [Qizlarni] Eritaman deb tag'in o'zingiz to'nglab qolmang, yefreytor. 3.
Fatxullin, So'nmas yulduz. Ech-ki go'shtining yog'i oq tusda va to'nglaydi-gan bo'ladi. K.
Mahmudov, O'zbek tansiq ta-omlari.
TO'NGLIK To'ng xususiyatga egalik, to'ng shaxsga xos xususiyat, xatti-harakat. -Men o'z boshimga
o'zim hokim! — to'nglik bilan javob berdi To'g'onbek. Oybek, Navoiy. Aldagani bola yaxshi
deganlariday, To'lamat mo'ylov bola tabiat; yaxshi gapning quli. To'nglik qil-sangiz, sho'nini
teskari kiyib oladi — undan qaysari yo'q. S. Anorboev, Oqsoy. Qiyomov bilan anchadan beri
chiqishmay yuradi — bunga sabab o'zining to'ngligi, to'g'riso'zligi bo'lsa kerak. Mirmuhsin, Umid.
TO'NGMOQ 1 Muzlab qotib qolmoq, muzlamoq. Daryo to'ngdi. Sho'r to'ngmas, axmok o'ngmas. Maqol. mm
Muzyorarning palubasida to'ngadigan qanaqa suyuqlik bo'lsa, hammasi to'ngib, muzga aylanadi. P.
Qodirov, Uch il-diz.
2 ko'chma Sovuq qotmoq, sovuq yemoq, sov-qotmoq. Sovuqda qolib, juda to'ngib ketdim. mm Normat
aka Karimjonga yaqinlashib: -Oyogingiz to'nggan bo'lsa kerak. Otdan tu-shing, bir oz tepinib,
oyoqlarni epaqaga kel-tirib olaylik. YO. Shukurov, Kamolot.
3 Quyuqlashmoq, qotmoq. To'ngib qoladi-gan yog',
TO'NIQ Qora bulut bosgan, bulutli. U qorni shiddatli elagan to'niq ko'kka qaray-di, xo'rsinadi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
TO'NKA 1 Kesilgan yoki sinib tushgan daraxtning yerdan uchi chiqib turgan, ildiz-lari bilan
birga yer ostidagi qismi; to'n-gak. To'nka kovlamoq. mm To'nkalar juda ko'p ham bir-biriga juda
yaqin. Yer esa tosh-me-tin. Oybek, Tanlangan asarlar. Ko'chaga chi-qib, tolning qazib olinmagan
to'nkasi usti-da — oshxonaning orqasida o'tirardim. M. Mansurov, Yombi.
2 kam qo'll. ayn. kunda 2. -Kel, bolam, kam-namosan, — do'konxona burchagida usti yeyil-gan,
tekis katta kosib to'nkasi orkasida ishlayotgan Shokir ota, odatdagicha, ko'zoy-nagini oz-moz
ko'tarib dedi. Oybek, Tanlan-gan asarlar. Bahaybat, ulkan xona o'rtasida kattakon bir yumaloq
to'nka turardi: tok¬chadagi sham yorug'ida bu — kesilgan yong'oq da-raxtining katta to'nkasi
janini bildi. Mirmuhsin, Me'mor.
3 Qaddi-basti, shuningdek, muomalasi qo'pol shaxsni bildiradi. Shayx Ismoil bilan anavi to'nka
— Buzruk eshon Shohimar-donni yoppasiga to'yga aytgan.. K. Yashin, Hamza.
TO'NKAMOQ Kimsaga ag'darmoq, kim-sadan ko'rmoq (nojo'ya ish, xatti-harakat, ayb va sh.k. ni).
Qilg'ilikni qilib, birovga to'nkaydi. mm Orif yolg'onchilik qilib, ham-ma aybni menga to'nkagani
uchun.. sal bo'lma-sa yig'lavoray dedim. «Yoshlik». E, qo'ying-ye! Ilgarilari aybingizni ob-
havoga to'nkamas edingiz-ku! Uyg'un, Navbahor.
TO'NKARMOQ Ostini ustiga, ustini ostiga qilib qo'ymoq; ag'darmoq, to'ntarmoq. Qozonni to'nkarib
qo'ymoq. To'lqin qayiqni to'nkarib yubordi. mm [Elmurod] Choyxonachi bergan kora patnisni oldiga
to'nkarib, «ro'y-xat formasi» degan katta ro'yxat qog'oz-larini yoydi. P. Tursun, O'qituvchi.
Avaz som-saning ustiga tovok to'nkarib qo'yib, choyni shopirishga tushdi. S. Siyoev, Avaz.
TO'NLI To'n kiygan. Azizbek.. Rayimbek dodxoh va olabayroq to'nli kishiga sarkar-dalaridan
bo'lgan kimlarningdir boshlarini ko'rsatmoqda. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TO'NMOQ shv. Ko'zini tikib qaramoq; tikilmoq. Bir zo'r daraxt ko'rindi, O'shanga ko'zi to'ndi. H.
Olimjon. -Kelib-kelib qi-zingni bir yalangoyoqqa berdingmi ? — dedi boy Malika xolaga to'nib.
N. Fozilov, Oqim.
TO'NTARISH 1 To'ntarmoq fl. har. n. Qo-zonni to'ntarish. Qayiqni to'ntarish.
2 siyos. Davlatni, hokimiyatni kuch bilan o'zgartirish, agdarish, qo'lga olish. Siyosiy to'ntarish.
mm Professor.. Iroqda davlat to'ntarishi bo'lgani.. haqida gapirib, \Umid-ga\ turli savollar
berardi. Mirmuhsin, Umid.
TO'NTARIG'LIQ To'ntarilgan, to'nka-rilgan, to'ntarib qo'yilgan. Chiroqni to'nta-rig'liq sopol
tovoqchaga qo'yib, o'zi sandalga o'tirdi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
TO'NTARMOQ 1 Ostini ustiga, ustini ostiga qilib quymoq, ag'darmoq, to'nkarmoq. Yo'lchi tokchada
yotgan shamni yoqib, bir piyo-laii to'ntarib, uning ustiga shamni o'tqaz-di. Oybek, Tanlangan
asarlar.
ya& 240
2 siyos. Davlatni, hokimiyatni kuch bi-lan o'zgartirmoq, ag'darmoq, qo'lga olmoq, to'ntarish
qilmoq.
TO'NQAIMOQ Tik oyoq ustida yoki tiz cho'kib, boshini quyi, orqasi (keti)ni yuqori qilmoq.
To'nqayib, ikki oyoq orasidan qaramoq. mm Chol sho'nqaiib, peshonasini bordonga qo'iganida,
tepada Boytevatning sharpasi sezildi. Mirmuhsin, Tungi chaq-moqlar.
Davlatiga to'nqaymoq 1) noshukurlik qilmoq, nonko'rlik, ko'rnamaklik qilmoq; 2) ko'rsatilgan
izzat-hurmatni bilmay kek-kaymoq, haddan oshmoq.
TO'NQATAR map. Amir saroyida ulug'-larni otdan tushiruvchi lavozimli kishi. Yasovullar..
dehqonni yoqasidan ushlab, ark darvozasiga sudrab olib bordilar va to'n-qatarning buyrug'i
bilan uni o'n besh tayoq urib, undan xizmatona va janobi oliy haqiga duo olgandan keyin qo'yib
yubordilar. S. Ay-niy, Qullar.
TUNG'IZ 1 Yovvoyi cho'chqa, qobon; umu-man, cho'chqa. Yer ovloq bo'lsa, to'ngiz tepaga chiqar. Maqol.
Eshak — ishi bilan, to'ng'iz — tishi bilan. Maqol. mm Uning [Tursunboy-ning\ qamish chaylasi
oldidan o'rdaklar ucha-di, yaqinginasidan sho'ng'izlar o'tadi. S. Ah-mad, Ufq. Qamish o'rmonlarning
bir xaldagi salobatli shovullashi bilan to'lgan jim-jitlik to'ng'iz ovchilarining goho uzoqlarda
gumburlagan miltiqlari tovushidan buzila-di, xolos. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.
Biznikilar: «Karam sho'rva ichmaymiz, to'ngiz go'shti soladi», deyishgan edi, go'sht-yog'ni ham o'z
qo'limizga beradigan bo'lishdi. I. Ra\im. Chin muhabbat.
2 ko'chma Tarbiya ko'rmagan, nodon yoki vijdonsiz odam haqida; shu xayvonga nis-batli xaqoratni
bildiradi. Muhtaram qa-yin otamizga! Siz bilan meni qorong'i zin-donlarga tushirib, dor
ostlarigacha tort-gan.. Homid ismli bir to'ng'izni, nihoyat, ik-ki yillik sargardonlik
so'ngida.. tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo'ldim. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. -Ket, to'ng'iz,
ket, tavba qilish zamoni o'tdi.. — der edi xalq. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. -Anavi to'ng'iz-
ning xirillab uxlashiga havasim kelyapti, — u G'avvosni ko'rsatdi. Mirmuxsin, Me'mor.
3 Muchal yil hisobida o'n ikkinchi yil nomi. Uning yili — to'ng'iz. mm Hay, Shukur kampir,
muchalingiz to'ng'iz bo'lib, safar oiiu-ningo'n birida tug'ilganmisiz, shma balo, sira el
bo'lmaysiz-a?A. Muxtor, Opa-singillar.
To'ng'iz yili Muchal yil hisobida o'n ikkinchi yil (q. muchal).
TO'NG'IZTAROQ Bir yillik, ba'zilari ko'p yillik baland bo'yli, to'pgulli, to'pguli yetilganda
kiyim-boshga, hayvonlar tanasiga yopishaditan o'tsimon o'simlik. Nusratilla ikki kungacha uning
[toychaning] yoliga to'n-g'iztaroq yopishtirib o'ynadi-yu, keyin qara-may qo'ydi. A. Muxtor, Opa-
singillar. Etak-ka yopishgan to'ng'iztaroqlarni yulib tashlab, «baraka» qidirishlar ham.. hamma-
hammasi-da qaytib kelmas orzular bor edi. O'. Ho-shimov, Qalbingga quloq sol.
TO'NG'ILLAMOQ 1 O'z-o'zicha g'o'ng'illab, tushunib bo'lmaydigan qilib, g'udurlab ga-pirmoq;
po'ng'illamoq. U iianimalar deb to'ng'illadi. mm Bir soniyalik sukutdan so'ng o'rniga cho'zilib,
to'ng'illadi. S. Karomatov, So'nggi barxan. Tolib aka yana nima balolar deb to'ng'illadi. Ammo
endi Axmad bez bo'lib o'tirardi. F. Musajonov, Himmat.
2 Norozilik oxangi bilan, qo'rs ga-pirmoq. -Kul, ha, kul! Senga shunaqa kulgi bo'lsa.'—
to'ng'illadi Suvonjin. S. Anorboev, Oqsoy. | Salimjon] Bora-bora uyga po'ng'il-lab kirib,
to'ng'illab chiqib ketadigan bo'lib qoldi. A. Muxiddin, Davlat qoralovchisi.
TO'NG'ICH 1 Eng katta (birinchi farzand haqida). To'ng'ich bola. mm Mohirabonudan ikki o'g'il va
ikki qiz dunyoga kelib, to'ng'ichi — Azimbek, undan keyingisi — Xushro'y, uchinchi-si — Karimbek
va to'rtinchisi bizning Zay-nab edi. A. Krdiriy, O'tgan kunlar.
2 ko'chma Eng birinchi, dastlabki. Chirchiq daryosi bo'ylarida kimyo va energetika sa-noapshning
to'ng'ich korxonalari bunyod etil-di. Gazetadan. [ Chevar qiz\ Shu tola Mirzacho'l yerida
yetishtirilgan hosilning to'ng'ich cha-noqlaridan olinganini bilarmikin? R. Fay-ziy, Kishilarimiz
qissasi.
TO'P I [f. ^— koptok; parcha, o'ram, (gazmol)] ain. koptok 1. Futbol to'pi. To'p o'ynamoq. Raqib
darvozasiga to'p kiritmoq. mm Bola o'tirib olib, jon-jahdi bilan to'pni puflashga tushdi. H.
Nazir, Cho'l ha-vosi. Qorong'i tushguncha qo'shni bolalar bilan to'p tepishdik. H. Nazir, Yonar
daryo.
Qo'l to'pi Ikki jamoa a'zolarining to'pni qo'lda muayyan qoidalar asosida bir¬
241
birlariga oshirib, raqib darvozasiga kiri-tishga qaratilgan sport o'yini. ..sportning qo'l
to'pi, futbol, tennis, shaxmat-shashka, voleybol kabi turli sektsiyalari ishlab tu-ripti.
«Mushtum».
TO'P II [f. ±>ji] 1 ayn. to'da. To'pdan ay-rilganni bo'ri yer. Maqol. mm Uch davangir yi-git
orasida kelayotgan Ma'suma beka darhol o'zini shohi mato sotayotgashar to'piga urdi. Mirmuhsin,
Me'mor. Ayol kartotekadan bir to'p xatni olib, ko'z yugurtira boshladi. «Guldasta». \Ayol\
Paxtasini keltirib, xir-mondagi eng katta to'pga to'ka boshladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Fabrikada o'ralgan, hali buzilmagan o'lchovli gazmol; gazmol o'rami. Bir to'p chit.
TO'P III 1 Uzun stvolli, quruklik va suvdagi yoki havodagi nishonlarga zarba beradigan
artilleriya quroli; zambarak. Tankka qarshi o'q otadigan to'p. To'p o'qi. To'pga tutmoq. mm
Kimdir artilleristlar-dan biri 76 millimetrli to'pni sudrab ke-lib, Normat okopining yoniga
o'rnatdi. I. Rahim. Chin muhabbat. Tong yorir-yorimas Oq-mena tomonidan to'p ota boshladilar, A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Qaerdadir to'plar shoshilmasdan, vazmin gumburlaydi, ora-sira
pulemyotlar asabiy takillab qo'yadi. Oybek, Quyosh qoraymas. Uzing bilasanki, qism hu-jum
boshlashidan ilgari artilleriya dush-man pozitsiyasini qattiq to'pga tutadi. A. Qahhor, Oltin
yulduz.
2 ko'chma ayn. to'potar. To'pga yaqin, quyosh-ning o'tli nafasi zo'rayishi bilan bug' yo'qo-lib, hamma
yoq charaqlab ketdi. A. Muhiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz. To'pdan ke-yin Luqmonchaning
onasi yetib keldi. A. Mux-tor, Tug'ilish.
TO'P VI taql. s. Yumshoq narsaning yerga urilishidan chiqadigan kuchsiz tovush haqi-da. Olma to'p
etib yerga tushdi. Tashqarida bir narsa to'p etdi.
TO'PALANG shv. To'polon.
TUPAR q. to'pir. Bir to'par ot kelayapti maydondan. «Gulixiromon».
TO'PGUL Popuk yoki shoda, boshoq, kal-lak, soyabon shaklida butunlik hosil qil-gan gullar
majmui. Murakkab to'pgullar.
TUPDAI, -dek 1 To'pga o'xshash, to'p sin-gari. Ajali yetmagan ekan, bola bechora sog' qoldi.. Naq
boshimdan oshirib otdi. Tup¬roqqo'rgondagi sho'pday gumburladi savil. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 s. t. Quruq, moysiz, to'ponday. To'pday
osh.
TO'PILLAMOQ «To'p» etgan ovoz chi-qarmoq, «to'p» etmoq. Olma to'pillab yerga tushdi. tsh Yigitcha
uyga to'pillab kirib keldi-da, hech narsadan hech narsa yo'q, stol ustiga kichkina bir
tugunchani qo'ydi. YO. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot.
TO'PIR shv. To'p, to'da; odamlar to'pi, xalq. Hamma yoq qabriston jimligiday unsiz, vahimali..
har joy-har joyda tuproq, qum to'pirlari. A. Hakimov, Ilon izidan. Kin-dik qoni to'kilgan
ona to'piridan kim judo bo'lgisi keladi. J. Abdullaxonov, To'fon.
TO'PICHOQ q. to'bichoq. To'pichoqni mingan-da, Tez yurishgaundaymiz.. «Qo'shikdar». Oting bo'lsa
to'pichoqdan, Yol, quyrug'i bir quchoqdan. «Qo'shikdar».
TO'PIQ Boldir suyagining pastki uchi-dagi yon tomonga turtib chiqqan do'mboq qis-mi. To'piq
suyagi. mm Lo'mbozday g'ildirak tosh dumalab borib, o'ng oyogi to'pig'iga qars etib urildi. H.
Nazir, So'nmas chaqmokdar. Ni-hoyat, bir qarorga kelganday egilib, Shvr-bekning etigini yechishga
urindi. Befoyda. To'pig'i, panjasi shishib, eshikni yorib yubor-guday tirsillab turardi. S.
Anorboev, Oq-soy. ..dalada bir ko'ktoshga toyib, to'pig'im-ni chiqarib oldim. S. Siyoev,
Yorug'lik. Yozkun-lari Naymanchaning ko'chalari to'piqdan chang bo'lardi. A. Muxtor, Opa-singillar.
Dunyoni suv bossa, to'pig'iga chiqmaydi (yoki to'pig'idan kelmaydi) q. dunyo. To'piq o'yini To'piq
suyagini o'ynovchilardan biriga, so'-ralganda darhol ko'rsatish sharti bilan, berib o'ynaladigan
pisandali o'yin. To'piq o'ynab, bitta o'tirishga tushdim. To'pig'ini yalamoq Xushomadgo'ylik qilmoq,
oyog'ini (to-vonini) yalamoq. Qo'rqma, jinni! Qachonga-cha to'pig'ini yalaysan.. P. Tursun,
O'qituvchi.
TO'PLAM 1 Ma'lum tartibda go'plangan bir turdagi narsalar yig'indisi; kollek-siya. Qadimgi
tanga-chaqalar to'plami.
2 Ma'lum tartibda to'plangan va nashr etilgan asar, qonun, qaror va sh. k. majmui; majmua.
She'rlar to'plami. mm To'plamda shoirning sara masallari jashangan. Gaze-tadan.
3 To'p, to'da, uyum. Bir to'plam o'tin.
16—O'zbek tilining izohli lug'ati
242
TO'PLAMOQ 1 Bitta-bitta terib yoki supurib, sidirib, bir yerga yig'moq, to'p, to'da holga
keltirmoq. To'kilgan olmalarni to'pyaab qo'ydim. Kumni to'plab qo'y. mm [Yo'l-chi\ Mo'ljallagan
miqdorini o'rib bo'ldi. So'ng, uyum-uyum to'plab, keng qulochiga siqqancha ko'tarib, boyning
tashqarisiga tashimoqqa boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar. Ola-xo'ja shoshilib, laganlardagi
oshlarni bir laganga to'pladi. Boshqalar qo'llarini ar-tishdi. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Yig'ib ko'paytirmoq, qo'r qilmoq, jam-g'armoq. Mablag' to'plamoq. mm Akbar pul to'plab..
qachondir Hindistonga sayohat qilishni orzu qilardi, tilagiga yetdimikan ? X. Sultonov,
Onamning yurti. Sizham nafs-ga berilib, juda ko'p siymu zar to'plagan-siz.. P. Qodirov,
Yulduzli tunlar.
3 Turli manbalardan olib, bir butun, yaxlit holga keltirmoq, yig'moq; tuzmoq, tartib etmoq.
Kollektsiya to'plamoq. Gerbariy to'plamoq. Ma'lumot to'plamoq. Disserta-siya uchun material
to'plamoq. Navoiy she'r-larini to'plamoq. Kolxoz chorvachilik sohasi-da katta tajriba to'pladi.
4 Chaqirib, chorlab, bir yerga yig'moq, uyushtirmoq. Samarqand obids`shridek san'at asarlarining
bunyod bo'lishiga homiylik qil-gan, jahonga dong'i ketgan odamlarni to'p-lab, ularga sharoit
yaratib bergan odam ezgulikni his qilmasligi mumkin emas. O'. Ho-shimov, Qalbingga quloq sol.
Bizmaktabda urushga ketganlarning rasmini to'playotgan edik. E. Raimov, Ajab qishloq.
5 ko'chma Borini bir yerga yig'moq, yig'ish-tirmoq (kuch, diqqat-e'tibor va sh.k. ni). Hushini
to'plamoq. Butun irodasini to'p-lamoq. mm -Nima? — shu vaqtgacha parishon turgan Huri fikrini
to'pladi. F. Musajo-g'gov, Huri. Ubutun kuchini to'shab, daraxtga chirmasha boshladi. N. Safarov,
Tilsimchi-lar. \Yo'lchi] So'nggi zarba uchun butun g'azabi-ni, kuchini, irodasini to'pladi-da, bir
qo'li-ni yerga tirab, boshini yerdan uzdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
6 Yuzaga keltirmoq, hosil qilmoq. ..o'q-ariqdan hatlab o'tdi-da, qiyg'os hosil to'p-layotgan
g'o'za tuplaridagi ko'saklarni sanay boshladi. Gazetadan. Tog' bag'irlarida asalari-larning mo'l
va shifobaxsh asal to'plashi uchun sharoit yetarli. Gazetadan.
TO'PLOVCHI 1 To'plamoqfl. sfdsh. A'zo-lik badali to'plovchi.
2 Biror asar, majmua va sh.k. ni to'pla-gan, tartib etgan shaxs, tuzuvchi.
TO'POLON 1 Behalovat, tartibsiz o'yin, sho'xlik. Bola-da. Bola bo'lgandan ke-yin, to'poloni,
sho'xligi bilan bo'ladi-da! Shuhrat, Shinelli yillar. Hamroev kechki ovqatdan keyin birpas
cho'zilmoqchi bo'lgan edi, to'g'ri kelmadi: narigi uy to'polon — bolalar bir-birini yostiq bilan
urib o'y-nayotibdi. A. Qahxrr, Ayb kimda? Har bir to'yda to'polon qilib, bearmon o'ynab-kulish-
ga o'rgangan bolalar bu «ulug' to'y»dan norozi edilar. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Umuman, betartib g'ovur-g'uvur harakat; yugur-yugur, qiy-chuv, ur-yiqit. [Jo'ra:\ Og'ay-ni, bu
yana nima to'polon? I. Sultonov, Bur-gutning parvozi. Sen to'polonda bilmading. Melis
ikkalamiz G'ani to'tini ham rosa do'p-posladik. E. Raimov, Ajab qishloq. Vahima-ga tushgan
qo'shin birdan o'zini orqaga tash-ladi, ammo ur-sur to'polonda ko'prikka sig'-mai, ot-ulovlari
bshan suvga tutday to'ki-la boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
3 Urish-janjal, mashmasha, mojaro. Ar-zimagan gap ustida dunyo buzgan kundosh to'-polonlari
kimshng qulog'iga yoqsin? A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Sherbek Oqsoyga to'rt kun deganda, to'polon
ustiga yetib keldi. S. Anorboev, Oqsoy. Bir to'polon chiqazib, obro'sini uch pul qilay dedim-u,
yana shayton-gahay berdim. «Mushtum».
4 ko'chma Isyon, g'alayon. To'polon chiqarmoq (ko'sharmoq). mm [Navoiy:] Shohim mendan ni-ma
istaydilar. [Husayn:] Darveshs`sh to'po-lonini bartaraf qilish va fitnachini ti-riklay tutib
keltirishni o'zlariga havola qshsak. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy. Suvoriy kazaklar
kimdandir darak topib, g'alayonni bostirgani kelishgan edi. To'polon bosilib, madrasa oldi
jimjit bo'lgach, yana kazarmaga qaytib ketdilar. S. Siyoev, Avaz.
TO'POLONCHI 1 Behalovato'yinni, sho'x-likni yaxshi ko'radigan, ortiqdarajada sho'x. To'polonchi bola.
mm Malika to'polonchiroq, Xoldor esa hamma vaqt qo'llarini qovush-tirib, «intizom» bo'lib
o'tirardi. J. Ab-dullaxonov, Tong yorishgan sohilda. Shunday to'polonchi bolaning birdaniga yuvosh
bo'lib qolganini ko'rib, sinfdoshlari hayron edi. O'. Hoshimov, Kdlbingga quloq sol.
2 Bekorga, bo'lar-bo'lmasga urish-janjal qilaveradigan, janjalkash. To'polonchi xo-tin. mm
Respublikada bezorilar va to'po-lonchilar yildan-yilga kamayib bormoqda. Gazetadan.
TO'POLONCHILIK To'ttolonchiga xos xatti-harakat. Birov [Sadriddinning] dars vaqtida
o'tirmasligi.. boshqasi to'polon-chiligi natijasida sinfdagi bolalarga kun bermayotgani haqida
arz qiladi. A. Shomir-zaev, Bizning muallima.
TO'PON 1 Donni yanchish va tozalashda chiqadigan chiqindi; mayda chori yoki yirik kepak. Men bir oz
to'pon yuborg'izaman. Ikki xil yem, mayin beda — ko'k chiqquncha yetadi shu-lar. I. Rahim, Zangori
kema kapitani.
2 maxs. Qizigan temir, mis, qo'rgoshin kabilarga ishlov berganda to'kiladigan zar-ralar;
kukun. Qizigan temirni cho'zganda, sandon ostiga to'kilgan mayda temirlar «to'pon» deb
ataladi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari. Koshinpaz uchun qarnob tuprogi, oq qum.. mis
to'poni, qo'rg'oshin to'poni kerak. Mirmuhsin, Me'mor.
3 Umuman, chang, to'zon. TO'PONDAI Quruq, moysiz; to'pday. Qo'y,
bo'ldi, Buvisara, agar o'sha kungi moshkichi-ringni yog'li desang, kam yog'i qanaqa bo'ladi,
to'ponday edi-ku. V. G'ofurov, Vafodor.
TO'PORI Juda sodtsa, oddiy, qilvir-likni bilmaydigan. To'pori odam. mm Butun o'qish davrida
ko'zga tashlanmagan, hatto ba'zan kulgili hazillarga nishon bo'lgan bu oq ko'ngil, to'pori yigit
[Rustam] frontda o'zo'rnini topib oldi. V. G'ofurov, Vafodor. Qishloq qizlarini bilasan, ancha
to'pori bo'lishadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Ba-shirjon to'pori ko'ringan keksa shoirning
baytni juda tez va osongsha yozganiga qoyil qoldi. N. Aminov, Suvarak.
TO'POTAR esk. Kunduz soat 12 payti; tush, choshka, to'p (avvallari Toshkentda shu paytda to'p
otilar edi). -Voy o'lmasam, to'p-otar bo'lib qolibdi-ku! - dedi [Hojiya xola] bir vaqt soat
strelkasining 12 rakami ustida turganini ko'rib. V. G'ofurov, Va-fodor. Unsin tumshug'iga
tunuka qoplangan choynakka choy damlab, ikkita kulcha bilan Shokir otaga uzatdi: -Otajon,
to'potar bo'ldi, choy iching!Oybek, Tanlantan asarlar.
TO'PPAYMOQ Do'ppaymoq, to'mpaymoq. Ko'prik tagidan o'tgach, yigit eye chetida to'ppayib chiqib
turgan qayrag'och ildiziga intilib borib, mahkam yopishdi. Mirmuhsin, Chiniqish.
TO'PPI s. t. Do'ppi. Uning zar bilan tikilgan juda chiroyli to'ppisi bir edi. A. Qahhor,
Asarlar.
TO'PPONCHA Yaqindagi nishonga o'quzish uchun belgilangan, yonda olib yuriladigan qurol; pistolet,
revol`ver. To'pponcha otmoq. To'pponchadan o'q uzmoq. mm Bo'ronbek to'ppon-chasini yalang'ochlab,
ota-bolaga o'qtalib tur-di. H. G'ulom, Mash'al. U to'pponchasini yax-shilab tekshirib, g'ilofiga
soldi-da, yostiq tagiga qo'ydi. J. Sharipov, Xorazm.
TO'PTOSH Qiz bolalarning mayda tosh-larni tashlab-ilib olib o'ynaydigan o'yi-ni va shu toshlarning
o'zi. Saodatnshg ham, Anorning ham to'ptosh o'ynash davri o'tgan-da, bo'lmasa, ular ana shu
dumaloq, silliq, rang-barang mayda toshlarni etaklariga to'ldirib olishardi. I. Rahim, Hayot
buloq-lari. Ulardan besh-olti qadam naridagi cam-sop bo'yida qizchalar.. to'ptosh o'ynashar edi.
P. Qodirov, Qora ko'zlar.
TO'PXONA [to'p III + xona] map. O'rta Osiyo xonliklarida: to'plar, qurol-asla-halar
sak,lanadigan joy; arsenal. Birinchi to'qinishda o'z lashkarboshisi va to'pxonasi-ni qo'ldan
bergan amir yana hiyla yo'lini tutdi. S. Ayniy, Qullar.
TO'PCHI To'p otuvchi, to'p bilan qurol-langan qismda xizmat qiluvchi; artille-riyachi,
artillerist. Bu tepa ustida doimiy to'pchi va qorovullar turar edilar. A. Qodi-riy, O'tgan
kunlar. To'pchilar holdan ketib yiqilguncha otdilar. Oybek, Quyosh qoraymas.
TO'R11 Umuman, har qanday materialdan katak-katak ko'zli yoki bejamdor qilib to'qilgan narsa;
asbob, buyum va sh.k. ning shunday narsadan iborat qismi. Sim to'r. Futbol darvozasining to'ri.
mm Kaptar-xonani kaptarlardan xoli va [kaptarxona] og'zidagi novdadan to'qilgan to'rlarni
bu-zilgan ko'ribhayron bo'ladi. A. Qodiriy, Obid ketmon. Asalarsharni parvarish qilishda, asal
olishda boshga himoya to'ri kiyiladi. «Zoo-logiya». Etakdagi sim to'r ortida tovuqlar
qaqag'laydi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Hamxonam karavot to'rini g'ijirlatib, o'rniga
yotdi. O'. Usmonov, Sirli sohil.
2 Tabiiy yoki sun'iy toladan katak-ka-tak ko'zli yoxud bejamdor qilib to'qilgan gazmol; tyul`.
Nafis to'r. Ip to'r. Pardabop to'r. To'r parda. mm -Nima haqda yozish ham juda muhim masala, —
davom etdi u. — Lekin.. mana shu tyul`, — deb u derazalarga tutilgan nafis gulli oppoq to'rni
ko'rsat-di. P. Qodirov, Uch ildiz.
3 Shunday to'qilmadan iborat buyum. Er-talab, odat bo'yicha, Nuri to'r ro'mol yopinib, beshikdagi
boladan to keksalarga qadar — hammaga salom qilar ekan. Oybek, Tanlan-gan asarlar. Qora
to'r qo'lqop kiyib, yuziga sachvonga o'xshash to'r tutgan shlyapali xotin uni ko'rishi bilan.. aftini
burushtirdi. S. Ahmad, Hukm. Zuhra begimning yuzi oq ipak to'r ortidan aniq ko'rinmas edi. P.
Qodirov, Yulduzli tunlar.
4 Shunday kataklar shaklida to'qilgan (ishlangan), baliq yoki qush ovlash uchun ishlatiladigan
buyum, asbob. Bedana tuta-digan to'r. To'r bilan baliq ovlamoq. mm Pir-nafas aka qayiq, to'r..
sanchqi sotib oldi. J. Sharipov, Xorazm. Ovchi sekin-asta to'r-nshg ipini tortibdi, hamma
kaptar to'rga ilinibdi. «Ertaklar». Daryoga qarmoq tash-lagan kishi shinganini oladi-da, qaysi
bir baliqchi to'riga tushgan laqqani tashabdi. I. Rahim, Chin muhabbat.
5 ko'chma Qo'lga tushirish, ilintirish vo-sitasi; dom, tuzoq. Qo'y, bolam, Oqtoshga zin-xor
bormagin, Yosh bachchasan, to'rga tushib qol-magin. «Nurali». Boyvachcha yana oshiq. Shahzo-da uning
yana kimga to'r tashlayotganini se-zib qolgan. K. Yashin, Hamza.
6 Umuman, shunday to'qilmaga o'xshash, uni eslatuvchi narsa. To'ri taram-taram, yoqimli hidi
gurkurayotgan qovunlar.. «Saodat». Hozir Do'stbek bilan Ahmad Tanbal bizni o'rgimchak sho'riday
chirmab kelurlar. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
TO'R II Poygakdagi joyga nisbatan yuqo-ridagi joy, umuman, joyning yuqori, ya'-ni quyiga
qarama-qarshi tomoni. Ardok^sh mehmonni sho'rga o'shqazmoq. G'alchani izzash qilsang, chorig'i bilan
to'rga chiqadi. Maqol. Tentak to'rini bermas. Maqol. ¦¦ Polvon tik turib, otasintg to'rga
o'tishini kutdi. J. Sharipov, Xorazm. Marhamat! Bu uyning to'-ri — sizniki, To'yga kelguvchilar
mingdan kam emas. G'. G'ulom. [Elmurod] Qurilishning ikki tomonini ko'zdan kechirib, uning
bitgach, qanday bino bo'lishini tasavvur qiladi: sinf-lar, zal, zalning to'rida o'qituvchilar
xonasi.
P. Tursun, O'qituvchi. Noibning mulozimi hovli to'riga qochdi. S. Siyoev, Avaz.
TO'RA 1 map. Yuqori tabaqaga mansub kishi; zodagon, oqsuyak, aristokrat. Bu ikki qavatli katta
hovli Azlarxon to'raning hovlisi edi. Oydin, Hazil emish.
2 map. Xonlar davrida va chor Rossiyasi davrida Turkistonda katta amaldor, hokim. Unga javob
qilmay, hokimdan so'radi: -Nima qilaylik bo'lmasa, to'ram? M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Ellikboshi.. o'yladi: «Mahkama-ga borib, Hakimboyvachchaning obro'sini dae¬mon qilaman.
To'ralarning ogziga urish uchun pulni boyvachcha beradi. Mandan nima ketadi, qabul qilaveray».
Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Hurmat yuzasidan yoki ulug'lab, kishi-larning nomiga, unvoniga, mansabiga, shu-ningdek, ko'chma
ma'noda ba'zi narsalarni bildiruvchi so'zlarga qo'shib ishlatiladigan so'z. [Sodiq:] Ha-ha-ha,
balli, Mutal to'ram! A. Qodiriy, O'tgan kunlar. [Mumado'st o'ziga o'zi:] Obbo, hay bu kun-erta
yor-yor, childirma baka-bang, qiblaga qarab kuyov to'ram o'ti-radshshr. Hamza, Maysaraning ishi.
Qudrat aka, palovxon to'ra o'zlarini juda aziz qi-lib qo'ydilar, qarzdormiz. N. Safarov, Uy-
g'onish. Mana, yoniga kon`yak to'rani qo'yib, to'ng'ich hosil bilan dasturxonni bezatdim. SH.
Rashidov, Bo'rondan kuchli.
4 ko'chma Rasmiyatchi, rasmiyatparast, byu-rokrat. Boshqarma idorasiga joylashib qol-gan ikki-uchta
o'zbilarmon to'raning bebosh-ligi tufaili ishlar ketga ketgandi. SH. G'u-lomov, Yorqin ufkdar.
5 To'ra (erkaklar ismi). TO'RALARCHA 1 Zodagonlarga, aristo-
kratlarga xos ravishda. To'ralarcha kekkayish.
2 Rasmiyatparastlarga, byurokratlarga xos ravishda. Siz bu tengsiz go'zallikka, bu-tun bir
o'lkaning taqdiriga to'ralarcha qo'l siltamoqdasiz, A. Muxtor, Chinor.
TO'RAMIJOZ ayn. ang'irt.
TO'RACHILIK Ishga, o'z vazifasiga ras-miyatchilik bilan qarash, quruq rasmiyat-parastlik;
byurokratizm. -Endi, siz qolib-midingiz to'rachilik qshshagan! — dedi Tur-sunoy. H. Nazir,
O'tlar tutashganda. Idora-boshqaruv annapamu uchun sansalorlik, to'ra-chilik.. tamomila yot
narsadir. Gazetadan.
TO'RVA Kichkina qopchiq; xalta. Bo'z to'r-va. Bir to'rva yong'oq. mm Qo'rboshi ham, to'r-vasini
yo'qotgan gadoydek, qushbegining chap
245 du^
yoniga, Kumushbibining yuqorisiga borib o'tir-di. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Harxiya asbob-
uskunalar solingan to'rvasini katta temirga ilib, obkashday yelkasiga qo'yib olgan chelak
tuzatuvchi gurkuragan ovozi bilan jimjit mahallaga jon kirgizib borardi: -Chela-ak tu-za-
ta-ma-an! U. Tursun, O'qituvchi.
Tuzluq to'rva q. tuzluq. To'rva qoqdi Oxir-gi farzand, kenjatoy. Haydar Abduraxmon otaning
kenja o'g'li.. to'rva qoqdi bolasi edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan. Ayniqsa, Mavlon
akaning to'rva qoqdisi.. Nishonboy serxarxasha. H. G'ulom, Mash'al.
TO'RIQ Qora qizil, to'q jiyron (ot tu-si haqida). To'riq om. mm Otabek to'riq yo'rg'ani chiqarib,
qutidorga tutdi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. -Nigora?! - Sherbek qizib ketgan to'riqning
tizginidan tortar ekan, o'z ko'ziga ishonmagandek tikilardi. — Qaysi shamol uchirdi?S.
Anorboev, Oqsoy.
TO'RLAMA Po'sti to'r bilan qoplangan, to'rlab, yetilib pishgan (qovun haqida). To'rlama
shakarpalak. mm Alijon boshmal-dog'ini nayza qilib, sho'rlama qovunlarni bir uribuchiribyuboradi.
Mirmuhsin, Chiniqish.
TURLAMOQ 1 Ipni to'r shaklida ke-sishtirib tikmoq, shu yo'sinda tikib, biror yuzani qoplamoq.
Paypoqni to'rlab yamamoq.
2 To'r shaklida kesishgan chizikdar bi-lan qoplanmoq, to'r hosil qilmoq (yetil-gan, pishgan qovun
haqida) (q. to'r I 6). Sha-karpalak to'rlay boshlabdi. mm Tarvuzlar bir quchoq, to'rlabdi
qovun.. Mirtemir.
3 ko'chma Umuman, shunday shaklni (to'r shaklini) olmoq. \Temir tog'a\ To'rlab ket-gan qadoq
qo'llarini bir-biriga ishqab, yi-gitlarning ko'ziga tikildi. H. Nu'mon va A. Shorahmedov, Ota.
U.. ko'zoynagini qanshari-dan olib, ko'kish tomirchalari to'rlab ket-gan engagini oq ro'molcha
bilan artib qo'ydi. A. Muxtor, Davr mening takdirimda.
TO'RS To'ng, qo'pol, dag'al, qo'rs. To'rs odam. To'rs gap. To'rs gapirmoq.
TO'RSAYMOQ Qovoqsolmoq, tumtaymoq. -Gapimga hech quloq solshimaydi, — dedi to'r-sayib Rahim.
H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Eriniig gapirmay, to'rsayib borayotgani | Mehrinisaning} yuragini
siqardi. R. Fayziy, Hazrati inson. -Hoy yaxshilar! Nega bunday to'rsayib chiqib ketyapsizlar!?
SH. Bo'taev, Qo'rg'onlangan oy.
TO'RSIQ 1 Mesh, sanoch. Bir to'rsiq qi-miz. mm [Bozorning] Qimirlashga darmoni yo'q, ichida bir
joyi lovullab yonadi, to'rsiqdagi iliq suvni ichgan sari, qora ter bosadi ta-nini. A. Muxtor,
Chinor. Bir kulbaning soya-sida uch-to'rt ko'chmanchi qo'llarida zarang ko-sa ushlab, qimiz to'la
to'rsiqlarni ezg'ilab o'tirar edi. M.Osim, Elchilar.
2 s. t. hazil Lo'mbillagan katta emchak.
TO'RT 1 4 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. To'rt kun. To'rt so'm. To'rt
kilogramm. To'rtdan bir ulush. O'ndan to'rt hissa. To'rt baravar oshirmoq. mm To'rt atrofda
sadoqatli do'stlar, ham-fikrlar. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Yoni-ga to'rt nafar yasovul olib,
Sultonali yo'lga tushdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Boi choy qog'ozga yozilib, to'rt buklangan
xatni ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Besh balli baho tizimida: a'lodan ke-yingi yaxshi baho. Hamma darslardan to'rt oldim.
To'rt ko'z tugal (yoki tugallik bilan) q. tugal. To'rt ko'z bilan kutmoq yoki (ikki) ko'zi to'rt
bo'lmoq q. ko'z. To'rt mucha q. mucha 1. To'rt og'ayni q. og'ayni. To'rt tomoning qibla! q. qibla.
TO'RTBURCHAK 1 sft. To'rt tomoni teng bo'lgan; chorsi, kvadrat. To'rtburchak hovli.
2 ayn. to'rtburchaklik.
TO'RTBURCHAKLIKlksh. Qarama-qarshi tomonlari parallel, to'rtta burchakli geo-metrik shakl. To'g'ri
to'rtburchaklik.
TO'RTINCHI 1 Tartib qatori, o'rni 4 ra-qami bilan belgilangan, 4 nomerli. To'r-g'pinchi uy.
To'rtinchi bet. To'rtinchi sinf. n Nihoyat, to'rtinchi kuni ov baroridan keldi. A. Qahhor, Oltin
yulduz.
2 Katta-kichik narsalarning uchinchidan katta, beshinchidan kichik o'lchami. To'rtinchi kalish.
3 om, map. Oktyabr`to'ntarishining dast-labki kunlarida, fuqarolik urushi yil-larida
bol`sheviklarga berilgan nom (bol`-sheviklar Ta'sis majlisiga saylovlarga ko'rsatilgan
nomzodlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinda bo'lgan). \Myxmop:] Bugun qo'lga oli-nadigan
to'rtinchilarnjg ro'yxati To'rabek-ka topshirilgan. To'rabek bu shopshiriqsh ba-jara olmasa, ertaga
ishimiz barbod bo'ladi. A. Raxmat, Abdulla Nabiev.
246
TO'RTKO'Z 1 It laqabi. Bu itni bilaman — Qosimjon boyvachchaning itlari, meni ta-niydi.. Mah,
To'rtko'z, mah! Ha, betavfiq, yuvosh eding-ku! A. Qahhor, Millatchilar.
2 s. t. dag'l. Ko'zoynakli kishi haqida.
TO'RTLAMCHI 1 shv. To'rtinchi. To'rtlshchi gapim shuki..
2 kt. Biror narsa yoki hodisa jarayonida to'rtinchn o'rin tutadigan, to'rtinchi dara-jali yoki
to'rtinchi navbatda yuzaga kelgan, hosil bo'lgan. To'rtlamchi sistema (geol.), To'rtlamchi davr
(geol.).
TO'RTLIK 1 ad. To'rt misradan iborat, tutal mazmun ifodasiga ega bo'lgan she'riy shakl; qit'a;
murabba.
2 To'rt kishidan iborat bo'lgan guruh. To'rtlik majlisi. To'rtlik komissiya.
3 To'rtta xoli bo'lgan karta. G'ishtinning to'rtligi.
TO'RXALTATo'r to'qib ishlangan, katak-katak ko'zli xalta. To'rxalta ko'targan ayol-lar dam u
do'konga, dam bu do'konga o'zini ura-di. J. Abdullaxonov, Xonadon. ..qo'lida kat-ta to'rxalta
to'la narsa bilan iljaygancha eshikdan Shahob kirib keldi. L. Tojieva, Mehrim sizga, odamlar.
TO'RQOVOQ Bedana va b. sayroqi qush-lar saklash uchun yarim palla qovoq po'chog'i yoki yog'och
gardishga to'r to'qib yasalgan qafas. Chinor shoxiga ilingan to'rqovoqdagi bedana betinim
sairaydi. S. Karomatov, Oltin qum. Bu jishikni faqat boglarning chaylalariga osilgan
to'rqovoqlardan chiqqan «vavag', va-vag', pitpiliq, pitpiliq» sadolari buzib tu-rar edi. S.
Ayniy, Qullar.
TO'RG'AY 1 Chumchuqsimonlar turkumi-ning bir oilasiga mansub kichkina sayro-qi kushlarning
umumiy nomi. Dala to'rg'ay. Qora to'rgay. mm \Elmurob\ Ko'zlarini qisib, ko'm-ko'k osmonga qarar
ekan, qanotini di-rillatib, bir yerda sayrab turgan to'rg'ayni ko'rdi. P. Tursun, O'qituvchi.
Bir sho'x bo'z to'rg'ay G'ulomjon boshidan ketmay hadeb bo'zlar, nimalardir so'zlar edi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 O'zbek xalq mumtoz kuylaridan biri-ning nomi.
TO'S 1 Qayin daraxtining egarchilikda ishlatiladigan po'stlog'i.
2 Maxsus qora bo'yoq. Sham qarshisida qizargan shahlo ko'zlari, yosh bilan singgan jingila
kipriklari, chimirilgan to'sdek qo¬ra qoshlari uni [Kumushni] allaqanday bir holga qo'ygan
edilar. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar.
3 ko'chma Qora, qop-qora. Yigit to's mo'y-lovini himarib kuldi. H. Nazir, Qanotlar.
TO'SAT kam qo'll. q. to'satdan. Paydo bo'l-di to'sat bir chol va bir it. T. To'la. Bo'ron tursa
to'sat yoki do'l, jala. Mirtemir.
TO'SATDAN rvsh. 1 Xayolga kelmagan hol-da; kutmaganda, kutilmaganda. To'satdan meh-monlar
kelib qoldi. To'satdan qattiq sha-mol turdi. shsh Eshik to'satdan qattiq ita-rildi. Uzoqda
Shoqosimning kim bilandir xirillashgani eshitildi. Oybek, Tanlangan asarlar. Boshimga birov
to'satdan katta bir kaltak bilan urgandek bo'ldi. O. Yoqubov, Tilla uzuk.
2 G'ayriixtiyoriy ravishda, bexosdan, birdan. [Yigit] Top ko'chaning yarmisiga yet-gach, to'satdan
orqasiga qayrilib qaradi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. To'satdan oyoqlari-dan mador ketib,
qaltiray boshlaganini sez-di. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol.
3 Sezdirmay turib birdan, dabdurust-dan. Beshiktervat o'ljasi yaqiichashishi bi-lan to'satdan,
yashin tezligida sapchib, uni ushlab oladi. «Fan va turmush».
TO'SIN Imoratning va, umuman, har qanday qurilma yoki inshootning tomi, ora-yopmalari, poliga
ko'ndalang solingan ba-quvvat yog'och, temir yoki boshqa narsa. Yog'och to'sin. Temir sho'sin. mm
Yonidagi yigit.. o'zi-ni suvga tashladi, ko'prik to'siniga ilin-gan jasadni yigitlar yordamida
qirg'oqqa chiqardi. J. Sharipov, Xorazm. O'rmondan keya-tirilgan to'sin va yog'ochlardan yerosti
bos-tirmalari tayyorlanmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat.
TO'SINBOP To'singa yaraydigan, to'sin bo'ladigan. To'sinbop yog'och.
TO'SINDAN ayn. to'satdan. U to'sindan betob bo'lib qoldi. mm G'o'zalar yerda to'rt en-lik
ko'tarilib, dala bo'ylab ko'm-ko'k chiziq-lar ko'zni quvontirganda, bir vaqt, to'sin-dan havo
aynidi. Oybek, O.v. shabadalar.
TO'SINLI To'sini bo'lgan. O'n bir to'-sinli uy.
TO'SINLIK ayn. to'sinbop. To'sinlik yog'och. mm Biz qishloqqa tushib, to'sinlik te-rak topamiz.
«O'zbekiston qo'riqlari».
TO'SIQ 1 ot Yo'lni to'sish, bekitish, ihota qilish yoki ikki joyni bir-biridan
247
ajratish uchun yasalgan qurilma; g'ov, ihota. Chiy to'siq. Harbiy to'siq. Suv to'siqdan oshib o'tdi.
mm Hademay, shox-shabbalardan katta to'siq hosil bo'ldi. S. Ahmad, Qadrdon dala-lar. Shiftgacha
yetib bormagan faner to'siq orkali gaplar baralla eshitilardi. P. Qo-dirov, Uch ildiz. Tanklar
uncha-muncha pgo'siq-ni nazar-pisand qilmay, dahshash va ishonch bilan masofani qamrardi. Oybek,
Quyosh qo-raymas.
2 ko'chma To'sqinlik, qarshilik; to'tonoq, g'ov. To'siq bo'lmoq. mm Hayot nashidasi shu kurash, xavf-
xatar, to'siqlarni yengib o'tish, intilish borligi uchun xam qiziq, lazzatli. S. Nurov, Narvon.
3 sft. To'silgan holatli, to'sib qo'yil-gan. To'siq yo'l. Hovuzning atrofi to'sik.
TO'SIQLI To'sib, ajratib qo'yilgan, to'silgan; to'siq. To'siqli yo'l. mm Elmurod chiy pgo'siqli
ayvon oldidan asta odimlab, o'z hujrasigao'tdi. P. Tursun, O'qituvchi,
TO'SIQLIK kam ko'll. To'sqinlik, qar-shilik, monelik. To'siqlik qilmoq. mm Da-dasi o'z so'zli,
vaqti kelganda, har qanday monelikni yakson qiluvchi zabardast keksa bo'lganidan, uning qizga
uilanishiga to'sik-lik qilish mumkin emasligini an&shdi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
TO'SIQSIZ 1 To'silmagan, ochiq. To'siq-siz yo'l. To'siqsiz hovli.
2 Hech qanday qarshiliksiz, monesiz. To'-siqsiz ish. mm Bo'linma bir yarim kilometr-cha to'siqsiz,
otishmasiz yo'l bosdi. H. G'ulom, Toshkentliklar.
To'siqsiz ergash ran tlsh. Bosh gapning mazmuniga zid, ammo unga to'siq bo'la ol-maydigan
mazmunli ergash ran.
TO'SMOQ I 1 To'siq qurib, g'ov solib, o'tib bo'lmaydigan qilmoq, bekitmoq yoki ikkiga ajratmoq.
Daryoni to'smoq. Hovlini chiy bilan to'sib olmoq.
2 To'sqinlik qilmoq, yo'liga g'ov bo'lmoq, yo'nalishiga to'siq bo'lmoq; o'tkazmay qo'y-moq,
to'xtatmoq. Bahor qo'llarini ko'tarib, kichkina nam kaftlari bilan g'ir-g'ir sha-badani to'sdi. SH.
Rashidov, Qudratli to'l-qin. -Ug'il, qanday bo'lmasin, otaning quli bo'ladi, — ellikboshi
boyvachchaning oldini to'sdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Sizga o'x-shash dallollarga hojat yo'q.
Men sizni xo'p sinaganman. Siz xalq bo'ronini to'smoqchi-misiz? Oybek, Tanlangan asarlar.
Yo'lini to'smoq 1) yo'l bermay to'xtatmoq; o'tkazmay qo'ymoq. Suv yo'lini chim bosib to's-dik. mm
-Kerak emas, kira ko'rmang! — yo'lni to'sdi Huri. F. Musajonov, Huri; 2) ko'chma qarshilik
qilmoq, monelik ko'rsatmoq, to'g'onoq bo'lmoq, to'g'onoq solmoq. Biz tan-tanali, qizg'in,
g'ayratli, ommaviy ish bosh-lash bilan hamma ig'volarning yo'lini to'sa olamiz. A. Muxtor, Opa-
singillar; 3) yo'l-to'sarlik qilmoq. Bu yerlarda meni yolgiz bil-dingmi? Yo'l to'smokchi bo'lib,
chiqib kel-dingmi? «Yodgor».
3 Pardalab, pana qilib bekitmoq, par-dalamoq, panalamoq. Sahnani qizil duxoba parda to'sdi.
sht G'ulomjon qizning chap qu-log'ini to'sib turgan jingalak zulfiga ti-kilib to'xtadi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t.o. Chayla eshigini shineli bilan to'sib.. tit-rab-qaqshab gugurt chaqdi.
Oybek, Quyosh qo-raymas.
TO'SMOQ II Chaqaloqni, yosh bolani ho-jat uchun qulay vaziyatda tutib, ushlab tur-moq.
TO'S-TO'POLON Behad tartibsizlik, besaranjomlik, ur-yiqit, janjal-to'polon. To's-to'polon
qilmoq. To's-to'polonini chi-qarmoq. mm Bola-chaqalar bo'lmaganidan, uy-lari biznikiga o'xshash
to's-to'polon zmas — yig'inchoqli.. G'. G'ulom, Shum bola. Oyposhsha qaytib kelmadi. To's-to'polon
boshlandi. Oyposhshanshg qochgani to'g'risida ertalab duv-duv gap tarqaldi. P. Tursun, O'qituvchi.
Bir muddat o'tar-o'tmas, dashtda to's-to'polon ko'tarildi, otlar kishnar, qilichu qalqonlarning
sharaq-shurug'i, baqiriq-chaqiriqlar avjga chiqdi. Mirmuqsin, Me'-mor.
TO'S-TO'S: to's-to's bo'lmoq Har yon tar-qalmoq. sochilmoq, qochmoq, tumtaraqay bo'l-moq. Dodho
quyon inini ijaraga olgach, bosh-qa «katta»lari ham to's-to's bo'lib ketdi. H. Shams, Dushman.
To's-to's qilmoq Har yon tarqatmoq, qochirmoq, sochmoq, tumtaraqay qilmoq.
TO'SQIN Biror ish-harakat, chora-tad-bir, niyat va sh.k. ra g'ov bo'lib tushgan, xa-lal berayotgan,
to'g'onoq soluvchi (narsa) qar-shilik, to'sqinlik. -Orzularim bor, jur-nalist bo'lishni istayman
— dedi, — lekin dardisar tirikchilik to'skin, Oybek, Hyp qidirib. Bizga ham to'sqin bo'lishlari
mum-kin. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
248
TO'SQINLIK To'sqin, FOB bo'luvchi ho-lat, vaziyat, narsa. ..muzokaralar boshlashni istasa, bunday
muzokaralarga kelishuv uchun hech qanday to'sqinlik yo'q. Gazetadan. Doniyo-rov.. uchastkadagi
hamon sudralishga sabab bo'layotgan asosiy to'sqinliklarni isboshay boshladi. J. Abdullaxonov,
To'fon.
To'sqinlik qilmoq (yoki ko'rsatmoq) To's-qin bo'lmoq, qarshilik ko'rsatmoq. Inson-ning erkiga
to'sqinlik qilish ham, uning istak va intilishini poymol qilish ham vahshiylik. P. Tursun,
O'qituvchi. ..musulmon-larga qadamjolarni ziyorat qilish uchun to'sqinlik ko'rsatishmaydi. K.
Yashin, Hamza. Shunday raislar bor, ilg'orlarga suyanadi, yax-shi tashabbusni qo'llab-quvvatlaydi.
Bizning rais to'sqinlik qilishdan boshqani bshshay-di. N. Safarov, Hayot maktabi.
TO'SQINCHI 1 Yo'l to'suvchi; yo'lto'sar, qaroqchi.
2 Umuman, to'sqinlik, qarshilik qi-luvchi. Mehnat qo'li-la hadsiz Yer siynasi kuldi. To'sqinchi,
g'anim, dushman Io'qliqqa surildi. G'ayratiy.
TO'SQINCHILIK 1 To'sish, yo'lto'sar-lik, qaroqchilik. Kechalari sho'sqinchilik qilmoq.
2 ayn. to'sqinlik. [ To'lagan] Mavjud bo'l-gan imkoniyatlardan to'la foydalanishga va yo'q
imkoniyatlarni yaratishga nimalar to's-qinchilik qilayotgani to'g'risida g'apirib ketdi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chirokdari. Voy, o'zingiz o'qigan odam bo'la turib, ozodlikka to'sqinchilik qilasizmi?
A. Qahhor, Ogriq tishlar.
TO'SQICH 1 To'siq qilib qo'yilgan (nar-sa). Karimov Norbuvini to'xtatdi. Ko'prik-ning ikki yoniga
qoqilgan egri, yog'och to'sqi-chiga suyandilar. H. Shams, Dushman. Mashina-larning g'ildiraklari
ko'prik chetiga qoqil-gan to'sqich xodalarga qadalib to'xtadi. «Sharq yulduzi».
2 esk. klapan 1, 3.
TO'SQOVUL esk. Qorovul, soqchi, Sen Chambilning to'sqovuli yo'q ko'chalarini bi-lasan. «Bo'tako'z».
Dedi: har kimning erki o'z qo'lida, Na g'ov, na to'sqovul bordir yo'lida. Habibiy.
TO'TI \f. ^Jojlo] 1 Tropik o'rmonlarda yashaydigan, ko'pchilik turi chiroyli, rang-barang patli
qush. Ilhom samovarchi odamni ko'proq chaqirish uchun to'ti saqlaganday, Ho¬ji bobo usta Salimni
to'ti qilib boqar edi. G'. G'ulom, Shum bola. Tog'lardagi oxular, o'r-mondagi to'tilar, chamandagi
bulbullar ham yolg'iz emas, juft yashaydilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 ko'chma Juda go'zal, nozanin ayol haqida. Qizlar majlisi gullar, lolalar, to'tilar, sumrsh\ar
majlisi! A. Qodiriy, O'tgan kun-lar. Bir qiyo boqdim, ilindim to'tining zan-jiriga, Hech iloj
topolmadim parvadigor taqdiriga. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
3 ko'chma Takdidchi, o'zganing gapini tak-rorlaydigan shaxsga nisbatan qo'llanadi.
4 To'ti (xotin-qizlar ismi). TO'TIDAY, -dek 1 To'tiga o'xshash, to'ti
singari. To'tiday birovnshg gapini qaytar-moq.
2 ko'chma Juda chiroyli, go'zal ayol haqi-da. Ikkita to'tidek xotiningiz bek akam uchun sochini
tarab o'ltiradir.. tagin qanaqa kamu ko'st? A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Oh, agar mening ham
bolam bo'lsa edi, to'tidek qilib yasantirib qo'yar edim-da, bag'rimga bosib-bosib emizardim.
Uyg'un, Tursunoy.
TO'TIYO \f. >; — mis zangidan xrsil bo'lgan kristall] 1 Mis kuporosi (tiniq ko'k yirik
kristallardan iborat modda, mis sul`fat).
2 esk. Eski vaqtlarda ko'z og'rig'iga qar-shi yoki ko'zni ravshan qilish uchun ko'zga surtiladigan
dori.
Ko'zga to'tiyo Juda aziz, muqaddas yoki noyob narsa haqida. Tuprog'ing ko'zimga to'tiyo bo'lsin. N.
Safarov, Uyg'onish. To'tiyo qilmoq To'tiyodek ko'zga surtmoq, e'zozlamoq. To'tiyo qilsam muqaddas
tuprog'ini, ne ajab, Uy-lasam, rohat topar har lahza jonim, as-salom. Habibiy. Men nechun
sevaman O'zbe-kisg'poini, Tuprog'in ko'zimga aylab sho'tiyo? A. Oripov, Yurtim shamoli.
TO'TIQUSH ayn. to'ti. Faqat kenjatoyi indamaydi.. otasining oldiga keladi: -Dada, to'tiqush
olib bering. S. Nurov, Narvon. Une desa to'tiqo'sh monand, Men ham tilga jo qilarmishman. E.
Vohidov, Sharqiy qirg'oq.
TO'FON \a. ^Lsjlc - kuchli suv toshqi-ni; zo'r g'avg'o, to'polon] 1 Shiddatli bo'ron, dovul.
\Normat\ Ikki kechagachauiqu ololma-di, ko'zini yumsa, terakning shovullashi to'-fon bosib
kelayotganday kuchayaverdi. A. Mux-tor, Opa-singillar. ..shuncha bo'ron, sel va to'fonlarga
bardosh bergan tog' kichkina bir
maxluq \sichqon] oldida bag'ri teshilib, chil-parchin bo'ladi. U. Ismoilov, Saylanma. To'-
fonlarni sevuvchi Nuhim, Sukunatga quloq solsang-chi. A. Sher.
2 ko'chma Alg'ov-dalg'ovli, larzaga so-luvchi, shiddatli xatti-harakat, qo'zg'alish. Unutmanglar,
amir lashkarlari ortida g'a-zottalab mullavachchalar turadi. Bu katta to'fonga puxta hozirlik
ko'rilmoqda. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Kim maqsadga yetaman desa, balolar to'foniga bardosh
be-radi, sabot bilan kurashadi. N. Safarov, Sharq tongi.
3 ko'chma Ruhiy, hissiy qo'zg'alish, tug'yon. Inson qalbida ne-ne bo'ronlar, to'fonlar, shodliklar
po'rtana qiladi. «Saodat». U qarama-qarshi o'ylar to'fonida g'arq edi. Shuhrat, Shinelli yillar.
4 Diniy afsonalarga ko'ra, odamlarning gunohi uchun butun dunyoni bosgan suv tosh-qini.
TO'FONLI To'fon bilan bo'lgan; bo'-ronli. To'fonli dengiz. mm Olovli shar yuqo-riga ko'tarilar
ekan, o'rnida to'fonli ba-haybat kulrang-oqish uapun hosil bo'lar edi. Gazetadan.
TO'XTA ayn. tuvaloq.
TO'XTALMOQ 1 To'xtamoq fl. o'zl. n. Ish to'xtalmasin. Uning nafas olishi to'xtaldi. mm Abdurasul
Elmurodga nima to'g'risidadir so'z ochgan edi, to'xtalib, javob qaytarishga majbur bo'ldi. P.
Tursun, Uqituvchi.
2 ayn. to'xtamoq 6. Toshkent bekligi to'g'-risida ko'p muzokaradan keyin Yusufbek ho-ji o'z yarasi
ustida to'xtaldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
To'xtalib gapirmoq Duduhlanib yoki tu-tilib gapirmok,.
TO'XTAM 1 Qaror, hukm. Xo'jabekov ke-yingi vaqtda ko'p o'yladi. Nihoyat, «Sherbek jiddiy xavfli
raqib» degan to'xtamga kel-di. S. Anorboev, Oqsoy. Axmadjon charchadi. Ammo tobora chuvalashib
ketayotgan xayoliga biror qat'iy to'xtamga olib keladigan fikr kelmadi. S. Karomatov, Hijron.
2 Bitishuv, kelishuv, bitim. Toshkent-daligimda tashkilotimizning boshqa rah-barlari bilan
shunday to'xtamga keldik. A. Hakimov, Ilon ishdan.
TO'XTAMOQ 1 Davom etmay qo'ymoq, da-vomdan qolmoq. Ish to'xtadi. Gap to'xta-di. Otishma to'xtadi.
Shamol to'xtadi.
Yomg'ir to'xtadi. Suv to'xtadi. mm Oyoq to-vushi to'xtab, narigi yoqdan usta Olimning tovushi
keldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Vujudini qaqshatib turgan tish og'rig'i birdan to'xtagaiday,
Sidiqjonning ko'zi yalt etib ochilib ketdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. To'xtab qolgan,
qovjiragan bu-loqlar Sharaq-sharaq yana qaynab chiqmishdir. G'ayratiy.
2 O'z ishini, harakatini, faoliyatini bas qilmoq, yurmay, ishlamay qo'ymoq. Soat to'x-tadi.
Ventilyator to'xtab qoldi. mm \ Ota-bek\ Ikki yildan beri to'xtab qolgan sav-dogarchilik ishini
qaytadan boshlamoqchi edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Yo'lchi sanqib yurib, anhor yoqasida
to'xtadi. Oybek, Tan-langan asarlar.
3 Ish-faoliyat, xarakatda uzilish qil-moq, to'xtam hosil bo'lmoq. Elmurod otin-oyining do'qi
bilan yig'idan to'xtadi. P. Tur-sun, O'qituvchi. Sharofatxon, bir zum to'x-tab, atrofga qaradi,
so'ng tovushini pasay-tirib davom etdi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Orada yotsirashga o'xshash bir
hol, nima uchundir bir so'zlab, ikki to'xtar edilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
4 Safarda, yo'lda biror yerga qo'nmoq, tushmoq; qo'ngan, g'ushgan, borgan yerida ma'-lum vaqt
bo'lmoq, turmoq. Batal`on yarim kechada xaroba bir qishloqqa kelib to'xta-di. Oybek, Quyosh
qoraymas. U\Otabek\ Mar-g'ilonda ko'p to'xtamas, bir kun, uzoqqa tor-tilsa, ikki-uch kun turib
qaytar edi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar.
5 Turib qolmoq, saqlanmoq. Uning qo'li-da pul hech to'xtamaydi. Kerakli mol maga-zinda to'xtab
qolmaydi. Suv qattiq yerda to'xtar. Maqol.
6 Qaror qilmoq, qarorga, to'xtamga kel-moq. Shunday qilib nimaga to'xtadinglar? mm Biz shu
yerdagi og'aynilar bilan kengashib, bir gapga to'xtab qo'ydik. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
7 ko'chma Og'izga, tilga olib o'tmoq, to'x-talmoq. Men bir masala ustida mufassal
to'xtamoqchiman. mm Lekin, o'rtoqlar, men ham qisqacha to'xtab o'tmasam, tars yorilib ketaman. A.
Qahhor, To'y. Ro'znomadagi aso-siy dokladlar ustida so'zlagan notiqlar ko'proq ijodiy
masalalar ustida to'xtadi-lar. N. Safarov, Olovli izlar.
250
8 maxs. Homilador bo'lmoq, qochmoq (chor-va mollari haqida).
9 Sabr qilmoq, kutmoq. Mayli, yana bir-ikki kun to'xtab turing! mm -To'xtang bo'l-masa, —
dedi, — men bir ish qilayki.. ammo shu daqiqadan boshlab ixtiyoringizni menga topshiring! A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
TO'XTOVSIZ 1 Uzluksiz holda; beto'x-tov. [Iskandarning] Qiziga ikki yildan beri,
eshiklarining turmini buzadiganday, to'x-tovsiz sovchi keladi. U. Usmonov, Sirli so-hil.
To'xtovsiz bo'rab yog'ib turgan qordan yer tobora oqarayotgan paytda, Elmurod qoron-g'i uyda
yopirilib qo'nayotgan qor uchqunlarini tomosha qilar edi. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Kechiktirib bo'lmaydigan, beto'xtov, oshig'ich. To'xtovsiz javob. To'xtovsiz yetib keling.
Buyruqni to'xtovsiz bajaring. mm Agar sochmaganlarida, podsho ularni to'xtov-siz o'ldirib
yuborar edi. «Ertaklar».
TO'SH 1 Gavdaning bo'yin bilan qorin o'rtasidagi old qismi; ko'krak. To'shni pgo'shga qo'ymoq. mm
\3e6o] Oynaga qarab, o'zini tu-zatdi. Durrachasi bilan to'shiga yopishgan ko'y-lagini sal ko'tarib
yelpidi. Shuhrat, Shi-nelli yillar. Bolam, deb bosayin to'shima, Kelgin, bolam, chaqqon qoshima.
«Rustamxon». Ayting, nima qilay?? Qizingizni to'shiga tortgan nomard meni masxaralamaydimi ?
S. Ahmad, Hukm.
2 Mol va qushlarning ko'krak qismi, ko'kragi. Dala-tuzni suv olsa, qo'ng'ir g'ozning to'shidan.
Maqol. mm Tagidagi qo'ng'ir opg qishloq ko'chasidan to'shiga tuproq sachratib yo'rtib boryapti. M.
Mansurov, Yombi.
3 Hayvon va parrandalarning ko'krak oldi go'shti, qovurg'alardan qolgan qismi. Norinbop to'sh.
Tu'shngan qo'i to'shi. mm Afan-di g'ozning to'shini olib aytdi: -Men xiz-matdagi qulman.. shu ham
bo'ladi. «Latifa-lar». Laganda samarqandcha mayiz palov bo'-lib, osh ustiga to'sh va qazi
qo'yichgan. A. Ubay-dullaev, Hayot oqimi.
4 ko'chma Biror narsaning ko'krakka o'x-shash, ko'krakka nisbatlanuvchi, ko'krakli yeri; siyna,
bag'ir. Ona tuproq to'shiga inson qo'li bilan ilk chigit donalari qadaldi. SH. G'ulomov, Yorqin
ufklar. Seni o'rab olgan tog'-lar to'shiga To'lin oy yoymoqda kumush koki-lin. Zulfiya.
To'sh urmoq (yoki bermoq) 1) to'shini tek-kizmoq, bag'rini bermoq, qo'ymoq. Dilovar¬xo'ja to'sh
berib yotgan yeridan irg'ib turdi. Shuxrat, Oltin zanglamas. To'lqinga to'sh urib qaldirg'och, Suv
ustida etadi parvoz. E. Ra-him; 2) biror yuksaklikka yetmoq, urinmoq. Bulutga to'sh urgan
yuksak tog'lar ham Buyuk-likni sendan olar, onajon. M. Umarov.
4 shv. Tengqur; do'st, o'rtoq. Yetimda ne qilar teng bilan to'shlar. «Ravshan». Topib o'ynagil, ey
bola, O'zingning shengu to'shingni. «Tohir va Zuhra».
TO'SHAK 1 Jun, paxta singari yumshoq narsa solib tikib tayyorlangan, yotish, o'ti-rish uchun
to'shaladigan buyum, anjom. Par to'shak. Jun to'shak. Duxoba jildli to'shak. O'z uyim — o'lan
to'shagim. Matal. mm Dilshod tokcha yonidagi to'shakka o'tirdi. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o. To'y
uchun yangi ko'rpalar qoplamoqchi bo'ladilar, nap sho'shaklar olmoq-chi bo'ladilar. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
2 Yotish uchun solingan o'rin; ost va ustga tashlanadigan (solinadigan) narsa. Chala yechshshb, yupqa
to'shakka kirdim. S. Siyoev, Yorug'lik. Top uyni to'ldirgan ahil, tinch uy-qu og'ushidan hammalari
bir zumda, go'yo to'-shakni olov qamraganday sakrab turdilar. Oybek, Quyosh qoraymas. Zuhra
begim olti yildan beri to'shakda yolg'iz yotadi. Uning gul-day umri bevalikda so'lib boryapti. P.
Kr-dirov, Yulduzli tunlar.
3 shv. Ko'rpacha, poyandoz.
O'lim to'shagi Sog'ayishi gumon, o'limi muqarrar bo'lgan bemor yotgan to'shakni qayd etadi. Odatda,
o'lim to'shagidagi bemor yot-gan xonada shunaqa jimlik bo'ladi. O'. Ho-shimov, Qalbingga quloqsol.
U[Sa'di Max-si.m] o'lim to'shagida yotganida ham hazilini qo'ymagan edi. T. Obidov, Yusufjon
qiziq.
TO'SHAMA Biror yuzaga to'shalgan, so-lingan, yotqizilgan narsa, qatlam. Poxolto'-shama. Botqoq
yo'lga bosilgan shox to'shama. mm Qalin qo'y qiylari o'rnidan qo'zg'atilib, ustiga yangi to'shama
sepib qo'iilgan. H. Nu'mon va A. Shoraxmedov, Ota. U[Oynisa xola] qurtlarni ovqatlantirish,
to'shama-larini yangilash jadvalini ko'rib chiqdi. A. Mirahmedov, Yot yuraklar.
TO'SHAMOQ 1 To'shama solmoq, bosmoq, yotqizmoq, to'shama bilan qoplamoq. Ko'chaga tosh to'shamoq.
Botqoq yo'lga shox to'shamoq. mm Adyolga gazeta to'shab, mastava ichishdi. O'. Hoshimov, Qalbingga
quloq sol. Ochil bi¬
251
lan Madumar yerto'la kavlashni buyurishdi, yer-ga xashak to'shashdi. A. Muxtor, Chinor.
2 Solmoq, yozmoq (o'rin, palos va sh.k. ni). Umri xola qizi bilan menga o'rin to'shab berdi.
G'ayratiy, Uzoqtsagi yor. Bozorov.. ma-gazin ro'parasiga, ariq bo'yidagi so'riga qi-zil gilam,
ikkita ko'rpacha to'shab, to'rtta nap yostiq tashlab qo'yibdi. I. Rahim, Chin muhabbat. Oydinda u
[juvon] o'ziga supa o'r-tasiga o'rin to'shayotganini ko'rib turibman. S. Ahmad, Ta'zim.
3 ko'chma Biror narsani shunday to'sha-malarga nisbatlab ifodalaydi. Qor bo'ro-ni.. yer yuziga bir
yarim qarich oppoq qor to'-shab.. o'z ishini tugatdi. P. Tursun, O'qituv-chi. Nishab bo'lib borgan
va oxiri osmon bi~ lan tutashgan Navoiy ko'chasiga kun botish-dagi imoratshr uzun soya to'shab
turardi.. P. Qodirov, Uch ildiz. Shu ko'zlar yulduzday aba-diy kulsin, Bahor yo'llaringga
to'shasin che-chak. Zulfiya.
TO'SHDOR To'shi, ko'kragi keng, ko'krak-dor, to'shli, ko'krakli. To'shdor yigit.
TO'SHLI 1 To'shi, ko'kragi bo'lgan. Krra to'shli qaldirg'och, Uy shipiga in qo'ydi. «Qo'-shikdar».
2 ayn. to'shdor.
TUSHOG'LIQ To'shalgan, to'shab, solib qo'yilgan; solig'lik. Devorga qadalgan tax-ta karavotlarga
yupqa to'shak to'shog'liq. J. Abdullaxonov, To'fon.
TO'Q I 1 Ovqatga bo'lgan talabini, naf-sini qondirib, to'yib ovqatlangan, ovqat yeb olgan. To'q
bola. To'q mollar. Qorni sho'q-ning qorni ochdan xabari yo'q. Maqol. mm Taomni tugatib, qizlar
to'q va shod, qo'sh-nilarnikiga, dugonalariiikiga koptok o'y-nagani chiqib ketdilar. Oybek, Hyp
qidi-rib.
To'q tutadigan Qorinni yaxshi to'ydira-digan; to'yimli, jirli. Odamni to'q tuta-digan xushbo'y va
shirin Toshkent sovg'alarini maza qilib yedik. M. Muhamedov, Qaxramon izidan.
2 Hech narsadan muhtojligi yo'q, yegulik-ichgulik bilan yaxshi ta'minlangan. To'q xo'-jalik. mm
Go'ro'g'li o'zbek-turkman elini boqib, ochiga non berib, to'qidan zakot olib yota berdi.
«Nurali». Turmush og'ir, qimmat-chilik, hammasi o'zingizga ma'lum. To'qlarning ishi yo'q,
dardimiz ko'p. Oybek, Bolalik.
3 Mag'zi, hosili yetarli bo'lgan; to'liq, bo'liq, bo'lali. To'q yong'oq. To'q pilla. mm Ko'ragi mo'l,
tolasi pishiq, chigiti to'q bo'l-sin desang, shunday [barvaqt harakat] qil. N. Safarov, Sohib
changal. Don yetilishi kechikdi, don to'q bo'lmadi. «O'zbekiston qo'-riqlari».
4 ko'chma Kerakli narsa, moddalar bilan to'yingan; baquvvat, kuchli. Yer juda to'q, shu sharbatni
hazm qilsayam hali.. Oybek, O.v. shabadalar.
5 Qoraga yoki umuman quyuq rangga mo-yil, quyuq (rang, tus haqida). To'q rang. To'q qizil
duxoba. mm Osmon pgo'q sariq bulut bilan qoplangan edi. U1. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Endi
ko'rsam miltiqning o'qidek, pushti gulning to'qidek kelinim bor ekan. A. Kddiriy, O'tgan
kunlar.
Ko'zi to'q Ko'z oldida, hayotda narsaning mavjudlitini, shu tufayli o'zini to'q his etishni
bildiradi. Xudoga shukur, och bo'lsak ham, ko'zimizto'k. N. Safarov, Navro'z. Ko'ngli to'q q.
ko'ngil. ..kuyov yigit to'g'risida ham Nurining ko'ngli to'q edi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
Qorni to'q odamning ko'ngli to'q bo'ladi.. S. Siyoev, Yorug'lik.
(Mendan) qorningiz to'q ekan Kimsaning aytmoqchi bo'lganini boshqa kishi oldinroq aytganda
ishlatiladigan ibora. Men ham xuddi shuni aytai deb turgan edim, mendan qorningiz to'q ekan.
TO'Q II taq.1. s. Bo'shroq narsalarning urilishidan xrsil bo'ladigan tovush haqida. Qozi
ularning ko'karib ketgan yuzlariga bir zumgina xo'mrayib turgach, qo'lidagi hassa bilan
oldindagi stolni to'q etkazib urdi-yu: -Yo'qol!debqichqirdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
TO'QA Kamar, tasma va sh.k. ning uchini o'tkazib taqiladitan qismi. Mis to'qa. Ka-mar to'qasi.
Bo'zchi belboqqa yolchimas, temir-chi — to'qaga. Maqol. mm Tilladandir yoqasi Olshin opgning
sho'qasi. «Ravshan».
TO'QAY 1 Qamish, changal va sh.k. o'sim-liklar o'sib yotgan, odatda, zaxkash yer. To'-qayga o'sh
ketsa, ho'lu quruq baravar yonadi. Maqol. Mavlon aka anavi kuni Sulton-boy bilan to'qayga
borib, «qo'qon arava»si-ga qamish bosib keldi. H. G'ulom, Mash'al. Sidiqjon bolani bag'riga
bosganicha, bir-biriga kirishib ketgan butalar, shoxlar orasidan oyog'i va yelkasi bilan yo'l
ochib,
252
to'qayning ichkarisiga boshladi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
2 ko'chma s. t. Shunday holat olgan joyga nisbatan qo'llanadi. Hovlimiz to'qay bo'lib ketibdi.
TUQAIZOR ayn. to'qay 1. Atrofdan og'och-lar, o'tlar, to'qayzorlar orasidan u qichqi-riq, dod,
ingrash eshitdi. Oybek, Quyosh qo-raymas.
TUQAIISTON kam qo'll. To'qay ko'p yer; to'qayzorlik. Qalmoq yurtin nazar solib ko'-radi,
To'qayiston yerda ketib boradi. «Al-pomish»
TUQAILIK To'qay bosgan yer, to'qayzor, to'qay. -Oldimda bir to'qaylik paydo bo'lib qoldi.
To'qaynjg ichida yolgiz yo'l bor ekan, — dedi Shum bola. G'. G'ulom, Shum bola.
TUQALI To'qasi bor, to'qa taqilgan. Qo-ra sho'ni ustidan yelkasiga qadimgi o'qdon-larini osgan,
beliga qadimgi kumush to'qali qalin kamarini bog'lagan.. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
TUQILLATMOQ To'q-to'q ovoz chiqarmoq. U [Mo'tilal] qo'ltiqtayog'ini to'qillatib, vokzaldan chiqdi.
Mirmuhsin, Mo'tilal. Chol hali tizzasidagi mahsini to'qillatib urib qo'yar, hali suv purkar,
ichida kitobdagi gap-larning magzini chaqar edi. Oybek, Ulug' yo'l.
TUQILMA ayn. to'qima. Xayoli yangi asar-ning to'qilmasi bilan ovora edi. Oybek, Na-voiy.
TO'QIM 1 Jazliq yoki egar ostiga qo'yi-ladigan, odatda kigizdan qilinadigan ot-ulov abzali.
Kigiz to'qim. Eshakka — to'qim, odamga — libos. Maqol. ish «Oqtoy»ning ustida eski olacha
ko'rpachadan to'qim, suyak qoshi uchib ketgan egar, qandaydir darvoza halqasi ilingan uzangi. H.
Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Soqi darhol Sariq samanga yakka to'qim solib, juganlab, minib chiqib
ketdi. «Bo'tako'z».
To'qim urmoq 1) ot-ulovga to'qim solmoq; to'qimlamoq. Toyga to'qim urmoq; 2) ko'chma biror narsa
o'tkazib, minnatdor qilib yoki boshqa biror yo'l bilan o'ziga tobe, qaram qilib olmoq. Yer —
sizniki, deganimiz sizga to'qim urganimiz bo'ladimi hali? A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
2 shv. Tandir yoki o'choqning namat yoki matodan qilingan yopig'i.
To'qim tabiat Hech narsaning ma'nosi-ga, farqiga bormaydigan, didi yo'q, did¬siz, befarosat.
Dunyoda eng azob tirikchilik — qalbi nursiz, shuursiz, to'qim tabiat kshiilar bilan birga ishlash
va muloqotda bo'lishdir. N. Krbil, Unutilgan sohillar.
3 (3-sh. egalik qo'shimchasi bilan) ko'chma Kiyinish va b. jihatdan qiyofasi. Qarasam, to'qimi
o'zgargan: qoshlarida o'sma, ko'zlarida surma.. bo'ynini doka bilan bog'lab olibdi. «Nima qildi,
tomog'ing og'ridimi?» desam, «Eshik qisib oldi», deb xir-xir kuladi. A. Qahxrr, Asarlar.
Azimxo'jaev katta ko'cha-ning og'zida tursa, to'qimi boshqacharoq bir juvon kelaverdi. Shuxrat,
Jannat qidirgan-lar.
TO'QIMA 1 sft. To'qib yasalgan, to'qil-gan. Shavkat Zokir bilan indamay ko'rishdi-da, to'qima
stulni chetroqqa surib o'tirdi. P. Qodirov, Uch ildiz. To'qima shlyapa kiygan Ra'no onasining
ko'ziga boshqacha ko'rinib ketdi. H. Nazir, Cho'l havosi.
2 ot. maxs. Gazmol, gazlama. Shoyi to'-qimalar. To'qimalar vistavkasi.
3 ot biol. O'zaro bog'langan va organizm-da belgili bir hayotiy vazifani bajara-digan
hujayralar tizimi. Nerv to'qimala-ri. Suyak to'qimalari. shsh Darvoqe, og'riqqa chidamli va
chidamsiz hujayralar hamda to'qimalar bo'ladi. «Fan va turmush».
4 ot ad. Badiiy asarning asosiy maz-munini va undagi qaxramonlarning xarak-terini ochib
beradigan, o'zaro uzviy bog'-langan voqea-hodisalar majmui, to'qilma, syujet. Uyg'ur
postanovkaga xalq shoiri — bayonchi rolini kiritdi, bayonchi har bir ko'rinish oldidan,
tinglovchilarga voqea-hodisalar, Farhodning sarguzashtlari to'g'-risida so'zlab berib, p`esa
to'qimasini to'ldirib bordi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman.
5 sft. Yo'q yerdan to'qib, o'ylab chiqa-rilgan; uydirma. To'qima gap. To'qima ob-razlar. shsh Uni
o'qib, dastlab ko'plar hay-ratga tushgan, bu voqeani shunchaki to'qi-ma, fantaziya debo'ylagan
edi. U. Normatov, Talanttarbiyasi. Afsuski, stsenariy mus`tif-lari va postanovkachi-rejissyor
ijodiy to'qimaga haddan ziyod o'rin berib, qahra-mon boshidan kechirgan chinakam real jan-govar
epizodlar o'rniga, to'qima, yasama ho-latlar kiritishgan. S. Xo'jaev, O'zbek tari-xiy fil`mlari.
253
TO'QIMACHI 1 To'qimachilik sanoati-ning ishchisi, mutaxassisi. Qashqadaryolik paxta tozalovchilar
Ivanovo to'qimachilariga dastlabki turkum tola jo'natdilar. Gaze-tadan.
2 Gazmol to'quvchi ishchi yoki hunarmand.
3 ko'chma s.t. Yo'q yerdan ran to'quvchi, uy-dirmachi. To'qimachi odam. mm So'zlar xuddi to'qimachi
shoirnikiday quyilib, bir-birini bejab tushadi. Oybek, Quyosh qoraymas.
TO'QIMACHILIK 1 To'qimachi ishi, kas-bi. To'qimachshshkni egallamoq.
2 Gazmol to'qish va ishlab chiqarish ham-da xalq xo'jaligining shu ish bilan shug'ul-lanadigan
tarmog'i. O'zbekistonda to'qima-chilikning yuzaga kelishi va rivojlanishi. To'qimachilik sanoati.
To'qimachilik kombi-nati.
3 ayn. to'quvchilik. Mehmonxona aini za-monda do'konxona ham bo'lib, poyga tomonida
to'qimachilik do'koni.. bor edi. S. Ayniy, Es-daliklar.
4 ko'chma s.t. Yo'q yerdan ran to'qish, yol-g'on-yashikdar uydirish; uydirmachilik. To'-g'onbek bu
so'zlardagi kinoyani tushundi: -Un-day to'qimachilikka berilmang, — dedi. Oy-bek, Navoiy.
TO'QIMLAMOQ Ot-ulovga to'qim ur-moq, to'qim solmoq. Otni to'qimlab min-moq. mm Eshakning birini
to'qimlab, ustiga non, suv idishi va bitta kosa solingan xurjunni ortdilar. S. Ayniy,
Qullar.
TO'QIMOQ 1 To'qima gazmol yoki buyum yasamoq, tayyorlamoq. Chit to'qimoq. Paypoq to'qimoq. Zambil
to'qimoq. To'qilgan ro'mol. Mulla bshganin o'qir, Bo'zchi bilganin to'qir. Maqol. sht Ellikboshi
mayin to'qilgan chak-monini yechdi, tuxumday silliq va oppoq sal-lasini olib, qoziqqa ildi.
Oybek, Tanlan-gan asarlar. O'zing to'qib ketgan katta sa-vatda To'latib shaftoli uzib chiqaman.
G'. G'u-lom.
2 ko'chma Ijod etmoq, yozmoq; bastalamoq. She'r to'qimoq. Qo'shiq to'qimoq. mm So'zini o'zim
yozganman, ohangini Anorxon to'qidi. I. Raqim, Ixlos. Voy, u chalgan dutorni, to'qi-gan
g'azallarni eshitsangiz! M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. San'atkor faqat qiziqchilik-larnigina
emas, balki kichik kulgili hikoya-larni ham to'qirdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
3 ko'chma Yo'q yerdan o'ylab chiqarmoq; so'q-moq, uydirmoq. Gap to'qimoq. Ig'vo to'qimoq. Bilgan
o'qir, bilmagan to'qir. Maqol. mm Hammasi bo'lgan gap-da. Bo'lmasa, yolg'onni shun-day to'qib
bo'ladimi-a, o'rtoq Do'smatov? P. Tursun, O'qituvchi. «Ming bir kecha»ning Shahrizodasi afsona
to'qib, o'limdan qutu-lib qolganday, Muxtorxon ham yuqoridagi singari rivoyatlar panohida omon
yuribdi. H. G'ulom, Mash'al.
TO'QINISH 1 To'qinmoq fl. har. n. Dar-hol.. yarim gazlik pichog'ini qinidan yarim sug'urib
chiqaradi, damiga chiroqning nuri to'qinishi bilan pichoq yarqirab ketadi. A. Qodiriy, Obid
ketmon.
2 ayn. to'qnash. Men ostonaga qadam qo'y-ganimda, unga to'qinish keldim.
3 ayn. to'qnashuv 2, 3. Kurolli to'qinish. Avtomobillar to'qinishi. Namoyishchilar bi-lan politsiya
o'rtasidagi qonli to'qinishlar. mm Husayn Boyqaro.. to'xtovsiz va davoshi urushlarda,
to'qinishlarda qilichbozlikdagi mahoratini namoyon qilgan edi. Oybek, Na-voiy.
TO'QINISHMOQ1 To'qinmoq 1 fl. birg n. Mashinalar to'qinishib, qattiq shikast yebdi.
2 To'qnash kelib jang qilmoq, jangga kirmoq. Razvedka dushman dozorlari bilan to'qinishdi.
TO'QINMOQ kam qo'll. 1 Tegmoq, uril-moq. Avtomashina tramvayga borib to'qin-di. mm
Bulutlarning ohistagina sayridan.. yengilgina bir izg'iriq ham yuzga kelib to'-qinar.. edi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 ko'chma Tegmoq, botmoq. Qora Axmadning so'zlari Tantiboyvachchaga qattiq to'qindi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
TO'QISHMOQI To'qimoqfl. birg. n. Kam-pirlar paypoq to'qishyapti. Bolalar yangi she'r va qo'shiq
to'qishibdi.
TO'QISHMOQ II shv. To'qnashmoq, uch-rashmoq. Tug'u bayroq bir-biriga to'qishdi endi.. Bir-biriga «ne
qilamiz?» deyishdi en-di. «Xushkeldi».
TO'QLAMOQ kam qo'll. To'ydirmoq, to'q qilmoq Yana quvonchli bir xabar, ishdan chi-qib, qorinni
to'qlab olganlaringdan keiin davrani katta tortasimar. Y. Shamsharov, Toshqin.
TO'QLI Bir yarim yoshga yetmagan, qochi-rilmagan urg'ochi qo'zi. Bir qo'chqor boshi
254
ketguncha necha to'qlining boshini yeydi. N. Safarov, Hayot maktabi. Oriqni semizga, qo'-zini
to'qliga, to'qlini qo'yga, kichikni kat-taga almashtirganini bilasizmi? Bilasiz! SH. Rashidov,
Bo'rondan kuchli.
TO'QLIK 1 To'q holatga egalik, to'q holatdalik. Qorinning to'qligi. Rangning to'qligi. Bir
ochlikning bir to'qligi bor. Maqol. mm To'qlikdan, semizlikdan, issiqdan xuddi uzoq yo'l yurib
kelgan qo'y singari shosupada po'qillab o'tirgan mingboshini samovarchining dastyori tinmay yelpir
edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 To'q, farovon turmush. To'qlik, to'q-likdan chiqar sho'xlik. Maqol. mm Men tirik-lik to'g'risida
o'ylayman. Senlar to'qlikka sho'xlik qilasanlar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
TO'QMOQ 1 Dastasi va uriladigan qis-mi ko'pincha yog'ochdan qilinaditan, bosqon-ga o'xshash asbob.
Olchin to'qmoq. Tunukasoz-lar to'qmog'i. Duradgorlar to'qmog'i. mm Ola-xo'ja maxsum boshiga
qo'qqisdan to'qmoq bi-lanurilganday, gangib qoldi. P. Tursun, O'qi-tuvchi. Obidjon shu qadar
xayolga ketadi-ki, hatto mahallasidagi degrezlik, tunu-kasozlik do'konlaridan chiqayotgan
to'qmoqlar ovozini ham eshitmaydi. F. Jo'raev, Obid Jalilov.
2 maxs. Turli mexanizm va qurilmalar-ning uriladigan, zarb beradigan qismi. [Yo'ldosh] Bugun
kuni bilan trassaga parma tishlari, burg'i to'qmoqlarini tashib, hozir-gina qaytib keldi. A.
Muxtor, Chinor.
3 ko'chma Zarb, kaltak. Yomon o'rtoq — oshga o'rtoq, boshga to'qmoq. Maqol. Yaxshining so'zi —
qaymoq, Yomonning so'zi — to'qmoq. Maqol. mm To'g'ri so'zning to'qmog'i bor deganday, bu dashnom
onaga qattiq ta'sir qildi. H. Na-zir, Mayoq sari. Urush qursin, qashinishga tirnog'im ham
qolmadi, hammasini Mekalay yedi! Jabrning to'qmog'iga toqat yo'q. Oybek, Tanlangan asarlar.
4 q.x. G'alla yanchadigan bosqonsimon ib-tidoiy asbob.
TO'QMOKLAMOQ To'qmoq bilan urmoq. To'qmoqlab pay pgipgmoq. Tunukani to'qmoq-lab tekislamoq. tsh
-Ikki chorak bug'doyni to'qmoqlab yeganim uchun, — dedi Safar, — «podshohlik haqini aniqlashdan
burun o'g'ir-lab yebsan», deb meni qirq-ellik qamchi urgan amlokdor, o'z ko'zim oldida bug'doyimsh
yer bi-lan yakson qildirdi. S. Ayniy, Qullar.
TO'QNASH: to'qnash kelmoq Yuzma-yuz kelmoq, duch kelmoq. Top ko'chada ikki mashi-na to'qnash keldi. tsh
Sidiqjon yo'talib, ichkariga kirdi va ikki qadam bosmasdan, Anzirat xolaga to'qnash keldi. A.
Qahxrr, Qo'shchinor chiroklari.
TO'QNASHISH 1 To'qnashmoq fl. har. n Bu — oddiy to'qnashish emas, ikki yosh qalb-ning ko'zlar orqali
dardlashishi edi. A. Mu-hiddin, H. Tojiboev, Otash qalbli qiz. Bepoyondek ko'ringan o'rmon ham
endi xavfsiz emasdi, kutilmaganda dushman askarlariga to'qnashish mumkin. Oybek, Quyosh
qoraymas.
2 kam qo'll. ayn. to'qnashuv. Qonli to'qna-shish.
TO'QNASHMOQ 1 Yuzma-yuz uchrashmoq, to'qnash, duch kelmoq, yo'liqmoq. Davlatyor ko'prikdan o'tmay,
ariqdan hatladi, kutub-xona eshigi oldida Saodatxon bilan to'q-nashdi. N. Safarov, Saodatning
qissasi.
Ko'zlar to'qnashdi Ko'zlar bir-biriga tushdi. Teshaboy ham ayni nazokash bilan javob qildi, shunda
ikkovining ko'zlari to'qnashdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Ikki tomondan duch kelib, bir-biri-ga urilmoq, to'qinmoq. Mashinalar ko'prik ustida to'qnashib
shikastlandi.
3 Bir-biriga ro'baro' bo'lmoq, bir-biri-ga duch kelmoq (qarama-qarshi, raqib to-monlar,
qarashlar va sh.k. haqida). Yakshanba kuni shaharning Qarshi darvozasidan uch far-sax narida ikki
tomon sarbozlari to'qnashib, bir muddatlik to's-to'polon jangdan so'ng, buxoroliklar tor-mor
etildi. Mirmuhsin, Me'mor. Ilg'orlik bilan qoloqlik, samimiy-lik bilan hasad, oliyjanoblik
bilan tuban-lik.. to'qnashadi. Shukrullo, Javohirlar sandig'i. Murodning miyasida qarama-qarshi
fikrlar to'qnashdi. T. Ashurov, Oq ot.
TO'QNASHUV 1 To'qnashmoq 2, 3 fl. har. n. Avtomobillar to'qnashuvi. Qo'shinlar to'qna-shuvi. tsh
Munira ham, Axmad ham boya o'rta-larida bo'lib o'tgan to'qnashuvni unutmagan edilar. F.
Musajonov, Himmat. Harorat kuchli fikrlarning to'qnashuvidan kelib chi-qadi. Shukrullo,
Javohirlar sandig'i.
2 ko'chma Ixtilof, nizo va sh.k nati-jasida yuz bergan olishuv, kurash. Sinfiy to'qnashuvlar. mm
Sherbek bu to'qnashuvda taqdiri hal bo'lishini sezgan edi. Shuning uchun
255
ham, o'zini himoya qilishga zo'r bermasa ham, bo'lgan voqealarni batafsil so'zlab berishga
harakat qildi. S. Anorboev, Oqsoy.
TO'QOL I 1 Shoxi yo'q, shoxsiz. To'qol si-gir.
2 shv. Qisqa, kalta. Oxiri u chidolmadi shekilli, nariroqdagi to'qol tut tagiga borib o'tirdi.
«Mushtum». Qarasa, o'sha o'zini aldagan parizod to'qol yolli to'riq otni minib.. bir-bir bosib,
irg'alib borayotgan ekan. «Murodxon».
TO'QOL II map. Xotin ustiga olingan ikkinchi xotin. Boshlab siz meni o'z uyingiz-ga olib
borasiz. Qani, chindan ham xotin-laringiz o'zlari ozodlikka chiqishni ista-mayotganmikin,
ko'ramiz. Ayniqsa, otasining qarzi evaziga olgan to'qolingiz. S. Anorboev, Mehr. To'qol xotin
aslida bekalarning cho'ri-si.. Mirtemir.
TO'QOCH shv. 1 Kagga bo'g'irsoq.
2 Kulcha non. O'zbek oyim bo'g'irsoq qo-vurtirish, tolqon tuydirish, to'qoch yopti-rish bilan mashg'ul
bo'ldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
TO'QSABO map. O'rta Osiyo xonlik, amir-liklarida: oliy harbiy mansablardan bi-ri va shu
mansabga ega bo'lgan shaxs. -Itoat qilmaganlarni, — dedi Abdulla to'qsabo, — urish, o'ldirish,
bo'ri bo'lib, qorinlarini yorish kerak. S. Ayniy, Qullar. Beylini Buxoro-ning Qavola darvozasi
oldida amirning to'q-sabosi Yusufbek kutib oldi. A. Hakimov, Ilon izidan.
TO'QSON 1 90 raqami va shu raqam bi-lan ifodalangan son, mikdor. To'qsondan o'nni ayirmoq.
To'qson so'm pul. To'qson pud bug'doy. mm To'qqiz so'm olaman deb, to'qson gap eshitdim. Oybek,
Tanlangan asarlar.
2 Qish faslining 1 dekabrdan 1 martga-cha bo'lgan davridagi 90 kuni. To'qson kirdi. Mevani
to'qsonda sug'orsang, to'qson botmon hosil qiladi. mm Kecha to'qson chiqdi; navro'-zi olam. Ko'chat
— kelinlarning to'yi bosh-landi. F. G'ulom. -Bog'ingga unnamadingmi? -Hali vaqt bor, toklarni
ochsam, sovuq olib qo'yadimi, deb qo'rqyapman. To'qsonning izg'iri-ni o'tsin, deb turibman. H.
Shams, Dushman.
3 To'qson (erkaklar ismi). TO'QUV 1 To'qimoq fl. har. n.
2 To'qish ishi; to'qish. To'quv do'koni. To'quvni o'rganmoq. mm Moki qoliplaridan rezinkadek
cho'zilib tortilgan nozik ipak tolalar to'quv mashinalariga ulandi. Tuy-g'un, Stanoklar yonida.
TO'QUVCHI 1 To'qimoqfl. sfdsh. To'quvchi ayol.
2 To'quvchilik kasbini egallagan shaxs, mutaxassis; to'qimachi. To'quvchi hushyor, uquv-li bo'lishi
shart. M. Jo'ra, Quyoshdan nur em-ganlar. - Qanday mutaxassislikka o'qiysizlar ? — deb so'radi
Elmurod. -To'quvchi masterlik-ka, — dedi qiz. P. Tursun, O'qituvchi.
TO'QUVCHILIK Tabiiy va sun'iy tola-lardan gazlama va b. to'qimachilik mahsu-lotlari olish
jarayonlari majmui; to'quvchi ishi, kasbi; to'qish ishi. To'quvchshshkni o'r-ganmoq. To'quvchilik
dastgohi. mm -Kasbim to'quvchilik, Shokirbek, — dedi uy egasi. A. Qodiriy, O'ttan kunlar. -
Ammo, — davom et-di Gulandom, — bozor kasodligidanmi yo ishi yaxshi unmaganligidanmi, dadam
to'quvchilik-dan yolchimadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
TO'QCHILIK Farovon, to'q hayot, to'kin-chilik, ma'murchilik. To'qchilikda yashamoq. Ko'pchilik qayda
bo'lsa, to'qchilik shunda bo'-lar. Maqol.
TO'QQIZ 1 9 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. To'qqizdan uchni ayirmoq.
To'qqiz so'm pul. To'qqiz kilogramm yog'. mm Dushman kechgacha to'qqiz marta hujum qildi va har
safar qaqshatqich zarbaga uch-rar.. edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
2 ayn. to'qqiz-to'qqiz. [Hojar To'laxonga.] Otang yurtning biri, kami besh yuz joydan to'qqiz
olib, to'n kiygan. Hamza, Paranji sirlari. Men bahuzur yozilib o'tirib, to'y ziyofatlarini
yedim, hammaning oldiga «to'q-kiz» ulashilgandan keyin qaytdik. M. Mu-hammadjonov, Turmush
urinishlari.
To'qqiz pul Hech narsaga, bir paqirga ar-zimaydi, arzimas. Sog'lig'ing bo'lmasa, budav-lating
to'qqiz pul. To'qqiz pulga kimmat odam. To'qqiz puldek qilib tushuntirib (yoki tugib) bermoq
Juda oddiy qilib tushun-tirib bermoq. Hushyor savdogar uchun elchining bir imosi kifoya qildi,
unga gapni to'qqiz puldek qilib tugib berishning hojati yo'q edi. M. Osim, Elchilar.
TO'QQIZLIK To'qqizta xoli bor karta. G'ishtinning to'qqizligi.
TO'QQIZTEPA ayn. sebarga.
TO'QQIZ-TO'QQIZ etn. To'y marosim-larida xotinlarga patnisda ulashiladigan, odatda, to'qqiz xil
narsadan iborat tortiq.
Xomuwmpea to'qqiz-to'qqiz tortildi. To'q-qiz-to'qqizdan keyin xotinlar tarqalishdi. mm
Latofat.. qo'shni bolalarini chaqirib, allaqaysi to'ydan to'qqiz-to'qqizdanmi, soch-qidanmi olib
kelgan jiyda-mayizni berib, yana o'qitardi. Shuhrat, Shinelli yillar.
TO'G'IN o'ildirakning tashqi gardishi. Arava to'g'ini. To'g'inga temir qoqmoq. mm [Akbaralining]
Dadasi ho'l qayrag'ochni qo'r aralash kulga ko'mib, to'g'in egar, kegay yo'nar edi. A. Muxtor,
Chinor. Hovli sahnida to'g'in egadigan kunda qaqqayib turibdi. H. Nu'-mon va A. Shorahmedov,
Ota. Arava to'g'ini do'qi/iab, goh eski chuqur izidan, goh yo'lni yangilab, otni ham,
aravadagilarni ham qiy-nab bormoqda edi. S. Abdulla, Mavlono Mu-qimiy.
TO'G'NAMOQ Sanchib o'tkazib mahkamlab qo'ymoq, qadamoq. Ko'krakka medal` to'g'namoq. Ignani
ishpechga to'g'nab qo'ymoq. Lentani sochga to'g'nag'ich bilan to'g'nab olmoq.
TO'G'NOG'ICH To'g'nash, qadash, mahkamlash uchun ishlatiladigan moslama (mas, bir uchi to'mtoq igna,
o'tkir uchi uyachasiga tushib mahkamlanadigan asbob, sochga qadaladigan tutqich). Do'ppini
to'g'nog'ich bilan tizzaga to'g'nab tikmoq. Lentani sochga to'g'nog'ich bilan to'g'nab qo'ymoq. Sochni
to'g'nog'ich bilan mahkamlamoq. mm Men kiyinar ekanman, mo-map, qo'llarim qaltirardi. Shu payt
tugma-cha uzilib ketdi, uni qadab olishga vaqt ziq, to'g'nog'ich qaday desam, u yerga tushib
ketdi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman.
TO'G'ON 1 Suvni to'sish, bo'g'ish, suv oqi-mini boshqarish uchun xizmat qiladigan, odatda, kattaroq
oqimga ega bo'lgan ariq, daryo va soylarga quriladigan gidrotexnik qurilma, inshoot. Tuproq
to'g'on. Bosh to'g'on. To'g'on qurmoq (solmoq). mm Vahobjon bahor shoshqinida eye olib ketib,
haligacha tuza-tilmagan kanal to'g'onini tuzattirishea bir haftadan beri ovora zdi. S. Ahmad,
Tog' afsonasi. Dneprday azim daryo oldida bu ni-ma degan gap, qahraton qishda, o'q yomg'iri
ostida eye kechganlar nahotki shu kichik soy-ga to'g'on sololmasa?S. Ahmad, Qadrdon da-lalar.
2 ko'chma kam qo'll. To'siq, g'ov, to'g'onoq. To'g'on bo'lmoq. To'g'ri pgayoq — baloga to'g'on. Maqol. mm
A'zamning hamon xotinidan ko'ng-li to'lmas edi. Unga.. baxtimning to'g'oni deb qarardi.
Shuhrat, Jannat qidirganlar.
Bizlar endi ilgarigi sen aytgan go'l, — Cho'pu xasdan hadik olib qolaturgan Batrak emas,
bo'lolmaysan bizga to'g'on. F. G'ulom.
3 To'g'on (erkaklar ismi).
TO'G'ONOQ 1 Aravaga ortilgan yukni mahkamlovchi arqonning uchiga bog'lanadi-gan katta yog'och
ilgak. Bu o'tinkashlarshng.. ko'pchiliyushrida uchiga to'g'onoq bog'langan bir arqon va bir o'roqdan
boshqa asboblari yo'q edi. S. Ayniy, Qullar.
2 ko'chma Biror ishga, harakatga to'siq, g'ov bo'lib, to'sqinlik qilib turgan kimsa, narsa.
To'g'onoq bo'lmoq. To'g'onoq solmoq. mm Men akusherka bo'lib bordim-u, lekin bu ishni bajarishga
ruhoniilar to'g'onoq bo'lishdi. M. Alaviya, Sevinchlarim. -O'zingni ham briga-dirlikka ko'targan
Qodirov edi-ku! Endi sen minnatdor bo'lish o'rniga.. oyog'imga to'g'onoq solmoqdasan, — dedi
Qodirov. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
TO'G'RAM To'g'ralgan, ushatilgan narsa-ning har bo'lagi. Bir to'g'ram go'sht. mm Mu-qimiy ikki piyola
qandchoy btan ikki to'g'-ram bo'lka nondan yeb, andak jonlandi. S. Ab-dulla, Quvg'unda. Alijon..
kabob sixidan bir to'g'ram sersel qaynoq go'shtni og'ziga soldi. H. G'ulom, Toshkentliklar.
TO'G'RAMA To'g'ralgan, to'g'ramcha. To'g'rama go'sht. mm Qozoqlar mening oldimga to'g'rama keltirishdi.
O. Husanov, Cho'lda.
To'g'rama palov Go'shg'ni to'g'rab solib pi-shirilgan palov.
TO'G'RAMOQ Kesib, sindirib maydala-moq, ushatmoq. Karam to'g'ramoq. Sabzi to'g'-ramoq. Norin
to'g'ramoq. Sho'rvaga non to'g'-ramoq. mm Xairi hafsala bilan piyozni may-dalab to'g'rar edi. SH.
Rashidov, Qudratli g'o'lqin. Olim polvon laganga to'g'rab, tayyor-lab qo'yshgan qazini kaftida
ko'targancha, yana Ziyodshianing yoniga lapanglab keldi. H. G'ulom, Mash'al. -Qani, nonga qarang,
mulla, — dedi Olaxo'ja, patnisdagi nonni to'g'rab. P. Tur-sun, O'qituvchi.
TO'G'RAMCHATo'g'ralgan, to'g'rama. To'g'ramcha go'sht. mm Umarali bir parcha sur go'shtni to'g'ramcha qilib,
masalliqning ustiga qo'ydi-da, oshxonaga qarab ketdi. Oybek, Ulug' yo'l.
TO'G'RI 1 Egri emas, qing'ir yeri yo'q; tik, adil. To'g'ri chiziq. To'g'ri sim. To'g'ri yog'och. mm
[Kumushning] To'g'ri.. qomatiga yerdan bi-chib olingan mudhish xotinning qo'llari zo'rg'a yetdi-da,
«esonmisiz, omonmisiz, poshsha-qiz», deb so'rashdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Eh-tiyot yuzasidan
[Yo'lchi] to'g'ri yo'lni qo'yib, aylanma yo'llar bilan namozgar vaqtida Shoqosimnikiga [Gulnorni]
boshlab keldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Mirzakarimboy-ning yeri oxirida baland, to'g'ri
o'sgan, uchlari bir-biriga tutashgan qator teraklar jim-gina titraydi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
2 Xatodan xoli, yanglishi, noto'g'ri yeri yo'q; bexato. To'g'ri javob. To'g'ri fikr. To'g'ri maslahat.
Masalani yechishning to'g'ri yo'li. Asliga to'g'ri nusxa. Bilmagandan bilgan yax-shi, To'g'ri ishni
qilgan yaxshi. Maqol. mm -Bir narsaga oldindan hukm etish to'g'ri emas, Abdishukur, — salmoqlab
dedi Mirzakarim-boy. Oybek, Tanlangan asarlar. Bundai joy-larda hamma vaqt ham ko'z bilan
to'g'ri chama-lab bo'lmaydi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 ko'chma Haqiqatdan iborat; chin, rost, haq. To'g'ri hukm. To'g'ri til tosh yorar, Egri til bosh
yorar. Maqol. To'g'ri so'zning to'qmog'i bor. Maqol. Bashingga qilich kelsaham, to'g'ri so'zla!
Maqol. mm To'g'ri gapim tuqqanimga yoqmaydi, deganlari bejiz emas ekan-da. N. Safarov, Sohib
changal.
4 Belgili talab, qoida va sh.k. ga javob beradigan; mos keladigan; qoidali. Ketmon-ni to'g'ri
ushla. Egri ko'chada yursang ham, to'g'-ri yur. Maqol. mm Men to'g'ri o'qiy olmasam, tunov
kundagidek kulasiz. A. Qodiriy, Meh-robdan chayon.
5 Quvlik-shumlik, qing'irlik va sh.k. ni bilmaydigan; odob, axloq doirasidan chiqmaydigan,
unga zid ish tutmaydigan; xa-lol, vijdonli, insofli. To'g'ri odam. To'g'ri ayol. To'g'ri kishi tili
egridan or qiladi. Maqol. Dili to'g'rining — tili to'g'ri. Ma-qol. Egri ozar, to'g'ri to'zar.
Maqol. mm Su-rishtirsaig, hamma boi bir tekisda insof-siz. To'g'ri odam boy bo'lmaydi shekilli,
man o'zim shu fikrdaman. Oybek, Tanlangan asar-lar. Bizning ko'zimizga sovuq ko'ringan qip-
choqvachcha Normuhammadning el uchun qilib turgan to'g'ri xizmatini men o'z umrimdagi Toshkent
beklari orasida birinchi martaba ko'raman. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Og'aini, bizga to'g'ri
toshingizni qo'ysangiz bo'lar edi. N. Safarov, Hayot maktabi.
6 To'g'ridan-to'g'ri amalga oshiriladigan, bo'ladigan; bevosita, vositasiz. To'g'ri say-lovlar.
To'g'ri soliqlar.
7 (urg'u birinchi bo'g'inda) rvsh. To'g'ridan-to'g'ri, to'ppa-to'g'ri, boshqasiga, boshqa to-monga
chalg'imay. Mexmonlar to'g'ri biznikiga tushdi. To'g'ri raisning o'ziga uchrashdim. mm Nasiyaga bo'lsa
ham go'shshning lahim joy-laridan yegan yaxshi bo'lar ekan-u, keiin haqi-ni to'lashni bilmay garang
bo'lib, ko'chadan to'g'ri o'tolmay yurgan yomon ekan. P. Tursun, O'qituvchi. - Bu kishi hidlab
o'tirmaydi, to'g'ri yeydi-qo'yadi, — dedi va qoyil qilganiga isho-nib, hammadan balandroq qahqaha
urdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chirokdari.
8 krsh. s. Durust, haqiqatan ham, darha-qiqat. To'g'ri, jon shirin, har kim o'z jonini ayaydi,
lekin odamning yuragida boshqalarga mehr bo'lishi kerak. Oybek, Tanlangan asar-lar.
To'g'ri bo'lmoq 1) to'g'ri shaklga, holga kel-moq, to'g'rilanmoq. Yo'l sho'g'ri bo'ldi; 2) haqi-qat,
chin, rost bo'lmoq. To'g'ri bo'lsa bu gap-lar, Turmay qanosh qoqayin. Bushun vuju-dim bilan Bir
sel kabi oqayin! G'ayratiy; 3) haq bo'lmoq, haqqoniy, adolatli bo'lmoq. Bu sho'g'rida raisimizni
tanqid qilish bir tomondan to'g'ri bo'lsa, ikkinchi tomondan to'g'ri emas. A. Qahhor, Qo'shchinor
chiroq-lari; 4) insofli, vijdonli bo'lmoq, halol bo'lmoq. To'g'ri bo'lsang, o'sib borib, gul
bo'la-san, Egri bo'lsang, o'sib borib, kul bo'lasan. Maqol. mm Sen sho'g'ri bo'lganingda, bu
ta`na-lar nima edi menga! N. Safarov, Hayot mak-tabi; 5) ro'para bo'lmoq, yuzma-yuz kelmoq. Bir
mahal Soli sovuq, ikki bukilib, ming-boshiga to'g'ri bo'ldi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. To'g'ri
kelmoq 1) muvofiq, mos kelmoq. Bu gap haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Aqlga to'g'ri kelmaydigan
ish. Uidagi gap bozorga to'g'ri kelmaydi. Maqol. mm Qabul bo'lmagan duo uchun meni gunohkor
sanaysizlarmi? Bu durust emas, bu shariatga to'g'ri kelmaydi. S. Ayniy, Qullar; 2) loyiq,
monand kel-moq. Pal`to bir nomer katta, menga to'g'ri kelmaydi. Etik oyog'imga to'g'ri keldi; 3)
amalga oshmoq, bo'lmoq. Hamroev kechki ov-qatdan keyin birpas cho'zilmoqchi bo'lgan edi, to'g'ri
kelmadi: narigi uy to'polon — bolalar bir-birini yostiq bilan urib o'ynayotibdi. A. Qahxrr,
Ayb kimda; 4) baravar, teng kel-moq, bas kelmoq, baravarlashmoq, tenglash-moq. -O'g'lim, — deb
qichqirdi kulib dadasi, — kimniki oldi? -Tohir gupchakning jiyro-ni. Om bolasi unga to'g'ri
kelmas ekan. Oy-
!7-O'zbek tilining izoxdi lug'ati
bek, Tanlangan asarlar; 5) duch kelmoq, to'q-nash kelmoq, uchrashmoq. To'g'ri kelgan kishi bilan
saloshashmoq. mm Ikki shomondan pge-shishga-ku sheshamiz, pgo'g'ri kelmay qolsa nima bo'ladi? M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.; 6) bir vaqtda yuz bermoq, bo'lmoq, qarama-qarshi kelmoq. Ikkala to'y
bir kunga to'g'-ri kelib qolibdi. mm Ishqilib, Abdulla poch-chamning ziyofatiga to'g'ri kelmasin.
Oybek, Tanlangan asarlar; 7) biror ish qilishga majbur bo'lmoq. [Otabek] Saroydan ancha
uzoqlashgan edi, qarshidan.. keluvchi Rahmat-ni ko'rdi va chor-nochor so'rashmoqqa to'g'ri keldi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. To'g'ri qilmoq 1) to'g'ri shaklga, holga keltirmoq, to'g'rilamoq. Daryo
o'zanini to'g'ri qildik; 2) to'g'ri ish qilmoq. O'qishga kirib to'g'ri qil-ding; 3) ro'para qilmoq,
to'g'rilamoq. Chatoq ishlarni menga to'g'ri qilavering. mm Hali ham siz quruq qolmaysiz, umidim
borki, siz-ni Vobkent qoziligiga to'g'ri qilsam. S. Ayniy, Qullar.
9 (egalik, o'.-p. va ch. k. shakllarida — to'g'-rida, to'g'risida, to'g'risidan) Oidlik, te-
gishlilik, sabab, makon kabi ma'nolarni bildiradi; haqida, yuzasidan, sababli, ji-hatdan. Bu
to'g'rida rahbarlar bilan mas-lahatlashmoq. Pul to'g'risidan bir oz qiy-nalib qolibdi. Ertaga
bo'ladigan majlis-dagi masalalar to'g'risida kelishib oldik. mm Fazliddin bu kecha xursand edi.
Har to'g'rida so'zlar, kular edi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Sizni sirtdan tanirdim, siz
to'g'rin-gizda ko'p eshitganman. K. Yashin, Hamza. To'lagan binokorlik to'g'risida bir gapga tushib
ketsa, uni to'xtatish xiyla qiyin ekanini bilgani uchun Bo'taboy ham qo'yib ber-di. A. Qahhor,
Qo'shchig'gar chirokdari.
TO'G'RIDAN-TO'G'RIDAN rvsh. 1 To'ppa-to'g'ri, bevosita. To'g'ridan-to'g'ri yuqoriga murojaat qilmoq. mm
U \ Mavlonov] bilan to'g'ridan-to'g'ri muomalada bo'lmaydiganlar uni «raykom», «raykom
Mavlonov» deb ata-salar, yaqipdan.. muomalada bo'ladiganlar «o'r-toq Mavlonov» deb atar
edshshr. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Gapni uzokdan olib kelmasdan, taf-silotlarga berilib o'tirmasdan, uzoqdaro-madsiz;
to'ppa-to'g'ri. To'g'ridan-to'g'ri aso-siy masalagao'tmoq. mm U[Bo'taboy], Sidiq-jonning nazarida,
so'zni cho'zmaslik va tez-roq pravleniening qarorini tasdiqlash masalasiga o'tish uchun gapni
o'rtasidan bosh-ladi: hatto odatdagicha «o'rtoqlar» ham demasdan, to'g'ridan-to'g'ri.. pravlenie
tuz-gan planni batafsil so'zlab berdi. A. Qah-hor, Qo'shchinor chiroklari.
TO'G'RILAGICH O'zgaruvchan elektr toki-ni o'zgarmas tokka aylantiruvchi asbob, qu-rilma. Simobli
to'g'rilagich.
TO'G'RILAMOQ 1 To'g'ri shaklga yoki hol-ga keltirmoq, to'g'ri, adil, tik qilmoq. Sim-ni
to'g'rilamoq. Daryo o'zanini to'g'rilamoq. Egilgan o'qni to'g'rilamoq. Egri bitganni el to'g'rilaydi.
Maqol. mm -Dardingizga davo Men-da! — u qaddini to'g'rilab.. yana jilmaydi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
2 Xato, nuqson va sh.k. ni yo'qotmoq, tuzatmoq. Imlo xatolarini to'g'rilamoq. Ta-laffuzni
to'g'rilamoq. Soatni to'g'rilamoq. mm Gulnor aytganiga pushaymon qildi, xato-sini to'g'rilash uchun
so'zlamoqqa majbur bo'l-di. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Tegishli vaziyatga keltirmoq, tartib-ga solmoq, tuzatmoq. Yoqangni to'g'rilab ol. mm Anvar..
qizning yuzidan o'pdi va uning to'z-g'igan sochlarini to'g'rshyub, hayotbaxsh kokil-larning muattar
bo'yini uzoq hidladi. A. Qo-diriy, Mexrobdan chayon.
Kavushini to'g'rilab qo'ymoq q. kavush. Ka-vushini to'g'rilab qo'yish kerak, qurilishni ham,
kollektshni ham sariq chaqaga sotadi bu. A. Muxtor, Tug'ilish.
4 Biror tomonga qaratmoq, ro'para qil-moq; yo'naltirmoq. Projektorlarni samo-lyotga
to'g'rilamoq. mm Chol u yoq-bu yoq surib.. o'rtadagi xodani xayol qilingan ip yo'liga
to'g'rilabqo'ydi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o. Gulnor umrimga egov bo'ldi. Yana u Mirzaka-rimboy
xonadoniga boshliq bo'lib kekkaysin, hech kim bilan so'mashmasin, tug'sin, boylik-ning nishabini
o'z tomoniga to'g'rilasin. Oy-bek, Tanlangan asarlar. Uxayol surarkan, kim-ningdir qo'li
yelkasiga qo'yilganini sezib, dar-hol orqasiga burildi va yuzini yuziga to'g'ri-lab turgan
Lolani ko'rdi. SH. Rashidov, Bo'-ropdan kuchli. Birov yoshga tegadi, birov.. bosh-qaga. Xudo
yulduzingni o'shanga to'g'rilagan ekan, choramiz yo'q. Oybek, Tanlangan asarlar.
5 s.t. Epini, ilojini qilib bitirmoq, yuzaga keltirmoq, muhayyo qilmoq; eplashtir-moq. Mushkul
ishni to'g'rilamoq. Bu haqda tashvish qshmang, o'zimiz to'g'rilaymiz. mm Ho-zir sekretarning oldiga
tushgin, u hammasi-
259 dl^
ni to'g'rilab beradi. Oydin, Uyaldi shekil-li, yerga qaradi. Nsshnki, amirzoda, bu ishni ustod
Qavomning bir og'iz so'zi bilan ham to'g'rilamoq mumkin.. Mirmuhsin, Me'mor.
TO'G'RILIK To'tri ekanlik, to'g'ri ho-latga egalik, to'g'ri bo'lishlik. Yo'lning to'g'riligi. Fikrning
to'g'riligi. To'g'rilikka o'lim yo'q. Maqol. mm Devoriy soat birga zang urdi. O'rmonjon, bu
soatning to'g'riligiga shubhalandi shekilli, o'z soatiga qaradi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
Halollik, to'g'rilik, poklik — odamiylikning zaruriy mezonidir. Gazetadan.
TO'G'RILIKCHA1 To'g'rilik bilan, odatga ko'ra, ochiq, oshkor. Shu gapni to'g'rilikcha ayta qolsang
bo'lmaydimi. mm Elmurod.. to'g'-rilikcha to'yib ovqat yeyishga ham haqsiz edi. P. Tursun,
O'qituvchi.
2 Beg'araz, ochiq ko'ngillik bilan, yax-shilikcha. Menundan to'g'rilikcha so'ragan edim, egrilikka
oldi. mm Ularning unday-bunday so'zlari bo'lmagan, to'g'rshshkcha kelib ketgan edilar. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
TO'G'RISI 1 Ish, ran, narsa, odam va sh.k. ning to'g'ri deb hisoblanadigani. Ish-ning to'g'risi shu.
Odamning to'g'risi ekansiz. Tuyaning buvrasi yaxshi, So'zning to'g'risi yaxshi.
Maqol. mm Qani, xo'sh, to'g'risi qanaqa bo'lar ekan. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Gapning ochig'i; ochig'ini aytganda, so'z-ning rosti. To'g'risi, men sizni hozirgacha un-cha yaxshi
bilmayman. mm Usevib, sevimli bo'l-ganidan mamnun edi, baxshiyor edi. Endi u shu kungacha hech
kimni sevolmaganidan, to'g'risi, sevmaganidan ajablanardi. Shuxrat, Shinel-li yillar.
To'g'risini aytsam (yoki aytganda) ayn. to'g'-risi 2. To'g'risini aytganda, xato o'zingizdan
o'tgan. mm To'g'risini ayshsam, bu gaplarning hammasiga siz sabab bo'lmoqdasiz, er! A. Qo-
diriy, O'tgan kunlar.
TO'G'RISIDAGI 1 Qarshisidagi, ro'pa-rasidagi. Bog' to'g'risidagi uy. mm Do'llar to'g'risidagi
beshinchi chiroq titrab-titrab, un gardi o'tirgan kichkina shishasidan xira, kuchsiz nur sochib
turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
2 Ustidagi, haqidagi, xususidagi. Eshon-ning «jilov» to'g'risidagi fikri Elmurod-ning
g'azabini keltirdi. P. Tursun, O'qituv-chi. Qoratoyning yuragidagi g'azab to'lqini, Io'lchi va qiz
taqdiri to'g'risidagi tashvish ishlashga imkon bermadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
260
U (j.k., o'.-p. k., ch.k. — unga, unda, undan)
1 ksh. olm. 3-sh. birl. So'zlovchi va tinglovchi-dan boshqa shaxsni, nutqjarayonida qatnash-mayotgan
shaxs («o'zga»)ni bildiradi. Umen-dan bir yosh katta. Undan yoshlar o'rnak oli-shadi. mm U
ketgandan keyin, Sidiqjon shu yerning o'zida cho'kka tushdi. A. Qaxdor, Qo'sh-chinor chiroklari.
Mana, boshqarma bo'limi-dauni \Iskandarovni} rosa qizartirishdi. S. Ahmad, Bosh og'rig'i. Uning
ovozi o'ziga juda uzoqdan eshitilayotganga o'xshardi. S. Ahmad, Yulduz.
2 ko'rs. olm. So'zlovchidan naridagi yoki uzokdagi kimsa, narsani ko'rsatish uchun qo'llanadi. Bu
kshpobni emas, u kitobni be-ring. Uyigitni taniysanmi?Daryoningu yog'i. sht Uerda nima ko'p —
past-balandlik. 111 uh-rat, Oltin zanglamas. Men bo'lsam uning yo'-lini allaqachon topib
qo'yganman. X. To'xta-boev, Shirin qovunlar mamlakati.
Boshini (yoki o'zini) u yoqqa urmoq, bu yoq-qa urmoq Biror narsa harakatida o'zini ming alfozga
solmoq, astoydil urinmoq. \Mup-zakarimboyH Boshni u yoqqa urdim, bu yoqqa urdim, axir bir
zvini topdim, jiyan. Oybek, Tanlangan asarlar. YO u yoqlik, yo bu yoqlik qilmoq Masalani
ko'ndalang hal qilmoq, ishni bir yoqlik qilmoq, ajrim qilmoq. U dunyo q. dunyo 8. Taqdirga
shukur qia, nomusli kambag'al bo'l. U dunyoda foydasini bilasan. Oybek, Tanlangan asarlar. U
dunyo-bu dunyo, u dunyoyu bu dunyo q. dunyo 8. U yoqda tursin q. turmoq. Ochilish u yoqda shursin,
ochiq xotin-larning yuzini ham ko'rmaiman, deb ont ich-ganman. A. Qahxrr, Mayiz yemagan xotin.
U yoqda qolib Yoddan ko'tarilib, esdan chiqib, unutilib. Kanizak.. ko'zi jiqqa yoshga to'l-di-yu,
uzr u yoqda qolib, hasratga tushib ket-di. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari. U yog'i-ni
surishtirsang Anig'ini bilmoqchi bo'l-sang, ochig'ini aytganda, aslida. Uyog'ini su-rishtirsang,
qishloqda hammaning ro'zg'ori tang. Oybek, Tanlangan asarlar. Uni qo'y, buni qo'y s.t. Boshqa
gaplarni qo'yatur.. Uni qo'y, buni qo'i, qachon biznikiga kelasan?
-u (unli tovushlardan keyin -yu) 1 bog'l. Teng xuquqli ikki so'z yoki ran bo'lagini o'zaro
bog'lab, «va» ma'nosida qo'llanadi. Yeru ko'k. Yoshu qari. Kechayu kunduz. To'qson beshu o'ndan uch
foiz. mm Qir-adirda o'tlar mening qo'yu qo'zim. Islom shoir.
2 bog'l.-yukl. Qiyos, zid ma'noli gaplarni ta'kid ma'nosi bilan bog'lash uchun qo'l-lanadi. Men
xam shuni o'ylayapman-u, ikkinchi yoqdan Sheraliga qarab turib, ham rahmim keladi, ham havasim.
S. Karomatov, Oltin qum.
UBORSHITSA \r. ubrat` — «yig'ishtirib, saranjom, orasta qilmoq» fl. dan yasalgan ot] q. farrosh.
Malohatxon.. erining qarshi-ligiga qaramay, rayon sovetiga uborshitsa bo'lib ishga kirgan ekan.
A. Qahhor, Jonfi-gon.
U-BU 1 Noaniq bo'lgan narsa, ran, xr-disa ma'nosini bildiradi. Taxta va g'isht-lar ustiga u-
bu yopdilar. A. Muxtor, Opa-singillar. I'tma endi bahona, Demagin u-buda ayb. E. Vohidov,
Muhabbat. Nuri bilan u-bu to'g'risida gaplashib, kir yuvar edi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
..gap so'rasam, ti-shim og'rib qoldi, u-bu deb mujmal javob berdi. A. Qahhor, Asarlar.
26j YA'^
2 Biror gap-so'z; alay-balay. ..xursand-chiligini qilsin. U-bu deydigan odamning og'ziga urish
kerak. A. Qahxrr, Asarlar.
UV taql. s. It, bo'ri kabi xayvonlar chiqaradigan cho'ziq ovozni va shu ovozga o'xshash boshqa
narsalar tovushini, jumla-dan, inson yig'isidagi shu kabi ovozni bildiradi. Uv.. deb kelar
bo'ri ovozi. S. Jo'ra. To'sindan dahshatli uv bilan girdibod quyun ularni o'radi. Oybek, O.v.
shabadalar. Birga turmayman desangiz, mayli, sudga bering. Biroq men sharmandani kechiring!
Men sizning tirnog'ingizga ham arzimayman! Uv!.. S. Siyo-yev, Otliq ayol.
Uv solmoq (vki tortmoq) «Uv» degan cho'-ziq ovoz chiqarmoq. Ovul tinch, goho uzoqda, Allonbiy
qo'rasi tomonda bo'ri uv tortar-di. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi. Daraxt-larni yumdalar
bo'ron.. Goh quturib uv solar bo'ron. 3. Obidov, Yaxshi niyat. Shu tilda al-lasin aytgandir
onam, Shu tilda uv tort-gan farzand dog'ida. Shuhrat, Yoshligimning davomi. Xadicha buvi ham uv
tortib yig'ladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
UVA Tog' yonbag'irlaridagi cheti qiyalab ko'tarilgan yerlar, pasttekislik. Go'yo tabiat qirlar,
adirlar va uvalarga yam-yashil gilam qo'yganday. Gazetadan. Qarshidagi ulug'vor tog'-lar,
uvalarni tomosha qilib.. aravada liqil-lablanj boraman. Oybek, Bolalik. Suv yoqalab kelib
qolganim bu chechaklar uvasi munchalar go'zal, do'stim! Mirtemir, Tingla, xayot.
UVADA 1 Kiyim, to'shak va sh.k. ningto'z-gan, uzilgan parchasi. Men sovuqdan saqla-nish uchun
uvadasi oqib yotgan ko'rpa-to'shak-larga o'r&shb olar edim. H. Tursunqulov, Hayo-tim qissasi.
Nihoyat, to'nidan uvada olib otibdi.. Shunaqa, To'lagan aka, dushman otgan toshdan jigar otgan
uvada qattiq tegadi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 Eskirib, sitilib, yirtilib dabdala bo'lgan kiyim-kechak; latg'a-putta, eski-tus-ki.
Chuvrindilarga o'ralgan La'li uvadaga o'ral-gan go'dagini quchoqlab.. po'stak ustida o'ti-rardi.
H. G'ulom, Mash'al. Zangdan qorayib ketgan temir karavot ustida ko'rpanamo eski uvadalarga
burkanib Dorobbek yotardi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Bolor ham xoda bozori. Paxta, uvada
bozori.. «Ravshan».
3 sft. Yirtilgan, to'zgan, uvada holga kelgan. Uvada kamzulda billur tugmaday Bu-lutlar
ortidan boqadi yulduz. A. Oripov.
4 ko'chma Uvadaga o'xshash narsa haqida. Oppoq uvada bulutlarni shamol haydaydi. S. Zunnunova,
Go'dak hidi. Bir yonda sudralgan qish uvadasi: Irkit qor uyumi, to'nggan nam tuproq. R.
Bobojon. ..etda-betdauvada qor-lar sochilib yotardi. Mirmuhsin, Qulamas qoya.
Uvadasi chiqqan 1) eskirib, yirtilib to'zgan, dabdala bo'lgan. Uvadasi chiqqan to'n. tsh Boyagi
tikroq bola uvadasi chiqqan das-turxonni yozib, qotgan-qutgan burda nonlar-ni rasamadi bilan
sochib yubordi. S. Karoma-tov, Oltin qum. ..ayol uvadasi chikqan ko'rpa-cha solib, eshitilar-
eshitilmas ovozda dedi.. J. Abdullaxonov, Xonadon; 2) yaroqsizholga kelgan, «dabdala»
bo'lgan. Komiljonning tak-lifi — uvadasi chiqqan eski gap. I. Rahim, Ixlos.
..kompozitorlar-ku qayta ishlayve-rib, xalq qo'shiklarining uvadasini chiqardi, endi qayta
ishlashni oshpazga kim qo'yibdi.. I. Rahim, Hilola.
UVADALANMOQEskirib, titilib, par-cha-purcha bo'lib ketmoq; uvada holiga kel-moq. Qoratoy ikki
tomondan ochiq bo'g'otlari uvadalangan ishxonada.. temir parchasini bolg'a bilan gurs-gurs urar,
yassilar, cho'zar, qayirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
UVADACHI ayn. eskifurush.
UVALAMOQ 1 Mayda, uvoq qismlarga bo'lmoq; maydalamoq, ushatmoq. Kesakni uva-lamoq. Nonni
uvalamoq. mm Qum-kesakdan ko'p bemador qirg'oqni [po'rtana) o'pirardi, uva-lardi. G'. G'ulom.
2 Boshoq, so'ta va sh.k. dagi donalarni uqalab ajratib olmoq. Jo'xorini uvalamoq. Anorni
uvalamoq.
UVALANUVCHAN Yaxshi, tez, oson uva-lanish (maydalanish, parchalanish) xususiya-tiga ega.
Uvalanuvchi g'isht.
UVALI-JUVALI Ko'p farzandli, ne-vara-chevarali. Ikki yoshning muhabbatli, uvali-juvali
bo'lishlariga duo qilishgach, sovchilarga zarrin to'nlar kiydirildi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Buvi.. uy sohibi Utapning serfarzand, uvali-juvali bo'lishi-ga istak bildirdi. H. G'ulom,
Mash'al. To-libjon ham uvali-juvali, xoshin, bola-chaqasi bilan chiqib, boboni kuzatgani ot-
langan edi. A. Muxtor, Chinor.
UVALLO q. uvvalo. Shoshib qolganidan, uvallo urinishiga qaramay, pal`tosining yengini
topolmasdi. S. Abduqaxdor, Ko'zlar.
J^o 262
UVALMOQ Mayda bo'lakchalarga bo'lin-moq; ushalib ketmoq, uvalanmoq. Bo'r uvalib ketdi.
UVAT q.x. Dala yoki ekin maydoni ichi-da, chetlarida qoldirilgan bo'sh yer, tor yo'l. Adirlarda
o'rim boradi, Uvatlarda o'tlaydi poda. X. Saloh, Chashma. Marza, uvat, yo'l yoqa-larini haydash
hisobiga maydonimizni o'n ikki gektarga kengaytirdik. Gazetadan.
UVVALO Astoydil urinib, zo'r berib; astoydil, rosa. Mahkam aka uvvalo tushun-tirishga urinsa
ham, chol eshitmasdi. R. Fay-ziy, Xazrati inson. Xotinlar uvvalo qis-tasa ham, Buviniso
halimga kosa ko'tarib bormadi. P. Tursun, O'qituvchi. Uni tinchitish, nima bo'lganini aniqlashga
urinib, uvvalo yalinaman, qani tinchisa, qani ochiq ayta qolsa. X- Nazir, Ko'kterak shabadasi.
UVVOS O'kirgan ovoz, shunday ovozli yig'i. Kuni bilan Osim akaning hovlisidan qiy-chuv, uvvos
ko'tarilib turdi. I. Qalan-darov, Shoxidamas, bargida. Dshshod daraxt-ga qarab yugurdi. Ayollar
ham uvvos bilan da-raxt tagiga kelishdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
Uvvos solmoq (yoki tortmoq, ko'tarmoq)
O'kirgan, qattiq ovoz chiqarmoq; shunday ovoz bilan yig'lamoq. Barcha baravar uvvos soldi.
Qiy-chuv olqishlar, qarsak qo'shilib, o'ris sozini eshittirmay qo'ydi. S. Siyoev, Avaz. Qopqog'i
qalaylangan temir tobut uy o'r-tasiga qo'yilgach, xotin-xalaj birdan uvvos solib, azaochdi. E.
Usmonov, Yolqin. ..odamlar uvvos tortib, chapaklar, qarsaklar bilan, oh-voylar, qichqiriqlar
bilan yana so'radilar. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Bechora ona chidol-madi, qabrni quchoqlab,
uvvos tortdi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Mabodo olomon ichidan biri chiqib: «Biz odam
bo'lmaymiz», deydigan bo'lsa, qolganlar «to'g'ri», debuvvos ko'tarishi turgan gap. «Mushtum».
UVERTYURA \fr. ouverture < lot. aper¬ture, operture — ochilish, boshlanish] mus. 1 Opera,
balet, kinofil`m va sh.k. ga yozil-gan, ana shu asarning asosiy mavzularini ifodalovchi
musiqali muqaddima. Ko'p o't-may, frak kiygan dirijyor o'z o'rniga chitsdi-yu, «Bog'chasaray
fontani»ning uvertyurasi bosh-landi. P. Qodirov, Uch ildiz. Simfonik or-kestr opera boshlanishi
oldidan chalinadigan uvertyurani.. ijro etadi. H. Nosirova, One-pa haqida ayrim tushunchalar.
2 Orkestr uchun yozilgan, bir qismdan iborat mustaqil musiqiy asar. Kontsert uvertyurasi.
UVIZ shv. Og'izning ikki cheti. Og'zi nim ochiq, uvizidan sizgan so'lagi soqoliga yopish-gan.
«Sharq yulduzi».
UVISHMOQ 1 Qonning yaxshi (me'yo-riy) yurishmasligi sababli karaxt holat-li bo'lmoq (asosan, oyoq,
qo'l haqida). -Qo'l-larini yechib yuboring! — Arg'un belidagi xan-jarini sug'urib olib, chilvir
arqonni uzib tashladi. Amirak Ahmad uvishib qolgan qo'l-larini osiltiribuqaladi. Mirmuxsin,
Me'-mor. Qimirlatib ko'rib, hech narsa sezmadi. Oyoqlari uvishib, yo'q bo'lib qolganday edi. M.
Mansurov, Yombi. Sezganmisiz, oyoq uvishib qolganda, zilday bo'lib, egasiga bo'ysunmaydi. M.
Hazratqulov, Jur'at.
2 Lohaslik bilan qisman qaltiroq his etmoq; junjikmoq (tana, et, badan haqida). Oqshom
salqinidan uvishgan tanasini hara-katga keltirish uchun kerishayotgan jangchi-ning yelkasiga
panjasi bilan qoqib.. N. Sa-farov, Olovli izlar. Zargarov chindan ham eti uvishib, zo'rg'a
o'tirgan edi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat. Badani uvishib o'tirgan ayol jonlanib, u
aytgan shim bilan ko'ylakni qo'liga oldi. «Yoshlik».
3 ko'chma Umuman, karaxt holatda bo'lmoq (narsa haqida). La'li o'g'ilchasining o'limiga
chidayolmay, ko'p yig'ladi, ilgari yuzi yopilgan buloqday, yurak qa'rida uvishib yotgan ona-lik
mehri mana, nihoyat, kechroq bo'lsa ham, jo'shurdi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
Yuragi (yoki qalbi) uvishmoq Noxush nar-sadan o'zini yomon his qilmoq. Men, yopiri-lib kelgan
sovuq tuyg'udan yuragim uvishib, archaga suyanib qoldim. O. Yoqubov, Izlayman. U qolarkan qalbi
uvishib, Qo'rqib boqar hov-lisi tomon. O. Xojieva, Hayotga ta'zim.
UVLAMOQ ayn. uvillamoq. Uvlab yig'la-moq. shsh Uvlab qoldi bir to'da och, mal'un bo'rilar.
G'ayratiy. Tuni bilan bo'lgan g'azab-li bo'kirishlar, xunuk alax^shshlar, yirtqich-day uvlab
yig'lashlar tindi. A. Muxtor, Opa-singillar.
UVOL \a. jlj^ — noqulay muhit; balo, ofat; falokat yoki JL.J — kamchilik, nuq-son] 1 Ayb,
gunoh. Yoshgina emadigan chaqalo-g'i bo'lmaganda ham mayli edi, unga qo'l te-gizmoq uvol! I.
Akram, Adolat. Mehmonlar
263 dg^
to'yga borib xursand bo'lishmadi. To'yboshining orzu-havasi uvolga, zamon so'zi bilan aytsak,
gunohga aylandi. N. Safarov, Olovli izlar.
Uvoli tutmoq yoki uvoliga qolmoq Nojo'ya ish yoki harakatning aybdori bo'lmoq; ja-zosini olmoq.
Uqishini juvonmarg qilsak, uvoliga qolamiz. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
2 Foydasiz yoki bevaqt yo'q bo'lish, yo'-qolish; nest-nobud. Umr uvol, uvol, bahor me-valarin,
Yoshlik bo'salarin to'yib totmasang. A. Muxtor. Xohishlaring bo'lmasin uvol! H. Olimjon.
3 ko'chma Birovga ozor bermaydigan, zi-yon yetkazmaydigan; yuvosh, zaif. [Akram:] Ie, hali
sutdan oq, musichadek uvolman deng? O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim. Boya
chumolidek uvol ko'ringan qizdek yigit endi kiyikdek yel quvib uchib borardi. S. Ahmad. Cho'l
burguti.
4 Og'ir, qiyin, ayanchli. Jo'jabirdek jon, bolalariga uvol bo'ldi. N. Safarov, Uyg'onish. Oyoq-
qo'li butun bo'la turib, chumchuqdan dam-map uvol yashaydigan odamlar ham bor. S. Ah-mad,
Qadrdon dalalar.
UVOQ 1 Uvatilgan narsaning kichik bir bo'lagi, uvalgan qismi; ushoq. Zokir.. bos-ton
pidjagining yengiga yopishgan non uvog'i-ni chertib tashladi. P. Qodirov, Uch ildiz. Binoning
tashqi tomoni marmar taxtalar hamda marmar uvoqlari bilan pardozlangan. Gazetadan.
2 ko'chma Jussasi kichik, mayda. [Sherbek:] Qoramol bilan uvoq molga bu yerda to'playdi-gan yem-
xashagimiz bemalol. S. Anorboev, Oq-soy. Bunday murakkab mashinani mendek uvoq-qina bir qiz
boshqarishini qayoqdan bilar edi ular. N. Safarov, Uzoqni ko'zlagan qiz. U, Dilbarxon tasavvur
qilganidek, yo'g'on, bar-vasta emas, balki 55 yoshlardagi uvoqqina odam edi. X. To'xtaboev,
Sadoqat.
3 ko'chma Umuman, mayda, kichik. Uvoq maq-saduchun tarixni chaplab, Homiylarni, zakiy-larni
sotganlar ozmi? A. Oripov, Yillar armoni.
UVOQLAMOQ ayn. uvalamoq 1. Juvon nonni uvoqlab, qand bilan lattaga tugib, suvga
chayqagandan so'ng, go'dak og'ziga tutadi. S. Azimov, Oppoq tong qo'shig'i.
UVULDIRIQ Baliq va b. ba'zi suvda yashovchi jonivorlarning tuxumchalari, uru-g'i; ikra.
Bosilib, uvuldirig'i sitilib chiq¬qan baliqlar. mm Qovoq xumchadagi sutdan oqlab, uvuldiriq
surkalgan kulchani sindirib, mehmonning oldiga qo'ydi. A. Muxtor, Qora-qalpoq qissasi.
UVULLAMOQ Cho'ziq «uv» degan ovoz chiqarmoq; uv tortmoq. Bo'ri uvulladi. It uvulladi. mm
Allaqanday bir to'da it to'l-qinga qarshiuvullamoqda. G'. G'ulom. Shamolgoh och bo'riday uvullar..
edi. A. Qahhor, Dahshat.
UVUN-TO'DA 1 Eski, chirik, yirtiq narsalar; eski-tuskilar. Uvun-to'dalarning orasida,
xonaqoning bir burchagida tong ottirdim. G'. G'ulom, Shum bola.
2 Betartib, pala-partish; yig'ishti-rilmagan. Uvun-to'da hovli. sht Uyning eshi-gi lang ochiq
edi. Narsalar uvun-to'da bo'lib yotibdi. SH. G'ulomov, Yorqin ufqlar.
UVUSHMOQ q. uvishmoq.
UGLEVODLAR [r. ugol` - ko'mir + voda
— suv: ko'mirsuvlar] Odam, jonivorlar va o'simliklar hayoti uchun zarur bo'lgan, utle-rod,
kislorod va vodoroddan tarkib top-gan organik birikmalar guruhi.
UGLEVODORODLAR \r. ugol` - ko'mir + vodorod] Molekulalari faqat utlerod va vodorod
atomlaridan. tarkib topgan orga-nik birikmalar sinfi.
UGLEROD [r. ugol` - ko'mir + rod(it`)
— tug'dirmoq] Mendeleev davriy sistema-sining IV guruhiga mansub, hamma organik
moddalarning eng muhim tarkibiy qismi bo'lgan kimyoviy element.
UGRA 1 Yupqa yoyilib, uzun va mayda qilib kesilgan xamir. Ugra kesmoq. mm Ziyo-daxon shitob
bilan ugra kesar ekan, unga [Sidiqjonga\ bir qarab qo'ydi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
2 Shunday xamirdan tayyorlangan suyuq osh. Oliy nav un ugra, lag'mon, manti kabi taomlar uchun
ko'l keladi. K. Mahmudov, Uz-bek tansiq taomlari. Usta Abdullajon keltirgan bir kosa
serqatiq ugra oshidan ik-ki-uch qoshiq ichib, qaytarib berdi. O. Yoqu-bov, Vido.
UD \a. j — daraxt, poya, novda; torli, chertma musiqa asbobi nomi] Katta noksi-mon
kosaxonali, kalta dastali, ko'p torli, chertib chalinadigan musiqa asbobi. Ud chalmoq. mm Ud
\barbat] — qadimgi O'rta Osiyoda chertma torli musiqa asbobi. «Fan va turmush».
UDAICHI ayn. hudaychi. Anvar bugungi HO¬MO va arizalarni yig'ishtirib, udaychiga top-shirdi. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon.
UDARNIK I [r. udarit` — «urmoq, zarba bermoq; urib chalmoq» fl. dan yasalgan ot] Otish
qurollari zatvorining otish payti-da o'q kapsyulini urib chaqadigan, o't ol-diradigan uchli
qismi, uchi. Zatvor udarni-gi. Udarnik chaqalagan piston.
UDARNIK II esk. q. zarbdor.
UDDA [a. — mas'uliyat, javobgar-lik; kafillik, kafolat] Biror ishni ba-jara olish, o'rinlatish;
amalga oshirish, eplash. Bu nozik vazifaning uddasini sizga havola etmoqchimiz. Oybek, Navoiy.
Udda qilmoq yoki uddasidan chiqmoq Ba-jara olmoq, eplamoq, uddalamoq. Mayli, ishni ham,
o'qishni ham udda qilaman desang, boraver. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Bum-ma buzoqni udda
qilolmaysan-a. S. Nurov, Narvon. Brigadamiz uncha katta va kuchli bo'lmasa ham, barcha ishning
uddasidan chiqa-miz, ishonavering\ SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
UDDABURO(N) [a. ol^ + f. ^ - ke-
suvchi, keskir, o'tkir] Har ishni udda qila oladigan, eplay oladigan; epchil, abjir,
tadbirkor. Uddaburo ayol. mm Homidxo'ja Mir-valining uddaburo bola ekanini yaxshi bilar-di. S.
Ahmad, Saylanma. Nu'monjon mohir master, yaxshi brigadirgina emas, balki ud-daburo
tashkilotchi hamdir. N. Yoqubov, Qalb ko'zi bilan.
UDDABURO(N)LIK Uddaburoga xos xislat. Fotimaning bir so'zliligi, uddabu-ronligi hammaga
yoqib tushdi. «Saodat».
UDDALAMOQ Uddasidan chiqmoq, udda qilmoq, eplamoq. Kulib turib yig'lash mush-kul xol, buni eng
moxir artistlargina ud-dalashi mumkin. «Yoshlik». Raisa o'sha yili raisga bergan va'dasini
uddaladi. Gazetadan.
UDLI-SHUDLI Ishni tez bajaradigan, epchil; serharakat, serg'ayrat. Udli-shudli qiz. Udli-shudli
xizmatchi. Udli-shudli bo'l-moq. mm Bolangiz tuzuk, udli-shudli chiqyap-ti. Hademay, sizga
suyanchiq bo'lib qoladi. H. Nazir, Indamas.
UDMURT 1 Rossiya Federatsiyasi tarki-bidagi Udmurtiya Respublikasi tub aholi-sini tashkil
etuvchi xalqning nomi (q. ud-murtlar). Udmurt xalqi. Udmurt millati.
2 lily xalq, millatga oid, mansub. Ud-murt ayoli.
UDMURTLAR Udmurtiya Respublikasi-ning tub aholisini tashkil qiladigan, fin-yrop til guruhiga
mansub perm` til-laridan birida so'zlashadigan xalq.
UDUM \a. ^JJLC - yo'kdik, nomavjudlik; yo'qolgan (yo'qotilgan) narsa] 1 Umum to-monidan qabul
qilingan va amal qilina-digan tartib; odat, rasm. Toshkenp`shkda ba-g'oyat qadim Yashab kelar
ezgu bir udum: Uch-rashganda birinchi so'roq — «Tinchlikmi?» deb hol surishtirmoq. M. Shayxzoda.
Qora uylar-ni esa, eski udumga ko'ra, faqat ayollar ti-kishadi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh
ko'chsa.
2 s.t. Ayrim shaxsga xos ish-mashg'ulot, odat. Parrandaga o'ch: hali qarqunoq tutib keladi, hali
bedana. Bobosining udumini qi-lib, ovchi bo'laman, deydi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
UEZD \qad. r. yezd` — yo'l; ko'cha; yurish] esk. Chor Rossiyasida va sobiq SSSRda: 1929 yil-gacha
guberna tarkibidagi ma'muriy-hudu-diy bo'linma. Uezd hokimi «akangni mingbo-shi qilaman»
deb.. degrezlik Isomiddin degan jallobni saylagan edi. A. Qahhor, Y illar.
UZAUzra s. qisqargan shakli. Bog'inguza raftor ila o'tganda xiromon.. T. To'la.
UZAYMOQ 1 Bo'yiga cho'zilmoq, uzun-lashmoq. Yo'l uzaydi. Quyosh og'ib, soyalar uzay-di. mm Katta-
kichik daraxtlarning yerga tashlagan ko'lankalari, gerdayib ko'kka uzay-gan haybatli
qayrag'ochlar sirli, vahimali ko'rindi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Uzoq vaqt davom etmoq, cho'zilmoq. Kam-bag'al ro'za tutsa, kun uzayar. «Qanotli so'z-lar».
Sentyabrning oxirlari. Kunlar qisqa-rib, tunlar zsa uzaya boshlaydi. T. Obidov. Yusufjon
qiziq.
UZALA: uzala cho'zilmoq (yoki tushib yot-moq) Bor bo'yi bilan yaslanib, cho'zilib yot-moq. Yormat
maysa ustiga uzala cho'zilib, qat-tiq uh tortdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Sherniyoz uzala
tushib, uxlab qolgan edi. J. Sharipov, Xorazm. Hovliga chiqib, birpas ay-lanib kiradi-yu, yana
uzala tushib yotib oladi. S. Siyoev, Avaz.
UZALASIGA Bor bo'yicha cho'zilgan hol-da. Bir-ikki chayqalib, gul paykali ustiga uzalasiga
yiqilib tushdi. «Mushtum».
UZALMOQ ayn. uzanmoq. Saidiy qizar-di-da, uzalib, stol ustida turgan papiros-dan birini
olib tutatdi va iljaydi. A. Qah-hor, Sarob. Nortoji polvon uzalib, dovuch¬
265
chalardan birini oldi. N. Norqobilov, Be-katdagi oquycha. «Endi o'ldim», debuzalibyot-di.
«Bahrom va Gulandom».
UZAMOQ kam qo'll. Ancha nari ketmoq, uzokdashmoq. Tong otdi, qizlar uzab ketdi. «Ravshan».
UZANA shv. ayn. uzala, uzalasiga. Gohuza-na, goh chalqancha yerga yotdim. N. Narzullaev.
UZANGI Egarning ikki tomoniga qa-yish bilan bog'lab, osib qo'yiladigan, otga minish va egarda
oyoqlarni tirab o'tirish uchun xizmat qiladigan, metalldan yasalgan ot abzali. Komil kumush
uzangiga oyoq uchini qo'yib, egarga minib oldi. H. G'ulom, Mash'al. Ma'1um otliq qutidorning
darvozasida oti-ni to'xtatdi-da, o'ng oyog'ini uzangidan uzdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
UZANGISOZ Uzangi yasovchi temirchi usta. Temirtosh o'trorlik bir uzangisoz hu-narmandning
bittayu bitta o'g'li edi. M. Osim, O'tror.
UZANMOQ 1 Butun bo'yi (gavdasi) bi-lan cho'zilmoq, cho'zilib yotmoq. Buni payqa-gan Otabek,
xanjarini qinidan chiqarib, qo'liga ushlagach, yuztuban yerga uzandi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar.
Gilamga uzanib, boshi-ni qo'llari ustiga qo'ydi. Cho'lpon, Kecha va kunduz.
2 Biror narsani olish uchun intilmoq, qo'l cho'zmoq; cho'zilmoq. Ko'zlari.. yorishibket-di, lablarshi
yalab, miltiqqa uzandi. Oybek, Quyosh qoraymas. Tilov uzanib, karavoshdan paryostiq oldi-yu,
Jamshidga yalt qaradi. SH. Xolmirzaev, Tog'larga qor tushdi.
3 ayn. Uzaymoq, cho'zilmoq. To'xtamadi za-mon daryosi, Kunlar ortdi, uzandi bo'yim. M.
Shayxzoda.
UZATMOQ 1 Qo'lidagi biror narsani boshqa bir shaxsga bermoq, qo'l cho'zib tut-qizmoq, birovga
tutmoq. Choy uzatmoq. Gul uzatmoq. ish Ra'no kitobni sekingina yopib, Anvargauzatdi. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon. Tamila unga so'rg'ich kiygizilgan sutli shi-shani uzatdi. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol. Yuzini ro'mol bilan to'sgan bir ayol de-razadan osh uzatdi. S. Ahmad,
Hukm.
2 ko'chma s.t. Pora (pora tarzidagi nar-sa) bermoq. Unga biror narsa uzatmasangiz, ishingiz
bitmaydi.
3 Biror tomonga yo'naltirmoq, cho'zmoq, yozmoq; rostlamoq (oyoqni, qo'lni). Sherali dum-dumaloq
qo'lini Karimga uzatdi. S. Ka¬romatov, Oltin qum. U ikkala oyog'ini uza-tib, o'zini uyqu
ixtiyoriga topshirdi. F. Musajonov, Himmat.
4 sprt. Irg'itib, tepib, ikkinchi o'yin-chiga o'tkazmoq, yetkazib bermoq; oshirmoq (to'p, shayba va
sh.k. ni). ..bir-birlarining qarshi hujumlarini mustahkamlab', to'pni qisqa va aniq uzatib
o'ynar edilar. Gazeta-dan.
5 Ma'lum joygacha birgalashib bormoq, kuzatmoq. Uni elektr chiroqli stolba tagi-gacha uzatib,
so'ngxayrlashdi. P. Tursun, O'qi-tuvchi. Usta Olim Otabekni ko'chagacha uza-tibchiqdi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
6 Biror manzilga yo'llamoq, jo'natmoq. Ona bugun uzatadi o'z o'g'lini frontga. H. Olimjon.
Mengboy tashshlarini uzatdi, yana G'affor bilan bufetga qaytib kirdi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh
ko'chsa.
7 Yetkazmoq, yetkazib bermoq. Xabarlarni uzatmoq, Elektr tokini uzatmoq.
8 Turmushga chiqarmoq, erga bermoq. Qiz bola ota-onaga omonat, uzatib tinchiy! S. Zunnunova,
Yangi direktor. Siz uzatishni xoxlamasangiz ham, balki u erga tegishni xoxlab qolgandir. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Kelin qilsang — yo'qdan qil, qiz uzatsang — borga qil.
«Qanotli so'zlar».
Ko'rpaga qarab oyoq uzatmoq q. ko'rpa. Oyoq uzatib Xotirjam, bemalol. \Fotima.\ Men ham dunyoga
umid bilan kelganman, oyogimni uzatib o'tirarmikanman, deb o'g'il o'stirgan-man. A. Qahhor,
Og'riq tishlar. Pensiyaga chiqib ketib, endi oyoqsh uzatib yotaman. 3. Egamberdiev, K.
Xolmuhamedov, Qari bil-ganni — pari bilmas. Qayoqqa uzatsa, qo'li yetadi yoki qo'lini qayoqqa
uzatsa, yetadi Nimani istasa, shuni udda qiladi; har qan-day mushkulotni hal qilishga qodir.
[Zuh-ra:] Kimga gapirsang, gashng o'tadi; qayoqqa uzatsang, qo'ling yetadi. A. Qahhor, Og'riq
tishlar.
UZV [a. j— a'zo, tana qismlaridan biri] 1 Tana a'zosi; mucha. Saidiyning ikki yil ichida
bo'shayozgan iliklari to'ldi, uzvlari eshilib bo'rtdi. A. Qahxrr, Sarob. [Bu mav-judotlarda] Bosh
o'rnidagi uzv pastga qa-ragan, ko'rinishlari miskin va qayg'uli edi. H. Shayxov, Tutash olamlar.
2 Biror butunlikning ajralmas qismi, bo'lagi. Bu chaman shonli vatanning uzvi bo'l-gandan
keyin.. F. G'ulom.
ya& 266
UZVIY Chambarchas holdagi, o'zaro bog'-langan; ajralmas. Uzviy aloqa. mm Navoiy musammatlari
uning ulkan lirik merosining uzviy bir qismidir. «UTA». Bunday hol tur-mushda takror bo'lishi
mumkin, chunki bir ish ikkinchisi bilan uzviy bog'liqdir. SH. Rashi-dov, Bo'rondan kuchli.
UZGICH Elektr tokini uzish, ulash uchun xizmat qiladigan moslama. Akkumulyatordan kelayotgan tok
to'g'ridan-to'g'ri transfor-matorga kelmasdan, uzgich-ulagich orqali ke-ladi. Gazetadan.
UZEL I [qad. r. vozele < vezati (vyazat`) — to'qimoq; bog'lamoq, biriktirmoq] 1 Transport
yo'llarining tutashgan, kesishib o'tgan joyi. Eng yirik temir yo'l uzeli — A. stantsiyasi uchun
shiddatli jang davom et-moqda edi. N. Safarov, Olovli izlar.
2 Bir joyga o'rnashtirilgan, vazifasi jihatidan bir-biriga bog'langan inshoot-lar,
mexanizmlar, qurilmalar va sh.k. yi-g'indisi. Gidroinshootlar uzeli. ti Qotish-ma tayyorlash
uzelida qishga yaxshi tayyorgar-lik ko'rilmagan. Gazetadan.
3 Mashina yoki apparatning o'zaro bi-rikkan bir qancha sodda detallardan tashkil topgan yaxlit
bir qismi. Abdusattor trak-torning uzellarig'sh ko'zdan kechirdi. «O'zbe-kiston qo'riqlari».
Shubhasiz, paxta terish mashinasida hamma uzel va agregatlar muhim. Gazetadan.
4 anat. Organizmdagi ma'lum hujayra-larning g'uj o'rnashgan joyi; tugun. Lim-fatik uzel. Nerv
uzeli.
UZEL II deng. Kemalarning bir soatda bosib o'tilgan dengiz mili soni bilan hisoblanadigan
tezlik o'lchovi. Paroxod o'n ikki uzel tezlikda yurdi.
UZZOL [a. Jl^c — uzokdashish, ajralish; pastga sakrash] mus. O'zbek xalq kuylaridan biri;
Shashmaqom tarkibida ma'lum sho''ba nomi (kuy harakatida qo'qqisdan 4-5 pog'ona pastlash ro'y
beradi).
UZZUKUN Kuni bilan, kun bo'yi. Qo'y-lar uzzukun o'tlab to'ymagandek, yerdan bosh ko'tarmaidi,
qo'ra tomon jilgisi kelmasdi. N. Fozilov, Diydor. Qorning ham ochikkan-dir uzzukun yurib,
hozir ovqatingni isitib beraman. S. Karomatov, So'nggi barxan.
UZIKMOQ shv. ayn. uzilmoq 4. Dilshod G'ulomjonni avval uzikib qoldi, deb o'ylagan edi. M.
Ismoiliy, Farg'onat. o.
UZIL-KESIL 1 rvsh. Bekam-ko'st, to'la holda; batamom. [Nizomjon] Yuragida to'lib-toshgan
gaplarni uzil-kesil to'kib solmoqchi bo'lib, qizni izlab, yana dalaga qarab ketdi. S. Ahmad,
Ufq. Hali biz qipchoq elidan uzil-kesil qutulganimiz yo'q. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Muayyan
sohaga oid muammolar, jum-boklar shu sohaning ko'pchilik olimlari ham-korligidagina to'la va
uzil-kesil hal eti-lishi mumkin. «Fan va turmush».
2 Qaror holiga kelgan, qat'iy. Uzil-ke-sil javobimizni o'n kundan so'ng xabar qila-miz. O.
Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv. Nihoyat, Rahmatulla xayoliy rejalardan char-chab, uzil-kesil
qarorga keldi. «Yoshlik».
UZILMOQ 1 Uzmoq fl. o'zl. va majh. n. Umidi uzildi. Aloqa uzildi. O'q uzildi. Tan-dirdan
yangi uzilgan non. Ip ingichka yeridan uziladi. Maqol. mm Ko'zlari jiddiy, Ma-rashdan
uzilmaydi. J. Abdullaxonov, Xo-nadon.
2 Aloqasi, bog'liqligi yo'q bo'lmoq; aj-ralmoq. Xotin kishining uydan uzilib, ko'cha-ga chiqishi
oson ekanmi\ S. Anorboev, Oqsoy. [Qodir Komilovich] Xalqdan uzilib qolganga o'xshaydi. Uyg'un,
Navbahor.
3 Davom etishdan to'xtamoq. Yigit uzil-gan shirin tushini yana bir on ko'rish umidida ko'zlarini
yummoqchi bo'ldi. Oybek, Quyosh kr-raymas. Magazin ertalabdan kechgacha ochiq, bu yerdan ertalabdan
kechgacha xotin-xalaj uzilmasdi. A. Muxtor, Opa-singillar. ..kich-kina qora qumg'on tagidan
olov uzilmas edi. Oybek, Quyosh qoraymas.
4 Kasali qaytalamoq, qayta og'irlashmoq. -Sen urinma, uzilib qolasan, — dedi Mah-kam aka
Fotima opaga. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Odatda vrachlar bemor oldiga odam
qo'yishavermaydi. Toliqadi, uziladi, deyishadi. R. Fayziy, Hazrati inson.
5 Jon bermoq, jon taslim qilmoq; o'l-moq. ..bir qultumgina suv ham icholmay, gul hidlab
yotib, bechora uzildi. Mirmuhsin, Umid. Kalta-kalta nafas olib, shipga qa-rab yotiptilar.. Kun
yoyilganda uzildilar. A. Qaxxrr, Qo'shchinor chiroqlari.
Ichagi (yoki ichi, qorni) uzilmoq 1) qorni juda ochmoq, ochiqmoq. [Ruzvon xola:] Qo'y, bolam,
bunaqa behuda xayollarni.. Ol, oshing-ni ich, ichaging ham uzilib ketgandir. H. Na-zir, O'tlar
tutashganda. Ola qol.. qorning ham uzilib ketgandir.. S. Akbariy, Cho'ldagi par¬
267
voz; 2) qattiq kulgidan yoki yig'idan hol-dan toymoq. -Chiroyli yigit, aqlli yigit, — deb
maqtay-maqtay, To'ybekaning ichagi uzildi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Nasibasi (yoki tuz-
nasibasi) uzilmoq Biron yerdan ketish zarurati tug'ilmoq, ketishga to'g'ri kelmoq. Nahosh
Zorqishloqdan ham nasibam uzilgan bo'lsa. S. Ahmad, Hukm. Yerimizdan tuz-nasibang uzilmasin,
bolam! M. Xayrullaev, Tilla marjon. Oyog'i uzilmoq Kelmay qo'y-moq, kelish-ketishni tark etmoq,
to'xtat-moq. Keldi-ketdi bo'lib, Nizomjon uch-to'rt kun Dildor bilan bafurja uchrasholmadi..
Nihoyat, uydan mehmonlarining oyog'i uzildi. S. Ahmad, Ufq. Yuragi (yoki yuragining bir cheti)
uzilmoq Biror kimsa yoki narsaga achinmoq, g'oyat xafa bo'lmoq. Jonuzoqning yumaloq quyma
gavdasi.. uzoqdagi tund buta-lar orasida ko'zdan yashiringanida, Boboqul-ning
yuragiuzilibqoldi. S. Anorboev, Oqsoy. [Nodir] Avtobusga o'tirib, stantsiyaga yaqin-lashgani
sari, yuragining bir cheti uzilib qolgandek bo'laverdi. SH. G'ulomov, Yorqin ufqlar.
UZLAT [a. cJ>t — yolg'izlanish, yakka-lanish; yolg'izlik] kt. din. Kishilardan uzoq, yakka holdagi
hayot; xoli joy; yolg'izlik. Bu imonsizlardan imonimni asray desang, yetti qat yer tagidagi
jahannamda yonmay desang, uzlatga chekin, uzlatga, boshingni olib ket buerdan, Boboqul. S.
Anorboev, Oqsoy. Qol-gan kunlarimni bir chekkada, uzlatda xudo-yi taologa sig'inib, toat-
ibodatda yasha-moqchiman. Mirmuhsin, Me'mor.
UZLATNISHIN [a.+ f. sAu*. -
uzlatda o'tiruvchi] kt. Uzlatda yashovchi. Na-zarimda, boshqa hech narsa bilan ishi yo'q, dimiqib
yotgan bu uzlatnishin odamga bizning kelishimiz derazadan otilib kirgan bahor shabadasidek
tuyilishi kerak edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda.
UZLUKMOQ shv. ayn. uzilmoq 4. | Gavhar: ] Sal darmonga kirsangiz, yaxshi bo'lardi. Uz-lukib
qolmasmikansiz? S. Zunnunova, Gul-xan. Ikki martaba odam yuborganimda, [Ab-dumajidning
xotini] unamabdi, hali dar-monga kirgani yo'q, uzlukadi, debdi. A. Qah-hor, Asror bobo.
UZLUKSIZ 1 Birin-ketin, ketma-ket, paydar-pay. Mashinalar uzluksiz o'tib tu-ripti. shsh Beton
qorishmasi uzluksiz kelib turadi. «O'zbekiston qo'riklari». Granata-lar uzluksiz uchdi. Oybek,
Quyosh qoraymas.
2 To'xtamasdan, tinimsiz, izchil ravish-da. Ikki sutka uzluksiz yomg'ir yog'di. tsh Io'l bo'ylab
ketgan simyog'ochlar esa uzluksiz gu-vullaydi. P. Tursun, O'qituvchi. Qishloq xo'-jaligi ishlab
chiqarishi uzluksiz yuksalish yo'lidan bormoqda. Gazetadan.
Uzluksiz ta'lim O'zaro mantiqiy izchil-lik asosida bog'langan hamda soddadan mu-rakkabga
qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta'lim
tizimi.
UZMA Yupqa yoyilgan xamirni qo'lda uzib, qiymali sho'rvaga solib pishirila-digan taom.
UZMOQ 1 Kuch bilan tortib, yulqib, bu-tundan ajratmoq, butunni qismga bo'lmoq. Ho'kiz bir
siltab, arqonni uzib yubordi. mm Jo'ra poshsha bo'ynidan marvarid marjonini chiqardi-da, ipini
shart-shart uzib, marva-ridlarni kigizga to'kdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t.o. Dutorchi dutorning
qulog'ini jax^\ bilan qattiq burab, torini uzib yubordi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak.
Ziyodaxon, zuvala uzar ekan, hazilomuz javob berdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 Palak, novda yoki tupidan ajratib ol-moq, kesmoq. Krvun uzmoq. Pomidor uzmoq. Uzum uzmoq.
Olma uzmoq. mm ..gulga termi-lib o'tirishni emas, o'sha gulni uzib, iskab yurishni yoqtiradi. S.
Siyoev, Otliq ayol.
3 Kesib, qirqib, joyidan bo'lak qil-moq. Qilich bilan boshini uzmoq. sht Gluxov-ning ikkala
oyog'ini naq sonidan snaryad uzib ketdi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
4 Turgan, yopishgan joyidan ajratmoq, xoli qilmoq. Bu xarsangni yerdan uzib bo'l-maydi.
Tandirdan non uzmoq. mm Japaq qiz-chani bag'ridan zo'rg'a uzib, otilib tashqari-ga chiqdi. A.
Muxtor, Krraqalpoq qissasi. Yunus. tizzalarini og'riq kemirib yeb tash-layotgan bo'lsa ham,
boshini yostiqdan uzib, qimirlatib qo'ydi. S. Anorboev, Oqsoy.
5 Davom qildirmaslik; to'xtatmoq, kes-moq. Gapni uzmoq. Suhbatni uzmoq. mm [ Sao-dat.\
Qo'rqmasim ham bormi, o'zingga ehtiyot bo'l, xatingni uzma. N. Safarov, Saodatning qissasi.
Bo'y yetgan qiz, hozir sen bilan alo-qani uzgan, uzmasa ham, bo'shashtirgan bo'lar edi. P.
Tursun, O'qituvchi.
268
6 Qarzni to'lamoq, evazini bermoq (qay-tarmoq). \G'ofir:\ Shuncha qarzim bor ekanmi? Men buni
qanday uzaman, boy ota? Hamza, Boy ila xizmatchi. Olgan omonatini bata-mom uzdimi? K. Yashin,
Hamza. ..yurtdan yegan oshlarini uzish niyatida to'y taraddudiga tushdi. S. Ahmad, Xazina.
7 Qattiq tishlamoq yoki chaqmoq; tishlab yoki chaqib yaralamoq. Itning ishi — uzmoq, Yomonning ishi
— buzmoq. Maqol. mm Atrof-da g'uv-g'uv pashsha: oyoqlarga yopishadi, burun kataklariga suqishdi,
quloqni uzadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
8 ko'chma Qattiq ta'sir qilib azob ber-moq, og'ritmoq, achishtirmoq (issiq, sovuq, zarb, gap-
so'z va sh.k. haqida). Qizilqumda qish izg'irini badanni uzib ola boshlagan kezda, kechagi
student trassaga kelib, kolonna me-xanigi bo'lib ishga tushgan edi. H. Nazir, O't-lar
tutashganda. Shudgor, qizigan misday, oyoq-ni jizillatib uzib oladi. G' G'ulom, Tiril-gan
murda. Pishiq o'rilgan charm qamchin bi-lan Yo'lchining ochiq ko'kragini va bo'ynini uzib oldi..
Oybek, Tanlangan asarlar. ..o'rtoq Qo-bilov shu gaplari bilan Farmonqul akani bir uzib oldi.
S. Mahkamov, Shogird.
Ichagini uzmoq Kulgi va sh.k. dan holdan toydirmoq. O'tov og'asi Sulaymon oqsoqolni kuldirib
ichagini uzdi. K. Yashin, Hamza. Ko'z (yoki ko'zini) uzmoq Nigohini olmoq, qara-may qo'ymoq.
Hasan uzoqlashib ketgan mashi-nadan ko'zini uzmay qotib turardi. S. Zun-nunova, Ko'k chiroqlar.
Yo'lchi goh-goh ko'z-larini yerdan uzib, qisqa-qisqa javob berib turardi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Ko'ngil uzmoq q. ko'ngil. Ammo bilimga chanqoq bola-lar maktabdan ko'ngillarini
uzmay, o'qishda davom etdilar. K. Yashin, Hamza. Oyoq (yoki oyog'ini, qadamini) uzmoq q. oyoq. Huv
o'sha Mohiro'yjahonda o'qilgan ta'rixdan keyin u Tabibiyning uyidan oyoq uzib ketgan edi. S.
Siyoev, Avaz. Nega biznikidan qadam uzib ketdingiz yo ko'ngil qolarlik gap o'tdimi bizdan?K.
Yashin, Hamza. Tutganjoyini (yoki yerini) uzadi Aytganini, ko'zlaganini amalga oshirmay
qo'ymaydi. Yumshoqqina gapiradi-yu, tutgan yerini uzaman deydi-ya.. R. Fayziy, Cho'lga bahor
keldi. Umid (yoki umidini) uzmoq Istagining amalga oshmas-ligiga ishonmoq, undan voz kechmoq,
umid-siz holatda bo'lmoq. Hasan polvon umid uzdi o'zidan.. Ergash Jumanbulbul o'gli. Avazo'g'lon
ko'nglin buzib boradi, Dunyodan umidin uzib boradi. «Malikai ayyor». O'q uzmoq O'q otmoq.
Mingta o'qni kamonidan uzadi.. «Nurali». Quloq uzmay Diqqat bilan quloq berib. Tag'in bir
necha daqiqa quloq uzmay turib, o'rnidan qo'zg'almoqchi bo'lib turgan edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
UZOR \a. jilt — yuzdagi mayin tuk; yuz, chehra] esk. poet. Yuz, ruxsor. Muncha latifu muncha soz
lola uzorini ko'ring. Habibiy.
UZOQ 1 Oraliq masofasi (nisbatan) katta, nisbatan narida joylashgan; olis. Uzoq qii`yuqdan
keldi. Ovozi uzoq-uzoqlarga yetmoq. Tuyaga minib, uzoqni Kyiiia. Maqol.™ Sidiqjonning ko'zi
daryoning u shomonida, uzoq ufqda miltillab turgan son-sanoqsiz chi-roqlarga tushdi. A.
Qaxdor, Qo'shchinor chi-rokdari. Bir mahalda uzoqda qora nuqta ko'rindi. Mirmuhsin, Me'mor.
2 Vaqg e'tibori bilan davomli, katta, ko'p. Uzoq tikilmoq. Uzoq suhbatlashmoq. Uzoq kutmoq.
Uzoq muddatli kredit. Uzoq yashamoq. tsh Bu jang uzoqqa bormaydi. Mir-muhsin, Me'mor.
Sidiqjon uzoq sukut qi-lib qolgandan keyin bosh chayqadi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari.
3 Do'stlik, qarindoshlik, tanishlik va sh.k. jihatdan bog'lanish u qadar yaqin bo'l-magan, yaqin
emas. U yerda Elmurodning ham bir emas, ko'pgina uzoq qarindosh-urug'lari bordir. P. Tursun,
O'qituvchi. Mexmon uzoq qarindosh — otasining ammavachasi — Ashir-mat edi. Oybek, O.v.
shabadalar. Nurining nikoh kuni u begona qiz — uzoq qiz butunlay tanish va yaqin bo'lib qoldi.
Oybek, Tanlan-gan asarlar.
4 ko'chma Bevosita aloqasi, munosabati yo'q; aloqasiz. Bundoq maslahatlarda mah-kama sohibi,
ammo ilmu fandan uzoq Ahmad Chalabiy ham bir chekkada esnab o'tirardi. Mirmuhsin, Me'mor.
Sultonmurod shu vaqt-gacha xalq tirikchiligidan uzoq yashar, uning dardlariga begona edi.
Oybek, Navoiy.
Ko'zdan uzoq Nazar-e'tibordan chetda. Ko'z-danuzoq yur, uqdingmi ROybek, Navoiy. Uzoq ran cm.
Amalga oshishi yoki yuzaga chiqishi qiyin bo'lgan narsa haqida. Oftoboyim qa-rindoshlaridan
jonkuyar deb tanilgan kishi Kumushbibining tog'asi — Axmadbek bo'lib, u ham umrining ko'pini
Qo'qondami, Xo'jandda-mi o'tkazar, shuning uchun undan yoriy kutish ham uzoq gap edi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
269
Uzoq yili O'tgan yildan oldingi yil, bur-nog'i yil. Buxoroda, uzoq yili betob bo'lib yotganida
ham, ko'ziga shunday murdalar, al-vastilar.. ko'ringan edi. Mirmuhsin, Me'-mor. Uzoqni ko'rmoq
Kelajak haqida to'g'ri fikr yurita bilmoq, oqibatini o'ylab ish tutmoq. Bugunni emas, uzoqni
ko'rish kerak, kosovinguzun bo'lsa, qo'ling kuymaydi. A. Mux-tor, Qoraqalpoq qissasi. Hamma
balo shu savodsizlikdan chiqyapti. Uzoqni ko'rolmaydi. S. Ahmad, Hukm. Uzoqqa bormaydi Ko'p
da-vom etmaydi, tez fursatda barham topadi, tamom bo'ladi. Endi o'zini qayoqqa ursa ham,
uzoqqa bormaydi. Hisobotini eshitamiz-u, tamom. P. Tursun, O'qituvchi. Uzog'i bilan Ko'tt
deganda, ko'pi bilan. Uzog'i bilan ikki-uch kun ichida ishingizni olasiz. N. Safarov, Hayot
maktabi. Ehtimoldan uzoq emas Amalga oshishi oson, bo'lishi mumkin.
UZOQLAMOQ kam qo'll. 1 Ko'p (ancha) vaqt o'tkazmoq (o'tmoq). Uzoqlamay Normu-hammad qushbegi
Qo'qondan bosh toblab, o'z oldiga mustaqil hukumat e'yun qilgan bo'ldi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
2 ayn. uzoqlashmoq Dshbar, go'yo o'z nomini unutgandek, orqasiga qaramay uzoqlab ket-di.
«Guldasta». Ikromjon shovullab turgan kimsasiz to'qay ichida ancha uzoqlab ketgan edi. S.
Ahmad, Ufq.
UZOQLASHMOQ 1 Biror kimsa yoki narsadan nari (uzoq) ketmoq; yiroqlash-moq. Zaynab orqasiga
qaray-qaray, Ota-bekdan uzoqlashdi. A. Qodiriy. O'tgan kun-lar. Choyxo'rlar birin-ketin
o'rinlaridan tu-rib, Oyqizning ko'zidan uzoqlashishga shoshi-lar edilar. SH. Rashidov, Bo'rondan
kuchli.
2 ko'chma Qarindoshlik. qadrdonlik, yaqinlik aloqalarini susaytirmoq yoki yo'qotmoq; bordi-keldi
qilmay qo'ymoq; begonalashmoq. U \Mirzakarimboy] o'z ichida o'yladi: «Onasining uzoqlashib
ketgan tog'a-sini yigit bekorga io'qlab keladimi?» Oy-bek, Tanlangan asarlar. Gavhar bir
narsani tushunmasdi: Odamlar undan uzoqlashyaptimi yo o'zi odamlarga begona bo'lib qolyaptimi ?
O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Ravshan esa lahza sayin bvgonalashib, uzoqlashib borar,
yoniga yo'latmasdi. «Yoshlik».
UZOQLIK 1 Uzoq ekanlik, uzoq bo'lish. Yo'lning uzoqligi ancha qiynadi.
2 Oraliq masofa, masofa. Qishloq sho'-rosi Uchquloq qshilog'iga joylashgan. Tikte¬padan uzoqligi
uch chaqirimcha bor. A. Qodi-riy, Obid ketmon.
3 Uzoqda bo'lgan joylar, uzokda joy-lashgan yerlar. Poyonsiz qirning.. ko'z ilg'a-maydigan
uzoqliklari tumanlangansimon ko'-rinish berar edilar. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar. [Gulnor]
Shiyponning panjarasiga yaqin kelib, uzoqliklarga tikildi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
UZOQMOQ kam qo'lt. Uzoq vaqt kelmay qolmoq; hayallab qolib ketmoq. Ishboshi dey-man, shaharda
juda uzoqib qoldingiz, qani, o'tiring, nima gaplar bor? H. Shams, Dush-man.
UZR [a. jlc — kechirim; kechirish, oq-lash; bahona, sabab] 1 kam qo'll. Kechirish, afv etish.
Yoshlikda hammadan ham xatolik o'tadi. Kichikdan — xato, kattadan — uzr. O'. Hoshimov, Qalbingga
quloq sol.
2 Biron ish, xatti-harakatni oqlovchi narsa; sabab, vaj. Ishashdan qo'rqishim to'g'-risidagi
uzrimni aytib yig'ladim. G'. G'ulom, Tirilgan murda. Uylanish sizga ham farz, ham qarz. Bunga
qolganda, albatta, bir uzr ko'rsatolmaysiz. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. ..Molimizni ortgan
tuyakashlar shu saroyga tayishangan edilar. -Har xolda, bu uzr emas! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Afv etish, kechirish haqidagi ilti-mos; kechirim. Utib ketgan, hozir hamma-mizni xam
xijolatga qo'ygan ish to'g'risida Farmonqul, uzr tariqasida bo'lsa ham, gap ocharmikin, deb
xavotirda edim. A. Qaxdor. Ko'shchinor chirokdari.
Uzr so'ramoq (yoki aytmoq) Gunohini ke-chirishni, afv etishni iltimos qilmoq. Yusufjonov shu
xayolda kelarkan, o'zini bir ayolga urib olib, undan zo'rg'a uzr so'radi. N. Fo-zilov, Hayot
o'rgatdi. Bor, jonginam, ama-kingga, Savrixon ayaga uzr ayt. «Mushtum».
4 und.s. «Afv eting». «kechiring» ma'no-larida ishlatiladi. -Uzr, sizni qo'rqitib yubordim, —
dedi G'ulomjon. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. -Uzr, aybga buyurmaysiz, — dedi Nusratbek, olimni
ishdan qoldirayotganiga iymanib. S. Nurov, Narvon.
UZRA (b.k. bilan) ko'm. poet. Makon mu-nosabatini bildiradi; sirtida, ustida yoki tepasida.
O'rmonlar shuvullagan Olis yurtda hali ham, Nomsiz tepalik uzra Uxlab yotib-di otam. E.
Vohidov. Adirdagi lolalar ko'm-ko'k maysa uzra chiroy kasb etgan. Gazetadan.
Ketmonni rasmana ushlab, boshi uzra baland ko'tardi. S. Karomatov, Oltin qum.
UZRLI Kechirsa bo'ladigan, sababi bor, sababli. Bugun uzrli ish chiqib qoldi: Shahar-dan
bojamiz sovg'a-salom bilan kelgan edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari. Odiljon-ning boshqa
har qanday xatti-harakati, Saodatga.. ko'rsatgan marhamati oldida kechirimli, uzrli edi.
Biroq bu nayrangi tu-tadigan tutumga to'g'ri kelmasdi. «Yoshlik».
UZR-MA'ZUR [uzr + ma'zur] Kechirim so'rash va afv etish, kechirish; uzr va ma'-zur. Uzr-ma'zur
aytishmoq. mm Ayb sizda bo'l-sa, bir uzr-ma'zur kechasi qilamiz. A. Qahhor, Sarob. Kuyovi
bilan uzr-ma'zur qilib olgan Poshsha xola kechga tomon uyiga qaytdi-yu, ko'cha eshigi oldida aslo
kutmagan kishisiga yo'liqdi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
UZRSIZ Asosli sababi bo'lmagan; asos-siz, sababsiz. Uzrsiz sabab. Mashg'ulotdan uzrsiz
kolmok.
UZUAL [lot. usus — qo'llash, ishlatish, foydalanish] tlsh. Umum qo'llanishga oid, umum qo'lanishga
xos. Uzual ma'no.
UZUK Bezak uchun barmoqqa taqiladi-gan, turli metallardan har xil shakl va kattalikda
yasaladigan halqasimon zargar-lik buyumi. Tilla uzuk. Yoqush ko'zli uzuk. Uzukka ko'z solmoq. mm
Hoji xola uzukni et-dor sinchalog'iga o'tkaza turib, hiringladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Erimbet mush-tumiga bejirim iyagini tirab o'tirar, bar-mog'idagi uzugi lunjiga botib ketgan
edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.
Uzukka ko'z solganday (yoki qo'yilganday) Bir-biriga nihoyatda mos, munosib. Yormat-ning qizini
dadangizga qo'shsak, naq uzukka qo'yshgan asl toshday o'z joyiga tushadimi ? Oybek, Tanlangan
asarlar.
UZUKLI Uzugi bor, uzuk taqilgan. [Usta] Sopol obdastadan qo'liga suv solib, uzukli qo'llari
bilan boshimni ishqalay ket-di. G'. G'ulom, Shum bola. Valixon brilliant uzukli ko'rsatkich
barmog'ini bigiz qilib ta'kidladi. SH. Toshmatov, Erkqushi.
UZUM 1 Tokning g'ujumlardan iborat mevasi. Bir shingil uzum. Uzum g'ujumi. Uzum sharbati.
Uzumini yeng, bog'ini surishtirmang. Maqol. mm Salimboyvachcha ikki ishkomga kirib, boshdan-oyoq
ko'rib chiqdi: Uzum tok bargidan ham mo'l. Oybek, Tanlangan asarlar.
Bir kuni ko'chada ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko'tarib kelyapti. A. Qahxrr, Xotinlar.
2 s.t. Tok. Uzum ekmoq. Uzumni xomtok qilmoq.
UZUMZOR Tok ekilgan yer, tokli may-don, bog'. Bog' va uzumzorlar, polizlar.. mo'l hosilni
ko'z-ko'z qilardi. «Saodat». Bu yer uzumzor ekan. Ular birinchi ishkomga kirib oldilar. H.
G'ulom, Mash'al.
UZUMCHI 1 Tok ekish va uzum yetishti-rish bilan shug'ullanuvchi mutaxassis, bog'-bon.
2 Ko'plab uzum oluvchi, uzum bilan savdo qiluvchi shaxs. -Gard orasidan oriq baytalga mingan
bir uzumchi chol paydo bo'ldi, — dedi Shum bola. G'. G'ulom, Shum bola.
UZUMCHILIK 1 Bog'dorchilikning tok o'stirish va uzum yetishtirish bilan shug'ul-lanadigan tarmog'i.
Uzumchilikni rivojlan-tirmoq.
2 Tokning biologik xususiyatlari va uni o'stirish usullarini o'rganadigan fan
(o'simlikshunoslikning bir bo'limi).
UZUN 1 Bo'yiga, uzunasiga o'lchami kat-ta, me'yoridan ortiq. Uzun sim. Uzun soch. Uzun yog'och. sht
Adolat qalin va uzun kip-riklarini yalt etib ko'tarib, Normatga qaradi. I. Rahim, Chin
muhabbat. Ilk ko'klam yog'dulari o'quv korpusining uzun koridorla-rini ravshanlashtirib yuborgan.
P. Qodirov, Uch ildiz. Kuyov uzun va keng zarbof to'n ki-yib, katta sallasiga ko'rkam oltin
jig'a qo'ndirib, havoni titratgan karnaylar, sur-naylar sadosi bilan o'zinikiga ketdi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
2 Baland, novcha. Uzun terak. sht Hasan so'fi uzun, nozik gavdasini cho'zib, yerga yotdi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 Uzoq vaqt davom etadigan, cho'ziladi-gan; tezda tugamaydigan; davomli, uzoq. Uzun ma'ruza.
Uzun ertak. mm Hishning uzun tun-lari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P. Tursun, O'qituvchi.
Uning kichik, ko'kishroq ko'zlari.. uzun umrining tarixini jonli ifoda qilar edi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
Arqonni uzun tashlamoq q. arqon. Uzun kosov Har qanday buyruqni bajaruvchi, zarar
yetkazmaydigan. Sen pistoni chaqilgan odamsan, bizning qo'limizda uzun kosov bo'lib xizmat
qilishdan boshqa ishga yaramaysan. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
271
UZUNASIGA rvsh. Bo'ii tomonga qarab; bo'yiga tomon. Yigit qulochini katta otib, suvni shaq-shaq
savalab, qirg'oq bo'ylab — uzunasiga suzdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Hovlining uzunasiga
ikki beti baland loy tomli imorat bo'lib, yangi binoga taqaladi. S. Yunusov, Kutilmagan
xazina.
UZUNLASHMOQ Uzun bo'lmoq, uzaymoq. Quyosh og'sa, soyalar uzunlashadi. ish Shamol kuchayib, olovning
tili yana ham uzunlashdi. S. Ahmad, Ufq.
UZUNLIK 1 Uzunasiga o'lchami, bo'yi. Daryoning uzunligi. Sochning uzunligi. mm Sher-bek bo'lsa,
qo'lidagi lineykasi bilan qo'zi-choqning junini o'lchar va daftariga uning.. uzunligini yozib
qo'yardi. S. Anorboev, Oqsoy. Qaziladigan ariqning uzunligi o'ttiz cha-qirim.. edi. A.
Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 geogr. Bosh meridiandan ekvator bo'y-lab ketgan va graduslar bilan o'lchanadigan masofa (yer
sathi yuzasidagi nuqtani aniq-lash uchun xizmat qiladi). Sharqiy uzushik. G'arbiy uzunlik.
UZUNCHOQ Eniga qaraganda bo'yi ancha cho'ziq, ancha uzun; cho'zinchoq. Uzunchoq yuzli odam. mm
Uzunchoq stolning ikki chetida ido-ra xizmatchilari o'tiribdi. S. Siyoev, Otliq ayol. Karp
baliqlarshing gavdasi qo'polroq, uzunchoq, o'zi chittakday chaqqon. H. Nazir, So'nmas chaqmoklar.
UZUNQANOT Qaldirg'ochning qanotla-ri bo'yiga nisbatan uzunroq bir turi.
UZUNQULOQ: uzunquloq gaplar Og'izdan og'izga o'tib yurgan, bir-biridan eshitilib yetib kelgan
gaplar. Shum xabarning qulog'i bo'ladi deganday, uzunquloq gaplar Xorazm-ning qishloqlariga
tarqaldi. J. Sharipov, Xorazm.
UZURPATOR [lot. usurpator < usurpare — foydalanmoq, qo'llamoq; da'vo qilmoq] Hokimiyatni
noqonuniy egallab olgan yoki birovning huquklarini tortib olgan shaxs.
UZURPATSIYA [lot. usurpatio — foyda-lanish; ishlatish; egallab olish] Kuch ish-latib, qonunga zid
ravishda hokimiyatni egallab olish yoki kimsaning huquqlarini o'zlashtirib, o'ziniki qilib olish.
UZUQ 1 Uzilib qolgan, uzilib ketgan, uzilgan. Uzuq arqon. Uzuq sim.
2 Bir-biriga bog'lanmagan, betartib; uzuq-yuluq. Uzuq xayollar. Uzuq gap-so'zlar. mm Birdan
qiy-chuv, qizlar galasi Qurshab olar shodlik, hayajon Barin quchgan. Gap-so'zlar uzuq. Oybek.
UZUQ-YULUQ 1 Bir necha yeridan uzil-gan; uzilgan-yulingan. [Hammollarning] Be-lida, yelkasida
eski-tuski narsa, uzuq-yuluq arqon, kiyishari juldur, iflos. Oybek, Tan-langan asarlar.
2 Bir-biriga bog'lanmagan; chala-chulpa. Shirmonxonning qulog'iga uzuq-yuluq so'zlar chalshdi-yu,
hech narsa uqolmadi. S. Zunnuno-va, Olov. Bu holatda ularning suhbati xam uzuq-yuluq..
bog'lanishsiz davom etardi. A. Muxtor, Tug'ilish.
UY 1 Yashash uchun yoki turli tashkilot, muassasa va sh.k. joylashishi uchun mo'l-jallangan bino. Uch
xonali uy. Besh qavatli uy. mm Ba'zan ko'rinar ko'zga Shohona uylar ko'rkam. G'ayratiy. Faqat
kanal emas, balki to'g'onlar, shlyuzlar, temir-beton uylar ham bir yo'la va birdaniga
qurilayotganga o'xshay-di. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 Yashash uchun mo'ljallangan bino ichi-dagi har bir xona. Bu bino uch uy va bir ay-vondan
iborat. Yorug' uy. Keng uy. mm Uylar-da, ayvonlarda xotinlar ko'p edi. Oybek, Tan-langan
asarlar. Ochiq eshikdan esgan shamol uy ichida Sabogulning sochlarini to'zg'itdi. S. Karomatov,
Oltin qum.
3 Biror ijtimoiy talabni qondirishga qaratilgan muassasa. Mehribomik uyi. Dam olish uyi.
Madaniyat uyi. mm Kuyoshning aksida ko'rinar yaqqol Ma'rifat uyiga tashlangan qadam. G'ayratiy.
4 Biror oila yoki xonadon o'rnashgan bi-no va shu binoga taalluqli yer; hovli. Qiz-lik uyga
qirq ot boylanar. Maqol. mm Uylar, ko'chalar qulf urib gullagan daraxtlar orasi-ga sho'ng'igan.
«Guldasta». Bog'ko'cha tamom bo'l-ganidan keyin brigadirning uyidan o'tishga to'g'ri keladi. O'.
Usmonov, Sirli sohil.
5 Oila; xonadon. Qirquy quda bo'lsa, qirq yil qirg'in bo'lmas. Maqol. Yomon arava yo'l buzar,
Yomon kishi uy buzar. Maqol. mm Far-zand — uy obodligi, Kelajak niholidir! YE. Mirzo.
Uydagilar mening havoyiroq bo'lib qolganimni bilishadi. S. Siyoev, Yorug'lik.
Uy ichi Oila a'zolari. \Xolisxon:\ Uy ichlarimiz qalay, barisi tirikmi? Hamza, Paranji
sirlari. Uyi buzilmoq Er-xotinning ajralganligi, oilasi barbod bo'lganligini bildiradi. Uyi
kuymoq
272
Xonavayron bo'lmoq. ..unda mening uyim kuyadi-ku, axir. K. Yashin, Hamza.
UYDIRMA O'ylab, to'qib chiqarilgan; yolg'on. Aybdor o'z uydirmalarini isbotlashga tirishdi. mm
Ertasiga Islomxo'ja haqida uydirma gaplar, fisq-fasodlar to'qildi. J. Sharipov, Xorazm.
UYDIRMACHI Yolg'on-yashiq gaplarni o'ylab, to'qib chiqaruvchi; yolg'onchi.
UYDIRMOQ I 1 Uymoq fl. ort. n.
2 shv. Qovog'ini solmoq. Kokilingning ban-di-bandin tuydirma, Qoshing kerib, qovog'ing-
niuydirma. «Ravshan».
UYDIRMOQ II Yolg'on, tuhmat gaplar to'qimoq. Nihoyat, ular xiyla bilan tuhmat uydiradilar.
Hamza, Tanlangan asarlar.
UY-JOY 1 Yashab, istiqomat qilina-digan joy, hovli va sh.k. Qiz ularning bola-larini boqadi,
kirlarini yuvadi, uy-joy-larini yig'ishtiradi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Elmurod.. o'z
oilasining uy-joyidan aj-rab, qishloqdan chiqib ketganini xayolidan o'tkazar edi. P. Tursun,
O'qituvchi.
2 Oila; ro'zg'or, xo'jalik. [Qori:] Iye, onangiz bo'lsa, uy-joyingiz bo'lsa.. davlat-ku/A.
Qahhor, Qo'shchinor chiroklari. Gulnor qiz bilan gaplashganda, uning qishlog'i, uy-joy
tirikchiliklari.. to'grisida so'z ochar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
UY-JOYLI 1 Uy-joyi bor, uy-joyga ega.
2 Oilali, bola-chaqali. Bolalarni uyli-joyli qilmoq. Uy-joyli kishi.
UYIMOQ s.t. Ivimoq. Keyinroq xurma-chaning ustini ochib qo'ygip, o'zing bilasan-ku, bolam, yana
zardob yig'ib, uyimay qolmasin. S. Anorboev, Sherali.
UIKURAR etn. Bo'lajak kelin qarin-doshlarining kuyov bo'lmish yigitning uy-joyi, xonadoni bilan
tanishishi maro-simi.
UYLAMOQ shv. at'/H. uylantirmoq.
UYLANMOQ Biror qiz yeki ayolni o'z nikohiga olmoq, oila qurmoq (er kishi haqida).
Tolibjonboyning.. ikki o'g'li uylan-gan, bir qizi erga tekkan, nabiralari ham bor. Oybek,
Tanlangan asarlar. Qo'shnilar, shu Vahobjon uylana qolsaydi, o'zidan tinchib ketarmidi,
deyishadi. S. Ahmad, Tog' afsonasi. Yigit birdan uylanish taraddudiga tushdi-yu, bir haftaning
ichida to'y ham bo'la qoldi. A. Qahhor, Xotinlar.
UYLANTIRMOQ Uylanmoq fl. ort. n. ..bir oycha avval otasi uni Toshkentning Qashqar
mahallasidagi badavlat xonadon-lardan birining qiziga uylantirgan. X- G'u-lom, Mash'al.
Haydar ota bosh bo'lib [As-rorqulni\ bir beva xotinga uylantirib qo'y-di. A. Qahhor, Asror
bobo.
UYLI 1 Uyga ega, o'z uyi bor. Uyli kuyov.
1 Uylardan tashkil topgan, uylardan iborat. Besh yuz uyli qishloq. mm Bu — soy bo'ylab baland
tog' yonbag'irlariga tizilish-gan qing'ir-qiyshiq uyli bir qishloq edi. P. Tursun, O'qituvchi.
3 Xotini bor, uylangan yoki eri bor, erga tekkan. Uili yigit. Uyli xotin.
UYMALANMOQ 1 Biror narsa, yumush bilan shug'ullanmoq, ovora, mashg'ul bo'lmoq. Bir ozdan keyin
Cho'livoy aka haligi narsa-larni olib ketdi va yana egaptarning boshida uymalandi. O. Husanov,
Nay.
2 Biror joyda to'planishmoq; o'ralash-moq. Deraza yaqinidagi bir kallaklangan tutning
butoqlarida.. qora tumshuq chum-chuqlar uymalangan. P. Tursun, O'qituvchi. Sandiq yonida
uymalanib yotgan ko'rpa-to'shak ustiga o'zini yuztuban tashladi. A. Muxtor, Opa-singillar.
UYMALASHMOQ ayn. uymalanmoq 2. Qiroatxonaning shashki-shaxmat bo'limida bir to'da o'quvchilar
uymalashib, xsch kimga qarashmaydi. H. Nu'mon, Fasllar. Yangi ma-shinada tikib ko'rish uchun
Zamon, Zuhra, Hanifa uning tepasida uimalashib turish-gandi. N. Nazarov, Zamon.
UYMOQ Ustma-ust qalashtirib, bir yerga to'plamoq, uyum yoki g'aram hosil qil-moq; yig'moq.
Toshlarni bir yerga uymoq. Te-rilgan paxtani uymoq. Beda uymoq. mm Qa-mishlarni bog'-bog'
qilib, kanal ichiga uiib, yoqishadigan bo'lishdi. «O'zbekiston qo'riq-lari». Bo'taboyni qurol-yarig
uyib tashlagan bir hujraga olib kirishdi. S. Aqmad, Xukm. ..yuz-qo'lini yuvib, muzdakkina bo'lib
olgach, o'z ekskavatori hozirgina uygan tuproq tepa ustigi chiqib, chordana qurdi. SH. G'ulomov,
Shonli avlod.
Qovoq uymoq aim. qovoq solmoq q. qovoq II. Raykom sekretarining qovoq uyib, yer tagidan
nazar tai`shganini ko'rib, birdan uning nafasi ichiga tushib ketdi. N. Safarov, Uzoqni
ko'zlagan qiz.
273
UY-RO'ZG'OR Oila xo'jaligi (ishlari), tirikchilik. Soraxon ham uy-ro'zg'or tutish-ni o'rganadi. A.
Qa\hor, Sarob. Uy-ro'zg'orga ham epchil: yaxshi kiyinadi, yaxshi yeydi. O'n kulib, bir gapiradi.
Oydin, Ikki ko'zi shun-da. Hamma ayni shu mahalda uy-ro'zg'or ishi va kechki ovqat bilan band
bo'lganidan, gu-zarda hech kim ko'rinmas edi. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
Uy-ro'zg'or qilmoq Oila qurmoq (qilmoq). Ui-ro'zg'or qilib, biron kun yayraganim yo'q. S. Ahmad,
Xazina.
UYSIZ 1 Uyi yo'q; o'z uyi yo'q. Uysiz kuyov.
2 Xotini yo'q, uylanmagan yoki eri yo'q, erga tegmagan.
UISOZ Uy qurish ishi bilan shug'ulla-nuvchi; binokor. Kran kovshi to'lishi bilan Fayzi darhol uni
yuqori ko'tarar va tom ustida turgan uysozlarga uzatardi. Gaze-tadan.
UYSOZLIK Uy, bino qurish ishi, bi-nokorlik. Toshkent uysozlik kombinati.
UYQASH 1 Bir-biriga ni\oyatda yaqin, o'xshash. Menman bu — o'zbekning faxriy xo'-jasi, Uyqashga
o'xshaydi ismimiz bir oz. A. Oripov.
2 Mos, monand, uyg'un; yarashgan. O'siq qoshi o'tkir qora ko'zlariga uyqash tushgan yigitgalab
jufp`gadim. S. Nurov, Durdona.
3 ko'm. vzf. Kabi. Men sizni yaproqlar rangiga uyqash Bokira muhabbat bilan sevaman. X.
Davron.
UYQI-TUYQI shv. ayn. ayqash-uyqash.
UIQU 1 Odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat (Uyquda nerv sistemasi,
asosan, bosh miya po'stlog'ining faolligi pasayadi, ong, muskul tonusi va sezuvchanlik susayadi).
Qattiq uyqu. Shirin uyqu. Uiqum keldi. Uyqu arslonni ham yiqi-tar. Maqol. shsh G'ulomjonning
uxlab qolgani-ni ham, uyqusida shirin tushlar ko'rayotgani-niham bilmaydi. M. Ismoiliy,
Farg'onat.o. Doridan ichgandan keyin yurak siqilishi ka-mayib, uyqusi ham bir oz yaxshilandi. O'.
Us-monov, Sirli sohil. Ishtaha yo'q, uyqu buzilgan, boshim ari to'ldirilgan qovoqdek
guvullagani-guvullagan. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati. Koshona egalari [ro'za-da}
salqin xonalarda yotib, uyqu bilan jon saqlashni odat qshkanlar. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
2 ko'chma «Hayot»dan to'xtagan, harakatsiz, shovqin-suronsiz, tinch holat (tabiat ho-disalari va
sh.k. ga nisbatan). Ona tabiat, ertangi kurash oldidan miriqib dam olish-ga chog'langan
pahlavonlarday, og'ir uyquga cho'mgandi. O'. Usmonov, Sirli sohil. Dov-daraxtlar qish uyqusidan
uyg'onib, bahorni olqishlaydilar. Gazetadan. Asrlar uxlagan sahro uyqusin Mahv etdik, bir
yo'la ayladik bedor. G'ayratiy.
Abadiy uyqu kt. O'lim. Bs'ji abadiy uy-qudamisan, Saltanat!S Ahmad, Hukm. Ko'zi uyquga
ketmoq Ko'z yumilib, uyqu(si) bosh-lanmoq. Qo'chqor bilan Akmalni topib, yum-shoq poxolga
cho'zildi, ko'zi uyquga ketarkan, o'zicha jilmaydi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Ko'ziga uyqu
kelmoq Uyqu bilan ko'z-lar yumilmoq, uyqu tortmoq. Tun yarim kecha-dan og'gan, Nodirning ko'ziga
uyqu kelmasdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. Ko'zlariga uyqu kelgan shogird bola mumli ipni
qir-qir cho'zib, qatim tortar.. Oybek, Tanlangan asarlar. Ko'z(i)da uyqu yo'q Uyqu kelmagan,
uyqusiz holatni bildiradi. Xayoliy bir ishq bilan Ko'zlarimda uyqu yo'q. Mirtemir. Mast uyqu
Rohatli qattiq uyqu. To'paniso bir tekisda nafas olib, mast uyquda yotar edi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chiroqlari. Noz uyqu q. noz 3. Bir kuni ana shunaqa noz uyquda yotgan ekanman,
«Bemor Bakirov, ukol!» degan tovushdan uyg'onib ketdim. S. Siyoev, Yorug'-lik. Uyqu bermaslik
Uxlashga qo'ymaslik, uxpatmaslik. Shu-shu bo'lib, bu yigitning su-rati, uning mayin jilmayishi..
Shahzodaga uyqu bermay qo'ydi. K. Yashin, Hamza. Uyqu bosmoq Uyqu o'z ta'siriga tortmoq. Yana
or-tiq turib qolinsa, uyqu bosib, sovib qolish-dan qo'rqqan aravakash: -Maymanaga yetib olgach,
karvonsaroyda uxlab, yaxshilab dam ola-miz, — dedi. Mirmuhsin, Me'mor. Uyqu yo'q Uyqu(si)
kelmaydi, uxlamaydi. Uyqusi yo'q, halovati yo'q, Qayg'u ezar, erk ularga yot. G'ayratiy. Qizda
uyqu yo'q. Uping badani qizigan.. yuragi shiddatli uradi. Oybek, Tanlangan asarlar. Uyqu
olmoq Uyqu o'z ta'-siriga tortmoq. Ertadan kechgacha yaylov dalada tinmay o'ynab charchagan sho'x
bolalar-ni bir lahzada va birdan uyqu oldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kechasi bilan uyqu
olma-di, ko'zimni yumib, So'nagulni ko'z oldimga keltirib.. gashashib chiqdim. A. Muxtor, Davr
mening takdirimda. Uyqu tang qilmoq Uyqu
18—O'zbek tilining izo\li lug'ati
talabi kuchaymoq. Nihoyat, kuta-kuta uyqu-si tang qilgach, o'rniga cho'zilib.. uxlab qol-ganini
o'zi ham sezmay qoldi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Uyqu elitmoq ayn. uyqu olmoq. Ko'po'tmay
Me'morni uyqu elitdi.. Mirmuh-sin, Me'mor. Uyquga bormoq ayn. uyquga ket-moq. Tuhfa birdan
xoxolab yubordi. Bu kulgi-dan uyquga borgan qizlardan ba'zisi cho'chib ketdi. A. Qodiriy,
Mehrobdan chayon. Uyquga ketmoq Uyqu holatiga o'tmoq, uxlab qolmoq. Butun badanim zirqirab,
o'ringa kiribman-u, salda uyquga ketibman. O'. Usmonov, Sirli sohil. Uyquni olmoq Uxlamoq,
uxlab turmoq. Rosa uyquni oldik. Uyqusi kelmoq Uyquga xohish, ehtiyoj uyg'onmoq.
Kamoliddinuyqusi kelmasa ham, o'ringa kirib yotdi. O'. Usmonov, Sirli sohil. Uyqu(si) o'chmoq
Uyquga xohish, talab holat(i) tarqamoq, yo'qbo'lmoq. O'ringa yotganda, tezroq tong otishini
kutib, hor-g'inligiga qaramay, uyqusi o'chib ketdi. Oybek, Tanlantan asarlar. Kechasi poezdda
uxla-magani uchun.. mizg'ib olgisi kelardi. Yechinib o'tirmasdan, darrov yotdi.. Ammo endi
uyqusi o'chib ketdi, O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Uyqusi qochmoq Uyqu tark etmoq, uyqu-si
o'chmoq. U kechasi bilan to'lg'anib chiqdi, uyqusi qochdi.. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Temirjon
allamahalgacha uyqusi qochib, Us-monali otaning Hilol aka haqidagi gaplari-ni eslab yotdi. J.
Abdullaxonov, Oriyat. Yarim uyqu Chala uyqu, uyquli-uyqusiz holat. Ana shunday kunlarning
birida Shirmonxon yarim uyqu, yarim xayol orasida darvoza taqilla-ganini eshitdi. S. Zunnunova,
Olov. Qush uyqusi Tez-tez uyg'onish bilan bo'ladigan, yengil-yelpi, qisqauyqu. -Qush uyqusi, —
dedi ona. Oybek, O.v. shabadalar.
UYQULI Uyqu ta'siridagi, uyqu aso-rati bor, uyqu aralash. Ular [qizlar] sekin-asta turishib,
uyquli ko'zlarini ishqay boi`shdishr. I. Rahim, Chin muhabbat. Uyquli tovush bilan so'kinib,
qalin daraxtlar ora-sida zim-ziyo tunda jangga tayyorlandilar. Oybek, Quyosh qoraymas. Tun
tongotarga yaqin-lashgan, uning \Hasanalining\ uyquli miyasi bu muammoni yecha bilmas edi. A.
Qodiriy, O't-gan kunlar.
UYQUSIZ Uxlamagan, bedor. Uyqusiz tunlar Sergeyni haddan tashqari toldirgan bo'lsa ham, u
oromini o'ylamadi. H. G'ulom, Mash'al. Biror odam unga uzoqroq qarab qol¬sa bormi,
hadiksirab, kechalarni uyqusiz o't-kazardi. S. Anorboev, Oqsoy.
UYQUSIZLIK Uyquning buzilishi; tunda kam yoki yengil-yelpi uxlash, uyqu kel-maslik, bevaqt
uyg'onaverish, juda erta uyqu o'chib ketish va b. Bemorda tajanglik, uyqu-sizlik, ishtaha
io'qolishi.. jizzakilik va tez jaxl chiqishi kabi noxush alomatlar kuza-tiladi. Gazetadan.
Qobil xotinidan ikki qadam narida to'xtadi-da, uyqusizlikdan qizargan ko'zlarini Bahriga
qadab: -Nega kelding? — deb so'radi. H. G'ulom, Ma'shal. Og'ir o'ylar iztirobidanmi,
uyqusizlikdan-mi, lanj bo'lib turdim. S. Siyoev, Yorug'lik.
UYQUSIRAMOQ 1 Uxlashni juda is-tab qolmoq, uyqusi yoki uxlagisi kelmoq; mudramoq. Uyqusirab
o'tirmoq. Soqchi uyqu-siragan ko'zlarini ishqaladi. it Bu o'ylarni tugatgandan keyin, uning
\Hasanalining\ ko'zlari uyqusirab, yumila boshlab, qarshisi-ga Otabek kelib to'xtaydi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Uyquda yoki uyqu aralash biror gap-so'z, xaggi-harakat qilmoq. Poraxo'r uyqusi-rasa,
xotinidan pul so'rar ekan. Gazetadan. Zebi uyqusirab kelib, yana fonarni yoqdi. Cho'lpon, Kecha
va kunduz. Tun yarimdan og'di.. eshik qiya ochiq qolgan shekilli, qo'shni xona-dan Umidjonning
uyqusirab aytgan gapla-ri quloqqa chalindi. R. Fayziy, Go'zal.
UYQUTOB rvsh. Uyquga moyil, uyqu el-tayotgan. U [Elchibek] qulochini yozdi, sal kayf va shirali
xayol bilan uyqutob bo'lib kelayot-gan yuz-ko'ziga ayoz sovug'i yoqdi. A. Muxtor, Tug'ilish.
UYQUCHI Ko'p uxlaydigan, seruyqu. Po'-lat bilan Nortoy bo'lsa unga [Shuhratga] «uyquchi»
laqabini tirkashibdi. K. Rahim, Oltin baliq.
UYQUCHIL 1 shv. Uyquchi.
UYG'ONISH Uyg'onmoq fl. har. n. Kur-taklarning uyg'onish davri. Mehr uyg'onishi. shsh \Hasanali\
Ertalab Oybodoqning choyi-ga bormay, Otabekning uyg'onishini kutib yurdi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Elmurod.. asrlar bo'yi g'aflatda yotgan kishilarning uyg'onishi bu odamda quvonch
tug'dirayotgani-niko'rdi. P. Tursun, O'qituvchi.
Uyg'onish davri map. Sharkda (9-12 va 15-asrlar) va G'arbiy Yevropada (14-16 asrlar) yuz bergan
alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri; fan, adabiyot va san'at taraqqiyoti hamda
ulug' kashfiyot va ixtiro-larda o'z aksini topgan va antik madaniyatga qiziqish kuchaygan davr.
UYG'ONMOQ 1 Uyqusini tark etmoq, uyqudan turmoq. G'ulomjon cho'chib uyg'ondi-yu, tevaragiga
alanglab qaradi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Ko'z shshndi deguncha kallaga dah-shatli tushlar
o'ralashib kelib, bosinqirab-bosinqirab uyg'onib ketishar edi. M. Man-surov, Yombi. Bobosi
uning sharpasiga uy-g'onib, tikilib qoldi. S. Anorboev, Ham-qishloqlar.
2 ko'chma Hayot, faoliyatga qo'zg'almoq, xarakatga kelmoq; amalga kirmoq. Tuproq isishi bilan,
dov-daraxtlar uyg'onmasdan boshlash kerak bu ishni.. S. Nurov, Narvon. Egilib turgan qator
olchalar ham uyg'ondi; guldan hali darak yo'g'-u, ko'm-ko'k, ushoq-ushoq yaproqchalar chiqardi. SH.
Xolmirzaev, To'l-qinlar.
3 ko'chma Paydo bo'lmoq, hosil bo'lmoq, qo'zg'almoq (his, tuyg'u va sh.k. haqida). Unda adabiyotga
qiziqish uyg'ondi. mm Buni ko'rib Sidiqjonning qalbida juvonga nisbatan har qanday g'arazdan
xoli bir mehr uyg'ondi. A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroklari. O'smir-likda uyg'ongan havas, Borib-
borib bo'ldi muddao. YO. Mirzo.
UYG'OQ1 Uxlamagan holatli. Vaqt yarim kechaga yaqinlashgandi. Saodat hamon uyg'oq, xayol suradi.
X. Yodgorov, Hayot to'lqinlari. Kemadagilarning hech qaysisi uxlamas, bari uyg'oq. J. Sharipov,
Xorazm.
2 ko'chma Harakat-faoliyatda bo'lgan; hushyor. Kechalari kipriklarimday Mangu uy-g'oq
o'ylarimdasan. X. Davron, Bolalikning ovozi. Ariqlarda doim uyg'oq eye, Polizlar-ga ketadi
shoshib. R. Parfi, Ko'zlar.
UIG'UN 1 Monand holatli; mos, muta-nosib, munosib; hamohang. Tiniq yuzlaring-ga seeging ham
uyg'un.. G. Jo'raeva. Bahor uyg'onar, Shovullaydi bog'. Uyg'un tuyg'ular Uyg'onar bu chog'. T.
Qahhor, Oq o'rik. Atlas-ning yorqin bezaklari chamanlarga burkangan Uzbekiston tabiati foniga
ayniqsa uyg'un tushadi. «Fan va turmush».
2 Uyg'un (erkaklar ismi).
UYG'UNLASHMOQ Bir-biriga monand bo'lmoq, mos, mutanosib bo'lmoq, hamohang bo'lmoq. Hech bo'lmasa,
saroylar, klublar, ma'-muriy binolar qurilishida zamonaviy usul bilan qadimiy sharq uslubi
uyg'unlashib ket¬sa yaxshi bo'lardi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Ba'zi qo'shiqlarda qo'shiq
she'riga musiqa, ba'zilarida esa musiqaga she'r uy-g'unlashmaydi. Gazetadan.
UYG'UNLIK Mutanosib, mos holat; mu-tanosiblik, hamohanglik. U ovozini baland ko'tarmay,
xirgoyi darajasiga ham tushir-may, ajoyib bir uyg'unlikda aytayotir. M. Ismoiliy, Farg'ona
t.o. Nazarimda, Jo'ra-xon bilan sayroqi jo'rlar va yashnoq tabiat o'rtasida uyg'unlik bordek
tuyildi. Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi.
UYG'UR Xitoy Xalq Respublikasining Sin`tszyan-Uyg'ur muxtor rayonida, shu-ningdek, O'rta
Osiyoning ba'zi hududlari-da yashovchi, turkiy tilda so'zlashuvchi xalq-ning nomi. Uyg'ur xalqi.
Uyg'ur millati (q. uyg'urlar).
2 Shu xalq, millatga mansub, oid, te-gishli. Uyg'ur tili. Uyg'ur yozuvchisi.
UYG'URLAR Xitoy Xalq Respublikasi Sin`tszyan-Uyg'ur muxtor rayonining tub aholisini tashkil
etgan, turkiy tilda so'zlashadigan xalq.
UYG'URCHA 1 Uyg'urlarga, uning tili, adabiyoti va madaniyatiga oid, uyg'urlarga xos. Uyg'urcha
raqs. Uyg'urcha qo'shiq.
2 Uyg'ur tili; uyg'ur tilidagi. Sen uy-g'urcha(ni) bilasanmi? Uyg'urcha gapirmoq. mm Agar malol
kelmasa, asarlaringizdan uyg'ur-cha yoki o'zbekcha nashr qshshnganlaridan yubor-sangiz. Gazetadan.
UKA 1 Bir ota-ona o'g'illaridan kichigi (katta yoshdagi farzandlarga nisbatan). Ukasi har gal
uydan chiqib ketayotganida, ko'ngli allanechuk bo'lib ketar, kimdir bir og'iz shshq gap aytsa,
qaytib kelgudek bo'lar edi. S. Ahmad, Ufq. O'shanda Sherali o'n bir-dan o'n ikkiga qadam qo'ygan,
ukasi Muham-madjon uch yoshli dardchil bola edi. S. Karo-matov, Oltin qum.
2 Umuman, farzandlarning kichigi, ki-chiklari (kattasiga nisbatan). Qizaloqlar onasshshng
qo'lidan qozon-tovoq, sidir-supur, tikish-ilishni olishadi, ukalarini o'yna-tishadi. S. Nurov,
Maysalarni ayoz urmay-di. U otasidan yigirma yoshda qolib, uka-larini qiyinchilik bilan
boqqan. I. Rahim, Chin muhabbat.
3 O'zidan yosh er kishiga murojaatni bildiradi. Qaerdan kelgansiz, uka? P. Tur-sun, O'qituvchi.
[Safar bo'zchi.] Axir birovni
276
uka, birovni aka deb, siz ham tuzukroq ishga qayishing-da, taqsir. A. Qodiriy, Mehrob-dan
chayon.
UKALIK Uka ekanlik. Ukaligingni unut-
ma.
Ukalik qilmoq Ukaga xos ishni, yordam-ni ado etmoq. Yordamingiz kerak, bir ukalik qilasiz
endi.
UKKILAR Yapaloqqushlar urug'idan bo'l-gan yirik yirtqich tun qushi. Boio'g'lilar-ning eng katta
vakili ukki hisoblanadi. «Fan va turmush».
UKLAD \r. uklad — rasmiylashgan, bar-qaror tartib] 1 iqt. Muayyan ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyaning asosiy xo'jalik shakli. Masalani bu taxlitda qo'yish.. Ger-maniya bitta ijtimoiy-
iqtisodiy ukladga ega yaxlit davlat bo'lib turgan vaqtda o'rin-li bo'lur edi. Gazetadan.
2 Ijtimoiy xayotning, turmushning en-pop sohasida barqarorlashgan yoki joriy qilin(adi)gan
tartib. Kishilarimiz turmu-shining butun ukladi, ularning maishati va dunyoqarashining
o'zgarganligi.. Gazetadan.
UKOL \r. kolot`, ukalmvat` - «biror uchli, o'tkir narsa bilan tegib og'ritmoq» fl. dan]
Badanga, teri ostiga, tomirga shp-rits vositasida suyuq dori yuborish. Ukol qilmoq. mm Ukoldan
keyin Xosiyat, garchi ko'-zini ochmasa ham, lekin ravon nafas ola bosh-ladi. O'. Usmonov, Sirli
sohil. Isitmam baland edi. Ustma-ust ukoldan ancha pasay-di. R. Azizxo'jaev, Yashil chayla.
Stolustida shprits qutisi ochiq turar va dori hidi anqirdi — vrach ukol qilib, uni bir oz
o'ziga keltirgandi. P. Qodirov, Uch ildiz.
UKPA maxs. Mayin yupqa charm. Qo'nji ukpa, yuzi toshdan qattiq qo'pol charm bilan qoplangan..
etikni kiydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Bellarini fo'talar bshtn bog'lagan, boshlarida oddiy
telpak va oyoqlarida ukpa etik bo'lgan yigitlar yugurardilar. S. Ayniy, Esdaliklar.
UKPAR 1 Ukki pati (odatda bolalar ki-yimlari, asosan, bosh kiyimini bezatish uchun unga chatib
qo'yiladi). Aksar xotinlar-ning oldi-orqasi to'la katta-kichik, yasangan-tusangan, ukpar
taqqan bolalar. Oybek, Tan-langan asarlar.
2 ko'chma Ukpardek mayin va yengil narsaga nisbatan qo'llanadi. Borar edik soy aro, - Tul-ki,
— dedi bolalar, Sudratib ukpar dumin
Tulki ko'zdan yo'qolar. Q. Muhammadiy. Meni ukpar qanotida olib yurar o'ylarim. E. Vohidov.
UKRAIN 1 Ukraina Respublikasi tub aholisini tashkil etuvchi, sharqiy slav-yanlar guru\iga
mansub xalqning nomi. Uk-rain xalqi (q. ukrainlar).
2 Shu xalq, millatga mansub, tegishli. Ukrain tili. Ukrain qizi.
UKRAINLAR Ukraina Respublikasi-ning tub aholisini tashkil etuvchi, shar-qiy slavyanlar
guruxiga mansub xalq.
UKRAINCHA 1 Ukrain xalqiga, uning tili, adabiyoti va madaniyatiga oid; ukra-inlarga xos.
Ukraincha kuy. tsh Ukraincha ko'y-lagining yengini hilpiratganicha o'rta bo'y.. kishi xonaga kirdi.
O'. Usmonov, Sirli so-hil.
2 Ukrain tili. Sen ukraincha(ni) bila-sanmi? mm «Zaporojelik Dunayning nar-yog'ida» degan
ashulani ukraincha aytib qu-vontirar, kuldirar edi. Shuhrat, Shinelli yillar.
UKROP [r. ukrop < kopyor — xushbo'y o'simlik] Soyabongullilar oilasiga munsub bir yillik,
ba'zan ikki yillik xushbo'y o'tsimon o'simlik; shivit; oshko'klardan bi-ri. Malik aka.. bozordan
kashnich, ukrop, ko'k piyoz.. sotibolmaydi. «Mushtum». Busuyuqosh yuziga mayda kertilgan ukrop,
rayhon solib, kosalarda dasturxonga tortiladi. «Saodat».
UKSUS \r. uksus < yun. oxys — achchiq, nordon] q. sirka I. ..joriy yilda YUOOtonna uksus
kislotasi ishlab chiqarildi. Gazetadan.
UL (u — cho'ziq) shv. O'g'il. Bejoy bildim, to'ram, Yodgor ulingni, Aymoqning yurtiga talab
qilibdi; Qanday jo'natasan jonu dilingni?! «Yodgor». Armon bilan men uldan ayrildim der,
Ketganingni, bolam, bilmai qoldim dep. «Ravshan».
UL esk. ayn. u II. Oy bilan oshno bo'lib, yillarcha o'ynang ul bilan. M. Muhamedov, Gavhar.
Yugurib chiqqan ul mushfiq onamlar-ga salom ayting. Hamza.
ULAGICH 1 Narsalarni bir-biriga bi-riktirish, ulash uchun ishlatiladigan vosi-ta. Shisha
bo'laklari, odatda, bir-biriga qo'r-g'oshindan qilingan ulagichlar yordamida ula-nadi. M.
Aminjonova, Shishaning kashf etilish tarixidan.
2 Elektr tokini uzish, ulash uchun xiz-mat qiladigan moslama. Akkumulyatordan
2JL YAU^.
kelayotgan tok to'g'ridan-to'g'ri transfor-matorga kelmasdan, uzgich-ulagich orqali ke-ladi.
Gazetadan.
ULAY-BULAY s.t. U-bu. Agar ulay-bulaying bo'lsa, ayt hozir! Ham sening, ham Yodgorning, ham
u kishining ishini baravar qilaman. Hamza, Paranji sirlari. Boylar qishloqning bir xil
kattakonlari bilan chiqishib, hukumatdan qo'rqmay, ulay-bulay qilib, kambag'al batrakni
ishlatib turdi. Ergash Jumanbulbul o'g'li.
ULAMA Biriktirib, ulab qo'yiladigan, ulangan. Ulama soch. Ulama kiprik. Ulama oyoq. shsh Uning
pidjagi bilan galstugi stul suyanchig'iga osib qo'yilgan; ko'ylagining ulama yoqasi yag'riniga
qiyshayib tushgan, oldida yozib-chizib tashlangan qog'oz taxlanib yotib-di. P. Qodirov, Uch ildiz.
ULAMO [a. CLAXL — «olim» s. ko'pl.] Islom ilohiyotchilari va huquqshunos (fa-qih)lari,
shuningdek, diniy muassasalar-ga, sud (qozilik) mahkamalariga, o'quv yurt-lariga mutasaddi
bo'lgan barcha islom dini olimlari. -Durust, miyang to'libdi, — dvdi kulib Tantiboyvachcha, —
yaqin o'rtada uncha-muncha ulamoni bir cho'qishda qochirasan. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
Ma'dalixon [Mu-hammad Alixon]ga fatvo yozib bergan Qo'qon ulamolaridan bir nechalari.. qochib
qutuldi-lar. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. -Yoshlarga homiylik qilish, yo'l-yo'riq ko'rsatish is-
lomning, ulamolarning ishidir, — dedi qal-tirab, bo'zarib munofiqlardan biri. Oybek, Hyp
qidirib.
ULAMOQ 1 Ip, arqon, tasma va sh.k. narsalarniit uchlarini bir-biriga bog'lab biriktirmoq.
Otning tizginiga arqon ulab beringlar, o'zim haydab ketaveraman. A. Qah-hor, Asror bobo. -
Shoshmanglar, shoshmanglar, — dedi dutorning ipini ulayotgan Meli pol-von. P. Tursun, O'qituvchi.
Tohir ikkala bel-bog'ini bir-biriga ulab, bir chetini beliga bog'lab, ko'prikning tagiga
osilib tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 Butunlash maqsadida yamash, payvand-lash va sh.k. yo'l bilan biriktirmoq. ..dah-lizda Hasanali
uzilgan ot asboblarini ulab tikar edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Yo'lda chang'arog'i singan
ekan, shuni ulaymiz deburi-nib qoldik. SH. Xolmirzaev, Yo'llar, yo'l-doshlar. Quloch yetmas
bahaybat quvurlarni bir-biriga ulash ishlari ketyapti. Gazetadan.
3 ko'chma Tutashtirmoq, bog'lamoq. G'isht-ko'prik ikkita katta ko'chani bir-biriga ulaydi. «Sharq
yulduzi».
4 q.x. Payvand qilmoq. Gilosni olchaga ulamoq. Na'matakka atirgulni ulamoq.
5 ko'chma Biridan keyin boshqasini qo'-shib, uzluksiz davom ettirmoq. Ishni ishga ulamoq. Kuyni
kuyga ulamoq. Kunni tunga ulamoq. sht U har to'g'rida tinimsiz gapi-rib, gapni gapga ulab
yubordi. O. Yoqubov, Tilla uzuk. Abdurahimov sigaretning tu-tunini tutuniga ulab chekarkan,
o'zidan o'zi gapira ketdi. «Mushtum». [Nizomjon] Kecha-lari yulduz to'la osmonga tikilib, tunni
tongga ulab, qushlar na'masidan, suvlar shildirashidan ko'ngliga allaqanday yupanch imardi. S.
Ahmad, Ufq.
6 Aloqa, bog'lanishni tiklamoq, tutash-tirmoq. Allo, menga Buxoroni ulab bering. T. Alimov,
Xushbichim yigit. Keyin televi-zorni tokka uladi. T. Ashurov, Oq ot.
ULASHMOQ I Ulamoq fl. birg. va o'zl. n. Bolalar iplarni ulashdi. Montyorlar elektr simlarini
ulashdi. Xotinlar gapni gapga ulashdi. tsh Qirlar bag'rida bir-biriga ula-shib ketgan
olmazorlar.. N. Safarov, Olov-li izlar.
ULASHMOQ II Bo'lib tarqatmoq, tar-qatib bermoq. Xayri opa bolalarga yarim-tadan, kattalarga
bittadan kulcha ulashib, ikkitadan yong'oq berdi. Oydin, Yamoqchi ko'chdi. Kuniga yigirma-o'ttiz
kosa ovqat-ni nima qilamiz, uvol-ku, deb qo'ni-qo'shni-larga ulashadigan bo'ldik. S. Siyoev,
Yorug'lik. Olib chiqqan narsalarini bolalarga ulasha-yotib, yon-veriga nazar soldi. N. Fozilov,
Diydor.
ULASH-ULASH: ulash-ulash qilmoq q. ulashmoq II. K/1ubning mebel` va boshqa ji-hozlarini
A.Hasanov boshqarma a'zolariga ulash-ulash qilib yuborgan. «Mushtum».
UL-BUL ayn. u-bu. [Qamchi:] Ko'ngling biror narsa tusaydimi? Ul-bul ola kelaymi? H. G'ulom,
Mash'al. Ertasiga tog'am bilan ul-bullarni ko'tarib, yo'lga tushdik. G'ay-ratiy, Uzokdagi yor.
ULGI, ulgu shv. kam qo'll. O'rganishga, taklid qilishga loyiq narsa, ish-faoliyat, harakat;
ibrat, o'rnak, namuna. Ulgi bo'lmoq. Ulgi olmoq. tsh Ulgi bo'ldi uchqur ot qarchi-g'ayu lochinga.
«Qo'shiqlar». Shamolingga oqar daryo muzlagan, Qarchig'aidan ulgi olgan be¬dovsan. «Nigor va
Zamon». Bu hujjatlar-ning hammasini matbuotda e'lon qilish kerak: ham yoshlarimizga ulgi
bo'ladi, ham ig'volarga yaxshi bir zarba bo'ladi. O. Yoqubov, Ota izidan. Ilon ovlamoqni Qoravoy
chan-galzorda o'rgangan, bu sohada u tipratikan-dan ulgu olgandi. N. Norqobilov, Bekatdagi
oq uycha.
ULGURJI 1 Butun boricha; ko'p mikdor-da; ko'tara. Ulgurji savdo. Ulgurji olmoq. Ulgurji
sotmoq. shsh Donalab sotdim. Bu yerda ulgurji oladigan kishi yo'q. I. Rahim, Chin muhabbat.
Sotiboldi to'qilgan savatchalari-ni ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tan-ga qarz ko'tardi.
A. Qaqhor, Bemor.
Ulgurji bozor Tovar iste'molchilariga yoki ularni chakana sotadigan xaridorlarga tovarlar
yirik to'p (partiya) lari bilan ko'tarasiga sotiladigan bozor.
2 Katta miqdorda, katta summaga ega; sal-moqdor. Ulgurji hosil. Magazinga ulgurji mol
keldi. tsh Pulini foydaga qo'yuvchi sud-xo'r hindlar.. ulgurji savdoni ko'tardilar. SH. Toshmatov,
Erk qushi. Ulgurji narxha-qidagi xushxabarni ma'lum mijozlarga yet-kazish keyingi yillarda
Poshsha xolaning vazifasi bo'lib qolgandi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
3 Boshdan-oyoq, butunlay. Ulgurji re-montdan chiqarmoq.
ULGURISH 1 Ulgurmoqfl. har. n.
2 Vaqtida darslarni o'zlashtirish, orqa-da qolmaslik. Bu sinfda ulgurish yuz foiz.
ULGURMOQ 1 Biror ishni bajarishga imkoniyat, vaqt topmoq, muvaffaq bo'lmoq, bajara olmoq,
erishmoq. Yolg'iz ba'zi bir chaq-qonlargina yo'l ustida, etiklarini nari-beri yechib, suvini
silqitmoqqa ulgurdilar. Oybek, Quyosh qoraymas. Sanobar devordagi soatga qaradi-da, Dilshob
botadan kelguncha ulguraman, degan fikrda bamashshxotir ki-yina boshladi. M. Xayrullaev,
Ko'ngil.
2 Berilgan bilimlarni tushunib, egal-lab olmoq, o'zlashtirmoq. Sinfimizda ulgur-maydigan
o'quvchilar yo'q.
ULI: uli tortmoq aim. uv tortmoq q. uv. Unda-bunda yaqin qishloqlarda itlarning yalqovlik
bilan uli torgani.. quloqqa cha-linadi. SH. Sulaymon, Ota, o'g'il. -Allakim uli tortib
yig'layotir, — dedi saroybon. M. Osim, Elchilar.
ULIMOQ I aim. uvlamoq. Yaqindagi, chi-roq miltirab turgan qo'rg'onda it ulidi. S. Ahmad, Hukm.
Qum barxanlari orasida qash-kirlar uliydi. A. Muxtor, Opa-singillar.
ULIMOQII shv. Yallig'lanmoq(og'iz shil-liq pardasi haqida). Bolaning og'zi ulibdi.
ULKAN 1 Egallagan o'rni, hajmi g'oyat yirik, juda katta, buyuk. Ulkan bino. Ul-kan daraxt.
Ulkan daryo. Ulkan qurilishlar. it -Ming yil chaqmoq chaqsin, ulkan tog' gerdayib turaveradi, —
dedi Bektemir qat`-iy. Oybek, Quyosh qoraymas. Ana shu zaylda oylar, yillar, qandaydir bir
ulkan dengizga qo'shilishni istagan irmoqlarday, shildirab oqib o'ta boshlaydi. M. Jabborov,
Sevinch yoshlari.
2 Ko'lami, qamrovi, qudrati jihatdan juda katta; buyuk. Juda ulkan ish. Faqat siz-lardaqangi
mardi maydonlar eplay oladigan ish!R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Bunyodkor xalqimiz vodiy va
vohalarda sun'iy dengiz-lar, ulkan sanoat korxonalari barpo etmoq-da. «O'zbekiston
qo'rikdari». Navoiy mu-sammatlari uning ulkan lirik merosining uzviy bir qismidir. «O'TA».
3 ko'chma Mazmun-mundarijasi, ahamiya-ti jihatidan katta, yirik. Ulkan asar. sht
Ziynatullaevning qo'lida zo'r haqiqat bo'lib ko'rinayotgan narsa — aslida ulkan haqi-qatdan
uzib olingan bir haqiqatcha janini u endi aniq ko'rib turardi. P. Qodirov, Uch ildiz. Bugungi
Navro'z bairami barcha-barcha-ga yangi baxt, ulkan zafarlar keltiradi. Gazetadan.
4 Nom, e'tibor qozongan; buyuk, ulug'. Ulkan yozuvchi. Ulkan oqin. ish Qarindoshim, tug'ishqonim,
ulkan qozoqsan o'zing. G'. G'ulom. U adabiyot va san'at olamining zukko bi-limdoni.. otashin
notiq va ulkan san'at-kor zdi. Gazetadan. Pahlavon Mahmud ja-vonmardlik oqimining ulkan
namoyandalari-dan biri bo'lgan. «O'TA».
ULKANLASHMOQ G'oyat kattalashmoq. yiriklashmoq, ulkanlik kasb etmoq. Kor-xonaning dargohi
kengayib, fabrikalari, sexlari ulkanlashibdi. M. Jo'ra, Quyoshdan nur emganlar. Hayot-mamot
tuyg'usi esa shu tog'day ulkanlashib ketgan. P. Qodirov, Qo-ra ko'zlar.
ULLI shv. Katta. Mahmudjon katta maydonga yetib qarasa, qizlar aytgan ulli hovli ko'rindi.
«Avazxon». Bu ulli cup. Ota¬
279
onang, xotining.. xullas, jumlai olamdan cup tutasan, bildingmi? S. Siyoev, Yorug'lik.
ULOV 1 Minib yuriladigan hayvon. Registon oldidan o'tadigan yo'lovchilar ulov-laridan tushib,
ark darvozasiga qarab ta'-zim qilar.. edilar. S. Ayniy, Qullar.
2 Umuman, ishchi hayvon. Suvning boshida bo'ladigan baqaqurulloqliklar ham o'zi yoki ulovining
jonini koyitgisi kelmas edi. A. Qahhrr, Qo'shchinor chiroqlari. Bugun ulo-vimiz qo'sh-ho'kiz
emas, Qudratli texnika qo'limizda, bas.''. Boyqobilov.
3 ko'chma Umuman, yo'lovchi, yuk tashish vositalari. Samolyot — bebaho ulov. Mana u parvozga
ko'tarildi. N. Safarov, Olovli izlar.
Uloviga yarasha tushovi q. tushov.
ULOVLI 1 Ulovi bor. Ulovli xo'jalik-lar. tsh ..durustroq hosil olsam, kelasi yil ulovli
bo'lar edim. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 Ulov mingan, ulov xdydagan. Shuning uchun ham yo'l ustidagi bu choyxonada biron ulovli
yo'lovchi uchratarmiz, degan maqsad bilan ertalab barvaqt kelib o'tirgan edik. N. Safarov.
Olovli izlar.
ULOR Qirg'ovullar oilasiga mansub yi-rik tog' qushi. Baland tog'larda, zrimaydi-gan muzliklar
chegarasida ulor qushi yashaydi. Gazetadan.
ULOQ I 1 ot Ulanadigan narsa. Uloq solmoq. Arqonning ulog'ini olib tashlamoq. tsh
..yirtig'ingizga yamoq, uzug'ingizga uloq tegmay yurardingiz, — dedi Nafisa zriga. Shuhrat,
Jannat qidirganlar.
2 sft. Turli yo'l bilan (bog'lash, tikish, yelimlash, kavsharlash, mixlash va sh.k. bi-lan) o'zaro
tutashtirib, mahkamlab birik-tirib qo'yilgan. ulangan bir necha bo'lak-dan iborat, yaxlit emas.
Uloq arqon. Uloq das-turxon. Uloq sim. Uloq tunuka. tsh Boy bo-bomning qizlari, Sochi uloqqa
o'xishydi. «Oq olma, qizil olma».
3 ot Narsaning bo'laklari o'zaro ulan-ganda hosil bo'lgan tuguni yoki choki, ulan-gan joyi.
Arqonning ulog'i. Pardaning ulog'i. Elektr simining ulog'i. Tunukaning ulog'i.
ULOQ II 1 Echki bolasi. Hrzir yuzlabma-yin junli qo'zi va uloqqa egamiz. S. Anorbo-yev, Oqsoy.
Ko'z oldimga ko'm-ko'k o'tloqlar.. o'tlab yurgan jajji ulog'^yur, barra qo'zichoq-lar keladi. N.
Fozilov, Qush qanoti bilan.
2 Har bir otliq o'rtaga so'yib tashlangan uloqni (odatda echki yoki kichikroqbuzoqni) bir-
biridan kuch bilan tortib olib, tezroq marraga eltib tashlash uchun kurashishdan iborat milliy
sport o'yini; ko'pkari. Ot boqqaning — uloqqa, Qo'y boqqaning — qo'-noqqa. Maqol. ¦¦ Uloqda
otdan yiqilib bo-shi yorilgan, qo'l-oyog'i singan chavandozlar inqillashib yotmoqda. M.
Muhammadjonov, Turmush urinishlari. Himmatning zveno-sidagi yigitlarning ikkitasi front
ko'r-gan.. qolganlari uloqlarda sovrin olgan yi-gitlar edilar. M. Muhamedov, Qahramon
izidan.
3 Shunday sport musobaqasida o'rtaga tikilgan — so'yib tashlangan echki yoki bu-zoq. [Qambar.]
Uloq olish uchun chavandoz bo'-lish kerak, ukam Obidjon! Oybek, Tanlan-gan asarlar. Ana, bir
otliq boshsiz uloqni taqimiga bosib, to'yxonadan chiqdi. T. Mu-rod, Yulduzlar mangu yonadi.
Uloq bermoq I) uloqda chopiladigan, o'r-tadan olib, marraga yetkazib tashlanadigan echki, buzoq
kabini bermok. Har kun ikki yuz qozon osh damlanar.. ikki yuzlab uloq beri-lar, mamlakitdan
to'yga keluvchi a'yonga har kun minglab to'n kiydirilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon; 2)
uloq o'yinini tashkil qilmoq, o'tkazmoq. Uloq bergan kishi sovrin ham beradi-da. M. Ismoiliy,
Farg'ona t.o. Ruxsatsiz uloq bergan kishiga jarima so-linur. «Mushtum». Uloq chopmoq
Uloqo'yini-da qatnashmoq. Dadam Mahkamning bobosi-ning uloq chopishini gapiraversa, kishi hay-
ron qoladi. A. Qodiriy, Ulokda. Uloq qil-moq Biridan biri olib, olib qochib o'yin qilmoq,
uloq kabi o'yin qilmoq. Tagin ehtiyot bo'l, qo'rboshilar o'g'irlab ketib, uloq qilmasin. Oydin.
Hikoyalar. Uloqni olmoq Uloqda, umuman, musobaqada g'olib chiqmoq. g'alaba qilmoq. Bu safar
uloqni mehmonlar olishdi. sht Andijon, Surxondaryouloqni olib, Xorazm, Qashqadaryo quvlaishb
borib.. A. Po'-lat, Tasadduq.
ULOQMOQ Uzoqlashib ketmoq, uzoq (olis)larda yurmoq; daydimoq. Nevarasi uzoq uloqib, Qaitdi
bir kun uning yoniga. U. Qo'ch-qorov, Hayajonga ko'milgan dunyo. Yovuz kim-salardan qochib,
uloqib, Kimlar axtarmagan bag'ringdan makon. A. Oripov, Iillar armo-ni. Ish bo'lmagan
kezlari, marhamat, yotib damingni ol, ammo zinhor-bazinhor o'z holing¬
280
gauloqibketma. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
ULOQGIRMOQ1 Uloqmoqfl. ort. n. Bir xiliga ko'p podani boqtirgan, Yoki toqqa, yo cho'lga
uloqtirgan. Ergash Jumanbulbul o'g'li.
2 Biror tomonga otmoq, itqitmoq. Ot-liqning qo'lidagi qamchisini yulib olib, uloq-tirib
yubordi. S. Siyoev, Yorug'lik. Oradan daqiqa o'tmay, Tanzilaning qichqirig'i, so'ng suvning
shaloplashini eshitgan Sherali ryuk-zagini uloqtirib, yugurdi. S. Karomatov, Ol-tin qum.
3 ko'chma Surib tashlamoq, yo'q qilmoq. Ichkilik, ta'magirlik Nizomovni madaniyat bo'limidan
uloqtirib tashladi. «Mushtum». Shundoq ilmu amaliyot bilan kunlari o'tib turgan Me'mor boshiga
ulkan tashvish tu-shib, o'g'lining hibs etilishi hammasini bir tomonga uloqtirib tashladi.
Mirmuhsin, Me'mor. ..iloji boricha xushmuomala bo'lish, o'rtadagi noqulaylikni osoyishtalik
bilan uloqtirishni o'ylardi. J. Abdullaxonov, Xo-nadon.
ULOQCHI 1 Uloq chopadigan, uloqtsa cho-piladigan. Uningharakati uloqchi yigitlar-ga o'xshab
ketdi. H. Nazir, Yonardaryo. Biruloq-chi otim bor, Qorabayir zotidan. 3. Diyor.
2 Uloq musobaqasida qatnashuvchi, uloq chopuvchi kishi. Bu chol Gulistondagina emas, butun
vodiida «chavandoz» nomini olgan uloq-chi edi. I. Rahim, Chin muhabbat. -Mahkam-boyvachchaning
ota-bobosi uloqchi bo'lib kel-gan-da! — dedi Sobir tegirmonchining o'g'li. A. Qodiriy, Uloqda.
ULOQ-QUROQ Turli laxtaklardan ulab-quralgan; uloq-uloq. Uloq-quroq kiyim.
ULTON shv. Qoramol terisidan tayyor-langan, pishiq, qalin charm; tagcharm. Naf-sini tiygan kishi
sulton bo'lur, Xom terini iylasang, ulton bo'lur. Maqol. sht Asov ot bizni sudrab ketardi.
Yerga tiralavergani-mizdan etigimizning ultoni tars-tars ay-rilib ketardi. S. Murodbekov,
Yovshan isi.
ULUM [a. f.j±c — «ilm» s. ko'pl.] esk. kt. Ilmlar, bilimlar. Ulum, fununning qadr-qiymatini
bilgan ota.. farzandi arjuman-diga go'daklikdan go'zal tarbiya, husn-axloq bergan. Oybek,
Navoiy.
ULUS [mo'g'. — davlat; el, xalq] 1 map. 11 -12-asrlarda mo'g'ullar davlatida ma'lum bir no'yonga
(mo'g'ul asilzodasiga) qarashli yer-larda unga tobe holda ko'chmanchilik bilan xayot kechiruvchi
katta-kichik oilalar, urug'-lar guruhi.
2 map. Mo'g'ullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon farzand-lariga bo'lib
berilgan mulklar, keyincha-lik mustaqil davlatlarning nomi. Chig'atoy ulusi. Jo'ji ulusi.
3 esk. El, xalq, xaloyiq; odamlar. Navo-iy ona vatani, o'z ulusi, o'z tilini jondan sevar
edi. A. Qayumov, She'riyat sultoni. Ey mullam, ulusning dardi ko'p, qay birini ay-tayin.
Oybek, Navoiy.
ULUSH Narsaning kimsaga tegishli qis-mi, bo'lagi; hissa. Chekishga o'rganganiga ba'-zan
afsuslangani uchun, ichishdan tortinar, aksar vaqt o'z ulushini Polvonga berardi. Oybek, Quyosh
qoraymas. Ana shunday katta ishga munosibulush qo'shish niyatida hamyurt-larimiz astoydil va
mardonavor mehnat qil-moqdalar. I. Raxim, Qadriabad odamlar.
ULUG' 1 Egallagan o'rni, hajmi g'oyat yirik; juda katta, ulkan, buyuk. Keltir-ganlar ikkisin
bog'lab, Tashlaganlar ulug' daryoga. G'ayratiy. Xotin.. asl o'rdaning ulug', muhtasham darvozasiga
yaqinlashgandan keyin o'ngdagi ayri yo'lga burildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Shu kecha io'l
tortdi.. chosh-kada [choshgohda] ulug' bir toqqa yetdi. «Ha-sanxon».
2 Kuch-qudrat, imkoniyat va sh.k. jihat-dan juda katta imkoniyatlarga ega; qudrat-li.
Shayboniyxon markazlashgan ulug'bir dav-lat tuzishga intilar ekan.. qo'l ostidagi odamlarning
ixlos va e'tiqodini ham qozo-nishga.. alohida e'tibor berar edi. P. Qodi-rov, Yulduzli
tunlar.
3 Qadr-qiymati, ahamiyati va sh.k. jiha-tidan yuqori darajali; buyuk. Bizning ja-miyatda inson
qadr-qimmati har narsadan ulug'. Gazetadan. Shoir uchun bu olamda muxlis-ning ehtiromidan
ko'ra ulug'roq baxt yo'q. Ga-zetadan. Insondagi eng ulug' fazilatlardan biri kamtarlik va
oddiylikdir. Gazetadan.
4 Salmog'i, ko'lami, ahamiyati yuqori bo'l-gan; muhim. Saidqosim ulug' ishlarni amalga
oshiruvchilardan bo'lgani uchun quvonardi. «O'zbekiston qo'riqlari». Biz katta ishlar, ulug'
o'zgarishlar arafasida turibmiz. Ga-zetadan.
5 O'z qobiliyati, xizmatlari bilan buyuk ishlarni amalga oshirgan va hurmag'-e'ti-bor qozongan;
buyuk. Qadimgi yunon mulkida
o'tgan donishmand, handasa ilmiga asos sol-gan, yer o'lchashni o'rgatgan ulug' olim [Yevklid]. M.
Osim, Ibn Sino qissasi. Ulug' shoir hay-kali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehti-rom ramzi
sifatida gullar qo'yilmoqda. Gazetadan.
6 Shunday ulug'likni qayd etuvchi so'z sifatida shaxs bildiruvchi so'zlarga qo'shib ishlatiladi.
Ulug'amir. Ulug'Alisher. shsh Ish-qilib, xudoyi taolo ulug' sultonni panohi-da asrasin..
Mirmuhsin, Me'mor. Bobur suratga \Navoiy suratiga] qarab turib, o'zicha so'radi: «Ulug' amir,
nasib qilsa, huzu-ringizga borsam.. she'riyat tilsimini ochg'uchi kalit berurmisiz?» P.
Qodirov, Yulduzli tunlar. Demak, Nizomiddin bu «nihoyatda xavfli to'da»ga mansub, ulug' hazrat
joniga qasd qilganlar orasida bor.. Mirmuhsin, Me'mor.
7 Rahbar, boshliq. Ilgarilari Bo'taboy-ni, ulug'imiz, deb yuradigan kishilar uni ko'r-ganda,
«beting qursin», deb.. o'tib ketadi-gan bo'lib qolishdi. S. Ahmad, Hukm. So'z so'zla-sa, durri
gavhar sochilar. O'rozali yurtimiz-ningulug'i.. «Yodgor». Iya, iya,ulug', Sizhamshu gapni
aytdingizmi. S. Ahmad, \ukm.
8 Ulug' (erkaklar va xotin-qizlar ismi). ULUG'VOR 1 Savlatdor ko'rinishli; sa-
lobatli; muhtasham. Nurota tizma tog'lari o'z go'zalligi bilan bag'oyat ulug'vor, bag'oyat
betakrordir. Gazetadan. Xiva va Ko'hna Ur-ganchning ulug'vor arxitektura yodgorliklari jahon
madaniyati xazinasining eng noyob durdonalaridan hisoblanadi. «Saodat».
2 aim. ulug' 4. Cho'l bag'rida chaqnab turgan chiroqlarning.. hammasi bir bo'lib, ulug'vor ishning
keng miqyosda olib borilayotganidan.. dalolat beradi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
ULUG'VORLIK Ulug'vor holat, ko'ri-nish. Binoning ulug'vorligi. Rejalarning ulug'vorligi. shsh Qora
atlas hamma qizlarga yarashadi. Malikaga esa, bu libos alohida husn, malohat va ulug'vorlik
bag'ishlardi. T. Jalo-lov, Oltin qafas. Nigora kechasi tog' ko'ri-nishiga afsonaviy ulug'vorlik
baxsh etib, bir tekis guvullayotgan bu sharsharaga borib, uni o'z ko'zi bilan ko'rishga ahd qilgan
edi. S. Anorboev, Oqsoy.
ULUG'ZODA Yuqori martabali ulug' ki-shining farzandi. Sen devonaning bolasi debmiding, u ham
podshoning bolasi, bir ulug'-zoda. «Ravshan».
ULUG'LAMOQ 1 Ulug'ligini qayd etmoq, mad\ etmoq. Biz.. fidokorlikni ulug'lab, be-vafolikni
ranj bilan qalamga oldik. Gaze-tadan. U xalqning yaxshilikni ulug'lab aytgan hikmatli so'zlari
va.. maqollarini juda ustalik bilan qayta ishlab, o'z ijodida foydshangan. «O'TA». Ishqni
ulug'lash Navoiy va bir qator mutasavvif shoirlarda ham mavjud. «O'TA».
2 Sha'n-e'tiborini yuqori darajaga ko'-tarmoq. Mehnat insonga faqat moddiy fa-rovonlik
keltiribgina qolmay, uning ma'-navii dunyosini boyitadi, o'zini esa ulug'lay-di. Gazetadan.
E`tiqod Ash Qushchini inson va olim sifatida ulug'lasa, e'tiqodsizlik mavlono Muhiddinni
tubanlik jariga ir-g'itadi. «O'TA».
ULUG'LASHMOQ1 Ulug'lamoqfl. birg. n. Zamondoshlari va kasbdoshlari hayrat va hayajon bilan uni
«jonli qomus» deya ulug'-lashar edi. Gazetadan.
2 Ulug'lik darajasiga yetmoq, ulug' bo'l-moq. Vazifamiz ulug'lashdi. ish G'oyat katta bo'lib ketdi
bizning ishimiz, Ulug'lashdik, ulug' bo'ldi ham xohishimiz/T. To'la.
ULUG'LIK 1 Ulug' ekanlik. Buning qan-chalik ulug'ligini xo'rlikni boshidan kechirgan yetimchagina
biladi. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Ulug' xrlat, ko'rinish, daraja. Kamtar-lik, aql-zakovat kishilarga ulug'lik ba-g'ishlaydi.
Gazetadan. Bir qarashda u o'rta yosh-li ko'rinsa-da, zahil rangiga ulug'lik bag'ish-lab turgan
peshona ajinlariga.. qarab, elliklardan oshib ketganini bilish qiyin emasdi. H. Nazir,
Ko'kterak shabadasi.
ULUG'SIFAT 1 Ko'rinishi ulug'vor, sa-lobatli, sersavlat. Yo'lakka kirganidan so'ng o'zini dadil
tutdi, hatto ikki tomondagi qator ketgan eshiklarning biridan chiqqan ulug'sifat bir odamdan
Kenjaning qaysi uyda ekanini tortinmay so'radi. A. Qahhor, Sarob.
2 O'zini og'ir, yaxshi tutadigan; o'ziga hur-mat uyg'otadigan. Usokin, kamtarin, muomala-da
nozik, lekin ulug'sifat. Oybek, Navoiy.
ULUG'SIFATLIK Ulug'sifat holat, qiyofa. [Salimjon] O'zining obro'yi, ulug'si-fatligiga qaramay,
takabbur emas, dilkash, ko'nglida kiri yo'q, insoniyatparvar. A. Qah-xrr, Sarob.
282
ULFAT \a. .".all — rozilik; ittifokdik, inokdik; yaxshi ko'rish, mexr, muhabbat] 1 Suhbat,
ziyofat va sh.k. da doimiy birga bo'ladigan kishilar birligi, shunday kishi-lardan iborat
bo'ladigan yig'in; ulfatchi-lik. Mirza sariq qo'shilgan ulfatdan tezda qutulib chiqish oson
bo'lmaydi. Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
2 Shunday yig'in, ulfatchilikning har bir qatnashchisi, a'zosi (boshqalariga nis-batan); jo'ra.
Qishning uzun tunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P. Tursun, O'qituvchi. Salimboyvachchaning
ulfatlari bu hafta mash-hur bir boyvachchaning dalasida to'planishla-ri kerak edi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
3 Umuman, suhbat, ziyofat va sh.k. uchun to'plangan (ikki va undan ortiq) shaxslar, ulardan har
biri (bir-biriga nisbatan). Boltavoyning yallasiga quloq soladigan ul-fatlar choyxonani tark
ztib, urushga ket-gan. S. Axmad, Qadrdon dalalar. Qarasa, kabobpaz yigit: Hisob-kitob
qiling-u, ul-fatingiz bilan daf bo'ling, — deb turibdi. «Guldasta».
4 ayn. ulfati. Xo'jayin judaulfat, dil-kash odam chiqib qoldi. Men ishlayman, u bo'l-sa choy
quyib berib o'tiradi. N. Safarov. Olovli izlar.
5 ko'chma Doim birga bo'luvchi narsa; «she-rik». Bir qalam, oppoq qog'oz birlan siyoh-don
ulfatim. S. Abdulla. U mudir bo'lgan kundan buyon aroq bilan ulfat tutinib, bosar-tusarini
bilmay.. yura berdi. «Mush-tum».
6 Ulfat (erkaklar va xotin-qizlar ismi). ULFATI Ulfatchilikni o'rniga qo'ya-
digan, ulfatchilikka moyil. Uso'zamol, ser-harakat, oshnalaridan hech narsani ayamay-digan,
qo'li ochiq, ulfati edi. Mirmuhsin, Me'mor.
ULFATLASHMOQ 1 O'rtoq yoki oshna bo'lib qolmoq; inoqlashmoq; do'stlashmoq. Bora-bora jinni meni
taniidigan bo'ldi, ulfap`shshdi. S. Ayniy, Esdaliklar.
2 Ulfatchilik qilmoq, suhbatlashmoq. Avazxon Zamon bilan bir ulfatlashaylik deb kelsa, Zamon
kulbasida yo'q. «Nigor va Za-mon».
ULFATCHILIK 1 Ulfatlar yig'ini, ziyofati; ulfatlar davrasi. Umingboshining qaynag'asi,
ulfatchshshkda jo'rasi bo'lsa ham, «dodxoh»ni.. hamisha shunday ta'zim bilan hurmatlar edi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t.o. Yosh, kosib ko'ndo'z vaqtlarida o'z tengi ko-siblar qishda, ulfatchilikda
undan haligi dostog'`yurni o'qitib zshitar edilar. A. Qo-diriy, Obid ketmon.
2 Umuman, bir yoki undan ortiq kishi bilan birgalikdagi maishatli suhbat, shun-day yig'in.
..xudoning bergan kuni shu yerda, ulfatchilikka mukkasidan ketgan, o'lgudek «ishrin bola». A.
Muxtor, Ona-singillar. Mimardon qancha may ichganining, qancha ayol-lar bilan ulfatchilik
qilganining hisobiga yetmadi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol.
UL`TIMATUM \fr. ultimatum - qat'-iy, uzil-kesil talab < lot. ultimus — eng oxirgi| 1 huq.
Biron masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat xuku-matiga yozma yoki og'zaki
bayon qilingan, hech qanday bahs yoki e'tirozga o'rin qoldirmay-ditan qat'iy talabi. Hozirgi
sharoitda do'q-lar qilish va ul`timatumlar qo'yish meto-di.. butunlay yaroqsiz vositadir.
Gazetadan.
2 ko'chma s.t. Qat'iy ogoxdantirish, ta-lab. Uning hikoyaeini raqibining «Garde!» [«kisht»]
degan ul`timatumi kesib qo'ydi. U farzinini o'rnidan ko'chirmasa, yutqazib qo'ya-di. I. Rahim,
Chin muhabbat. Qayumjon aj-ralish haqida \ Qoriyaxonga] ul`timatum yubor-gan edi. «Mushtum».
UL`TRA- \lot. ultra - ustida, yuqori; chegaradan tashkari| Baynalmilal o'zlashma qo'shma
so'zlarning birinchi qismp: mikdor va sifat belgilariga ko'ra me'yordan, haddan tashqari; eng
chetki. oxirgi, o'ta kabi ma'-nolarni bildiradi, mas, ul`tramikroskop, ul`tratovxsh kabi.
UL`TRABINAFSHA [ul`tra + binaf-sha|: ul`trabinafsha nurlar fiz. Spektrda binafsha va rentgen
nurlari oralig'idagi ko'zga ko'rinmaydigan nur (qishloq xo'ja-ligi, sanoat va tibbiyotda
qo'llanadi).
UL`TRAMIKROSKOP [ul`tra.. + mik-roskop] Oldiy mikroskop yordamida ko'rib bo'lmaydigan mayda
zarralarni yoritib tu-rib ko'rishga xizmat qiladigan optik asbob.
UL`TRATOVUSH [ul`tra.. + tovush1 Max-sus apparat yordamidagina eshitish mumkin bo'lgan va
to'lqinlarining gebranish chas-totasi 20 kilogertsdan yuqori bo'lgan tovush; elastik tebranishlar
(texnika va tibbiyot-da qo'llanadi).
UL`TRAQISQA [ul'tra.. + qisqa]: ul`-traqisqa to'lqin To'lqin uzunligi 1 mil-limetrdan 10
metrgacha bo'lgan radioto'l-qinlar (televidenie, radioaloqa va sh.k. da qo'llanadi).
ULG'AYMOQ 1 Balog'atga, voyaga yetmoq, katta bo'lmoq. Kampir ko'z oldiga ulg'aygan, kuchga to'lgan
nevarasini keltirdi-yu, iyib ketdi. Gazetadan. Men unga «Beshikdagi bola ulgayganda kim
bo'lib chiqishini ayta ola-sanmi» desam, «Qaydam, tarbiyaga bog'liq», dedi. H. Nazir, So'nmas
chaqmoqlar.
2 Rivojlanmoq, avjlanmoq. G'o'zaunibul-g'aygan sari, paxtakorning ruhidagi shodlik, ko'nglidagi
quvonchni ko'rsangiz! N. Safarov, Xadicha Ahrorova.
3 Kuchaymoq, zo'raymoq, ortmoq. Otabek-ning yuzidagi o'ychanlikka razm qo'ygan sayin, Oftob
oyimning haligi shubhasi ulg'aya bordi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Xotin, gap ul-g'aymasin
dedimi, qo'liga ilingan tovoq-qo-shiqlarni oldi-yu, tashqariga chiqib ketdi. Gazetadan.
UMARO \a. Jj-ol — «amir» s. ko'pl.] map. Shoh (xon, amir) xuzuridagi yuqori man-sabli
shaxslar. Dastlab Islomxo'ja, so'ngra ulamo va umarolar, barcha a'yonlar [Isfan-diyorni\
muborakbod qildilar. J. Sharipov, Xorazm. Bu xususda umaromizning ra`ylari-ni bildik \dedi
podshoh Navoiyga]. Oybek, Navoiy.
UMBALAQASHMOQ ayn. umbaloq oshmoq q. umbaloq. Omonga qoqilib, umbalaqashib tushdim. G'. G'ulom,
Shum bola. [ Tuhfa:\ Tag'in daraxtdai umbalaqashib tushgani-chi! Kap-katta bola. H. Nazir,
Chiranma g'oz — xuna-ring oz.
UMBALOQ: umbaloq oshmoq Boshini yerga tirab, orqasiga ag'darilib o'ynamoq, duma-loq oshmoq.
O'yinchilar.. simlarda umbaloq oshib, turli-tuman o'yinlarni qilib.. yosh bolalarni hayron
qoldirar edilar. M. Mu-hammadjonov, Turmush urinishlari. Qo'zi-boy.. yonbag'irdagi butalarga
ilina-ilina, umbaloq oshib borib, ko'lga shalop etib tush-di. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
UMBURVOQI s.t. Umrboqi. \O'ktam\ Polizga kirib, birpas tevarakka qarab, to'ni xunuk bitta
umburvoqini shartta uzib chiq-di. Oybek, O.v. shabadalar.
UMIVAL`NIK [r. umnval`nik < umnt`, um`p'sya — «yuvmoq; yuvinmoq» fl.
dan yasalgan ot] Yuz-qo'l yuvish uchun mo'l-jallangan jo'mrakli qurilma. Bashorat umi-val`nik yonida
yuziga sovun surkab turgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar.
UMID \f. Ju_»l — ishonch; orzu, tilak, istak] 1 Biror istakning amalga oshishiga bo'lgan ishonch;
ishonch bilan kutish; e'ti-qod. Sizdan umidimiz katta. Sendan umi-dim shumi ? sht Taassufki,
otamning Aziz-bekdan bo'lgan umidi bo'shga ketdi. A. Qodi-riy, O'tgan kunlar ..bu
kambag'alchilik yorug' dunyodan bo'lgan umidimizni emas, yorug' dunyo-dan bo'lgan umidimiz bu
kambag'alchilikni yeb, kemirib tashlayotipti. A. Qaxdor, Qo'shchi-nor chiroklari.
2 Biror narsa qilishga, biror narsaga erishishga bo'lgan ichki intilish, ichki hissiyot; istak,
orzu, niyat. Hayotni bilish va undan o'zining loyiq o'rnini topishga inti-lish — har bir kishining
umidi. Shuhrat, Shinelli yillar. O'zganiki bo'lsa ham, o'g'il qilib olaylik, degan umidda bola
qidirib yuribmiz. I. Rahim, Chin muhabbat. Qizgaota-onasi katta umid bilan Subh deb nom
qo'y-gan ekanlar. Mirmuhsin, Al Maxdiy.
Umid bog'lamoq Orzu qilgan narsaning amalga oshishiga, bunda birovning ko'magi-ga umid bilan
qaramoq. -Kim agar g'alabaga umid bog'lasa, albatta, g'olib keladi, — dedi Jo'raxon. Nazarmat,
Jo'rlar baland say-raydi. Bobur mirzo hali yoshlar. Men xam shu zotgaumid bog'lagan edim.. P.
Qodirov, Yul-duzli tunlar. Umid qilmoq 1) aim. umid bog'-lamoq. Yurtda adolatli davlat..
ko'rmoq orzusida bo'lgan Navoiy Xusayn Boyqarodan ko'p narsa umid qilar edi. Oybek, Navoiy;
2) orzusida (niyatida) bo'lmoq. Qudratli qa-notingiz ostida birim ikki bo'lishini umsh)
qilibkeldim. SH. Rashidov. Bo'rondan kuchli.
3 Umid (erkaklar ismi). UMIDBAXSH \f. a\,\y\i»\ - ishonch,
umid bag'ishlovchi] Kishida ishonch va umid hosil qiladigan; kelajakka umid, ishonch bilan qarashga
undaydigan; umid bag'ish-lovchi. Yo'lchi bu gal ham kasalning ko'nglini ko'tarish uchun, unga
taskin beruvchi umidbaxsh so'zlar aytdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
UMIDVOR \f. J_ ishongan, isho-nuvchi, ishonchga to'la] Umid, orzu ifoda-lovchi; umidli. Ikki
lashkarboshi bir-biri-ga sog'lik-salomatlik tilab, g'alabamiz uchun, deganday umidvor so'zlar
bilan ryumkalarini
284
birpasda bo'shatdilar. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz. Har qalay, bu ishda unga ustod Andu-goniy
ko'mak bermog'idan umidvor edi. Mir-muhsin, Me'mor.
Umidvor bo'lmoq ayn. umid bog'lamoq, umid qilmoq q. umid. Qo'riqning sho'rvasini ichga-ningiz
yetar, endi eski yerning paloviga umid-vor bo'ling. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Umidvor
qilmoq Orzu, ishonch qo'zg'amoq, paydo qilmoq; umid bog'latmoq. Iroda bi-lan ehtiyot bo'lib
so'zlaishshi, uni umidvor qilib qo'ymaslik kerakligini tushunardi Ah-mad. F. Musajonov, Himmat.
UMIDVORLIK Umidvor holat, umid-li holatda bo'lish, umid bilan qarash. Ham-zaning ajoyib
fazilap'shridan biri — op-timizm. Umidvorlik unga hamisha hamrohlik qilgan. Gazetadan. Mana
shu umidvorlik boi-sidan, tanamizda jonimiz bor ekan, kura-shamiz. A. Hakimov, Ilon izidan.
UMIDLANTIRMOQ ayn. umidvor qil-moq q. umidvor. Uchrashuvdan umidlantirdi. mm U yupatguchi
so'zlar bilan do'stini umid-lantirishni istamadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
UMIDLI 1 Biror narsadan umid qila-digan; umidvor.
2 Kelajagidan umid bor, kelajagiga ishonsa bo'ladigan. ..kelajagi eng umidli ko'ringan
yigitga tegmoqchi bo'lib.. qalliq tanlayotgan qizekan. P. Qodirov, Uch ildiz. Asrandi qiz
Rohila rolini o'ynagan umidli san'atkor R. To'raevani hamma hurmatladi. Gazetadan.
Umidli dunyo Hayotda ishonch, umid bilan yashash lozimligini, umidsizlanmaslikni qayd etuvchi
ibora.
UMIDSIZ 1 Umid uzib, umidsizlik bilan, noumid. Uo'g'lining qutulishi yo'lida har bir mulohaza
ko'chasiga kirib chiqmoqda, ammo har birisidan ham bo'sh va umidsiz qaytmoqda edi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar. Uning [ Tohirjonning] kattalashgan qora ko'zpari chiroqda allaqanday umidsiz,
lekin ma'nodor yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Kelajakka bo'lgan ishonch va umidini yo'qotgan, kelajakdan umidini uzgan. Umid-siz kishi.
UMIDSIZLANMOQ Umidsiz holga tushmoq, umidini yo'qotmoq. Sen birinchi marta qiynoqqa duch
kelding, umidsizlanma! Noumid shayton.. I. Rahim, Chin muhabbat.
UMIDSIZLARCHA Umidsiz holatda, umidsizlik bilan. Ali tajang umidsizlar-cha qo'lini silkib,
turib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
UMIDSIZLIK Umidsiz holat. Qizning yuzida umidsizlik belgilari yo'q; u kular edi. A. Qaxdor,
Sarob. Bu savoldan xotinning yuziga umidsizlik tusi kirdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Senga
beradigan maslahatim va nasihatim shuki, umidsizlikka tushma. S. Ayniy, Qullar.
UMMAT [a. — xalq, millat; ma'lum dinga e'tiqod qiluvchi jamoa] 1 din. Ma-dinada Muhammad
payg'ambar izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi; musulmonlar. Yaxshi
o'ylab, chora-larini topish lozimdirki, islom ummati sahobalardek chuqur, imon va zavq-shavq
bilan o'z burchlarini bajarsinlar. Oybek, Hyp qidirib. Kalomi sharifni necha bor xatm
qshganman. Payg'ambarimiz Muhammad alay-hissalomga ummatman. K. Yashin, Hamza.
2 Ummat (erkaklar ismi).
UMMON fa. ^Llc - Ummon mamlakati va uni o'rab turgan qirg'oq (qo'ltiq) nomi-dan: dengiz,
okean] 1 esk. Dengiz, okean. Mashriq mamlakatlaridan birida hududsiz ummonlar orasidagi
mo''jazgina bir orolda.. mo''jiza bir daraxt o'sarmish. O. Yoqubov, Ko'hna dunyo.
2 ko'chma Biron-bir holat, jarayon, ish-faoliyat doirasi, sohasi. Xayol ummoni. mm Yoshligidan
savdo ummonida suzib, shu sohaning baland-pastini xo'p egallagan. A. Ibodinov, «Latofat»
do'konidagi qatl.
UMOCH Uvalangan xamir solib pishi-rilgan suyuqosh. Arslonqul.. zarang tovoqda-gi umochni katta
qoshiq bilan xo'r-xo'r ichdi. Oybek, Navoiy. Atala, umoch.. kabi suyuq oshlarning masallig'i
kamchil bo'lganligi sa-babli.. «kambag'al ovqati» deb yuritilardi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq
taomlari.
UMR [a. j-o-c — yashash, hayot; yosh, yashash muddati] Tug'ilgandan to o'lgungacha bo'lgan davr, yashash
muddati, shu muddat davomida-gi hayot, yashash. Uzoq umr ko'rmoq. Umrining oxiri. Semiz
qo'yningumri kalta. Maqol. mm Hazratim, men mungli qizingiz sizga xudo-dan Shayx Sa'diyning
umrini tilabman! Ilo-him, yuzga kiring/P. Qodirov, Yulduzli tun-lar. «..saxovatli Me'mor
hazratlarining umrlari uzoq bo'lib, doimo sihat-salomat
285
bo'lsinlar», deb duo qilardi. Mirmuhsin, Me'mor. Shunday ko'rkam, dono, tadbirli xotinning
umri ersiz o'tib ketayotganiga ba'zilar achinsa, ba'zilar taajjubda edi. H. Shams, Dushman.
2 Umuman, hayot, yashash. Insonga umr bir marta beriladi. Ichkilik — umrning egovi. Sog'lik —
umrning garovi. Birovga o'lim ti-laguncha, o'zingga umr tila. Maqol.
Bir umr Umr davomida, umr bo'yi. Boy-lik botqoqqa o'xshagan narsa. Domiga bir tortsa, bir
umrga g'arq bo'lib ketishing turgan gap. F. Musajonov, Himmat. Zarga-rov ham bir umr kutgan..
A. Muxtor, Bo'-ronlarda bordek halovat. Umr bersa Yashat-sa. Xudo umr bersa, yo'ling hali
olis. S. Siyo-yev, Yorug'lik. Umr bo'yi ain. bir umr. Sun-natullo maxsum umr bo'yi savdo
sohasida ishlasa ham.. ibratli hikoya va she`rlarni biladigan kishi edi. Shukrullo, Javoxirlar
sandig'i. Umr yo'ldoshi q. yo'ldosh. Ushbuni ko'rsatuvchi Marasul Huzurjonovni tegish-li umr
yo'ldoshi o'rtoq Nasibaxon Asqarova bilan tegishli daftaringizdan o'tkazib.. A. Qahhor,
Og'riqtishlar. Umr kechirmoq 1) umr o'tkazmoq, yashamoq. «..agar (odam) odam bola-siga o'xshab umr
kechiraman desa, unga shuncha ko'p narsa kerak bo'lar ekan!», — deb kular edi. A. Kdhhor,
Qo'shchinor chiroklari; 2) ayn. umr qilmoq. Bir xotin bilan muhabbatli umr kechirmoq, menimcha,
eng ma'qul ish. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Umr ko'rmoq Hayot kechirmoq, yashamoq. Uzoq umr
ko'rib, baxt-saodatli yashayotgan keksalarimiz farovon hayotimizga fayz-tarovat bag'ishlab tu-
rishibdi. Gazetadan. Umr surmoq Umr o't-kazmoq, yashamoq (odatda, yaxshi, baxtli umr-ga nisbatan
qo'llanadi). Dunyoda yaxshi umr surding, or-nomusli, adolatli yashading.. T. Obidov, Yusufjon
qiziq. Umr qilmoq Er-xotin bo'lib yashamoq. - Tenging emas, qizim! Sening ilming kashsha, uniki
kichik. Umr qi-lib ketolmaysizlar, — dedi onasi Husniyaga. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi.
Umri bino bo'lib q. bino. Yodgor umri bino bo'lib bahorning kirib kelishini shu qadar diqqat
bilan kuzatmagan ekan. U. Hoshimov, Qal-bingga quloq sol. Umri boqiy Doimiy hayot, yo'q
bo'lmaydigan. Insoniyat qalbini munav-var etadigan ezgulikning — she'riyatning um-ri boqiy
ekan, demak, shoir umri ham boqiy. Gazetadan. U ba'zan.. Shohruxni duo qilar, yurtda tinchlik
bo'lsa, umri boqiy binolar qurib yurishini o'ylardi. Mirmuhsin, Me'-mor. Umri qisqa Ko'p
yashamaydi, uzoqqa bor-maydi, tez barham topadi. Tuhmatning umri qisqa.
UMRA \a. aj^x. — kichikhaj] Islom an'-anasida kichik haj; Qur'on oyati va Pay-g'ambar
alayxissalom sunnati bilan sobit bo'lgan amal (Umrani yil-o'n ikki oy ba-jarish mumkin).
UMRBOD [a.+f. JL,^ < - aba-
diy umr, umr bo'yi] rvsh. 1 Hayotining oxiri-gacha, o'lgunga qadar; o'lgunicha. Bordi-yu, El-murod
qasos olsa, bu cup unga, Muharramga umrbod cup qolib ketar, motam tutar. Shuxrat, Shinelli
yillar. Nigoraga bora-man: oyog'iga tiz cho'kib, umrbod yuragimni sizga bag'ishladim, deyman. S.
Anorboev, Oqsoy.
2 Hamma vaqt; mangu, abadiy. Sayr etay-lik, kel birga, erkam, Rozi ketsin bizdan umrbod —
Shodlik uchun yaralgan olam, Sevmoq uchun berilgan hayot. E. Vohidov.
UMRBOQI \a. + f. - abadiy,
uzoqumr] Qovunning po'chog'i qalin, sarg'ish-ko'kish bo'lib, qishga sakdanadigan kechpi-shar xili.
Vali aka o'g'liga bir kosa umrbo-qidan uzatib: -Mana buni yeb oling, o'g'lim..
— dedi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
UMRGUZARONLIK [a. + f.
— «umr o'tkazmoq» fl. dan] esk. Hayot kechi-rish, yashash. Umrguzaronlik borasida Qurboi
chaqqonning o'z falsafasi, o'z yo'li bor. I. Sham-sharov, Toshqin. Yo'l azobi orqada qolib ketdi,
endi jannatmonand poytaxtimiz G'aznada rohat-farog'at bilan umrguzaronlik qilinglar. M.
Osim, Karvon yo'llarida.
UMRDOSH kam qo'll. ayn. umr yo'ldoshi q. yo'ldosh. Xozir Mas'uda opa sog'-salomat o'z uyida,
bolalari, sadoqatli umrdoshi, oilasi bag'rida shirin hayot kechiryapti. Gazetadan.
UMRDOSHLIK Birga hayot kechirish, er-xotinlik. Umrdoshlik savdosi — qiyin sav-do, uni obdan
o'ylab, so'ng oila qasrini qur-moq kerak. Gazetadan. O'zining.. aldanganini, ularning
umrdoshlik binosi qum ustiga qu-rilganini, endi uning butunlay nurab bo'l-ganini tushundi.
Shuhrat, Jannat qidir-ganlar.
UMRLI Ma'lum muddat yashaydigan, umr ko'radigan. Uzun umrli. Qisqa umrli. mm U \Xudoyqul\
Madaminsiz ham o'z tirikchiligi o'tishi mumkinligini anglamadi. Unga xo'ja
286
ostonasi umrli makon bo'lib ko'rindi. P. Tur-sun, O'qituvchi.
UMRLIK Umrining oxirigacha, umr bo'-yi; abadiy. Mirshabga pora berib, o'lim jazo-sidan
qutulib, umrlik qamalganlar bor. S. Ayniy, Jallodlar. U yerdan otini minib, umrlikka
Marg'ilon bilan vidolashmoqchi edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
UMSUNMOQ Emchagi sutga to'lib, emi-zishga ehtiyoj sezmoq (emizikli xotin ha-qida).
UMTILMOQ shv. Intilmoq, harakat qilmoq. Go'yo maxfiy borayotgan sinfiy ku-rashning kashagini
ochishga umtilganday tu-yildi bu mushtlash. H. Shams, Dushman.
UMUM [a. »j^c — umumiylik, ommaviy-lik; xartomonlamalik; barcha, hamma| Odam-lar, jamoat;
xaloyiq; ko'pchilik. Umum foy-dasi uchun ishlamoq. mm Yetmasa, seni qo'lga tushirib, umum oldida
sharmandangni chiqa-rib, ochiq sud qilsin. 3. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi. Endi
ingragan yoki, ma-dorsiz bo'lsa ham, umumdan ajralmaslik uchun, chala-chulpa o'ralgan yaralaridan
qon oqizib, sudralib borayotgan yaradorlar ko'pgina edi. Oybek, Quyosh qoraymas.
UMUM- \a. *jjx] Qo'shma so'zlarning tarkibiy qismi bo'lib, jamoatga, hammaga, ko'pchilikka
tegishli ekanlikni, mushtarak-likni bildiradi, mas, umumxalq, umumit-tifoq, umummilliy.
UMUMAN [a. Lj_ai] rvsh. 1 Asos e'ti-bori bilan, asosan. Maqola umuman yaxshi taassurot
qoldirdi. mm Uning \Unsinning\ umuman yuz bichimi kelishgan edi. Oybek, Tan-langan asarlar.
Umuman kartoshkachilikda kaliy o'g'itlariga alohida e'tibor beriladi. «Fan va turmush».
2 Mutlaqo, butunlay. Bu ishdan umuman xabarim yo'q. tsh Otam menga umuman ga-pirmas, onam ham
ko'pincha unutib qo'yar edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol. Qirqin-chi yillardan keyin esa
umuman geologlar bormagan. S. Karomatov, Oltin qum.
UMUMBASHARIY [umum.. + bashariy] Butun insoniyatga, odamzodga oid. Tarixda shunday shaxslar
bo'ladiki, ularning aha-miyati.. bir va bir necha mashakat doirasi-dan tashqariga chiqadi,
dunyoviy ahamiyat kasb etadi, umumbashariy bo'lib qoladi. V. Zohi-dov, O'zbek adabiyoti
tarixidan.
UMUMDAVLAT [umum.. + davlat] Dav-lat miqyosidagi, davlat uchun umumiy. Umum-davlat
manfaasharini ko'zlamox,. mm Teatr umumdavlat ishining bir qismi bo'lib qoldi. H. Nosirova,
Men o'zbek qizman.
UMUMDEMOKRATIK [umum.. + demo-kratik] Barcha demokratik kuchlarni o'z ichiga olgan, barcha
demokratik tashkilotlar uchun umumiy.
UMUMIY \a. ^— hammaga oid, ta-allukdi, universal| 1 Hammaga oid, hammaga tegishli; hamma
uchun xizmat qiladigan; yagona. Umumiy majlis. Umumiy majburiy ta'lim. Umumii til. Umumiy
harbiy xizmat. mm Ongli intizom, umumiy ish uchun mas'ul-lik tuyg'usi mehnat unumdorligini
oshirish-ga yordam beryapti. Gazetadan.
2 Biror narsa, hodisa va sh.k. ning bar-cha qismlari, soxalari, tarmokdari uchun bir xilda
tegishli bo'lgan, barchasini qam-rab oluvchi. Umumiy sarlavha. Umumiy ro'y-xat. Umumiy xulosa.
Til taraqqiyotining umumii qonuniyap`shri.
3 Muayyan bo'lmagan, aniq bir narsa ha-qida tushuncha bermaydigan. Umumiy tasav-vur. Notiq
umumiy gaplardan nariga o'tmadi.
4 Umuman hisobga olgandagi hammasi; butunicha, yalpi. Umumiy mahsulot. Umumiy foyda.
UMUMIYLIK O'zaro umumiy belgi-xususiyat; o'zaro bir xillik. Vazifaning umumiyligi.
Manfaatlarning umumiyligi. mm ..til bilan nutq umumiylik bilan xusu-siylikning dialektik
munosabatida bo'lib, ular biri ikkinchieiga o'tib turadigan ho-disalardir. «O'TA».
UMUMLASHMA 1 Umumiy belgi-xusu-siyatlarni aks ettiruvchi, shunday belgi-xususiyatlarni o'zida
jamlagan. Sultonmurod o'sha zamonda ko'plab uchraydigan ilgor ilm kishilarining umumlashma
obrazidir. Gaze-tadan.
2 Umumiy belgi-xususiyatlarni qayd etuvchi fikr, nuqtai nazar. Matbuot xo-dishari.. hayot
jarayoshshrini hozir har qa-chongidan ham chuqurroq o'rganishlari lozim. Busiz jiddiy
umumlashmalar chiqarishga umid bog'lab bo'lmaydi. Gazetadan. Har qanday na-zariy faoliyat
qonuniyatlar joriy qilishga va nazariy umumlashmalar yaratishga zarurat sezadi.. G'. Salomov,
Tarjima nazariyasiga kirish.
287
UMUMLASHMOQ 1 Umumiy xulosaga kelmoq, xulosalanmoq, yakunlanmoq. Fikr umumlashdi. Umumlashgan
tajriba.
2 Umumga, ko'pchilikka, xalqqa tegishli bo'lmoq, xalqqa xizmat qiladigan bo'lmoq, xalq mulkiga
aylanmoq. Xususiy xo'jaliklar umumlashdi. shsh [ Mavlonov:] Avval kolxoz tu-zib, yerlarni
belgilab olinglar-chi, traktor-ga umumlashgan katta yer kerak. P. Tursun, O'qituvchi.
Shaxsi umumlashgan ran tlsh. Mazmunan har uchala shaxsga taalluqli ran.
UMUMMILLIY [umum.. + milliy] Butunicha millatga, shu millatdagi kishi-larning barchasiga
taallukdi, millat uchun umumiy. Umummilliy til. Umummilliy boi-lik.
UMUMPAG'TIYAVIY [umum.. + partiya-viy| Butunicha partiyaga taallukdi, partiya uchun umumiy.
Umumpartiyaviy ish.
UMUMRESPUBLIKA [umum.. + res-publika] Respublikaga taallukdi, respub-lika uchun umumiy;
butun respublikaga yoyiladigan. tarqaladigan. Umumrespublika badiiy havaskorlik ko'rigi.
UMUMXALQ [umum.. + xalq] Butun xalq-qa taallukdi, butun xalquchun umumiy. Umum-xalq mulki.
Umumxalq namoyishi. Umumxalq bayrami. tsh Cho'lni o'zlashtirish umumxalq xashari deb e'pon
qiltgach, turli shahar va qishloqlardan odashar beto'xtov kela bosh-ladi. «O'zbekiston
qo'riqlari».
UMURTQA q. umurtqalar.
Umurtqa pog'onasi Odam va umurtqali hayvonlar skeletining umurtqalarning o'zaro ustma-ust
qo'shilishidan vujudga keladigan asosiy qismi (uning bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum
bo'limlari bor). Umurtqa kanali Hamma umurtqalar teshik-larining birlashishidan hosil bo'luvchi
kanal (orqa miya shu kanalda joylashgan bo'ladi). Umurtqa teshigi Umurtqa tanasi bilan uning
ravog'i o'rtasidagi teshik.
UMURTQALAR anat. Odam va umurtqa-li hayvonlarning umurtqa pog'onasini tashkil etadigan kalta
g'ovak suyaklar (odam umurtqasi tana, ravoqva o'siklardan iborat).
UMURTQALILAR zool. Gavdani tutib turuvchi umurtqa pog'onasi bo'lgan hayvon-lar guruhi.
UMO'RTQASIZLAR zool. Jonivorlar olamining umurtqa pog'onasi bo'lmagan guruhi.
UN I 1 Turli ekinlar donini, asosan bug'doyni tegirmonda tortish yo'li bilan olinadigan
kukunsimon ozuqa. Bug'doy uni. Jo'xori uni. Oq un. Kepakli un. shsh Bos-tirmada Ziyodaxon supra
yozib, un elab o'ti-rar edi. A. Qa\hor, Qo'shchinor chirokdari. U qayroqi bug'doy unidan yog'liq
patir, somsa yopdi, qatlama pishirdi. I. Rahim, Chin muhabbat. Jannat xola shoshib un chalib,
quymoq soldi-da, boltani qo'liga olib, to'qayga qarab ketdi. S. Ahmad, Ufq.
2 Kukun holiga keltirilgan mahsulot. Kartoshka uni. Suyak uni. Fosfor uni.
Qulog'iga un bosmoq Eshitmaydigan, kar bo'lib qolmoq. \Xonzoda:} Qulog'ingga un bos-dingmi,
yetimcha, yetti kulcha! Chilim! Hamza, Boy ila xizmatchi. Bu o'zi qanday odam, qu-log'iga un
bosqanmu?A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
UN II esk. shv. Tovush, ovoz. Anchadan so'ng itlarning uni o'chdi. S. Anorboev, Oqsoy. Ovozini
eshitish uchun tomog'iga zo'r berib ko'radi. Faqat qandaydir xirildoq un chiqa-di. S. Azimov,
Oppoqtong qo'shig'i.
UNAMOQ Biror ish, iltimos, talab va sh.k. ga rozilik bildirmoq; rozi bo'lmoq, ko'nmoq. Mulla
Ikrom qiyiq odam bo'lgani-danmi yoki kasbi shuni lozim ko'rganidanmi, murosaga unimadi. Oybek,
Tanlangan asar-lar. Mening maslahatimga Omon, Omonning maashhatiga menunadim. G'. G'ulom, Shum
bola. [Qushbegi:] Buyrug'imni qo'rboshiga aytsang, unar! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
UNAR-UNMAS Uncha ahamiyati bo'lma-gan, arzimagan narsa, bo'lar-bo'lmas. [Ha-sanaliH Unar-
unmasdan bahs qilib, nihoyat, bu unar-unmasning oxiriga shu savolni xam ulab yubordi: -Bu gal
Marg'ilonga kechikdin-gizmi?A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Bora-bora o'sha, «musichaday beozor» er
tirriqlik qi-lib, unar-unmasga Shahodatni uraveradigan bo'ldi. «Mushtum».
UNASHMOQ 1 Unamoq fl. birg. n. Ular yarashishga unashdi. Bolalar uyda qolishga unashmadi.
2 Xotin qilib olib berish, xotinlikka berish uchun o'zaro kelishmoq. Otamga.. Ham-roxonning
qizi Zevaroyni unashganlar. S. Ayniy, Esdaliklar. Endi qizni Olaxo'ja-ning o'g'liga unashibdi,
deb eshitdim. M. Jo'-raboev, M.B. martabasi. Otabek gangib, sho¬
288
shib so'radi: -Qaysi qiziga unashib keldin-giz? A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
UNASHTIRISH etn. Nikohto'yidan ol-din yigit va qiz tomonning roziligini rasmiylashtirish,
xalqqa ma'lum qilish uchun o'tkaziladigan marosim.
UNASHTIRMOQ ayn. unashmoq 2. Ona-sini qo'lga olib, qizning o'zini aldab-suldab, yuqori
qishloqdagi bir badavlat odamning o'g'liga unashtirdi. P. Tursun, O'qituvchi.
UNAQA s.t. Unday. [Yo'lchi:] Yormat aka, zrtaga boramizmi, unaqa odamlar juda kek-chi bo'ladi-
ku? Oybek, Tanlangan asarlar. Unaqa olifta bo'lsa, kelmasin edi! Yarashga-ni kelganmi, uy
ko'rgani kelganmi?A. Qahhrr, Qo'shchinor chiroklari.
UNAQANGI ayn. unaqa.
UNVON [a. ,jlji*. — adres; sarlavxa, nom; belgi, ramz) 1 esk. Maktub ustiga yozilgan nom,
qaerga, kimga jo'natilganlik haqida-gi yozuv. Kumush xatni xotinning qo'lidan olib, raxmat
aytdi va xatning unvoniga ko'z tashladi: «Marg'ilon shahrida sokin Mirza-karim qutidor
hovlisiga». A. Qodiriy, O't-gan kunlar.
2 Biror ish-faoliyat sohasidagi alohi-da xizmatni yoki mutaxassislik darajasi-ni rasman
e'tirof etadigan, vakolatli or-ganlar tomonidan belgilanadigan va beri-ladigan nom.
Professorlik unvoni. Xalq artisti unvoni. ttsh Ertasiga.. kelib, uni leytenant unvoni va
vzvod komandiri vazi-fasi bilan tabrikladi. Shuhrat, Shinelli yillar.
3 esk. Meros bo'lib keladigan yoki ish-vazifa darajasini ko'rsatuvchi, shuningdek, in'om
qilingan hurmatli, faxriy nom. Knyazlik unvoni. mm Qorilik unvonini olish uchun men ham bel
bog'lagan edim. M. Muham-madjonov, Turmush urinishlari. Buxoroga kelib, Zulfiqor bilan
Zavrakka «usta» de-gan unvon berildi. Endi ular mustaqil ish qilishlari mumkin edi.
Mirmuhsin, Me'-mor. Podshoh oilasi Qosimbekka alohida eh-tirom bildirganda, uning nomiga
«amirlar amiri»degan unvon qo'shib aytar edi. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
UNGUR Tog'liklardagi tik o'yiq joy; uncha chuqur bo'lmagan g'or. Qaysi bir ungurdan yirtqich
qushning qiyqirig'i eshitilib, aks sado beradi. J. Abdullaxonov, Oriyat. Ungur-lar qurilish
ishlari (yo'l qurish, gaz va neft` quvurlari o'tkazish)ga salbii ta'sir ko'rsa-tadi. «O'zME».
UNDA 1 U olmoshining o'.-p. k. shakli. Unda hech qanday ayb yo'q. mm Portretni suq-lanib tomosha
qiluvchilar unda bir kamchilik ko'rishar, bu ham bo'lsa, jonon qizning ko'z-oynagi edi. M.
Xayrullaev, Tilla marjon.
2 U holda, unday bo'lgan taqtsirda. Dunyo-ni kezish bilan shoir bo'lish mumkin bo'lsa, unda Am
provodnik shoir bo'lishi kerak: bu-tun mamlakatni kezib chiqqan. Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
..Unda to'g'ri bizniki-ga ketdik. S. Siyoev, Yorug'lik.
UNDA-BUNDA 1 Bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan, oralig'i bir-biridan uzoq bo'lgan; u
yer-bu yerda. -Bu atrofda suv yo'qmi? -Suv qayoqda? Unda-bunda quduq bor deyishadi. J.
Abdullaxonov, To'fon. Unda-bunda to'p-to'p sada, ularning orasida oppoq gullagan o'riklardan
boshqa hech narsa ko'rin-maydi. Oydin, Gulsanam. Unda-bunda yovvoyi echkilarning izlarigina
ko'zga tashlanadi. S. Karomatov, Oltin qum.
2 Ba'zi vaqtlardagina; ba'zan, goho-go-ho. [Yormat:] O'z dekchamizni o'zimiz qayna-tamiz.
Xo'jayinning qozonidan unda-bunda bir totmasak.. moysiz bo'lsa ham, o'z dekcham yaxshi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Ish davo-mida unda-bunda begona so'zlarni eshitib, keyin esa kitob
tatalab, inglizchani bir oz bilib oldim. «Guldasta».
UNDAI ko'rs. olm. U kabi, o'shanga o'xshash; unaqa. [Elmurod:] Ishtahasini bo'g'ib qo'yish kerakunday
od&sharning. P. Tursun, O'qituv-chi. | Tavhidiy:] Ya'ni sen ham it, deganingiz-mi bu!? Mirza
Bahrom unday ma'no chiqishini sira ko'zda tutmagan ekan, o'sal bo'ldi. A. Qahqor, Millatchilar.
Biroq Sharofat un-day qilmadi. U o'zini yerga otib urdi-yu, xud-di ilon chaqqanday to'lg'anib,
yig'i boshladi. A. Kdhhor, Qo'shchinor chiroklari.
UNDALMA, undalma so'z tlsh. So'zlov-chining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxs yoki predmetni
bildiradigan so'z yoki so'z birikmasm. Xo'sh, Temir Mardonov, bu gapga siz nima deysiz? K.
Yashin, P`esalar.
UNDAMOQ Biror ish, harakatni ba-jarishga chaqirmoq; da'vat etmoq, taklif qilmoq. Vijdonim,
bushun fikrim meni masalani xuddi ana shunday uzil-kesil hal qshshshga undar edi. M. Jabborov,
Sevinch yoshlari. Uni qandaidir bir kuch borgan sari
289
Inobatni hurmatlashga undardi. J. Sha-ripov, Saodat. Kimdir kursi olib kelib, o'ti-rishga
undar, Me'mor bo'lsa, bosh irg'ab ta-shakkur aytar-u, o'tirmas. Mirmuhsin, Me'-mor.
UNDA-MUNDA s.t. Unda-bunda. Qirg'oq-da majnuntol, unda-munda terilmagan jiy-dalar marjonday
qizarib turibdi. G'ayra-tiy, Uzokdagi yor. ..o'zining unda-munda bo'lsa ham ichishini paypaslab
gapirishi otamga xush kelmasdi. Shukrullo, Javohirlar sandig'i.
UNDAN-BUNDAN 1 Turli narsalardan saylab. O'zi hech nimani istamasa ham, qiz tortinmasin,
debundan-bundan yemakka urin-di. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Turli mavzularda, har to'g'rida. Undan-bundan so'zlab o'tirdi. mm Goho mahallaning
bekorchilari kiradi. Undan-bundan gaplashib, ba'zilari ermak uchun mahsilarni bo'yab, par-
dozlab o'tiradilar. Oybek, Bolalik.
UNDOV Harakat qilishga taklif, chaqi-riq; buyruq, amr. Qalb amri, vijdon undo-vi.. bilan
urushga jo'nagan sanoqsiz sherzod bahodirlarimiz orasida.. jurnalist ham-kasblarimiz ham oz
emasdi. H. Tojiboev, Jangovar qalamkashlar.
Undov belgisi tlsh. Undov ran oxiriga qo'yiladigan belgi(!). Undov ran tlsh. His-hayajon
ifodalovchi ran. Undov so'z p`sh. His-hayajon, xaydash, chaqiriq kabi ma'nolarni ifodalovchi so'z,
mas, tiss, chu, oh, voy.
UNDOVCHI 1 Undamoq fl. sfdsh. Yoxud qari otasining sabr-bardoshga undovchi na-sihatlari..
yo'liga g'ov edi. S. Siyoev, Yorug'-lik.
2 etn. To'y kuni kelinning ota-onasi tomonidan kuyov va uning mehmonlarini kelinning uyiga
taklif qilish uchun yubo-riladigan vakil.
UNDOSH: undosh tovush tlsh. Og'iz va bo'g'iz bo'shlig'ida turli to'siqlarga uchrab hosil bo'ladigan,
tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat bo'ladigan tovush. Mac, b, v, d
tovushlari.
UNDOQ s.t Unday. -Ha-ha, undoq degin, — dedi Yefim Danilovich cho'zib, go'yo mushkul bir masalani
zo'rg'a tushunib olganday. A. Mux-tor, Opa-singillar.
UNIVERMAG [r. «univer(sal`n`sh) mag(azin)» birikmasining qisqartmasi] Xilma-xil keng
iste'mol tovarlari (ki-yimlar, uy jihozlari, xo'jalik tovarlari), jumladan, oziq-ovqat
mahsulotlari bilan savdo qiluvchi chakana savdo korxonasi. Mar-kaziy univermag. mm Domla
bozor qilishni, magazinga kirishni jinidan battar yomon ko'rar edi, kimdir uni univermagda..
ko'ribdi. A. Qahhor, To'yda aza.
UNIVERSAL I [lot. universalis — umu-miy, keng qamrovli, ko'p tomonlama] 1 Ko'p yoki hamma
narsani o'z ichiga qamrab olgan; har taraflama. Universal bilim. Universal bilimga ega odam.
Universal magazin. mm Sai-diy ma'lumot jihatidan universal bo'lish-ni yaxshi ko'radi. A.
Qahhor, Sarob.
2 Bir necha xil ishni bajarishga mos-langan. Universal stanok.
UNIVERSAL II s.t. Bir necha xil ish-ni bajara oladitan traktor. Kul`tivatsiya qilib, jo'yak
oladigan universal ishi usti-dan siyuhida nazorat o'rnatildi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Universalning tishli kat-ta g'ildiraklari hovlini tesha bilan chop-ganday qilib yuboribdi. M.
Mansurov, Yombi.
UNIVERSALCHI Universalni boshqa-ruvchi shaxs (q. universal II).
UNIVERSAM \r. «universa(l`n`sh) m(a-gazin)» birikmasining qisqartmasi] Oziq-ovqat
mahsulotlari, shuningdek, ba'zi bir xo'jalik tovarlari bilan savdo qiluvchi, iste'molchilar
talablarini to'la ta'minlash uchun xizmat qiladigan yirik magazin.
UNIVERSIADA [univers(itet) + (olim-p)iada] 1 Talabalarning butunjahon sport musobaqalari.
2 O'zbekistonda: «Talaba» sport uyushma-si tashkil qiladigan ommaviy musobaqa. «Universiada-
2002» musobaqashrining so'ngida shaharning markaziy stadionida sport shon-sharafi muzeyi
ochildi. Gazetadan.
UNIVERSITET \nem. Universitat < lot. universitas, universitatus — jami, barchasi; yig'indi,
majmua] 1 Tarkibida bir qancha tabiiy-matematik va ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi
fakul`tetlari bo'lgan, ayni yo'nalishlarda yuksak malakali mutaxassis-lar tayyorlaydigan ko'p
tarmokdi oliy o'quv-ilmiy muassasa. O'zbekiston milliy univer-siteti. Universitetga kirmoq.
shsh Men sizni universitetda o'qitaman, aspiran-turada o'qitaman. A. Qahhor, Og'riqtishlar.
2 Umumiy ma'lumotni va siyosiy bi-limni oshirish sohasidagi bir qator o'quv muassasalarining
nomi. Xshquniversiteti.
19-O'zbek tilining izoxli lug'ati
290
3 ko'chma Bilim, malaka, tajriba va sh.k. ni egallash, oshirish uchun manba bo'lgan dargoh, joy.
Qizilqum ko'pgina yigit-qizlar uchun universitet ham bo'ldi. S. Anorboev, O'zbekiston oltini.
Cho'l o'nlab, yuzlab yoshlar uchun jasorat, qahramonlik, fidokorlikning ajoyib universitetiga
ailandi. «O'zbekis-ton qo'riklari».
UNIKAL [lot. unicus — yakkayu yagona, birdan-bir] q. nodir, noyob. Unikal qo'lyozma. Unikal
asar. Unikal tajriba.
UNITAR \fr. unitaire — yagona, yaxlit < lot. unitas — birlik; birlashish]: unitar davlat
Davlat tuzilishi shakli; bunda bu-tun davlat hududi, federatsiyadan farqli ravishda, o'z
tarkibida federativ birlik-lar (respublikalar, shtatlar va sh.k.)ga ega bo'lmaydi, balki
davlat suvereniteti alo-matlari bo'lmagan ma'muriy-hududiy bir-liklar (departamentlar,
viloyatlar, tuman-lar va b.)ga bo'linadi.
UNIFIKATSIYA [lot. uni, unus - bir + facere — qilmoq]: unifikatsiya qilmoq Yagona tizimga,
shaklga, bir xillikka kel-tirmoq; uyg'unlashtirmoq. Mashina detalla-rini unifikatsiya qilmoq.
Alifboni unifi-katsiya qilmoq.
UNIFIKATSIYALASHTIRMOQ ayn. unifikatsiya qilmoq q. unifikatsiya. Ilmiy terminologiyani
unifikatsiyalashtirmoq.
UNLI I Uni bor, ichiga un solingan. Unli qop.
UNLI II: unli tovush tlsh. Og'iz va bo'g'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramay hosil
bo'ladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) to-vush. Mac, a, i, o
tovushlari.
UNMOQ 1 Rivojlanib, boshlang'ich poya va bargchalar hosil qilmoq; nish holati yuz bermoq (ekilgan
urug' haqida). Oradan ko'p vaqt o'tmadi, yangi nav urug' unib chiqdi. N. Safarov, Don.
2 O'sib chiqmoq, o'smoq. Yakkam-dukkam ungan makkajo'xori nihollari, parvarish ni-maligini
bilmay, qisilib yotibdi. «Mushtum». Sahrolar qo'ynida chamanlar unib.. Uyg'un.
3 Yuzaga kelmoq, hosil bo'lmoq, yetish-moq. Kunt bilan o'rgan hunar, Hunardan riz-qingunar.
Maqol. Ter to'kib mehnat qilsang, Yerdan hatto zar unar. Maqol. mm Yer o'tdi-mi, ular ham
hozirdan bizga o'tadi. Hammasi yerdan ungan narsalar.. «Sharq yulduzi».
4 Jismoniy yetuk holga kelmoq, ul-g'aymoq, yetilmoq. Otni toychaligida ko'rgan kishi, u ot
bo'lgach, ko'rsa tanimaganidek, eshon ham o'n yil ichida o'sib, unib, tamom boshqa qiyofaga kirgan
yigitni taniy olmadi. P. Tursun, O'qituvchi.
5 Qistash, talab qilish, ta'sir ko'rsa-tish natijasida qo'lga kirmoq (qarz, nasiya, ziyofat va
sh.k. haqida). Qarz undi. mm Ham-masini undiramiz. Qani, unmay ko'rsin-chi! P. Tursun,
O'qituvchi. Miroslav yutqizgan ziyo-fat unadigan bo'libdi. H. Ahmar, Kim xaq?
6 Yaxshi natija bermoq, unumli bo'lmoq. Shoshganning ishi unmas. Maqol. mm Endi, xo'jaiin, ish
unsin desangiz, oshni peshinga damttasiz. T. Alimov, Jonim hiqildog'imga keldi.
UNNAMOQ 1 Biror narsaning hara-katini qilmoq, unga kirishmoq (asosan, ovqat, taom bilan
bog'liq ish-harakatlar haqida). Sanobarxon erta turib, tandir somsaga unnab ketdi. G'ayratiy,
Io'qlov. Xosiyatxon, hech narsaga unnamang, men uzoq o'tirmayman.. R. Fayziy, Cho'lga bahor
keldi. Sharifa oshxonada qozonga unnayotgan edi. H. Olimjonov, Takdir taqozosi. Yoshi qaytgan,
xushfe'l ayol ikki qizni ochiq chehra bilan kutib oldi. Darhol dasturxon yozib, ovqatga unnai
ketdi. Mirmu\sin. Ajrim.
2 Harakat qilmoq, urinmoq. Mingunna-salaring ham, az­ do'stlarni bir-biridan ajrata
olmaysizlar. YO. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot. Bulardan tashqari ham «Xamsa» yozmoqqa unnab
ko'rgan shoirlar kam bo'lmadi.. G'. G'ulom, Tarixiy munosabatlar.
3 Teginmoq. Bay-bay-bay, biram shirin unnadiki og'zimga. Oybek, Ulug' yo'l. Titki-lab yurgan
edi, uning qo'liga etik unnadi. «Mushtum».
UNNIQMOQ Bo'g'iq qora tusga kirmoq. -Uni [So'nagulni] o'ilayverib, oriqlab, un-niqib ketdim..
— dedi Axmadjon. A. Mux-tor, Davr mening taqdirimda. Asqar polvon qorayib unniqqan zdi.
Oybek, Quyosh qoray-mas. Solining fig'oni osmonga chiqdi. Bir-ik-ki soat ichida uning qora yuzi
battar unni-qibketdi. YO. Shukurov, Uch savol.
UNOBI, unnobi [a. ^Is / UNS \a. ^1 — yaqinlik, ulfatlik, xush-muomalalik, mehribonlik; shodlik; sami-miy suhbat] esk.
kt. Yaqinlik, qadrdonlik
291
munosabati; do'stlik. Xullas, ustod bilan shogird o'rtasida samimiy uns paydo bo'lib, bir-
birlarini tez-tez yo'qlaydigan.. bo'l-dilar. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy.
UNSIZ 1 esk. ayn. undosh.
2 Tovushsiz, tovush chiqarmay. Supa labi-da unsiz yig'lab, omonatgina o'tirgan La'li birdan
onasi tomon o'girildi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
UNSUR [a. j.^.c — element, modda; tar-kibiy qism; kelib chiqish, irq] 1 Bir bu-tunni tashkil
etgan murakkab narsaning tarkibiy qismi. Neon chiroqlari yoritib turgan chizmakashlik stoli
yonida birinchi to'g'onning vertikal unsurlarini oqqa ko'-chirayotgan ekan. «Saodat». Demak,
poetik obraz va tasviriy vositalar muayyan bir uslubning unsurlarigina, xolos. «O'TA».
2 esk. ayn. element 1. Kimyoviy unsur.
3 esk. Ma'lum bir ijtimoiy guruh va-kili. Buzg'unchi unsur. Reaktsion unsur. Yot unsur. mm
Oramizda bu qo'rqinch holatga bahaqqi tushunadigan yaxshi odamlar yo'q, bil'aks, buzg'unchi va
nizochi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chu-quriga karab tortadilar. A.
Qodiriy, Ut-gan kunlar. Io'q, Ziyodaxon opa, men unsur emasman!'Agar meni birov unsur desa,
haqimga juda-juda jabr kiladi A. Qahhor, Qo'sh-chinor chirokdari.
UNTER-OFITSER [nem. Unteroffizier < unter - quyi, eng kichik + ofitser) Bir qancha
mamlakatlar, jumladan, chor Ros-siyasi armiyasida kichik komandirlar tar-kibidagi harbiy
xizmatchi unvoni.
UNUM 1 Yetishtiriladigan, bo'ladigan, hosil. Ishga qo'nim — xirmonga unum. Maqol. mm Yer kuch
bilan, ter bilan unum beradi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kechikib ekilgan g'alla ham, chigit
ham, Matqovulning keyin bergan ishlovlariga qaramay, yaxshi unum qil-madi. M. Ismoiliy,
Farg'onat. o. Yig'ibbu-tun unumni Qaysi bozorga ortding? G'ayra-tiy.
2 Ish, mehnat natijasi, ko'rsatkichi; mahsuldorlik. Ustozlar tajribasidan bah-ramand bo'lgan
yosh cho'lquvarlar yuksak unum bilan mehnat qildilar. «O'zbekiston qo'-riqlari». Titrash ta'sirida
odam xayoli parishon bo'ladi.. ishining unumi bo'lmaydi. «Fan va turmush».
UNUMDOR Unum berish, unumlilik da-rajasi yuqori. Toshkent qadimdan serquyosh, musaffo havoli,
sersuv, unumdor tuproqli shahar sifatida shuhrat qozongan edi. «Sao-dat».
UNUMDORLIK 1 Unum berish, unum-lilik darajasi. Yerning unumdorligi, ekin-larning hosili
oshadi. Ochlik-nochorlikdan asar ham qolmaydi. H. G'ulom, Mash'al. Mineral o'g'itlar organik
o'g'itlar bilan to'yintirilgan yerlardagina unumdorlik yuqori bo'lishini unutmaslik kerak. «Fan
va turmush».
2 iqt. Ishlab chiqarish samaradorligi-ni aks ettiruvchi, ishlab chiqarilgan mah-sulotning hajmi,
sifati va mehnat xara-jatlari o'rtasida miqtsoriy (son bo'yicha) o'zaro bog'liqpik.
UNUMLI 1 Yaxshi unum (hosil) beradi-gan. Unumli yer.
2 Yaxshi natijali, ish-natija ko'rsat-kichi yaxshi. Unumli mehnat. Unumli texni-ka vositalari. tsh
Paxtakor tadbirkor bo'lib, yangi tajribalardan unumli foy-dalansa, mehnati unumli, hosili
barakali, turmushi zavkli bo'ladi. Gazetadan.
UNUMSIZ 1 Yaxshi unum bermaydigan, unumi yo'q. Unumsiz tuproq.
2 Yaxshi natijasi, samarasi yo'q. Unum-siz mashina. Unumsiz mehnat.
UNUT: unut bo'lmoq s.t. Xotiradan o'ch-moq, esdan chiqib ketmoq, unutilmoq. [E'-tibor opa:]
Xudo shifo bersa, hech gap emas, bu kunlar ham unut bo'lib ketadi! H. G'ulom, Mash'al. Ko'pni
unutsang, o'zing unut bo'li-shing juda oson. R. Fayziy, Balli, ona qi-zim.
UNUTMOQ 1 Xotiradan, esdan chiqar-moq; eslayolmay, bilmay qolmoq. Birovning ismini unutmoq.
mm Azimov hamma narsani unutib, butun borlig'i bilan shaxmat tax-tasi ustiga engashib oldi.
I. Rahim, Chin muhabbat. Axir oradan 30 yildan ortiq vaqt o'tdi. Unutgan bo'lishi mumkin. S.
Ahmad, Saylanma.
2 Esiga kelmaslik, yodidan chiqarmoq; eslamaslik. Oshga tuz solishni unutmok. mm Zarifboy
qimmatbaho telpagini ham unutib, otning boshini cho'rt burdi. S. Siyoev, Avaz. [Yo'lchi] Mehnat
uchun haq olishni ham unu-tib, Yormatning orqasidan ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
O'zini unutmoq Shoshish, hayajon, g'azab va sh.k. sababdan es-hushini, akdini yo'-qotmoq. ..birda
muruvvatpesha, birda jo-hillikdan o'zini unutadigan Muhammad Ra-himxon [Avazning] ham
shafqatini uyg'otar, ham nafratiga turtki berardi. S. Siyoev, Yorug'lik.
3 Ma'lum muddat xayolidan chiqarmoq. o'ylamay qo'ymoq. Elmurod dalada o'zini er-kin sezar,
g'am-hasratni unutar, yuragi si-qilmas edi. P. Tursun, O'qituvchi. Menga qol-sa, u xumpar
Marg'ilonda xotini borligini unutib yuborgan, deb o'ylayman. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
UNCHA 1 Olmosh vazifasida, mikdor bildiruvchi so'z yoki so'z birikmasi o'rnida (odatda, buncha,
muncha so'zi bilan birga) qo'llanadi. Mirzakarimboy o'ylab qoldi: Begona qursin, so'zga quloq
osmaydi, uncha ber, muncha ber, deb janjallashadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Belgi, mikdor, harakat bildiruvchi so'zlar bilan qo'llanib, belgi, mikdor, harakat
darajasining me'yordan pastli-gini, kuchsiz, kam ekanini bildiradi; u qadar, aytarli. Ko'chada
odam uncha ko'p emas. Shamol uncha kuchli emas. Bobom uncha qari emas. mm Soy, uncha katta
bo'lmasa ham, nihoyat tez oqar.. edi. A. Qahhor, Oltin yulduz. Munisxon.. hayotga anchayin
yengil qaraydigan, ertaga nima bo'lishi bilan uncha qiziq-maydigan odam edi. O'. Umarbekov, Yoz
yomg'iri. Ayt, sevganingni(ng) senga parvosi yo'qmi uncha?E. Vohidov.
UNCHALIK aim. uncha. Kelgan-ketgan odamlar bilan unchalik ishi yo'q. Oybek, Tan-langan asarlar.
Ahmadjon hali bu ovning gashtini tatib ko'rmagani uchun unchalik tajang bo'lmas edi. A. Qahhor,
Oltin yulduz. Barno unchalik yomon, unchalik behayo qiz emas. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
UNCHA-MUNCHA 1 Ozroq miqdorda; bir oz, sal-pal. Qizi tushmagurning tili uncha-muncha allaga ham
kelib qoldi. H. G'ulom, Mash'al. Qarasa bo'lmaydigan, uchastka qurish vaqtida uncha-muncha
chiqimdor bo'lib qolib-di. «Mushtum». Xoliqova uncha-muncha yuridik ma'lumotga ega. M.
Ibrohimov, Yo'lakdagi muhabbat. Uzi ham uncha-muncha narsa yig'ib qo'ygan. S. Nurov, Narvon.
2 O'rta darajadagi; oddiy, jo'n. Siz un-cha-muncha odamning ishini oydinda oyog'ingiz bilan qilib
qo'yasiz. P. Krdirov, Uch ildiz. [O'tbosar:] Uncha-muncha mashinachilarni na-zarimga ilmay, bir
kun shaharning eng mash-hur tikuvchilaridan biriga.. bordim. G'ayra-tiy, Epchil kuyov.
UPA 1 Gigiena va kosmetika maqsad-larida ishlatiladigan xushbo'y va nixryatda mayin kukun.
Yog'upa. Upa qutichasi. Upa qo'y-moq. mm Bozorov yashiklarni ochib qo'ydi: oq-qand, konfet, sovun,
atir, upa.. Bularning muattar hidi gurkurab, dimoqqa urib, qiz-larni quvontiribyubordi. I.
Rahim, Chin mu-habbat.
2 ko'chma Upaga o'xshash mayin kukun ha-qida. Yuzingizda changni ko'rdim Go'yo bo'z yer upasi. P.
Mo'min. Upasi ko'proq guruchni 4-5 marotaba erinmay yuvish zarur. K. Mahmudov, O'zbek tansiq
taomlari.
UPA-ELIK Pardoz uchun ishlatiladi-gan upa, yog'upa, surma va sh.k. Xotinning yoshi o'ttizdan oshgan
bo'lsa-da, upa-eligi, pardozi bilan yoshroq ko'rinar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Uichkaridan
sochini orqasiga tang'ib, labiga qizil surkab, upa-elik qo'yib chiqdi. A. Muxtor, Opa-
singillar. Ko'po'tmay.. Chilon-zordagi magazinning upa-elik bo'limida ish-layotganmish, degan gap
tarqaldi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
UPOR q. ufor. ..g'uv-g'uv arilar yopishgan va kishini elitarli darajada upor purka-gan qiyg'os
gul-chechaklar burkamish yonbag'ir-larda ko'klam nash'asi hukmron. H. Nazir, Maftuningman,
Ozarbayjon.
UPQUN kam qo'll. Havo yoki yel bilan ta-raladigan harorat (sovuq yoki issiq) ta'-siri. Do'lning
upquni! Yaqin bir joyda do'l yog'yapti. P. Qodirov, Qora ko'zlar.
URA [< t. urxr-ur < urmoq] I und.s. Hu-jum qilayotgan jangchilarning jangovar nidosi;
ko'garinki ruhbilan ma'qullash yoki xursandlikni ifodalovchi nido, xitob. Qa-yerdadir pulemyot
tarilladi; yakka miltiq tovushlari, ura sadolari keldi. A. Qaxdor, Oltin yulduz. U eshikdan
chiqishi bilan bir gala bola yo «ura!», yo «ola» deganini anglab bo'lmas darajada shovqin solib,
uni o'rtaga oldi. P. Tursun, O'qituvchi.
URA II Urmoq fl. rvdsh. Lekin bu orada Alijon bolta bilan ura-ura, darvoza hal-qasini uzib
yuborgan edi. K. Yashin, Hamza.
URA III: ura solib Epchillik bilan, tezda. Oylikni to'plab oladi-yu, «xayt!» deb
293 YAU^
ura solibjo'naydi. P. Tursun, O'qituvchi. Ura qochmoq Tezlik bilan, lip etib qochmoq. «To'xtang,
ada», — deyishi bilan «Zuhra cha-qiryapti», deb o'ylagan Ne'matjon kuyov ura qochdi. A.
Muhiddin, Chap cho'ntak. Bola bilan men koppon tomon ura qochdik. N. Safarov, Olovli izlar.
URAN I \yun. Uranos — Osmon; osmon ma'-budi] Quyosh sistemasiga kiruvchi va Quyosh-dan uzoqligi
bo'yicha 7-sayyora. Uranning o'n-dan ortiq yo'ldoshi mavjud. «O'zME».
URAN II [lot. Uranium < yun. Uranos] Mendeleev davriy sistemasining III gu-ruhiga mansub
kimyoviy element; radioak-tiv xossaga ega bo'lgan kumushsimon oq me-tall. Uran rudalari.
URBANIZATSIYA [fr. urbanisation < lot. urbanus — shaharga oid < urbs — shahar| 1 Jamiyat
xayotida demokratiya va madani-yatning umumiy rivoji bilan bog'liqholda sanoat, ishlab chiqarish
va aholining sha-harlarda to'planishi hamda shaharlar mav-qei (roli)ning oshib borishidan iborat
ijobiy ijtimoiy-demografik jarayon.
2 Shaharga, sanoat markaziga xos belgi va xususiyatlarning tarqalishi, joriy bo'lishi (mas,
qishloq joylarda).
URVOQ 1 Mushtlash, yoyish va b. jihat-dan ishlov berilayotganda, taxtaga yoki sup-raga
yopishmasligi uchun xamir, zuvala va sh.k. ga sepiladigan un. Urvog'iga chidagan yupqa qiladi.
Shuhrat, Shinelli yillar. Mol yoki qo'y jigari qalinligi 2 sm hajmida shapa-loqdek qilib
kesilgach, urvoqqa belanadi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq taomlari.
2 ko'chma Eng kichik bo'lak, zarra. Har bi-rimiz xalqning bir urvog'imiz. H. Tursun-qulov,
Hayotim qissasi. [Tillaning] Urvogi ham ko'rinmaydi. B. Rahmonov, Oltin odam-lar.
Urvoq ham bo'lmaydi Talab uchun mutlaqo yetmaydi, ma'nosidagi ibora. Boyning ar-zimas
sadaqasi Mirkomillarning oilasiga urvoq ham bo'lmasdi. «Fan va turmush». Qo'y-echkilar och.
Samolyotda tashlangan yem-xashak-lar urvoq ham bo'lmayapti. Gazetadan.
URYON [a. OWJ-^ ~~ yalang'och, ochiq, ochi-lib qolgan] kt. poet. Yalang'och. Barin, barin shilib
olguvsi, Bechora xalq uryon qolguvsi. M. Ali. G'ayratu g'aflat sening Javlon o'zing, uryon
o'zing. E. Vohidov.
URILMOQ 1 Urmoq fl. o'zl. va majh. n. Boshi devorga urildi. Tashqaridagi eshik bir narsa bilan
qagptiq-qattiq urildi. mm Jizzali non, isiriq, qalampir,, meva hidi dimog'iga urildi. A.
Muxtor, Opa-singillar.
2 ko'chma Ishidan, lavozimidan qattiq tanqid (ayblov) bilan bo'shatilmoq, olin-moq.
URINMA mat. Egri chiziq ustiga bir nuqtada tegib o'tgan to'g'ri chiziq.
URINMOQ 1 O'zini xar tomonga urmoq, har yoqqa talpinmoq; harakat qilmoq, in-tilmoq. Qafasda
qush urinayotir. mm Bozor-da yurgan xalq — fuqaro ham kir-yupun, isqirt, g'azabli, shoshadi,
turtinadi, uri-nadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Biror ishni bajarishga kirishmoq; unnamoq, tutinmoq; biror ish bilan band, ovora bo'lmoq.
[Nazokat] Oshga urindi. H. G'ulom, Mash'al. Chol oinagini olib, ko'z yoshini artdi va yana ishga
urindi. Oybek, Tanlangan asarlar. Sayfini ilgariroq ish-ga jo'natdim-da, o'zim nimagadir
urinib, kechroq qolib bordim. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Biror ishni bajarish, biror narsaga erishish va sh.k. uchun xarakat qilmoq, hara-katida
bo'lmoq. Qiz uni [tovuqni] ushlab ol-gani ko'p urindi, juda qiynalib ketdi. A. Qah-xrr,
Qo'shchinor chiroqlari. A'zam kun bo'yi Muhiddinni xoliroq uchratishga urinib ko'r-di, bo'lmadi. R.
Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Iloji boricha uning she`rlarini yerga urish-ga, Feruzning ko'zi
oldida obro'sizlantirish-ga urindilar. S. Siyoev, Avaz.
4 Holdan toymoq; charchamoq; qiynalmoq. \O'g'il:\ Jon ona, o'zim yo'lda juda urinib keldim. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Bir oz kutmabsiz-da, qori aka, issiqda ancha uri-nib qolibsiz. I.
Rahim, Chin muhabbat. Ku-mushbibi.. og'riqlardan shikoyat qilib yurar, shuninguchun onasi «tinch
uxlasin, ortiq urin-masin!» deb bugun namozga ham uyg'ottirma-gan edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
5 ko'chma Asli holatini, sifatini yo'-qotmoq: eskirmoq. Uringan ro'mol. mm Uyga urinib, ezilib
qaytib kelgan nonni yeydigan odam yo'q. S. Ahmad, Non-nasibamiz haqida. Maktub anchagina
uringan, qog'oz shalaqlan-gan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. [Chopon] Juda yangi bo'lmasa ham,
har holda urinma-gan.. T. Malik, Ajab dunyo.
So'z urinmoq So'z aylanmoq, so'z tegin-moq. So'z urindi, so'zdan so'z chiqdi, nihoyat, hojining
kutganidek, o'g'il hasrati ham bosh-landi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
URINCHOQ 1 Har ishga urinaveradigan, serxarakat; tirishqoq. Mas'udaxon urinchoq qiz emasmi, bu
kasbning past-balandiga tezda tushunib oldi. Gazetadan.
2 Tinch turmaydigan, urinaveradigan, tek turmas. Urinchoq bola.
URISH 1 Urmoqfl. xar. n. Yurak urishi.
2 O'zaro janjal, mojaro. Urish, qo'ydi-chiqdi ham har xil bo'ladi. Ba'zi urishlar shunday
arzimagan narsadan chiqadiki, ora-dan sovuq gaplar o'tib, «hordiq chiqqandan keyin», urish
nimadan chiqqanini na er eslay oladi, na xotin. A. Qaxdor, Asarlar. Urish, janjal
ko'paymasin, deb butun dardimni ichimga yutaman. Oybek, Tanlangan asarlar.
URISHIG'LI O'zaro chiqisholmaslik, janjallashish tufayli munosabati bu-zilgan; ko'rishmaydigan,
gaplashmaydigan. -Men quv emasman! — dedi kulib Kumush. ~ Men hali urishig'li holdaman,
yarashganim yo'q! A Qodiriy, O'tgan kunlar.
URISHMOQ 1 Urmoq fl. birg. n. Yomon urishdimi ? O'ldirishdan ham toymaydi bu be-zorilar. O'.
Hoshimov, Qalbingta quloqsol. Ko'plashib ularni otlariga mindirishdi-yu.. otlarning sag'risiga
xipchin urishdi. M. Is-moiliy, Fargona t. o. Ust-boshi yupun yi-gitlar, chollar quloqlarini
ro'mol bilan bog'-lab olib, ketmon urishadi. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroklari.
2 Yoqalashmoq, olishmoq. Bizningo'g'il ko'p yaxshi-da: birov bilan urishmaidi, papiros chekmaydi..
A. Qahxrr, Asarlar. -Shariat nomidan fatvo bermang! — dedi mulla Abdu-jalil, xuddi urishishga
tayyorlanayotgan xo'-rozday bo'ynini cho'zib. «Mushtum».
3 Yomon, haqoratli so'zlar bilan bir-birini koyimoq, bir-biri bilan aytish-moq. ..Ma`suma
beka o'rtaga tushib: -Urish-manglar, bir-biringizga qattiq gapirmang-lar.. —dedi. Mirmuxsin,
Me'mor. Falokat bosib er-xotin urishib qolishdi. Oxir bo'l-madi, ajralib ketishdi. Gazetadan.
4 Nasihatomuz, qattiq gap-so'z aytmoq; koyimoq. Qaytib bormayman, degan ekan, Ziyodaxon
urishibdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chiroqyaari. Mening oyim bir yoqdan, uy ish-lariga
yordamlashmading, deb urishadi, bir yoqdan, qo'lingni sovuq suvga urma, deydi. H. Nazir, Yonar
daryo.
5 Jang qilmoq, jangda qatnashmoq. U \Mirzaev\ oddiy qismda oddiy askar bo'lib urishib
yurganida, bo'linma komandiri.. [unga] bir sovg'a berdi. A. Qahhrr, Oltin yulduz. Dadam Berlin
qulagandan keyin Uzoq Sharq-qa borib, yaponlar bilan ham urishibdi. S. Siyoev, Yorug'lik.
URISHTIRMOQ 1 Urishmoq fl. ort. n. Mahalla bolalari, o'spirin yigitlar yungi hurpaygan ikki
katta kuchukni urishtira-dilar. Oybek, Tanlangan asarlar. Sidiqjon-ning xotinini chaqirtirib,
ikkovini urish-tirganing.. nimasi? A. Kdhxrr, Qo'shchinor chiroqlari. Sayil kunlarida.. savdo-
xarid, ba'zida kurashu dor, qo'chqor urishtirish ham avj olardi. Mirmuhsin, Me'mor.
2 Bir-biriga urmoq, tegizmoq (asosan qadah haqida). Temirjon esa qadah urish-tirish u yoqda
tursin, aqlini yo'qotib, xo-mush o'tirardi. J. Abdullaxonov, Oriyat. -Ins-titutni
muvaffaqiyatli tugatganingiz uchun! — dedi Rashid va [piyolasini] Muhar-ramnyng piyolasiga
urishtirdi. Shuhrat, Shi-nelli yillar.
Ko'z urishtirmoq Bir-biriga ma'nodor qarab qo'ymoq; tikilmoq. Bektemirov kuldi. Bo'ynini
cho'zib, odamlar orasidan cholni to-pib, ko'z urishtirib oldi, keyin imlab, yoni-dan joy
ko'rsatdi. S. Ahmad, Hukm. Pul urishtirmoq Pulni ishga solmoq, pulni aylantirmoq (savdoda).
Bu katta bozorda pul urishtirib boyiydiganlar, korchalonlar, uddaburonlar to'lib-toshib
yotibdi. YO. Xai-mov, M. Rahmon, Hayot-mamot. So'z urish-tirmoq So'z talashmoq, bahslashmoq. -
Rahbar bilan so'z urishtirib chakki qildingiz, ota.m, — deb to'satdan gina qildi Oyimxon. P.
Tur-sun, O'qituvchi. Harf urishtirmoq Harflar-ni bir-biriga qo'shmoq, bog'lamoq. Kitob
sahifasidagi katta qora harflarni ovoz bilan bir-biriga urishtirib, bir ma`no chiqarish
qishloq mehnatkashlari uchun har qanday zavqdan ortiq edi. P. Tursun, O'qi-tuvchi.
URISHQOQ 1 Arzimas baxrna tufayli kishilar bilan urishaveradigan; janjal chiqaraveradigan;
janjalkash. Urishqoq bo-la. mm Gulnor qaynanalarning ko'pining bad-fe'l, urishqoq bo'lishini
yaxshi bilsa-da, Yo'lchining onasini mehribon, ko'ngilchan, g'oyat
295
samimiy bir qaynana kabi tasavvur qildi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Urishadigan, zo'r, zo'ravon. Shu payt obdan boqilib sovitilayotgan urishqoq xo'-rozlar
mehmonlar o'tirgan uy derazasiga ke-lib, o'z akslari tushgan oynani no'qiy bosh-ladilar.
«Mushtum».
UR-YIQIT Jismoniy kuch qo'llanadi-gan to'polon, ola-g'ovur; mushtlashish; bir-birini o'ldirish;
qirg'in. Qorong'i uyda ur-yiqit, mushtlash, otishma, dod-voy boshlan-di. H. G'ulom, Mash'al. Kayfi
xiyla daraja-ga yetgan bek ur-yiqit orasidan eson-omon chiqib, otiga bazo'r minib oldi. H.
G'ulom, Mash'al. Mushtlashish, ur-yiqitni mirshab-lar ham bosolmadi. Mirmuhsin, Qahramon-noma.
UR-KALTAK 1 ayn. ur-yiqit.
2 Jinoyatchini, aybdor shaxsni, davlat ruxsatisiz, o'zboshimchalik bilan jazolash, urish.
..g'azabga kelgan olomon, ellikboshilar, ro'yxatchi mirzalarni ur kaltak-sur kaltak qilib,
tarqatib yubordi. K. Yashin, Hamza.
URMOQ 1 Qo'l yoki biror vosita bilan zarb bermoq. Bola itni urdi. mm Ota pis-miq yugurib
kelib, boshimga shaq etib urib qo'ydi. E. Raimov, Ajab qishloq. Bektemir miltiq qo'ndog'i bilan
uning peshonasiga bir urdi. Dushman shilq etib tushdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Ahmad halqani
urdi, eshik shu zahoti ochildi. F. Musajonov, Himmat.
2 Kaltaklamoq, do'pposlamoq. Meni Pis-miq mayna qilgani-yu, men uni chala o'lik qi-lib
urganim-u.. Hammasi o'sha kuniyoq buvim-ning qulog'iga yetib keldi. E. Raimov, Ajab qishloq. Uni
urib, ozor bermanglar, unda gu-noh yo'q, bu bir anglashilmovchilik! Mir-muhsin, Me'mor.
3 Tig'li qurollar (qilich, nayza, g'gish-tar) bilan solmoq (sanchmoq, tiqmoq, chop-moq). Nishtar
urmoq. Pichoqni avval o'zing-ga ur, og'rimasa, birovga ur! Maqol. mm Bektemir burgutday
sapchib, dushman qorni-ga nayza urdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Ube-xos yondan kelib,
farg'onalikning yelkasiga qilich urib, otdan qulatdi. Mirmuhsin, Me'mor. Robiyaning oyog'idan
quchoqlab olgan qisiq ko'zli yigitning biqiniga xanjar urdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
4 Mo'ljalga olib tegizmoq; otmoq. Ni-shonga aniq urmoq. Ikki yuz metrdan mo'l-jalga urmoq. Bir
kesak bilan ikki qarg'ani urmoq. Maqol. mm ..bu qadar merganlik bilan urayotgan batareyaning
ko'zi — kuzatuvchisi-ni nemis payqaydi-yu, bir snaryad bilan g'a-ramning kulini ko'kka sovuradi.
A. Qahhor, Oltin yulduz.
5 Tegmoq, urilmoq. ..olmazor bog'lardan tutun ko'tarilib, dimoqqa bolalikdan ta-nish bo'lgan
achchiq tezak hidi urdi. O. Yoqu-bov, Izlayman. Gulnorning g'oyib bo'lishi Yo'lchiga yashin urgan
kabi ta'sir ko'rsatdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Quduq tubidan urayotgai salkin xush yoqib,
Otamurod birpas o'tirgan bo'ldi. M. Mansurov, Yombi.
6 Shiddat bilan yog'moq. Do'l urdi. ttsh Shu kuni butun kun yomg'ir maydalab urib turdi va kechga
yaqin qorga aylandi. A. Qahhor, Sa-rob. Chaparasta urayotgan qor ko'z ochirgani qo'ymaydi. N.
Safarov, Olovli izlar.
7 Bir narsa orasiga, ichiga solmoq, joy-lamoq; berkitmoq. Gazetani qo'ltig'iga ur-moq. Qo'lini
cho'ntagiga urmoq. Narsalarini sumkasiga urmoq. mm Biz tog' kamariga kiri-shimiz bilan chol
sadaqani cho'ntakka urish uchun o'zini chordevor ichiga olgan edi. N. Sa-farov, Olovli izlar.
8 Yuvib o'pirmoq, yemirmoq, buzmoq. Tosh-qin urdi. mm Bu yilgi sel bugun soyning u tomonini
olsa, ertasiga bu tomonini urib ketaverdi. Y. Shamsharov, Ko'rk me`morla-ri. Qorovul sho'ra va
yalpizlarni o'rib, suv ur-gan joyga tiqa boshladi. E. Raimov, Ajab qishloq.
9 Zarb bilan harakat qilmoq, tepmoq. Bemorning tomiri bilinar-bilinmas urib turar ebi. mm
\Boltaboy\ Otdan tushib, uni daraxtga bog'lar ekan, uy ichidan chiqqan «in-ga-inga» degan
tovushni eshitib qolib, yura-gi dukillaburdi. J. Sharipov, Saodat.
10 Ayrim so'zlar bilan qo'llanib, shaxs yoki narsaga shu so'zlar bildirgan narsaning ta'siri
o'tishi ma'nosini bildiradi. Chala-quduq degan joyda Davronovni oftob vpadu. A. Muxtor,
Bo'ronlarda bordek halovat. Ko'n-dalang kul`tivatsiya hozir suv bilan havoday zarur. Shu
bo'lmasa, qalin ko'chatlarni garm-seluradi. I. Rahim, Ixlos.
11 Loy, kesak, g'isht va sh.k. ni tartib bilan termoq; terib, qalab, biror narsa qurmoq,
bunyod qilmoq. Paxsa urmoq. Tokcha-ni urmoq. Teshikni urmoq. Eshik o'rnini ur-moq. mm Kechgacha
qaltirab devor urdik. E. Raimov, Ajab qishloq.
J^o 296
12 Solmoq, qo'ymoq, bosmoq. Eshakka no'x-ta urmoq. Otga egarurmoq. mm Bir necha sol-dat kelib,
mahbuslarni ushladi, yasovul ham-masining qo'liga kishan urdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Qo'tos taqib bo'yni uzun jiy-ronga, Qirq qubbali yugan urdi boshiga. «Rav-shan».
13 O'zini biror joyga olmoq. ..artist-lar o'yin ko'reatadi, ammo, og'aynilar, sich-qonning ini
ming tanga deb, yerto'laga urib ketmanglar tag'in. Y. Shamsharov, Toshqin. Odamlar jon hovuchlab,
o'zlarini o'rmonga uradilar. Oybek, Quyosh qoraymas.
14 s.t. To'la iste'mol qilmok,; yemoq, ichmoq. Sharob — uzum suvidan tayyorlanadi-gan ajoyib
ichimlik, o'zi xushta`m, bir kosa urib olsangiz, vaqtingiz chog' bo'lib kulave-rasiz. M. Osim,
To'maris. Qani, nonni sin-dirib, qaymoqqa bulab-bulab urib olinglar-chi. E. Raimov, Ajab
qishloq.
15 O'z foydasiga olmoq, o'ziniki qil-moq; o'g'irlamoq. ..dehqonlar bilan suhbat qilib,
paxtafurush boylarning ham tosh-tarozidan, ham narxdan urib, ularni kuy-dirishlarini
bilibolar.. edi. K. Yashin, Ham-za. -Bugun podshoning xazinasini uramiz. Shaylaning, yigitlar!
— dedi. «Chalpak yoq-qan kun».
16 s.t. Tanqid qilmoq, qoralamoq. Ota-buvamni kovlab, gazetaga urib chiqishdi. SH. Rizo, Qor
yog'di, izlar bosildi.
17 J.k. bilan kelgan ba'zi otlarga bog'-lanib, nimanidir shu otdan anglashilgan joygacha
yetganligini bildiradi. Qulf urib yashnagan beda belga uradi. Loy tizzaga ura-di. Sochi
taqimiga uradigan qiz. mm May-donda biznikilar ko'rinmas edi. Qor belga urar edi. N.
Safarov, Qahramonning tutilishi.
18 Ba'zi so'zlar, jumladan, mustaqil qo'llanmaydigan so'zlar bilan birikib, shu so'zlar
anglatgan narsaning yuz berishi, bo'lishi ma'nosini bildiradi. Jo'sh urmoq. Barq urmoq. Qulf
urmoq. Javlon urmoq. mm Umrida qo'liga qilich ushlamagan qo'pol o'g'li-ning yuragida jang va
g'alaba sururi tug'yon urardi. Mirmuhsin, Me'mor. Yaxshi parva-rish qilingan g'o'zalar mavj urib
rivojlan-yapti. Gazetadan.
19 Miqdor (sanoq) sonlar bilan qo'l-lanib, shu son bildirgan yoshga kirganlik ma'nosini
bildiradi. Hash-pash deguncha qirqni urib qo'yibmiz. mm Poxol ustida..
aftidan, yetmishlarni urib qo'ygan kampir o'tirardi. N. Fozilov, Diydor. Xudo yorla-qasa,
hademay saksonni uradi. S. Siyoev, Yorug'-lik.
Balo urmoq Biron-bir shikast yemoq, yomonlikka uchramoq. Joni ham, boshi ham metin ekan, shuncha
sanchaman, Gulnorga balo urganini eshitganim yo'q. Oybek, Tanlangan asarlar. Bosh urib kelmoq
Najot izlab, pa-nohistab kelmoq. Bosh urib keldim huzuring-ga.. U. Ismoilov, Saylanma.
Yergaurmoq/o'. yer. Jigardan urmoq Shaydo qilmoq, ishq-mu-habbat uyg'otmoq. Taqsirni xam
uribdi-ku jigardan, Majnun bo'lib kvtmang yana sah-roga. H. Olimjon. Yo'ldan urmoq q. yo'l.
Me'-daga urmoq (yoki tegmoq) q. me'da. Sertamanno kekkaygan tannozlar yoxud nima desang
ko'na-veradigan cho'risifat laqmalar darrov me'daga uradi. F. Musajonov, Himmat. Yurakdan
urmoq ayn. jigardan urmoq. Yurakdan birinchi marta urgan ishq-muhabbat kimning esidan
chiqadi.. S. Zunnunova, Yangi direktor. Bi-rontasi yuragingdan urgandir, bo'lmasa, qan-day
shamol uchirardi seni bemahalda bu yoqqa. «Guldasta». Uzini o'tga ham, suvga ham urmoq q. o't.
Qo'l urmoq 1) ayn. qo'l tegizmoq 1. q. qo'l. Avazntg qistashiga qaramay, qaytib handalakka qo'l
urmadi. S. Siyoev, Yorug'lik; 2) biror ish, narsaga daxl qilmoq, tutin-moq, kirishmoq. Axir u
qo'l urgan ish bitmay qolmaydi-ku. «Guldasta». Har qanday qing'ir ish qiladigan odam, avvalo,
o'ziga suyanchiq topib oladi, keyin xiyonatga qo'l uradi. Shuk-rullo, Javoxirlar sandig'i.
URNA [lot. urna — ko'za, vaza| 1 Maxsus kuydirilgan murda xoki saqlanadigan idish.
2 Yashirin saylovda byulletenlar tashlash uchun moslashtirilgan maxsus quti, yashik.
3 Turli chiqindi, papiros qoldiqlari g'ashlanadigan maxsus idish.
URNAMOQ q. unnamoq, urinmoq. Yana ishga urnab ketdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Hasana/SH
palovga urnash uchun tashqariga chiqdi. A. Krdiriy, O'tgan kunlar. Qani, nonga qaranglar.
Jamoliddin, yo oshga urnab yubo-raymi, a?M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
UROLOG Urologiya mutaxassisi, vrach, shifokor.
UROLOGIK Urologiyaga oid. Urologik kabinet. Urologik klinika.
UROLOGIYA \yun. uron — siydik + logos — ta'limot] Klinik tibbiyotning siydik a'zolari
sistemasini, jinsiy a'zolar kasalliklarini, ularning kelib chiqish sabablarini o'rganuvchi,
shuningdek, bu kasalliklar diagnostikasi, davosi hamda oldini olish usullarini ishlab chiquvchi
sohasi.
URPOQ s.t. Urvoq. Urpog'ingda bo'lsa, urug'ingga tatiydi. Maqol. mm ..maktab qo'lidan ketsa,
so'filikdan keladigan daro-madi tirikchilikka urpoq ham bo'lmas ekan. A. Qahhor, O'tmishdan
ertaklar.
UR-SUR Tortishuvli janjal, to'polon; mushtlashish, urish. Umuman aytganda, mahalla ahil, ammo
goho xonadonlar orasida oldi-qochdi g'iybat, ur-surlar bo'lib turadi. Oybek, Bolalik. Necha-
necha qonli jang, ur-sur bo'lsa ham, Lekin tetik qoyaday turdi mustahkam. Shuhrat. Shu asnoda
ko'chada bir-dan ur-sur boshlanib ketdi. Oybek, Hyp qi-dirib.
URTMOQ esk. O'rab olmoq, qoplamoq, berkitmoq. Xotin boshini katta ro'mol bi-lan urtib oldi.
Kitoblarni qog'oz bilan urtib qo'ymoq.
URTUK esk. Sirtdan qoplab turuvchi parda. Loyqa suv ko'ksida pufakdek oqib, Qaerga borasiz,
yengil ko'piklar. Bir cho'p yo bir xasga ilashmak bilan Yirtilardi yuz-dan sirli urtuklar.
G'ayratiy.
URUSH 1 Qabilalar, davlatlar yoki ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi uyushgan qurolli kurash.
Fuqarolar urushi. Ikkinchi jahon urushi. mm Urushning ikkinchi yili otasi armiyaga ketdi-yu,
qo'lida hunari yo'q ona ikki bola bilan qoldi. P. Qodirov, Uch ildiz. Har eshikda bir qayg'u
sanqir, Qora urush uzoq cho'zildi. U. Qo'chqorov, Hayajonga ko'milgan dunyo.
2 Tomonlar o'rtasida qurolli jang, to'qnashuv. Axmadjon sheriklari bilan urush-dan xiyla uzoqda
dam olib yotgan bir qism-ga kelib tushdi. A. Qahxrr, Oltin yulduz. Kechki soat to'rtlar, asrdan
bir oz ertaroq hukumat askari bilan xalq orasida urush boshlandi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
URUG' 1 O'simlikning murtak, oziqmod-dalari va qobiqdan iborat hosili; don, tuxum. Sochilgan
urug' unib chiqdi. Bemaza qo-vunning urug'i ko'p. Maqol. Ter to'kib, sochsang urug', yer seni
qo'ymas quruq. Maqol. mm Ko'klam¬da ona-bola tog' etagidagi qo'riqqa chiqib, belkurak bilan yer
ag'darib, lalmi bug'doy ekishdi, lekin qurg'oqchilik bo'lib, uruqqa ham chuv tushishdi. P. Qodirov,
Uch ildiz.
2 Jonivorlar, hasharotlarning jinsiy hujayrasi; tuxum. Bir chug'urchuq bir kunda o'n mingtagacha
hasharotni yeydi. Hasharot esa, yo'q bo'lib ketmasligi uchun, millionlab tu-xum qo'yadi. S. Nurov,
Narvon.
3 Ipak qurti kapalagining tuxumi, qurt uruti. Samarqand qurt urug'i zavodi faqat oq pilla
o'raydigan ipak qurti urug'lari tayyorlay boshladi. Gazetadan.
4 biol. Erkaklar jinsiy bezi ishlab chiqaradigan, jinsiy hujayralardan ibo-rat suyukdik;
sperma, maniy.
5 ko'chma Ko'paytiradigan, ko'payadigan, urchiydigan narsa. Bolalagida uning miyasiga ilm urug'i
qadalsa, keyin sermeva daraxt bo'lib unib chiqqay. M. Osim, Ibn Sino qissasi. Nizomulmulk
fitna urug'ini uzoqni mo'ljallab, juda maxfiy sepmoqda. Oybek, Navoiy.
6 (3-sh. birl. shaklida: urug'i) Ayrim so'z-lar bilan qo'llanib, shu so'z anglatgan nar-sa yoki
shaxs toifasi, ko'pligi ma'nosini bildiradi; zoti. Bo'lsa bo'lar, bo'lmasa — xo-tinning urug'i
Hirotdan kelgan emas! A. Qahxrr, Asarlar. Dunyoda kitob urug'i borki, hammasini o'qib bo'ldim.
«Mushtum».
7 Bir ota-bobodan, bir ajdoddan kelib chiqqan kishilar guruhi; avlod. Bir urug'-danmiz..
aloqalarimiz buzilmasin. SH. Xol-mirzaev, Ogir tosh ko'chsa. Sulton Ahmadbek oraga odam
qo'ygan. Butun urug'lari bilan sizning marhamatingizga muntazir. P. Qo-dirov, Yulduzli
tunlar.
8 Ibtidoiy jamoa tuzumida: o'zaro qon-qardosh bo'lgan kishilardan iborat dast-labki asosiy
tashkilot, uyushma, jamoa. Il-gari oqsoqollar boshchiligidagi har bir urug' o'zini bir-biridan
yuqori qo'yar, bir-birining odatidan, tilidan kular edi. P. Tursun, O'qituvchi. Shiroq bizning
urug'dan. O'zi er-takchi, dostonchi dono chol. M. Osim, Shiroq.
Anqoning urug'i q. anqo. Urug'ini o'ynat-moq Nihoyatda azob bermoq. Bir tomchi qo-ning qolguncha
urug'ingni o'ynatadi. S. Is-moilzoda, Temur. Urug'ini quritmoq 1) av-lodi bilan qirib
yubormoq. \Umarali:] Nus-ratilla aka, men-chi.. men xar qanday dush-maningizning urug'ini
quritaman. A. Muxtor,
Opa-singillar; 2) batamom yo'q qilib yubormoq. [Dadajon.] Murodova yana bir-ikki yil
turadigan bo'lsa, chshshmning urug'ini ham quritadigangao'xshaydi. I. Rahim, Ixlos.
URUG'DON 1 anat. Odam va hayvonlar erkagida urug' hujayralar — spermatozoid-lar
shakllanadigan jinsiy bezlar.
2 bot. O'simlikning urug' yetishtiruvchi va saqlab turuvchi qismi, qobigi.
URUG'DOSH Bir urug' a'zosi, urug'. U bilan urug'doshmiz. mm U | Oynagul] ham yovmut qizi. O'z
urug'doshini behuda yo'qotishmas. — dedi Farhod Durdiga. A. Hakimov, Ilon izidan.
URUG'LAMOQ 1 q.x. Urug' hosil qilmoq. Beda urug'lay boshladi. Piyoz ikkinchi yili urug'laydi.
2 ko'chma Ko'paymoq. ..illatlarning urug'-lab ketishiga.. ko'pchilikning loqaydligi ham sababchi.
Gazetadan.
3 shv. ayn. qo'zilamoq II. Qo'lidagi piyola-ni ko'rib.. xumda urug'lab yotgan yog'idan to'l-dirib
berdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
URUG'LANMOQ biol. Urug' (sperma) bi-lan qo'shilmoq (ona tuxum hujayrasi ha-qida) Homilaning
rivojlanish jarayoni tu-xumdonda urug'lanish bilan boshlanadi. «Fan va turmush»..
URUG'LI Uruqqa ega, urug'i bor. Mayda urug'li o't.
URUG'LIK Urug' (ekish) uchun ajratil-gan narsa (don, meva, hosil va b.). Urug'lik chigit.
Urug'lik kartoshka. mm Samarqand dehqonlari ocharchilikda urug'lik donlarini yeb qo'ygan emishlar.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
URUG'XONA Urug'lik saqlanadigan joy.
URUG'CHI q. urug'shunos.
URUG'CHILIK 1 O'simlikshunoslikning navli urug' yetishtirish ishi bilan shug'ul-lanuvchi soxasi;
tarmog'i; urug' tayyorlash. Urug'chilik xo'jaligi. mm Ha, aytganday, us-tod shu yaqin kunlarda
urug'chilik sovxoziga kelar ekanlar. Xat oldim. A. Qahhrr, Qo'sh-chinor chiroklari.
Paxtachilikning istiq-boli haqida o'ylamaydigan kaltabin xodim-gina urug'chilik ishini tashkil
etishga men-simasdan qarashi mumkin. SH. Rashidov, Bo'-rondan kuchli.
2 Urug' ajratish, urug'larni bir-biriga zidlash (q. urug' 7). Quljon eshon, Mullamu-hammad,
Nafas Oxunlar o'taketgan muta¬assib, johil bo'lganidan, ularda qabila, urug'chilik ta'siri
kuchli. A. Hakimov, Ilon izidan. Endi, ana shu kasofat urug'chilik zimdan o'rtaga tushib, ishning
beliga tepa-di. P. Tursun, O'qituvchi.
URUG'SHUNOS Urug' yetishtirish, urug'-chilik bilan shug'ullanuvchi mutaxassis, olim.
Selektsionerlarimiz va urug'shunos-larimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi. Gazetadan.
URUG'SHUNOSLIK Urug'lar to'g'risida-gi fan, urug'chilikning nazariy asosi; ag-ronomiyaning bir
bo'limi.
URF \a. Jbj*. - e'tirof, baho berish; rasm, odat, taomil; o'rganish] Umum tomo-nidan qabul
qilingan va amal qilinadi-gan tartib-qoida; rasm, taomil. Har bir xalqning o'z urfi bor. mm
Biz ko'tshcha ajo-yib, ko'rilmagan, haligacha urf bo'lmagan ran-go-rang gullarni dastalaganda..
qaysi bog'da bitgan-u bog'boni kim?debsurishtiribo'tir-maymiz. Gazetadan. Poshsha xola egnida
esa shahar urfidan chiqib qolgan qora duxoba cho-pon. D. Nuriy, Osmon ustuni.
URCHIMOQ Ko'paymoq, ko'plab nasl yuzaga keltirmoq. Pashsha juda tez ur-chiydigan hasharotdir. mm
..yaylovda urchiyot-gan chorva mollari ham davlat va jamoat boyligidir. N. Safarov, Olovli
izlar
URCHUQ 1 Tolalardan qo'lda yoki mashi-nada ip yigirish, pishitish uchun ishla-tiladigan moslama yoki
qurilma; duk. Qo'r-g'onning ichida bir necha qora uy qator tikilgan va bularning oldida yosh
bolalar ikkovlashib.. tuya yungidan urchuq bilan ip yigiradilar. S. Ayniy, Qullar.
2 To'qimachilik sanoatida: ip yigiruv mashinalarining ipni pishitib o'raydigan qismi; duk, yig.
Bir kilo.. paxta chit bo'lib to'qilguncha Minglab moki otilur, minglab urchuq aylanur. G'.
G'ulom. Ular pillakashlik fabrikasining keng, yorug' korpuslariga kirib, minglarcha urchuqlarga
mayin ipak tolalari o'rayotgan yigit va qizlarni ko'rishibdi. SH. G'ulomov, Yorqin ufqlar.
URG'OCHI Erkakka qarama-qarshi jins-li (hayvon, jonivor). Urg'ochi ayiq. Urg'ochi buzoq.
URG'U tlsh. Turli fonetik vositalar (mas, ovozni kuchaytirish) orqali bo'g'in yoki so'zni ajratish,
shu ajratishga xos kuchli talaffuz.
299
Urg'u belgisi Urg'uli unli ustiga qo'yi-ladigan diakritik belgi. Urg'u bermoq Nutq jarayonida
biror so'z yoki uning qismiga alohida diqqat jalb etish maqsadida uni boshqalaridan ajratib,
kuchliroq aytish. Mamajon aka uning [injenerning] «o'rtoq» so'ziga urg'u berganini sezdi. A.
Muxtor, Opa-singillar. Ro'paradagi oshxona oynasidan mo'ralagan oshpaz xotin «d» harfiga urg'u
be-ribdedi: Keldila Siddiq akangiz. «Mushtum».
URG'ULI Urguga ega, urg'u tushgan, urg'u bilan aytiladigan. Urg'uli bo'g'in. Urg'uli unli.
URG'USIZ Urgusi yo'q, urg'u tushmagan. Urgusiz bo'g'in.
USKUNA \a. uskunalari. Maktab uskunalari. La-boratoriya uskunalari. mm [G'ulomjon:] Taq-sirim mening
maktabimni g'orat qildim, uskunalarini yondirdim, deb xursanddirlar. M. Ismoiliy,
Farg'onat.o. Zamonaviyusku-nalar bilan jihozlangan meditsina-sani-tariya markazi qurib,
foydalanishga top-shirildi. S. Anorboev, O'zbekiston oltini.
2 Kasb-hunar amaliyotida zarur bo'ladi-gan qurol va moslamalar. Duradgorlik usku-nalari.
Naqqoshlik uskunalari.
USKUNALAMOQ Zarur narsalar, as-bob, qurol va sh.k. bilan ta'minlamoq, uskunalar bilan
jihozlamoq. Laboratoriya-ni yangi texnika bilan uskunalamoq. mm Elek-trostantsiya quring.
Zavodingizni uskunalang. N. Safarov, Uygonish.
USLUB \a. ojl^J — tartib, tartib-usul; usul, yo'sin; shakl] 1 Til unsurlarining ma'lum
vazifa bajarishiga bog'liq holda birlashadigan, til birliklarining o'ziga xos tanlanishi,
birikishi va sh.k. bilan xarakterlanadigan tizimlar. Til uslublari. Funktsional uslublar. mm
Demak, turli poe-tik obraz va tasviriy vositalar muayyan bir uslubning unsurlarigina,
xolos. «O'TA».
2 Til vositalaridan foydalanishning ma'lum bir yozuvchi, asar, janr uchun xarak-terli bo'lgan
usullari majmui. A. Qaxhor uslubi. Fel`etonlar uslubi. mm Navoiy uchun Xusrav [Deh,shviy]
o'ziga xos uslubga ega bo'l-gan ajoyib lirik shoir hamda butk xamsa-navisdir. «O'TA».
3 Til vositalarining ekspressiv-us-lubiy belgi asosida tanlanishi (saylani-shi); nutqning
so'z qo'llash va sintaktik me'yorlarga mos holda tuzilishi. Kitobiy uslub. Rasmiy uslub. Ilmiy
uslub.
4 Ishlash, boshqarishdagi o'ziga xos yo'l, usul. Rahbarlik uslubi. Suzish uslubi. Mir-zacho'l
paxtakorlarining ish uslubi. mm Bi-nokorlikda sharqona uslub ko'plab binolar ko'rkiga ko'rk
qo'shdi. «Fan va turmush». Markazning asosiy maqsadi — dunyodagi eng yaxshi o'qitish uslubini
o'rganishdir. «Fan va turmush».
USLUBIY Uslubga oid. Uslubiy xato. mm San'at turlarining uyg'unlashuvi uchun umumiy uslubiy
xususiyatlarning mavjudli-gi zaruriy shart hisoblanadi. «Saodat».
USLUBIYAT [a. c^jl^l - «uslub» s. dan| tlsh. Til birliklarining uslubiy imko-niyat va
xususiyatlari, funktsional-uslubiy, emotsional-ekspressiv bo'yog'i, shuningdek, nutqda til
vositalarini maqsadga muvofiq tarzda tanlash va qo'llash haqidagi ta'li-mot.
USLUBSHUNOSLIK Tilshunoslik-ning turli uslublarni o'rganuvchi so\asi; stilistika.
USMONLI: usmonli turk Turklarning qadimgi nomi (g'urklar saltanatining asos-chisi, Turkiya
sultoni Usmon 1 ismidan).
UST 1 Narsalarning yuqori tomoni; tepa; zid. past. Usti ochiq aravaga yuklar or-tildi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Yassi qora stollarning yon-veri odamga, usti esa uyum-uyum kitobga to'la. P.
Qodirov, Uch ildiz. Erining yordamida xontaxta ustini shirin-liklardan bo'shatdi. S. Anorboev,
Oqsoy. Do'konxona burchagida usti yeyilgan, tekis kosib to'nkasi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Ichga qarama-qarshi tomon; sirt. Pal`-toiing usti. Idishning usti. mm /Gulsum-6u6uJ Usti
ko'k sirli katta chelakni olib, sigir soqqani og'ilxona tomon ketdi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Sidiqjon etikni chi-roqqa solib, ustini, ichini ko'rdi. A. Qahhor, Qushchinor
chiroqlari. Saodatxon ustiga hech narsa yozitagan, yelishangan konvertni port-feliga solib
qo'ydi. S. Zunnunova, Yangi di-rektor.
3 ko'chma Kiyim, kiyimlar majmui; ust-bosh. Usti yupun, qorni och, ozg'in bola uning o'zi emasdek
tuyuldi. P. Tursun, O'qituvchi. Shu ham bahonami? Usting but, qorning to'q. Krrdan qo'rqasanmi?!
E. Raimov, Ajab qish-loq.
4 ko'chma Zimma, mas'uliyat. Hokim tek-shirib, hech bir natija chiqara olmagandan keyin, aybni
karvonsaroy qorovuli ustiga qo'yadi. SH. Zunnun, Hiylakor o'g'ri. Bu yo'lda qancha zarba bo'lsa,
ustimga olishga hozirman. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
5 3-sh. egalik va j.k., o'.-p.k., ch.k. affiks-lari bilan (ustiga, ustida, ustidan) ko'-makchi
vazifasida makon, payt, ob'ekt kabi munosabatlarni ifodalaydi. Me'mor ara-vadan tushib, bir
muddat bo'lsa ham maysa ustiga yonboshladi. Mirmuhsin, Me'mor. Qo'rg'onbegi ot ustida
qo'rg'onning u boshidan bu boshiga chopardi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Choy ustida eri ruhiyasini
kuzatadi, uning nechundir kayfi buzuq.. Mirmuhsin, Topilgan husn. Pastda qamishzor botqoqlik
va uning ustidan o'tgan uzun yog'och ko'prik bor edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Domla ikki
shisha pivoning ustidan yuz gramm aroqni bitta otib, o'rnidan turdi. A. Qahhor, To'yda aza.
Usti yaltiroq — ichi qaltiroq Ko'rinish-dan yaxshi, mazmun-mohiyati yaroqsiz, no-maqbul.
USTA [f. li^J - o'rgatuvchi, muallim] 1 Biror kasb-hunar bilan shug'ullanuvchi malakali
mutaxassis. Soatsoz usta. Etik-do'z usta. Tikuvchilik ustasi. Ish ustasidan qo'rqar. Maqol. ¦¦
Bu binoni kim qurgan, Ko'k bilan ulashtirib? Krmatin zab o'xshatgan Ustasi kelishtirib. Q.
Muhammadiy. [7o'-lagan:] Og'il solgan ustalarga doim qarash-dim, lekin birovdan bir chaqa
so'raganim yo'q. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
Usta solmoq Usta, mutaxassis yollab ish-latmoq. Sidiqjon onasi kutgandan ham or-tiqroq
g'ayrat qilib, hash-pash deguncha yog'och, somon, bo'yra, taxta va boshqa narsalarni tashib oldi va
tezdan usta soldi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
2 Ma'lum kasb yoki xunarni egallashga o'rgatuvchi shaxs; rahbar, ustoz. Usta ko'r-magan shogird
har maqomda yo'rg'alar. Maqol. mm Ustaning shogirdi — o'n to'rt yashar Io'ldosh deraza oldida
o'tirardi. Oybek, Tanlangan asarlar. Aka-uka usta qo'lida uch yil ishlashdi.. Mirmuhsin,
Me'mor.
3 Shunday shaxslarni bildiruvchi so'z-larga (shaxsning ismi yoki buva, amaki kabi so'zlarga)
qo'shib ishlatiladi. Qishloq chek-kasida usta Abduvahob degan, Ashtdan ko'chib kelib qolgan tojik
yashaydi. T. Ashurov, Oq ot. Usta boboning kayfi chog' edi. S. Siyoev, Yorug'lik. Usta amaki,
mundan xalat tikib bersangiz. «Guldasta».
4 Biror ish, sohaning mashxur, mohir bilag'oni; mohir. Badiiy so'z ustasi. Yuqori hosil
ustalari. San'at ustalari.
5 Sportning u yoki bu sohasida ma'lum natijalarni qo'lga kiritgan sportchilarga beriladigan
unvon va shu unvonga ega bo'l-gan shaxs. Sport ustasi. Xizmat ko'rsatgan sport ustasi.
6 Epchil, chechan. Marasul aka, ko'k piyoz to'g'rashga ustasiz.. A. Qahhor, Og'riq tish-lar. Gapga
ham usta ekansiz.. Mirmuhsin, Me'mor. Maynabozchilik qilishga usta edi Rahim aka. F.
Musajog'gov, Himmat.
USTABUZARMON Biror narsani tuza-taman, yaxshilayman deb urinib, uni buzib qo'yuvchi, ishdan
chiqaruvchi, qosh qo'yaman deb, ko'z chiqaruvchi shaxs. Bola degan sal bo'yi cho'zilgandan keyin, mol
boqadi, bozor-o'cha-ringni qiladi. Nahotki taraq-taraq qi-lib, ustabuzarmon bo'lib o'tirsa.
Oydin, O'ziga monand. Buni non yeyishday oson deb o'ylamanglar, ustabuzarmonlar. H. Nazir,
So'nmas chaqmoqlar.
USTAV [p.] q. nizom.
USTAZODA [f. OJIJLI^I - ustaning bo-lasi] Ota-bobolarining hunarini egalla-gan farzand.
USTAKOR [f. jLSl^ul - biror ishga mo-hir kishi! 1 Ma'lum ish yoki xunar bo'yicha ustalarga
boshchilik qilib, ularni boshqa-ruvchi, bosh usta; korxona boshlig'i. Usta Olim bilan usta
Farfining so'zlaridan, ilgarida bir ustakornikida ishlaganliklari.. va shundan so'ng [usta
Olim\ o'z uyiga do'kon qurib, o'zicha ishlay boshlaganligi anglashilar edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
2 Nom chiqargan usta; ustalarning ustasi.
USTAKORLIK 1 Ustakor ishi. Ustakor-lik qilmoq.
2 Ustakorga, ustachilikka xos. Noma`lum kishi qandaydir bir ishni bajarmoqchi bo'lib, har turli
ustakorlik asboblariga diqqat bilan ko'z tashladi. G'ayratiy, Tun qo'ynida.
USTALIK 1 Usta ekanlik. Hammasini ham qo'ying-a, gapga ustaligi.. va gap orasida kulib
qo'yishlarini qarang. Oydin, Sadag'ang bo'lay, komandir.
2 Ustaga xos mahorat; mohirlik. Yur`ev bu yo'lning ana shu noqulayliklaridan usta-
3Q1 YA'^
lik bilan foydalanadi. I. Rahim, Chin mu-habbat. Bikaning uyida qanchadan-qancha ji-hozlar..
kimxob to'shaklar, ustalik bilan ish-langan Xiva yoyma ko'rpalari. J. Sharipov, Xorazm.
3 Ustaga oid, usta bilan bog'liq (q. usta 1). Ustalik ishim yo'q. Samovarga choy ichgani
keldim. S. Siyoev, Yoruglik.
USTAMA 1 Pul hisobida tayinli (bel-gilangan) miqtsorga qo'shib beriladigan; ustiga qo'shimcha.
Agar paykal sifatli hay-dalgan bo'lsa, mexanizatorga ustama haq to'lanadi. Gazetadan. Kuzga
boribmehnat ha-qidan tashqari qancha ustama mukofot olishlarini xam xayolida cho'tlab aytib
ber-di. S. Anorboev, Yo'lda yo'ldosh bo'lganlar.
2 Mahsulotning ishlab chiqarilishi bilan bog'liq bo'lmagan, tannarxdan tash-qari, tannarx ustiga
qo'yiladigan. Xullas, egov va boshqa bir qancha tovarlarga ham mudirning hakalak otgan
nafsiga javob beradigan darajada ustama narx so'yildi. Gazetadan. Ug'itlarni joylashtirish
uchun katta-katta omborlar zarur. Mana shular-ning hammasi ustama xarajatlarni ancha
ko'paytirib yubormoqda. SH. Rashidov, Bo'-rondan kuchli.
3 s.t. kam qo'll. Qo'shimcha ravishda; yana. Bir necha taryokiylar mening hikoyalarimdan o'zlaridan
ketay deb qoldilar, ba'zilari ho-zirgina yegan afyunlari eslarida yo'q, yana us-tama afyun yeb
oldilar. G'. G'ulom, Shum bola.
USTANOVKA \r. ustanovit` — «o'rnat-moq, qurmoq; belgilamoq, yo'lga qo'ymoq» fl. dan yasalgan
ot] 1 q. qurilma. Farg'ona azot o'g'itlari zavodida esa ba'zi yangi quvvat va ustanovkalar
belgilangan muddatlarda ish-ga tushirilmagan. Gazetadan.
2 q. qo'llanma, ko'rsatma. ..shogirdlari tomonidan ilgari surilgan metodologik va metodik
ustanovkalar to'g'risida gapirish kerak edi. «O'TA».
USTARA Soch-soqolni qirish uchun ish-latiladigan o'tkir tig'li, dastali asbob. Sochini ustara
bilan qirdirgan, yangigina marg'ilonnusxa do'ppisi o'ziga yarashib turar-di. H. G'ulom, Feruza.
Otasi Afg'onistondan olib kelgan dandon sopli ustara yarim ochiq-ligicha chormixga ilinib
turibdi. S. Siyoev, Yorug'lik.
USTAXONA [usta + xona] 1 Biror nar-sa yasash, tayyorlash yoki ta'mirlash uchun maxsus jihozlangan
kichik muassasa va uning binosi. Umarali texnika ustaxonasi oldida qatorlashib g'purgan
mashinalar ichi-da.. «Pobeda» ga havas bilan qaradi. I. Ra-him, Ixlos. Avaz yarim soatcha dam
tortib o'tirdi-yu, bu mop, nimqorong'i ustaxonadan zerikib, chiqib ketdi. S. Siyoev, Yorug'lik.
2 Korxona, xo'jalik va sh.k. larda usta-chilik, ta'mirlash ishlarini olib boruv-chi bo'lim.
Xo'jaliklarning ustaxonalari bu ishga moslashtirilmagan, yig'ish sifati texnika talablariga
mutlaqo javob ber-maydi. N. Xudoyqulov, Yer tafti. Har bir o'quv kabineti va ustaxonaga
kombinat bo'linmalarining rahbarlari biriktirib qo'yilgan. Gazetadan.
3 Rassom, haykaltaroshning ish olib boradigan joyi, xonasi (xonalari). Rassom o'z
ustaxonasida yolg'iz ijod qiladi. Gaze-tadan.
USTACHILIK Usta bajaradigan ishlar bilan shug'ullanish. Ustachilik qilmoq. Us-tachilikni
yig'ishtirmoq.
UST-BOSH Shaxsga xos, oyoq kiyimidan boshqa hamma kiyimlar. ..yangi ust-bosh to'g'-risida ham,
yangi etik to'g'risida ham o'y-lamas. edi. P. Tursun, O'qituvchi. Aksarining ust-boshi yupun,
mahsilarining yirtiq-laridan kir paytavalari osilib turadi, kimlarda poxol tiqilgan eski
kalish, kim-larda jag'i iirtiq kafsh, lekin ular shod. Oybek, Tanlangan asarlar.
USTIGA-USTAK Buning ustiga, buni-si yetishmaganday. Tushda ishtaha bo'lmay, qovun bilangina
tahammul qilganlaridan, qorin och, buning ustiga-ustak jazirama oftob. I. Qalandarov,
Shoxidamas, bargida.
USTKI 1 Yuqorida, tepa qismda joy-lashgan; yuqorigi, tepadagi. Ustki tish. Ustki jag'. Uyning
ustki qavati. shsh \Ka-molxonov] Sulaymonovning kulmaganini ko'rib, o'zini jiddiy ko'rsatish
uchun, qoshlarini chimirdi, ustki labini so'ra boshladi. A. Qah-hor, Ikki yorti — bir butun.
2 Narsaning tashqi qismida, sirtida joylashgan; sirtidagi. Normat bintni pro-tivogaz
xaltasining ustki cho'ntagiga solib qo'ydi. I. Rahim, Chin muhabbat. Shudgorlarni boronalashni
tuproqning ustki qatlami yetilishi bilanoq boshlash kerak. Gazetadan.
USTMA-UST rvsh. 1 Biri ustiga bosh-qasini qo'yib, qalashtirib. Kitoblarni ust¬
302
ma-ust joylamoq. mm \Mahmud Torobiy] Bo-zor kunlari ikki inisini ikki yoniga olib, ustma-
ycm taxlangan galvir-elaklarni orqa-lagan holda, piyoda Buxoroga jo'nar. M. Osim, Mahmud
Torobiy.
2 Ketma-ket, ust-ustiga. Otiga ustma-ust qamchi bosdi. mm Madamin pastga tushib,
Xudoyqulning biqini va ko'kragiga ustma-ust tepdi. P. Tursun, O'qituvchi. [Dushman] Buta-larni
oralab yuz ellik metrcha yaqin kelgan-da, [Ahmadjon] ustma-ust ikki sidra o'q yog'dirdi. A.
Qahhor, Oltin yulduz.
USTOD \f. JLL.J — muallim, o'rgatuvchi] kt. ayn. ustoz. Avaz har kuni ertalab ulug'
ustodlarshing kitoblarini o'qib, dars olardi. J. Sharipov, Xorazm. U hatto Hirotda qolib,
boshqa bir yerda istiqomat qilsa ham, ustodning qo'lida xizmat etishni istardi. Mirmuhsin,
Me'mor.
USTODONA [f. AJIJII^I - ustoz kabi; moxirona] rvsh. Ustodlarga o'xshash, ustod-larga xos.
Majdiddin parvonachi.. barmoq-larini yengilgina qisirlatib, ustodona tur bilan majlisga
qaradi. Oybek, Navoiy.
USTOZ \f. JL^J — muallim, o'rgatuvchi; usta] 1 Kasb, hunar, ilm va sh.k. ni o'rga-tuvchi;
o'qituvchi, muallim. Ustozidan saboq olgan, auditoriyalarda bo'ladigan bahslar va jiddiy
mashg'ulotlarda qatnashgan student, bo'shagan zahoti, ikkinchi uyi — yotoqxonaga shoshiladi.
Gazetadan.
2 Yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy; rahnamo, o'qituvchi, muallim. Bo-bur otdan
tushib, ustozi bilan ko'rishar ekan, birdan ko'ngli yumshab, ko'zlariga yosh quyilib keldi. P.
Qodirov, Yulduzli tun-lar. Shunday qilib, kitobni ko'tarib, ming istihola bilan ustoz
Mirtemirga yaqinlash-dim. Gazetadan. Sizlar, sizlarning ustozla-ringiz otning qashqasiday
ma'lum bo'lib qol-gansiz. H. G'ulom, Mash'al.
USTOZLIK Ustozga xos holat, mavqe; ustoz ishi. Munis yomon bir so'z aytmoqchi bo'ldi-yu, yana
ustozlik hurmati, o'zini tiydi. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz.
USTOMON Juda ustalik, mug'ambir-lik, hiylakorlik bilan muomala qiladi-gan; ayyor, hiylagar,
makkor. To'raxonov us-tomon, obro'si ham baland, yolg'onni ham qoyil qiladi. SH. Rashidov,
Qudratli to'lqin. Tolipov juda ustomon kishi, firibgarlikni ezgi qilib ichib yuborgan.
«Mushtum».
USTOMONLIK Ustomonga xos xislat, xatti-harakat. Tuya yutsa, dumini ko'rsatmay-digan bu
ochofatlar g'oyat ustomonlik bilan ish bitirib yurishgan ekan. «Mushtum». Uning so'zlaridan
qandaydir ustomonlik ba'zan-ba'zan ko'zga tashlanib qoladi. A. Ubaydul-laev, Hayot oqimi.
USTUVOR \f. j\- chidamli, mah-kam, to'g'ri, o'tkir, kuchli] esk. kt. Mahkam, mustaxkam,
buzilmas. Yana qonlar to'kibus-tuvor qsh/dik.. F. G'ulom.
Ustuvor yo'nalish Birinchi darajali, ustun yo'nalish. Ustuvor turmoq I) qimir-lamasdan,
mustahkam turmoq; 2) ko'chma ikki-lanmasdan bir fikrda qat'iy turmoq.
USTUN I \f. / ~ tirgak,
poya, tirgovuch, tayanch] 1 Tomni ko'tarib tu-ruvchi tik tayanch yog'och. Me'mor ayvonga qara-di:
peshayvonning o'sha to'rt ustuni ko'ziga olovdek ko'rindi. Mirmuhsin, Me'mor. La'-li otxonaning
o't yalayotgan xarilarini, charsillab yonayotgan ustunlarini ko'rdi. H. G'ulom, Mash'al.
2 arxit. Bino peshtoqi va shiftining asosiy tayanchi; kolonna. Teatr peshtoqining ustunlari.
Foye ustunlari. mm Stantsiya ay-vonining bahaybat ustunlari, rang-barang yasanib, poezd
kutishga chiqqan odamlar as-ta-sekin suza boshlaganda, Elmurod toqat qilolmadi. P. Tursun,
O'qituvchi.
3 Umuman, biror narsani ko'tarib tu-rish, osib qo'yish va sh.k. uchun foydala-niladigan uzun tik
yog'och yoki shu taxlitda ishlangan qurilma. Chegara ustuni. Yo'l ko'r-satuvchi ustun. mm Ajalning
nishtari bag'-rim yirtadi, Shiqirlatib dor ustunga tor-tadi. «Shirin bilan Shakar». Ketmon ko'-
targan ikki mo'ysafsh) uning yonidagi elektr ustuni tagida gaplashib o'tirardi. O'. Umar-bekov,
Yoz yomgiri.
4 fiz. Havo bosimi yoki harorat o'lchash asboblarining tik shisha naychasi ichidagi suyuqlik. Simob
ustuni pasaya boshladi. mm Suyuqlik ustuni qancha baland bo'lsa, bosimi shuncha katta bo'ladi.
«Fizika».
5 ko'chma Ushlab, tutib, saqlab turuvchi shaxs; tayanch, suyanchiq. Afsuski, oramizda ustoz
Abdusamad Avval yo'qlar, ma'rifat imoratining bir ustuni yiqilib tushdi. M. Osim, Karvon
yo'llarida. Tunov kuni sha-hardan chiqib kelayotgan uch-to'rt oqsoqol me-ni ko'rsatib, «rayonning
ustuni» degani qu-
log'imga chalindi. R. Rahmon, Mexr ko'zda. Us-tushari tezlik bilan yakson qilingan bo'lsa ham,
eski jamiyat osonlikcha qulamadi. «O'TA».
Dunyoga ustun bo'lmoq Abadiy yashamoq. \Islomxo'ja:\ Hammamiz ham bu dunyoga meh-monmiz. Hech kim
dunyoga ustun bo'lgan emas. J. Sharipov, Xorazm.
USTUN II Biror jihatdan yuqori, ba-land, kuchli. Son jihatdan ustun. shsh Mir-zakarimboyning
qizi Nurinisoning ta-biatida yengillik bilan makr ustun turar edi. Oybek, Tanlangan
asarlar. El-yurt manfaatlari har bir narsadan ustun va ulug'. N. Safarov, Olovli izlar.
Ustun chiqmoq (yoki kelmoq) G'alaba qo-zonmoq, g'olib kelmoq; yengmoq. Odamlarning salobati
uning qayg'usidan ustun keldimi.. endi u yig'lamas edi. P. Tursun, O'qituvchi. Tug'ilayotgan
yangilik bilan eskilik o'rta-sidagi kurash jarayonida ilg'or fikr ustun chiqdi. N. Safarov,
Olovli izlar.
USTUNLIK I Ustunga mo'ljallangan, ustun uchun ishlatsa bo'ladigan. Ustunlik yog'och.
USTUNLIK II Yuqori, ustun holatga egalik; ustun ekanlik. Ramazon qori bu sa-far ham o'zining
ustunligini his qilar edi. P. Tursun, O'qituvchi. Ayniqsa, Kenjaning asosiy
xarakteristikalari o'zinikidan us-tunligi bu masalani yanada oydinlashtiradi. O. Mo'minov,
Xiyobondagi uch uchrashuv.
USTUNCHA 1 Ustun I 1 s. kichr. Ariqchalar bo'yida.. ikki tomondan bir-biriga ro'para qilib,
qator ustunchalar o'tkazilgan. S. Ay-niy, Esdaliklar.
2 bot. Gulning urug'i (onalik) og'izchasi bilan tugunchasi oralig'idagi naychasimon qismi.
UST-USTIGArvsh. Ish-harakatning tak-rorlanishini ifodalaydi; birin-ketin, ustma-ust. Kuch
oladi qarsak qsiblardan, Ust-ustiga tushadi xitob. E. Rahim. Eshik qo'n-g'irog'i ust-ustiga
jiringlab, xolaning xayo-lini bo'ldi. «Guldasta».
USTUXON [f.
J
sungak, suyak| Suyak, so'ngak (odatda, et bilan birlikda). Onangizni ko'ring: ustuxon, bir
hovuch ustu-xon. Shuxrat, Umr pog'onalari.
2 Go'shtli, pishirilgan suyak. Maxsum.. peshinda yeyilgan go'shtdan qolgan ustuxon-ni tozalai
boshshdi. S. Anorboev, Oqsoy.
Ustuxon bo'lmoq Nihoyatda ozib ketmoq, qoqsuyak bo'lib qolmoq. Ozib, to'zib, birgina ustuxon
bo'lib qolgan jafokash qiz bid'at ovoqtasidan chiqarildi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
Ustuxoni yo'q ayn. suyagi yo'q q. suyak. Ochig'i, Adashev qarindoshchilik, maishatboz-likka ustuxoni
yo'q.. odam ekan, qurg'ur. A. Mu-hiddin, Xarakteristika. Ustuxoni qolgan yoki eti (borib)
ustuxoniga yopishgan Ni-hoyatda ozib ketgan, quruqsuyak. Kechqurunla-ri uxlash uchun
yechinayotganda, u ozib-to'zib, ustuxoni qolgan badaniga qaramaslikka ha-rakat sshardi.
Gazetadan. Bir necha kun ichi-da Nodirjonning eti ustuxoniga yopishdi. A. Muxidtsin, Chap
cho'ntak.
USTQURMA Tarixan shakllangan ij-timoiy munosabatlar va siyosiy, xuquqiy, axloqiy, diniy,
esg'etik, falsafiy qarash-lar va ularga mos keluvchi va jamiyatning iqtisodiy bazisi tomonidan
boshqarila-digan, o'z navbatida, bazisga ta'sir o'tka-zuvchi muassasalar majmui.
USUL \a. Jj-ual — asosiy qoidalar, qo-nunlar; qabul qilingan tartib] 1 Biror narsani yuzag'a
chiqarish, amalga oshirish yo'li; harakat tarzi, xili, tartibi; yo'l. Qog'oz tayyorlash usuli.
Masala yechish usuli. Kvadrat uyalab ekish usuli. Sun'iy nafas ol-dirish usuli. shi Kishilarni
mehnatga mu-habbat ruhida tarbiyalash xurofotga zarba berishning eng qulay usulidir.
Gazetadan. G'o'za sug'orishning yangi-yangi usullari qo'llanadigan bo'lib, Jamolovning
mulohazalari eskirib qoldi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
2 Biror ish, mashg'ulot kabilarga xos bo'lgan, unda qo'llanuvchi asosiy xatti-ha-rakat, yo'l.
Farg'onacha kurash usullari. mm Og'ir vaznlilar bellashuvida Respublikamiz vakili chiroyli usul
qo'llab, sof g'alabani qo'lga kiritdi. Gazeg'adan.
3 ayn. uslub 1. Proza usuli.
4 mus. Kuyning ijro etilish sur'ati hamda bu sur'atni boshqarib (tezlatib yoki sekinlatib)
turish uchun beriladigan mu-siqiy imo-ishoralar. Usullarraqsningritm-laridir. T. Obidov,
Yusufjon qiziq. Otasi tanbur yoki torda mashq qilayotganida, unga doira bilan jo'r bo'lib, usul
berib turadigan bo'ldi. A. Madrahimov, Mohir jangchi.
5 Noz-karashma, ishva; sho'x qiliq, sho'x-lik. Usul qshshoq.
304
Goh xudoyu rasul, goh g'amzayu usul Faqat toat-ibodat bilan yashamay, dunyo lazzati-dan qam
bahramand bo'lish kerak, ma'nosi-dagi eski ibora. -Hunaringiz goh xudoyu ra-sul, goh g'amzayu
usul ekan-da, general, — dedi Mardonbek. S. Azimov, Oppoqtong qo'shig'i.
USULCHI 1 mus. Kuy sur'atini boshqa-rib, unga usul berib turadigan sozanda. Usullarning
murakkab turlarini o'zlashtir-gan usulchilar juda kam bo'ladi. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
2 shv. raqqosa.
UTIL` \fr. utile < lot. utilis — foydali| s.t. Ishdan chiqqan, lekin ikkilamchi xom-ashyo
sifatida ishlatsa bo'ladigan eski-tuski narsalar, chiqindilar (temir-tersak, latta, qog'oz,
suyak, shisha, poyabzal va sh.k.). Util` to'plamoq. tsh Utildan olingan kitoblar edi, shunday
kitoblarki, ajoyibotlar. T. To'la. Ana undan keyin util' idorasiga ishga ki-rib, bitta eshak
aravaning egasi bo'lib.. shi-sha yig'adigan bo'ldi. S. Ahmad, Saylanma.
UTMOQ shv. Ustidan qaynoq suv quyib yoki o'tga tutib, junini, tukini tozalamoq. Kallani
utmoq. Tovuqni utmoq.
UTOPIZM [«utopiya» s. dan] Amalga osh-maydigan nazariya va qarashlar; utopiyaga moyillik,
xayolparastlik, xomxayollik.
UTOPIK Amalga oshmaydigan, real emas, xayoliy, g'ayriilmiy.
Utopik sotsializm fls. Jamiyatni mol-mulkning umumiyligi, barcha kishilarning tengligi,
mehnatning majburiyligi, shahar bilan qishloq, akdiy mexnat bilan jis-moniy meqnat
o'rtasidagi tafovutlarning yo'q bo'lishi negizida ideal tarzda qayta qurish haqidagi ta'limot
(ingliz yozuvchisi Tomas Morning «Utopiya» asaridan kelib chiqqan).
UTOPIST 1 Utopik sotsializm taraf-dori.
2 Amalga oshmaydigan, noreal narsa-larni orzu qiluvchi, xayolparast, xomxayol odam.
UTOPIYA \yun. utopos < mavjud bo'lmagan joy, mamlakat < u — yo'q, mavjud emas + topos — joy,
makon yoki eutopos — go'zal, ajo-yib mamlakat < yei — yaxshi, soz + topos — joy, makon] 1 fls.
Ilmiy asosga ega bo'lma-gan ideal ijtimoiy tuzum tasviri (T. Mor-ning ayni shunday jamiyat
tasvirlangan «Utopiya» asari nomidan).
2 Ilmiy fantastika janri; ijtimoiy qayta qurishlarning noreal, xayoliy reja-lari
tasvirlangan barcha asarlarning bel-gisi.
3 Amalga oshmaydigan orzu, xomxayol. UTORID \a. jjLM ayn. atorid.
UF und.s. Biror narsadan shikoyat, ran-jish, bo'g'ilish kabi tuyg'ularni ifodalay-di. Uf, havo
judayam dim! Uf, sarimsoq isi kelyapti! Uf, hamma yoqni tutun bosib ket-di! sht -Uf! Suvsadim,
— dedi Fotima yelpig'ichini silkitar ekan. P. Tursun, O'qi-tuvchi. Xotin paranjisi bilan
ayvonning oldiga o'tirib olgach, uf, deb chayqaldi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Yigit ichkari
kirdi; qo'lidagi portfelini divanga uloqtirdi; uf tortib, peshonasiga urdi. A. K,ahhor,
Qay-g'ular.
UFLAMOQ Uf demoq, uf tortmoq. [ Otabek\ Bu qarashida butun o'tgan kunlari-ni yana bir qayta
xotirlagandek bo'ldi va.. uflabyubordi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. ..so-vuqdan etikchalarini
bir-biriga urib ish-qaydi, qo'llariga uflaydi. H. G'ulom, Tosh-kentliklar.
UFOLOG Ufologiya mutaxassisi, ufo-logiya bilan shug'ullanuvchi. V
UFOLOGIYA \ingl. ufologyi < UFO (unknown flying object) - NUJ (g'yrma'lum uchar jism) + logos
— so'z, ta'limot] No-ma'lum uchar jismlar va ular bfan tax-minan bog'liq bo'lgan voqea-
hodisalar. \olatlar haqidagi guvohlarning xabar va ma'lumotlarini to'plash, guruxdashtirish va
talqin qilish, ularning to'g'ri-noto'g'-riligini anikdash bilan shug'ullanuvchi soha. Astrologiya,
ufologiya va shu kabi sohalarga oid bilimlar pinhoniy bilim turi deyiladi. Gazetadan.
UFOR \a. JLLSL — chang; to'zon; hid] 1 ayn. mushk, ifor. O'ylab qolar tongda g'unchalar, Kiyib
bargikaram nimchalar. Pinhon-pinhon ko'zin ocharlar, Borliq uzra ufor socharlar. E. Oxunova.
1mus. Qadimgi doira, shuningdek, nog'ora usullaridan biri.
3 Xalq va mumtoz musiqada shu usul jo'rligida ijro etiladigan cholg'u va ashula yo'llari.
Rubobchi ufor havosiga chala boshla-di, kokilini tarab o'tirgan bola o'yinga tushdi. S. Ayniy,
Doxunda. Chalinadi nay,
305
childirma, do'mbira, Jo'shar g'ijjak, qaynar ufor, dilxiroj. M. Shayxzoda.
UFURMOQ Havo oqimi bilan atrofga taratmoq, dimoqqa urmoq. Anhor tomondan yengil shabada
yalpiz hidini ufurib esardi. U. Umarbekov, Yalpiz hidi. Go'zal Farg'onadan esgan shabada
Mirzacho'l ko'ksiga ufurar hayot. M. Ikrom. Chor atrofda gullar chamanzor, Xushbo'y atrin ufurar
bahor. H. Hasanova.
UFQ [a. z-al — yer va osmon tutashgan che-gara; gorizont; istiqbol] Ochiq joyda os-mon bilan
yerning yoki suv sathining ko'z ilg'agan uzokdikda o'zaro tutashganday, yer bilan osmon
qo'shilganday bo'lib ko'ringan chizig'i, qismi; gorizont. G'arbiy ufqda sa-molyotlar paydo bo'ldi.
Quyosh ufqqa yashirin-di. mm Ufqni o'z gavdasi bilan to'sgan past-baland tog'lar qop-qorayib..
ko'rinadi. Shuh-rat, Shinelli yillar. Kech kirib, quyosh g'arb-ga yonboshlagach, ufq qip-qizil
alanga ichida qolganday bo'ldi. J. Sharipov, Saodat. Endi-endi ufq yorishmoqda. H. Nazir,
So'nmas chaq-moqlar.
UXLAMOQ 1 Uyquga ketmoq, uxloq ho-latda bo'lmoq. Bola.. goh u ishga, goh bu ishga yugurar,
kechalari esa holdan toyib, horib, dong qotibuxlar edi. M. Ismoiliy, Farg'onat.o.
2 ko'chma Tinch holatda bo'lmoq. Og'ir suku-natga cho'mib Uxlardi qishloq. G'ayratiy. Pashsha uchmas,
uxlar ungurlar. Allalaydi soy-ning shovqiniP. To'la.
Yetti uxlab, tush(i)da (ham) ko'rmagan yoki yetti uxlab, tush(i)ga (ham) kirmagan q. tush.
UXLOQ Uyqu holatida, uxlagan.
UXU taql. s. Io'tal tovushini ifoda-laydi. Toyni minib shaharga tush, ikki shi-sha kon`yak ol.
Tez. Uxu-uxu.. yo'tal qursin. Oybek, Tanlangan asarlar.
UCH I 1 Narsalarning ingichkalashgan, o'tkir tomoni. Nayza uchi. Xaijar uchi. Ho-ziqning uchi.
Ignaning uchi. Tikan zahri — uchida, dushman zahri — ichida. Maqol. Juvon Sidiqjondan pichoq
so'rab olib, ik-kisha bodring archidi, birini o'zi shishlab, ikkinchisini gshchoq uchida Sidiqjonga
uzash-di. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Mir-zakarimboy soqolining uchini barmoqlari bi-lan
chimtib, kulib qo'ydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Yog'och, ip, sim va b. ensiz, uzun nar-salarning tomonlaridan biri, bir tomon oxiri, boshi.
Tayoqning uchi. Arqonning uchi.
mm Yana bir yigit darvozaga tirmashib chiqayotir, pastda ikkitasi bir-birining yelkasiga chiqib,
uzun alvonning uchini unga uzatishga urinmoqda. A. Muxtor, Opa-sin-gillar. Aravadagilar
darrov tushib, ko'chaning ikkiuchiga qarabketdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
3 Narsalarning o'zi birikkan, o'rnashgan joydan tashqari yo'nalgan tomoni, oxiri. Barmoqning
uchi. Choynak jo'mragining uchi. mm Akramjonni bir nav quchoqlagan bo'ldim, juvonga esa
qo'limning uchini berdim. A. Qahhor, Ming bir jon. Uning yuzida, shun-day burnining uchida xoli
bor. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri. ..vafot etgan xolasini esladi va ko'zidan tirqirab chiqqan
yoshini yeng uchi bi-lan artdi. I. Rahim, Ixlos.
4 Chorburchak buyumlarning tomonlari tu-tashgan joyi, burchagi. Fanerning to'rt uchi-dan ushlab
ko'tarmoq. ti Polvon yelkasiga tashlab chiqqan qiyig'ini oldi-da, ikki uchi-dan ushlab, bir-ikki
aylantirdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
5 mat. Chiziqlarning yoki sirtlarning o'zaro tutashib, kesishib, burchak hosil qil-gan nuqtasi.
6 Narsalarning yuqori qismi, tepasi, boshi. Minoraning uchi. Daraxtning uchi. Sim-yog'ochning
uchi. mm Teraklar uchida o'ynar qizil nur. G'ayratiy. Bir kuni o'rikning uchiga chi-qib.. atrofni
tomosha qildim. Oydin, Sa-dag'ang bo'lay, komandir. Devorga tashqari-dan qo'yilgan keng
narvonlarning uchlari xiyol chiqib turardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
7 ko'chma Biror narsaning boshlanish qis-mi, boshi. Sir(ning) uchini so'z ochar. Maqol. mm U
[Elmurod] hali bu muvaffaqiyatning faqat uchigina ekanini hech bir unutmadi. P. Tursun,
O'qituvchi. Nuri bu voqeaning uchini eshitgan hamon bezgakday qaltirab ketdi.. Oybek,
Tanlangan asarlar.
Oyoq uchida {yoki uchi bilan) ko'rsatmoq Nazar-pisand qilmaslik, mensimaslik. AMMO MyoMCLiacu
dag'al.. odamlarni oyoq uchida ko'rsatadi. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi. \Nuri\ Kambag'al, hatto
o'rtahol oila qiz-larini oyoq uchi bilan ko'rsatar.. edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Til uchida
Istar-is-tamas, shunchaki yo'li uchun. -Keling, — dedi boshqaruvchi tiluchida. «Mushtum». -
Tiluchi-da aytgan ekansiz-da bu gapni. -Nega til uchida bo'ladi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chiroq-
20—O'zbek tilining izoqli lug'ati
j^Cl 306
lari. Uch bermoq 1) ko'rinish bermoq, paydo bo'lmoq, yuzaga kelmoq. Kunlar o'tdi. Opa-ning
obraziuch bera boshladi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa. Kun endi uch berib, qoyalarda
jilolanar, tiniq osmon shishaday yaltillab, bu manzaraga yana bir ko'rk bag'ishlamoqda edi. S.
Karomatov, Bir tomchi qon; 2) belgi ber-moq, ochilmoq, oshkor bo'lmoq. Nariroqqa bo-rib, bu
jumboq tasodifan uch berdi. H. Na-zir, Ko'kterak shabadasi. Uchini chiqarmoq Boshlang'ich, belgi
tarzidagi ma'lumot ber-moq; shipshimoq. Oramizda qoladigan gap bor, azizim! Faqat sizgagina
uchini chiqarishim mumkin. III. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Jo'rt-taga ochiq aytmadim. Lekin
xayrlashayotib, uchini chiqargandim, shunga ham bir sapchib tushdi. O. Yoqubov, Bir fel`eton
qissasi. Uchchiga chiqqan Eng ashaddiy, o'taketgan. Ayyorlikda uchchiga chiqqanman, deb maqtansam
yolg'on emas. Oybek, Ulug' yo'l. O'zi borib tur-gan ig'vogar, uchchiga chiqqan materialchi, pis-mik
odam. «Mushtum». Xamir uchidan patir q. patir. Qalam uchi Yozilgan, yozib e'lon qi-lingan narsa
uchun beriladigan haq. Manavi osonliqni qarang, taqsir. Qalam uchisiga bo'z-niuzatdim,
olmaydi. A. Qodiriy, Mehrob-dan chayon. Qo'l uchida 1) astoydil emas, is-tar-istamas. Bu
yigitni hech ko'rmagan edi, malol oldi shekilli, qo'l uchida so'rashib, qizga savol nazari bilan
qaradi. «Mushtum»; 2) nochor holda, yengil-yelpi. Endi sen qo'luchida qiladigan tirikchiliging
uchun kecha-kunduz kapits`shstlarga ishlashing kerak. YO. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot.
UCH II snq. son 1 3 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. Uch karra uch to'qqiz.
Uch yil burun. Uch oydan keyin. Bir bo'lgan, ikki bo'lmay qolmas, Ikki bo'lgan, uch bo'lmay
qolmas. Maqol. mm Ertasiga soat birda uch partizanni ko'mish marosimi bo'ldi. A. Qahhor, Oltin
yulduz. Sobirjon ovchilar in'om qilgan ikki quyon va uch o'rdakdan bir quyon va ikki o'rdakni
Asqar otaga berdi. A. Qahhor, Xotinlar.
2 Besh balli baho tizimida o'zlashtirish «qoniqarli», «o'rtacha» degan ma'nodagi baho. Uning
bahosi — uch. Bu insho uchun uch qo'ysa bo'ladi.
3 etn. ayn. kiryuvdi. Cholning yostigi ta-gidan topilgan pul uni ko'mib kelishgagina yetdi. Hali
bu yoqda uchi, yettisi, yigirmasi, fotihaxonligi.. va hokazolar bor. M. Osim, Tilsiz guvoh.
UCH III din. etn. Uchiga paxta o'rab, yog'lab, marhum arvohiga atab payshanba, juma oq-shomlari
yoqib qo'yiladigan cho'p. Uch o'ramoq. Uch yoqmoq.
UCHA shv. Yelka, yelkaning orqa tomoni. Har bir polvonning o'z o'ngi bo'ladi. Otasi-ning o'ngi —
yag'rini, bolasining o'ngi — uchasi. T. Murod, Qo'shiq.
UCHAK shv. ayn. tom I. Kecha ko'hna ark ol-didan o'tgandim, ko'zim do'koningga tushdi: devori
qiyshaygan.. uchagi bosay deb turibdi. J. Sharipov, Xorazm.
UCHALATOY G'ildirak to'g'ini yasash uchun ishlatiladigan, nihoyatda qattiq yog'ochli qayrag'och turi.
UCHAR 1 Uchmoq fl. sfdsh. Uchar baliqlar. tsh Uchar qushdan ulgi olgan jonivor, Min-ganning
ko'nglida qolmaydi g'ubor. «Yodgor».
2 ko'chma Uchganday tez yuradigan, juda tez chopadigan; chopqir. Bo'taboy aka bu kunlarda o'zini
hali ot minishni durustroq bilmay turib, juda uchar otda uloqqa kirgan ki-shiday seza
boshladi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
3 ko'chma Hiyla-nayrang bilan har nar-sani undira oladigan, har narsaga erisha oladigan;
epchil. To'lqinjon, kim aytadi se-ni olg'ir, uchar yigit deb. Mana yarim yilcha bo'lib qolibdi-
ku, bitta qishloqi qizning muhabbatini qozonolmaysan. F. Musajonov, Huri. Jonkuyar, halol
kishilar o'g'riga chi-qarildi. O'ndan to'qqizini urayotgan ayrim ucharlarning boshi silandi. V.
Maqkamov, Aybsiz aybdorlar.
Uchar yulduz s. t. Meteor.
UCHASTKA [r. uchastok] 1 Biror maqsadda ajratilgan yer bo'lagi, maydon. Bundan chiqa-digan suv
bilan.. maktab uchastkasinigina emas, unga tutashgan tomorqa yerlarni ham sug'orish mumkin. H.
Nazir, Cho'l havosi. El-murod polkdan o'z batal`oniga uchastka olib, mudofaaga o'tganda, tong
yorishib qolgan edi. Shuxrat, Shinelli yillar.
2 Yer maydoni, dalaning biror belgisi bilan o'ziga xoslikka, alohidalikka ega bo'lgan bo'lagi.
Ko'chatxonada bir uchastka tayyorlanib, unga majnun archa ko'chatlari o'tqazildi. Gazetadan.
3 Ma'lum bir xo'jalikning \ududiy jihatdan ajratilgan, alohida bo'limi. O'r¬
307
monjon bugun, negadir.. hamma uchastkaga bordi, kechga yaqin.. uyiga qaytdi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chiroqlari.
4 Biror nuqtai nazardan chegaralanish-da hududiy ichki bo'linma, bo'linmalar; hu-dudlar. Xalq
sudlarining hozirgi vaqtda amalda bo'lgan uchastka sistemasini tugatish va yagona tuman
(shahar) xalq sudlarini tu-zish ko'zda tutiladi. Gazetadan. Hozir, sen kelmasdan bir oz
burun, bir odamni Qumariq-qa yubordim. Uchastka pristavi ham o'sha yer-da. Cho'lpon, Kecha va
kunduz.
5 Ma'lum bir ish-faoliyat olib bo-rilayotgan, unga oid joy, ob'ekt. Qurilish uchastkasining
boshlig'i Gulboy Bo'rievning ishonchi komilki, yirik ob'ekt ham belgi-langan muddatda a'lo
sifat bilan top-shiriladi. «Uzbekiston qo'riklari». Erkak-lar bilan teng huquqli ayollarsh
bugungi kun-da ishlab chiqarishning barcha uchastkalarida uchratish mumkin. Gazetadan.
6 s.t. Xususiy uy-joy qurish uchun ras-miy ravishda ajratib berilgan yer, maydon va unda barpo
etilgan hovli-joy. Ularning uchastkasi hali bitmagan, ikki uyni xomsu-voq qilib, ko'chib
kirishgan edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Uchastka olish uchun ariza berganimga ikki yil
bo'ldi, haligacha darak yo'q. «Mushtum». Bu orada yer tuzuvchi Xu-doynazarov bilan o'zingiz
ikkitadan to'rt-ta uchastka qurib oldingiz. «Mushtum».
UCHASTKOVOI [r. uchastkovny ] s.t. Aho-li yashaydigan hududnint muayyan bir qismi-da tartib-
qoida saqlanishini nazorat qilib turuvchi militsiya ofitseri (q. uchastka 4).
UCHBURCHAK 1 Uchta burchakli, tumorcha shaklidagi. Uchburchak hovli. tsh To'qqiz samo-lyot uchga
bo'linib, uchburchak shaklida tekis oqib kelardi. Shuhrat, Shinelli yillar. Nariroqda uch
mullabachcha bir bo'yra ustida uchburchak bo'lib o'tirib, mushkul bir masala-ni bahslashadi. Oybek,
Navoiy.
2 s.t. esk. Muassasa, korxonalarda uch rahbar shaxs (direktor yoki rais, partkom kotibi yoki
vakili va kasabaqo'm raisi). Bu masalani uchburchak hal etadi.
3 mat. Bir to'g'ri chiziqtsa yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtalarda bo'lgan uchta kesmadan
yasalgan geometrik shakl. To'g'ri bur-chakli uchburchak. Teng burchakli uchburchak. shsh Olib kirilgan
choy ham sovib qolar, alla¬qanday o'lchovlar-uchburchaklar xayolini tortib ketardi. Mirmuhsin,
Me'mor.
UCHYOT [r. uchest` — «hisoblab chiqmoq, ro'yxatga olmoq, qayd qilmoq» fl. dan yasal-gan ot] 1
Biror tashkilot yoki muassasada-gi kishilarni hisobga olish, ro'yxatga ki-ritish orqali qayd
etish. Uchyot varaqasi. Uchyotga o'tish (yozilish). Uchyotga olish. Uchyot-dan chiqish.
1 Hisoblash, ro'yxatga olish yo'li bilan narsalarning borligini aniqlash; hisob-kitob.
Buxgalter uchyoti. Mollarni uchyot qi-lish.
UCHYOTCHI q. hisobchi.
UCHIRIQ ayn. uchuriq.
UCHIRMA 1 Endigina inidan chiqib ucha boshlagan (qush bolasi haqida). Qo'ng'irlar may oyida tuxum
ochib, jo'jalarini iyundayoq uchirma qiladilar. J. Abdullaxonov, To'fon.
2 ko'chma ayn. uchuriq. Obidjon.. kinoyali va uchirma gaplar qshshshdan nariga o'tmaydi. Gazetadan.
..raisninguchirma gaplari g'ashiga tegar, asabini buzar edi. M. Hazratqulov, Jur'at.
UCHLAMOQ Bir tomonini yo'nib, in-gichka va o'tkir qilmoq. Yog'ochni uchlamoq. Qa-lamni uchlamoq.
UCHLAMCHI 1 Aytilayotgan fikrning tartibini bildiradi; uchinchidan. \Nor:\ Uchlamchi, ular bizdan
boyroq kishilardan.. ularga bizning hech bir vaj bilan aloqamiz yo'q. Hamza, Paranji sirlari.
2 Ba'zi terminlar tarkibida «biror narsaning uchinchi davri, darajasi» kabi ma'nolarni
ifodalash uchun ishlatiladi; uchinchi. Yer tarixining uchlamchi davri.
UCHLI 1 Bir tomoni borgan sari in-gichkalashib tugallanadigan. Navoiy.. sal-lasiz, uchli taqya
kiygan, boshi bir oz egik. Oybek, Navoiy. Tursunoy nimranggina uzun-choq yuzi, uchli iyagi
bilan onasiga o'xshab keshardi. A. Muxtor, Opa-singillar.
2 Uchi bor; uchi muayyan shaklga ega. Uzun yog'och boshiga bog'langan qayirma uchli o'shkir temir
oydinda yaltirardi. J. Sharipov, Xorazm.
UCHLIK I Biror narsaning uchiga kiy-gizib, o'rnashtirib qo'yiladigan uchli, o't-kir qism. Kamalak
o'qininguchligi. Omochti-shining uchligi. Sumbaning uchligi.
UCHLIK II 1 Vakolatli uch shaxsdan yoki uch tomonning vakillaridan iborat muvaq-
qat guruh, komissiya. ..jangovar uchlik grup-pasini uyushtirishni Madyorovga buyurgan. SH.
Toshmatov, Erk qushi. Bu gaplar uchlik ko-missiya a'zosi Nizomiddinov yiqqan mate-riamar. S.
Ahmad, Hukm.
2 Uch xolli, uch raqamli narsa (karta, domino kabilarda). G'ishtinninguchligi. Do-minoning
uchligi.
UCHMA-UCH rvsh. 1 Uchlari o'zaro tutashti-rilgan holda. Qator-qator o'rmalovchi kran-lar yo'g'onligi
o'n odamning quchog'iga zo'rg'a sig'adigan quvurlarni bir-biriga uchma-uch qo'yib yotqizmoqdalar. J.
Abdullaxonov, To'-fon.
2 ko'chma Daromadi xarajatini arang qop-laydigan holda; arang, zo'rg'a. Baliq sotib topgan
puli ro'zg'origa kerakli narsalarga uchma-uch yetar edi. J. Sharipov, Xorazm. Oladigan hosilim
qarz bilan uchma-uch kela-vergandan keyin paxta ekishni tashlab yuborgan edim. A. Qahhor,
Qo'shchinor chiroq-lari.
3 Bab-barobar, teng holda. - Buxgalter-ning debet-krediti uchma-uch bo'lib turishi kerak,—
dedi Odil. B. Rahmonov, Xo'jayin ko'chdi.
UCHMOX 1 din. Jannat, bihisht.
2 ko'chma Kishi baxtli hayot kechiradigan go'zal va farovon joy; jannat. Umring yorug', Vataning —
uchmox, Mendan so'ra, Men yonib o'tdim. Mirtemir. Odamlar undan: «Nima ish bilan mashg'ulsiz?»
deb so'rasalar, aksar vaqt: «Gunohga botgan Hirotda bir uchmox qur-yapmiz!» degan javobni
qaytarishni sevar edi. Oybek, Navoiy.
UCHMOQ1 Qanot vositasida havoda hara-katlanmoq, qanot qoqib, biror tomonga yo'-nalmoq;
parvoz qilmoq. Qush qanoti bilan uchib, quyrug'i bilan qo'nar. Maqol. Bahor hididan besaranjom
bo'lgan qarg'alar qa-g'illab.. dalalar ustida uchardi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 Maxsus mexanizmlar, apparatlar yor-damida havoda bir tomonga yo'nalmoq; par-voz qilmoq.
Balandda, yulduzli ko'kda, qayoq-qadir samolyotlar uchib o'tdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Asad
modeli esa, Tik va tez uchar edi. T. To'la.
3 Yelmoq, esmoq (shamol xaqida). Me'mor-ning diqqatini keng va yash-yashil dala, g'ir-g'ir
uchayotgan shabada, adirlardagi qip-qi¬zil gilam lolalar tortsa ham.. Mirmuhsin, Me'mor.
4 Shamol, zarb yoki boshqa narsa ta'-sirida havoda biror yo'nalishda harakat-lanmoq. Havoda
momiq oq tolalar arg'amchi bo'lib uchib yurardi. Gazetadan. Tepada ruhni sug'urib olayotgandek
xunuk ingrab uchgan snar-yadlar atrofda yorilmoqda. Oybek, Quyosh qoraymas.
5 ko'chma Havoda kezmoq, parvoz qilmoq (mavhum narsalar haqida). Kuy uzoqdan, boy-nikidan
uchar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yodimdadir achchiq dardlarim kabi Fazolarda uchar xayolim.
R. Parfi. Qo'shiq uchar edi ko'k-da bearmon. A. Oripov, Yurtim shamoli.
6 ko'chma Juda katta tezlikda harakatlan-moq. Tepalikka uchib chiqayotgan otning tuyo-g'i yerdan
bosh ko'tarib, bugun-erta ochilay deb turgan lola g'unchasini ezib, yanchib o'tdi. P. Qodirov,
Yulduzli tunlar. Mashina shiddat bilan qaltis tog' yo'lidan uchib ketdi. Gazetadan. ..poezd
cho'ldan ko'm-ko'k vodiyga birdan uchib kirarkan.. farg'onalik askarning ko'zlaridan ixtiyorsiz
ravishda qaynoq yosh tomchilagan edi. Oybek, O.v. shabadalar.
7 Qor, muz ustida sirpanmoq, toyg'anoq otmoq. Chanada uchmoq. shsh Momiq qor ko'rpasi-ga
burkangan Chimyon tog'lari bag'rida yoshlar chang'i uchishmoqda. Gazetadan.
8 Mavjud yeridan uzilib otilib ketmoq. Tog'dan uchgan katta-katta toshlar. Bola mototsikldan
uchib ketdi. mm Soqolli soldat ot tagida qoldi, unisi otdan uchib, yumala-nibketdi. M.
Ismoiliy, Farg'onat. o.
9 Sinib uzilmoq, sinmoq. ..tovoqning jinday joyi uchgan ekan. «Mushtum». Shisha-si yarmidan
uchgan kichkina lampani tutatib, yolg'iz o'tirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. ..singan, cheti
uchgan, chegali piyola, choynaklar. Oybek, Bolalik.
10 Asab yoki boshqa ta'sir sababli pir-piramoq, titramoq (lab, kiprik kabi a'zolar qaqida).
Onasi tebranib qo'ydi. Qo-voqlari pir-pir uchdi. J. Abdullaxonov, Oriyat. Bu bolaning bir
qadar o'zini mus-tahkam tutishi Tolib akaga yoqmadi, labi asabiy uchdi. F. Musajonov. Ximmat.
..og'-zining ikki chekkasida zulukday osilib tur-gan yo'g'on mo'ylovlari bir-ikki uchdi. M. Is-
moiliy, Farg'ona t. o.
11 ko'chma Berilmoq, qiziqmoq, asiri bo'lmoq (asossiz, nomaqbul ravishda). Shi-
309 du^
rin gapga uchma, maqtaganni quchma. Maqol. tsh \Rashida] Kursdoshi Temurning yengiltak gaplariga
uchdi-yu, Ro'zimatni butunlay unut-di. To'lqin, Og'ir eslash. [Eldor:] Darvoqe, Rayhonning
nimasiga ucha qoldim ?J. Abdul-laxonov, Tong yorishgan soxilda. Aqlli odam-lar maqtovli va
balandparvoz so'zlarga uch-maydilar.. N. Safarov, Olovli izlar.
12 Kayf ta'sirida es-hushini yo'qot-moq, o'zidan ketmoq. Afandi bo'za ichib, uchib qolibdi.
«Mushtum». Ma'murjon ko'chadan ichib kelgan ekanmi, yuz gramm shampanni otdi-yu, uchibqolishiga sal
qoldi. III. Xolmirzaev, To'l-qinlar.
13 Ayrim so'zlar bilan qo'llanib, shu so'zlar anglatgan narsaning yo'q bo'lishi (yo'qolishi),
ketishi ma'nosini bildiradi. Barakasi uchmoq. Xushi boshidan uchmoq. Kayfi uchmoq.
Yelga (yoki havoga, osmonga) uchmoq q. yel. Eh,
attang, orzular uchdi havoga, Anglamay yo'liq-dim bu bedavoga. YA. Qurbon, Mehrim va qah-rim.
Ko'zim uchib turgani yo'q yoki ko'zim uchib turuvdi (aloxida, kinoya ohangi bilan). Bi-ror shaxs
yoki narsaning kelishini, bo'li-shini yoqtirmaslik, istamaslikni bildi-radi. Kelibdilar-da..
sizni ko'ramiz deb ko'-zimizuchibturuvdi!A. Muxtor. Opa-singil-lar.
UCHOVORA Uch kishi birga, uch kishita bir. Ikkovora, uchovora shivir-shivir, odam-lar shivirlasha
berdilar. «Ravshan». Palov suzilib, uchovora bir tovoq bo'ldi. T. Murod, Qo'shiq.
UCHOQI esk. Samolyot, vertolyot kabi uchish apparati. «Yulduzcha» manziliga oziq-ovqat-lar va
anjomlar uchoq [vertolyot] yordamida yetkazib berildi. Gazetadan. Uchoqlar ham ucholmaydigan
darajada yuk ortib, sovuq o'lkalarga parvoz qilmoqda. Gazetadan.
UCHOQ II shv. etn. Kinna, suq. U isiriq tutatib, qo'lim yengil, kimgaki uchoq kirsa, o'zim silab
qo'yganman.. dedi. SH. Bo'taev, Qo'r-g'onlangan oy.
UCHRAMOQ 1 Qarshisidan chiqmoq, duch kelmoq. Io'lda ikki otliq uchradi. Bu joy-da birorta tanish
uchramadi. shsh Sel oqimi yo'lida uchragan hamma narsani ostin-ustun qilib, shaharga bostirib
kelardi. Gazetadan.
2 Huzurida, suxbatida bo'lmoq; uchrashmoq. Otasiga uchrab, o'zimni tanitdim, qimtinib,
tortinib, arzimni aytdim. «Mushtum». Ana shundan keyin G'ulomjon shaharga tushib, to'g'-ri
hokimga uchradi. Uham mingboshiday yumshoq muomala qildi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 Qismatiga tushmoq, nasib bo'lmoq, yo'-liqmoq. Kuyaver, xotin, shu qizga ham menga o'xshagan
ko'sa kuyov uchrasin. S. Ahmad, Hukm. Hech qaerda bunday ulgurji g'animat uchrama-di. A. Qahhor,
Bashorat.
4 Mavjud bo'lmoq, bo'lmoq. Bu kasallik ko'pincha yoz oylarida tarqaladi va 2—8oylik qo'zi,
uloqlarda ko'proq uchraydi. «Fan va tur-mush». Mening boshqalarda uchramaydigan yana bitta
fazilatim bor. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
5 Duchor bo'lmoq, yo'liqmoq. Tavba deng, bolam, bo'ydoqsiz, yana shunday shannozlardan biriga
uchrab.. «Guldasta». Umrim pakkasiga email deganda, xudoning qahriga uchradim, qi-zim. K.
Yashin, Xamza. Mariyaning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
UCHRASHMOQ 1 Uchramoqfl. birg. n. Ular darrov vrachga uchrashsin. tsh Bo'ronbek bilan Komil
Chirchiqdan o'tayotganda, qizillar to'-sig'iga uchrashibdi. H. G'ulom, Mash'al. Eshik-ni Inobat ochdi.
Alamli ko'zlar bir-birlari bilan uchrashdi. X. To'xtaboev, Fel`etondan so'ng.
2 Biror maqsad bilan huzurida bo'lmoq; uchramoq (q. uchramoq 2). Yo'lchi ertasiga Qora-toyga
uchrashgani Shoqosimni yubormay, o'zi ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Ma`qul, agar bu kun
domlaga uchrashsam, javobini ertaga olaman, deyaymi? A. Qodiriy, Meh-robdan chayon.
3 Biror maqsad bilan o'zaro muloqot qilmoq, ko'rishmoq. Qalliqlar odamlarning ko'zidan yiroqda
— yashiriqcha uchrashib yurar edilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Axme-dov Saodatxonning rayono
mudiri Vohidov bilan uchrashmoqchi bo'lganini eshitib, sal o'z-garib qoldi. S. Zunnunova, Yangi
direktor.
UCHRASHUV 1 Uchrashmoqfl. har. n. Uning maqsadi Yo'lchi bilan uchrashuv, albatta. Oy-bek,
Tanlangan asarlar. Me'mor Buxoriy bi-lan ustod Qavom uchrashuvi g'ayriodatiy bo'l-di.
Mirmuxrin, Me'mor. Yusufjon qiziq Madaminbek bilan ko'p «shirin uchrashuv va suhbatlar»da
bo'lgan. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
2 Kim(kimlar) bilandir suhbat o'tka-zish maqsadida tayyorlangan (uyushtirilgan)
310
maxsus yig'in. Farmon e'lon qilingandan bir necha kun o'tgach, harbiy qism jangchilarining J.
Usmonov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. T. Rustamov, Mangu jasorat. Yangi qabul qilin-ganlar
bilan yuqori kurs studentlarining uchrashuv kechasi uyushtirildi. J. Abdullaxo-nov, Oriyat.
3 Bellashuv, bellashuv o'yini. Qishloq sportchilari spartakiadasida futbol uchra-shuvlari hamisha
keskin kurashlar ostida o'tadi. Gazetadan.
UCHUVCHI 1 Uchmoq fl. sfdsh. Bu sahro-larning qumlari sirg'aluvchi va uchuvchi bo'lib.. u barcha
jonli mavjudotni ko'mib tashlash-ga qodirdir. Gazetadan.
2 Uchish apparatlarini boshqaruvchi, qaydovchi mutaxassis. Qarasam, eshik oldida Chimyonga uchgan
uchuvchi turibdi. Oydin, Uyal-di shekilli, yerga qaradi.
UCHUVCHILIK Uchuvchi kasbi, ishi. Uch-qun bo'lsa uchuvchilikka o'qib.. biz ko'rmagan qanchadan-qancha
ellarni ko'rar. H. G'ulom, Mash'al. [Po'latjon] Uchuvchilik maktabini yaqinda bitirib, Toshkent
aeroportiga pu-tyovka olarmish. H. Nazir, So'nmas chaqmoq-lar.
UCHUN ko'm. Sabab, maqsad, atalganlik kabi ma'nolarni bildiradi, shunday ma'-noli
munosabatlarni ko'rsatadi. Bu yerga Madali akaning jig'iga tegish, rashkini keltirish uchun
kirganligimni eslab, mulzam bo'ldim. A. Muxtor, Davr mening takdirimda. Dunyoda to'g'ri yashab,
yurtga xizmat qilib o'tishdan ortiq baxt bormi inson bolasi uchun!\ T. Ashurov, Oq ot. Ota-
onasi savodli kishilar bo'lganligi uchun ham yoshligidan sa-vod chiqardi. «Fan va turmush».
UCHUNIQ Shamollash natijasida yuz beradigan yengil betoblik; bir qancha ka-salliklarning
boshlang'ich belgisi.
UCHUNMOQ etn. Yomon kuchlar ta'siri-da, qo'rqish, cho'chish sababli tobi qochmoq, og'rimoq.
UCHURIQ 1 Shama tarzidagi so'z, ran, ibora; qochiriq. Xonning bosh ayg'oqchisi Ash mahramni
biladiganlar olako'z dehqonga uchu-riq tashlab, masxara qilib kuldilar. S. Siyoev, Avaz. -
Yuragingdagi xufyona niyap`sh-ringdan anchadan buyon xabardorman, — uchuriq qildi u. SH. Bo'taev.
Qo'rg'onlantan oy. Chol-kamshrning uchurig'iga stol atrofidagilar kiyqirib kulishdi. H. G'ulom,
Senga intila-man.
2 shv. Bir uchi, kichik bir qismi. Ammo bola tarbiyasi talab qiladigan katta vazifaning bir
uchurig'i xolos bu. M. Ismoi-liy, Bizning roman.
UCHUQ I Shamollash, uchunish va sh.k. sabablar tufayli labga toshadigan toshma. Lablariga toshgan
uchuq hali qaytmagan bo'lsa-da, isitmasi pasaygan edi. R. Rah-monov, Changalzordagi sharpa.
Labiga uchuq toshmoq (yoki chiqmoq) q. toshmoq. Unda ko'ngli qing'irlarning labiga uchuk toshirib
yuboradigan kip-kizil gu-vohnoma bor. Gazetadan. Doim shunday qila-siz, yangilik desa,
labingizga uchuq chiqavera-di. A. Muhiddin, Hadya.
UCHUQ II Chetining kichik bir qismi singan, cheti uchgan; siniq. Labi uchuq lagan. Labi uchuq
piyola.
UCHQUN 1 Yonib yoki laqqa cho'g' bo'lib turgan moddadan otilib, uchib chiquvchi zarra.. Yiltiragan
cho'g' yerga tushib, ojiz uchqunlar sachratib so'ndi. M. Muhamedov, Qimmat bilan Himmat. To'xtaxola
tandir-ga o't qo'yganga o'xshaydi, ko'cha tomonga goh-goh uchqun uchib turibdi. I. Rahim, Chin mu-
habbat.
2 Narsalarning bir-birita tegishi, urinishidan hosil bo'luvchi olov-zarra. Tohir boltani.. goh
qulfga, goh darvoza zanjirining zulfiniga urar, temirdan uch-qun sachrar.. edi. P. Qodirov,
Yulduzdi tun-lar. Ko'krak cho'ntagidan mo''jazgina yalti-roq qutichani olib, bir joyini bosgan
edi, «chirs» etib uchqun sachrab, qutichaga o'rna-tshgan pilik alanga oldi. K. Yashin, Hamza.
3 Narsalarning sachraydigan, sochila-digan eng mayda bo'lagi, zarrasi. Temir uch-quni. mm
Sovuq shamol zo'rayib, qor uchqunla-ri burunga, ko'zga, peshonaga urila boshladi. H. G'ulom,
Mash'al. Qalin, qora bulut yana bitta-bitta sovuq uchkun tashlab, hamma yoqni qoplab olgan. O'.
Hoshimov, Ikki surat.
4 ko'chma Sezgi, hissiyot, qobiliyat va sh.k. belgisi. Lekin ko'nglida goho yilt etgan uchqun
chaqnaydi. Bu — umid, ro'shnolik, najot uchquni. S. Siyoev, Avaz. ..bu xotinda, shirin-so'zligi
va tashqi ko'rinishini hisobga olma-ganda, satanglikdan uchkun ham yo'q edi. S. Zunnunova,
Gulxan.
UCHQUNLAMOQ 1 Uchqun sachratmoq, uch-qunlar sochmoq. Elektr simi uchqunladi.
2 Zarra (uchqun) tarzida harakatlanmoq (q. uchqun 3). Qor juda erinchoqlik bilan maydalab,
siyrak uchqunlar edi. P. Tursun, O'qituvchi.
3 ko'chma Uchqun chiqarmoq, uchqun (zarra) sifatida namoyon bo'lmoq (h. uchqun 4). Agar bu umid
uchqunlamasa, hayot uqubatga ayla-nib, ko'ngillar vayron bo'lardi. X- G'ulom, Toshkentliklar. Shu
topda Tohirning ko'ng-lida ham umid uchqunlaganday bo'ldi. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
UCHQUR 1 Tez ucha oladigan, tezuchar. Vaqt bamisoli bir uchqur qush ekan. J. Abdulla-xonov,
Yo'l.
2 ko'chma Tez chopa oladigan; chopqir. Qam-chi yeb o'rganmagan uchqur bedov oldinga o'qday otilib,
egasini balo-qazodan olib chiqib ketdi. P. Krdirov, Yulduzli tunlar.
3 ko'chma Juda tez (uchish kabi) harakat-lanuvchi (mavhum narsalar haqida). Uchqur zamon bilan
qalqib, chayqalib, Charx urib boraman girdoblar aro. E. Voxidov, Charog'bon. \Oybekning\
Qaqroq dudoqlarida aytilma-gan so'z.. uchqur xayolida ulkan kitob.. qolib ketdi. Mirtemir,
Yo'klash. Yillar uchqur, o'taveradi, Xotiralar tobora og'ir.. X. Dav-ron.
USHALMOQ Bo'lak-bo'lak bo'lib sinmoq, mayda-mayda bo'linmoq. Tun sovug'i bilan qotgan loy oyoq
ostida, siniq shisha parchasi kabi, qirs-qirs ushaladi. Oybek. Tanlangan asarlar.
Orzusi (yoki niyati, umidi va sh.k.) ushal-moq Orzusi, umidi amalga oshmoq, ro'yobga chiqmoq. Uka,
yer olganimdan keyin ham o'sha mo'ljallarim yuzaga chiqmadi, orzularim ushalmadi. A. Qaxdor,
Qushchinor chiroklari. Kunlar kelar, toleingiz yor — Ushaladi umid va armon. G'ayratiy.
USHATMOQ 1 Bo'lak-bo'lak qilib sin-dirmoq, mayda bo'laklarga bo'lmoq, ajrat-moq, sindirmoq.
Qudrat.. nonlarni ushat-di, choy quydi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Otxonada diydirab, kunjara
ushatib, qo'y-larga beradi. Oydin, X^zil emish. ..tishi bilan no'xatdek qandni ushatib, bir
qultum choy ichdi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Urmoq, urib pachaqlamoq. -Urib, jag'i-ni ushatmadingmi ? — Qodir guvaladek mush-tini havoda
to'lg'adi. N. Norqobilov, Be-katdagi oq uycha.
3 s.t. kam qo'll. Yirik pulni shu qiy-matdagi mayda pullar bilan ayirbosh qil-moq,
maydalamoq. Yuz so'mlikni ushatmoq.
Patir (yoki non) ushatmoq etn. Yigit va qizni nikoxdash haqida axdlashmoq, kelish-moq,
unashtirmoq. Oradan uch-to'rt kun o't-gach, non ushatib, fotiha ham qilindi. H. Nu'mon va A.
Shorahmedov, Ota. Rozilik be-rib. patir ushatasiz, bir oyga qolmay, qizingizni o'ynab-kulib
uzatasiz. K. Yashin, Xamza. Ro'zani ushatmoq Ovqat yeb qo'yib, ro'zani buzmoq. Janobi ustoz!
Ro'zangizni ushatib qo'ydingizmi?«Latifalar». Tahorat ushatmoq q. tahorat.
USHBU ko'rs. olm. kt. lily, mana shu; mazkur. Ushbu yozgan maktubimni Boshdan-oyoq toza ko'r,
Ozroq muhabbating bo'lsa Tezroq javob yoza ko'r. Hamza. Yovga qarshi g'azab-la Chaqnar edi
ko'zlari. Hamon mening esimda Uningushbu so'zlari. 3. Diyor.
USHLAMOQ 1 Qo'l, panja bilan daxl qilmoq, tutmoq. Peshonasini ushlamoq. Ikki qo'li bilan boshini
ushlamoq. Ko'kragini ush-lamoq. mm ..bu tekin tomoshadan zavqlanib, qorinlarini ushlab, qotib-
qotib kulishardi. E. Raimov, Ajab qishloq. Bu kishi shunaqa, bog'dan devorlarni ushlab chiqib
ketmasa, hi-sob emas. A. Qahxrr, Asarlar. Nabijon bemorning tomirini ushlab, yuziga qaradi.
S. Zunnunova, Ko'k chiroklar.
2 Qul, panja, barmoq(lar) orasiga ol-moq, shunday hrlda tutmoq. -Og'irroq bo'ling, shayx! —
dedi so'yil ushlab turgan yo'g'on bir yigit. K. Yashin, Hamza. Eshik oldiga yetga-nida, negadir
o'zining ham o'sha yoqqa keta-yotganini sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloqsol. Har zamonda bir qo'lida to'rxalta, bir qo'li-da zontik ushlagan qari-
qartanglar, bola-lar o'tib turibdi. E. Raimov, Ajab qishloq. Alizamon uning qo'lidan ushlab,
tinchlantir-gandek silab qo'ydi. A. Obidjon, Akang qa-ragay, Gulmat.
3 Qo'l bilan tutib olmoq; tutmoq. Ular [qizlar] chimchilovchilarni qarg'aydilar. Ush-lab
olsalar, uradilar. Oybek, Tanlangan asarlar. Qiz uni [toeuqni] ushlab olgani ko'p urindi..
A. Qahdor, Qo'shchinor chirokdari. Voydod, hoy, qo'shnilar.. ushlan&shr.. hoy, Abdu-rahmon, ushla
uni! S Zunnunova, Olov.
312
4 Qo'lga olmoq, qo'lga tushirmoq (mas, jinoyatchini). Bu yerga kelib, faqat ayrim xavfli
shaxslarni kuzatib, ularni jinoyat ustida ushlab, qamoqqa tashlash bilan ki-foyalanib.. K. Yashin,
Hamza. Bir necha soldat kelib, mahbuslarni ushladi, yasovul hamma-sining qo'liga kishan urdi.
M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
5 Biror holatdan (ketish, yo'q bo'lish va sh.k. dan) saqlamoq; tutmoq. Uni to shu paytgacha ikki
narsa ushlab turar edi: ..birodarining uyiga quruq qo'l bilan kirib borgisi kelmasdi. U
shahid ketgan bo'lsa, bolalari zoriqayotgandir, bir tishlamdan bo'lsa ham u-bu olib boray,
derdi. T. Malik, Ajab dunyo. Beayov tong yaqinlashmoqda. Yov-dan tortib olingan joyni ushlab
turishsa, bas. Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi. U Zulfiqorni ortiq ushlab turmay, fotiha
berdi. Mirmuhsin, Me'mor.
6 Beriladigan xaqni yoki uning bir qismini bermasdan chegirib olmoq, olib qolmoq, tutib
qolmoq (qarz, jarima kabi to'lovlar hisobiga). Kassir oylikdan besh so'm ushyudi.
7 ko'chma Saqlamoq, tutmoq. ..yolg'iz boshim-ga ham Toshkentdan. ham Marg'ilondan ikki xotin
ushlab turish og'irlik qila boshladi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Said aka, bolalar zrtalab
albatta sut tishlari kerak deb, ko'p yillardan beri mol ushlardi. U. Umar-bekov, Yoz yomg'iri.
8 Rioya qilmoq, amalda tutmoq (qonun-qoida, taomil kabilar haqida). «Yer-suv ishlaganniki!
Faqat ishlagan tishlaydi!» shiorini mahkam ushlab ish qildik. N. Sa-farov, Olovli izlar.
Shariatni mahkam ushlagan xotin shahirda ikkita bo'lsa, biri — mulla Norqo'zining xotini,
ikkinchisi — shu! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin.
9 Qo'zg'amoq, tutmoq (vaqti-vaqti bilan avj oladigan kasallik haqida). Kutil-maganda sanchiq
ushladi. sht Kumushni o'qtin-o'qtin og'riq ushlamoqda. A. Qodiriy, Utgan kunlar.
Nozik joy(i)dan ushlamoq Qaltis, jid-diy yeridan tutmoq. Darhaqiqat, Kumush eng nozik joydan
ushlagan edi. A. Qodiriy, Ut-gan kunlar. Etagini ushlamoq ayn. etagini tutmoq q. etak.
Urtoqjon, men sening rah-barligingda odam bo'laman, deb etagingni mahkam ushlaganman. A.
Qaxdor, Qanotsiz chittak.
USHOQ 1 Nonning mayda bo'lakchalari; uvoq. Suxari ushog'i. Patir ushog'i. mm -Qad-dini
ko'targuncha, zavodchi boylardan soliq olinmasligi kerak, — dedi.. non ushoqlarini terib
o'tirgan Yolmonboy. J. Sharipov, Xo-razm. Raxmim kelib ularga, Ayvonchaga don sepdim. Har xil
narsa: qo'noq, so'k Hamda ushoq non sepdim. Uyg'un.
2 Jussasi, gavdasi kichik, zaif, nim-jon. Ushoq kishi. tsh Hikoyani tinglagan sarim, bu qotma,
ushoq chol ko'z o'ngimda salobat kasb etib.. gavdalanardi. H. Na-zir, Uzr, otaxon. Yoshi qirq
beshga borib qol-gan.. ushoq, pakana Nurullaev turmada bat-tarroq cho'kdi. J. Sharipov, Xorazm.
3 shv. Bola. bola-chaqa. [Oqsoqol:] Mo'g'ul kelib, o'zimizni qul qilib olsa, xotin, usho-g'imizni
bozorga chiqarib sotsa, yaxshimi? M. Osim, O'tror.
USHR [a. J^LC - o'ndan bir] map. Deh-qonchilikdan keladigan daromadning o'ndan biri hisobidan
olinadigan soliq. Xazina-ni boyitaman deb, xalqni gado qildingiz.. ushr deb olasiz, ulog'
deb olasiz. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy. ..o'lponuushr soliq-lari raiyatni tobora
qashshoqlashtirib, tinkasini quritdi. Mirmuhsin, Me'mor.
USHU, u-shu \xit.\ sprt. Shaxsni kamo-log'ga yetkazishning falsafiy, axloqiy va ruhiy-jismoniy
(psixofizik) jihatlarga asoslangan, turli xil qurollar bilan yoki qurolsiz jang olib borish
usullarini qamrab oluvchi maxsus jismoniy mashq-lardan iborat an'anaviy xitoycha harbiy
san'atlar majmui.
USHUK I shv. Sovuq. Qorabo'ron. O'lat. Qor. Ushuk. Kamchil edi zambaragu to'p. Mirtemir.
Ushuk urmoq ayn. sovuq urmoq. q. sovuq. ..quloq-burnimni ushuk urib, gospitalda xam yotib
chiqdim. A. Muxtor, Davr mening taq-dirimda.
USHUK II shv. kam qo'll. Ertak, cho'pchak. Bir paytlar ushugimizni eshitib odam bo'l-ganlar bugun
o'zimizga ushuk aytib o'tirsa-ya! «Yoshlik».
USHSHOQ \a. jl h,r — «oshiq I» s. ko'pl.] mus. «Shashmak1om»ning ikkinchi maqomlar guruhiga oid
kuy va shu kuydagi ashulaning nomi. Yunus aka katta yig'inlarda «Ushshoq»
313 O'>A
aytadigan bo'lsa, usta Sirojiddinni top-tirib kelmay iyuji yo'q. Mirmuhsin, So-zanda.
UYUM Bir yerga uyib tashlangan narsa; to'p, to'da. Qum uyumi. Shag'al uyumi. G'isht uyumi. Kitoblar
uyumi. sht Hammamiz ko'sak uyumi atrofiga o'tirib olib, ko'sak chuvir-dik. U. Ikromov, Unutilmas
xotiralar.
UYUMOQ shv. Ivimok,
UYUR Orasida bir ayg'iri bo'lgan biya-lar to'dasi. Uzoq yo'l bosgan uyur hovuz at-rofidagi
barxanlarning yonbag'rida to'zon bulutiday bo'lib yotibdi. A. Muxtor, Davr mening takdirimda.
O'ti tizza bo'yi kela-digan keng yaylovlarda yilqi uyurlari.. o'tlab yuribdi. A. Shermuxamedov,
O't-o'lanlar vo-diysi.
UYURMA O'ralib xarakat qiluvchi kuchli shamol; bo'ron, girdibod; shunday shamol bilan yuqoriga
ko'tarilib tushadigan mayda narsalar. To'zon uyurmasi. Qorli uyurma, mm Sahrodan kelgan qum
uyurmalaridan o'zlari-ni saqlash uchun hamma jonivorlar in-iniga berkindi, cho'l huvullab qoldi.
M. Osim, Aj-dodlarimiz qissasi. Uyurma yer yuzini su-purmoqqa qasd etganday, tikkaygan
nimai-ki bor, komiga tortmoqqa urinadi. N. Nor-qobilov, Bekatdagi oq uycha. ..saratonda
zavol topgan, qurigan xaslar osmon bo'yi uyur-mada chirpirak bo'lib aylanadi. N. Norqo-bilov,
Bekatdagi oq uycha.
UYUSHIQ Uyushgan, jipslashgan, ahil. Uyushiq mahalla.
Uyushiq bo'laklar tlsh. Gapda bir xil so'roqqa javob bo'lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib,
teng boglovchilar yoki sanash ohangi bilan bog'langan bo'laklar.
UYUSHMA Bir maqsad yo'lida birga-likda harakat qilish uchun birlashgan kishilar yoki tashkilotlar
birlashmasi; ittifoq, tashkilot. Yozuvchilar uyushmasi. tsh Yer islohoti o'tkazilish oldidan qishloq
kambag'allar uyushmasi tuziladi. A. Qodi-riy, Obid ketmon. U [Mo'min] hozir shu fikrda bo'lib,
kolxozga vaqtinchalik bir uyushma deb qarar, ishga aslo ixlos qo'ymas edi. P. Tursun, O'qituvchi.
UYUSHMOQI O'zaro birlashib, bir maq-sad yo'lida birga harakat qiladigan guruh, jamoa, tashkilot
hosil qilmoq, birga harakat qilish uchun o'zaro birlashmoq. Kelganidan buyon havaskorlarni
to'plab, to'¬garak ochmoqchi bo'lib yurgan Jalolxon hali juda uyushib, qovushib bo'lmagan
to'garakning dastlabki badiiy xizmatini ko'rsatdi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
UYUSHMOQ II shv. Uvishmoq. ..bolalar uyushgan oyoqlarini ishqalab yozib, yerga tusha boshladilar. I.
Rahim, Chin muhabbat. Bo'ri polvonning qalbi uyushib ketdi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi.
UYUSHTIRMOQ I 1 Uyushmoq I fl ort. n. \Abdurasul\ Qamishkapada birinchi martaba batrak-
kambag'allarni uyushtiradi. P. Tur-sun, O'qituvchi.
2 Tashkil qilmoq. Hashar uyushtirmoq. Fitna uyushtirmoq. ish O'tgan yili san'at-shunoslik instituti
Xorazmga ekspeditsiya uyushtirdi. Gazetadan. Hozirgi xursandchilik, tantananing hammasini
Komiljon uyushtir-ganligini u bilardi. S. Zunnunova, Yangi di-rektor.
UYUSHTIRMOQ II Uyushmoq II fl. ort. n. Xushro'yning og'zidan chiqqan bu tahdid becho-ra onaning
yuragini uyushtiradir. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
UYUSHQOQ Bir maqsad yo'lida birla-shish, uyushishga harakat qiladigan, shunga intiluvchan. Biz,
ishchilar, juda kag'ptauyush-qoq oilamiz. A. Muxtor, Opa-singillar. ..ta-shabbuskor, uyushqoq, eng
muhimi, bir tan, bir jon bo'lib, qovushib mehnat qilayotgan kol-lektivlar bor. «O'zbekiston
qo'riqlari».
UYUSHQOQLIK Uyushib, qovushib ha-rakat qilish, ish-faoliyatda yaxshi uyushish, jipslashish. Mehnat
intizomi shunday bir vositaki, u ishda uyushqoqlikni, tashabbus-korlikni.. ta'minlaydi.
«O'zbekiston qo'-rikdari». Dasp`shbki kundanoq uyushqoqlik bilan ish boshlanib, terim sur'ati
kuchaya bordi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
UYA 1 Yovvoyi hayvonlar, qushlar va hasharotlarning yashash va ko'payish uchun moslab yasagan joyi,
uyi; in. Qaldirg'och uya-si. Arining uyasi. Yumronqoziqning uyasi. Bo'-riuyasi. Kush uyasida
ko'rganini qilar. Maqol. Io'lbars bolasini tutmoq uchun yo'lbars uyasiga kirmoq kerak. Maqol.
sht Qush do'st-lari, qushlarni kuting, daraxtlarga uya o'r-natib. 3. Diyor. Qaerdadir o'rgimchak
uyasiga ilingan pashsha g'ing'illar edi. A. Qahhor, Sarob.
2 q.x. Urug'ni tashlash, ekish uchun ochil-gan chuqurcha, joy. Har uyaga ma'lum miqdor-
J^n 314
da chigit ekishga ko'chish.. eng muhim masala-lardandir. Gazetadan. Endi chigitni jo'yakka emas,
uyaga ekar ekanmiz, Hatambek. N. Sa-farov, Hayot maktabi.
3 Yomon niyatli kishilar o'rnashgan yoki uchrashadigan, to'planadigan joy, makon. Josuslar uyasi.
Tekinxo'rlar uyasi. O'g'rilar uyasi. mm Qo'zg'olonchilar avvalgi g'ayrat bi-lan olg'a talpindilar.
Dushman uyasiga ay-langan Karmana shahriga yo'l ochiq edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi. -O'sha
paytda bizning kolxozga haromxo'rlar uya qo'ygan ekan, men keyin bildim, — dedi Abror. P.
Qodi-rov, Qalbdagi quyosh.
4 ko'chma Fitna, vaxima, qayg'u va sh.k. lar ko'plab mavjud bo'lgan yoki paydo bo'ladigan joy,
makon. Adovat uyasi. Fisq-fujur uyasi. mm Siz avval shahardagi g'uluni bartaraf qiling,
fitnaning uyasini totshg. P. Kr-dirov, Yulduzli tunlar.
UYALAMOQ I Uya qurmoq. Qultig'imda ari uyalasa chidayman-u, lekin qallig'imning cho'l-ga borishiga
chidolmayman. A. Hasanov, Chi-roqlar. Kimsasiz qishloqlar, taxta qoqil-gan derazalar,
ko'rshapalak uyalagan qutsiz uylar.. tog' manzaralariga qabristonday so-vuq tus berib turipti.
A. Muxtor, Chinor.
Uyalab ekmoq q.x. Oralig'i bir xil bo'l-gan uyalar xrsil qilib, shu uyalarga urug' ekmoq. Siz,
uyalab chigshp eksak qandoq bo'la-di.. desangiz, raxmatlik Mallavoy aka esim-ga tushadi. N.
Safarov, Hayot maktabi.
UYALAMOQ II Yotgan joyidan turolmay qolmoq, turishga majoli kelmay qolmoq (hayvonlar haqida).
Qora qushlar aylangani-ga birorta cho'loq qo'y uyalab qolib ketganmi, degan edim. P. Qodirov,
Qora ko'zlar.
UYALI Muayyan hududning turli uchast-kalarida uyacha (xonacha) tartibida sim-metrik joylashgan
radiouzatkichlar asosi-da ishlovchi aloqaga oid. Uyali aloqa.
Uyali telefon Simsiz telefon turi; qo'l telefon.
UYALMAY-NETMAY rvsh. Uyat, or-nomus haqida o'ylamasdan; uyat-andishaga bormay. To'ydan bir kun
burun qizni hashyumga olib borishlariga balo bormi, uyalib-netishmaydi ham. K. Yashin, Hamza.
Uyalmay-netmay, Mah-mud nomiga xutba o'qitaylik, deydi-ya! M. Osim, Karvon yo'llarida.
UYALMOQ Uyat-andisha his-sezgisini tuymoq. Er yigitning uyalgani — o'lgani.
Maqol. mm Ortiq bir so'z deyolmadim Andi-shalik bu ishdan. Lekin otda uya,shadim «Xayr, jonim»
deyishdan. T. To'la. -Dilor, o'rtog'ing qaerga tushgan? — Dilora ham bo'yiga yetib qolgan qiz
edi, bo'lasiga tik qarashdan uyaldimi, g'o'zalar ichidan turib: -Uyida, — dedi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o.
UYAT 1 O'z qilmishi, noo'rin xatti-ha-rakatidan xijolatlik xissi; nomus. Be-tamizda bet
bo'lmas, Bezorida uyat bo'lmas. Maqol. mm Ko'nglida uyg'ongan qo'rquvmi, uyatmi — allaqanday
tushunib bo'lmas bir tuyg'udan rangi o'chib ketganini o'zi ham se-zib, Anvarga zimdan qarab
qo'ydi. O'. Hoshi-mov, Qalbingga quloq sol. [Yo'lchi:] Andak insof, uyat kerak. Cholning mexnatda
chiri-gan ko'ksiga bigizni sanchavermang! Oybek, Tanlangap asarlar. Uyatni yig'ishtirib qo'-yib,
Zamiralarnikiga telefon qildi. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri.
2 Axloq-odob, taomil talabiga to'g'ri kelmaydigan, unga zid ish, xatti-harakat va sh.k. Sanam
xola ishq-muhabbatni qat-tiq uyat hisoblar edi. P. Qodirov, Qora ko'zlar. Yoo'g'ling sartarosh
bo'lsa, uyalasanmi? Dunyoda g'arlik uyat, o'g'irlik uyat! E. Raimov, Ajab qishloq.
ZUyat bo'ladigan, uyatli. O'tgan xotinga gap tashlaydi, uyat gaplarni gapiradi. Cho'l-pon, Kecha va
kunduz. Hisobchi uyat so'z ay-tib, oyog'ini ko'tardi-yu, tepmadi. S. Siyoev, Yorug'lik.
4 Uyatli ish, xatti-harakat, holat kabi-larni alohida ta'kidlash, qayd etish uchun qo'llanadi.
Duduqlanma, buyruq bajaril-dimi, yo'qmi? Uyat!I. Raxim, Chin muhabbat. Soqoltgizda bitta ham
qora tuk yo'q-ku, yolg'on gapirasiz, uya/ya/Oybek, Tanlangan asar-lar.
UYATLI Kishi uyaladigan, kishini uyal-tiradigan; xijolatli. Xolmurod bu haqda endigina shubha
qshshr, go'yo bir uyatli ish qi-lib qo'ygandai, o'z-o'zidan nomuslanar edi. M. Abdulla, Kutilmagan
mehmon. Bolalar ketib qolishibdi.. juda uyatli ish bo'ldiku-a.'O'. Hoshimov, Qalbingga quloq
sol.
2 Uyat bo'ladigan, uyat mazmunli. Qori Zohid [o'zining] qozikalan o'g'li bilan boshi-dan o'tkazgan
hodisalarni uyatli ta'birlar bilan yozib qo'ygan ekan. S. Ayniy, Esdalik-lar. O'tkinchilarga
uyatli gaplar ayta bosh¬
315 d'^
ladi, hatto bir xotinga hujum qildi. A. Qahhor, Sarob.
Uyatli bo'lmoq Uyatli, xijolatli holatda qolmoq. Biz sizdan juda ham uyatli bo'ldik, pochcha. A.
Qodiriy, Obid ketmon. Uyatli qilmoq Uyatli, xijolatli holga qo'ymoq. Qo'ying, bobo, o'zimiz
yechib minarmiz, bizni uyatli qilmang. «Erali va Sherali».
UYATMOQ s.t. Uyalmoq.
UYATSIZ 1 Uyat-nomusi yo'q; nomussiz, sharmanda. Qanday dahshat! Benomus, uyatsiz xotin. O'.
Umarbekov, Yoz yomg'iri.
2 Axloq-odobga to'g'ri kelmaydigan. Uyat-siz xatti-harakatlar. Uyatsiz gap.
3 Shunday shaxslarga nisbatan haqorat so'zi sifatida qo'llanadi (q. uyatsiz 1). «Nomard! — deb
o'yladi Charos alamdan qaq-shab, — ataylab ta'na qilgani kelibsan-da, uyatsiz!» O'. Hoshimov,
Qalbingga quloqsol.
UYATSIZLIK Uyatsizga xos xatti-ha-rakat, xislat. Bu xo'rlik, bu odatdan tash-qari uyatsizlik
bechora qutidorni juda ez-gan.. edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Mir-zakarimboyshng
uyatsizligi, dadasining no-donligi.. va hokazoni hikoya qilardi \Gulnor\. Oybek, Tanlangan
asarlar.
UYATCHAN Uyat-nomus his-tuyg'usi kuchli; tortinchoq. Ne'matjon xushtabiatli, uyat-chan bir yigit
bo'lib, odamlar bilan ham ju-da odobli, bir maromda so'zlashardi. J. Sha-ripov, Saodat.
Birovga ishqingiz tushsa, qiz boladan besh battar uyatchan bo'lib qolar ekansiz. P. Tursun,
O'qituvchi.
UYATCHANLIK Uyatchan ekanlik, uyalish his-tuyg'usi kuchlilik. Qizning qo'rqoqligi-dan,
uyatchanligidan foydalanib, ularni zo'r bilan ajratib, qizni tutib, boshqa kishiga bersalar,
oqibati yomon bo'ladi. S. Ayniy, Esdaliklar. -Rahmat! — dedi, keyin shu so'zning o'zini
uyatchanlik bshan sekin tak-rorladi. A. Muxtor, Opa-singillar.
UQA Bezak uchun gazmol buyumlar, kiyim-kechak va sh.k. narsalar chetiga tikib, qadab
qo'yiladigan uzun ensiz mato. Islom barlos qahrli ko'zlarini yuqoriga — ipak chodirning ko'rkam
uqalariga, rang-barang ipak shoki-lalari osilib turgan shipga tikdi. Oybek, Navoiy. Ochiq
derazadan kirgan bahor shamo-li derazaning, uchiga uqa tutilgan surp pardasini silkitdi. S.
Ahmad, Hukm. Zarbof to'ni yoqasiga zarrin uqa tutilgan barvasta eshik og'asi kirib, ta'zim
qildi. X. Sulto-nov, Bir oqshom ertagi.
UQALAMOQ 1 Badanni yoki uning en-pop qismini bosib silamoq, ezg'ilamoq, ishqalamoq. Anorxon
kechasi bilan kampirning boshlarini uqalab, xo'rozlarning tovushlari-ni tinglab chiqdi. I.
Rahim, Ixlos. Afg'on choyfurush qornini to'yg'azib bo'lib, darrov oyoqlarshi cho'zdi, tizzalarini
uqalab, gapga tushdi. A. Muxtor, Opa-singillar. Said ko'zini yirtib, qovoqlarini uqalab,
uyqusini qochirdi. Y. Muqimov, Olov va nihollar.
2 Ishqab ko'chirmoq. Tergovchi o'ylanib qoldi va zo'r berib peshonasining kirini uqalar edi. A.
Qahhor, Sarob. Ashur kiyim-lariga yopishib qurib qolgan loyni uqalab tushiryapti. P. Qodirov,
Uch ildiz.
3 Ishqab, donalarni so'ta, po'st va sh.k. dan ko'chirib tushirmoq, ajratmok, toza-lamoq.
Kungaboqarni uqalamoq. mm Jo'xori-ni amakimning o'g'li uchdan birga qayirib, uqalab, keltirib
berdi. G'. G'ulom, Tirilgan murda. Qozi piyolani oldiga qo'ydi-da, so'yil-gan anordan katta bir
bo'lagini olib, yirik qizil donalarini kaftiga uqalay boshladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
UQMOQ 1 Mazmunini o'zlashtirmoq, bilib yetmoq; anglamoq, tushunmoq. Gapni gapir uqqanga, jonni
jonga suqqanga. Ma-qol. mm Qassob boshini tez-tez irg'ab, uqib olganini ishora qildi. P.
Tursun, O'qituvchi. [Kridalarni] Rosa o'qib, yodlab ol, Uqib, dil-ga joylab ol. Q. Muhammadiy.
2 Payqab olmoq, his qilmoq, sezmoq. Olimov boshqa bolalarning ham hayrat bi-lan boqqan
ko'zlarida shunday savolni uqqan edi. H. Nazir, So'nmas chaqmok^ar. Qiz-ju-vonlarning
ko'zlaridan faqat qishloq odam-lariga xos soddalik va teranlikni uqish mumkin. E. Usmonov,
Yolqin.
UKTIRISH 1 Uqtirmoq fl. xar. n. Sen sahro bolasiga so'zni uqtirish ham qiyin. Oybek,
Tanlangan asarlar.
2: uqtirish xati Yozma sharh, izoh.
UQUBAT \a. Cj-iji*. - jazo; ta'zir; o'ch, qasos; jarima] Ruhiy yoki jismoniy azob, qiynoq,
jafo. G'ulomjon bu keksa dunyoda juda kam yashagan bo'lsa ham, boshidan juda ko'p uqubatlar
kechirdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o. E parvardigorim.. bolamni o'z pano-hingda asra, qolgan
umrimni uqubatga tash-lama! Mirmuhsin, Me'mor.
316
UQUBATLI Azob va qiynoqli, mashaq-qatli. Uqubatli mehnat. Uqubatli hayot. tsh Hasos yo'li! Oh,
bu uqubatli va mardona yo'l. SH. Toshmatov, Erk qushi. Bu hid Shah-nozani g'alati, ham shirin,
ham uqubatli bir ahvolga solib ketdi. S. Zunnunova, Go'-dak xidi.
UQUV 1 Kishining biror narsani tu-shunib, bilib olish xususiyati; did, fahm, farosat. Har ishga
uquv kerak. sht Mahmuda uquvi zo'rligi, savodliligi va uddaburoligi tufaili har qanday
yangilikni tez o'zlash-tirib oladi. Gazetadan. Havasi kelardi-yu, shunga mahorati, kuchi, uquvi
yetadimi-yo'q-mi, o'ylabko'rmas edi. Shuxrat, Shinelli yil-lar. Ermatjon bilan Inomjon remontga
kirishgan bo'lsa ham, ba'zi joylariga uquv-lari yetmay, murvatni burab olishga olib, joyiga
qo'yolmay, uning \ Qo'qonboyning] yura-giga g'ulg'ula sola boshladi. Mirmuxsin, Qi-zil durralar.
2 O'qish-o'rganish kuchi, imkoniyati; is-te'dod, qobiliyat. She'r yaxshi narsaku-ya, le-kin uni
yozishga uquvimiz yo'q. Oydin, Su\-bati jonon.
UQUVLI 1 Uquvi yaxshi; did-farosat-li. Uquvli qiz. tsh -Soldat uquvli, epchil, botir bo'lmog'i
lozim, — dedi general. Oybek, Quyosh qoraymas. Dasturxon bezashda bunaqa uquvlisini
uchratmagan edim. I. Uktamov, Hikoyalar.
2 Layoqatli, iste'dodli. Uquvli, tajri-bali kishilar.
UQUVSIZ 1 Uquvi yaxshi emas, didi past. Sodda kun kechirishga o'rgangan uquvsiz bir qishloqi ayol
nima ham qila oladi? P. Tur-sun, O'qituvchi. Qishloqqa keladigan ko'chma kinoning uquvsiz
mexaniklari uzib tashla-gan yamoq lentalardan yig'ib, olaquroq «ki-nofil`m» qilgan edi. S.
Ahmad, Cho'l sha-mollari.
2 Talanti, iste'dodi yo'q. Bularning ham-masi uquvsiz yosh artistlar tomonidan birin-chi
martaba birinchi repetitsiyada bajarilgan rolday yasama chiqdi. A. Qaxhor, Sarob.
UG'ON esk. din. Xudo, ollo, tangri. To'-g'onbek s&shoqlanib dedi: -Mablag'ni so'zsiz
berganlarga, ug'onim guvoh, tilimni qimir-latmadim. Oybek, Tanlangan asarlar.
UHund.s. Charchash, bo'g'ilish kabi ruhiy-jismoniy his-tuyg'ularni ifoda etadi. [Maryam:] Uh! Juda
qiyin holda qoldim-da! Hamza, Kim o'g'ri? -Uh, bu Govning qilayot-gan nayrangi! — dedi-da,
Abdurasul tokchaga suyab qo'yilgan qo'shotarni qo'liga oldi. P. Tursun, O'qituvchi.
Uh tortmoq ayn. uhlamoq. U[Qobil] g'am-gin va xayolchan gapirib, hikoyasi davomida necha-necha
marta uh tortdi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
UHDA \a. — mas'uliyat, javobgar-
lik; kafillik] ayn. udda. Ammo to'rt yuz jallodning qarshisiga chiqqan bir kishining uxdasi,
albatta, bir kishicha edi. A. Qodi-riy, O'tgan kunlar.
UHLAMOQ «Uh» demoq, uh tortmoq.
317
FA \lot. fa] Diatonik (o'zgaruvchan ton-li) tovushqatorning to'rtinchi pog'onasi; asosiy yetti
pog'onali tovushqatorning to'r-tinchi tovushi. Nota yo'lining birinchi va ikkinchi chiziqlari
orasiga yozilgan tovush fa dir. I. Akbarov, Muzika savodi.
FABRIKA \lot. fabrica — ustaxona| Ma-shina-uskunalardan foydalanish asosida xomashyodan
mahsulot ishlab chiqaradigan yengil sanoat korxonasi. Poyabzal fabri-kasi. Tikuvchilik
fabrikasi. Badiiy buyum-lar fabrikasi. ish Temurjon bog'chaga bora-digan bo'lgandan keyingina,
tikuv fabri-kasiga qatnay boshladi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
FABRIKANT Katta fabrika egasi, fabrikachi. Ular hayajonli nutqlarida fab-rikantlarning
kirdikorlarini fosh etishdi. Oybek, Hyp qidirib.
FABRIKAT \lot. fabricatus — tayyor-langan, ishlab chiqarilgan] Ishlab chiqa-rish, qayta ishlash
sanoatining iste'mol uchun mo'ljallangan tayyor mahsuloti; fab-rikada ishlab chiqarilgan tayyor
buyum. To'-qimachilik fabrikashlari. Fabrikashlar sotmoq.
Yarim fabrikat q. yarimfabrikat. Hshima xolaning havasini keltirgan.. bu yarim fab-rikat
mahsulotlar magazini qaerda dey-sizmi? «Saodat».
FABRIKACHI esk. ayn. fabrikant. ..fab-rikachilardan fabrikalarni, zavodchilardan zavodlarni
tortib olib, xalqqa ber, deydi. Cho'lpon, Kecha va kunduz.
FABULA \lot. fabula — hikoya qilish, aytib berish; tarix; masal] ad. Badiiy asarda
tasvirlangan voqea-hodisalarning bayoni, ularning o'zaro bog'liq bo'lgan syujet tizi-mi.
Masxarabozlarning xikoyalari, bir to-mondan, qiziqarli fabulasi.. bilan, ikkinchi tomondan,
ijro etilishi bilan kishilarni o'ziga tortgan. M. Qodirov, O'zbek xalq og'-zaki dramasi.
FAVVORA [a. ujljj — qaynab toshgan, ko'pirgan narsa, fontan] kt. 1 Kuchli (ta-biiy yoki
sun'iy) bosim bilan yuqoriga otilib turadigan gaz, neft`, suv, suyukdik.
2 Suvni ana shunday xarakatga kelti-ruvchi qurilma, inshoot; fontan. Ikkikvar-tal naridagi
keng xiyobon juda o'tirishli joy: o'rtasi gulzor, kichkina favvorasi bor. F. Musajonov, Himmat.
Favvora urmoq ko'chma Jo'sh urmoq, av-jiga chiqmoq. Adolat chashmasi favvora urdi, Xiyonat
balchig'in har yonga surdi. Habibiy. Hademay to'y karvoni yigit uyi tomon yo'l oldi. Karvon
o'tgan ko'chalarda to'y shodiyonasi favvorauribbordi. M. Ismoiliy, Odamiy-lik qissasi.
FAVT \a. oj-a — ketish, jo'nash; o'tish] esk. O'lish, dunyodan o'tish. Favtimdan so'ng xaloyiq ne deb
mazammat qilur? «Yoshlik».
FAVQULODDA [a. oabJIjjJ - odatdan tashqari] 1 Nihoyat kam uchraydigan; boshqa-larga o'xshamagan;
kutilmaganda yuz bergan; tasodifiy. Favqulodda hodisa. shsh Otning kavsh qaytarishi favqulodda
yerda, favqu-lodda vaqtda kechadi. T. Murod, Ot kishna-gan oqshom. Zamiraning Muhammadjonga
unashtirilgani hali ham odamlarga favqu-lodda bir yangilik bo'lib ko'rinardi. P. Kr-dirov, Uch
ildiz.
J^Q 318
2 Odatdan tashqari; kam duch kelinadi-gan, kamyob. Tiktepa qishlog'ining guzarida mulla
Obidning qo'lidagi favqulodda ket-monni ko'rgan har kim kuladi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
Oybek favqulodda serqirra iste'dod sohibi edi. Gazetadan.
3 rvsh. G'oyat darajada, haddan tashqari; g'oyat, juda. Sheralshshng nazarida, bugun ham-ma narsa
favqulodda so'lim, qushlarning nagmasi esa jozibaliroq edi. S. Karomatov, Oltin qum. Nikoh
to'yi favqulodda suronli va tantanali bo'ldi. Oybek, Tanlangan asar-lar.
4 Maxsus sharoit talabi bilan belgi-lanadigan, sodir bo'ladigan; navbatdan tash-qari.
Favqulodda majlis. Favqulodda va muxtor elchi. mm Bu hodisalar saroyda fav-qulodda chora-
tadbirlar ko'rishni taqozo etdi. Mirmuhsin, Me'mor
FAGOTSIT [yun. phagos — yebto'ymas, och-ko'z + kytos - hujayra] biol. Odam va hay-vonlar
organizmida yot jism va bakteriya-larni tutib olish va hazm qilish xususi-yatiga ega bo'lgan
hujayra.
FAJE [a. ¦% a — fojiali, halokatli] kt. ayn. foji('). Faje ahvol. Faje voqea. mm Yaqin
tarixning o'ziyoq uning [Navoiyning] ko'ziga faje manzaralarni behisob qator-lashtiradi.
Oybek, Navoiy.
FAZA \yun. phasis — namoyon bo'lish, paydo bo'lish] 1 Tabiat yoki jamiyatdagi biror voqea-hodisa,
jarayon va sh. k. ning rivoj-lanishidagi muayyan payt, muddat, davr. G'o'-zaning shonalash fazasi.
mm Bu maqolada biz asosan gul va hosil tugunchalari, uning ri-vojlanish fazalari haqida fikr
yuritmoq-chimiz. Gazetadan.
2 maxs. Biror narsaning shakli, holati yoki harakati o'zgarishidagi ma'lum hal qi-luvchi payt,
davr. Mayatnikning tebranish fazasi. mm Galiley dunyoda birinchi bo'lib teleskop yasadi-da,
uning yordamida Venera fazalarini kuzatishga muvaffaq bo'ldi. «Fan va turmush».
3 el. Generator o'ramasining ayrim gu-ruhi, shuningdek, unga ulangan elektr sim-lar.
FAZILAT [a. L ~ ° — afzallik, ijo-biy xislat; ezgu ish| 1 Ijobiy xislat, yax-shi xulq yoki
xususiyat. Hs`yullik eng yaxshi fazilatdir. mm Mehr-oqibat va sadoqat istasang, o'zing ham shu
fazilatlarning ega¬si bo'l. Gazetadan. Samimiylik qizlarning kelajak hayotlarida eng zarur
fazilatdir. «Saodat».
2 Afzallik, ustunlik. Bu yerlarning o'z fazilati, o'z ko'rki bor. Gazetadan. Har fasl-ning o'z
xislati bor, Har faslning — o'z fazi-lati. Uygun.
2 Fazilat (xotin-qizlar ismi).
FAZILATLI Yaxshi, ijobiy xislatga ega bo'lgan, yaxshi xulq, xarakter sohibi. Fazilatli odam. mm
Gap kamtarlik haqida borar jan, ko'z o'ngimizda ajoyib fazilat-li kishilar, shu bilan birga,
gerdaygan, mag'-rur, kalondimog ba'zi kimsalar jonlanadi. Gazetadan.
FAZIHAT [a. ^-,-.,^1 - uyat, nomus; ras-volik, sharmandalik] esk. Obro'sizlik, ras-volik,
sharmandalik. Xomush o'ltur, Muaz-zam, suhbati ahli tamiz ichra, Fazihat bo'lmag'aysan, el aro
behuda ko'p so'zlab. «O'zbek shoiralari».
FAZL \a. J^_a - qadr-qimmat; obro', sharaf] kt. Ijobiy xislat, fazilat, af-zallik, ustunlik.
Eng sharafli fazl erur insonga deb ahlu vafo, Har nafas mehru muhabbat aylab izhor o'ltirur.
Habibiy, Devon.
Ahli fazl Yaxshi fazilat sohiblari, fazilat axdi. Pahlavon, Ashsherga qaraganda ancha katta
bo'lsa xam, axli fazl o'rtasida nom chiqargan yosh shoirni kattalardek hur-mat qilar edi. M.
Osim, Sehrli so'z. Fazlu karam Yaxshilik va saxovat, marhamat. Al-`atta, fazlu karam
Ollohning qo'lida, uni o'zi istagan kishilarga berur. «Sharqyulduzi».
FAZL-KAMOLOT, fazlu kamolot Ijobiy xislat(lar) va kamolot, fazl va yetuklik, balog'at. U o'z
xo'jasining fazlu kamolotini taqdirlab, unga xizmat qilish-ni o'zi uchun bir sharaf deb
hisoblar edi. Oybek, Navoiy.
FAZO \a. A — ochiq keng maydon; koinot] 1 aim. makon 1. Nisbiylik nazariyasi — materiya
mavjud bo'ladigan fazo va vaqt nazariyasidir. «Fan va turmush».
2 Hamma tomonga cheksiz yo'nalgan bo'shliq; osmon; koinot. Jismning fazodagi harakati. mm
Deydilar, fazoning chegarasi yo'q, Milliard yulduzlarning so'ngi ham fazo. A. Oripov, Yurtim
shamoli.
3 ko'chma Og'ush, quchoq. Xotini otlanib uydan chiqib ketgach, u asta xo'rsindi-da, cheksiz
311 dh^
xayol fazosiga parvoz qildi. O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
FAZOVIY \a. ^jLuki — fazoga, koinotga oid] Cheksiz bo'shliqqa, koinotga daxldor, tegishli.
Olimlar, karta — dunyoning fazo-viy, tasviriy obrazidir, deb ta'rif berish-gan. «Fan va
turmush».
FAZOGIR \a. + f. jAl^Ji - fazoni egal-lovchi] kt. Fazoni zabt etuvchi; kosmonavt. Tong bilan
Yer yangi fazogirini o'zga sayyora-lar sari uchirar. A. Isroilov, Biz — dunyo odamlari. Yo'lga
chiqar bu kun fazogir, So-monchining yo'li poyandoz. E. Vohidov, Mu-habbatnoma.
FAZOGIRLIK Koinotni zabt etish mahorati, kasbi, hunari. Biz uning [Gaga-rinning]
fazogirligiga koyil qolib, mak-tabni uning nomi bilan atadik. Gazetadan.
FAZOKOR ayn. fazogir. Uning fazokor o'g'li Yer atrofida aylanarkan, shu azamat chinorga bir on
bo'lsa ham ko'z tashlar. A. Muxtor, Chinor. Maktab yo'li, do'stlar, fa-zokor parvozidan kam emas
zarra. A. Oripov, Yillar armoni.
FAZOMETR [yun. phasis — paydo bo'lish + yun. metreo — o'lchayman] fiz. O'zgaruvchan tok
qurilmalarida fazalarning siljish burchagini, ya'ni zanjirdagi tok bilan kuch-lanish fazalari
o'rtasidagi farqni o'l-chaydigan asbob. Elektron fazometrlar bi-lan o'lchash elektron-mexanik
fazometrlar bilano'lchashdagidan aniqroq chiqadi. «O'zME».
FAZOTRON [yun. phasis — paydo bo'lish + (elek)tron] fiz. Zaryadlangan og'ir zar-rachalarning
harakatini tezlashtiruvchi moslama, atom yadrosini tekshirishda qo'l-lanadi. ..fazotronning
parametrlari o'zi-ning boshlang'ich qiymatlariga qaytadi xam-da tezlatishning yangi sikli
boshlanadi. «O'zME».
FAYZ \a. a^,i — tukilish, yoyilish; mo'l-ko'lchilik; saxovat, muruvvat] 1 O'ziga jalb qilishlik,
quvonch baxsh etuvchi jozibador-lik. Suhbatga fayz kirdi. Bazmning fayzi ketdi. mm Orombaxsh
«Cho'li iroq» polizning sehrli oqshomiga yana ham fayz kiritdi. N. Fozilov, Diydor. Shu payt
elektr chiroq-lari yoqildi, hovliga fayz ustiga fayz qo'shildi. Gazetadan.
2 ko'chma Baraka, mo'llik. Fayz yog'ildi O'zbekistonga, Bu dilrabo bog'u bo'stonga. X. Rasul. Baxt
nash'asi. Farg'onaninghusni kel¬di sahroga, Paxta ekdim, fayz keldi, inju keldi. T. To'la,
Oromijon.
FAYZBAXSH [fayz + f. - bag'ish-lovchi] kt. Lutfu karam, qut-baraka baxsh etuvchi, in'om-exson
beruvchi.
FAYZIYOB |fayz + f. - topuvchi] kt. 1 O'ta tarovatli, maftunkor, ko'rkam, serfayz. Bog'lar
nurdan fayziyob bo'ldi. X-G'ulom. Yomg'ir savalagan sayin chang-g'uborli atrof-javonib
musaffolashmoqda, fayziyob bo'lmoqda edi. «Yoshlik».
2 Bahramand. Bepoyon mamlakatimizda.. hayot ne'matlaridan hamma fayziyob. Gaze-tadan. To hayot
ekanmiz — savobga zormiz, Yilt etgan shu'ladan dillar fayziyob. A. Oripov, Yillar armoni.
FAYZLI O'ziga jalb qiladigan; jozi-bador, istarasi issiq; ko'rkam. Fayzli bog'. Fayzli odam.
Fayzli suhbat. ti Shahrimiz qiyofasi kechqurun yanada faizli bo'ladi. Gazetadan. Balki mening
onam ham Mo''ta-barxonning onasiga o'xshab shirinso'z, ming marta aylanib-o'rgilib, girgitton
bo'ladi-gan fayzli ayolmidi?M. Aliev, Shonli avlod.
FAYZSIZ Yoqimsiz taassurot qoldi-radigan, jozibasiz, xunuk, befayz. Fayz-siz odam. Fayzsiz
suhbat. Fayzsiz ko'cha. mm Erkaksiz uy fayzsiz, ko'rksiz ko'rinadi ko'z-ga. Farzand uchun esa
ota bir tog'day. M. Alaviya, Bolalarimning otasi. Devorning ku-lagan joyidan olmazor hovli
ro'yasi birda-niga fayzsiz, xunuk bo'lib ko'rindi. E. Us-monov, Yolqin.
FAYZ-TAROVAT Ko'rkamlik, husn; go'-zal ko'rinish. Uzoq umr ko'rib, baxt-saodat-li yashagan
keksalarimiz farovon hayotimizga fayz-tarovat bag'ishlab turishibdi. Gaze-tadan. Nuroniy
onalarimizu otaxonlarimiz yashayotgan uylarning o'ziga xos fayz-tarova-ti bor. Gazetadan.
FAYZ-FUTUR: fayz-futur ketmoq ayn. futur ketmoq q. futur. Navoiy ketdi — Hi-rotdan fayz-
futur ketdi. Oybek, Navoiy.
FAYZ-HALOVAT |fayz + halovat] Jo-ziba, osoyishg'alik, ko'rkamlik va tinchlik. Ayollar bor joyda
fayz-halovat bor.. «Yosh-lik».
FAYL [ingl. file — qog'ozlar tikmasi, kartoteka] tex. Komp`yuter xotirasida alo-hida nom
(sarlavha) ostida saqlanadigan, boshqa alohida nomdagi xujjatlarni (matn-
^ 320
larni) qabul qilmaydigan hujjat yoki huj-jatlar majmui.
FAYLASUF \a. U>j„,l,i < yun. philosop¬her — donolikni sevuvchi] 1 Falsafa il-mi, dunyoqarash
muammolari bilan shug'ul-lanuvchi olim, mutaxassis. Sharqning mash-hur faylasuflari. mm
Faylasuf haqiqatga oshiq kishidir. Shunga ko'ra, har bir haqi-qattalab odam ma'lum darajada
fayla-sufdir. «Oz-oz o'rganib dono bo'lur». Fay-lasuflarning oqil gaplari bor. O'zgarti-
rishning iloji bo'lmagan narsaga ko'nikmoq kerak, deyishadi. «Yoshlik».
2 s. t. Donolar kabi muhokama yurgiza-digan; donishmand. -Faylasuf ekanku-a? — Bozor
Qudratov engashib, Raufga shivirladi: -Sattorning gaplarini qara-ya!«O'zbekiston ko'riklari».
FAYLASUFLIK 1 Falsafa ilmi bi-lan shug'ullanish.
2 Faylasuf singari, faylasufnamo fikr yuritish. Erning birdan faylasufli-gi tutib ketdi. S.
Ahmad, Saylanma. -Sen bir xarsangtoshsan, sendan men ajoyib hay-kal yasayman, — degan edi
bir kuni fayla-sufligi tutib ketib Janna. Mirmuhsin, Umid.
FAYLASUFNAMO |faylasuf + f. — singari, o'xshash] s.t. Faylasufga o'xshash, faylasuf qiyofasidagi;
faylasuflardek. Faylasufnamo mulohaza yuritmoq. mm Suh-batdoshim nuroniy bir chol — quvnoq,
tetik, faylasufnamo. S. Zunnunova.
FAYTON esk. ayn. foytun. U \ot\ goh egarlanadi, goh hovlidagi faitonga qo'shsha-di. H. G'ulom,
Mash'al. Yoqutoy maktabi oldiga ikki fayton kelib to'xtadi. J. Sha-ripov, Xorazm.
FAITONCHI esk. ayn. foytunchi. Amirning faytonchisi.. charchagan oqsoq otning sag'ri-siga
ustma-ust qamchi sola berdi. S. Ayniy, Qullar.
FAKS q. telefaks 1, 2. Komp'yuter, faks, «uyali» telefon kabi mo''jizalar hayotimiz-ga
nisbatan yaqinda kirib keldi. Gazetadan. Viloyat pochta bo'limlarida 16 ta komp`yu-ter.. 3 ta
faks apparatlari o'rnatilgan. Gazetadan.
FAKSIMIL Aynan, aslidagidek aks ettirilgan, faksimiledan iborat, faksi-mile kabi. Faksimil
telegramma. mm Bu kitoblar orasida mashhur shoir va tarjimon
Sayfi Saroyi asarlarining qo'lyozma to'pla-midan olingan faksimil nusxa ham bor. «UTA».
FAKSIMILE [lot. fac simile - aynan shunday qil, bajar] 1 Fotonusxa vositasida aslidek qilib
bosilgan qo'lyozma, hujjat va b. xil bosma maxsulotlar.
2 Shaxsning o'z qo'li bilan qo'yilgan imzoni aynan aks ettiruvchi bosma shakl; klishe-muhr.
FAKT \lot. factum — bajarilgan, qi-lingan] 1 O'ylab topilmagan, uydirma bo'l-magan, real,
mavjud narsa; haqiqiy voqea, hodisa. Suhbatlarni jonli, qiziqarli, tur-mushdagi faktlarga
suyanib o'tkazish kerak. R. Fayziy, Cho'lga baxrr keldi. Har qanday da-dil fantaziyaning
zamirida ham hayotiy taj-riba, real faktlar, manzaralar yotadi. U. Normatov, Talant
tarbiyasi.
2 Bor narsa, voqea yoki hodisa haqida ma'lumot, dalil. -Hamma bo'lgan faktlarni yoza ber. P.
Tursun, O'qituvchi. Endi u dangal faktlarni ro'para qilishga qaror berdi. P. Tursun, O'qituvchi.
3 Biror narsa haqida xulosa chiqarish, qat'iy bir fikrga kelish uchun xizmat qiladigan narsa,
asos (mas, xujjat, dalil, misol). Jinoyat yuzasidan yig'ilgan faktlar yetarli edi. mm Yuridik
ahamiyatga ega bo'l-gan faktlarni aniqlash to'g'risidagi sud ishlarini ko'rib chiqish praktikasi
muhoka-ma etildi. Gazetadan. Shundan so'ng rais Ni-zomiddinovga tanbeh qildi: Konkret fakt-
larga o'ting. A. Qahhor, Tanlangan asarlar.
FAKTIK Aniq dalilga asoslangan; shubxa tugdirmaydigan, haqiqiy holat ifo-dasi bo'lgan.
Faktik materiallar. Faktik materiallar tahlili.
FAKTOR \lot. factor — bajaruvchi, ish-lab chiquvchi| q. omil 1. Hal qiluvchi faktor. shsht Bu
faktorlar haqiqiy yozuvchini ham-kasabalaridan ajratib turadigan indivi-duallikka olib
keladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi. Uzoq yashash faktorlaridan biri toza havodir. «Saodat».
FAKTURA [lot. factura — qayta ishlash, tuzatish] 1 Xaridorlarga sotish uchun jo'na-tilgan
mollarning ro'yxati, mikdori va narxi ko'rsatilgan xujjat. Faktura bilan mol bermoq. mm
Qiziqib fakturani talab qildim. Gazetadan. Dorixona olib, unda fak-turasi yo'q mollar
saqlab, ularni istagan narxda sotdi. Gazetadan.
321
2 Tasviriy san'atda: asar sirtining ish-lanish yoki tuzilish xususiyati. XXasr san'a-tida
fakturani murakkablashtirish bo'yicha tajribalar tarqadi. «O'zME».
FAKUL`TATIV \fr. facultative < lot. facultas, facultatis — imkoniyat, mumkinlik] Majburiy
bo'lmagan, ixtiyoriy; ixtiyoriy ravishda tanlab olinadigan. Fakul`tativ kurs. Fakul`tativ
seminar. Fakul`tativ mashg'ulotlar. mm ..bunday qo'llanish adabiy tilda va ayrim shevalarda
fakul`tativ xarakterga ega. «O'TA».
FAKUL`TET [nem. Fakultat < lot. facul¬tatis — qobiliyat, imkoniyat] Oliy o'quv yur-tining
ma'lum ixtisoslik bo'yicha tegishli fanlar o'qitiladigan bo'limi. Filologiya fa-kul`teti. Kimv
fakul`teti. Fakul`tet yig'ilishi. mm U Sherali uchungina emas, bu-tun fakul`tet, universitet
uchun mo''tabar va hurmatli kishi. S. Karomatov, Oltin qum.
FAKUL`TETLALARO Fakul`tetlar o'rtasida, orasida. Fakul`tetlararo sport musobaqasi.
Fakul`tetlararo munosabat.
FALAJ \a. gJi — shol, paralich] tib. Asab sistemasining ishdan chiqishi natijasida tana
a'zolaridan birortasining tamoman harakatsiz bo'lib qolishidan iborat kasal-lik; shol. Oyoq
falaji. Falaj bo'lib qol-moq. mm Shu (V) darmondori yetishmasligi natijasida kishi falaj
kasaliga yo'liqi-shi mumkin. K. Mahmudov, Uzbek tansiq ta-omlari. [Anorbibi] Yurak falajiga
yo'liq-qani ma'lum bo'lib, shu kun kechasi, hatto uch go'dagi to'g'risida bir og'iz vasiyat
qshyulmay.. vafot etdts. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 ko'chm4 Ishdan chiqish, harakatsiz bo'-lib krshsh:.Asrlar o'tishiga qaramay, bu yerda hayot hali ham
falaj edi. Oybek, Navoiy.
FALAJLAMOQ Falaj, shol qilib qo'ymoq. Alkogol` dastavval bosh miya hujay-ralariga ta'sir
qiladi, keyin ularni fa-lajlaydi. Gazetadan.
FALAK \a. dlla — osmon; osmon gumbazi! 1 Yerdan yuqoriga qaraganda gumbaz, qubba shaklida
bo'lib ko'rinadigan fazo bo'shli-g'i, osmon gumbazi; osmon, ko'k. Yana chaqmoq chaqdi, yana falak
gumburladi. H. G'ulom, Za-min yulduzlari. Chingizxon ot solib kelib, Minori Kalon tagida
falakka bo'y cho'zgan bu obidaga mah/shyo bo'lib qolibdi. Mirmuhsin, Me'mor.
Osmoni falak s. t. 1) juda baland, yuk-sak. -Siz bilan to'xtovsiz qilingan mai-shatlar meni
avval osmoni falakka olib chiqib, keyin jarga uloqtirdi, — dedi Olim Ergashga. B. Rahmonov,
Qilmish-qidirmish. Shu barobar oldinda chang-to'zonni osmoni falakka chiqarib girdob ko'tarildi.
M. Man-surov, Yombi; 2) ko'chma dabdabali, baland-parvoz. Nog'oralar gumburi va karnaylar
sado-si yana osmoni falakka chiqdi. O. Yoqubov, Ko'hna dunyo.
2 ko'chma Taqdir, qismat, ko'rgilik. Men o'zim bu falakning dastidan najot izlay-man, begim.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Ey falak, charxing buzilsin, Kimlarga xor et-dingmeni. E.
Usmonov, Yolqin.
Falakning gardishi bilan Favqulodda holarda, g'ayriixtiyoriy ravishda, vaziyat talabi, biror
majburiyat orqasida; taqdir taqozosi bilan. Bu g'arib va kimsasiz kishi asli Sabzavor
shahridan, falakning gardishi bilan Hirotga kelib qolgan. Mirmuhsin, Me'mor. Falakning
gardishi bilan shu qish-loqqa kuyov bo'lib keldi. «Mushg'um». Parvoyi falak Yuz berayotgan voqea va
hodisalarga befarqqarovchi; parvo qilmaydigan, beg'am. G'o'zalaringiz chanqab ketibdi.. siz
bo'lsangiz parvoyi falaksiz. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda. Yuvosh esa parvoyi falak;
hech narsa bilan ishi yo'q, doim xursand. E. Raimov, Ajab qishloq. Fig'oni falakka chiqmoq (yoki
o'rmalamoq, ko'tarilmoq) Had-dan tashqari jaxli chiqmoq, asabiylashmoq, bo'g'ilmoq. Xayri
bog'chadan o'g'lini olgani kirganda, tarbiyachining fig'oni falakka chi-qib turgan edi. S. Ahmad,
Kddrdon dala-lar. -Padariga ming la'nat, shu ham ko'p bo'ldimi, — sakson yoshlar atrofidagi
ota-xonning fig'oni falakka o'rmaladi. «Mush-tum».
FALAKAT s.t. ayn. falokat 2. Harakat-da — barakat, yotib yegan falakat. Gazeta-dan.
Dugonajon, erga tegdik desak, kuygan ekanmiz. Qaerdagi falakatga tekkan ekan-miz.
«Gulixiromon».
FALAKIYOT \a. olXU - astronomiya; astronomiyaga aloqadorlik] esk. map. Astro-nomiya va tabiiy
geografiyadan umumiy ma'lumotlar beruvchi, o'rta asrlarda rivoj topgan fan; astronomiya. Abu
Nasr.. vaqti-ni riyoziyot, handasa, falashyot ilmlarini o'rganishga sarf etar edi. M. Osim,
Jayhun
21—O'zbek tilining izoxli lug'ati
^ 322
ustida bulutlar. So'ngra ustod Qozizoda Ru-miy onhazratning iltimosi bilan zarbof matoga
o'ralgan qalin kitobini ochib, riyozi-yot ilmi hamda bu ilmning falakiyotni o'rga-nishdagi o'rni
to'g'risida bahs yuritdi. O. Yoqubov, Ulug'bek xazinasi.
FALAQ [a. jis — teshik, yoriq, darz; yog'och to'sin] esk. Utmishda eski maktablarda gu-nohkor
o'quvchining oyoqlari iligiga kiri-tib bog'lab jazolaydigan maxsus taxtakach, taxta iskanja.
Biz domlaning qancha kalta-gini yeb, falaq azoblariga chidab, o'n yilda xat-savodli bo'lgan
edik. S. Ayniy, Doxunda.
Falaqqa tortmoq (yoki osmoq) Aybdor-ning oyokdarini falaq teshigiga kirgizib, bog'lab qo'ymoq.
\Domla\ Bo'lar-bo'lmasga fa-laqqa tortaverib, bola bechoralarning yura-gini olib qo'ygan ekan.
N. Safarov, Kurgan-kechirganlarim. ..domla behining novdasi bilan uradi, moshga cho'kkalatadi,
falaqqa osadi.. A. Qahhor, O'tmishdan ertaklar.
FALLOH [a. j-bli — dehqon, ekinchi, zi-roatchi] Arab mamlakatlarida o'troqdehqon-ning nomi.
Karbalo dashtiga qo'l uzatib u, Fallohlar holidan bo'ldi xabardor. B. Boy-qobilov, Meni
kuting, yulduzlar. Bu ko'cha-larda o'tar fallohlaru hammollar, Tog'chilar, quruvchilar,
qalamkashlar, adiblar. Mirte-mir, Asarlar.
FALOKAT [a. cA~yJa — musibat, baxtsiz-lik; mushkul ahvol] 1 Odamlar ixtiyoridan tashqari,
kutilmaganda yuz beradigan ko'n-gilsiz voqea, \odisa; baxtsizlik; ofat. Fa-rosatsiz —
falokatga yo'liqar. Maqol. Kumushbibi uchun bu hol kutilmagan bir baxtsizlik, kutilmagan bir
falokat edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Tohir yomon bir fa-lokatni oldindan sezganday, yuragi
uvushdi. P. Krdirov, Bobur.
Falokat oyoq ostida Ofat, baxtsizlik kutilmaganda, qo'qqisdan yuz berishi mum-kin. -Falokat
oyoq ostida, degashyuri haq gap zkan-da, — dedi kimdir. T. Rustamov, Mangu jasorat. Falokat
bosib G'ayriixtiyoriy ra-vishda; o'ylamasdan, adashib, bilmay. Birku-ni falokat bosib, mehnat
darsida.. zlektr arrani sindirib qo'ysak bo'ladimi ? E. Raimov, Ajab qishloq. Falokat bosib,
eru xotin uri-shib qolishdi. Oxir bo'lmadi, ajralib ketish-di. Gazetadan.
2 so'k. Yaramas; badbaxt. \Boy:\ G'ofirni ko'rdingmi? [Xolmat:] Boya shu o'rtada o'ra¬lashib
yuruvdi, falokat! Bir zumda yo'qolib qolibdi. Hamza, Boy ila xizmatchi. ..Nemis falokat
lotinchani ham, o'zbekchani ham bi-lar ekan. Oybek, Quyosh qoraymas.
FALOKATZADA \a. + f. 'l^sLUl ~ fa-lokat urgan, baxtsiz] Falokatga duchor bo'l-gan, falokat
azobini chekkan. [Muhammad Paxlavon] Hozir tong uyqusi elitgan falo-katzada do'stining
sarg'aygan yuziga qarab, uninguyg'onishini kutibo'tiraredi. M. Osim, Sehrli so'z.
FALOKATLI Xavfli, mudhish, baxt-sizlik keltiruvchi; xavf-xatarli. \ Otabek\ O'zining ochiq
ko'zi, o'tkir zehni orqali bun-day o'zboshimchalik orqasidan mudhish falo-katli manzaralar
ko'rar.. edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Bu falokatli ishni Io'ldosh boshladi. G'. G'ulom, Shum
bola.
FALOKATSIZ Xavf-xatarsiz; beshi-kast; biror kor-hol yuz bermay, baxtsiz-likka uchramay. -Ayt
xo'jayiningga, nozik yukni falokatsiz eltib qo'ydim, pulni mo'l-roq cho'zsin, — dedi [Qora
Ahmad]. Oybek, Tan-langan asarlar.
FALON [a. - shunday, shunday bir| gum. olm. 1 Narsa, shaxs yoki voqea-hodisa. ular haqidagi
biror xususiyat, belgini aniq bildiruvchi so'zlar o'rnida ishlatiladi. Falon kishi. Falon narsa.
Falon joy. Fa-lon so'm. Falon vaqt. sht Falon vaqtda ke-laman desa, tamom, kelmasdan
qo'ymasdi. O'. Umarbekov, Charos. Falon hovlida bo'yi yet-gan qiz bor, degan gapni eshitib,
ko'zimiz o'inar, lekin yuzini ko'rmasdik. P. Tursun. O'qituvchi.
Falon-pismadon (yoki falon-piston, fa-lon-tugun) s. t. U-bu, unday-bunday, anavi-manavi.
Falon-piston deb gapni cho'zma. mm Akam paqirning qornini yorsang, alif chiq-maydi-yu, tag'in
falonu pismadon deganiga kuyaymi!P. Tursun, O'qituvchi.
2 Biror xususiyat yoki qodisaning, jara-yonning mikdoran juda ortiqligini, yuqo-ri darajada
ekanligini bildiradi. Engyomo-ni — shaharda qovun yetishmayotgan ekan, bir tilimi falon pul
emish. X. To'xtaboev, Shm-rin qovunlar mamlakati. -Siniqchiga obo-rishni o'zim ham bilaman. U
falon pul so'ray-di. S. Siyoev, Yorug'lik. Bozorda mushtumday jo'ja falon pul. Shuhrat, Jannat
qidir-ganlar.
3 Odob-axloqqa zid, aytish uyat hisob-langan so'zlar o'rnida qo'llanadi. Ona bilan qizni bir
odamning falon qilishi shariat yuzasidan tuzuk emas. S. Ayniy, Qullar. Kampir, agar shunga
tegmasang — falon, deb og'ziga so'z oldi, meni uyidan haydab chiqardi. «Mushtum».
FALONCHA s. t. Noma'lum miqdorni ifodalaydi; shuncha, shu miqtsorda. Falon-cha so'm. Faloncha
kitob. tsh Xo'sh, faloncha tanober seniki, dedi. H. Shams, Dushman. Shu bilan birga yerdan
olinadigan hosilni «fa-loncha» deb chegaralab ham bo'lmaydi. Gazeta-dan.
FALONCHI gum. olm. Kimsani aniq atamasdan, uning ismi o'rnida ishlatila-digan so'z. Falonchi,
ota-onasi bo'lmasa ham, o'ksimay o'sdi, deyishadi. U. Hoshimov, Qal-bingga quloq sol. Yozganda
ham, falonchini maqtayman, degan o'yim bo'lmagan. Jo'ngina qilib, o'zim o'ylagan narsalarni
yozganman. M. M. Do'st, Lolazor.
Kimsan — falonchi 1) eng mashhur, yuqo-ri martabali. Ushanda Hamza kimsan — falonchi bo'lib nom
qozonadi, K. Yashin, Ham-za. Otang kimsan — falonchi, onang tillaga topib bo'lmaydigan
Nafisaxon bo'lsa, sendan baxtli qiz bormi! Mirmuhsin, Umid; 2) yuqori mansabli; boy,
badavlat. Kimsan — terifurush falonchi boy! Lekin ko'rgan odam yamoqchimi, bo'zchimi, deb o'ylar
edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
FALSAFA [a. .1 p... I o < yun. philosophia < phileo — sevaman + sophia — donishmandlik] 1
Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyo-tinint umumiy qonuniyatlari xaqidagi fan; olam va unda
insonning tutgan o'rni ha-qidagi g'oyalar, dunyoqarashlar tizimi. Umar Xayyomning qisqa, lekin
sermazmun baytlari-ga singdirilgan hayot falsafasi buyuk, hayot va dunyodayin bepoyon.
Gazetadan. Ustoz Qori-Niyoziy Sharq va G'arb falsafasi tarixi, siyosiy iqtisod, adabiyot,
san'at bobida har qanday mutaxassis bilan bahslasha olardi. «Fan va turmush».
2 s. t. Eshitib o'tirish va mulohaza qilishga arzimaydigan, asossiz, mavhum fikr, mulohaza;
quruq safsata. Bu odam «hayotning olg'a bosuvi mumkin emasligini isbot qilaturgan» o'zining
falsafasi bilan Saidiyni yupatar edi. A. Qahhor, Sarob. Bu anavi chol — Po'latjon domlaning
gapi! Bu¬naqa falsafalar o'shandan chiqadi! A. Qah-hor, Og'riq tishlar.
Falsafa sotmoq (yoki so'qmoq) Urinsiz, foydasiz, uzoq mulohaza yuritmoq, gapni cho'zmoq;
safsata sotmoq. - Falsafa sotish bas, — deb Hasanning so'zini kesdi Fotima. S. Ayniy,
Qullar.
2 Shaxsiy tajriba, fikr-o'y asosida yuzaga kelgan ishonch, e'tiqod. Joni bor odam qimirlab
turishi kerak — uning falsafasi shu. H. G'ulom, Mash'al. Bu so'zlari bilan u o'zining sodda
falsafasiga yakun yasaganday bo'ldi. S. Anorboev, Oqsoy.
FALSAFIY [a. ^ !¦¦¦¦!«] 1 Falsafaga oid (q. falsafa 1, 2). Abu Ali ibn Sinoning ada-biy
ijodida uning falsafiy, etik va este-tik qarashlari o'z ifodasini topgan. Ga-zetadan.
Odatda, nazariy, fapsafiy qoi-dalarni lo'nda qilib yechib berish juda mush-kul masala. X.
Yodgorov, Hayot to'lqinlari.
2 Tabiat va jamiyat haqidagi teran dunyo-qarashni o'zida ifoda etgan. Falsafiy ro-man.
Falsafiy okim. Falsafiy lirika. tsh Shu narsani ta'kidlab o'tish joizki, fal-safiy lirikaning
falsafa faniga daxldor-ligi nisbiy xarakterga ega. «UTA».
FALSAFIYLIK Falsafiy mushoha-dalarga egalik. She'r ruhidagi chuqur falsa-fiylik..
xususiyatlarini biz Oybekning she'-riyatida ham ko'ramiz. «UTA».
FAL`SIFIKATOR Fal`sifikatsiya, ya'ni soxtalashtirish bilan shug'ullanuvchi, soxtalashtiruvchi. Tarix
fal`sifikashorlari.
FAL`SIFIKATSIYA \yun. falsificare -soxtalashtirmoq, qalbakilashtirmoq] Chin, haqiqiy voqea yoki
hodisani buzib, bo'yab ko'rsatish, soxtalashtirish, qalbakilash-tirish.
FAMIL [r. famil`nny — oilaga alo-qador < lot. familia — xonadon, oila]: fa-mil choy,
familchoy s. t. Qora choy va shunday choy solib damlangan ichimlik. ..achchiq fa-mil choyning
issig'i yuziga tepgandek, nozik qirra burnining uchi qizarib ketdi. S. Anor-boev, Oqsoy.
Devzira guruchnjg palovi fa-mil choyni xush ko'rmaydi.. S. Ahmad, Saylan-ma. Yog'liq ovqat,
go'sht, jigar, sut, qaymoq, yumshoq non yeyish mumkin emasligini, non qoqisi yeb, quyuq familchoy
ichish lozimligini aytdi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
FAMILIYA [lot. familia — qullar, to-belar; xonadon; merosiy nom; avlod, oila]
324
Ota-ona yoki bobo ismidan yasalib, shaxs ismiga qo'shib aytiladigan, nasldan naslga o'tadigan
oilaviy nom. -Ikki kun o'tgandan keyin vestibyul` devorini to'ldirgan uzundan-uzoq buyruq —
ro'yxatda Shavkatning fami-liyasi ham chiqdi. P. Qodirov, Uch ildiz. U familiyasidan «xo'ja»ni
olib tashlagan, do-movoiga [uy daftariga] «Toshxo'jaev» emas, «Toshev» deb yozilgan. A.
Qodiriy, Kichik asarlar.
FAMILIYADOSH Familiyalari o'xshash, bir xil bo'lgan shaxslar. Qarang-a, dadajon, siz bilan biz
faqat familiyadosh zkanmiz, xolos. «Yoshlik».
FAN \a. j>s — san'at, mahorat; erkin kasb; ilm, bilim; tarmoq] 1 Tabiat va jamiyatning
taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o'zi erishgan natijalar bilan atrof muhitga
ta'sir ko'rsatuvchi bilimlar tizimi. Fan asoslari. Fan yutuq-lari. sht Har bir fanning o'ziga
xos siri va sehrli tomonlari bo'ladi. «Yoshlik». Fan tarixida qiziqarli hodisalar ko'p
uchraydi. «Fan va turmush».
2 Shunday bilimlar tizimining alohi-da tarmog'i, yo'nalishlari, sohalari. Aniq fanlar.
Ijtimoiy fanlar. Tabiiy fanlar. Fizika fani. Tilshunoslik fani. mm Bi-lasizmi, bo'talog'im,
tabiiy fanlar davrning zaruriy ehtiyojlaridan vujudga keladi. S. Karomatov, Oltin qum.
Biologiya fani ham nihoyatda rivoj topib ketdi. J. Abdul-laxonov, Oriyat.
FANATIZM [«fanatik» s. dan1 1 O'z dini va e'tiqodiga ortiqdarajada yopishib olib, boshqa har
qanday qarashlarni rad etish, fanatiklarcha fikr yuritish va harakat qilish; o'taketgan
mutaassiblik, johillik. Diniy fanatizm. mm Pokistonda ijtimoiy va siyosiy jarayonlar
orqasida xalqning o'zi tobora sekin-sekin fanatizm-dan voz kechmoqda. Oybek, Hyp qidirib.
2 Biror g'oya, ish yoki mashg'ulotga butun vujudi bilan berilib ketish, mukkasidan ketganlik, o'ta
ishqibozlik.
FANATIK \lot, fanaticus — asabiylash-gan; jazavasi tutgan] 1 Uzining o'ta din-dorligi, boshqa
dinlar, e'tiqodlarga to-qat qila olmasligi bilan ajralib turuvchi kishi; o'taketgan
mutaassib.
2 Biror g'oya, ish yoki mashg'ulotga butun vujudi bilan berilib mukkasidan ketgan, o'ta ishqiboz
odam. Afandi doktor pari-shonxotir bo'lgani bilan o'z kasbiga puxta, meditsinaga fanatik oshiq
edi. Gazetadan.
FANATIK sft. Fanatizmga oid, o'ta-ketgan mutaassiblik ruhi bilan sug'oril-gan. Fanatik odam.
Fanatik xarakat.
FANER [nem. Furnier < fr. fournir — ustma-ust qo'ymoq, qoplamoq| 1 Yupqa qilib tekislangan
yog'och taxtalarni ustma-ust, qatlam-qatlam yelimlab yopishtirib tayyor-langan qurilish materiali.
Axmad shiddat bilan fanerdan yasalgan kichkina darchani taqillatdi. F. Musajonov, Himmat. Shu
maxal yakka tabaqali faner eshik ochilib, ostonada shiftday bo'lib, To'rabek ko'rindi. M.
Mansurov, Yombi.
2 Mebellarning sirtini qoplash uchun ishlatiladigan yupqataxta, plastinka. Mah-kam stul surib
o'tirar ekan.. bir chetiga siyoh to'kilgan, sirti faner stol ko'ziga odat-dagidan boshqacharoq
ko'rinib ketdi. P. Qo-dirov, Uch ildiz.
FANERA ayn. faner.
FANNIY \a. — badiiy, ijodiy; mo-qirona] kt. Fanga, ilmiy asoslarga tayan-gan; ilmiy.
Uo'zining.. qaltis tavakkal bi-lan qo'l urgan xatarli fanniy tajribala-ridan mamnun bo'lur
edi. A. Muxtor, Chinor.
FANO \a. ``_a — o'lim, o'lish; yo'q bo'-lish, halokat] esk. kt. 1 Yo'q bo'lib ketish, o'lish. Garchi
fano har kimsaga Azaliy bir qismatdir. A. Oripov, Onajon.
Fano bo'lmoq (yoki topmoq) O'lmoq, va-fot qilmoq; yo'q bo'lmoq. Yurt egasi endi fano bo'libdi, Ul
sababdan senday jallod kelibdi. «Shirin bilan Shakar». Vaqt, zamon oliy hakam, Bu kun fano
topgay g'azal. Gar g'azal uzra quyoshdek Sochmasa yog'du zamon. E. Vohidov, Muhabbatnoma.
2 O'zidan va butun borlikdan kechib, ilohiyotga sig'inish. -Umrimni faqru fano yo'liga
bag'ishlamoq niyatidamen, — ko'zla-ridagi hasratni uchqunlantirib gapirdi Hay-dar. Oybek,
Navoiy. Dunyoning hoy-huyidan «etak siltab», faqr va fano yo'lini tut-sinmi? Oybek, Navoiy.
FANOR s.t. ayn. fonar`. Tol shoxiga osig'-liq fanorni yoqsammikin, yoqmasammikin, deb o'yladi.
H. G'ulom, Mash'al.
FANTA [«fantaziya» s. dan] Sitrus o'sim-liklar (limon) mevasidan tayyorlanadigan chanqovbosdi
ichimlik. Rahimjon uydan bir
325
shisha araq, bir shisha «Fanta» ichimligi, olma, bodring olib chiqdi. Gazetadan.
FANTAZIYA [yun. phantasia — xayol, ta-savvur] 1 Insonning biror narsani o'ylab chiqarish,
tasavvur qilish qobiliyati; ijo-diy tasavvur, faraz. Fantaziyasi kuchli odam. tsh Devoriy
suratda faqat fantaziyaga tayanib ish ko'rib bo'lmaydi. «Guliston». Sar-guzasht — fantaziya bilan
tirik, fol`klor esa fantaziya bobida yozuvchi uchun bamisoli bir qanot. U. Normatov, Talant
tarbiyasi. Shaxmat o'yini fantaziyani qo'zg'atadi va o'stiradi. Gazetadan.
2 Amalga oshishi qiyin bo'lgan yoki umuman amalga oshmaydigan, xomxayol, puch orzu. Ochil..
Mahkamning ijod fantaziya-siga tushunmaganidan jilmayar edi. P. Kr-dirov, Uch ildiz. E, bunga
ishonmayman, bu puch xayol, fantaziya. Gazetadan.
3 mus. Erkin uslubdagi yengil musiqa asari. Katta va kichik formadagi eng yaxshi asarlarning
deyarli hammasi tinglovchilarga havola qilinmoqda.. M. Nasimov va boshqa kompozitorlarning..
rapsodiya va fantaziya-lari shular jumlasidandir. B. Ziyoev, Ijod ufqlari.
FANTAST phantastikos — xayol, ta-savvurga oid] Fantastik asarlar (badiiy asar, surat, fil`m
va sh.k.) yaratuvchi ijod-kor. XIX asrda Frantsiyada ulug' fantast-yozuvchi Jyul` Vern o'tgan. «Fan
va turmush». Har bir fantast adib o'zining ijodiy qobiliyati, fanning u yoki bu sohasidagi
bi-lim doirasi imkon bergan darajada asar yaratadi. «Yoshlik».
FANTASTIK 1 Fantaziyaga (q. fanta-ziya 1) asoslangan; fantastikaga oid; bor-likdagi voqea va
hodisalar notabiiy ra-vishda, mubolag'a bilan tasvirlanadigan. Fantastik roman. Fantastik
hikoya. shsh Ertaklar to'la syujet komponentlariga ega bo'lib, ularda voqea-hodisalar fantastik
libosda tasvirlanadi. «O'TA».
2 Amalda, haqiqatda bo'lmaydigan, o'y-lab, to'qib chiqarilgan; uydirma; xayoliy. Faitastik
voqea.
FANTASTIKA \yun. phantastike - xayol qilish san'ati, qobiliyati! 1 Xayolda, tasav-vurda
tug'ilgan, g'aroyib, g'ayritabiiy ho-disa, obraz va sh. k. hamda ularning xayoliy gasviri. Xalq
ertaklari fantastikasi. shsh Adabiyotshunoslikda uni [fantastikani] ik¬kiga — ilmiy fantastika
va badiiy fan-tastikaga bo'libo'rganshadi. «Fan vaturmush».
2 Shunday obrazlar tasvirlangan badi-iy ijod turi, janr (adabiyot, kino, tasvi-riy san'at).
Darhaqiqat, har qanday ada-biyot rivojida fantastika janri ham muhim rol` o'ynaydi. «Yoshlik».
Uzbek.. ada-biyotida fantastikaning janr sifatida qaror topa boshlaganiga hali ko'p vaqt
bo'l-gani yo'q. «Fan va turmush».
FANFARA \ ital. fanfara] mus. 1 Misdan yasalgan, puflab chalinadigan musiqa asbo-bi.
Fanfaralarning ovozlari, nog'ora va barabanlarning tovushi bayram boshlanga-nidan darak
berdi. Gazetadan.
2 Shunday cholg'u asbobi yordamida bay-ram yoki parad boshlanganidan xabar bera-digan,
tantanavor ruxda ijro etiladigan qisqa musiqiy signal. Sport paradining qatnashchilari
fanfaralarning sadosi osti-da maysazorda saf tortdilar. Gazetadan. Spartakiada bayrog'ini
ko'tarishga chorlov-chi fanfaralar ovozi butun maydonni yang-ratib yubordi. Gazetadan.
FANSHUNOSLIK Fanlarning vazi-fasi, tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, tuzilishi, faoliyat
ko'rsatuvchi tuzilma-larini, fanning jamiyat hayotida tutgan o'rni va sh.k. ni tadqiq qiluvchi
ilmiy soha.
FAOL \a. JLiJ — harakat qiluvchi; ta'-sirchan] 1 sft. Biror g'oyaviy harakat yoki ishga g'ayrat
bilan, astoydil kirishadigan, ishchan. Normurod faol bir kolxozchi bo'lsa ham, soddagina bir
odam, undan har sirni olish mumkin. S. Ayniy, Qullar. Muhiddin Kari-mov yerlarni obod
qilishda faol qatnashdi. «O'zbekiston qo'riqlari». Buning sababi shu-ki, faol fikrlash, o'ylash
miyaga qon kelishi-ni kuchaytiradi. «Fan va turmush».
2 ot Biror jamoaning ijtimoiy hayo-tida, faoliyatida astoydil, berilib ish-laydigan shaxs,
jamoatchi. Qishloq faollari katta to'ylardagi singari gurs-gurs yer bo-sib yelib yurishibdi. Y.
Shamsharov, Chiroq. Mulla Obid qishloq yig'inlariga, faollar majlislariga bormaydi emas,
boradi. A. Qo-diriy, Obid ketmon.
3 Harakatchan, ko'p harakat qiladigan. Nutqning faol a`zolari.
FAOLA \ a. 4-lLii — faol ayol] Ijtimoiy-tashkiliy ishlarda va mehnatda berilib ish-
laydigan (qatnashadigan) ayol. Norbuvi deb ataluvchi bu xotin — qishloqning faolasi, ko'p
yillardan beri jamoat ishlarida ish-laydi.. H. Shams, Dushman.
FAOLIYAT [a. CJJLii — harakatchanlik; ta'sirchanlik; samaradorlik] 1 Biror sohada olib
boriladigan ish, mashg'ulot, harakat. Ijodiy faoliyat. Siyosiy faoliyat. Ijtimoiy faoliyat.
Nutqiy faoliyat. mm Shoir o'z ijodiy faoliyatida yangi dunyo yaratuvchi kishilar to'g'risida kushab
k&gdi. N. Safarov, Ocherklar. Bernora Qorieva o'z faoliyati davomida juda ko'p quvonchli,
hayajonli kunlarni boshidan kechirdi. «Saodat».
2 Shunday ish, harakat jarayoni. Yurak-ning faoliyati. mm Organizmning normal hayot faoliyati
uchun oqsil, yog', uglevodlardan tashqari vitaminlar ham zarur. «Saodat». Ko'k choy kishi ruhini
tetik qilib, ish faoliyatini yaxshilaydi. «Fan va turmush».
FAOLIYATSIZ Biror ishga berilib qatnashmaydigan, astoydil ishlamaydigan; nofaol. Faoliyatsiz
xodim. mm ..magazin di-rektori M. Nosirovning faoliyatsizligi ko'rsatib o'tildi. Gazetadan.
FAOLIYATSIZLIK Ish-harakatda sustlik, berilib ishlamaslik, harakatsiz-lik. Faoliyatsizligi
uchun tanqid qilmoq.
FAOLLIK Mehnatda yoki biror hara-katda, jarayonda jadallik, jonbozlik ko'r-satish, ishchanlik;
ta'sirchanlik. Hisobot kampaniyasi xalqni oyoqqa turg'izdi, keng ommaning faolligini oshirib
yubordi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman.
FAR s. t. Fara, yoritgich. Trolleybuslar yoylarini boshlariga olib, uyquga kirishdi. Ko'chalarda
mashina farlari porlamay qoldi. I. Rahim, Tinimsiz shahar.
FARA \fr. phare < yun. Pharos — qadimgi Misrda Iskandariya yaqinidagi, juda kat-ta mayog'i
bilan mashhur bulgan Faros oro-li] Transport vositalari (avtomobil`, lokomotiv, velosiped
va sh. k.)ning old qismiga o'rnatilgan, qorong'ida yo'lni, ish bajarilayotgan joyni yoritishga
xizmat qiladigan elektr fonar`. Kamma ko'chadan kelib burilgan mashina farasidan tushgan
yorug'likdan Sheralining ko'zi qamashdi. S. Karomatov, Oltin qum. Sohildagi traktor farasini
yoqib, unga qaratdi. S. Ahmad, Ufq.
FARAZ [a. u^ji — taxmin; majburiyat, burch] Biror narsa yoki masala yuzasidan oldindan,
taxminan chiqarilgan xukm, xu-losa; taxmin, taxminiy mulohaza. - Fanuchun tajriba va faraz,
qiyos va taxlil juda zarur, — dedi professor. A. Rahmonov, Hur-mat-ehtirom. Olim ilmiy
farazlar oldida qul bo'lib qolmasligi kerak. J. Abdullaxo-nov, Oriyat.
Faraz qilmoq (yoki etmoq) 1) taxmin, gumon qilmoq. Yo'lchi uning tog'asshshng qizi ekanini faraz
qildi. Oybek, Tanlangan asarlar. Ular qizni yigit deb faraz qili-shibdi. «Ertaklar»; 2)
..deb hisoblamoq, bil-moq. Elmurod bugungi mashqni takrorlash uchun pulemyotga yotar ekan,
general shoshilmaslik-ni ta'kidladi: -Bizni bu yerda yo'q, deb fa-raz qiling. Shuhrat, Shinelli
yillar. Fa-raz qiling, bu yerda yashar oshiq yigit — xayoli osmon. «Yoshlik».
FARAZAN \a. Leji — taxminan, faraz tarzida] rvsh. kt. Farazga asoslanib, faraz kdlib;
taxminan. Farazan, chigitlar kirsaydi tshka, Derdilar: -Shohidmiz garchi ming yilga, Sira
topmagandik shuncha e'tibor! M. Shayx-zoda, Chorak asr devoni. Timsohning umridir faqat uch
ming yil, Uch nafas yashaydi farazan pashsha. Shukrullo, Javoxirlar sandig'i.
FARAZIY \a. ^_>j - taxminiy, faraz-ga asoslangan] kt. Farazga asoslangan, tax-miniy;
xayoliy. O'zbekistonning kelajagi bu — faraziy bir narsa emas. Faqatgina orzu emas, real
haqiqatdir. Gazetadan.
FARAZIYA \a. AiJ* jj - gipoteza, taxmin] ayn. faraz, gipoteza.
FARANG [f. J^ji - yevropalik, Yevro-paga, Frantsiyaga aloqador] esk. 1 ayn. fran-suz. Farang
tiliga ham usta deb eshita-man. K. Yashin, Hamza. Kim farangu, kim habash, Irq talash, imon
talash. E. Vohi-dov, Muhabbatnoma.
2 Yevropalik, Yevropadan kelgan. U [G'u-lomjon] komitet a'zolari bilan maslahat-lashib,
xuftondan keyin yonida to'rtta fa-rang yigit bilan usta Bahromnikiga keldi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o.
2 s.t. Frantsiyada, Yevropada tayyorlan-gan; Frantsiyadan, Yevropadan keltirilgan. -Kampirning
dardi g'o'zada degandek, siz ko-siblarning dardingiz mum, charm, farang un¬do, — dedi kulib
aka Navro'z. M. Osim, El-chilar. Miltiq bossa, qistab chiqar farang o'q, O'zingizdan har vaqt
mening ko'nglim to'q. «Hasanxon».
327 v.;^.
Farang miltiq (yoki to'pponcha) esk. Pi-likli miltiqdan farkdanaditan, patron bilan
o'kdanadigan miltiq. Yelkasida farang miltiq taqqan Haydar mergan qo'lida bur-gut qo'ndirib
bormoqda edi. M. Jo'raboev, M. B. martabasi. Kumush qubbalik qadalgan serbar kamarida..
Xudoyorxon tuhfa qilgan farang to'pponcha osilib turardi. Mirmuh-sin, Qahramonnoma. Farang
ro'mol Ipak ro'-molning yupqa, yengil va tovlanib turadi-gan bir turi. Mayna boshiga tashlab
olgan harir farang ro'molining ikki uchini tutib, ochiq derazadan Habiba xonimni ko'rdi. SH.
Toshmatov, Erk qushi.
3 ko'chma Har bir ish qo'lidan keladigan; mohir, usta. Ustozi — garang, shogirdi — farang.
Maqol. mm Ax^shyamiz [xotinim] ham uchchiga chiqqan chevar, xudoga shukur. Ojiza-miz xam do'ppi
tikishga farang bo'lib chiqdi. Cho'lpon, Kecha va kunduz. -Ha, Azizjon.. o'zing xam farang jarroh
bo'psan-da, — deydi Ko-mil aka. S. Azimov, Oppoqtong qo'shig'i.
Ustasi farang 1) o'z ishining mohiri, ustasi. Sobirboy, mulla Jumaniyozni yaxshi bilaman, u
ustasi farang yigip'shrdan, uni aldab bo'pti. J. Sharipov, Xorazm. Divi-zionda Sharipovni
«ustasi farang» mo'l-jalchi, mergan to'pchi deyishadi-ya. T. Rusta-mov, Mangu jasorat; 2) ko'chma
salb. yulduz-ni benarvon uradigan, olg'ir. U oyga chovut soladigan ustasi faranglardan.
«Mushtum». -Saidov, judayam ustasi farang bo'libsan-a! — deb kulishdi Ibrohimga. T. Rustamov,
Mangu jasorat.
FARANGI(Y) \f. _>i - Frantsiya, Yevropaga oid] Frantsiyada (yoki Yevropada) ishlab chiqarilgan,
tayyorlangan yoki o'sha hududga mansub (maqsulot). Farangi soat. Farangi tovuq. Farangi ip. mm
Xurjun ortilgan eshakni qishloqma-qishloq oldiga solib borib: «Farangi ip, iroqi sovun, oq
saqich, qora saqich!» deb qichqiradigan attor xam bedarak yo'qoldi. P. Tursun, O'qituvchi.
Bundan rosa o'n yil burun mana shu bolo-xonadagi qaznoqda tuxum bosib yotgan farangi tovuq,
birdaniga qoqolab, tom orqasiga — Sobirjon qorining bog'iga uchib tushdi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chirokdari.
FARANGISTON \f. pi--¦<•¦>] (F -katta) esk. Frantsiya, Yevropa.
FARAH [a. ?jj - shodlik, xursandlik; shodiyona, quvnokdik| poet. Shodlik, xur¬sandlik
tuyg'ulari; vaqtichog'lik, sevinch. Do'stlik bu — muhabbat yanglig' farahkim, Bilgay u na hadni
va na dovonni. A. Oripov, Yillar armoni. Shu Vatanga farzandman, ona! Qalbim cheksiz farahga
to'lur. M. Achi, Boqiy dunyo.
FARAHBAXSH \a. + f. J^CJi - farah, shodlik, quvonch bag'ishlovchi] kt. Shodlik, quvonch baxsh
etadigan, ko'ngil ochadigan; yoqimli. Dunyoda hamma ohanglar orasida eng yoqimli, farahbaxsh
ohang — ona allasi ta-ralyapti. Gazetadan. Ko'klam endi boshlangan, bizning tomorqamizdagi
o'rik daraxtlari gullab, o'z chechaklari bilan bog'chaga farahbaxsh tus bergandilar. S. Ayniy,
Esdaliklar.
FARAXLI aim. farahbaxsh. Faraxli tong. mm Ko'p farax^i bo'lar edi yog'in ertasi, Qulf urardi
lola — tog'ning so'lim erkasi. X. Saloh. Ona-Yer! Naqador farahli dunyo, Mo-viy ufqlarda o'ynar
ko'zlarim. J. Jabborov, Quyosh yurti. Nazarning hayotida bunday be-zavol, faraxli kechapar juda
kam bo'lardi. E. Usmonov, Yolqin.
FARAHLIK 1 kt. Farah, quvonchga to'-lalik, dilrabolik. Muhabbatli, totimli bo'ldi turmush,
Kelib shodlik, farahlik, ket-di tashvish. Habibiy, Devon.
FARAHMAND \a. + f. l!^> - shod, quv-noq, xushhol| ayn. farahnok. Kelib jilmay-di Xisrav,
bo'ldi xursand, Bugun maqsadga yetkandek, farahmand. Habibiy, Devon.
FARAHNOK \a. + f. ^L^^ii - quvnoq, xushchaqchaq| esk. kt. Dilxush, xushhol, xur-sand. Farahnok
bo'lmoq. Farahnok qilmoq.
FARD \a. Jjj — bir, bitta, yakka, yolg'iz] esk. kt. 1 Yakka, yolg'iz, tanho. Uzi shamsiz turib,
ota-onaga chiroq yoqishni aslo tasav-vur qilolmas. ya'ni istiqbol Anvarning fard hayotida yolg'iz
muhabbat edi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
2 ad. Sharq mumtoz she'riyatida bir bayt (ikki misra)dangina iborat bo'lgan kichik, mustaqil
she'r. Lutfiy devonidagi bitil-gan fardlardan 450 dan ortig'i bizgacha yetib kelgan. «Fan va
turmush».
FARYOD [f. jL^i — baqiriq, hayqiriq, dod-voy, nola) Nihoyatda xafalik, ruhiy azob, alam
kabilar ta'sirida o'zini tu-tolmay o'kirib yig'lash, dod solib yiglash, dodlash. Faryod qilmoq
(etmoq, aylamoq). mm Bu nihoyasiz dardning faryodiga o'xshar, bu faryodda tirik jonning chidab
bo'lmaydigan
328
achchiq azobi eshitilar edi. A. Muxtor, Asar-lar. Farzandin qabrida ona jigarxun, Uning
faryodidan dunyo g'amxona. A. Oripov, Yillar armoni.
FARZ [a. ^ji — farmoyish, amr, ko'r-satma] din. 1 Shariatda barcha musulmonlar uchun bajarilishi
majburiy bo'lgan diniy amallar. Haj islomiy farzlarning beshin-chisi va so'nggisidir.
Gazetadan. ..musulmonlar uchun xudoning aytgani farz bo'lib, unga shak keltirish, undan
zorlanishning o'zi ham gunoh hisoblanadi. «UTA».
Farzi ayn din. Barcha musulmonlar bi-lishi, bajarishi shart bo'lgan asosiy qoi-dalar hamda
shunday qoidalar yozilgan to'p-lam. Butun umrida peshonasi sajda ko'rma-ganlar ham ko'p, ammo
farzi aynning bosh tomonidan to'rt-besh jumlani har kim qiynalmasdan sayray olar edi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Rais afandi mulozimlariga darra ko'tartirib, namozsizlarni tekshirar,
farzi aynni bilmaganlarni urdirar edi. A. Krdiriy, O'tgan kunlar.
2 Bajarilishi zarur bo'lgan axloqiy-ma'naviy vazifa, burch. Yoshning hurmati — qarz, qarishng
xurmati —farz. Maqol. Qarz, qarzni berish farz. Maqol. mm Keksalardan ko'ngil so'rab turish,
kezi bilan ko'.mak berish yoshlarga farzu qarz. Gazetadan.
FARZAND \f. — bola, o'g'il-qiz;
nasl] Bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola; o'g'il yoki qiz (ota-onaga nisbatan); bola.
Farzand aziz, odobi undan aziz. Maqol. Dav-latning boshi — farzand. Maqol. Ota-onang
— davlating, Farzandlaring — savlating. Maqol. ttsh Farzand — bu kelajak, farzand
— o'tgan ajdodlarni kelajak avlodlar bi-lan abadiy bog'laydigan halqa. K. Yashin, Hamza.
Asrorqul farzand ko'rdi.. bolaning otini Yodgor qo'ydi. A. Qaqhor, Asror bobo.
2 kt. ko'chma O'z Vatani yoki xalqiga man-faat keltiradigan, unga astoydil xizmat qiladigan
kishi; vatanparvar, elsevar. Va-tanning sodiq farzandlari. Millat far-zandi. ttsh Mustaqil
davlat farzandi ekan-ligimdan boshim osmonga yetdi. Gazetadan.
3 ko'chma Biror jamoa, ijtimoiy-siyo-siy, g'oyaviy guruh, harakat yoki hududga man-sub, unga
aloqador shaxs. Musulmon farzan-di. ttsh -Musulmon farzandisiz, dilingizdagi
vasvasanihaydang. K. Yashin, Hamza. Qaylar-dadir fisqu fasod, hasad, xusumat Insoni¬yat
farzandlarin tortmoqda dorga. A. Ori-pov, Iillar armoni.
4 ko'chma Biror ma'naviy, ruhiy faoli-yat mahsuli. She'r — ilhom farzandi. Aql — ehtiyoj
farzandi.
FARZANDLI Farzandi bor, farzand ko'rgan; bolali. Farzandli ayol. shsh Farzand-li uy doim bo'lar
lolazor.. «Erali va She-rali». Dugonamning o'g'li bir qiz bilan se-vishib, turmush qurdilar,
farzandli bo'ldi-lar. Gazetadan.
FARZANDLIK Farzand maqomida bo'-lish, farzandning burch va majburiyat-larini ado etish; biror
kimsaga farzanl bo'lish. Farzandlik burchi. Farzandlik salo-mi. ttsh Biz farzandlik burchin
o'ylab, tan-ladik a'mol. A. Sher, Qadimgi kuy.
Farzandlik qilmoq Kimsaga o'g'il yoki qizlik burchini ado etmoq. Farzandlikka bermoq O'z
bolasini (o'g'il yoki qizinn) birovga butunlay farzand qilib, uning tarbiyasiga topshirmoq.
\Shoqosim\ Xo'ja-yinlar toifasida insof yo'qligidan.. biroe-ga farzandlikka bergan o'g'lini
ko'rib kelish-ga ham vakt topolmaganidan, umuman. yarash ko'ngilning dodidan bir-bir bahs ochdi.
Oybek. Tanlangan asarlar. Farzandlikka olchok (yoki qabul qilmoq) Birovning bolasnni o'ziga
butunlay farzand (o'g'il yoki qiz» qilib, o'z tarbiyasiga qabul qilmoq. Yomon-likni yig'ishtirib
qo'ydi-da, Farzandlikka qabul kildi mexmonni. «Yusuf va Ahmad».
FARZANDSIZ Farzandi yo'q; befar-zand, bolasiz. Ikkovi ham katta bo'lOi Boysari — boy,
Boybo'ri shoh edi. Ikkovi ham farzandsiz bo'ldi. «Alpomish». Erining farzandsiz beva ammasi
uni \Munisni\ juOa sovuq kutib oldi. S. Ahmad, Xotin.
FARZANDSIZLIK Bolasi yo'qlik. farzandga zorlik, muhtojlik. Yo'ldosh sa-movarchi G'ozibek
kelgach, unga farzandsiz-lik dog'i, yolg'izqo'llikning azobidan xo'b xas-rat qildi. N. Yusufiy,
Hayot so'qmoqlaryua
FARZANDTALAB [farzand + talab| Farzand ko'rishni, bolali bo'lishni is-tovchi; bolaga muhtoj
bo'lgan. Siz tug'mas ekansiz, baxtingiz bog'langan, farzanOts-lablar mening duom bilan to'qqiz
oy degan-da farzand ko'radilar. K. Yashin. Hamza.
FARZIN \f. CHJJ* ~ qirolicha. ferz`^ Shaxmat o'yinida eng kuchli dona. cxnov Farzinni yurmoq.
ttsh Azimov qora fartshsht
329 yir^>.
qo'lida bir oz ushlab turib, taqillatib bosdi-da, «Shax!» dedi. I. Rahim, Chin mu-habbat.
FARZONA [f. *.LIJ_>J — dono, aqlli, olim, bilimli] poet. Ko'p narsadan xabar-dor; oqil,
donishmand, ziyrak. Odam ahlin qadrini farzona bir odam bilur. Habibiy, Devon. Habibii,
o'yla, g'ofil — g'ofilu, far-zona — farzona. Habibiy, Devon. Yayratar qirq kokilin, farzona
qizlar xushqiliq. A. Oripov, Hayrat.
FARINGIT \yun. pharynx, pharyngos — halqum] tib. Halqum shilliq pardasining yallig'lanishi.
FARISHTA \ f. amrini bajaruvchi g'ayritabiiy mav-judot; malak (farishtalar son-sanoqsiz bo'lib, har biri
ma'lum vazifani bajaradi). Ba'zi rivoyatlarga qaraganda, farishtalar jannatdagi kavsar
suvidan.. qumg'onlari-mizga quyib ketar emish. M. Muhammadjo-nov, Turmush urinishlari.
Farishta, malo-yiklar — nurdan, siz bilan biz loydan yara-tilgan. «Malikai ayyor».
2 ko'chma Yaxshi xulq-atvorga ega bo'lgan va go'zal (ko'pincha ayollar haqida). Buxotin to'g'risida
mulla Norqo'zi shunday fikrda: agar farishta ilgari o'tgan bo'lsa — shuning onasi, endi tug'ilsa
— shuning bolasi bo'ladi, agar hozir yer yuzida bo'lsa — shu xotinning o'zi. A. Qahhor, Asarlar.
Vo ajabo! Bu kim bo'ldi? Cho'rimi yoki bir ofatijon farish-tami? Hamza, Boy ila xizmatchi.
3 ko'chma Fayz, ziynat. Ayolning sarishta-si — ro'zg'orning farishtasi. Maqol. mm Ha, ota — ko'cha
kishisi, ona uy farishtasi bo'-lar ekan. L. Tojieva, Mehrim sizga, odam-lar.
4 ko'chma Pokiza, musaffo; begunoh. Ajo-yib odamsan-da, do'stim, ajoyibsan, farish-tasan.
Shukrullo, Saylanma. Shu kungacha Ravshan o'zini halolman deb farishta sanab yurdi. «Yoshlik».
Farishtasi bor Jozibali, fayzli. Eson Davlat begim suratni qo'lga oldi va Navoiy tasviriga
beixtiyor qiziqib: -Yuzlarida fa-rishtalari bor zot ekanlar, — deb qo'ydi. P. Qodirov, Yulduzli
tunlar. Farishtasi yo'q O'ziga jalb qiladigan fazilati, ko'rki yo'q; xosiyatsiz. Farishtasi yo'q
uy. sht Kuyovning yuzida farishtasi yo'q, Hojarxon, farishtasi yo'q. Ko'ngilga xush kelmagan nikoh
xudoga xush kelmaydi! A. Qaxdor, Tobutdan tovush. Iblis ustozlaringning farishtasi yo'q
kitoblarini yondirib, kullarini ko'kka so-vurdim. K. Yashin, Hamza. Farishtasi qochmoq Fayzsiz,
ko'rimsiz bo'lib qolmoq; qut-barakasi yo'qolmoq. Lekin yolg'izlik battar ezdi. Uydan farishta
qochgan, tabassum o'ch-gan edi. A. Muxtor. Asarlar. Beshvaqt namoz-ni kanda qilma! Bo'lmasa,
uyingdan farish-talar qochadi. Hamza, Boy ila xizmatchi. Supurilmagan hovlidan farishta
qochadi. N. Aminov, Qahqaha.
FARISHTALI 1 Fayzli; serbaraka. Sa-rishtali uy — farishtali uy. Maqol.
2 ko'chma Yoqimli, jozibali; halol, po-kiza. Bay-bay-bay, bu Utar bobo bag'oyat farishtali odam
ekanlar. S. Siyoev, Yorug'lik. Farishtali odam, deb shunaqalarni aytsa kerak-da, d.^Shuhrat,
Jannat qidirganlar.
FARISHTASIZ Kishini o'ziga tort-maydigan; ko'rksiz, yoqimsiz; fayzi yo'q. Fa-rishtasiz odam.
Farishtasiz hovli.
FARMAKOGNOZIYA \yun. pharmakon -dori + gnosis — bilish, o'rganish| Farma-siyaning o'simli`spar va
hayvonlardan oli-nadigan dorivor mahsulotlar va ularni dastlabki qayta ishlashdan hosil
bo'ladi-gan moddalarni o'rganuvchi bo'limi.
FARMAKOLOG tib. Farmakologiya mu-taxassisi; dorishunos. Xizmat qiluvchi far-makologlar
mijozlarga «yaxshi dorixona»dan qanday foydalanish to'g'risida maslahat berishadi. «Fan va
turmush».
FARMAKOLOGIK Farmakologiyaga oid.
FARMAKOLOGIYA [yun. pharmakon - do-ri + logos — bilim, tushuncha] Dori-darmon maxsulotlarining
organizmga ta'sirini va dorilarni qo'llashning usul va tamoyil-larini o'rganadigan va
belgilaydigan fan; dorishunoslik. Kimyodagi bu alkaloidshu-noslik tibbiyot, farmakologiya
sohalarining rivojlanishiga yordam beruvchi yangi fan bo'-lib qoldi. Gazetadan.
FARMAKOTERAPIYA \yun. pharmakon -dori + terapiya] Kasalliklarni dori-darmon bilan davolash.
FARMATSEVT \ yun. pharmakentes - dori tayyorlovchi) Farmatsevtika, dorishunoslik bo'yicha oliy
(provizor) yoki o'rta (provi-zor yordamchisi) ma'lumotga ega bo'lgan dorixona xodimi;
farmatsevtika mutaxassi-si; dorishunos. Dorixonaga kirdim, far-matsevt qiz bilan tanishdim,
ismi Malika ekan. H. G'ulom, Zamin yulduzlari. Shifokor va farmatsevtga eng aziz narsa..
kishilarning hayoti, sog'ligi ishonib topshirilgan. Gaze-tadan.
FARMATSEVTIKA \yun. pharmakon - do-ri] ayn. farmatsiya. Qolaversa, ilon zahari farmatsevtikada
qimmatbaho xomashyo ekani ham yaxshi ma'gum. «Fan vaturmush». Chakanda mevasidan farmatsevtika
sanoatida moy olinadi. Gazetadan.
FARMATSIYA [yun. pharmakeia < phar¬makon — dori, dori-darmon| Yangi dori-darmonlar qidirib
topish, ularni qayta ishlash, tayyorlash, saqlash va bemorlarga tavsiya qilish bo'yicha ilmiy va
amaliy bi-limlar sohasi; dorishunoslik.
FARMOYISH [f. J^Lbji - buyruq, buyruq berish; buyurtma] kt. Biror chora-tadbir yoki ishning
bajarilishi haqida beriladigan buyruq, topshiriq, ko'rsatma. Farmoyish bermoq. Farmoyish olmoq.
mm Amirzodam, har bir daqiqa g'animat. Xos navkarlaringiz otlangan. Hammasi farmo-
yishingizga muntazir. P. Krdirov, Yulduzli tunlar. Nazar traktorchiga yangi farmoyish berdi-da,
ruhsiz bir ahvolda mashinaga o'tirdi. E. Usmonov, Yolqin.
FARMON [f. tjU,jj — amr, xukm; ko'r-satma; qat'iy qaror] 1 Biror ishning ba-jarilishi xaqida
beriladigan buyruq, xukm, topshiriq; amr. Farmon bermoq. Far-mon chiqarmoq. Borniki — farmon
bilan, Yo'qniki — armon bilan. Maqol. tsh Ufarmon kutib, xonga yuzlandi. S. Siyoev, Yorug'lik.
O'lmas maston qirqin qiziga farmon qildi. «Malikai ayyor».
Farmoni oliy Podshoh yoki xon tomoni-dan berilgan farmon. Saroy vaziri noiloj bosh egib,
farmoni oliy hozirlagani chiqib ketdi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
2 Hokimiyat oliy organi yoki davlat boshlig'ining qonun kuchiga ega bo'lgan buyrug'i, farmoyishi.
O'zbekiston Respub-likasi Prezidentining farmoni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
farmoni.
FARMONACHI map. Podshoh, xon yoki amirning farmonini xalqqa ma'lum qi-luvchi mansabdor. -
Farmonachi ot chopib, qainatamiz Islomxo'ja hazrat hovlisiga kelib, marhumning bola-
chaqalarini ogoh et-di, — deydi xon. Mirmuhsin, Cho'ri.
FARMONBARDOR [farmon + JJ^, -itoat qiluvchi, bo'ysunuvchi] 1 Buyurilgan ishni bosh tovlamay
bekam-ko'st bajara-digan, birovga so'zsiz quloq soladigan; itoatkor. Kelin itoatkor,
farmonbardor bo'ladi. S. Karomatov, Oltin qum. Farmon-bardorlar Ravshanni sudrab, Samarqand
dar-voza tomon yurishdi. S. Karomatov, Bir tom-chi qon.
2 Hamisha xizmatga tayyor, iltifotli. Ammo og'asi buyurgan ishni... ado qiluvchi bir
farmonbardor yigit. A. Qodiriy, Obid ketmon. O'zingiz bilasiz, men bir farmon-bardorman,
siz har nima amr qilsangiz, shu-ni qilaman. «Go'rug'lining tug'ilishi».
3 salb. Xushomadgo'y, laganbardor. Direk-tor va uning farmonbardorlari bularning birini
«yo'sh», birini «no'noq».. deb ishdan bo'shatdilar. Gazetadan.
FARMONNOMA |farmon + noma] kam qo'll. Yozma ravishda berilgan farmon, yozma buyruq.
«Farmonovdan taklifnoma chiqmay-di, farmonnoma chiqadi..» — deb ko'nglidan o'tkazdi usta.
Mirmuhsin, Sozanda.
FARMONOMUZ |farmon + f. j^.f -kabi, o'xshagan] Buyruq ohangida, buyruqqa o'xshagan. Ellikboshi
yana o'shqirib, farmono-muz gaplar ayta boshladi. Mirmuhsin, Cho'ri.
FARMUDA \f. ujj^ji - buyurilgan] Buyu-rilgan, buyurtma; qo'shaloq somsa. Farmu-da somsa. tsh
Jigaru buyrak, dumba yog'dan tayyorlangan, qo'shaloq farmuda somsalar. «Yoshlik».
FAROVON \f. ji - mo'l, juda ko'p, ortiq, ziyoda] 1 Har jihatdan to'la-to'kis ta'minlangan,
hamma narsasi mo'l-ko'l; to'q. Farovon hayot. mm Yaxshi ishlasak, o'z tur-mushimiz farovon, yurt
obod bo'ladi. Oybek, O.v. shabadalar. Ayol bor joyda mehnat mazmunli, farzandlar baxtiyor.
Oila faro-von va ahil. «Saodat».
2 Ko'p miqtsorda mavjud bo'ladigan; mo'l-ko'l, serob. U tomonlarning \qishloqning\ birinchi va
farovon mevasi uzum edi. S. Ay-niy, Esdaliklar. Bu sirni ko'rib, ja [juda] bo'ldim hayron,
Hay desam, kelurmi so'zlar fa-rovon. «Murodxon».
3 ko'chma Obod, yashnagan, baxtiyor. Faro-von hayot bu — go'zal turmush, osuda, serfayz hayot
demakdir. Gazetadan. Farovon qishloq¬
331
lar, obod shaharlar, Hyp bilan balqigan op-poq saharlar. J. Jabborov, Tog'lar sadosi.
FAROVONLIK To'kin-sochinlik, mo'l-ko'lchilik; serfayz holat. Yaxshilik va faro-vonlik ildizi ilm
bilan rivojlanadi. Ga-zetadan. Halol va samarali mehnat bor joy-da farovonlik ham barq
urib rivojlanadi. «Fan va turmush».
FAROIZ, faroyiz \a. ^l^!ji — hisob, o'lchov] map. 1 Yerning hajmini o'lchash bilan shug'ullanuvchi,
hisob-kitoblarga oid soha (fan). Rost, ilm, riyoziyot va falakiyotdin ta'lim beradurganlar
yo'q, ammo mantiq, falsafa, faroiz [yero'lchov] ilmi ravnaq topgan. M. Osim, Karvon yo'llarida.
Domla-ning aytishiga ko'ra, biz kuzdan boshlab faroiz [hisob] va xarita o'qishimiz kerak edi.
A. Qahxrr, «O'TA».
2 Fiqh ilmida: bajarilishi shart bo'lgan amallar haqidagi bo'lim, jumladan, shariatning merosni
taqsim qilish haqi-dagi qoidalariga oid bilimlar.
FAROMUSH [f. ^ij-oljj - unutish; unu-tilgan] Parishonxotir, xayolchan, xayoli qoch-gan holatda,
o'zini unutgan holda. Onasi-ning savoliga javoban Sevargul faromush bosh irg'ab, noxush
chimirilibqo'ydi.. N. Qili-chev, Chig'iriq. Asror derazadan tashqariga faromush, kayfiyatsiz
qaradi: haliyam qor yog'yapti. «Sharq yulduzi».
Faromush bo'lmoq esk. kt. Xayoldan ko'ta-rilmok, esdan chiqmoq, unutilmoq. -Qaysi gap? — dedi
xon chimirilib, — nechukdir, xotirimdan faromush bo'libdur. S. Siyoev, Avaz. Faromush qilmoq
(yoki aylamoq) Unut-moq, esdan chiqarmoq. -Hay mullo Solih, yana bir gapni faromush qilibman!
— dedi hazra-ti mudarris. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Nogoh ul naxjiaeoHHum hovlisiga
borur yo'l-ni faromush qilganimni sezdim. «Sharq yul-duzi». Faromush aylamas bir nafas xalqing,
Magar yuraklarda qo'yolsang haykal. A. Ori-pov, Yillar armoni.
FAROMUSHLIK Parishonxotirlikho-lati. Hamma narsadan xabardor bo'lib yuradi-gan komendantning
faromushligi o'ziga ta'-sir qildi. «Yoshlik».
FAROMUSHXOTIR [faromush + xotir] esk. kt. Biror narsani tez unutib yubora-digan;
parishonxotir. Faromushxotir odam. Faromushxotir bo'lmoq.
FAROSAT [a. c^J_>j — samimiyat, ziyrak-lik; zakovat, o'tkir aql] Kishidagi tez va to'g'ri
fahmlay olish qobiliyati, sezgisi; fahm; zakovat; did. Farosatni befarosat-dan o'rgan. Maqol.
Til - aqlning qilichi, farosat — g'ilofi. Maqol. Atirgullar hovlilarga fayz kiritgan — bu
esa hovli egasining didu farosatini ko'rsatib tu-rardi. Mirmuhsin, Umid. Bolani tarbiya-
lashga farosati yetmagan kishigina uning ustidan shikoyat qiladi. R. Usmonov, Odob-noma.
FAROSATLI Fahmli, ak^gli, didli. Farosatli odam. sht O'zi juda farosatli, dono, dostonchi
chol. M. Osim, Karvon yo'l-larida. Bahrombek oilada ko'proq otasiga tortgan, xayolchan, kamgap,
ishni pishiq qi-ladigan, farosatli o'g'il edi. «Yoshlik».
FAROSATSIZ Aql bilan ish tutmay-digan; fahmsiz, didsiz; pala-partish. Fa-rosatsiz bola.
Farosatsiz — falokatga yo'liqar. Maqol. shsh Farosatsiz, didsiz, nodonda ko'z doimo ko'r, oyoq
sholdir. Nurbek, Umid yo'li.
FAROG' \a. js — tugash, yakun; bo'sh vaqt, ishdan xoli vaqt] kam qo'll. kt. ayn. faro-g'at. Oshifta
Habibiyni o'z holiga qo'ymay-dir, Na bir dam olur orom, na lahza farog' istar. Xabibiy.
FAROG'AT \a. jj - dam olish, bo'sh vaqt, tinchlik, osoyishtalik, osudalik, ro-\at] 1 Kishi orom
oladigan hol, sharoit; osoyishtalik, tinchlik; rohat. Farog'atda yashamoq. Farog'at qilmoq. Uyda
rohati yo'q-ning ko'chada farog'ati yo'q. Maqol. mm Chol-kampir bunday farog'atga qanday yetishdi?
Halol mehnat, halol lafz tufayli erishdi. «Mushtum». Hancha farog'at, qancha tarovat, qancha
latofat va qancha ma'no bor edi bu ko'z qarashlarda. F. Musajonov, Himmat.
2 Farog'at (xotin-qizlar ismi).
FAROG'ATLI Xotirjamlik, osoyishta-lik baxsh etuvchi, xuzur-halovatli. Farog'at-li turmush. tsh
Tog' bulog'i. Yoniga cho'kkala-sang, bir hovuch shaffof suvidan simirsang, so'ngra osuda,
farog'atli laxzalar og'ushida tin olsang. F. Musajonov, Himmat. Ukechagi fa-rog'atli damlarini
yana esladi-yu, ko'ngli ko'-tarildi. O'. X°shimov, Qalbingga quloqsol.
FAROG'ATSIZ Huzur-halovatsiz, tinch-ligi, osudaligi buzilgan. Farog'atsiz kun-lar.
FARROSH \a. Ju\~ji — xizmatkor; malay; yig'ishtiruvchi; qorovul] 1 map. Ko'cha-ko'y, hovli va
bog'larga suv sepib, supurib-si-dirib yuruvchi xizmatkor; qorovul. O'nlab farroshlar hafsala
bilan yer supurgan, mesh-kobchilar etaklarini belboqqa qistirib, suv sepgan. S. Siyoev, Avaz.
Eshikda qari farrosh Hoji Solih paydo bo'ldi. U darvish-namo, kamtarin, xayolchan kishi edi.
Oybek, Navoiy.
2 Idora yoki muassasalarda xonalarni supurib-sidiruvchi xodim. Farroshlarimiz yetarli, har
kuni peshtaxtalar tozalanib, x,yur bilan yuviladi. Gazetadan. Ikki yildan keyin bozorning
farroshi unga odam qo'ydi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
FARROSHLIK Farrosh, supurib-si-diruvchi kasbi. Jasura darsgacha bir joyda farroshlik qilar
ekan. E. A'zamov, Javob. Mehnat faoliyatini shu yerda farroshlikdan boshlagan edi. M.
Muhamedov, Qilni qirq yorib.
FARSANG |0. L;,,,jj] esk. kt. Eskicha hisobda bir tosh; sakkiz chaqirim, yangicha xisobda
taxminan 6 kilometrga teng bo'lgan uzunlik (masofa) o'lchovi. Husayn Boyqaro lashkari Mirzo
Yodgorning yigitlarini bir necha farsang masofagacha quvib, asirlar bi-lan qaytdilar. Oybek,
Navoiy. Vohaning uzunligi nari borsa — uch-to'rt farsang, kengligi, ko'p bo'lsa, bir farsang
kelar. O. Yoqubov, Ko'hna dunyo.
FARSAX \a. ?-^_>i] ayn. farsang. Qish-loqdan chiqib, biror firsax yo'l bosilgach, oftob
qizdirib, lohas qildi. M. M. Do'st, Lolazor. Jahonda Furqat kabi tentima-dim bemurod, Vatan
tuprog'in ammo kezdim farsax va farsax. A. Oripov, Hayrat.
FARTUK [nem. Vortuch — biror narsa oldidagi bir parcha mato! 1 Odatda kiyimni iflos
qilmaslik uchun uning ustidan ki-yiladigan yoki ish paytida belga bog'lab olinadigan ish
kiyimi; peshband. Boshida mog'or bosgan eski do'ppi, oldida shakar qop-dan tikilgan fartuk. M.
Ismoiliy, Far-g'ona t. o. To'rdagi stol yonida xat yozibo'tir-gan oq fartukli xushro'ygina qiz
daftardan boshini ko'tarib: -Keling, xizmat? — deb so'radi. H. G'ulom, Binafsha atri.
2 O'quvchi qizlarning rasmiy maktab kiyimi ustidan kiyiladigan oq yoki qora rangdagi yengil
kiyimi. Havorang shtapel` ko'ylak ustidan oq fartuk kiygan bir jaj-ji qiz oltinchi «V»
sinfining qo'shtabaqa.. eshigi oldida bir oz alanglab turdi. M. Is-moiliy, Bizning roman.
3 s. t. ayn. etak 2. Izzatulla o'rnidan turib, bir fartuk paxta ko'tarib kelayot-gan Shoira
ismli kotiba qizga peshvoz chiq-di. N. Aminov, Kahqaha.
FARFOR [f. jj-i-i-s — chinni buyumlar] Oq loyning eng a'lo navidan turli ara-lashmalar qo'shib,
sun'iy tayyorlanadigan mineral massa va undan yasaladigan chinni buyumlar. Farfordan yasalgan
vaza. Farfor idishlar.
FARSH [a. (jijj — uy jihozlari: gilam, palos, bo'yra]: farsh qilmoq esk. kt. Hovli, yo'lka va
sh.k. ga tosh yoki g'isht yotqizmoq. Pishiq g'isht bilan farsh qilingan hovli.
FARQ I [a. Jji — ajralish, uzoklashish; ayriliq, judolik] Narsalar orasidagi no-muvofik^tik,
noo'xshashlik; ayirma, tafo-vut. So'zdan so'zning farqi bor, o'ttiz ikki narxi bor. Maqol. mm
Marg'ilonlik kelin bilan sening bizga hech bir farqlaring yo'q, ikkovlaring ham bolamizning
qo'shog'i — bo-lamizsiz. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Xayol bilan hayot orasidagi farq qanchalik
kalta bo'lishini Bobur endi bildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Ilm bilan amal o'rtasida katta
farq bor. S. Zunnunova, Olov.
Farq qilmoq I) biror predmetni, vo-qea-hodisani uning o'ziga xos xususiyat-lariga ko'ra
boshqalaridan ajrata bilmoq, ular orasidagi tafovutni seza olmoq. Ay-niqsa.. Elmurod bu
holatni boshqalardan ko'ra ko'proq farq qildi. P. Tursun, O'qituv-chi; 2) o'zining biror
xususiyati bilan bosh-qalardan ajralib turmoq. Pismiq, telba farq qilar, Tinch oqqan eye g'arq
qilar. Maqol. mm Kuyganyorning tabiati boshqa joylardan farq qilar edi. S. Ahmad, Ufq. Masal
lirikadan o'zining voqeabandligi bi-lan farq qiladi. «O'TA». Farqiga bormoq ayn. farq
qilmoq. Choy navlarining farqiga bormoq. mm Aslida Ahmad yoqut nima, dur, brilliant,
marvarid nima. unchalik farqiga bormasdi. F. Musajonov, Himmat. Juvon bu gapni hazil aralash
aytdimi, chin aytdimi, Sidiqjon farqiga borolmadi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroklari.
FARQ II [a. jji] Sochning ikki tomonga tarashdan boshda xrsil bo'ladigan yo'l,
zzz g%^>^
chiziq. Farq ochmoq. Farqni qiyshiq ochmoq. shsh Kutlug' Nigor xonimning rangi xiyol o'ch-gan. Uning
peshonasidan yuqorida — sochining farq ochilgan joyida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini
ko'rdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Zulayho ikki kafti bilan sochlarining farqini ochib,
boshini ko'tardi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
FARKLAMOQ Biror narsani ikkin-chisidan ajrata bilmoq, farqiga bormoq. Kecha va kunduzni
barcha ko'zi ochiq odamlar farqlaydi. «Saodat».
FARKLANMOQ 1 Farqlamoq fl. majh. n. Yulduzlar bir-birlaridan o'zaro farqla-nadilar. sht
Yantoqlar bir-biridan tashqi ko'rinishi, barglari, tikanlarining uzunligi bilan farqlanadi.
«Fan va turmush».
2 ayn. farq qilmoq 2 (q. farq I).
FARKLI Biror belgi-xususiyati bilan boshqasidan ajralib turadigan, farkdana-digan, tafovut
qiladigan, farqi bor. Gar-chi bu ikki egachi-singil bir qorindan tala-shib tushgan bo'lsalar
ham, bir-birlaridan farqli edilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. [ Zag'chako'z]
Qamishkapaliklarni.. tahqir qi-lar va ularning shaharliklarnikidan ancha-yin farqli bo'lgan
sheva va tillarini mas-xaralar edi. P. Tursun, O'qituvchi.
FARKLOVCHI 1 Biror narsa va hodi-sani boshqasidan farqlashga, ajrata olish-ga xizmat qiluvchi.
Farqlovchi ma`no. Farq-lovchi belgi.
2 Farqiga boruvchi. Aqlli, dono kishilar, yaxshi-yomonni farqlovchilar.. insoniy fazi-
latlarlarni yaxshi biladilar. Gazetadan.
FARQSIZ Farqi yo'q, tafovutsiz. Farq-siz uylar. Bu mening uchun farqsiz. sht Ular xuddi
egizaklardek, chehralari bir-birlariga g'oyat o'xshar, gavdalari qariyb farqsiz, ko'rinishdan
yuvosh odamlar edi. Oybek, Quyosh qoraymas.
FARG'ONACHA 1 Farg'onaga, farg'ona-liklarga xos, Farg'onada bo'ladigan, Far-g'ona xududiga
daxldor. Farg'onacha ashula. Farg'onacha to'n.
2 O'zbek xalq kuylaridan birining nomi.
FAS I a. ^La Marokashdagi Fas shah-ri nomidan; ushbu bosh kiyim dastlab shu yerda tayyorlangan]
Ba'zi sharq mamlakat-larida kiyiladitan, popuk qadalgan kesik konus shaklidagi bosh kiyim;
hoji do'ppi. Vazir baxmal fas kiygan. «Sharq yulduzi».
Abdulvohid kichkina, cho'zinchoq boshidagi to-za, ko'rkam sallani qoziqqa ildi-da, eski ay-nigan
fasni — «hoji do'ppi»ni kiydi. Oy-bek, Hyp qidirib.
FASAD \fr. facade < ital. facciata — old] arxit. Uy, binoning old tomoni. Xaloyiq
gurullab, fasaddagi singari chiroqlar bilan yoritilgan foyega va undan uch eshik orqali zalga
kirdi. A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroklari.
FASIH [a. -~» — gapga chechan, so'zamol, notiq] Ravshan, ravon, aniq, yoqimli; ada-biy (nutq
haqida). Ammo ma'ruzangiz bisyor fasih yozilgan erkan, o'qub huzurlar qildim. A. Qodiriy,
Kichik asarlar. Tarjimalari original darajada fasih va mukammal. G'. Salomov, Tarjima
nazariyasiga kirish.
FASL \a. J —» — bo'lim, qism; yil vaq-ti, mavsum; bo'linish] 1 Bir yilni tashkil etadigan to'rt
mavsumning biri (qish, ba-hor, yoz, kuz). Toshkentda uch fasl yoz: Bahor — shoshgan ichki yoz. Yoz —
katta va asl yoz. Kuz — kechikkan kechki yoz. M. Shayxzoda, Toshkentnoma. Har faslning o'z
xislati bor. Har faslning — o'z fazilati.. Uyg'un. Har faslning o'z husn-latofati bor, degan
gap-ni yil fasllari to'g'risidagina emas, umr fasllari to'g'risida ham aytsa bo'lar ekan. A.
Qaxdor, Asarlar.
Uyg'onish fasli ko'chma Erta bahor. Ayon bir xislating bordir azaldan, Seni ata-mishlar uyg'onish
fasli. A. Oripov, Iillar armoni. Fasli bahor ko'chma Umrning ent yashnagan, kamolga yetgan
davri. Hojixonning fasli bahori ham, husnu malohati ham, kuchu quvvati ham tugalishga qarab
yuz tutdi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
2 esk. Asarning biror bobi, qismi. Ki-tob to'rt fasldan iborat. shsh Bu borishdan [Otabek]
biror ish chikara oldimi, yo'qmi, bu to'g'rida biz kelasi fasllarning birida o'rganarmiz. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Har o'ltirganda nahot bir hikoya yoki biron ro-manning bir faslini
bitirolmasam. A. Qah-hor, Sarob.
3 ko'chma Vaqt, muddat, davr. O't solasan qalbimga, ey gul, Sevgi fasl tanlamas ekan. J.
Jabborov, Tog'lar sadosi. Sevishmak go'-zal fasl, sevgi yoshlik muttasil. G'ayratiy.
Bir fasl Birpas, bir oz. Bir fasl jim bo'lgan mehmonxona ichida yana tapir-tupur, to'polon
boshlandi. S. Ayniy, Qullar. Ja¬noblari bir fasl o'tirib tursalar, hozir olib chiqaman.
«Oltin beshik».
FASOD [a. jUij — chirish, yiringlash; buzukdik, axloqsizlik] 1 Tirik organizm-ning
yallig'lanishi, chirishi tufayli vu-judga keladigan qo'lansa hidli sarg'ish-ko'kish quyuqroq suyuqlik;
yiring. Fasod bog'lagan yara. Yaraning fasodini chiqarmoq. sht Difterit kasalligi yuzaga
chiqqanda, tomoqda oq fasod paydo bo'ladi. N. Ismoi-lov, Kasallarni parvarish qilish. Fasodni
siqib chiqaraman, deb yarani gazak oldirib qo'ydim. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Fasod olmoq 1) fasod bog'lamoq, yi-ringlamoq. Yara fasod oldi; 2) ko'chma og'ir-lashmoq,
murakkablashmoq. Ish fasod oldi.
2 ko'chma Fitnalik bilan qilingan g'iy-bat, ig'vo. ..poytaxt osoyishtaligini buzgan ahli fitna
va fasod ham jazodan xoli qolmasligi lozim. Oybek, Navoiy. O'zarota-lashlar, fitnayu fasod
Mehnatni, savdoni, qo'shiqni ezdi. M. Shayxzoda, Toshkentnoma.
3 ko'chma Yaramas, chirkin. Turkistondan darhol qochish kabi fasod xayollarga bormay-lik. K.
Yashin, Hamza.
FASODLAMOQ 1 Gazak olib, fasod xrsil qilmoq, fasod bog'lamoq, yiringla-moq (yara haqida).
2 ko'chma Og'irlashmoq, chigallashmoq (ish, jinoyat haqida).
FASODCHI Buzg'unchi; g'iybatchi, bo'q-tonchi. Amir Temur ayni vaqtda qonunbu-zarlarni, o'g'ri va
qaroqchilarni shafqatsiz jazolatgan, fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni mamlakatidan
haydatgan. Gaze-tadan.
FASON \fr. facon] 1 Kiyim, poyabzal va sh.k. ning bichimi, tashqi ko'rinishi, shakli, modeli.
Yangi fasonda tikilgan tuf-li. tsh Mijoz fason tanlagandan keyin, un-dan o'lchovlar olinadi va
bir necha soatdan so'ng kiyim tayyor bo'ladi. «Fan va turmush».
2 s. t. Yangi bichim yoki modelda tikil-gan, ilgari ko'rilmagan nusxadagi. Fason ko'ylak. Fason
tufli. shsh U [G'oyibjon] yangilikni sevadi, yangi fasonni yoqtiradi. M. Jo'ra, Iztirob. Ko'shak
uchun yurgan kabi jahonda, O'ttiz ko'ylak bari turli fason-da. «Mushtum».
3 s. t. Bashang bo'lib yuradigan; olifta. Fason yigit. Fason bo'lmoq. tsh Bu Nazo fason bizga
tinchlik beradimi, yo'qmi? S.
Ahmad, Qadrdon dalalar. Ha, ana bu soat!.. Ertaga fason qilib, rayonga taqib boramiz.
Uyg'un, Asarlar.
FASONA \f. -uL^j — «afsona» s. ning boshqacha shakli| Afsona; x.ikoya, bayon. Chin oshiq ulki
ishqin elga fasona qilmas. E. Vo-hidov, Yoshlik devoni. Haqiqap'shrga aylan-di fasonam..
Habibiy, Devon.
FASOXAT \a. I .,,;> — gapga chechanlik, g'gatiqlik; nutqning to'g'riligi] 1 kt. Chi-royli va
yoqimli so'zlash qobiliyati, nutq-ning aniq va ravonligi. Fasohat bilan so'z-lamoq. tsh -Uning
\Zokirjonning\ nozik harakatlari, shoirona muomalalari, zako-vati, malohati, jozibali
fasohati meni o'ziga maftun qildi, — dedi Muqimiy. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy.
2 Lisoniy xususiyat, nozik qirralar. Rus tilining ham, o'zbek tilshing ham o'ziga xos
fasohati, juda nozik nafosati bor. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi.
3 Fasohat (xotin-qizlar ismi). FASOXATLI 1 Lisoniy jihatdan mu-
kammal, ravon, sodda. To'gri, uning g'azalla-ri fasohashli, fikrlari shiniq, nazmi o'z-
galarning nazmidan zeboroq. S. Siyoev, Yorug'-lik.
2 Ravon nutkdi, notiq. ..Nazm kechalari-ning sarvari bo'lgan fasohap'sh Feruz shoir o'tirardi
oltin taxtda!S Siyoev, Yorug'lik.
FATAL \lot. fatalis - muqarrar, takdir-da bor bo'lgan] Albatta yuz beradigan, bo'-lishi
muqarrar. Hozirda jahon bo'ylab fa-tal urush xavfi yo'q.
FATALIZM [lot. fatalis - muqarrar, peshonaga yozilgan; takdirda bo'lgan] Taq-dirga, peshonada
yozilganiga ishonishni, unga ko'nikishni targ'ib qilishdan iborat diniy dunyoqarash, e'tiqod.
FATALIST Fatalizmga berilgan, taq-dirga, peshonada yozilganiga ishonuvchi odam.
FATALISTIK 1 Fatalizmga oid; fata-lizmga asoslangan. Fatalistik qarashlar.
2 Albatta yuz beradigan, yuz berishi mu-qarrar bo'lgan, shak-shubhasiz. Fatalistik urush.
FATVO \a. ^^li / I jis — muftining huk-mi, qarori; tushuntirish, izoh| Shariat, din qonun-
qoidalari asosida ruhoniylar (mufti, shayxulislom, qozi) tomonidan biror diniy, xuquqiy,
siyosiy hamda ijti¬
335
moii masala yuzasidan chiqariladigan hukm, qaror, izoh yoki biror ishning shariat nuq-tai
nazaridan amalga oshirish mumkinligi haqidagi ko'rsatma, buyruq. Fatvo ham pu-lingga yarasha
bo'ladi. Maqol. mm Keling, Va-li aka, birgalashib qoziga boraylik, fat-vosini olaylik. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o. Muftilar fatvo bersalar ham, o'z qalbin-gizga qarab ish tuting. «Fan
va turmush».
2 ko'chma Kafillik, kafolat, ishonch. Bu-ninghalolligiga fatvo bera olaman. K. Yashin, Hamza.
3 ko'chma Bahona, vaj, yo'l-yo'riq. -Ertaga imomingning oldiga bor, bu to'g'risida ham senga
biron fatvo topib berar. S. Ayniy, Qullar. Qara-ya, to'rt yil pisib yurishingga fatvo ham
topibsan-da, he, hezalak! T. Ma-lik, Ajab dunyo.
FATVOXON [f. (jl^l^ii - fatvo o'quv-chi, fatvo beruvchi] Shar'iy hukm chiqaruv-chi, fatvo
beruvchi. Nahoto'ylamaysanki, fat-voxon muftilar xalq rivoyatlariga «fi sa-bilillax» muhr
bosib bersalar. «Sharq yul-duzi».
FATILA \a. o \,~, '* — eshilgan paxta pi-lik; kalava; jamalak, gajak] 1 Halqa-hal-qa bo'lib
turgan yoki eshilgan, jingalak (soch haqida). Qizchaning sochlari fatila-fatila bo'lib turardi.
mm U kishining.. o'sib ketgan sochi fatila-fatila bo'lib, yelkasiga tush-ganedi. N. Aminov,
Suvarak.
FATTON \a. ^Cha — maftun qiluvchi, maf-tunkor, jozibali; yo'ldan ozdiruvchi] esk. kt. Kishini
o'ziga maftun qiladigan, maf-tunkor, shahlo (ko'pincha sevikli yor ko'zi haqida). Yonib turgan,
qorachig'i keng fat-ton ko'zlar uning [Qodirning] damini qay-tardi. Shuhrat, Oltin zanglamas.
Kimyarat-mish ko'zu qoshu g'amzai fattonini.. Mir-muhsin, Me'mor. Fitnagar olam aro fat-ton
o'zing, qurbon o'zing. E. Vohidov, Muhab-batnoma.
FATH [a. — ochish, ochilish; egallash, zabt etish; g'alaba] kt. O'ziga bo'ysundirish, zabt etish,
egallash; bosib olish. Fath qil-moq (etmoq). mm Maxmud G'aznaviy Ray shah-rini bosib olib, uni
o'g'li Mas'udga sovga qil-di-yu, Hamadon, Isfahon shaharlarini fath etishni uning zimmasiga
yukladi. O. Yoqubov, Ko'hna dunyo. Qal'alar fath etdik yer, ko'k va suvda, O'limni ham yengib
olsaydik omon. Mir-temir.
FATHA [a. l^-a - zabar] Arab yozuvida undosh harf ustiga qo'yilib, undan keyin keladigan «a»
unlisini ifoda etuvchi bel-gi, zabar. «A» tovushini ifodalash uchun harf ustiga qo'yiladigan
chiziqcha (/) «zabar» yoki «fatha» deyiladi. «Uqish kitobi».
FATH-NUSRAT, fathu nusrat [fath + nusrat] Zafar, g'alaba; zafar tantanasi. Bo'-lib dahshatli
janglar, o'tdi sonsiz davru davronlar, Buningdek fathu nusrat ko'rma-gan bu gumbazi atlas.
Habibiy.
FAUNA \nem. Fauna — hayvonot dunyosi < Rim mifologiyasida dala va o'rmonlar ma'-budasi] Biror
hudud, mamlakat yoki geolo-gik davrning hayvonot dunyosi, ularda yasha-gan yoki yashayotgan
hayvonlar majmui. O'zbe-kiston faunasi. Afrika faunasi. Mezozoy erasining faunasi.
FAXR [a. j-^J — o'z-o'zini maqtash; g'u-rur, iftixor] 1 Mamnunlik hissi, mamnu-niyat; g'urur,
g'ururlanish. Kasbni sevish, uning faxri bilan yashash va sadoqat bilan ishlash baxt kalitidir. R.
Usmonov, Odob-noma. Kyiiiapuda nozik bir nur chaqnadi. U faxr o'timi yo qahr o'ti — bilib
bo'lmadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Maqtanishga, ko'z-ko'z qilishga, g'urur-lanishga arziydigan narsa yoki kimsa, eng yaxshi namuna;
iftixor ob'ekti. Paxta — o'zbek xalqining faxri. mm Tarixiy va mil-liy yodgorliklar bizning
milliy boyligimiz, cheksiz faxrimizdir. Gazetadan. Bushe'rdaho-siga ming yil umr ber! Bu
elning faxridir, shoir Alisher. Uytun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
Faxr qilmoq (yoki etmoq) ayn. faxrlan-moq. Ba'zi odamlar payg'ambar yoshiga yetdim, deb
quvonsa, Soli sovuq ham mingboshi yoshi-daman, debfaxr qshshrdi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
Uzoq asrlardan kelayotgan madani-yatli ajdodlarim bilan ham faxr etaman. Mirmuxsin, Umid.
FAXRIY [a. ^j-iJ — hurmatli, sharaf-li, muhtaram] 1 Apohida, katta xurmatga sa-zovor
bo'lgan; eng hurmatli. Faxriy a'zo-lar. Jamoaning faxriy a'zosi. Shahrimiz-ning faxriy
fuqarosi.
Faxriy qorovul 1) biror davlat arbobi yoki rasmiy kishilar hurmati uchun qo'yi-ladigan (saf
qilinadigan) harbiy bo'lin-ma. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov sharafiga
faxriy qorovul
saf tortdi. Gazetadan; 2) marhum hurmati uchun tobut qoshida turadigan kishilar.
2 Alohida xizmatlari uchun hurmat yuza-sidan beriladigan, takdirlanadigan. Fax-riy yorliq.
Faxriy unvon. mm Ug'lim bilan katta maydonda Egalladim bukun faxriy joy.. H. Po'lat.
3 Hurmat yuzasidan saylanadigan. O'zbe-kiston Respublikasi Fanlar akademiyasi-ning faxriy
a'zosi.
4 Hurmat, shon-sharaf va shuqrat baxsh etadigan, g'ururlanishga arziydigan. Qisqa qilib
aytganimizda, o'zbek san'ati va ada-biyoti katta, lekin faxriy siiovdan o'tdi. T. Obidov,
Yusufjon qiziq.
5 Ijtimoiy-siyosiy hayotning, kasb-korning, Vatan mudofaasining biror soha-sida uzoq muddat
faoliyat ko'rsatgan shaxs. «Nuroniy» faxriylar jamg'armasi. mm Ubar-chaning hurmatiga sazovor
mehnat faxriy-sidir. Gazetadan.
FAXRIYA \a. ijodi, iste'dodi va fazi-latlarini maqtab yozilgan she'r, shoirning o'z ijodi bilan faxrlanib
aytgan so'zla-ridan iborat janr. Faxriya desam ham lo-yiqdir she`rim, Axir, ona bo'lding, ham
bo'l-ding qizlik.'\. G'ulom, Guldasta.
FAXRLANMOQ Biror kimsa, narsa yoki erishilgan yutuq tufayli mamnun bo'lmoq; g'ururlanmoq.
Do'stlaringning soni bilan emas, sodiqligi bilan faxrlan. Shuhrat, Shinelli yillar. Shunday
yigitning yori janidan faxrlanayotgani ko'zidan, chimi-rilgan qoshlaridan bilinar edi. Shuhrat,
Shinelli yillar.
FAXRLI Hurmat, shon-sharaf kelti-radigan; faxrlansa arziydigan; sharafli. Onalarimizning
kundalik, tinimsiz mehna-ti faxrli va olijanob mehnatdir. «Sao-dat». Faxrli kasb egasi —
ximik bo'lganim uchun ich-ichimdan quvonaman. Gazetadan.
FASH \f. jhl — ot yoli; salla pechi] Sal-laning yelkaga tushgan qismi; pechi, uchi. Xatib domla
kulumsirab.. oq bo'yra ustidagi tobut yoniga boradi va sallasining fashini tushirib, takbir
uchun qo'l ko'taradi. A. Kr-diriy, Obid ketmon. Boshiga ko'k salla o'rab, fashini uzun qilib
orqasiga tashlagan bir kishi kotibga ariza berdi. S. Ayniy, Qullar.
FASHIZM [ital. fascismo < fascio - bog', bog'lam, dasta; birlashma, birlashuv < lot. fascis]
Jangari irqchilik, antisemitizm va shovinizm mafkurasi; unga tayanib ish ko'ruvchi siyosiy
oqimlar, shuningdek, bir x.ukmron partiyaning oshkor terroristik diktaturasi, u tomonidan
yaratilgan va ilg'or ijtimoiy harakatlarni, demokra-tiyani yo'q qilishga va urushlar keltirib
chiqarishga qaratilgan qatag'on rejimi. Keksa avlod fashizm bilan shafqatsiz oli-shuvda urushning
barcha og'irliklarini em¬eu. Gazetadan.
FASHIST \ital. fascista] Fashizm ta-rafdori; fashistlar tashkilotining a'-zosi; fashizm
g'oyalari, harakatining ijro-chisi. Nainki fashist faqat dushmangina bo'lsa, nainki uning butun
qilmish-qidir-mishlarini ming yillardan beri odam bola-siga ma'lum bo'lgan «dushman» kalimasi
ifo-da qila olsa? A. Qahhor, Asarlar.
FAETON \yun. Phaethon — yunon mifo-logiyasida: quyosh ma'budi Geliosning o'g'li Faeton ismidan: u
ikki g'ildirakli quyosh aravasini boshqarishni xoxdab, Yer yuzini xavf-xatarda qoldirgan < phao —
yarqiray-man, nur sochaman] ayn. fayton, foytun.
FAQAT \a. .kij — atigi, yolg'iz; ammo; nuqul] 1 rvsh. Birgina, yagona, yolg'iz. Mehri
kasalxonada uzoq yotib qoldi. Undan faqat Niso buvi xabar olib turar edi. A. Qahhor, Boshsiz
odam. Chuvalchang faqat yomg'ir yoqqandan keiingina yer yuzasiga chiqadi. «Fan va turmush». Yodgor
sirlarini faqat Zo-kirjonga aytardi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 zidl. bog'l. Cheklash ma'nosini ifoda-laydi. Hamma narsa tushunarli, faqat bshpta savolim
bor. tsh Yana aytaman, fa-qat ehtiyot bo'l, yomon ko'zdan o'zi asrasin. T. Ashurov, Oq ot. Faqat
ojiz qalamim manim, Uzbekiston. Vatanim manim. A. Oripov, Yurtim shamoli.
FAQIR [a. — kambag'al, qashshoq, muhtoj] 1 Moddiy jihatdan nochor, kamba-g'al, qashshoq; muhtoj.
Faqir odam. Amirning oshidan faqirning mushti yaxshi. Maqol. mm Birovning mol-dunyosi oshib-
toshib yotsa-yu, faqirga ko'z olaytirsa, haqiqat bormi axir, ey falak!J. Sharipov, Xorazm.
Javobolol-madi hech kim ham zotan: Na sulton, na gado, na shoh, na faqir. A. Oripov, Yillar
armoni.
337
2 esk. Birinchi shaxs o'rnida yoki «men», «biz» olmoshlari bilan birlikda ishla-tilib,
so'zlovchining kamtarlik qilayotga-nini ifodalaydi. Tabibiy entikdi: -Faqi-ringiz vijdonim
buyurgan gapni aytdim. S. Siyoev, Yorug'lik. Faqir u zotning suhbat-laridan bahramand bo'lgan
paytlarimni es-lasam, yuragim ezilur! P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Sizdek muhtaram zot
taklif eta-di-yu, bizdek faqir bosh tortadimi? S. Siyoev, Avaz.
3 ko'chma Nochor, bechora, chorasiz. Kichik, xarob, faqir bir ui. Kampir va yosh bir xo-tin jo'xori
tozalar edi. Oybek, Hyp qidi-rib. Faqir yuragim orqamga tortib, pesho-namni sovuq ter bosdi.
«Fan va turmush».
Bola faqir Achinarli, qiyin ahvolga tushgan yosh bola; bechora bola. -Bola faqir-ga qiyin
bo'ldi, — dedi Jonuzoq oqsoqol. — Issiq-sovug'iga qaraydigani yo'q. Yolg'iz. S. Anorboev,
Oqsoy. Bola faqirning qilgan mehnatiga hali bu hosilalar ham oz, taqsir! A. Qodiriy, Obid
ketmon.
FAQIRLASHMOQ Moddiy jihatdan ojizlanib bormoq, qashshoqlasha bormoq, kambag'allashmoq. -Alisher
mamlakatning faqirlashganining sabablarini ko'rsatib, o'zicha isbotlab, butun davlat
tartibotshsh isloh qilmoqni tavsiya qiladi, — dedi Maj-diddin. Oybek, Navoiy.
FAQIRLIK 1 Moddiy jihatdan ojiz-lik, qashshokdik, kambag'allik. Faqirlik-ni boshdan kechirmoq.
tsh Sodiqlar.. faqir-likda yashab, yil sayin menga oz-oz yerlaridan sotib, tirikchilik qshar
edilar. A. Qodiriy, Utgan kunlar. Mutribning hazilnamo baiti-da Avaz yo'qchilik, faqirlik
oilasshsh qurit-gan, ammo ko'ngli qanoatga to'la nekbin sho-ir qalbini ko'rgandek bo'ldi. S.
Siyoev, Avaz.
2 ko'chma Xokisorlik, kamtarlik. Faqir-lik yo'lini ixtiyor qildim, Shamshodning yur-tiga bormoqchi
bo'ldim. «Bahrom va Gulandom».
3 ko'chma Ma'naviy qashshokdik. Kishida uch xil sifat bordirki, ular faqirlikdan-dir: Podshohkim,
yaxshiligingga shukr qil-maydi, yomonligingni kechirmaydi. Qo'shnikim, sendan yaxshilik ko'rsa —
yashiradi, yomonlik ko'rsa — oshiradi.. «Fan va turmush».
FAQIRONA \a. + f. -cl^ii -kambag'a-lona, ehtiyojli holatda] 1 rvsh. Faqirga xos; faqirlarcha,
kambag'allarcha, nochor. Faqi-rona yashamoq. Faqirona hayot kechirmoq. ij
Shoir Yoriy dehqonchilik qilib, faqirona hayot kechirgan. Gazetadan.
2 ko'chma Ahvoli nochor, ko'rimsiz. Xalq-ning aklu irodasi va qudrati bilan faqi-rona katakcha
kulbalor o'rnida betondan, metalldan.. shahrimiz qaddini ko'tardi. Ga-zetadan.
FAQIR-FUQARO [faqir + fuqaro] s. t. G'arib, nochor, kambag'al kishilar, beva-bechoralar. Usta
Maxmudning tevarak-at-rofga dong'i ketdi, uni faqir-fuqaroning do'sti.. sifatida taniy
boshladilar. M. Osim. Mahmud Torobiy.
FAQIH [a. — shariat huquqshunosi, qonunshunosi; qur'on o'quvchi, qori] Dini islom, shariat
qonun-qoidalarini yaxshi biluvchi va taxdil qiluvchi. Faqixlar ma'-naviy barkamol, zo'r izzat-
hurmatga sazovor, chuqur aql-zakovatga va zarur ma'naviy fazi-latlarga ega bo'lganlar.
Gazetadan. Mazkur ko'-chaning oxirida Ltsherbekning ustozlari fa-qih Abdulla istiqomat qilar
edi. P. Qodi-rov, Yulduzli tunlar.
FAHM \a. ^1 — anglash, tushunish; fa-rosat; bilarmonlik] Insonning tushunish, anglash, ongli
sezish qobiliyati; idrok, farosat; akd. Ajdodu bobolarning fahmiga balli: Ilk devorni
urganlar. kulba qurganlar. M. Shayxzoda. Faxmini yeb qo'ygan qay bir nogiron Demishki, ko'r
bo'lsin butkul bu dunyo. A. Oripov, Yillar armoni.
Fahm qilmoq 1) fikr yuritmoq, o'yla-moq, tushunmoq. -Albatta, xo'jayinniki nohaq. Bolasi bilan
o'ralib qoldi, endi ish-lay olmaydi, deb o'ylasa keraku. Men shunday fahm qildim, — kuyinib
so'zladi Io'lchi. Oy-bek, Tanlangan asarlar; 2) aim. fahmlamoq. Fahmiga yetmoq (yoki bormoq)
Idrok etmoq, anglamoq; farqiga bormoq, tushunmoq. Ha, mayli, ukajon, xali yoshsiz, ko'p
narsaning faxmiga bormaysiz. «Guldasta». Ha, faqat tabiblik qilolmaydi. Undan bo'lak hamma
narsaning fah,\shga yetadi. Mirmuhsin, Me'-mor.
FAHMLAMOQ 1 Gap, voqea, hodisa va sh.k. ning ma'nosiga, moxiyatita tushunib yetmoq, anglamoq;
sezmoq, uqmoq. Kitobxon yeoxtalikni darrov fahmlaydi. Gazetadan. ..eshikdan kirgan kishi bu
yerda sohibjamol jonon turishini darrov fahlmaydi. Shuxrat, Shinelli yillar.
22—O'zbek tilining izoxli lug'ati
2 ..deb bilmoq, o'ylamoq. Men seni do'st fahmlab yurardim. shsh Otabek bu ters ja-vobni hazil
fahmlab, kuldi va Kumushning manglayiga qo'lini tekizdi. A. Qodiriy, O't-gan kunlar.
Aravakash, Me'mor o'g'lini kam-gap, dimog'dor fahmlab, orqasiga qayrilib, yana bir qarab
qo'ygandek bo'ldi.. Mirmuhsin, Me'mor.
FAHMLI Idrokli, farosatli; sezgir. Fahmli bola. Fahmsh jonivor. mm Ana shun-doq ziyrak,
fahmli.. pok yigitchani xudoning o'zi yetkazdi.. K. Yashin, Hamza.
FAHMSIZ Farosatsiz, didsiz, pala-partish; befahm. Fahmsiz bola.
FAHM-FAROSAT, fahmu farosat Fahm va farosat, aql, idrok. Aql, fahm-farosat bilan ko'ngilni
yo'lga solib turish kerak. A. Qahhor, Asror bobo. U shu mahalgacha hech kim payqamagan
haqiqatga idroki yetgan shogirdining fahm-farosatiga qoyil qoldi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
FAHSH [a. j--^ » — beadablik, axloqsiz-lik, buzukdik, zino] Zino ishlariga xdd-dan tashqari
berilish; buzuqlik, axloqsiz-lik. Fahsh ishlar, fahsh so'zlar islomda yo'q narsadir. «Fan va
turmush». Tangri fahsh ishlarni qiluvchi va behayo so'zlarni gapiruvchi kishilarni yomon ko'radi.
«Fan va turmush».
FAHSHIYAT \ a. g,:,?,-. g — buzuqlik; shah-voniyat] Buzuqlik, axloqsizlik; shahvoniy nafs.
Toshpo'lat, yozuvchining o'z ta'biricha, faqirlik orqasida o'g'rilik va fahshiyat dengizida suzib,
tajanglangan xolis bir chapanidir. A. Qodiriy, Otam xaqida.
FAHSHXONA ayn. fohishaxona. - Tushing emas, o'nging. Bu kushxona, fahshxonaga sendan beizn
kirganim uchun meni ma'zur tupgasan, boyvachcha. K. Yashin, Hamza.
FEVRAL` [lot. febraarius — tozalanish, halollanish oyi] Yangicha (kalendar`) yil hisobida
ikkinchi oy nomi. Fevralning o'r-talarida havo yumshab, dala-toshni, to'qay-larni bosib yotgan
qalin qor yopig'i teshila boshladi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
FEDERAL [lot. federalis — ittifoq, uyushmaga oid] ayn. federativ Federal or-ganlar. Federal
markaz. Federal qo'shinlar.
FEDERALIZM \fr. federalisme < lot. foedus — ittifoq, uyushma; bog'lanish] siyos. 1 Federatsiya
sistemasiga asoslangan davlat tuzumi.
2 Shunday davlat tuzumi o'rnatishga intiluvchi siyosiy harakat, oqim.
FEDERALIST [fr. federaliste] Federa-lizm tarafdori, federalchi
FEDERATIV \fr. federatif - ittifoqqa oid, asoslangan] siyos. Federatsiya asosida tuzilgan.
Federativ davlat.
FEDERATSIYA [lot. foederatio - itti-foq, birlik] 1 siyos. Alohida mustaqil dav-latlar yoki
respublikalarning birlashuvi asosida tuzilgan yaxlit davlat, davlat yoki respublikalar
birlashmasi. Rossiya Fede-ratsiyasi.
2 Ayrim jamiyatlar yoki tashkilotlar uyushmasi; ittifoqi. Jahon demokratik yosh-lar federatsiyasi.
Xotin-qizlarning xalqaro demokratik federatsiyasi. sht Toshkent biro-darlashgan shaharlar jahon
federatsiyasining a'zosidir. Gazetadan.
FEL`DMARSHAL \nem. Feldmarschall] Bir qator mamlakatlar (Avstriya, Prussiya, chor Rossiyasi va
b.) armiyalarida joriy qilingan oliy harbiy (generallik) unvon va shu unvonga ega bo'lgan
kishi (bu unvon Buyuk Britaniya va b. ba'zi mamlakatlarda sakdangan).
FEL`DSHER [nem. Feldscher < Feld-scherer — jarroh; harbiy qism sartaroshi] O'rta tibbiy
ma'lumotga ega bo'lgan tibbi-yot xodimi, vrach yordamchisi. Zebo gospital-ga o'z xohishi bilan
fel`dsher bo'lib kirgach, onasigaham ish topilibqoldi. Shuxrat, Shi-nelli yillar. Xullas, Otajon
yigirma ol-ti yoshida fel`dsher bo'ldi. S. Zunnunova, Go'-dak hidi.
FEL`D'EGER` \nem. Feldjager| Armiya yoki hukumatning o'ta muhim, ko'pincha max-fiy qog'oz-
hujjatlarini tegishli joyga yetkazib beruvchi kur`er.
FEL`ETON [fr. feuilleton < feuille - va-raq; dastlabki fel`etonlar Frantsiyada alo-hida
varaqlarda chop etilgan] Kundalik hayotda ro'y beradigan salbiy hodisalarni yoki biror kimsani
o'tkir til bilan tanqid qilib, uning ustidan kulib, dolzarb mav-zuda yozilgan gazeta yoki
jurnal maqolasi; publitsistik janr. Satira va yumorning janrlari juda ko'p: fel`eton, hajviy
hi-koya, pamflet.. va hokazolar. «Mushtum». Ko-mil Alievnshg fel'etonlari do'stlarni qu-
vontirar, dushmanlarga dahshat solardi. M. Jo'ra, Noshirnoma.
339 du^
FEL`ETONCHI Fel`etonlar yozish bi-lan shug'ullanuvchi shaxs; fel`etonlar mu-allifi.
..qiziqchilarimiz, fel`etonchi va adabiyotshunoslarimizning tesha tegmagan hangomayu
hajviyalarini mazza qilib o'qiy-siz. Gazetadan.
FEN I [ingl. fan < lot. vannus — yelpig'ich (mashina)] Sochni quritishga mo'ljallangan, havoni
iliq qilib haydovchi elektr asbob. Fen sochni quritishga juda qulay, boshi og'riydiganlarga
foydasi bor. Gazetadan.
FEN II [yun. phaino — ko'rsataman, namo-yon etaman] biol. Organizmning irsiy (gen-lar bilan
bogliq) belgisi, xususiyati.
FENOL \yun. phaino — ko'rsataman, na-moyon qilaman + lot. ol(eum) — moy| kim. Toshko'mir
qatronidan, benzoldan yoki sin-tetik yo'l bilan hosil qilinadigan, tex-nikada keng
qo'llanadigan kristall modda. Beton qorishmaga o'yuvchi natriyning suvli eritmasi bilan
aralashtirilgan polimer — fenol qo'shiladi. Gazetadan.
FENOLOG Fenologiya mutaxassisi.
FENOLOGIYA [yun. phaino — ko'rsataman, namoyon qilaman + logos - bilim) Biolo-giyanint jonli
tabiatga yil fasllari alma-shinuvining ta'sirini va shu bilan bog'-liq holda yuz beruvchi
o'zgarishlarni (qush-larning uchib kelishi va ketishi, o'simlik-larning gullashi va b.)
o'rganadigan bo'limi.
FENOMEN \yun. phainomena - tuyula-digan, ko'rinadigan narsa] 1 fls. His-tuyg'u tajribasi bilan
bilinadigan hodisani anglatuvchi tushuncha.
2 G'ayriodatiy, kamdan-kam uchraydigan hodisa, fakt, shaxs.
FENOMENALIZM [«fenomen» s. dan] Ob'ektiv olamning mavjudligini inkor qiluvchi, u faqat
inson tasavvurida, xayo-lida mavjud bo'ladi, deb hisoblovchi fal-safiy ta'limot.
FEODAL I \lot. feodalis < feodum < qad. yun. fihu, fehu — yer-mulk + od — egalik] map.
Feodalizm davrida: hukmron sinf vakili - katta yer-mulk egasi; zamindor; pomeshchik. Bu
davrda asosiy boylik hisoblangan yer, suv, o'rmon va o'tloqlar feodalning qo'lida edi. «Yangi
tarix». Shundan keyin alamzada feodallarning shaxzodaga rag'bati oshdi. «Fan va turmush».
2 ko'chma Shafqatsizlarcha, qo'pol muno-sabatda bo'luvchi; eskicha fikrlovchi. Sen des¬pot bo'lib,
meni turtkilaiverma. Feodal bo'lma, azizim! Mirmuhsin, Umid. Ha, dar-voqe, olti oylik
yarashuv muddatida bu feodal, muttahamning ustidan o'n beshta ariza berdim. N. Aminov,
Qaxqaha.
FEODAL II [lot. feodalis] Feodalizm-ga, feodallarga xos; feodalizm printsip-lariga
asoslangan. Feodal munosabatlar.
FEODALIZM [ingl. feodalism < lot. feodum — yer-mulkka egalik] map. Dehqonlar mustaqil
xo'jalik yuritadigan, lekin shax-san va iqtisodiy jihatdan hukmron sinf-ga - katta yer-mulk
egalariga qaram bo'lib, ularga feodal renta to'laydigan, tarixan kapitalizmdan oldingi
ijtimoiy-iqti-sodiy formatsiya.
FEODALLARCHA rvsh. Feodalga xos, zo'-ravonlikka asoslangan, feodallarday. Feo-dallarcha sinfiy
munosabat. Feodallarcha qarash.
FERMA I [fr. ferme < lot. firmus — mus-tahkam] 1 Bozor iqtisodiyoti mamlakat-larida o'z
mulkida yoki ijaraga olingan yer-da xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanadi-gan fermerga tegishli
bo'lgan xususiy qish-loq xo'jalik korxonasi.
2 map. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va chorva mollarini parvarish qilish bilan
shug'ullanadigan ixtisoslash-gan qishloq xo'jalik korxonasi yoki bo'lin-masi. Parrandachilik
fermasi. Chorvachilik fermasi. Naslchilik fermasi. tsh Har kuni tong qorong'isida qorining
xotini To'paniso bilan sigir soqqani fermaga borar edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
Cammopoe kassani hisoblab chiqqach, tovuq fermasiga o'tdi. «Mushtum».
3 Chorva mollari va parrandalarni yetishtirish (boqish va saklash) uchun mo'l-jallangan bino.
FERMAII \lot. firmus — mustahkam] Tom yopish, bostirmalar va ko'prik qurishda ishlatiladigan,
metall, temir-beton, yog'och-dan bo'lgan tayoq(cha)larni bir-biriga bi-riktirib yasaladigan
qurilish konstruk-siyasi.
FERMENT(LAR) \lot. fermentum -achitqi] biol., kim. Hayvon, o'simlik va mikroorganizmlarning
tirik hujayra-larida katalizatorlik vazifasini ba-jarib, undagi kimyoviy jarayonlarni mil-
lion martalab tezlatishga yordam qiladigan
J^o 340
oqsil moddalar (kundalik turmushda, yen-gil, oziq-ovqat va kimyo sanoatlarida keng
qo'llanadi). Asalning shifobaxsh modda bo'li-shining birdan-bir sababi tarkibida fer-
mentlarning ko'pligidir. L. Ikromov, Ming dardga davo. Turpdagi fermentlar kishi or-
ganizmida modda almashinishiga.. yordam qi-ladi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq taomlari.
FERMENTATIV Fermentga oid; fer-ment xossalariga ega, fermentlar ta'siri-da yuzaga
keladigan. Fermentativ modda. Fermentativ jarayonlar. Fermentativ faollik.
FERMENTATSIYA [lot. fermentare -achitmoq, bijg'itmoq] biol., kim. Tegishli mikroorganizm
turlari ishlab chiqaradigan fermentlar ta'sirida xomashyo moddalar (uzum shirasi, choy, tamaki
barglari)ni qayta ishlashdagi biokimyoviy jarayon; achish, bijg'ish, achitish. Tamaki fermenta-
siyasi. Choy barglari fermentatsiyasi. mm Qo-ra choy yaxshi pishgan barglardan tayyorlana-di. Bunda
ular avval quritiladi va eziladi, so'ngra fermentatsiya qilinib, yana quritila-di. «Fan va
turmush».
FERMER [ingl. farmer] O'ziga qarashli yoki ijaraga uzoq muddatga olingan yerda ziroat, chorva,
parranda mahsulotlarini yetishtirish bilan shug'ullanuvchi mayda yoki o'rtacha qishloq xo'jalik
korxonasi egasi. Fermerlarga atalgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq
muddatga ijaraga olish huquqi mustahkamlanib qo'yildi. Gazetadan. O'sha kuni.. Ahmad Qodi-rov
degan fermer ukamizni uchratib qoldim. Gazetadan.
FERMIY [lot. fermium < ital. Fermi — italiyalik fizik Enriko Fermi nomidan] kim. Mendeleev
davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; sun'iy yo'l bilan olingan
radioaktiv metall.
FERRO- \lot. ferrum — temir] Baynal-milal o'zlashma qo'shma so'zlarning birinchi qismi bo'lib,
temirga oidlik, temir bi-lan aloqadorlik kabi ma'nolarni ifo-dalaydi, mas, ferromagnit,
ferroqotish-malar.
FERROMAGNIT [ferro.. + magnit] Kuchli magnit xususiyatita ega bo'lgan, tez magnitlanadigan
(temir, po'lat, cho'yan, ni-kel`, kobal`t va b.).
FERROQOTISHMALAR [ferro.. + qo tishma] kim. tex. Temirning boshqa element-lar (kremniy,
marganets, xrom, molibden, vanadiy va b.) bilan qotishmalari.
FERRUM \lot. ferrum — temir] Temir-ning kimyoviy formulalarni aytganda (o'qi-ganda)
foydalaniladigan nomi.
FERUZ \a. jj^i < f. JJ^S I 'z^ ~ g'olib, muzaffar, zafarli; baxtli] 1 Baxt-li. toleli;
g'olib, muzaffar.
2 O'zbek xalq mumtoz kuylaridan biri-ning nomi (Feruz — Muhammad Rahimxon II va Muhammad
Raxim I davrlarida yaratilgan).
3 Feruz (erkaklar ismi). FERUZA \f. bjj^ I
yashil rang-
li qimmatbaho tosh] Zargarlikda bezak bu-yumlar uchun ishlatiladigan, ko'k-yashil. havorang-yashil
rangli qimmatbaho tosh. Feruza va zabarjad toshlar ko'z qamashti-rib yotadi. Oybek, Navoiy.
Me'morning xayo-lidan.. mirzo hadya etgan feruza ko'zli tilla uzugi o'tdi. Mirmuhsin, Me'mor.
Mag'rib mamlakatlarida feruza «sharq toshi» deb atalgan. «Fan va turmush».
2 ko'chma Moviy, havorang. Feruza suv taglarida suzar oltin baliqlar. Mirtemir, Asarlar.
Uning.. yarim ochiq ko'zlari musaf-fo, feruza osmonga qadalgan. N. Aminov, Yolg'onchi
farishtalar.
3 Feruza (xotin-qizlar ismi). FESTIVAL` \fr. festival < ital. festivus
— bayramona, shod, quvnoq| San'atning musiqa, kino, teatr, sirk va b. sohalarida erishilgan
eng yaxshi yutuqlar bo'yicha vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan tanlov, ko'rikdan iborat ommaviy
bayram, tantana, sayil. Musiqa festivali. Uzbek kinofil`mlari festivali. mm Festival`
xalqlar bilshshni oshirishga, bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. «Saodat».
«Tosh-kentning oltin kuzi» festivali o'z nomiga g'oyat munosib. Gazetadan.
FETISH \fr. fetiche - but, sanam < port. fetico — tumor; sehrgarlik) 1 Ibtidoiy qa-bilalar
muqaddas, gayritabiiy kuchga ega, deb sigingan, topingan jonsiz narsa.
2 ko'chma Ko'r-ko'rona ishonib, qattiq yopishib olingan narsa, g'oya va sh. k.
FETISHIZM [«fetish» s. dan| 1 Ibti-doiy qabilalarda fetishlarga — ilohiy-lashtirilgan
narsalarga topinish, sajda qilish (hozirda ham ikonalarga, ramziy
341 _?^c
qaykalchalarga, ba'zi jonivorlarga sig'i-nish, sajda qilish tarzida uchrab turadi).
2 ko'chma Biror narsaga ko'r-ko'rona, be-rilib e'tiqod qilish, bunday narsaga mah-kam yopishib
olish. Pul fetishizmi.
FE'L I \a. JJJ — harakat, ta'sir ko'r-satish; ish, amal) 1 Kishi xarakterini tash-kil etuvchi
ruhiy xususiyatlar va undan yuza-ga keluvchi xatti-harakatlar majmui; xulq, xarakter, xulq-
atvor. Har kim fe'liga yara-sha olar. Maqol. mm -Bu oyimchaning fe'li-ni bilasiz-ku! — dedi
Mastura ko'ziga yosh olib. E. A'zamov, Javob. Zaynabning shu fe'li balog'atga yetib, erga
tekkandan keyin xam o'zgarmadi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Insonning ma'lum paytdagi ruxiy xrlati, kayfiyati, avzoyi. Fv'li buzilmoq. Fe'li aynimoq.
Fe'li ozmoq. ttsh Shunday fe'li buzildiki, xudodan ham xafa bo'lib ketdi. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Biroq raisning fe'li birdaniga aynib qoldi. S. Zunnunova, Olov.
It fe'l, itfe'l Yomon xulqli, yaramas. Samovarchining «it fe'l» ekanini payqagan bo'lsa ham,
noiloj uning oldiga bordi. Oy-bek, Tanlangan asarlar. -It fem, badbaxt! qoshu qovog'ingdan
naq qor yog'adi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Fe'li aynamoq ko'chma O'zgarmoq, yomonlashmoq (ob-
havo haqida). Shamol esib, havoning fe'li aynib birpas-da.. G'ayratiy, Tanlangan asarlar.
Goho ku-lib, osmon hammani xursand qiladi, goho birdan fe'li aynib, dehqon dilini siyoh
qi-ladi. N. Safarov, Olovli izlar. Fe'li keng Bor narsani birov bilan baham ko'radigan,
birovdan ayamaydigan, saxiy. Tegirmonda tu-g'ilgan sichqonning fe'li keng. Maqol. O'lgan-da
go'ring keng bo'lsin, tiriklikda — fe'ling. Maqol. shsh Temirchishng uyi mop bo'lsa ham, fe'li
keng edi. SH. Rashidov, Qudratli to'l-qin. Ei, fe'li keng qishloq o'g'li, kuylayin seni!A. Sher,
Kddimgi kuy. Fe'li tez q. tez 5. -Xotining, bunaqa fe'li tez ekan, [bola-HUJ olib
ketmagani ham durust. A. Qahhor, Qo'shchinor chirsyautari. Fe'li tor Haddan tashqari ziqna,
xasis. Qadim o'tgan zamon-da, Kattaqo'rg'on tomonda, Bir ochko'z boy bor edi, Fe'li juda mop
edi. Uyg'un. -Ular-da pul bo'ladi, bilaman. Lekin ayollarning fe`li mop. Oybek, Tanlangan
asarlar. Fe'-li qaytmoq aim. to'nini teskari kiymoq q.
to'n. YO tavba, yo tavba! Muncha fe'ling qayt-masa, qizim? N. Safarov, Tanlangan asar-lar.
3 ko'chma Odat, xulq, qiliq; ish, xatti-harakat. Yolg'onchilik shunday bir shum fe'l-dirki,
imonga, rizqka, umrga, e'tibor va obro'ga ziyoni bordur. Hamza, Tanlangan asar-lar. Qoyil
qoldim endi qilgan fe'lingga, O'g'il ko'rgin, qo'lin solsin bo'yningga. «Erali va Sherali». Hali
ham tavba qil qilgan fe`lingga, To'xta, oyim, yetolmaysan elingga. «Murodxon».
Xush fe'l q. xushfe'l. [O'roz/ Mirza-karimboygi qarol bo'lib yollangan, ket-boshi kir, uvada
bo'lishiga qaramay, chiroyli, xush fe'l, yoqimtoy yigit edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
FE'L II [a. ^d-a — ish, harakat] p`sh. Ha-rakat, shuningdek, holat va hodisani bil-diradigan
so'zlar turkumi va shu turkumga oid har bir so'z. Fe'l zamonlari. Kelasi zamon fe'li. O'tgan
zamon fe'li. O'timli fe'l. O'timsiz fem.
FE'LAN [a. 5Ui — fe'liga, ishi, hara-katiga ko'ra] rvsh. kam qo'll. Xarakter, xul-qiga ko'ra,
shu jihatdan. U [Umid] boshqa o'rtoqlariga qaraganda ancha tejamkor, fe'-lan bosiq. Mirmuxsin,
Umid.
FE'L-ATVOR [fe'l + atvor] Shaxsning atrof muhig'ga va o'z-o'ziga munosabatida namoyon
bo'ladigan, o'zigagina xos xususiyati; xarakter. Odamning fe`l-atvori uning qis-matidir.
Gazetadan. Bolaning xatti-hara-kati va fe`l-atvori ma'lum darajada ota-onasining
kimligidan dalolat beradi. R. Usmonov, Umr sabog'i.
FE'LDOR [a.+f. JJJJJI - ma'lum fe'l-atvorga ega] kam qo'll. Fe'l-atvori yomon, dag'al
muomalali; asabiy. O'z xotining fe'l-dor bo'lsa, birovni g'azablash ham yarashmas ekan. I.
Rahim, Hilola.
FE'LLIK tlsh. Fe'l turkumi xusu-siyatlariga egalik; fe'lga xoslik. Sifat-doshlar fe'llik va
sifatlik xususiyatlari-ga ega bo'ladi. «O'zbek tili» darsligi.
FE'L-XO'I ayn. fe'l-atvor. Mulla Muh-sin Xatib domlaning fe'li-xo'yiga yaxshi tushunganlikdan.
uning hamma so'zlariga ham batamom ishonib yetolmaydi. A. Krdiriy, Obid ketmon. Bu yigit
dehqonlarning fe`l-xo'yini yaxshi bilganidan, ular bilan tez til topishib ketdi. Oybek,
Navoiy.
FYON \nem. Fohn < lot. favonius — iliq g'arbiy shamol] geogr. Tog'li o'lkalarda tog'-lardan
vodiylarga, yuqoridan pastga tomon esuvchi kuchli, iliq va quruq shamol. Fyonning zararli
ta'sirini kamaytirish uchun ihota daraxtzorlari barpo etiladi. «O'zME».
FIBRA [lot. flora — tola] tex. Kimyoviy yo'l bilan ishlanib, bir necha qatlamli presslantan,
bukiluvchan, juda pishiq qa-lin qog'oz; o'rash, izolyatsiyalash materiali sifatida hamda teri
o'rnida ishlatiladi. Sirtiga fibra sirilgan chamadon.
FIBROMA [lot. flora — tola + yun. -ota — shish, o'smani bildiruvchi qo'shimcha] tib. Tolador
biriktiruvchi to'qimadan paydo bo'lgan, tananing har qanday qismida uch-rashi mumkin bo'lgan
xavfsiz o'sma.
FIGOR [f. jLLs — «afgor» s. ning bosh-qacha shakli] q. afgor. Qilma ko'nglum xori hijrondin
figor, ey sarvinoz. Furqat. Muhabbatdin bo'lurman figor, mayligamu? Tarahhum aylamasang, ey
nigor, mayligamu? Muqimiy.
FIGURA [lot. figura — obraz, ko'rinish] s. t. 1 Gavdaning tuzilishi, bichimi; qaddi-qomat,
jussa. Figurasi nihoyatda chiroyli. sht U qo'girchoqlar yasaydi.. suvenir figu-ralarning nodir
kollektsiyasini yaratadi. Gazetadan.
2 Muayyan harakat (raqs, havoda uchish, suvda suzish, kon`kida uchish va sh.k.) ni bajarishda
kimsa yoki narsa tomonidan hosil qilingan holat, vaziyat.
3 Shaxmat o'yinida: piyodalardan boshqa asosiy sipohlar; qarta o'yinida: tuz, qi-rol kabi
asosiy qartalar. Zuhra shaxmat figuralaridan ko'zlarini uzmasdi. Iboxon, Ulug' kun.
4 Geometrik shakl. Sshshetrik figura. sht Alohida yoki bir-biri bilan turli kom-binatsiyalarda
olingan nuqta, chiziq va sirt-lar geometrik figuralar xocwi qiladi. «Geo-metriya» darsligi.
5 ko'chma Biror ish, soha, jabhadagi aso-siy, hal qiluvchi, yetakchi siymo. Ta'lim-tar-biya ishida
o'qituvchi bosh figura sanaladi. shsh Terimchi va mexanik-haydovchi paxta yigim-terimida markaziy
figura, hal qiluvchi kuch-dir. Gazetadan.
FIGURALI 1 Figuralar hosil qilib bajariladigan (q. figura 2). Figurshshuchish musobaqasi
haqidagi suratli afishalarni ko'zdan kechirdi. A. Obidjon, Akang qaragay Gulmat.
2 Ko'plab geometrik shakllarga ega bo'l-gan. Mamumki, ko'p figur&sh kartinalar yara-tish
muallifdan yuksak madaniyat talab qshshdi. «Guliston».
FIGURACHI sprt. Kon`kida turli fi-guralar hosil qilib uchuvchi, raqs tushuvchi sportchi.
Musobaqada figurachilarimiz besh-ta sovrinli o'rinni egalladilar. Gazetadan.
FIDEIZM [fr. fideisme < lot. fides -ishonch, e'tiqod] fls. Imon-e'tiqod akd-idrokdan ustun
turadi, deb hisoblovchi, fan va ilmiy bilishni cheklovchi diniy dunyo-qarash.
FIDO \a. d-ii - qutulish, qutultirish; tovon, evaz; qurbonlik, qurbon berish, fido bo'lish)
Biror kimsa, narsa yoki g'oya uchun o'zini bag'ishlash; baxshida, qurbon qilish. Joningni fido
qilsang qil, nomu-singni fido qilma. Maqol. Mustaqil-lik uchun jonini fido qilgan
shahidlarni gam-anduh bilan eslaymiz. Gazetadan.
FIDOYI \a. ^IJLS - o'z jonini q>'rbon qiluvchi] 1 Biror kimsa, narsa yoki g'oyaga astoydil
berilgan va ular uchun jondan kechishga qam tayyor; sodiq. Mehnatkash, fi-doyi, halol insonni
o'limidan keyin e'zoz-lash tiriklar qo'liga chiroq tutqazish bilan baravardir. «Saodat».
Bizning kishilarmard, kamtar, fidoyi, Sabotiga aytsang tasanno arzir. M. Boboev.
2 Ko'ngilli, o'z ixtiyori bilan kelgan (qso ~an) askar. Yosh Ahmas) yangi tuzumni mus-
tahkamlashga bel bog'lagan fidoyilar safi-ga qo'shildi. Gazetadan.
FIDOYILIK O'z tanlagan yo'li, mas-lagi, goyasiga, kasbu koriga yoki biror kim-saga sodik^chik,
o'zini baxshida etish. Fi-doyilik bor joyda g'alaba bor, deydilar. «Sharq yulduzi». O'ziga
shunchalar fidoyilik qilgan mana shu go'zal qizning — jondan ortiq Azizasining oldidagi
qarzini qanday uzsin?!O'. Hoshimov, Qalbingta quloqsol.
FIDOKOR \a. + f. jlSI-ui - o'z jonini qurbon qiluvchi; fidoyi] Biror kimsa, narsa yoki
e'tiqod uchun o'z jonini fido qiladigan; cheksiz sadoqatli, fidoyi. Fi-dokor odamning yo'li
doim oydin bo'ladi. Ga-zetadan. Boburjon, sizning dilingiz beg'u-bor, siz nodir iste'dodli
fidokor yigitsiz! P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
343 S%<^
FIDOKORLIK O'z ishi, kasb-kori, maslagi, e'tiqodiga yoki biror kimsaga o'ta berilganlik, o'ta
sodikdik. O'zgarishlarning hammasi osonlikcha bo'lmadi. Butun xalqimiz g'oyat zo'r fidokorlik
ko'rsatdi. «O'zbekiston qo'riqlari». Yo'lchi qizning bunday tuyg'unligi va fidokorligiga qanday
baho berishni.. bilmay qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Butun borlig'i bilan berilib ishlash-lik, jonbozlik. ..hamma, mijja qoqmay, favqulodda
fidokorlik bilan ishladi. Oy-bek, Quyosh qoraymas. Sut sog'uvchilarimiz fidokorlik namunalarini
ko'rsatib mehnat qildilar. Gazetadan.
FIDOKORONA [a. + f. ol^LSI±i - jo-nini fido qilgan holda, jonbozlik ko'r-satib] rvsh. Jonini
fido qilib, butun borlig'i bilan, sadoqat bilan, berilib. Xo'-jalik muvaffaqiyati
sohibkorlarshshzning fidokorona mehnati bilan yaratildi. Gaze-tadan.
FYZIK I Fizika fani mutaxassisi. Men fizikman, fazo qonunlari haqida fikr yurita olaman. O.
Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
FIZIK II Fizikaga doir, fizika bi-lan bog'langan; fizikaviy. Jismlarning fi-zik xossalari.
Fizik hodisalar. Fizik ja-rayonlar. mm Bir necha kun o'tgach, Solih o'zi ishlaydigan fizik
problemalar instituti tomon io'l oldi. O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
FIZIKA \yun. physike < physis — tabiag'] Moddiy dunyo (materiya)ning tuzilishini, eng umumiy
xossalarini hamda uning xa-rakat qonunlarini o'rganuvchi fan. Nazariy fizika. Atom yadrosi
fizikasi. Fizika ka-bineti. tsh Fizikada jismlarning hara-kati, tovush, issiqlik, elektr,
magnshp va yorug'lik xossalari o'rganiladi. «Fizika» darsligi. Uning o'zi yoshlikdanoq fizikaga
qiziqar, oiasi esa Yunusovga [pyug'asiga/ suya-nirdi. O'. Xoshimov, Kdlbingga quloqsol.
FIZIKAVIY Fizikaga oid, fizikag'a xos; fizik. Jismlarning fizikaviy xusu-siyatlari.
Fizikaviy kimyo Kimyoviy hodisalarni fizikaviy usullar yordamida o'rganuvchi fan.
FIZIOLOG Fiziologiya olimi, muta-xassisi. Ba'zi fiziologlarning fikricha, uzoq vaqt qand
yemaslik hatto fikrlash qobiliyatini ham susaytirar ekan. K. Mah-mudov, Qiziqarli pazandalik.
FIZIOLOGIK Fiziologiyaga oid; fiziologiyaga daxldor bo'lgan. Fiziologik jarayon. tsh Hozircha
titrashning insonga qiladigan fiziologik va ruhiy ta'siri xususida uzil-kesil xulosa yo'q.
«Fan va tur-mush».
FIZIOLOGIYA \yun. physis - tabiat + logos — bilim] 1 Odam, hayvon yoki o'simlik organizmi va
uning alohida bo'laklari — muayyan sistemalari, a'zolari, to'qimala-ri, hujayralari hayot
faoliyatini (paydo bo'lish, o'sish, rivojlanish, ko'payish, at-rof muhitga moslashish kabi
jarayonlarni), ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni o'r-ganuvchi fan. Umumiy fiziologiya.
Qiyosiy fiziologiya. O'eimliklar fiziologiyasi.
FIZIOTERAPEVT Fizioterapiya mu-taxassisi, vrachi.
FIZIOTERAPEVTIK Fizioterapiya-ga oid. Davolashning fizioterapevtik usuli.
FIZIOTERAPIYA \yun. physis - tabiat + terapiya] Tibbiyotning xilma-xil fizik omillar (suv,
yorug'lik, issiqlik, elektr energiyasi va sh.k.) ning organizmga ta'-sirini o'rganuvchi va
ularni kasalliklar-ni davolash va oldini olish maqsadida qo'llash usullarini ishlab chiquvchi
sox,asi. Fizioterapiya yo'li bilan davolash. tsh Za-rur tibbiyot inventarlari bilan jihozlan-
gan fizioterapiya kabineti dam oluvchilar xizmatida. «Saodat».
FIZKUL`TURA [r. fizicheskaya kul`tu-ra («jismoniy madaniyat») birikmasining qisqartmasi) 1
Inson sog'ligini mustah-kamlashga va umuman organizmni har to-monlama chiniqtirish va
takomillashti-rishga qaratilgan jismoniy mashk,1ar. Fiz-kul`tura bilan shug'ullanmoq.
2 Shu yo'nalishdagi fan va ta'lim. Fiz-kul`tura o'qituvchisi. mm Fizkul`tura ins-titutiga kirish
ham osonmas, deyishadi-ku! O'. Hoshimov, Kdlbingga quloq sol. Bi-rinchi dars tarix, keyin ona
tili, algebra, rus tili, fizkul`tura. E. Raimov, Ajab qishloq.
FIZKUL`TURACHI Doimiy ravishda yoki tanlangan kasb sifatida fizkul`tura bilan shug'ullanuvchi
shaxs, sportchi. Fiz-kul`turachilar paradi. mm ..Istirohat bo-g'idagi ko'l bo'yiga fizkul`turachi
qiz hayka¬
344
li qo'yilganda, «yaxshi joy band bo'lib qol-di», deb bo'g'ilgan edi. A. Qahhor, Asarlar.
FIKR \a. _>fLi — tafakkur, g'oya; aql, o'y-lash, o'y, xayol, mulohaza] 1 Biror narsa, hodisa yoki
kimsa haqida o'y, xayol. Fikri ravshanning so'zi ravshan. Maqol. mm Hani-faning fikri bir zumda
ayqash-uyqash bo'lib qoldi. «Saodat». \Nuri\ Tili bilan Fazlid-dinga har xil yoqimli so'zlar
so'zlasa ham, fikri boshqa yoqlarda kezdi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
Fikrga tolmoq (yoki ketmoq, cho'mmoq, sho'ng'imoq) Qattiqo'ylanib, xayol surib qol-moq. Tashqariga
chiqqandan keyin, [Kumush] ayvonning tumshug'iga o'tirdi va o'ng qo'lining kaftiga yuzini olib,
fikrga toldi. A. Kr-diriy, O'tgan kunlar. Aflotun tanburni chalib, fikrga sho'ng'ibdi. Oybek,
Tanlangan asarlar. \Otabek\ Birmuncha vaqt fikrga ketibo'tirgandan so'ng so'radi.. A. Qodiriy.
O'tgan kunlar.
2 Biror narsaga nisbatan munosabatni, uni baholashni ifodalaydigan xukm, xulosa. Yaxshini
ko'rib, fikr qil, yomonni ko'rib, shu-kur ^sh/Maqol. n Boring, qozingizni topib, o'z fikringizni
ayting. U. Ismoilov, Saylan-ma. U Bo'taevning fikriga qo'shila olmadi. «Yoshlik».
Fikr yurgizmoq (yoki yuritmoq) Biror xu-
losaga kelish maqsadida narsa yoki xrdi-salarni taqqoslamoq; ular haqida o'ylamoq, mulohaza
qilmoq. [Shoqosim:] Xotinimni ham kambag'allik yiqitdi, bu yerdagi og'ir ish nobud qildi. Bu
tomonlarga andak fikr yur-gizib, keyin gapiring, Yormat aka. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Biror masala, ish yuzasidan berila-digan taklif; maslahat. Bu ish yuzasidan qanday fikr
berasiz? n Mohira oyim eri-dan fikr so'rash o'rniga qiziga arz qiladir. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Alamazon gazeta-dan Akbarning turkum she'rlarini o'qib, fikr bildirgisi kelib qoldi.
A. Obidjon, Akang qarag'ay Gulmat.
Fikr olishmoq Biror masala yuzasidan bir-biri bilan maslaxatlashmoq, fikrlash-moq. Fikr olishuv
natijasida ular shunday qarorga kelishdi: Hakimboyvachcha onasining arvohiga «xatmi qur'on»
qshshdi. Oybek, Tan-langan asarlar.
4 Biror narsaga erishish, biror ishni amalga oshirish haqidagi niyat, maqsad. [Sa-limboivachcha]
Gulnorning ax>yuqsiz qiz ekani-ni o'sha vaqg'pda fosh etishga jazm qilgan bo'lsa-da, bu fikridan
darrov voz kechishga majbur bo'lgan edi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Qo'rchiboshi uch tomoni
devorday tik qoyag'posh bo'lgan.. toqqa taxtiravon ishlatish fikridan qaytdi. P. Qodirov,
Yulduzli tunlar.
Fikriga tushmoq Biror narsaga eri-shishga, biror ishni amalga oshirishga bel bog'lamoq, jazm
qilmoq, shu ishning payi-ga tushmoq. Shundan keyin bir necha yor-do'stlari, to'y chiqimini o'zaro
ustlariga olishib, uni uylantirish fikriga tushdilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
5 Narsa va hodisalarni taqqoslab o'r-ganish, mulohaza yuritish natijasi; to'xtam, qaror. Demak,
erkaklar hamma narsa to'g'-risida o'ylab, bir fikrga kelishgan. Oybek, Tanlangan asarlar. -Men
o'zim ham shu fikr-ga kelgan edim, — dedi Me'mor. Mirmuhsin, Me'mor. Har qanday inson o'z
fikrini bil-dirib, qalbini yozishga haqli. O. Mo'minov, Xiyobondagi uch uchrashuv. Boshliq o'z
fikriga ega bo'lmasa, qo'g'irchoqqa aylanadi. «Sharq yulduzi».
6 Tushuncha, bilim; ong, akd. Olamning tuzilishi haqidagi fikrimiz takomillash-moqda. sht -Agar
kishi aqlni, fikrni ki-tobdan olmasa, qayoqdan oladi? — dedi El-murod. P. Tursun, O'qituvchi.
Aqli, fikrining teranligini ko'zlari aytib turardi. S. Zunnunova, Olov.
7 Jamiyat hayoti va tabiatni tushunish yo'sini; dunyoqarash, maslak. Otamning, ham o'zimning
qanday fikr va maslak kishisi ekanligimizni aytib o'tmoqchi bo'laman. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Uni o'qidingizmi, insof bilan ayting, asarda qanday zararli fikr bor. Oybek, Hyp
qidirib.
8 (egalik qo'shimchasi va -cha affiksi bilan) krsh. s. vzf. Aytilayotgan fikrning qaysi shaxsga
tegishli ekanligini bildi-radi. Mening fikrimcha, vatanparvarlik tarixni o'rganishdan
boshlanadi. «Fan va turmush».
FIKRAN \a. ij?J> — fikr yuritgan hol-da, o'ylab| rvsh. kt. Xayolda tasavvur qilib, xayol bilan,
xayolan. Fikran suhbatlashmoq. mm Ufikran xudoga nola qilardi. K. Yashin, Hamza. Buvnisa xola
fikran olamni kezib chiqdi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
345 dh^
FIKRAT [a. o- fikr, g'oya, o'y-xayol, tasavvur] esk. Fikr qilish, fikr yuritish, o'ylash. Modomiki
bu ro'yi jahonda besh kun-lik mehmon ekansan, atrofingga bokib, fikrat qilsang bo'lmaydimi?
S. Siyoev, Yorug'lik.
FIKRDOSH Biror kimsa bilan bir xil fikrda, maslakda bo'lgan kishi; ham-fikr, maslakdosh.
Ko'rdingmi, katta odam-lar bir-birlari bilan qanday fikrdosh by-nap ekanlar! S. Ayniy,
Esdaliklar.
FIKR-YOD ayn. fikr-zikr. Qizning fikri-yodi frontda, shiddatli janglar ketayot-gan yerlarda
edi. «Saodat».
FIKR-ZIKR [fikr + zikr] Butun vu-jud bilan orzu qilingan o'y-xayollar. Uning barcha fikri-
zikri yangiliklar bilan band edi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Yaxshilar-ning topgan moli to'y
bo'lar, Fikri-zikri eli uchun o'y bo'lar. «Qo'shikdar».
FIKRIY [a. ^jii — fikrga, g'oyaga asos-langan, g'oyaviy] Fikrlash, fikr yuritish nuqtai
nazaridan; ma'no jixatdan; ma'no-viy. Fikrii izchillik. Gaplar orasidagi fik-riy bog'lanish.
mm ..shoir misralarda rang so'zini takror keltirish orqali.. fikriy izchillikni ta'minlaydi.
«UTA».
FIKRLAMOQ Biror kimsa, narsa yoki hodisa, jarayon haqida muayyan bir xulosa-ga kelish
maqsadida mulohaza yuritmoq; o'ylamoq. Qo'rboshi bu xabarni eshitib, fikr-lab, nor degani
Go'ro'gli bo'lishi kerak.. deb Avazxonni qamab, bandi qiladi. «Nitor va Zamon». Hayot faqat
jang, mehnat emas, fikrlashdan ham iborat, Shukrullo, Ja-vohirlar sandig'i.
FIKRLASHMOQ Birgalikda o'ylab ko'rmok,, mulohaza qilmoq, fikr olishmoq, maslahatlashmoq. Ular
dastavval bajari-lishi lozim bo'lgan ishlar xususiba fikrla-shib olgach, mashinaga o'tirishdi.
«O'zbekiston qo'rikdari». Usha kuni sevimli ustozim bi-lan.. ko'p narsalar haqida fikrlashib
oldik. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
FIKRLASHUV 1 Fikrlashmoqfl. har. n.
2 Biror ish, muammo, tadbir, reja va sh.k. haqida o'zaro fikr olishuv, suhbat. Fikrlashuv
do'stona vaziyatda o'tdi.
FIKRLI O'ylab, akd bilan ish tuta-digan; muloxazali. Xayollar dunyosi keng, o't-kir fikrli bu
hassos qiz berilib kichik-ki-chik hikoyalar yozar edi. Oybek, Hyp qidirib.
O'zing fikrli eding, o'zing olima eding, xalqning ma'rifatsiz, ilmsizligidan o'zing yaxshi
xabardor eding-ku! Hamza, Tanlangan asarlar.
FIKR-MULOHAZA Muayyan shaxs, voqea-xrdisa haqidagi, odatda, shaxsiy qaror, xulosa. Bu
muloyim, qoshi qora, uncha so'zamol bo'lmasa ham, fikr-mulohazasi kuch-li bu olim.. jamoat
ishlariga faol qat-nashardi. Mirmuhsin, Umid. Tomoshabin-larning juda ko'g`shb fikr-
mulohazalari uning shubhasiz muvafaqqiyatidan dalolat berar-di. Gazetadan.
FIKR-XAYOL, fikru xayol aim. fikr-zikr. \Yo'lchi\ Kunning issig'ida ketmon tashlar-kan, fikru
xayoli haligi dehqonda bo'ldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Hozir o'zim shu yerda o'tiribman-u,
fikru xayolim boshqa nar-sa bshshn band. F. Musajonov, Himmat.
FIKR-O'Y aim. fikr-xayol. Shu fikr-o'y bilan Poshshaxon bozor qizi bo'lib o'sdi, voyaga yetdi. D.
Nuriy, Osmon ustuni.
FIKSAJ \fr. fixage — mustahkamlash < lot. fixus — mustahkam, barqaror, qat'iy1] Fotoqog'oz,
plastinka yoki plyonkaga tushi-rilgan rasmlarning tasvirini saqlash, mustahkamlash uchun
ishlatiladigan kimyoviy eritma.
FIL \a. J,Ji < f. J^J] zool. 1 Afrika va Osiyoda yashaydigan, sutemizuvchilar sinfiga mansub,
sirtga chiqqan ikkita uzun, kurak tishli va baquvvat xartumli, o'simliklar bilan ovqatlanuvchi
ulkan jussali hayvon. Quruqda yashovchi hayvonlarning eng yirigi fildir. «Zoologiya». Chivin
ko'plashsa, filni yiqitadi, degan gap bor. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 Shaxmat taxtasida burchak harakati (diagonal`) bo'yicha istagan katakka yura oladigan sipoh.
[Shayxulislom] E.. E.. g'a-lat, filingizni ko'rmabman. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
3 ko'chma Baquvvat, qudratli, katta im-koniyatlarga ega. Xalilov bilan bahslashib o'tirish
shartmi! Xalilov — fil, sen — qo'chqor. I. Rahim, Ixlos.
Fildan pashsha yasamoq yoki pashshani fil qilmoq Oshirib yubormoq, ko'pirtirmoq; mubolag'a qilmoq.
Siz, o'rtoq Rafiq, pash-shadan fil yasamoqchi bo'lasiz! N. Safarov, Tanlangan asarlar. -Uzzukun
pashshani fil qilib, kayoqdagi gaplarni chulg'atib yurdin¬
346
giz. A. Muhiddin, Hadya. U. rost-yolg'on xa-barlarning pashshasini fil qilib yetkazib, uyimizni
kuydirdi. S. Ayniy, Qullar.
FIL-, FILO- \yun. philos — do'st, meh-ribon, sevuvchi < phileo — sevaman| Bay-nalmilal
o'zlashma qo'shma so'zlarning tar-kibiy qismi bo'lib, biror narsani sevuv-chi, biror narsaga
moyil, muxlis; biror narsani do'st tutuvchi kabi ma'nolarni bil-diradi, mas: filarmoniya,
filologiya.
FILANTROP \yun. philanthropos] Filan-tropiya bilan shug'ullanuvchi, xayr-ehson qiluvchi,
saxovatli kishi
FILANTROPIYA [yun. philanthropia -odamsevarlik < filo.. + yun. anthropos — odam, inson]
Xayr-saxovat, ehson, muhtoj-larga yordam.
FILARMONIYA |filo.. + yun. harmonia — uyg'unlik, ohangdoshlik] Musiqa san'ati-ni targ'ib
qiluvchi va kontsertlar qo'yish ishi bilan shug'ullanuvchi madaniy muassasa. O'zbek davlat
filarmoniyasi. tsh U shu niya-tini filarmoniyadagi og'aynisiga aytgan edi, bu gap unga ham yoqdi.
S. Ahmad, Yulduz.
FYLATELIST Filateliya bilan shu-g'ullanuvchi shaxs; filateliya ishqivozi.
FILATELIYA [filo.. + yun. ateleia - to'-lovdan ozod qilish] Pochta markalari va gerbli
markalarni, umuman markali, shtamp-li konvertlarni kollektsiya uchun yig'ish. saklash va o'rganish.
FILBON \f. jLJ^i / oM^? ~ Fil bo-quvchi, saklovchi] Fil boquvchi va filni harakat payg'ida
boshqaruvchi kishi. Filbon-dan oshnang bo'lsa, darvozangni katta qil. Maqol. sh* Filbonlarning
hayqirig'i ostida azamat yigitlar yukni tushirib, burunlari yerga tekkunday bukchayib
tashiydilar. Oy-bek, Navoiy. Fil haydovchshshr, ya`ni fil-bonlaruni yuvintirib, qashlabboqadi. H.
Ha-sanov, Ekvatordan o'tganda.
FILJUMLA [a. so'zning qisqasi; hammasini birga olib aytilsa. Filjumla, mazkur she'r Isfandiyor to'ra
xususinda bo'lmay, zoti past, badfe'l bir betavfiq borasindadir. S. Siyoev, Yorug'lik.
FILIAL [lot. filialis — o'g'ilga oid, o'g'il-niki] Biror yirik korxona, muassasa yoki jamoat
tashkilotining mustaqil bo'limi, sho''ba. Ilmiy-tadqiqot institutining filiali. tsh Beshyog'ochda
«Semurg'» firmasi-ning filiali bor. Gazetadan.
FILMOY zool. Kaspiy, Orol, Qora dengiz havzalarida yashaydigan, ov qili-nadigan,
osyotrsimonlar oilasiga mansub yirik baliq.
FILOGENEZ \yun. phyle - urug', qabila, tur + genesis — kelib chiqish, tarqalish! biol. Butun
organik dunyoning, jumladan, uning ayrim guruxlari (tip, sinf, oila, tur va sh.k.) ning
tarixiy taraqqiyot ja-rayoni.
FILOLOG \yun. philologos - donolarcha suhbatni sevuvchi] Filologiya sohasi tad-qiqog'chisi,
filologiya mutaxassisi; filo-log-olim. Siz filologsiz-ku, bilsangiz ke-rak: ko'z yoshini
qaqragan tashna yerlarga emas, bog'u bo'stonga quygan bulutni saxiy demas-lar.. S. Zunnunova,
Ko'kchirokdar.
FILOLOGIK Filologiyaga oid. Filo-logik to'plam. Filologik tadqiqot. mm Fi-lologik
izlanishlar.. qilayotgan kishilar.. maxsus fshologik tayyorgarlik ko'rgan, yuqori ixtisosli
mutaxassislardir. G'. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish.
FILOLOGIYA [filo.. + Yun. logos - so'z] U yoki bu xalqning u yoki bu davrda til va adabiyotda
ifodalangan madaniyati haqidagi fanlarning umumiy nomi; til va adabiyot haqidagi bilimlar
majmui. O'zbek filolo-giyasi. Roman-german filologiyasi. Unshersi-tetning filologiya
fakul'teti. mm Atigi uch yil ilgari filologiya fakul`tetini bi-tirgan edi. O. Mo'minov,
Xiyobondagi uch uch-rashuv.
FILOSOF \yun. philosophos — donolik-ni, donishmandlikni sevuvchi ] q. faylasuf.
FILOSOFIK q. falsafiy.
FILOSOFIYA \ yun. philosophia < filo.. + yun. sophia — donishmandlik] q. falsafa.
FIL`M \ ingl. film - parda, qobiq] kino 1 Tele-, video- yoki kpnokartina: yagona syujet bilan
bogliq, ketma-ket plyonkaga olingan va ekranda namoyish qilishga mo'l-jallangan fototasvirlar
majmui (yana q. kinofil`m). Ovozsiz fil`m. Badiiy fil`m. mm Dastlab kinotomoshabinlar
o'zbekcha-lashtirilgan fil`mlarni ko'rib, hayron bo'lishgan. G'. Salomov, Tarjima nazariyasi-ga
kirish. Kecha oxirida «Ko'rinmas kishi» badiiy fil`mi namoyish qilindi. S. Ahmad, Yulduz.
347 du^
2 Kinofil`mning kinoteatrlarda na-moyish qilinadigan bir nusxasi.
FIL`M-KONTSERT Musiqaviy tomo-shaning, kontsertning kinofil`mga olin-gan holati;
kinofil`mlarda ijro etilgan kuy va qo'shiqlardan iborat alohida fil`m. ..surishtirib ko'rsa,
mashhur.. «Dutor-gitar» ansambli haqida fil`m-kontsert suratga olinayotgan ekan. A. Obidjon,
Akang qarag'ay Gulmat.
FIL`MOSKOP [fil`m + yun. skopeo -qarayman] Diafil`mdagi qo'zg'almas tas-virlarni durbinsimon
trubka orqali yoki oq pardaga tushirib namoyish qilishga mo'ljallangan apparat. O'yinchoq
fil`moskop. O'quv fil`moskopi.
FIL`MOTEKA [fil`m + yun. theke -quti; ombor] 1 Kinofil`mlarni to'plovchi va saqlovchi, ularni
targibot qiluvchi joy, ombor; muassasa. ..qurilajak maktab lo-yihasi tuzilganda, o'quv
fil`mlari saq-lanuvchi fil`motekalar va fshg`mlar ko'rigi o'tkaziladigan maxsus zallarni ham
esdan chiqarmaslik kerak. A. Ibrohimov, Fil`m ham kitob.
2 Kinolentalar yig'indisi, majmui.
FIL`TR \fr. Pkge < lot. filtrum - ki-giz, namat| 1 Suyuqlik yoki gazlarni ke-raksiz
aralashmalardan tozalash uchun xiz-mat kiladigan moslama, suzgich. To'r fil`tr. Protivogaz
fil'tri. Vinoni fil`trdan o'tkazmoq. tsh ..suvlar shag'al, qumlar va yer ostidagi boshqa jinslar
orasidan sizib, fil'trdan o'tgandek tozalanib keladi, natijada chuchuk, zilol eye bo'lib
qoladi. Gazetadan.
2 Elektr zanjiriga ulanadigan va ma'lum chastotadagi elektr toki, elek-tromagnit, yorug'lik
nurlari yoki tovush to'lqininigina ajratib o'tkazadigan asbob. Akustik fil`tr. Elektr fil`tri.
FIL`TRATSIYA [ingl. filtration < lot. filtrum - kigiz] 1 Fil`trdan sizdirib o't-kazib
tozalash, fil`trlash.
2 Suvning g'ovak qatlamlardan tabiiy holda sizib, tozalanib o'tishi, fil`trla-pishi.
FIL`TRLAMOQ Fil`trdan o'tkazmoq, suzmoq. Fil`trlash laboratoriyasida loyqa suyuqliklarni
tozalash uchun ular fil`tr-lanadi. «Fan va turmush». Korxona muta-xassislari ishlab chiqqan
maxsus moslama sexlar havosini fil`trlab beradi. «Fan va turmush».
FIL`TRLI Tozalash moslamasiga ega; tozalash xususiyati mavjud. Zavodning bosh korpusida,
sexlar va uchastkalarda fil`tr-li kameralar o'rnatilgan. Gazetadan. [Qiz\ Fil`trli sigaret
chekib o'tiribdi. M. Is-moiliy, Odamiylik qissasi.
FILG'ON bot. Hayvonlarga ovqat bo'ladigan bir turli o't. Qo'y yeydigan filg'on bilan.. yerga
yopishib o'sadigan o'tlar ham on-da-sonda ko'rinib qoladi. A. Shermuhamedov, O't-o'lanlar vodiysi.
FILXAQIQAT [a. - haqi-
qatdan, aslini olganda] rvsh. esk. kt. Ha-qiqatan ham, chindan ham; darxaqiqat. Fil-haqiqat,
ona tilining asli tuganmas ol-tin konlarini yosh Navoiyning mo''jizali qalami kashf etdi.
Oybek, Navoiy.
FILHOL \a. JUJI^j -darhol, darrov] rvsh. esk. kt. Tezlik bilan, hozirning o'zi-da; darhol.
Otasi buyurdiki, filhol anvoi laziz taomlardin pishirgaylar. A. Qahhor, Millatchilar. Filhol
tilini kestiring, qulog'imiz tinsin!K. Yashin, Hamza.
FIMOZ [yun. phimosis - tortishish, torayish] tib. Erkaklar tanosil a'zosi chekka kertmak
qismining tor bo'lishi, torayishi (ko'pincha bolalarda uchraydigan bu nuqson tugma yoki
yallig'lanish, jaro\at natijasi bo'lishi mumkin).
FIN q. finlar. Fin tili. Fin xalqi. Fin ayoli.
FINAL \ingl. finale < lot. finis - oxir-gi, so'nggi] 1 Musiqa, drama, opera. balet.
kinofil`m yoki adabiy asarning oxiri, tugallanuvchi qismi, xotimasi. Komediyaning finali.
Operaning finali. Poemaning fi-nali. tsh Poemaning finalida esa Zaynab bilan Omonning baxti
butun xalqning bax-ti kabi yangraydi. «O'zbek alabiyoti» dars-ligi. Kinoocherkdagi oltin to'y
epizodi aslida fil'mning finali hisoblanadi. Ga-zetadan.
2 Sport musobaqalarida o'yin g'olibini belgilaydigan oxirgi, hal qiluvchi bosqich. Shaxmat
musobaqasining finali. Finalda o'ynamoq. Finalga chiqmoq. Yarim final. Cho-rak final.
FINALIST ayn. finalchi.
FINALCHI Sport musobaqasida fi-nalga - oxirgi marraga chiqqan o'yinchi.
348
Bugun.. boshlanadigan yakunlovchi uchrashuv-lardan keyin finalchilar aniqlanadi. Gaze-tadan.
FINJON [a. jl^i < f.\ esk. Dastali (sopli) piyola, chinni krujka. Xayrlashayotib bir finjon
tutdi. Ular sopli piyolani shuna-qa deyishadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
FINISH \ingl. finish — tugash, tugal-lanma] 1 Yugurish musobaqalarining va poy-galarning
oxirgi, hal qiluvchi bosqichi, qismi. Finish musobaqalarida qatnashmoq.
2 Shunday musobaqalarning oxirgi mar-rasi; marra. Fshishga birinchi bo'libetibkel-moq.
FINKA [r.\ Yengi kalta yozlik ko'ylak. Keyin eshik zarb bilan ochildi-da, katta yengil guldor
finka kiygan Karim ko'rindi. H. G'ulom, Binafsha atri.
FINLAR Finlyandiyaning tub aholisi; fin xalqi.
FINCHA 1 Finlyandiya hududiga, fin xalqiga oid, tegishli. Fincha uy. Fincha qo'shiq.
2 Fin tili. Sen fincha(ni) bilasanmi? Fincha gapirmoq,
FIRDAVS \f. jj — jannat, jannat bog'i] kt. ayn. jannat 1, 2. Qani, ilohim, dodxohning bu
dunyoda mansab va ravnaqlari sarbaland bo'lib, oxiratda firdavsga sazo-vor bo'lsinlar. Hamza,
Boy ila xizmatchi.
FIRDAVSMONAND Jannatga o'xsha-gan, jannatsimon. Aimo Xo'qandi firdavs-monandning o'zida ul
saxovatpeshalar behad va behisob. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Bugun qutlamoqda sizni
Samarqand, Samarqandki, shahri firdavsmonand. N. Narzullaev, Yogdu.
FIRIB [f. - aldovchi; aldamchilik; yo'ldan ozdirish; xiyla, makr] Kishini qasddan adashtirish,
qo'lga tushirish, al-dash; hiyla-nayrang, makr. Ishing firib, hiyla ekan so'zlaring, Yuzing
qonsiz, ola ekan ko'zlaring. «Ravshan». Uning chaqchayganroq ko'zlarida muallim qandaydir
shaytoniy fi-rib va nafrat sezdi-da, alamdan qaltirab, devorga suyandi. Oybek, Hyp qidirib.
Firib bermoq (yoki qilmoq) Nayrang ish-latmoq, aldamoq, qo'lga tushirmoq. Nasim, ko'zingizni
lo'q qilib, firib beradi. T. Mu-rod, Qo'shiq. Geh kimningdir pinjiga kirib, Sezdirmasdan
berardi firib. A. Po'lkan, Iz-hor. Firib yemoq Birovga aldanmok, alda-nib qo'lga tushmoq; pand
yemoq. Soddadillik qilib, firib yedi-yu, qahramonlik qilib, o'zi-ni oqladi. N. Safarov, Jangchi
shoir. Dush-man firibin yema va maddoh xushomadin chin dema. «Hikmatli so'zlar». Shaytonga firib
beradi Hiyla-nayrangda shaytonni ham yo'lda qoldiradigan, o'taketgan firibgar. Ba'zi
birovlarday shaytonga firib bera-digan makkor, ustomon bo'lgandan, aslida shunaqa soddalik
ham durust. S. Siyoev, Er-kaklar ertagi.
FIRIBGAR \f. ~ firib beruv-
chi, \iylagar, aldoqchi] salb. Aldamchilik, tovlamachilik, makru xiyla bilan shug'ul-lanuvchi
kimsa; tovlamachi, hiylagar. Fi-ribgar yondiradi, haqiqatchi qondiradi. Ma-qol. Zargar
firibgar bo'lsa, oltin zanglar. Maqol. ¦¦ Ruzvon otin juda firibgar xo-tin ekan. «Yunus
pari».
FIRIBGARLIK Aldamchilik, hiyla-garlik. U \Navoiy\ o'z ruboiylarida.. muno-fiqlik, yolg'on
so'zlash, dangasalik va fi-ribgarlik kabi xislatlarni qattiq qora-ladi. «Vatan adabiyoti».
Firibgarlik yo'li bi-lan ilmiy unvon olgan kishining umri ru-hiy azobda o'tadi. R. Usmonov,
Odobnoma.
FIRMA \ital. firma - imzo] 1 Yuridik shaxs huqukdaridan foydalanuvchi xo'jalik, sanoat yoki
tijorat korxonasi (kompaniya-si). Marg'shon «Atlas» firmasi. «Qizsh tong» firmasi. shsh
Ikkinchisi, chet ellardagi il-g'or firmalar bilan aloqa bog'lamagan biron-ta ham korxona
bo'lmasligi lozim. Gazetadan.
2 s.t. sft. Yuqori sifatli mahsulot tay-yorlaydigan yoki xizmat ko'rsatadigan. Jiz-zaxdagi
plastmassa zavodining yangi firma magazinidan xarid qilingan chashka qo'lin-gizdan tushib ketsa
ham sinmaydi. Gazeta-dan.
FIROQ [a. jljj - ayriliq, judolik, hijron; tashlab ketish] 1 Eng yaqin, sevimli kishidan judo
bo'lish, ayrilish va bu tu-fayli tortiladigan ruhiy azob; ayriliq, judolik, hijron. Mardni
o'ldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq. Maqol. shsh Qaysi dildor o'z yoriga firoq iztirobini
ravo ko'ra-di. M. Jo'ra, Iztirob. Volidamiz bedom-da-rak ketgan ikki o'g'lining.. firoqida
kuyib, yotib qolibdi/shr. A. Qahhor, Qo'shchinor chi-rokdari.
2 Injikdik, erkalik; tantiqlik, nozu istigno. To'faxon, firoq bilan qosh chimi-rib,
«bilganingiz» deganday yelka uchirib qo'y¬
349
di. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi. Uham sal narsaga zarda, firoq qiladigan bo'lib qoldi.
«Mushtum».
3 Jaxd, zarda. Xadicha xola firoq qilib, uyga kirib ketdi. T. Alimov, Sovg'a. -Iye, ha,
firog'ing kimga, hazil ham kilib bo'lmaydi-mi yoki arpangizni xom o'rib qo'ydikmi ? — dedi
Shaxlo Zuhraga. R. Fayziy, Dugonalar.
FIRUZ aim. feruz 1-3.
FIRUZA 1 ayn. feruza 1. Firuza ko'zli uzuk. shsh Firuza, la'l, zumrad kabi nodir toshlar
Sharqda juda mashhur va kadrli bo'lgan. M. Mirboboev, Konlar yurti.
2 aim. feruza 2. Firuza osmon haddan tash-kari toza edi. M. Muhamedov, Qahramon izi-dan.
Har oqshom firuza kabi ufqlar, zardan qulog'iga sirg'a taqadi. Uyg'un.
3 Firuza (xotin-qizlar ismi). FIR'AVN \a. jj^— zolim, mustabid
< qad. misr. reg-o — podshoh saroyi] map. Qadimgi Misr podshoxdarining unvoni, faxriy nomi.
Misrni bilasizmi, Eski Misr-ni ? Shunda fir'avnlarning ehromlari bor. G'. G'ulom. Fir'avnlar,
shahanshohlar ketdilar ham yo'q bo'lib, Nigohlarni to bu chog'lar yondirasan cho'g' bo'lib. E.
Vohidov, Sharqiy qirg'oq.
FIRQA [a. 4jji — guruh, to'da; partiya; jamoa] esk. 1 Maqsadi, g'oyasi, dunyoqara-shining
mushtarakligi jihatidan birlash-gan kishilar guruhi; guruh, to'da. Musulmon-kul kutmagan joyda
ko'shinidan bir turku-mi o'z ustiga hujum boshlab va bir firqasi Toshkent yigitlari tomoniga
qochib o'tdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 ayn. partiya I. Agar shunday qilsang, firqasining siyosatini buzib o'tgan bo'lasan. S. Ahmad,
Hukm.
FIRQAVII [a. \jJA!jj — firqaga oid] esk. ayn. partiyaviy.
FIRQALI esk. ayn. partiyali. Firkali-lar bilan qishloq kambag'allarining bir-lashgan majlisida
44 kishi ishtirok etdi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
FIRQASIZ esk. aim. partiyasiz. Birin-chi orzuim shuki, bundan so'ng firqasiz bo'lib yurmasang,
firqaga kirsang. A. Qodiriy, Obid ketmon.
FISQ \a. j^ij — buzukdik. axloqsizlik, fahsh] 1 Birovning orqasidan yomonlab tarqatilgan
uydirma gap-so'z; g'iybat, ig'vo. [Krdirov bilan Sultonov] Da'volarini is¬bot qilish uchun
dalil topolmay, endi fisq, tuhmat, ig'vo yo'liga qadam bosganlar. SH. Ra-shidov, Bo'rondan
kuchli.
2 Axloqiy buzuqiik, fahsh. Kecha fisq o'lsa, kunduz zulm pesha. Tishu tirnog'i qay-ralgan
hamisha. Habibiy. Xaqiqatgo'ylar oyoq ostida, Mo''tabar bo'ldi fisqu korimiz. Hamza.
FISQ-FASOD, fisqu fasod [fisq + fasod] Biror kimsa to'g'risida tarqatilgan uydirma ran;
tuhmat, bo'hton. Ulug'bekning ilm bilan shug'ullanishini ruhoniylar dahriylik-ka yo'yib, unga
qarshi fisq-fasod uyushtir-dilar. «Fan va turmush». Hojar xolaning muomalasidan ham ig'vo,
fisq-fasod anqib turadi. YU. Shomansur, Qora marvarid.
FISQ-FASODCHI Yolg'on-yashiqgaplar-ni tarqatuvchi, g'iybatchi; ig'vogar; bo'htonchi.
FISQ-FUJUR, fisqu fujur [fisq + a. jj a Q — axloqsizlik, buzukdik, shahvat] 1 aim. fisq-
fasod. Sherbek o'zi haqida bir vaqt Akramning Nigoraga aytgan fisq-fujur gaplarini eslab,
kinoyali jilmaydi. S. Anorboev, Oqsoy. Saroyning fisku fu-jurga, razolatga to'la rutubatli
havosiyu marmar hovuzlardagi salqini — barcha-barcha-si o'tmishga chekindi. S. Siyoev, Avaz.
2 Noshar'iy, gunoh ishlar, axloqiy bu-zuqliklar; fahsh. Fisq-fujur, may yolg'iz Husayn
Boyqaroning gavdasiga emas, balki butun ma'naviy siymosiga ham ta'sir etgan edi. Oybek,
Navoiy.
FITNA [a. 4_ni — maftun etish; yo'ldan ozdirish; isyon, g'alayon] salb. 1 G'arazli maqsadga
erishish yo'lida birovni qoralash uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat, buzg'unchilik. Fitna
to'qimoq. Oraga fitna solmoq. Fitna ko'zg'amok. tsh Shu fitnani uyushtirgan odam Bo'taning
savodsizligidan, uzoqni ko'rolmasligidan foydalanib, shu ish-ni qilgan. S. Ahmad, Hukm.
Krrailon bilan o'ynashib bo'lmaydi! Amirzodalar orasiga nifoq solib, fitna bilan ne-ne
kishilarni yoqalashtiradigan ham Qorailon! Mirmuh-sin, Me'mor.
2 Ma'lum siyosiy maqsadga erishish niya-tida yashirin til biriktirish yo'li bilan davlatga, siyosiy
rahbarga, tashkilotg'a yoxud shaxsga qarshi qilingan harakat. Fitna uyushtirmoq.
3 kam qo'll. ayn. fitnachi. Fitna odam. shsh Bunday fitna xotinni ko'rmaganman. S. Zun-nunova,
Olov.
350
4 c. m. Urishqoq, janjalkash. O'zingiz bi-lasiz, fitna odamlar ko'p. A. Qahhor, Sarob. -
Odamzodning fitnasi yomon bo'ladi. Ko'ngli ochiqlikka ne yetsin, — dedi Inog'omjon. Mirmuhsin,
Umid.
FITNAGAR \a. + f. _Dfasodni hunar qilib olgan, fitnachi. Fitnagar olam aro fat-ton o'zing, qurbon o'zing. E.
Vohidov, Muhab-batnoma.
FITNAKOR \a. + f. jLS^ii - fitna qi-luvchi] aim. fitnagar. Ichi uning go'yo mud-hish jahannam,
Ko'p yaxshidir bir fitnakor bo'lsa kam. H. Olimjon.
FITNAKORLIK Doimiy ravishda fitna bilan shug'ullanish, fitnani hunar qilib olish. ..mufti olib
borgan barcha fitnakorlik ishlardan xabardorligi Mirzo-ni ajablantirmas, mufti so'zlarining
tub maqsadi ustida o'ylardi. A. Hakimov, Ilon izidan.
FITNALIK ayn. fitnakorlik. Kuymadi razillar o'z fitnaligin. G'. G'ulom, Tashak-kurnoma.
FITNA-FASOD |fitna + fasod] G'a-razli maqsad bilan qilinadigan ish, xat-ti-harakatlar
majmui. O'zing bir vaqt fit-na-fasoddan noligan eding. A. Qaxdor, Sarob.
FITNA-FASODCHI G'arazli harakat-lar, uydirma gap-so'zlar bilan shug'ulla-nuvchi shaxs, g'alamis,
ig'vogar.
FITNACHI Buzg'unchilik va to'polonlar sababchisi, fitna uyushtiruvchi; g'arazli harakatlar
ishtirokchisi. Fitnachilar amir Shohmalik jo'nab ketgan kunning ertasi tunda arkka hujum
qildilar. B. Ahmedov, Ulug'bek. Farg'onada meni Azizbekning sheri-gidir, deb o'ylashlari va
seni bir fitnachi-ning o'g'li, deb tanishlari ehtimoldan yiroq emasdir. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
FITO- [yun. phyton — o'simlik] Bay-nalmilal o'zlashma qo'shma so'zlarning tar-kibiy qismi bo'lib,
o'simliklarga yoki o'simliklar haqidagi fanga aloqadorlikni bildiradi, mas, fitobar,
fitopatologiya.
FITOBAR [fito.. + bar! Dorixonalar-ning, ba'zan magazinlarning o'simlik-lardan
tayyorlanadigan mahsulotlar (yig'ma, damlama, qaynatma, bal`zam) bilan savdo qiluvchi bo'limi.
Krasnodarda aholi xohishi¬ga ko'ra «Flora» fitobari ochildi. «Fan va turmush».
FITONTSID [fito.. + caedere - o'ldir-moq] biol. O'simliklar ajratib chiqaradi-gan zararli
mikroorganizmlarning ko'pa-yishi va rivojlanishiga qarshilik qiluv-chi modtsa, suyuqlik. Uy
o'simliklari o'zidan fitontsidlar chiqarib, zararli mikroorga-nizmlarni o'ldiradi. Gazetadan.
FITOPATOLOGIYA [fito.. + patolo-giya| O'simlik kasalliklari, ularning ol-dini olish va
bartaraf etish chora-tad-birlari haqidagi fan.
FITOTERAPIYA [fito.. + terapiya] Tib-biyotning kasalliklarni o'simliklar yor-damida davolash
usullarini o'rganuvchi bo'-limi.
FITOFAGLAR [fito.. + yun. phagos -yutuvchi, yemiruvchi] Faqat o'simliklar bilan oziklanuvchi
hayvonlar.
FITR [a. jlii — ro'zaning tugashi, og'iz ochiklik; ramazon hayitida beriladigan eh-son,
sadaqa] din. 1 Ro'zaning tamom bo'lishi; ro'za tamom bo'lishi bilan odatdagicha ov-qatlanish
huquqiga ega bo'lish.
2 Ro'za oxirida kambag'allarga, mulla-larga beriladigan sadaqa, ehson. Hosilning o'ndan biri
hisobida machitga beriladigan ushur, mohi ramazonda jon boshiga beriladigan fitr, imomga,
mirobga, sartaroshga berila-digan kapsan.. qo'ying-chi, hammasi ana shu sho'rlik chorakorga
tegadigan to'rtdan bir bo'lak ustida. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. O'tgan hafta mulla Qudratga
o'ttiz so'm fitr puliyam berdim. M. IV!. Do'st, Galatepa qissasi.
Fitr(i) ro'za 1) ro'za tamom bo'lishi bi-lan kambag'allarga beriladigan sadaqa; 2) ro'za
tutmagan kishilarning o'z gunohlarini yuvish uchun mulla, imomga beradigan sada-qasi. Ammo men
bo'lsam, topgan foydala-rimning yarmini hamisha xayru sadaqaga sarf qilaman: imomga fitri
ro'za beraman, xalqni qurbonlik go'shtidan ziyofat qilaman.. Bu-larning bari sadaqa. S. Ayniy,
Doxunda.
FIQH [a. 4ji - bilim, tushuncha; musul-mon huquqi] esk. Din, shariat qonun-qoi-dalari
haqidagi fan, islom huquqshunos-ligi, ilohiyot. U mantiq, fiqh, falakiyot ilmlarini
chetlabo'tolmadi. «Sharqyulduzi». Bobur fiqhning ba'zi bir masalalari yuza¬
351 YAU^k
sidan olimdan fikr so'radi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi.
FIQHIY [a. ^^4Ji — fiqhga oid, tegish-li] Shariat qonun-qoidalariga oid. Ha-dislarning
birinchi to'plami ko'pincha fiq-hiy-huquqiy masashlarga oid hadislarni o'z ichiga olgan.
Gazetadan.
FIG'ON \f. ^Lij — baqiriq, dod-voy; faryod, yig'i] Qattiq xafa bo'lish, qayg'u-rish, alam chekish
tufayli yuz beradigan yig'i-sig'i; nola, faryod. Ona fig'on bilan yugurib kelib, mirshab qo'liga
osildi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o. Qurboning bo'layin, ey onajonim, Sening faryodlaring —
mening fig'onim. M. Yusuf, Uyqudagi qiz.
Fig'on chekmoq (yoki tortmoq) Dod-faryod ko'tarmoq, nola qilmoq, mungli tovush chi-qarmoq. Tanbur
mungli tovushda fig'on cheka boshladi. E. Usmonov, Yolqin. Qandaydir ha-sharot chiyillab fig'on
chekadi. F. Musajo-nov, Himmat. Bu yerlarda qayg'u muttasil kezar. Bu yerda shamollar tortardi
fig'on. G'. G'ulom. Fig'oni oshmoq (yoki chiqmoq) Juda jaxdi chiqmoq, jig'ibiyron bo'lmoq. Buni
ko'rgan Gulchehraning fig'oni oshdi, chin yurak-dan achindi. Gazetadan. Ashurali qizning bo'sh
kelmayotgashigidan fig'oni oshdi. «Sharq yul-duzi». Fig'oni chiqib Jalilovning o'zi yetib keldi. I.
Rahim, Zangori kema kapitani. Fig'oni falakka (yoki ko'kka, osmonga) chiq-moq (yoki ko'tarilmoq)
Haddan tashqari xa-fa bo'lmoq, tutaqib ketmoq. Inobatnshg fi-g'oni falakka chiqdi. J. Sharipov,
Saodat. Cholning fig'oni ko'kka chiqib, ularni oldiga solib quvib ketdi. H. Ahmar, Kim haq?
FIG'ONLI Qayg'u-hasratga to'la; qay-g'uli, g'amgin. Solistlar Furqat g'azaliga yozilgan fig'onli,
g'amgin qo'shiqlarni ijro etadilar. Gazetadan.
FLAGMAN [nem. Flaggemann < goll. vlag
— bayroq + man — odam] 1 Flot yoki yirik xarbiy kemalar qo'shilmasi qo'mondoni.
2 Qo'mondon joylashgan va uning bayrog'i ko'tariladigan kema.
3 ko'chma Ilg'or, yetakchi; bosh, asosiy, muhim. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
— Uzbekiston kimyo sanoatining flagmani. FLAGSHTOK [nem. Flaggenstok < goll.
flaggestok] Kemada bayroqni ko'tarish uchun xizmat qiladigan tik yog'och, xoda.
FLAKON [fr. flacon < lot. fiasco, flas-conis — shisha idish, butilka] Atir, ode¬kolon, vino,
dori quyish uchun ishlatila-digan kichikroq shisha idish. Muqaddam flakondagi dorini shpritsga
tortib oldi-da, ignasini yuqoriga ko'tardi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
FLAMINGO \nopm. flamingo < lot. flamma — alanga, olov] zool. Tropik va sub-tropiklarda
tarqalgan, pushti yoki qizil patli, uzun bo'yinli va uzun oyokdi qush turi.
FLANG [fr. flanc - yon tomon] harb. Qo'-shin yoki kemalar safining o'ng yoki so'l tomoni, yon
tomoni, qanoti. Rajabov o'z pulyometi bilan nemis flangidan aylanib o'tib, dushmanning orqa
tomonidan urib qol-di. N. Safarov, Olovli izlar.
FLEYTA [ital. flauto, nem. Flote] Yog'och-dan yasalgan, naysimon, puflab chalina-digan musiqa
asbobi. Fleyta — orkestr-ning yuqori tovushlarini beradigan, yog'ochdan yasalgan duxovoy
[puflama] asbob. I. Akba-rov, Muzika savodi.
FLEYTACHI Fleyta chaluvchi sozanda.
FLEKSIYA \lot. flexio — egilish, bu-kilish] tlsh. So'z o'zgarishlarida namoyon bo'ladigan grammatik
kategoriyalar majmui ko'rsatkichi; qo'shimchalar qo'shilishi yoki asos (negiz)dagi ba'zi
tovushlarning o'rin almashinishi natijasida so'zlarning dast-labki shaklini yo'qotishi yoki
o'zgartirishi.
Ichki fleksiya So'z shakllarining, ba'-zan yangi so'zlarning asos tarkibidagi (ko'-pincha unli)
tovushlarni o'zgartirish or-qali hosil qilinishi.
FLEKTIV tlsh. Fleksiya xususiyatiga ega bo'lgan; fleksiyaga oid.
Flektiv tillar Morfologiyada, ba'zan so'z yasalishida fleksiya hodisasi ustunlik qiladigan
tillar.
FLOMASTER \ingl. flowmaster < flow -oqim + master — xo'jayin, sohib] Naycha-simon g'ovak
sterjenga shimdirilgan max-sus bo'yoq bilan yozish yoki rasm chizish uchun xizmat qiladigan asbob;
bo'yoqqalam. Sao-datning flomasteri yo'qolib qoldi. Mama-yusufning qistovi bilan portfellar
tintuv qilindi. A. Ko'chimov, Xalqa.
FLORA \lot. Flora — Rim mifologiya-sida: gullar, bahor va yoshlik ma'budasi < flos, floris —
gul] Yer kurrasining biror qismida yoki biror geologik davrda mavjud bo'lgan barcha o'simliklar
majmui; o'simlik-
lar dunyosi. O'zbekiston florasi. Zarafshon florasi. Dengiz florasi.
FLOT [goll. vloot, fr. flotte] 1 Muayyan bir vazifa bajaradigan yoki ma'lum bir sohaga,
hududga mansub kemalar majmui. Harbiy-dengiz floti. Baliq ovlash floti. Dengiz floti. Daryo
floti. mm Rivoyatlarga qaraganda, Arximed Sirakuzi shahrini qamal qilgan Rim flotining barcha
kemalarini botiq ko'zgular yordamida yondirib yuborgan. «Fan va turmush».
2 Harbiy-dengiz kemalarining katta qo'shilmasi (ayn. flotiliya).
Havo floti Mamlakatning harbiy ham-da fuqarolarga xizmat ko'rsatadigan uchish apparatlari
majmui; aviatsiya. Habib.. urush tamom bo'lgach, albatta, havo floti xiz-matiga o'tib ketishini
to'lib-toshib yozgan edi. S. Zunnunova, Olov.
FLOTILIYA \fr. flottille] 1 Daryo va ko'llarda, ba'zan esa yopiq dengizda xizmat qiladigan
harbiy kemalar qo'shilmasi. Amudaryo flotiliyasi. Kaspiy flotiliyasi.
2 Muayyan vazifa bajaruvchi (ov, eks-peditsiya va sh.k.) kemalar otryadi. Kit ov-lovchi flotiliya.
Suvosti flotiliyasi.
FLYUGER [nem. Flugel, goll. vleugel -qanot] Kema machtasiga yoki baland xoda, bino gumbazi
uchiga o'rnatilgan, shamolning yo'nalishi va tezligini o'lchash uchun xizmat qiladigan qurilma,
asbob.
FLYUOROGRAFIYA [lot. fluor - oqim + yun. grapho — yozaman] Rentgenodiagnos-tika usuli: inson
a'zolarining nurlanuv-chi ekrandagi rentgen tasvirini unchalik katta bo'lmagan fotoplyonkaga
ko'chirish.
FLYAGA [nem. Flasche — shisha (idish] 1 Yelkaga, kamarga osib yoki cho'ntakda olib yuriladigan
kichik yapaloq suvdon. Har kuni ertalab, yo'lga chiqishda olinadigan bir flya-ga suv sal
o'tmasdanoq isib qoladi. O. Yoqu-bov, Izlayman. Orif flyagasidagi oxirgi qultumni yaradorning
suvsizlikdan tarsil-lab yorilib shbiga tutdi. A. Eshonov,
Tongotar taronasi.
2 Suyuq narsalar (sut, yog' va sh.k.) ni saqlash yoki tashish uchun ishlatiladigan, bandli katta
idish. Sut quyiladigan flyaga. mm Xotin-xalaj daladan chiqib, o'choq bo-shidagi katta flyagadan
cho'michlab suv icha boshladi. S. Siyoev, Otliq ayol.
FOJE ayn. foji('), fojiali. ..Kechagi foje kunlarimni so'ramay qo'ya qol. Mirte-mir, Tingla,
hayot! Unutishga arzir baxt, shon-shuhrat, boshqa.. Unutilmas narsa fa-qat foje Vatandir. R.
Parfi, Ko'zlar.
FOJEIY ayn. fojiaviy. Gulsara o'zining chuqur fojeiy ariyasida halok bo'lgan onasi-ni aytib
yig'laydi. H. Nosirova, Men o'zbek qiziman.
FOJIA [a. 4.-*^.Li - baxtsiz hodisa, baxtsizlik; halokat] 1 O'ta ayanchli, mudhish ahvol,
holat; falokat. Men sizni kishilar-ning fojiasiga bu qadar yengil qaraydigan kishi, deb
o'ylamas edim. Uyg'un, Asarlar. Bolaning fojiasi meni tamoman karaxt qilib qo'ygan edi. «Sharq
yulduzi».
2 esk. ayn. tragediya 1.
FOJIAVIY Fojia ruhi bilan sug'o-rilgan; fojiali holatga daxldor. Vaziyat-ning fojiaviy ruhi
musiqiy kirish qismi-dayoq aks etib turadi. Gazetadan.
FOJIALI O'ta ayanchli, musibatli, qayg'uli. Muhsinali dadasining fojiali o'limidan keyin
o'zlariga hamroh bo'lib tur-gan keksa no'g'ay kampir bilan qoldi. D. Nu-riy, Osmon ustuni.
Shunda men kecha beix-tiyor qilgan noma'qul ishimning qanchalik fojiali ekanini birato'la
angladim. A. Muxtor, Tug'ilish.
FOJIONA [a. + f. ravishda; mudhishlarcha. Fojiona halok bo'lmoq. Fojiona hodisa. mm Urush o'zining fojiona izini
qoldirmagan oila biziing mamlakatimizda kamdan-kam uchraydi, desa bo'ladi. Gazetadan.
FOJIR [a. j^-li - fohish, uyatsiz; be-tavfiq, gunohkor, buzuq; yolg'onchi] esk. kt. Yomon yo'lga
yuruvchi, zino qiluvchi; axloq-siz. «Aybsiz» deganing janobi oliy — fo-siq, fojir, xalqning
molini urib olib yeguv-chi bir zolim, qonxo'r bir jallod. S. Ayniy, Jallodlar.
FOJI(') \a. ~ og'riq-azobli,
musibatli, qayg'uli; og'ir] Musibatli, fo-jiali, qayg'uli. Bu voqea meni yo o'ta bax-tiyorlikka
yoki foji' bir falokatga olib borar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
FOZIL \a. |_r>1« — hurmatli, izzat-xur-matga sazovor; benuqson, barkamol] 1 Ilm-fan
asoslarini yaxshi egallab olgan kishi; olim. -Agar u yigit sen aytgandek oqilu
353
fozil bo'lsa, bir qizim emas, o'n qizim bo'lsa, berishga tayyorman, — debdi chol. T. Jalolov,
Oltin qafas. Go'zal Zarafshon vodiysi qa-dim zamonlardan beri o'zining shoir va fo-zillari
bilan mashhur. Gazetadan.
2 Fozil (erkaklar ismi).
FOZILA \a. — fozil ayol] 1 Ilm-
fan asoslarini yaxshi egallagan ayol; olima. Oqila va fozila ayollarnjg barchasida ajib
tarovat, baxtidan shukronalik.. sezilib turadi. Gazetadan. Begim oy desa oydek, kun desa
kundek, oqilayu foziladirlar. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
2 Fozila (xotin-qizlar ismi).
FOIZ [ a. (_jiijLa — mo'l-ko'l, labo-lab, ortiqcha, to'la; mo'llik; protsent] esk. 1 Bi-ror son
yoki miqdorning yuzdan bir hissa-si, ulushi (% belgisi bilan ifodalanadi). Korxonamizdagi
xizmatchilarning ellik foi-zi — xotin-qizlar. mm Birov birovni yomon-lasa, kamida o'sha zahoti
sakson foiz isho-namiz! YU. Shomansur, Qora marvarid.
Yuz foiz To'la-to'kis; butunlay, boshdan-oyoq. Gapingiz yuz foiz to'g'ri. tsh Emin Us-monovning
asari to'g'risidagi fikrlaringiz-ga yuz foiz qo'shilaman. «Sharq yulduzi».
2 Qarzga olgan puldan foydalanganlik uchun pul egasiga to'lab turiladigan haq, foyda. Yaqinda
bir MWUUOH sakkiz yuz ming so'm pulini bankka qo'yibdi. Yana yiliga olti foiz foydasi bilan.
K. Yashin, Hamza.
3 Daromadga qarab to'lanadigan yoki olinadigan xissa.
FOIDA [a. ujiLa - afzallik, imtiyoz; xayon, naf, bahra] 1 Biror kimsa yoki narsa uchun
bo'ladigan naf, manfaat; ijobiy natija. Yolg'on aytib, foyda ko'rsang, oxiri zarar toparsan.
Maqol. mm Siringizni men-dan yashirmang, balkim foydam tegib qolar. K. Yashin, Hamza. Navoiy
el foydasi va davlat manfaati uchun bo'lgan bu vazifaga, o'z odati bo'yicha e'tiroz qilmadi.
Oybek, Navoiy.
2 Qilingan xarj bilan olingan daro-mad o'rtasidagi farqtsan tashkil topgan summa, mablag';
daromad. Qamishkaps`giklar Zokirxo'ja qassob to'g'risida gap borsa, «har bir so'yilgan qo'ydan
ikki hissa foyda ko'rmasa, o'zini changakka osadi», deb ta'rif-lar edilar. P. Tursun,
O'qituvchi. Menimcha, tijorat paydo bo'lgan zamondan boshlab bunday mo'l foydani hech kim ko'rgan
emas. Oybek, Tanlangan asarlar.
Foyda qilmoq 1) ijobiy natija ber-moq, o'zining foydali ta'sirini ko'rsat-moq. Dori foyda
qildi. mm Xalq juda ko'p shishlarni paxtadog' bilan davolaydi. Agar bu shish gazak shishi bo'lsa,
paxtadog' foyda qiladi, lekin rak shishi bo'lsa, avj oldira-di. A. Qahxrr, Qo'shchinor chirokdari;
2) `k-ror ish, soxadan iqtisodiy manfaat top-moq, daromad olmoq. Tadbirkor dehqonchi-likdan
katsha foyda qiladi.
3 Qarzga berilgan puldan foydalan-ganligi uchun qarzdordan kreditor oladi-gan qo'shimcha pul,
haq; foiz. Qarzimni uz-ganman, faqat foydasi qolgan. S. Abdulla, Tanlangan asarlar.
FOYDALANMOQ Biror narsa yoki imkoniyatdan bahramand bo'lmoq, uni o'z talab va eqtiyoji uchun
ishlatmoq. Gazdan foydalanmoq. Kitobdan foydalanmoq. Lu-g'atdan foyds`shnmoq. mm Bunine
uchun.. eng muhimi mashinalardan, elektrdan foyda-lanib, kuchni, vaqtni tejash lozim. Oybek,
O. v. shabadalar. Vaqt har kimningo'z qo'li-da. Gap undan to'g'ri foydalanishda. H. Na-zir, Yonar
daryo.
Paytdan (yoki fursatdan, daqiqadan) foydalanmoq Fursatni, imkoniyatni qo'l-dan bermay, biror
ish-harakatni darrov amalga oshirmoq. Mirkomil paytdan foy-dalanib, o'zini darvozadan boqqa
otdi. X-G'ulom, Mash'al. Fursatdan foydalanib, Po'lat ota uni uzib-uzib oldi. K. Yashin, Hamza.
Har bir daqiqadan foydalanib, xo-tirangda ajoyib iz qoldirishga harakat qil. Gazetadan.
FOIDALI 1 Moddiy foyda, naf kel-tiradigan. Foydali qazilmalar. Foydali mehnat. mm Zaytun
daraxtining turgan-bitgani kishi organizmi uchun foidali. Ga-zetadan. Soz tuproqlar
insonlarning yer yuzi-da birinchi bo'lib tanigan foydali qazil-masidir. Gazetadan.
2 ko'chma Ma'naviy jihatdan biror manfaati, nafi tegadigan. Foidali gap. Foydali fikr. mm -
Yo'q, juda qiziq, juda foydali kitob, — yolvorib tushuntirishga boshladi xotini. Oybek,
Tanlangan asarlar.
FOYDASIZ 1 Biror moddiy foyda yoki daromad keltirmaydigan, befoyda. Foyda-siz mehnat.
Foydasiz harakat. mm Oftob
23-O'zbek tilining izohli lug'ati
oyim bo'g'ilib, foydasiz tortishib o'tirish-ni tark qildi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Foydasiz
sel bo'lgandan, odamlarga obihayot ulashadigan sokin ariq bo'lgan yaxshi. Gaze-tadan.
2 ko'chma Ma'naviy, ruhiy manfaati yo'q, nafi tegmaydigan. Foydasiz gap. shsh Zero, o'zining bu
o'tinchini [iltimosini] qush uch-gan so'ng otilmoqchi bo'lgan sopqon qabili-dan hisoblar va
foydasiz bir iltimos deb cho'chir edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
FOYDATALAB [foyda + talab] Faqat foyda ko'rishni o'ylaydigan; foyda ketidan quvuvchi.
O'zingizga ma'lum, savdo ahli zarar-ni yoqtirmaydigan, foydatalab xalq bo'ladi. K. Yashin,
Hamza.
FOYDAXO'R \a. + f. j^jili - foyda yeyuvchi, ko'ruvchi] 1 Biror narsani foydasiga sotish bilan
shug'ullanuvchi va shuning hi-sobiga yashovchi kishi. Foydaxo'rning moli shunday ko'paydi, Boylar
olgan yurtning baland-pastini. «Fol`klor».
2 ayn. sudxo'r. Foydaxo'r Sheylok ijara-ga bergan pulini qaytarmagan kishidan, puling bo'lmasa,
bir qadoq go'shtingni kesib ber, deb talab qilgan. Gazetadan.
FOIE \fr. foyer — o'choq] Teatr, kino va b. xil binolarda tomosha boshlanishi ku-tiladigan,
tanaffus, antrakt vaqtlarida tomoshabinlar dam oladigan maxsus joy, xona. Teatrlarning
foyelarida yoki isti-rohat bog'larida Marg'ilon atlasshsh kiyib, sayr etib yurgan qizlarni kim
ko'rmagan? «Saodat». Shoista opa bilan Rashid tug'u-ruqxonaning chorsigina foyesiga kirishdi.
«Sharq yulduzi».
FOYTUN [q. faeton] esk. To'rt gildi-rakli, ochilib-yopiladigan soyabonli yengil arava. Bir kuni
foytunda uyga qaytayot-ganimda, qarshimdan Muazzam chiqib qoldi. L. Ergashev, Vafodor. Noyib
shoshilib chi-qib, foytunga o'tirdi. Cho'lpon, Kecha va kun-duz. Foytun Feruzaning jiyani Husayn
Mu-rodbekniki edi. S. Siyoev, Yoruglik.
FOITUNCHI s. t. Foytun egasi; foy-tun haydovchi. Allonxo'ja.. otboqaru foy-tunchilarni,
tekintomoq, yalqovlar, deb so'-kib, juvozga quvdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi.
FOKSTROT [ingl. foxtrot < fox - tulki + trot — tez yurish, yo'rtish: tulki qadami] Mayda qadam
bilan oyoqni sudrab bosib ijro etiladigan to'rt qismli raqs (tantsa) va shu raqsning musiqasi.
Vika dafning zarbiga.. fokstrot o'ynay boshladi. Mir-muhsin, Ona.
FOKUS I [lot. focus - o'choq, olov] 1 fiz. Optik sistema orqali o'tgan parallel nurlar
dastasining o'zaro kesishgan yoxud to'plangan nuqtasi. Linza fokusi. Botiq ko'z-gu fokusi. tsh
Har bir planeta ellips bo'ylab harakat qiladi va bu ellipsning fokus-laridan birida quyosh
turadi. «Astronomiya».
2 Fotografiyada: surati olinayotgan narsaning ob'ektivda eng aniq va ravshan ko'rinadigan
nuqtasi. Fokus masofasi. Fo-kusni to'g'rilamoq. Fokusda turmoq.
FOKUS II [nem. Hokus pokus] s. t. Ko'z ilg'amas darajadagi, ko'zni aldaydigan chaq-qonlik,
moxirlik bilan qilinadigan, o'zi-ning g'ayritabiiyligi bilan tomoshabin-larni hayratga
soladigan hiyla: ko'zboyloq-chilik, nayrangbozlik. [Munira.] Birinchi kursliklarning nomini
ko'tarish uchun bitta fokus ko'rsatasiz kontsertda. F. Musajonov, Lofchi.
FOKUSCHI 1 Fokus ko'rsatuvchi artist (q. fokus II). Fokuschi artist. tsh [Munira:] Bekitmay qo'ya
qoling. Sizning usta fokuschi ekanligingizni hamma biladi. F. Musajo-nov, Lofchi.
2 ko'chma Har xil nayrangbozliklar ko'r-satuvchi shaxs; hiylagar. Prokuratura uzoq qidiruvdan
so'ng bu fokuschini endigina qo'l-ga tushirgan edi. Gazetadan.
FOL \a. jLa — yaxshi alomat, xayrli bel-gi, nishona] 1 Biror narsaga (mas, qo'l, kitob, mayda
tosh, qarta, oynaga) qarab, kishi bilishga qiziqqan narsa yoki hodisa-ni odindan «aytib
berish», bashorat qilish. Bir tangani ko'rib, dimog'i chog'bo'lib, oldida-gi fol yog'ochini qo'liga
olib, suf-kuf, deb dam solib, kitobning ustiga tashlabdi. «Er-taklar». Baxtingiz bor
ekanki, menday qo'li yengil, dami o'tkir romchiga yo'liqdingiz: ma-na, fol aytib turibdi, sizni
yuk bosibdi.. K. Yashin, Hamza.
Fol ochmoq (yoki boqmoq, ko'rmoq) 1) kishi bilishga qiziqqan noma'lum voqea, hodi-salarni go'yo
oldindan aytib berishga urin-moq yoki oldindan «bilmoq», aytib bermoq. Uzoq varaqlab
o'ltirdi-da, so'ngra otasining kitobga qarab fol ochishi esiga tushdi. A. Qahhor, Sarob.
Odamlar Ahmad maxdumni
355 dg^
«munajjim», ya'ni yulduzlar yuzidan fol ko'radigan deb bilardilar. S. Ayniy, Esda-liklar; 2)
biror narsa haqida taxmin; fa-raz qilmoq. Turli-tuman mish-mish gaplar. Odamlar aniq bir
tasavvurga ega bo'lmagani uchun har kim o'z holicha fol ochardi. N. Sa-farov, Olovli izlar. Fol
ochtirmoq (yoki boqtirmoq, ko'rsatmoq) O'zi qiziqqan no-ma'lum voqea, hodisani (biror kimsa
yoki narsa taqdirini) bilish uchun folbinga murojaat qilmoq. Men ketay. Dadamga fol ochtirgani
ketyapman.. S. Zunnunova, Gulxan.
2 ko'chma Biror narsa haqidagi taxmin; chama, faraz. Haqiqatan, biron oy o'tmas-dan, Urinboy
otaning foli tamoman tas-diqlandi. Oybek, Quyosh qoraymas.
3 ko'chma Biror ish yoki xatti-harakatning qanday tugallanganini ko'rsatuvchi belgi, nishona.
[Qulmuhammad:] Bugun tong bilan Jaloliddinni hibsga olibdilar. [Guli:] YO rabbiy! Bu yomon
fol. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy. Ayniqsa mulla Abduraxmon hanuz Ra'noning erga
berilmaganligi xabari-ni eshitgach, bu tasodifni istiqbolning xayrli follari sirasiga
kiritdi. A. Qodi-riy, Mexrobdan chayon.
FOLBIN \a. + f. ^Jli — fol ko'ruvchi, fol ochuvchi] Fol ochuvchi shaxs. Folbinning so'ziga ahmoq
ishonar. Maqol. ish Folbin bu tugunchakni Gulnorning ostonasiga ko'mish kerakligini uqtirdi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Frantsiyada oltmish mingta folbin bo'lib, ularning daromadi iiliga
uch milliard frankni tashkil qiladi. Gazetadan.
FOLBINLIK Folbin faoliyati, kasbi.
Folbinlik qilmoq 1) fol ochish bilan shug'ullanmoq; 2) biror narsa, hodisa to'g'ri-sida taxminiy
mulohaza yuritmoq, taxmin, faraz qilmoq. Dashtdagi qizlar Adolatning avzoyini ko'rib, kechasi
bilan folbinlik qi-lib chiqdilar. I. Rahim, Chin muhabbat. Folbinlik qila berish ham yaxshi
emas! Hafi-za aqlli qiz, mana, ertaga borib ko'rasan. Mirmuhsin, Umid.
FOLCHI ayn. folbin. O'shanda folchi kam-pir qandaydir duolarni o'qib, bir oynaga qarab,
nimalarnidir gapirgan edi. Gazetadan.
FOL`GA \pol. folga < lot. folium — va-raq, yaproq] Rangli metallar va qotishma-lardan
tayyorlanadigan, texnikada, yozuv yoki naqshni bosib (siqib) aks ettirishda, oziq-ovqat
mahsulotlarini o'rashda ishla-tiladigan yupqa varaqlar.
FOL`KLOR [ingl. folklore < folk - xalq + lore — bilim; fan] Xalq ijodiyoti; xalq tomonidan
yaratilgan va xalq orasida keng tarqalgan asarlar (ertak, doston, qo'shiq, lapar, masal,
maqol, matal, topishmoq va b.). Xalqning ko'p asrli tarixi mobaynida yaratilgan hikmatli
so'zlar — milliy fol`k-lorning eng yaxshi namunalaridir. X. Yodgo-rov, Hayot to'lqinlari.
FOL`KLORIST [«fol`klor» s. dan] Fol`klorshunoslik sohasi mutaxassisi; xalq og'zaki ijodini
o'rganuvchi shaxs. N. G'aniev mohir adib va fol`klorist ham edi. Gazetadan.
FOL`KLORISTIKA [«fol`klor» s. dan] Fol`klor haqidagi fan; fol`klor-shunoslik. O'zbek
fol`kloristikasi o'zining ilk tongidayoq jiddiy yutuqlarni qo'lga kiritdi. «O'TA».
FOL`KLORCHI s. t. Fol`klorshunos. Fol`klorchi olima Muzayyana Alaviya o'zbek xalq ko'shiqlari
ustida qariyb 15 yildan buyon tinimsiz ilmiy ish olib boradi. Gaze-tadan.
FOL`KLORSHUNOS [fol`klor + f. ^VIJL — o'rganuvchi] Fol`klorshunoslik mutaxassisi. O'zbek
fol`kloristikasining keksa namoyandalari safiga ko'plab yosh fol`k-lorshunos olimlar kelib
qo'shildi. Gazetadan.
FOL`KLORSHUNOSLIK Xalq ijo-diyotini o'rganish, fol`klor asarlarini to'plash va nashr etish bilan
shug'ullanuvchi fan. O'zbek fol`klorshunosligi. Fol`klor-shunoslik ravnaqi. mm O'zbek
fol`klorshu-nosligi — rivoj topgan ilmiy sohalardan biridir. «O'TA».
FON I [fr. fond < lot. fundus — asos, tag, zamin] 1 Surat chiziladigan (solina-digan),
biror narsa tasvirlanadigan, su-rat bo'yokdaridan ajralib turadigan asosiy rang. Oq fonga
chizilgan qizil gullar. Osmon fonida olingan surat.
2 Ko'zga tashlanib turgan kimsa yoki nar-sa orqasidagi ko'rinish; asosiy rasm, su-rat ortidagi
manzara. Bu uy hayvonining rasmi yashil o'tlar fonida qizil bo'yoq bilan ishlangan. Gazetadan.
Yusuf o'zining ibrato-muz kinolarida kishilarning ideal obraz-larini uydirma bo'lmagan, jonli
kishilar fonida tasvirlaydi. «O'TA».
^ 356
3 ko'chma Umumiy sharoit, vaziyat, muhit. Hamza Hakimzoda Niyoziy tarixiy shaxs sifatida.. o'zbek
madaniyatining rivojlanish tarixi fonida ko'rsatiladi. Gazetadan. ..milliy ong va milliy
tafakkur ona tili boyyaiklari fonida, bevosita yordamida shakl-lanadi. Gazetadan.
FON II [yun. phone — tovush, ovoz| To-vushning balandlik darajasi birligi, o'lchovi.
FONAR` [yun. fanari(o)n — yorug'lik, nur tarqatuvchi < fanos — chiroq, mash'ala) 1 Yorituvchi
qismi shar, quticha, naycha va b. shakllardagi shisha yoki shaffof material bilan o'ralgan chiroq.
Cho'ntak fonari. Qo'l fonar`. tsh Munira yugurib, vagonga chiqdi-da, qo'l fonarini olib tushdi. O'.
Umarbekov, Yoz yomg'iri. Kozim aka.. stolning tortmasini ochib, u yerdan elektr fonar` olib,
menga ko'rsatdi. E. Raimov, Ajab qishloq.
2 Fonus. Fonar` yana tutay boshladi, kerosin tugay deb qolgan edi. Y. Muqimov, Olov va
nihollar. G'ulomjonning kulgisi shu qadar beg'ubor ediki, hujrada qirqinchi fonar` yoqilganday
bo'lib ketdi. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o.
Fonar` yog'i esk. ayn. kerosin.
FOND \fr. fond < lot. fundus — tub, asos] 1 Davlat, muassasa va sh.k. ning muayyan maqsad
uchun ajratilgan puli, mablag'i, moddiy boyliklari majmui; jamg'arma. Valyuta fondi. Ish haqi
fondi. Bo'linmas fond. shsh Fondimizda bir yuz ming so'm pul bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
Bo'linmas fondimizda naqd bir yarim million so'm pul bor. «O'zbekiston qo'riqlari».
2 Qat'iy, barqaror daromad keltiruv-chi qimmatbaho qog'ozlar. Fond birjasi. Fond bozori.
3 Pamlab, ehtiyotlab qo'yilgan zaxira, boylik. Jamoa xo'jaliginingurug'lik fondi. Muzey fondi.
Uy-joy fondi. Kitob fondi. Tilning lug'at fondi. tshsh Muzeyimiz fondi-da O'roqovning shaxsiy
buyumlari, suratlari saqlanmoqda. N. Safarov, Olovli izlar.
4 Biron-bir ijtimoiy qatlam, aholi guruhiga (bolalalar, nogironlar, badiiy-ijodiy
uyushmalarning a'zolariga) modtsiy yordam ko'rsatish maqsadida tashkil etilgan muassasa,
tashkilot. Arxitektorlar fondi. Badiiy fond.
Oltin fond 1) oltin zaxirasi; 2) ko'chma jamiyat yoki uning biror qismining eng yaxshi
intellektual kuchlari. Vatan, inson
— bu kabi mangu, boqiy mavzularda bitilgan asarlar jahon she'riyatining oltin fondi-ni
tashkil etadi. «O'TA». Agronom — dav-latimizning oltin fondini tashkil qiluv-chi
kadrlarimizdandir. Gazetadan.
FONEMA \yun. phonema — ovoz, tovush] tlsh. Biror tilda so'z yoki morfemalarning ma'no farqini
belgilovchi, ularni bir-biridan farklashga xizmat qiluvchi tovush birligi. Unli fonemalar.
Undosh fonemalar. mm Nihoyat, oltita ywiu fonema tilimiz uchun mezon sifatida qabul qilindi.
«O'TA».
FONEMATIK tlsh. Fonemaga oid. Til-ning fonematik tarkibi.
FONENDOSKOP \yun. phone - tovush + endon — ichki, ichida + skopeo — ko'raman] Odam va hayvon
organizmida yuzaga kela-digan yurak urishi, nafas shovqinlari va b. tabiiy tovushlarni eshitishta
xizmat qiladigan, quloqqa tutiladigan ikki naycha hamda ovoz kuchaytiruvchi membranali mos-
lamadan iborat tibbiy asbob.
FONETIK 1 Fonetikaga oid. Fonetik qonunlar. Tilning fonetik tizimi. Fone-tik transkriptsiya.
tsh Uychi shevasi o'zining xarakterli fonetik xususiyatlari bilan ko'pgina o'zbek shevalaridan
ajralib turadi. «O'TA».
FONETIKA [yun. phonetike, phonetikos
— tovushga oid] tlsh. 1 Tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil bo'lish usulla-ri, akustik
xususiyatlari va tarkibini o'r-ganadigan bo'limi. Umumiy fonetika. Tari-xiy fonetika. Qiyosiy
fonetika. shsht Poe-tik fonetikada tekshirilayotgan badiiy usullardan biri — apliteratsiya.
«O'TA».
2 Muayyan tilning tovush tarkibi, to-vushlarning akustik va artikulyatsion xu-susiyatlari. O'zbek
tili fonetikasi.
FONETIST Fonetika sohasi bilan shug'ullanuvchi tilshunos.
FONII [ a. (_yJLs ko'hna, eski, keksa; o'tkinchi, muvaqqat, omonat] esk. kt. Tez o'tib
ketadigan; tezda barham topuvchi; o'tkinchi, omonat. Shunday qilib, madrasa qurayotgan yaxshi
odamlardan biri foniy dunyodan boqiy dunyoga ketdi. Mirmuhsin, Me'mor. Necha shoxlar o'tdi
foniy dunyoda: Ba'zisi otli-yu ba'zisi — piyoda. «Zulfizar bilan Avazxon».
357 dg^
FONO- [yun. phone — ovoz, tovush] Bay-nalmilal o'zlashma qo'shma so'zlarning bi-rinchi qismi
bo'lib, shunday so'zlarning tovushga, ovozga aloqadorligini bildira-di, mas, fonogramma,
fonetika.
FONOGRAMMA [fono.. + yun. gramma -yozuv, yozma belgi] maxs. Maxsus texnik vo-sita yordamida
gramplastinka, magnit tas-ma, kino- yoki videoplyonka, lazer disk va sh.k. ga yozilgan tovush
sadolari (nutq, ashu-la, kuy). Grafik fonogramma. shsh Gazetada fonogramma bilan qo'shiq aytish
kabi qusur qayta-qayta tilga olinadi. Gazetadan.
FONOGRAF [fono.. + yun. grapho - yoza-man] maxs. Tovush, ovozlar (musiqa, ashula, nutq va sh.
k.)ni yozib olish va qayta eshit-tirish uchun xizmat qiluvchi apparat.
FONOGRAFIK 1 Fonografga, tovush yozib olish va qayta eshittirishta oid. Fonografik plyonka.
Fonografik material-lar.
2 Alohida tovushni ifodalovchi. Fono-grafik yozuv.
FONOLOGIK Fonologiyaga oid. Fono-logik tizim. Fonologik tekshirish.
FONOLOGIYA [fono.. + yun. logos - bi-lim, tushuncha] tlsh. Tilshunoslikning nutq tovushlarini,
ya'ni fonemalarni so'z va morfemalarning tovush qobig'ini farq-lovchi vosita sifatida o'rganuvchi
sohasi. Tarixiy fonologiya ma'lum bir til fonolo-gik tizimining tarixiy taraqqiyotini..
o'rganadi. «O'zME».
FONOMETR [fono.. + yun. metreo - o'l-chayman] Tovush yoki shovqinning tebranish kuchini, uning
balandlik darajasini o'l-chaydigan asbob.
FONOTEKA [fono.. + yun. theke - om-bor: quti] 1 Muayyan tartibda sak^anadigan ovoz yozuvlari,
fonogrammalar to'plami.
2 Ovoz yozuvlarini to'plovchi, qayta ish-lovchi, saqlovchi muassasa.
FONTAN [ital. fontana < lot. fons, fon-tis - manba, buloq] 1 ayn. favvora 1. Teatr maydoni
uzra ko'k bo'yi Shalola otardi ran-go-rang fontan. T. To'la. Qaynab chiqar zo'r buloqlari,
Fontan bo'lib otilar tikka. YO. Mirzo. «Shimoliy So'x» deb atalgan yosh kon-da yana bir tabshy gaz
fontani hosil qilin-di. Gazetadan.
2 ayn. favvora 2. Alijon zinapoyadan pastga tushib, fontan chetiga o'tirdi. Mir-muhsin,
Chiniqish. Nariroqda fontandan sharillab otilgan suv Orif akani hushiga keltirdi. A. Muxtor,
Chinor. Fontan atro-fi odamlar bilan gavjum. S. Ahmad, Poy-qadam.
FONUS \a. (_vu>iU — shishali chiroq < phanos — yorug'lik, nur] Qo'lda ko'tarib yuri-ladigan yoki
biror joyga o'rnatiladigan, shamol va yog'indan muqofaza qilingan, ichi-ga chiroq yoki sham
qo'yiladigan yoritish asbobi, chiroq. Har mahallaga bittadan shahar dumaxonasi o'tqazgan xira
fonuslar-ning ichida yettinchi pilikli kerosin lampa yonar edi. G'. G'ulom, Shum bola. Hovli
o'rta-sidagi ulkan mash'ala yoqildi. Daraxtlarga kichkina fonuslar osildi. S. Siyoev, Avaz.
FORINT [veng. forint] Vengriya davlati-ning asosiy pul birligi.
FORIG' \a. j^jli — xoli, bo'sh; egallan-magan; befoyda]: forig' bo'lmoq esk. kt. Bi-ror ish-
harakatdan xoli bo'lmoq, bo'shamoq, qutulmoq. Ota-onasining nazdida, Hafiza yuragidagi
dardlardan forig' bo'lganday ko'-rindi. Mirmuhsin, Umid. Sen shu yerda tur-gin, men namozdan
forig' bo'layin, so'ngra gaplashamiz. «Oysuluv». Forig' qilmoq Bi-ror narsadan, ish-yumushdan xoli
qilmoq, qutultirmoq. Qatra may gadolardin, soqiyo, darig' etma, Aqldin qilib forig',
mastlig'da sulton qil. Uvaysiy.
FORIG'BOL, forig'ulbol [a. JUI^jLa -o'y-xayollardan xoli, tinch, xotirjam] esk. kt. Tashvishdan
xoli, ozod; xotirjam, oso-yishta; huzur-halovatli. Forig'bol yashamoq. tsh Yozilurmi endi,
forig'bol, Tarqalganday kuzgi tumanlar? M. Ali, Boqiy dunyo.
FORMA \lot. forma — shakl; tashqi ko'rinish] 1 q. shakl 1-5.
2 Ma'lum toifadagi kishilar uchun mo'l-jallangan, rangi, tikilishi va b. belgila-ri jihatidan
bir xil kiyim. Harbiy for-ma. Maktab formasi. Militsiya formasi. sht Po'latjon uchuvchi
formasida tushgan sura-tini ham yuboribdi. H. Nazir, So'nmas chaq-moqlar.
FORMAL 1 q. shakliy. Aniq nisbat hech qanday formal ko'rsatkichlarga ega emas. «O'TA».
2 k. shaklan; yuzaki. ..bu sohada ular ko'p vaqt formal yaqinliklarni, to'g'risi, qofiya, vazn
uyg'unligini asos qilib keltiradilar. «O'TA».
358
FORMALIZM [ingl. formalism < lot. forma - shakl; tashqi ko'rinish] 1 Insonning turli faoliyat
sohalarida shakl (forma)ni mazmundan ustun qo'yish, shaklni afzal bilib, mazmun va mohiyatga
zarar yetkazish. Yoshlar bilan ishlashda ko'pincha formalizm, rasmiyatchilikka yo'l qo'yilmoqda.
Gazetadan.
2 San'at va adabiyotda: «sof» shaklni eng muhim yagona badiiy unsur, deb tan olish-dan,
shaklning alohidaligi va ustunligi-ni ta'kidlashdan iborat, realizmga zid bo'lgan metod.
FORMALIN [ingl. formalin < lot. acidi-tas formica — chumoli kislota] Dezinfektsiya qilish yoki
tozalash uchun ishlatiladigan o'tkir xidli modda (chumoli kislotaning suvli eritmasi). Formalin
eritmasi. Chi-gitni formalin bilan dorilamoq. tsh O'z navbatida unga o'tkir hidli dori — for-
malin, ul`tratovush yoki ul`trabinafsha nurlar ta'sir ettiriladi. «Fan va turmush».
FORMALINLAMOQ Formalin bilan dezinfektsiya qilmoq, tozalamoq, dorila-moq. Ekish oldidan
chigitni formalinlamoq.
FORMALIST 1 Biror ishda rasmiyat-chilikka yo'l qo'yuvchi shaxs; rasmiyatchi, ras-miyatparast. Sen
uncha formalist bo'lma.
2 Formalizm tarafdori (q. formalizm 2).
FORMALISTIK 1 Rasmiyatchilikdan iborat. Ishga formalistik munosabatda bo'lish.
2 Formalizm tamoyillariga asoslangan, bo'ysungan (q formalizm 2). Formalistik asar.
FORMAT [fr. format < lot. forma — shakl; tashqi ko'rinish] Kitob, daftar, varaq, kartochka va
sh.k. ning eniga va bo'yi-ga ko'ra katta-kichikligi, o'lchovi. Qog'oz for-mati. Katta formatga
ega bo'lgan kitob.
FORMATLI Muayyan shakl, o'lchamga ega bo'lgan. Kichik formatli kitob. Katta for-matli varaq.
FORMATSIYA [lot. formatio — tashkil bo'lish; shakl, ko'rinish] 1 Biror narsaning muayyan taraqqiyot
bosqichi, pog'onasiga mos keluvchi tipi, tuzilishi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya Kishi-lik jamiyati taraqqiyotidagi muayyan ishlab chiqarish usuli va
unga bog'liq ishlab chiqarish, ijtimoiy va siyosiy munosa-batlar, huquqiy me'yorlar va mafkura
bi-lan xarakterlanadigan tarixan shakllangan bosqich, davr (quldorlik, feodalizm, kapi-
talizm). Turkiston xalqlari feodalizm formatsiyasidan kapitalistik formatsiyaga asta-sekin o'ta
boshladilar. Gazetadan. Zamonlar o'tdi, ijtimoiy-iqtisodiy for-matsiyalar almashdi, odamlar
o'rtasidagi munosabatlar o'zgardi. Gazetadan.
2 geol. Hosil bo'lish sharoitlarining umumiyligi bilan o'zaro bog'liq bo'lgan, Yer po'sti asosiy
strukturaviy rivojlani-shining muayyan bosqichlarida vujudga kelgan tog' jinslari yig'indisi,
geologik cho'kindilar.
FORMOVKA [lot. forma - shakl; tashqi ko'rinish] tex. Biror narsaga ishlov berish, uni tayyorlash
barobarida unga qandaydir shakllar berish; kerakli shakllar yasash (quyish) uchun tayyorlangan
qolip. Formov-ka sexi. Formovka mashinasi. sht Uni [Meh-rinisoni] formovka mashinasida
ishlayotgan qiz oldiga boshlab keldi. «Saodat».
FORMULA [lot. formula - shakl, qoida] 1 Biror qoida, voqea-hodisa, qonun va sh.k. ning barcha
xususiy holatlar uchun tatbiq etiladigan aniq, qisqa va umumiy ta'ri-fi, ifodasi. Abdujalil
boy o'zining bu kashfiyotini quyidagi «formula»dan kel-tirib chiqaradi.. A. Qodiriy, Obid
ketmon.
2 mat. Biron-bir ran, fikr, tasdiqni ifodalovchi matematik belgilarning o'zaro uyg'un
birikmasi, kombinatsiyasi. Algebraik formula. Qo'shish formulalari. shsh Io'ldosh qo'lida tayyor
tutib turgan yon daftarcha-sini Elmurodning oldiga qo'yib, undagi formulani bir chekkadan
uqtira boshladi. Shuhrat, Shinelli yillar. U bir varaq qog'ozga tajribaning formulasini shosha-
pisha yozib ko'rsatdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
3 kim. Biror birikmaning elementlar nomi o'rnida qo'llanuvchi lotincha harflar hamda
elementlarning ayni birikma tar-kibidagi mikdoriy nisbatini ko'rsatuvchi raqamlar bilan
yozilgan qisqacha ifodasi; mas, NaCl — osh tuzining formulasi.
FORMULIROVKA [«formula» s. dan] Biror fikr yoki qarorning qisqa va aniq ifodasi.
Teoremaning formulirovkasi. mm U hozirgi Sharq tarixidan juda zerikarli lektsiya o'qirdi. Gapi
siyqa iboralarga, quruq formulirovkalarga.. to'la. P. Qodirov, Uch ildiz.
359
FORMULYAR [nem. Formular < lot. for¬mula — shakl, qoida] 1 Biror inshoot, me-xanizm va sh.k.
ning holati va uni ishlatish bo'iicha ma'lumotlar batartib yozib borila-digan maxsus daftar yoki
varaqa.
2 Kutubxonalarda har bir kitob ichiga solib qo'yiladigan va shu kitob haqidagi asosiy
ma'lumotlar yozplgan hisob varaqasi.
FORPOST [nem. Vorposten < goll. voor-post - oldindagi post] 1 harb. Harbiy qism-ni himoya
qilib turish uchun qo'yilgan il-g'or (yetakchi) soqchilar guruhi.
2 ko'chma kt. Biror narsaning oldingi, ilg'or qismi, tayanchi; avangard. Uch yil ol-din tashkil
qilingan xo'jalik.. cho'lga bosh-langan yangi hujumning forposti bo'lib qol-di. Gazetadan.
FORS [f. ^jLi — eronlik; Eron janu-bidagi viloyat nomi] q. forslar. Fors tili. Fors qizi.
mm U arab, fors tillarini yaxshi egallagan. Oybek, Navoiy. Hamza otasidan ta'lim olib, o'n
besh yoshida fors, arab tillaridagi kitoblarni o'qiydigan bo'ldi. K. Yashin, Hamza.
FORSIGO'Y \f. ^^jli - forscha so'z-lovchi] Fors tilida ijod qiladigan, yozadigan, gapiradigan.
Forsigo'y shoir. mm Sohib Doro zamonaning ko'zga ko'ringan forsigo'y shoirlaridan bo'lib, yosh
qalam-kashlarni o'z maslahatlari bilan bahramand qilib turardi. M. Osim, Sehrli so'z.
FORSIY \f. u—jLi — forslarga, fors tiliga oid, aloqador] 1 Fors tili. U zot zaboni
arabiyni — fasih, turkistoniyni — sahih, forsiyni malih [go'zal].. biladurg'on donishmand.
Mirmuhsin, Temur Malik.
2 Fors tilida aytilgan yoki yozilgan; forscha. Haqiqatan ham Navoiy forsiy devo-ni bilan
Jomiydan so'ng fors-tojik ada-biyotini yangi bir bosqichga ko'tardi. «O'zTA».
FORSIXON [f. oljF-ur-jli - forscha o'quvchi] Fors tilida bitilgan asarlarni o'qiy oladigan,
uni tushunadigan va talqin qila oladitan shaxs. Anvar o'n besh yoshida.. yaxshigina forsixon va
bir daraja arab tiliga oshna edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
FORSLAR Eronning asosiy, tub aho-lisi va uni tashkil qiluvchi xalq; ero-niylar.
FORSUNKA [ingl. force-pump — bosim beruvchi, haydovchi nasos] tex. Suyuq yonil¬g'ini yoki kukun
holidagi yoqilg'ini bosim bilan zarralar tarzida purkash, sochish uchun mo'ljallangan moslama,
nasos.
FORSCHA ayn. forsiy. Forscha-ruscha lug'at. Forscha so'zlashmoq. mm Ashotda ruscha, forscha va
armancha she'rlar bor ekan-u, ular Bashirjonga o'tirishmadi. N. Aminov, Su-varak.
FORTEP`YANO [nem. Fortepiano< ital. forte — qattiq + piano — asta, kuchsiz] Kla-vishlari
barmoq bilan bosib chalinadigan torli musiqa asbobi (royal` va pianinoning umumiy nomi).
Fortep`yano chalmoq. mm Sozi buzuq fortep`yanoning baland ovozi yangradi. «Yoshlik».
FORTOCHKA [nem. Pforte < lot. porta -darvoza] Uyni shamollatish maqsadida de-razaga
o'rnatiladigan kichkina darcha. Sao-datxon fortochkani ochib yubordi. S. Zunnu-nova, Yangi
direktor.
FORUM \lot. forum] 1 map. Qadimgi Rimda xalq yig'inlari, yarmarkalar, sud majlisi va b.
tadbirlar o'tkaziladigan maydon.
2 Keng vakolatli yig'ilish, anjuman. Butun dunyo yoshlar forumi. Jurnalistlar forumi. mm Ikki
qit'a yozuvchilari forumi do'stlik va birdamlik bayramiga aylanib ketdi. Gazetadan.
FOSGEN \yun. phos — yoruglik + genos — nasl, avlod; kelib chiqish] kim. Nafas olish a'zolariga
zarar yetkazuvchi, chirigan pichan isi keladigan rangsiz, zaharli gaz. Fosgen juda zaharli
modda, nafas yo'llariga kuchli ta'sir qiladi. «UzME».
FOSID [a. A^LS — buzilgan; aynigan; yo'ldan adashgan; buzuq, axloqsiz, yaramas] 1 esk. kt.
Yomonlik qiladigan; jirkanch; buzuq, yaramas. Fosid xayol. Fosid maqsad. mm To'g'ri aytasan.
Lekin bu fosid raqs, ashula, musiqiylarni majusiylar, otashparastlar.. ijod etganlar. K.
Yashin, Hamza. Beribfat-vo, «urishinglar», demay qozi kalon o'lsin, Hammani yo'ldin ozdirgan
o'shal fosid xayol o'lsin. A. Qahhor, Sarob.
2 din. Islom an'anasida diniy maj-buriyatlarni ado etmagan gunohkor. ..Alloh fosidlardan
rozi bo'lmaydi, ehsonlarini qa-bul etmaydi va o'zlarini hidoyatga erish-tirmaydi.. «UzME».
FOSIQ [a. ^j^i — buzuq, fohish, axloq-siz; murtad, kofir] esk. kt. Buzuq, gunoh,
360
harom ishlar bilan shug'ullanuvchi, yomon yo'lga yuruvchi; axloqsiz. Fosiqdan hayo ti-lama,
zolimdan — vafo. Maqol. shti Va ular-ning yuraklarida G'araz, fosiq havaslar tu-nar. SH.
Rahmon, Yurak qirralari. Nusratsh-lo fosiq ekanligi ustiga porani qildek sug'urib, ilikdek
yutmog'i maxfiy emas. A. Qahhor, Tobutdan tovush.
FOSFATLAMOQ Metall va metall buyumlarni atmosferaviy yemirilishdan saqlash maqsadida ular
sirtida erimay-digan fosfatlar pardasi (plyonkasi)ni hosil qilish.
FOSFATLAR [ingl. phosphate < yun. phosphoros — nurafshon, nur sochadigan ] kim. Fosfat
kislota tuzlari va efirlari (aso-san o'g'it sifatida, shuningdek, tibbiyot va texnikada
ishlatiladi). Kal`tsiy fosfati.
FOSFATLI Tarkibida fosfati bo'l-gan. Uzbekistonda fosfatli o'g'itlar — ammofos va
ammoniylashtirilgan superfos-fat ishlab chiqaradigan juda katta kor-xonalar barpo etilgan.
Gazetadan.
FOSFOR [yun. phosphoros — nurafshon, nur sochadigan < phos — yorug'lik + phoros — olib boruvchi]
1 Mendeleev davriy siste-masining V guruhiga mansub kimyoviy ele-ment; oq, qizil va qora
rangda bo'ladigan, suyuqlanish temperaturasi va b. ba'zi xos-salariga ko'ra o'zaro farqlanuvchi,
kimyoviy faol metallmas modda (o'g'it, gugurt ishlab chiqarishda, metallurgiyada, organik
sintez-da qo'llanadi). Ona sutida oqsishar, yog'lar.. kaya`tsiy va fosfor kabi to'yimli moddalar
yetarli bo'ladi. «Saodat». Tuproqda fosfor taqchil bo'lsa, kartoshkaning gullashi va ho-sil
pishishi sekiyu1S1shadi. «Fan va turmush».
2 s.t. Fosfatli o'g'it turi. Fosfor yanagi hafta keladi. Ikkinchi chopiqni tamomla-dingmi?\\.
Rahim, Chin muhabbat.
FOSFORITLAR [ingl. phosphorite < yun. phosphoros] Tarkibida fosfat ko'p bo'lgan cho'kindi tog'
jinslari; asosan mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Geo-loglarning aytishicha,
fosforitlarning tax-miniy zaxiralari cheksizdir. Gazetadan. Bizda fosforit konlarining eng
yirik manbalari maejud. Gazetadan.
FOSFORLI Tarkibida fosfor mavjud bo'lgan; fosfor aralash(tiril)gan. Fosfor-li tuz. Fosforli
ruda. Fosforli o'g'itlar. sht Fosforli va kaliyli o'g'itlarning asosiy qismi yerga kuzda go'ng
bshyun birga solinadi. «Fan va turmush».
FOTIH [a. ^zli — ochuvchi, boshlovchi; bos-qinchi, zabt etuvchi] 1 Biror shahar, dav-lat,
mamlakatni urushib qo'lga kiritgan, zabt etgan; g'olib; jahongir. ..o'jar Sirdaryo qariyb butun
jahonni zabt etgan, ta-rixlarda «jahon fotihi» deb nom olgan Iskandarga ham bo'ysunmadi.
Gazetadan. Yo'l-larda yotardi ko'p begunohlar, Fotihlar izlari, beson qabrlar. M. Shayxzoda.
2 Fotih (erkaklar ismi).
FOTIXA [a. d^li — ochish, ochilish, bosh-lanish, ibtido, muqaddima; Qur'onning birinchi surasi] 1
din. Qur'onning bi-rinchi, boshlang'ich surasi, boshlanishi.
2 Kimsaga ezgulik tilab aytiladigan duo, olqish. Chollar Qudratga tani-joni sog'lik, ishiga
baraka tilab, fotihaga qo'l ko'tardilar. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Rahim domla fotihaga qo'l
ochib, yoshlarni duo qildi. H. G'ulom, Mash'al.
Fotiha o'qimoq 1) qur'onning qisqa suralaridan birini o'qib, marhumning ruhiga xudodan mehru
shafqat, ezgulik tilamoq. Mirzakarimboy qo'llari bilan so-qolini yengilgina siypab, marhumga
fotixa o'qigan bo'ldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kampir tepasini burgan bosgan qabr oldida
to'xtab, hassasiga suyanib, yerga o'tirdi-da, nimalarnidir pichirlab, fotiha o'qidi. I. Rahim,
Ixlos; 2) qo'l ochib va uni yuzlariga tortgan holda, o'zi yoki boshqalar uchun yax-shiliklar,
ezgulik, tinchlik, salomatlik tilamoq, duo kilmoq. Oshdan so'ngusta Olim shunday fotiha o'qidi:
-Dushmanlaringizning yo'q bo'lganlari chin bo'lsin, sevganingiz bi-lan endi mas'ud yashang! A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Fotiha qilmoq s. t. Fotiha o'qimoq. Qalandar poygakka chordana qurdi.
Ichida nimanidir pichirladi, fotiha qildi. S. Siyo-yev, Yorug'lik. Yuziga fotiha tortmoq Foti-\a
o'qib bo'lingach, ikki qo'lning kafti bilan yuzni yuqoridan pastga tomon yen-gilgina silamoq.
Nasiba kresloga o'tirib, yuziga fotiha tortdi. A. Qahhor, Asarlar. Botir ham bobosiga
qo'shilib, yuziga fotiha tortdi. A. Dilmurodov, Osmonning bir par-chasi.
3 Biror ish-harakatni bajarishga ki-rishayotgan kishiga omad, baxt tilagan hol-da beriladigan
ruxsat, ijozat. Fotiha ber¬
361 <7%^
moq. Fotiha olmoq. mm Men rozi, kuyov qi-lamiz, fotiha bering. U. Ismoilov, Say-lanma. Orif
sardor xalqdan fotiha olib, otini yugurtirib, to'daga ketdi. A. Qodi-riy, Kichik asarlar.
Oq fotiha Biror ishni bajarishga ki-rishish uchun rozi bo'lib, mamnunlik bilan beriladigan
ruxsat, ijozat. Ota, sizdan oq fotiha tilayman, Shirvon elda Zulxumorga boraman. «Ravshan».
[Tangriqulhoji:] Menga oq fotiha bering, safar otini egarlab, yo'l-ga chiqay M. Osim, Ibn
Sino qissasi. Fo-tiha so'ramoq Boshqalardan oldinroq turib ketish uchun yig'ilish ahlidan yoki
yoshi kattaroq kishidan ruxsat so'ramoq. Abdu-rahmon sardor.. qaytmoqchi bo'lib, xalifadan
fotiha so'radi. S. Ayniy, Qullar.
4 etn. Qiz bilan yigit turmush qurishga rozi bo'lgandan keyin, buni qarindosh-urug', mahalla
ahliga ma'lum qilish maqsadida nikoxdan oldin o'tkaziladigan marosim; unashtirish. Fotiha —
go'yoyarim nikoh, u ikki tomonning kelajak hayotiga takdir muhrini bosadi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Musulmon bo'lsalaring, qizimga tegmanglar! Birovning omonati!Birovga fotiha
bo'lgan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Fotiha to'yi Qiz bilan yigitning unash-tirilganligi munosabati bilan o'tkazila-digan kichik
to'y; unashtirish to'yi. Keling.. katta to'ydan ilgari fotiha to'yini o't-kazib olaylik. Hamza,
Kg'sh o'g'ri? Ichkarida bir oqsoch kampir, tashqarida bir karquloq otboqar qolgan, boshqa hech kim
yo'q, hamma fotiha to'yiga ketgan. K. Yashin, Hamza.
5 etn. O'lik chiqqan xonadog'sha o'limning dastlabki uch kuni hamda hayit kunlari marhumning
xotirasi uchun o'tkaziladigan marosim; ta'ziya. Fotihaga kirib chiqmoq. mm O'ligim kafansiz
qolmasa, duoyi fotihaga kelganlarning oldiga bitta-ikkita qat-tiq-quttiq non qo'ysangiz
bo'lgani. A. Qah-hor, Sarob. Shu payt uch kishi fotihaga kirdi. S. Siyoev, Avaz.
6 ko'chma Tabriklash, muborakbod qilish, yaxshi talaklar bildirish. [Maxdum:] Sen qiz-laringni
ozod qo'y, Nigor, dasturxon tay-yorlab, choy qaynat! Fotihaga odamlar kelsa kerak. A.
Kodiriy, Mehrobdan chayon.
FOTIXALI O'lik chiqqan, fotiha o'qi-lishi lozim bo'lgan; ta'ziyali. -Hayit kun-lari qishloqqa bir
borib kelsang bo'larmi¬di, — dedi nihoyat Mavjuda xola, — fo-tihali xonadonlar ko'payib
kolgan. T. Mah-mud, Oqar daryo oqmasmidi jimgina.
FOTIXAXON [a. + f. 6I- fo-tiha o'quvchi] O'limning dastlabki uch kuni va hayit kunlari yoki
umuman o'lik chiqqan xonadonga kirib, fotiha o'quvchi kishi.
2 Biror xursandchilik, ijobiy voqea-hodisa munosabati bilan kimsaning xona-doniga borib,
uni tabriklovchi, muborak-bod qiluvchi, duo qilib, yaxshi tilaklar bildiruvchi. Shu kun kechgacha
shaharning ham-ma tabaqalaridan ham- fotihaxonlar kelib turdshar. A. Qodiriy, Mehrobdan
chayon. Ik-kinchi, uchinchi turkum fotihaxonlar kel-gandan so'ng, maxdum.. uni [Anvarni] chakir-
tirib kelishga majbur bo'ldi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
FOTIXAXONLIK Belgili kunlarda o'lik chiqqan uyga kirib, fotiha o'qish, ta'ziya izhor qilish
jarayoni, marosimi.
2 Biror voqea-hodisa munosabati bilan kimsani tabriklash, muborakbod qilish. [Abduraxmon]
Uyiga borib tushdi. Bir necha kungacha fotihaxonlik, hordiq chiqarish ma-rosimshri davom etdi.
A. Qodiriy, Mehrob-dan chayon.
FOTIXACHI ayn. fotihaxon.
FOTIXLIK Biror hudud, mamlakatni zabt qilishlik, bosqinchilik. O'rta Osiyo xalqlarining
voqealarga boy tarixida Is-kandarning fotixlik yurishlari ham ma'lum o'rin egallaydi. A.
Qayumov, Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostoni. Har qanday fotihlik qurol bilan, qon bilan
amalga oshirilsa-da, bu usul fotihlar g'alabasini barqaror qiladi, degan gap emas. SH.
Rizaev, Jadid dramasi.
FOTMACHUMCHUQ zool. shv. To'rg'ay; so'fi-to'rg'ay. Jar ichida suv mshgtiraydi, u yerdan fotmachumchuq..
kushining chiq-chiq, qiyk-qiyq ovozlari keladi. SH. Xolmirzaev, O'n sakkiz-ga kirmagan kim bor.
FOTO \yun. phos, photos — yorug'lik] ayn. fotografiya. Yangi eksponatlar tokchasining oxirgi
burchagida esa bir foto jilvalanib turardi. «Mushtum».
FOTO- \yun. phos, photos — yorug'lik, nur] Baynalmilal o'zlashma, shuningdek, yarim kal`kalangan
qo'shma so'zlarning birinchi qismi: 1) yorug'lik hodisalariga, yorug'lik ta'siriga, umuman,
yorug'likka taalluqli¬
362
likni ko'rsatadi (mas, fotosintez, foto-kimyo, fotoelement); 2) fotografiya, suratga
aloqadorlikni, fotografiya usulida tayyor-langanlikni bildiradi (mas, fotoappa-rat,
fotomontaj, fotoqog'oz).
FOTOAPPARAT [foto.. + apparat] Fo-tosurat oladigan optik-mexanik qurilma, fotografiya
apparati. Fotoapparat bir lahzada kishi tasvirini qanday ilib qolsa, uning tasavvuri ham
qizning o'sha qiyofasini shunday eslab qolgan edi. O'. Hoshimov, Kdl-bingga quloq sol.
FOTOBIOLOGIYA [foto.. + biologiya] Biologiyaning ul`trabinafsha va infra-qizil nurlar, umuman,
yorug'lik ta'sirida organizmlarda sodir bo'ladigan jarayon-larni o'rganuvchi bo'limi.
FOTOGRAF Fotografiya mutaxassisi, fotografiya bilan shug'ullanuvchi. Qarsak tinib, zal endi
jimigan edi, kinochilar, fotograflar chaqqonlik bilan ishga kirishib ketdilar. N. Safarov,
Olovli izlar.
FOTOGRAFIK Fotografiyaga oid, alo-qador. Fotografik san'at. Fotografik kamera. Fotografik
ko'rgazma.
FOTOGRAFIYA [foto.. + yun. grapho -yozaman] 1 Maxsus optik apparat — foto-apparat vositasida
ob'ektlarning qo'z il-g'aydigan tasvirini yorug'liksezgir mate-riallar (qog'oz, plastinka yoki
plyonka)ga tushirish, suratga olish usuli. Fotografiya to'garagi. mm 20-asrda fotografiya asosiy
axborot va hujjatlashtirish vositasi bo'lib qoldi. «O'zME».
2 Shunday usulda olingan surat. Rangli fotografiya.
3 Shunday usulda surat oladigan ishxo-na, ustaxona. Fotografiyaga kelmoq.
FOTOGRAFLIK Fotograf kasbi, mashg'uloti. Fotograflikni o'rganib olmoq.
FOTOKAMERA [foto.. + kamera] ayn. fo-toapparat.
FOTOKIMYO [foto.. + kimyo] Fizik kimyoning yorug'lik ta'sirida sodir bo'la-digan kimyoviy
reaktsiyalarni o'rganuvchi bo'limi.
FOTOKOPIYA [foto.. + kopiya] ayn. fo-tonusxa. Biz fotokopiyasiga ega bo'lgan lu-g'atda ro'yxati
berilgan rus so'zlari qar-shisiga o'zbek va tojik so'zlari arab alif-bosida yozib qo'yilgan.
«UTA».
FOTOKO'RGAZMA [foto.. + ko'rgazma] Fotosuratlar qo'yiladigan, fotorasmlar bilan bezatiladigan
ko'rgazma; fotovitrina.
FOTOLABORATORIYA [foto.. + labo-ratoriya] Fotosurat olish va ko'paytirish uchun maxsus
jihozlangan xona, kabinet, laboratoriya; suratxona. Fotolaboratoriya va zarur jihozlarning
yo'qligi havaskor su-ratkashlar uchun katta qiyinchilik tug'dir-di. Gazetadan.
FOTOLAMPA [foto.. + lampa] 1 Foto-rasmlarni ishlashda qo'llanadigan qizil shishali lampa.
2 ayn. fotoelement.
FOTOLENTA [foto.. + lenta] Foto-rasmlar tushirishga mo'ljallangan lenta. Analiz natijalari 12
sm kenglikdagi fo-tolentaga.. egri chiziqlar asosida yozib olinadi. «UTA».
FOTOLIZ [foto.. + yun. lysis — ajralish, parchalanish; buzilish] kim. Suyuq, qattiq va gazsimon
moddalarning yorug'lik nuri ta'sirida parchalanishi.
FOTOLITOGRAFIYA [foto.. + lito-grafiya] plgrf. Litografiya uchun bosma qo-lip tayyorlash usuli:
tasvirni yorug'lik sez-gir qatlam bilan qoplangan tosh yoki me-tallga tushirish (bosish); shunday
usulda tayyorlangan bosma qolipdan olingan nus-xa. Fotolitografiya usuli.
FOTOMATERIAL [foto.. + material] 1 Fotosurat va kino olishda ishlatiladi-gan materiallar
(fotoqog'oz, plyonka, xil-ma-xil yorug'liksezgir ximikatlar). Stantsiya binosiga pochta, oziq-
ovqat, yangi priborlar, kino va fotomateriallar olib o'tildi. Ga-zetadan.
2 Biror maqsad uchun foydalanish mum-kin bo'lgan turli fotosuratlar, fotogra-fiya
mahsulotlari. Ko'rgazma uchun fotoma-terial tayyorlash.
FOTOMETR [foto.. + yun. metreo - o'l-chayman] fiz. Fotometrik (yorug'lik) katta-liklar (yorug'lik
kuchi, yorug'lik energiyasi, yoritilganlik va b.)ni o'lchaydigan optik asbob.
FOTOMETRIK Fotometriyaga oid. Fotometrik metodlar yordamida olib bo-rilgan kuzatishlar Mars
sirti juda tekis ekanligini va unda hech qanday tog'lar yo'q-ligini ko'rsatdi. Gazetadan.
363
FOTOMETRIYA [foto.. + yun. metreo -o'lchayman] fiz. Optikaning yorug'lik katta-liklarini hamda
elektromagnit nurlanish-ning energetik tavsiflarini o'lchash bilan shug'ullanuvchi bo'limi.
FOTOMONTAJ [foto.. + montaj] Fo-tosuratlar yoki ularning ayrim qismla-ridan, ba'zan boshqa
rasmlar qo'shgan hol-da badiiy va mazmuniy jihatdan yaxlit kompozitsiya tuzish; shu usulda
tayyorlangan fotoplakat, reklama va b.
FOTOMUXBIR [foto.. + muxbir] Gaze-ta va jurnallarga dolzarb masalalar yuza-sidan
fotosuratlar tayyorlab beradigan muxbir. Ayrim jurn&shstlar, fotomuxbir-lar va tabiat
havaskorlari pul mukofot-lari va diplomlar bilan taqdirlandi. Ga-zetadan.
FOTON [yun. phos, photos — yorug'lik] Elektromagnit nurlanishning kvanti, eng kichik zarrasi.
FOTONUSXA [foto.. + nusxa] Biror asar, hujjat va sh.k. ning fotografik nusxasi, aynan
ko'chirmasi.
FOTOPLASTINKA [foto.. + plastin-ka] Fotografiyaning rasm tushirish uchun mo'ljallangan,
yorug'likni tez ilg'ovchi oy-nasi.
FOTORASM [foto.. + rasm] ayn. fo-tosurat. -Bu odamning jinoyat qilganiga hecham ishonmayman,
— dedi Nigora qo'lidagi fotorasmga tikilarkan. S. Anorboev, Oq-soy.
FOTOREPORTAJ [foto.. + reportaj| Fotografiya vositasida tayyorlanadigan re-portaj.
FOTOREPORTYOR [foto.. + reportyor] Reportaj uchun surat olish bilan shug'ul-lanuvchi fotograf,
suratkash.
FOTOSINTEZ [foto.. + sintez] bot., biol. Yashil o'simliklar, suvo'tlar hujay-ralarida va ba'zi
mikroorganizmlarda yorug'lik ta'sirida karbonat angidrid va suvdan organik moddalarning
hosil bo'lish jarayoni; quyosh energiyasining organik mod-dalardagi kimyoviy energiyaga aylanishi.
FOTOSURAT [foto.. + surat] Fotogra-fiya usulida olingan surat; fotorasm. Af-suski, uning
[Malohatning] fotosurati xam yo'q edi. I. Rahim, Tinimsiz shahar. Umid yangi uy devoridagi
Hafiza fotosuratiga tikildi. Mirmuhsin, Umid.
FOTOS'YOMKA [foto.. + s'yomka] Bi-ror hudud yoki ob'ektni fotografiya yo'li bilan (ko'proq
osmondan turib) suratga olish.
FOTOTELEGRAMMA [foto.. + tele-gramma] Fototelegraf orqali yuborilgan yoki olingan
telegramma, matn, xat, hujjat, chizma va sh.k.
FOTOTELEGRAF [foto.. + telegraf] Qog'ozga tushirilgan xat, hujjat, chizma, rasm va sh. k.
tasvirlarni uzoq masofaga uzatadigan telegraf apparati.
FOTOTERAPIYA |foto.. + terapiya] tib. Sun'iy, notabiiy manbalardan hosil qilinadigan
infraqizil, ko'zga ko'rinar-li va ul`trabinafsha nurlardan davolash va profilaktika
maqsadlarida foydala-nish; nur bilan davolash.
FOTOXRONIKA [foto.. + xronika1 Fotosuratlarda, fotosuratlar yordamida aks ettirilgan
voqealar xronikasi.
FOTOCHI s. t. Fotograf. Kichshna su-ratni katta qiladigan fotochi kelgan, xohlaganlar
kutubxonachi qizga uchrashsin. S. Ahmad, Saharlarda.
FOTOELEMENT [foto.. + element] O'ziga tushadigan yorug'likni yutib, elektr energiyasiga
aylantiradigan elektr asbob. Fotoelementlar, odatda, nurlanish yoki yorug'lik qabul qilgichlar
vazifasini o'taydi. «O'zME».
FOTOQOG'OZ [foto.. + qog'oz] Bir to-moni yorug'liksezgir modda bilan qoplan-gan, fotosuratlar
tushiriladigan qog'oz.
FOTOHAVASKOR [foto.. + havaskor] Fotografiya ishi bilan havaskor sifatida shug'ullanuvchi kishi.
Ko'rgazmadagi foto-havaskorlar olgan suratlar ham kishining diqqatini tortadi. Gazetadan.
FOTOHUJJAT [foto.. + hujjat] Bi-ror masala yuzasidan to'plangan fotorasm-lardan iboratdalil,
xujjat; fotomaterial.
FOXIRA [a. a_>b.Ls — chiroyli, kelish-gan] Ko'rkam, kelishgan, serhasham; g'urur-lanishga loyiq.
Unday bo'lsa, bozorga borib, o'zing uchun libosi foxira xarid qilgin, dedi. «Sharq yulduzi».
Menga foxira liboslar kiy-dirishdi. «Sharq yulduzi».
FOXTA [f. 4ii».Li] zool. Bo'ynida qora halqasi bo'lgan, kaptardan kichikroq, kul-rang cho'l
qushi; to'rg'ay; jiblajibon. Chum¬
364
chuqlar chirqillamoqda.. musicha, foxtalar kukulamoqda. S. Ayniy, Qullar.
FOSH [f. ,jiLa — ochiq, oshkor; mashhur] Hammaga ma'lum, mashhur; oshkor, oshkora. Fosh bo'lmoq.
Fosh qilmoq (etmoq). Kam-chiliklarni fosh qilmoq. tsh Zebo o'z mu-habbati haqida hech kim bilan
maslahat-lashishni, birovga fosh qilishni istamasdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Zebixon, yolg'oni
fosh bo'lib qolganidan, gapni hazilga burib yubordi. S. Ahmad, Ufq.
FOHISH \a. oi^-U — chegaradan chiqqan, qaddan ortiq; bema'ni; axloqsiz, beadab] 1 Odobdan
tashqari, beadab, axloqsiz. Fo-hish erkak. sht Qodiroxun kabilar — Fohish orzuning quli. Qay
tarafga uzatsa, Yetadir iflos qo'li. G'ayratiy.
2 Ana shunday ish bilan shug'ullanuvchi shaxs, xiyonatkor, fohishaboz. Mansurxo'ja..
ig'vogarligiustigao'lguncha fohish. «Mushtum».
FOHISHA \a. * ,7, Li — fohish ayol, bu-zuq, xiyonatkor ayol] O'z tanini sotishdek buzuq, fahsh
ishlar bilan shug'ullanuvchi ayol; zinokor ayol. Shunday yo'llar bilan bu-lar fohisha ko'paytirar
ekan-da. Hamza, Paranji sirlari. Ammo sen iflos balchiqqa bo'g'zingdan botib, uning qo'lansa
isini olib qolgan ekansan, fohisha!K. Yashin, Hamza.
FOHISHABOZ \a. + f. jLo^Li - fohi-sha o'ynovchi; o'ynash tutuvchi) Axloqi buzuq ayollar bilan
jinsiy aloqa qilishga o'ta berilgan erkak.
FOHISHABOZLIK Fahsh ishlar bi-lan mashg'ul bo'lish, axloqiy buzuqlik, zinokorlik. Giyohvandlik
qanday qilmishlarga sabab bo'lishi, fohishabozlikning naqadar jirkanch, tuban ekanligshi
yashirmay-netmay ko'rsatmoqdamiz. Gazetadan.
FOHISHALIK Tanini sotishdek ax-loqsiz, buzuq ish bilan shug'ullanish. Fo-hishaligingni bilardim-
u, tuhmatchiligshg-ni bilmasdim. S. Ahmad, Hukm.
FOHISHAXONA [fohisha + xona1 esk. Fohishalar yashaydigan va fohishabozlar-ni qabul qiladigan
joy; islovotxona. Ha-yit kunlari to'qligidan uiyxjiuK qiladigan boyvachcha yigitlar qovoqxona
va fohisha-xonalarga kirib, ichib yurardi. M. Muham-madjonov, Turmush urinishlari.
FRAGMENT \lot. fragmentum — siniq, bo'lak, parcha] 1 Biror ijod mahsuli (badi¬iy asar,
maqola, musiqa) parchasi, bir qis-mi. Operadan olingan fragment.
2 Rassomlik, haykaltaroshlik, me'mor-lik kabi san'at asarining saqlanib qol-gan parchasi,
qismi.
FRAZA [yun. phrasis - ibora, jumla] 1 tlsh. Nutqning tugal fikr bildiruvchi, odatda gapga
teng keluvchi mustaqil birligi.
2 mus. Uncha katta bo'lmagan, alohida, nisbatan tugallangan musiqa asari (kuy, ohang).
FRAZEMA p`sh. q. frazeologizm. Eks-pressivlikning darajalanishini birgina fra-zemaning turli
o'zgarishlar bilan qo'llani-shida ham ko'rish mumkin. «UTA».
FRAZEOLOGIZM [yun. phrasis - ifoda, jumla + logos — so'z] tlsh. Tuzilishiga ko'ra so'z
birikmasita, gapga teng, semantik jiqatdan bir butun, umumlashgan ma'no anglatadigan,
nutqqa tayyor holda kiri-tiladigan lug'aviy birlik (mas, tomdan tarasha tushganday — to'satdan,
qo'qqisdan). Asarda chuqur ma'noli, ixcham, hikmatona jumlalar — frazeologizmlar ko'p uchraydi.
«O'TA».
FRAZEOLOGIK Frazeologiyaga oid, aloqador. Frazeologik lug'at. Frazeologik omonimiya.
Frazeologik ibora.
FRAZEOLOGIYA \yun. phrasis - ibora + logos — bilim, tushuncha] 1 Tilshunoslik-ning muayyan
tilgagina xos bo'lgan fra-zeologizm (frazema)larni o'rganadigan sohasi.
2 Biror tildagi barcha frazeologizmlar (frazemalar) majmui. O'zbek tshshning fra-zeologiyasi.
Navoiy asarlari frazeologiyasi.
FRAK \fr. frac] Old qismi kalta qilib o'yilgan, uzun orqa etagining quyi qismi ikkiga
ajralgan, asosan tantanalarda ki-yiladigan erkaklar kiyimi, kostyum. Ko'p o'tmay frak kiygan
dirijyor o'z o'rniga chiq-di-yu, «Boqchasaroy fontani»ning uvertyura-sini boshladi. P. Qodirov, Uch
ildiz.
FRAKTSION siyos. Fraktsiyaga oid, man-sub. Fraktsion kurash. Fraktsion guruh.
FRAKTSIONER ayn. fraktsiyachi.
FRAKTSIYA I [fr. fraction — qism, bo'lak; ulush < lot. fractio — sinish, parchalanish, darz
ketish; siniqjoy, darz] siyos. 1 Biror-bir siyosiy partiyaning, qonunchilik or-ganining
siyosatini parlamentda, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlarida, jamoat
365 d'^
tashkilotlarida ifoda etuvchi tashkiliy guruh.
2 Aniq g'oyaviy-siyosiy strategiyaga va uni amalga oshirishga qaratilgan dastur (plat-forma)ga
ega bo'lgan siyosiy partiyaning alohida qismi.
FRAKTSIYA II Suyuq aralashmaning, so-chiluvchan yoki bo'lak-bo'lak qattiq materi-alning biron-bir
belgisi, xossasiga ko'ra ajratilgan qismlari.
FRANK [fr. franc] Frantsiya, Bel`giya, Shveytsariyada, shuningdek, ba'zi Yevropa va Afrika
mamlakatlarida pul birligi (yevro-ning joriy etilishi munosabati bilan ay-rim mamlakatlarda
muomaladan chiqarildi).
FRANTSII [lot. francium — element kashf etilgan joy (Frantsiya) nomidan] Mendeleev davriy
sistemasining I guruhi-ga mansub radioaktiv kimyoviy element; eng faol ishqoriy metallardan
biri.
FRANTSUZ q. frantsuzlar. Frantsuz tili. Frantsuz ayol. Frantsuz adabiyoti. shshDilshod.. hozir o'sha
maktabda frantsuz tilidan dars beradi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
FRANTSUZLAR Frantsiyaning asosiy, tub aholisini tashkil qiluvchi xalq, fran-suz halqi.
FRANTSUZCHA 1 Frantsiyaga, frantsuz xalqiga, uning alifbosi, tili, madaniya-tiga oid. Frantsuzcha
qo'shiq. mm Dilshod ki-nodagi ofitserlardek boshini keskin silkib, so'zsiz salomlashdi. Bu kilig'i
Yodgorga yoqma-di. «Mana, frantsuzcha salomlashishniyam o'r-ganib oldik», debo'yladi. O'. Hoshimov,
Qal-bingga quloq sol.
2 Frantsuz tili. Sen frantsuzcha(ni) bila-sanmi? Frantsuzcha gapirmoq.
FREZA [fr. fraise — qulupnay] tex. Me-tall va metallmas materiallardan chala tay-yorlangan
mahsulotlarning yuzalariga ish-lov berish, ularda tish, rez`ba o'yish va b. ishlar uchun xizmat
qiladigan ko'p tig'li kesuvchi asbob.
FREZALAMOQ Freza asbobi bilan ishlov bermoq.
Frezalash stanogi Detallarning tashqi va ichki yuzalari, botiqyaar va chiqiqlarga, aylanuvchi
jism sirtlariga freza bilan kesib ishlov beruvchi stanok.
FREZEROVKACHI Frezalash stanogida ishlovchi ishchi, usta. Frezerovkachi bo'lib ishlamoq.
FREZERCHI ayn. frezerovkachi.
FRESKA [ital. fresko - yangi, qurima-gan] Xom, hali qurimagan suvoqustiga rang-dor qilib
ishlangan rasm. Afrosiyob fres-kalari. tsh Freska san'atining Uzbekis-tonda rivojlaniishga CH.
Ahmarov.. va boshqa-lar katta hissa qo'shgashar. «O'zME».
FRIKATIV [lot. fricatio — ishqalanish]: frikativ undoshlar tlsh. Nutq a'zolari bir-biriga
yaqinlashib, havo tor oraliqtsan sir-g'alib chiqishi natijasida hosil bo'ladigan v, f, z, s, j,
sh, x undoshlari.
FRITS \nem. Fritz — nemislarda keng tarqalgan ism] Sharqiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida
nemislarning, Ikkinchi jahon urushi davrida nemis soldatlarining nafrat ifodalovchi nomi.
Zebo fritsni bi-rinchi marta yaqindan ko'rishi edi, uning yuragi gupillab urib ketdi. Gazetadan.
FRONT [fr. front — peshona < lot. frons, frontis — peshona, old tomon] 1 Harbiy saf yoki
kolonna va uning qo'mondonga qarab turgan old tomoni.
2 Jang harakatlari bo'layotgan xududning, maydonning dushmanga qarab turgan old tomoni, jang
maydoni. Dadamat aka, ba-sharti urush boshlanib qolsa, o'sha zahotiyoq qo'liga qurol olib,
frontga jo'naydi. F. Mu-sajonov, Himmat. Onaning uch o'g'li — ko'zi-ning oq-qoralari frontdan
qaytmadi. «Gul-dasta».
3 Bevosita urush, jangning o'zi. Front Bektemirga dastlab uncha vahimali ko'rin-madi. Oybek,
Quyosh qoraymas.
4 Urush vaqtida harakatdagi armiyaning bir qo'mondon rahbarligi ostidagi eng yirik guruhi —
oliy operativ-strategik birlashma. Ukraina fronti. Janubiy front. mm Mirzaev G'arbiy
frontning o'zida uchta xat, ikkita sovg'a olgan edi. A. Qahhor, Ko'k konvert.
5 ko'chma Ommaviy harakatlar maydoni, shuningdek, biron-bir ish, faoliyat sohasi. Mehnat
fronti. mm Mudhish urush — kon to'kish to'xtatildi. Tinch mehnatda ter to'kish fronti boshlandi. N.
Safarov, Olov-li izlar. Bu yer front! Paxta fronti! Dan-gasalik kilgan odam shafqat
kutmasin. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
FRONTDOSH Bir frontda birga xiz-mat qilgan. Frontdosh do'stlar xat orqali o'zaro aloqa bog'lab
turishardi. Gazetadan.
J^O 366
FRONTOVIK [«front» s. dan] s. t. Frontchi. O'zingiz frontovik bo'lsangiz ham, front
esingizdan chiqibdi, uka. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
FRONTCHA ayn. frontchasiga. Asrorqul.. chollarni yig'ib, majlis qildi. Shu maj-lisdayoq haligi
chollar frontcha ishlaydigan brigadalarga birikib oldi. A. Qahhor, Asror bobo.
FRONTCHASIGA rvsh. Frontdagidek, urush davridagidek; front talabiga muvo-fiq ravishda. [Tog'a.]
Raxmapg, jiyan, rah-mat. Frontchasiga ish qipsan. S. Ahmad, Ufq. Doim shunaqa, frontchasiga
lo'nda, aniq, qis-qa so'zlaydi Hoshim aka. Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi.
FRONTCHI Frontda xizmat qilayotgan yoki urush mahalida frontda, harakatdagi armiyada bo'lgan
kishi. Yigitcha frontchi akasining kelishidan, uyi to'lib qolishidan quvonchi ichiga sig'mas edi.
S. Ahmad, Ufq.
FRUKTOZA [lot. fructus - meva] Meva va asalda ko'p miqdorda uchraydigan shirin ta'mli,
rangsiz kristall modda, meva sha-kari. Asal glyukoza, fruktoza, saxaroza va mineral
moddalardan tashkil topadi. «Fan va turmush».
FTIZIATR Ftiziatriya mutaxassisi, o'pka silini davolovchi vrach.
FTIZIATRIYA \yun. phthisis - sil ka-salligi + iatreia — davolash] Tibbiyotning o'pka sili,
uning kelib chiqishi va kasal-lik jarayonini hamda uni davolash, oldi-ni olish yo'llarini
o'rganadigan bo'limi.
FTOR [r. < yun. phthoros — o'lim; yemi-ruvchi] Mendeleev davriy sistemasining VII guruhiga
mansub kimyoviy element; galogen-lar qatoriga kiruvchi o'tkir hidli, och sa-riq tusli, zaharli
gaz. Bir sutkada orga-nizmga ovqat orqali I milligrammga yaqin ftor kiradi. «O'zME»
FTORLI Tarkibida ftor bo'lgan. Ftor-li vodorod. Ftorli birikma.
FU und.s. Jirkanish holatini ifoda etadi. Fel`dsher, fu, deya aftini burish-tirdi. T. Murod,
Ot kishnagan oqshom. Yengini shimarayotgan edi, qiz sekin: -Fu! qo'ying, moy bo'lasiz! Bu sizning
ishingiz emas! — dedi.
FUGAS \fr. fougasse] Yerga ko'miladigan, suv ostiga yoki boshqa biror ob'ektga qo'-yiladigan
portlovchi modda zaryadi. Pogodin qismlari ko'prikdan o'tib olgandan keyin, Yur`ev ko'prik
ostida uchta fugas atrof-lariga mina ko'mdirib, uni istagan daqiqa-da portlatishga hozirlab
qo'ydi. I. Rahim, Chin muhabbat.
FUJER \fr. fougere] Tagligi (poyasi) ba-land katta bokal. Javlon qo'llarini bir-bi-riga zavq
bilan ishqab, stol ustidagi fu-jer, ryumkalarni nari-beri qilib, tekislab qo'ydi. L. Tojieva,
Mexrim sizga, odamlar.
FUZALO \a. rN — «fozil» s. ning ko'pl.] esk. kt. O'qimishli kishilar; donish-mandlar, ziyolilar;
fazilat egalari. Hukm-dor qanchalik oqil va odil bo'lsa, raiyat, ulamo, fuzalo ham
haqgo'ylikka yuz tutgay. M. Mahmudov, Mangu kuy. [20-asr] 80-yil-larning o'rtalariga kelib
olim va fuza-lolarga qarshi.. yurish boshlandi. M. Qo'shjo-nov, Diydor.
FUZUL \a. Jj - «fazl» s. ning ko'pl.] Yaxshi xislatlar, obro'-e'tibor, iltifot-lar,
afzalliklar. -Sening ilmu fuzul aro shuhrating, Ustodi Soniy noming g'alatmi? Sen bu
ofatning qayoqdan kelganini, nima ekanini bilmaysanmi? — dedi shoh Al-Fo-robiyga. A. Muxtor,
Chinor.
FUZUN [f. ~ «afzun» s. ning bosh-qacha shakli] esk. kt. Ortib, ziyoda bo'lib boradigan, ko'p
ortiq, ziyoda. Iloyim, do'st-laringning umri uzun, davlatlari fuzun bo'lsin. B. Rahmonov,
Oltin odamlar.
FUNDAMENT [lot. fundamentum - asos, poydevor] 1 Biror bino devori, inshoot, dastgoh va sh.k.
nint pastki, mustahkam qismi; poydevor. Uch yil ilgari qurila boshlagan binolarning hali
fundamenti ham bitmabdi. «Mushtum».
2 ko'chma Biror narsaning asosi; ishonch-li tayanchi, bazasi. Yoshlik — fundament. Uning g'ishtini
to'g'ri qo'yish kerak. Mir-muhsin, Ajrim.
FUNDAMENTAL [lot. fundamentalis -asos (negiz) bo'luvchi, asos qilib olinuvchi] 1 Asosiy, bosh,
eng muhim. Fundamental kutubxona.
1 Chuqur tekshirilgan, asosli, teran. Fundamental asar. Fundamental bilimlar. Fundamental
tadqiqot.
FUNDAMENTALIZM \lot. fundamen¬talis — asos bo'luvchi] Biror ta'limot aqi-dalarining,
jumladan, ilohiy kitoblar-dagi tushunchalarning dastlabki, sof hola¬
367
tini saqlab qolishni astoydil himoya qiladigan, ularni boshqa (majoziy) ma'-noda talqin
etishni rad etadigan ijti-moiy, mavkuraviy, diniy yo'nalish. Fun-damentalizm dindor
musulmonlarning dav-latga bo'lgan ishonchini yo'qqa chiqarishga urinadi. Gazetadan.
FUNDAMENTALIST Fundamentalizm tarafdori; fundamentalizm g'oyalari uchun kurashuvchi.
FUNKTSIONAL 1 Funktsiyaga oid; va-zifaga aloqador; vazifaviy. Funktsional bog'lanish. Funktsional
taxlil. Tilning funk-sional doirasi. Funktsional uslublar. shsh Har bir funktsional uslub
ijtimoiy fao-liyatning ma'lum sohalaridan biriga xizmat qiladi. «O'TA».
2 Biror narsaning tuzilishiga emas, balki faoliyatiga, xizmatiga, vazifasiga bog'liq bo'lgan.
Mehnatning fushtsional taq-simoti. Yurakning funktsional kasalligi.
FUNKTSIYA \lot. functio — ijro etish, bajarish] 1 mat. Erkin o'zgaruvchi miqpor (argument)ning
o'zgarishiga qarab o'zgarib turadigan, bog'liq (tobe) o'zgaruvchan mikdor. O'tkir burchakning
trigonometrik funk-siyalari. Funktsiyalar nazariyasi. mm Bitta funktsiyaning o'zi turli xil
formulalar bi-lan ifodalashshi ham mumkin. «O'zME».
2 biol. Biror a'zo yoki organizmning ishlab turishi, faoliyati. Yurakning funk-siyasi. mm Odam
o'z organizmining tuzilishi va funktsiyalari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lishi muhim. «Odam
anatomiyasi va fi-ziologiyasi».
3 ko'chma Biror ijtimoiy tashkilot, kim-sa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi; vazifasi. Bu
ishni bajarish mening funk-siyamga kirmaydi. tsh Ona obrazinjg boshqa bir g'oyaviy-estetik
funktsiyasini ham unutmaslik kerak. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
FUNT \nem. Pfund < lot. pondus — vazn, og'irlik; tarozi toshi] 1 Ingliz o'lchov tizimida
asosiy massa birligi: savdoda 0,4536 kg ga, dorixonada 0,3732 kg ga teng; rus o'lchov
tizimida massa birligi: savdoda 0,49951241 kg ga, dorixonada 0,3073 kg ga teng bo'lgan.
2 Irlandiya, Kipr, Livan, Misr, Su-riya kabi bir qator mamlakatlarda asosiy pul birligi.
Funt sterling [ingl. pound sterling] Buyuk Britaniyaning asosiy pul birligi.
FUNUN [a. y>^a — «fan» s. ning ko'pl.] esk. kt. Fanlar, ilmlar. Ulum, fununning qadr-
qiymatini bilgan ota.. go'zal tarbiya, husn, axloq bergan. Oybek, Navoiy. Yoqa ushlab qoldi
butun Sharq, Ta'zim etdi ja-hon fununi. M. Ali, Boqiy dunyo.
FURAJKA \fr. fourrage - yem-xashak tayyorlovchining bosh kiyimi < feurre — so-mon] Erkaklarning
gardishli va qisqa soya-bon (koziryok)li bosh kiyimi. Qurbon ota furajkasini to'g'rilab,
yigitlarcha qiyg'ir qarash qildi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tush-sa. Leytenant ham boshiga
furajkasini kiydi-da, Yigitalining orqasidan yurdi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
FURGON [f. fourgon] 1 esk. Dumaloq soya-bonli, ot qo'shiladigan arava.
2 Yuk va yo'lovchi tashish avtotrans-portining usti yopiq kuzovi. Kechga yaqin idoraning qizil
furgon «Moskvich»ida uyiga qaytdi. N. Aminov, Yolg'onchi farishtalar.
FURSAT [a. ji — maqbul, qulay vaqg; imkoniyat; ishdagi uzilish, ta'til] 1 Biror ishni bajarish
uchun eng qulay vaqt, payt. Fursat poylamoq. Fursat keldi. Fursat-dan foydalanmoq. mm
Hasratlashishga juda qulay fursat tug'ildi. Kimning dardi yo'q deysiz! I. Rahim, Chin muhabbat.
Fursat — oltin, sen ko'krak kerib, Oltiningni sochib yuribsan. E. Vohidov, Muhabbatnoma.
Fursatni boy (yoki qo'ldan) bermoq Qu-lay vaqt, paytdan foydalanmay, uni be-korga, bemaqsad
o'tkazmoq. Hozir.. o'ylanib o'tirish, fursag'pni boy berish payti emas. M. Ismoiliy, Farg'ona t.
o. Hofiz fursatni qo'ldan bermay, safar anjomlarini tayyorlab, ikki navkar bilan yo'lga
chiqdi. M. Osim, Zulmat ichra nur. Fursatni qochirmoq ayn. fursatni boy bermoq. Zuhra chindan
ham meni tanigan! Fursatni qochirmasdan, chorasini ko'rish kerak!N. Safarov, Tanlangan
asarlar.
FURUSH [f. ,_)i.j>a — sotuvchi; sotish, pullash]: furush qilmoq kam qo'll. Sotmoq, pullamoq.
Hash-pash deguncha mollar belgi-langan narxda xaridorlarga furush qilib tashlandi. «Mushtum».
FURUSHANDA \f. ojb^j^j, - sotuvchi, savdo qiluvchi] kam qo'll. Sotuvchilar, chay-qovchilar.
Furushandalar o'z mollarini maq-tab, xaridor chorlardi. N. Safarov, Navro'z.
368
FURFUROL [ingl. furfural < lot. furfur — kepak, qipiq + ol(eum) — yog', moy] kim. Yog'och
qirindilari, makkajo'xori so'tasi, kungaboqar po'chog'i va sh.k. lardan olina-digan, javdari non
hidi keladigan och sa-riq rangli suyuqlik; organik birikma (kimyo va neft` sanoatida
ishlatiladi). Endilikda., suyuqlik shaklidagi furfurol paxta chigiti va chigit to'fonidan
olinadi. SH. Tohirov, Yangilik yaratuvchilar.
FURQAT [a. ojji — ayrilish, judo-lik; tafovut, ayirma; ixtilof] 1 esk. kt. O'ziga aziz,
sevimli bo'lgan kimsa, vatan yoki narsadan uzokda yashash; ayrilik; hij-ron. Furqat aro tashlab
meni, ey sho'xi dildor, o'rtama. J. Sharipov, Xorazm.
2 Furqat (erkaklar ismi).
FUSAHO [a. I -> ,oi — «fasih» s. ning ko'pl] esk. kt. Gapga chechan, chiroyli va maz-munli
gapiradigan kishilar, so'z ustalari. Bu g'azallarni o'qib, fors fusaholari va o'zimizning
forsiparastlarimiz ne deb og'iz ochishga jasorat qshsh olurlar? Oybek, Na-voiy.
FUSUN \f. ... i — «afsun» s. ning bosh-qacha shakli] esk. kt. Kishi yoki narsani o'ziga jalb va
maftun etuvchi kuch; joziba, chiroy. Uzun ko'ylagi yashirib turgan qaddi-qomati, ko'zlardagi
fusunu lablardagi lato-fat nogahoniy hasrat niqobiga o'raldi. Mir-muhsin, Me'mor.
2 Sexr, jodu; makr, xiyla. Zoti oliyni ul buxorolik jodugarning fusunlaridan qutqarib
olmoq kerak.. M. Osim, Ibn Sino qissasi.
FUSUNGAR [f. JLj^Ji - afsun qiluv-chi, sehr-jodu qiluvchi] 1 Hiylagar, jodu-gar, aldoqchi,
ko'zbo'yamachi. Meni porso odam-lar fusungarga chiqarishgan. M. Qoriev, Ibn Sino.
2 Uziga jalb etuvchi, maftun qiluvchi. Adabiyot olami men uchun allaqanday fusun-gar, ulug'vor,
hatto ilohiy bir olamga o'x-shaydi. Gazetadan.
FUSUNKOR [f. ji^^Jt - afsun qi-luvchi; sehrlovchi] O'ziga tortadigan, maf-tun etadigan; juda
go'zal, o'ta jozibali. Qiz haqiqatan go'zal ekan. Yonib turgan fusunkor ko'zlari uning yuragini
qitiqladi. Mir-muhsin, Qizil durralar. Hovlini Xorazm ma-qomlarining fusunkor, mungli
navolari to'l-dirdi. S. Siyoev, Avaz. Dilshod ohu ko'zlarda¬gi sho'x o'tni.. nafis lablardagi
fusunkor tabassumni ko'rib, bexud turar edi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
FUSUNKORLIK Ko'rkamlik, maftun-korlik; o'ziga tortuvchi holat. Bahorning fu-sunkorligini o'z
ko'zing bilan ko'rsang.. qis-qasi, butun jisming bilan bahorni emsang — unda boshqacha bo'ladi.
O. Husanov, Nay.
FUTBOL \ingl. football < foot - oyoq + ball — to'p) Har biri o'n bir kishidan ibo-rat ikkita
komandaning bir-birining darvozasiga oyoq, bosh, yelka (qo'ldan tash-qari) zarbi bilan ko'proq
to'p kiritish-ga asoslangan sport o'yini. Futbol to'pi. Futbol komandasi. Futbol o'ynamoq. tsh
Mol boqishga chiqqan bolalar endigina maysalar ko'z ochgan maydonda baqirib-chaqirib futbol
o'ynashardi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
FUTBOLKA [«futbol» s. dan] Yengi kal-ta trikotajdan tikilgan sport ko'ylagi.
FUTBOLCHI Futbol o'ynovchi. Futbol-chilarimiz saralash o'yinlarini ko'tarinki ruhda
o'tkazmoqdalar. Gazetadan.
FUTUVVAT [a. cjli - yoshlik, o'spi-rinlik; mardlik, botirlik] Qo'li ochikdik, saxiylik,
saxovatlilik. Paxlavon Mahmud futuvvat — javonmardlik harakatining tashkilotchisigina emas,
uning ma'naviy rah-namosi edi. Gazetadan.
FUTUR [a. j^ii — bo'shashish, ojiz-lanish; holsizlik] Zarar, ziyon, shikast. Seryomg'ir, rutubatli
Mozandaron Ibn Sinoning sihatiga futur yetkazgan edi. M. Osim, Ibn Sino qissasi.
Futur ketmoq Zaiflashmoq, kuchsiz-lashib qolmoq, avvalgi mavqeini yo'qotmoq. Sog'ligimg'shng
futuri ketdi. mm -U zamon-larda xunardan futur ketgan edi, — dedi Yo'ldoshev. «Sharq yulduzi».
So'ngra, sotib yeyishdan boshqani bilmagan boyvachchaning shu vaqtlarda ancha futuri ketgan edi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
FUTURIZM \lot. futurum - kelajak] 20-asr boshlarida Yevropa adabiyoti va san'ati-da paydo
bo'lgan, adabiyot va san'atdagi badi-iy va ma'naviy meros an'analarini inkor etib, an'anaviy
madaniyat bilan aloqani uzishni, zamonaviy urbanistik madaniyatni targ'ib qilgan avangardlik
oqimlaridan biri.
FUTURIST Futurizm g'oyalari taraf-dori.
369 du^
FUTURISTIK Futurizm g'oyalari bi-lan sug'orilgan, futurizmga asoslangan. Futuristik roman.
Futuristik oqim.
FUTUROLOGIYA [lot. futurum - kela-jak + yun. logos — bilim, tushuncha] In-soniyatning va jamiyat
xayoti ayrim soha-larining kelajak holatini bashorat va tadqiq qilish bilan shug'ullanuvchi
ilmiy soha.
FUFAYKA \ital. fofa — issiqko'ylak] 1 Paxta solib qavilgan, oldi tugmalab qo'-yiladigan
kalta kiyim, kurtka. Ochil esa yoqasi va yenglariga qo'ng'ir kleyonkadan jiyak qo'yib tikilgan
eski paxtalik fufaykada.. edi. P. Qodirov, Uch ildiz. Suvonjon xuddi shu xarsangning tagida
boshini fufaykaga burkab, g'ujanak bo'lib yotardi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 Issiq tutuvchi trikotaj yoki jundan to'qilgan kalta ust ko'ylak. [Abdusamad:] Is-siq caKjwm.
Moskvadan jun fufayka olib keling.. A. Muxtor, Opa-sintillar.
FUQARO [a. Lj3i — «faqir» s. ning ko'pl.] 1 Biror mamlakatning doimiy (muayyan yuridik
huquqlarga ega bo'lgan) aholisi, grajdanlar. O'zbekiston fuqarosi. Rossiya fuqarosi. Angliya
fuqarosi. mm Qay podsho-ning fuqarosi bo'lasan? «Yusuf va Ahmad». Aslini olganda,
tomoshabinlarning aksa-riyati amirdan qochib o'tgan Buxoro fuqa-rolari edi. K. Yashin, Hamza.
2 Umuman, odtsiy xalq, omma. Kelgan mah-sulotning narxi esa oddiy fuqaro hamyoni-ni chaqadi.
«Gazetadan». Men podsholar uchun emas, Xuroson fuqarosi uchun madrasa solyap-man. Mirmuhsin,
Me'mor.
3 etn. Oddiy, qashshoq qora xalq vaki-li; zid. xo'ja 3. Fuqaro bosh egib kiradigan qiyshiq
eshik, guvala devorini eplab olsa ham katta gap. Mirmuhsin, Umid.
FUQAROLIK 1 Fuqaro (grajdan) ekanlik; fuqarolarga oidlik; fuqaroning huquqiy holati.
Fuqarolik kodeksi. Fu-qarolik yig'ini. mm Bu har ikkala chiqish uning ulkan fuqarolik,
yozuvchilik va olimlik jasoratidir. Gazetadan. Biz fuqarolik jamiyatini qurishni o'z oldimizga
maqsad qilib qo'yganmiz. Gazetadan.
FUQAROPARVAR [a. + f. JJ^)jls -fuqarosevar, xalqparvar] Oddiy xalqning haq-huquqini,
talab-ehtiyojlarini himoya qiluvchi, unga har tomonlama yordam be-rishga intiluvchi yoki amalda
ana shunday yordam berayotgan. ..Ikkovi ham fuqaropar-var: g'aribni do'st ko'radigan, yetimlar
mang-layini silagan, oqqo'ngil shahzodalar edi. «Oysuluv».
FUQAROPARVARLIK Oddiy xalq -fuqarolarning manfaatlarini himoya qi-lish; xalqparvarlik. -Men
sizlarga janobi oliyning fuqaroparvarlik bilan to'la bo'l-gan humoyun salomlarini keltirdim,
— dedi devonboshi. S. Ayniy, Qullar.
FYUZELYAJ [fr. fuselage - urchuq] avia. Uchuvchi apparatlarda: uning barcha qism-larini
birlashtirishga va ekipaj, yo'-lovchilar, turli jihoz va yuklarni joy-lashtirishga xizmat
qiladigan umumiy ta-nasi, korpusi. Samolyotning fyuzelyajlari yoniga ikkita kuchli reaktiv
dvigatel' o'r-natshggan. Gazetadan.
FYURER \nem. Fiihrer — dohiy) map. Fashistlar Germaniyasida Gitlerni shunday nom bilan
atashgan. ..Boshqa hech narsani o'ylama, chunki fyurer sening uchun o'ilaydi. A. Qahhrr, Asarlar.
FO'TA \f. belbog'. Sochini yoyib, beliga fo'ta o'rab olgan Oytuman yuzlarini tirnay-tirnay sadr tushardi.
E. A'zamov, Olam yam-yashil. Uning tillasimon yaltiroq fo'tasiga oybolta osilgan, chap qo'lida
tug'li uzun naiza bor edi. H. Shayxov, Tutash olamlar.
24-O'zbek tilining izohli lug'ati
370
XABAR [a. — darak; axborot, ma'-lumot; ovoza; kesim (tyash.)] 1 Biror kim-sa, narsa yoki
hodisa haqidagi axborot, da-rak, bildirish. Muhammad Arg'unning xaba-riga ko'ra, dushmannshg
katta qo'shini Raf-qondan o'tib, Konibodom sari kelayotgan edi. Mirmuhsin, Me'mor. Oylar o'tdi
va yil-lar o'tdi, Lekin sendan bo'lmadi xabar. R. Parfi. Onasi, ertaga barvaqt boqqa ko'chishga
to'g'ri kelgani uchun, tezroq yotib tinchish kerakligini aytdi. Gulnor bu xabarni juda sovuq
qarshi oldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Yangilik. -Mulla Abdishukur, - Mirza-karimboy mexmonlardan biriga murojaat qildi, — olamda
nima xabarlar bor, gapir-sangiz-chi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 Kundalik matbuot, radio va tele-videnie vositasida olingan axborot, ma'-lumot; maqola.
Kechalari uxlamay radio kar-nayiga quloq tutib, olis frontda bo'layot-gan xabarlarni
eshitardi. S. Ahmad, Ufq, Respublikaning yetakchi gazetasida xabar chop ettirishga har qanday
jurnalist ham muyas-sar bo'lavermaydi. F. Musajonov, Himmat.
Yomon (yoki sovuq, xunuk, shum, qora) xa-bar Noxush, qo'rqinchli, dahshatli voqea-hodisa haqidagi
ma'lumot, darak. Yomon xa-barshng qanoti yengil bo'ladi. J. Abdulla-xonov, Oriyat. Bu sovuq
xabar xalqni bir chayqatdi. S. Ahmad, Ufq. Kecha Andijondan xunuk xabar keldi: Ro'zioxunning
kenjasini chavaqlab ketishibdi. K. Yashin, Hamza. Ubir marta shunday shum xabarning dardini
tort-gan. S. Ahmad, Ufq. Ayniqsa, dadamning ke-yingi xatlaridagi qora xabar bilan.. dunyo
ko'zimga toraydi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Xabar bermoq Xabardor qilmoq; bildirmoq. Xizmatchilar hojido'ppi kiygan bu darvish haqida
boyga xabar berdilar. U. Ismoilov, Saylanma. Xabar olmoq Biror kimsa, narsa yoki hodisa
haqidagi ma'lumotga o'z ko'zi bilan ko'rib ega bo'lmoq; kelib ko'rmoq. Nusratbek bo'sh vaqti
bo'lganida, goh kechasi, goh kunduzi birrov xolasinikiga kelib, o'g'lidan xabar olib ketadi.
S. Nurov, May-salarni ayoz urmaydi. Men narigi xonalardan bir xabar olay, shogirdlar nima
qilayotgan ekan, ko'zdan kechirib qo'yay. X. To'xtaboev, Shi-rin qovunlar mamlakati. Xabar topmoq
Muayyan voqea-hodisa haqidagi axborotni eshitmoq, bilib olmoq. Umar polvon bundan xabar
topib, otasidan qolgan bir parcha yerlarini sotib bo'lsa ham, ukasini Tozagulga uylantirmoqchi
edi. K. Yashin, Hamza. Bu voqeadan xabar topgan oyisi uni [Xurshidni] qattiq jerkiganicha..
bo'sh stulga o'tqaza-di. N. Aminov, Qahqaha. Xabari bor 1) xa-bardor, voqif. Zavqiyning ham
keyingi payt-larda tabibning oilasi chetga surib qo'yil-ganidan xabari bor edi. K. Yashin,
Hamza; 2) biror ish yoki hunarni biladigan. Tikuv-chilikdan xabari bor qiz. Xabari yo'q Biror
narsa haqidagi ma'lumotni bilmaydigan; bexabar. Dildorning bu gapdan xabari yo'q. S. Ahmad,
Ufq. -Boshir aka, o'limdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yo'q, — dedi qizarib Nizomiddinov.
S. Ahmad, Hukm. Holidan xabar olmoq Bemor, keksa, yordamga muhtoj kim-salarni borib ko'rmoq;
yordam bermoq. O'zi emasmi, onamning holidan xabar olib turing, sizga ishonaman, deb iltimos
qilgan.. U. Hoshimov, Qalbingga quloqsol. Dadamga ta¬
371 ?1^
horat suvi beradigan, erta-kech holidan xa-bar oladigan bir mo''min-ma'qul zaifa to-pilsa,
yaxshi bo'lardi. Oybek, Tanlangan asar-lar.
XABARDOR [a. + f. - ma'lum xa-
barga ega, biladigan, xabar berilgan] 1 Xabari bor, axborotga ega. Uning [Musaning]
nazarida, go'yo Ziyodbek hamma gaplardan xa-bardor. N. Fozilov, Diydor.
Xabardor bo'lmoq 1) voqif bo'lmoq, xa-bar topmoq, eshitmoq; bilmoq. Shov-shuv ko'-tarma! Dadang
xabardor bo'lib qolsa, yaxshi bo'lmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Mulla Fazliddinning yuragi
taka-puka bo'lib ket-di. Naxotki bu bek po'lat sandiqdagi surat-dan xabardor bo'lsa?! P.
Qodirov, Yulduzli tunlar; 2) kuzatib turmoq, nazorat qilmoq. Oliyaxonning ota-onasi..
qizlaridan xabar-dor bo'lib turish uchun ularni o'z uylariga ko'-chirib keldilar. «Mushtum».
Xabardor qilmoq Ma'lum qilmoq, bildirmoq. Oxiri o'ylab-o'ylab, bu gaplardan sizni xabardor
qilishga ahd qildim. S. Ahmad. Ufq. Boshliqqa telefon qilishdan maqsad maslahat so'rash emas,
bal-ki charxpalak o'yinining boshlanganidan xabar-dor qilish. «Yoshlik».
2 sft. Biror soha bo'yicha muayyan ma'-lumotga ega, shu sohani biladigan; omil-kor. Kafillik
bersam-bermasam, diplomatiya ishlaridan xabardor boshqa odamimiz yo'q. T. Malik, Qaldirg'och. Bu
qiz [Xonzoda] me`mor-lik san'atidan ham xabardor ekan.. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar.
XABARKASH \a. + f. JLZ^ - xabar, ran tashuvchi] shv. Chaqimchi. Ashurning: «Men xabarkash emas!»
deb iltijoli, qo'rquv to'la boqishidan Izatulla aka: «Siz xabarkash ekansiz!» degan ma'noni
o'qirdi. N. Aminov, Qahqaha.
XABARKASHLIK shv. Chaqimchilik. -Ayt-sam, xabarkashlik bo'lardi-da, domlajon, — dedi Chorshanbiev
duv qizarib. M. M. Do'st, Lolazor.
XABARLAMOQ Xabar qilmoq, ma'lum qilmoq, darak bermoq; jar solmoq. Chol noiloj ertaga tushdan
keyin hammani to'y-ga xabarlab keldi. S. Ahmad, Saylanma. Bugun soat o'n ikkida Otabek ila
Mirzakarim qutidorning isyonchilik gunohi bilan dorga osilishlarshi jarchi shaharga xabarlab
yurar.. edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XABARNOMA [xabar + noma] Biror nar-sa, voqea haqida xabar beruvchi xujjat; chaqiruv qog'ozi.
Ubugun kech soat to'qqizda.. Namangan bilan gaplashishi kerak edi, cho'n-tagidagi xabarnomada
kim chaqirayotgani aytilmagan bo'lsa ham, oyisi ekanini bilar-di. P. Qodirov, Uch ildiz.
XABARSIZ ayn. bexabar. Kuyovingizning qiziq tabiatini shundan ham yaxshi bilib olsangiz
bo'lardiki, shu choqqacha ota-onalari ham bu fojiadan xabarsiz ekanlar/A. Qodi-riy, O'tgan
kunlar. Kampir bu gaplardan xa-barsiz, hadeb ovqat yeyishga qistardi. Oydin, Hikoyalar.
XABARSIZLIK ayn. bexabarlik. Musul-monlarning ittifoqsizligi, bir-birining holidan
xabarsizligi natijasida.. bunday foji' voqealar ro'y berdi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
XABARCHI Xabar beruvchi, ma'lum qi-luvchi; jarchi. Har yoqqa xabarchilar.. Chopa-chopa ketdilar.
H. Olimjon.
XABIS [a. ch — yomon, yaramas, razil; nopok, iflos] esk. kt. Yovuz; iflos, buzuq. Olloh..
Qur'oni karimda afandimiz vosi-talari ilan nahyi etibdurki, 1300 sana so'ngra ovro'poyilar
bu xabislarning zararini bilib, o'zlarini saqlamoqdadur. M. Behbudiy, Qasdi safar.
XAVOTIR \a. — «xotir» s. ning
ko'pl.] 1 Biror kimsa, narsa yoki biror ish, hodisa haqida tashvishlanish, hadiksirash.
Kelmaganingizdan xavotirda edim. sht ..bir oyog'i cho'loq xomsemiz Eminhoji tegirmonchi
xavotirda atrofga jalanglab turardi. T. Ashurov, Marvarid tut. Haydar boshini ko'-tardi,
Kozimga xavotir aralash sinchkov boqdi. E. Usmonov, Yolqin.
Xavotir bo'lmoq {yoki olmoq) q. xavotirga tushmoq. Ii`shgan/shrning haqini o'zimiz to'-laymiz,
xavotir bo'lmanglar. Mirmuhsin, Me'mor. Yigitlar undan [Inomjondan]xa-votir olib, ancha
vaqtgacha uxlamay kutib o'tirishdi. S. Ahmad, Mo'tti. Xavotir qilmoq 1) tashvishlantirmoq. -Jon
bolam, — dedi [Xadicha xola] hovlining o'rtasida turib, — xat yuborgin, bizni xavotir qilma;
2) q. xavotirga tushmoq. Shuncha odam orasida har qaysisi o'zidan xavotir qilmay, bir-birining
yeirini ochib tashlayotipti. A. Qahhor, Og'ay-nilar. Xavotirga solmoq Tashvishlantirmoq. Uni yana
bir narsa xavotirga solib qo'ygan
372
edi. O'. Umarbekov, Odam bo'lish qiyin. Xa-votirga tushmoq Biror kimsadan, narsadan
tashvishlanmoq, hadiksiramoq. Zargarov Ziyodaning hayotini bilgan sari, xavotirga tushar.. edi.
A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat.
XAVOTIRLANMOQ 1 Tashvishga tush-moq, tashvishlanmoq; Xosiyat xola qizidan xavotirlanib, eshik
tomon borgach, ko'chaga tikildi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
2 Biror narsadan xavfsiramoq, cho'chi-moq, qo'rqmoq. Temirjon xavoshirlandi. Qarshisidagi
yigitdan ko'zini uzmay, ortga bir qadam tisarildi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
XAVOTIRLI 1 Xavfli, qo'rqinchli; xatarli. Xavotirli ish. Xavotirli tun. mm Vodiydagi ahvol
xavotirli edi. T. Malik. Qaldirg'och.
2 ko'chma Tashvishli. Uch-to'rt qadam yur-gandan keyin Tal'at xavotirli ohangda gapirdi: -Qarang,
Gavhar, havoni bulut o'rayapti. Odamlarga jabr bo'ladi-da.. Pax-tagaham. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloqsol.
XAVOTIRLIK Qo'rquv, hadik; tashvish, sarosima. -Nima gap, quda? — Ochil buva o'rnidan turib,
Anziratga xavotirlik bilan qaradi. A. Muxtor, Chinor. Qorako'z begimning katta-katta ko'zlari
xavotirlik tuyg'u-sidan yana ham ulkanlashib ketdi. P. Qodi-rov, Yulduzli tunlar.
XAVOTIRONA [a. + f. bir ko'zini qiya ochib, atrofga xavotirona nazar tashladi. F. Musajonov, Chiqindi.
XAVOTIRSIZ Xavfsiz, xatarsiz, tinch. Bu yer ancha xavotirsiz edi. Xavotirsiz yasha-moq.
XAVF G i. `—y^o'`. qurqinch, qo'rqish, va-hima, hadiksirash] 1 Biror xatarli hodisa yoki falokat
sodir bo'lishi ehtimolligi, xatar. Bu voqeadan xabar topgan Sulton Aw mirzo o'lim xavfi o'ziga
ham yaqinlashib ke-layotganini sezdi.. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Shoshish kerakmas, chunki bu
yil toshqin xavfi yo'q. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokutari.
2 Xavotirlanish, xavfsirash; xavotir, tashvish. Hamisha xavfda ko'nglim bu muhab-bat
intihosidan, Meni ham etmasa majnun debon Ra'noni(ng) savdosi. A. Qodiriy, Meh-robdan
chayon.
Xavf ostida Biror narsa yoki kimsaning hayoti, mavjudligi bo'lajak falokat tu-fayli mahv
bo'lish, yo'q bo'lish ehtimoli yuzaga kelgan holat. Vatanimiz xavf ostida turgan kunlar..
Qorasuvga borib, to'y-tomo-sha qilib berishga fursat yo'q edi. O. Yoqu-bov, Izlayman. [Abu
Yusuf:] Mirzo hazrat-lari, saltanatimiz xavf ostida! P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar. -Yo'q,
bugun yo'lga chiqasan, — deb qoldi kutilmaganda qalpoq-cham, — sevgilingning hayoti xavf
ostida. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
XAVFLANMOQ Biror narsadan xavfga tushmoq, qo'rqmoq, xavotirlanmoq. [Nuri] Vaqtning
tig'izligidan xavflanib, darrov o'z dardini ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yurtda katta
qo'zg'olon, otish-tutish bo'l-ganini eshitgan Unsin akasidan xavflanib, kechga yakin.. Taxtapulga
kelgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
XAVFLI Xavf paydo qiladigan, xatar-li, qo'rqinchli. [Horunbek:] Siz saltanat uchun xavfli
odam sifatida jo'natilyapsiz. Mir-muhsin, Me'mor. U tajribasiga suyangan holda bir narsaga
amin bo'ladi: jamiyat uchun jinoyatchidan ko'ra loqayd odam xavfli!«Yosh-lik». Buxoroga engyaqin
yo'l shu bo'lgani bilan, u g'oyatda xavfli edi. Mirmuhsin, Me'mor.
XAVFNOK [a. + f. ^Liij^. - qo'rqinchli, vahimali, xavfli, zararli] esk. kt. Qo'r-qinchli,
xatarli. Xobimda bir xavfnok tush ko'rbim, Kimni ko'rsam, ta'bir so'rayman. Chus-tiy.
XAVFSIZ Xavf tug'dirmaydigan; xatar-siz. Men senga aytsam, Ummat, o'g'ling xavf-siz joyda. S.
Ahmad, Ufq.
XAVFSIZLIK Xavf-xatarning yo'q-ligi; xavf bo'lmagan holat. Xavfsizlikning ta`minlanishi.
Xavfsizlik texnikasi Ishlab chiqarish-dagi jarayonlarda vujudga keladigan xavf-li omillarning
oldini olishga doir tash-kiliy va texnik chora-tadbirlar majmui. Har bir korxonada xavfsizlik
texnikasi uchun ma'muriyat javobgar hisoblanadi. «UzME».
XAVFSINMOQ ayn. xavfsiramoq. Ma-lika shohdan hadik olib, xavfsinib yurar edi. «Baxrom va
Gulandom».
XAVFSIRAMOQ Biror ko'ngilsiz ho-disa yuz berishi ehtimolligidan tashvish-
3R DU^
lanmoq, cho'chimoq, qo'rqmoq. Qiz xavfsirab.. meni bezori yoki yo'lto'sar deb o'yladimi, qadamini
xiyol tezlatgandek bo'ldi. X. To'x-taboev, Shirin qovunlar mamlakati. Zag'cha-ko'z xavfsirab,
orqasiga qaradi. P. Tursun, O'qituvchi.
XAVFSIRANMOQ ayn. xavfsiramoq.
Ular xavfsiranib.. yuradshar. Oybek, Navoiy.
XAVF-XATAR [xavf + xatar] Ziyon-zah-mat yetkazadigan taxlikali vaziyat. [Qosim-bek:]
Inshoollo, Samarqandni bu yil zabt etsak, xavf-xatarlar bartaraf bo'lg'ay. P. Qodirov,
Yulduzli tunlar.
XAYOL [a. JLJ>. — o'ylash, tasavvur qilish; orzu, g'aroyib istak; arvoh] 1 O'ylash, fikr-lash
jarayoni; o'y, fikr. Har kallada ming xayol. Maqol. tsh [Ibn Yaminning] Xayolida qo'rqinchli
fikrlar aylanardi. K. Yashin, Xamza. Yosh shoir do'stlarimga tinchimas xayol, ilhom zavqlari..
tilayman. Gazetadan.
2 Tasavvur. Gulnorning ko'zlari, yuzi yolg'iz Io'lchining xayollaridagina kuladi, jil-valanadi.
Oybek, Tanlangan asarlar. [Bo-burning] Xasta xayolida birdan qilich tut-gan Tanbal
gavdalandi. P. Qodirov, Yulduz-li tunlar.
3 Orzu, fantaziya. Istiqbolning shirin xayollariga ko'milgan holda maxdum asr namo-zi uchun
tahorat olar edi. A. Qodiriy, Meh-robdan chayon. Ammo o'z elimga qaytib ko'r-dimki, Shamayda
o'ylaganlarim, oshiqqan-larim shirin bir xayol emish! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
4 Es, xotira. O'shanda bu qiz uning [Yod-gorning] nazarida farishtadek jonlangan, xayolida
allanechuk muqaddas bir iz qoldirgan edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Xayolim meni uzoq
o'tmishga olib ketadi. Gazetadan.
..degan xayolda yoki ..degan xayol bilan 1)
fikran muayyan xulosaga kelib; shunday deb o'ylab. Bir ozdan keyin balkon eshigi g'iy-qillab
ochilib, yopildi. U Tamila opami, Zo-kirjonmi, degan xayolda qayrilib qaramadi. O'. Hoshimov,
Qalbingga quloq sol. Sidiq-jon uni [bolani] albatta bir nima chaqdi, degan xayolda tura
solib yugurdi. A. Qahhor, Ko'shchinor chiroqlari; 2) biror maqsadda U [chol], uyimning
buzilishini ko'rmay, degan xayolda orqasini o'girgach.. o't yoqa boshladi. O'. Usmonov, Sirli
sohil. Puch xayol Amalga oshmaydigan, xom xayol. Ammo oliy maktab orzusi men uchun yolg'iz puch
xayol bo'lsa xam, un-dan voz kecha olmadim. Oybek, Hyp qidirib. Xayol olib ketmoq (yoki qochmoq)
q. xayolga botmoq. Saodatxonni yana xayol olib ketdi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Xayol
surmoq O'ylamoq, fikrlamoq. Pastakkina ayvon yonida o'rta yoshlardagi bir odam.. xayol surib
tikka turibdi. S. Zunnunova, Olov. Xayol qilmoq 1) o'ilamoq. Madrasa qurilishida bir ishkallik
chiqmadimikin, deb xayol qildi u [Qavom]. Mirmuhsin, Me'mor; 2) orzu qilmoq. U [Yo'lchi] dam
o'ylab, xafa bo'ladi, dam ancha pul yuborib, onasini sevintirishni xayol qiladi. Oybek,
Tanlangan asarlar; 3) tasavvur qilmoq. Rafqon va Sho'rsuv dashti-da dushman bilan to'qnashuvni
xayol qilib, [Axmad mirzo] Rafqon tekisligiga borgoh qurdi. Mirmuhsin, Me'mor. Xayolga
botmoq (yoki tolmoq, cho'mmoq) Uzoq vaqt chuqur o'y-lanish holatida bo'lmoq. Dumaloq stol or-tida
bir odam xayolga cho'mib o'tiribdi. tsh Rasuljon hozirgina o'qib bo'lgan xatning bir chetidan
ushlaganicha, xayolga botgan edi. J. Abdullaxonov, Xonadon. [Avazning] Tushidagi ishoralar uni
xayolga toldirgan edi. S. Siyo-yev, Yorug'lik. Xayolga kelmoq Esga, xotiraga tushmoq, xotirada
tiklanmoq. Xayoliga kel-gan hamma narsani Gavharga bir-bir aytib berdi. P. Qodirov, Uch
ildiz. Ko'pdan beri xayolimga kelmagan narsalarni esimga solib qo'ygani uchunmi, u bilan
bahslashgani so'z topolmay qoldim. I. Rahim, Hilola. Xayol(i)-ga (ham) keltirmaslik 1)
tasavvur qila ol-maslik. ..pad javobi olish qanchalik ogir ekanini sen xayolingga ham
keltirmaysan. X. Sultonov, Onamning yurti; 2) biror nar-sani maqsad qilib qo'ymagan, u haqda
o'ylab ko'rmagan. Mirzakarimboy yerga o'ch odam edi. ..Hatto yer sotishni xayoliga keltirmagan
odamlarning yerlarini.. o'zinikiga qo'shish uchun hech nimadan toymas. edi. Oybek, Tanlan-gan
asarlar; 3) kutmagan, oldindan bilma-gan. Doktor, Hamzani bu yerda uchratishni xayoliga ham
keltirmagandi. K. Yashin, Ham-za. Xayoldan ketmaslik Bot-bot yoki doimo xayolda gavdalanmoq.
Ammo tushlik paytgacha Iblis xayolimdan nari ketmadi. X. To'xtabo-yev, Shirin qovunlar
mamlakati. Avazning xayolidan bir-biridan mash'um, yurakni tilka-pora qiluvchi manzaralar
ketmay qoldi. S. Siyoev, Yorug'lik. Xayol(i)dan kechmoq (yoki o'tmoq) Ma'lum bir muddat biror
narsa
^374
to'g'risida o'ylamoq, fikrlamoq. Shu bilan birga uning xayolidan g'alati fikrlar ham kechib
turdi. P. Tursun, O'qituvchi. Har ik-kalasi ham.. har bir ikir-chikirni xayolidan kechirib..
biron narsa topishga urinar edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari. Negadir [Cha-rosning]
xayolidan «Dilshod aytgan» degan fikr lip etibo'tdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Xayol
(i)dan ko'tarilmoq Esidan chiqmoq. Kitobni kutubxonaga topshirish xayolimdan ko'tarilibdi. Xayoli
joyida emas Ruhan bezovta, o'y-fikri tarqoq. Bolam boyo-qish notinchroq bo'lib qoldi. Xayoli ham
jo-yida emas. Mirmuhsin, Me'mor. Chodir xayol esk. Qo'g'irchoqteatri. Har xil xayolga bormoq 1)
shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. [Ni-gorani] Shu qadar ko'rgisi keladiki!.. Biroq kech bo'lib
qoldi. Uy egalari har xil xayolga borishlari mumkin. S. Anorboev, Oqsoy; 2) biror narsadan
tashvishlanmoq; xavotir ol-moq. [Stepan Sokolov:] Keldinglarmi.. Nega shuncha qolib
ketdilaringiz, har xil xayolga borib, hayron bo'lib turgandim. K. Yashin, Hamza.
XAYOLAN [a. SfL-i.] Xayolda, fikran ta-savvur qilgan holda. Sattor shundagina xayolan o'zi
bilan o'zi gaplashayotganini pay-qadi-yu, horg'in kulumsirab, qo'l siltadi. O'. Usmonov, Qismat.
Bashirjon shuncha rejani birpasda, xayolan tuzib chiqqach, sangtarosh bilan qo'l tashlashdi. N.
Aminov, Suvarak. Zulfiqor xayolan Hirot ko'chalarida chopib yurardi. Mirmuhsin, Me'mor.
XAYOLIY fa. ^L-b- — fantastik; tasav-vurdagi, faraziy] 1 Xayolda tasavvur qili-nadigan,
afsonaviy. Zubaydaxon xayoliy olamdan.. kundalik chin olamga uloqtirilib, norozi ko'zlarini
chaqirilmagan mehmonga tikdi. K. Yashin, Hamza. Gavjum restoran rang-barang chiroqlar
yog'dusidan xayoliy nurga chulg'angan. N. Qilichev, Quyun. Biryondaxayo-liy Eram bog'idek Buyuk va
betimsol mening Vatanim. A. Oripov.
2 O'ylab chiqarilgan, to'qima. Shu kitob-ni yozgan kishi o'zining kitobidagi bir talay xayoliy va
qiziq hikoyalar qatoriga Abutan-bal degan bir yalqov yigitning hikoyasini ham tirkagan. F.
G'ulom, Tirilgan murda.
XAYOLKASH [a. + f. ^JL^ - ko'p xayol suruvchi] kt. Xayolparast. Ikki shoir, ma'yus xayolkash,
O'rtalikda olov siyohdon. R. Parfi.
XAYOLLANMOQ Xayolga berilmoq; o'y-lanmoq. Bekdavlat xayollanib, dalaga boqdi. «Yoshlik». Oyog'ini
sudrab, yana Bog'chadarvoza tomon borar ekan, «Shoiri zamon qaerda bo'l-diekan-a?»
debxayollandi. S. Siyoev, Yorutlik.
XAYOLOT [a. oVLxi^ - o'ylar, xayollar] kt. 1 Xayollar, o'ylar; fikrlar. Temur Ma-lik bo'lsa
xayolot dengizida jim suzardi. Mirmuhsin, Temur Malik. Firdavsiy mis-rasi ko'zdan kecharkan,
Miyamni chulg'aydi tur-li xayolot. G'ayratiy.
2 Tasavvur, fantaziya. Insoniyat yuksak xayolot va tafakkur kuchi bilan yaratgan barcha
ma'naviy-badiiy boyliklar orasida og'zaki ijod namunalari alohida ajralib turadi. «Fan va
turmush». Bu holni shoirning badiiy fantaziyasi va keng xayolot olami bevosita bahor
tarovati.. bilan uyg'unlashgan o'rin-larda ko'rish mumkin. «O'TA».
XAYOLPARAST \a. + f. ^^JU^ - xayol surishni yaxshi ko'ruvchi] Ko'p xayol suruvchi. U juda kamgap,
ammo ko'p kitob o'qir, o'lgu-day xayolparast edi. S. Zunnunova, Ko'k chi-rokdar. Keyinchalik
kampir buvi nevaraning xayolparast, xomush bo'lib qolganini payqab, jannatu do'zaxlardan
kamroq gapiradigan bo'ldi.. Mirmuhsin, Umid.
2 Fantaziyaga moyil odam. Men shu vaqt-gacha olimlarni xayolparast bo'ladi, deb yurar edim. H.
Zohidiy, Sog'lar va dog'lar. Mut-rib, xayolparastsan, inim, degandek, Avazga ta'naomuz razm
soldi. S. Siyoev, Yorug'lik.
XAYOLPARASTLIK 1 Ko'p xayol surish odati. Ba'zi bolalardagi xayolparastlik xususiyatlari ular
shaxmat bilan jiddiy shug'ullana boshlagan davrlarda keskin kama-yishi tajribada sinalgan.
Gazetadan.
2 Romantikaga, fantaziyaga berilish. Rahlyunqulov qurilish uchun javobgar. Xayol-parastlik
qilmasdan, amaliy ish bilan shu-g'ullanish kerak. A. Muxtor, Tug'ilish.
XAYOLPARISHON ayn. parishon xayol q. parishon. Nozim xayolparishon o'rnidan turdi, elan-qaran
daftar-kitobini yig'ishtirib, sekin eshik tomon yurdi. N. Qilichev, Chig'i-riq.
XAYOLPARISHONLIK Xayoli tarqoq-lik, ortiqcha o'ylashlik. Vazira dugonalari-ning hazillariga
xayolparishonlik bilan jil-mayib qo'yardi. S. Zunnunova, Go'dak hidi.
XAYOLSIRAMOQ s.t. Xayol surmoq, xayol-ga berilmoq, o'ylanmoq. Xayolsirab o'tirmoq.
375 ?^
XAYOLXONA esk. kt. 1 Miya, bosh; fikr-lash. Natijada esa uning [o'quvchining] musho-hadasi avtor
xayolxonasida yuz bergan asso-siatsiya va sintezga tusholmay, mutlaqo no-to'g'ri yoki bir
tomonlama xulosa bilan tu-gashi mumkin. «UTA».
2 Tasavvur, xayol. O'z xayolxonasida planii ortig'i bilan bajarib qo'yadilar. Oybek, O.v.
shabadalar.
XAYOLCHAN Xayolga botgan, o'ychan, xayol surgan holatda. Sherbek sholchaning bir chek-kasida
uzoqlarga tikilgancha, xayolchan o'ti-rardi. S. Anorboev, Oqsoy. U [chol] tajang bo'lmagan
vaqtida ko'pincha boshi yarim qiy-shaygan, xayolchan, xomush yurardi. Mirmuhsin, Qahramonnoma.
XAYOLCHANLIK q. o'ychanlik. Saodatxon terakka suyanganicha, hamon xayol surib turar, tunning
go'zalligi va sehrli tovushlarini xayolchanlik bilan kuzatar va eshitar edi. S. Zunnunova,
Olov.
XAZANAK [f. - kuzga oid] Kuzda
yig'ishtirib olintan hosilning qoldig'i (poliz ekinlari, olma, uzum va sh.k. haqi-da). Unda-
bunda hali ko'k palak, Chirik qovun jo'yak pastida. Uch-to'rt bola izlar xazanak, Tavba, shunday
yomg'ir ocmuda. A. Sher, Qa-dimgi kuy.
Xazanak qilmoq Kuzda yig'ishtirib olin-gan hosil qoldig'ini qidirib topib olmoq.
XAZARLAR 4-asrda Sharqiy Yevropada paydo bo'lib, 10-asrda Dashti Qipchokdagi turkiy
bijanaklarga singib ketgan, asosan Shimoliy Dog'istonda va Quyi Volga bo'yida hayot kechirgan
turkiy xalq. Xazar tili. Xazar xoqonligi.
XAZINA [a. i. — qimmatbaho narsa, boylik, dafina; mablag; kassa] 1 Biror shaxs,
tashkilot yoki davlat ixtiyoridagi qimmatbaxr buyumlar; mablag'; boylik; dav-lat.
Mirzakarimboyning xazinasi Gulnorni-ki. Oybek, Tanlangan asarlar. Temur Osiyo-ning hamma
qismidan hadsiz-hisobsiz xazina yig'di, lekin ularni xasis odashar kabi saq-lamadi. «Fan va
turmush».
2 xuq. Yer ostiga ko'milgan yoki boshqa usul bilan yashirib qo'yilgan, egasini aniqlash qiyin
bo'lgan pul yoki qimmatbaxr buyumlar (bular topilsa, davlat mulkiga o'tadi va uni topgan kishi
tegishli tartibda mukofot oladi).
3 Davlat puli, qimmatbaho narsalari, umuman, boyligi saklanadigan joy. [Husayn:] Xazinamda
har qancha zar, har qancha aqcha bo'lsa, yurtning obodonligi uchun sarf etishga va'da beraman.
Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
4 Oltin, kumush kabi qimmatbaho nar-salar ko'milgan, yashirilgan joy, dafina. Yo'l quvlagan
xazinaga yo'liqar, Gap quvla-gan bir baloga yo'liqar. Maqol. mm Sherbek bu nuroniy cholning
kimligini bilib, xazina topgan kishiday suyunib ketdi. S. Anorboev, Oqsoy.
5 Markazlashgan davlatlarda ularning moliyaviy zaxiralari majmui. Xazina bi-letlari.
6 Yer yoki tabiat boyliklari, tabiiy boylik. Yer — xazina, suv — oltin. Maqol. mm O'zbekiston
yeri — koni xazina, Xalqi — olim, dehqon kamtar kamina. Habibiy. Va-tanimizning tuprog'i —
oltin, tog'u adir-lari, cho'lu sahrolari — tuganmas xazina. S. Zohidov, Tog'lar bosh egmoqda.
7 ko'chma Madaniy va ma'naviy boylik-lar, durdona asarlar majmui. Roman [«Sa-rob»] 20 yil
davomida adabiyotning bebaho xazinasidan olib tashlandi. Gazetadan. Do-nolar ta'rificha,
kitob — bilim manbai, insoniyat to'plagan hikmap`shr xazinasi. M. Jo'ra, Noshirnoma.
XAZINABON \a + f. oW^^ - xazi-nani qo'rikdovchi, xazinachi] 1 kt. ayn. xa-zinachi 1.
[Ulug'bek:] Sarkardalarga ayting, shahar talanmasin! Xazinaga kirilmasin, xazinabonning o'zi
bunda [bu yerga/ kelsin! Mirmuhsin, Me'mor.
2 ko'chma Tabiat boyligini topib, uni xalq irodasiga bo'ysundiruvchi kishi. Olma-liq — bag'ri
boyliklarga to'liq. Bu boylik-ning xazinaboni va farmonbardori oddiy, sodda kishilarimizdir.
Gazetadan. ' XAZINADOR [a. + f. jb^>^ - xazi-naga ega, xazinachi] ayn. xazinachi. Mulla
Obidning xazinadori sifatida aqchani o'zi ushab, ro'zg'or kerak-yaroqlarini ham o'zi to'g'-rilab
turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon. Sa-roy vaziri ham.. xazinador ham sizga xayri-xoh
odamlar. M. Osim, Ibn Sino qissasi.
XAZINAXONA [xazina + xona] ayn. xa-zina 3. Hamma yerning eshigi ochiq, xazina-xonalar ham
ochiq, ichidagi yaxshi olmos xan-jarlar yo'q. «Malikai ayyor».
376
XAZINACHI 1 map. Hukmdor va b.oshliq-larning xazinasini va b. moddiy boylik-larini sakdovchi,
boshqaruvchi shaxs; xazi-na boshlig'i. Xazinachilar sipohlar orqasidan ikki otni yetaklashib,
hudaychi yoniga yetdi-lar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Qoraxoniylar davlatida xazinachi
mas'uliyatli lavozim-lardan biri sanalib, «ag'ichi» atamasi bilan ifodalangan. «O'zME».
2 Korxona va tashkilotlarda pul saq-lovchi va tarqatuvchi kassir.
XAZINACHILIK esk. Xazinachi mansa-bi (q. xazinachi 2). Oradan bir yilcha o'tar-o'tmas, u nashriyot
xazinachiligi — kassir-ligiga ko'tarildi. M. Nazarov, Xazinachi.
XAZON 1 [f. (jlz-`. — kuz; barg to'kili-shi] 1 Kuzda sarg'ayib to'kiladigan barglar. Yo'l
bo'yidagi dov-daraxtlar ostida xazon-lar to'kilib yotibdi. N. Aminov, Yolg'onchi farishtalar.
Yengil shamol o'tdi, xazon to'-kildi. «Yoshlik».
Xazon bo'lgur! qarg'. Qurib ketgur, o'lgur. [Hoji ona:] Bor, yuz-qo'lingni yuvib chik, xa-zon
bo'lgur! Hamza, Boy ila xizmatchi. Xazon bo'lmoq 1) sarg'ayib, qurib qolmoq. Bu gul subh
shabnamini ham ko'rmay xazon bo'ldi. H. Ziyoxonova, Birinchi maktub; 2) ko'chma azob-uqubatda
majruh bo'lib qolmoq, ado bo'lmoq, mahv bo'lmoq. Gul edim, xazon bo'ldim, nay-layin, Ado
bo'lmas dardga qoldim, naylayin. «Malikai ayyor»; 3) bevaqt olamdan o'tmoq; yo'qbo'lmoq.
[Azizxon] Yasha, polvon bola.. deb olqishlaganlarga qaramas, niyatiga yetmay xazon bo'lgan
Lutfinisani o'ylar edi. S. Ah-mad, Ufq. Bevaqt xazon bo'lmay har kim Yashabo'tsin dunyoda. A.
Oripov. Nazira.. yuza-ga chiqmay xazon bo'lgan sevgi alamidan xo'rli-gi kelib, taqdirni
qarg'ardi. S. Ahmad, Ufq. Xazon qilmoq 1) quritmoq, so'litmoq; 2) ko'chma mahv etmoq, yo'q
qilmoq; qirmoq. Hir tomondan nogahonda bo'ri yoki qoplon chiqib, bir talay qo'y-qo'zish xazon
kilib ketganini bilib qolasan. Y. Muqimov, Qizilqum pahlavoni. Uynab yurgan bachchalarin
Hamma-sin xazon qshshng. «Gulnorpari».
2 Zardo'zlikda ishlatiladigan bezak tu-ri: so'ligan barg tasviri.
XAZONMARG [f. - xazonday
o'lish] kam ko'll. ayn. juvonmarg. [Hojar To'laxonga:] Xazonmarg bo'lgur, nima balo bo'lgan
senga, aytmaysanmi ? Hamza, Paran-ji sirlari.
XAZONREZ [f. ^JO1^ ~ xazon to'kuv-chi] Barg va xazonlarni to'kuvchi. Xazonrez kuz. Tun ko'rkam,
dilbar, Namxush havo, Oy, yulduz, sabo. «Yoshlik». Sarg'ish barg bilan qoplangan daraxtlar
o'zidan-o'zi shitirlab, tiniq hovuz beti jimirlab, uzoqlardan kezgan xazonrez shamoldan darak
berib tura-di. A. Muxtor, Opa-singillar.
XAZONREZGI [f. J.-jij^^ ~ xazon to'kilish davri; kech kuz] ayn. xazonrezgilik. ..cho'qqi ortiga
yumalagan quyosh quriy boshla-gan kimsasiz bog'larni xazonrezgi pallasi-dagidek sarg'aytirib
yubordi. A. Muxtor, Chi-nor.
XAZONREZGILIK Barg, xazon to'ktsla-digan davr, kech kuz. Xazonrezgilik boshlangani uchun
yaproqlar sarg'ayib, yerga chirt-chirt to'-kilmoqda. J. Abdullaxonov, To'fon. Bog'-rog'-lar,
dalalarda o't-giyohlar, maysa, yaproqlar sarg'ayib, xazonrezgilik boshlandi. Gazetadan.
XAZONREZLIK ayn. xazonrezgilik. -Bo'l-masa, hozir xazonrezlikda bir-ikki kop xa-zon to'plab
ol, — deb maslahat berdi afandi. «Latifalar».
XAZONCHINAK \f. L',.?r1^ - xazon, barg to'plash] shv. Xazanak. Nihoyat, olma xa-zonchinak bo'ldi.
O. Yoqubov, Tilla uzuk.
Xazonchinak paxta G'o'zapoyaning u yer-bu yerida qolib ketgan, yerga to'kilgan hosil-dan yig'ib-
terib olingan paxta. Xazonchinak qilmoq ayn. xazanak qilmoq q. xazanak.
XAI s.t. ayn. xayr I 3. -Xay, ishqilib, oxiri baxayr bo'lsin, — dedi Maxsum. P. Tur-sun,
O'qituvchi.
XAYITQORA Kechpishar tarvuz navi. Hayitqora O'zbekistonning hamma viloyat-larida ekiladi.
«O'zME».
XAIL \a. J^i. — uyur, poda; otlikdar; otliq askar] kt. Guruh, toifa. Lola terdik dasta-
dasta, Kech bilan qaytdik shahar, Yo'lda bir-bir tarqatib Erkin muhabbat xayliga. E. Vohidov.
XAIR I [a. — yaxshi, ezgu, soz; ezgu-lik, yaxshilik] 1 Tilanchiga, beva-bechora-larga
beriladigan sadaqa, ehson. Afandi baland aylana zinadan pastga tushgandan so'ng, xayr
so'rayotgan gadoyni ko'rdi. Gazetadan.
Xayr qilmoq Muhtoj odamga sadaqa bermoq Xayr qilsang, butun qil. Maqol. shsh Kampir xayr
qilayin desa, bir qisim g'al-lasi ham, bir parcha noni ham yo'q edi. «Gul-shanbog'».
2 Birovga qilinadigan xolis yordam, yaxshilik; saxovat. Safar xayrsiz bo'lmaydi. P. Tursun,
O'qituvchi.
Xudo xayringizni bersin Maqsadingiz-ga yeting, murodingiz hosil bo'lsin. \G'ofir:] Duo
qshaman, xudo xayringizni bersin! Bola-chaqangizning orzu-havasini ko'ring, Hasan aka! Hamza,
Boy ila xizmatchi.
3 mod. s. Yaxshi, mayli, xo'p; nima bo'lsa bo'ldi. Xayr, bizdan ketsa-ketsin, dargohi-da qabul
bo'lsa, bas!A. Qodiriy, Kichik asar-lar. Xayr desang, hozir na'ra tortaman, Badbaxtlarni
bugun qirg'in etaman. «Mali-kai ayyor».
XAIR II [a. j^i. — ezgulik, yaxshilik] und.s. Xayrlashganda, vidolashganda ayti-ladigan so'z.
-Xayr, sog' bo'ling, — dedi Sao-dat Lolaxonni eshikkacha uzatib. S. Zun-nunova, Olov. Xayr
endi.. Qshbimda bir vi-do qoldi. Xayr endi.. Sen ketding, begunoh ohu. A. Oripov.
XAYRIXOH [a. + f. '\^^± ~ ezgu-lik, yaxshilik istovchi) Yaxshilik tilay-digan, qo'llab-
quvvatlaydigan; iltifotli, tarafdor. \Qozi:] Mendan sira ko'nglingizga shubha keltirmang.
Nimaga desangiz, xolis xayrixohman. Hamza, Boy ila xizmatchi. Onaxon tikka turar,
o'tirgayushrning ham-masi o'ziga xayrixoh ekanini sezganday bo'lar edi. A. Muxtor, Opa-
singillar.
XAYRIXOHLIK Yaxshilik tilash, qo'l-lab-quvvatlashlik. Axir muhabbat ham, axir do'stlik ham
Boshlangan emasmi xayrixoh-likdan?A. Oripov. Tsh'shbuvadan keyin so'zga chiqqanlarning.. yana
biri hukumat dehqonni yaxshi yo'lga boshlaydi, degan qattiq ishonch bilan kolxozga xairixohlik
ko'rsatdi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
XAYRIXOHONA [a. + f. qo'llab-quvvatlaydigan. Vasvasalanishning o'rni yo'q, undan so'ng ham sizning xayrixohona
kengashlaringizga.. muh-tojman. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Ta'na, dashnom, tanqid va boshqa
ming turli do's-tona, xayrixohona tovushlarga tahsin ara-lashsa, quloqqa faqat tahsingina
kiradi. A. Qahhor, Sarob.
XAIRIYA [a. ^. — xayr-saxovat, eh-son, muhtojlarga yordam]: xayriya jamiyati Moddiy yordam
uyushtiruvchi jamiyat. Keyingi vaqtlarda bir qancha xayriya jamiyatlari faoliyat ko'rsatmoqda.
Gazetadan.
XAYRIYAT [a. c^Sj^b. — yaxshilik, ezgu-lik, xayrli ish] mod. s. Gap boshida, o'r-tasida yoki
oxirida kelib, undan angla-shilgan mazmunga nisbatan mamnunlikni ifodalovchi so'z. Xayriyat,
bir shamol bo'l-di-yu, bulutni haydab ketdi. S. Ahmad, Ufq. Bobur ko'zini ochgashni sezib,
Qosimbek uning tepasiga keldi: -Xayriyat-ye!.. Amirzodam, bizni muncha qo'rqitdingiz? P.
Qodirov, Yulduzli tunlar.
XAYRIYATKI mod.s. ayn. xayriyat. To'-satdan shisha qo'lidan tushib ketdi. Xay-riyatki, sinmadi.
«Yoshlik». Xayriyatki, ma-shinamizuzoq turmay yurdi. «Sharq yulduzi».
XAYRIYATLIK Xayrli ish, yaxshilik, ezgulik. Mana, janoblar, yumshoqlikdan xayriyashik chiqmaydi. N.
Safarov, Sharq tongi.
XAYRLASHMOQ O'zaro yaxshi istaklar tilashib ajralishmoq; vidolashmoq; tark etmoq Muyassar xonim
archalar qurshovidagi yo'lak boshiga qadar keldi, so'ng yana bir bor qo'l berib xayrlashdi. M. M.
Do'st, Lolazor. Ana shundan keyin Tog'a Azizxonni bag'riga bosib xayrlashdi-da, zirillamaliklar
kelgan avtobusga chiqdi. S. Ahmad, Ufq. Qopni qo'ltiqlab, o'n besh yillik tanish qo'rg'on..
bshangina emas, shu kunning o'zida tug'ilgan qishloq bilan ham xayrlashdi. A. Qodiriy, Kichik
asarlar. Nihoyat, oladiganim qolma-gach, qirq olti kunlik yotog'im bilan unsiz xayrlashdim-u,
eshikka chiqdim. S. Siyoev, Yorug'lik.
Bu dunyo bilan xayrlashmoq Vafot etmoq, o'lmoq. Agar yo'q desang yo sotib qo'ysang, bu dunyo bshshn
xayrlashaver. S. Ahmad, Ufq.
XAYRLASHUV 1 Xayrlashmoq fl. har. n. Xayrlashuv vaqti keldi.
2 Biron joyga, safarga ketish, kuzatish munosabati bilan uyushtiriladigan tadbir. Tal'at
sinfdosh do'stlarini yig'ib, uyda ziyofat qilmoqchi edi, dadasi bir so'zda tu-rib oldi: -
Maktabda xayrlashuv kechasi bo'ldimi, tamom! Ziyofat bo'lsa.. keyin qi-lasan. O'. Xoshimov,
Qalbingga quloq sol.
XAIRLI Yaxshi, ijobiy; xosiyatli. Xayr-li ishshng kechi yo'q. Maqol. sht Moziyga qay-tib ish ko'rish
xayrli(k), deydilar. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Men bir xayrli ish qilgandek, o'zimni
oliyjanob his etdim.. A.
Muxtor, Davr mening taqdirimda. Shu kecha u bir xayrli tush ko'rdi. «Sharq yulduzi».
XAYR-MA'ZUR [xayr + ma'zur] Yaxshi tilaklar bilan xayrlashish. -Xayr-ma'zur ertaga bo'ladi,
o'rtoqlar. Hali sizlar bilan ko'p otamlashamiz, — dedi Elomonov. M. M. Do'st, Galatepa
qissalari.
Xayr-ma'zur qilmoq Xayrlashmoq. Ov-qatdan keyin Shukurov otadan ruxsat so'rab, xayr-ma'zur
qildi. O. Yoqubov, Diyonat. Xayr-ma'zurni nasiya qilmoq Xayrlashmay ketib qolmoq. -Ha, qochoq!
— dedi u kulib, — Xayr-ma`zurni nasiya qilib qochibsan-a! X. Sul-tonov, Bir oqshom ertagi.
XAYR-SADAQA [xayr + sadaqa] Xayr va sadaqalar, sadaqa, ehson. Xayr-sadaqani o'z oilangizdan
boshlang. «Fan va turmush».
XAIR-XO'SH ayn. xayr-ma'zur. Xayr-xo'sh ovozlari tinch ko'cha osmoniga ko'tarildi. P. TypcvH,
O'qituvchi.
XAYR-XO'SHLASHMOQ ayn. xayrlash-moq. Birdan soatiga qarab Azizov, Yarim tun deganda xayr-
xo'shlashdi. A. Muxtor.
XAIRCHI 1 s.t. Xayr-sadaqa so'rovchi; ti-lanchi, gadoy. Bir xayrchshshng bolasini boqib olgan
edik. P. Tursun, O'qituvchi.
2 esk. Jamoat ehtiyoji uchun xayr-ehson tarzida mablag' yig'uvchi.
XAYR-EHSON [xayr + ehson] ayn. xayr-sadaqa. Boshga tushgan musibatlarni, o'zida-gi
kasalliklarni va qilgan xayr-ehsonini yashirish yaxishlik xazinalaridandir. «Fan va turmush».
XAKAS Xakas xalqiga mansub bo'lgan shaxs. Xakas ayol.
XAKASLAR Asosan Rossiya Federatsiya-sining Xakasiya Respublikasida, Krasno-yarsk o'lkasi va Tuva
Respublikasining un-ga qo'shni tumanlarida yashovchi, xakas ti-lida so'zlashuvchi turkiy xalq.
Xakas xalqi-ning boi og'zaki ijodiyoti — ertak, rivoyat, afsona, qo'shiqlari bor. «O'zME».
XAKER 1 [ingl. hacker < hack — buzmoq; kesmoq, qirqmoq] 1 Komp`yuter dasturla-rini yaratishga
o'ta ishqiboz bo'lgan kishi.
2 Komp`yuter dasturlari va qoidalari-ni buzuvchi — huquqi bo'lmagani holda kom-p`yuter
dasturlariga o'zgartirishlar ki-ritadigan shaxs; yuqori malakali pro-grammist.
3 Bank, tijorat, davlat, harbiy va b. tashkilotlardagi axborotlarning himoya vositalarini
yo'qotib, o'ta qimmatli ma'-lumotlarni qo'lga kiritish, o'zga hisobra-qamlardagi pulni
o'zlashtirish, komp`yu-terlarga virus yuqtirish kabi ishlarni amalga oshirishga urinuvchi shaxs.
So'nggi yil-larda odatdagi xakerlar bilan bir qatorda kibernetik terrorchilarning xurujlari
ham qayd etilyapti. Gazetadan.
XAKI [f. ^i». yoki hind. khaki - loy, yer rangi] 1 Jigarrang-yashilga moyil (himoya-viy] rang.
2 Shu rangdagi mato, gazlama (asosan harbiylar uchun, shuningdek, sayyohlar, geo-loglar,
ovchilar va turli amaliy soha xo-dimlari uchun kiyim tikishda ishlatiladi).
XALA I [f. *±a. - ichki dard, kasallik] Sanchiq, qattiq og'riq.
Xala bo'lmoq Sanchib og'rimoq. Odatda aspirinni turli ko'rinishdagi og'riqlarda: bosh og'rig'i, tish
og'rig'i... xala bo'lganda ichish-ga odatlanganmiz. Gazetadan.
XALA II \f. *±a. - hayvonlarni niqtab yurgizish uchun ishlatiladigan uchli tayoqcha] ayn.
xalacho'p.
Xala bosmoq (yoki urmoq) ayn. xala qilmoq 2. Keyin egarga o'tirdim-u, «chu, jonivor», deya
eshakka xala bosdim. A. Ko'chimov, Halqa. Bozordan qaytayotgan bir chol eshagiga xala urib, yetib
keldi. S. Anorboev, Oqsoy. Xala qilmoq 1) xalacho'p yasamoq. O'tgan-ketgan yo'-lovchi to'g'ri
kelgan niholni sindirib, eshagi-ga xala qiladi. N. Safarov, Katta karvon yo'lda; 2) tezroq
yurgizish uchun xalacho'p yoki oyoq bilan niqtamoq. Qo'ziboy eshakni xala qilaverib, oyog'i
charchagani.. uchun pastga tu-shib oldi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
XALAKASH \f. - xala (bilan)
tortuvchi| Doimo xala, niqtash bilan yura-digan (eshak, ot haqida). -Ishrat devona de¬em bevona
bor edi. Bir chuvuri bor edi —xala-kash. Xala qilsa, dingillar edi. «Ravshan».
XALAL [a. Jib. — buzilish, ishdan chi-qish; shikast; ziyon, nuqson, kamchilik]: xa-lal bermoq
Muayyan ish-harakatni amalga oshirishga monelik qilmoq; xalaqit ber-moq. Birinchi soatdagi
darsda Asror o'z may-liga, o'z xayollariga bandi bo'lib turardi. Un-ga hech kim xalal bermadi.
«Yoshlik». Xalal yetmoq Zarar yetmoq. Ammo tasnifotimdagi imlo-insholarimga bir andakkina xalal
yet-ganligini ko'rdim.. A. Qodiriy, Kichik asar-lar. Bu ishlarni qishloq xo'jalik ishlariga
zarracha bo'lsa ham xalal yetkazmay bajari-shimiz kerak. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
XALAT [a. — sovg'a, in'om qilin-
gan kiyim; mukofot] 1 s.t. O'zi ham, yengi ham uzun va keng bo'lgan, tugma o'rniga bel-bog'
qo'llanadigan ustki kiyim (asosan xo-tin-qizlar, ba'zan erkaklar ham kiyadi). Qizil xalat
kiygan qiz.
2 Shunday yoki shunga o'xshash bichimdagi maxsus (tibbiyot, savdo, kimyo va ayrim tex-nika sohalari
xodimlari kiyadigan) ust kiyim. Oq xalat kiygan doktor qiz enga-shib, bemorni qarayapti. S.
Ahmad, Qadrdon dalalar.
XALATLI Xalat kiygan, xalati bor. Oq xalatli kishi esa gapni davom qildi.. «Yosh-lik».
Darvozaxonada qora quti ko'targan oq xalatli vrachlarga duch keldi. S. Siyoev, Ot-liq ayol.
XALAF [a.. a!ch — voris, davomchi; o'rin-bosar; ancha keyingi avlod] esk. kt. aim. voris,
o'rinbosar. Muqimiy xalaflari.
XALACHO'P \f. i_i^.4ii^] Eshak, tuya kabi hayvonlarni niqtab, tezroq yurgizish uchun
ishlatiladigan uchli tayoqcha; xala. Oqsoqol shunday dedi-yu, eshakka xalacho'p niqtadi. S. Ahmad,
Ufq. Mustafo eshagiga xalacho'p bos-di: -Xix, jonivor, xix! M. M. Do'st, Galatepa qissalari.
XALAQIT [a. uik < jLa. — o'rab olmoq; yo'lni to'smoq]: xalaqit bermoq Biror ish-harakatga
monelik ko'rsatmoq. Tolibjonunga xalaqit bermaslik uchun oyoq uchida yurib, ichkari xonaga kirib
ketdi. S. Ahmad, Jim-jitlik. Sovun hidli nam choyshab badaniga noxush botdimmi yoki oyog'i uchida
o'tirgan yi-gitcha xalaqit berdimi — Nusratbek g'ing-shib, bu yoniga agdarildi. S. Nurov,
Maysa-larni ayoz urmaydi.
XALILI(Y) bot. Uzumning Markaziy Osiyoda yetishtiriladigan ertapishar navi. Ishkomdagi shig'il-
shig'il xalili uzum shin-gillari qo'ng'irlanibko'rinardi. «Yoshlik». Qo-ra yoki qizi,1 xaliliy
O'zbekiston, Qirg'izis-ton, Turkmanistonda tarqalgan. «O'zME».
XALILULLOH [a. l>1 AL± - Ollohning do'sti] [X — katta] din. Ibrohim payg'am-barning laqabi.
Bu so'zni eshitib shunday qalandar, Xalilulloh, dedi, Ollohu akbar. «Malikai ayyor».
XALIFA [a. - o'rinbosar; noib]
1 map. Musulmonlar jamoasi va musulmon davlatining diniy, ayni bir paytda dunyo-viy
boshlig'i; ruhoniy hukmdor; Muhammad payg'ambarning vorisi, Allohning yerdagi noibi
hisoblangan. Lekin [ Tangriqul hoji] xalq orasida: «Xalifai Rum Buxoroga keldi, Ergash
qo'rboshi borib, musulmonobod io'lida g'azot qilgani xalifadan fotiha va yuz ming sarboz olib
keldi», deb gap tarqatibdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor chiroqlari. Abdishukur davom etdi so'zida: -
Butun olami islomning xalifasi Sulton hazratlari buurushda tanho qoldshshr. Oybek, Tanlangan
asarlar.
2 Buxoro xonligida: shariat aqidalari-ning bajarilishini tekshirib turuvchi man-sabdor shaxs.
Abdurahmon sardor keyingi choy-nakni bo'shatgandan keyin, qaytmoqchi bo'lib, xalifadan fotiha
so'radi. S. Ayniy, Qullar.
XALIFALIK 1 Islom dinining sun-niylik mazhabida hokimiyatni idora etish tartibi.
Xalifalikning asoschisi Muhammad payg'ambarning yaqin safdoshi xalifa Abu-bakr (632-634) dir.
B. Ahmedov, Tarixdan saboqlar.
2 7-8-asrlarda arab istilolari nati-jasida Arabiston yarimoroli, Yaqin va O'rta Sharq, Shimoliy
Afrika, Ispaniya, Mar-kaziy Osiyo va Kavkazortini o'z ichiga ol-gan davlat. Arab xalifaligi.
Bag'dod xali-faligi. tsh Arab xalifaligi VIII asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda
qismlarga ajralib keta boshladi. B. Axmedov, Tarix-dan saboqlar. Shunday qilib, Abbosiylar
xa-lifaligi mo'g'ullar tomonidan yo'q qilindi. «O'zME».
3 Xalifaning mansabi va unvoni. Abu Bakr Siddiqning xalifalik davri.
XALLOQ \a. Z^`^ — yaratuvchi, ijod-kor] Atlohning sifatlaridan biri; yara-tuvchi. Xalloq o'ziga
maqbul mo'minga lozim ko'radi taxtni. T. Malik, Q&tdirgoch.
Xalloqi olam Olamni yaratgan, olloh, xudo ..lekinundan[Boburdan]qaysi bir guno-hi azim
sodir bo'ldiki, xalloqi olam uni bunchalar qahriga olmasa?.'X. Sultonov, Bo-buriynoma.
XALO \a. - bo'shliq, bo'sh, ochiqjoy] s.t. Hojatxona. Bozor aminning kapasi oldi-da o'n olti-o'n
yetti yashar bir bola qo'lida obdasta bilan, uning xalodan qaytishini kutib turmoqda edi. S.
Ayniy, Qullar.
XALOJOY [a.+ f. -bo'sh, egal-
lanmagan joy] s.t. Hojatxona.
380
XALOYIQ fa. jjjli. — Olloh yaratgan maxluqlar, odamlar] Odamlar, xalq. Sag'a-naga tuproq
tortilgach, bir mo'ysafid o'r-nidan turib, olomondan so'radi: -Marhum qandoq edi, xaloyiq? Har
tarafdan bo'g'iq ovozlar keldi: -Yaxshi edi rahmatlik. S. Siyoev, Otliqayol. Kimiki bo'lsa inson,
bo'lsa odam, Xaloyiqning g'amin yeydur damo-dam. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
XALOS [a. ^^U`. — qutulish, ozod bo'-lish; iloj, najot]: xalos bo'lmoq Qutul-moq. Isfandiyor
bosh vazirdan xalos bo'lish harakatini ilgarirok boshlagan edi. S. Siyo-yev, Avaz. Xalos qilmoq
(yoki etmoq) 1) ozod qilmoq, qutqarmoq. Xalos qilib murodimga yetkazgan, Mehribonim, jonim
bolam, xush en-di. «Malikai ayyor». Ey xudoyim, zolimlarga xor kilma.. Bandilikdan, raxm
qilib, xalos et. «Tohir va Zuhra»; 2) kam qo'll. ayir-moq, judo qilmoq. -Bizga xunuk xabar
keltirgan bu juvonmarglarning xom kalla-larini tanalaridan xalos qil! — dedi Mardonbek
Shermatga. S. Azimov, Birinchi fasl.
XALOSKOR [a. + f. jLS^bU. - xalos qiluvchi] Xalos etuvchi, ozod qiluvchi, qut-qaruvchi. Yurt
boshiga ish tushganda, xalos-korlarning oldingi safida bo'lganimdan faxrlanaman. «Yoshlik».
XALOSKORLIK Xaloskor ekanlik; xaloskor ishi; xalos qilish. Ne-ne beklar-ning qo'lidan
kelmagan xaloskorlik sendek bechorahol yigitning qo'lidan kelgani alomat bo'ldi-da! P.
Qodirov, Yulduzli tunlar.
XALOXONA [a.+f. A±\^U± -bo'sh, xoli joy, xona] ayn. hojatxona.
XALTA 1 Kichkina qop, qopchiq. Bolalar yopishavergach, [kampir] xaltani ochishga maj-bur bo'ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Ala-mazon xaltani sholchaga qo'yishi bilanoq, qizcha unga talpinib,
qo'lini cho'zdi. A. Obidjon, Akang qarag'ay Gulmat.
2 Ozish tufayli odam yoki hayvon bada-nida, ko'pincha yuzida salqib, osilib qol-gan teri. -
Ko'ngil o'lsin, iloyim. Jag'ida jag' qolmay, lunji xalta bo'p ketsa ham, yi-gitman deydi, —
dedi kampir A. Ubaydulla-yev, Hayot oqimi. Buzoqcha.. sigirnshg xalta bo'lib qolgan yelinini
turtib-turtib, mud-dam bilan ema ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
3 zool. Ba'zi hayvonlarning qorni os-tida bo'ladigan, yosh bolasini solib ko'ta-rib yurishga
moslangan xaltasimon teri qatlami. Xaltalilarning urg'ochisi tug'ilgan bolasini ancha vaqt
qornidagi xaltasida olib yuradi. «Zoologiya».
4 Kiyimnint osilib, salqi bo'lib tur-gan joyi. Qurbon aka yana Mamajonga o'gi-rildi: nimpar
ko'k kitelining etaklarini qorni turtib turibdi, yoqa tugmalari ochiq. Shimining tizzalari
xalta bo'lib turibdi. S. Nurov, Narvon.
Xalta ko'ilak Yoqasi ko'ndalang ochilgan, yelkadan bog'ichlab qo'yiladigan, odatda mul-lalar
kiyadigan ko'ylak. Mamat, xalta ko'y-lak etagidan tizzalarini zo'rg'a chiqarib, o'rnidan turdi.
«Yoshlik». Xalta palov q. pa-lov.
XALTA-XULTA Har xil xaltalar. [Sa-limboyvachcha] Attorlik rastasida eng qo-rong'i, eng
kichkina bir do'konda minglarcha xalta-xultalardagi shubhali dori-darmon va har nav zahar-
zaqqum orasida o'tirgan.. edi. Oybek, Tanlangan asarlar. To'rga yig'ilgan xalta-xultalarning
soyasi choyshabda paydo bo'ldi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi.
XALTACHA 1 Kichik xalta. \Toshkentlik mardikor] Ishtonining lippasiga qistiril-gan kir bo'z
xaltachani —hamyonni olib, tanga, chaqa aralash bir so'mni sanab to'kdi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
2 ayn. xalta 2. Cholning ranglari sarg'a-yib, ko'zlarining ostida xaltacha paydo bo'l-gan edi.
SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
XALTURA [r. xaltura — marxumni xotir-lash; dafn marosimi < lot. chartularium — arvohlarga
duo qilinayotganda, ruhoniy o'qiydigan xotirlash ro'yxati] Tartibsiz ravishda, yuzaki
qilinadigan xom ish. Ma-na, ko'rdingizmi, adabiyotimiz ichida ham konflikt bor: mahoratu
talant va xaltura to'qnashuvi kelib chikadi. «UTA».
XALTURACHI Tartibsiz ravishda, yuza-ki, xom ish qiluvchi kishi. Xalturachilar-ning o'zlarini
yashiradigan bahonalar topi-shiga imkon qolmadi. «O'TA».
XALTURACHILIK Odat darajasiga ay-langan, keng tarqalgan xaltura. Shaklbomik —
xa,1turachilikshng boshqacha ko'rinishi. Ga-zetadan.
XALFA [a. A a I ch - bir-birining orti-dan borish, ergashish; o'rin almashish] esk.
381
1 Shariat qoidalarini yaxshi biladigan, o'qimishli odam. Turdiboy xalfa o'z hovlisi-da ish
boshlagan o'qituvchiga katta hurmat bilan qaraganini ishora qilib, u bilan egi-libroq ko'rishdi.
P. Tursun, O'qituvchi.
2 Eski maktabda o'quvchilarga boshliq qilib tayinlangan, maktabdor domlaga ko'maklashadigan
o'quvchi. Avaz bir vaqtlar mana shu madrasada tahsil ko'rgan; ham-hujralari to hanuz bu yerda
xalfami, mu-tavalliga yordamchimi bo'lib yurishardi. S. Siyoev, Avaz.
3 O'rta asrlar ustaxonalarida hunar o'rganuvchi shogird; hunar-kasb o'rganuvchi shogirdlar
boshlig'i. Unga, o'n besh yoshidan boshlab, avval shogird, keyin xalfa, so'ng mustaqil usta
sifatida to shu damgacha erta-kech bukchayib ishlashga to'g'ri kelgani uchun, uning yelkasi bukur
kabi, ortiqcha turtib chiqqan edi. Oybek, Tanlangan asar-lar.
Xalfa tushmoq Xalfa bo'lib ishlamoq (q. xalta 3). Otam mahalladagi boyga xalfa tushib, bo'z,
alak, beqasam to'qiy boshladi. YO. Shukurov, Qasos.
4 fol`k. Xorazm vohasida mahalliy og'za-ki ijod namunalarini ijro etuvchi ayol. Xalfalar
repertuaridan asosan «To'y mu-borak», «Yor-yor», «Oshiq» turkumidagi.. dos-toshardan parchalar,
Mahtumquli va boshqa shoirlarning she'rlari asosidagi nasihat va raqsbop qo'shiqlar o'rin olgan.
«O'zME».
XALQ [a. jii.. — yaratish, ijod qilish; yaratilgan jonzot va odamlar! 1 Odamlar. Xalqqa xizmat
— oliy himmat. Maqol. mm To'yingizga yig'ilibdi butun el, Xalq kel-moqda to'yga oqib go'yo sel.
H. Olimjon. Bu xushovoz xonanda, yigirma yildan oshdiki, xalqning nazaridan qolmay..
dillarimizni yayratib kelmoqda. S. Ahmad, Yulduz.
2 Tarixiy birlikning turli shakllari; qabila, elat, millat. O'zbek xalqi Navoiy, Bobur,
Lutfiy kabi buyuk donishmand shoir-larning asarlarini o'qigan. Shukrullo, Say-lanma. Turkiy
xalqlar yillarni 12 muchal-dan shashqari, 60 yillik davrlar bilan ham hisoblashgan. «Fan va
turmush».
3 Muayyan joy aholisi. O'zbekiston xal-qi. Qishloq xalqi. Shahar xalqi. mm Filip-pin
orollarida yashovchi xalqlarning eng se-vimli noyob taomi mitti baliqlardir. K. Mahmudov,
Qiziqarli pazandalik.
4 Biror joyga to'plangan odamlar; xa-loyiq, olomon. Tovushga qo'yishda xalq bir og'izdan qo'l
ko'pgaradi, orqasidan bir necha daqiqagacha olqish davom etadi. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
5 Kasb, mashg'ulot, toifa yoki jinsni bildiruvchi so'zlar bilan kelib, o'sha kasb, mashg'ulot,
toifa yoki jinsga mansub kishi-lar guruxini bildiradi. Shoir xalqi. tsh Pol-von xalqi yengilgan
raqibini belidan olib, ko'tarib qo'yadi. S. Ahmad, Ufq. Ayolxalqiuy-dan quruq ketmaydi, Nima
lozim mexmonlar-ga, taqsirjon. «Gulnorpari».
6 Umum (aholi, odamlar) ga aloqador-likni, umum tomonidan e'tirof etilgan-likni ifodalovchi
so'z sifatida ba'zi mu-assasalar, lavozim va unvonlar nomlari tarkibida qo'llanadi. Xalq
maorifi. Xalq ta'limi. Xalq sudi. Xalq deputati. O'zbe-kiston xalq shoiri. O'zbekiston xalq
ar-tisti.
Yerli xalq Muayyan joyning tub aholi-si, mahalliy xalq. Chor hukumati, yerli xalq o'z erkini
himoya qilib chiqqanda, ularni ot-tirdi.. B. Ahmedov, Tarixdan saboqlar. Xalq ijodi Xalq
tomonidan bunyod etilgan san'atga oid hamda adabiy asarlar. Xalq ijodi har qanday yozuvchi
uchun katta mak-tabdir.
XALQARO 1 Xalqlar yoki mamlakatlar o'rtasidagi munosabatga doir. Xalqaro tash-kilotlar.
Xalqaro ahvol. Xalqaro huquq. tsh Ajiniyoz og'a juda siyosatchi chiqdi: nuqul xalqaro ahvolni
surishtiradi. A. Muxtor, Davr mening takdirimda.
2 Xalqlarga oid, taalluqli. Xalqaro xo-tin-qizlar bayrami. shsh Xalqaro Toshkent
kinofestivali ishtirokchilari safi yil sayin ortib boryapti. «Saodat».
Xalqaro tillar Turli davlatlar xalq-larining aloqa vositasi bo'lib xizmat qiladigan tillar.
Xalqaro huquq Xalqaro muloqotdagi davlatlar orasidagi va boshqa sub'ektlar o'rtasidagi
munosabatlarni tartibga solib turadigan ommaviy xuquqiy tamoyillar va me'yorlar majmui.
XALQOB [f. L_,U1=>. — halqa-halqa bo'lib to'planib qolgan suv] Chuqur joylarda tu-rib,
yig'ilib qolgan suv. Xalqob eye. mm Ha-vo sarxush. Xalqoblar ko'kimtir ko'rinar, bi-rinchi
sovuqdan oyoq ostida yupqa muz qirsil¬
382
lar edi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek ha-lovat.
XALQONA [a. + f. 4`Sh`. — xalqqa xos va mos] Ko'pchilikka, xalqqa xos; odtsiy ki-shilar, xalq
ishlatadigan. Xalqona ibora-lar. mm Biz.. uni [G'afur G'ulomni] oddiygina qilib, G'afur aka,
deb atay olishimiz bilan faxrlanamiz. Bu xalqona, samimiy yaqinlik so'zi.. hamon og'zimizdan
tushmaydi. A. Mux-tor, Bebaho xazinamiz.
XALQPARVAR [a. + f. jj^jib. - xalq-ni tarbiyalovchi, sevuvchi] Xalqqa g'amxo'r-lik qiladigan,
xalq manfaatini ko'zlay-digan; xalqni sevadigan. Chaman-ku! Baraka topkur, baxting ochilgur
bu qiz ko'p xalqpar-var chiqdi-da. U. Ismoilov, Saylanma.
XALQPARVARLIK Xalqqa g'amxo'rlik qilish.
XALQCHIL Xalq bilan chambarchas bog'-langan, xalq ruhi, madaniyati va dunyoqara-shiga mos
keladigan. Xalqchil adabiyot. mm Dorbozlik chinakam xalqchil san'atdir. SH. G'ulomov, Dorboz.
Hamid yaratgan poeziyadagi jo'shqinlik.. hammabop va xalqchil edi. N. Safarov, Olovli izlar.
XALQCHILIK Biror xalqqa doir xusu-siyat, xislat, fazilatlar maj\gui. Xalqchilik g'oyalari.
XALQCHILLIK Xalq ruhiyatiga yaqin bo'lishlik. Yozuvchi asarlarining xalqchilligi.
XAM [f. l± - egilgan, bukilgan; egri; egik, bukik; qat, burma] Pastga egilgan, quyi
solingan. Mevali daraxtning boshi xam. Maqol. mm Qiz boshini xam qilib, bemorlar xalatida
uning ortidan yurdi. «Yoshlik».
Boshi (yoki kallasi, bo'yni, gardani) xam Xijolatdan, uyatdan boshi quyi solingan. [Eshon:]
Nimasi bor, arzimagan ish deb bo-shimni xam qilmang. S. Ahmad. Hukm.
XAMAK [f. ^U.— xom narsa (qovun)] Hali pishib yetilmagan, xom qovun; sapcha. Bunday kezlarda
xazanak bo'lgan polizdan topilgan xamak ham, paykal kesagida yorib yeydigan tuynak ham shirin
bo'ladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
XAMELEON [lot. chamaeleon < yun. cha-maileon] 1 ayn. buqalamun. Ko'pchilik xame-leonlar
o'pkasida xaltasimon o'siqlari bo'la-di. «O'zME».
2 ko'chma s.t. Uz manfaati yo'lida har qanday sharoitga tez moslashadigan odam. Xameleon odam.
XAMIR [a. j j s\ - xamirturush solin-gan non] 1 Odatda unni suv, yog', tuxum yoki sutga
qorishdan hosil bo'ladigan yumshoq cho'ziluvchan qorishma; yarimfabrikat. Kam-pir kechga yaqin xamir
qorib, oshirgani qo'ydi. S. Ahmad. Ufq. Adolat xamirni yoyib, soch tolasiday ingichka, chiroyli
qilib kesib ber-di. S. Zunnunova, Olov. Xamirga solish uchun sariyog'.. margarin, dog'lab
sovitilgan paxta moyi, eritilgan qo'y yog'i xam tavsiya qilina-di. K. Mahmudov, O'zbek
taomlari.
Xamiri achimagan Harakati sust, imil-lagan. Obbo, xamiri achimagan-yey, tusha qol-maysanmi
endi!? N. Safarov, Qurbonali. Xamiri achimoq Kayfiyati buzilmoq, fe'li aynimoq. Qarab
tursam, o'rtog'imnshg xami-ri achib, kayfi lanj tortib ketyapti. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz
dema. Xamir-dan qil sug'urganday Osonlik bilan, hech qanday qiyinchiliksiz. Harholda, hamma
ish xamirdan qil sug'urganday, imi-jimida hal bo'ldi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Xamir
(ning) uchidan patir k. patir I.
XAMIRGIR [a. + f. ^L^^ - xamir qiluvchi, qoruvchi] Xamir qoruvchi ishchi, mutaxassis.
Jo'ralarning birisi non zavod-da xamirgir, Birisi XCLIK, artisti, so'zlari xandon pista. G'.
G'ulom.
XAMIRSIMON Xamirga o'xshash, yum-shoq. Xamirsimon massa.
XAMIRTURUSH [a. + f. ^^-^ - xa-mir achitqisi] 1 Xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi.
Obi non (uy noni) tay-yorlash uchun.. 40 g xamirturush kerak bo'ladi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq
taomlari.
2 ko'chma O'g'it, go'ng. Yer — xamir, o'g'it — xamirturush. Maqol.
3 ko'chma Biror narsaning boshlanishi, yuzaga kelishi yoki amalga oshishi uchun asos yoki dastak
bo'ladigan omil, poydevor. -Yax-shidan bog', yomondan dog', — deganlaridek, ho-zirgi.. bog'imizga
ilk xamirturush tashla-gan, qo'ling dard ko'rmagur shu ota bo'ladi, — dedi rais. M. Nazarov,
Jilvon jilvalari.
XAMPA [f. A ,; s — g'alla sakdanadigan bordon, o'ra] 1 Don, g'alla va sh.k. qo'yish va saklash
uchun qurilgan maxsus joy; kandik. -Bir kun omborda qarab tursam, xampaning burchagi kamar
bo'lib qoldi, shuvullab ket-yapti, qani endi to'xtasa. S. Mahkamov, Sho-gird.
383
2 maxs. Tegirmon qurilmasining tor-tiladigan don solinadigan qismi. Aylana-yotgan tegirmon
toshlari orasiga xampadan bug'doy to'kilib turar edi.
3 Nonvoyxonalardagi xamir qoradigan va oshiradigan katta idish; xamir tog'ora. Yuz tonnali
xampada xamirlar gupuradi. G'. G'ulom. Xampasida bir kaft un qolmay, tanqislikka uchragan
xonadonlarda bu nom tez-tez tilga olinar edi. S. Anorboev, Sayli.
4 s.t. Ayrim dehqonchilik mashina-larining sepiladigan urug', o'g'it va sh.k. ni ortib yuradigan
yashiksimon qismi. -Shu xampani besh yuz kilogramm chigit sig'adigan qilib yasab bering, o'n
minutda chigit tugab qolib, xunob qilyapti, — iltimos qildi u. R. Rahmonov, Tinib-tinchimas.
XAMSA \a. A ,,, lCH — beshlik] ad. Sharq xalqlari mumtoz adabiyotida bir mual-lifning 5
dostondan iborat yirik asari. Navoiy «Xamsa»sin o'qidim takror.. A. Ori-pov.
XAMSANAVIS \a. +f. ^^«.„„ch] Xamsa yozuvchi shoir.
XAMSACHILIK Sharq xalqlari ada-biyotida dostonnavislik shakllaridan bi-ri, «Xamsa» yaratish
bilan bog'liq adabiy an'ana. Turkiy xalqlar adabiyoshida xamsa-chilikka qiziqish 13—14-
asrlardan boshlan-gan. «O'zME».
XANDA [f. 6,1; ch — kulgi, qahqaha] no-am. Kulgi, tabassum. Xanda qshshoq (aylamoq). mm Ko'z
yoshing-ku ko'p nafis, go'zal, Bilki, xandang yig'ingdan afzal!M. Shayxzoda. Bi-laman, hamshahrim
tashvishli, bedor. Va le-kinlabida askiya, xanda. M. Boboev. Yana ko'ng-lim olib, yuz noz birla
xandalar qilding. Zavqiy.
XANDAQ [a. 3,1ch — chuqur, o'ra, okop] 1 Shahar, qal'a, qo'rg'on, mudofaa istehkom-lari tashqi
devori yonidan dushman o'tol-masligi uchun gir aylanasiga qazilgan uzun chuqurlik. O'sha paytda
mamlakatni yovdan saqlash uchun shaharning tashqarisida xandaq qazib qo'yilar edi. «Ertaklar».
Amir Temur va temuriylar davrida qo'shin lashkargohga tushganda, uning atrofi xandaq bilan
mus-tahkamlangan. «UzME».
2 O'kdardan, bomba yoki snaryad parchala-ridan saqlanish uchun qaziladigan ensiz, tor chuqurlik,
okop. Havo trevogasi boshlan¬di. Chernetsov bosiq ovoz bilan: -Xandaqqa kiring! — dedi. I.
Rahim, Chin muhabbat.
3 Biror narsani asrash, sakdash va sh.k. maqsadda kavlangan chuqurlik, o'ra. Silos bostirilgan
xandaqlaru.. orasta dalalar ko'zga chalinadi. «Sharq yulduzi».
XANDON [f. a^-^- ~ kulib turuvchi; xushchaqchaq] Kulib turuvchi. [Navoiy:] Meni devona qilgan
nozanin hur, Yuzi gul, la'li xandon, tishlari dur. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
2 Xursapd, shod; mamnun. Bolalik uy — xandon, bolasiz uy — zindon. Maqol. mm Shiy-ponning
ko'hna ayvonida tag'in xandon kulgi yangradi. S. Siyoev. Otliq ayol.
Ko'cha xandon, uy zindon q. zindon. Xan-don pista Mag'zi uch tomonidan ko'rinib turadigan qilib
chaqilgan pista. [Yodgorbek] Tortinmasdan ozgina mayiz va xandon pis-tani olib, tashqariga
chiqdi. «Yoshlik». Xan-don otmoq yoki xandon tashlab (otib, urib) kulmoq Qattiq kulmoq, qahqaha
otmoq. Qiz chapak chalib, xandon otdi-da, do'lanazor ora-labqochdi. «Yoshlik». Odamlar uyni
boshlariga ko'tarar darajada xandon tashlab, qattiq kuldilar. S. Ayniy, Esdaliklar.
XANDON-XUSHON \f. Li^^l^ -kulgan, xushchaqchaq holda] Xushchaqchaq, xur-sand holda. Bir hafta yo'q
bo'lib ketgan Era-li Toshkentdan xandon-xushon qaytib keldi. S. Ahmad, Jimjitlik.
XANJAR \a. J?',4 - xanjar] Ikki to-moni tig'li qurol, dudama. Xotin lagan bi-lan uyga kirib
ketgach, [Otabek] ichidan taqilgan xanjarini qinidan sug'urib oldi-da, damshi oydinga solib
boqdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Zimiston burchakdan yilt etib kaltakday xanjar uchib kelib,
Matpanoning ko'kragiga sanchildi. S. Siyoev, Avaz.
XANJARBOZLIK Xanjar ishlatib jang qilish yoki urushish. Xanjarbozlik qilmoq. sht Mast bo'lib
xanjarbozlik qil-gan avboshlarni olib ketmoqdalar. Oybek, Navoiy.
XANJUVAR Qovun, tarvuz, oshqovoq va sh.k. ning urug'ini go'ng solib ekish uchun qazilgan
chuqurcha. Xanjuvarni ko'mmoq.
Xanjuvar qilib ekish Maxsus qazilgan chuqurchaga go'ng solib, urug'ni ko'mib ekish, ko'mma qilib
ekish. Qovunni xanjuvar qilib ekish.
J^Q 384
XANIK shv. Poygak; ostona. U etigini xanikka artib-artib, cho'zilib, tugunni san-dalustiga
ko'idi. S. Anorboev, Sayli.
XANTAL [a. Jj>i. — xantal (gorchitsa) o'simligi va uning urug'i] 1 Mayda sariq gulli,
qo'zoqmevali, urug'i nonvoylik, qan-dolatchilik, konserva, parfyumeriya sanoa-tida
ishlatiladigan o'simlik; gorchitsa. Xan-tal namlikni yaxshi ko'radigan, sovuqqa chi-damli o'simlik
hisoblanadi. «Fan va turmush».
2 Shu o'simlikning urug'i va undan ov-qatga solish uchun tayyorlangan achchiq zira-vor; gorchitsa.
Nonga xantal surib yemoq. mm Nahotki xantaldan holvaytarni farq qi-lolmagan bedid pazanda
qayla pishirishni o'rgatsa. J. Abdullaxonov, To'fon.
XANTALLI Xantaldan tayyorlangan zi-ravor qo'shilgan. Xantalli taom.
Xantalli qog'oz tib. Yupqa qilib xan-tal surtilgan, yallig'lanishga qarshi vosi-ta sifatida
qo'llanuvchi standart qog'oz; gor-chichnik. Xantal kunjarasidan olinadigan kukundan tibbiyotda
ishlatiladigan xan-talli qog'oz va iste'mol kiljadigan zira-vor bo'tqa tayyorlanadi. «O'zME».
XAR \f. — eshak] 1 kam qo'll. ayn. eshak. Xunar — zar, hunarsiz — xar. Maqol.
XARAJAT \a.^ — chiqish; dafn (ma-rosimi); chiqiq joy] Biror narsa uchun qi-linadigan sarf;
chiqim. Katta xarajat. Osh xarajatlari. Xarajat qilmoq. mm [Yo'lchi] Belbog'idan hovli pulini
chiqarib sa-nadi. Ayab-tejab xarajat qilgani uchun, yonida yana o'n besh so'm qolgan edi. Oybek,
Tan-langan asarlar.
XARAK \f. S.— eshakcha; taglik, poya] Dutor, tanbur kabi cholg'u asboblarining ipi yoki
simlarini ko'tarib turish uchun ishlatiladigan tirgak; eshak. Dutor xaragi. Rubob xaragi. mm
Qo'biz tegmadi-yu, ammo qo'sh torini tutib turgan yog'och xaragi chiqib ket-di. «Yoshlik».
XARAKIRI [yap. xara — qorin + kiri — yormoq, kesmoq] Yaponiyada samuraylarda: qorinni yorib
tashlash orqali shaxsning ixtiyoriy yoki majburiy ravishda o'z-o'zini o'ldirishi. 2-jahon urushida
Yaponiya yengil-gach, bir qancha yapon soldat va zobitlari, ittifoqchi qo'shinlarga asir tushmaslik
uchun, xarakiriga amal qilib, o'zlarini o'ldirgan-lar. «O'zME».
XARAKTER [yun. charakter — farqlanuv-chi xususiyat, belgi] 1 Odam, narsa va hodi-salarning
o'ziga xos ko'rinishi, xususiyati; boshqalardan ajralib, farq qilib turadi-gan tomoni. Baxshilar
tomonidan yaratil-gan qo'shiqlar esa liro-epik xarakterdadir.. «O'TA».
2 g'\sxl. Odamning xatti-harakati va at-rof-muhitga munosabatida namoyon bo'ladi-gan o'ziga
xos xususiyati, ichki ma'naviy bar-qarorligi. Har kim o'ziga xos fe'l-atvor, xarakterga ega.
«Fan va turmush».
3 Adabiyot va san'atda: xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va o'zida fe'l-at-vorning
tarixan aniq tipini mujassam-lantirgan, shuningdek, muallifning ma'-naviy-estetik
konieptsiyasini ifodalagan inson obrazi. Ism, xarakterni belgshyuvchi omil sifatida, katta
g'oyaviy vazifa baja-radi. «O'TA». Shu tarzda hamma detallar tayyor bo'lgan, xarakterlar
yetilgandagina yozishga o'tirar edilar. K. Qaxdorova, Chorak asr hamnafas.
XARAKTERISTIKA [«xarakter» s. dan] 1 Muayyan narsa yoki shaxsning xarakterli. farqlanuvchi
sifatlari, belgilarinip: ta'rifi va tavsifi.
2 ayn. tavsifnoma. Ijobiy xarakteris-tika.
3 mat. O'nli logarifmning butun qismi. XARAKTERLAMOQ Biror kimsa yoki
narsaning muqim tomoni yoki xususiyatla-rini ochib bermoq, sharxlamoq.
XARAKTERLANMOQ 1 Xarakterlamoq fl. majh. n.
2 Biror xususiyati bilan ajralib tur-moq. Uning faoliyati nima bilan xarakter-lanadi ? mm
Elementning kimyoviy xossalari yadro zaryadi bilan xarakterlanadi. «Fan va turmush».
XARAKTERLI 1 Biror xarakterga, fe'l-atvorga ega bo'lgan. Qiziq xarakterli odam. Bo'sh
xarakterli bola.
2 Kimsa yoki narsaning o'ziga xos xusu-siyatini ifodalayditan, uni boshqalardan farkdab,
ajratib ko'rsatadigan; muhim, aso-siy. Xarakterli misollar keltirmoq. mm Amir Temurning
xarakterli xususiyatlari-dan biri — davlat, mamlakat, fuqaroga g'amxo'rligi edi. «Fan va
turmush».
XARGO'SH [f. JLjZ.jj± — eshak qulog'i: quyon]: xargo'sh yili ayn. quyon yili q. quyon.
385
XARJ [a. ^j± — sarf, chiqim; xarajat puli; soliq, xiroj] Biror ehtiyoj uchun ishlatiladigan
pul, mablag'; sarf. Yo'l xar-ji. To'y xarji. mm To'yga qilgan xarjingni ol, bu yog'iga yopiqli
qozon yoshqligicha qolsin, dedik. S. Ahmad, Ufq.
Xarj qilmoq Sarflamoq, ishlatmoq. Mo'-min onasi bergan pulni hech narsaga xarj qilmadi.
«Yoshlik».
XARJLAMOQ 1 Pulni biror maqsad uchun sarflamoq. Pulni topgan xarjlasin. Maqol.
2 Ishlatmoq; ishga solmoq. Qarang, endi dol G'irot Bor kuchini xarjlaydi. «Go'ro'g'li».
3 ko'chma Foydalanmoq. Hikmat bitmas-tuganmas xazinadir, xarjlaganing bilan u kamaymaydi.
Gazetadan.
XARI Imorat to'sinlari ostidan ko'n-dalangiga qo'yiladigan uzun, yo'g'on asosiy yog'och. Shiftdagi
notekis xarilar, vassalar qatidan qamish po'stloqlari osilib turar-di. SH. Xolmirzaev,
Qahramonning so'nggi kuni.
XARIBOP Xariga yaraydigan, xari bo'-ladigan. Xaribop yog'och.
XARID [f. — sotib olish; sotib
olingan narsa] Sotib olish, sotib olin-gan narsa. Molning xarid narxi. Aholining xarid
quvvati. Xarid qilmoq. mm Ahmad o'zi yaxshi ko'rgan shaftolidan bir kilo xarid qil-di. F.
Musajonov, Ximmat. \ Oshno} Biroro'n kuncha o'tib, bir quchoq xarid bilan kirib keldi. M. M.
Do'st, Lolazor.
XARIDOR [f. -sotib oluvchi1 1
Xarid qiluvchi, sotib oluvchi. Harholda, xa-ridor degani olayotgan molining fe'lini tuzuk-
quruq bshibolgani ma'qul. M. M. Do'st. Lolazor.
2 ko'chma s.t. Birovga (odatda biror qiz yoki ayolga) ko'ngil qo'ygan kishi, xushtor. ..bizning
davlatimiz soyasida o'sib barkamol bo'lgan bir guli norastamiz bo'lib, atrofda-gi shoh-
shahzodalar xaridor. «Tohir va Zuxra».
3 Ishqiboz, xohlovchi. To'yda so'z ber baxshiga, Xaridor bo'l yaxshiga. Maqol. mm {Hayitjon:} Har
odam qizini joni bilan berishga xaridor-u, biroq otasi, otangning davlatu obro'yiga qiziqib,
kishi qo'ydirayap-ti. Hamza, Paranji sirlari.
XARIDORBOP ayn. xaridorgir. Bax-timga, mening o'rigim xaridorbop chiqdi. «Yoshlik».
XARIDORGIR \f. JAJ\±.^ - sotib olinadigan, xaridor tez oladigan] Xari-dorlarning didiga,
talabiga mos, tez so-tilib ketadigan. Mana shu chevar qizlar xa-ridorgir mahsulot
tayyorlashadi. «Saodat».
XARILIK ayn. xaribop. Xarilik yog'och.
XARITA \a. 4.-1^jjx — xarita < lot. char-ta < yun. karris — papirus yaprog'i] q. karta I 1.
Geografik xarita. Jahon xaritasi. mm G°o-grafik xaritaga nazar solsangiz, yer shari-ning
turli joylarida tuz bilan bog'liq bo'l-gan nomlarni ko'p uchratasiz. K. Mahmudov, K,iziqarli
pazandalik. Avaz hujrasida Qo-simbek hadya etgan jahon xaritasini tomo-sha qilib o'tirgan
edi. S. Siyoev, Avaz.
XARITAGRAFIYA [xarita + yun. grapho — yozaman] Xaritagrafik asarlarni o'rga-nish, yaratish va
foydalanish bilan shu-gullanuvchi fan, kartografiya. 9-11-asrlar-da yashab, ijod qilgan
Xorazmiy, Beruniy, Koshg'ariy, Hofizi Abro' kabi buyuk allomalar jahon geografiyasi va
xaritagrafiyasining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shganlar. «O'zME».
XARITASHUNOSLIK Xaritagrafik asarlar haqidagi ta'limot, xaritagrafiya-ning bo'limi.
XARISH [f. J±>j± / j-i. - tirnash, qirish, qirtishlash; tirnalgap joy] 1 vet. Ko'pincha uy
hayvonlarida buladigan teri kacaJ^liri. Poezd xarish bo'lgan bedavo otday sudralardi. T.
Malik, Qaldirg'och.
2 Xarish kasaliga chalingan, har narsa-ga surkalaverib, junlari to'kilib ketgan. \Podisho\
Katta va o'rtancha kuyoviga yaxshi otlar berib, «Nebilan»ga bir xarish otni mindirib, ovga
jo'nabdi. «Zumrad va Qim-mat». Qosim Xo'jaev och qolgan xarish bir mu-shuk.. Uning.. manfur
tili qilichning tig'ini yalamoqchi bo'ladi. G'. G'ulom, Qora mushuk. Qa-rasalar, bir holvachi
kelyapti, tagida min-gan oti xarshi, yoli-dumi to'kilgan. «Go'ro'gli».
XARISHLANMOQ Xarish bo'lmoq, qichima-qirchang'i kasaliga yo'liqmoq (hay-vonlar haqida).
XAROB \a. ji. — vayron bo'lish, ha-lokat; vayrona; xarobazor] 1 Qarovsiz qol-gan, buzilgan,
vayron; noobod. Xarob sha-har. Xarob bog'. Karvonsiz — yo'l xarob, Oqso-qolsiz — el xarob.
Maqol. Bunday mish-mishlarni eshitgan uydagilarning ham, bu
25-O'zbek tilining izohli lug'ati
386
(imorat) eski imoratingizdan ham xarob-ku, deb ra'yi bo'lmadi. Shukrullo, Saylanma.
2 Moddiy yoki ma'naviy jihatdan ahvo-li tang. Zar bo'lmasa, zargar xarob, Yer bo'l-masa,
dehqon xarob. Maqol. mm Shunday yoni-dagi do'stining oilasi xarob yashashiga aslo e'tibor
bermagan ekan. «Yoshlik».
3 Eski, yupun, juldur. Ust-boshi xarob odam.
4 Ozg'in, oriq, nimjon; ko'rimsiz. Xa-rob ot.sht -Nimasi zotli, o'zimizning jay-dari qo'ylardan
ham xarob-ku! — ajablandi cho'pon. «Mushtum».
Xarob bo'lmoq 1) vayron bo'lmoq. Osting-da o'ynaydi G'irko'k tulporing, Sensiz xarob bo'lar gulu
gulzoring. «Go'ro'g'li»; 2) jisman yoki ma'nan ahvoli yomonlashmoq. Rizo tosh yoki butaga ilkis
qoqinib yiqilar, o'sha za-hoti.. o'rnidan turib ketar, bo'lmasa, tana-si mana bu chag'ir toshlar
ustida timdala-nib xarob bo'lardi. «Yoshlik». Qadam bosma, mening ko'nglimxarobbo'lgan,
azizim.. «Yoshlik». Xarob qilmoq (yoki etmoq) 1) buzmoq, vayron qilmoq. Ko'p ellarni xarob
qildi janjaling.. «Go'ro'g'li»; 2) ko'chma yomon ahvolga solmoq. Umringni xarob etma o'tkuvchi
havas birlan.. Uyg'un. Bu odamni aroqxarobqilgandi. «Sharq yulduzi»; 3) uvol qilmoq. Yaxshi
xotin arpa unini kabob qilar, Yomon xotin bug'doy unini xarob qilar. Maqol.
XAROBA [a. "bljb. — vayrona, xaroba-zor] 1 ot Qarovsiz qolgan joy, imorat, inshoot. Hovli
xarobaga aylanib qolgan ekan. «Yoshlik». Qishloq va shaharlar xaroba but-kul, Shu yerdan o'ziga
fashist ochmish yo'l. G'. G'ulom.
2 ot Buzilib ketgan biror joy yoki qadimiy inshootlardan qolgan qism. Quyi-ga engani sari
sobiq hovli xarobalari ko'ri-na bordi. «Sharq yulduzi». [Iskandar] Cho'k tushib yotgan tuya
karvoniday bir-biriga mingashib ketgan Dalvarzintepa xaroba-lariga tikilib turib qoldi. M.
Mansurov, Yombi.
3 sft. Qarovsiz, fayzsiz. Chol.. qishloq-ning eng cheti, kunbotaridagi egasiz huvul-lab yotgan
xaroba hovliga kirdi. «Yoshlik».
XAROBAGARCHILIK s.t. Xarobalik.
XAROBAZOR [a. + f. jlj^lQarov-siz qolgan, xarob bo'lgan uylar, vayrona-lar. Hayot shami
butunlay so'ngan Jizzax kul-tepa, xarobazorga aylanib, mozor jimligi hukmron bo'lib
qolgandi. N. Safarov, Olovli izlar.
XAROBALIK ayn. xarobazor. Zilzila xarobaliklari. tsh Hovlining kunbotar to-monida
xarobalikdan ozgina berida.. ikki darichalik bir uy, bu uy qatorida bir ayvon bo'lib, shuning
ila bu hovlining tikkaygan binosining hisobi tamom edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XAROBLASHMOQ 1 Xarob bo'lmoq, vay-ron bo'lmoq, buzilmoq. Xaroblashgan shahar. Qadimgi
xaroblashgan qishloqlardan asar yo'q.
2 ko'chma Moddiy va ma'naviy jihatdan qiyin, og'ir ahvolga tushmoq; qashshoklash-moq. [Shokir
ota:] Men qancha xaroblashsam, u shuncha xursand bo'ladi. Oybek, Tanlangan asarlar.
XAROBLIK 1 Xaroba, vayrona ekanlik. Qishloqning xarobligi.
2 Moddiy va ma'naviy qiyinchilik; qashshoqlik.
XAROBOT \a. oLI j^. — vayronalar, xa-robalar; ichkilikxona] ayn. xarobazor. Mam-lakatda
ro'zg'or buzg'unligi, bosqinchilik, och-lik va boshqa xarobotlar. A. Qodiriy, Ki-chik asarlar.
2 esk. kt. Qovoqxona. Xarobot ichra kir-dum oshuftahol, May istarg'a ilkimda sin-gan safol.
Alisher Navoiy.
XARRAK [f. >S^`. - eshakcha; taglik, poya] shv. O'riidiq, skameyka. Bozordan chiqave-rishda
kimsasiz bir guzardagi tol tagiga suv sepib qo'yilgan ekan, o'sha yerdagi yog'och xarrakka
o'tirib, bir zum dam olgisi keldi. A. Muxtor, Kumush tola. Yaxshiboev o'tirgan xarragidan
turdi. M. M. Do'st, Lolazor. Bir xarrak chetida o'tirib, gazetani ko'zdan kechira boshladi. O
Muxtor, Buxorolik bir yigit.
XARROT [a. -kl>f- — yog'och o'yuvchi, yo'nuv-chi usta; tokar`] 1 Yog'ochni o'yib, gul, bezak soluvchi
usta, yog'ochsoz. Hozir.. malakali bino-korlar — duradgorlar, xarrotlar tayyorlana boshlandi.
Gazetadan.
2 aim. taroqchi.
XARSANG [f. A;..,- katta, tarash-lanmagan tosh] Katga tabiiy tosh. Mashina o'ngir oralab
kechagsha sel surib tushirgan xarsang uyumlari oldida to'xtadi. S. Ahmad, Jimjitlik.
XARSANGTOSH ayn. xarsang. Abdurasul suvning kechuviga yetib, xarsangtoshga o'tir-
387
<)u. 111. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa. Xar-sangtoshlar orqasiga yashiringan, qirg'oqning yuqori
tarafiga o'tib ketgan kishilar asta qaytib kela boshladilar. S. Ahmad, Ufq.
XARTIYA \yun. chartion — qog'ozcha < char-tes — papirus varag'i; qog'oz] siyos. Ijti-moiy-siyosiy
ahamiyat va mazmunga ega bo'l-gan ayrim hujjat va deklaratsiyalarning nomi. Angliya
hurriyatparvarlarining ulug' xartiyasi.
XARTUM [a. f.jl,— xartum, tumshuq; uzun burun] 1 Ayrim sudralib yuruvchi va sutemizuvchilar
tumshug'ining uzaygan burun qismi. Fillar xartumi bilan otliqlarni o'rab olib, yerga urar,
bosib o'ldirardi. M. Osim, Karvon yo'llarida. Fil xartumi bi-lan so'rib olgan suvni og'ziga
yuboradi. Para-zit chuvalchanglar ilmoq xartumi yordamida ichak devoriga yopishib oladi. «O'zME».
2 ko'chma Ekskavator, kran kabilarning yer qazish, yuk ko'tarish singari ishlarni bajaruvchi,
oldinga cho'zilib chiqqan qismi. Xartumi uzun kran yerdan eshikday keladigan og'ir temirbeton
taxtalarni ko'tarib, osmoni falakka ko'taradi.. S. Anorboev, Hamsuhbatlar.
XAG'GUMCHA 1 Xartum s. ning kichr. erkl. shakli.
2 zool. Pashsha, ari kabi hasharotlarning teshish, so'rish (chaqish) uchun xizmat qila-digan uzun
nashtarsimon og'iz o'simtasi. Arilar.. ko'z ilg'amas xartumchalari bilan shira emib oladilar-da,
yana vizz etganicha kelib, eshikchalardan «uy»lariga kirib ke-tadilar. H. Nazir, So'nmas
chaqmokdar.
XARXASHA [f. A ,ti4 — adovat; urish, janjal; sarosima, g'ulg'ula] 1 Arzimagan narsa uchun
qilinadigan janjal; mashma-sha, injikdik. Shuning oqibatida Akobir Masturaning barcha
xarxashalarini ko'tara boshladi. SH. Xolmirzaev, Bodom qishda gul-ladi.
Xarxasha qilmoq Janjal ko'tarmoq, in-jiqlik qilmoq. Saharga yaqin tush ko'rib-di. Tushida G'ani
qayshib kelib, nuqul xar-xasha qilarmish. M. Mansurov, Yombi. Bola uyg'onib, yana dadamga
boraman, deb xarxasha qila boshladi. S. Ahmad, Ufq.
2 Biror ishni bajarishdagi qiynalish; qiyinchilik, tashvish; daxmaza. Asalarichi-likning
xarxashasi ko'p bo'ladi. Tabiiy gaz aholini ko'p xarxashalardan ozod qildi.
XARXASHALI 1 Qiyinchilik bilan bo'-ladigan, sertashvish, daxmazali. Xarxashali ish.
2 Xarxasha qiladigan, serxarxasha; in-jiq. Xarxashali bola.
XARXASHASIZ 1 rvsh. Xarxasha qilmas-dan, janjalsiz, tinch, osoyishta. Xarxasha-siz yashamoq. mm Bu
yilgi qish xarxashasiz o'tmag'usi. G'. G'ulom, Ko'kan.
2 Xarxasha (janjal yoki injiqlik) qil-maydigan, tinch yashaydigan. Xarxashasiz bola. Xarxashasiz
oila.
3 Osongina amalga oshadigan; tashvishsiz. Xarxashasiz ish.
XARXASHACHI Xarxasha qiluvchi, jan-jalkash; injiq. Xarxashachi bola.
XAS [f. ijuJ*. — xashak; shox-shabba, qu-ruq shoxcha] Quruq o'simlik poyasi; xashak, cho'p.
Cho'kayotgan odam xasga yopishar. Maqol. mm Ro'ziev sigirning yuvoshligiyu xasni tashlasa xam
yeyishini maqtaydi. «Yoshlik».
XASVA I zool. G'alla o'simliklariga za-rar keltiruvchi hasharot, o'simlik qandala-si. Donli
ekinlarga Osiyo chigirtkasi va xas-va qandalasi.. katta ziyon keltiradi. «Zoo-logiya».
XASVA II shv. Xasmol.
XASIS [a. ..^ — past, tuban, qabih, razil, murdor] 1 Birovga narsa yoki pul bermaslikka,
sarflamaslikka intiladigan kishi; ziqna; qizg'anchiq. Baxil ehsondan qo-char, Xasis mehmondan
qochar. Maqol. ¦¦ Bu deyman, Saydiboy.. ust-boshing bir ahvolda.. sal xasisroqmisan? — deb
so'radi Ibodullo Maxsim. M. M. Do'st, Galatepaga qaytish.
2 ko'chma Hosil bermaydigan, ekin bit-maydigan, oriq (yer haqida). Xasis yerdan unum chiqmas,
ahvol chatoq. Oybek, Zafar va Zahro.
3 ko'chma Ortiqcha, o'rinsiz so'z ishlat-maydigan (yozuvchi haqida). So'zga xasis adib.
XASISLASHMOQ Xasis yoki qizg'anchiq bo'la bormoq. U juda xasislashib ketibdi.
XASISLIK Qizg'anish, ziqnalik oda-ti, xususiyati; qizg'anchiqlik. Mana, sizxa-sislik qilgan
bo'lsangiz, biz saxiylik qila-miz. S. Ahmad, Ufq.
XASKASH [f. j:.< — xas tortuvchi, to'plovchi] Xashak, xas-cho'p va sh.k. ni yig'ish, to'plash,
shuningdek, chopilgan yer tuprog'i-ni maydalab tekislash uchun ishlatiladigan, uzun dastali, ko'p
tishli qishloq xo'jalik quroli. Hovlida sochilib ketgan pichanlarni
388
xaskash bilan yig'ishtirib, to'plab yurgan Boltaboy ota xaskashning sopiga bag'rini berib, xayol
surib qolgandi. S. Zunnunova, Olov.
XASM I [a. g — dushman; muxolif] fol`k. Raqib, g'anim, dushman. Og'irlashkar elga yaqin keldimi,
Uzima bir podsho xasm bo'ldimi? «Yusuf va Ahmad».
XASM II \a. ^ ch-.ch — ushlab, chegirib qolish, chegirma] Birovning ixtiyoridagi narsa yoki kishi.
Shakarxondek qudratli noibning xasmiga ko'z olaytirishga kimning haddi sig'di ekan, uning
mulkiga bostirib kirishga.. qaysi zot yurak yutdi ekan! X. To'xtaboev, Yillar va yo'llar. Qiz
bola — birovningxasmi. M. M. Do'st, Lolazor.
XASMOL \f. Jl p „,ch ] Yiringlatuvchi mikroblar kirishi natijasida qo'l barmo-g'i
to'qimalarining o'tkir yiringli yallig'-lanishi; milkak. Qo'lingga xasmol chiqqur! (qarg'.) mm Bir
vaqtlar Toshbuvining bosh-maldog'iga xasmol chiqqan edi.. Mirmuhsin, Umid. Xasmolning har
qanday shakli, ayniq-sa, chuqur xasmol noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. «O'zME».
XASPUSH \f. ji.^s.o-`. — xas, xashak bilan yopish): xaspo'sh qilmoq ayn. xaspo'sh-lamoq. U
kirdikorlarini.. xaspo'sh qilishga intilsaham, o'z iflosligini odamlardan yashi-rolmadi. Oybek,
Navoiy.
XASPO'SHLAMOQ Xato va kamchilik-larni yashirmoq, shunga urinmoq. Nahotki odamning umri o'z
zaifligini xaspo'shlash bi-lan o'tsa?!\. Temirov, Xiyobondagi odam.
XASTA \a. *~ ¦¦¦ a — charchagan. toliqqan, behol; qiynalgan; yaralangan] kt. Kasal,
kasalmand. Professor: -Siz xasta emassiz, Yaxshiboev, — deb kuldi, — shunchaki charchi-gansiz..
M. M. Do'st, Lolazor. U\Nigina\ becho-ra og'ir xasta edi. Mirmuhsin, Temur Ma-lik.
2 ko'chma Qiynalgan, dardli; qayg'uli. Avaz o'g'lon xasta ko'nglin xush/shdi.. «Gulshanbog'».
3 ko'chma Kuchsiz, zaif; past (ovoz xaqi-da). UIsmat Qori xasta, nolinqiragan ovoz-da
shikoyatga o'tdi. N. Aminov, Kd\qaha.
XASTADIL [a. + f. - qalbi,
yuragi behol; yuragi ezilgan] 1 Azob-uqubat chekkan, ruhan ezilgan. [Mansur:] Pirim, afv
aylangiz baxti qaroni, G'aribu xastadil motamsaroni. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
2 ko'chma Juda qattiq sevib qolgan, oshi-qu beqaror. Yetolmayin sog'inib, xastadil
Habibingman.. Habibiy.
XASTADILLIK G'amgin, qayg'uli ho-latda bo'lishlik. -Saidg'ozi Saidvalievichdan ham ayrilib
qoldik, — dedi Akramov xasta-dillik bilan. S. Anorboev, Oqsoy.
XASTALANMOQ Biror kasal bilan og'rimoq, kasal bo'lmoq. Qandli diabet bi-lan xastalangan
bemorning kundalik ov-qatida karam, qovoq, bodring, ukrop, pomi-dor bo'lishi kerak. «Fan va
turmush».
XASTALIK q. kasallik. Bu xastalik [buqoq] og'ir asoratlarni keltirib chikarishi mumkin.
Gazetadan.
XASTAXONA [xasta + xona] kt. ayn. ka-salxona. Islomxo'ja kambag'allar uchun xas-taxonani
bepul qildirib qo'ydi. S. Siyoev, Avaz.
XASTAHOL \f. + a. JU..C ,„ch - ahvoli, holati kasal kabi] kt. Xasta kabi; zaif. Endi
Usmonovning ovozi suhbat boshidagi-dek jarangdor va dadil emas, balki yonimda xastahol boshqa
kishi gagshrib kelayotgandek edi. «Yoshlik». Sevargul xastahol jilmaydi: nachora, onajon.. N.
Qilichev, Chig'iriq.
XAS-XASHAK [xas + xashak] Turli o't, xashaklar. Irkit qor ustidan qalin kul sepilgan, mop
yo'lkaga kalin xas-xashak so-chilgan. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi.
XAS-CHO'P [xas + cho'p] Turli xas va o'tin-cho'p. Kechasi tog'larga yomg'ir yoqqan bo'lsa ke-rak,
soyning suvi.. yo'l-yo'lakay xas-cho'plarni oqizib kelmoqda edi. SH. Rashidov, Bo'ron-dan kuchli.
XAT \a. .Lb. - chiziq; yo'l; chegara chizig'i; saf, qator; noma, maktub; yozuv; dastxat] 1 Yozuv,
yozilgan, chizilgan yoki o'yib tushiril-gan belgilar; matn. Olim toshga o'yilgan qadimiy xatni
o'qishga urindi. mm Xat ki-chikroq qog'ozda o'lchovlik so'zlardan iborat edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
2 Yozuvda ishlatiladigan grafik bel-gilar; harflar tizimi. Arabcha xat. Lotin xatini
o'rganmoq.
3 Biror xabar berish yoki fikr almashish maqsadida aniq manzilga asosan pochta or-qa,1i
yuboriladigan, matn yozilgan qog'oz. Bir kuni pochtal`on Ashurali otaga xat tut-qazdi: -
O'g'lingiz Kimsanboydan. T. Ashurov, Oq ot.
389
4 Harflarni yozishdagi o'ziga xos us-lub, ko'rinish, yozuv xili. Uning xati xunuk. mm [AcapJ
Juda sifatli novvotrang sog'ozga nasta'liq xatida ko'chirilgan. «O'TA».
5 Savod; harf tanish. [Imom:] To'g'risini aytsak, xatimiz yo'q hisobida! Hamza, Boy ila
xizmatchi. Usta Mo'min, rahmatlik, xat bilar edi, kitob ko'rib, bolaning otini Yod-gor qo'ydi.
A. Qahhor, Asror bobo.
6 Rasmiy qog'oz, xujjat. Bunga tashki-lotlar va shaxslar o'rtasidagi rasmiy ishga taalluqli
bo'lgan xatlar, yozishmalar kiradi. «O'TA».
7 Satr, misra. Bilish uchun har qaysi she'rdan bir-ikki xat o'qib ko'rish kerak edi. A. Qaxdor,
Sarob.
Taloq xati Er-xotinning bir-biridan ajralishi haqidagi rasmiy qog'oz, hujjat. Bir necha
vaqtdan so'ng Homidning soxta ta-loq xati bilan eridan chiqqan qiz Komil-bekka beriladir. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Xat tortmoq 1) chiziq tortmoq, chizmoq; 2) ko'chma chek qo'ymoq, yo'q
qilmoq, daf qil-moq. Bu zolimning jabriga xudo o'zi xat tortmasa, bandasi nevlaydi. Cho'lpon,
Kecha va kunduz. Xat qilib bermoq O'z mulkini birovga qonuniy yo'l bilan rasmiylash-tirib
bermoq, topshirmoq. Uyimni inter-natga xat qilib berdim. mm Siz boylarning yer-mulklarini
musodara qilish vaqtida eng yaxshi yerlarni ularning o'zlariga xat qilib bergansiz. H. G'ulom,
Mash'al. Xatga olmoq (yoki solmoq, bitmoq) Ro'yxatga kiritmoq. Mulkni xatga olmoq. mm Bu
uydagi hamma narsa xatga olingandan keyin, tashqariga chiqildi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chirokdari. Xatga tushmoq Ro'yxag'ga kiritilmoq. Xatga tushding — o'tga tushding. Maqol. Yumaloq
(yoki dumaloq) xat s.t. ayn. imzosiz xat q. imzosiz. «Kolxoz jun planini pul bilan
to'ldirdi», degan mazmunda raykomga dumalok, xat yozib yubordi. A. Ko'chimov, Halqa.
XATA [r. xata < veng. haz < f. ±iZ — qaznoq, kichik omborxona] Ukraina, Belo-russiya va
Janubiy Rossiya qishloqlarida-gi dehqonlar yashaydigan uy. Unda xatamiz huv daryo burilgan
joyda, o'rmon yoqasida edi. R. Fayziy, Kishilarimiz qissasi. Xatalar-dan birida tunni
o'tkazdik. «Sharq yulduzi».
XATAR \a. jU\ — xavf; taxdika, vahi-ma, xavotir] 1 Biror baxtsizlikka, falo-katga olib
kelishi \gumkin bo'lgan sharoit.
Bu yerda bir xatar bor. Yolg'on aytgan kishi-ning Xatari bor ishining. Maqol. ¦¦ Avval men
sizdan minnatdor bo'lishim kerak.. Siz tufayli ko'p qatorida men ham bir xatar-dan qutulib
qolganman. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
2 Xatarli, xavfli, taxlikali. Dushman-ning biri ham xatar. Makrl. mm Ammo biri ketsa,
badtari keldi, Yangi ochko'zlarning xatari keldi. M. Shayxzoda.
XATARLI Biror baxtsizlikka, yomon natijaga olib kelishi mumkin bo'lgan, xavfli, tahlikali.
Yurak-tomir kasallik-lari orasida ayniqsa miokard infarkti eng xatarli xastaliklardan
hisoblanadi. «Fgm va turmush». U bironta xatarli tadbirni taklif qildi, shekilli, brigadir
qo'llarini tez-tez siltab, avval anchagacha unamadi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda.
XATARNOK \a. + f. - xavfli;
xavotirli; taxlikali] kt. ayn. xatarli. Buning ustiga, sarbonning aytishiga qara-ganda, bu
manzillar xatarnok, qaroqchi to'-dalari hujum qilib turarkan. X. Sulton, Boburiynoma.
XATARSIZ Bexatar, xavfsiz. Asqar pol-von bilan Ali tajang.. xatarsiz bir par-cha joy topish
umidida holsiz yugurdilar. Oybek, Quyosh qoraymas.
XATBOSHI Bosma yoki yozma matnda xat-ning dasg'labki qatoridan bir oz joy tash-lab boshlash,
abzats. Xatboshidan yozmoq.
XATIB [a. — notiq, voiz, va'z-
xon; unashtirilgan, kuyov] din. Masjidda juma va hayit namozi paytida xutba o'qiy-digan, va'z
aytadigan domla, imom; voiz. Baroq qoshlari qop-qora xatib minbarga chiqib, va'zxonlik
qilayotgan ekan. M. Osim, Karvon yo'llarida.
XATKASH [a. + f. J^]c^ - xat, chiziq tortuvchi] 1 esk. Xat yozib beruvchi; mirza.
2 maxs. Chiziq, yo'l hosil qiladigan qishloq xo'jalik asbobi; marker.
XATLAMOQ cm. 1 Musodara qilingan mol-mulkni birma-bir hisobga olib, yozib chiqmoq, ro'yxatga
olmoq. Ikromjon akamni qamoqqa olib ketishdi. Hamma narsani xat-lab ketishdi. S. Ahmad,
Guldasta.
2 Mol-mulkni birov nomiga qonuniy rasmiylashtirib bermoq. G'unonchani qayta-rib oldik, deb
kuldi Yaxshiboev ichida, endi tagidagi «Volga»ni ham Tamara kelinga xat-
latib bersak, unda oyog'iga tushov tushadi.. M. M. Do'st, Lolazor.
XATLASHMOQ s. t. Bir-birlari bilan xat yozishib, xat olishib turmoq. Men do's-tim bilan
xatlashib turaman.
XATLI 1 Xati bor, yozuvli. Xatli qog'oz. shsh Akbarjonim otlidir, Sallasi gul xat-lidir.
«Qo'shiklar».
2 Xat-savodi bor, yozuv-chizuvni bila-digan. U[G'. G'ulom] «Mening savodli, xatli bo'lishimga
boshida otam, so'ngra onam sabab bo'ldilar», deb ta'kidlaydi. H. Yoqubov, G'a-fur G'ulom hayoti
va ijodi.
XATM [a. — tugatish, tamom qilish, oxiriga yetkazish]: xatm qilmoq esk. 1) bi-ror ishni oxiriga
yetkazmoq, tugatmoq. To'rt kunsiz Qur'onni xatm qilib bo'lmaydi. A. Qodiriy, Obid ketmon. Siz
Sharqda ishlab juda ko'p tajriba orttirgansiz, bir necha til bilasiz, — davom etdi Malison, —
Qur'on-ni xatm qilgan zabardast mudarrissiz.. K. Yashin, Hamza; 2) mukammal bilmoq, egal-lab
olmoq, egallamoq. Kitob ko'raverib, sa-voding ham chiqib qopti. Inglizchani ham xatm qilib
yuborgan bo'lsang kvrak. K. Yashin, Ge-neral Rahimov. Xatmi kutub qilmoq Mad-rasani
tamomlamoq, tugatmoq. Marhum buz-rukvor Buxorodan xatmi kutub qilib ke-libdur. A. Qodiriy,
Kichik asarlar. Xatmi qur'on 1) Qur'onni to'liq o'qib tushirish. Ramazon oyida, tarovih
namozida Qur`onning avvalidan oxirigacha tilovat qilib chiqili-shi ham xatmi Kur'ondir.
«UzME»; 2) mar-humlar arvohiga atab qur'on tushirish va shu munosabat bilan o'tkaziladigan
diniy marosim, kichik ziyofat. U[Mirobid\ keksa-larni yig'ib, ota-bobolarining arvohiga xat-
mi qur'on qildirdi. V. G'ofurov, Vafodor.
XAT-MAHR, xatti-mahr [a. JLi. -maxr haqidagi hujjat] Mahriga yoki chekiga tushganlik haqidagi
hujjat.
Xat-mahr qilib bermoq (yoki topshirmoq) Rasmiy ravishda ixtiyoriga topshirmoq yoki zimmasiga
yuklamoq. -Lo'lilarsh menga xat-mahr qilib topshirganmidingiz? Tushunol-may qoldim, — dedi
Rahimjon. N. Safarov, Katta karvon yo'lda.
XATNA [a. ch — kesish, kestirish; sunnat qilish] din. Musulmonlar va b. ba'zi xalklarda o'g'il
bolalar jinsiy a'zosining chekka kertmagini kesish yoki kestirish.
Xatna marosimlari o'zbeklar va bir qancha xalqlarda to'y shaklida o'tkaziladi. «UzME».
Xatna to'yi Xatna munosabati bilan o'tkaziladigan marosim, ziyofat; sunnat to'-yi. Xali buncha
qarz, chiqimlarning ustiga ikki qizni uzatish, bir o'g'ilni uylantirish, bir xatna to'yi ham
bor. Hamza, Boy ila xiz-matchi. Xatna qilmoq Shunday tadbirni amalga oshirmoq. Botirjon,
Shokirjon-larning tug'ilgan kunlarini o'tkazib, ularni xatna qilmoqchi ekanlar.. «Yoshlik».
XATO [a. l — xato, qusur; gunoh] 1 Hisoblash, yozish, o'qish, so'zlash va sh.k. larda adashish,
yanglishish, noto'g'rilik, qusur. Imloviy xato. Matematik xato.
2 Umuman, turmushda, ishda yo'l qo'yil-gan kamchilik, nuqson, noto'g'ri xatti-ha-rakat. Dushman
siringni o'g'irlaydi, Do'st xa-tongni to'g'rilaydi. Maqol. shsh ..ammo mu-habbat juda noyob narsa,
bu yo'ldagi xatoni hech kechirib bo'lmaydi! Mirmuhsin, Umid.
Xato qilmoq (yoki ketmoq) Xatoga yo'l qo'ymoq, kamchilik yoki nuqson yuz berishi-ga imkon berib
qo'ymoq. Xato qilmoq bor-dir, tuzatmaslik ordir. Maqol. mm Vater-looda xato qildi Napoleon,
Jahongirning qaytdi shu kun omadi. A. Oripov. Siz Mehri to'g'risida xato ketdingiz, chunki u
faqat yangi yerda ishlash niyati bilan sekretarlik-dan ketdi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
3 Xaqiqatga to'g'ri kelmaydigan, asossiz, noto'g'ri. Xato yozmoq. Xato hisoblamoq. Xato
so'zlamoq. tsh Jo'rttaga xato o'qib, o'zing kuldirding.. O'qi, Ra'no. A. Qodiriy, Meh-robdan
chayon.
4 q.x. Yerdan chiqmay yoki unmay qolgan urug' haqida. Yaxshi ishlanmagan yerga ekilgan urug' xato
chiqadi.
5 Mo'ljalga, nishonga tegmaslik. O'q xato ketdi. shsh Hech qaysisining otgani xato ketmas edi,
hech bir dushman omon ketmas edi. «Alpomish».
XATOLIK Xato ish, xaggi-harakat; yang-lishuv. Yoki mendan bir xatolik o'tdimi.. «Gulshanbog'».
Doimiy xatoliklarning uchra-shi o'lchov asboblari bilan bog'liq. «UzME».
XATOSIZ 1 Xato qilmagan holda, to'g'ri; bexato; to'la-to'kis. Xatosiz yozmoq. Xatosiz so'zlamoq.
sht G'o'zani xatosiz undirib olish Qurbonali polvon zvenosida odat hukmiga kirib qoldi. N.
Safarov, Qurbonali.
2 O'qni zoe ketkazmay, aniq nishonga olib. O'qni xatosiz otmoq. Xatosiz mer-gan bo'lmas.
Maqol.
XATPARAST [a. + f. c^j^L^ - xatni, yozishni yaxshi ko'ruvchi] kam qo'll. Xat yozish-ni yaxshi
ko'radigan. Xatparast odam. sht Odatim — xatga bir o'tirsam, qatorasiga yozaman. Lekin
xatparast emasman. Oybek, O.v. shabadalar.
XAT-PAT s.t. Xat-xabar, yozuv. Podsho-ningo'g'li yana yetti yil o'qigandan keyin uncha-muncha xat-
nam taniydigan bo'lgan ekan. «Er-taklar».
XAT-SAVOD [xat + savod] O'qish, yozish. Parilarga o'xshar ekan kelbati, Mulla bo'lib chiqqandi
xat-savodi. «Nurali».
Xat-savodi bor O'qish, yozishni biladi-gan, savodli. Sen.. xat-savoding bor-a? A. Muxtor,
Opa-singillar. Xat-savodi yo'q O'qish, yozishni bilmaydigan, savodsiz. Xat-savodini chiqarmoq 1)
o'qish, yozishni bilib olmoq, savodli bo'lmoq; 2) o'qish-yozishni o'rgatmoq.
XAT-SAVODLI Xat-savodi bor, o'qish, yozishni biladigan. Tursunbuva.. duoyi salom-ni o'qitish
uchun butun qishloqda biror xat-savodli kishi topolmasdan, mulla qidirib, Namanganga tushishga
majbur bo'lgan edi. Gazetadan.
XAT-SAVODSIZ Xat-savodi yo'q, o'qish, yozishni bilmaydigan. Xat-savodsiz odam.
XATGI-MUHR [a. ^ li. - muhrli huj-jat]: xatti-muhr qilib bermoq Biror nar-sa yoki mulkni
rasmiy ravishda, xujjat bilan topshirmoq. Hali zavodimni xatti-muhr qilib beraman, deb siz
bilan notarius-ga bormoqchi edim. Juda qiziq ish qilib qo'ydingiz-da. S. Ahmad, Hukm.
XATTI-RAYHON [a. d^J*^ - ray-hon shoxlariga o'xshash xat] Xattotlikda arabcha yozuv shakllaridan
biri (yana q. ray-honiy). O'ylab-o'ylab, arabiy kalimalarni xatti-rayhon shaklida yozib.. bozor
tomon ravona bo'ldim. G'ayratiy, Dovdirash.
XATTI-HARAKAT [a. - hara-
katchizig'i, chegarasi] 1 Yurish-turish, xulq-atvor. Bekning xatti-harakatini ko'rgan boyning
fig'oni falakka chiqdi. H. G'ulom, Mash'al. Kichkina qizchalarning xatti-hara-katlari kattalarni
eslatardi. «Yoshlik».
2 esk. Xarakat qilish, ish olib borish rejasi, taktika. Yo'l ustida ham, Toshkent bilan
yashirincha so'z olishib, xatti-harakat chizishib turishdilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XATTOT [a. l>Lk^ - xusnixat yozuvchi; husnixat muallimi] esk. Chiroyli va aniq yozadigan odam;
kalligraf. Navoiy asarlari mashhur xattotlar tomonidan ko'chirilgan. sht Ulug'bek ajoyib
xattot, musavvir va sahhofning oltin qo'llari bilan yaratilgan bu kitobni zo'r ishtiyoq bilan
uzoq tomosha qildi. B. Ahmedov, Ulug'bek.
XATGOTLIK esk. Asarlarni husnixat bilan ko'chirib, kitob holiga keltirish bi-lan shug'ullanish,
xattot kasbi.
XAT-XABAR [xat + xabar] Xat va xabar, darak. G'ayri yurtda yurgan odam xat-xabar qilmasmikan?
«Nurali».
XATCHO'P [xat + cho'p] O'qilayotgan betni oson topish uchun kitob ichiga solib qo'yi-ladigan maxsus
cho'p, bezakli ip yoki bir parcha qog'oz, lenta va sh.k. Mutrib xatcho'p solingan bir sahifani
ochdi-yu, «O'qi!» dedi. «Yoshlik».
XAT-HUJJAT [xat + hujjat) Xat va hujjat(lar). Xat-xujjatlarni tartibga keltirmoq.
XAFA \f. — bo'g'ish, bo'g'ilish, na-fas qaytish; bo'g'ib o'ldirish; bo'g'uvchi] 1 G'amli, qayg'uli,
hasratli. U[3ulfizar\ ju-da ham xafa, shaxlo ko'zlarida nam, mung'ayib qolgan edi. K. Yashin,
Xamza. Kumush juda xafa ko'ringanlikdan, uning ko'nglini ochmoq-qa to'g'ri kelar edi. A.
Qodiriy, O'tgan kun-lar.
2 Ranjigan, ozor topgan, norozi; araz-lagan. Kimdan xafasiz? Mendan xafa bo'l-mang. im%
[Vera:] Maktab bilganida, to'yingni bir yil keyinga qo'ydirar edi. Yashirding. Hamma sendan
xafa. A. Qaxdor, Og'riqtishlar.
Xafa bo'lmoq 1) qayg'uli holatda bo'lmoq. Xafa bo'lib, yoshga to'lgandi ko'zim, O'lsam, o'char
Chambildan bosgan izim. «Nurali»; 2) ran-jimoq; ozortopmoq. -Anavi kuni mendan xa-fa
bo'ldingiz-a, — dedi u orqasiga qaramay. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Ikrom-jon xafa
bo'lmaganini bildirib.. iljaydi. S. Ahmad, Ufq. Xafa qilmoq Ranjitmoq, ozor bermoq. Agar u
yerda ham uni xafa qi-lishsa.. choponini yelkasiga tashlab ketave-rardi. S. Ahmad, Ufq.
XAFAGAZAK [f. S?<±±\ 1 Yallig'lanish, gazak olish (yara haqida). Yara xafagazak bo'-libdi.
2 cm. Xafa bo'lgan, arazlagan holda. An-zirat xafagazak chimirilib, qochib ketdi. N. Qilichev,
Quyun.
XAFAGAZAKLIK ayn. xafalik. Sevar-gul otasining xafagazakligini jilla ari-tish ilinjida kunu
tun xizmatda shay tur-di. N. Qilichev, Chig'iriq.
XAFAGARCHILIK ayn. xafalik. Xafa-garchilik uzok davom etmadi: ular uch kunda-yoq yarashib
oldilar. «Yoshlik». Mas'udaxon erining kelishini, nima olib kelishini sabr-sizlik bilan kutar,
xafagarchilik, qaygu-alamlari tarqalgandek bo'lardi. Gazetadan.
XAFALANMOQ kam qo'll. Xafa bo'lmoq. Muallif o'z asarining bunchalik e'tirof topganidan
mamnuniyat bildirgani holda, ba'zi mas'uliyatsiz o'zboshimchaliklardan xafalanganini ham izhor
etgan edi. SH. Ri-zaev, Jadid dramasi. Abdulaziz.. Appon chol-ning rangi o'zgarib, yuzidagi
ajinlari yanayam quyuqlashganini.. qattiq xafalanish aloma-tiga yo'ydi. «Yoshlik».
XAFALASHMOQ Bir-biridan xafa bo'l-moq, kelisha olmay qolmoq; koyishmoq. Fan shu: xatoyingni
tuzatasan. Yo'qsa, yomon xa-falashibqolamiz. A. Ko'chimov, Halqa.
XAFALIK G'amg'inlik, qayg'uli holat; ranjiganlik. Zaynab xafaligi oshgan kez-larda qarindosh-
urug'larinikiga yurib, chi-gilini yechar edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Uning [Nigoraning]
nozik qirmizi.. yuzida xafalik, ko'zlarida chuqur o'ychanlik bor edi. S. Anorboev, Oqsoy.
XAFAOMUZ [f. - xafaga o'x-
shash, xafanamo] Xafa bo'lgan singari, ma'yuslik bilan. Fotima chiroyli ko'zlari-ni sho'x o'ynatib,
qoni qochgan bilaklarini ishqab, xafaomuz gapirdi. N. Yoqubov, Bo'sa-g'ada.
XAFAXON ayn. xafaqon 1. -Komshgjon aka, — dedi Sodiq xafaxon ovozda, — qancha zarar bo'lsa
to'laymiz. Meni ozod qiling bu qiinoqdan. I. Rahim, Ixlos.
XAFACHILIK ayn. xafalik. U xafachi-lik nimaligini bilmaydigan sho'x-shaddod bir qizedi. M.
Mansurov, Yombi.
XAFAQON 1 \a. (jUa-i-i. — yurak urishi, dukillashi] Mungli, g'amgin, xafahol. Unga o'z o'ylari
chigilini yozib olishga yolg'izlik, xafaqon qalbiga orom, nafasi bo'g'ilayotgan
o'pkasigahavokerakedi. H. G'ulom, Mash'al. Teatrga borganingizda, bironta xafaqon aktyorni
uchratib qolsangiz, uning dardi rol` ustida bo'ladi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
2 Dilsiyoxlik bilan o'tadigan. Xafaqon, chalkash kunlarning birida Isfandiyorning yana ikki
katta amaldori qochdi. Mirmuhsin, Cho'ri.
3 tib. Yurakning tez yoki notekis uri-shini sezish holati. Xafaqonni davolash va oldini olish
kasallikni keltirib chiqargan sabablarga bog'liq. «UzME».
4 tib. Qon bosimining ortishi tufayli yuz beradigan kasallik, gipertoniya. Ba'zi kishilarning
aytishiga qaraganda, onam xa-faqon kasaliga yo'liqqan emishlar. M. Mu-hammadjonov, Turmush
urinishlari. [Be-morlarning\ Biri xafaqon, boshqasi sil ka-saliga mubtalo, kimgadir chipqon
chiqibdi. M. Qoriev, Ibn Sino.
Xafaqon bo'lmoq 1) diqqat bo'lmoq, si-qilmoq; xunob bo'lmoq. -Bugun seni ko'rma-ganim uchun
juda zerikib, xafaqon bo'lib o'tirgan edim, — dedi Ra'no Hafizaga. Mir-muhsin, Umid; 2) qon
bosimi ortish ka-saliga yo'liqmoq.
XAFAHOL \f. + a. JL^foytunni keltir, — dedi Is-lomxo'ja foytunchiga qarab, xafahol qiyofa-da. J. Sharipov, Xorazm.
[Gulzira] Xafahol bosh egib chiqib ketdi. A. Muxtor, Kumush tola.
XAFIF [a. ¦ a-iji. — kichik, yengil] kt. Mayin, yoqimli. Ajoyib bahor kuni. Xafif, yoqimli
shamol esadi.. R. Komilov, Imtixrn. Bulutlarning ohistagina sayridan sezilar-sezilmas xafif
bir shamol yurib, yengilgina bir izg'irin ham yuzga kelib to'qinar.. edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
XA-XA-XAund. s. Xaxolab kulishni ifo-dalaydi. -Xa-xa-xa, shamol sizdan o'chimni oldi, qani,
gapiring! — dedi Ra'no Anvarga. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. -Xa-xa-xa.. — Fazliddin
Nurining so'z/tridan ta`sirlanib, qattiq kuldi, — otangga pul kerak bo'lsa, bizdan qarz
olsin. Oybek, Tanlangan asar-lar.
XAXOLAMOQ Qattiq ovoz chiqarib kulmoq. Shamsi To'raevich xaxolab kuldi. N. Aminov, Qahqaha.
Temur Malik xaxolab ku-lib yubordi. Mirmuqsin, Temur Malik.
393 XAXO-TARALA cm. Xursandchilik, xush-chaqchakdik. Shu tariqa jami sayyohlar: eru xotin, yoshu qari
qiy-chuv, xaxo-tarala bilan oqshomgacha ketma-ket hamma cho'milib chiqadi. H. Hasanov,
Ekvatordan o'tganda.
XACHIR Ot (biya) bilan eshak (hangi)-dan urchigan, yuk tashuvchi uy hayvoni. Po-disho bularga oriq
xachirga mol-dunyo va yo'l ozig'ini ortibberibdi. «Zumrad va Qimmat». 20-asrning 50-yillaridan
boshlab xachir O'zbekistonda avtomobil` transportining rivojlanishi bilan deyarli yo'qolib
ketdi. «O'zME».
XASHAK \f. ^iix — quruq, qurigan, quritilgan] Quritilgan o't-o'lan, pichan. Qolaversa, qish
bo'yi odamlarga xashak kerak. S. Siyoev, Yorug'lik. Brigadamizdan to'rt kishini.. xashak yig'ishga
jo'natishdi. SH. Jo'raev, Bola dunyoni tebratar.
XASHAKI [f. ^ ,7, ch — quriganlik, qur-g'oqchilik, quruqlik; dag'allik, qo'pollik] 1 Chorva uchun
ozuqa, yem-xashak bo'ladigan. Xashaki lavlagi. Xashaki jo'xori.
Xashaki tut Mevasi urug'li, qora, qiz-g'ish, oqish, sarg'ish ranglarda bo'ladigan mahalliy tut;
chag'ir tut. Xashaki tut tagi-da ona-bola dovon tomonga ko'z tutib yoti-shardi. Y. Shamsharov,
Baxt izlab.
2 Past zotli, zotsiz, jaydari, mahal-liy. Xashaki ot. Xashaki tovuq.
3 ko'chma cm. Oddiy, sodda, hamma qag'o-ri (odam haqida). -Axmad polvon unaqa sen-lar o'ylagan
xashaki bolalardanmas, — dedi Boqi. Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom.
4 ko'chma Jo'n, asossiz. Aytgan gaplari-ning hammasi xashaki chiqib, majshs ahli-ningensasini
qotirdi. M. M. Do'st, Galatepa-ga qaytish.
XASHAKLAMOQ cm. Xashak yemok, Ot xashakladi.
XASHAKXONA [xashak + xona1 Xashak, pichan sakdanadigan joy.
XASHAK-XUSHAK Xashak, pichan, quri-gan o't-o'lan. Undan \qabrlardan\ narida to-miga sandal
kursi, mashina balloni, xashak-xushak uyib tashlangan bostirma. «Yoshlik».
XASHTAK-PASHTAK ayn. ashtak-pashtak. O'rikdan turli usulda.. xashtak-paO'.tak, bargak
[oltingugurt tutuni bilan dudla-tib], a'lo darajada turshak qilinadi. K. Maxmudov, O'zbek
tansiq taomlari.
XEZ \f. j-jb. — tik turuvchi, ko'tariluv-chi; ko'tarilish, sakrash]: xez qilmoq fol`k.
Tashlanmoq, sapchimoq; hamla qilmoq, xez-lanmoq. Kflpu chinorda poylab turgan burgut Yunus
pariga xez qildi. «Malikai ayyor».
XEZLAMOQ 1 fol`k. Tez harakat bilan oldinga ing'ilmoq, tashlanmoq; hamla qil-moq; sapchimoq,
sakramoq. Bedov otlar chuv deganda xezlaidi. «Xushkeldi». Maydon ko'r-sa, kiyikdek bo'b
xezlaydi, Dushmanga tishi-ni doim tezlaydi. «Ravshan». Davlat qushi muyassardir boshingga,
Dushman xezlab kelol-maydi qoshingga. Islom shoir.
2 Biror ish yoki harakat qilishga unda-moq, qistamoq. Xizir bilan Badbaxt tog'in ko'zlayin,
Uzoqlarga G'irko'kimni \otni] xez-layin. «Go'ro'g'lining tug'ilishi».
XEZLANMOQ 1 Xezlamoq 2 fl. o'zl. n.
2 Urishish, janjallashish, xamla qi-lish holag'ida bo'lmoq. -Bu uida tariqchalik haqqing yo'q.
Minba'd harom senga bu joy-lar! — Karomat xezlanib. qo'lini beliga qo'ygancha, eriga pastdan
qiyo boqib baqirar.. edi. A. Muxtor, Kumush tola. .. To'rabek bo'lsa o'sha yerda yotgan belkurak
dastasini chiqarib, yaqinlashib ko'rlaring-chi, deganday xezlanib turibdi. M. Mansurov, Yombi.
XELI-XESH \a. + f. J^^^ - yaqin-lar, qarindoshlar guruhi) Qarindosh, qa-rindosh-urug'. Bul joyda
yo'q xeli-xeshim. «Tohir va Zuhra».
XEMI-, xemo- [lot. chimia < a. A , p L| Baynalmilal o'zlashma qo'shma so'zlarning birinchi qismi
bo'lib, o'zi qo'shilgan so'z-ning kimyoga, kimyoviy jarayonlarga aloqa-dorligini bildiradi, mas,
xemosintez.
XEMOSINTEZ [xemo.. + sintez1 Mikro-organizmlar tomonidan oksidlanish reak-siyasida \osil
bo'lgan energiya hisobiga karbonat angidridning o'zlashtirilishi va organik birikmalarning
biosintez qili-nish jarayoni. Xemoeintezning kashf qili-nishi tirik organizmlarda kechadigan
mod-dalar almashinuvi jarayonining asosiy tip-lari to'g'risidagi tushunchani o'zgartirib yubordi.
«O'zME».
XEMOSORBTSIYA |xems. + lot. sorbere — yutmoq, o'ziga singdirmoq| kim. Suyukdik va qatg'iq
jismning atrof muhitdan mod-dalar yutishi.
XEXELAMOQ «Xe-xe» kabi ovoz chiqa-rib kulmoq. Qozi domla kulgidan chetda qol¬
394
madi, kallasini likillatib, rosa xexeladi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
XE-XE-XE und.s. Xexelagan kulgi tovu-shini ifodalaydi. -Pari yigitga oshiq-misan?Xe-xe-xe!
-Nega kulasan, Gulshan opa? A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
XESH [f. (jly^a. - o'z, o'zi; qarindosh, yaqin kishi] shv. Qarindosh, qarindosh-urug', qavm-
qarindosh; yaqin odam. Yolg'iz ekan, soch-soqoli oq, Na o'g'li bor, na qiz, na yor, xesh. Mirtemir.
Yoqubjon aytgan kishi allaqa-chon olamdan o'tgan ekan.. Qaydan kelganini, kimningxeshi ekanini
bilmas ekan. M. M. Do'st, Lolazor.
XESH-AQRABO, xeshu aqrabo [xesh + aq-rabo] kt. Qarindosh-urug'lar, urug'-aymoq-lar, qavm-
qarindoshlar; yaqin kishilar. Bir xafta o'tgach, xesh-aqraboyu tanish-bilishlar beshik to'yiga
chorlandi.. «Yoshlik». Xrl so'rgani yana xesh-aqrabo, yor-do'st, hamsoyalar kirish-di. S. Siyoev,
Avaz.
XESHLIK Qarindoshlik, qarindosh-urutlik munosabati. O'rtaqo'rg'onga o'zingiz borib kelasiz, o'rtoq
Yaxshiboev, men borsam, erishroq tuyuladi, har qalay, rafiqangiz bois xeshligi bor. M. M. Do'st,
Lolazor.
XI ayn. xix.
XIVICH Ho'l, uzun novda, xipchin. Bo'ta-boy tol xivichini o'ynab, xirgoyi qilib kelar-di. S.
Ahmad, Hukm. Gulchehra «him», debo'rni-dan turdi, tashqariga chiqib, yo'g'on xivich topib, uyga
kirdi. «Saodat». Ayoz, tarayman, der o'jarlik bilan Tutlarning tikkaygan xivichlarini. A.
Sher.
XIVICHLAMOQ Xivich bilan urmoq, savalamoq.
XIYOBON [f. uWW^- ~ bul`var, xiyobon] Ikki tomoniga qator daraxt, buta va gul-lar o'tqazilgan
yo'l yoki yo'lka; sayrgoh. Asfal`t ko'chalarda yuksak binolar, Ikki chet xiyobon, arg'uvon mun-tik.
G'. G'ulom. Xiyo-bondagi daraxtlarning yaproqlarida yig'il-gan tomchilar to'kilib tushdi. S.
Karomatov, Oltin qum.
XIYOL [a.JL-i.] rvsh. 1 Bilinar-bilin-mas darajada; ozgina, bir oz. Yaxshiboevning rangixiyol
oqargan edi. M. M. Do'st, Lolazor. Qo'chqor kelib ketgandan keyin, Mashrabning miyasida
burg'iday aylangan og'ir o'ylar sal tarqab, xiyol yengil tortdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
Oradan xiyol fursat o'tib, qo'ng'iroq jiringladi. S. Nurov, Narvon.
XIYONAT [a. C^LJ*. — makr, hiyla; xoin-lik, munofiqlik, vafosizlik] Ahdni bu-zish, birovning
ishonchini yoki ishonib topshirgan narsasini suiiste'mol qilish. Makru hiyla va xiyonatning joyi
do'zaxdir. «Fan va turmush». -Meni xiyonat yo'liga bosh-lamoqchimisan? — dedim qaltirab. X.
To'xta-boev, Shirin qovunlar mamlakati.
Xiyonat qilmoq 1) axdini buzmoq, bi-rovning ishonchini yoki ishonib topshirgan narsasini
suiiste'mol qilmoq. Omonatga xiyonat qilma. Maqol. tsh Oddiy paxtakor avval qanday ishlagan
bo'lsa, hamon shunday. Paxtaga hech qachon xiyonat qilmaydi. «Sao-dat»; 2) yori yoki sevgilisiga
nisbatan vafo-sizlik qilmoq, boshqaga, begonaga ko'ngil bermoq. [Umidning] Ba'zan yuragi
orziqib tushardi: kimdandir eriga xiyonat qilib yuradigan bir ayolni eshitgan edi. Mirmuh-sin,
Umid.
XIYONATGAR [a. + f. J-c^V^ - xiyonat qiluvchi] esk. ayn. xiyonatchi.
XIYONATGARLIK Xiyonat qilishlik. Qshib zotingdagi nayrangni oxir, Xiyonat-garliging ko'rsatding
oxir. Habibiy.
XIYONATKOR \a. + f. jLS^L^ - xiyonat qiluvchi] ayn. xiyonatchi. Tanqid ko'rib, xiyo-natkorning
dimog'i kuydi, Ut tushdi reja-siga, qo'ygan tuzog'i kuydi. S. Abdulla. Xiyo-natkorning do'sti
bo'lib tanilgan Sulto-nalining ham hayoti tahlika ostida turadir. A. Qodiriy, Mehrobdan
chayon.
XIYONATKORLIK Xiyonat qilishlik. Xiyonatkorlik qilmoq.
XIYONATKORONA [a. + f. -oljlS^U* — xiyonatkorlik bilan, xiyonat qilgan hol-da] rvsh.
Xiyonatchilarga xos; xiyonatkorlar-cha. Xiyonatkorona hujum. tsh Bulutlar ora-sidan oy
xiyonatkorona mo'raladi, «Hoy uyat-sizlar, haddilaringizdan oshmanglar», de-ganday iljayib,
atrofni yoritdi. F. Mu-sajonov, Huri.
XIYONATCHI 1 Ahdida turmaydigan, bi-rovning ishonchini yoki ishonib topshir-gan narsasini
suiiste'mol qiladigan ki-shi; aldoqchi, mutgaham. Uning [Hamzaxo'ja-yevning] oldida uch yo'l
bor. Birinchisi — xiyo-natchilarning patini to'zg'itadigan hamlaga o'tish. «Mushtum».
2 Sotqin, xoin. Chig'atoy o'z askarlaridan ko'ra shahar ichidagi xiyonatchilarga ko'p umid bog'lar
edi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
395
XIYONATCHILIK kam qo'll. ayn. xiyonat-korlik. Xiyonatchilik pozitsiyasi.
XIJIL [a. Ja s - op, nomus, uyat, uya-lish; uyatchanlik, tortinchoqlik] Xijolat-da qolgan,
ko'ngli g'ash. Bir uyatchan yigit betob yotgan qaynotasinikiga uyalib bormay yurar va bundan o'zi
ham xijil edi. A. Mu-qimov, Hol so'rash.
Ko'ngli xijil bo'lmoq (yoki tortmoq) Biror narsadan xijolat bo'lmoq, bezovta-lanmoq, notinch
bo'lmoq. Ular [Ozod bilan Qahhor] tinchib, o'rinlariga yotishganda, Ozod nimadandir ko'ngli
xijil bo'layotganini se-zib qoldi. «Yoshlik». Shu onda ko'z oldiga tomog'ini bog'lagan Yoqut
keldi-yu, ko'ngli xijil tortdi. A. Abdullaev, Bizning yo'-limiz. Ko'nglini xijil qilmoq
Xijolatga solmoq, noqulay ahvolga solmoq, g'ash yoki notinch qilmoq. Kechadan beri ko'nglimni
xijil qilayotgan tashvishlarni bir zumda unutgandek bo'ldim. U. Hoshimov, Ikki eshik orasi.
XIJILLIK Xijil bo'lish, g'ashlik, notinchlik. Dala havosi dimog'iga urilishi bilan ko'nglidagi
xijillik oftob taftida erigan qirovday hovurga aylanib ketdi. A. Ko'chimov, Halqa.
XIJOLAT [a. cJU^ - uyat, uyalish] Uyatdan o'zini noqulay, o'ng'aysiz sezish; uyalish hissi. Oshno
xijolatdan qizardi. M. M. Do'st, Lolazor. -Voy, meni deb loyga belandingiz, — dedi ayol
xijolat bilan. S. Ahmad, Ufq.
Xijolat bo'lmoq (yoki tortmoq, chekmoq) Biror narsadan uyalmoq, o'ng'aysiz, noqulay holga
tushmoq. G'afur akaning oldida bundan bir oz xijolat bo'ldim. Shukrullo, Say-lanma. Ali
polvonning bu gapidan xijolat tortgan Esh polvon unga zardali qarab oldi. S. Ahmad, Ufq.
Norqo'zining bunday maq-tovini eshitgan Feruza.. xijolat chekdi. H. G'ulom, Feruza. Xijolat
qilmoq yoki xijo-latga qo'ymoq Birovni uyaltirmoq, o'ng'ay-siz, noqulay holga tushirmoq. Bahodir
no-jo'ya harakati bilan Oqilani xijolatga qo'yganidan qattiq o'kinar, lekin ish o'tgan edi. M.
Jaloliddinova, Keyinroq. Xijo-latda qolmoq O'ng'aysiz, noqulay holatda qolmoq, uyalib qolmoq.
Elmurod xijolatda qoldi. P. Tursun, O'qituvchi.
XIJOLATLI 1 Xijolat yoki uyalish bilan; xijolat bo'lgan holda -Mamatvoy inim, — gap boshladi u
xijolatli ohangda.. «Yoshlik». Azizxon xijolatli ovoz bilan de-di: -Men edim, aya. Men edim.
S. Ahmad, Ufq.
2 Kishini uyaltiradigan, noqulay axvol-ga soladigan. Mashina zarur bo'lib qolsa, xi-jolatli ish
bo'lmasin. S. Ahmad, Ufq.
XIJOLATLIK 1 Xijolat bo'lish, no-qulay ahvolda qolish. Ummatali bolasini xijolatlikdan
chiqarish uchun gapni bo'lish-ga urinardi.. S. Ahmad, Ufq.
2 ayn. xijolat. -Yana ko'ngillariga boshqa gap kelmasmikan ? — dedi xijolatlik bilan Adolat.
S. Zunnunova, Gulxan.
XIJOLATOMUZ [xijolat + f. -o'xshash, kabi] Xijolat bo'lgan holda, xijo-lat bo'lib, xijolat
tortib. Matpano boyadan beri xijolatomuz o'tirardi. S. Siyoev, Yorug'-lik. Nihoyat, xoli
qolishgach, Gulchehra xi-jolatomuz jilmayib, sekingina dedi.. «Sao-dat».
XIJOLATPAZLIK s. t. Xijolat. U [ Sishma] bu masalada faqat akasininggina emas, o'zining ham
aybdorligini sezib, xijo-latpazlikdan terlab ketdi. M. Ismoiliy, Bizning roman. Turg'unov
o'zini bilmaganga olgan bo'lsa ham, Bo'riboy xijolatpazlik bilan iljayib, yolg'onladi: -Mehmon
kelgan ekan. H. Nazir, O'tlar tutashganda.
XIZMAT [a. — xizmat; ish, lavo-
zim; xizmat ko'rsatish; yordam] 1 Biror ish yoki mehnat bilan shug'ullanish; biror ishni bajarish;
ish, mehnat. Bir kun eshon meni.. chaqirib: -O'g'lim, — dedi, — mana endi bizga ancha xizmating
singdi. G'. G'ulom, Shum bola. Yurt, hukumat aslo bu xizmatlaringni unut-maydi. S. Axmad, Ufq.
-Agar mening bu xiz-matim xon janobining marhamatiga loyiq ko'rilar ekan, — dedi hoji, —
menga eng manzur bo'lgan mukofot o'g'limning ozod qili-nishidir. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Xizmat qilmoq 1) ish, yumush qilmoq. Bu esa yelib-yugurib xizmat qilib yurgan Obidovning
ko'ngliga g'ulg'ula oldi. Gazeta-dan; 2) biror muassasa, korxonada ishla-moq. U institutda
xizmat qiladi; 3) mu-ayyan vazifani bajarmoq, kerak bo'lmoq. «Boburnoma» dagi ma'lumotlar
xozirgi za-mon fani uchun ham xizmat qiladi. «Fan va turmush».
2 Birovga yordam ko'rsatish; xolisona qi-lingan ish; yordam; yaxshilik. Bu xizmating-ni sira
unutmayman. Elga xizmat — oliy
«g^3 396
himmat. Maqol. mm Elga xizmat qilib, bo-lam, duo ol. «Malikai ayyor». Too'lguncha, ota, qilay
xizmating, Qilgan xizmatlarim — sening izzating. «Malikai ayyor».
3 Biror tashkilot, muassasa yoki kor-xonada bajariladigan ish, vazifa; lavozim; shunday joyda
ishlash. Birinchi noyabrda bo'l-sa kerak, «Mushtum» xizmatiga kirishgan-man. A. Qodiriy, Kichik
asarlar. Siz, og'ay-nilar, ilgari xon yonida qandoq xizmatda bo'lgan bo'lsalaringiz, endi ham
o'sha vazifada qolaberasizlar. A. Krdiriy, O'tgan kunlar. U \Ahror xalfa Fuzayilxonov] shu
yerdagi xizmatga kirib, keyinchalik sekin-asta bi-rinchi sinf o'qituvchisi bo'lib oldi. «Mush-
tum».
Xizmat haqi Biror ish yoki topshiriqni bajargani uchun beriladigan qaq. Mana, Mu-tal polvon,
hozircha oz bo'lsa ham, shuni olib turasiz, ammo xizmat haqingiz o'z yo'liga bo'ladir. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
5 Ish, toggshiriq, vazifa. [Homid:] Kishi-ning xizmatidan qochgan odam emasman. A. Qo-diriy,
O'tgan kunlar. Sizga og'ir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
Xizmatingizga tayyorman Nima ish buyur-sangiz, bajaraveraman, buyrugingizga mun-tazirman.
\Shofyor yigit:\ Xizmatingizga doim tayyormiz. S. Anorboev, Oqsoy.
6 So'roq ohangi bilan aytilib, «Menda nima ishingiz bor?» degan ma'noni bil-diradi. -Xo'sh,
o'rtoq Do'smatov, xizmat? — dedi Davlatyor. P. Tursun, O'qituvchi. -Xiz-mat? — dedu u \Akram\
yumshoq kresloning suyanchig'iga o'zini tashlab, Nigoraga tikildi. S. Anorboev, Oqsoy.
7 s.t. Armiya safida bo'lish, harbiy maj-buriyatni o'tash. Xizmatga chaqirilmoq. mm \Ota-onalar\
Bundan bir yoki ikki yil ilga-ri askarlikka uzatgan va xizmatini tu-gatish oldida urushga
to'g'ri kelib, hozir jang qilayotgan bolalarni esladilar. I. Rahim, Chin muhabbat.
8 Armiya tarkibidagi ayrim ixtisos-lashgan sohalar yoki tarmoklar. Aloqa xiz-mati. Tibbiyot
xizmati. Razvedka xizmati.
Xizmat ko'rsatgan Mehnati e'tirof etilgan kishilarga beriladigan faxriy unvonlar tarkibida
ishlatiladi. Xizmat ko'rsatgan o'qituvchi. Xizmat ko'rsatgan fan arbobi. Uzbekiston
Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist. Xizmat ko'rsatmoq Ki-
shilar extiyojini, talabini qondirish bi-lan bog'liqbiror ish qilmoq. Madaniy xiz-mat
ko'rsatmoq. Xizmatda (yoki xizmatin-gizda) bo'laylik Biror kimsani mehmondor-chilikka taklif
qilganda, iltifot yuzasi-dan aytiladigan ibora. Mulla G'ulom, bugun xizmatda bo'laylik, qo'l
bo'shadi deguncha to'g'-ri kelaverasiz. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
XIZMATDOSH Birga xizmat qiladigan kishilar (bir-biriga nisbatan); hamkasb. Ko'chada xizmatdosh
do'stlarni uchratib qol-dim. mm Ishdan keyin goho o'ziga o'xshagan xiz-matdoshlari bilan ko'chaning
narigi betida-gi.. qahvaxonaga o'tib, andak shakarguftor-lik qiladi. E. A'zamov, Javob.
XIZMATKASH[Y. +f. ju^s^ - ish, meqnat qiluvchi| 1 ayn. xizmatkor.
2 Ishdan qochmaydigan, ishni yaxshi ba-jaradigan; ishchan, mehnatkash. Xizmatkash yigit.
XIZMATKOR \a. + f. jll!.^ - xizmat qiluvchi] 1 Birovlarning shaxsiy xizmati-ni, uy ishini
qiluvchi kishi. Bu asar bir pardalik fojia bo'lib, unda bir zolim boy-ning yigirma yillik
mo'ysafid bir xiz-matkoriga so'ng vaqtda qilgan jabr va zul-mi tasvir qilingandir. Hamza,
Tanlangan asarlar.
2 Xalq yoki jamiyat manfaati uchun xiz-mat qiluvchi. -Yo'lingga ko'z tikar, tikar albatta.
Ulg'aysang, o'qib, bo'l elga xizmat-kor! M. Alaviya.
XIZMATKORLIK Xizmatkor bo'lish-lik. Xizmatkorlikka Yo'lchiboyni so'ramoq-chiman. U sinalgan
odam, san nima deysan? Oybek, Tanlangan asarlar.
XIZMATONA \a. + f. kam qo'll.
Xizmat uchun to'lanadigan haq. -Bizning va-zifamiz, mana shu shartlarga binoan.. xiz-matona va
shirinkoma olishdir, — dedi \noib\. S. Ayniy, Sulxo'rningo'limi. [Eshon qozi] Mazkur haqqi
xizmatonani astagina yonlariga soldshshr. A. Qodiriy, Kichik asar-lar.
XIZMATCHI 1 Biror idora yoki kor-xonada yozish-chizish bilan shug'ullanuvchi kishi; xodim. Uning
ijtimoiy kelib chiqi-shi — xizmatchi. mm Idora xizmatchilari-ning bir majlisida Sulaymonovni
rosa su-laytirishdi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun. Birlashma xizmatchilari tarkibiga
397 • >.
stomatologlarshng kiritilishi tasodifiy chora emas. Gazetadan.
2 Umuman, mehnatkash kishi; ishchi. Ular temir yo'l xizmatchilari edi. Oydin, Suh-bati jonon.
Qilinadigan ishning bir xilligi xizmatchini toliqtiradi, aksar, anchagina kuch sarf etishni
talab etadi. «Fan va turmush».
3 ayn. xizmatkor. Mullado'st — 54 yoshda, sho'xtabiat.. ko'ngilchan bir kishi. Qozining xizmatchi
ham mulozimi. Hamza, Maysara-ning ishi.
XIZR [a. — «yashillanmoq, yashil
tusga kirmoq» fl. dan] (X - katta) din. Islom rivoyatlarida zikr etilgan, hayot bulog'idan
«obi hayot» ichib, umri boqiy bo'lgan taqvodor shaxs; og'ir ahvolda qolgan kishilarga chol,
suvori yoki yo'lovchi ko'-rinishida uchrab, ularning mushkulini oson qiladi. Xizr nazar qilmasa,
eshak bozorga dallol ham bo'lolmaysan. Maqol. ish Yurgan kishi baland tog'lardan oshar, Xizr
nazar qilgan ham ko'p uzoq yashar. «Erali va She-rali».
Xizrni yo'qlasam (ham) bo'lar ekan
So'zlovchi yo'qlab yoki istab turgan odam tasodifan kelib qolganda aytiladigan ibora. -Xizrni
yo'qlasang bo'lmasmidi, — dedi To'lagan kulib. A. Qahhor, Og'aynilar.
XIYLA [f. ch — ko'p, ortiq] 1 rvsh. Ma'lum darajada, birmuncha, ancha. Bemor-ning sog'ligi xiyla
yaxshilandi. U sendan xiy-la yoshroq.
2 Birmuncha fursat, ancha vaqt. Biz bekashda xiyla kutib qoldik. sht Ergash ota xiyladan keyin
keldi. O. Yoqubov, Qahramon izlab.
XIYLI \f. s1l | s.t. ayn. xiyla. Va-tan farzandlari qalbining kuchi Atomlar siridan xiili
buyukdir. G'. G'ulom.
XIL [a. J^i>. — xususiyat, sifat] Biror narsaning navi, turi; zot, jins. Ikki xil fikr.
Atlasning yetti xil rang jilosi. shsh Lekin Karim Toirov degani ham bo'sh kel-maydiganlar
xilidan ekan. S. Ahmad, Yulduz. Ichimliklarning qaysi xilidan so'rasangiz — tayyor. S.
Zunnunova, Olov. Dildor qosh-larini, yelkalarini uchirib, ming xil muqom bilan qo'shiq aytardi.
S. Ahmad, Ufq.
Bir xil 1) bir turli; har jihatdan teng. Kunlar bir xil, kunlar zerikarli. S. Siyoev,
Yorug'lik. Tosh ko'zaga shushsayam, ko'za toshga tushsayam, oqibat bir xil — tosh sinmaydi, ko'za
sinadi. S. Siyoev, Yorug'lik; 2) ayrim, ba'zi, ba'zi bir. Ko'p lashkar vag'irlashdi, Tog'larning
qushi uchdi. Ko'rqoqning hushi uchdi, Bir xili otdan tushdi. «Yusuf va Ahmad». Bir xil bo'lib
ketmoq To'lqinlanmoq, haya-jonlanmoq; o'zini noqulay sezmoq. U bo'-yinbog'ini bog'larkan,
xotiniga razm solib, ko'nat bir xil bo'lib ketdi. S. Nurov, May-salarni ayoz urmaydi. Xil
tushmoq (yoki kel-moq) Bir-biriga mos kelmoq, mos tushmoq. Ko'p o'tmay [Nabijon bilan raisning]
ora-laridan ola mushuk o'tadigan, gaplari gap-lariga xil kelmaydigan bo'lib qoldi. F. Nas-
riddinov, Ota o'g'li.
XILVAT \a. ojli. - yolg'izlanish, yolg'iz qolish; maxfiy, pana joy; chekka, ovloq joy| 1 sft.
Odamlardan, ko'zdan yiroq, hech kim ko'rmaydigan, odam kam bo'ladigan; pana, ovloq, chekka. -
[Chol] Biz bilan xilvat uyda gaplashdi, — dedi Usmon. O. Xusanov, Qo'shiqchining taqdiri.
Usmonbek O'ratepa qozisiga qarashli xilvat va dabdabali uyda yolg'iz, daricha yonida o'tirib,
Turkistonning harbiy kartasini ko'zdan kechirmoqda. SH. Toshmatov, Erk qushi. Imtihon haftasi
kirishi bilan fakul`tetda xilvat burchak qolmadi. A. Qaxdor, Sarob. Keyingi yakshanba borilgan
joy haqiqatan salqin, xushhavo, xilvat yer ekan. S. Abdulla, Urtoq Xolna-zarov.
2 ot Tinch, osuda joy. [Xusayn:] Do'stim, yoshligimizni zamon olib ketdi.. qolgan um-rimizni
xilvatda va farog'atda o'tkazaylik. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
Xilvat qilmoq Panada suhbat qurmoq, gapirishmoq.
XILVATGOH \a. + f. ^ - chekka, pana joy] Xilvat joy; ovloq, chekka joy. Xilvatgohda yashamoq.
tsh Kimsasiz bu xil-vatgohlar qo'ynida turli-tuman kemiruvchi, yemiruvchi, o'rmalovchi, dumalab
yuruvchi jon-dorlarning izi juda ko'p. J. Abdullaxonov, To'fon.
XILVATNISHIN \a. + f. j^iiojl± — xilvatda o'tiruvchi] esk. kt. Xilvatda yashashni sevadigan,
xilvatda yakka-yolg'iz yashaydigan odam.
XILVATXONA [xilvat + xona1 Xilvat yoki ovloq joydagi uy, bino; maxfiy ken-gash xonasi.
Kechqurun sulton.. Majdiddinni xilvatxonaga chaqirtirdi. M. Osim, Karvon yo'llarida.
j^^> 398
XILLAMOQ 1 Xillarga, navlarga aj-ratmoq. Krvunlarni xillamoq. Pillani xil-lamoq.
2 Tanlab olmoq, saralamoq. Gullarni xillamoq. shsh Maktab tashkilotlarini qo'lga olgandan
keyin, o'quvchi va muallimlarni xillash kerak bo'ladi. A. Qahhor, Sarob.
XILLI Navli, turli. Ko'p xilli.
XILMA-XIL Har xil, turli-tuman. Ochilmish xilma-xil gullar, topib ziynat xiyobonlar. Habibiy.
Kampir kuyovini hami-sha shunday kutadimi yoki Nusratbek kelgani boismi, taom ancha ko'p va
xilma-xil edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
XILMA-XILLIK Har xillik, farq. Imlodagi xilma-xillik. Fikrlar xilma-xilligi.
XILONDON esk. Ichiga soqoltaroq, qa-yirma pichoq, tishkovlagich kabi buyumlar solib, belboqqa
osib yuriladigan, charmdan yasalgan kichik sumka. Qo'lida o'sha o'zing ko'r-gan xilondoni, oyog'ida
na/malik etik!A. Qo-diriy, Kichik asarlar.
XILOF \a. ^aCH^. — qarama-qarshilik; kelishmovchilik; ziddiyat; tafovut] Zid, qa-rama-qarshi,
teskari. Qoidaga xilof hara-kat. Intizomga xilof ravishda. sht Birov-nikini olish shariatga
xilof, musulmonlar! «Sharq yulduzi».
Xilofi shar'iy Shariat, dim ko'rsatma-lariga zid, qarshi. Mana shunday xilofi shar'iy
ishlaringizning kasofatidan bunday kunlarga tushdingiz. S. Aiinnii, Qullar.
XILT [a. `I ch - chalkashlik, noaniqlik; aralashma] 1 pshb. esk. Odam organizmi tar-kibidagi
to'rt modda (qon, balg'am, safro, savdo)ning biri.
2 Organizmdagi turlm moddalar.
XIL-XIL aim. xilma-xil. Ko'zni aldar xil-xiLi bo'yoqlar.. Mirtemir.
XILXONA \a. + f. -oU-J^ — xayli xona: bir xona axli, odamlari] Qabristonning biror urug'-
avlodga yoki mahallaga, o'ziga qarashli marhumni dafn etish uchun ajra-tilgan bir bo'lagi, bir
qismi. Chig'atoy ko'-chasin so'l tomonida Utsangiz muqaddas xil-xona taraf. Sanoqsiz qabrlar
g'aladonida Yotibdi Otello — u buyuk arab. A. Oripov. Lekin onam: -Io'q, men bu joyni tashlab
ketolmayman. Bu yerda ota-bobolarim o'tgan. Xilxonamiz shu yerda, — der edi. SH. Xolmir-zaev,
Og'ir tosh ko'chsa.
XIL'AT \a. - tu\fa. in'om qi-
lingan ust kiyim| 1 esk. kt. Odatda mn'om. hadya qilinadigan qimmatbaho to'n. Duodan keyin
hudaychi ikki to'n keltirib, kimxobni domla Niyozga va qora baxmaldan tikilgan mirzaboshilik
xil'atini Anvarga kiydirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 esk. Umumai. toza kiyim, libos. Ajab xil'at yarashgan qomati zebolaring bordir. Muqimiy.
Xil`ati ra`no, bo'yi zsbo gulis-tonim mena. Furqat.
XILQAT |«. ,-.«1ch - tabiat; tashqi ko'-rinish; tuzilish; shakl| kt. Yaratilgan, bun-yodga kslg'an
narsa yoki kimsa. Bunchalar sir-lisan, o qattol olam, Bunchalar bedilsan, bepoyon xilqat. A.
Oripov. Bemor menga uzoq tikilib turdi. Xuddi meni birinchi ko'ra-yotganday, ajib xilqatga
tikilayotganday tomosha qilbi. A. Nurmurodov. Urush beva-lari. _
XIMIK q. kimyogar. Ximik olim.
XIMIK q. kimyoviy. Ximik reaktsiya.
XIMIKAT |«ximiya» s. dan] Kimyoviy usulda tayyorlangan preparatlar, kimyoviy moddalar. Uchuvchi
ushshg | Qudratning] usti-<)an zahar.sh ximikat — butifos sepmoqda.
«YOSHLIK».
XIMIYA \lot. chimia < a. c\.n,<, -kimyo] q. kims. Organik ximiya.
XIMIYAVIY q. kimyoviy. Ximiyaviymah-cy.iom.iap. Ximiyaviy preparat. Ximiyaviy qu-po.i.iap. mm
Natriyning ximiyaviy aktivligi kaliynikidan ustunroq. «Fan va turmush».
XINA \a. tll=>. — xina| 1 Derbendoshlar-ga mansub butalar yoki daraxtchalar turku-mi; shu
turkumga oid qizg'ish gulli o'simlik. Ariq bo'yidagi.. kichikroq supa atrofida rayhon,
namozshom, xina gullari barq urib yotardi. S. Zunnunova, Olov.
2 lily o'simlikdan olinadigan, qo'l, tir-noq, sochni bo'yash uchun ishlatiladigan qiz-g'ish-sariq
rangli bo'yoq. Ingichka bellaring tasma, Qo'lda xina, qoshda o'sma. «Erali va Sherali».
Hayitdan keyin xinani ketingga (yoki orqangga) qo'y (avvalgi paytda qo'l va oyoq barmoqlariga,
kaftga xina ko'pincha hayit arafasida qo'yilgan) s.t. O'z vaqgida qilin-magan ish, ko'rilmagan
chora-tadbir haqida aytiladigan ibora.
XINAGUL Manzarali o'simlik sifa-tida ekiladigan, oq, pushti, qizil rangda gullaydigan bir
yillik o't o'simlik.
399
XINALAMOQ Xina bilan bo'yamoq. Tir-noqlarni xinalamoq.
XINALI Xina qo'yilgan, xina bilan bo'yalgan. Keling, ikkov ko'rishaylik Noz xi-nali qo'l bilan.
«Qo'shiklar».
XINZIR [a. — cho'chqa] esk. kt.
Cho'chqa, to'ng'iz.
XININ [ingl. quinine < kechua tilida: kina — po'stloq, po'st, qobiq] Tibbiyotda bez-gakka
qarshi preparat sifatida qo'llanuv-chi, xin daraxti po'stlog'idan olinadigan alkaloid.
XINO kt. poet. ayn. xina 1, 2. Bodayi gulgun ichib, rangim xino qilmoqchiman. Ha-bibiy. Men
jim yotarmanu qirda yo jarda Va yig'labo'parman qo'lingxinosin. M. Yusuf.
XIPPA rvsh. 1 Batamom, uzil-kesil. Maqsud qori ortiq gapirolmadi, yig'i kelib, tomog'ini
xippa bo'g'ib qo'ygandi. X. To'xtabo-yev, Yillar va yo'llar.
2 Jon-jaxdi bilan, birdan. Ikki yondan kelgan ikki kishi uni xippa ushladi. «Sharq yulduzi».
XIPCHA Ingichka, nozikkina; kelishgan. Alyonka qamishdek xipcha bel, chiroyli bir qiz edi. M.
Osim, Elchilar. Soching sunbul, xipcha kelgandir beling. «Nigor va Zamon». U sochi oqara
boshlagan, lekin qaddi-qomati yigitlarnikidek xipcha, bo'yi o'rtadan tik-roq kishi edi. P.
Qodirov, Uch ildiz.
Xipchadan kelgan Beli ingichkaroq, no-zikroq; ozg'inroq. Pochtal`on xipchadan kel-gan, yulduzi
issiqqina o'spirin edi. SH. Ra-shidov, Bo'rondan kuchli.
XIPCHALASHMOQ Xipcha bo'lmoq, no-ziklashmoq; ingichkalashmoq. Kimsan Sul-tonposhshaning kirtaygan
ko'zlarini, oriq-lab, xipchalashib qolgan gavdasini ko'z oldi-ga keltirdi. A. Muxtor, Tug'ilish.
XIPCHIN ain. xivich. Olimjon nuqul xo'kizlarini xipchin bilan savalar edi. O'. Ho-shimov, Ikki
eshik orasi. Fayzulla uchib keladi-yu, dushmanning kallasiga qo'lidagi xipchin bilan bir
tushiradi. S. Siyoev, Yorug'-lik.
XIPCHINLAMOQ ayn. xivichlamoq.
XIRA [f. — qorong'i, qora; ojiz, qo'rqoq; hayron, sargashta; botir, jasur; behayo, surbet,
shilqim; xumor, g'amgin (ko'z)] 1 Yorug', ravshan emas; nursiz. Xira yorug'uning yuzini bir damgina
yoritadi. S. Zunnunova,
Ko'k chiroqlar. Shiftga ilingan toshchiroq chayla ichini xira yoritib turardi. «Yoshlik».
2 Tiniq, shaffof emas. Xira eye. tsh Tramvayning xira oynasidan bo'sh vagonda o'tirib ketayotgan
konduktor lip etib bir ko'rinishdayoq Zaynabning butun xayolini o'g'ir-lab ketganini bilarmikan?
S. Zunnunova, Ko'k chirokdar.
3 Noaniq ravishda; yaqqol ko'zga tash-lanmaydigan. Shundan so'ng ular huv olisda ko'zga xira
tashlanib turuvchi sarbaland tog'lar tomon yurib ketishdi. «Yoshlik».
4 Yaxshi ko'rolmaydigan, ko'rish qobi-liyati past. Mana shunday ma'noli Buvim aytgan so'zlari.
Elektrdan nur olar Endi xira ko'zlari. 3. Diyor. Oqsoqolning xira ko'zlari chaqnadi, achchig'i
keldi. P. Tursun, O'qituvchi.
5 ko'chma Jaranglab chiqmaydigan, xiril-lagan (ovoz haqida). Xira ovoz. mm -Bolam, qorning
to'q ekan, ovozing xira chiqdi, — dedi dadasi. Oybek, Tanlangan asarlar.
6 ko'chma G'ashga tegadigan; shilqim, sur. -Bo'ldi! Muncha xira pashshaga o'xshab g'in-g'illaysan! —
dedi u zardasi qaynab. «Yosh-lik». Xira mehmon shunda ham nari ketmadi: -Lekin men bugun shu
yerda tunashim kerak. X. Sultonov, Onamning yurti.
7 ko'chma Noaniq; chigil. Xira o'ylar yura-gini g'ash qilar edi. «Yoshlik».
8 ko'chma Kishini xursand qilmaydigan, ko'ngil to'lmaydigan; kamchiligi bor. Yutuq-larimiz ko'p.
Biroq ishimizning ayrim xira tomonlari ham bor. Gazetadan.
Ko'z(i) xira tortmoq Ko'rish qobiliyati pasaymoq. Ko'zim xira tortganmi, bilmay-man, uni zo'rg'a
tanidim. «Yoshlik». Ko'ngli (yoki ta'bi) xira Yuragi g'ash, notinch. Biroq Sa-lomat opa choyga
uringanda, yana birdan ko'ng-li xira bo'la boshladi. A. Muxtor, Hayotga cha-qiriq. Ko'ngli g'ash,
ta'bi xira bo'lib yotgan Gulxayri ichkari xonaga o'tib ketdi. S. Nu-rov, Maysalarni ayoz
urmaydi. Xira tort-moq Yorug'ligi, nuri kamaymoq. Oy ham bu-tunlay xira tortib, ufqqa
yonboshladi. A. Muxtor, Kumush tola. Xira qilib yotmoq Bi-ror joyning ko'rkini buzib, band
qilib yotmoq. [ To'nka] Yotardi xira qichib Hovlimiz bir burchini. Q. Muhammadiy.
XIRAD [f. J- akd, idrok, es, fahm] esk. kt. Akd, zakovat; donolik.
400
XIRADMAND |0. JJ^J - akdli, es-li; dono| esk. kt. Akdli, donishmand. To-pib ilmu xiradga
payvand, Ham olim edi-yu, ham xiradmand. Alisher Navoiy.
XIRALANMOQ 1 O'z shaffofligini, tiniqligini, ravshanligini yo'qotmoq; xira bo'lib qolmoq,
xiralashmoq. Quyosh bot-di, oqshom cho'kdi dalaga, Xiralanib kelar qo'-riqetagi. G'. Shodi.
2 Kuchsizlanmoq, zaiflashmoq, nur so-chish, yoritish darajasi kamaymoq, yaxshi ko'-rinmaydigan
bo'lib qolmoq. Tuman kuyuqla-shib, oy xiralandi. mm Yulduzlar xiralanib, jimgina so'narkan,
Shokir ota uning qo'li-dan tutib, kuch bilan sudrab yetakladi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
Siyrak oq bulut orqali xiralanib ko'ringan quyosh g'arbga qarab yumalai boshlagan bir paytda
otliqlar qii`yuqqa kirib kelib, o'zlarshsh o'rab olgan odamlardan oqsoqolni so'radilar. P.
Tursun, O'qituvchi.
3 Ko'rish qobiliyati pasaymoq, yaxshi ko'-rolmaydigan bo'lib qolmoq; xiralashmoq. Ertak eshitishga
qishqqan boladek \ Elmurod} cholning.. xiralangan ko'zlariga tikiadi. P. Tursun, O'qituvchn.
4 ko'chma Birovni zeriktiradigan, g'ashiga tegadigan darajada xarakat qilmoq, xira-lik qilmoq;
shilqim bo'lmoq. Bola xirala-nib, onasiga yopishardi. Gazetadan.
XIRALASHMOQ ayn. xiralanmoq. Bu orada tuman tushdi. Yulduzlar xiralashdi. «Yoshlik».
Onaningko'zlari yoshdanxiralashib, o'g'lini ovutdi.. S. Nurov. Narvon.
XIRALIK 1 Biror narsa, buyumningti-niq, ravshan zmasligi. Shishaningxiraligi. Ko'zning
xiraligi.
2 ko'chma Shilqimlik, g'ashga tegish. Xi-ralik qilmoq. mm Xayriyat, Rahmatov ortiq xiralik
qilmadi, tansihatlik tilab, sekin chiqibketdi. M. M. Do'st, Lolazor.
3 ko'chma Bezovtalik; noxushlik; g'ashlik. Topivoldining ko'nglidagi xiralik bir oz tarqalgandek
bo'ldi. T. Ashurov, Oq ot.
XIRAXANDON |0. ^IJI^O^ - bekor-dan-bekor, bejo kulaveradigan) O'z xursapd-chiligi uchun
boshqalarga ozor beradigan; shilqim; bezori. Mushuklarni qiynab, to-vuqlarga tosh otib
o'ynaydigan xiraxandon bolalar bo'ladi. P. Qodirov, Uch ildiz.
XIRGOYI Past ovoz bilan aytiladi-gan ashula. Uzoqdan qizlarningxirgoyisi eshi-tildi. O.
Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
XIRILDOQ ayn. xirilloq. Anchadan ke-yin ichkaridan: -Savdo yo'q, do'kon ishlamay-di, — degan
xirildoq ovoz eshitildi. O. Yoqu-bov, Ulug'bek xazinasi.
XIRILLAMOQ Xir-xir ovoz chiqar-moq, xir-xir qilmoq. \Alimardon To'raev] Pul uchun dunyoning
narigi chekkasiga borishdan ham toymas, to'ylarda tongotar ashula aytib, xirillab qolardi. O'.
Hoshimov, Bahor qayt-maydi. Avvalo motorning ovozi o'zgardi, xi-rilladi, keyin butunlay
o'chdi. O. Yoqubov, Ba-hrr kunlaridan birida.
XIRILLASH 1 Xirillamoq fl. har. n.
2 tib. Nafas yo'llarining torayishi yoki ularda patologik holag' bo'lishi natijasida yuzaga
keladigan nafas shovqinlari.
XIRILLASHMOQ 1 Xirillamoq fl. birg. n. Itlar bir-biriga xirillashdi.
2 ko'chma s.t. Birov bilan urishmoq, ay-tishmoq; janjallashmoq. [Yo'lchi/Xoziruning nazarida
olamda eng past va razil ko'ringan Mirzakarimboy bilan pul yuzasidan xiril-lashish, yoqa
bo'g'ishishni o'ziga or biladi. Oy-bek, Tanlangan asarlar.
XIRILLOQ Xirillaydigan, «xir-xir» qiladigan (ovoz, tovush xaqida). Zindonning qopqog'i
ochilib, «Chiq, seni qo'rboshi janob-lari yo'qlayaptilar», degan xirilloq ovoz eshi-tildi. X.
To'xtaboev, Yillar va yo'llar. Fa-qat qandaydir xirilloq un chiqadi. S. ASH-MOB, Oppoq tong
qo'shig'i.
XIRMON \f. ;>>u*. - don yoki yanchil-magan bug'doy uyumi; bug'doy to'kilgan joy] 1 Yig'ib-terib
olingan ekinlar hosilini to'plash uchun ajratilgan joy, maydoncha. \Usta amaki\ Jo'xori yeri
yonidagi bug'doyi o'rib olingan bir yerni ko'rsatib, u yerni xir-mon joyi qilshiga maslahat
berdi. S. Ay-niy, Esdaliklar. Vali aka o'g'liga xirmon qi-linadigan joyni ko'rsatib, o'zi
terimchilar-ni Madaminxo'jashshg paxtazoriga.. boshlab ketdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Shunday joyga yanchish, tozalash yoki quritish uchun keltirilgan mahsulot (g'al-la, paxta va
sh.k.). O'roqda yo'q, mashoqda io'q, xirmonda hozir. Maqol. Ishga qo'nim — xir-monga unum. Maqol.
mm -Sizning o'rog'ingizni o'rgan, xirmoningizni yanchgan.. cheksiz xo'rlan-gan bir insonni
bilaman, — dedi Elmurod. P. Tursun, O'qituvchi.
3 Ko'p miqdorda to'plab qo'yilgan, uyib tashlangan narsalar. Shayx Ismoil ham kim-
401 gadir imo qildi. Bir lahzada har tomondan kitob xirmoniga o't urildi. K. Yashin, Hamza.
Xirmon ko'tarmoq Hosil yetishtirib, yig'ib olmoq. Gektaridan 15 sentnerdan xirmon ko'tardi. T.
Ashurov, Oq ot. Xirmon qilmoq Hosilni bir joyga to'plamoq, yig'moq. Paxtani xirmon qilmoq.
G'allani xirmon qilmoq.
XIRMON-XIRMON Xirmonlab; ko'p-lab. juda ko'p. Bugungi xirmon-xirmon pax-talar.. xalqimizning
mehnati evaziga kel-gan cho'l in'omidir. SH. Rashidov, Yangi yer haqida so'z.
XIROJ [a. j-lj^. — chiqarish; yer soli-g'i] Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida, jumladan, O'rta
Osiyoda o'rta asrlar va yangi davrda davlat tomonidan undirilgan yer solig'i (7-asrda arablar
tomonidan joriy qilingan). [Navoiy:] Aziz fuqaro! Hirot beklari tarafidan nohaq solingan
xiroj bekor qilindi. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy. Xiva xoni Muhammad Rahim I xi-
rojni pul bilan undirishni joriy qilgan. «O'zME».
XIROM [f. — latif, nazokatli
yurish, viqorli qadam] poet. Chiroyli yurish, noz-tamanno bilan qadam bosish. Xirom aylamoq
(etmoq, qilmoq). shsh Agar yoring xirom etsa, Sabolardan ayon bo'lgay. A. Oripov. Har dam xirom
aylab kirsang gulzo-ra, Gullar ko'ksin yirtib qilgay yuz pora. Habibiy.
XIROMON [f. ^LJ - latif, nazo-katli yuradigan, viqorli qadam tashlovchi] 1 poet. Chiroyli
yuradigan, noz-tamanno bilan qadam bosadigan. Xayr, go'zsp jono-nim, Sevimli xiromonim. M.
Shayxzoda. Ot-magay tong bog' aro azming xiromon bo'lmasa, Bulbuli shaydolaring gul uzra nolon
bo'lmasa. S. Abdulla. Tovus kabi aylabxiromon, Raqsga tushdi bir go'zal jonon. E. Vohidov,
Nido.
XIRPA 1 Bir tomoni toshga ishqab sil-liklangan; siyqasi chiqqan, silliq (oshiq haqida).
[Sulton kissavur] Qo'lida to'rtta xirpa oshiqni o'ynab kelar edi. G'. G'ulom, Shum bola.
2 ko'chma Ko'pni ko'rgan; quv, tullak. Tul-kilikda bu odam xirpa bo'lib keshgan. Mir-muhsin,
Qizil durralar. [U\ Ba'zi eski xir-pa amaldorlarning kirdikorlarini o'rgandi. Oybek,
Navoiy.
XIRPALAMOQ 1 Toshga ishqab, yedirib tekislamoq, silliqlamoq. Oshiqni xirpala-moq.
1 ko'chma Burnini yerga ishqalamoq, ada-bini bermoq. -Biz o'tshiz kishi Badiuzza-monning ellik-
oltmish yigitini obdan xir-paladik, — dedi Arslonqul Navoiyga ir-jayib. Oybek, Navoiy.
XIRPI ayn. xirpa.
XIRS \f. jA. — ayiq] s.t. Ayiq. O'zi ham xirsdan battar kuchli ekan, to boshini qayirgunimcha,
tag'in ikki tupni ezib yubor-di. H. Nazir, Bir tup g'o'za. Katta temir darvoza ostida cho'zilib
yotgan xirsday it boshini ko'tarib irilladi. A. Qahhor, Boshsiz odam.
Xirsday to'q 1) ovqatni ko'p yegan, qorni to'q; 2) ko'chma mo'l-ko'lchilikda yashovchi boy, badavlat
kishi haqida.
XIRURG \yun. cheirourgia — qo'l ishi] q. jarroh. Murod Rahimov qo'li yengil xirurg edi.
Gazetadan.
XIRURGIK q. jarrohlik 2. Xirurgik ope-ratsiya.
XIRURGIYA \yun. cheirourgia — qo'l ishi < cheir — qo'l + ergon — harakat, ish| q. jar-rohlik 1.
Xirurgiya bo'limi. shsh Hozirgi zamon xirurgiya fani kimyo, fizika, molekulyar bio-logiya kabi
sohalardagi yutuqlar natijasi-da rivojlanib bormoqda. «Fan va turmush».
XIR-XIR taql. s. Xirillagan ovoz, tovush \aqida. Bek so'z davomida negadir xir-xir kuladi.
A. Qahhor, Asarlar. Ahror xir-xir yo'taldi. SH. Toshmatov, Tongdagi ko'-lanka.
XIRQA [a. &— quroq; laxtak; latta-putta] esk. 1 Dag'al matolardan qurab ti-kilgan libos;
darvishlar kiyimi; janda. Qalandar darvishlik xirqasini kiyishga ki-yib, pushaymon chekib yurgan
paytlar edi. O. Yoqubov, Ulug'bek xazinasi.
2 Eski, juldur kiyim. Kambag'alningxir-qasidan or qilmoq shunchalar. Muqimiy.
XIRQAPO'SH [a. + f. oijwo^ - xir-qa kiygan; darvish, qalandar] esk. 1 Janda kiygan; darvishlik
qiluvchi, darvish.
2 Yengil-yupun kiyingan; faqir. kam-bagal; tilanchi, gadoy.
XIRQI ayn. xirqiroq. Xonaga jimlik cho'kib, to'satdan yana yig'i tovushi xavf so-lib qoldi. Shu
topda hammadan tetikroq
26—O'zbek tilinint izoxli lugati
402
Oksana erkakcha xirqi tovush bilan buning oldini oldi. A. Muxtor, Tug'ilish.
XIRQIRAMOQ «Xir-xir» qilib ovoz chiqarmoq. Yonda Dadaqo'zi ham inqillab ingrab, pichoq yegandek
xirqirardi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat.
XIRQIROQ Xirillagan, «xir-xir» qiladigan; xirildoq. Ushalmagan orzu ala-midan iztirob
chekib, parishonhol turganida, kimdir xirqiroq tovushda.. dedi. S. Anorbo-yev, Sayli.
Muazzinlarning xirqiroq tovu-shi tingan, tong yorishib kelardi. S. Siyoev, Yorug'lik.
XISLAT [a. — sifat, xossa, xu-
susiyat] Kishi yoki narsaning muhim ijo-biy belgisi; sifati; xususiyat, fazilat. Yaxshi xislat —
go'zal fazilat. Maqol. tsh Har faslning o'z xislati bor, Har faslning o'z fazilati, Kumush
qishdan, zumrad bahordan Krlishmaydi kuzning ziynati. Uyg'un.
XISLATLI Biror xislatga ega, xislati bor. Bu ajoyib xislatli ayolning qilmish-qidirmishlarini
uning o'zidan eshitamiz. T. Rustamov, Mangu jasorat.
XITTajang, asabiy; bo'g'ilgan. Men, dar-vozani yopib, ichkariga kirdim. Negadir xit edim. SH.
Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
Ko'ngli xit Ta'bi xira, ko'ngli g'ash. -Ko'ng-lim xit bo'lib, divanga yonboshladim, — dedi Uchqun.
O. Yoqubov, Bir fel`eton qissasi. Xit bo'lmoq Asabiylashmoq. Rustam bobo hali-dan buyon
suhbatga aralasholmagani uchun, bahona topolmaganidan, xit bo'lib turgan-di. X. To'xtaboev,
Yillar va yo'llar Xit qil-moq Yurakni siqmoq, asabiylashtirmoq. Bosim o'tirib, xatlarga javob
yozaverish odamni xit qilib yuboradi. F. Musajonov, Himmat. [Shum bola:] Xo'jayin, deyman,
o'zin-giz ham juda xit qilib yuborar ekansiz-da! G'. G'ulom, Shum bola.
XITLANMOQ kam qo'll. ayn. xit bo'l-moq q. xit.
XITLIK Qaysarlik, o'jarlik, asabiy-lik. Io'ldoshning asabi kechgacha yozilmadi. Samovarning
jo'mragini burashga ham xit-lik qilib, bir-ikki marta qo'lini kuydirib oldi. N. Yusufiy, Hayot
so'qmokdarida.
XITOB \a. _-\ — nutq; yozuv, yozuvli xabar, axborot] Kuchli his-tuyg'u, hayajon-ni, istakni
ifodalovchi jumla; chaqiriq. Olomon yana guv etib, «Balli, azamat!»
«Umrshg uzoq bo'lsin, bolam!» degan xitoblar eshitildi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
Xitob qilmoq (yoki etmoq) Kuchli xis-hayajon bilan qichqirmoq, birovga murojaat qilmoq. -
Hurmatli janoblar/— dediuxitob qilib. K. Yashin, Hamza.
XITOBAN [a. Ll-ki^ - xitob qilgan holda, xitob tarzida] rvsh. Murojaat qi-lib, murojaat
tarzida. -Janobning amrlari bilan, — dedi Anvar ularga xitoban, — eng og'ir va javobgarlik
bir xizmatni o'z us-timga olishga majbur bo'ldim. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. [Navoiy] Shuning
uchun li-rik bir chekinish bilan soqiyga xitoban ay-tadi.. T. Jalolov, «Xamsa» talqinlari.
XITOBNOMA [xitob + noma] Biror ish yoki harakat qilishga undab yozilgan maktub, yozma chaqiriq,
murojaatnoma. Tinchlik sha-rafdorlarining xitobnomasi.
XITOY 1 q. xitoylar. Xitoy tili. Xi-toy ayol. shsh Bu naxjiaeoa Iskandar iltifo-tiga noil
bo'lgan xitoy go'zali bo'lib chiqadi. T. Jalolov, «Xamsa» talqinlari.
2 Xitoyga, xitoylarga xos; Xitoyda ish-langan. Xitoy madaniyati. Xitoy vazasi. mm Eshon aya
xitoy laganda qovurma olib kirdi. S. Ahmad, Xukm. ..bezak uchun u yerga, bu yerga qo'yilgan
xitoy vazalarini latta bilan yax-shsh\ab artdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Xitoy devori 1) Xitoyni Mo'g'uliston-dan ajratib turgan qadimiy devor; Saddi Chiniy. Ana,
katta qo'rg'on. Uning uch tomo-nidagi baland devorlar Ziyodillaga «Iskan-darnoma»da
ta'riflangan xitoy devoriga o'xshab ko'rindi. H. G'ulom, Mash'al; 2) ko'chma o'tib bo'lmas to'siq,
g'ov; ajratib turuvchi chegara. Shundan keyin bu ikki do'st o'rtasida xitoy devori paydo bo'ldi.
«Yoshlik». Xitoy loviya s. t. Soya (o'simlik). Xitoy qog'oz s.t. Yupqa shaldiroq qog'oz. Ertalab
kichkina xitoy qog'ozga yozilgan xatni olib, Seryoja Astaxov orqasiga qaytdi. A. Rahmat, Soqov
bola.
XITOYI Xitoy mamlakati va xitoy-larga oid; Xitoyda tayyorlangan. Xitoyi shohi. tsh Otabek
shoshib, tokchadagi xitoyi norin tovoqni oldi. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar. Beklar, vazirlar..
kimxoblarga, xitoyi shoxiga belanib [podshoh yoniga] kirishdi. Oybek, Navoiy.
XITOYLAR Xitoy Xalq Respublikasi-ning asosiy aholisini tashkil etuvchi,
403
xitoy tilida so'zlashuvchi xalq (o'zlarini xantszu, xan` deb ataydilar). Ulug'bek turk-lar va
xitoylar kecha-kunduzni yarim kecha-dan boshlaganliklarini qayd etadi. «Fan va turmush».
XITOYCHA 1 Xitoyga, xitoy xalqiga, uning alifbosi, tili, adabiyoti va mada-niyatiga oid.
Xitoycha raqs.
2 Xitoy tili. Xitoycha gaplashmoq. Siz xitoychani bilasizmi?
XITOYSHUNOS [xitoy + f. ^U^i, -o'rganuvchi] Xitoy tili, adabiyoti, iqtiso-diyoti, siyosati,
falsafasi, madaniyati va tarixi bilan shug'ullanuvchi mutaxassis; sinolog. Xitoyshunos olim.
XITOYSHUNOSLIK Xitoy tili, ada-biyoti, iqtisodiyoti, siyosati, falsafasi, san'ati, madaniyati
va tarixini o'rganuvchi fan; sinologiya.
XIX und. s. Eshakni tez yurgizishga qis-tash uchun ishlatiladi. U[Hasan ovchi\ eshak-ni, xix, deb
tezlatdi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
XI-XI taql. Sekin, bosiq tovush bi-lan kulishni ifodalaydi. -Xi-xi-xi. Bu menga cup emasdi,
do'stim, — dedi Urfon, og'zining tanobi qochib. K. Yashin, Xamza.
XIXILAMOQ Sekin, bosiq tovush bilan kulmoq. -Kamtarlikdano'rgishy, — yana xixilab kuldi bangi.
O. Yoqubov, Larza. Ham-malari kulishib, ayniqsa, Xolmirza akaning xixilashdan ichagi
uzilayozdi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
XIXLAMOQ «Xix», «xix» deb eshakni yurishga undamoq. Mayna eshagini xuxjiadu va shu zahotiyoq
ketidan Narzi tog'a mingan eshakning ham dikirlagan yo'rg'asi eshitildi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
XISHT [f. I-,,m ch — g'isht; quyma (oltin)] esk. ayn. g'isht. Qo'lingdan o'tmishdir har bitta
xishti, Rahmat, der o'zbekning o'n yetti pushti. G'. G'ulom.
XISHTAK [f. .<-*x - kichik g'isht; ishton og'iga, ko'ylak qo'ltig'iga qo'yiladi-gan mato parchasi|
Ishton, shim, shalvar kabilarning har ikki qismini bir-biriga ulashda chot oralig'iga yoki ko'ylak
qo'ltig'iga qo'shib tikiladigan tumorcha shaklidagi bir parcha mato; og'.
XISHTIN [f. ^g. ,mCH — g'ishtli, g'isht-dan qilingan] esk. ayn. g'ishtin. Otabek, qutidor va Oftob
oyim.. yangi xishtin sag'a¬na qarshisida to'xtadilar. A. Qodiriy, O't-gan kunlar.
XLOR \yun. chloros — yashil-sariq] Men-deleev davriy sistemasining VII guruhiga mansub
kimyoviy element; yashil-sariq tus-li, o'tkir hidli, zaharli, bo'g'uvchi gaz. Xlor birikmalari
xalq xo'jaligining turli soha-larida keng miqyosda ishlatiladi. «Anorga-nik kimyo».
XLORLAMOQ Narsalarni xlor vosi-tasida zararsizlantirmoq, dezinfektsiya qilmoq. Oqova
suvlarni suv havzalariga ag'darishdan oldin xlorlab, ul`trabinafsha nurlar.. ta'sir
ettiriladi. «Fan va tur-mush».
XLORLI Tarkibida xlori bor, xlor qo'shilgan. Xlorli suv bo'lgan idishning tiqi-ni ochilsa,
undan xlorning hidi kelib turadi. «Anorganik kimyo». Xlorning suvdagi erit-masi «xlorli
suv» deyiladi. «Anorganik kimyo».
XLOROFILL [yun. chloros - yashil + phyllon — barg] O'simliklarning yashil pig-menti: yorug'lik
energiyasini o'zlashtirib, uni organik moddalarning kimyoviy ener-giyasiga aylantirishdan iborat
biologik vazifani bajaradi. Suvo'tlar.. hujayra-larida xlorofill donalari saqlaydigan va
yorug'lik ta'sirida organik moddalar hosil qiladigan tuban o'simliklardir. «Botanika».
XLOROFORM [yun. chloros - yashil + lot. form — tus, ko'rinish] Sanoatda eri-tuvchi, tibbiyotda
asosan narkoz sifatida qo'llanuvchi o'tkir hidli, shirin ta'mli rangsiz suyuklik. Xloroform
hidlatmoq. ish Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirti qo'shiladi. «O'zME».
XOB [f. IJIj-i. — uyqu, uxlash; tush, tush ko'rish] 1 kt. ayn. uyqu. Yomg'ir ham tinmadi o'sha kuni
hech, Uxam quvolmadi ko'zda xobing-ni. A. Oripov.
2 ayn. tush 1. Qsmbginasi zirqirar lo'q-lo'q, Ungmas go'yo kezar xob ichra. M. Ali.
XOBGOH \f. j-i. - uxlash xonasi; ko'rpa-yostiq] kt. Yotoqxona. Bu mudhish xabar Samarqandga
kelganda, Bobur qattiq betob bo'lib.. xobgohda isitmalab yotgan edi. P. Qodirov, Yulduzli
tunlar.
XOBXONA [xob + xona] ayn. xobgoh. La-tofat xobxona eshigini ochib, uning joyini tayyorlab
qo'ygan ekan. A. Ibodinov, «Lato-fat» do'konidagi qatl.
404
XODA \f. »jLa. — uzun yog'och, tayoq| Katta daraxtning butoq va shox-shabbalari kesib tashlangan
poyasi, tanasi; uzun yog'och. Sada soyaberar, Tol xoda berar. Maqol. mm Yo'lchi.. chirik taxtalar
o'rniga yo'g'on-ingichka xoda-lar yotkizilgan ko'prik oldida qovun ortgan arava to'xtaganini..
ko'rdi. Oybek, Tanlan-gan asarlar.
Dumini xoda qilib q. dum 1.
XODIM [a. fjU. — xizmatchi; xizmat-kor; yugurdak] 1 esk. O'tmishda saroy yoki o'rdada xon, bek
va sh.k. ning xizmatini qilib yuruvchi kishi. Xon, a'yonlariga ruxsat berib, haramga kirgan,
o'rdaning kunduzlik xodimlari tarqalishib, faqat kecha bekla-ri, xon soqchilari, doimiy
xodimlar qolgan edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 Biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi. Savdo xodimi. Xalq maori-fi
xodimlari. Tibbiyot xodimi. mm -Tergov o'tkazmasdan qanday ushlaysiz, — e`tiroz bildirdi
prokuratura xodimi. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
Ilmiy xodim Ilmiy tekshirish muassa-sasida ishlovchi kishi. Ko'p o'tmay ilmiy xodimlardan
ba'zilari Salimxon Obidii-ning.. nega ketib qolganini Umiddan so'rash-di. Mirmuhsin, Umid.
Institutimizda qancha ilmiy xodim bo'lsa, hammasi yopirilib kelaverdi. X. To'xtaboev, Shirin
qovunlar mamlakati.
XODIMA \a. O.JL=». — xizmatchi ayol; oqsoch] Ayol xodim. O'ttiz besh yoshlarda ko'-ringan bu go'zal
xotin haram xodimalari-dan Gulshanbonu edi. A. Qodiriy, Mehrob-dan chayon. Keyin xodima
hovlining bir chek-kasida qo'l qovushtirib turgan durkungina kanizakni ko'rib, bir imo kildi.
M. Osim, Karvon yo'llarida
XODIMGAR \a.+ f. - xodim-
lik qiluvchi] Xodimi qiluvchi kishi. -Ota-larimizning ko'pchiligi mayda kosiblar, qo-rovul,
xodimgar, meshkob.. va hokazo bo'lgan-liklari uchun.. ularning yoniga ko'makchi bo'lib tushish
bizga to'g'ri kelmas jXODIMI \a. + f. - xolimlik,
xizmat ko'rsatish]: xodimi qilmoq Birovni ishqalab, uqalab yuvintirmoq, massaj qilmoq (asosan
hammomda). Hasanxonni Xon Dalli xodimi qilib uxlatdi. Ergash Ju-manbulbul o'g'li.
XODIMLIK Xodim bo'lib xizmat qi-lishlik. Gazetada xodimlik qilmoq.
XODIMCHI s.t. Xodimgar.
XODMIGAR s.t. Xodimgar. U \Mirzo) hordiq oqshomi hammomga tushdi-yu, xodmi-garlardan biriga
haligi so'rog'ini berdi. A. Qahhor, Mirzo.
XOJA \f. xo'jayin. \Beruniy:\ Gurganj ami-ridek zolim yurtimizga xoja bo'lsa, holimizga voy! M. Osim,
Jayhun ustida bulutlar.
2 Tasavvufda: tariqat mashoyixlariga beriladigan unvon. Masalan: Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja
Abduxoliq G'ijduvoniy.
XOIN \a. jiU. — axdini buzuvchi, xiyo-natkor] 1 A\dini, qasamini buzib, xiyonat-korona ish
tutuvchi; firibgar, muttaham. Endigina g'unchadan chiqayotgan bu yosuman gul-ni \Kumushbibini\
xoin qo'llarning zahri so'litgan. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 O'zi mansub bo'lgan ijtimoiy guruh yoki o'z xalqi, o'z vatani manfaatiga zid ish tutuvchi,
uning dushmanlari bilan hamkor-lik qiluvchi, dushman tomoniga o'tgan ki-shi; sotqin. [Navoiy:]
Davlatimizni yakson qilmoqchi bo'lgan xoinga saltanat dargohida o'rin yo'q! Uyg'un va I. Sulton,
Alisher Na-voiy.
XOINLARCHA ayn. xoinona. Xoishgarcha ish tutmoq.
XOINLIK Sotqinlik. Sizlaruchun mard-lik bilan xoinlikning farqi qolmadimi? Kechagina Bobur
mirzoga sodiqmiz, deb qasam-yod etganlar bugun unga shunchalar yomonlik qilmoqdasiz?!P.
Qodirov, Yulduzli tunlar.
XOINONA \a. + f. ^1^>\-± - xoinlarcha, xiyonatkorona] rvsh. Xoinlarcha, xiyonat-korona. Ablah
Qutim qoraning xoinona ishi bilan qancha falokat sodir bo'ldi. J. Sha-ripov, Xorazm.
XOK \f. ^U. - tuproq, yer; yurt, hudud; chang, to'zon| kt. 1 ayn. tuproq. Bobolar yur-ti bu,
chirog'im, Qadrlab ko'zga surt xokini. U. Abduazimova.
2 Tuproqqa yoki kulga aylangan inson jasadi. Chunki sening so'lim sohillaringda Uzoq
bobolarning xoki bor, Amu! Mirtemir.
XOKA \f. tSUv — chang, to'zon; kukun] Mayda, kukun (ko'mir haqida). Toyir aka o'z oldidagi
yonib o'chgan xokalarni kuldan aj-
ratib, gulxanga tashlar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
XOKANDOZ \f. jljil^U. -chang-tuproq, axlat yig'ishtiradigan (kurakcha)) Olov, kul, ko'mir,
supurindi va sh.k. ni olish, tashish uchun ishlatiladigan dastali asbob; olov-kurak. Xosiyat xola
xokandozda pista ko'mir keltirib, samovarga tashladi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi. Uning
[kapitanning] qar-shisiga supurgi va xokandoz ko'targan bir ayol shaxt bilan kelardi. O'.
Umarbekov, Yoz yom-g'iri.
XOKI \f. — yer rangidagi, chang bosgan): xoki anjir Anjir daraxtining yozda pishadigan mevasi
(ikkinchi marta kuzda pishadiganidan farkdab shunday deyiladi). Xoki anjir tugab, qovun g'arq
pishgan Baxt-li tongotar choguni kuzatdim. G'. G'ulom.
XOKIPOY [f. ^UJSU. - oyoqning chan-gi, gardi] Oyoq ostidagi tuproq. Armon bo'l-di, xokipoyin
o'pmadim, Dildorimga ko'p zor aylading, falak. «Tohir va Zuhra».
XOKIPOK \f. ^L^L^ - toza, muqad-das tuproq| Muqaddas tuproq. Men ham bir o'g'lingman, ona
sayyora, Bag'ring men uchun ham xokipok bo'lsin. A. Oripov.
XOKISOR, xoksor |0. - chang,
to'zon bosgan; kamtar, sodda; itoatkor] 1 Ni-hoyat darajada kamtar, sodda. Mavlono Shaho-
biddin g'oyat kamtarin va xokisordir. Oybek, Navoiy.
2 Itoat qiluvchi, itoatkor, bo'yin eguv-chi; ojiz. Ulug' xoqon, bu xokisor qulingiz-ning bir
tortig'i bor. Oybek, Navoiy. Le-kin inson qul, inson ojiz, u bamisoli chumo-liday xokisor
maxluq, deganlar mutlaqo yanglishadi.. K. Yashin, Hamza. O'shanda Aqida g'aroyib hikoyalari bilan
tobora yuragiga chuqurroq kirib kelayotgan bu bolaning oldida o'zini juda xokisor va hatto
xo'rlangandek his qiyadi. N. Otaxonov, Oqshom xayollari.
XOKISORLIK, xoksorlik O'ta kamtar-lik; itoatkorlik, mutelik. Majdiddin xo-kisorlik bilan
unga yaqin kelib, qulluq qil-di. Oybek, Navoiy. Qurbon unga xokisorlik bilan tikildi. SH.
Xolmirzaev, Qil ko'prik.
XOKISORONA, xoksorona kt. Xokisor holatda. -Nachora, — dedi boyagiday kamtaru xokisorona
iljayib, — boshqa choram yo'q mening. M. M. Do'st, Lolazor.
XOKITUROB \f. + a. ch\- chang va tuproq| kt. Yer bilan yakson; xarob. -Din¬dan qaytganlar
qo'lida nahotki bizning xo-numonimiz kuyib, xokiturob bo'lib ketsa, bunga aslo chidab
bo'lmaydi, — dedi Sodiqjon boyvachcha tutaqib. K. Yashin, Hamza.
XOKITO'ZON ayn. xokiturob. Qoldi xayrlashib ortida endi Xokito'zon bo'lgan kulbasi yana. T.
To'la.
XOKKEY \ingl. hockey < ehtimol eski fr. hoquet — cho'ponlarning uchi qayrilma tayog'i]
Darvozali muz maydoni yoki maysa ustida klyushka va to'p (shayba) bilan ko-manda bo'lib
o'ynaladigan sport o'yini. To'p-li xokkey. Chim ustida xokkey. Shaybali xok-key. shsh Bir oz
tanaffusdan so'ng programma-da.. xokkey o'yini ko'rsatila boshlandi. O'. Usmonov, Sirli sohil.
XOKKEYCHI Xokkey o'ynovchi sportchi. Miriman Kim, Oybek Patiddinov, Rinat Mamatkazin kabi
mahoratli murabbiylar yetakchi xokkeychilarni tarbiyaladi. «O'zME».
XOL \f. JLi. — meng, xol] I 1 Badanda, teri ustida bo'ladigan tug'ma dog' yoki bo'rg'ma. \Kumush\
Latif burni yonidagi qora xoli-ning tabiiyligiga ishonmagandek qashib ko'rdi va ko'zgu yonidan
jo'nadi. A. Krdiriy, O'tgan kunlar.
Xol qo'ymoq 1) yasama xol hosil qilmoq; biror joyga nuqta yoki xolga o'xshatib belgi qo'ymoq.
Ikki qosh o'rtasi qizil xol qo'ymoq Hindu qizlarining qadim ko'rkidir. G'. G'ulom. La`li shakar,
so'zlari bol, Oq yuziga qo'yibdi xol. «Baxrom va Gulandom»; 2) ko'chma ishning pachavasini
chiqarmoq, rasvo qilmoq. Endi bo'lar ish bo'ldi. -Qo'y, Xolvoy, muncha kuyding, Mo'l hosil
yetkazding-u, Yig'ib olmay xol qo'i-ding. O. Qo'chqorbekov.
2 tib. Terining tug'ma nuqsonlaridan biri.
3 Domino, pichoqdastasi va sh.k. ga o'yil-gan yoki qadalgan belgi; bezak uchun qilingan ko'z va
sh.k.
4 ko'chma Biror narsaning eng muhim. chi-royli joyi; latofat, go'zallik, husn. Far-g'ona —
O'zbekistonning xoli, husni. Shuxrat, Shinelli yillar.
Xol bo'lib tushmoq Husn bo'lib turmoq, yarashmoq. -Yo'l bo'lsin Avazxon o'g'lingizga, Xol tushgan
Chambil elingizga.. — dedi Jorti-boy oqsoqol Go'ro'g'liga. «Zulfizar bilan Avaz-xon».
XOL II Ayollarning peshona va chakkaga taqadigan bezagi, zargarlik buyumi. Baqtriya
(2-asr), Dalvarzintepa (3-asr) dan topil-gan, peshonasida xollari bo'lgan haykallar xol-ning
qadimiyligidan darak beradi. «O'zME».
XOLA \a. 4-ILi. — xola] 1 Onaning sint-lisi yoki opasi. ..Bobur xolasi va qaylig'i-ni butun
odamlariyu ko'ch-ko'ronlari bilan birga qo'riqlab olib ketmoqda. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
2 Keksa ayollarga hurmat bilan muroja-at qilish shakli. Lutfiniso bo'g'chadan ikki do'ppi olib,
besh so'm pul bilan uzatdi. Yo'l to'suvchilar quvonib baqirishdi: - To'y ustiga to'y ko'ring, xola!
Oybek, Tanlangan asar-lar. U kampirga yaqinroq borib: -Ikki kilo tortvoring [nokdan], xola,
— deya unga yuz-landi. A. Obidjon, Akang qarag'ay Gulmat.
3 Hurmat yuzasidan yoshi katta ayollar ismiga qo'shib ishlatiladi. \Rais:\ Qani, To'xta xola,
gapiring! A. Kdhhor, Kampirlar sim qoqdi.
XOLAVACHCHA [a. + f. (bir-birlariga nisbatan). \Xo-lida\ Xolavachchasi bilan quyuq ko'rishdi. «Yoshlik».
XOLDING [ingl. holding — egalik qi-luvchi, ega bo'lgan] iqt. 1 Boshqa firma-larni nazorat
qilish va boshqarish maq-sadida ularning aktsiya nazorat paketlari-ni sotib olib egalik qilish.
2 ayn. xolding kompaniya. O'zining tash-kiliy-huquqiy shakliga ko'ra, xolding, odatda,
aktsiyadorlik jamiyati qatoriga kiradi. «O'zME».
Xolding kompaniya [ingl. holding-com¬pany] iqt. Asosiy faoliyati boshqa korxo-nalarning
aktsiyalarini o'z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat
bo'lgan kompaniya, bosh korxona.
XOLDOR [f. jldJLiv - xolga ega bo'lgan, xolli] 1 Yuzida, badanida xoli bor; xolli. Xoldor
juvon.
2 Badanida yoki sirtida mayda dog'i yoki dog'lari bo'lgan. Xoldor ot. Xoldor qanotli kapalak.
mm [O'g'il buvi] Qutichani aylan-tirgan edi, uning ichidagi qalay, kumush uzuk.. chiroyli xoldor
qilib ishlangan ko'zmunchoq kabi bir qancha mayda narsalar yerga to'-kildilar. H. Shams, Dushman.
3 Xoldor (erkaklar ismi).
XOLETSISTIT \yun. chole - o't, safro + kystis — pufak] tib. O't pufagining o'tkir yoki surunkali
yallig'lanishi. O'tkir xoletsis-titda o'ng qovurg'a ostida — jigar sohasida, ba'zan kindik
atrofida to'satdan qattiq og'riq paydo bo'ladi. «O'zME».
XOLI \a. ^U*. — bo'sh, quruq; egallan-magan] 1 Kimsasiz, bo'sh. Nuriniso esa ichka-ri hovlidagi
to'rt uydan biri — onasining uyiga kirdi. Chunki bu uy xoli edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 sft. Chet, xilvat, ovloq. Yigit o'ylay-o'ylay, Shoqosimningxizmat qiladigan joyi-ni,
juvozkashnikini ma'qul ko'rdi. Chunki bu joy Mirzakarimboy uyidan ikki-uch mahalla narida, ham
bundan boshqa xoli joyni topish qiyin. Oybek, Tanlangan asarlar.
3 rvsh. Yakkama-yakka, guvoxlarsiz. Qani, o'tiring, siz bilan xoliroq gashashaylik-chi bo'lmasa.
P. Tursun, O'qituvchi. -Siz bilan maslahatlashmoqchi edim, xoli ko'rishganimiz yaxshi bo'ldi, —
dedi Nina Oynisaga. H. G'u-lom, Toshkentliklar.
4 Biror narsadan ozod, bo'shagan, unga aloqasiz. Bu /hijron] Temirjonnk xiyla qiynagan,
kundalik tashvishlardan xoli bo'lgan paytlarda esa o'ylay-o'ylay o'yiga yetolmay hasrat chekar
edi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
..dan xoli emas Chiqish kelishigidagi ot bilan bog'lanib, shu ot anglatgan narsa, voqea-
hodisaning mavjudligi, borligini bildiradi. Odamning o'z faoliyatini o'zi taxlil etib turishi
foydadan xoli emas. Kechga borib yomg'ir yog'ishi ehtimoldan xoli emas. Mazkur ilmiy ish
kamchilikdan xoli emas. Xoli qoldirmoq (yoki qo'ymoq) Suhbat-ga guvoh bo'lmaslik yoki xalaqit
bermaslik uchun kimsa(lar)ni yolg'iz qoldirmoq. -Eshoi xalfa, endi bizni xoli qoldiring, —
dedi hazrat fotiha o'qilgach. -Xo'p, taqsir, — dedi-yu, Matqovul xalfa.. chiqib ketdi. K. Yashin,
Hamza. Qovog'i soliq soqchi ham uncha-lik insofsiz emas ekan, ikkovimizni xoli qoldirib,
hovliga chiqib ketdi. X. To'xtabo-yev, Shirin qovunlar mamlakati.
XOLILATMOQ kam qo'll. Biror joyni kishilardan xoli qilmoq; bo'shatmoq; bi-rovni yolg'iz
qoldirmoq. O'zbek oyim uyni xolilatib, Hasanalini o'z oldiga chaqirti-rib kirdi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
407 YAX^
XOLIS \a. ^usLK^. — toza, sof, qorish-masiz; samimiy; bo'sh, xoli] 1 Voqelikka haqqoniy nazar
bilan qaraydigan, ob'ektiv baholaydigan. Tarjima tanqidchisi xolis bo'lishi, tahlilga
oldindan qat'iy hukmlar bilan «cheklanib» kirishmasligi kerak. G'. Salomov, Tarjima
nazariyasiga kirish.
2 Beg'araz, samimiy; ta'masiz. Mohlar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy..
edi. A. Qodiriy Mehrobdan chayon. -U [To'xtasin Jalilov] bilganlarini menga minnatsiz, jon-
dili bilan, xolis o'rgatar edi, — dedi Halima. H. Nosirova, Men o'z-bek qiziman.
3 huq. Qamoqqa olish, tintuv o'tkazish kabi hollarda hukumat organlari tomoni-dan ob'ektiv
guvoh sifatida chaqirilgan shaxs. Xolis o'zi ishtirok etgan tergov hara-katini yuritish bilan
bog'liq holatlar bo'-yicha guvoh tiriqasida so'roq qshshnishi mum-kin. Gazetadan.
4 Biror kimsa yoki narsadan xoli. Dunyo nodonlardan xolis bo'lganda edi, bu olam yana ham
munavvarlik kashf ztardi. Gazetadan.
5 Xolis (xotin-qizlar ismi).
Niyati xolis Niyati sidqidildan, beg'a-raz. Buni qarang, niyati xolis bolaman-da, o'zingizga
ro'para kelib turibman. S. Ahmad, Ufq. Xolis guvoh 1) ikki tomonga xam be-taraf guvoh; 2)
ayn. xolis 3. Xolis xizmat 1) ta'masiz, halol xizmat. Bu joy mehnat-kashlarga xolis xizmat
qiladigan.. orom-gohdir. K. Mahmudov, Qiziqarli pazanda-lik; 2) kest. (qo'shtirnoq ichiga
olinadi) g'arazli niyat bilan qilingan ish. Bu tintuv Sayfiyning «xolis xizmati» tufayli
bo'l-ganligini u \Avaz\ darhol angladi. S. Siyoev, Avaz.
XOLISANLILLO(H) [a. iL-JUJ ayn. xolisona. Ammo yozuvchi haqida, uning kitobi haqida kimki
o'ylab, xolisashshllo fikr ayt-masa, sharmanda bo'lishi turgan gap ekan. Shukrullo, Javohirlar
sandig'i.
XOLISLIK Haqqoniylik, ob'ektiv-lik; samimiylik, beg'arazlik. Niyatningxo-lisligi. tsh Mening
xolisligimni shundan ham bilsangiz bo'lar edi, uka. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
XOLISONA \a. + f. ob'ektiv holda. «Boburno-ma»da esa tarixiy haqiqat xolisona ra¬vishda.. qayd qilinadi. «Fan
va turmush». Tanqid ayovsiz va xolisona bo'lishi kvrak. Ga-zetadan.
2 O'z manfaatini ko'zlamagan holda, Tab-Ma qilmasdan; beg'araz. Lekin shunga qara-may, bugungi
kunda siz bizga xolisona yordam qo'lini cho'zib turibsiz.'\. Shayxov, Rene jum-bog'i.
XOLIQ [a. jJU>. — yaratuvchi, ijodkor] 1 din. Yaratuvchi (Allohning sifatlaridan biri).
Yaxshilik qil, daryoga ot, daryobilmasa, baliq bilur, baliq bilmasa, xoliq bilur. Maqol.
2 Xoliq (erkaklar ismi).
XOLL \ingl. hall| 1 Yevropada ilk o'rta asrda ingliz turarjoylarining jamoat-xonasi; jamoat
yig'iladigan, nisbatan katta xona.
2 Teatr, mehmonxona kabi zamonaviy jamoat binolarida dam olish yoki biror shaxs bilan
suhbatlashish uchun foydalani-ladigan jiqozlangan xona.
XOLLI Xoli bor. Uning \Nigoraning\ qop-qora xolli lablariga tabassum qo'ndi. S. Anorboev,
Oqsoy.
XOLODIL`NIK \r. xolodil`nik -so-vutkich] 1 Tez buziladigan oziq-ovqat mahsu-lotlarini
sovitish, muzlatish yo'li bilan saklaydigan korxona va uning binosi.
2 Ichiga sovitish apparati o'rnatilgan javonsimon ro'zg'or butomi. Xolodil`nikdan.. yegulik
qidirdi. «Yoshlik».
XOLOYI shv. 1 Qarindosh yoki yaqin bo'l-gan katta yoshli ayollarga nisbatan muroja-at qilish shakli.
2 Xola.
XOLOS \a. — qutulish, ozod bo'-
lish] yukl. Bori-yo'g'i, faqat, faqatgina. Shoirlar aldaydi bizni, jonginam, Bahor doim emas,
uch oydir xolos. A. Oripov. Ikrom-jon o'z ishlari qolib, Esh polvondan gapirar-di xolos. S.
Ahmad, Ufq.
Ana xolos! Taajjubni, hayratlanishni ifodalaydigan ibora. Ana xolos! Chin oshiq-ning gapi
emas bu. K. Yashin, Hamza.
XOLPARANG: xolparang ro'mol Xol-xol parang ro'mol. \Acpa kal\.. zangori shohi qi-yiq
boglagan, yelkasiga xolparang ro'mol tash-lagan xushfe'l yigit edi. G'. G'ulom, Shum bola.
XOL-XOL Sirti xollar yoki xolsimon nuqtalar bilan qoplangan; xoldor. Xol-xol
408
chit. mm Qo'ng'izcha xol-xol qora dog'li qizgish qanotlarini tovlantirgancha... uchib ketdi. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
XOM \f. f.U>. — yaxshi qaynamagan yoki pishmagan; yetilmagan, g'o'ra; oxirigacha ish-lanmagan;
tajribasiz] 1 Tabiiy ravishda pishib yetilmagan, pishmagan; g'o'r. Xom tar-vuz. Xom olma. mm
Uzum g'o'rasini g'arch-g'arch chaynardilar, turpning suvini ichardilar, xom anorni yemasalar,
uxlolmasdilar. S. Ahmad, Yulduz. Tal'at.. bir dona xom ko'rakni yulib olib, orasini yordi. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Pishirilmagan, qaynatilmagan. Xom go'sht. Xom sut. mm Uzingiz ham necha bor si-nab
ko'rdingiz: bir dona xom sabzi jig'ildon qaynashini to'xtatadi. K. Mahmudov, Qi-ziqarli
pazandalik.
3 Qayta ishlanmagan, yaxshi ishlov beril-magan yoki chala ishlangan; xomaki. Atro-fimdagi
imoratlarning ko'pi pishiq g'isht-dan, ba'zilari xom g'ishtdan bo'lsa ham ko'k-rakdor.. Shukrullo,
Saylanma. Tezak, xom teri isi aralash achimsiq badbo'y hid dimog'i-ga urildi. A. Muxtor,
Bo'ronlarda bordek halovat. To'tiqiz tokchadan do'ppi xomini olib, ko'rpachaga kelibo'tirdi. M.
Ismoiliy, Far-gona t. o.
4 ko'chma Yengil-yelpi, chala, yuzaki. Xom asarlarga yo'l qo'yib bersak, boshqalar, me-nikining
undan nimasi kam, deb qolmasmi-kin? Shukrullo, Saylanma.
5 ko'chma Puxta emas, yuzaki. Bilasizmi, ishni xom qildingiz, yoningizga Barotovdan boshqa
odamni torta olmadingiz. S. Zunnu-nova, Olov. U [Mahkam] go'dakligiga borib, xom o'ylagan
ekan. R. Fayziy, Hazrati in-son.
6 ko'chma s.t. Tajribasi yo'q, sodda, g'o'r. -Voy ovsin-ei, xomsiz-da hali. Erning gapi-ga
laqqa tushib yuraverasiz, — dedi Saboxon Mahmudaga. J. Abdullaxonov, To'fon.
Arpangni xom o'rdimi q. arpa. Xom ot Minilmagan, aravaga qo'shilmagan ot. Ol-tin suvlig'in
chaynatdi, Olti oy boqilgan xom otdi. «Erali va Sherali». Xom sut em-gan banda q. emmoq. Xom
xayol, xomxayol Amal-ga oshmaydigan, puch xayol. Buyukman debxom xayol surma. SH. Rahmon.
Chuchvarani xom sana-moq q. chuchvara.
XOMA I [f. . — qalam; yozish usuli] esk. ayn. qalam 1, 2. Avazning ko'ngliga she'r
sig'may, xomayu qog'ozni yig'ishtirdi. S. Siyo-yev, Yorug'lik.
XOMAK \f. tfL»U>. — pishmagan, sapcha] Pishib yetilmagan, xom qovun yoki tarvuz. Hozir paykal
oralab borisharkan, Nusratbek yo'lda uchragan paykaldan qovundekkina xomak uzib oldi.. S.
Nurov, Narvon.
XOMAKI \f. L^U. - oxirigacha ish-lov berilmagan; puxta emas] 1 Uzil-kesil hal qilinmagan,
aniqlanishi, to'ldirili-shi lozim bo'lgan; hali xom. Xomaki reja. Xomaki rasm. mm U [ Sattor]
metroning xo-maki loyihasiga yana ko'p aniqliklar kiri-tilganini so'zlay boshladi. P. Qodirov,
Erk.
2 Taxminiy, chamali. Xomaki hisob. mm Suvdan foydalanishning o'tgan yilgi xomaki hisoblari
o'zimdayam bor. S. Karomatov, So'ng-gi barxan.
Xomaki urush esk. ayn. manyovr 1.
XOMAKLAMOQ Xomak hosil qilmoq, sapcha qilmoq. Qovun xomaklabdi. mm Tomor-qaga, bodringning
yoniga ikki gektargina kon`yak ekib qo'ysang, martda gullab, aprelda xomaklasa, — xayol qildi
O'rin. A. Muqimov, G'alati odamlar.
XOMASHYO [xom + ashyo] Mehnat ta'si-rida o'zgargan yoki o'zgaradigan va yana ishla-nishi lozim
bo'lgan dastlabki, xom mahsu-lotlar. Paxta to'qimachilik sanoati uchun xomashyodir. Xomashyo
manbai. Xomashyo resurs-lari. mm Sun'iy xomashyoga sintetik smola-lar, plastmassalar, sintetik
kauchuk, sun'iy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa-lar kiradi. «O'zME».
XOMIQMOQ kam qo'll. Jismoniy ish bilan shug'ullanmay, bo'shashib, xomsemiz bo'lib qolmoq. - Charchab
qolasiz, opa, — dedi Qumri Lolaxonga achinib, hamma og'irlikka bardosh beradigandek, qizlarga
qarab kuldi: -Xomiqib qolibmiz, hammasi o'shaniki. X-Nu'mon, Fasllar.
XOMKALLA [xom + kalla] Hech narsa tu-shunmaydigan; fahmsiz; tentak. Ksh taroq-ni yaxshi
ko'rgandek, bu xomkama [Sulaymon] bahsu munozaralarni yaxshi ko'rardi. Mirmuh-sin, Chodrali
ayol.
XOMLIGICHA rvsh. Xom xrlatda, pi-shirmasdan yoki qaynatmasdan. Tuxumni xomligicha yutmoq.
XOMLIK 1 Pishmaganlik, yetilmagan-lik. Bu olma yeyishga xomlik qiladi.
2 ko'chma Tajribasizlik. Hali ozgina xom-liging bor ekan, shogird.. kelib, picha tagishm olib
ketsang bo'larkan. «Mushtum».
XOMMAPISH Bolalarning ko'cha tup-rog'ini gumbaz qilib uyib, ustidan suv sepib qotirgach, tepasi
va yonlaridan teshik ochib, ichiga olov yoqib o'ynaydigan o'yini. Qudratlarning eshigida, ariq
bo'yida Ra'no kichkintoy bolalar bilan xommapish o'ynab o'tirardi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
-Xom-mapish o'ynaydiganlar ozoda qiz bo'lmaydi, — dedi Manzura opa Lolaga. Gazetadan.
XOMSEMIZ [xom + semiz] Semiz, to'-la bo'lishiga qaramay, kuchsiz, zaif, po'k. Namoz Ochilov —
qirqni qoralagan, xomse-miz, tepakal yigit. S. Siyoev, Otliqael.
XOMSIMOQ ayn. xomsiramoq. -Kecha bir oz xomsigan edi, — dedi Karimqul ponsad. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
XOMSIRAMOQ shv. Shubha qilmoq, shubxalanmoq; ikkilanmoq. Men xomsirab, eshik oldida to'xtadim.
«Mushtum».
XOMSUVOQ [xom + suvoq] Dastlabki xomaki suvoq, qora suvoq. Chol ayvonning xom-suvoq
devoriga suyab qo'yilgan qo'ltiqtayog'i bilan hassasiga tayanib, qaddini rostladi. X. Sultonov,
Onamning yurti.
XOMSURP [xom + surp] Gul bosilma-gan, bo'yalmagan oq ip gazlama. Filial bir yilda 10,5
million metr xomsurp ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Gazetadan.
XOMSO'Z \f. jj ... nLa. — ichi pishmay us-ti kuygan] Yaxshi pishmagan, yetilmagan; xom. Sodiqjon
boyvachcha.. uni \Po'lat otani] ermak qilishga o'tdi: Bu gapingiz xomso'z nonningo'zginasi. K.
Yashin, Hamza.
XOMTALASH [xom + talash] 1 etn. Bi-ror jonliq so'yib, go'sht-yog'ini tekinga xu-doyi sifatida
tarqatish. [Maysara:] Birech-ki bilan sigirimizni darrov xomtalash qilaylik, zora tonggacha
o'ngarilsa. Xamza, Maysaraning ishi. Yuz so'm-yarim yuz so'mning betiga qaramay, duoxon
qushnochlarga qara-tilsin, iloji bo'lsa, birorta jonliqni xomtalash qshshsh kerak. A. Qaqxrr,
Bemor.
2 ko'chma Qo'lga tushganini olib ketish; talon-toroj. Yog'-go'sht xomtalash bo'laversa, qozonga maza
kirarmidi? N. Safarov, Xayot maktabi. Qachonlar xomtalash bo'lgan yerimda Keza boshlaydilar ulug'
siymolar. Gazetadan.
XOMTAMA [f. j-^^La. - bexuda, quruq orzuga berilgan; ochko'z] Biror narsadan asossiz ravishda
umid qiluvchi; tamagir.
- Tez kunda Xolxo'janing kuniga shushib, ka-fansiz o'lib ketasan, buni tushunsang-chi, xomtama!
— dedi onasi [Safarga]. YO. Shuku-rov, Qasos. -Birovga yaxshilik qildingmi — darrov unut,
yuragingda saqlab yurma, u ham yaxshilik qilishi kerak, deb xomtama bo'lma,
— dedi Rasul akao'g'liga. M. Ismoiliy, Biz-ning roman.
XOMTAMALIK O'rinsiz umidvorlik; tamagirlik Men sening hali ham o'sha uyatsiz eringdan ko'ngil
uzolmaganingni bilaman. Se-ning xomtamaliging koni bolalagingdandir. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
XOMTARASH [f. Li. - chala tarash-langan, silliqlangan] Yeg'och yoki taxtani chopib yo'nish,
dastlabki, pardozsiz tekis-lash. Xomtarash qilmoq.
XOMTOK \f. ^Li^Lb. — pishmagan tok (novdasi)] q.x. 1 Tokni parvarish qilish usullaridan biri,
hosilsiz, ortiqcha novda-larni, yangi bachki novdalarni olib tash-lash. Karvon Surxning
etagidagi bog'da xom-tok qilayotgan edi. X. Sultonov, Onamning yurti.
2 Tokdan endigina qirqib tashlangan ho-silsiz, xom novda.
XOMUT [r. xomut < qad. r. xomti — «qis-moq, siqmoq» fl. dan] Ot bo'yniga kiriti-lib, ikki
yonidan arava shotisi uchiga si-rib bog'lanadigan yog'och buyum, bo'yincha. Ara-vakashlar xomutni
esdan chiqarishibdi. Star-shinaga eltib bersam, xursand bo'ladi. I. Ra-him, Chin muhabbat.
XOMUSH \f. jjij-oLb. / ^ji-oLa. - kamgap, indamas, shov-shuvsiz; o'chgan, so'ngan] 1 G'am-gin,
kayfiyati yo'q; ma'yus. Otabek xomush o'tirar, Hasanali esa uning holini ta'qib etmoqda edi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. \Ah-mad\ Parishon va xomush bir kayfiyatda zo'r-bazo'r qadam bosib,
ishxonasi tomon yo'l oldi. F. Musajonov, Ximmat.
2 O'ychan, so'zsiz. U [chol] tajang bo'lma-gan vaqtda ko'pincha boshi yarim qiyshaygan, xayolchan,
xomush yuradi. Mirmuxsin, Zangla-gan qilich. Komandir jim, komandir xomush. U. Nosir.
Xomush tortmoq Ma'yuslanmoq, kayfiyati buzilmoq. -Hammasi joyida deysanmi? — Bolta muallim
xomush tortdi. — Qaniydi shunday bo'lsa. Afsuski, bunday emas. N. Nor-qobilov, To'qnashuv.
410
3 ko'chma Avzoyi buzuq, jimjit (ob-havo haqida). Shamol bosilgan.. Tabiat xomush. H. G'ulom,
Mash'al.
Xomush bulut Qora bulut. Zilziladan chala-vayron shahar ustida xomush bulut karvonlari vazmin
surgaladi. H. G'ulom, Zamin yulduz-lari.
XOMUSHLANMOQ Xomush bo'lmoq, g'am-gin, ma'yus bo'lmok,. Temur Malik yuziga fo-tiha tortib,
xomushlandi. Mirmuqsin, Te-mur Malik.
XOMUSHLIK G'amginlik, xafalik; kayfiyatsiz holat. Oyshabegim undagi [Bobur-dagi] xomushlikni
sezib, sukut saqlab o'ti-ribdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Zuhra o'rnidan turib, xomushlik
bilan sekin-sekin yurib chiqib ketdi. S. Zunnunova, Olov.
XOM-XATALA 1 Chala pishgan; xom. Xom-xatala yoki lanj bo'lib ketgan palovni yegan kishilar
oshpazga emas, Davronga ming la'nat aytib ketisharvi. «Yoshlik».
2 ko'chma Me'yoriga yetkazilmagan; chala, g'o'r, xom. Xom-xatala asar. it O'sarvoy har kuni hech
bir erinmay, Xom-xatala she'rlar keltirar tinmay. S. Abduqahhor.
XOMCHO'T [f. »U». — chala ishlangan, xo-maki + r. schyotm — pul xisob-kitobi; cho't, hisoblash
moslamasi] Biror narsani xoma-ki ravishda hisoblab chiqish; taxminiy hisob. Xomcho't qilmoq. shsh
Yo'ldosh novcha, qay-chini qo'zining qorniga qo'yib, barmoqlarini bukib, allanarsalarni xomcho't
qildi. S. Anorboev, Oqsoy. So'ngra ish rejangni xom-cho't qilib, o'z-o'zingcha so'ylana ketding.
Uyg'un.
XOMCHO'TLAMOQ Biror narsani xo-maki yoki taxminan hisoblab ko'rmoq, xom-cho't qilmoq. U
daromadini xomcho'tlab ko'rdi.
XOMQOLIP Hali uzil-kesil tayyor bo'lmagan, bitmagan; dastlabki, xomaki. Ras-somlar
ko'rgazmasiga haykaltarosh L.N.Iva-novning Pushkin, Gogol` va general-mayor Ra-himovlarning
haykallariga ishlangan xom-qolip loyihs`shri ham qo'yshgan. Gazetadan.
XON 1 map. Turkiy va mo'g'ul xalkdari hukmdorlari unvoni. Qo'qon xoni. Xon saro-yi. sht [Mulla
Fazliddin:] Toshkent xoni Mahmudxon ham bizga qarshi qo'shin tortib kelmoqda emish. P. Qodirov,
Yulduzli tun-lar.
Xon ko'tarmoq Xon qilib belgilamoq. Musulmonqul.. o'zini mingboshi e'lon qilib, aqlsiz bir
go'dakni [Xudoyorni] xon ko'tarib, el yelkasiga mindi. A. Krdiriy, O'tgan kun-lar. Shu yerning
o'zida unga «Said Jalolxoni sohibqiron» deb nom berildi va xon ko'taril-di. A. Qahhor,
Bashorat.
2 map. Xonlik qilgan, xon lavozimida-gi shaxs ismiga qo'shilib, unvon ifodalaydi. Bahodirxon
— Xivada, Xudoyorxon — Qo'qonda xonlik qilgan.
3 Erkak va ayollar ismiga qo'shilib, hur-matni ifodalaydi, mas, Oqilxon, Karima-xon.
O'zi xon, ko'lankasi maydon yoki o'ziga xon, o'ziga bek Nima xoxlasa, shuni qiladi, ko'nt-li
istaganini qila oladi ma'nosidagi ibora. -Xotinlari ham «kimsan — oqeoqol-ning xotinimiz»,
deb kekkayib, o'zlariga xon, o'zlariga bek bo'lib, rosa zug'umini o'tkazi-shadi-da, ~ dedi
Yusvali tog'a. P. Tursun. O'qituvchi.
XONA \f. <^U. - uy, turarjoy, bino] 1 Turarjoyning alohida ajratilgan har bir bo'limi;
bo'lma. \Qizning] Ko'zlariga yana yosh quyilib keldi-yu, chopib borib, o'z xonasiga kirdi. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Ovqatdan so'ng bir oz televizor ko'rib o'tirishdi. Keyin ota-
bolaga shu televizor-li xonaga joy solib berishdi. O'. Usmonov, Sirli sohil.
2 Korxona, tashkilot. muassasalarda muayyan maqsad uchun ajratilgan alohida joy; bo'lma. U
\Aziza\ devoriga har xil di-agrammalar, portretlar ilib tashlangan o'qituvchilar xonasidan
o'tib.. eshikni ta-qillatdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Bosh vrachning xonasida o'tirgan
ikki kishi professorni ko'rishi bilan o'rnidan turdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
3 Ayrim buyum yoki organizmlarning ichida biror narsa joylashadigan (yetisha-digan yoki
sakdanadigan) chuqurcha, o'yiq. Ari uya xonalari. G'o'zapo'choq xonasi. shsh Uning tovushi
yo'g'onlashdi, ko'zlari xonasidan chi-qayozdi, yuzlari tirishib, xunuk alomatlar paydo bo'ldi. H.
Tursunqulov, Hayotim qissa-si. Buncha sochilgan harfni joy-joyiga qo'-yish, qaysi xonada qanday
harf turishini bilmagan Saidiy uchun ko'p qiyin ish edi. A. Qaxdor, Sarob
4 mat. O'nli sanoq sistemasida yozilgan natural sonda qatnashgan raqamlar o'rni.
XONAVAYRON [xona + vayron] Uy-joyi yoki oilasi buzilgan, vayron bo'lgan;
bor-budidan ayrilgan, qashshoq. Axir ka-fangado, xonavayron, bir burda non ilinji-da qamish-
qo'g'azorlar ichida zor qaqshagan bu bechoralarning tortib kelayotgan alam-kulfatlari ozmidi!K.
Yashin, Hamza.
Xonavayron bo'lmoq 1) buzilmoq, vayron bo'lmoq; xaroblashmoq. Urush tufayli xona-vayron bo'lgan
mamlakat; 2) uy-joydan, mol-mulkdan ajralmoq, xamma narsadan judo bo'lmoq, qashshoqlashmoq.
[Qosimbek:] Amir-zodam, hammamiz ham xonavayron bo'ldik. Mening molu mulkimni talatibdilar.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
XONADON [f. (jljiLa. — oila, sulola; nasl] 1 Oila. Qobil karvonning qamoqqa olinishi
Abdurahmonboy xonadonini qattiq tashvishga solib qo'ydi. H. G'ulom, Mash'al.
2 Oila a'zolari yashab turgan xo'jalik, uy, hovli. Shaharning andazasi chiroyli, xo-nadonlari
chorsi-chorsi bo'lib tushgan. 3. Ak-ramov, Hindiston lavhalari.
3 map. Qarindoshlik yoki valiaxdlik \uquqiga ko'ra, biri o'rniga ikkinchisi taxtga chiqadigan,
hokimiyatni nasldan naslga o'tkazib, hukmronlik qiladigan ho-kimi mutlaqyoki monarxlar
avlodi; sulola. Ma'lumki, Temurning vafotidan so'ng uning poyonsiz imperiyasini idora
qilarlik bir qo'l bu xonadondan chiqmadi. T. Jalolov, «Xamsa» talqinlari.
XONAZOD [f. jljj-LiU. — bir xonadonda tug'ilgan] 1 Biror xonadonda tug'ilib ul-g'aygan. Otam
o'lgandan keyin, men ham boy-ning eshigida xonazod qul bo'lib qoldim. S. Ayniy, Doxunda.
2 fol`k. Uyda boqib katta qilingan (uy hayvoni haqida) Chu desa, bir qirdan xatlar Yashin
qanot xonazodlar. Ergash Jumanbul-bul o'g'li.
XONAKI \f. ^D^`ch. — uyga oid, uyda tayyorlangan yoki parvarish qilingan] 1 Qo'l-da
tayyorlangan; qo'lda qilingan. Xonaki non. Xonaki tufli. tsh Dasturxonda xonaki pe-chen`elar,
atirgul nusxa tort va turli xil mevalar bor edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
2 s.t. Maxsus tayyorlangan; qo'lbola. Xo-naki choy damlamoq. Xonaki palov qilmoq.
3 Uyda, xonadonda boqiladigan; parva-rish qilinadigan; qo'lga o'rgatilgan. Xonaki it. Xonaki
gul. Xonaki o'rdaklar. shsh Bu shifobaxsh o'simlikni [aloeni] istagan har bir kishi xonaki qilib
o'stirishi mumkin. «Saodat».
4 Xona yoki uy ichida bo'ladigan, uyda bajariladigan. Xonaki bazm. Xonaki ish. Xonaki hunar.
tsh Sotiboldi.. tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo'l-di — har xil savatchalar
to'qishni o'rgandi. A. Qahhor, Bemor.
XONAKILASHMOQ Uy sharoitida yashashga, qo'ldan ovqatlanishga o'rganmoq (yovvoyi hayvon va
o'simliklar haqida).
XONALI 1 Ma'lum mikdorda xonasi bor. Bektemir do'stlari Dubov, Asqar polvon va boshqa bir
necha jangchilar bilan ikki xonali bir uyga joylashdi. Oybek, Quyosh krraymas. Ota-ona
vafotidan so'ng u isti-qomat qilayotgan uch xonali uy karvonsaroy-gaaylandi. Gazetadan. Bir
xonali pakana uyin Yoritadi yonib jinchiroq. \. Po'lat.
2 Ma'lum mikdordagi katagi yoki bo'l-machalari bor; katakli (jadval, daftar, shaxmat taxtasi,
bosmaxona yashigi va sh.k. haqida). Shaxmat taxtasi oltmish to'rt xonali bo'ladi. O'n olti xonali
yashik.
3 mat. Ma'lum mikdordagi xonaga ega (q. xona 4). Uch xonali son. Besh xonali son. shsh 100 dan
999 gacha bo'lgan sonlar uch xonali soshardir. «Matematika».
XONANDA \f. - o'quvchi, o'qi-
yotgan; qori; ashula aytuvchi] Ashula, qo'shiq aytuvchi san'atkor; hofiz. Navbat taniq-li,
sevimli xonandamiz Alimardon To'raevga. O'. Hoshimov, Bahor qaytmaydi. Hovlining bir
tomonida, baland so'rida xonanda va sozan-dalar maqomni yangratmoqda. Mirmuhsin, Umid.
XONANISHIN [f. j^^U. - xonada o'tiruvchi] Doimo uyda o'tiradigan; ko'chaga, boshqa yoqka
chiqmaydigan. Boboning xona-nishin bo'lib qolganidan faqat shu qizaloq xursand edi — axir, u
endi hech zerikmaydi. Mirmuhsin, Qulamas qoya.
XONASALLOT so'k. Uying kuygur, bad-baxt. Sening dadang zo'r, bolam. Dadang urush-da ellikta
xonasallot fashistni o'ldirgan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.
XONASI Biror ishni amalga oshirish uchun qulay payt, qulay fursat. Hozir zap sayil qiladigan
xonasi-da, o'rtoq Rahmon-qulov. A. Muxtor, Tug'ilish. U[Asrora] xona-si kelganda xech kimni
ayamasdi. S. Ahmad, Ufq. [Ochilov] Xar gal planini do'ndirib, «qani,
ill
kelasi yilga kim dov?» deb turaveradi. Xo-nasi kelsa, ba'zan kurash ham tushadi. A.
Mirahmedov, O't yuraklar.
XONATLAS Mahalliy sakkiz tepkili atlasning eng a'lo navlaridan biri. Xon-atlas ko'ylak. mm
Shanba kuni Nukra stan-siyaga yasanib keldi: xonatlas ustida yal-yal yonardi. Mirmuhsin, Nuqra.
XONAQOH \f. uUiU. - xilvatxona, uzlat; darvishlar makoni! 1 din. Mzsjid-ning namoz
o'qiladigan, odatda keng va katta xonasi. Karvonsaroyning yonida katta bir xonaqoh bor edi.
M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi. Kichik masjid kishloqning «etak mahalla» deb atalgan qismida
bo'lib, siqiq-roq bir xonaqoh va torroq bir ayvondan iborat. A. Qodiriy, Obid ketmon.
2 din. Sufiylar mashg'ulotlarini o'tka-zish uchun mo'ljallangan katta xona va uning atrofidagi
hujralar. Yiliga bir zikru ea¬rn bo'ladigan xonaqoh huvullab yotibdi. S. Ahmad, Hukm.
3 Mahalla, qishloq masjidlarining tomi gumbazli yoki tekis bo'lgan qishki qismi.
XONAQOHNISHIN [f. olJiLi. -
xonaqoxda o'tiruvchi] Xonaqoxdan chiqmasdan toat-ibodat bilan shug'ullanadigan, ko'pincha umrini
xonaqoxda o'tkazadigan; tarki dunyo qilgan. -Eshonto'ra hazratlari mashhur xo-naqohnishin
shayxlardan bo'lmasalar ham, kashf-karomat egasi, «sohibi hol» bir ki-shidirlar, — deb
Isomiddin javob berdi. S. Ayniy, Doxunda.
XONZODA [f- OJI^U*. — xondan tug'il-gan, xonning bolasi] 1 Xonning farzandi (o'g'li yoki
qizi), xon avlodi. Podshozodami, xonzodami, xo'jazodami, albatta, bir yerda nishonasi bo'ladi.
«Ravshan».
2 Zodagonlar tabaqasiga mansub; asil-zoda; tagli-tugli. Go'laxdan chiqqan tagi pastni
boshingizga urasizmi, olsangiz — bi-ror xonzodani oling, deb ming marta ayt-dim, quloq
solmadingiz. H. G'ulom, Mash'al.
3 Xonzoda (xotin-qizlar ismi). XONIM I 1 Ayollarga xurmat yuzasidan
murojaat qilganda qo'llanadigan so'z. Quda-miz Mirzakarim qutidorga va qudachamiz xonimga
yetib ma'lum bo'lgaykim, bizlar bun-da sog'-salomatdirmiz. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Hurmat yuzasidan ayollar ismiga qo'-shib aytiladi, mas, Mukarrama xonim, Ta-mara xonim,
Halima xonim. mm Oy yuzli rafiqam, qunduz qoshli ma'shuqam Kumush xonimga! A. Qodiriy, O'tgan
kunlar.
3 s.t. Go'zal, barno ayol; xushbichim ju-von. Hoy-hoy, xonim, yo'l bo'lsin, Qaerga yo'rg'alaysiz!
«Qo'shiqlar».
XONIM II Xamir orasiga qiyma so-lib, qasqonda pishiriladigan ovqat. XONISH [f.
o^'j-^- o'qish; kuilash; nola] 1 Ashula aytish, kuylash. To yarim ke-chagacha umrida o'yin-kulgi
ko'rmagan cho'lda hofizlar xonishi eshitildi. S. Ahmad, Hukm. «Volga»ning radiosi tinimsiz
xonish qiladi. «Mushtum».
2 Sayrash. Bulbullar xonishi sira tin-masdi. mm Azim balxi tut shoxida sa'va xonish qshshdi. A.
Muhiddin, Hadya.
XONLIK map. 1 Xon lavozimi. Xalq chin xonlik bilan uni \Xudoyorni\ muborakbod qilishdilar. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Is-fandiyorga.. xonlik libosi: zar chakmon, boshi-ga jig'ali sheroziy
papax kiygizishib, beliga oltin kilich taqib, qo'ltiqlab, taxtga o'tqazdilar. J. Sharipov,
Xorazm.
2 Xon boshqaradigan davlat va shunday davlat tuzumi. Qo'qon xonligi. Xiva xonligi.
XONTAXTA [f. •a^'jK- < i'^ ~ be" zatilgan dasturxon + — taxta] O'tirib ovqatlanish uchun
xizmat qiladigan, oyoqla-ri kalta yog'och stol. Xontaxta atrofiga ko'r-pacha solmok. mm Xosiyat
xola lagandagi oshni keltirib, xontaxtaga qo'ydi. R. Fayziy.
XONUMON [f. ^L^U. / oLo JO^- ~ oi-la, oila a'zolari; xonadon va undagi mol-mulk] Biror
shaxsga tegishli mol-mulk, bor bisot, boylik. Xonumonidan ayrilmoq. mm -Odamlar sevgisini
deb, xonumonidan ham, jonidan ham kechadi, — deydi Sunnatilla. A. Eshonov, Toshdan qattiq,
guldan nozik. \3uhra begim:] Xon hazratlari!.. Farzandim-ni, xonumoshmni — hammasini
marhamatin-gizga ishonib topshirdim! P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
XONQIZI zool. Tanasi yarimshar shak-lidagi, ustki qismida xollari bo'ladigan yarqiroq tusli
qo'ng'iz. O'rgimchak to'qir oq tolalar, Xonqizi boradi mehmonga. SH. Rah-mon.
XOR I [f.
J'J-^ haqir; bechora, bad-baxt] 1 Bee'tibor; kamsitilgan, tahqir-
ill
langan. Ochman! Yalang'ochman! Xorman! Siz u deb so'kasiz, bu deb so'kasiz, bas-da shuncha
xo'rlanganim!M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Nochor ahvolga tushgan; g'oyat qashshoq. Xunar — zar, hunarsiz — xor. Maqol. Hunar-li el xor
bo'lmas. Maqol.
3 Beqadr, qimmati tushgan. Bozorda me-valar xor.
Xor bo'lmoq Beqadr, behurmat bo'lmoq. [Muqimiy:] Haqiqat istaganlar bo'ldilar xor, Kimiki
muttahamdur, yurtga sarkor. S. Abdulla, Ota va o'g'il. Xor qilmoq (yoki tut-moq) Beqadr,
behurmat qilmoq; ayanchli ahvolga solmoq. Bu uch bolani Nodira xor qi-lib qo'yishni istamasa
ham, erining faqir-ligi bunga mone edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. \O'zbek oyim Zaynabga:]
Kelinni xor tutar ekan, demasinlar, sen ham o'zingni tuzat! A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XOR II \f. jib. — tikan, tikanak) kt. Gul tikani. Gul deb sanchib edim boshimga, Quruq
tikan, xor ekanin bilmadim. Fozil Io'l-dosh o'g'li.
XOR III \yun. choros — davra o'yin qo'shi-g'i] 1 Vokal ashulalarni birgalikda ijro etuvchi, 12
kishidan ortiq bo'lgan ashu-lachilar jamoasi. Xor ansambli. Xor ijro-chilari.
1 Shunday jamoa ijrosi uchun yozilgan ko'p ovozli musiqa asari. ..To'xtasin aka ularga
[havaskorlarga] yangi yozilgan xor va laparlar o'rgatar edi. S. Abdulla, Xalq bas-takori.
XORVAT Xorvatiyada yashovchi xalq, mil-lat nomi.
XORVATLAR Xorvatiya davlatining aso-siy aholisi; xorvat-serb tilida so'zlashuv-chi xalq
(Serbiya, Bosniya, Gertsegovinada ham yashaydi). Xorvatlarning qadimiy ma-rosim, epik, raqs,
lirik va boshqa xalq qo'-shiqlari hozirgacha davom etib kelayotir. «O'zME».
XORGUL [f. J^jLa. - tikanli gul1 Na'-matakning sariq ochiladigan bir turi.
XOREOGRAFIK Xoreografiyaga oid. Xo-reografik san'at.
XOREOGRAFIYA \yun. choreia - davra raqs +grapho — yozaman] Maxsus shartli bel-gilar yordamida
yoki so'zlar bilan raqs ha-rakatlarini yozish. «Xoreografiya» atamasi dastlab R. Fyoye tomonidan
«Xoreografiya yoxud raqs yozuvi san'ati» kitobi (1700)da qo'llangan. «O'zME».
2 Xalq raqs yo'nalishidagi va balet spek-takllarini yaratish san'ati; umuman, raqs san'ati yoki
balet teatri.
3 Raqs san'ati. Yosh balerina [Bernora Qorieva] 1955 yilda Moskva xoreografiya bi-lim yurtini
tugatdi. «Saodat».
XOR-ZOR, xoru zor 1 Og'ir, ayanchli a\-volga tushgan; tahqirlangan. Suv keltirgan xor-zoru
ko'za sindirgan aziz. Maqol. tsh Hech kimga xor-zor bo'lmay, deb tirishib-tir-mashib yotibman.
Oybek, Tanlangan asarlar.
2 O'ta qashshoq, muhtoj. Ko'rpa-yostig'ini orqalab, xor-zor yurgan odamlarning sanog'i yo'q. Oybek,
Tanlangan asarlar.
XOR-ZORLIK Og'ir, ayanchli sharoit. Bobur muteligu xor-zorlikdan ko'ra bir o'lim-ni bo'yniga
olib, Shayboniyxonga yo'lbarsday dadil tashlanishni afzal ko'rgan, beklarini ham shunga
ko'ndirgan edi. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
XORIJ [a. ? jU. - chiquvchi; chetga chi-qish; tashqi, tashqaridagi] 1 Biror nar-sadan xoli, ozod,
bo'sh (odam haqida). O'rtoq Mansur, meni shu ishdan xorij qilib qo'yish yaxshi bo'lar edimi, deyman.
3. Said, N. Sa-farov, Tarix tilga kirdi.
2 Xorijiy mamlakat; chet el. Nonushta-dan keyin.. xorijda ishlagan, kulrang dip-lomat
ko'targan bir kishi kirib keldi. N. Aminov, Qaltis xato.
XORIJIY \a. ^?.jl-a. -tashqi, tashqa-ridagi; o'zga, begona; ajnabiy] 1 Mamlaka-timizdan
tashqaridagi, chet eldagi. Xorijiy davlat. Xorijiy matbuot. tsh Bobur xori-jiylar safariga
chiqqanda, zamin va ma'dan haqidagi mamumotlarni.. yoritishga urindi. «Fan va turmush».
2 Chet el kishisi, chet ellik. U [Murod mirzo\ bu yerga to'planadigan xorijiylarning bahslarini
tinglashni yaxshi ko'rardi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
XORIQULODDA \a. OJUJIJJU. - g'ayri-tabiiy, g'ayriodatiy] esk. kt. ayn. favqu-lodda.
Xoriqulodda hodisa.
XORLAMOQ Qadr-qimmatini tushir-moq, kamsitmoq, xor qilmoq. Nonnixor qil-gan unga zor
bo'ladi. ish Nahotki yoshligida birga katta bo'lgan bir manqaga ko'zi tushga-niuchun shuncha
xorlasa-ya!M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
XORLIK Xorlanish; kamsitilish. Boshi-mizga tushgan neki kulfat bo'lsa, badbaxt-lik, zulm,
xorlik bo'lsa, bari shundan, nafsi-mizdan. S. Siyoev, Yorug'lik.
XORLIK-ZORLIK ayn. xor-zorlik. Si-diqjonning onasi Xadicha xola umrini xor-lik-zorlik
tortib o'tkazgan hamma kishi-larday tez qarigan, lekin hamma qishloq qariyalariday keksalikka
so'z bermaydigan, g'ayratli, tetik edi. A. Qahqor, Qo'shchinor chiroqlari.
XORMEYSTER choros + nem. Meis-ter — rahbar, usta] Xor rahbari, xor diri-jyori (q. xor III).
Xormeyster kasbi 19-asr o'rtalaridan dunyovii xor san'ati va kontsert ijrochiligining jadal
rivoji tufayli qaror topdi. «O'zME».
XOR-XAS, xoru xas Har turli xas, xas-cho'p, xas-xashak. Xoinlar o'choqqa xor-xas te-rib kelar..
edilar. A. Muxtor, Chinor. Olib ketgil bog'imni butkul, Krldirmagil hatto xoru xas. Olib
ketgil borimni, faqat Yura-gimni berib ketsang bas. Uyg'un.
XOS [a. yiLa. — maxsus, alohida; xusu-siy, shaxsiy] 1 Biror kimsa yoki narsaning o'zigagina
oid, o'zidagina bo'ladigan. Bola-larga xos qiliq. Rahbarning o'ziga xos ish uslubi. shsh Klara
ayollarga xos chiroyli hara-kat bilan sochini orqasiga tashlab yubordi. O'. Hoshimov, Qalbingta
quloq sol. Chol.. keksalarga xos boqish bilan bir zum tikildi: -Kel, chirog'im, nima xizmat?
Oybek, Tan-langan asarlar.
O'ziga xos Ajralib, farkdanib tura-digan. Shahrimiz me'morchmshk qiyofasi o'ziga xos go'zallshka
ega. Gazetadan.
2 Biror shaxsning o'zigagina tegishli bo'lgan, o'zigina foydalanadigan; shaxsiy. Oq otliq Bobur
mirzo yuzdan ortiq beklari va xos navkarlari bilan.. tog' etagiga yaqinlashib qolgan edi. P.
Qodirov, Yulduzli tunlar.
XOSA(KI) fol`k. Nasldor, uchqur. Joni-vor uzoqdan chopib kelibdi, Xosaki tulpor-da, sovib
kelibdi. «Ravshan».
XOSIYAT [a. ,'^U>. — alohida belgi, xususiyat; o'ziga xoslik] 1 Ijobiy xususiyat, yaxshi
fazilat, xislat. Mehnatda bor ko'p xosiyat, sharofat, Bel bog'lasa mehnatga kim, azizdir.
Habibiy. -Rost, bu kelinshng hus-nidan ham boshqa yana tigin bir alohida xosiyati borga
o'xshaydir, — deb kular edi \O'zbek oyim\. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Xosiyati yo'q Ijobiy natija bermaydi-gan; yaxshilikka olib bormaydigan; fazi-latsiz. Bu ishning
xosiyati yo'q. Ko'p yig'lama, ko'z yoshining xosiyati yo'q.
2 Xosiyat (xotin-qizlar ismi).
XOSIYATLI Yaxshi xususiyatga ega; ijo-biy natija beradigan; fazilatli. Bu yerning oftobi,
shamoli, suvi ana shunday xosiyatli. Oybek, O.v. shabadalar. Umidvor insonlar, uni olqishlang,
Faqat xosiyatli bo'ladi bahor. A. Oripov. -Sening poyqadaming xosiyatli kel-di, o'g'lim, zolim
Asfandiyor zulmi barbod bo'ldi, — deb edi Kurbon ota. N. Safarov, Sevgi.
XOSIYATSIZ ayn. bexosiyat. [Zargarov-ning\ Ko'nglida nimadir qattiq darz ketgan xosiyatsiz
oqshom ko'z oldida gavdalandi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek xalovat. Vay-ronalar azaldan
xosiyatsiz joy hisoblangan. «Yoshlik».
XOSLANMOQ Maxsuslashmoq, moslash-moq. Biroq bu so'z.. faqat bir munosabatni — zidlov-
kuchaytiruv munosabatini ifodalash-ga xoslanib qolgan. «O'TA».
XOSLIK Biror narsaga xos bo'lishlik. Bu g'ayritabiiylikni Zulfiqor bilan Zav-rak qiz
fe'lidagi o'ziga xoslik deb tushuni-shardi. Mirmuhsin, Me'mor.
XOSSA [a. narsalardan farqini, o'ziga xosli-gini bildiruvchi belgilar. Biologik mem-branalarning yana
bir noyob xossasi — ionlarni termodinamik usulda tashishdir. «Fan va turmush».
XOSXONA [xos + xona] 1 Katta mansab egalari yoki hukumat boshlig'i turadigan joy, saroy;
rezidentsiya. Gilam ustiga xon-taxta qo'yilib, dasturxon yozilgan, shiypon to'ridagi eshikdan
kiriladigan xosxona esa butun bir garnitur, anvoyi jihozlar bilan bezatilgan edi. H.
G'ulom, Senga intilaman.
2 Biror shaxsning o'ziga tegishli bo'l-gan, o'zigina foydalanadigan uy, xona. \ Ta-bibiy va
Avaz\ Qancha yillardan beri dilga tutash o'sha qadrdon xosxonaga kirdilar. S. Siyoev, Avaz.
Zubaydaning xosxonasi. Tokcha-larga mis ko'za.. piyolalar tartib bilan te-rib qo'chshlibdi. K..
Yashin, Hamza.
XOTAM \a. ^U. — uzuk; ko'ziga muhr o'yib tushirilgan uzuk] esk. kt. Imzo o'rnini bosish uchun
maktub oxiriga chekiladigan, maktub egasining nomi o'yilgan tamg'a, muhr.
XOTIMA [a. 4_^1_ch. — oxir, nihoya; nutq-ning yakunlovchi qismi] 1 Biror narsa, vo-qeaning
yakuni, tamom bo'lishi. Bu yakun, bu xotima Tolib akaga mutlaqo yoqmadi. F. Mu-sajonov, Himmat.
2 Badiiy yoki ilmiy asarning oxirgi yakunlovchi qismi, xulosa qismi; epilog. Avaz hikoyat
xotimasida berilgan bir baytga ko'z yugurtirib qizardi. S. Siyoev, Yorug'lik.
Xotima bermoq Barham bermoq; tugatmoq. Endi Marg'ilon qatnab yurishlarga xotima berilgandek
va Marg'ilon ham undan [Ota-bekdan] «Tag'in menda nima ishing bor?» deb so'ragandek bo'lar edi.
A. Qodiriy, O'tgan kun-lar. Xotima yasamoq Xulosa yasamoq, yakun-lamoq, tugatmoq [Domla]
G'ulomjonga o'qra-yib, gapiga xotima yasadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
XOTIN 1 Jinsiy jihatdan erkak toi-fasiga zid, farzand ko'rish, emizish qobi-liyatiga ega odam;
ayol. Bozorqulning onasi ju-da chiroyli xotin edi.. A. Muxtor, Chinor.
Xotin kishi ayn. xotin. -Yoshing yigirma beshga qarab ketyapti, — dedi onasi, — xo-tin kishi
o'ttizga kirsa, o'tin bo'ladi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Biror erkak nikohidagi ayol. Er-xo-tinning urishi — doka ro'molning qurishi. Maqol. shsh U
[me'mor] to'g'ri uyga qaytib keldi-da, bor gapni qizi Badia bilan xoti-ni Ma'suma bekaga
aytib, o'rniga cho'zildi. Mirmuhsin, Me'mor.
Xotin olmoq Uylanmoq. [Rahmatilla] Asta-sekin o'zini o'ngardi, uy-joy qildi, xotin oldi. A.
Qahhor, Qo'shchinor chirokla-ri. Xotin oshi To'yda xotinlarni maxsus chaqirib o'tkaziladigan
marosim va unda beriladigan osh. Xotin peshin Xotinlarning peshin namozini o'qiydigan vaqti
(kunduz soat 4—5 lar chamasi). Xotin taloq q. taloq I 2. Xotin qo'ymoq Xotini bilan
ajrashmoq.
XOTINAK: xotinak supurgi q. supurgi 1.
XOTINBOZ [xotin + f. jL — o'ynovchi; ishqiboz] salb. Tez-tez xotin olib, xotin qo'yadigan.
[Qiz] Onasining.. o'ksib-o'ksib yig'-layotganini ham, yer yutgur «o'sha» xotinbozni qarg'ayotganini
ham eshitmadi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
XOTINYONG'OQ Bodomning bir turi.
XOTINLI Xotini bor, uylangan. Ku-mushning go'zallik ta'rifini g'oyibona eshi-tib, og'zining
suvi keluvchi xotinli va xo-tinsiz orzumandlar.. qutidornikiga sovchi-larni turnaqator yubora
boshlagan edilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XOTINLIK 1 Xotin, ayol bo'lishlik. Shu yo'sin qizlar o'zlarining bir o'rtoqlari-ni xotinlik
dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Xotinlikka olmoq Biror xotinni o'z nikohiga o'tkazmoq, uylanmoq. Boy xotin-likka olgandan
keyin, o'g'li ham birdan o'lib qoldi. S. Zunnunova, Gulxan.
2 Xotinlarga, xotin-qizlarga xos xu-susiyat, xislat, fazilat. Xotin kishini hamma vaqt
noumid, norozi ko'rib o'rgangan va buni xotinlik latofati deb bilgan Si-diqjonga bu
juvonning gaplari, katta ishonch va zo'r mamnuniyat bilan gapirishi uncha botmadi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chiroklari.
3 s. t. Xotinli. \Zargarov:] Sizdan bir og'iz so'z! Bir og'iz! «Men Zargarovning xotini
emasman, o'ynashiman», desangiz qutulib ke-taman. Xotinlik erkak o'ynash tutmasin, degan zakon
[qonun] yo'q! Yo'q! A. Qahhor, Og'riq tishlar. Hamma ko'p xotinlik oilalar-da bo'lgani kabi,
Iskandar ham bir xotiniga [Ravshanakka] ko'proq mehr qo'yadi.. T. Jalolov, «Xamsa» talqinlari.
XOTINPARAST [xotin + f. s~»^ -yaxshi ko'ruvchi, ta'zim qiluvchi] 1 O'z xoti-nini o'ta darajada
sevadigan, xotiniga be-rilib ketgan.
2 ayn. xotinboz.
XOTINSIZ Xotini yo'q, uylanmagan; bo'ydoq. Xotinsiz erkak. Xotinsiz o'tish — xato, Bolasiz
o'tish — jafo. Maqol.
XOTINSIZLIK Xotini yo'q bo'lish-lik; uylanmaganlik.
XOTINFURUSH [xotin + f. oij^i -sotuvchi] map. Xotinlarni olib sotish bi-lan shug'ullanuvchi;
erkaklarga xotin topib berish orqasida tirikchilik qiluvchi. [G'o-fir:] Men hali kelib-kelib
odamgarchilikni, diyonatni, nomusni tuproq bilan teng qil-gan sizday razil, xotinfurush
qo'shmachilar oldida shunchalik past tushdimmi! Hamza, Boy ila xizmatchi.
XOTIN-XALAJ s. t. Xotin-qizlar, ayollar. Ostonada.. to'rt-besh xotin-xalaj to'planib turar..
edi. O'. Hoshimov, Qal¬
416
bingga quloq sol. Xotin-xalaj tag'in yig'i ko'tardi. M. M. Do'st, Galatepaga qaytish.
XOTINCHA I ayn. xotinchasiga. Xotincha yurish. Xotincha o'yinga tushmoq. mm Hamma-ning diqqati
xotincha kiiingan va eshik yonida yerga qarab turgan yigitga jalb bo'l-di. A. Qahhor, Mayiz
yemagan xotin.
XOTINCHA II Xotin 2 s. kichr.
XOTINCHALISH Qilig'i yoki xatti-ha-rakati bilan xotinlarga o'xshagan, xotin-larni eslatadigan
(erkak kishi haqida). Shukurjon bilan birga uzun bo'yli, ingichka, xotinchalish bir yigit xam
imtihon top-shirgan edi. O. Yoqubov, Ota izidan. Kimdir xotinchalish xunuk tovush bilan yig'lab,
bur-nini artardi.. A. Muxtor, Chinor.
XOTINCHASIGA rvsh. Xotinlarga o'x-shab; xotinlarga xos ravishda. -Yaxshiroq ishlasa, to'plasa
bo'ladi, — dedi Kimsan cho'n-tak tikkan ipini xotinchasiga tishi bilan «qirs» etib uzib. A.
Muxtor, Tug'ilish.
XOTIN-QIZLAR Ayollar va qizlar; ayol-lar va qizlarning umumlashtirib aytili-shi. HI ..erkaklar
bilan xotin-qizlarning haqqi-huquqi teng bo'lgandan keyin birining ikkinchisi oldidagi
mas'uliyati ham teng bo'lishi kerak. P. Qodirov, Uch ildiz.
Xotin-qizlar konsul`tatsiyasi Malakali ginekologlar yordam ko'rsatadigan, maslaxat beradigan
davolash-profilaktika muassa-sasi.
XOTIR [a. ^_LU». — o'y, fikr; g'oya; aql, farosat; qalb; istak] 1 Esda sakdash, eslab qolish,
esga tushirish qobiliyati; es, yod; xayol. Xotirimda: ilk bo'sa bizni Haddan ziyod qilmish edi
shod. Uyg'un. Giyox^shrning nomlari ham yodimdan chiqay degan ekan, bir-bir xo-tirda tiklab
chiqdim. M. M. Do'st, Lolazor.
Xotirga kelmoq Esga tushmoq. Janobi me'mor, bu toshlardan zinapoya tarashlash xotirlariga
kelmabdir-da. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar. Xotirda tutmoq Esda sakda-moq. Xotirdan kechmoq
Esga tushmoq. Yoshlik yillarim xotirimdan kechdi. mm Hakimboy-vachcha yolg'iz qolarkan, uning
ma'lum va chala ma'lum kirdikorlarini bir-bir xotirdan kechirdi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
Xotir-dan ko'tarilmoq (yoki chiqmoq) Esdan chiq-moq. Sizga bu gapni aytish xotirimdan ko'ta-
rilibdi
2 O'ylash, fikrlash qobiliyati; fikr; miya. U yoqimli ovoz va sho'x ohangni butun vujudi bilan
tingladi. Tinglagan sayin xotiri ravshanlashardi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
3 Biror kimsa uchun qilinadigan xur-mat; yuz-xotir, andisha. -Xo'p, sinfrahbaring xotiri
\tufayli\.. gunohingdan o'tib tu-ramiz, — dedi direktor To'laga. M. Ismoi-liy, Bizning
roman. Hech bo'lmaganda ikki-ta bolasining xotiri uchun xotinini hurmat qilishi lozim edi. I.
Akram, Adolat.
Xotiri jam Tashvishlardan qutulgan, be-tashvish. -Hamisha dadil bo'lamiz, Zayniddin aka,
xotiringiz jam bo'lsin, — dedi o'zicha [Zayniddin]. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Xotiri
parishon Xayoli sochilgan; fikri tarqoq; parishonxotir. [Lutfiniso] Quda-lari ko'rsatgan e'zoz
va e'tibordan mamnun bo'lsa-da, uning xotiri parishon, ko'ngli no-tinch edi. Oybek, Tanlangan
asarlar.
XOTIRA \a. U_>_LU. — fikr, tafakkur; g'oya; xayol] 1 ayn. xotir 1. Xotirasi kuchli odam. mm
Ziyoda tiyrak qora ko'zlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga o'rnashib qoldi.
A. Muxtor, Bo'ronlarda bor-dek halovat.
2 Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot. Sayoxat xotira-lari. mm U
[Mansur] Bog'ishamol nafasini, o'tmish so'qmoqlarida qolgan bebaho bola-likning aziz
xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi. O'. Xoshimov, Qalbingga quloq
sol.
3 Esdalik, yodgorlik. \Botir Dilbarga:\ Salom! (kitobni uzatib) Mendan sizga xo-tira. N.
Safarov, Hayot maktabi. [Chaqaloq-ning] Otini Shavkat qo'yaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan
xotira bo'lsin! — derdi [Ashmardon]. O'. Hoshimov, Bahor qayt-maydi.
Xotira daftari Xotira, esdaliklar yozi-ladigan maxsus daftar. Xotira daftarla-rim orasidan
yo'qotib yurgan ko'k daftarcham chiqib qoldi. N. Safarov, Olovli izlar.
3 Xotira (xotin-qizlar ismi).
XOTIRJAM \a. - tinch, ba-
maylixotir; mamnun, o'ziga ishongan] Be-tashvish, osoyishta. Ahmad xotirjam va jiddiy edi. F.
Musajonov, Himmat.
Xotirjam bo'lmoq Biror ishning na-tijasi yaxshi bo'lganligiga yoki bo'lishiga ishonch hosil qilmoq;
ruhan tinchlanmoq. U vrach kabinetidan xotirjam bo'lib chiqdi-da,
telefon budkasi tomon yo'l oldi. H. G'ulom, Zamin yulduzlari. Xotirjam qilmoq Tinch-lantirmoq.
Mudarrisov, qo'yavering, hech qayoq-qa ketmaydi, degan ma'noda ko'z qisib, uni xotirjam qildi.
D. Nuriy, Osmon ustuni.
XOTIRJAMLANMOQ kam qo'll. Xotir-jam bo'lmoq; tinchlanmoq. U xotirjamla-iib, ishini davom
ettirdi.
XOTIRJAMLIK 1 Ruhan tinch bo'lish-lik, osoyishtalik. O'zimdagi bunday noga-honiy jur'at va
xotirjamlikdan bir zum xayratga tushdim. O. Mo'minov, Xiyobonda-gi uch uchrashuv.
2 Biror kimsa yoki narsa xalaqit ber-maydigan tinch sharoit. [Nizomjon:] Boshqa bir kelasizlar
endi xotirjamlikda. A. Mu-qimov, G'alati odamlar. [Xolmat Ruzvonga:\ Keling, oyimposhsho!
Xotirjamlikda so'z-lashib, hasratlashib olaylik! Xamza, Kim o'g'ri?
3 Beg'amlik, beparvolik. Xotirjamlik-ka berilish kayfiyati. sha Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da
ham podsholarning g'ururga, kayf-safoga, xotirjamlikka.. berilishi oqibatida mamlakat va
xalqni yomon ahvol-ga solib qo'iishini ko'rsatib beradi. «UTA».
XOTIRLAMOQ Biror kimsa, narsa yoki taassurotni esga olmoq, eslamoq. O'tmishni xotirlamoq. sht
Uzoq yoshligini xotirladi u, Yana havas bilan o'g'liga boqdi. A. Muxtor. Qiz butun vujudini
to'satdan qoplagan og'riq bilan onasini xotirladi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
XOTIROT \a. ol_>JoL^ — «xotira» s. ning ko'pl.] 1 Xotiralar. Qayta tiklash mumkin barchasin,
faqat Qayta tiklanmagay o'chgan xotirot!'A. Oripov.
2 Biror kimsa yoki narsa xaqidagi ta-assurot, kishining ko'rgan-kechirganlari. Otabek Shamay
xotirotini so'zlab berdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XOCH \f. gLi. < armancha] Vertikal` o'q va unga ko'ndalang qadalgan bir yoki undan ortiq
xodadan iborat predmet, xris-tianlikning asosiy timsollaridan biri; but, krest, salib.
\Qabr ustiga] Ko'plashib yolg'iz bir xoch qo'yishdilar noiloj. H. Olim-jon. Xristianlar rivoyati
bo'yicha, Iso xochga mixlabo'ldirshgan. «O'zME».
XOQON map. Qadimgi turkiy xalqlar va mo'g'ullar hukumatida yirik davlat boshliqlarining eng
oliy unvoni va shu unvonni olgan shaxs. Xitoy yilnomalarida xoqonlarnnig taxtga chiqish
marosimi haqi-da keng tafsilotlar berilgan. «O'zME».
XOQONIY Xoqonlarga xos. [Oyxola Xo-lisxonga:] Bo'lmasa, bunday xoqoniy davlat-ni qo'yib,
qaiga borasan.'? Xamza, Paranji sirlari.
XOQONLIK map. 1 Xoqon lavozimi. Xoqonlikdan voz kechmoq.
2 Xoqonga qarashli davlat yoki mamla-kat. Xazar xoqonligi. Uyg'ur xoqonligi. m Turk xoqonligi
davrida, jumladan, 6~8-asr-larda Markaziy Osiyoning bir qancha o'lka-larida.. «xoqon» unvoni
bilan tangalar chiqarilgan. «O'zME».
XOH [f. olj-i. — xohlovchi; goh.. goh..] bog'l. Ayrim gaplar yoki ran bo'laklarini o'zaro
bog'lab, «yoki», «yoxud», «mayli», «xohlasa», «bo'lsa ham» kabi ma'nolarda takror holda
ishlatiladi. Xoh kelsin, xoh kelmasin — menga bari bir. Xoh yosh, xoh qari — hamma to'plandi.
Xoh bugun, xoh ertaga. m Har narsadan aziz bu yer tuprog'i: Qa-damni xoh ko'zim, xohi yerga
qo'y! M. Alaviya.
XOHISH \f. ^`. — iltimos; istak, xoxlash] Biror narsani xohlash, istash, istak. Suvning
oqishiga qara, Xalqning xo-hishiga qara! Maqol. HI -Musobaqada yutib chiqish uchun eng avval
g'alaba qilishga zo'r xohish va.. ishonch kerak, — degan edi Norjon aka. F. Musajonov, Chiqindi.
U [Jaynak mirzo] hol-ahvol so'rab kelganlarni Hoji otaning xohishi bilangina ichkariga
qo'yardi. «Yoshlik».
XOHLAGAN 1 Xohlamoq fl. sfdsh. Bozorda xohlagan narsangiz topiladi.
2 Hamma; xar bir, har qanday. Bu jur-nalga xoxlagan odam a'zo bo'lishi mumkin. n Pul bilan
dehqonning oyog'iga kishan ur. Shunday qilsang, xoxlagan shartingga ko'na-veradi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
XOHLADIM 1 s.t. Xohlamoq fl. 1-sh. o'tg. zam., aniqlik maylidagi shakli. Men shunday qilishni
xoxladim.
2 ko'chma s.t. Nikoxdan rasman o'tish joyi. Iigitali kelin-kuyovning maqsadi, borar manzilini
bilsaham.. so'radi: -Ha, yigitning guli, yo'lingiz bo'lsin? -Xohladimga keta-yapmiz. T. Malik,
Ajab dunyo.
XOHLAMOQ 1 Biror narsaga o'zida ehtiyoj sezmoq, unga erishishni istamoq. Me'morni o'z holiga
qo'yib berish kerak. U
27—O'zbek tilining izohli lug'ati
j^B 418
shuni xohlardi. Mirmuhsin, Me'mor. Na-sibaning o'zi o'qishni xohlamasa, hech kimga gap
tegmaydi. A. Qahhor, Og'riq tishlar. Yoshi ortib borayotgan har bir qiz, har bir ju-von singari
To'raxon bola ko'rishni xohlar edi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
Xudo xohlasa Gap boshida qo'llanib, muayyan niyat albatta amalga oshsin, degan mazmunni
bildiradi. Xudo xohlasa, o'zingiz yor-yor aytib, go'shangaga o'zingiz olib kirasiz. X.
To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
2 O'z xohishi bilan tanlamoq, rozi bo'l-moq (qiz yoki yigit haqida). [Ona qiziga:] Unga yo'q
deysan, bunga yo'q deysan, kimni xohlaysan o'zi? ..YO bironta bilan gap berib
yuribsanmi?«Yoshlik». «Men Azimjon akamni xohladim, yaxshi ko'raman, tegmasam — o'la-man» degani
yolg'on ekan-da? M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
XOH-NOXOH [f. `\U=^` »1^*. - istar-istamas, xoxdab-xoxdamay] Istar-istamas, chin ko'ngildan
xoxdamagan holda. Xoh-noxoh shunday qilishga majbur bo'ldim.
XREN [r. xren] q. yerqalampir.
XRESTOMATIYA esk. [yun. chrestos -yaxshi, foydali + manthano - o'rganaman, o'qiyman] Taniqli
yozuvchilar yoki olimlar-ning tanlangan asarlaridan yoki ulardan parchalardan tuzilgan to'plam
shaklidagi o'quv qo'llanmasi. Adabiyot xrestomatiyasi.
XRIZANTEMA [yun. chrysanthemon < chrysos — oltin + anthemion — gul] Murak-kabgullilar
oilasiga mansub, qatma-qat to'pgullari turli rangda chiroyli bo'lib ochiladigan manzarali
o'simlik hamda shu o'simlikning guli. Yaponiyada baqqollik do'-konida xrizantema sotilayotganini
ko'rib qolgan kishi ajablanmaydi. «Fan va tur-mush».
XRISTIAN 1 [yun. Christos - pesho-nasiga moy surtilgan (podsho); Iisus Xris-tos (Iso
payg'ambar) nomidan] Xristian-lik diniga e'tiqod qiluvchi shaxs. Xristi-anlar o'par edi
Injilni. M. Shayxzoda.
2 Xristianlikka oid. Xristian cherkovi. Xristian jamoalari.
XRISTIANLIK Milodning 1-asrida Rim imperiyasida Iso payg'ambarga, ya'ni Iisus Xristosga
e'tiqod qo'yish asosida vujudga kelgan, hozirgi vaqtda jahonda keng g'arqalgan dinlardan
biri. Xristianlik ta`limoti. ish Hozirgi kunda O'zbekistonda xristianlikning turli
oqimlariga mansub dindorlar yashaydi. «UzME».
XROM I [yun. chroma — rang, bo'yoq] 1 Mendeleev davriy sistemasining VI guru-higa mansub
kimyoviy element; zangori-kumush tusli, qiyin eriydigan qattiq metall (ko'pgina
qotishmalarning zaruriy komponenti). Xrom kislotasi. shsh Xrom Yer po'stining massa jihatidan
0,035% ini tashkil etadi. «UzME».
XROM II Xrom tuzlari bilan ishlov berib tayyorlangan yumshoq, yuzasi to'rsimon naqshli, yaltiroq
yupqa teri. [Bashirjon] «Qizil etik hozir moda emas, — deb o'yladi.
— Qora xromdan tiktirish kerak». N. Ami-nov, Qahqaha.
XROMLASH kim. Po'lat va temirdan yasalgan buyumlarning chidamliligini, kor-roziyabardoshligini
oshirish yoki ularga bezak berish maqsadida ularni yupqa xrom qatlami bilan qoplash.
XROMO- [yun. chroma — rang, bo'yoq] Bay-nalmilal o'zlashma qo'shma so'zlarning bi-rinchi qismi
bo'lib, o'zi qo'shilgan so'zning rangga yoki kimyoviy element — xromga alo-qadorligini bildiradi,
mas, xromosoma.
XROMOSOMALAR [xromo.. + yun. soma
— tana] Hayvon va o'simlik hujayralari yadrolarining doimiy tarkibiy qismi bo'lgan va
xujayraning bo'linish davrida tegishli rang berilganda yaqqol ko'rina-digan, o'z-o'zidan ko'payuvchi
tuzilmalar. Xro-mosoma kasalliklari. tsh Har xil turga man-sub organizmlar bir-biridan
xromosomalar soni va ularning tuzilishi bilan farq qila-di. «O'zME».
XROMOSFERA [xromo.. + sfera] Quyosh ag'mosferasining 7—8 ming kilometr qa-linlikdagi, qirmizi
rangdagi qatlami.
XRONIK [yun. chronos — vaqt] q. surun-kali. Xronik kasallik.
XRONIKA [yun. chronikos — vaqtga, davr-ga oid, aloqador] 1 q. yilnoma.
2 Ijtimoiy yoki oilaviy voqealarning izchil bayonini o'z ichiga oluvchi adabiy janr.
3 Vaqtli matbuotda kundalik voqea-hodisalarni yoritishga bag'ishlangan qisqa axborog'; janr.
Gazetaning xronika bo'limi.
4 Kundalik, joriy voqea-hodisalar yori-tilgan xujjatli fil`m.
XRONIKAL Xronikaga oid (q. xronika 4). Kino sohasida olib borgan 20 yillik fao¬
419
liyatim davomida O'zbekiston to'g'risida 20 ga yaqin xronikal-hujjatli fil'mlarni suratga
oldim. Gazetadan.
XRONO- [yun. chronos — vaqt] Baynal-milal o'zlashma qo'shma so'zlarning birinchi qismi bo'lib, o'zi
qo'shilgan so'zning vaqtga, davrga aloqadorligini bildiradi, mas, xronologiya, xronobiologiya.
XRONOBIOLOGIYA [xrono + biologiya] Zamonaviy biologiyaning turli xil bio-logik jarayonlarning
muayyan vaqtda kechi-shini, ularning manbai va mexanizmlarini o'rganuvchi sohasi.
XRONOLOGIK Xronologiyaga asoslan-gan. Bu tanga pullar xronologik jihatdan uzoq tarixga ega.
XRONOLOGIYA 1 [xrono.. + yun. logos -fan, ta'limot] 1 Voqea yoki hodisalarning davriy
izchillikdagi bayoni, ro'yxati. Zero, uydirmasiz har qanday asar yalang'och voqealar
xronologiyasidan iborat bo'lib qolar.. edi. «O'TA».
2 Vaqt o'lchovi haqidagi, tarixiy voqea-lar va hujjatlar sanasini aniklovchi qo'-shimcha tarix
fani. Astronomik xronologiya. Tarixiy xronologiya. mm Hozirgi payshda xro-nologiyaning
taraqqiyoti bu fanning arxeo-logiya, tabiiy fatshr, statistika va bosh-qalar bilan o'zaro
hamkorligiga bog'liqdir. «O'zME».
XRONOMETR [xrono.. + metr] Vaqtni juda to'g'ri, aniq ko'rsatadigan, ekspedi-siyada, kemada
suzishda qo'llanadigan maxsus ko'chma soat.
XRONOMETRAJ [xrono.. + metraj] Ishlab chiqarishda qo'lda yoki mashinada bajariladigan
(takrorlanadigan) muayyan mehnat, ishni amalga oshirish uchun sarf-langan vaqtni aniq o'lchash.
Xronometraj maqsadida komp'yuterdan ham foydalanila-di. «O'zME».
XRONOMETRAJCHI Xronometraj ishi bilan shug'ullanuvchi kishi.
XRONOMETRIK Xronometr vositasi-da bajariladigan, xronometrda belgila-nadigan. Vaqtni
xronometrik usulda aniq-lash.
XRUSTAL` [yun. krystallos — muz; shaf-fof tosh, billur] q. billur. Xrustal` idish-lar.
XUVARI Hazil aralash yengil so'kish shakli: shumtaka, shayton, xumpar, xumsa kabi. Ha, xuvari,
qo'lga tushdingmi!'mm -Voy xuvari hoji, — dedi Niyoz qushbegi, — oldi-dagi ovni ko'rmay,
uzoqdagi yovni ko'radir! A. Krdiriy, O'tgan kunlar. [Shokir ota:\ Yo'l-chining ayni olov vaqti-
da, bironta o'zi tengi bilan baxt qidirib ketdimi, xuvari!Oybek, Tanlangan asarlar.
XUD [f. J^`. - o'z, o'ziniki] esk. O'z, o'zi, aynan o'zi. Bu shaklu shamoyil bila xud huru
parisen.. Bobur.
Goh xud, goh bexud Goh yaxshi, goh yomon; goh unday, goh bunday, goh o'ziga kelib, goh hushsiz.
Xotinlarning ko'ngliga hech tushunib bo'lmaydi.. gohxud, gohbexud. S. Nurov, Nar-von.
XUD-BEXUD [f. - o'z-o'zidan,
o'zidan-o'zi; beixtiyor] ayn. goh xud, goh be-xud q. xud. Ertalab ishga kelsam, xonamda xud-
bexud bo'lib Qo'shshaev o'tiribdi. N. Qo-bil, Unutilgan sohillar. Xud-bexud bo'lib yotgan
yangamning og'ziga eye tutdim. «Sharq yulduzi».
XUDBIN [f. jb. — manman, egoist; o'zinigina ko'zlovchi] O'zini yoki o'z manfa-atini hammadan
ustun qo'yuvchi. Xudbin va dilozor kimsaning axir Og'zi qon yirtqich-dan qanday farqi bor?! A.
Oripov. Isfan-diyorning injiq va xudbin ko'nglida o'ch olovi yonar, isyonkorlarni birma-bir
dorga ostira-man, deb ont ichib qo'ygan edi. S. Siyoev, Avaz.
XUDBINLIK O'z manfatini boshqa ki-shilar manfaatidan ustun qo'yishdan ibo-ratsalbiy axloqiy
sifat. Nodirning yuragi-da nomus o'ti, yigitlik lafzi, oriyatidan ko'ra xudbinlik, o'jarlik
ustun turadi. SH. G'ulomov, Yorqin ufqlar. Xudbinlik manfa-atparastlik va shaxsiyatparasp`shkni
o'z ichi-ga oladi. «O'zME».
XUDBINLASHMOQ Xudbinlik odati-ga berilib ketmoq. Xudbishtshib ketganini o'zixam sezardi.
Gazetadan.
XUDDI [f. ^jjb. - o'ziniki] 1 Aynan, aniq. Inobatning xuddi o'ziga o'xshagan no-zikkina, qora
qosh, qora ko'z bir singlisi bor edi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Bir oydan keyin xuddi
mana shu katta bog'da dan-g'shlama to'y bo'ldi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Xuddi shu payt
eshik g'iyqillab ochshdi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Roppa-rosa, to'ppa-to'g'ri, aniq. Men xuddi soat o'nda keldim. mm Agar o'sha ketishi
bo'lsa, bugun xuddi Qo'qonga borib yetgan. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Go'yo, go'yoki; baayni. -Keldingizmi? — dedi Alimardon, xuddi uning albatta kelishini
bilganday. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
4 Hoynaxry; aftidan. [Maysara:] Shosh-mang, taqsirim! Hozir chiqib bo'lmaydi! U xuddi
gumonsirab kelgan, ehtimol, har to-monga odam qo'ygandir. Hamza, Maysaraning ishi.
XUDKOM [f. *L?j— o'z manfaatini ko'zlovchi; o'zboshimcha] esk. kt. Faqat o'zini o'ylaydigan, o'zini
yaxshi ko'radigan; xudbin. \Navoiy:] E, nasimi subh, ahvolim diloro-mimga ayt! [Guli:] La'li
rangin, lafzi shi-rin, sho'xi xudkomimga ayt. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
XUDO, xudoy \f. \±± — iloh, xudo; hukm-dor xo'jayin] 1 Diniy tushunchaga, xususan islom
diniga ko'ra, butun mavjudotni, butun olamni yaratgan va uni boshqaruvchi oliy ilohiy kuch; har
qanday dinning e'-tiqod qilish asosi (musulmonlarda: «Al-loh» so'zining sinonimi). Xudo
butun jo-nivorlarni yaratib bo'lib, har qaysisiga umr ulashadigan bo'libdi. A. Qaxdor,
Qo'shchinor chiroklari. -Mirzo Anvar inimga xudo mar-taba ato qilgan emish deb eshitdim, — dedi
Safar bo'zchi.. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Avvali xudo Avvalo Xudoning xohishi, qudrati bilan. [Ibn Yamin:} Qizimning jo-nini avvali
xudo, qolaversa, siz asrab qol-dingiz. K. Yashin, Hamza. Azbaroyi xudo q. azbaroyi. -Agar
eshikni yopib yxjiacam, az-baroyi xudo, hujrangda bir haftagacha tong otmaydi, — dedi
Mirvali. A. Qodiriy, Ki-chik asarlar. Xudo asrasin (yoki saqlasin) Biror noxushlik, falokat,
zararli kimsaga yo'liqmaslikni tilab aytiladigan ibora. Ishqilib, o'zingga ehtiyot bo'l, bolam.
Biror falokatdan xudo asrasin!\. G'ulom, Mash'al. \Me'mor\ Munofiqlardanxudo asrasin.'Mir-
muhsin, Me'mor. Xudo berdi «Baxtli, dav-latli bo'ldi» yoki «nima istasa, shuni qila oladi»
kabi ma'nolarni ifodalaydi. Keyin Gulnorga xudo beradi, u erka, arzanda xotin bo'lib, erga
suyalib, ko'ngliga nima kelsa, shuni qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar. Xudo bil-sin (yoki
biladi) Kim biladi deysiz, ehti-mol. Qorong'ida yaxshi ajratolmadim, tusini g'ira-shira anovi
qora Homidga o'xshatdim.
Tag'in umi, boshqami, xudo bilsin, shatir-shutir qildi-da, chiqib ketdi. A. Krdiriy, O'tgan
kunlar. Xudo ko'rsatmasin Biror ko'n-gilsiz voqea yuz bermasligini tilab ayti-ladigan ibora.
Agar bu kasallik mahalliy xalqqa ham yuqsa bormi, xudo ko'rsatmasin, ana unda ko'rasiz
qiyomatni.. K. Yashin, Xam-za. Xudo ko'tarsin! yoki xudo olsin! qarg'. Biror kimsaga bo'lgan
nafratni ifodalab, unga o'lim tilab aytiladigan ibora. Zulfi-zar ichida: «Xudo ko'tarsin
seni» dedi-yu, qadamini tezlatdi. K. Yashin, Xamza. Xudo rahmati yoki xudo rahmat qilsin
Rahmatli (marhumni \urmat bilan tilga olganda aytiladigan ibora). -Kitoblar ikki joyda
yolg'on aytishni ma`qul degan ekanlar: bit-tasi — eru xotinning orasida, ikkinchisi — ikki
mo''minni bitirish uchun. Buni xudo rah-mati domlam o'qib berar edilar, — dedi Safar bo'zchi. A.
Krdiriy, Mexrobdan chayon. [Olchinbek:] Boshingizga tushgan shilarning hammasidan xabarim bor.
Kampirning o'limi, xudo rahmat qilsin, yangi yozgan asarlarin-gizning yo'q qilinishi.. K. Yashin,
Xamza. Xudo urgan 1) yomon, razil, yaramas. Xo'jayin to-g'ang juda xudo urgan odam. Uying
kuygur, shun-cha yil ishlatib, endi ko'chaga tashlaidimi? Oybek, Tanlangan asarlar; 2) nochor,
rasvo. Men sizga: «Qopong'ich, jangari it topib keling!» desam, xudo urgan itni topib
kelibsiz. «Latifalar». Xudo urdi Rasvo bo'ldi; ishning pachavasi chiqdi. [Odam] Ichkilikka
berildimi, xudo urdi, Obro' ke-tib, yo'qoladi tamom burdi. T. Io'ldosh. Ke-yin yerga engashib,
qo'llariga katta bir tosh oldilar. Yuragim shuv etdi: «Obbo, xudo ur-di», dedim. P. Tursun,
O'qituvchi. Xudo urdi-ketdi Nahotki shunday bo'lsa? Ko'ying-ey, Rahimjon, gapirmang-ey! Xudo
urdi-ketdi. Qizim qo'lingizga tushgandan beri bir kun ro'shnolik ko'rmadi. A. Qahhor, Sarob.
Xudo uriptimi Bo'lmagan ran, o'libmanmi, nahot-ki shunday bo'lsa? Meni xudo uriptimi, un-day
deganim yo'q. Xudo xayringni bersin Yaxshi tilak, minnatdorlik bildiruvchi ibora. Jon birodar,
xudo xayringni bersin, bu yaxshiligingni ikki dunyoda unutmasman. S. Siyoev, Yorug'lik. Xudo
haqi To'g'risi; chin-dan ham, haqiqatda ham. Xudohaqi, odamhad-dan tashqari qo'rqsa, qiziq
bo'lar ekan. A. Qahxrr, Sarob. Xudoga nima yozdim? «Nima gunoh qildim, gunohim yo'q edi-ku?!»
maz-
421 YA'^
munidagi ibora. [ Matpano:} Xudoga nima yoz-dim? Nahot o'tgan-ketganning qo'liga ter-milib,
qarib-chiribado bo'lajakman?S Siyo-yev, Yoruglik. Xudoga soldim Jazosini xudo bersin.
Gulsumbibi qizining boshini siladi, yig'lab gapirdi: -Qo'y, qizim, Nuri tuhmat qilgan bo'lsa,
xudoga soldim. O'zi bir kun ja-zosini tortar, bir kun izza bo'lar. Oybek, Tanlangan asarlar.
Xudoga topshirdim Xayr-lashish chog'ida aytilib, xudo har qanday yomonlikdan asrasin, sog' bo'l,
omon bo'l, degan mazmunni bildiradi. Xudoga topshir-dim, Kumush, qazom yetib ko'rolmay qolsam,
mendan rozi bo'l! A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Xudoga (ming marta, beadad) shukur! I) bi-ror
narsaga erishilganda aytilib, mamnun-lik, shukronani bildiradi. Xudoga shukur, to'y ko'rdim,
chimildiqqa kirdim, orzu-havas ko'rdim. I. Rahim, Chin muhabbat; 2) o'zaro hol-ahvol
so'rashilganda, javob tarzida ay-tiladi. [ Otabek:] Tuzukmisiz, ota ? -Xudoga shukur! — dedi
Hasanali. A. Qodiriy. O'tgan kunlar. Xudoyimdan o'rgulay Xudoga shukur. -Xudoyimdan
o'rgulayki, — dedi Kumush enti-kib va dahshatlanib, — yomonlarning jazo-sini o'zi bergan. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Ko'pxudolikda olamning qandaydir bir qismining oliy hukmdori. Sevgi xudosi. Urush xudosi.
tsh Go'zallikning qoshida axir Cho'kka tushgan hatto xudolar. A. Oripov.
XUDOBEZOR(I) [f. J - xudodan
qochuvchi; betavfiq] Har qanday yomon hara-katdan ham qaytmaydigan; o'ta dilozor, be-tavfiq.
-Bu bezbetni qaerdan topdingiz, xudobezori-ku u? — dedi Soliev o'rnidan tu-rib. «Yoshlik».
XUDOBEXABAR [f. J;~-L^ - xudodan xabarsiz, betavfiq] Xudodan qo'rqmaydigan; dinsiz;
insofsiz, diyonatsiz, betavfiq. Shu xudobexabar amir eshigida amaldor bo'-lishdan ko'ra, o'g'irlik
qilib yurish ming marta a'lo. S. Ayniy, Jallodlar.
XUDOVAND [f. x>3\±± - xudo; sohib, ega; hukmdor] Xudoning sifatlaridan bi-ri; ayn. xudo.
Xudovandi karim Karamli, muruvvatli xudo. [Bahrombek:] Ey xudovandi karim, mol-do'nyo deb,
bu yo'llarga kirgan bandangni kechir.. «Yoshlik».
XUDOVANDO [f. IjQjIjLi. - ey xudovand]: xudoyo xudovando Xudoga murojaat shakli; ey xudo,
xudoyo. -YO xudoyo xudovando! Banda¬laringga o'zing insof ber, — dedi ayol. P. Tur-sun,
O'qituvchi.
XUDOGO'Y [f. — xudo deyuvchi,
xudoni tilga oluvchi) Xudo nomini tildan qo'ymaydigan, doim toat-ibodat bilan shu-
g'ullanadigan. Xudogo'y odam. ish Ro'ziqul o'tkinchi xudogo'ylarga qur'on o'qib berish bi-lan besh
tiyin-o'n tiyin topib yurdi. G'ay-ratiy, Tepalik mozor.
XUDOYO [f. LIJL^ — e xudo] Xudoga mu-rojaat shakli; e xudo. Xudoyo xudovando! Xu-doyo tavba!
tsh Maxsum o'zicha imon keltirdi: -Xudoyo xudovando, bir ojiz bandangman. Gunohim bo'lsa, o'zing
kechirgaysan! P. Tursun, O'qituvchi.
XUDOJO'(Y) \f. ^^J-ib. - xudo(ni) iz-lovchi] Xudo va din yo'lidan chiqmaydigan, xudoga
ishonadigan; dindor. \Hoji ona:] Men ikki yo'l haj qilgan xudojo'y, batavfiq xotinman!
Musulmonlarga yomonlikni aslo ravo ko'rmayman. Hamza, Boy ila xizmatchi. Xudojo'ylar kamayib,
ziyoratgohga ko'p vaqt-dan buyon nazr-niyoz tushmay qolgan edi. Ga-zetadan.
XUDOJO'YLIK Din yo'lidan chiqmas-lik. Ularning avom xalq oldidagi xudojo'y-liklari ham
riyokorlikdan boshqa narsa emasligiga gumonim qolmadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
XUDOY \f. ^\l±\ Q. xudo.
XUDOYI [f. ^l-ib. — ilohiyot; xudoga oid, aloqador] din. Marxumlar ruhiga ba-g'ishlab yoki
biror illatdan eson-omon qutulganligi uchun xudo yo'liga qilinadi-gan sadaqa, qurbonlik,
ziyofag'. Hazrat Ba-hovuddin yo'llariga yetti non xudoyi qilib-durlar. A. Qodiriy, Kichik
asarlar. Bir ne-cha oy ichida yuzlab qo'ylar, tuyalar so'yilib, mahalla-guzarlarda xudoyilar
qilindi. S. Siyoev, Avaz.
XUDOYIXONA [xudoyi + xona] esk. Kambag'al, yetim-yesirlarga xudoyi tariqa-sida oziq-ovqat
beriladigan joy.
XUDOYIXO'R [xudoyi + f. - yeyuv-chi] Xudoyiga borib ovqatlanishni odat qilib olgan kishi.
Madrasamizning.. «ji-lovxona»sida har yakshanba va payshanba kunlari xudoyixo'rlar ko'cha
poylab, tikili-shib o'tirar edi. M. Muhammadjonov, Tur-mush urinishlari.
XUDOYICHI ayn. xudoyixo'r.
XUDOPARAST [f. S^^\A^ - xudoga ishonuvchi, dindor] Dinga, xudoga ishona-digan; dindor.
Xudoparast odam. sht Dovud asl xudoparast, menga sodiq. YO. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot.
XUDOSIZ Xudoni tan olmaydigan, xu-doga ishonmaydigan; dahriy, ateist. Doktor bir kuni
[Qurbon otani] mahallada o'zi tash-kil etgan xudosizlar to'garagining mashg'u-lotiga olib
bordi. A. Qahhor, To'y.
XUDOTARS [f. ^— xudodan qo'r-quvchi; taqvodor] esk. din. Xudodan qo'rqa-digan; mo'min,
xudojo'y. Dushman emas, bular ustai Zargar, Anga hamroh bir xudotars qsshandar. «Malikai
ayyor».
XUDPARAST [f. C^U^J- o'ziga bi-no qo'ygan, xudbin] Faqat o'z manfaatini ko'zlab ish tutadigan;
xudbin. Xudparast odam.
XUK [f. JL^± — to'ng'iz]: xuk yili ayn. to'ng'iz yili q. to'ng'iz 3.
XULYO kam qo'll. Faqat xayolda, tasavvur-da zohir bo'ladigan, aslida yo'q narsa. Dilshod bu
mudhish xulyoni quvish uchun boshi-ni bir siltab, o'rnidan turdi. M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o.
Nima uchun yosh bir odam-ning quruq so'zi bilan butun niyatlarim, qasdlarim va xulyolarimdan
kechdim. Cho'lpon, Kecha va kunduz.
XULIGAN [ingl. hooligan < irlandcha atokli ot (Houlihan) dan] q. bezori. Xuli-gan bola.
XULLAS [a. u~l- — tutallanish, yakun topish] mod. s. «Xulosa qilib aytganda», «shunday qilib»,
«qisqasi» kabi ma'no-larni ifodalaydi. Xullas, insonning inson bo'lishi uchun kerakli gaplar
deyarli Shayx Sa'diy «Guliston»ining o'zidayoq aytib o'tilgan. Shukrullo, Saylanma. Ikkinchi xo-
nada stol-stullar, divan, priyomnik, xullas, o'rtamiyona oila ro'zg'origa xos jixozlar. S.
Zunnunova, Olov.
Xullas(i) kalom Gapning xulosasi, yaku-ni; gapning qisqasi. Xullasi kalom, kamina salkam
qirq kun deganda yoruqqa chiqib, oftob ko'rdim.. O. Yoqubov, Izlayman.
XULLASI ayn. xullas. Yuzboshi [til-lani] yeganicha yepti, yutolmay qolganidan keyin o'g'rilar
og'ziga zo'rlab tiqishibdi.. xullasi, it azobida o'lipti. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroklari.
XULLASKI ayn. xullas. Qamishkapada-gi ikki yuz ellik xo'jalikning hammasi qo'l-laridagi bor
mol-mulklarini, yerlarini, bog'-larini, xullaski, bor bisotlaridagi hamma mollarni kolxozga
ikki qo'llab topshirib, birvarakayiga kolxoz bo'lishi shart emish. P. Tursun, O'qituvchi.
XULOSA [a. *_^}La. - saralangan narsa; natija; qisqacha bayon, mazmun; mohiyat] Yuritilgan
fikr yoki mulohazaning man-tiqiy natijasi, yakun. Bunday tasavvur qa-dimgi insonlarning
empirik xulosalaridan boshqa narsa emas, albatta. «UTA».
Xulosa qilmoq (yoki chiqarmoq) yoki xu-losaga kelmoq Yakuniy fikrga kelmoq, uni aytmoq. -Xo'p,
ko'ramiz, — dedi rais xulosa qilib. S. Ahmad, Ufq. [Navoiy] Shuning bilan birga Nizomiy va
Xusravlarning zaif to-monlarini topib, undan chuqur falsafiy xu-losalar chiqaradi. T.
Jalolov, «Xamsa» tal-qinlari. Cho'lpon haqida to'g'ri xulosaga kel-ganlardan biri Oybek bo'ldi.
Gazetadan.
2 ayn. xullas. Xulosa, tevaragimizni o'rab olgan hozirgi manzara boyagi mahzun ko'rinish
ta'siridan bizni qutqaradi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
XULOSAVIY [a. ^j^M*. - xulosa tar-zidagi, yakuniy] esk. s.t. Xulosa sifatida takdim
etiladigan; yakunlovchi. Xulosaviy gap.
XULOSALAMOQ Fikrning mantiqiy natijasini ifodalamoq, xulosasini bayon qilmoq; yakunlamoq. -
Aytmoqchi bo'lganim shuki, bolalarim, — dedi so'zini xulosalab Qurbon ota, — hammamiz hamjihat
bo'lib, bir yoqadan bosh chiqarmasak, ishimiz baror topishi qiyin. H. Nazir, Ko'xterak shaba-dasi.
XULQ[a. jla. — fe'l-atvor, tabiat; kay-fiyat; g'azab] 1 Kishining muomala va ruhiy
xususiyatlari majmui; fe'l, xarakter. Xul-qi sovuq odam. Yaxshi xulq — kishining husni. Maqol.
Saodatxon bularning xulqi haqi-da o'ylab, chuqur xayolga cho'mgan edi. S. Zun-nunova, Olov.
Qahramon,shrning so'z ifoda-lari ularning saviyalariga va xulqlariga mu-vofiq tanlangan. T.
Jalolov, «Xamsa» tal-qinlari.
2 Kishiga odat bo'lib qolgan, takror-lanib turadigan xatti-harakat; odat, qiliq. Qodir ancha
yumshargan edi. Nabigul yaramas xulqlari bor ekanini bo'yniga olish bilan
Qodirni yana ham yumshatdi. A. Qahhrr, Qa-notsiz chittak. Uning raqslarida qush yengil-ligi,
Shabada sho'xligi, gulning nozi bor. Uning odobida, uning xulqida Insoniy kamolot mavjud,
barqaror. Uyg'un.
XULQ-ATVOR [xulq + atvor] Fe'l-at-vor, xarakter. Hamida xulq-atvori shamolga o'xshagani bilan
ko'p narsaga aqli yetardi. S. Anorboev, Mehr. Bola yetti yoshga to'lib, mak-tabga borgan yili
uning xulq-atvorida bir-muncha burilish paydo bo'ladi. «Fan va tur-mush».
XUM [f. ^l. - katta ko'za] Biror suyuq-lik, don va sh.k. saqlash uchun turli katta-likda
yasaladigan, og'zi torroqsopol idish. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda
edi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroq-lari. [Urinbibi aya\ Xumdagi musallasni ko'za-larga quyshiga
o'zi ko'maklashib yubordi. X. To'x-taboev, Yillar va yo'llar. Ha, darvoqe, xum-da qo'y yog'im,
Omborda sur go'shtim qolmapti. S. Akbariy.
XUMBOSH ayn. xumkalla.
XUMDAI Juda katta. Bashirjonning.. sochi to'kila boshlagan xumday kallasi qip-qizarib ketdi.
N. Aminov, Qahqaha.
XUMDON [f. jlj— xum yasaladigan joy, idish] Kulolchilikda loydan yasalgan idishlar yoki g'isht
pishiriladigan o'choq, pech`. Kulol xumdoni. shsh -Hu, ko'rdingizmi, — dedi chap qo'li bilan
ko'rsatib, — u yerda g'isht xumdoni quryapmiz. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Sultonmurod xumdonga
idish qalashda usta edi. Mirmuhsin, Tungi chaqmoklar.
XUMDONCHI Xumdonda g'isht yoki ku-lolchilik mahsulotlarini pishirish bilan shug'ullanuvchi ishchi. -
Katta ko'chaga chiqib olmog'im uchun orada bittagina Hamdam xum-donchining chakalagi qoldi, —
dedi O'sar aka. A. Qodiriy, Jinlar bazmi.
XUMKALLA \f. *1brigadir.. xumkalla o'g'ilchasiga kissasidan mayiz olib berdi. S. Nurov, May-salarni ayoz
urmaydi.
2 ko'chma Miyasi yo'q, kallavaram, qovoq-bosh. [ Olimxon:] Xumkalla! Shariat yo'lidan toygan
qizning so'ziga ishonasanmi? Bari hiyla, bari ayyorlik, makr! Oybek, Tanlan-gan asarlar.
Lekin juda bopladi, xumkallani o'tqazib qo'ydi, ofarin/A. Muxtor, Davr me-ning taqtsirimda.
XUMLAB Xum bilan; xumda. Ko'p kishi-larning uylarida musallas bilan bo'zalar xum-lab qaynab
yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkilik sotish bilan tirikchilik qiluvchilar ham yo'q
emas edilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XUMOR [a. j\ — (ichkilikdan) ka-raxtlik, bosh og'rig'i] 1 ot Odatlanish tu-fayli biror narsaga
bo'lgan chanqoqlik; mushtoqpik, zo'r istak. U bugun uyqudan bir qadar xumori bosilganday bo'lib
turdi. S. Anorboev, Hamsuhbatlar.
Xumor qilmoq Biror narsaga yetishuvga bo'lgan intilishni, istakni kuchaytirmoq; o'ta xohlamoq;
sog'intirmoq (odatlangan nar-sa haqida). -Durust, oldingi kasbing xumor qilayotgani yo'qmi?—
debhazillashdim. Shuk-rullo, Saylanma. Xumordan chiqmoq O'ylab yurgan biror ish yoki xarakatni
amalga oshi-rish natijasida taskin topmoq, tinchlan-moq. [A^dd] Uloq chopib, ko'pkarilarsh ko'rib
xumoridan chiqib, uyiga qaytmoqchi bo'ldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Xumori tutmoq
Odatlangan narsasini qo'msamoq, sog'inmoq; unga yetisha olmay tajang bo'lmoq. Qisqasi [cholning]
nosi ado bo'lsa, ayniqsa, xumori tutganda, hech bir kuch uni to'xtatib qololmaydi. N.
Norqobilov, To'qnashuv. Xu-morini tarqatmoq (yoki yozmoq) O'zi qo'msab, sog'inib yurgan kimsa yoki
narsaga yetishib qanoatlanmoq, taskin topmoq. O'ynab, has-ratlashib, xumorini tarqatib, uyiga
qay-tadi odam. Gazetadan. Sizlarni ko'rsam, uni [nabiramni] ko'rganday xumorim yoziladi.
«Sao-dat».
2 Biror narsaga erishuvga, yetishuvga ish-tiyoqi baland, orzumand; mushtoq. «Xat ku-tib jonimda
qolmadi toqat, Bir ko'rmoqqa xumor bo'ldi Adolat!» I. Rahim, Chin muhab-bat. Tojiboy xumor
bo'lib, yana nos chekdi-da, otiga qamchi urdi. P. Tursun, O'qituvchi.
Xumor ko'z yoki ko'z(lar)i xumor 1) suzuk, chiroyli ko'z. Zumradning xumpr ko'zlarida qandaydir
chuqur bir qayg'u yashiringan. H. Ziyoxonova, Mening tabrigim. U [Gulnor] chiroyli mayin tovush
bilan so'zlarkan, yi-gitning qo'lidan choynak-piyola olarkan, sho'x, xumor ko'zlari bilan yigitga
qaraydi. Oybek, Tanlangan asarlar; 2) shunday ko'zli yor, dilbar. Ko'z tindi kutib, ko'zi
xumorim, ni-ma bo'ldi? Habibiy. O'z gapi o'ziga xumor qilmoq O'zining gapi o'ziga qiziq bo'lib
tuyulmoq. Muallim o'z gapi o'ziga xumor qilib xoxoladi.. «Yoshlik».
XUMORGARCHILIK Odat qilingan, o'r-ganilgan narsa yoki kimsani qo'msash, uning yo'kligidan dilgir
bo'lish, xumor bo'lish; intizorlik, mushtoqlik. Dilgirlik haddan oshdi, qoradorining
xumorgarchshshgi.. husnim-ga putur yetkazgan edi. G'ayratiy, Sababi tiriklik.
XUMORI [a. + f. ijUi. - vinoga, ich-kilikka oid; xumor bo'lgan] Xumor bo'lgan, ishtiyoqi
baland, mushtoq. Bahs tugar, askiya bo'lib o'tadi, Ba'zilar qo'shiqni qilar xumo-ri. X. Saloh.
Namanganning anori, Kimni qilmas xumori ? T. To'la.
XUMORLIK Xumor bo'lishlik, mushtoq-lik, sog'inish. Kenjasining yo'liga ko'zi to'rt bo'lib,
xumorlikdan bag'ri kabob bo'l-gan To'xta ona.. o'g'lining boshdan oyog'igacha sinchiklab boqadi. I.
Rahim, Tankchining ot-puskasi.
XUMPAR Hazil aralash yengil so'kish shakli («qurg'ur», «shayton», «shumtaka» ka-bi). -Voy-bo'y,
tirikmisan, xumpar, Tosh-kenshga qachon kelding?.. — dedi Shum bolaga Turobboy. G'. G'ulom, Shum
bola. Qo'shnim bu bilan: «Nonushtani tezda tugalla va chi-qib, chala qolgan shaxmatni o'yna,
xumpar», demoqchi edi. H. Ahmar, Yakkama-yakka.
XUMSA 1 Yengil so'kish shakli («bema'-ni», «yaramas», «ablah» kabi). -Oyog'ingni bog'lab ol,
qaltiroq xumsa! — deb baqirdi Qultoy.. Dadaqo'ziga. A. Muxtor, Bo'ronlar-da bordek halovat.
Podisholik bilan hazil o'ynaydiyov bu xumsalaring. A. Qodiriy, Ki-chik asarlar.
2 ayn. xunasa 1.
XUMCHA Uncha katta bo'lmagan, kichik xum. Yog' xumchasi tashidan bilinur. Maqol. yat Shu lahza
Badia.. xumchadan nim kosa sharbat olib keldi. Mirmuhsin, Me'mor.
XUN \f. ^j^. — qon] 1 ayn. qon. Ming jafo birlan ezib qalbimni, to'kdilar xu-nim. M.
Ismoiliy, Farg'onat. o. Daryo bo'lib oqdi daryoda xunlar, Do'zax olovida bamisli dunyo. E.
Vohidov. -Har kim shahid — o'z xuniga bo'yalar, Elu xalqqa ozor berma, Avazjon, -dedi
Qulmaloyik bobo. «Zulfizar bilan Avazxon».
Jigari (yoki bag'ri, yuragi) xun bo'lmoq
Biror narsadan qattiq ta'sirlanib izti-rob chekmoq, ruhan qattiq ezilmoq. -Onamga
bildirmanglar, — dedi ayol bag'ri xun bo'lib. A. Nurmurodov, Urush bevalari. Yolg'iz seni, men
yolg'iz kutdim, Kutaberib xun bo'ldi jigar. R. Parfi. [Abdulaziz] Shuvaqtichida qancha foydadan
qolganini ham taxminan hisoblab ko'rib, yuragi xun bo'lib ketdi. S. Anorboev, Oqsoy. Xun
bo'lmoq Ruhan qattiq ezilmoq. «Yig'layverib, xun bo'lib ketdim», deb yozgan edi Mastura. SH.
Xolmirzaev, Bo-dom qishda gulladi. Xun yig'lamoq Ezilib yig'lamoq. [Qo'ng'iz bola] Ariqdan
o'tolmay, yig'lamoqda xun, Ko'z yoshi yuzini yuvibdi bu-tun. S. Abduqaxdor.
2 Urug'doshlik tuzumi davrida vujudga kelgan odat; o'ldirilgan shaxs uchun olina-digan qonli
o'ch. Qo'yvor, deyapman senga.. Ba-ri bir ukamning xunini olaman.. Qo'yvor, qayoqqa
sudrayapsan!«Yoshlik». Ulikni tobut-ga solayotganda, xizmatkorlardan bittasi: -Bu odamxo'rlarni
qoziga berib, bechora go'-dakning xunini olish kerak, — dedi. Oydin, Xazil emish.
Xun dovlamoq Qonli o'ch olishni talab qilmoq. Xun dovlayman, nima javob berasan, Bolalarim
nobud bo'lgan — bilasan. «Alpo-mish».
3 Umuman, o'ldirilgan kimsa, yo'qotil-gan yoki tortib olingan narsa uchun to'lana-digan haq;
tovon. -Tom tagida qolibo'lsak, san bilan maning xunimni ulardan kim da'-vo qiladi ? —
qayg'uli tovush bilan dedi Uroz. Oybek, Tanlangan asarlar. Ulgan sigir qozi-niki bo'lsa, nima
qilish kerak? -Suzgan sigir egasidan xunini to'latib olish kerak, — de-di afandi.
«Latifalar».
Otasining xunini so'ramoq Biror narsa uchun haddan ziyod pul yoki haq so'ramoq, bi-ror narsaga
juda qimmat baho qo'ymoq. Xu-nini to'lamoq map. 1) o'ldirgani uchun tovon to'lamoq. Agar qo'lga
kelsa Boysunning xoni, O'ldirsam, to'lanar o'g'limning xuni. «Alpo-mish»; 2) biror narsa
qiymatini to'lamoq. Hazratning nomlariga dog' tushmasin uchun shariat amriga muvofiq sizga xun
to'lanadi. M. Jo'raboev, M.B. martabasi.
XUNASA [a. st. ch — xunasa] 1 \am er-kak, qam ayollik jinsiy belgilari bo'lgan odam yoki
hayvon. «Balig'ingiz erkakmi, ur-g'ochimi?» Afandi vazirning makrini tushu-nib, javob berdi:
«Xunasa». «Latifalar».
2 so'k. Yaramas, ablah, razil. -Shu xunasa qimor o'ynamasa, bu g'avg'olar yo'q edi, — dedi
425
Islom. «Yoshlik». Oq podsho degan xunasa far-mon chiqarib, mardikor so'rab qoldi. Urushda qo'li
baland emas shekilli. Oybek, Tanlangan asarlar.
XUNBOR [f. JL^J j±. — qon to'kuvchi, qo-til; qonli] esk. kt. Qonga to'lgan, qon oqib
turadigan. G'uncha yanglig' diydasi xunbordur-man sog'inib. Muqimiy. Kecha tong otqucha bedor
erdi, Ishqdin ko'zlari xunbor erdi. M. Solih, Shayboniynoma.
XUVDOR \f. J jjj_=>. xun egasi, xunga ega] Xun talab qiladigan; qasoskor. [Husayn:] Iblis
Majdiddin.. Mo'min Mirzoni o'ldirish haqida farmon yozib, menga mastligimda qo'l qo'ydirib
olibdi. Kecha tongda u meni ham nabiramdan, ham o'g'limdan judo qildi. Endi Badiuzzamon menga
farzand emas, xundor dush-man. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
XUNIBIYRON [f. a^^b^ ~ Qizdi-rilgan, qovurilgan qon] Nihryatda xunob, ruhan qattiq ezilgan,
alam-iztirob chekkan. Shavkat qirq besh minut xo'rligi kelib, xunibiyron bo'lib yig'lab o'tirdi.
Q. Kenja, Tog' yo'lida bir oqshom. Mustafo xunibiy-ron bo'lib yig'lagancha, qishloqqa qaytdi. N.
Qobil, Unutilmas sohillar.
XUNOB [f. LJLJ— qonli ko'z yoshi] 1 Toqati toq; diqqat, bo'g'ilgan, tajang. Ikki haftadan beri
suv ololmay \mo'ysafid\ xunob ekan. Oybek, Tanlangan asarlar. \Anvar:\ Mayli. Men ham
tezroq qaytishim kerak. Alimardon ham xunob bo'lib o'tirgandir. O'. Xoshimov, Bahor qaytmaydi.
Xunob qilmoq Asabiylashtirmoq. [Zebi Akromxonga:] Joningizga tegib, xunob qil-dim. SH.
Rashidov, Qudratli to'lqin. Xuno-bi oshmoq {yoki chiqmoq) O'ta diqqat bo'lmoq. -Yuring, ketdik! —
dedi past ovoz bilan xunobi oshgan Qo'chqorvoy aka. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar. Qo'chqor
xunobi chiqib, qo'lini siltadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
2 ko'chma Qiyin, og'ir, mushkul, serma-shaqqat, serdiqqat. Xunob vazifa. tsh Olam-da
zargarlikdek xunob ish bo'lmas derdim, bularniki yana sermashaqqat ekan. Oybek, Navoiy.
XUNOBA [f. 4_>Lij-i. — qonli ko'z yoshi] 1 ayn. xunob. Xunoba qilmoq. shsh O'zaro nizo-ning
dardu marazi Tinkamiz quritdi, xunoba qildi, Talashgan xonlarning keku g'arazi Yesh-di yurt
boshiga, xaroba qildi. M. Shayxzoda.
2 ot Diqqatni oshiradigan, serdiqqat ish. -Albatta, asli xunobasi mana shunda, — dedi bosh
qimirlatib Uktam. Oybek, O.v. sha-badalar.
Xunoba yutmoq fol`k. Azob tortmoq, qiy-nalmoq. G'ariblik ko'yida xunoba yutdim. «Mu-rodxon».
XUNOBAGARCHILIK ayn. xunobgarchi-lik.
XUNOBGARCHILIK Xafagarchilik, diq-qatbozlikni ifodalayditan holat; xunob-lik. Egat ochishning
turgan-bitgani xunob-garchilik-ku! R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa.
XUNOBLIK Asabiylik, toqati toqlik. Zumrad ko'zlarining nurini to'ka-to'ka, ko'p xunoblik bilan
ish tikardi. Oybek, Ulug' yo'l.
XUNOLUD \f. JjJi^j-i. — qonga belan-gan] esk. kt. Qonga belangan, qonga to'lgan. Xunolud
libos. shsh Xunolud quyuq qoshlari ostidagi yarim ochiq ko'zlari kimnidir iz-lagandek qaraydir.
A. Qodiriy, O'tgan kun-lar.
XUNREZ [f. ~ kon to'kuvchi] 1 Qon
to'kuvchi; jallod.
2 Qonxo'r, berahm. [Nizomiddin:] Ammo, bari bir, yo'sh mirzolar katta bo'lgach, o'z ota-bobolari
kabi xunrez, zolim bo'ladilar. Mir-muhsin, Me'mor.
XUNREZLIK Qonli to'qnashuv; qirg'in-lik, qirg'in. O'tror shahri bunyod bo'lgandan beri bunday
qirg'in, bunday xunrezlik, zo'ra-vonlikni ko'rmagan edi. M. Osim, O'tror. Xun-rezlik qi1,
demagan-ku Na Vedayu na Kur'on! E. Vohidov.
XUNUK [f. L". ch - salqin, sovuq; yoqim-siz, jozibasiz; mungli] 1 Ko'rinishi yoqim-siz;
ko'rimsiz, chiroyli emas. Frantsuzlar dunyoda xunuk ayollar yo'q, faqat o'ziga oro bermagan,
parvarishsiz ayollargina bor, deb hisoblashadi. «Saodat». Voy-vuy, qishlog'imiz shunaqa xarob,
shunaqa xunukmi! A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroqlari.
2 ko'chma Yoqimsiz; noxush, jirkanch. Xu-nuk voqea. tsh Har qalay, kecha xunuk ish bo'l-di. S.
Ahmad, Ufq. Bechora xotinning inson-lik qadru qiymatini yerga uradigan nihoyat-daxunuk yo'l
bu. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
3 ko'chma Qo'rqinchli. Uning [Anvarning] ko'zlari qorong'ida charaqlar, vajohati xu-nuk edi. O'.
Hoshimov, Qalbingga quloqsol.
4 ko'chma Quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz eshitiladigan. Xunuk tovush. ish Tuni bi-lan bo'lgan
g'azabli bo'kirishlar, xunuk alah-lashlar, yirpgqichday uvlab yig'lashlar shin-di. A. Muxtor,
Opa-singillar. Jimjit qabriston tepasidagi chinorda boyqush xunuk sayradi. S. Ahmad, Ufq.
Xunuk ko'rinmoq Yoqimsiz taassurot qol-dirmoq. Voy, ilm uvol emasmi, nega ishla-maysiz?
Hozirgi zamonda sichqon tutaman degan mushuk hamma odamning ko'ziga xunuk ko'rinadi-ya! A.
Qahhor, Og'riq tishlar.
XUNUKLASHMOQ Ko'rinishi yoqimsiz, ko'rimsiz bo'lib qolmoq; chiroyini yo'-qotmoq. Dastlabki
paytlarda Muborak un-ga durustginaday ko'ringan edi. Biroq uni yaqindan bilib borgani sayin,
nazarida xu-nuklasha bordi. «Yoshlik».
XUNUKLIK Ko'rimsizlik; chiroyli emaslik. Bilasizmi, xunuklikda yagona qiz ham yetilgan vaqtda
yigitning diqkatini jalb qiladigan bo'ladi. A. Qahhor, Sarob.
XUNXOR [f. qonxo'r, qon
ichuvchi; zolim] ayn xunxo'r. Vaqti zamon, kampir, ajaling yetdi, Yana xunxor, bilgin, Avazing
ketdi. «Malikai ayyor».
XUNXUR [f. — qonxo'r, qon
ichuvchi; zolim] kt. Qonxo'r, qotil; zolim. O'zbekning odati: xunxo'r dushmani kelsa ham,
bo'sag'adan qaytarmaydi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
XUNXO'RLIK Qon to'kishlik. Uyingiz orqasida qilgan adabsizliklarim, xunxo'r-liklarim uchun meni
kechiringiz. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XURAL [mo'g'. xural — majlis, yig'ilish] Mo'g'uliston Respublikasida oliy hokimiyat organlarining
nomi. Ulug' xalk xurali.
XURJUN [f. tashlanadigan, yuk solina-digan ikki ko'zli qop, qo'sh xalta. Jun xur-jun. Ip xurjun. tsh Qop
orqalagan oq yak-takli erkak bilan ikki ko'zi to'la xurjun yelkalagan ayol toshdan toshga hatlab,
narigi tomonga o'tib boryapti. T. Ashurov, Mar-varid tut.
2 esk. ko'chma Qoniqarsiz, yomon. [Said-ahmadxon:] Pul masalasi xurjun. Qo'qon boylari, patir
uchidan, deb jinday pul be-rishdi. Oybek, Ulug' yo'l.
Ishni xurjun qilmoq Ishni yomon ah-volda qoldirmoq, o'lda-jo'lda, chala qilmoq; na u yoqli, na bu
yoqli qilmoq. -Gap deganda qop-qop, ish deganda betob xushyoqmaslar bor, shular ishni xurjun
qiladi, — dedi rais. Oybek, O.v. shabadalar.
XURJUNLASHMOQ esk. Ora yo'lda qol-moq; yomonlashmoq, chatoklashmoq. Sexlardagi brigadalararo
ijtimoiy musobaqa ishlari xurjunlashib.. qoldi. «Mushtum».
XURILLAMOQ «Xur-xur» etgan ovoz chiqarmoq. Hurillab uxlamoq. mm Ko'rpachada xurpayib yotgan
mushuk uning [xotinning] qatim tortayotgan qo'llariga qarab xuril-laydi, g'altak ipni olib
qochishga payt poy-laydi. S. Ahmad, Ufq.
XURMA Qatiq ivitish, sut solib qo'-yish uchun ishlatiladigan sopol idish; qo'shquloq. Fotihadan
keyin Oftob oyim tovoqni xurmaga, xurmani tovoqqa urish-tirib, kuyovga qatiq olib chiqdi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
XURMACHA 1 Kichik xurma. Kechqurun ayam birxurmacha qatiq.. ko'tarib keldi. S. Siyoev, Yorug'lik.
2 ko'chma s. t. Qorin, oshqozon. -To'xta, to'xta, ey nonko'r. Xurmachangga loyig'ini ich-da, o'z
obro'sini bilmagan go'l, — dedi Ergash Olimga. B. Rahmonov, Qilmish-qidirmish.
Xurmachasi oqarmagan ayn. kosasi oqar-magan q. oqarmoq. Xurmacha qiliq Yomon, bema'ni, sovuq
qiliq; xunuk odat. Dadam-ning puli ko'payib, bir yildan buyon xurmacha qiliq chiqarib
qoldilar. «Mushtum». Xurma-chaning tagini yalaganmiding? To'yi kuni qor yoki yomg'ir yoqqan yigit
yoki qizga nisbatan hazil tariqasida aytiladigan ran. Churuk pa-ranji yopingan bir xotin
uzoqdan shang'illab kelaverdi: -Qor ham qursin, kafshim ham qur-sin, Nurioy, xurmachaning
tagini xo'p yalagan ekansiz-da! Oybek, Tanlangan asarlar.
XURMAQOVOQ shv. Oyimqovoq.
XURMO [0. L.j^ - xurmo] Tropik va subtropik mamlakatlarda o'sadigan, xurmo-doshlarga mansub
daraxt va uning mevasi. Uning [Nil daryosining] ikki tomonida fa-lakka bo'y cho'zgan
minoralar, ko'p kavatli binolar, xurmolar. Mirmuhsin, Al Maxdiy. Arablarda xurmo eng muhim
ozuqalardan biri hisoblanadi. K. Mahmudov, Qiziqarli pa-zandalik.
427
XURMOZOR [f. - xurmo may-
doni] Xurmo daraxtlari ekilgan yer, bog'.
XURMOYI \f. ^L.^i. - xurmoga oid; to'q sariq, och jigarrang] 1 Rangi xurmo mevasi rangiga
o'xshagan; qizg'ish-to'q sariq. To'rda soqoli xurmoyi-qizilcha bo'lgan.. bir yigit o'tirardi. S.
Ayniy, Esdaliklar.
2 O'zbekistondagi o'rik navlaridan biri. [O'rikning] ..xurmoyi, mirsanjali.. navlari yaxshi
turshak beradi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq taomlari.
XUROFIY [a. ^1 Xurofotga oid, xurofotga asoslangan. Xurofiy urf-odap`shr.
2 esk. ayn. diniy. Kitob g'oyat diniy, xu-rofiy — Hazrat Ali jang qilib, kofirlar-ni qirib,
musulmonlarni ularning jabr-zul-midan qutqardi, deb hikoya qilardi bu ki-tob. Oybek,
Bolalik.
XUROFOT \a. olil j± - bid'at, taas-sub, irim-chirimlar] Diniy e'tiqod, urf-odatlar,
irimlarni soxtalashtiruvchi ij-timoiy-psixologik hodisa. Haqiqat o'z ku-chini yo'qotgan joyda
xurofot ildiz otishi shubhasiz. «Saodat». Nodon kishilarning ko'ngli xurofotga yaqin bo'ladi.
Gazetadan.
XUROFOTFURUSH \a. +f. ^ij^oUl — xurofot sotuvchi, tarqatuvchi] kam qo'll. Xurofotni targ'ib
qiladigan, xurofotni vosita qilib kun ko'radigan. Inqilobdan ke-yin xurofotfurush bu xonadon
tezda qurib, to'zg'ib ketadi. Oybek, O.v. shabadalar.
XUROFOTCHI Xurofotga berilgan odam. Avvaliga Abdujabbor o'lguday xurofotchi, o'l-guday ko'ngli
mop bo'lib ko'rindi. M. M. Do'st, Lolazor.
XURRAK Uyquda nafas olganda chiqadi-gan xirillagan tovush. Hasanali undan [Ota-bekdan] javob
kutar ekan, bir ozdan so'ng javob o'rniga xurrak tovushini eshitdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Kampir kuchsizxur-rak torta boshladi. Oybek, Tanlangan asar-lar. To'rt oshxo'r idorani
boshlariga ko'tarib, xurrak tortishardi. S. Ahmad, Saylanma.
XURRAKCHI Xurrak otib uxlaydigan ki-shi. Xurrakni emas, xurrakchini otaman. Shun-doq yoqasidan
ushlayman-u, derazadan otvo-raman. A. Muxtor, Tug'ilish.
XURRAM [f. - shod, quvnoq, xush-chaqchaq; mamnun] 1 Shod, xursand, xushchaq-chaq. Chavandoz Gulsum
opaning yosh qizlarday «duv» qizarganini ko'rib, xurram jilmaydi. O. Yoqubov, Er boshiga ish
tushsa. Boring bizning Andijonga ham, Bog'larida sayr eting xurram. X. Saloh.
2 Xurram (erkaklar ismi).
XURRAMLIK Shodlik, masrurlik. Ho-fiz Sheroziy — ehtirosli muhabbat, go'zal tabiat.. shodlik va
xurramlik taronala-rining ijodchisi. «O'TA». Lekin yerda va ko'k-da men tomoshaga chiqqan
vaqtimdagi lato-fat, xurramlikdan asar qolmagan edi. S. Ayniy, Esdaliklar.
XURSAND [f. -u-u.j±. mamnun, qano-atlangan; shod, quvnoq] 1 Hayotdan juda mam-nun, kayfiyati
juda yaxshi; shod, xurram; xushchaqchaq. Ozod yoshlarning ruhlari tetik vao'zlari xursand edilar.
N. Fozilov, Diydor. Oyim azbaroyi xursand bo'lganidan: -Bara-kalla, o'g'lim! — deb yelkamga
qoqib qo'ydi. \. Nazir, Yonar daryo.
2 Biror kimsadan yoki narsadan qanoat hosil qilgan; mamnun, rozi, minnatdor. Shu yo'sin
Nodira, Mohlar oyimdan juda xursand bo'lgani holda, uyiga qaytdi. A. Qodiriy, Mehrobdan
chayon. Elmurod uni [Davlatyorni\ shunday sharoitda uchratganidan xursand bo'l-di.. P. Tursun,
O'qituvchi.
3 Xursand (erkaklar va xotin-qizlar is-mi).
XURSANDLIK Mamg'gunlik, vaqtichog'-lik. Xursandligimni aytsangiz, go'yo daryoman-u, qirg'oqqa
sig'may, to'lqin urayotgandekman. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
XURSANDCHILIK 1 Vaqtni xursand, shod, o'yin-kulgi bilan o'tkazish; vaqtichog'-lik. Bu — boshlariga
tushgan fojiadan ke-yingi birinchi xursandchilik edi. Mirmuhsin, Me'mor. ..shu kunlarning
birida Xayri acha uyida kichkina xursandchilik bo'ldi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
2 Xursandlik, shodlik. -Men senga ayt-sam, do'stim, — dedi Elmurod, — xursandchi-ligim ichimga
sig'maydi. P. Tursun, O'qituvchi.
XURUJ
[v- ^JJ-=»- olg'a chiqish, otla-nish; so'zga chiqish] 1 To'satdan hujum qi-lish; hujum. Tank
orqasidan kelayotgan dush-man pulemyotchilari xuruj qilib qoldi. Na-zarmat, Jo'rlar baland
sayraydi. Xuruj qi-layotgan olomon turgan joyida qotib qoldi. K. Yashin, Hamza.
2 ko'chma Issiq, sovuq, shamol, yomg'ir, o't, suv kabi tabiat kuchlarining hamlasi; avjiga
chiqishi, kuchayishi. Xuruj qilmoq. shsh Shamol yana xuruj qiladi, daraxtlarning
428
ko'ksini tilka-pora qilib shovullaydi. F. Musajonov, Himmat. Nogahon xuruj qilgan bu yomg'ir
uni ancha shoshirib qo'igan edi. S. Ahmad, Oydin kechalar.
3 Kasallikning kuchayishi. Isitma xu-ruj qilib, [Bashorat xolaning] hamma yog'i qaqshab og'ridi.
A. Mirahmedov, Kulgan che-chaklar.
4 s. t. Biror salbiy narsaga berilib ketish, ruju qilish. Ashir, xotini Xo'ja-bekovga tegib
ketgandan keiin, ichkilikka xuruj qildi. S. Anorboev, Oqsoy;
XURUSH I [f. O^JJ^ ~~ qayla; ziravor, dorivorlar] 1 Biror ish yoki jarayonning yuzaga kelishi,
tezlashuvi uchun yordam be-radigan vosita. Terini pardozlashda ishla-tiladigan xurush.
Payvandlash xurushi.
2 Ovqat, choyga maza, ta'm berish uchun unga qo'shiladigan oshko'k, ziravor, dori-vor kabi
vositalar. Agar choynak uzoq vaqt olovda tursa, choy ayniydi, ayniqsa, tarki-bidagi xurushari
kuyib, bemaza bo'lib qoladi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandachilik.
XURUSHLAMOQ tex. Qattiq material-lar sirtiga kimyoviy usul bilan ishlov bermoq, pardozlamoq.
Metallarni xurush-lamoq.
XUR-XUR taql. s. Xurrak tovushini bildiradi. Soqi bobo po'stinshshng bir yengi-ga boshini tiqib,
bir yengiga ikki oyog'ini suqib, xur-xur etib, xurrak tortib uxlab yotibdi. «Xushkeldi».
XURSHID \f. ±JLJ± - quyosh] 1 Yoritib turuvchi narsa; quyosh, yorug'lik, mash'al. Olamning xurshidi
kundir, odamning xurshi-di — ilm. Xamza. Tepalikka ilk nurin sochdi xurshidi jahon. E.
Vohidov.
Xurshidi tobon poet. Yorqin nur sochuvchi, porloq quyosh; yorning go'zal yuziga ishora.
2 Xurshid (erkaklar ismi).
XUSUMAT \a. JL-Oj— janjal, nizo; dushmanlik, adovat] Birovga nisbatan bo'l-gan kek, adovat;
qasd; dushmanlik. Sobirnna o'sha yoqimtoy yigitga aylangan va Ahmadning yuragida unga nisbatan
hech qanday xusumat qolmagandi. F. Musajonov, Himmat. To'ti-xonning yuragi ezilib, rashk va
xusumatdan yuz terilari tortishdi. N. Aminov, Tillo tabassumlar.
XUSUMATLI Xusumat belgisi ifoda-langan; adovatli. U \Majdiddin\ o'g'lining yelkasidan qo'lini
sekin tushira turib, cho¬dir tomon xusumatli nazar tashlaydi-da, otga minmoqchi bo'ladi. F.
Jo'raev, Obid Ja-lilov.
XUSUS \a. <_k>j — — xususiyat, o'ziga xos-lik, alo\idalik; ayrimlik] 1 Mu\okamaga sabab
bo'lgan yoki ko'zda tutilgan masala, mavzu. Maili, har kim aytsin o'z falsafa-sin.. Uni mot
qilarman men bu xususda! O. Xakimov. Yusufbek hojining qanday odam ekani ayniqsa Akram
hojiga anglashilib, bu to'g'rida ortiq bahs qilinmadi va so'z boshqa xususlarga o'tdi. A.
Krdiriy, O'tgan kunlar. Shart shu: Bundan keyin har xususda men bilan yaktan bo'lib
ishlasangiz., durustmi? Oybek, Tanlangan asarlar.
2 3-sh. egalik va o'.-p.k. affikslari by-lan ko'makchi vazifasida qo'llanadi (q. xu-susida).
Intizom xususida gapirmoq.
XUSUSAN [a. Loj ~~ — asosan; ay-niqsa, maxsus] rvsh. Boshqalaridan ko'ra; ayniqsa.
..Samarqandda, xususan, Farg'ona vodiysida odam shaklini chizish hali ham Qur`on nomidan
qattiq taqiqlanib kel-moqda edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Charos, xususan, Temur
nopmpemu haqida ga-pirmoqchi edi. O'. Hoshimov, Qalbingga qu-loq sol.
XUSUSIDA ko'm. vzf. To'g'risida, haqi-da. -Pilla xususida til qisiqlik joyim yo'q. Planni bir
yuz o'n bir protsent qilib qo'yganman, — dedi rais. S. Ahmad, Hodivoy.
XUSUSIY \a. ^-alohida, max-sus; shaxsiy] 1 Biror shaxsning yolg'iz o'zi-ga qarashli, tegishli
bo'lgan; shaxsiy; alo-hida. Xususiy do'kon. mm Anvar xususiy hayoti, ayniqsa, Ra'noga
aloqasidan hech kimga og'iz ochmas edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Kunduzlari o'rda devonini
boshqarish, erta-lab va kechqurun o'z uyida xususiy kishilarni qabul qilish, albatta, Anvar uchun
og'ir edi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
2 Muayyan bir narsa yoki mavzuga ba-g'ishlangan; ayrim bir narsa yoki mavzuni o'z ichiga
oladigan. Xususiy va umumiy masa-lalar.
XUSUSIYLASHTIRISH iqt. Fuqaro larning va davlatga taalluqli bo'lmagan yuridik shaxslarning
davlat mulki ob'ekt-larini yoki davlat aktsiyadorlik jamiyat-larining aktsiyalarini davlatdan
sotib olishi; davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy sub'ektlarga o'tishi
jarayoni. Davlat uy-joy fondini xususiy-lashtirish Uzbekiston Respublikasining maxsus
qonunlariga muvofiq amalga oshi-riladi. Gazetadan.
XUSUSIYLIK 1 Ayrimlik, o'ziga xos-lik.
2 fls. Falsafa fani kategoriyalaridan biri. Demak, til bilan nutq umumiylik bi-lan
xususiylikning dialektik munosabati-da bo'lib, ular biri ikkinchisiga o'tib tura-digan
hodisalardir. «UTA».
XUSUSIYAT [a. - o'ziga xos-
lik; alohidalik, ayrimlik] Biror narsa yoki kimsaning o'ziga xos, boshqalardan aj-ralib
turadigan tomoni, o'ziga xos belgisi. Xarakterli xususiyat. Uzbek tilining o'ziga xos
xususiyatlari.
XUTBA \a. 4-i-ka — va'z, nutq; pand-nasihat] 1 din. Juma va hayit kunlarida imom xatibning
sunnatdan keyingi (farz-dan oldingi) va'zxonligi; diniy pand-nasihat. Namozdan keyin semiz
va takabbur Bo'rixon hazrat eshon minbarga chiqib, xutba boshladi. M. Muhammadjonov, Turmush
uri-nishlari. Urta asrlarda xutbaning muhim siyosiy ahamiyati bo'lgan. «O'zME».
Nomiga xutba o'qitmoq yoki nomini xutbaga qo'shib o'qitmoq map. Taxtga chiqqan hukmdor-ning
nomini namozdan keyingi duoda til-ga olib, uning haqiqiy hukmdor ekanligi-ni tan olmoq.
Bir kuni Abu Ubayd Qobusning o'g'li Manuchehr Mahmud nomiga xutba o'qitib, rasman uning
hokimlar qatoriga o'tgani to'g'risida xabar olib keldi. M. Osim, Ibn Sino qissasi.
2 Nikoxlash vaqtida o'qiladigan duo. Qozi nikoh xutbasini o'qishga kirishdi.. S. Ayniy,
Esdaliklar. -Afandi, shaytonning xotini-ning oti nima? — deb so'radi imom. -Nikoh kuni siz
xutba o'qigan ekansiz-ku, bilmay-sizmi? «Latifalar».
XUTOR \r. xutor < qad. nem. huntari -viloyat, hududning bir qismi] 1 Rossiyada qo'rgoni,
uylari bilan alohida ajratib, o'rab olingan, muayyan shaxsga qarashli yer maydoni.
2 map. Kuban`, Ukraina va O'rta Osiyoda ikki-uch xo'jalikdan iborat qishloqcha.
XUFIYONA [a. + f. oL.aa — yashirincha, bildirmay, zimdan] Boshqalarga bildir-masdan; yashirin
ravishda; yashirincha. Kecha oqshom Amatjon masjidning imomiyu bir mullani chaqirtirib, xufyona
nikoh o'qit-tirib qo'ygan edi. S. Siyoev, Avaz.
XUFIYA [a. ^ida — yashirinlik, maxfiy-lik; sirini boshqalarga aytmaslik] 1 Bosh-qalarga
bildirilmaydigan, sir tutiladi-gan; yashirin, maxfiy. Ibrohim sulton Qora-ilon qulog'iga
shivirlab, xufiya topshiriqni mamum qildi. Mirmuhsin, Me'mor. -Amaki, tashqarida gaplashsak
bo'lmaydimi? — dedi qiz.. -Yo'q, — dedi Jo'ra qorovul, — xufiya gap bor. YU. Shomansur, Qora
marvarid.
2 Bildirmasdan buzuqilik qiluvchi; yashirin ravishda fohishalik qiluvchi. | Mas-tura:] Mening
qo'limdan besh yuzga yetib xu-fiyasi, satangi, akabachchalari chiqdi. Xamza, Paranji sirlari.
XUFIYAKI ayn. xufiyona. Ro'za oyi keli-shi bilan Said Burhon maxzum kunduz kunla-ri qorong'i
hujraga kirib.. xufiyaki may-xo'rlik qilib, dam olibyotar.. edi. G'ayratiy, Maxzum qochdi.
XUFTON [f. j- ^ - uxlamoq, uxlash] 1 Quyosh botgandan bir-ikki soat keyingi vaqt; taxminan
kech soat yettidan o'ngacha davom etuvchi vaqt. Kech kirdi, xufton bo'ldi, ba'zi o'tovlarda
chiroqlar o'chdi. J. Sharipov, Xorazm.
2 din. Quyosh botgandan bir yarim soat o'tgach o'qiladigan kechki namoz. [Tillaboy] Ovqatlarni
xo'p yeb olgandan keyin, xuftonni namozshomdayoq chala-chulpa o'qib olib, darrov yxjia6 qolar
edi. P. Tursun, O'qituvchi.
Dili (yoki ko'ngli, ta'bi) xufton Ko'ngli g'ash; xafa. Bo'rining dili xufton bo'ldi. T. Murod,
Qo'shiq. Ko'nglim birdan xufton bo'lib, o'zimni haqoratlangandek sezdim. M. Qoriev, Oydin
kechalar. Yetti (yoki ikki, uch) xufton Allamaxal, allavaqt. Xayri achaning choli azonlab
tegirmonga chiqib ketadi, shu bilan ikki xuftonda qaytadi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Qo'li
kishanli Avazni sarboz-lar yetti xuftonda.. mozoristonga olib ke-lishdi. S. Siyoev, Avaz.
Xufton namozi ayn. xufton 2. Chol xufton namozini o'qish uchun taxmondan joynamozni olib,
namat ustiga to'shamoqda edi. SH. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa.
XUFYA \a. — sir; ayg'oqchi, izqu-
var] map. Ayg'oqchi, izquvar. Ularning bu muzokaralarini chetda eshitib turgan xufya-lardan
biri bu so'zni Azizbekning qulog'iga yetkazur. A. Krdiriy, O'tgan kunlar. [Qosim¬
430
bek:] Qulingiz Samarqanddagi xufyalardan kelgan bir xabarni amirzodamga ko'rsatish-dan
tortingan edi. P. Krdirov, Yulduzli tunlar.
XUSH [f. (ji.>i. - yoqimli, yaxshi, ajo-yib; shod, quvnoq] 1 Yaxshi, yoqimli. Yaxshi kuy va qo'shiq
insonga xush kayfiyat bag'ish-laydi. Gazetadan. Dimoqqa bir xush hid ura-di Bog'lar oshib kelgan
shabboda. X. Saloh.
Vaqti (yoki ko'ngli) xush Kayfi chog', xur-sand. Vaqti xush bo'p, karnay-surnay qo'yadi, O'yinchi,
sozanda bari keladi. «Baxrom va Gu-landom». Farhodning ko'ngli xush bo'lib, Ota-si ham birga
ketdi. «Baxrom va Gulandom». Xush yoqmoq Juda yoqmoq, ma'qul tushmoq. Bunaqa shart ellikboshiga
albatta xush yoqadi-da! Darrov hovlini o'z bahosidan ancha ortiqqa olibdi. A. Qahhor, Qo'shchinor
chi-roqlari. Xush kelibsiz! yoki xush keldingiz! Mehmon kelganda, hurmat yuzasidan ayti-ladigan
ibora. -Xush kelibsiz, safo kelib-siz, juda xursandman, — dedi uy egasi. M. Osim, Ibn Sino
qissasi. Xush kelmoq Yoq-moq, yaxshi ko'rmoq. Uning o'ziga sariq atlas xush kelsa-da, biroq hozir
o'z xohishini bir yoqqa qo'ya turib, Otabek ko'nglicha kiyinishga qaror qiyadi. A. Qodiriy, Utgan
kunlar. Xush ko'rdik ayn. xush kelibsiz. [Bobur:] -Xush ko'rdik, begim, — dedi-da, unga o'ng
yelkasini tutdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Xush ko'rmoq Yoqgirmoq, yaxshi ko'rmoq. Ammo An-
varning ayniqsa xush ko'rgan kishilaridan birinchisi Ra'no va ikkinchisi.. Nasim ismli bola
edi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. Xush endi! Xayrlashish vaqtida aytiladi; xayr. Mening bilan
birga kelgan Mehribonlar, xush endi! «Bahrom va Gulandom». Xush qoling Xayrlashish vaqtida
ketuvchining qoluvchiga yaxshilik tilab aytadigan iborasi. Azamat-lar, na'ra sherlar.. Begu
xonlar, xush qol en-di! «Erali va Sherali». Xushi yo'q Xoxda-maslik, yoqtirmaslik; xoxishi yo'q.
Dastur-xonda holva, novvot, murabbo.. Zargarovning bularga xushi yo'q.. A. Muxtor,
Bo'ronlarda bordek halovat. Xushi kelmoq Kayfiyati yax-shi bo'lmoq. Bundaylar haqida xalqda ko'cha
xandon, uy zindon, degan naql bor. Chunki xu-shi kelganda, undan quvnoq odam yo'q. J. Ab-
dullaxonov, Oriyat. Xushiga kelsa Xoxlasa, yoqtirsa. Xushingga kelsa — shu, bo'lmasa, bil-
ganingni qil.
XUSH- \f. s'- yoqimli, yaxshi; shod, quvnoq, xursand] Bir qancha qo'shma so'zlar-ning birinchi qismi
bo'lib, «yaxshi, ajo-yib; yoqimli, dilkash, quvnoq, quvonchli» kabi ma'nolarni bildiradi.
XUSHATVOR [xush + atvor] esk. kt. Xush-fe'l, yaxshi axloqii, yaxshi xulkdi. Berdi-lar ta'lim
menga men bilmagan har kordin, Ilmu odobu hunar, fahm etmagan asrordin, Xushsuxanlik,
xushkalomlik hamda xush-atvordin, Hech biri baxtimga yori bermadi, nolon boshim. Mutrib.
XUSHAXLOQ [xush + axloq] kt. Axloqi yaxshi, odobli. Xushxulq, xushaxloq.. to'g'riso'z Mahammadkarim
chinakam botir, shijoat-li, dushmanlarga nisbatan raxmsiz, shaf-qatsiz kishi edi. M.
O'rinxo'jaev, Unutil-mas kunlar.
XUSHBAXT [xush + baxt] kt. Baxtli, sao-datli. Xushbaxt yigit. mm -He Farg'ona, el to'y qilar,
Quvnar, o'ynar xushbaxt diyor. Mir-temir. Biz o'shanda so'lim sohilda xushbaxt kezib, anchagacha
qolib ketdik. Gazetadan.
XUSHBAXTLIK Baxtlilik; mamnunlik. Shunga qaramay, hamma xursand, yuzlarda xush-baxtlik
jilvalanardi. J. Abdullaxonov, To'fon.
XUSHBAHRA [xush + bahra] kt. Kishi-ning bahridilini ochadigan; xushhavo. Bo'-libean o'zgacha
xushbahra, xushhavo, chamanim. Habibiy.
XUSHBAHRALIK Odamning bahridi-lini ochishlik. O'rikzorga qarab turgan, did bilan bino
qilshgai.. eski ayvon ozodashgi, xushbahraligi bilan mehmonlar diqqatini jalbqildi. S.
Abdulla, Mavlono Muqimiy.
XUSHBICHIM [xush + bichim] 1 Yaxshi tikilgan; kiyganda yarashadigan, bichimi yaxshi (kiyimlar
haqida). Xushbichim do'ppi. Xushbichim kostyum. ti O'g'iloy cho'lquvarlar farzandlariga chiroyli va
xushbichim kiyim-lar tikib berdi. «O'zbekiston qo'riklari».
2 Bo'yi-basti kelishgan, qaddi-qomati chiroyli. Xushbichim yigit. mm Bir bayram kechasida uning
[Nazokatning] sermaroq raqsi va xushbichim qaddi-qomatini ko'rgan qandaydir mehmon uni balet
maktabiga taklif qildi. Shuxrat, Umr pog'onalari.
3 Tashqi qiyofasi, tuzilishi, ko'rinishi chiroyli. kelishgan. Xushbichim imorat. mm Ulardan biri
[Aliev] barvasta qomat, quyuq
431
qora qoshli, xushbichim chehrali yigit edi. H. Shayxov, Rene jumbog'i.
XUSHBICHIMLIK Kelishganlik.
XUSHBUI [xush + bo'y II] Yoqimli hid taratadigan; yaxshi hidli, muattar. Hamma yoqni dimog'ni
qitiqlovchi xushbo'y bug'doy hi-di tutib ketdi. N. Fozilov, Diydor. Di-mog'iga allaqanday
xushbo'y atir isi gupillab urildi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
XUSHVAQT [xush + vaqt] Vaqgi chog', xur-said, shod. Ochil kechagidan ancha boshqacha — sho'x, xushvaqt.
P. Qodirov, Uch ildiz. Davra-da uning [Bo'rining] dastidan ro'shnolik ko'-rolmay yurganlar
xushvaqt bo'ldi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi.
Xushvaqt bo'ling! Mehmon kelganda ayti-ladigan «Xush kelibsiz!» iborasiga javo-ban aytiladi.
[Rixsi xola:] Xush keptilar! [Saodatxon:] Xushvaqt bo'ling!S Zunnunova, Yangi direktor.
XUSHVAKTLIK Xursandchilik, shodlik. [Sharif:] Xush kelibsiz, azizmexmonlar. [Ham-ma:]
Xushvaqtlik bo'lsin. N. Safarov, Kimga to'y, kimga aza.
XUSHGAP fxyui + ran] Shirinso'z; xush-muomala. Xushgap odam. mm [Mexmonlarning] Ba'zilari
adabiyotdan xabarsiz bo'lsalar hssh, xushgap, xushchaqchaq va askiyachi edilar. S. Ay-niy,
Esdaliklar. Ochiq chehra, dilovar, mardu xushgap, Ko'zi o'ynab turar kulganda so'zlab. Habibiy.
XUSHDIL [xush + dil] kam qo'll. Ochiq ko'ngil, yoqimli. Vagonda qolayotgan soldat-lar oqko'ngil,
xushchaqchaq va xushdil ulfati-dan ajralib qolayotganlariga achinardilar. 3. Fatxullin, So'nmas
yulduz.
XUSHYOQMAS Ishga bo'yni yor bermaydi-gan; dangasa, ishyoqmas. Xushyoqmasni el xush-lamas. Maqol.
XUSHYOQMASLIK Dangasalik, ishyoq-maslik. Xushyoqmaslik bilan ishlamoq. mm Amaldorlar o'zaro gap
sotib, vazifalarini xushyoqmaslik bilan bajarardilar. Oybek, Navoiy.
XUSHICHIM Yaxshi ichiladigan, yutumi yaxshi, ichishli. -[Musallas] Juda xushichim, kayfi ham nozik.. —
dedi kampir Zumradga. Oybek, Tanlangan asarlar.
XUSHKAYF [xush + kayf] 1 Kayfiyati yaxshi, xursand, o'ynagan-kulgan, xushchaqchaq. U juda xushkayf
edi. mm Xushkayf bir guruh mop ko'chadan chiqib, madrasa orqasida g'oyib bo'ldi. Oybek, Navoiy.
2 ayn. shirakayf. Xushkayf odam.
XUSHLAMOQ Yoqtirmoq, suymoq, Sa-mig'jon ham boshqa qishloq qizlari orasi-dan yolg'iz Matlubani
xushlasa kerak, uni ko'proq suratga olishga tirishardi. O. Yoqu-bov, Izlayman. Semiz, beti ochiq
qora xo-tin menga xushlamay boqdi. S. Siyoev, Yorug'-lik.
Ko'nglini (yoki vaqtini) xushlamoq Birovni xursand qilmoq, unga shodlik, vaq-tichog'lik baxsh
etmoq. Hech kimsa biylarning ko'nglini xushlamaydi.. «Alpomish». Uchkani-zi buvisining vaqtini
xushlab.. ro'molini boshiga yelvagay tashlab, chopishib.. bora so-lib, zanjirni ushladi. «Erali va
Sherali». XUSHLASHMOQ1 Xushlamoq fl. birg. n.
2 fol`k. Yoqimli so'z va harakatlar bi-lan bir-birlarini xursand qilishga urin-moq. Meni
ko'rib, ko'shkdan u pastga tush-di, Parvona bo'b, atrofimda xushlashdi. «Nigor va Zamon». Ra'no
bargiga qo'nib, sho'xlik boshlashib, Men bilan xushlashdilar bulbul, sa'vasi. G'ayratiy.
3 Bir-biriga «xush kelibsiz», «xush qo-ling» deyishmoq; xayr-xo'shlashmoq; xayr-lashmoq. Chaqqon
darvozadan bularni chiqa-rib, xushlashib, Soqi bilan Avazni jo'nat-di. «Bo'tako'z».
XUSHLUQUM [xush +a. ^ - «luqma I» s. ning ko'pl.] kam qo'll. Yutumi yaxshi; xush-ichim; lazzatli.
-Vo-yey, muzdakkja-ya, ajab xushluqum, yutgan sari rohat qilyapman, — dedi Unsin morojniyni
yalab. Oybek, Ulug' yo'l.
XUSHMANZARA [xush + manzara] Ko'-rinishi kishining bahridilini ochadigan; chiroyli manzaraga ega;
ko'rkam. O'zining qisqa umrini shu xushmanzara vodiyda tinch-gina o'tkazsin, erkinlikdan mahrum
bo'lma-sin. M. Osim, Ibn Sino qissasi. Yangi O'r-da, yuqorida yozganimizdek, haqiqatan shu-
kuxlik, xushmanzara bino qilingan ediki, uning hozirgi xarobasidan ham ko'rsa bo'lur. A.
Qodiriy, Mexrobdan chayon.
XUSHMANZARALIK Ko'rkamlik. Bu shiypon o'zining xushkayf va xushmanzarali-gi bilan qishloqda..
«Obid ketmonning shiy-poni», debmashhur bo'ladi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
432
XUSHMULOZIM [xush +mulozim| Ki-shini xursand qilishga tirishadigan; xush-muomala, xushfe'l,
sermulozamat, serta-voze. Xushmulozim yigit. shsh Bu yerda, xush-mulozim mezbosharimizning qabul
marosimi-da ko'p mamlakatlarniig vakillari to'p-langan. Gazetadan.
XUSHMULOZIMAT [xush + mulozimat] ayn. xushmulozim. Xushmulozimat mezbon.
XUSHMULOZIMATLIK Xushmuoma-lalik, sertavozelik. -Men darvozaga yetar-yetmas, mingboshining o'zi
chiqdi: bolani so'-kib, meni esa yana ham xushmulozimatlik bi-lan qarshi oldi, — dedi Shokirjon.
SH. Rizo. Qor yog'di, izlar bosildi.
XUSHMUOMALA [xush + muomala] 1 Muomalasi, gap-so'zlari, xatti-harakati yoqimli; xushfe'l.
Haqiqatdan ham La'li-ning bunchalik xushmuomala yigitni birin-chi bor ko'rishi, gap bilan
elitib qo'yadi-ya! D. Nuriy, Osmon ustuni. Boshliqning xushmuo-mala, madaniyatli bo'lgani yaxshi..
F. Musa-jonov, Himmat.
2 ot vzf. Odob bilan yoqimli muomala qilish; xushfe'llik. Anvar har kim uchun se-vimli va
xushmuomalasi barchaga baravar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
XUSHMUOMALALIK Birovga yaxshi muomalada bo'lish. Rixsivoy akaning xush-muomalalik odati
hamsuhbatiga qattiq gapirishga imkon bermadi. R. Fayziy, Cho'lga bahor keldi.
XUSHMO'YLOV [xush + mo'ylov] Mo'ylo-vi chiroyli, mo'ylovi o'ziga yarashgan. Yi-gitlar kulumsirab,
o'rtadagi dumaloq yuzli, xushmo'ylov yigitga ishora qilishdi. X. Sul-tonov, Onamning yurti.
O'rtadagi so'rida o'tirgan baland bo'yli.. xushmo'ylov yigat so'rini qasir-qusur qilib, o'zini
pastga otdi. S. Ahmad, Hukm.
XUSHNAVO \f.
xushohang,
yoqimli ovozli] Yoqimli kuylaydigan; kuy-lari, qo'shikdari kishiga zavq-shavqbag'ish-laydigan.
Ming faryodkim, o'zbek poeziya gu-listonida xandon urgan xushnavo bulbul say-rashdan to'xtadi.
N. Safarov, Mardlar. Hofizu sozanda — jam'i xushnavolarga salom. Muqimiy.
XUSHNUD [f. Jji^,^`. — mamnun, qo-niqqan; shod, xursand] kt. 1 Xursand, shod; mamnun.
Mirobidov.. uyga juda xushnud kay-fiyatda kirib keldi. O. Yoqubov, Diyonat.
Barcha xushnud, dillar chog' edi. E. Vohidov, Nido.
2 Kishini xursand qiladigan; kayfiya-tini ko'taradigan. Sherzodning ko'kragiga fonendoskopning
muzdek halqasi tegishi bi-lan vujudida xushnud bir yengillik sezdi. U. Hoshimov, Hyp borki,
soya bor.
3 Xushnud (erkaklar ismi). XUSHNUDLIK Mamnunlik, xursand-
chilik. -Terim juda xushnudlik bilan bosh-landi, bolam, — dedi.. ota hayajonlanib. Oybek. O.
v. shabadalar. Ro'zg'orning barcha og'ir-yengshsh Habiba opaning yelkasida. Hamma yoq saranjom-
sarishta. Bolalari, erining chexrasida ham xushnudlik. E. Oxunova, Elga sodiq ayol.
XUSHOVOZ [xush + ovoz] Ovozi yoqim-li, tiniq. Xushovoz ashulachi. sht Buloq bo'y-larida gul,
rayhon, yalpiz, Qushlar xushovoz-dir, baland parvozdir. Mirtemir.
XUSHOMAD [f. j_a. - (l.m. yaxshi keldi, xush yoqdi) — salomlashish, salom berish; yoqimli so'z;
tilyog'lama maqtov] Bi-ror kishiga tamagirlik bilan xizmat qilish, sermulozamat bo'lish, maqtash
va sh.k.; xushomadgo'ylik, laganbardorlik. Xom kishini xushomad xarob ztar. Maqol. shsh Ay-rim
rahbarlardek Bashirjonga ham xushomad yoqardi. «Yoshlik».
Xushomad qilmoq 1) xushomadgo'ylik bi-lan muomala qilmoq, laganbardorlik qil-moq. -Xotin kishi
eriga xushomad qila bosh-ladimi, bilingki, u gunoh qilgan bo'ladi. S. Siyoev, Otliq ayol; 2)
mamnuniyat ifodasi sifatida «do'st», «baraka top», «qurbo-ningiz bo'lay» kabi iboralar bilan
kimsaga qarata xitob qilmoq. Sho'x yigitlar o'yinchiga xushomad qilar, qiyqirishar edi. P.
Tursun, O'qituvchi.
XUSHOMADGO'Y [f. ^l-Go`^a. -xushomad aytuvchi] Birovga xushomad qi-luvchi; laganbardor. Ilmsiz
bosh qashir, Xushomadgo'y gap tashir. Maqol. mm Sizga boshqa odamlar to'sqinlik qildi, bo'lmasa.
bunday ziyonchilar, xushomadgo'ylarni urib, patini to'zitib yuborar edingiz. A. Qahhor, Munofiq.
XUSHOMADGO'YLIK q. laganbardorlik.
Xushomadgo'ylik qilmoq. Xushomadgo'ylik bi-lan gapirmoq. mm Olaxo'ja Elmurodni ko'r-gan joyida
xushomadgo'ylik bilan gaplashish-ga tirishardi. P. Tursun, O'qituvchi.
433
XUSHOMADOMUZ [xushomad + f. ^1 — o'xshash, kabi] rvsh. Xushomad tariqasi-da, xushomad qilganday;
laganbardorlik bilan. Uning [raisning] rangi oqarib, xush-omadomuz jilmaydi. S. Anorboev,
Mehr.
XUSHOHANG [xush + ohang] Ohangi qu-loqqa yoqadigan, yoqimli. Bu hazin va xush-ohang kuylar, dam
quvnoq, dam mungli lapar-lar tong otguncha davom etishini istaydi. O. Yoqubov. Er boshiga ish
tushsa.
XUSHRUI [f. ^JJJ^J^- — chiroili yuz-li] 1 Chiroyli; go'zal. Xushro'y qiz. Xushro'y yigit. mm Urush
vaqti. Dekabr' oqshom-laridan birida xushro'ygina juvon Tosh-kentning sobiq eski shahari
ko'chalaridan shoshib borardi. F. Xo'jaev, Onadek mehri-bon. - Yevonimizda Jumagul otli bir qiz
bor. Unday xushro'yi yo'q.. — dedi to'ra Ashir mah-ramga. J. Sharipov, Xorazm,
2 rvsh. Ochiq chexra bilan, samimiy. Xush-ro'y qarshilagan yoshgina, qorachadan kelgan, istarasi
issiq bir xotin \Iskandaroga\ chelakda suv tutdi. Oybek, Hyp qidirib. Saodat ularga
odatdagidek kulib, xushro'y javob qilib o'tirdi. I. Rahim, Chin muhab-bat.
3 Xushro'y (xotin-qizlar ismi). XUSHRUYLIK Chiroylilik; ko'rkamlik.
Xushro'ylik, ko'zlaridagi nur, yurakdagi ez-gulik, sho'xlik, ko'hlilik — hammasi totuv-likdan
ekan. E. Oxunova, Baxti kulganlar.
XUSHSURAT [xush + surat] Ko'rinishi chiroyli, ko'rkam, go'zal. Xushsurat odam. mm Uning yoshi o'tib
qolgan, ammo qosh-ko'zidan yoshlikda xushsurat bo'lgani aniq ko'rinib turardi. O'. Hoshimov, Hyp
borki, soya bor. Eridan ancha yosh bo'lgan qora qosh, quralay ko'zli xushsurat Sitorabonu «dadasi
urishib bermasaydi», debhayiqib turar edi. M. Osim, Ibn Sino qissasi.
XUSHSUXAN [xush +suxan] Yoqimli so'z-laydigan, shirinso'z, suhbati shirin. Xush-suxan odam.
XUSHSUHBAT [xush + suhbat] Yaxshi suh-bat quradigan, suhbatni qizitadigan; gapi-so'zi yoqimli.
Xushsuhbat odam. mm \Inje-ner] Uttiz besh yashar, xushsuhbat, qaddi-qo-mati kelishgan..
qurilishga kelgan. H. Nazir, Maftuningman, Ozarbayjon.
XUSHTABASSUM [xush +tabassum] Yuzi-dan yoqimli tabassum arimaydigan; xushfe'l. Xushtabassum ayol.
XUSHTABIAT [xush + tabiat] Xatti-ha-rakati yoqimli, xushfe'l; ochiq. Oddiygina kiyingan
xushtabiat ayol Dadashevni kutuv-chilar stoliga taklif qildi. I. Rahim, Taq-dir. Rukiya opa
o'rta yoshlardagi xushtabiat ayol ekan. O'. Umarbekov, Ko'k daftarning siri.
XUSHTABIATLI ayn. xushtabiat. Ne'-matjon xushtabiatli, uyatchan bir yigit bo'lib, odamlar bilan
ham juda odobli, bir maromda so'zlashardi. J. Sharipov, Saodat.
XUSHTABIATLIK Xatti-harakati yoqimli, xushfe'l bo'lishlik. U qiz xushta-biatligi bilan ajralib
turardi.
XUSHTAVOZE [xush + tavoze] Tavoze bi-lan muomala qiladigan; xushmuomala, il-tifotli.
Xushtavoze odam. mm Qo'ni-qo'shni-lar bilan salomlashib yuradigan xushtavoze bu yigitdan qishloq
kampirlari qochishmas. edilar. M. Osim, Tilsiz guvoh.
XUSHTAKALLUF [xush + takalluf] Iz-zat-hurmatni nihoyatda o'rniga qo'yadigan; xushtavoze.
Xushtakalluf odam.
XUSHTAKALLUFLIK Xushtavozelik, sertakalluflik. Xushtakalluflik bilan muo-mala qilmoq.
XUSHTAKALLUFLILIK ayn. xushta-kalluf. Bu yerda xaridorlarga xushtakalluf-lilik ko'rsatiladi.
Gazetadan.
XUSHTA'B [xush + ta'b] esk. ayn. xush-tabiat. Rustamjon xushta'b yigit. Uning odobi, sipoligi
Shokir akaga ko'p ma'qul ke-lardi. M. Xayrullaev, Ko'ngil.
XUSHTA'M [xush + ta'm] Suyib iste'-mol qilinadigan; ta'mi yaxshi, yoqimli; xushxo'r. Xushta'm
ovqat. mm Maxsum bu xushta'm taomni shoshib-pishib tanovul qilgunicha, kampir tepasida qarab
turdi. X-G'ulom, Zamin yulduzlari.
XUSHTA'MLIK Xushta'm bo'lishlik. Sutga yoki qatiq zardobiga qorilgan xamir-dan tayyorlangan non
xushta'mlik xossasiga ega bo'ladi. G'. Mahkamov, Dasturxonimiz fayzi.
XUSHTOR [f. jljui>a. — yaxshilikka, yoqimlilikka ega) 1 Biror kimsani sevgan, unga ko'ngil
qo'ygan kishi; oshiq. Shu go'zal qizning xushtori bo'ldim, San'atin ko'rib, zavqlarga to'ldim. A.
Po'lat. Qamarxonga xush-tor bo'lganlarning son-sanog'i yo'q ekan. «Er-taklar».
28-O'zbek tilining izo?u1i lug'ati
434
2 Biror narsa bilan juda qiziqadigan, unga mehr qo'ygan; ishtiyoqmand, orzumand. Ehtimol,
buloqdan chiqayotgan bu tiniq suv-ning xushtori, kushandasi ko'pdir: bu suv tog'u toshni to'ldirib
yurgan qushlar, kavak-kan-diklarda istiqomat qshshdigan jonivorlar-dan ortmas. I. Rahim, Chin
muhabbat. -Ido-rada o'tirib qiladigan ish rayonimizda ham topiladi, — dedi [Mo'mina] gapni
shart ke-sib, — unaqa ishga xushtor bo'lganimda, bu yer-ga [Mirzacho'lga] kelib nima qilardim. H.
Nu-riy, Lochin bolasi - lochin.
XUSHTORLIK Oshikdik. Barcha shodlik senga bo'lsin, Bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik
senga-yu, Barcha xushtorlik menga. E. Voxidov.
XUSHFE'L [xush + fe'l] Fe'l-atvori yaxshi, kishiga muomalasi yoqadigan. Xushfe'l odam. shsh To'ladan
kelgan, xushfe'l Shukur Karimovich ham dastlabki kundan boshlab un-ga yoqib qolgan edi.
Mirmuhsin, Umid.
XUSHFE'LLIK Yaxshi muomala. U [Da-damat aka\ ajoyib xushfe'llik bilan yi-gitlarni chorpoyaga
taklif etdi. F. Mu-sajonov, Himmat.
XUSHXABAR [xush + xabar] Kishini xur-sand qiladigan xabar; yaxshi xabar; mujda. Kechqurun
Gulchehra bilan gaplashgani ketgan Muyassar ham xushxabar bilan qaytdi. O. Yoqubov, Er boshiga
ish tushsa. Har gal birov sizga qo'ng'iroq qilsa, yuragingizda biror xushxabar eshitishning
zaifgina umidi paydo bo'ladi. F. Musajonov, Himmat.
XUSHXANDON [xush + xandon] Xushchaq-chaq, xursand, shod. Yo'lda tanish-bilishlar uchrasa, xushxandon
ko'rishaman, yarashsa-yarash-masa hazil qilaman. S. Siyoev, Erkaklar ertagi.
XUSHXAT [xush + xat] 1 ot Chiroyli yozilgan xat; chiroyli yozuv, husnixat. Chokar-ning xushxatini
Avaz darrov tanidi. S. Siyo-yev, Yorug'lik.
2 sft. Chiroyli yozish san'atiga ega bo'l-gan, xatni chiroyli yoza oladigan, xati chi-royli.
Mavlono Abdusamad juda xushxat kotib va mohir naqqosh edi. M. Osim, Sehr-li so'z.
3 sft. Chiroyli, tartibli (yozuv haqida). Xushxat yozuv.
XUSHXON [f. (jl j-a-jjij-a. yaxshi, yeqim-li o'qiydigan, xushovoz] Ovozi yoqimli, ohang-dor. Bog'i
shinam, ariq bo'yida Gurkiraydi rayhon, yalpizlar. To'qson yoshli ota to'yida Xizmatdadir xushxon
hofizlar. H. G'ulom. Butun borliq xushxon qushlarning Shod yallasi bilan to'lg'usi. 3. Diyor.
XUSHXONLIK Yoqimli ovoz sohibi bo'lishlik. Bu yigit xushxonligi bilan shuh-rat qozondi.
XUSHXULQ [xush + xulq] ayn. xushfe'l. Qiz bolaning xushxulq, epchil, uquvli bo'lib
tarbiyalanishi.. ko'pincha unga onadan o'tadi. «Saodat».
XUSHXULQLIK Yaxshi, yoqimli fe'l-atvorga ega bo'lishlik. Majnun o'zining xush-xulqligi va axloqi
bilan o'quvchining har qancha tahsin va ofariniga loyiq. T. Jalolov, «Xamsa» talqinlari.
XUSHXO'R [f. jj-i-oij^- - yaxshi yeyila-digan, mazali] Totli, mazali. Kozim xushxo'r ayrondan
miriqib sipqardi. E. Usmonov, Yol-qin.
XUSHCHAQCHAQ 1 Hayotdan mamnun; doimo xursand bo'lib yuradigan. Rais. qirq besh-elliklar
chamasidagi to'lagina, xushchaqchaq kishi edi. N. Fozilov, Diydor.
2 Quvnoq, shod-xurram. Telefondagi xush-chaqchaq gap tugagandan keyin, bu yerda hali-dan beri
davom etayotgan suhbat birdan ma'nosiz bo'lib tuyuldi.. A. Muxtor, Bo'ron-larda bordek
halovat.
XUSHCHAQCHAQLIK Quvnoklik, xur-sandchilik, yaxshi kayfiyat. -Islom Norovich, — dedi u xushchaqchalik
bilan, — hamma soxaga bir ko'z bilan qaraladigan bo'ldi. N. Aminov, Tillo tabassumlar.
XUSHQAD [xush + qad] kt. ayn. xushqo-mat. Shiyponda yengil kuy yangramoqda, xush-qad, xushsurat
bir juvon raqs tushmoqda. O. Yoqubov, Diyonat.
XUSHQOMAT [xush + qomat] 1 Qaddi-qomati kelishgan; xushbichim. Yupqa oq ki-gizdan qalpoq kiygan
xushqomat qizni av-val tanimabman. P. Qodirov, Qadrim.
2 ko'chma Hashamatli, savlatli; adil. Ma¬mma oynasidan baland, xushqomat imorat-lar lip-lip
o'tib turipti. S. Ahmad, Meh-ribon. Temir yo'l yoqasidagi yirik yaproqli xushqomat teraklar
kumush tangalardek nur sochib jilvalanardi. O. Yoqubov, Ota izidan.
XUSHHAVO [xush + havo] Iqlimi, ha-vosi juda yoqimli; havosi toza. Muhiddin-larntg bog'i
haqiqatan xushhavo, go'zal joy-da ekan. S. Zunnunova, Go'dak hidi.
435
XUSHHID [xush + hid] kam qo'll. ayn. xushbo'y. Xushhid gul.
XUSHHOL [xush + hol] kt. Biror nar-sadan mamnun, shod, xursand. Xushhol qil-moq. mm [Erkin]
Fikrining aniq aytilga-nidan xushhol bo'lib, Salimjonga muloyim tikildi. P. Qodirov, Erkin.
-Assalomu alay-kum, Alixon aka, — dedi Axmad xushhol bo'-lishga tirishib. F. Musajonov, Nozik
ma-sala.
XO'B [f. <->j±. — chiroyli, yaxshi; sifatli; mos, yaroqli] 1 ayn. yaxshi 1. U savdogarni o'z
huzuringizga olib kelib, hisobni o'zingiz qil-ganingiz xo'broqdir.. «Bo'tako'z».
2 esk. poet. (ko'pl. shaklda) Chiroyli, go'-zal kishi. Xo'blar bila kelganda-ku, mendan qilasiz
or, Endi o'zingiz yakkayu tanho, qara-maysiz. Furqat. Go'zallardan go'zaldir, xo'blar-ning xo'bi,
mumtozi, Qilur maftun agar bir ko'rsa har kim ishvayu nozi. Habibiy.
3 ayn. xo'p I 2. G'afur aka she'rlarimni o'qigan bo'lsa, xo'b meni maqtasa kerak, degan xayol
bilan uyiga bordim. Shukrullo, Javo-hirlar sandig'i. -Jonivor xo'b yetilibdi-da, — dedi
Madaminxo'ja qovunni kosa qshshyotib. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
XO'JA [f. >` — hurmatli, obro'-e'-tiborli kishi; xo'jayin, sohib; savdogar; murabbiy] 1 esk.
Biror kimsaning yoki nar-saning egasi; xo'jayin. So'ng [mulozim] yal-toqlanib, xo'jasiga
o'girildi. S. Siyoev, Yorug'-lik. ..Xo'jasi uning [otning] yollarini sila-yotganda, La'li unga
g'amza qilib: -Otingiz-ga namuncha xushtorsiz? — dedi. H. G'ulom, Mash'al. Mardon Yo'lchievichga
qaraganda uy xo'jasi Sarimsoq akaning yoshi ulug'roq edi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
2 map. O'zlarini choryorlarning' avlodlari deb hisoblovchi musulmonlarning faxriy nomi. Xo'jalar
muayyan imtiyozlarga ega bo'l-ganlar. «UzME».
3 etn. O'rta Osiyoda ilgari ma'lum imti-yozga ega bo'lgan oqsuyaklar va ularning avlod-lari;
zid. fuqaro. Abdurasul, men sizga ayt-sam, bizning Qamishkapa eskidan uruqqa ajrab keladi:
fuqaro va xo'ja. P. Tursun. O'qituvchi.
4 Xo'jazoda erkaklar ismiga qo'shiladi. Madaminxo'ja tol soyasida o'tirgan ekan, bu-larni ko'rib,
darrov o'rnidan turdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
Xo'ja ko'rsinga (yoki ko'rsin uchun) Birov-ni aldash, chalg'itish uchun; nomiga; nari-dan-beri,
shunchaki, yuzaki. Xo'ja ko'rsinga ishlab turmoq. shsh Ba'zilar faqat xo'ja ko'rsin uchun [ishga]
chiqadi. A. Qahhor, Qo'sh-chinor chiroqlari.
XUJABEKA Xo'jayin ayol; xo'jayinning xotini. Hasanali xo'jabekasining ichki siri-ga uncha oshna
emas edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
XO'JAZODA [f. 4jlj^l— xo'janing farzandi, avlodi] 1 Xo'jayinning o'g'li (q. xo'jayin).
Xo'jazodasidagi bu holat uni [Hasanalini] har turli mulohazalarga olib keta boshladi. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Xo'ja (q. xo'ja 3) avlodidan kelib chiq-qan kishi. Keling, o'zbeklar sarasi.. Savdo-gar
xo'jazodalar, Sizmi o'zbekning to'rasi? «Tohir va Zuhra».
XO'JAYIN [r. xozyain (xozya+in) < f. ¦ts>.1>^ _ xo'ja, ega, sohib] Biror narsaga, mas, yer-suv,
mol-mulk, uy-joyga egalik qiluvchi shaxs; xususiy mulk egasi; mulk-dor, boy.
[Mirzakarimboy:] Va'da.. Nodon. Xo'jayin degan xizmatkorlarini qiziqti-rish uchun va'da
qilaveradi-da.. Oybek, Tan-langan asarlar.
2 Biror narsaning to'la huquqli egasi. O'zimiz xo'jayin o'z yerimizga, Erkinmiz, no-mimiz,
huquqimiz bir. R. Bobojon.
3 s.t. Rahbar xodimga murojaat shakli. -Xo'jayin, mashina tayyor, — dedi shofyori. Gazetadan.
4 s.t. Ayol kishining turmush o'rtog'iga murojaat shakli. -Xo'jayin, ovqat tayyor bo'ldi.
Keltiraymi? — Mastura oshxonadan turib so'radi eridan. «Yoshlik».
XO'JAYINLIK Xo'jayin bo'lishlik; xo'jayin maqomi. [Adolatxon:] Yovvoyi o'tni yo'qotishga ko'z yoshi
kerak emas-ku. -Voy, Adolatxon, bizga nega xo'jayinlik qilasiz? [dedi qizlar). I. Rahim,
Chin muhabbat.
XUJALIK I 1 iqt. Jamiyat ishlab chi-qarish kuchlarining tegishli taraqqiyot bos-qichiga muvofiq
keluvchi ishlab chiqarish munosabatlari majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish usuli.
2 Ishlab chiqarishni tashkil etadigan, uni yuzaga keltiradigan omillar; ishlab chiqarish majmui;
ishlab chiqarish. Mamla-kat xalq xo'jaligi. Qishloq xo'jaligi. tsh Oqsoqol choydan yana xo'pladi-da,
har kim o'z
436
mol-jonini hisobdan o'tkazishi lozimligi-ni, rayon xo'jalik tashkilotlarining bu ishni
shoshiltirayotganini gapirdi. P. Tur-sun, O'qituvchi.
3 Ishlab chiqarishning biror sohasi, tarmog'i. Suv xo'jaligi. O'rmon xo'jaligi. mm Shunday qilib,
binokorlik brigadasi kol-xozning boshqa xo'jalik tarmoqlaridagi eng sara va muhim brigadalar
qatoriga kirib oldi. A. Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
4 Biror kimsa, tashkilot yoki xalq ix-tiyoridagi barcha moddiy boylik, mulk-ashyo, yer-suv, uy-
joy, asbob-uskuna va jihozlar. Sal kunda kolxoz xo'jaligi bir qadar tar-tibga tushganday
bo'ldi. A. Qahxrr, Qo'shchi-nor chirokdari.
Xo'jalik mudiri Biror tashkilot, muas-sasa yoki korxona ixtiyoridagi mulk-ashyoni boshqaruvchi
kishi. Kolxoz xo'js`tk mudiri bir arava lom keltirib tashladi. I. Rahim, Chin muhabbat.
5 Qishloq xo'jaligidagi va umuman o'z yer-suviga, mulkiga, ishlab chiqarish vosita-lariga ega
bo'lgan har bir alohida ishlab chiqarish birligi, korxona. Tangriqul hoji baquvvash xo'jalik
edi. G'ulom aka yel kelsa yiqiladigan bequvvat xo'jalik edi. A. Qah-hor, Qo'shchinor chirokdari.
Keyingi yillar-da men rahbar bo'lgan xo'jalik negadir oqsab qoldi. «Mushtum».
6 Aloxida uy-joyga ega bo'lgan xar bir oila, xonadon. Yoyishga joyi bo'lmagan xo'ja-liklargina
mollarini og'ilxonaga qamab bo-qadi. S. Anorboev, Oqsoy. -Bugun biz kolxoz-da oltmish
xo'jalik bo'lsak, erta-indin to'qson, yuz xo'jalik bo'lamiz, — dedi Abdu-rasul. P. Tursun,
O'qituvchi.
XUJALIK II 1 esk. Biror kimsa yoki narsaga egalik, xo'jayinlik.
2 Xo'ja avlodiga mansublik (q. xo'ja 3).
XO'JASAVDOGAR [f. ^1^XO'JASIZLARCHA rvsh. Tejab-tergamas-dan, ayamasdan, pala-partish. Yerlardan xo'-jasizlarcha
foydalanishga xotima berish payti keldi. Gazetadan.
XO'JASIZLIK Xo'jalikning ixtiyo-ridagi moddiy boylikni, mulk-ashyoni aya-masdan, tejab-
tergamasdan ish tutish; is-rofgarchilik, o'zibo'larchilik. Xo'jasizlik — egasizlik xavfli
ijtimoii illatdir. Ga-zetadan.
XO'JAG'AT Mevali buta o'simligi va o'simlikning mayda, to'q qizg'ish rangda bo'-ladigan mevasi;
malina. Ma'lumki, xo'ja-g'at, qorag'at, sarimsoq, zirk singari bota-nik atamalar o'zbek tilida
qadimdan ish-latilib keladi. «O'TA».
XO'MRAYMOQ Qovog'ini solib tikil-moq, yomon ko'z bilan qaramoq. -Gavharmenga xo'mrayib qaradi-
yu, ters o'girildi. S. Siyoev, Yorug'lik.
XO'P I [f. vj-b. — yaxshi, mayli] 1 tas-diq yukl. Biror ishga rozilik ma'nosini ifodalaydi;
mayli, mayliga. | Otabek:] Rah-mat, ota, bo'lmasa, bizga choy qaynatib be-ring-chi!
[Hasanali:] Xo'p, begim. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Xo'p, roziman bu dargohdan ketmoqqa.. X-
Olimjon.
Xo'p bo'ladi Juda soz, ma'qul. -Xo'p bo'-ladi,— dedim-u o'rnimdan turdim. E. Raimov, Ajab
qishloq. Xo'p demoq Unamoq, ko'nmoq, rozi bo'lmoq. [Hayitjon To'laxonga:] Senga nima bo'ldi,
qizim! Boya xo'p deganingda, shun-chalik beyuzchiliklar bo'lmas edi. Hamza, Pa-ranji sirlari.
2 rvsh. Nihoyat darajada; rosa; juda. Bo-lalar xo'p o'ynashdi. Xo'p yaxshi ish bo'ldi-da. mm -
Nevaralaringizga qarab xo'p quvonasiz-da, oyi, — dedi Komiljon kulib. S. Zunnu-nova,
Hikoyalar.
3 Diqqat, e'tibor bilan, yaxshilab; ju-da yaxshi. [Jonoy:] Unday bo'lsa, menga bir oz mux^at
ber. Men Madaminning gaplariga xo'p quloq solib, maqsadini bilay. P. Tursun, O'qituvchi.
So'zni tanlab so'zlaganlar — xo'p bilur so'z qadrini. S. Abdulla.
Xo'p bo'pti kest. Ajab bo'libdi, jazosini tortsin.
XO'P II ayn. xo'ptir. Xo'p hayda-yo, xo'p hay-da. «Ko'shikdar». -Xo'pga qo'shilgan ho'kizdan farqimiz
yo'q emish, — dedi g'azabini bazo'r jshyuvlagan holda. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
XO'PPA: xo'ppa semiz s. t. Nixryatda se-miz, dum-dum&toq. Shunday nozik, mo'rchamiyon narsani o'sha
xo'ppa semiz davangirga bera-sizmi?SH. Sa'dulla, Ikki bilaguzuk. Mo'-g'ullar balo-qazodek
qo'rg'onchaga bostirib kirgach, kampir, boshi tepasida turgan sochlari o'siq, xo'ppa semiz
basharalarni ko'rdi. M. Osim. O'tror.
XO'PTIR G'alla yanchish uchun ot, xo'kiz kabi ishchi hayvonlar qo'shib yurgiziladi¬
43?
gan, shox-shabbadan yasalgan, ustiga odatda og'ir yuk bostirib qo'yiladigan molasimon mahalliy
qurol. Xo'ptir haydamoq.
XUP-XUP tasdiq yukl. Tasdiqni ta'-kidlaydi, kuchaytiradi. Xo'p-xo'p, shosh.mang. mm Mirhomidxo'ja
ta'zim qildi: -Xo'p-xo'p, jonim bilan. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroq-lari.
XO'R [f. J\ — pastkash, jirkanch, ra-zil; e'tibori yo'q, xaqir] ayn. xor I. Xo'r bo'lmoq. Xo'r
qilmoq
XURA \f. BJJ±. — biror narsaga o'ta berilgan] Ovqatni tanlamay ko'p yeydigan, serovqat. -
Xotshing xo'ra bo'lsa — urdi xudo, moling xo'ra bo'lsa — berdi xudo, deb shuni aytar ekan-da! —
luqma tashladi Sherali. M. Muhamedov, Qahramon izidan. -Obbo, meni siz ham xo'ra deb ataysiz.
Aslida o'lgu-dek chimxo'rman! — dedi Go'pponboy. SH. Xol-mirzaev, Qil ko'prik.
XO'RAK [f. S\jj^ — ovqat, oziq, yemish; ishtaha] 1 Yeyish mumkin bo'lgan narsa; yemish, ovqat.
Aqlli odam qish g'amini yoz yer, Kecha bo'lsa, xo'ragini oz yer. Maqol. mm Das-turxonda turfa
noz-ne'matlar — xo'rak-lar: palov, nisholda, holva.. T. Murod, Yul-duzlar mangu yonadi.
Yaqinlarda tabiblar-ga ko'rsatgan edim, qoningiz oz, qimiz iching, xo'rak oldidan mayiz
iste'mol qiling, deb kengash berdilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Xo'rak qilmoq Ovqat yemoq, ovqatlanmoq. -Xo'rak qildingizmi? — dedi [Kumush Otabek-ka]. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Mol, hayvon, parranda ovqati (yem, don va sh.k.). Qo'iga xo'rak bermoq. mm -Nega xo'rakka
terib tashlagan bezdek bo'zrayib turibsan? — dedi Mavlon. B. Rahmonov, Mardlar qissasi.
3 s.t. Xo'ra.
XO'RAKI \f. ^Ij^ix — yeyimli, yemish-li; oziq-ovqat] Hosili iste'mol qilina-digan, yeyiladigan;
iste'mol uchun maxsus ekiladigan. Ekshadigan xo'raki navlarning uzumi shirin va mazali. R.
Musamuhamedov, Mo'l uzum hosili yetishtirishdagi tajri-balarim.
XO'RAKXONA [xo'rak + xona] s.t. Ovqat-lanadigan joy; oshxona. Shu serhasham meh-monxonaning
birinchi qavatida undan ham hashamatliroq xo'rakxona bor. Gazetadan.
XO'RAM-NOXO'RAM [f. F JJ^L. -
yeyman-yemayman| rvsh. shv. Istar-istamas;
zo'raki, arang. Noiloj, xo'ram-noxo'ram sud-ralib, borib-kelib o'qimoqdaman. F. G'ulom,
Tirilgan murda.
XO'RANDA \f- ujujj-b. — (ovqat) yeyuvchi] Ovqat sotib oluvchi kishi; ovqatlanuvchi. Ammo tannoz
ofitsiantkalar.. muncha xira xo'randa ekan, deyotgandek tuyulaverdi yi-gitning nazarida. D.
Nuriy, Osmon ustuni.
XO'RDA I \F- <>j_>j-i. — yeyilgan, ichilgan], xo'rda osh Guruchli suyuq ovqat; mastava. Ni-hoyat,
tushga yaqin oyisi qilib bergan achchiq xo'rdani ichib, bir oz o'ziga keldi.. P. Qodi-rov, Uch
ildiz. Shoqosim qaerdadir pishirib bergan serqatiq xo'rda oshdan u [Gulnor] yarim kosa ichdi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
Birovning xo'rda-burdasida bo'lmoq dag'l. Kimsa qaramog'ida bo'lmoq. \sh xo'rdani, ham burdani
urmoq Ikki taraflama manfaatdor bo'lmoq.
XO'RDA 11 \f- ojjjx — ushoq, parcha; bo'lak, mayda] G'adir-budur joylari yeyilib, sil-likdangan:
tekis. Xo'rda bo'lmoq. Aravaning o'qi hali xo'rda bo'lmapti.
XO'RILLAMOQ ayn. xurillamoq.
XO'RILLATMOQ 1 Xo'rillamoq fl. ort. n. Chilimni xo'rillatmoq.
2 «Xo'r-xo'r» ovoz, shovqin chiqargan holda. [Hojiquduq:] Karavotga chiqdim-u, yonboshlab olib,
achchiqqina ko'kchoyni xo'rillatib icha boshladim. E. Raimov, Ajab qishloq.
XO'RLAMOQ Birovning izzat-nafsini tahqirlamoq, poymol qilmoq. Boqmasang, moling ketar;
Xo'rlasang, xotining ketar. Maqol. mm Shu o'tirishda Muazzamning meni xo'rlaganlari ko'zimga
ko'rinaverdi. S. Ahmad, Saylanma. Rahmat, azizlarim, birovning bo-lasini munchalik xo'rlash
yaxshi emas. A. Qo-diriy O'tgan kunlar. Odashar [Ziyodulyuning] sag'irligini bilib xo'rlayapti,
deyman o'zimga o'zim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
XO'RLIK Izzat-nafsi poymol bo'lish, tahqirlanish. Ket desang, Qashqar ketay, yo'llarda yolg'izlik
yomon, Yolg'izlikdan kim o'libdi, hammadan xo'rlik yomon. «Qo'shiqlar». Kishi ochlikka chidasa ham,
xo'rlikka chidol-maydi. Mirmuhsin, Chodrali ayol.
Xo'rligi kelmoq Kamsitilganlikdan ru-han qattiq ezilmoq, o'ta o'ksinmoq. -Qasam ichaman, —
dedim negadir xo'rligim kelib. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
XO'ROZ [f. a»j_>^ -xo'roz] 1 Xonaki to-vuqlarning va ba'zi tovuqsimonlarning
*Q 438
erkagi. Babaq xo'roz. Urushqoq xo'roz. jt Qo'-noqdagi xo'roz cho'zib-cho'zib qichqirdi. O'. Ho-shimov,
Qalbingga quloq sol.
2 ko'chma s. t. Tanti; mard. Xo'roz yigit. shsh Tantiboyvachchanikiga boramiz ertaga.. Juda xo'roz
odam. Ko'rsangiz, o'zingiz ham hayron qolasiz. Oybek, Tanlangan asarlar. -G'anivoy juda bopta
ish qipti, bunaqa ish-ni yigitning xo'rozi qiladi, — dedi Burgut. S. Ahmad, Cho'l burguti.
Xo'roz ran yoki gapning xo'rozi s. t. Gap-ning asosi, xullasi. [Yusufjon:] Hamzaxon, nuqul
haqiqatni dangal yozibsiz.. Boylardan qo'rqmay, xo'roz gap qilibsiz. K. Yashin, Ham-za. Xo'roz
qichqirmasdan Nihoyatda barvaqt, erta tongda. Vrach qabuliga birinchi bo'lib yozilay, deb xo'roz
qichqirmasdan kelgandim. «Mushtum». Kelinxo'roz qichqirmasdan turib, nonga xamir qordi.
Gazetadan.
XO'ROZBOZ [f. jjb. — xo'roz o'y-novchi] Xo'roz urishtirishni yaxshi ko'radi-gan odam. Chunonchi,
mashhur Ashmjonboyning o'g'li To'raxon boyvachcha qo'chqorboz, xo'rozboz va xotinboz edi. M.
Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
XO'ROZLANMOQ Xo'roz singari xujum-ga tashlanmoq, xezlanmoq. Nusratbek xo'roz-lanib o'rnidan
turdi, qornini ichiga tortib, ko'kragini kerib, namoyishkorona chiqib ket-di. S. Nurov,
Narvon.
XO'ROZQAND [xo'roz + qand] Bolalar uchun xo'roz shaklida tayyorlanadigan shi-rinlik, qand. O'g'ilcha
bilan qizchasi, dadam xo'rozqand olib keladilar, deb ko'z tutib o'tiribdimi? SH. Toshmatov,
Tongdagi ko'-lanka.
XO'RSINIQ Biror g'am, tashvish va sh.k. tufayli chiqariladigan og'ir nafas; ufu-rish; xo'rligi
kelib, keskin nafas olish. [Oqilaning] Keyin yana yuragidan chuqur xo'r-siniq kelib, tomog'iga
pichoqday qadalib o'tib ketdi. YU. Shomansur, Qora marvarid.
XO'RSINMOQ Biror gam, tashvish va sh.k. tufayli og'ir nafas chiqarmoq; ufur-moq. Chuqur
xo'rsinmoq. sht Gulsum opa ko'k-ragida mavj urgan tug'yonni ichiga yutib, se¬kin xo'rsindi. O.
Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Navoiy yashirin, ichdan xo'rsindi. Oy-bek, Navoiy.
XO'R-XO'R taql. s: xo'r-xo'r ichmoq Shov-qin chiqarib, qattiq xo'plamoq, xo'rillatib ichmoq. Qodir
deraza oldida tik turgancha, shisha bankadan xo'r-xo'r qatiq ichardi. E. Us-monov, Yolqin.
XO'TIK Eshakning bolasi; yosh eshak. Kim, kuchuk birlan xo'tikka qancha qilsang tarbiyat, It bo'lur,
eshak bo'lur, bo'lmaslar aslo odami! Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.
XO'SH I [f. yukl. 1 So'roq ran oldi-
da kelib, «ayting-chi», «javob bering-chi», «tushuntirib bering-chi» kabi ma'nolarni
ifodalaydi. [Homid:] Xo'sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkentda nima gaplar bor? A.
Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Qistash ma'nosini ifodalaydi. Hech kim boshlamadi. -Xo'sh, gapiringlar, — dedi Bo'taboy. A.
Qahhor, Qo'shchinor chirokdari.
3 Nutq jarayonida topilmay qolgan so'z o'rnida yoki pauza o'rnida qo'llanadi. Xo'sh, bir nima
demoqchi edim. tsh Xo'sh desangiz, Bag'dod shahrida Abutanbal degan bir yalqov iigit o'z onasi
bilan yashar ekan. G'. G'ulom, Tirilgan murda.
XO'SH II \f. j-M ayn. xayr II. «Xayr, xudoning panohiga, Anvar!» — «Xo'sh, Sulto-nali aka!» —
ikkisi ajralishdilar. A. Qo-diriy, Mehrobdan chayon.
XO'SH III und s. Molni haydash yoki qay-tarish uchun aytiladi. [Bolalar\ Xo'sh, xo'sh, jonivor, deb
uning /buqachaning/ orqasini silab qo'yishadi. E. Raimov, Ajab qishloq.
XO'SHLASHMOQ ayn. xayrlashmoq. Na-mozgardan keyin Sodiq o'rnidan turib, xo'sh-lashib chiqib ketdi.
Oybek, Bolalik. -Shosh-ma, kazzob! — dedi Avaz. — Men bolalar bilan xo'shlashib chiqay. S.
Siyoev, Avaz.
XO'QACHA Kichik ko'za; ko'zacha. [Oyim-tilla] Xo'qachadagi zig'ir yog'idan qozonga ozgi-na solib,
piyozdog' qildi. H. Nu'mon va A. Sho-raxmedov, Ota. Cho'pon xo'qachaga eye to'ldir-di. N. Yoqubov,
Jon.
439
SANGA [nem. Zange — ombur, qisqich] tex. Metall qirquvchi va yog'ochga ishlov beruvchi
stanoklarda silindrik yoki prizmatik shakl-dagi detallarni qisib qo'yish uchun mo'ljal-langan
moslama.
SAPFA [nem. Zapfen — tiqin, po'kak; o'q, sterjen`] tex. Mashina, mexanizm, sta-noklar o'qi yoki
valining podshipnikka tayanib, unda aylanadigan qismi. Burish sap-fasi. mm Sapfaning zarur
shakl va o'lcham-dan xiyol bo'lsa ham og'shii mexanizmning ishi-ga salbiy ta'sir qiladi, shuning
uchun u juda aniq qilib tayyorlanadi. «UzME».
SEDRA \ital. cedro — limon] Sitrus o'simliklar (apel`sin, limon va b.) meva-sining bo'yoqdor
tashqi qavati, po'sti (may-dalangan yoki quritilgan holda oziq-ovqat sanoatida va oshpazlikda
ziravor sifati-da ishlatiladi)
SEZIY \lot. caesius — havorang, och kul-rang] kim. Mendeleev davriy sistemasining I
guruhiga mansub kimyoviy element, oson eriydigan kumush tusli yumshoq ishqoriy metall. Shishaga
seziy aralashtirilganda esa u radioaktiv nurlanish ta`sirida xira-lanmaidi. «Fan va turmush».
SEYTNOT \nem. Zeit - vaqt + Not -ehtiyoj] Shaxmat va shashka o'yinida: dast-labki yurishlar uchun
belgilangan vaqt or-tiqcha sarflanib, keyingi yurishlarni o'y-lash uchun vaqt yetishmasligi; vaqt
tanqis-ligi. Seytnotda qolmoq.
SELLOFAN [lot. cellula - hujayra + yun. phanos - tiniq, shaffof] Viskozadan maxsus yo'l bilan
hosil qilinadigan yupqa, suv o'tkazmaydigan shaffof material (mol o'rash uchun va poligrafiyada
ishlatiladi). Sellofan paket. Sellofan sexi. mm Viskoza eritmasidan faqat sun'iy ipakkina
emas, undan sellofan, sun'iy jun tolasi, parda va boshqa narsalar ham hosm! qilish mumkin.
«Saodat».
SELLULOID [sellyuloza + yun. eidos -ko'rinish] Sellyuloza nitratidan tayyorlan-gan, tez
alangalanadigan, elastik shaffof modda (attorlik buyumlari, o'yinchoklar va sh.k. lar yasashda
ishlatiladi). Selluloid mas-sasi. Selluloid o'iinchoq. mm Ma'lumki, ish-qalanish natijasida
plastmassa, selluloid narsalarda zlektr zaryadi vujudga keladi. «Fan va turmush».
SELLYULOZA \fr. cellulose < lot. cellula - hujayra] 1 Glyukoza qoldig'idan hosil bo'ladigan,
o'simlik hujayralari qobig'i-ning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan yuqori molekulali birikma;
o'simlik to'qimalari-ning mexanik chidamliligi hamda elastik-ligini ta'minlaydi. \ Olimlar\
Paxtaning murakkab kimyoviy tarkibini, ayniqsa, uning.. «se.pyuloza» degan moddadan tarkib
topgashigini keyinroq tushunganlar. «Gu-liston».
2 Yog'ochdan va ba'zi bir o'simliklar poya-sidan kimyoviy yo'l bilan hosil qilina-digan tola
modda [qog'oz va karton, sun'iy ipak, plastmassa, lok, portlovchi moddalar va sh.k. tayyorlash
uchun ishlatiladi]. Yog'och sellyulozasi. Paxta sellyulozasi.
SEL`SIY [shved astronomi va fizigi Anders Sel`siy (Celsius) nomidan]: Sel`-siy shkalasi
Suvning muzlash nuqtasidan qaynash nuqtasigacha bo'lgan temperaturani
Ushbu harf lug'at maqolalari A. Madvaliev tomonidan tuzildi.
440
ko'rsatadigan, 100 gradusga bo'lingan shkala va shunday shkalali termometr.
SEMENT [lot. caementum — mayda-langan tosh; shag'al] 1 ot Suvga qorganda, tez qotib, toshsimon
massaga aylanadigan qurilish materiali; kukunsimon birik-tiruvchi qurilish materiallarining
umu-miy nomi. Yuqori navli sement. tsh Sement, ohak, ganch, mixlarimizni — qurilishda zarur
bo'ladigan narsalarimizni — bo'rondan, qum-dan saqladik. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Ikki
kunda sement ham topildi, bul`dozer ham, beton plitalar ham topildi. S. Ahmad, Tog'
afsonasi.
2 sft. Sement bilan suvalgan, tekis-langan. Sement poydevor. Sement suvoq. tsh Yigitlar
xarob stantsiyaning keng sement zinasida non kavshab o'tirisharkan, taso-difan.. buxorolik
yigit kelib qoldi. Oybek, Quyosh qoraymas. Ung qatordagi birinchi xona-ga bog'langan kattakon
targ'il sigir sement oxurni tili bilan yalashdan to'xtab, shoxdor boshini ko'tardi. S. Anorboev,
Oqsoy.
3 anat. Tishning o'zagi va bo'yni asosiy to'qimasini qoplab turadigan suyaksimon modda.
SEMENTLAMOQ Sement bilan suva-moq, sement bilan biriktirmoq. Sement-langan trotuar.
Sementlangan devor. tsh - Biz qarshilik ko'rsatganimizdan keyin, mozor boshqarmasi daxmaning
ochiq-teshik joy-larini sementlab tashladi, — dedi Abdu-rahmonov. I. Qalandarov, Shoxidamas,
bar-gida.
SENZ [lot. census — baholash, baholan-gan mol-mulk < censeo — ro'yxatga olaman] Kishilarning
ayrim huquqlardan, xususan vakolatli hokimiyat organlariga saylash va saylanish huquqidan
foydalanishiga rux-sat beruvchi, yo'l qo'yuvchi shartlar. Mulk senzi. Saylov senzi. sht Turli
davlatlar konstitutsiyaviy tajribasida saylov senz-larining har xil turlari mavjud.
Gazetadan.
SENZOR \lot, censor < censeo — ro'y-xatga olaman] Senzura xizmatidagi, matbu-ot ustidan
nazorat qiluvchi shaxs.
SENZURA \lot. censura — qadimgi Rim-da senzor lavozimi] 1 map. Matbuot usti-dan nazorat
qilib turuvchi davlat muassa-sasi. Lermontov bir necha dramalar yozdi, le-kin podsho senzurasi
ularni sahnada ko'rsa-tishga ijozat bermadi. Gazetadan.
2 map. Matbuot, sahna va sh.k. uchun bel-gilangan asarlarning, umuman, ommaviy axborot
vositalarining mazkur muassasa tomonidan tekshirib, nazorat qilib tu-rilishi. Senzura
qilmoq. Senzuradan o't-kazmoq.
SENT [ingl. cent < lot. centum - yuz] AQSH, Kanada, Niderlandiya va b. ayrim mamlakatlarda shu
mamlakatlar asosiy pul birliklarining yuzdan biriga teng bo'l-gan tanga pul.
SENTNER \nem. Zentner < lot. sep-tenarium — yuz qadoqqa teng og'irlik] 1 Met-rik o'lchov
tizimida 100 kilogrammga teng og'irlik o'lchovi birligi. Hosildorlik o't-gan yildagiga
nisbatan besh sentner oshib, 42 sentnerga yetdi. Gazetadan.
2 G'arbiy Yevropadagi bir qancha mam-lakatlarda 50 kilogrammga teng og'irlik o'lchovi birligi
SENTNERLI Sentner og'irligidagi. Ikki sentnerli toi.
SENTNERCHI map. Har gektar yerdan ma'lum sentner hosil yetishtiruvchi de\qon. Yuz sentnerchi
qizlarning maqtovi she'rga sig'mas. Zulfiya.
SENTRALIZM [ingl. centralism < lot. centrum — markaz, o'rta < yun. Kentron — sirkul` ignasi]
map. Mahalliy muassasa va tashkilotlar markaziy hokimiyatga, yagona bir markazga
bo'ysundirilgan va uning ko'rsatmalari asosida faoliyat yuritadigan boshqaruv tizimi.
SENTRIZM \ingl. centrism < lot. cen¬trum — markaz] map. siyos. Siyosiy arboblar va
tashkilotlarning ijtimoiy barqaror-likka erishish maqsadida turli xil mo''-tadil xarakat va
1ajo>