Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə76/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

4. Kasbning qoʻllanish sohasi
• korxonalarda chinni buyumlarni bezatish, loyihalarni yaratish, dizaynerlik faoliyatini olib borish;
• badiiy ustaxonalarda;
• xususiy firmalarda;
• kulolchilik buyumlarini bezatish ishlarini bajaradigan kichik yoki katta korxonalari uchun xizmat koʻrsatish va hunarmandlik uyushmasiga aʼzo boʻlgan holda yakka tadbirkorlik faoliyatini yuritish;
• yoshlar ijodiyoti markazlarida toʻgarak rahbari;
• respublika va xalqaro koʻrgazmalarda oʻz ishlari bilan qatnashishi mumkin
5. Tibbiy monelik
• koʻrish faoliyatining oʻta pastligi;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
6. Turdosh kasblar
Sanʼat uyushmalariga aʼzo boʻlib, badiiy ijodkor, hunarmand. Chinni va kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxona rahbari.


NAQQOSHLIK


Kasb tipi – Odam-odam


Naqqoshlik-Milliy naqshlarimiz gʻoyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, sandiq, belanchak, cholgʻu asboblari, uy roʻzgʻor buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni oʻylantiradi. Bu goʻzal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan boʻlib, asrlar davomida bunyod topdi va rivojlandi, meʼmorchilik hamda tasviriy sanʼat rivoji bilan bogʻlangan holda takomillashib bordi. Naqsh - arabcha tasvir, gul degan maʼnoni anglatadi. Qush, hayvon, oʻsimlik, geometrik va boshqa elementlarning maʼlum shaklida takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqqoshlik sanʼati tarixi insoniyat madaniyati bilan bir qatorda qadimiydir. Har xil arxeologik qazilmalar shuni koʻrsatadiki, naqqoshlik jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud ekanligi bizga maʼlum boʻldi. Chunonchi Xitoyda, Qadimiy Eronda, Hindistonda va boshqa joylarda naqshning har xil turlarini koʻrish mumkin. Naqqoshlik har bir davlatning oʻziga xos muhitiga, geografik oʻrniga, oʻlkaning oʻsimlik dunyosiga koʻra rivoj topdi. Temuriylar xonligida hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi. U bosib olgan yerlardagi hamma ustalarni Samarqandda yigʻdi va katta eʼtibor berdi. Tikuvchilik, toshtaroshlik, zargarlik, kulolchilik singari sanʼat turlari qatori naqqoshlik ham tez rivojlana boshladi. Temur hukmronligi davrida juda koʻp bino, masjid, madrasa va boshqalar qad koʻtardi.
Undagi bezaklar yanada badiiylashtirildi. Shaharlar atrofi bogʻu boʻstonga aylantirildi. Xullas, u oʻzbek milliy madaniyatini rivojlantirishda katta hissa qoʻshdi. Xiva, Qoʻqon, Buxoro xonliklari davrida xalq amaliy sanʼati ustalari shu shaharlarga yigʻila boshladi. XIX-asr arxitektura yodgorliklarini kuzatsak, ular bir xil uslubda yaratilganligini koʻramiz.
Chunki oʻsha vaqtlar naqqoshlar ish axtarib boshqa shaharlarga borar edi yoki buyurtma boʻyicha boshqa shaharlarga borib binolarni bezatar edi.
Koʻpincha Fargʻona va Buxoro naqqoshlari Samarqandga, Qoʻqon, Margʻilon ustalari Toshkentga kelib koʻpgina binoni bezatar edi. Bu esa naqqoshlik maktablarining yanada rivojlanishi, oʻziga xos kompozitsiyalarning yaratilishi, ranglar majmuasini yanada boyitishda juda katta rol oʻynadi.
Lekin bu naqshlar bir-biriga oʻxshasada har bir shahar va har bir ustaning oʻziga xos rang majmuasi, koloriti, uslubi kompozitsiyasi jihatidan farq qiladi. Agar biz XX asr orasida ishlangan naqshlarni kuzatsak, har bir tuman va viloyatning oʻziga xos naqqoshlik maktablari yaratilganligini koʻramiz.



Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin