Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti


-rasm. Muruntov karyeri atrofidagi geodezik oʼlchashlar



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə14/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

1.2.1-rasm. Muruntov karyeri atrofidagi geodezik oʼlchashlar (2019 y. Avgust oyi, a)Murun zap. va b)kanavniy punktlari)

Yuqoridagi maʼlumotlardan kelib chiqib aytadigan boʻlsak ushbu hududda geodezik tarmoq mavjud, lekin talabga javob bermaydi. Shuni eʼtiborga olib, Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida mavjud davlat geodezik tarmogʻini optimallashtirish asosida toʻldirib, yangilash zarurati paydo boʻlmoqda. Keyingi boʻlimda Muruntov karyeri sanoat zonasi hududida mavjud davlat geodezik tarmogʻini optimallashtirishda qoʻllaniladigan GNSS asbob-uskunalari va GAT dasturlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bayon qilinadi.


§1.3. Geodezik tarmoqni optimallashtirishda GNSS texnologiyasi va GAT dasturlaridan foydalanishni tadqiq qilish
1. Geodeziyada sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari. Bugungi kunda fazoda (koinotda) Yerning juda koʻplab sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ular quyidagi turli xil ilmiy va amaliy muammolarni hal qilish uchun ishlatiladi [11, 135, 136]:
• Togʻ – kon sanoati;
• Neft– gaz-sanoati;
• Geofizika;
Sanoat va grajdan qurilishi;
• Yer tuzish va yer kadastri sohasi;
• Yoʻl, koʻprik va muhandislik, gidrotexnik inshootlarini qurilishi;
• Arxitektura va tarixiy yodgorliklarni asrash;
- yuqori aniqlikdagi geodezik ishlar uchun.
Yer sunʼiy yoʻldoshlarining orbitalari ham har xil boʻlib, yoʻldosh past orbital tizimlarida transport vositalari, yuqori elliptik yoʻldoshlar esa geostatsionarlardan foydalanish mumkin.
2. Global navigatsion sunʼiy yoʼldosh tizimlari. GNSS (Global Navigation Satellite System). Global navigatsion sunʼiy yoʻldosh tizimi GNSS quyidagi tizimlarni oʻz ichiga oladi [11, 99, 136]:
- Rossiya "GLONASS";
- AQSH GPS NAVSTAR;
- xitoy BeiDou;
Fransiya Doris;
- Yevropa Galileo.
Sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi, shuningdek yuqori aniqlikdagi koordinatani aniqlash uchun AQSHning NAVSTAR GPS va Rossiyaning GLONASS sunʼiy yoʻldosh tizimlaridan bir vaqtda foydalanish mumkin. Ushbu tizimlarning umumiy xususiyatlari, shundaki ularning inson faoliyatining turli sohalarida qoʻllanilishi mumkin boʻlib, bu toʻgʻrisida bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan [11, 99, 135].
AQSHning GPS tizimi operatsion rejimda ishlaydi, yaʼni toʻliq texnik va tijorat maqsadlarida amalga oshiriladi. Hozirda GLONASS sunʼiy yoʻldosh tizimida ham har qanday vaqtda, yer yuzining istalgan joyida koordinatani aniqlashni amalga oshirish uchun yetarli miqdordagi kosmik antennalar mavjud. Shuning uchun zamonaviy geodezik ishlar asosan GNSS qabul qiluvchilaridan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
GNSS tizimi inson faoliyatining turli sohalarida, ayniqsa geodezik amaliyotda keng qoʻllaniladi [11, 135]. Ushbu tizimning asosiy vazifasi — obyektning fazoviy koordinatalarini aniqlash.
GNSS sunʼiy yoʻldosh uskunalarini geodezik oʻlchashlarda ishlatishda foydalanuvchi quyidagi ikkita asosiy masalani yechish qilishi kerak [11, 22, 119, 135, 136].
Birinchi masala – foydalanuvchi tomonidan, obyektning koordinatalarini talab qiladigan aniqlikda, GNSS sunʼiy yoʻldosh koordinatalar (WGS-84) tizimida aniqlashda turli sunʼiy yoʻldosh uskunalari va sunʼiy yoʻldosh kuzatuvlarining turli usullari yordamida amalga oshiriladi. Bunday holda, ikki xil geodezik GNSS qabul qiluvchilardan foydalanish mumkin: ikki chastotali va bitta chastotali. Birinchisining asosiy afzalligi shundaki, oʻlchashlarga ionosfera deyarli taʼsir qilmaydi [11, 22, 135, 136].
Bajariladigan ishning maqsadiga qarab GNSS texnologiyasidan foydalangan holda koordinatalarni aniqlash absolyut yoki nisbiy (differensial) usullar bilan amalga oshiriladi (1.2.1-rasm a va b). Ushbu usullar bir-biridan aniqligi bilan farq qiladi [11, 22, 37, 42, 119].

а)



b)



1.2.1-rasm. GNSS texnologiyasi yordamida punkt koordinatalarini aniqlash sxemalari a) — absolyut usul; b) nisbiy (differensial) usuli


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin