Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.
§1.4. Muruntov karyeri sanoat zonasi hududidagi geodezik tarmoqni optimallashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish Asosan, barcha geodezik tarmoqlari ishlab chiqilgan optimal loyihalash asosida qurilishi kerak. Bugungi kunda geodezik tarmoqlarini loyihalashda oʻlchashlarni olib borish, aniqlikni oshirishga moʻljallangan loyihadan foydalanish uchun sifat nazorati va iqtisodiy nuqtai nazardan sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda.
Ilgari tarmoqlar tadqiqotchilar tomonidan oʻz tajribasi va sezgisi (intuitsiya), tasavvuri bilan ishlab chiqilgan boʻlsa-da, bugungi kunda muhandislar geodezik tarmoqning eng maqbul – optimal loyihasini tuzish uchun ishlab chiqilgan tarmoqning barcha sifat talablari bajariladigan analitik usullardan foydalanmoqdalar.
Shuningdek tadqiqot ishida muallif tomonidan Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmogʻini maqbul loyihalash va optimallashtirishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot davomida analitik yechimlar, GNSS oʻlchashlar va GAT dasturlari asosida geodezik tarmoqlarni maqbul loyihalashning usullari takomillashtirildi. Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmogʻini asosiy muammosi – tarmoqning (konfiguratsiyasi) dizayni, tarmoq bilan planli tayanch punktlar orasidagi masofalarni va aniqlikni optimallashtirish mezonini aniqlashdir. Shu sababli, ushbu tadqiqotda dizayn va masofani optimallashtirishga mezoniga oid yangi yechimlar kiritildi. Masalan, biz tarmoq aniqligini oshirish algoritmini ishlab chiqishda sunʼiy yoʻldoshlarning geometrik omillari, kuzatishlarning oʻzaro bogʻliqligi matritsasi, Muruntov karyeri atrofi hududining geodezik va ortometrik balandliklari orasidagi farqlarni aniqlashni, karyerning geometrik markazi uchun ordinata oʻqi boʻylab tuzatmalarni hisoblash shuningdek karyer atrofi hududining 3D modelini yaratishni koʻrib chiqdik. Turli xil optimallashtirish modellari va cheklovlari oʻrganilib, eng optimal modellar foydalanuvchilarga taklif qilindi. GNSS va GAT dasturlari asosida Muruntov karyeri atrofi va hududining geodinamik holatini eʼtiborga olgan holda geodezik tarmoq punktlarining joylashuv sxemasi takomillashtirildi.
Geodezik punktlarni oʻrnatishda GNSS oʻlchovlarini olib borishda optimal balandlik taqsimotiga ega boʻlgan tayanch punktlarining optimal sonidan foydalanildi. Geodezik punktlarni yaratish uchun maqbul shart-sharoitlarni oʻrganish uchun va xatolarni hamda analitik yondashuvlari amalga oshirildi va karyerning marksheyder muhandislari uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmogʻini oʻrnatish uchun dastlab tarmoqni loyihalashtirish zarur. Loyihalash jarayonidan boshlash uchun har xil apriori maʼlumotlar kerak boʻladi. Geodezik tarmogʻining maqsadiga qarab, quyidagi maʼlumotlar:
- tarmoqning talab qilinadigan aniqligi, qoʻpol xatolarni aniqlashda tarmoqning kuchi, agar tarmoq kuzatuv maqsadlarida boʻlsa, hududning geologik holati toʻgʻrisida apriori maʼlumot va boshqalar boʻlishi mumkin. Loyihalash jarayoni odatda oʻlchashlarni bajarish boʻyicha baʼzi tavsiyalar bilan tarmoqni kuzatish rejasini beradi. Maʼlumotlar bazasi, kerakli nazorat punktlari soni, kuzatishlar turi (yaʼni burchak, masofa, sunʼiy yoʻldosh joylashuvi kuzatiladigan kuni va boshqalar narsalar), shuningdek kuzatishlar soni mijoz uchun tavsiyalar roʻyxatiga kiritilishi mumkin. Tarmoq shaklining koʻplab afzalliklari qatorida yoʻq qilingan yoki faol boʻlmagan tarmoqni qayta tiklashda kuzatish rejasidan foydalanish mumkinligi haqida gapirish mumkin. Shuningdek, kuzatish rejasi mavjud boʻlsa, hozirgi tarmoqni qayta ishlash va optimallashtirish mumkin.
Geodezik tarmoqni loyihalash uchun ikkita yondashuv mavjud: sinov va xatolar usuli, bu yerda loyihachining tajribasi va intuitiv hissiyotlari ishtirok va analitik usullar yordamida amalga oshiradi. Bu yerda matematik yechimlar usulning asosini tashkil qiladi. Ushbu ikki usulning oʻziga xos farqi analitik loyihalash jarayoniga insonning ozgina aralashuvi hisoblanadi. Shu bilan birga, analitik usulni amalga oshirish uchun, albatta, dala rekognossirovkasidan apriori maʼlumot olish kerak, shuning uchun inson aralashuvi muqarrar, ammo u cheklangan. Ushbu ikki usulning ijobiy va salbiy tomonlaridan qatʼi nazar, usulning samaradorligi, maqbulligi va tezkorligi turli yondashishlarda muhim ahamiyatga ega.