tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib
qoldirilishi
axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi: Askar otasi deb yozganda,
matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi:
gap askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi? Unda fakultetlarning
ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. -
Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari
qatnashdi.
Nutqning aniqligi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel о‘zining “Ritorika”
kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq
bо‘lmasa, u о‘z maqsadiga erisha olmaydi” deb ta’kidlaydi. Nutqning aniqligi –bu
aytilayotgan sо‘z yoki iboraning о‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq
kelishidir. Shuning uchun sо‘zlovchi kim yoki nima
haqida gapirayotganini har
tomonlama chuqur tushungan bо‘lishi kerak, aks holda nutq aniq bо‘lmaydi. Fikriy
noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:
1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida: Tarbiyachi bolalarga
tushunarli bо‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qо‘yadi. (xontaxtaning
tortmasi bо‘lmaydi).
2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxо‘rninig о‘limi asarini о‘qidi.
3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-
yon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya о‘rnatildi (ishlab
chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy
bо‘lmagan narsa о‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika sо‘zi bilan
almashtirish kerak).
4. Nutqda sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik,
gap tartibining buzilishi
natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar tо‘plami
keng jamoatchilikka manzur bо‘ldi.
5. Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini
kashf etdi.
6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan sо‘zlarning barchasi ham boshqa sо‘zlar
bilan sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq, mustahkam
sinonimlari bino sо‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit sо‘zi esa
pishiq va chidamli sо‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi.