O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə9/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
dildora xurramova

Sudraluvchi kakra Acroptilon repens (L) D.C. Asteraceae oilasiga mansub ko‘p yillik karantin begona o‘t.
Sudraluvchi kakraning kelib chiqish markazi Markaziy Osiyo xisoblansada, bu karantin o‘simlik Afrikadan tashqari barcha xududlarda ko‘p uchraydi. Sudraluvchi kakra Osiyo, Yevropa, Markaziy va Janubiy Amerikada, Avstraliyada
uchraydi. Sudraluvchi kakraning poyasi shoxlangan bo‘lib, o‘simlikning balandligi 20 sm dan 40 sm gacha tik o‘sadi. Ildizi o‘q ildizli, yaxshi rivojlangan. Barglari o‘troq, yaxshi ifodalangan, patsimon tomirlangan, qisqa tuk bilan qoplangan, 5-10 sm uzunlikda. Gullari ikki jinsli, 5 a’zoli, qizil rangdagi boshoqsimon to‘pgullar savatchasimon to‘pgullarda joylashib, novdaning uchida hosil bo‘ladi. Urug‘i teskari tuxumsimon, uchlari ponasimon qisqarib boradigan, yapoloq, silliq, sohta mevaning ichida hosil bo‘ladi. O‘simlikning gullashi va meva hosil qilishi may, iyun oylaridan boshlanib, urug‘i iyul oylarida pishib yetiladi.
Sudraluvchi kakra-ko‘p yillik o‘simlik. Sudraluvchi kakra 30-80 ming dona urug‘ hosil qiladi. U urug‘idan, ildiz bachqilaridan va ildizpoyalaridan ko‘payadi. Aksariyat ko‘p yillik o‘simliklar singari urug‘idan ko‘payish kakra uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Kakra urug‘larining unuvchanligi 3-4 yil mobaynida saqlanadi. Ularni unishi uchun tuproqning yuqori namligi va harorati talab etiladi. Sug‘orilmaydigan maydonlarda tuproqning yuqorigi qatlamida bunday sharoit kam yuzaga keladi, shu bois uning unuvchanligi bu yerda past bo‘ladi. Urug‘larning eng jadal unishi haydalma qatlamda kuzatiladi, ammo ularning ko‘pchiligi tuproq yuzasiga chiqa olmay nobud bo‘ladi.
Sudraluvchi kakra o‘simligi urug‘idan unib chiqqandan so‘ng dastlapki oy sekin o‘sib rivojlanadi: 2,3,5-oylarda atiga 5-7 bargdan iborat poya shaqillanadi. Sudraluvchi kakraning rivojlanishi uning ildizi va ildiz poyalaridan o‘suvchi novdalar katta aham iyatga ega bo‘lib, ularni yo‘qotish katta qiyinchilik tug‘diradi. Ularning zahirasi tuproqda juda ham ko‘pdir. Sudraluvchi kakra tuproqning 65 sm lik qatlamida 1ga maydondagi barcha ildiz va ildizpoyalarning uzunligi qariyb 25 km ga yetadi (shu jumladan ildizi 80% ildizpoyasi 20%). Sudraluvchi kakraning ildizlarida uglevodlarning ko‘plab zaxirasi to‘planadi, shu bois ular novda hosil qiluvchanlik energiyasining kattaligi bilan ajralib turadi va ko‘p karra kesilganda ham ko‘karish xususiyatiga egadir. O‘q ildizidan tarqaluvchi yon ildizlari dastlab gorizontal cho‘ziladi, so‘ngra asta-sekin tuproq yuzasiga qarab o‘sadi, ammo tuproq yuzasiga chiqmay, keskin pastga buriladi va vertikal ikkinchi tartib ildizlarini xosil qiladi. So‘ngisi, o‘z navbatida, gorizontal va vertikal uchinchi
tartib ildizlarini shaqillantiradi va hokazo. Gorizontal ildizlarning egilgan joylarida vertikal ildizlarning yuqorigi qismida ko‘p sonli kurtaklar xosil bo‘ladi, ulardan yer ustki poyalar rivojlanadi. Shu tarzda, kakra onalik o‘simlik atrofida tarqalib, bachqilar o‘chog‘ini hosil qiladi. Ayrim o‘choqlar qo‘shilib ketib, o‘simlik qalinligi 1 m da 400 donagacha poya bo‘lgan yaxlid ifloslangan maydonlarni yuzaga keltiradi.
Sudraluvchi kakra ildizi va ildiz poyalarining kesmalari ko‘pgina boshqa ildiz bachqilaridan ko‘payuvchi o‘simliklardan farqli ravishda, kuchsiz hayotchanligi bilan ajralib turadi va namlik ko‘p bo‘lgan sharoitlardagina kamdan- kam ko‘karib ketadi. Noqulay sharoitlarda, xususiy namlik yetishmaganda, sudraluvchi kakra ildizlari tinim davriga ketadi va u bir necha yil saqlanadi. Sudraluvchi kakra yorug‘lik va namlikdan maxrum etilganda uning hayotchanligi 5-6 yilga saqlanib qoladi.
Novdalarining rivojlanishi va paydo bo‘lishi erta bahordan boshlanadi va kech kuzgacha davom etadi. Kakra may-iyun oylarida gullaydi, mevalari iyun-iyul oylarida pishib yetiladi (4-rasm). Bu davr odatda boshoqli g‘alla ekinlarining hosilining yig‘ish paytiga to‘g‘ri keladi.
Sudraluvchi kakra yengil va og‘ir loyli tuproqlarda yaxshi o‘sadi, tuproq sho‘rlanishiga ham chiday oladi. U qurg‘oqchilik iqlimda va yog‘in miqdori qarib 200-375 mm ni tashqil etuvchi yarim cho‘l mintaqalarida ham rivojlana oladi. Sudraluvchi kakra -yuqori raqobatbardosh o‘simlik shu bois




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin