O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə8/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
dildora xurramova

Uch bo‘lakli ambroziya-Ambrosia trifida L., Asteraceae oilasiga mansub bir yillik o‘simlik bo‘lib tashqi ko‘rinishidan shuvoqga o‘xshaydi. Bu poyasi shoxlangan, tik o‘suvchi, 3 m balandlikdagi o‘simlik. Ildizi o‘k ildizli, yaxshi rivojlangan, 4 m uzunlikda bo‘ladi. Barg bandlari yaxshi ifodalangan, pastki barglari yaprog‘i chuqur qirqilgan, yuqori yaruslardagi barglari uch bargli yoki butun, ovalsimon lansetsimon kurinishda, qiska tuk bilan qoplangan, 5- 10 sm uzunlikda. Gullari ikki jinsli, 5 a’zoli, sariq rangdagi boshoqsimon to‘pgullar savatchasimon to‘pgullarda joylashib, novdaning uchida xosil bo‘ladi. Onalik tupgullari savatcha xosil qilib, barg kultigida joylashadi. Urug‘i teskari tuxumsimon, uchlari ponasimon kiskarib boradigan, soxta mevaning ichida 815 mm uzunlikdagi 3,5- 6 mm uzunlikda xosil bo‘ladi. O‘simlik aprel oyida xosil bo‘lib, uning gullashi va meva xosil qilishi iyun, iyul oylarida urug‘i avgust oylarida pishib yetiladi. Bu begona utning kelib chikish markazi Shimoliy Amerika xisoblansada, u Osiyo, Yevropa, Markaziy, Janubiy Amerikada va Rossiyada
uchraydi. Uch bo‘lakli ambroziya urug‘lari vositasida ko‘payadi. Urug‘lari shamol va urug‘lik materiallari, daryo, ariqlar suv orqali tarqaladi. Barcha ekinzorlarni ifloslantirib katta zarar keltiradi,
    1. Karantin begona o‘tlar vakillarining morfologiyasi


Erman bargli ambroziya bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Uning ildiz tizimi o‘qildizli bo‘lib, tuproqqa 4 m chuqurlikkacha kirib boradi. Poyasi tik holatda tug‘ri o‘sadi, bo‘yi 20-200 sm gacha boradi, yuqorigi qismi uchburchak kurinishida supurgisimon shoxlaydi, kuchsiz yoki yetarlicha kuchli siqilgan dag‘al tuklar bilan koplanadi.iBarglari 4-15 sm uzunlikda bo‘ladi, ustki tomoni to‘q yashil, deyarli yalang‘och, ostki tomoni kulrangsimon yashil, quyuq dag‘al tuklar bilan koplanadi. Yuqoridagi barglari navbatlashib joylashadi, deyarli bandsiz, patsimon bo‘lakli, pastqilari esa karama-karshi, bandlilari ikki karra patsimon bo‘laklangan. Gullari ayrim jinsli: changchi gullari sarik, beshta tishli, diametri 3-5 mm keladigan yarim sharsimon yoki qo‘ng‘iroqchasimon savatchalarda to‘planadi, gulbandining uzunligi 2-3 mm keladi. Savatchalari boshoqsimon to‘pgullarda to‘planadi.
Urug‘chi gullari 1-3 va undan ham ko‘prok miqdorda changchi to‘pgullar asosida va yuqorigi barglarning qo‘ltig‘ida joylashadi, ularda gul yonligi bo‘lmaydi, shakli tuxumsimon, uchki qismi siqilgan va o‘tkirlashgan, uzunligi 4-5 sm keladigan o‘sib birlashib ketuvchi o‘ramalar ichida joylashadi. Urug‘larining uzunligi 2-4 mm, tuxumsimon yoki noksimon, asosi uch qirrali, qovurg‘alari qanotli, rangi yashilsimon- kulrangdan qoramtir-jigarranggacha, silliq va yaltiroq, o‘sib birlashib ketuvchi o‘ramalar ichida joylashadi. Bo‘larning barchasi soxta mevani tashqil etadi, uning uchida yirik o‘simta va atrofida uni o‘rab turuvchi 5-8 mayda o‘simtalar kuzatiladi .Erman bargli ambroznyaning maysalari aprel-may oylarida unib chiqadi. Maysalash fazasnda urug‘palla barglari qisqa ellipssimon shaklda bo‘ladi, uzunligi 7-13 mm keladi, chetlarida nuqtali-chiziqchali rasm kuzatiladi, deyarli bandsiz bo‘ladi. Birinchi chinbarglari patsimon bo‘lakli, karama- karshi, tuklangan, navbatdagi juft barglari esa patsimon tarkok. Urug‘palla osti kismi kalinlashgan, uzunligi 10-15 mm, qoramtir-qirmizi dog‘li.
Kakra yoki achchikmiya - urgimchak inisimon tuklanuvchi o‘simlik; poyasi tugri kirrali, deyarli asosidan shoxlaydi, mul barg xosil qiladi; balandligi 20-40 sm keladi. Barglari navbatlashib joylashadi, deyarli bandsiz, pastki barglari tishli, yuqoridagilari esa yaxlit, yuqoriga karab kamayib boradi, Barglari va poyalari tuklangan, shu bois butun o‘simlik kulrang-yashil tu yeda kuri nad i. Savatchalari yakka, dumalok, shoxlarining uchida joylashadi, diametri 1- 1,25 sm keladi (1- rasm). Uramasining bargchalari cherepitsasimon (sopolsimon), va yuqoridagilari keng, yumalok, ya shil, okish plyonkasimon xoshiyali, ichqilari ingichka, utkir uchli plyonkasimon usimtali, kuyuq tukli.
Savatchasidagi gullari bir xil kizgish-pushti rangda, ikki jinsli, trubkachasimon. Xdr bir savatchada 2 tadan 26 tagacha urug‘ rivojlanadi. Bitta o‘simlik 7-8 mingtagacha urug‘ tugadi, odatda, bu urug‘larning 30-35 foizi puch bo‘ladi. Savatchada urug‘lar yopik xolatda saqlanadi va fakat savatcha yorilganda yoki tuproqda chirigandagina urug‘lar undan tuqiladi. U rugi tuqiluvchi koqilchali, yassi, sillik, shakli teskari tuxum-simon, rangi och kulrangdan sargishgacha. Chivigi urug‘ asosida joy-lashgan. Urug‘larining ulchami usish joyiga boglik xolda uzgaradi. Yevropa kakralarining urug‘i Urta Osiyodagiga nisbatan tukrok tusda bo‘ladi. Kakra kuchli va murakkab ildiz tizimiga ega bo‘lib, vertikal uk ildiz, undan xar tomonga tarkalgan gorizontal ildizlar, vertikal ildiz bachqilar va ko‘p sonli kurtaklardan xosil bo‘luvchi yosh novdalardan iborat. U k ildizining yuqorigi tomoni kalinlashgan va yogochsimon, tuproqka 10 m va undan chukurrok kirib boradi (Urta Osiyoda sizot suvlari satщgacha). Katta yoshli ildizlari koramtir, tigiz, yogochlashgan; yoshlari esa okish va murt bo‘ladi. Gorizontal ildizlari ancha ingichka, tuproqning asosan xaydalma qatlamida joylashadi, ammo ayrimlari 1 m gacha kirib boradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin