mm
gacha qalinlikdagi metallarni qirqish mumkin.
Richagli qaychilar (28- rasm, b)
2
-3mm gacha qalinlikdagi metall listlarni qirqishga
imkon beradi. Ular ikkita cho’yan stoyak va stol (2) dan iborat. Stolga yon tomondan
qo’zg’almas pichoq (7) (90° burchak ostida charxlangan) biriktirilgan. Richag (4)
ga mahkamlangan ustki pichoq (5) egri chiziqli shaklga ega. Bu esa richag
tushirilganda bosim burchagi doimo birday bo’lishini ta`minlaydi (taxminan 15°).
Richag staninaga mahkamla-nadi. Uchida posongi 6 bo’lgani uchunu o’z-o’zidan
tushib ketmaydi. Qirqiladigan list planka
3
yordamida richakka qisiladi. 37 tipidagi
qaychilar pichog’ining uzunligi 1050 mm bo’lib, ular 2,5mm gacha qalinlikdagi
metallni qirqishga imkon beradi.
Richagli qaychilarning tig’lari oralig`i kichik bo’lishiga va richagning puxta
mahkamlanishiga e`tibor berish kerak. Ularda zagotovkani qisib turadigan bostirma
bo’lishi lozim, chunki qirqish paytida buyumni to’ntarishga intiluvchi kuch momenti
paydo
bo’ladi
va
ishchi
uni
ushlab
turishga
kuchi
yetmaydi.
Metallni qirqish uchun richag keskin tushiriladi, so’ngra kuch bilan bosib metall
oxirigacha qirqiladi.
Richagli qaychilarning boshqa konstruktsiyalari ham bor: tishlari bor reykali va
pereborli (3 mm gacha bo’lgan po’lat listni, ingichka chiviqlarni qirqish uchun),
sortli
qaychilar
(sortli
metallni
qirqish
uchun)
va
h.
k.
Qaychilar bilan qirqishda juda ehtiyot bo’lish kerak, aks holda detalning o’tkir
uchlari va qirralari bilan qo’lni kesib olish mumkin. Qo’lqop kiyib ishlash tavsiya
qilinadi.
Slesarlik uquv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning
turi, o`lchami va ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil
metall qirqish asboblari ishlatiladi.
Slesarlik qaychilari dastaki va richagli (mexanikaviy) qaychilarga bulinadi. Uquv
ustaxonalarida, kupincha, dastaki qaychilar ishlatiladi. Dastaki qaychilar (228-rasm)
dasta va tig‘ (ish qism) lardan iborat bulib, U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik
pulatidan tayyorlanadi.
Dastaki qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo`lgan temir tunukalar va
qalinligi 2 mm gacha bulgan rangli metall listlarni qiyish mumkin. Dastaki qaychilar
unaqay va chapaqay buladi. Unaqay qaychining pastki tig‘io`n to monda, chapaqay
qaychiniki esa chap tomonda joylashgan bo`ladi. O`naqay qaychi bilan soat etrelkasi
yo‘nalishida, chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo‘nalishda qiyiladi.
Qaychi tig‘lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar uchun 60—65°,
temir
tunukalar
uchun
70—75°
burchak
ostida
charxlanadi.
Qaychi tig‘larini urnatganda ular orasida 0,2 mm zazor qoldiriladi. Tig‘lar orasidagi
zazor ortib ketsa, qiyish qiyinlashadi, qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib
qoladi. SHuning uchun ish vaqtida qaychining gaykasi bushab ketsa, uni qotirib
olish kerak.
Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qiyiladigan metalning qalinligiga qarab
qaychini qo`lda tutib yoki tiskiga urnatib olib qiyish mumkin. Bir qator afzalliklariga
kura qaychini tiskiga urnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan qiyishda ortiqcha
kuch sarflamasdan oson va tug‘ri qiyiladi.
Utkir jag‘li ombir bilan qirqish mumkin bo`lmagan qattiq va yo‘g‘on simlarni zubilo
bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz hosil qilinadi va sindirib
olinadi.
Tabiatda hozir ma’lum bo‘lgan elementlarning taxminan ¾ qismi metallardir.
Metallar yaltiroqligiga ega bo‘lgan plastik moddalardir. Metallar (yunon, metalleio-
qaziyman, erdan qazib olaman) ma’nosini beradi, oddiy sharoitda yuqori elektr
o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanlik temperatura
koeffisientining manfiyligi, elektr magnit to‘lqinlarining yaxshi qaytarishi,
plastikligi kabi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan oddiy moddalar.
Turmushda insonning ehtiyojiga ko‘ra metallardan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlarini
engillashtirish, madaniy dam olishga xizmat qilish, transport uchun ulov xizmat
qilishda ishlatiladi.
Metallardan yasalgan buyum va moslamalar insonning o‘z shaxsiy tomorqa
uchastkasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. SHuning uchun metallardan yasalgan buyumlar insonning yashashi uchun,
hatto bevosita ovqatlanishi uchun taomlar tayyorlashida oziq-ovqat mahsulotlarini
tayyorlash, qaynatish, qovurish, pishirish va saqlash jarayonlarida bevosita muhim
rol o‘ynaydi.
Metallardan yasalgan elektro montaj, radio va televideniya buyumlari hamda
madaniy dam olishda ishlatiladigan buyum jihozlar insonning ma’naviy hayot
turmush tarzini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etib, inson ma’naviy ozuqasini
ularsiz ta’minlash mumkin emas.
Turmushda metallardan oddiy temirchi tomonidan tayyorlangan buyumlardan tartib
bilan murakkab metalldan yasalgan asbob jihozlar qadimdan hozirgacha yashash
tarzi uchun muhim bo‘lib kelmoqda.
Sanoatda metallardan avvalo xomashyo sifatida, xom ashyoga ishlov beruvchi
mashina, stanok, moslama, inshoot, tayyor mahsulot, sanoatni barcha jabhalarida ish
bajaruvchi sifatida foydalaniladi. Masalan, er ostidan qazib olinadigan temir va
metallarni rudasi xomashyo sifatida zavodlarda mahsulot tayyorlash uchun qayta
ishlovchi jarayonlarida rudani tozalab zagotovkaga aylantirishda, zagotovkaga
ishlov berib, uni yig‘ib mahsulotga aylantirishda bevosita metallardan foydalanib
ish bajariladi.
Kesish deb kesuvchi asboblar (zubilo, kreysmeysel) va zarb beruvchi chilangarlik
bolg‘asi bilan zagotovka sirtidagi ortiqcha qatlamni kesib tashlash yoki zagotovkani
qismlarga bo‘lish jarayoniga aytiladi.
Ishlab chiqarishda dastgoh bilan bajarib bo‘lmaydigan va yuqori aniqlik talab
qilinmaydigan ishlarda kesish bajariladi.
Yirik detallar
Maxsus taxtalarda, haddan tashqari katta o‘lchamli detallar esa o‘z o‘rnida kesiladi.
Ishlov beriladigan detalning ko‘llanishiga ko‘ra, kesish toza yoki dag‘al bo‘lishi
mumkin. Birinchi bo‘lib zubiloning bir sidra harakatida metalldan 0,5 dan 1 mm.
gacha, ikkinchi holda esa 1,5 dan 2 mm. Gacha qalinlikdagi qatlam kesib olib
tashlanadi. Aniq ishlovga 0,4—1 mm. gacha kesish natijasida erishish mumkin.
CHilangarlik ishlaridagi egovlash, parmalash, shaberlash, kesish usullarida
detalning ortiqcha qismi qirindi, payraxa shaklida kesib olib tashlanadi. Bundan
tashqari, listlar va metall chiziqlarning ma’lum bir qismini qirqib tashlash ham
kesish ishlariga kiradi.
Har qanday kesuvchi asbobning (zubilo, keskich) kesuvchi (tig‘) qismi pona
shaklida bo‘ladi. Masalan, metchik, plashka, metall keskich va egovlarning kesuvchi
qismi bir va bir necha ponasimon elementlardan tashkil topgan. Zubiloning kesuvchi
qismi ham pona shaklidan iborat.
Kesuvchi tig‘ning o‘tkirligi, uni kesiladigan sirtga qanday burchak ostida o‘rnatilishi
va kuchning qanday yo‘naltirilishiga bog‘liq holda kesish jarayoni ko‘p yoki kam
jismoniy kuch talab qiladi. Kesuvchi tig‘ qanchalik o‘tkir bo‘lsa, ponasining
burchagi shunchalik kichik bo‘ladi. Binobarin, detal sirtini tarashlash uchun kamroq
kuch sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |