O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Najas tipi Najas shakli



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə52/168
tarix11.11.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#119315
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168
ТБПК.ХОЛМАТОВА.

Najas tipi

Najas shakli

1

Alohida qattiq qumaloq shaklda (qiyinchilik bilan ajraladi)

2

Qumaloqlardan iborat kolbasasimon

3

Kolbasasimon qattiq yuzali

4

Kolbasasimon yoki ilonsimon shaklda, silliq, yumshoq yuzali

5

Chegarasi aniq yumshoq sharchalar (yengil ajraladi)

6

Yumshoq qumaloqlar noaniq chegarali (bo’tqasimon)

7

Suvli najas qattiq qumaloqlarsiz (faqat suyuq axlat)

Axlat rangi unda o’t pigmentlariga bog’liq. Agar o’t kislotalari ichakka tushmagan bulsa axlat kul rangda bo’ladi. Shuningdek axlat rangi iste’mol qilingan ovqat va dori vositalariga ham bog’liq.


Axlat rangi

Axlat rangi

Sabablari

To’q-jigar rang

Aralash ovqatlda (normal axlat)

qoramtir-jigar rang

Go’shtli ovqat

och-jigar rang

O’simliklardan iborat taom

jigar rang-qizil

O’zgarmagan qon, fenolftalein, qizil lavlagi, kakao

Qora

O’zgargan qon ( hazm qilish tizimi yuqori qismidan qon ketishi), vismut preparatlari, faollashtirilgan ko’mir, ko’p miqdorda jigar, qoraqat, qizil vino iste’mol qilganda

Yashil-qora

Temir preparatlari

Yashil

Kuchaygan peristaltikada bilirubin va biliverdin, sabzavotli parhezda

Tilla rang-sariq

O’zgarmagan bilirubin (ko’krak yoshdagi bolalarda)

Olov rang-och-sariq

Sutli va sut mahsulotli parhezda

Oq yoki kul rang-oq

Gepatit va o’t yo’llari obstruksiyasida (bekilib qolishi)


  1. Xаzm а'zolаri kаsаlliklаri bilаn og'rigаn bеmorlаrdа turli tumаn shikoyаtlаr kuzаtilаdi. Ayniqsа qorin sohаsidа og'riq, ko'ngil аynаshi, qаytqilish, o'qchish, jig'ildon qаynаshi, ishtаxаning buzilishi, qаbziyаt, diаrеyа, mеtеorizm vа boshqа simptomlаr tеz tеz kuzаtilаdi.

  2. 1. Qorin bo`shlig`i organlarining hayotga xavf solmaydigan kasalliklari. Bunda «yengil» - bemor chiday olagigan og`riq bo`lib u bemorning umumiy holatining buzilishiga olib kelmaydi; yuqori gaz hosil qilish (meteorizm),ko`ngil aynishi kuzatilishi mumkin. Odatda, bemor bu buzilishlarning sabablarini ayta oladi (ko`p ovqatlanish, alkogolni ko`p iste`mol qilish, parhezning buzilishi). Bunda yuqori harorat va suyuq ich ketishi kuzatilmaydi.

Bundan tashqari qorindagi o`tkir bo`lmagan og`riqda uni e`tibor bilan kuzatish kerak. Ko`p holatlarda xavfli kasalliklar kichik og`riqli holatlardan boshlanadi, ayniqsa bolalarda, qari kishilarda.
2. Hayot uchun xavfli bo`lgan qorin bo`shlig`i organlari kasalliklari. Qorinda birdan paydo bo`ladigan kuchli og`riq, ko`ngil aynishi, qusish, ich ketmasligi, qorin shishishi, qorin devorining tirishishi bilan birgalikda sodir bo`ladi. Bu holat “o`tkir qorin” termini bilan ataladi.
Qorindagi og`riqlarda og`riq qoldiruvchi, susaytiruvchi moddalar, klizmalar va grelkalarni shifokorlar sababini aniqlamasligiga qadar qo`llab bo`lmaydi, chunki bu diagnostikani qiyinlashtiradi, hattoki kasal holatining yomonlashuviga ham olib kelishi mumkin.
Agarda bemorda qorinda og`riq bo`ladigan bo`lsa zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak, bemorni yotqizish va unga suv va ovqat bermaslik kerak.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin