O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


I BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/55
tarix19.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#133346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

I BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI





    1. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obekti va metodlari

O‘quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali foydalanish ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, uning amaliyotga ta’siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi.


Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o‘zining rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo‘lgan predmetlarni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxli butunligini ta’minlovchi omil
sifatida qaraladi.
Yu.M.Kolyagin fikriga ko‘ra, ta’lim tizimida integratsiya ikki xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin:

  1. O‘quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish (bunda integratsiyaga ta’lim maqsadi sifatida qaraladi).

  2. Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini topish (bu erda integratsiya-ta’lim vositasi hisoblanadi).

Birinchi ma’no bo‘yicha integratsiya o‘quvchi bilim dargohiga dastlabki qadamini qo‘yishidanoq, dunyoni yaxlit, bir butun, uning barcha elementlari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida tasavvur qilib olsin.
Ikkinchi ma’noda integratsiya o‘quv fanlaridan beriladigan bilimlarning o‘zaro to‘qnash(uchrash)gan eri(nuqtasi)da yangi tasavvurlarni anglay olsin.
Dastlab, fanlardagi fikr (g‘oya)lar to‘qnashgan nuqtada avvaldan bo‘lgan tabaqalashgan bilimlardagi kamchiliklarni to‘ldirishga, ular o‘rtasida bo‘lgan bog‘lanishlarni tarkib toptirishga da’vat etsin.
Ta’limdagi integratsiyani quyidagicha ifodalashni lozim topdik:

Ikki o‘quv fani o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda va ularning integratsiyasida vaqti-vaqti bilan u yoki bu fan tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Turli o‘quv fanlardagi mavzularning uzviy bog‘liqligi va mantiqiy o‘zaro aloqadorligi integratsiyalashgan darslarning asosi bo‘lishi kerak.


Integratsiyaning tarkibiy qismlari.
Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, integratsiya ma’lum bir tarkibiy qismlarga ega ekan. Quyida ana shu haqda fikr yuritiladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin