TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
Turistik mahsulotning baholanishi
Turistik mahsulotning sotilishida rol o‗ynagan eng ahamiyatli omillardan biri mahsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy omil bo‗lib eng ta‘sir qiluvchi va strategik o‗zgaruvchidir. Narx omili
16 Электронная коммерция в Узбекистане: состояние, проблемы и пути развития : Монография / Рахимова Х. У., Бекмуродова А. Ш., Махмудов У. Д., Юлдашев М. И.. - Тошкент : Молия, 2017. - 111 с
xususan o‗rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir. Xaridorlarning ko‗pchiligi quyidagi sabablar tufayli narx o‗zgarishlariga qarshi juda ta‗sirchan bo‗ladilar.
Turli masofalar orasida yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar o‗rtasida paydo bo‗lgan raqobat yuzasidan.
kam daromadli xalq mexanizmlarining turistik iste‘molchiga yetishadigan harakatlaridan narx farqlari ko‗paymoqdadir.
Turizm sektorida ko‗rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida narx omili sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o‗ringa tushishni boshlagan. Chunki turistlarning kutishlari va zavq olish hislari oldindadir. Biror mehmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olish majburiyatiga ega emasdir. Boshqa arzon mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma‘lumot olishni ham xohlaydi. Yetarli ma‘lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik mahsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik mahsulotning aralash xususiyatda bo‗lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko‗p omillarga bog‗liqdir. Turistik mahsulotning narxini belgilash tartibini quyidagicha izohlaymiz:
turistik korxonalarda mahsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud bozorning tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan belgilanishi kerakdir;
turistik mahsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi;
turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatbardosh va monopolistik bozorlardan tashkil topadi;
turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo‗lmaydi. Talab ko‗p bo‗lgan davrlarda narxlar yuqori bo‗ladi, talab kam bo‗lganda narxlar past bo‗ladi.