22
2
0
2
2
m
p
E
(3.2.6)
Ushbu formula Pifagor teoremasinyng matematik ifodasini eslatadi (3.2.1-
a
rasm). Agar to‘g‘ri burchakli uchburchakning gorizontal kateti zarraning tinch holat
massasi
m
0
— vertikal, kateti esa, impulsi deb qaralsa, uning gipotenuzasi zarraning
to‘la energiyasini beradi. Agar zarra harakatsiz bo‘lsa,
uchburchak uzunligi
m
0
ga
teng gorizontal chiziqqa aylanadi. Zarraning tezlatilishi bilan uchburchakning
vertikal kateti — zarraning impulsi va u bilan birga uchburchakning gipotenuzasi,
ya’ni zarraning to‘la energiyasi o‘sa boshlaydi (3.2.1-b rasm).
Avvaliga energiyaning o‘sishi oz, chunki past uchburchaklar uchun
gipotenuza gorizontal katetga deyarli teng bo‘ladi.
Bu oddiy Nyuton mexanikasi
tavsiflovchi kichik tezlikdagi xarakatlar xoliga mosdir. Tezliklarning katta
qiymatlarida
(υ
—
c)
uchburchak yuqoriga juda cho‘zilgan va gipotenuzasi vertikal
katetiga deyarli teng. Demak, katta tezliklardagi xarakatlar uchun impuls va
energiya (ya’ni zarraning massasi) orasidagi farq cheksiz kamayar ekan. Albatta,
ushbu farq hech qachon nolga teng bo‘lmaydi va har doim (3.2.6) ga muvofiq
zarraning tinch xolatdagi massasiga teng ekan. Shuning uchun
m
0
ni zarra harakati
jarayonining o‘zgarmasi — invarianti deyiladi.
Boshqacha aytganda, zarra
qanchalik tezlatilmasin, uning impulsi va energiyasi shunday o‘zaro muvofiq
ravishda o‘zgaradiki, ularning farqi (3.2.6) ga muvofiq son jixatdan zarraning tinch
xolatdagi massasini xarakterlaydi.
Shunday qilib, zarraning energiyasini va
impulsini bilgan xolda (3.2.6) dan uning massasini aniqlashda foydalanish mumkin.
Noma’lum zarralar ustidagi tajribalar paytida xuddi shu yo‘l bilan zarraning
massasini aniqlaymiz, so‘ngra 3.3.1-jadvalda keltiriladigan ma’lumotlardan
foydalanib, qanday zarra bilan ish ko‘rganimizni aniqlaymiz.
Shunday qilib, mikrodunyoning kvant qonunlari
haqida yuqorida bayon
etilganlardan quyidagi muhim besh tushunchani o‘zlashtirib olishimiz kerak: 1)
mikroob’yektlarga xos xususiyat korpuskula — to‘lqin dualizmi; 2) noaniqliklar
prinsipi; 3) mikrodunyo qonunlari va jarayonlarining ehtimoliy tabiati; 4) elementar
zarralar spini; 5) Pauli prinsipi.
Dostları ilə paylaş: