Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə17/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

-(i)b qoʻshimchasi predikativlikni shakllantiradigan mayl, zamon, shaxs, son ma’nolariga betaraf boʻladi, shuning uchun kesimga xos oʻrinda bir oʻzi qoʻllana olmaydi. Yordam beruvchi vosita boʻlsa bu vazifani bajaradi. Bunday vosita vazifasida shaxs, son va hurmat qoʻshimchalari keladi (boribman, boribsan, boribdi). III va II shaxsda eshitilgan xabar anglashilib oʻzlashtirma gap hosil boʻladi (Boribdi. Boribsan).
Oʻziga tobe soʻzlar, jumladan ega bilan kengayib kelganda mazmunan flektiv tillardagi ergash gapga oʻxshaydi, lekin predikativlik toʻliq shakdlanmaydi, nutqiy amal tugal boʻlmaydi (bahor kelib). Predikativlikni ifodalaydigan soʻz (tuslanuvchi fe’l, kesim) bilan bogʻlangandan keyin nutqiy amal tugal boʻlib uyushgan gap qosil boʻladi (Bahor kelib gullar ochildi).
Nisbat qoʻshimchalaridan -(i)n, -(i)l oʻzlik va majhullikka betaraf, shuning uchun mazkur ma’nolar matniy vosita yordamida namoyon boʻladi. -t,-dir,-tir kabi qoʻshimchalar sintaktik vazifa bajarib modal ma’no anglatadi va mazmunan flektiv tillardagi modal fe’l (soʻz)ga oʻxshaydi (uxla-t, yoz-dir,oʻqit-t-tir). Oʻtimlilikni ifodalashda soʻz oʻzagi bilan hamkorlik qiladi: oʻqi deganda oʻtimlilik oʻzakdan, uxla-t deganda qoʻshimchadan anglashiladi.
Egalik qoʻshimchalari shaxs, son va xoslik bildirib kishilik olmoshining qaratqich kelishigi bilan ma’nodosh boʻladi: -(i)m=mening, -(i)ng=sening kabi. Bundan oʻzbek tilida qoʻshimcha soʻz bilan ma’nodosh boʻlishi ayon boʻladi. Flektiv tillarda bunday qoʻshimcha yoʻqligidan oʻzbek tilidagi egalik shakli rus, nemis, ingliz tillarida soʻz birikmasiga mos keladi: kitobim - moya kniga, mein buch, my book. Flektiv va agglutinatinativ tillar orasidagi shu farqqa e’tibor berilsa interfereitsiyaning oldi olinib xorijiy tilning salbiy ta’siriga chek qoʻyiladi.
Qoʻshimchalarning yuqorida bayon qilingan xususiyati, tilning sistem tuzilishidagi oʻrni oʻzbek tilida ularni ikki turga ajratishni taqozo qiladi:
1) yangi soʻz hosil qiluvchi (lugʻaviy ma’no anglatuvchi) qoʻshimchalar;
2)yangi soʻz hosil qilmaydigan (grammatik ma’no va vazifa xos) qoʻshimchalar. Birinchi turga kiritilgan qoʻshimchadan ayrimi aslida ikkinchi turga mansubligi [51] inobatga olinadi. Ikkinchi tur qoʻshimchalar umumiy va xususiyligi, bir va koʻp ma’noligi, muayyan ma’noni oʻzi anglatishi yoki unga betarafligi, sintaktik vazifa xos-xos emasligi va hokazo jihatdan tasniflab oʻrganiladi.
Ayni paytda tilning sistem tuzilishidagi oʻrnini yanada oydinlashtirish maqsadida yordamchi vazifasida qoʻllanuvchi boshqa soʻz va qoʻshismchalar (toʻliqsiz, koʻmakchi fe’l, bogʻlovchi, yuklama, koʻmakchy soʻz)niig mazkur qoʻshimchalar bilan munosabati, grammatikalizatsiyalash darajasini tadqiq qilish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
10. Grammatik kategoriyaning soʻz turkumlari bilan aloqasi. Tilning grammatik qurilishida alohida mavqega ega deb qaraladigan grammatik kategoriya (kategorial ma’no) flektiv tillarda soʻz turkumi bilan uzviy bogʻliq. Shunga koʻra turlanish ot va uni aniqlovchi, almashtiruvchi turkumlarga, tuslanish esa fe’l turkumiga xos boʻladi.
Agglutinatinativ tillarda koʻpchilik grammatik kategoriya soʻz oʻzagi va qoʻshimchaning xususiyatiga koʻra bitta turkum bilan cheklanmaydi. Shaxs, son, egalik, hurmat, kelishik, kesimlik va boshqa kategoriylar shunday xususiyatga ega. Turkiy tillardagi bu xususiyat prof. H. Gʻ. Ne’matov tadqiqotlarida nazariy jihatdan asoslangan boʻlib oʻrta umumiy ta’limga ham tatbiq etildi.
Keyingi davrda amalga oshirilgan tadqiqotlar ma’no va vazifasi jihatdan oʻxshash boʻlgan lisoniy hodisalarni alohida-alohida kategoriyaga boʻlib emas, maydonga birlashtirib oʻrganish ham tilning sistem tuzilishiga mos boʻlib samarali usul ekanlngini koʻrsatmoqda.
-sa qoʻshimchasining agar yordamchi soʻzi bilan modal ma’nosi oʻxshash. Yordamchi soʻz faqat shu ma’noni (shart)ni bildirsa -sa bundan tashqari zamon, istak (modal ma’no), son, hurmatga betaraf boʻlib shaxsni aniq koʻrsatadi. Shart bilan birga shaxs, son, hurmatga munosabat ifodalanganidan predikativlik toʻliq namoyon boʻlib nutqiy amal (akt) roʻy beradi. Lekin zohiriy (struktur) tugallik boʻlmaydi, -sa bogʻlovchi vazifasini (sintaktik vazifa) bajaradi. Nutqiy maqsadu vazifa shart ma’nosini ta’kidlashni taqozo qilsa agar ham ishlatiladi. Binobarin yordamchi soʻzni bogʻlovchi deb boʻlmaydi, unga konnotatsiya xos.
-sa qoʻshimchasining ikkinchi modal ma’nosi (istak) namoyon boʻlganda gap zohiran (struktur jihatdan) tugal boʻladi va mustaqil ishlatiladi.
Nutqiy maqsadu vazifa istak ma’nosini ta’kidlashni taqozo qilganda qani endi, qani edi, zora, loaqal kabi vositalar qoʻllanadi. Ta’kid nazarda tutilmasa lugʻaviy vosita ishlatilmay tejaladi va konnotativ xususiyat zuhur boʻlmaydi.
Konnotatsiya ifodalashda qoʻshimcha bilan mustaqil soʻz orasida ham shunday munosabat mavjud. Bunga misol qilib fe’lning shaxs, son, hurmat qoʻshimchalari bilan kishilik olmoshining bosh kelishigi, egalik qoʻshimchalari bilan kishilik olmoshining qaratqich kelishigi ma’nodoshligini koʻrsatsa boʻladi. Soʻzlovchi (subyekt)ni ta’kidlash nazarda tutilsa qoʻshimcha bilan birga olmosh ham ishlatilib konnotatsiya yuzaga chiqadi. Boshqacha aytganda soʻzlovchi rema (yangi xabar) vazifasida kelganda soʻz ishlatiladi. Aks holda soʻz tejalib qoʻshimchaning oʻzi yetarli boʻladi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin