Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


Qoʻshimchaning grammatik ma’noga betarafligi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə14/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

3. Qoʻshimchaning grammatik ma’noga betarafligi. Agglutinatinativ tillarda oʻzakning fonetik imkoniyati cheklanganligi bir qator grammatik ma’noni qoʻshimcha bilan ifodalanishiga olib keladi. Grammatik ma’no ifodalovchi qoʻshimchaning aksariyati oʻzak kabi koʻp ma’noli boʻladi. Bunday qoʻshimcha ayrim ma’noni oʻzi ifodalasa, ayrimiga betaraf boʻladi. Betaraf qoʻshimcha grammatik ma’noni lisoniy va nolisoniy vosita yordamida ifodalaydi. Qoʻshimchaning bu xususiyati oʻzakka oʻxshaydi, ya’ni ikkalasining ham betaraf ma’nosi namoyon boʻlishiga yordam beruvchi vosita mos keladi. Bundan tashqari nutqiy maqsad u vazifaga qarab koʻp ma’noli qoʻshimchaning bitta ma’nosi namoyon boʻlishi mumkinligidan bitta soʻzda bir nechta qoʻshimcha ketma-ket kela oladi: kitob- lar, kitob-lar-im-dan; yoz-gan, yoz-il-gan,yoz-dir-tir-di, yoz-dir- tir-il-di.
4. Grammatik ma’noning yordamchi soʻz bilan ifodalanishi. Flektiv tillarda barcha grammatik ma’no va munosabatni ifodalash uchun qoʻshimcha yetarli emas. Ayrim grammatik ma’no va munosabat yordamchi soʻz (если, когда, будто бы, как будто, teng bogʻlovchilar) bilan ifoda etiladi. Bunday soʻzlar qoʻshimcha kabi lugʻaviy ma’no anglatmaydi, gapda tushirib qoldirilmaydi, ya’ni tejalmaydi.
Agglutinatinativ tillarda aksariyat grammatik ma’no va munosabat qoʻshimcha bilan ifodalanadi. Qoʻshimcha bilan ma’nodosh boʻlgan yordamchi soʻz doimo (izchil) qoʻllanmaydi. Tejamkorlik qoʻshimchaga emas, yordamchi soʻzga xos boʻladi. Bunga -sa bilan agar, bordi-yu, mabodo, basharti; -dek, -day bilan xuddi, goʻyo, kabi; -(a)r bilan ehtimol, balki; -(a)jak bilan albatta ma’nodoshligini misol qilib koʻrsatish mumkin.
Mazkur qoʻshimchalardan ayrimi (-sa) struktur (sintaktik) vazifa ham bajaradi. Bunday qoʻshimcha tejalmaydi. Grammatik ma’no anglatib sintaktik vazifaga betaraf boʻlgan toʻliqsiz fe’l (edi,ekan) ham tejalmay ishlatiladi.
Grammatik ma’no bilan birga sintaktik vazifa bajarishga xoslangan yordamchi soʻz (teng bogʻlovchi)lar tejab ishlatiladi. Bunday vazifa ohang, tartib, ayrim qoʻshimchaga ham xos. Fikrni uzv, qismlarga boʻlib ifodalash zarurati boʻlsa bogʻlovchi, yaxlit ifodalash nazarda tutilsa ularning vazifadoshi qoʻllanadi.
Kirish soʻz, undalma, modal soʻz, yuklamalar ham tejab ishlatiladi. Ta’kid, ajratib koʻrsatish, izohlash va hokazo nazarda tutilmasa ular qoʻllanmay tejamkorlik zuhur boʻladi. Koʻmakchi fe’llar ham shunday xususiyatga ega. Mustaqil fe’ldan anglashilgan lugʻaviy ma’noni oydinlashtirish, ravshanlashtirish zarurati boʻlmasa ular ishlatilmay tejaladi (yoz, ayt). Aks holda nutqiy maqsadu vazifaga qarab bir nechtasi ketma-ket kelishi mumkin (yozib qoʻya qol, aytib berib qoʻya qol).

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin