Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


Qoʻshimcha ma’nosining xususiylashgan-xususiylashmaganligi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə16/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

9.Qoʻshimcha ma’nosining xususiylashgan-xususiylashmaganligi. Agglutinatinativ tillarda qoʻshimchaning xususiyati, turlari flektiv tillarga mos kelmaydi. Bu farq ham koʻp jihatdan soʻz oʻzagi lugʻaviy ma’nosining xususiylashgan-xususiylashmaganligi bilan bogʻliq.
Rus tilida qoʻshimchalar ma’no va vazifasiga koʻra soʻz yasovchi, shakl yasovchi, soʻz oʻzgartiruvchi deb uch turga boʻlinadi. Birinchi tur oʻzak ma’nosini oʻzgartirib yangi soʻz yasaydi, ikkinchi tur oʻzak ma’nosini qisman oʻzgartirib har xil shakl hosil qiladi, uchinchi tur esa birikma va gapda soʻzlarning sintaktik aloqasi (bogʻlanishi)ni ta’minlaydi deb qaraladi.
Agglutinatinativ, jumladan oʻzbek tilida aksariyat qoʻshimchaning ma’no va vazifasi oʻzak kabi xususiylashmagan, umumiy boʻlib, matnda oydinlashadi. Masalan -gan qoʻshimchali soʻz kesimga xos oʻrinda kelib, bir oʻzi predikativlikni toʻliq, ifodalab gap hosil qiladi. Mayl, zamon, shaxs, perfektlik, ya’ni subyektni oʻzi bajargan ishi bilan tavsiflashni [35,399] bildirib son, hurmat, bevosita kuzatganlik, bevosita kuzatmaganlikka betaraf boʻladi (Uylangan). Nutqiy maqsadu vazifa talabi bilan qoʻshimcha olsa shaxs, son, hurmatni ifodalash shu qoʻshimchaga oʻtadi (Uylanmaganman.Uylangansiz). Bunday holda tuslanish roʻy berib -gan qoʻshimchali soʻz aniqlik (xabar, ijro) maylining oʻtgan zamon shakli deb qaraladi.
Belgi-sifatni anglatadigan soʻzga xos oʻrinda kelganda mavjudotni koʻrsatuvchi soʻz (ot) bilan birikadi. Oʻzgarmay qoʻllanib harakat-holatning zamoni bilan bogʻliq belgini bildiradi va soʻz birikmasini shakllantirshda ishtirok etadi (uylangan yigit). Bunday holda u sifatdosh deb qaraladi. Nutqiy maqsadu vazifaga koʻra kengayib keladi, hatto egasi boʻladi. Mazmunan flektiv tillardagi ergash gapga oʻxshaydi. Rus, nemis, ingliz tillariga shunday tarjima qilinadi ham (kun boʻyi kutib oʻtirgan odamingiz, siz oʻsha quni koʻrgan tomosha).
Otga xos oʻrinda kelganda uning grammatik belgilari (kelishik, son, egalik)ni qabul qilib turlanadi. Kesimga bogʻlanib ayrim kelishikda ega, toʻldiruvchi vazifasini bajaradi va gap hosil qilish yoki uni kengaytirish uchun xizmat qiladi (Yurgan daryo. Bilgan bilganin soʻzlar). Bitta kelishikda qaratqich vazifasida kelib soʻz birikmasini shakllantirishda ishtirok etadi (matstanganning uyi). Ayni paytda oʻzakdan -gan qoʻshimchasidan anglashiladigan harakat- holat ma’nosi sezilib turadi.
Ayrim kelishikda (koʻmakchi bilan yoki usiz) ish-harakatning belgisini anglatuvchi soʻz (ravish)ga xos oʻrinda kelib hol vazifasini bajaradi (Kelganidan keyin gapirib berdi. Sovqotganidan qaltirardi).
Ayrim kelishikda kesimga xos oʻrinda kelib egalik, son qoʻshimchasini oladi, koʻmakchi bilan qoʻllanadi, gap boʻlaklari bilan kengayib keladi, hatto egasi lugʻaviy yoʻl bilan ifodalanadi; lekin mayl, zamon, shaxs (egalik qoʻshimchasini olmaganda) aniq sezilmaydi (Borganda koʻrardim).
Egalik qoʻshimchasini olganda shaxs aniq boʻladi, ammo qaratqich ma’nosi anglashilmaydi, fe’lning shaxs koʻrsatkichiga oʻxshaydi. Lekin sintaktik mustaqilligi yoʻqligi bilan shaxs koʻrsatuvchi (tuslanuvchi) fe’ldan farq qiladi, predikativlik toʻliq ifodalanmay alohida nutqiy amal (akt) roʻy bermaydi. Gapning birinchi qismini ikkinchi qismi bilan bogʻlab sintaktik vazifa (bogʻlovchi vazifasini) bajaradi (Kelganida koʻrdim. Oʻsha kuni siz kelganingizda shunday qilmasdi. Oʻsha filmni koʻrganimdan beri tinch uxlay olmayman). Funksional tilshunoslikda predikativlik toʻliq ifodalanib nutqiy amal roʻy berganda bitta soʻz ham gap boʻladi [98,74] degan fikrga asoslansak mazkur misollarning birinchi qismini (egasi boʻlganda ham) ergash gap deya olmaymiz.
Rus, nemis, ingliz tillarida ergash gapda ham predikativlik toʻliq ifodalanib, alohida nutqiy amal roʻy beradi, faqat sintaktik mustaqillik boʻlmaydi, ergash gap bosh gapga sintaktik jihatdan tobe boʻladi. Jumladan nemis tilida tobelik soʻz tartibining mustaqil va bosh gapdan farq qilishi, ergashtiruvchi bogʻlovchining qoʻllanishida aks etadi (Wen er kommt, lessen wire ein Buch. Gestern kam er zum Unterricht nicht, weil er krank war.) Bogʻlovchi tushirib qoldirilsa (birinchi misolda), soʻz tartibi ham oʻzgarsa (ikkinchi misolda) ergash gap mustaqil gapga aylanadi (Er kommt. Er war krank). Rus va ingliz tillarida ham shunga yaqin boʻladi. Boshqacha aytganda flektiv tillarda murakkab (qoʻshma) fikr uzv, qismlarga boʻlib alohida- alohida ifoda etiladi.
Agglutinatinativ tillarda esa tejamkorlik ustuvor boʻlganidan murakkab fikrning birinchi uzvi (qismi) predikativlikni qisman ifodalab, sintaktik jihatdan nomustaqil boʻladi, qoʻshimcha bogʻlovchi vazifasini ham bajaradi. Bu bilan fikrni yaxlit ifodalashga erishiladi. Bunday holda flektiv tillarning xususiyati inobatga olinsa grammatik jihatdan nomustaqil qism ergash gap deb qaraladi. Aks holda uning qisman gap boʻlagi, qisman gapga oʻxshashligi e’tiborga olinib ikkinchi qism bilan birgalikda sodda va qoʻshma gap oraligʻidagi uchinchi hodisa, aniqrogʻi uyushgan gapning bir koʻrinishi deb qarash toʻgʻri boʻladi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin