Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


Grammatik ma’noning qoʻshimcha bilan ifodalanish sababi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə13/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

2. Grammatik ma’noning qoʻshimcha bilan ifodalanish sababi, flektiv, aniqrogʻi hind-ovrupo tillarida grammatik ma’no ifodalashda oʻzak ishtirok etmay alohida vosita ishlatilishi zarurligi faqat ot va fe’lda emas, sifat, son, olmosh turkumiga mansub soʻzlarda ham qoʻshimchaning koʻpayishiga sabab boʻladi. Bu qoʻshimchalarning bir qismi grammatik ma’no anglatmay, soʻzlarni bir-biriga bogʻlash uchun xizmat qiladi. Boshqacha aytganda birikma va gap hosil boʻlishida ishtirok etib, sof struktur (sintaktik) vazifa bajaradi. Natijada grammatik notejamkorlik (избыточность) zuhur boʻladi. Masalan дв-ух студент-ов birikmasida koʻplik lugʻaviy vosita (sonning oʻzagi)dan tashqari ikkita qoʻshimcha bilan ifodalanib, -ов otning miqdorini (grammatik ma’no) bildirsa -ух aniqlovchi bilan aniqlanmishni biriktirib moslashuv hosil qiladi. Quyidagi misolda sifatning qoʻshimchasi shunday sof struktur vazifa oʻtaydi: сладки-е яблок-и. Gapda esa bu vazifani fe’lning shaxs-son qoʻshimchasi bajaradi: Студент-ы чита-ют.
Agglutinatinativ tillarda oʻzakning imkoniyati cheklangan (tarixan asosan bir boʻgʻinli boʻlgan, oʻzgarmas)ligidan grammatik ma’nodan ayrimini oʻzi ifodalab ayrimiga betaraf boʻladi. Betaraf ma’nolar namoyon boʻlishi uchun matn yordami kerak boʻladi. Natijada lugʻaviy (soʻz, birikma), fonetik vosita, soʻz tartibi, mantiqan ayonlik, tinglovchining xabardorligi, nutq a’zolarining ijtimoiy roli (vazifasi), nutq oʻrni, vaziyati kabi lisoniy vosita va gʻayrilisoniy omillar grammatik ma’no ifodalashda oʻzakka koʻmak beradi. Ikkala holda ham qoʻshimcha tejaladi. Bundan tashqari tejamkorlik fe’l va ot bilan birga qoʻllanib ularni aniqlaydigan soʻz (sifat, son, olmosh, ravish)da sof struktur vazifa bajaradigan qoʻshimchaga ehtiyoj qoldirmaydi. Birikma hosil boʻlishida qoʻshimcha qatnashmaydi, soʻz tartibidan foydalaniladi (katta uy, uch kaptar, bu kitob, tez yurmoq). Gapda bosh boʻlakdan bittasidagi qoʻshimcha etarli boʻladi: Talaba-lar toʻplandi. Bu misolda koʻplikni ot (ega) dagi -lar bildiradi, fe’l (kesim)dagi qoʻshimcha (-di) bu ma’noga betaraf. Olma ter deganda esa faqat son emas, shaxs, mayl, zamon, hurmatga betaraflik, oʻtimlilik fe’l oʻzagidan anglashilib sintaktik aloqa tartib yordamida amalga oshadi. Ayni paytda soʻz (sen) ham tejaladi. Shunga koʻra tejamkorlik oliy darajada zuhur boʻladi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin