Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


II.2. Egalik qoʻshimchalarini oʻrgatishda xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə21/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maxfirat diplom iwi new

II.2. Egalik qoʻshimchalarini oʻrgatishda xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish


4-sinf oʻquvchilarini egalik qoʻshimchalarini qoʻllashda tejamkorlikka oʻrgatish uchun avvalo ularga egalik qoʻshimchalari va qaratqichli kishilik olmoshlarining ma’nodash ekanligini tushuntirish lozim.Buning uchun oʻqituvchi doskaning bir tomoniga qaratqichli kishilik olmoshlarini boshqa tomoniga egalik qoʻshimchalarini olgan soʻzlarni yozadi.
sening kitobim
mening kitobing
uning kitobi
sizning kitobimiz
ularning kitobingiz
bizning kitobi
Keyin esa oʻquvchilarga chap va oʻng tomondagi ma’nosi bir-biriga mos keladigan soʻzlarni bogʻlab,soʻz birikmasi hosil qilishni soʻraydi. Oʻquvchilar quyidagi soʻz birikmalarini tuzadi:
mening kitobim
sening kitobing
uning kitobi
bizning kitobimiz
sizning kitobingiz
ularning kitobi

Shundan soʻng, oʻqituvchi oʻquvchilardan soʻraydi:


-Oʻquvchilar, sizlar nima uchun kitobim soʻzini mening soʻzi bilan bogʻladingiz?
Oʻquvchilar javob bera olmasa, oʻqituvchining oʻzi tushuntiradi.
Chunki, oʻquvchilar, kitobim soʻzidagi -im qoʻshimchasi mening degan ma’noni bildiradi. Boshqa qoʻshimchalarda ham shunday: kitobing soʻzidagi -ing qoʻshimchasi sening degan, kitobi soʻzidagi -i qoʻshimchasi uning yoki ularning, kitobimiz soʻzidagi -ingiz qoʻshimchasi sizning degan ma’noni bildiradi. Demak, egalik qoʻshimchalari va qaratqich kelishigini olgan kishilik olmoshlari ma’nodosh ekan.Shunday deb oʻqituvchi doskaga ma’nodosh egalik qoʻshimchalari va kishilik olmoshlarini yozadi.
-im — mening
-ing — sening
-i — uning,ularning
-imiz — bizning
-ingiz — sizning
Egalik qoʻshimchalari va kishilik olmoshining ma’nodoshligini tushuntirib boʻlgach, oʻqituvchi kishilik olmoshlarining tejalishi haqida tushuncha beradi:
‒ Oʻquvchilar kitobim soʻzida mening, kitobing soʻzida sening, kitobimiz soʻzida bizning, kitobingiz soʻzida sizning degan ma’no bor ekan, demak, doim ham mening kitobim, sening kitobing, bizning kitobimiz, sizning kitobingiz deyish shart emas. Endi savol tugʻiladi. Qachon kitobim, qachon mening kitobim deyish kerak? Qachon qarashlilik ma’nosini ta’kidlab koʻrsatish zarur boʻlsa, mening kitobim deyiladi. Masalan. ”Bu kimning kitobi?” deb soʻralsa “Bu mening kitobim” deb javob beriladi.Bu yerda mening soʻzini tushirib qoldirib boʻlmaydi. Qarashlilik ma’nosini ta’kidlash, kuchaytirish kerak boʻlmasa, kitobim deyiladi. Masalan,”Kitobing qayerda?” deb soʻralsa, ”Kitobim javonda” deb javob beriladi.Bu yerda kitob meniki ekanligi ta’kidlab, kuchaytirib koʻrsatilmayapti. Shuning uchun mening soʻzi qoʻllanmagan, ya’ni tejalgan.
Egalik qoʻshimchalarini qoʻllashda tejamkorlik haqida tushuncha berilgach, oʻquvchilarga qaratqichli kishilik olmosharini tejab ishlatishga oʻrgatishga oʻtiladi. Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin.
1.Oʻquvchilarga qarashlilik ma’nosi faqat egalik qoʻshimchasi va egalik qoʻshimchasi va egalik qoʻshimchasi hamda kishilik olmoshi bilan ifodalangan gaplar berilib, kishilik olmoshining nima uchun qoʻllanganligi yoki qoʻllanmaganligi soʻraladi.
Masalan, quyidagicha gaplar yozdirilishi mumkin:
1. Kapalak, kapalak, qanotlaring ipakday.
2. Bizning bobolarimiz kimlar boʻlgan?
3. Otam, ayniqsa, tok ishini mukammal bilardilar.
4. Bu kishi mening otam.
5. Maktabimizda shaxmat toʻgaragi bor.
6. Shaxmat toʻgaragi shaharda birinchi boʻlib bizning maktabimizda ochilgan.
Oʻqituvchi soʻraydi: “Oʻquvchilar,nima uchun birinchi gapda sening qanotlaring emas, qanotlarng deyilgan?”
Oʻquvchilar javob beradi: “Bu gapda qarashlilik ma’nosi ta’kidlanmagan. Shuning uchun sening qanotlaring dsyilmagan”
Oʻqituvchi: “Nega ikkinchi gapda bobolarimiz emas, bizning bobolarimiz deyilgan?”
Oʻqituvchi shu tarzda qolgan gaplarni ham oʻquvchilar bilan tahlil qiladi. Bunday mashq orqali oʻquvchilar qarashlilik ma’nosini ifodalashda qay holatda kishilik olmoshini qoʻllash,qay holatda qoʻllamaslik lozimligini bilib oladi.
Oʻquvchilarga qaratqichli kishilik olmoshi toʻgʻri va notoʻgʻri qoʻllangan gaplar yozdiriladi.Oʻqituvchi oʻquvchilardan qaysi gaplarda olmosh toʻgʻri,qaysi gaplarda notoʻgʻri qoʻllanganini aniqlashni soʻraydi. Misol uchun quyidagi gaplar yozdirilishi mumkin:

  1. Bizning nutqimiz gaplardan,gaplar soʻzlardan tuziladi.

2. Bizning qishlogʻimizda ham shunday oʻriklar oʻsadi.
3. Mening otam-oʻqituvchi.
4. Keng paxta maydon
Mening vatanim.

  1. Bizning vatanimizda sportga katta e’tibor beriladi.

  2. Bizning shahrimizda maktab yoshidagi bolalar uchun ajoyib saroylar qurilgan.

  3. Bizning porloq kelajagimiz uchun jonini fido etgan qahramonlar mangu yashaydi.

  4. Mening orzum ‒ kosmonavt boʻlish.

  5. “Mening oldimga odamlarni yomonlab kelmang”, ‒ dedi podshoh vaziriga.

  6. Yomgʻir dehqonga: “Ey,odam! Mening suvim nima boʻlardi? Bir sharillab tushadi-yu, tezda oqadi-ketadi”, ‒ debdi.

Oʻqituvchi yozdirilgan gaplarni oʻquvchilar bilan birga tahlil qiladi. Bu gaplarda kishilik olmoshining toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini aniqlash uchun gapni olmoshni tushirib qoldirgan holda oʻqitib koʻrish usulidan foydalanish mumkin.
Oʻqituvchi: “Oʻquvchilar,sizlar men yozdirgan gaplarda bizning, mening soʻzlari toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini aniqlashingiz kerak. Birinchi gapni oʻqiymiz.Qa’ni,Rahimjon,sen oʻqi-chi”.
Rahimjon oʻqiydi: “Bizning nutqimiz gaplardan,gaplar soʻzlardan tuziladi”.
Oʻqituvchi:”Rahimjon,bu gapda bizning soʻzi toʻgʻri qoʻllanganmi?”
Rahimjon javob berishga qiynalsa,oʻqituvchi shunday deydi:”Rahimjon, qiynalayotgan boʻlsang, gapni bizning soʻzini tushirib qoldirib oʻqi”. Rahimjon oʻqiydi. “Nutqimiz gaplardan, gaplar soʻzlardan tuziladi”. Oʻqituvchi: “Rahimjon, nima deysan, bu gapda bizning soʻzini qoʻllamasak ham boʻlar ekanmi?”-deb soʻraydi. Rahimjon “Ha, boʻladi”-deb javob beradi. Oʻqituvchi: Demak, oʻquvchilar, bu gapda bizning soʻzi ortiqcha, nooʻrin qoʻllangan ekan.
Shundan soʻng, ikkinchi gap tahliliga oʻtiladi. Oʻqituvchi: ”Qani, Shahlo, sen tur-chi. Ikkinchi gapni bizning soʻzini tushirib qoldirib oʻqi-chi.”Shahlo oʻqiydi: “Qishlogʻimizda ham shunday oʻriklar oʻsadi”.
Oʻqituvchi soʻraydi: “Xoʻsh, Shahlo, bu gapda bizning soʻzini tushirib qoldirib boʻlar ekanmi?” Shahlo javob beradi: “Yoʻq, oʻqituvchi. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalangan”. Oʻqituvchi: ”Endi uchinchi gapni tahlil qilamiz. Qa’ni, Dilnoza, uchinchi gapni oʻqi-chi”. Dilnoza oʻqiydi: ”Mening otam ‒ oʻqituvchi”. Oʻqituvchi soʻraydi: “Dilnoza, bu gapda mening soʻzi toʻgʻri qoʻllanganmi?” Dilnoza javob berishga qiynalsa, oʻqituvchi: “Dilnoza, gapni mening soʻzini tushirib qoldirib oʻqib koʻr-chi”, -deydi. Dilnoza oʻqiydi: “Otam-oʻqituvchi”. Oʻqituvchi “xoʻsh”, Dilnoza, bu gapdagi mening soʻzini, tushirib qoldirsa ham boʻlar ekanmi? Dilnoza: “Ha boʻladi”. Oʻqituvchi “Nima uchun?” Dilnoza: “Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalanmagan”. Oʻqituvchi: “Demak, oʻquvchilar bu gapda mening soʻzi notoʻgʻri, ortiqcha ishlatilgan”.
Bundan soʻng toʻrtinchi gap tahliliga oʻtiladi. Oʻqituvchi biror oʻquvchini doskaga chiqaradi va undan soʻraydi: “Qani, Odiljon, toʻrtinchi gapni mening soʻzini tushirib qoldirib oʻqi-chi”. Odiljon oʻqiydi: Keng paxta maydon vatanim. Oʻqituvchi: “Xoʻsh, Odiljon,bu gapda mening soʻzini tushirib qoldirib boʻlar ekanmi?” –deb soʻraydi. Odiljon: “Yoʻq, oʻqituvchi,bu gapda mening soʻzini tushurib qoldirib boʻlar ekanmi?” -deb soʻraydi. Odiljon “Yoʻq, oʻqituvchi,bu gapda mening soʻzini tushurib qoldirib boʻlmaydi. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalangan”. Oʻqituvchi: ”Demak, oʻquvchilar, bu gapda mening soʻzi toʻgʻri ishlatilgan”.
Shundan soʻng beshinchi gap tahliliga oʻtiladi. Oʻqituvchi oʻquvchilardan birini doskaga chiqarib soʻraydi: “Qa’ni, Shahnoza, beshinchi gapni bizning soʻzini tushirib oʻqi-chi”. Shahnoza oʻqiydi. “Vatanimizda sportga katta e’tibor beriladi”. Oʻqituvchi soʻraydi: ”Xoʻsh, Shahnoza, bu gapda bizning soʻzini tushurib qoldirsak boʻlar ekanmi?” Shahnoza: “Ha, oʻqituvchi, bu gapda bizning soʻzini yushirib qoldirsak boʻladi.Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalanmagan”.Oʻqituvchi: “Demak, oʻquvchilar,bu gapda bizning soʻzi ortiqcha, notoʻgʻri qoʻllangan”.
Shundan soʻng oltinchi gapni tahlil qilishga oʻtiladi.Oʻqituvchi bir oʻquvchini doskaga chiqarib soʻraydi: “Qa’ni,Nodirjon,ayt-chi,oltinchi gapimizda bizning soʻzi toʻgʻri ishlatilganmi?” Nodirjon javob beradi: Buni aniqlash uchun gapdagi bizning soʻzini tushirib qoldirib oʻqiymiz: Shahrimizda maktab yoshidagi bolalar uchun ajoyib saroylar qurilgan. Bu gapda bizning soʻzi ortiqcha,notoʻgʻri ishlatilgan ekan. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalanmagan.
Oʻqituvchi: “Juda toʻgʻri, Nodirjon,oʻtir”
Qolgan gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi. Yettinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi gaplarda qaratqichli kishilik olmoshi toʻgʻri ishlatilgan. Chunki qarashlilik ma’nosini ta’kidlab ifodalash nazarda tutilgan.
Egalik qoʻshimchalarini qoʻllashda tejamkorlikka oʻrgatishga doir mashqlarning navbatdagi turi quyidagicha: Oʻquvchilarga qarashlilik ma’nosi egalik qoʻshimchasi bilan ifodalangan gaplar yozdiriladi va bu soʻzlardan oldin uch nuqta qoʻyiladi. Oʻquvchilar gapning mazmuniga qarab zarur oʻrinda qaratqichli kishilik olmoshini yozishi kerak. Misol uchun quyidagi gaplarni yozdirish mumkin.

  1. Men doʻppi tikishni… opamdan oʻrganganman.

  2. … ismim Zohir. Seni-chi?

  3. …oʻgʻlim bu oʻrikni oʻz qoʻli bilan oʻtkazgan edi.

  4. Boʻlmasa, hassangizni keltirib bermayman,-dedi Shavkat bobosiga.

  5. … otangning choʻponlik kasbi ham yaxshi.

  6. katta boʻlsam-chi,…otamdek choʻpon boʻlaman dedi Karim.

  7. Vatanimiz kelajagi… yaxshi bilim olishingizga bogʻliq.

  8. – Shogirdlarim,… kunim bitgan koʻrinadi,- dedi Ibn Sino …

  9. Oʻlkamizda dekabr oyida oltin kuz oʻrnini qish fasli egallaydi.

  10. Ogʻalar! Bu kishi… otam boʻladilar,-debdi yigit.

Gaplarni yozdirib boʻlgach oʻqituvchi oʻquvchilarga mashqni daftarlarida mustaqil ravishda bajarishni topshiradi. Oʻquvchi mashqni bajarib boʻlgach, oʻqituvchi ularni bitta-bitta turgizib, gaplarda olmoshni qoʻllash kerak yoki qoʻllash kerak emasligini soʻraydi.
Oʻquvchilar oʻqituvchi koʻmagida quyidagicha javob beradi:
- Birinchi gapda mening soʻzini ishlatish kerak emas, chunki qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalanmagan. Shuning uchun: men doʻppi tikishni opamdan oʻrganganman, -deyish toʻgʻri boʻladi.
- Ikkinchi gapda mening soʻzini ishlatish kerak, chunki Tohir oʻz ismini ta’kidlab kuchaytirib ifodalayapti. Shuning uchun: Mening ismim Tohir deyish kerak.
- Uchinchi gapda mening soʻzini ishlatish kerak emas. Chunki ota oʻg`il oʻziniki ekanligini ta’kidlab, ajratib koʻrsatmayapti. Shuning uchun: Oʻg`limb u oʻrikni oʻz qoʻli bilan oʻtqargan edi,- deyish kerak.
- Toʻrtinchi gapda sizning soʻzini ishlatish kerak emas. Chunki Shavkat aynan bobosining kassasini ajratib koʻrsatayotgani yoʻq. Shuning uchun “Boʻlmasa, kassangizni olib bermayman”,-deyish kerak.
-Beshinchi gapda sening soʻzini ishlatish kerak.Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalangan. Shuning uchun: Sening otangning choʻponlik kasbi ham yaxshi deyish kerak.
- Oltinchi gapda mening soʻzini ishlatish kerak emas. Chunki bu gapda mening soʻzi ortiqcha boʻladi. Shuning uchun: Katta boʻlsam-chi, otamdek choʻpon boʻlaman, deyish kerak.
- Yettinchi gapda sizning olmoshini ishlatish kerak. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalangan. Shuning uchun Vatanimiz kelajagi sizning yaxshi bilim olishingizga bog`liq, -deyish kerak.
- Sakkizinchi gapda mening soʻzini ishlatish kerak. Chunki Ibn Sino oʻzini ajratib koʻrsatyapti. Shuning uchun: Shogirdlarim, mening kunim bitgan koʻrinadi,- deyish kerak.
- Toʻqqizinchi gapda bizning soʻzini ishlatish kerak emas. Chunki bu gapda soʻzlovchi faqat bizning oʻlkamizda demoqchi emas. Shuning uchun: Oʻlkamizda dekabr oyida oltin kuz oʻrnini qish fasli egallaydi, - deyish kerak.
- Oʻninchi gapda mening soʻzini ishlatish kerak. Chunki yigit otasi oʻziniki ekanligini ta’kidlab aytyapti. Shuning uchun: Bu kishi mening otam boʻladilar, - deyish kerak.
Bunday mashqlarni bajargandan soʻng oʻquvchilarni egalik qoʻshimchalarini qoʻllashda tejamkorlikka oʻrgatish uchun ularga mustaqil topshiriqlar berish mumkin. Bunday topshiriqlar ikki turli boʻlishi mumkin:

  1. Oʻquvchilarga qarashlilik ma’nosi faqat egalik qoʻshimchasi va ham egalik qoʻshimchasi ham qaratqichli olmosh bilan ifodalanadigan gaplar tuzishni topshirish.

  2. gazeta, jurnallardan qaratqichli olmosh ortiqcha, nooʻrin qoʻllangan. Gaplarnitopib, yozib olishni topshirish.

Yuqorida koʻrsatilgan mashq va topshiriqlar yordamida4-sinf oʻquvchilarini egalik qoʻshimchalari, aniqrog`I kishilik olmoshini tejab ishlatishga oʻrgatish mumkin.
Egalik qoʻshimchalarini oʻtganda oʻqituvchi xorijiy tillar bilan quyidagicha qiyoslash oʻtkazishi mumkin.
Oʻquvchilar ingliz, rus tillarida qarashlilik ma’nosi my, your, moy, tvoy, nash, vash olmoshlari bilan ifodalanadi. Oʻzbek tilida esa egalik qoʻshimchalari orqali ifodalanadi. My book, moya kniga oʻzbek tilida kitobim deyiladi, mening kitobim deyilmaydi. Masalan, Moya kniga lejit na stole deyilsa, oʻzbek tilida Kitobim stol ustida turibdi deyiladi. Oʻzbek tilida qarashlilikni kuchaytirib ifodalash kerak boʻlsagina mening kitobim deyiladi. Masalan, Bu kimning kitobi? deb soʻralsa, Bu mening kitobim deyiladi.



Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin