Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


II. 3. “Fe’llarda shaxs-son” mavzusini oʻrgatishda xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə22/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maxfirat diplom iwi new

II. 3. “Fe’llarda shaxs-son” mavzusini oʻrgatishda xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish


4-sinf oʻquvchilarini shaxs-son qoʻshimchalarini qoʻllashda tejamkorlikka oʻrgatish uchun birinchi navbatda ularga shaxs-son qoʻshimchalari va bosh kelishikdagi kishilik olmoshining ma’nodosh ekanligini tushuntirish lozim. Buning uchun oʻqituvchi doskaning bir tomoniga bosh kelishikdagi kishilik olmoshlarini,boshqa tomoniga shaxs-son qoʻshimchalarini olgan soʻzlarni yozadi.
Sen oʻqidim
men oʻqiding
u oʻqidi
siz oʻqidik
ular oʻqidingiz
biz oʻqidi.
Keyin esa oʻquvchilarga chap va oʻng tomondagi ma’nosi bir-biriga mos keladigan soʻzlarni bogʻlab,gap tuzishni topshiradi.
Oʻquvchilar quyidagi gaplarni tuzadi.
Men oʻqidim
Sen oʻqiding
U oʻqidi
Biz oʻqidek
Siz (lar) oʻqidingiz
Ular oʻqidi.

Shundan keyin oʻqituvchi oʻquvchilardan soʻraydi:



  • Oʻquvchilar,sizlar nima uchun oʻqidim soʻzini men soʻzi bilan bogʻladingiz. Oʻquvchilar javob bera olmasa,oʻqituvchining oʻzi tushuntiradi.

‒ Chunki oʻquvchilar “oʻqidim” soʻzidagi -m qoʻshimchasi men degan ma’noni bildiradi. Boshqa qoʻshimchalar ham shunday: oʻqiding soʻzidagi – ng qoʻshimchasi sen degan,oʻqidi soʻzidagi – k qoʻshimchasi biz dagan,oʻqidingiz soʻzidagi – ngiz qoʻshimchasi siz yoki sizlar degan ma’noni bildiradi. Demak, oʻquvchilar shaxs-son qoʻshimchalari bilan bosh kelishikdagi kishilik olmoshlari ma’nodosh ekan. Bundan tashqari boshqacha koʻrinishdagi shaxs-son qoʻshimchalari ham bor. Masalan,oʻqiyman,oʻqiysan,oʻqiydi,oʻqiymiz soʻzlaridagi - man, -san,-miz,-siz,-di qoʻshimchalari ham shaxs-son qoʻshimchalaridir.
Shundan soʻng, oʻqituvchi doskaga ma’nodosh shaxs-son qoʻshimchalari va kishilik olmoshlarini yonma-yon yozadi:
- m, -man ‒ men
- ng, -san ‒ sen
- di ‒ u, ular
- k, - miz ‒ biz
-ngiz, - siz ‒ siz

Kishilik olmoshi bilan ifodalangan gaplar yozdirilib,kishilik olmoshining nima uchun qoʻllanganligi yoki qoʻllanmaganligi soʻraladi. Misol uchun,oʻquvchilarga quyidagicha gaplar yozdirilishi mumkin:


1.Na’matakning gulini koʻrganmisan?
2.Chol kenja oʻgʻliga: - Sen nega indamaysan? –debdi.
3.Oʻqishlarim yaxshi ono tili,matematika fanlaridan “besh” bahoga oʻqiyapman.
4.Men 3-sinfda oʻqiyman.
5.Sogʻlom, quvnoq bolaman,
Mehnatdan zavq olaman.
Men ham toʻgarakka qatnashaman.
Oʻqituvchi soʻraydi: “Oʻquvchilar,nima uchun birinchi gapda siz koʻrganmisiz emas,koʻrganmisiz deyilgan?”
Oʻquvchilar javob beradi: “Bu gapda ega ta’kidlab koʻrsatilmagan.Shuning uchun siz koʻrganmisiz deyilmagan”.
Oʻqituvchi: Nega ikkinchi gapda: “Nega indamaysan emas,sen nega indamaysan deyilgan?”
Oʻquvchilar: “Chunki bu gapda ish-harakatning bajaruvchisi ta’kidlab koʻrsatilgan, shuning uchun “Sen nega indamaysan?” deyilgan.
Oʻqituvchi: “Nega uchinchi gapda “Men ona tili, matematika fanlaridan “besh” bahoga oʻqiyman” emas, “ ona tili, matematika fanlaridan “besh” bahoga oʻqiyapman,” – deyilgan .
Oʻquvchilar: “ Bu gapda soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab ajratib koʻrsatmagan. Shuning uchun: “Ona tili, matematika fanlaridan “besh” bahoga oʻqiyapman”, - deyilgan.
Oʻqituvchi: “ Nega toʻrtinchi gapda “3-sinfda oʻqiyman” emas, “Men uchinchi sinfda oʻqiyman” deyilgan?
Oʻquvchilar: Bu gapda soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab, ajratib koʻrsatgan. Shuning uchun “Men 3-sinfda oʻqiyman” deyilgan.
Oʻqituvchi: Oʻquvchilar, beshinchi misol nechta gapdan iborat?
Oʻquvchilar: Ikkita gapdan iborat: Sog`lom, quvnoq bolaman va mehnatdan zavq olaman.
Oʻqituvchi: Bu gaplardagi kesimlarni koʻrsatinglar-chi?
Oʻquvchilar: Birinchi gapda bolaman soʻzi, ikkinchi gapda zavq olaman soʻzi kesim boʻlib kelgan.
Oʻqituvchi: Nima uchun ikkala gapda ham men soʻzi ishlatilmagan?
Oʻquvchilar: Chunki ikkala gapda ham soʻzlovchi ta’kidlash zarur emas. Shuning uchun men soʻzi ishlatilmagan.
Oʻqituvchi: Oʻquvchilar, nega oltinchi gapda men soʻzi ishlatilgan?
Oʻquvchilar: Chunki bu gapda soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab, ajratib koʻrsatgan. Shuning uchun men soʻzi ishlatilgan.
Oʻqituvchi: Oʻquvchilar, bu gapda soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab koʻrsatganini ham soʻzidan bilish mumkin.
Bunday mashq orqali oʻquvchilar shaxs-son ma’nosini ifodalashda qay holatda kishilik olmoshini qoʻllash, qay holatda qoʻllamaslik lozimligini bilib oladi.
2.Oʻquvchilarga bosh kelishikdagi kishilik olmoshi toʻg`ri va notoʻg`ri qoʻllangan gaplar yozdiriladi: oʻqituvchi oʻquvchilarga qaysi gaplarda toʻg`ri, qaysi gaplarda notoʻg`ri qoʻllanganini aniqlashni topshiradi. Misol uchun oʻquvchilarga quyidagi gaplar yozdirilishi mumkin:
1. Biz gulxan atrofida oʻtirib ertangi kun rejalarini tuzdik.
2. Men shashkachilar toʻgaragiga a’zoman. Karima, sen ham shu toʻgarakka a’zo oboʻlasanmi?
3. Bobomdan eshitgan voqealarni men senga hikoya qilmoqchiman.
4. Sen bilasanmi, bir yilda nechta oy bor?
5. Men quyosh botishini koʻp kuzatganman.
6. Biz bir bosh husayni uzdik.
7. Sen ularga sut ber, boshini sila. Shunda kiyikchalar senga asta-sekin oʻrganadi.
8. Tuzgan gaplaringizni yozing. Siz qanday gaplarni yozdingiz?
9. Sen bahorni sog`inmadingmi?
10. Katta boʻlsam, men shifokor boʻlaman.
Oʻqituvchi yozdirilgan gaplarni oʻquvchilar bilan birga tahlil qiladi. Bu gaplarda kishilik olmoshining toʻg`ri yoki notoʻg`ri qoʻllanganini aniqlash uchun gapni olmoshni tushurib qoldirgan holda oʻqitib koʻrish usulidan foydalanish mumkin.
Oʻqituvchi: “ Oʻquvchilar, sizlar men yozdirgan gaplarda biz, men, sen soʻzlarining toʻg`ri yoki notoʻg`ri ishlatilganini aniqlashingiz kerak. Birinchi gapni oʻqiymiz “Qani, Murodjon, sen oʻqi-chi”
Murodjon oʻqiydi: “Biz gulxan atrofida oʻtirib ertangi kun rejalarini tuzdik”.
Oʻqituvchi: “ Murodjon, bu gapda biz soʻzi toʻg`ri qoʻllanganmi?”
Murodjon javob berishga qiynalsa, oʻqituvchi shunday deydi: “Murodjon, qiynalayotgan boʻlsang, gapni biz soʻzini tushurib qoldirib oʻqi”. Murodjon oʻqiydi: “Gulxan atrofiga oʻtirib ertangi kun rejalarini tuzdik”. Oʻqituvchi: “Murodjon, nima deysan, bu gapda biz soʻzini ishlatmasak ham boʻlar ekanmi?” – deb soʻraydi. Murodjon: “Ha, boʻladi”,- deb javob beradi.
Oʻqituvchi: “Demak, oʻquvchilar,bu gapda biz soʻzi ortiqcha, notoʻgʻri ishlatilgan”.
Shundan keyin ikkinchi gap tahliliga oʻtiladi. Oʻqituvchi: oʻquvchilar, ikkinchi misolimiz ikkita gapdan iborat. Bu gaplarda men va sen olmoshlari toʻgʻri ishlatilganmi? Qa’ni, Manzura, sen javob ber-chi? Manzura javob beradi: “Ha, ustoz, bu gaplarda men va sen olmoshlari toʻgʻri ishlatilgan. Chunki ikkala gapdagi olmoshni ham tushirib qoldirib boʻlmaydi. Birinchi gapda soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab koʻrsatgan. Ikkinchi gapda esa ta’kidlash ma’nosi “ham” soʻzi yordamida ifodalangan”.
Oʻqituvchi:”Endi uchinchi gapni tahlil qilamiz. Qa’ni, Farida,uchinchi gapni oʻqi-chi”. Farida oʻqiydi. “Bobomdan eshitgan voqealarni men senga hikoya qilmoqchiman”. Oʻqituvchi soʻraydi: ”Farida bu gapda men soʻzi toʻgʻri ishlatilganmi? Buni aniqlash uchun nima qilasan?” Farida: Gapdagi men soʻzini tushirib qoldirib oʻqiyman: Bobomdan eshitgan voqealarni senga hikoya qilmoqchiman.
Oʻqituvchi: “Xoʻsh, Farida,gapdagi men soʻzini tushirib qoldirsa ham boʻlar ekanmi?” Farida: Ha,boʻladi.
Oʻqituvchi: “Nima uchun?” Farida:Chunki bu gapda soʻzlovchini ta’kidlash, ajratib koʻrsatish zarur emas. Oʻqituvchi: “Demak, oʻquvchilar,bu gapda men soʻzi notoʻgʻri,ortiqcha ishlatilgan”.
Shundan soʻng toʻrtinchi gap tahliliga oʻtiladi. Oʻqituvchi oʻquvchilardan birini doskaga chiqaradi va undan soʻraydi.
“Qa’ni, Qahramon, toʻrtinchi gapni sen soʻzini tushirib qoldirib oʻqi-chi”.Qahramon oʻqiydi: “Bilasanmi,bir yilda necha oy bor?” Oʻqituvchi: “Xoʻsh Qahramon,bu gapda sen soʻzini tushirib qoldirib boʻlar ekanmi?” Qahramon: “Ha, ustoz,bu gapda sen soʻzini tushurib qoldirsa boʻladi. Chunki bu gapda tinglovchi ajratib, ta’kidlab koʻrsatilmagan”. Oʻqituvchi: Demak, oʻquvchilar, bu gapda sen soʻzi ortiqcha, notoʻgʻri ishlatilgan.
Shundan soʻng beshinchi gap tahliliga oʻtiladi. Oʻqituvchi bir oʻquvchini doskaga chiqarib soʻraydi: “Qa’ni, Karimjon, beshinchi gapda men soʻzi toʻgʻri ishlatilganmi? Buni qanday aniqlaymiz?” Karimjon javob beradi: “Buni aniqlash uchun gapdagi men soʻzini tushurib qoldiramiz: Quyosh botishini koʻp kuzatganman. Yoʻq, ustoz bu gapda men soʻzini tushirib qoldirib boʻlmaydi. Chunki bu gapda soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab,ajratib koʻrsatyapti”.
Oʻqituvchi: “Juda toʻgʻri, Karimjon, oʻtir”
Qolgan gaplar ham shu tarzdatahlil qilinadi. Oltinchi, sakkizinchi, oʻninchi gaplarda biz, siz, men olmoshlari ortiqcha qoʻllangan. Yettinchi, toʻqqizinchi gaplarda sen olmoshi toʻgʻri ishlatilgan,chunki tinglovchini ta’kidlab koʻrsatish nazarda tutilgan.

  1. Shaxs-son qoʻshimchalarini qoʻllashda tejamkorlikka oʻrgatishga doir mashqlarning navbatdagi turi quyidagicha: Oʻquvchilarga shaxs-son ma’nosi shaxs-son qoʻshimchasi bilan ifodalangan gaplar yozdiriladi va bu soʻzlardan oldin uch nuqta qoʻyiladi.

Oʻquvchilar gapning mazmuniga qarab zarur oʻrinda bosh kelishikdagi kishilik olmoshini yozishi kerak. Misol uchun quyidagi gaplarni yozdirish mumkin.

  1. … hayotdan juda koʻp narsani oʻrgandim.

  2. Agar doʻsting senga aybingni aytib,nasihat qilsa,... undan minnatdor boʻl.

  3. … yangi yil uchun oʻyinchoqlar yasadik.

  4. Laylak odamga oʻxshab soʻzlabdi: - … meni qoʻyib yubor … nima tilasang, … shuni beraman.

  5. … nimalarni orzu qilib yashayapsiz?

  6. … masalani yechdingizmi? – soʻradi Tursunoy.

Gaplarni yozdirib boʻlgach,oʻqituvchi oʻquvchilarga mashqni daftarlarida mustaqil ravishda bajarishni topshiradi. Oʻquvchilar oʻqituvchi koʻmagida quyidagicha javob beradi.

  • Birinchi gapda men soʻzini ishlatish kerak. Chunki soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab koʻrsatyapti.

Shuning uchun: Men hayotdan koʻp narsani oʻrgandim ‒ deyish toʻgʻri boʻladi.

  • Ikkinchi gapda sen soʻzini ishlatish kerak emas. Chunki bu gapda tinglovchi ta’kidlab koʻrsatilmagan.

Oʻqituvchi bu gapda agar soʻzi ham ortiqcha qoʻllanganini aytadi. Demak, bu gap quyidagicha koʻrinishda boʻladi: Doʻsting senga aybingni aytib,nasihat qilsa,undan minnatdor boʻl.

  • Uchinchi gapda biz soʻzini ishlatish kerak, chunki bu gapda soʻzlovchi oʻzini ta’kidlab koʻrsatyapti. Shuning uchun: Biz yangi yil uchun oʻyinchoqlar yasadik deyish kerak.

  • Toʻrtinchi misolda sen va men soʻzlarini ishlatish kerak emas. Chunki bu gaplarda soʻzlovchi va tinglovchi ta’kidlab, ajratib koʻrsatilgan. Shuning uchun: Siz nimalarni orzu qilib yashayapsiz,-deyish kerak.

  • Oltinchi gapda sen soʻzini ishlatish kerak emas. Chunki bu gapda tinglovchi ajratib koʻrsatilmagan.

Endi 4-sinf ona tili darsligidagi bir mashq haqida fikrimizni bildirsak. Darslikdagi 418-mashqda bir she’r keltirilgan. She’rning matni quyidagicha:

Togʻlaringda kezganman,
Bogʻlaringda kezganman,
Ona diyor, mehringni
Har qadamda sezganman.

Sevdik seni umrbod,


Sen borsanki koʻngil shod.
Ne buyursang biz tayyor.
Biz – baxtiyor yosh avlod.

Mashqning sharti quyidagicha: Ajratilgan soʻzlarga soʻroq berib, turkumini aniqlang. Ularga mos kishilik olmoshlari topib, birga yozing.


Oʻquvchilar bu mashqni quyidagicha bajaradi: Men kezganman. Men sezganman. Biz sezdik. Sen buyursang.
Shuni aytish kerakki, bu mashq oʻquvchi nutqini rivojlantirish, toʻgʻrirogʻi oʻquvchini adabiy til me’yoriga oʻrgatishga xizmat qilmaydi. Aksincha, oʻquvchida kezganman emas, men kezganman, sezganman emas, men sezganman deyish kerak degan tasavvur paydo boʻladi.
Undan koʻra oʻquvchiga: “Nima uchun kezganman, sezganman, sevdik, buyursang soʻzlari oldida men, sen, biz olmoshlari ishlatilmagan-u, “Sen borsanki, koʻngil shod” gapida sen olmoshi ishlatilgan?” – deb savol berilsa, bu mashq nutqning toʻgʻriligiga xizmat qilgan boʻlar edi. Oʻquvchi kishilik olmoshini qachon ishlatish,qachon ishlatmaslik kerakligini bilib olardi.
Yuqorida keltirilgan mashqlar bajarilgandan soʻng oʻquvchilarni shaxs-son qoʻshimchalarini qoʻllashda tejamkorlikka oʻrgatish uchun ularga mustaqil topshiriqlar berish mumkin. Bunday topshiriqlar ikki turli boʻlishi mumkin:

  1. Oʻquvchilarga shaxs-son ma’nosi faqat shaxs-son qoʻshimchasi va ham kishilik olmoshi, ham shaxs-son qoʻshimchasi bilan ifodalangan gaplar tuzishni topshirish.

  2. Gazeta, jurnallarda kishilik olmoshi ortiqcha, nooʻrin qoʻllangan gaplarni topib,yozib olishni topshirish.

Ushbu faslda koʻrsatilgan mashq va topshiriqlar yordamida 4-sinf oʻquvchilarini shaxs-son qoʻshimchalarini, aniqrogʻi bosh kelishikdagi kishilik olmoshini tejab ishlatishga oʻrgatish mumkin.
Shaxs-son qoʻshimchalarini oʻtganda oʻqituvchi xorijiy tillar bilan quyidagicha qiyoslash oʻtkazishi mumkin.
Oʻquvchilar ingliz, rus tillarida shaxs-son ma’nosi I, you, he, she, it, we, they, я, ты, он, она, мы, вы olmoshlari bilan ifodalanadi. Oʻzbek tilida esa shaxs-son qoʻshimchalari orqali ifodalanadi. Masalan, After the lesson, I go to the chess club. Я после уроков иду в шахматный кружок gapi oʻzbek tiliga Darsdan keyin shaxmat toʻgaragiga boraman deb tarjima qilinadi. Яъни, Men darsdan keyin shaxmat toʻgaragiga boraman deyilmaydi. I am a pupil. Я ученик гапи эса oʻzbek tiliga Oʻquvchiman deb tarjima qilinadi. Ya’ni Men oʻquvchiman deyilmaydi. Oʻzbek tilida soʻzlovchi, tinglovchini ta’kidlab kuchaytirib ifodalash kerak boʻlsa men, sen, biz, siz olmoshlari qoʻllanadi. Masalan, Oʻrikni kim teradi? deb soʻralsa Men teraman deyiladi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin