Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə24/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Maxfirat diplom iwi new























Xulosa
Ma’lumki tillar turli nuqtayi nazardan oʻrganiladi. Shulardan biri soʻzning tuzilishiga koʻra (morfologik, tipologik jihatdan) tasniflab oʻrganish usulidir. Bu usul XIX asrda qiyosiy- tarixiy tilshunoslnkda nazariy jyahatdan asoslab berilgan. Unga koʻra hind-ovrupo, hom-som (xamit-semit) tillari flektiv, oltoy (turkiy, moʻgʻul) tillari agglutinatinativ deb ataladi. Binobaryn oʻzbek tilida soʻzning tuzilishi rus, nemis, ingliz, frantsuz, arab, fors-tojiktillaridan farq qiladi deb qaraladi. Ana shu farqlardan biri soʻz qismlari (oʻzak va qoʻshimcha) orasidagi munosabat (mustaqil qoʻllanish-qoʻllanmasligi, bir-biriga ulanishi) boʻlsa, ikkinchisi ular orqali lugʻaviy, grammatik va konnotativ (uslubiy) ma’no ifodalanishidir.


Shoʻro hududida tili ham hind-ovrupo, ham oltoy guruhiga mansub xalqlar yashaganligidan qiyosiy, tipologik tadqiq usuliga qiziqish kuchayib davlat siyosatiga muvofiq oʻzga tillarni rus tili bilan qiyoslab oʻrganish ustuvorlik qildi. Oʻzbek tilshunosligida ham shunday boʻldi. Rus tili bilan oʻzbek tili orasidagi farq esa asosan nufuzli rus olimlari (jumladai akad. V.V.Vinogradov, A.A.Reformatskiy)ning nazariy tadqiqotlariga tayanib me’yoriylashtirildi. Nazariy fikrlar amaliyotga tatbiq etilib oʻrta va oliy maktab darsliklariga qoida qilib kiritilganligidan umumxalqiylik, umummajburiylik, namunaviylik maqomini oldi.
Bugungi kunda oʻzbek tilshunosligi oldida turgan birlamchi vazifa ona tilining sistem tuzilishi, ya’ny subutiy sifatlariga asoslangan qolda adabiy til me’yorlyrini isloh qilishdan iboratdir. Bu vazifa osonlikcha hal boʻlmaydi. Negaki inson olami sugʻro boʻlib odami kubro boʻlgan haq taoloning tajallisidir. Haqning zotini toʻla idrok qilish imkoni yoʻqligidan inson uning subutini qisman anglay oladi.
Til inson ruhiy faoliyati mahsuli boʻlganligidan uning ham subuti (sistem tuzilishi)ni toʻla va mukammal idrok qilish imisoni cheklangan. Shu bois koʻpchilik xalq oʻz tilini asrlar osha tadqiq qilib keladi. Malomatli maraz boʻlgan mustamlakachilikdan qutulgan oʻzbek ham bu ishga jiddiy kirishdi. Ishning samarali boʻlishi uchun turkning sitamzarif yigitlari (Navoiy) ruhni mustamlakachilik asoratidan xalos etmogʻi darkor. Shunda baxtsiz turkiy tilni (Fitrat), yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilib, bir chetiga rus ipili ham yopishtirilgan tilimizni (Abdulla Avloniy) ingliz tili soyasiga aylanib qolishidan asray olamiz. Ota-bobolardan meros, bebaho xazina boʻlgan tilimizning subutiy sifatlarini idrok qilishda bir qadam olgʻa qoʻyish imkoni tugʻiladi.
3. Adabiy tilimiz sistem tuzilishining yuqoridagi qisqacha bayoni shu yoʻldagi bir urinishdir. Bayondan koʻrinadiki, oʻzbek tilida soʻzning oʻzagi faqat lugʻaviy emas, grammatik ma’no ham anglatadi. Rus tili bilan qiyoslash bunday holda qoʻshimcha tejalishini koʻrsatadi. Sistem tuzilishning boshqa belgi (sifat)lari shu hodisaning xususiy koʻrinishi boʻlganligidan oʻzbek tili sistemasi tuzilyshi (subuti)ning bosh xususiyatiny tejamkorlik deb ataymiz.
4. Ona tili darslarida oʻzbek tilini xorijiy til bilan qiyoslash oʻquvchilarning ona tilini chuqurroq oʻrganishiga, oʻzbek tilining xorijiy tillar, jumladan rus, ingliz tillaridan farqini anglashiga yordam beradi. Shu bilan birga eng muhimi xorijiy tillarning oʻzbek tiliga salbiy ta’siri, ya’ni interferensiyaning oldi olinadi.
5. “Otlarda birlik va koʻplik” mavzuni otishda otdan olfin son kelganda oʻzbek, rus, ingliz tillarida otning qanday shaklda boʻlishini qiyoslab koʻrsatadi. Oʻquvchilarga koʻplikning ingliz, rus va oʻzbek tilida qanday ifodalanishi quyidagicha tushuntiriladi:“Oʻquvchilar, oʻnta qalam rus tilida desyat’ karandashey, ingliz tilida then pensils deyildi. Ya’ni rus, ingliz tillarida otdan oldin son kelganda otga koʻplik qoʻshimchasi qoʻshiladi. Oʻzbek tilida esa -lar qoʻshimchasi qoʻshilmaydi. Ya’ni oʻnta qalamlar deyilmaydi. Bunday deyilsa xato hisoblanadi.
6. Egalik qoʻshimchalari mavzusini oʻtishda egalik ma’nosi oʻzbek tilida qoʻshimcha bilan ( kitobim, opam), ingliz, rus tillarida soʻz (olmosh) bilan ifodalanishi (my pensil, my sister, мой карандаш, моя сестра) qiyoslab tushuntiriladi va shunga doir mashqlar bajariladi.
7. Fe’lda shaxs-son mavzusini oʻtishda shaxs-son ma’nosi oʻzbek tilida shaxs-son ma’nosi qoʻshimcha bilan (oʻqidim, oʻqiyapsan) rus, ingliz tillarida soʻz (olmosh) bilan ifodalanishi (I read. You are reading. Я прочитал. Ты читаеш) qiyoslab koʻrsatiladi.
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tili hodisalarini xorijiy til bilan qiyoslash nutqda xorijiy til ta’sirida soʻz va qoʻshimchani ortiqcha, nooʻrin qoʻllashning oldi olishga yordam beradi. Bu esa nutqimiznining toʻgʻri va chiroyli boʻlishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



  1. Mirziyoyev Sh. Ilm–fan yutuqlari–taraqiyotning muhim omili. “Ma’rifat” gazetasi №: 104. 2016-yil 31-dekabr.

  2. Mirziyoyev Sh. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutollaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida // “Ma’rifat gazetasi №:4.2017-y 14-yanvar.

  3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`gʻrisida"gi Farmoyishi/ Xalq so`zi, 2017 yil, 13 yanvar

  4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi// Xalq soʻzi, 2018-yil, 13 yanvar.

  5. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” / Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: “Sharq nashriyot-matbaa kotserni”, 1997, 20-30-betlar.

  6. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan) / Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: “O`zbekiston”, 1997, 31-63-betlar.

  7. Barkamol avlod/ Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, R.Ahlidinov, H.Saidov.– Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kotserni, 1999. -B.

  8. Boshlangʻich ta'lim. Umumiy oʻrta ta'limning Davlat Ta'lim Standarti va oʻquv dasturi. Ta'lim taraqqiyoti. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Ta'lim Vazirligi axborotnomasi 7-maxsus son. - Toshkent: “Sharq”, 1999. –B. 479.

  9. Asqarova M va boshqalar. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish. – Toshkent: “O`zbekiston”, 2001.- B. 160.

  10. Ashrapova T., Odilova M. Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi. Toshkent, 1984.-B.236.

  11. Ahmedova N. Boshlangʻich sinflarda nutq oʻstirish usullari. (Ta'lim jarayonida nutq madaniyatini shakllantirish masalalari). Toshkent, 1999.-B.128.

  12. Tolipov O`, Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: “Fan”, 2006. –B.261

  13. Abdullayeva Q.A. Safarova R. , Ochilova M.O. va b. Bashlang`ich ta’lim konsepsiyasi. // “Boshlang`ich ta’lim” jurnali. 6-son. 1998. 2-9 b.

  14. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish: Dorilfunun va pedagogika institutlari talablari uchun qo`llanma. –Toshkent : “O`qituvchi”, 1992. -205 b.

  15. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. –ToshkenToshkent: “O`qituvchi”, 1985.

  16. Abduazizov A. O`zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. –Toshkent: “Oqituvchi” 1992.

  17. Jamolxonov X. Hozirgi o`zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Kirish . Fonetika va fonologiya. Grafika va orfogarafika ). –Toshkent.2000.

  18. Muhammedova D. , Shodmonqulova D., Maqsudova M. Hozirgi adabiy tilidan maruzalar matnlari. Toshkent. 2001.

  19. Mirzayev M. , Usmonov S. , Rasulov I. O`zbek tili . – Toshkent: “O`qituvchi”, 1978. -267 b.

  20. Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o`zbek adabiy tili . –Toshkent: “O`qituvchi”. 1980.

  21. Nurmonov A. Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. –ToshkenToshkent: “Fan” , 2008. -176 b.

  22. Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov T. Tilshunoslikka kirish. “O`qituvchi”, 1971.

  23. Yo`ldoshov F., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. –ToshkenToshkent: “O`qituvchi” 2004.

  24. Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o`rgatish . –Toshkent: “O`qituvchi” , 1961.

  25. Qosimova K. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. – Toshkent: “O`qituvchi” 1986. -126 b.

  26. G`ulomov A. Ona tili o`qitish jarayonida aktivlik prinsipini amalga oshirishning nazariy asoslari. –T. “Fan” , 1989. -132 b.

  27. G`ulomov A. , Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. –Toshkent: “O`qituvchi”, 1995. -160 b.

  28. G`ulomov A. Q. , Qobilova B.Sh. Nutq o`stirish mashg`ulotlari (o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma) . –Toshkent: “O`qituvchi”, 1995. 160 b.

  29. Abdullayeva Q. , Nazarov K. Savod o`rgatish darslari. –Toshkent: “O`qituvchi” , 1996.

  30. Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o`stirish. –Toshkent: “O`qituvchi” , 1980.

  31. Abdullayeva Q. Rahmonbekova S. Ona tili darslari (1-sinf o`qituvchilari uchun qo`llanma). –Toshkent: “O`qituvchi” 1999.

  32. Abdullayeva Q. va b. Savod o`rgatish metodikasi. –Toshkent: “O`qituvchi”, 1996.

  33. Ikromova R. , G`ulomova X. va b. Ona tili . 4-sinf uchun darslik. –Toshkent: “O`qituvchi” , 2007. -192 b.

  34. Fuzailov S. , Xudoyberganova M. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. –Toshkent: “O`qituvchi”, 2008. -144 b.

  35. Qosimova K. va b. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Cho`lpon”, 2008. -128 b.

  36. Qosimova K. 2-sinfda ona tili darslari . –Toshkent: “Cho`lpon”, 2005.

  37. Safarova R. va b. Savod o`rgatish darslari (Alifbeni o`qitish bo`yicha metodik qo`llanma). –Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.

  38. Safaropva R. va b. Alifbe. –Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.

  39. Mengliyeva B. , Xoliyorov O`. O`zbek tilidan universal qo`llanma. – Toshkent: “Fan”, 2008. -435 b.

  40. G`afforova T. va b. Ona tili. 1-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Sharq”, 2007. - 122 b.




Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin