Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə12/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

Flektiv tillarga xos boʻlgan umumiy xususiyatlar quyidagilar:
Bir fleksiya bir nechta ma’no anglatishi mumkin. Masalan, rus tilidagi euotc-y soʻziga qoʻshilgan -y fleksiyasi bir vaqtning oʻzida shaxs, son, zamonni koʻrsatadi.
Bir fleksiya bir nechta variantga ega boʻlishi mumkin. Masalan, rus tilida otlarda koʻplik -ы, -и, я, -a,-» kabi qoʻshimchalar yordamida yasaladi: столы,книги, стуля, дома.
Oʻzakka va negizga fleksiya qoʻshilganda tovushlar almashinuvi kuzatilishi mumkin:
Eeowamb - 6ezy Tlucamb - nuiuy
Olzak va negiz, negiz va grammatik fleksiyalar oʻrtasidagi chegarani aniqlash koʻp qiyinchiliklar tugʻdiradi:
MbimbCH - MOtOCb numb - nbto
Ichki fleksiyalarga boy: masalan, arab tilida: kitab - kitob
kutub - kitoblar
tiktib - u(jenskiy rod) yozyapti
jiktib - u(mujskoy rod) yozyapti
uktib - men yozyapman.
Grammatik shakllari suppletiv yoʻl bilan yasaladigan soʻzlar koʻplab uchraydi. Masalan, nemis tilida:
sein, bin, ist, war va boshqalar.
Agglutinatinativ tillar. Agglutinatinativ tillarga turkiy, fin-ugor, yapon, koreys, dravid, bantu tillari kiradi. Bu tillarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Affikslarga boy, gapda soʻzlarni bir-biriga bogʻlash uchun asosan ana shu qoʻshimchalardan foydalaniladi.
Bir affiks bir grammatik ma’no ifodalaydi, shu xususiyati bilan agglutinatinativ tildagi affikslar fleksiyalardan farq qiladi. Qiyoslang:
Пиш - y hozirgi zamon, 1-shaxs birlik Yoz - yap - man
oʻzbek tilidan olingan misolda -yap - zamon koʻrsatkichi, -man - shaxs va son koʻrsatkichidir. Rus tilida bu koʻrsatkichlar hammasi faqat birgina -u bilan ifoda etiladi;
Affikslar asosan bir xil koʻrinishga ega boʻlib, variantlari deyarli yoʻq. Masalan: oʻzbek tilida koʻplik faqat -lar qoʻshilishi orqali yasaladi; kelishik qoʻshimchalarining deyarli hammasi oʻz koʻrinishiga ega; variantlari bor qoʻshimchalar esa (masalan: -m, -im, -ng, -ing, -ka, -ga, -qa kabilar), soʻzlarning fonetik tuzilishi bilan bogʻliq (pozitsion oʻzgarishlarga kiradi).
Oʻzak, negiz, grammatik affikslar orasidagi chegara doimo aniq, masalan: ish - chi - lar - dan, dars - lik - lar - ni.
Soʻzlarning grammatik shakllarini yasashda suppletiv hodisasi deyarli uchramaydi.
Koʻpchilik agglutinatinativ tillarda soʻz tartibi nisbatan qat’iy. Lekin bu qat’iylik analitik flektiv tillardagi sabablar bilan tushuntirilmaydi. Soʻz tartibining buzilishi hamma vaqt ham soʻz funksiyasining oʻzgarishiga olib kelmaydi; qat’iy soʻz tartibi koʻproq til an’anasi bilan bogʻliq. Masalan, oʻzbek tilida oddiy gaplardagi soʻz tartibi quyidagicha: ega - toʻldiruvchi - kesim.
Soʻzlarga qoʻshiladigan affikslar oʻzakka ma’lum tartib asosida qoʻshiladi. Agglutinatinativ tillarni oʻrganuvchilar ularning grammatik tuzilishidagi bu xususiyatni hisobga olishlari kerak.
Agglyutinativ tillar affikslarning oʻzakdan oldin yoki keyin turishiga koʻra prefiksal agglutinatinativ tillar va postfiksal agglutinatinativ tillarga boʻlinadi. Turkiy tillar postfiksal agglutinatinativ tillardir. Afrikadagi suaxili tili prefiksal tildir. Masalan: anamataka soʻzida uchta prefiksdan keyin oʻzak oʻrin olgan, ya’ni a - na-m - ataka (u buni xohladi).
zakli (ajratuvchi) tillar. Tilshunoslik fanida ikkala atama ham uchraydi. Bu tillarga asosan xitoy-tibet tillari (xitoy, tibet, tay, vyetnam va boshqalar) kiradi. Ularning asosiy xususiyatlari soʻzlari koʻproq bir boʻgʻinliligi, affikslar, fleksiyalar yoʻq yoki deyarli yoʻqligi, gapda soʻzlar orasidagi sintaktik bogʻlanish asosan soʻz tartibi va ohang orqali amalga oshirilishidir. Soʻzning gapda tutgan oʻrni uni qaysi gap boʻlagi vazifasini bajarayotganini va qaysi soʻz turkumiga taalluqli ekanini koʻrsatadi. Tilshunoslik tarixida va hozirgi zamon tilshunosligida bu tillar «amorf», ya’ni «formasiz» tillar nomini olgan. Grammatik shakl tillarda bir xil namoyon boʻlmaydi. Yuqorida koʻrganimizdek, ba’zi tillarda shakl affiks va fleksiyalar yordamida, ba’zilarida esa ichki fleksiyalar orqali, uchinchilarida yordamchi soʻzlar yoki suppletiv yoʻllar bilan ifodalanadi. Umuman olganda, shaklsiz til yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas. oʻzak tillarning shakli oʻziga xos ravishda yasaladi. Ulardagi soʻzlar oʻz shakllarini gapdagi oʻrinlari orqali ifoda etadilar yoki ohang yordamida amalga oshiradilar.
Mujassamlashtiruvchi (polisintetik) tillar. Bu tillarga amerikalik hindular va Rossiyadagi chukot, koryak tillari kiradi. Bu tillar koʻp jihatdan hali oʻrganilmagan. Hozirgi kunda ma’lum boʻlgan manbalarga qaraganda, bu tillarda soʻz tushunchasi nisbiydir. Chunki bu tillardagi soʻz boshqa tillardagi ayrim tovushlarga toʻgʻri kelib, oʻzining uzil-kesil ma’nosini faqat gap tarkibidagina kashf etadi. Odatda, bu soʻz-gapda elementlar bir-biriga qoʻshilib yoziladi. Bu tillardagi gaplar boshqa tillardagi soʻzga toʻgʻri keladi. Masalan, naxuatl tilidagi qanivatcar canivinjgu gapning ma’nosi «men uyning oldida ichdimmi‘?», ya’ni «uy+ oldida + oʻtgan zamon + ichmoq + savol + men».
Chinuk tilidan yana bir misol: inialudam - «men buni unga bergani keldim». Bu gapda «d» elementi «bermoq» fe’li boʻlib, gapning oʻzagini tashkil etadi.
i-yaqin oʻtgan zamon n-men i-bu
a-unga (feminin jinsi) l-vositasiz toʻldiruvchi ko ‘rsatkichi u-gapiruvchi tomonidan bajariladigan ish- harakat am-kelmoq.
Shunday qilib, mujassamlashtiruvchi tillardagi bir soʻz-gap boshqa tillarda bir nechta soʻzlar orqali ifoda qilinadi.
Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi toʻgʻrisida gap borganda hech bir til oʻz xususiyatlari bilan boshqa tilga mutloq mos kelmasligini aytib oʻtish oʻrinlidir, demak, tipologiya mutlaq, ya’ni absolyut emas, nisbiydir. Tillar oʻzlarining koʻproq xususiyatlari bilan u yoki bu turga mansub boʻlishi mumkin. Har bir tilda flektiv, agglutinatinativ va boshqa elementlar boʻlishi tabiiy. Masalan, oʻzbek tili agglutinatinativ til, lekin unda fleksiya uchrashi mumkin: keldik soʻzidagi -k bir vaqtning oʻzida ham shaxsni, ham sonni koʻrsatadi. Ingliz tili garchi analitik flektiv til boʻIsa ham, shunga oʻxshagan agglutinatinativ vositalari bor. Demak, tillarni u yoki bu turga kiritishda ularning qaysi xususiyatlari koʻproqligiga asoslaniladi.
Ma’lumki tillar turli nuqtai nazardan oʻrganiladi. Shulardan biri soʻzning tuzilishiga koʻra (morfologik, tipologik jihatdan) tasniflab oʻrganish usulidir. Bu usul XIX asrda qiyosiy- tarixiy tilshunoslikda nazariy jihatdan asoslab berilgan. Unga koʻra hind-ovrupo, hom-som (xamit-semit) tillari flektiv, oltoy (turkiy, moʻgʻul) tillari agglutinatinativ deb ataladi. Binobarin oʻzbek tilida soʻzning tuzilishi rus, nemis, ingliz, frantsuz, arab, fors-tojik tillaridan farq qiladi deb qaraladi. Ana shu farqlardan biri soʻz qismlari (oʻzak va qoʻshimcha) orasidagi munosabat (mustaqil qoʻllanish-qoʻllanmasligi, bir-biriga ulanishi) boʻlsa, ikkinchisi ular orqali lugʻaviy, grammatik va konnotativ (uslubiy) ma’no ifodalanishidir.
Shoʻro hududida tili ham hind-ovrupo, ham oltoy guruhiga mansub xalqlar yashaganligidan qiyosiy, tipologik tadqiq usuliga qiziqish kuchayib davlat siyosatiga muvofiq oʻzga tillarni rus tili bilan qiyoslab oʻrganish ustuvorlik qildi. Oʻzbek tilshunosligida ham shunday boʻldi. Rus tili bilan oʻzbek tili orasidagi farq esa asosan nufuzli rus olimlari (jumladai akad. V.V.Vinogradov, A.A.Reformatskiy)ning nazariy tadqiqotlariga tayanib me’yoriylashtirildi. Nazariy fikrlar amaliyotga tatbiq etilib oʻrta va oliy maktab darsliklariga qoida qilib kiritilganligidan umumxalqiylik, umummajburiylik, namunaviylik maqomini oldi.
Misol tariqasida «Oʻzbek tili» darsligining tilshunoslikdan umumiy ma’lumot boʻlimida berilgan ikkita qoidani olib koʻraylik. «Agglutinatinativ tillarda har bir grammatik ma’no, odatda, alohida affiks bilan ifoda etiladi. Masalan, oʻzbek tilida koʻplik va kelishik ma’nolarini alohida affikslar ifoda qiladi: Ishchi-lar-ga mukofot -lar-ni topshir-di-k. Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no, odatda, birgina koʻrsatkich orqali ifoda etiladi. Masalan, Эти книги сдаю в библиотеку gapida эти книги soʻzlari oxiridagi affiksi ikki ma’noni: tushum kelishigi va koʻplikni bildirib kelgan; сдаю (сдай+у) soʻzi oxiridagi -u affiksi mayl, zamon, shaxs, sonni bildirib kelgan» [28,16]. Avvalo shuki, qiyos toʻliq emas. Rus tilida fe’l (kesim)dagi qoʻshimchaning toʻrtta grammatik ma’no ifodalashi koʻrsatiladi-yu, oʻzbek tilida fe’l (topshir-di-k) dagi -di mayl va zamonni, -k shaxs va sonni bildirishi aytilmaydi. Soʻzdagi oxirgi qoʻshimcha (-k) tushirib qoldirsa -di mayl, zamon, shaxs, sondan tashqari betaraflikni ham anglatadi. -di tushirib qoldirilsa grammatik ma’no soni yana ortadi. Koʻrinadiki, qoʻshimchaning koʻp ma’noligi faqat rus tiliga emas, oʻzbek tiliga ham xos. Rus va oʻzbek, kengroq olib qaraydigan boʻlsak flektiv va agglutinativ tillar sistem tuzilishidagi asosiy farq boshqa. Bu farq rus tilida soʻzning oʻzagi lugʻaviy ma’no ifodalash uchun, xoslanganligi, oʻzbek tilida ham lugʻaviy, ham grammatik ma’no ifodalay olishidir. Binobarin, rus tilida soʻzning oʻzagi grammatik shakllanmagan boʻlib, mustaqil ishlatilmaydi, oʻzbek tilida buning aksi. Mazkur tillar sistem tuzilishida boshqa oʻziga xosliklar ham mavjud. Quyida an’anaviy, struktur va sistem tilshunoslik yutuqlariga tayanib shularning ayrimi haqida fikr yuritamiz. Qiyoslash uchun flektiv tillardan asosan rus, agglutinatinativ tillardan oʻzbek tiliga murojaat qilinadi.
1. Oʻzakning grammatik ma’no anglatishi. Flektiv tillarda soʻzning oʻzagiga faqat lugʻaviy ma’no xosligi grammatik ma’no ifodalanishi uchun qoʻshimcha qoʻllanishini shart qilib qoʻyadi. Tilga xos tejamkorlik tamoyili taqozosi bilan qoʻshimcha koʻp ma’no ifodalaydigan boʻladi.
Agglutinatinativ tillarda flektiv tillardagi ham oʻzak, ham qoʻshimchaga xos xususiyat birgina oʻzakda mujassamlashadi. Oʻzakdan anglashiladigan grammatik ma’noning boshqa koʻrinishi, oydinlashishi, ta’kidlanishi, kuchaytirilishi va hokazo zarur boʻlgandagina qoʻshimcha ishlatilishiga ehtiyoj tugʻiladi. Qoʻshimcha grammatik ma’noning ayrimini ifodalab, ayrimi oʻzakdan anglashilaveradi. Soʻzning oʻzagi, qoʻshimcha olgan oʼzakli ohang va hokazo yordamida fikr ifodalab gap hosil qiladi (Ol. Oling. Talabaman. Karimniki. Aqlli). Xullas soʻzning oʻzagi ham leksikologiya, ham grammatika (morfologiya va sintaksis) birligi boʻladi, soʻz bilan qoʻshimchaning xususiyati mos keladi, qoʻshimcha tejab ishlatiladi, bir va koʻp ma’noli boʻladi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin