O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi qayd raqami



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə31/65
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#139801
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Qayd raqami-fayllar.org

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va
vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi,
yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy
bog‘liq savoljavob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki
muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali
odamlarning tafakkuri, aqlzakovati, xulqatvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi,
dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi.
Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq
so‘zlar, «g‘aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka
sabab bo‘ladi. Shuningdek, savoljavobning bir shaklda emasligi sinaluvchida o‘ziga xos ishlash
uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi
va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va
xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladi.
Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali
ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan
materiallar to‘plash mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning
psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga
kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy
kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, ko‘rs va malakaviy bitiruv ishlari,
magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma’ruza, qonspekt, taqriz, tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar,
loyiha, qonsepsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi. Bo‘lar turli yoshdagi,
jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan yaratilgan bo‘lishi va shunga ko‘ra shakli, mazmuni,
sifati, originalligi, hajmi, ko‘rinishi, xususiyati bilan birbiridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talabalar, qonstruktorlar,
olimlar, hunarmandlar, ishchilar, dehqonlar psixik xususiyatlari to‘grisida ma’lumotlar to‘plash
mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi
materiallar yigish uchun bu metodningo‘zi yetmaydi. Shuninguchun inson psixikasini o‘rganish
maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanishi ma’qul.





Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin