3-MAVZU: ILMIY BILISH HАQIDАGI HОZIRGI ZАMОN TАSАVVURLАRI
REJA:
1. Nоpоzitivizm vа ilmiy bilish hаqidаgi fаоliyati tаsаvvurlаrning yuzаgа kеlishi. U Kuаyn
empirik nаzаriyasi: аmаliy nеgiz, tаlqiniy tizim vа аmаliy qоidаlаr mаjmuаsi.
2. K.Pоppеr vа uning ilmiy bilimning o`sishi hаqidаgi g’оyasi. Ilmiy bilishning tаhlil
qilishgа tаriхiy yondаshish. Аmаliy mа’lumоtlаr ilmiy bilishning o`sishi оmili ekаnligi.
3. Fаlsifitsirlаshtirish printsipi I.Lеkаtоs: ilmiy bilish kоnstuktiv fаоliyat sifаtidа. Dаlil vа
inkоr mаntiqning ishki birligni nаzаriyasi. Tаdqiqоt dаsturi mеtоdоlоgiyasi iliy bilish
rivоjlаnishning bоsqishi. T. Kun: fаndаgi «pаrаdigmа» vа ilmiy rеvоlyutsiya. Tаriхiylik tаmоyli
ilmiy bilishni tаhlil qilishdаgi fаоliyatli yondаshuvining muhim jihаti ekаnligi.
4. Ilmiy bilish fаоliyat sifаtidа. Fаоliyatli yondаshuv. Ilmiy bilish hаqidаgi sоddа
tаsаvvurlаr. Fаоliyat ilmiy bilish pаrаdigmаsi. Dunyoning hаrаkаtdаgi tаsviri. O`zlаshtiruvshi
sub’еkt fаоliyati bilish jаrаyonini аks ettiruvshi shizmаsi ekаnligi. Ilmiy fаоliyat tuzilishini tаdqiq
etish ilmiy bilishni tаhlil kilish yo`li sifаtidа. Ilmiy bilish rivоjining ishki mехаnizmlаri vа
fаоliyatli yondаshuv. Tаdqiqоt strаtеgiyasi, tаshkil etishning turli shаkllаri ilmiy bilish fаоliyati
sifаtidа.
5. Bilish fаоliyatini tаshkil turlаri vа shаkllаri: tаjribа, kuzаtish, nаzаriyot vа аmаliyot
Insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy hamda ijtimoiy
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ibtidoiy jamoa a’zolarining psixologik xususiyatlarini aniqlash,
ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona foydalanish, o‘zining xattiharakati, shaxsiy faoliyati
va muomalaga kirishishida ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar. Ko‘p ming yillik
ijtimoiy hayot tajribalariga asoslangan ravishda odamlar shaxsning individual (lotincha tyomdiit
alohida, yakkahol odam) xususiyatlarini jon bilan bog‘lashga va uning ta’siri bilan izohlashga
harakat qilishgan. Qadimgi odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon joylashgan
bo‘lib, u shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish imkoniyatiga ega emish. Qadimgi
ajdodlarimizning «jon» to‘g‘risidagi tasavvurlari shunga bog‘liq, mutanosib tushunchasini keltirib
chiqardi va buning natijasida animizm (lotincha agpta «jon» degani) ta’limoti insoniyat tomonidan
kashf qilinadi. Ibtidoiy xalqlarning tasavvurlarida ruh insonning tanasi bilan uzviy bog‘liq holda
hukm suradi, go‘yoki yashaydi. Shuning uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong, shuningdek, real
voqeliklar (o‘lim, uyqu, bexush bo‘lish, betoblik) kabilarni sodda tarzdagi moddiylik (mavjudlik)
nuqtai nazaridan talqin qilishga o‘ringanlar. Sodda tafakkur shakllari bilan qurollangan qadimgi
odamlar atrofmuhit to‘g‘risidagi rangbarang holatlar, hodisalar mohiyatini ilmiy jihatdan dalillash
imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi sababli idrok qilingan narsani uning haqiqiy mohiyati tarzida aks
ettirishgan. Ularning tasavvurlarida quyidagicha talqinlar keng o‘rin egallagan:
o‘lim uyquning bir turi, lekin ruh ba’zi bir sabablarga ko‘ra tanaga qaytib kelmaydi;
tush ko‘rish uyqudagi tanani tark etib yurgan harakatdagi ruhning taassurotidir;
RUH - insonning aynan o‘zidir;
ruhning ehtiyojlari, turmush sharoitlari tirik odamnikidan tafovutlanmaydi;
marhumlarning ruhlari muayyan mashg‘ulotlar tizimiga, ijtimoiy qonunqoidalarga rioya
qiluvchi hamjamiyatni yaratar emish;
tirik insonlar bilan marhumlarning ruhi birbiriga bog‘liq bo‘lib, moddiy jihatdan o‘zaro
aloqadordirlar.
Qadimgi insonlar tabiatning qudrati (kuchquvvati) oldidagi zaifligi tufayli yakka shaxs ham,
jamoa ham ruhga itoatkor tarzida tasavvur etilishi natijasida din, ibodat tushunchalari paydo
bo‘ladi.
Insoniyatning ijtimoiytarixiy taraqqiyoti davomida mehnatni rejalashtirish, ishlab chiqarish
munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari va ularning tabaqalashuvi, odamlar tafakko‘rining
rivojlanishi tufayli jonning (ruhning) moddiylikdan tashqari xususiyati, ko‘rinishi yuzasidan
g‘oyalar vujudga keladi. Buning natijasida animistik tasavvurlar o‘rnini ruhni borliqning
naturalistik (lotincha paShga tabiat ma’nosini anglatuvchi) falsafiy manzarasi tarzida izohlash
namoyon bo‘la boshladi:
Ruholamining ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar (suv, havo, olov)ning insonlar va
hayvonlarga jon bag‘ishlovchi shakli (Fales eramizdan oldingi VII — VI asrlar, Aneksimon V asr,
Geraklit VIV asrlar);
Eramizdan oldin ijod qilgan yunon faylasuflarining ilmiy izlanishlari natijasida materiyaning
jonliligi, ya’ni gilozoizm (yunoncha Ni1e — «modda» 2o1 «hayot» ma’nosi) to‘g‘risidagi g‘oya
yuzaga keladi;
Materiyaning jonliligi haqidagi g‘oyani rivojlantirgan atomizm (yunoncha atotoz bo‘linmas
degani) namoyandalari (Demokrit eramizdan avvalgi V—IV asrlar, Epikur IV—III asrlar, Lukrisiy
I asr) bir qancha fikrlarni ilgari surdilar, jumladan:
a)
ruhtanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jismlar;
b)
moddiy asos sifatidagi aql;
v)
hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a’zo;
g)
ruh bilan aql tana a’zolari, binobarin, ularning o‘zi ham tanadir;
d)
ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan iboratdir. Atomistlarning fikrlari
tahlili shuni ko‘rsatdiki, unda tana
ning (jonli narsaning) aks ettirishidan tortib to psixikaga (yuksak aql idrokgacha) jonliligi
xususiyatining materiyaga xos xususiyat ekanligining e’tirof etilishi o‘sha davr uchun buyuk ilmiy
voqelik edi.
Yuqoridagi psixolog olimlarning mulohazalari organizmning anatomikfiziologik tuzilishi,
miyaning tarkibi singari moddiy asoslarga suyangan holda real voqelikni tushuntirish
imkoniyatiga ega emas edi. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda insonning tafakkuri, shaxsiy
fazilatlari, uning maqsad ko‘zlashi, gavdani idora etishga qobilligini dalillash to‘g‘risida fikr
yuritish murakkab ruhiy jarayon hisoblanadi.
Jumladan, Aflotun (eramizdan avvalgi 42827 —347 yillar) jonning tarkibiy qismlari
to‘g‘risidagi tushunchani psixologiyaga olib kiradi: a) akdidrok, b) jasorat, v) orzuistak kabilardan
iborat bo‘lib, ular bosh, ko‘krak, qorin bo‘shlig‘iga joylashgandir. Aflotun psixologiyada dualizm
(lotincha s!iaN8 ikki mustaqil ma’no bildiradi) ta’limotini ruhiy olamni, tana bilan psixikani ikkita
mustaqil narsa deb izohpaydi.
Aflotunning shogirdi Arastu (eramizdan oldingi 384—322 yillar) o‘ziningta’limotida
psixologiyani tabiiy— ilmiy asosga qurib, uni biologiya vatibbiyot bilan bog‘lab tushuntirishga
erishgan. Arastuning «Jon» to‘g‘risidagi kitobi ma’lum bir davr uchun taraqqiyparvar manba
vazifasini bajaradi. Unda odamlarning va hayvonlarning kundalik hayotiy lahzalarini kuzatish
orqali
yaqqol
voqelikni
tasvirlash,
tahlil
qilish
jarayonlari
mujassamlashgandir.
Arastuningta’kidlashicha, jon qismlarga bo‘linmaydi, lekin u faoliyatningoziqlanish, his etish,
harakatga keltirish, aql, idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda ro‘yobga chiqadi. Uning
mulohazasicha, sezgi bilishningdastlabki qobiliyati, u tasavvur shaklida iz qoldirishi mumkin.
Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi pallalarida psixologik g‘oyalar mukamallashib,
unga oid tayanch tushunchalar vujudga kela boshladi, hatto ruh hozirgi zamon psixikasi kabi
qo‘llanish ko‘lami kengaydi.
Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga
keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati tug‘ildi. Masalan,
rumolik shifokor Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini
umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarni yanada boyitdi. Uning
ilgari so‘rgan g‘oyalari «ong» tushunchasi talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi.
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari taraqqiyoti uchun muhim davr bo‘lib hisoblanadi.
Jumladan, fransuz olimi Dekart (1596— 1650) tomonidan xulqatvorning reflektor
(g‘ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati)
qon aylanishning ichki mexanizmi bilan boshqarilayotganligi tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Ayniqsa, refleks (lotincha gePexiz aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy
ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinish, asabmushak faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish
vositasiga aylandi, sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi.
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588—1679) ruhni
mutlaqo rad etib, mexaniq harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari
psixologiyaningham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning negizida epifenomenalizm
(yunoncha yer1 o‘ta, rpa1potepop gayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi
jarayonlarning soyasi singari ro‘y beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi.
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632—1677) ongni katta ko‘lamga ega materiyadan sira
qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb tushuntirdi. U determinizm (lotincha seteggtpaga
belgilayman) prinsipining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan, psixik hodisalarning
ob’ektiv sabablari bilan belgilanishi haqidagi ta’limot targ‘ibotchisi edi.
Nemis mutafakkiri Leybnis (16461716), ingliz faylasufi Jon Lokk (16321704), ingliz
tadqiqotchisi Gartli (17051757), fransuz Didro (17131784) kabilar g‘oyalar assotsiatsiyasi
(bog‘lanishi) qonuni, idrok va tafakkurning paydo bo‘lishi, qobiliyatlar psixologiyasi haqida
muhim ta’limotlarini yaratish bilan fanning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdilar.
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi (Galler,
Proxazka), buning natijasida psixika miyaning funksiyasi ekanligi haqidagi ta’limot vujudga keldi.
Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua Majandi tomonidan yozuvchi va harakat
nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berildi, uning negizida reflektor yoyi degan yangi tushuncha
psixologiya fanida paydo bo‘ldi. Bo‘larning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz)
reflektor turlari kashf qilindi. Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M. Sechenovning
(1829—1905) reflektor nazariyasi ro‘yobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining
fiziologik asoslari, mexanizmlari, bosh miya reflekslarining o‘ziga xos xususiyatlari tabiatini
ochib berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, empirik, epifenomenalistik,
geshtalt, assotsiativ, vyursburg, psixogenetik, reduksionizm, solipsizm, gumanistik, biogenetik,
sotsiogenetik kabi yo‘nalishlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini
vujudga keltirdi. Xuddi shu yo‘nalishlarning rangbarang metodikalari, metodlari umumiy
psihologiya fanining predmetini va uning tadqiqoti prinsiplarini aniqlab berdi.
Psixikaning reflektor tabiati, xususiyati to‘g‘risida mulohaza yuritilganda rus olimi I.
M.Sechenov va uning shogirdlari tomonidanto‘plangan materiallar tasavvur etiladi.
I.M.Sechenovning«Bosh miya reflekslari» nomli asarida qat’iy ravishda fikr bildirishicha, «ong
va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir». Psixik
hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruhning xususiyatiga emas, balki tadqiqotchining
mulohazasiga qaraganda, ro‘y berish, vujudga kelish usuliga, tuzilishiga binoan refleksga o‘xshash
xislatga ega bo‘lgan jarayondir. Shundan kelib chiqqan holda fikr yanada rivojlantirilsa, psixik
(ruhiy) hodisa insonning shaxsiy goyalarini, hissiy kechinmalarini, sezgi va idrok jarayonlarini
o‘zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina iborat emas. Balki u refleks singari tashqi
qo‘zg‘atuvchilarningta’sirini va unga javoban bildiriladigan harakat reaksiyasini ham o‘zida
mujassamlashtiradi. Ma’lumki, I.M. Sechenovgacha bo‘lgan psixologik, fiziologik nazariyalarda
insonning ongida obrazlar, tasavvurlar, mulohazalar, g‘oyalar tarzida in’ikos (aks) ettiriluvchi
hodisalarni psixologiya fanining predmeti sifatidatan olinar edi. Lekin bu psixologik voqelik
Sechenov tomonidan organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sir harakatining alohida shaklidan iborat
ekanligi, psixologik yaxlit jarayonning ayrim holatlari, uning lahzalari tariqasi gushuntirildi.
Psixologiyada tan olib kelinayotgan psixik jarayonlar ongning ichida tugiladi va uning ichida
yakunlanadi, degan g‘oya I. M. Sechenov tomonidan inkor qilinadi, asossiz da’vo ekanligi
ta’kidlanadi.
I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa busbutun (yaxlit) reflektor harakat tufayli yuzaga
keluvchi va uning mahsuli bo‘lishi bilan birga ham vujudga kelmagan, lekin ta’sir o‘tkazish
ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil funksiyasini ham bajaradi, ya’ni ilgarilab
ketuvchi bashorat vazifasini ijro etadi. Bunday dadil ilmiy mushohadalar psixik jarayonlar
umuman qanday rol o‘ynashi mumkinligi, ularning o‘rni to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun
moddiy negizni vujudga keltiradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv (regulyativ)
funksiyasini ijro etib, o‘zgaruvchan shartsharoitlarga harakatni moslashtiradi, shuningdek, mazkur
daqiqada yuqori samaraga erishishni ta’minlaydi. Psixik jarayon miyaning bo‘lmalari (tarkibiy
qismlari) funksiyasi tariqasida tashqi olam (borliq) to‘g‘risidagi axborotning qabul qilinishi,
saqlanishi, qayta ishlanishini o‘zida mujassamlashtiruvchi javob faoliyatining idora qiluvchisi
hisoblanadi. Shuning uchun odamlarning bilimlari borliqto‘g‘risidagi tasavvurlari, shaxsning
shaxsiy tajribalarining yig‘indisi (majmuasi) reflektor harakat tarkibiga kiradi. Shunday qilib,
psixikhodisalardeganda miyaningtashqi (qurshab to‘rgan olam) va ichki (fiziologik tizimdagi
organizmning holati) ta’sirlarga javobini tushunmoq kerak. Boshqacha so‘z bilan aytganda, psixik
hodisalar: birinchidan, bu faoliyatning favquloddata’sir etayotgan (sezgirlar, idrok), ikkinchidan,
o‘tmish tajribada (xotira) aks etgan qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘yobga chiqadigan, mazkur
ta’sirni umumlashtiradigan, uchinchidan, pirovard natijalarni (tafakkur. xayol) oldindan
payqashga yordam beradigan, to‘rtinchidan, monoton ta’sirotlar oqibatida faoliyatni (histuyg‘u,
iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, beshinchidan, umuman faollashtirib yuboradigan,
o‘zgacha ta’sirotlar natijasida uni tormozlaydigan, oltinchidan, shaxs xulqatvoridagi
(temperament, xarakter va hokazolar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy regulyatorlari (idora
qiluvchilari)dir.
Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va tashqi
stimullarining javob reaksiyasiga tanlab munosabatda bo‘lish manbaidan kelib chiquvchi
seskanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikani aks ettirishning sodda ko‘rinishi bo‘lib, u organiq
dunyoni rivojlanish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgani tufayli sezgi vazifasini
bajaruvchi birlamchi psixologik obrazlar paydo bo‘la boshlaydi, ular organizm harakati ehtiyojini,
fazoviy chamalash (mo‘ljallash) maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Huddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiyaga to‘g‘ri mosla shish va harakatni idora
qilish funksiyalari yuzaga keladi. Aks ettirishning sodda shakllari murakkabroq shakllarining
rivojlanish i uchun zarur shartsharoitlar sifatida xizmat qiladi. Organiq dunyoning keyingi
evolyusion taraqqiyot davrida voqelikning ham sensor, ham aqliy obrazlarini qamrab oluvchi
sodda sababiy aloqalar va vaqtni idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xattiharakatni to‘g‘ri
ifodalash imkoni va faollik xususiyati tug‘iladi.
Bevosita harakat qiluvchi qo‘zg‘atuvchi organizmningto‘g‘ridanto‘g‘ri reaksiyasiga javobi
oldindan, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson faoliyatining ijtimoiy shartlanganligi
tufayli in’ikos faolligi oshibgina qolmay, balki u sifat jihatidan mutlaqo boshqa xususiyat kasb eta
boshlaydi. Aks ettirishning tanlovchanlik va maqsadga yo‘nalganlik xususiyatlari hamkorlik
faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o‘zgartirish ehtiyoji darajasi ko‘rsatkichi
aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks ettirish nafaqat hissiy obrazlarni, balki mantiqiy
tafakkur, madaniyat mahsulini o‘zida ifodalovchi ijodiy fantaziya, o‘z navbatida til tarkibiga
kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining mohiyatiga qorishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning
gubdan, radikal o‘zgarishga olib keladi. Bunday toifadagi in’ikosningoqibatida ideal obrazning
paydo bo‘lishiga puxta zamin hozirlaydi, imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun barcha
shartsharoitlar yaratadi. Aks ettirishning to‘g‘riligi, adekvatligi o‘zini kelib chiqish manbaga
ko‘ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv impulslarini qayta ishlash o‘rtasidagi
qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va sub’ektning psixologik jihatidan namoyon bo‘lishi,
rivojlanishi, o‘zgarishi, takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita usullar
yordami bilan turlicha shaklda, tarzda, ko‘rinishda ifodalaydi.
Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko‘rinishlari tan olinadi: fizik, fiziologik, psixik,
ong, o‘zini o‘zi anglash.
Standartlashtirish (standart inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni
bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika
standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga
keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.
Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini
unifikatsiyalash(bir xil qilish)o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot
o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda
ketmaketlikka rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va
testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi.
Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash
shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o’rganilayotgan
ko’rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda
tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida
normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan.
Standartlashtirish bir qancha mezonlar asosida me`yorga keltirilgan metodikalarga
nisbatan qo’llanilar ekan, bu jarayondagi mezonlarni aniqlashtirish muhimdir. Ular quyidagilar:
1.
Matematik statistik qayta ishlanganlik.
2.
Tanlanma to’plamdagi sinaluvchilarning ko’rsatkichlari.
3.
Ijtimoiy psixologik me`yorlar.
Ekspert bahosi (klinik) metodi o’z sohasini mukammal biladigan ekspertlarning fikriga
asoslangan bo’lib, bunda ishonchli bahoga asoslangan ekspertlarning xulosalari umumlashtiriladi.
Ushbu metodika ko’pincha shaxs psixodiagnostikasida qo’llanilib, bunday metodikalarning asosiy
kamchiligi ekspertlarning sub`ektiv munosabatlari baholash jarayoniga o’z ta`sirini o’tkazishi
mumkin.
“Torganayzer”
Ushbu usul yordamida metodlarni qiyosiy tahlil qiling.
Tashkiliy guruh metodlari
Afzalliklari
Kamchiliklari
Empirik guruh metodlari
Afzalliklari
Kamchiliklari
Standartlashtirilgan metodlar
Afzalliklari
Kamchiliklari
Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va
sifat ko‘rsatkichlarini birbiriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik
metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki,
u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan
natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir
xil qo‘llanilishiga aytiladi.
Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qaerda,
qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni birbiri bilan tenglashtirish,
Metodikalarnistandartlashtirishmezonlari
Matematikstatistikqayta
ishlanganlik
Ijtimoiypsixologikme`y
orlar
Tanlanmato’plamdagisinal
uvchilarningko’rsatkichlari
taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik,
aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi.
Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga
bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida
baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha
sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy
va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati
bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga
talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash – protsessual testlar,
Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi.
Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish
jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.
Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xattiharakatlarini aniqlash, bunga:
temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan
tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining
rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar
kiradi.
Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan
xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, Yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va
boshqalar aniqlanadi.
Shaxslararo testlar har xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida ijtimoiy-
psixologik o‘zo‘zini attestatsiya qilish testi.
Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq predmet
materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmaliharakatli reja asosida amaliy ish
bajaradi.
Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi ichiga oladi.
Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash, xulosa chiqarish,
har xil so‘zlarning ma'nosini anglash va taqqoslash hamda bu so‘zlar bilan har xil mantiqiy
operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Testlarda qo‘llaniladigan ko‘pgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu testlarda
amaliy, nazariy, obrazli va verbal topshiriqlar mujassamlashgan. Bu odamning real hayotdagi ko‘p
vazifalari kompleks xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining
real hayotdagi Yutuqqa erishish imkoniyati va xulqini aytib berish uchun o‘tkaziladi.
Blankali testlar – sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalarda
foydalaniladi, masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar.
Apparaturali testlar – bu shunday testlarki, unda test natijalarini qayta ishlash va ko‘rsatish
uchun har xil turdagi apparaturalar qo‘llaniladi, masalan, audio va videotexnika, elektron hisoblash
mashinalari.
Protsessual testlar yordamida qandaydir bir psixologik xulqiy jarayon o‘rganiladi va unga
aniq miqdoriy va sifatiy tahlil beriladi, masalan, materiallarni esda olib qolish jarayoniga,
individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini misol sifatida keltirish mumkin.
Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir bir faoliyatida, bilish sohasining qandaydir bir
turida Yutug‘ini baholashda qo‘llaniladi, masalan, tafakkurning mantiqiyligi, diqqatning
barqarorligi, verbal tafakkurning rivojlanganlik darajasi.
Holatlar va xususiyatlar testlari shaxs psixologik sifatlarining barqarorligini diagnostika
qilish bilan bog‘liqdir, masalan, shaxs xislatlari, temperament xususiyati, qobiliyatlari va
boshqalar.
Proektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proektiv test kishining u yoki bu psixologik
sifatini to‘g‘ridanto‘g‘ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining ko‘p ma'noli
ob'ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining analizi natijasida olinadi. Bunga: surat
sYujetining noaniqligi, shaklsiz dog‘lar, tugallanmagan jumlalar va boshqalar kiradi. Bunday
ob'ektlarni tahlil qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda o‘zo‘zining «proektsiyasini» ko‘rsatib
berishi deb Yuritiladi.
Bu guruh testlariga, Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar kiradi.
Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini
psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi.
Psixodiagnostik eksperiment metod sifatida kamdankam voqelikda, asosan, kishining zarur
psixologik sifatini boshqa usullar bilan aniqlash va baholash imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Protsessual testlar, tadqiqotchini sinaluvchida kechayotgan psixik va xulqiy jarayonlarning
xususiyatlari qiziqtirganda qo‘llaniladi, Yutuqqa erishish testlari esa kishining qobiliyati,
ko‘nikma va malakalarini baholash vazifasini o‘taydi.
Intellekt testlaridan kishining intellektual taraqqiyotining umumiy ko‘rsatkichini aniqlash va
miqdoriy baholash zarurati tug‘ilganda foydalaniladi.
Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qo‘yiladi:
1. Testning ijtimoiymadaniy adaptatsiyasi.
Bu so‘zlar tuzilmasi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga berilayotgan test
topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati milliy qadriyatlariga mos bo‘lishi zarur degan ma'noni
anglatadi. Masalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir mamlakatda birinchi marta qo‘llanilayotgan
bo‘lsa va bu mamlakatda intellekt strukturasi so‘zmantiqiy bo‘lmasa, balki obrazli amaliy
tafakkurli bo‘lsa, test albatta ijtimoiymadaniy moslashtirilgan bo‘lishi shart. Agar test
moslashtirilmagan holda, ya'ni qanday bo‘lsa shundayligicha qo‘llanilsa, u holda biz juda past
natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning tafakkuri taraqqiyotining
ko‘rsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni ushbu mamlakatda so‘zmantiq tafakkuri
asosiy rolga ega bo‘lsayu, test topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo‘lsa, u holda biz aqliy
taraqqiyotning noadekvat ko‘rsatkichiga ega bo‘lamiz.
2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi.
Ushbu talabga binoan, testning so‘z va boshqa topshiriqlarida ya'ni, so‘z, rasmlar kishilar
tomonidan har xil idrok qilinishi va tushunilishi momentlari bo‘lmasligi kerak.
3. Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi.
Bunda psixologik test topshiriqlarini bajarishda vaqt 1,52 soatdan oshmasligi lozim, chunki
kishi o‘zining ish qobiliyatini Yuqori saviyada uzoq muddat ushlab turishi juda mushkuldir.
4. Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi.
Test me'yorlari deb, ushbu test reprezentativligining o‘rtacha ko‘rsatkichi tushuniladi, ya'ni
ko‘p odamlardan to‘plab olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan individning
ko‘rsatkichi taqqoslanib, uning psixologik taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan,
sinaluvchilarning yoshi, jinsini aniq bilgan holda, katta tanlama guruhidan olingan test
natijalarining o‘rtacha bahosi va keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant
ko‘rsatkichlarini differentsiyalash bilan aniqlanadi.
Test me'yorlari – bu kishilar taraqqiyotining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Har qanday me'yor,
o‘lchov ham vaqti bilan o‘zgarib turadi, chunki ishlar davomida kishilarning ham psixologik
taraqqiyotida o‘zgarishlar bo‘ladi, masalan, XX asrning birinchi choragida kishilarning
intellektual taraqqiyotiga qo‘yilgan me'yorlar, shu asrning oxirgi choragida qo‘yilgan me'yorlarga
to‘g‘ri kelmaydi chunki ushbu yillar mobaynida kishilarning aqliy taraqqiyot ko‘rsatkichlari ancha
Yuqorilagan.
Bundan tashqari, empirik qoidalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra kamida har besh yilda test
me'yorlari qayta ko‘rib chiqilishi shart, asosan bu intellektual testlarga taalluqlidir.
Test me'yorlariga qo‘yilgan talablardan tashqari, test o‘tkazishni, natijalarni qayta ishlash va
tahlil qilishning qat'iy qoidalari mavjud. Bular quyidagilardir:
U yoki bu testni qo‘llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o‘zida boshqa bir kishida
sinab ko‘rishi kerak. Bu testni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xatoliklarning oldini olish imkonini
beradi.
Sinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va ko‘rsatmalarni yaxshi tushunib olishi
uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yish.Test o‘tkazish vaqtida, sinaluvchilar mustaqil ishlashi,
birbiriga halaqit bermasligini va ta'sir o‘tkazmasligini nazorat qilib turish, chunki bu test
natijalarini o‘zgartirib Yuborishi mumkin.Har bir test natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish
uchun asoslangan va aniq ishlangan matematikstatistik usullarni oldindan tayyorlab qo‘yish.
Biz test turlari va uning me'yorlariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik, endi test
me'yorlarining reprezentativligi, validligi, ishonchliligiga to‘xtalib o‘tsak.
Test tuzilishining asosiy statistik printsiplari 1980yillarda V.S.Avanesov, A.Anastazi,
V.K.Gayda, V.P.Zaxarovlarning adabiyotlarida to‘liq yoritib o‘tilgan. Ammo ko‘rsatib o‘tilgan
adabiyotlarda psixometrik testlarning asosiy muammosi, test me'yorlari to‘liq yoritib berilmagan.
Bu birinchi navbatda amerikalik testolog A.Anastazining ishlariga taalluqlidir. Anastazining
yaratgan qo‘llanmasi, g‘arb testologlari tomonidan ikkita asosiy printsipi zaruriy tanqidiy
muhokamalarga ega bo‘lmaydi, bular diagnostik me'yoriy sifat tarzida statistik me'yorlarning
qo‘llanilish muammolari va normal modellarga hamma empirik ma'lumotlarning taqsimlanishi
haqidagi ma'lumotlar muammosi.
Endi biz differentsial asosiy tushunchalar tizimi tuzilishining qisqacha kontekstini analiz
qilib o‘tamiz:
1. Test shkalalarining statistik tabiati. Psixodiagnostikada tipik o‘lchov testi – bu qisqa
topshiriqlarning punktlarning ketmaketligi, sinaluvchi tomonidan topshiriqlar bajarilishi
natijasida ularning bir xil miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. Masalan, alohida topshiriqlardan
tuzilgan intellektual testlarning interpretatsiya qilinishi: «echimi to‘g‘ri», «echimi noto‘g‘ri»,
«javob yo‘q» (vaqt etishmasligi sababli topshiriqni o‘tkazib Yuborilishi), shaxsiy
savolnomalarning tahlil qilinishi: sinaluvchi tomonidan ta'kidlanishi lozim bo‘lgan javoblar
berilishi: «tasdiqlashi», «inkor qilinishi» («rozi emasman», «yo‘q»).
Umumiy ballar kalit orqali hisoblab chiqiladi, kalit har bir punkt bo‘yicha sonlar bilan
ifodalanadi. Masalan, topshiriqning to‘g‘ri echimiga – «+1», noto‘g‘ri o‘tkazib Yuborilganiga –
«0». Bunda ballar to‘g‘ri javoblarning miqdorini ko‘rsatib beradi.
2. Psixometrikada o‘lchov muammolari va test punktlarining xususiyatlari.
O‘lchov ko‘rsatkichi «etalon» hisoblanadi. Etalon bu – o‘lchanayotgan xususiyatga berilgan
kattalikni bir maromda saqlab turuvchi fizik ob'ektdir, differentsial psixometrikada bunday fizik
etalonlar mavjud emas. Psixometrikada etalon rolini testlarning o‘zi bajaradi, buni shunday
tushunish kerakki, topshiriqning murakkabligi kishi qobiliyatiga to‘g‘ri proportsional kattalik deb
qarash mumkin. Ya'ni, topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning echimini topish uchun kishi
qobiliyatining darajasi shuncha Yuqori bo‘lishi kerak. Test punktlarining kuchi va murakkabligini
test o‘tkazish yordamidagina aniqlash mumkin. Murakkablikni aniqlash «foizli o‘lchov» bilan
belgilanadi, test topshiriqlariga «to‘g‘ri» javob bergan sinaluvchilar foiz bilan aniqlanadi, ya'ni
«foiz» qancha kichik bo‘lsa, murakkablik shuncha Yuqori bo‘ladi.
Test punktlarining xususiyatini test ballarining taqsimlanishi ko‘rsatib beradi. Agar test
ballarining taqsimlanishi egriligi o‘ng tomonli assimetriyaga ega bo‘lsa, unda test murakkab
topshiriqlardan tuzilgan, agar egrilik chap tomonli assimmetriyaga ega bo‘lsa, u holda test
topshiriqlari sodda tuzilgan hisoblanadi va quyidagi ko‘rinishga ega:
Test – shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa psixik
xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar.
Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan savol va
topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan o‘lchash.
Etuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, konkret bilim, malaka va
ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi 3ga bo‘linadi: harakat testlari,
og‘zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar, materiallar asboblar bilan ishlash
layoqatini aniqlab beradi.
Intellektual testlar – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, individning aqliy taraqqiyoti
darajasini aniqlab beradi.
Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to‘liq anglanilmagan shakllarini
o‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim sohasiga kirishning
yagona psixologik metodidir.
«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yilda qo‘llangan. Shuningdek, u
shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi:
Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‘lari testi, bulutlar testi, uch o‘lchamli
proektsiya testi).
Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi).
Sharhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil testi).
To‘ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi).
Katapsis metodikalari (psixogramma, proektiv o‘yin).
Ekspressiyani o‘rganish metodikalari (dastxat, muloqot tahlili).
Ijod mahsulini o‘rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo).
Bunday metodikalarning asosiy xususiyati material aniqmasligi, xayrixohlik muhiti va
qadriyatli fikrlar mavjud emasligidir. Ular, avvalo, shaxsning munosabatlar sohasini aks ettiradi
va maktab nevrozi uchun xos bo‘lgan maxsus reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi.
Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o‘qish jarayonida
psixologikpedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual
xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo‘naltirilgan.
Psixodiagnostika ishlari guruhda yakka holda o‘tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi
vazifalarni bajaradi:
Ongli maqsadi mavjud bolalar, umumta'lim maktablari va akademik litsey hamda kasbhunar
kolleji o‘quvchilari, oliy o‘quv Yurti talabalarining yosh davri taraqqiyoti mezonlariga
muvofiqligini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi.
O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning hissiyotlari, irodaviy sifatlari,
o‘zo‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.
Dostları ilə paylaş: |