36
amalda foydalanib kelinmoqda:
2.5-rasm. Kuzatuv kameralari
-
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari
-
Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab
qilingan fizik xavfiszlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi shart. Fizik
xavfsizlik siyosati turli tashkilotlar uchun turlicha bo‗ladi.
-
Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‗zida
quyidagilarni
mujassamlashtiradi:
-
tashkilotni fizik xavfsizligi nuqtai-nazaridan;
-
xodimlarning vazifalari va majburiyatlari;
-
foydalanishlarni boshqarishni nazoratlash;
-
qaydlash va auditlash.
-
Fizik xavfsizlik muolajasi o‗qida quyidagilarni oladi:
-
qulflash
tizimini boshqarish;
-
suqilib kirish insidentlarini qaydlash;
-
tashrif buyuruvchilarni boshqarish;
-
konfidensial materiallarni yo‗q qilish;
-
qog‗oz ko‗rinishidagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni
ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish.
-
Toza stol siyosatiga ko‗ra tashkilot uchun muhim bo‗lgan axborotni
xodimlar tomonidan qarovsiz qoldirilmasligi yoki ovqatlanganda oshxonalarga
olib kirilmasligi zarur. Toza ekran siyosatiga ko‗ra esa xodim o‗z kompyuteridan
foydalanish davomida uni qarovsiz qoldirmaslikka e‘tibor qaratadi.
-
Boshqa fizik xavfsizlik choralari:
yoritish tizimlari
-
Yoritish tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta‘minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofida yetarlicha yoritish amalga
oshirilmaganligi boshqa xavfsizlik vositalarining vazifasiga salbiy ta‘sir
o‗tkazadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida,
mashina turar joyida yoki
kuzatuv kamerasi o‗rnatilgan hududlarda yoritish tizimi yetarlicha ishlamasa, u
holda ushbu hududlardagi obyektlar vainsonlarni aniqlash imkoniyati kamayadi.
Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanlikga aloqador holda quyidagilarga
bo‗linadi:
-
doimiy yoritish tizimlari – tashkilot binosi atrofida har doim o‗rnatiluvchi
37
yoritish vositalari.
-
kutish rejimidagi yoritish tizimlari – biror ogohlantiruvchi signal asosida
avtomatik yoki avtomatik bo‗lmagan shaklda ishlaydi.
-
harakatlanuvchi yoritish tizimlari – qo‗lda boshqariluvchi yoritish tizimlari
bo‗lib, kechasi va zarur bo‗lganda yoritish uchun foydalaniladi.
-
favqulotda yoritish tizimlari – elektr quvvati
manbalari ishdan chiqqanda
yoki elektr energiyasi uzilganda vaqtinchalik tashkilot binolarini yoritish bilan
shug‗ullanadi.
Dostları ilə paylaş: