204
nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat
butun insoniyatning tarixiy
taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni
ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib,
ushbu
masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil
qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga
murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib, to uning bog’cha
yoshigacha davrini
amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb
atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy
harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali-
harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan
o’yinchoqlarni qo’llari bilan bevosita ushlab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar,
shuning bilan birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va
o’yinchoqlarni o’zaro solishtiradilar,
qismlarga ajratadilar, analiz va sintez
qiladilar, bo’laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar
tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ularni ob'ektni sindirib yoki
buzib bo’lsa ham, ularning ichki tuzilishi
bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli
bo’ladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilishda ko’pincha
buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha
yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: