Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi fаrgʼonа dаvlаt universiteti tаbiiy fаnlаr fаkulteti biologiyа yoʼnаlishi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə10/12
tarix13.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#125277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyatlari

2.5 Mitoxondriyadagi Ca2+-transport sistemalariga o'simlik preparatlarining
ta'siri
O'simliklardan ajratib olingan ko'pgina biologik faol birikmalarning ta'sir mexanizmi asosida ularning membranalar bilan o'zaro ta'sirlashuvi hamda ferment sistemalariga ta'siri yotadi. Bugungi kunda membranologiya, bioenergetika va biofizika sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida ko'pgina biologik faol birikmalarning ta'sir mexanizmlari aniqlangan. Xususan, ferutinin terpenoidining kalsiy uchun ionofor xususiyatga ega ekanligi adabiyotlarda e'lon qilingan.
Mengliyev ham xuddi shunday yo'nalishda salsolidinning ionoforlik xususiyatlari o'rgangan.Hozirda O'zR FA O'slmlik moddalari kimyosi institutining bir qator olimlari tomonldan turli xil o'simliklardan bir qator, di- va triterpenoidlar, alkaloidlar, glikozidlar kabi biologik struturalarga faol ta'sir ko'rsatuvchi moddalar sintezlanmoqda.4-jadvaldan ko'rinib turibdiki, salsolin, palmitinil salsolin, salsolidin, geptanoil salsolidinlar oldin akkumurlangan Ca2+ ning chiqish tezligini oshiradi. Ma'lumki, mitoxondriyadan Ca2+ ning chiqish tezligining ortishi, mitoxondriya membranasi potensialining tushib ketishi yoki elektroneytral 2H+/Ca2+- almashinuvining faollanishi natijasida sodir bo'ladi. Mitoxondriya membransi potensialining tushib ketishi mitoxondriya ichki membranasining H+ va boshqa ionlar uchun passiv transportining ortishi natijasida yuz beradi. Shu munosabat bilan yuqoridagi preparatlarning mitoxondriya ichki membranasining passiv transportiga ta'sir mexanizmlari o'rganilgan.
Salsolin kichik konsentratsiyalarda (50-100 mkM) ichki membrana o'tkazuvchanligiga ta'sir ko'rsatmadi, ammo yuqori konsentratsiyada (200 mkM) H+, K+ va Ca2+ uchun o'tkazuvchanlikni bir muncha oshiradi. Palmitinil salsololin ham quyi konsentratsiyalarda ichki membrana o'tkazuvchanligiga ta'sir ko'rsatmadi, uning konsentratsiyasi 200 mkM ga oshirilganda, K+ va Ca2+ ning transportini taxminan 2 martaga oshirishi aniqlangan. Salsolidin mitoxondriya membranasining kalsiy uchun o'tkazuvchanligini taxminan 4 marta, geptanoil salsolidin esa 3 martaga oshirgan. Buning natijasida mitoxondriya membranasining boshqa ionlar uchun o'tkazuvchanligi o'zgarmagan. Bu ma'lumotlar shundan dalolat berib turibdiki, Salsolidin va geptanoil salsolidinlar kalsiy uchun ionoforlik xususiyatiga ega. Ushbu moddalar ichida eng faol ta'sirga ega bo'lgani bu - salsolidindir. Membranaga faol ta'sir qilishiga ko'ra, ushbu moddalarning qatori tuzilganda, ular quyidagi tartibda Joylashadi: salsolidin, geptanoil salsolidin, palmitinil salsololin, salsolin.
Enant kislotasi ham membranaga faol ta'sir ko'rsatadi, Jumladan, mitoxondriyadan kalsiyning chiqib ketishini chaqiradi va deenergilangan mitoxondriyalar H+, K+ va Ca2+ uchun o'tkazuvchanligini oshiradi (4-jadval).

XULOSA
Xulosa qilib aytganda mitoxondriya hujayrada kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uchun energiya manbayi bo’lib xizmat qiladi. Bu funksiyani mitoxondriyani ichki menbranasida mavjud bolgan nafas olish zanjiri amalga oshiriladi. Yuqorida biz mitoxondriyaning umimiy tuzilishi, hajmi ,hujayrada tutgan o'rni, vazifa va funksiyalari bilan tanishib chiqdik. Unga ko'ra jigar mitoxondriyasi ichki membranasining o'tkazuvchanligini o'rganish uchun olingan inkubatsiya muhitlari hamda mitoxondriyada Ca2+ traneport tezligini aniqlash kabi ishlarni korib chiqdik va bular yuzasidan tushunchaga ega boldik. Nafaqat jigar balki barcha eukariod organizim hujayrasi tarkibiga kirivchi mitoxondriyalarning o'tkazuvchanlik xususiyatlari bilan tanishdik.
Yuqorida takidlaganimizdek hozirgi kunda Ca2+ ionining mitoxondriyada 2 xil yo’l bilan ular:
1. Na+ ga bog'liq va Ca2+ ga bog'liq bo’lmagan yo'llar orqali chiqishi aniqlangan.
Jumladan jigar, o'pka va silliq muskullar mitoxondriyada kalsiyning natriyga bog’liq bo’lmagan holda ajralib chiqadi.
Bir qator birikmalar fosfoyenolpiruvat, akraktilat ,karboksiyatraktilat, tiroksin, atsetouksus kalsiy ishtirokida mito ya strukturalariga zaralovchi ta’sir ko’rsatishi tog'risida tushunchaga ega bo’ldik.
Mitoxondriyaning hujayrada bajaradigan eng muhim funksiyalari quyidagilardan iborat:
-nafas zanjirini nazorat qilish
-ATF sintezlash
-Ca2+ ning chiqishini taminlashdan kabilardan iborat.
Mitoxondriya hujayrada zarur organoid ekanligini uning normal fiziologik holatining buzilishi o'z navbatida hujyarada patalogik holatlarning yuzaga kelishiga va oqibatda hattoki hujayrani nobut bolishigacha olib kelishi mumkinligidan bilish mumkin. Bu esa mitoxondriya hujayrada patalogiyaning yuzaga kelishida asosiy o'rin egallaydi degan hulosani beradi.
2. SsA-sezgir poralarni ochiq holatga olib keladi, chunki ular jigarda patologik holatlarning rivojlanishini rag’batlantiradi. Neoselen preparati 2-preparatga (silibor) solishtirganda 60 kunlik tajribalarda SsA-sezgir poralarni yopiq holatga o’tkazishda ijobiy ta‘sirga ega bo’lgan. Bu o’z navbatida gepatotsitlar mitoxondriyalarida Сa2+ – akkumulirlanish faolligini tiklanishini ta‘minlaydi.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin