O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/23
tarix06.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123852
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kurs ishlarini bajarish

Ishlab chiqarishi 
 «Navoiyazot» OAJ bugungi kunda – bu ko’plab muhim ishlab chiqarish 
vazifalarini bajara oladigan o’nlab sexlardan iborat bo’lgan yagona sanoat mexanizmi 
hisoblanadi.
Ammiak ishlab chiqarishi navbati 
5-jadval 
Ishlab chiqarishlarning nomlanishi 
Ishga 
tushirilgan 
yili 
Faoliyat ko’rsatayotgan 
quvvati 
«Ammiak-I,II» ishlab chiqarishi 
1964 
yiliga 370 ming tn. 
«Ammiak-III» ishlab chiqarishi 
1971 
yiliga 180 ming tn. 
Ammiakli selitra ishlab chiqarishi I-II navbati 
1964 
yiliga 350 ming tn. 


34 
 
Ushbu ishlab chiqarish tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Gaz xom ashyosini tayyorlash sexi havoni parchalovchi Yaponiyaning 
«Nissho» firmasida ishlab chiqarilgan ikkita blok va ikki BR-6 rusumli bloklardan 
iborat. Azot bo’yicha bloklarning umumiy ishlab chiqarish quvvati – 64400 
nm3/soat, kislorod bo’yicha – 47880 nm3/soat. 
2. Tarkibiga quyidagilarni kiritgan har biri 185 ming tonna quvvatga ega 
ammiak ishlab chiqarishining ikki navbati: 
3. Metan va uglerod oksidi konversiyasining 8ta agregati; 
4. Monoetanolaminli tozalashning 4 texnologik liniyasi; 
5. 10 ta gaz kompressorlari, shu jumladan 2ShLK-1240 rusumli 9 ta kompressor 
va 6M40-320/320 rusumli kompressor; 
 
1.5 Mineral o’g’itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari 
O’g’itlar xossalarini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlariga: gigroskopikligi, 
yopishuvchanligi, donadorlanish ( fraktsiyali ) tarkibi, zarrachalarning o’rtacha 
o’lchami, donachalar mustaxkamligi, tabiiy qiyalanish burchagi, nam tortuvchanligi, 
xaqiqiy zichligi, aralashmalarning bir jinsliligi va qatlamli tarqalishi (segretsiyasi), 
elanishi, Tuzli tarkibi, kristall tuzilishi, eruvchanligi, bug’ bosimi, termodinamik 
Ammiakli selitra ishlab chiqarishi III navbati 
1971 
yiliga 600 ming tn. 
Azot kislotasi ishlab chiqarishi II navbati 
1965 
yiliga 390 ming tn. 
Azot kislotasi ishlab chiqarishi III navbati 
1971 
yiliga 480 ming tn. 
Organik birikmalar ishlab chiqarishi 
1969 
10 dan ortiq mahsulot 
turlari 
«Nitron» ishlab chiqarishi 
1983 
yiliga 23 ming tn. 
«Kaustik soda va kam tonnali kimyoviy 
mahsulot» ishlab chiqarishi 
1976 
20 dan ortiq mahsulot 
turlari 
Azot-fosforli o’g’it AFO’ ni ishlab chiqarishi 
2010 
yiliga 180 ming tn. 
Texnikaviy tiomochevina ishlab chiqarishi 
1987 
yiliga 1400 ming tn. 


35 
tavsifi kiradi. 
Gigroskopiklik. Gigroskopiklik moddaning xavodan namlikni yutish xususiyati 
bilan tavsiflanadi. Gigroskopiklikni keng tarqalgan baxolashi - % bilan ifodalashdir 
Gigroskopiklik nuqtasi aniqlanadi. Suvda eruvchan tuzlar uchun Gigroskopiklik 
nuqtasi (K) tuzning to’yingan eritmasi ustidagi suv bug’ining partsial bosimini xuddi 
shu xaroratdagi bug’ bilan to’yintirilgan xavodagi suvning bug’ bosimiga nisbati 
orqali aniqlanadi: 
 
Gigroskopiklik nuqtasi moddaning namlik yutmaydigan va yo’qotmaydigan 
nisbiy namligiga muvofiq keladi. Cheklangan me’yorda namlik tutgan o’g’itning 
gigroskopiklik nuqtasi xavoning yillik o’rtacha nisbiy namligidan katta bo’lmaydi. 
Moddalarning gigroskopikligini baxolash uchun gigroskopiklik koeffitsenti (K) 
ishlatiladi. Gigroskopiklik koeffitsenti namunaning kritik (maksimal) namligiga 
to’g’ri proportsionaldir: 
 
bu yerda: K - namunaning kritik (maksimal) namligi; 
K1 - tajriba yuli bilan aniqlanadigan kinetik konstanta. 
Gigroskopiklik shkalasi va ko’rsatkichlari turli xududlarda qisman farq qiladi. 
Yopishqoqlik. Yopishqoqlik - ma’lum tashqi sharoitda dispers materialning turli 
darajadagi kattalik va mustaxkamlikka ega bo’lgan aglomeratlarni xosil qilish 
xossasidir. Yopishqoqlik aniq standart sharoitda tekshirib olingan aglomeratlarning 
mustahkamligi bilan tavsiflanadi. Suvda eruvchan mineral o’g’itlarni donadorlanish, 
tarkibidagi namligini kamaytirish, donachalar mustahkamligini oshirish, maxsulotni 
omborga joylashtirish yoki qoplashdan oldin sovutish, uni saqlashda saqlash 
sharoitini ta’minlaydigan germetiklikni ta’minlash natijasida uning yopishqoqligini 
kamaytirilishi mumkin. 


36 
Elanish. Elanish - bu o’g’itni solishda tuproqda bir tekisda taqsimlanishi uchun 
mashinalarning ta’minlovchi va tashlovchi qurilmalaridan o’g’itning tushishni 
belgilaydigan xususiyatidir. Tashlovchi qurilmalarda o’g’itlarning bir tekisda 
taqsimlanishi sepiluvchanligi (xarakatchanligi) orqali aniqlanadi. Zamonaviy 
mashinalar bilan o’g’itlarni solishda ularning bir tekisda taqsimlanishi o’g’itlarning 
donadorlik (fraktsiyali) tarkibiga borliq bo’ladi. Donachalarniig mustaxkamligi. 
Donachalarning mustaxkamligi o’g’itlarni tashish, saqlash va tuproqqa solishdagi 
donadorlik darajasining saqlanishidir. U namlikka, kristallarning joylashish o’lchami, 
shakli va zichligiga, boshqa yuzalarga ishqalanish tabiatiga va xokazolarga borliqdir. 
Donachalarning mustaxkamligi dinamik mustaxkamlik ishqalanishga mustaxkamligi 
va statik mustaxkamlik bilan tavsiflanadi. Dinamik mustaxkamlik ma’lum 
balandlikdan tashlanganda donachalarning maydalanishi soni bilan; donachalarning 
ishqalanishga mustaxkamligi - ishqalanishi tekshirilganda xosil bo’ladigan kukun 
ulushi bilan tavsiflanadi. Statik mustaxkamligi ularni bir tekislik bo’yicha kesishdagi 
mustaxkamlik chegarasi bilan tavsiflanadi. Tabiiy og’ish burchagi. Sepiluvchi 
materialning to’kilishi natijasida to’plamning gorizontal yuza bilan xosil qiladigan 
burchagi tabiiy og’ish burchagi deyiladi. Namlik sig’imi. Namlik sig’imining 
chegarasi o’g’itning ekish agregatlaridan bir tekisda tushishini ta’minlannishdagi 
maksimal namlik bilan tavsiflanadi. O’g’itlarning sorbtsiyali namlik sig’imi 
o’g’itning belgilangan namlik va xaroratdagi xavodan yutadigan maksimal namligi 
bilan aniqlanadi. «Buferli» namlik sig’imi o’g’itning yoyilish xususiyatini 
yomonlashtirmagan xolda standart o’g’itga qo’shiladigan namlik orqali aniqlanadi. 


37 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin