178
ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli
va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik
to‘ga’risida”
gi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha taa’rif berilgan:
“Tadbirkorlik-mulkchilik suba’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va
mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy
faoliyat ko‘rsatishdir”. Tadbirkorlikning mohiyati
quyidagilar orqali yanada
oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning subyekti kim bulishi mumkin? O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
to‘ga’risidagi qonunga muvofiq baloga’at eshiga etgan har bir fuqaro o‘z mulki
asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyor etgan qonunga zid
bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning
yana bir tomoni
mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko‘rinishiga ega.
Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan
davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan
faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatining uch
turi va unga mos ravishda
tadbirkorlarning 3 guruhini aloxida ko‘rsatish mumkin:
1) yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu
turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi.
2) tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shuga’ullanuvchi
tadbirkorlar.
3) tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan
shuga’ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan,
tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi,
soglikni saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Shuga’ullanaetgan soha bo‘yicha ilm, bilimga egaligi.
179
2. Tavakkalchilikka asoslangan karorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik
kobiliyati.
3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
4. Qonunlarga itoatkorligi.
5. Innovatsiyachilikning faolligi.
6. Maqsad sari intiluvchanlik.
7. Tashkilotchilik.
8. Tejamkor bo‘lishi.
9. O‘z so‘zining ustidan chiqish.
10. Ruhiy poklik va halolligi.
11. O‘z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Dostları ilə paylaş: