O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Jadval Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisi soni va tabiiy ko`payishi (2017 y.)



Yüklə 125,78 Kb.
səhifə4/4
tarix05.02.2023
ölçüsü125,78 Kb.
#123030
1   2   3   4
Jumaboyeva.M.Q

Jadval
Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisi soni va tabiiy ko`payishi (2017 y.)

Т.р.

Туманлар ва шаҳарлар

Майдони, минг кв.км

Аҳоли
си, минг киши

Зичлик, 1 кв.км/ киши

Ҳар минг кишига (2016 й.)

Туғи
лиш

Ўлим

Табиий кўпайиш

1

Амударё

1,0

155,7

153,3

23,9

5,2

18,7

2

Беруний

4,0

153,3

37,9

22,5

5,0

17,5

3

Кегайли

2,3

77,5

33,4

22,0

5,8

16,2

4

Мўйноқ

37,9

28,4

0,8

19,4

5,7

13,7

5

Нукус

1,0

44,9

44,5

22,7

5,6

17,1

6

Тахтакўпир

21,1

40,6

1,9

21,5

5,9

15,6

7

Тўрткўл

7,5

167,1

22,0

21,3

5,4

15,9

8

Хўжайли

0,9

143,3

159,7

22,7

5,8

16,9

9

Чимбой

2,0

98,9

49,1

22,4

6,0

16,4

10

Шуманай

0,6

40,3

67,3

21,7

5,8

15,9

11

Элликқала

5,4

123,4

22,5

22,6

4,7

17,9

12

Қонликўл

0,7

42,0

59,4

22,3

6,0

16,3

13

Қораўзак

5,9

44,4

7,5

20,3

6,9

13,4

14

Қўнғирот

76,0

112,9

1,5

22,3

6,2

16,0

15

Нукус ш.

-

261,9

-

19,1

5,2

13,9

16

Тахиятош ш.

-

48,1

-

20,8

5,8

15,0




Жами:

166,6

1582,7

9,4

21,7

5,5

16,2

Jadval Qoraqalpog`iston Respublikasi Statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzildi.
Jami aholidan 767,5 ming kishi 15 shahar va 16 shaharchalarda, 815,2 ming kishi qishloq joylarida yashaydi. Eng katta shahar- Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti - Nukusda 261,9 ming kishi istiqomat qiladi. Xo`jayli (67,0 ming) va Taxiyatosh (48,1 ming) o`rtacha miqyosdagi shaharlar hisoblanadi. Chimboy, To`rtko`l, Beruniy, Mang`it va Qo`ng`irot shaharlarining har biriga 30-50 ming kishidan aholi to`g`ri keladi. Qolgan shaharlarda aholi soni bundan kam. Nisbatan katta qishloqlar asosan qadimdan sug`oriladigan hududlarda joylashgan.
Qoraqalpog`iston tumanlari geografik joylashgan o`rni va demografik nuqtai nazardan 5 ta iqtisodiy rayonga ajratiladi. Ular: Markaziy, Janubiy, G`arbiy, Shimoliy va Shimoli-sharqiy rayonlardir. Belgilangan hududiy tarkiblar orasida Markaziy, Janubiy va G`arbiy iqtisodiy rayonlarning iqtisodiy va demografik salohiyati birmuncha rivojlangan.
Markaziy rayonga Kegayli, Nukus, Qonliko`l, Xo`jayli va Shumanay tumanlari, shuningdek, Nukus hamda Taxiyatosh shaharlari birlashtiriladi. Iqtisodiy rayonning maydoni 5,8 ming kv.km (3,5 foiz) va aholisi 658,0 ming kishi (41,6 foiz)ga teng. Aholining o`rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 113,4 kishi. 1991-2017 yillarda shahar aholisi 372,3 mingdan 445,7 ming kishiga yoki 119,7 kishiga ko`payib, uning ulushi 67,7 foizga teng bo`ldi. Eng yirik shaharlari Nukusda-261,9, Xo`jayli-67,0 va Taxiatosh-48,1 ming kishi istiqomat qiladi.
Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Beruniy, To`rtko`l va Ellikqal`a tumanlari kiradi. Bu iqtisodiy rayon hududi 17,9 ming kv.km (10,7 foiz). Iqtisodiy rayon aholisi 1991-2017 yillarda 438,9 mingdan 599,5 ming kishiga yoki 136,6 foizga ko`paydi va shahar aholisining ulushi 37,9 foizni tashkil qildi. Mazkur yillar davomida shahar aholisi 139,8 foizga, qishloq aholisi esa 135,5 foizga o`sdi. Mintaqada shahar aholisi 26,5 foiz teng bo`lib, eng yirik shaharlari Beruniyda-55,5, Turtkul-52,1 va Mang`itda-33,7 ming kishi yashaydi.
Shimoli-sharqiy rayon Qorao`zak, Taxtako`pir, Chimboy tumanlaridan iborat. Uning Qoraqalpog`istonda tutgan o`rni: maydoni 29,0 ming kv.km., aholisi 183,9 ming kishini yoki, yuqoridagiga mos ravishda, 17,4 va 11,0 foizni tashkil qiladi. Mintaqada aholining o`rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 6,3 kishi. 1991-2017 yillar mobaynida mintaqa aholisi 120,2 foizga, shundan shahar aholisi 140,1 foizga, qishloq aholisi esa 108,8 foizga o`sgan. Eng yirik shahri Chimboy, uning aholisi 47,8 ming kishiga teng.
G`arbiy rayon tarkibiga ma`muriy jihatdan faqat bitta, Qo`ng`irot tumani kiradi; rayon hududi 76,0 ming kv.km (45,6 foiz), aholisi 112,9 ming kishi (7,1 foiz) ga teng. Aholisining o`rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 1,5 kishi. 1991-2017 yillarda mintaqa aholisi 120,6 foizga, shundan shahar aholisi 120,2 va qishloq aholisi esa 121,4 foizga ko`paygan. Ushbu rayonning shahar aholisi 72,0 ming kishini, ya`ni 63,7 foizni tashkil etadi. Eng yirik shahri Qo`ng`irot (35,5 ming kishi). Bundan tashqari mintaqada 6 ta shaharcha mavjud bo`lib, ularda jami 36,5 ming kishi yashaydi. Shaharchalarning eng yirigi Oltinko`l aholisi (25,5 ming kishi).
Shimoliy rayon tarkibiga ham ma`muriy jihatdan faqat bitta, Mo`ynoq tumani kiritilib, unga Qoraqalpog`iston hududining 23,4 foizi va aholisining atigi 3,2 foizi to`g`ri keladi. 1991-2017 yillar oralig`ida ushbu rayon aholisi 26,1 mingdan 28,4 ming kishiga (108,8 foizga) ko`paygan, xolos. Aholisining zichligi iqtisodiy rayonlar orasida eng past bo`lib, 1 kv.km maydonga 1 kishidan kam. Mo`ynoq shahrida 13,0 ming kishi, ya`ni mintaqada 45,8 foiz aholi shaharlarda yashaydi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol yo`nalishlari ham har xil. Masalan, Markaziy rayon o`zining mavqeini saqlagan holda, yaqin kelajakda Janubiy rayon rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduq-Sultonuvays-Miskin temir yo`lining qurilganligi ham ta`sir qiladi. G`arbiy rayonning istiqboldagi rivojlanishi esa, eng avvalo, Ustyurt qazilma boyliklaridan foydalanish bilan bog`liq.
Shimoli-sharqiy rayonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uzoqroq kelajakda Taxtako`pirdan sharqiy yo`nalishda Qozog`istonning tutash hududiga temir yo`l qurilishi, Chimboy tuz konlarining ishga tushirilishi bilan faollashsa ajab emas. Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo`lib qoladi va uning rivojlanishi ko`p jihatdan Orol taqdiridan kelib chiqadi. Hududlarning bunday taraqqiyot xususiyatlarini Qoraqalpog`iston Respublikasining mintaqaviy siyosatida e`tiborga olinishi ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar Qoraqalpog`iston Respublikasida aholining ham miqdor ham sifat jixatidan rivojlanish jarayonida qator ijobiy o`zgarishlar sodir bo`lganligini ko`rsatadi. Lekin, o`lkaning demografik imkoniyati uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish sur`atidan bir muncha yuqori bo`lmoqda. Hozirgi davrda xudud aholisining 32,5 foizini 0 – 14 yoshdagi bolalar tashkil etib, bu ko`rsatkich Qoraqalpog`istonning demografik jixatdan yosh o`lka ekanligini ko`rsatadi. Shuningdek, Respublikada aholining takror barpo bo`lishi ham nisbatan yuqori darajada sodir bo`lmoqdakim, bu holat yaqin kelajakda ko`plab yoshlarning ishlab chiqarishga kirib kelishidan dalolat beradi.
Bundan hulosa qilib aytish mumkinki, Qoraqalpog`iston Respublikasining demografik rivojolanishining bugungi holati uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholi bandligi bo`yicha qator muammolarni ayniqsa, ta`lim tizimini yanada mukammalroq o`rganishni, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e`tibor qaratish lozimligini taqozo etadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak har qanday mamlakat, jamiyat davlatchilik asosini aholi tashkil qiladi. Barcha ishlar inson omilini inobatga olib amalga oshiriladi. Ayniqsa bunda demografik jarayonlar, qonuniyatlar va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish har tomonlama muhim ahamiyatga ega. Barcha davlatlar qatori O’zbekistonda ham demografik vaziyat, uni nazoratga olish, boshqarish, kelajakdagi o’zarishlarni olddindan ko’ra olish juda katta ahamiyatga ega. Chunki, O'zbekistonda aholining o'sish sur’atlari ynqori hisoblanadi. So'nggi yillarda aholining tabiiy o'sishi birmuncha kamaygan bo'lishiga qaramay, u hali ham ayrim mamlakatlarga nisbatan olib qaraganda eng yuqori darajadadir. Mazkur fan aholi to'g'risidagi ma'lumotiarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish, aholining rivojlanish nazariyasini ishlab chiqish, demografik jarayonlar qonuniyatlarini nazariy asoslash va baholash, demografik siyosat va demografik prognozlash-tirishning nazariy asoslarini ishlab chiqishni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Demografiya fani demografik jarayonlar hisoblanmish tug'ilish, oiim, nikoh va ajraiishni, aholining son va sifat xususiyatlarini aholining takror barpo bo'lish qonuniyatlarini, aholining jins yosh, nikoh va oilaviy tarkibini, oilaning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyaiini, aholi migratsiyasini, demografik prognoz-lashtirish va demografik siyosatni o'rganadi. Mustaqil ishning har bir bo'limi nafaqat nazariyani, balki hozirgi holatning tahlilini ham o'z ichiga oladi. Bo'limlarning bunday tuzilishi nazariy bilimlarning mohiyatini va ma'nosini chuqur tushunishga hamda ulardan amaliyotda samarali foyda-lanishga imkoniyat yaratadi.Aynan man shu fonni chuqur o’rganish mazkur mustaqil ishning maqsadi hisoblanadi. Mazkur muntaqil ishda bir smestr davomida geodemografiya kursi bo’yicha olingan bilimlar mustahkamlandi. Umuman olganda ushbu mustqil ishlar amaliy mashg’ulotlar asosida bajarildi. Mustaqil ishda umumiy soni 10 ta mavzu bo’yicha ishlar bajarildi. Birinchi mustaqil ishda aholi umumiy soni, o’rtacha yillik aholi sonini va mutloq ko’payishini aniqlash ko’nikmasini shakllantirish va uni hisoblash yo’llari o’rganiladi. ikkinchi mustaqil ishda aholi soni dinamikasining nisbiy ko’rsatkichlarini hisoblash, uchunchi mustaqil ishda aholi yosh tarkibi ko’rsatkichlarini aniqlash va aholi yosh tarkibi piramidasini chizish, to’rtinchi mustaqil ishda aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlarini hisoblash, beshinchi mustqil ishda aholi umumiy soni ko’payishi, mexanik ko’payishi va tabiiy ko’payishini topish, oltinchi mustqil ishda tug’ilish, o’lim jarayonlarining maxsus va xususiy koeffitsientlarini hisoblash, yettinchi mustaqil ishda mavzu: aholining qarish koeffitsientini hisoblash, sakkizinchi mustqil ishda aholining mexanik ko’payish koeffitsientlarini topish, to’qqizinchi mustaqil ishda aholining reproduktiv maylini anketa so’rov usulida o’rganish, o’ninchi mustaqil ishda demografik rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chiqish kabi mavzular o’rganildi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. – T.: Tafakkur, 2011. – 159 b. 3. Qodirov R.B. Farg’ona mintaqasi aholisi va mexnat resurslari.-T.: Navro’z, 2016
2. Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N. Aholi geografiyasi. Ma’ruzalar matni. – T., 2010.
3. Bo‘rieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari (o‘quv qo‘llanma). – T.: Fan, 2018. – 156 b.
4. Bo‘rieva M. R. O‘zbekistonda oila demografiyasi. – T.,Universitet, 1997.-157 b.
5. Narodonaselenie. Ensiklopedicheskiy slovar. – M., 1994.
6. Ubaydullaeva R.A., Ata-Mirzaev O.B., Umarova N.O. O‘zbekiston demografik jarayonlari va aholi bandligi (ilmiy-o‘quv qo‘llanma). – T., 2016.

Internet saytlari:
https://e-library.namdu.uz/Demografiya.Z.N.Tojiyeva.pdf
http://ziyonet.uz
https://qrstat.uz/uz/
http://arxiv.uz
Yüklə 125,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin