76
«boshqaruv» va «menejment» tushunchalari orasida farq yo’q deb hisoblasalarda,
menejment tushunchasidan foydalanishni afzal ko’radilar.
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o’rta muddatli istiqbolda
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy
hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta’lim sohasiga
doir qator islohotlar
amalga oshirildi. Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar
asosida isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida
respublikamizda ilk bor maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son
Farmoni va
«O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga
oshiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini
yaratish,
maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish,
moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin
oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual,
ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini
tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’ lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillash-tirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy
o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik
asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari ta’lim
olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va
qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari
yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-
sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni
77
zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-
oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga
kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi
,
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus
ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori
organlari hisoblanadi. Vazirliklar o’zini vakolatlik doirasida:
- ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqaradi; ta’lim
muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik
qiladi;
- davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy
tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;
- o’qitishning ilg’or shakllari va yangi
pedagogik texnologiyalarni,
ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etadi, o’quv va
o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
- ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim
muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
- davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
- pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta
tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta’limi bo’limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari
tasarrufiga kiradi va unga bo’ysunadi.
Qoraqalpoq respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
faoliyati ikki yuqori organ
nazorati ostida tashkil etiladi:
Xalq ta’limi Vazirligining maxalliy organlari
Xalq ta’limi viloyat
boshqarmasi
Shahar xalq ta’limi
bo’limi
Tuman xalq ta’limi
bo’limi
Xalq ta’limi Vazirligi tasarrufidagi mahalliy
organlari
78
Yuqorida qayd etilgan organlar maktab faoliyati yuzasidan davlat
nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko’maklashadi. Ularning
vakolatiga maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlarini tayinlash ham kiradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq
ta’limi bo’limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab
faoliyatini o’rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg’or
tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi,
kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi, maktab direktori va
o’qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: