1.3.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy
tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining
o’ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni
o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga
yo’naltirilganligidir. Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda tarbiya
mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub’ektiv va ob’ektiv)
omillar ko’zga tashlanadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi.
Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o’qituvchi va
o’quvchilarning
birgalikdagi
uzluksiz,
tizimli
harakatlari
jarayonidir.
O’quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo’naltirilgan,
bir-birini to’ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida
ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida
tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o’tkazilishiga erishish
maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini
susaytirmaslik maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til davrida ham
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir
qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim
pedagogik talablarga amal qilish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni
qaror toptirishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu
jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol
ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo’nalishda, ya’ni, o’qituvchining
o’quvchiga ko’rsatadigan ta’siri (to’g’ri aloqa) hamda o’quvchining o’qituvchiga
nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi. Demak, tarbiya jarayoni
o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: