O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


Maktab o’quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Maktab o’quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. 
Nutqiy buzilishi bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. 
Nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, 


115 
borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korreksion) o’qitish va tarbiya 
masalasi bilan logopediya shug’ullanadi. “Logopediya” termini yunonchadan 
tarjimasi “to’g’ri nutqni tarbiyalash” ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli 
mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan 
o’rganiladi.
Nutqiy buzilishi bo’lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida 
funksional yoki organik chetlanishlar ko’zga tashlanadi. Miyaning organik 
zararlanishi sababli issiq, transportda yurish, arg’imchoqda ko’p vaqt tebranish 
bolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi, boshlari og’riydi ko’ngillari ozadi va boshlari 
aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta’sirlanishlari, jahllari chiqish bilan ajralib 
turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez o’zgaradi, 
serjahl, agressiv, bezovta bo’ladilar. Shuningdek, ularda sustlik va lanjlik 
kuzatiladi. Bunday bolalar tinch o’tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik 
va diqqatini saqlab turish qiyin bo’ladi. Juda tez xafa bo’ladilar, gapga quloq 
solmaydilar. Tanaffusdan keyin esa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin bo’ladi. 
Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning bo’shligi, 
yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi. 
Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat: 
O’quvchilar bilan logopedik puntkda korreksion ishlar butun o’quv yili 
davomida individual va guruhli shaklda olib boriladi. Nutqi buzilganlik o’ta jiddiy 
bo’lsa o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida olib boriladi. Bunda o’quvchi bilan 
davolash-sog’lomlashtirish va psixologik-pedagogik ishlarni birga olib borish 
nutqiy buzilishni tuzatishning muhim sharti hisoblanadi.
Logopedik punkt
o’quvchilarning
og’zaki va yozma 
nutqlaridagi 
buzilishlarni 
tuzatish
mavjud bo’lgan nutqiy 
buzilishlari natijasida kelib 
chiqish extimoli bo’lgan 
ikkilamchi nuqsonlarning 
oldini olish, nutqidagi 
buzilishlarni o’z vaqtida 
aniqlash 
pedagog va ota-onalar 
o’rtasida korreksion-
logopedik bilimlarni 
tashviqot qilish 
Logopedik punkt tomonidan amalga oshiriladigan 
vazifalar


116 
Logopedik yordam ko’rsatish sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy 
ta’minlash tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik 
dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud bo’lib, bu erda nutqida buzilishi 
bo’lgan bolalarga logopedik yordami ko’rsatiladi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin