O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Aqli zaif bola 
bilan korreksion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va 
ikkilamchi chetlanishlarning oldini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni 
psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o’z vaqtida o’tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog’liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus 
yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan 
korreksion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog’chalarida amalga 
oshiriladi. Aqli zaif bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar 
bog’chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o’qitish 
maxsus bolalar bog’chasidagi kabi maxsus dastur bo’yicha olib boriladi. 
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) maktablarda 
o’qitiladilar, bu yerda o’qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur 
bo’yicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o’rta ta’lim fanlari (ona tili, 
o’qish, matematika, geografiya, tarix, tabiat, fizkultura, rasm, musiqa, 
chizmachilik) bilan birga maxsus korreksion fanlarni ham o’qitiladi. Maxsus 
maktablarda mehnat ta’limi muhim o’rin egallaydi. Mehnat ta’limi IV sinfdayoq 
professional xususiyatga ega bo’lib, bolalar o’zlari bajara oladigan kasbni 
o’zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo’lib, asosiy maqsad 
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, 
atrofdagilar va o’zlariga to’g’ri baho berishga o’rgatiladilar. Ayni vaqtda 
respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-
internatlari tashkil etadi. 
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning ommaviy umumiy 
o’rta ta’lim maktabiga javob etilish holati ko’zga tashlanadi. Bunday holatda 
bolaning taqdiri, uni o’qitish va tarbiyalash ma’suliyatini ota-onalar o’qituvchi-
defektologlar bilan kelishib olishlari zarur. Normal rivojlanuvchi bolalar bilan bir 
sinfda o’qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi 
yetganicha, darsning borishiga halaqit qilmay sinf faoliyatida ishtirok etishi kerak. 
Unga biror narsaning tushunarsiz bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emas. Bu holat 
keyin o’quv materialining mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Nutq – faqatgina 
insonga xos bo’lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida 
shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to’ldirilib va boyitib 
boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o’rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion 
pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – 


114 
so’z va paideia - tarbiyalash) shug’ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan 
nutqiy buzilishlar o’z-o’zidan yo’qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksion-
logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va 
endogen (ichki) omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, 
morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy 
ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki 
diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo’ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning 
organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli 
akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug’ilishning cho’zilib ketishi yoki tez sodir 
bo’lishi, yo’ldoshga o’ralib qolishi, bolaning noto’g’ri joylashishi va boshqalar), 
malakali akusherlik yordamining ko’rsatilmasligi, chala tug’ilish kabi holatlar 
sabab bo’ladi. 
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi: 
1) 
tibbiy-psixologik nutqiy buzilish; 
2) 
psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Tibbiy-psixologik turda ko’riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi 
ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
1) 
og’zaki nutqning buzilishi; 
2) 
yozma nutqning buzilishi. 
Og’zaki nutqning buzilishi o’z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
1) 
nutq ifodalanishi fonasion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi; 
2) 
fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki 
polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikasiyalash uni pedagogik 
jarayonda qo’llashga yo’naltirilgan bo’lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni 
tuzatishga yo’naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatish metodlarini 
ishlab chiqishga xizmat qiladi. 
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko’ra nutqning 
buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi: 
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy 
rivojlanmaganligi)ning buzilishi. 
2Muomala vositalarini qo’llashdagi buzilishlar. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin