O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

Korxona faoliyati reklamasi.
Raqobat darajasi juda yuqori bo‘lgan g‘arb 
mamlakatlarida iqtisodiyotning deyarli hamma sohalaridagi bironta firma bo‘lsin u 


yoki bu shakldagi reklamasiz tirikchilik qila olmaydi. Reklama degan tushunchaga 
korxona faoliyatining har xil turlari kiradi:
- tayyorlanadigan mahsulot va uni ishlatishga mo‘ljallangan reklama; 
- korxonaning o‘zini ko‘zda tutadigan reklama
- ochiq (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) reklama; 
- yashirin (bilvosita) reklama (masalan, biror filmda buyumning ma'lum bir 
markasi ko‘rsatiladi yoki matbuotda korxonaning faoliyati va mahsulotlarining 
sifati to‘g‘risida ijodiy maqola bosib chiqariladi); 
- tovarlarni o‘tkazish, sotishni kengaytirishga yo‘naltirilgan reklama va 
hokazo. 
Demak, korxonaning o‘z maqsadiga erishishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilvosita 
yordam beradigan hamma choralarni reklama jumlasiga kiritish mumkin. 
Reklamani uch jihatdan olib ko‘rsak bo‘ladi: 
1. Firma ichki reklamasi. 
2. Jamiyatda korxona obro‘-e'tiborini oshirishni ko‘zda tutadigan reklama. 
3. Tovarlarni o‘tkazish, sotishni ko‘zda tutadigan reklama. 
Firma ichki reklamasi. Bu reklamaning asosiy vazifalaridan biri xodimlarda 
o‘z korxonasiga ishonch paydo qilish, ularda o‘zlarining taqdiri shu korxona 
taqdiriga mahkam bog‘liq, degan tuyg‘u uyg‘otishdir. 
Firma ichki reklamasining vositalari quyidagilardir: korxona tashkiliy 
strukturasining tegishli darajasi va rahbariyat bilan xodimlar o‘rtasidagi yaxshi 
o‘zaro munosabatlar; xodimlar uchun ijtimoiy imtiyozlar; firma gazetasi;
rahbarlarning jamiyatda o‘zini namunali tutishi. 
Reklamani shu jamiyatda olib qaraganda korxonaning har bir xodimi ham 
jamiyat a'zosi, ham potensial mijoz ekanligini hamisha esda tutish kerak. 
Jamiyatda korxona obro‘-e'tiborini oshirishni ko‘zda tutadigan reklama. 
Yirik korxonalarda ana shunday reklama faoliyatini amalga oshirishga doir maxsus 
bo‘limlar bo‘ladi. Ular odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga bo‘ysunadi. 
Bu reklama quyidagi vositalardan foydalanadi: 
- matbuot vakillari bilan muloqot; 
- matbuotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovarni reklama qilmasdan, korxonaning 
yutuqlarini (masalan, homiyliklarini) reklama qiladigan e'lonlar; 
- korxona rahbarlarinining mamlakat ijtimoiy hayotida ishtirok etishi 
(masalan, AQSh da menejerlar vaqtincha hukumat organlarida ishlashadi). 
Tovarlarni o‘tkazish, sotishni ko‘zda tutadigan reklama. Bu reklama 
faoliyatining asosiy sohasidir, u marketing miks tushunchasi bilan mahkam 
bog‘langan bo‘lib, tovarlarni sotishga ta'sir o‘tkazadigan bir-biriga bog‘liq 
omillarning hammasini uyg‘unlashtirib boradi. 
Reklama axborotlarining tipologiyasi quyidagilardan iborat: 
-xaridorga ta'sir etish usuli orqali; 
- ifoda etish usuli orqali; 
- asosiy maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan; 
- reklamaning iste'molchilar bilan mumkin bo‘lgan teskari aloqalar nuqtai 
nazaridan. 
Reklama axborotlarining ta'sir etish usullari quyidagilar: 


- ratsional (aql-idrok) 
- emotsional (his-tuyg‘u). 
Ratsional reklama potensial xaridorga aqlan murojaat etishdan axborot 
beradi. U xaridorni ishontirishga dalillar keltiradi, o‘zining dalillari orqali so‘z 
tfodasining shaklini tanlaydi, aytilgan so‘zlarining taassurotini kuchaytirish uchun 
chizma va rasmlardan foydalanadi. 
Emotsional reklama xotiralarni uyg‘otadi. U fikrlashga olib boradi, his-
tuyg‘ularga, emotsiyalarga murojaat etadi. G‘oya va farazlarga emotsiya orqali 
ta'sir etadi. Uning foyda beradigan usuli rasm, rang va kam darajadagi ovoz.
Reklamalar sof ratsional yoki sof emotsionallardan iborat. Biroq reklama 
xabarlarining soni ko‘p, juda ko‘p desa ham bo‘ladi. Shu ikki ko‘rinishni o‘zida 
namoyon etadi. 
Ifoda etish usuli bo‘yicha reklama «qattiq» va «yumshoq» qa bo‘linadi. 
«Qattiq» reklama qisqa, tez usulda maqsadni bayon etish, ob'ektga obraz orqali 
ta'sir qilish, qichqirish orqali xaridga e'tiborni tortish, e'lonning foydasini hisobga 
olgan holda targ‘ib etish kabilarni o‘z ichiga oladi. «Yumshoq» reklama faqatgina 
tovar va uning markasi haqidagi xabarni ifodalab qolmay, tovar atrofida foydali 
atmosfera yaratadi. 
Ko‘pincha emotsional reklama bu belgilarda o‘yinlar orqali, chuqur 
motivlarda o‘ynaydigan simvolikalar yordamida amalga oshiriladi. U asta-sekinlik 
bilan potensial xaridorni qandaydir tovarga qaratib, ichki bir kuch uyg‘otib 
xaridorni xarid qilishga tayyorligini shakllantiradi. Asosiy maqsad va vazifa nuqtai 
nazaridan reklamaning quyidagi ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin: 
- Imidj reklama - bu reklamaning jamiyatda yaratish maqsadida bo‘lgan 
prestij korxonasi. 
- Rag‘batlantiruvchi reklama 
- Reklamaning mustahkamligi 
-Firma ichidagi reklama 
- Mahsulot sotilishini kengaytirish maqsadidagi reklama 
- nasihatgo‘y reklama 
- solishtirma reklama 
- eslatuvchi reklama 
- mustahkamlovchi reklama 
- axborot beruvchi reklama 
- ogohlantiruvchi reklama 
- chorlovchi reklama. 
Imidjli reklama asosan xaridorning , sherikdagi tovarning va firmaning 
qulay obrazini (imidj) yaratishga qaratiladi. Unda noziklik ishning foydasi, 
mijozlarga mehribonlik va mustahkamlik fazilatlarini ko‘rsatish joiz. 
Rag‘batlantiruvchi (qiziqtiruvchi) reklama asosan xaridor ehtiyojini aynan 
shu firmaning mahsulotini xarid etishga qiziqtirishga qaratiladi. Bunda asosiy 
urg‘u beriladigan jihatlari aynan shu firma mahsulotlarining asosiy afzalliklarini
ularning boshqa aynan shunday o‘xshash tovar va xizmatlar bilan solishtirganda 
ijobiy natija ko‘rsatadi. 


Mustahkamlovchi reklama asosan xaridor va sheriklarni firma ishining 
natijasida mustahkamlik haqida, uning bozor sharoitidagi turg‘unligi to‘g‘risida 
ham axborot berishga qaratilgan. 
Firma ichidagi reklama ishchilarda o‘zining korxonasiga ishonch tuyg‘usini 
uyg‘otishga qaratilgan, ularda uning tag‘diri bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro tor 
aloqalar hissini tug‘diradi. Agar har bir korxona a'zosi o‘z faoliyatiga kerakli 
choralar ko‘ra olsa, ular uchun javobgarlikni bo‘yniga ola olsa, bu holda ishchilar 
firmadagi ishlaridan qoniqish hosil qiladilar va jamiyatga shu firmaning 
reklamasini yetkazadigan bo‘ladilar.
Ichki firma reklamasining vositalari: 
- firma gazetasi; 
- ishchilar va rahba
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin