Radio va televidenie, transport, ko‘cha, xiyobonda, idora va muassasalarda va
hokazo joylarda reklama insonning hayot tarziga aylanib qolgan.
G‘arbda marketing sohasida bozorni ruhiy tahlil yo‘li bilan o‘rganish usuli
so‘nggi vaqtlarda keng rusum bo‘lib qoldi.
Reklama
korxonaning butun faoliyatini, ya'ni uning tashqi ko‘rinishi,
xodimlarning yurish-turishi, kotiblarning telefondagi ovozidan tortib tovarning
nomi, o‘rovi, mijozlarga xizmat ko‘rsatishigacha bo‘lgan butun faoliyatini har
tomonlama o‘z ichiga oladi
Tovarlar sifati jihatidan nechog‘liq kam farq qiladigan bo‘lsa, ularni shuncha
ko‘proq reklama qilish kerak.
Keng iste'mol tovarlari reklamasiga bo‘ladigan sarf harajatlar o‘rta hisobda
hajmining 5 foizidan 15 foizigacha boradi.
Reklama ishini rejalashtirishda hisobga olish kerak bo‘lgan
asosiy narsalar
quyidagilardir:
tovarning holati: iste'molchi rag‘batlariga nisbatan; raqobatga nisbatan;
reklama maqsadi: tovarning ma'lumlik darajasi; unga beriladigan ma'lum
imidj (obraz);
reklama ob'ekti: kim (iqtisodiyot sohasi, reklamani kim tavsiya etadi, kim
hal qiladi); uning strukturasi (firmaning katta-kichikligi, tuzilishi, ruhiy omillar);
reklama mazmuni: konsepsiyasi (nima reklama qilinadi);
reklama vositalari: qanday qilinadi (reklamani matn, grafika orqali yoki
badiiy vositalar bilan eng yaxshi samara beradigan darajaga yetkazish usullari);
reklama byudjeti: umumiy byudjeti (mavsum omilini hisobga olgan holda);
raqobatchilarning reklama imkoniyatlariga qiyosan olganda;
reklama chora-tadbirlarining rejasi: reklamaning nechog‘lik tez-tez
takrorlanib turishi; sifati;
rentabelligi; konkret reklama vositalari bo‘yicha
taqsimlanishi;
vaqt e'tibori bilan olganda reklama chora-tadbirlarining rejasi: reklama
komponentlarining muddatlari;
batafsil kalkulyasiyasi: odatda reklama mahsulotining sotiladigan bahosiga
qarab ming donasi yoki boshqa birliklari hisobidan olinadi;
reklamaning samaradorligi ustidan nazorat: sotuvlar hajmidan sarflangan
mablag‘larni qiyoslab ko‘rish.
Tovar o‘rovining roli. Tovarlarning o‘rovi birinchi qarashda xalq
xo‘jaligining uncha ahamiyat tutmaydigan va juda ham zarur bo‘lmagan
sohalaridan biri bo‘lib ko‘rinadi, lekin so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida bu soha
katta sur'atlar bilan rivojlanib kelmoqda.
G‘arbda hamma tovar va mahsulotlar o‘rog‘liq holda sotiladi.
Tovar yoki mahsulotning o‘rovi:
- tovarlarni buzilish va
shikastlanishdan saqlaydigan; transportda tashish,
unga ortish va tushirish uchun oson va qulay bo‘lishini ta'sinlaydigan;
- hajmi va og‘irligi jihatidan tovarni sotish uchun eng qulay birliklarni
yaratishni ta'minlaydigan;
- muhim reklama rolini o‘ynaydigan bo‘lishi kerak.
Tovar yoki mahsulot o‘rovining ko‘rinishiga ta'sir qiladigan omillar:
- tovarning transport vositalari, ombor vositalaridan unumli foydalanishga
imkon beriladigan og‘irligi va hajmi, bunda transport
tariflarining tinmay ortib
borayotgani hisobga olinadi;
- avtomatlashtirish, transportda tashish va mijozlar omborida saqlash uchun
o‘rov vositalarining nechog‘lik moslanganligi va hokazo.
Reklama jarayonida 4 ta qiziqarli tomonlar mavjud:
- reklama beruvchi
- reklama tarqatuvchisi
- reklama agentligi
- reklama iste'molchilari.
Aniq reklama agentliklaridan biri ovoza qiladi: «... mustaqil ishbilarmon
korxona, ishbilarmon insonlar va ijodiy mehnat shaxslaridan iborat ishlab
topadigan, reklamani tayyorlab axborot tarqatish
vositalariga joylashtiradigan,
mijoz topshirig‘i asosida ish yuritadigan, o‘z tovari xizmatining xaridorini topishni
xohlaydiganlar uchun xizmat qilamiz».
Barcha reklama agentliklarini uch asosiy qismga ajratish mumkin bo‘ladi:
- ixtisoslashgan va taklif etilgan reklama xizmatlari
- naqdli yoki xususiy korxonaviy bazaning yo‘qligi
- mavjudlik yoki reklama kanali yo‘qligi.
Reklama agentligi faoliyati to‘rtta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
1. Buyurtmachilarning e'tiborini qaratish va hamkorlik: menejment
2. Reklamani omadli ishlab chiqarish va yo‘lga qo‘yish san'ati: rassomlar,
ssenaristlar, fotograf, rejisserlar yordamida;
3. Reklamani tayyor mahsulot holiga keltirish: poligrafiya va tiraj
yordamida;
4. Reklamani gazeta, jurnal va televideniega taqdim etish.
Kuzatishlarga qaraganda reklama odamni ruhan quvvatlantiradi. Chunki
inson o‘zi haqida qayg‘urishni, e'tiborni, yaxshiroq hayot kechirishni istaydi.
Dostları ilə paylaş: