- Potensial xaridorda aynan shu reklama qilinayotgan tovarni faqat
raqibidan emas, balki, shu firmadan xarid qilishga undash.
- Sotilgan tovar, xizmatlar uchun rag‘batlantirish.
- Tezkor tovar aylanishiga imkon yaratish.
- Xaridordan har doimgi mijoz, aynan shu firmaning tovaridan xarid etishga
undan va maqsadga yetish.
- boshqa firmalarda ishonchli sherik obrazini yaratish.
- Iste'molchiga firma va uning tovari haqida eslatish.
Tajribada reklama juda kam hollarda bir maqsadni ko‘zlaydi, qonundagidek,
bir reklama tadbirida maqsadlar kesishadi.
Reklama faoliyati boshidan oxirigacha bozorni chuqur o‘rganishga
asoslanadi.
Ma'lum bir maqsadga qaratilgan reklamaning vazifalari quyidagilardan
iborat:
- korxona obro‘-e'tiborini ko‘tarish. Tovarni tayyorlagan korxona xaridorga
tanish va yaxshi nom chiqargan bo‘lsa, ana shu taqdirdagina xaridor tovarni yuqori
bahoda sotib olishga tayyor turadi;
- mazkur tovarga ehtiyoj paydo bo‘lishiga ko‘maklashish, ya'ni talabni
yuzaga keltirish;
- iste'molchilarga tovar to‘g‘risidagi zarur axborotni berish;
-tovarlarni o‘tkazish, sotishni ta'minlash, shu sohada erishilgan natijalarni
qo‘llab-quvvatlash va kengaytirib borish.
Reklama faoliyatining asosiy tamoyili, muvaffaqiyatining muhim sharti
xaridor eslab qoladigan va konkret tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy
muomalaga kiritishdir. Mana shuning uchun ham korxona reklamasining asosiy
mavzui o‘zgarmasligi kerak; tovarga va uni tayyorlab chiqargan korxonaga
ishonch hosil qilish; mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqish.
Reklama iste'molchining ruhiyati, xarid qilinadigan narsani tanlab olishdagi
rag‘batlarini o‘rganish va tahlil qilib chiqish bilan mahkam bog‘langan: mazkur
tovarga muayyan obraz (imidj) berish; tovarning firma nomi, tashqi ko‘rinishi va
o‘rovlari qanday bo‘lishini ishlab chiqishdan oldin potensial xaridorlar doirasini,
ularning madaniy saviyasini, urf-odatlari, o‘rganishlari va boshqalarni har
tomonlama tahlil qilib, aniqlab olish kerak.
Dostları ilə paylaş: