Bosh og’rig’i,bosh aylanishi,darmonsizlik,kayfiyatning pasayishi,eslash qobilyatining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu holatlar keyinchalik,ayniqsa qariyalarda,nogironlikka olib kelishi mumkin.
Bo’yin shikastlanishlari
Bo’yin sohasida eng muhim anatomik va funksional tuzilmalar joylashgan. Shuning uchun arzimagan shikastlanish ham hayotga havf soluvchi oqibatlarga olib kelishi yoki travmadan keyin bemor holatini keskin tomonga o’zgartirib yuborishi mumkin.
Bo’yin jarohatlari quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: bo’yin umurtqalari boylamlari va disklari shikastlanishi,bo’yin umurtqasini qamchisimon sinishi,bo’yin umurtqalari tanasini sinishi,bo’yin umurtqalari lat yeyishi.
Bo’yin qismini keskin yoki kordinatsiyalashmagan harakatlarida bo’yin umurtqalarini tutib turuvchi bog’lamlar qisman yoki to’la uzilishi yoki umurtqalar orasidagi disklar yorilishi mumkin.
Belgilari:
Kichik harakatlarda bo’yin zararlangan qismida har xil intensivlikdagi og’riqlar;
Og’riq indromini yo’talganda yoki yutinganda bo’yin sohasida kuchayishi.
Harakatni cheklanishi.
Bo’yinnni bir hil holatda tutib turganda keskin otilib ketyotganday hissiyot bo’lishi.
Bo’yinni qamchisimon sinishi
Bo’yinni birdan oldinga va orqaga harakatida bo’yin umurtqalararo bo’g’imlari sinishi yoki bo’yin umurtqasi bog’lamlarini shikastlantirishi mumkin.
Bu holat suvga sho’ng’iganda,sport bilan shug’ullanayotganda,kutilmagan yiqilishlarda va transport jarohatlarida kuzatilishi mumkin.
Belgilari bo’yinda og’riq,bosh aylanishi,ko’ngil aynishi,qusish haraktlari. Ko’p hollarda og’riq umurtqa pog’onasi,ko’krak qafasi va bel sohasiga tarqalishi mumkin.
Ba’zan belgilar jarohat olgandan keyin bir necha soat yoki bir necha kundan keyin kuzatilishi mumkin.
Bo’yin umurtqalarini tana qismini sinishi
Bu shikastlar bo’yin qismini bosh tomondan qattiq bosilishi yoki boshqa qattiq urilishi natijasida yuzaga keladi.
Belgilari asosan singan umurtqa joylashgan sohalarda og’riq bilan harakterlanadi.
bundan tashqari singan sohada mushaklarda shish,qo’llarda sezgi buzilishi yoki vaqtinchalik paralichlar kamdan-kam hollarda bosh og’rig’I,yurak urib ketishi,bosh aylanishi.