Bu holat bosh miya chayqalishiga nisbatan og’irroq o’tadi va bosh miya to’qimasi,miya pardalari ko’proq zararlanadi,qon tomirlari uziladi,qon pardalar orasiga chiqishi natijasida meningeal belgilar paydo bo’ladi. Bosh miyada qon va bosh miya susyuqligi aylanishi buziladi,miya to’qimalarida nekroz paydo bo’ladi.
Bosh miya jarohatlaridan keyin hushdan ketish bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Bunda asab tizimiga taaluqli belgilar 2 guruhga bo’linadi.
Umumiy miya belgilari – bosh og’rig’I,ko’ngil aynishi,qusish,bosh ayalanishi,bular miya ichidagi bosimni oshib ketishi natijasida sodir bo’ladi.
2. Mahalliy miya belgilari – yengil anizokoriya,nistagm,parezlar,nutq buzilishlari va qaltirashlar bilan kechadi. Yengil shaklida umumiy miya belgilari ko’p rivojlanmagan,mahalliy miya belgilari esa miya chayqalishidagidan ko’ra ko’proq saqlangan bo’ladi. Yuzda assimetriya,nistagm yoki nistagmoid,gapirishning buzilishi,mushaklar tonusining oshishi,meningeal belgilar bo’ladi.
Bosh miya ezilishi
Bunda bosh miyaning to’qimalari qisilib,ularda organik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Miyaga qon quyiladi. Bu qon qattiq miya pardasi va suyak orasida bo’ladi. Miya pardalarida qon quyilishi epidural gematoma deyiladi. Dastlab,klinik manzara bo’lmasligi mumkin. 12-36 soatdan so’ng,gematoma kattalshgandan keyin,4-5sm bo’lgach klinik manzara kuzatiladi.
Davosi
Bemor hamma vaqt to’shakda yotishi kerak. Bosh miya jarohatlarining asoratlariga natriy bromid,gumizol,kofein,amitriptillin,soapaks,frenalon,bioxinol,serebrolizin,nootropil,glutamin kislota va fizioterapevtik muolajalar,elektroforez 3% li kaliy yodid,4 % li mumiya eritmasi ensa sohasiga buyuriladi. Uqalash,davo mashqlari hamda iglorefleksoterapiya muolajalari tavsiya etiladi.
Shikastlanish yuz bergan joyda eng avval nafas yo’llarining o’tkazuvchanligini ta’minlashga qaratilgan birinchi yordam ko’rsatilishi kerak. Gipoksiya va giperkapniya yuzaga kelishini oldini olish maqsadida maska orqali kislorod yordamida giperventilyatsiya qilish maqsadga muvofiq. Shikastlanganlarni transportirovka vaqtida 100 %li kislorod bilan nafas oldirish kerak. Bosh miya shikastlanishining o’rta darajasida qisqa muddatli ishemiya,gipoksiya yoki gipotoniya ortga qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bir vaqtning o’zida shikastlanganlarga eritmalar tomirga quyish boshlanadi. Qon oqishini to’xtatish uchun qattiq bog’lam qo’yiladi.
Kasalxonaga yotqizishga es-xushning yo’qotilishi,amneziya,o’choqli nevrologik simptomlarning borligi,kalla suyaklarining ochiq sinishlari,burun va quloqdan qon yoki likvor oqishi,epileptik tutqanoqlar,xamda bosh og’rig’iga shikoyati bo’lgan bemorlar kiradi.
Engil bosh miya shikastlanishida – bosh miya chayqalishida va bosh miyaning yengil darajada lat yeyishida – simptomatik terapiya: analgetiklar,sedativ moddalar,uyqu buzilishida uxlatuvchi dori moddalari qo’llaniladi. Bosh miya chayqalishida 3-5 kun yotoq rejimi,kasalxonada 3-4 kun kungacha yotish tavsiya qilinadi. Bosh miyaning yengil darajada lat yeyishi – 5-7 kun. Bosh miya lat yeyishining o’rta va og’ir darajasi bo’lgan shikastlanganlar kasalxonada uzoqroq 3-4 haftagacha davolanadilar.