O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fan: Tibbiy bilim asoslari Mavzu: Bosh,bo’yin,umurtqa shikastlanishi



Yüklə 105,08 Kb.
səhifə3/5
tarix24.05.2022
ölçüsü105,08 Kb.
#116145
1   2   3   4   5
Bosh,bo’yin,umurtqa shikastlanishi.

Posttravmatik sindrom

  • Bosh og’rig’i,bosh aylanishi,darmonsizlik,kayfiyatning pasayishi,eslash qobilyatining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu holatlar keyinchalik,ayniqsa qariyalarda,nogironlikka olib kelishi mumkin.

Bo’yin shikastlanishlari

  • Bo’yin sohasida eng muhim anatomik va funksional tuzilmalar joylashgan. Shuning uchun arzimagan shikastlanish ham hayotga havf soluvchi oqibatlarga olib kelishi yoki travmadan keyin bemor holatini keskin tomonga o’zgartirib yuborishi mumkin.
  • Bo’yin jarohatlari quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: bo’yin umurtqalari boylamlari va disklari shikastlanishi,bo’yin umurtqasini qamchisimon sinishi,bo’yin umurtqalari tanasini sinishi,bo’yin umurtqalari lat yeyishi.
  • Bo’yin qismini keskin yoki kordinatsiyalashmagan harakatlarida bo’yin umurtqalarini tutib turuvchi bog’lamlar qisman yoki to’la uzilishi yoki umurtqalar orasidagi disklar yorilishi mumkin.
  • Belgilari:
  • Kichik harakatlarda bo’yin zararlangan qismida har xil intensivlikdagi og’riqlar;
  • Og’riq indromini yo’talganda yoki yutinganda bo’yin sohasida kuchayishi.
  • Harakatni cheklanishi.
  • Bo’yinnni bir hil holatda tutib turganda keskin otilib ketyotganday hissiyot bo’lishi.

Bo’yinni qamchisimon sinishi

  • Bo’yinni birdan oldinga va orqaga harakatida bo’yin umurtqalararo bo’g’imlari sinishi yoki bo’yin umurtqasi bog’lamlarini shikastlantirishi mumkin.
  • Bu holat suvga sho’ng’iganda,sport bilan shug’ullanayotganda,kutilmagan yiqilishlarda va transport jarohatlarida kuzatilishi mumkin.
  • Belgilari bo’yinda og’riq,bosh aylanishi,ko’ngil aynishi,qusish haraktlari. Ko’p hollarda og’riq umurtqa pog’onasi,ko’krak qafasi va bel sohasiga tarqalishi mumkin.
  • Ba’zan belgilar jarohat olgandan keyin bir necha soat yoki bir necha kundan keyin kuzatilishi mumkin.

Bo’yin umurtqalarini tana qismini sinishi

  • Bu shikastlar bo’yin qismini bosh tomondan qattiq bosilishi yoki boshqa qattiq urilishi natijasida yuzaga keladi.
  • Belgilari asosan singan umurtqa joylashgan sohalarda og’riq bilan harakterlanadi.
  • bundan tashqari singan sohada mushaklarda shish,qo’llarda sezgi buzilishi yoki vaqtinchalik paralichlar kamdan-kam hollarda bosh og’rig’I,yurak urib ketishi,bosh aylanishi.

Yüklə 105,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin