O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»



Yüklə 8 Mb.
səhifə67/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

Mulk huquqi dastasi

Mulk huquqi quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  1. Egalik qilish, ya’ni boylikni nazorat qilish huquqi.

  2. Foydalanish huquqi.

  3. Boshqarish, ya’ni boylikdan kim, qanday foydalanishini ta’minlash masalasini hal etish, echish huquqi.

  4. Daromad olish huquqi, ya’ni boylikdan foydalanishdan kelgan natijalarga ega bo’lish huquqi.

  5. Tasarruf qilish, ya’ni boylikni begonalashtirish, boshqacha aytganda sotib yuborish, iste’mol qilish, o’zlashtirish yoki yo’q qilib yuborish huquqi.

  6. Xavfsizlik, ya’ni boylikni ekspropriatsiya (tortib olish) qilishdan, tashqi muhitdan, chetdan etkaziladigan ziyonlardan himoya qilish huquqi.

  7. O’z boyligini meros qoldirish huquqi.

  8. Boylik sohibi bo’lishning muddatsizligi huquqi.

  9. Tashqi muhitga zarar keltiradigan tarzda mulkdan foydalanish usullarini ta’qiqlash.

  10. Qarzini to’lash javobgarligi, ya’ni boylikdan qarzni to’lash uchun foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lish.

  11. Buzilgan huquqni tiklash tartibi va institutlarning mavjud bo’lishini ta’minlash.


Ana shu xuquqlarni bir butun holda olib qarasak, ularni umumiy ravishda quyidagi sifatlari: universalligi, mulkni faqat uning egasiga tegishli bo’lishi, qo’lmaqo’l o’tishi, huquqiy ta’minlanganligi bilan biron bir qaror qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi.



  1. Tarqatiladigan material

Mulk huquqining aniq belgilangan sifatlari:
Universalligi.
Hamma tovarlar, xizmatlar va resurslar mulk hisoblanadi. Ulardan foydalanish, imtiyoz va cheklashlarning barchasi belgilangan.
Mulkning faqat mulk egasiga tegishli bo’lishi.
Mulkka egalik qilish va foydalanishdagi xarajatlar va olingan foyda, natija mulk egasiga qarashli bo’ladi. Ulardan boshqalarning foydalanishi, sotish yoki ijaraga berish orqali amalga oshishi mumkin.
Mulkning qo’lmaqo’l o’tishi.



Mulkchilik huquqi bir mulk egasidan boshqasiga o’tishi mumkin. Bunda mulkni merosga qoldirish, sotish, hadya qilish, qarzni to’lash kabilar orqali mulk qo’ldanqo’lga o’tishi mumkin.
Huquqiy ta’minlanganligi.
Mulkchilikning barcha huquqlari qonuniy yo’l bilan himoya qilingan. Boshqa kishilar tomonidan sanktsiyasiz birovning mulkini egallab olish, yoki nazorat qilish man qilingan.


Bu materiallardan talabalar tadqiqot o’tkazish jarayonida foydalanadilar.


Amaliy o’yin tadqiqot tafsiloti.

Ixtiyoriy ravishda o’yinda ishtirok etish uchun 10 nafar talaba doska oldiga chiqariladi. Ular aylana shaklida yonmayon turishlari kerak. Aylananing diametri 2 metrdan kam bo’lmasin. Doskaga o’yinda qatnashayotgan talabalar ismi yoziladi. O’yin 1 daqiqadan 2 raund bo’lishi tushuntiriladi.
Talabalarning birinchi raundda erdan olgan har bir cho’pi uchun 0,1 ball, ikkinchisi esa 0,2 ball berilishi alohida ta’kidlanadi. O’qituvchi aylanaga skrepka, gugurt cho’pi yoki boshqa narsani (biz gugurt cho’pini tanladik) sochib tashlaydi.
Avvaliga talabalar cho’plarni ikkinchi raundda teramiz, deb o’zaro kelishishga harakat qilishi mumkin. Lekin baribir biror talaba cho’pni terishni boshlaydi. Unda qolganlar ham yoppasiga terishga tushadilar, natijada birinchi raunddayoq cho’plar terib bo’linadi.
Yordamchi talaba doskaga har bir talabaning tergan cho’pi miqdorini yozib qo’yadi.
2. Skotch bilan pol 10 ta kvadrat bo’lakka bo’linadi. Har bir talabaga ma’lum bir kvadrat beriladi. Talaba o’z kvadrati yonida tursin. Talabalarga faqat o’z kvadratidagi cho’pnigina terishi mumkinligi uqtiriladi. Qolgan shartlar xuddi birinchidagidek amalga oshiriladi. O’qituvchi cho’pni hamma kvadratlarga tushadigan qilib sochadi. Agar cho’plar lentani ustiga tushgan bo’lsa, uni kvadratlarga olib tashlanadi.
Bunda talabalar shoshmay, 2raundda poldan cho’plarni terishadi. Chunki unga tegishli cho’pni hech kim tera olmaydi. Raund tugagach terilgan cho’plar miqdori va ballar doskaga yoziladi.



Talabal ar ismi

Birinchi o’yin

Ikkinchi o’yin

1raun

2raun

ball

1raund

2raun

ball

Odiljon

10

0

1,0

0

10

2,0

Olimjon

8

0

0,8

0

9

1,8

Erkinjo

9

0

0,9

0

10

2,0

Nuriddi

8

0

0,8

0

7

1,4

Xusnid

5

0

0,5

0

4

0,8

Azmidd

4

0

0,4

0

6

1,2

Abduha

3

0

0,3

0

4

0,8

Abduha

6

0

0,6

0

6

1,2

Abduxo

6

0

0,6

0

2

0,4

Anvar

7

0

0,7

0

2

0,4

O’qituvchi talabalarni o’yinda qatnashgani uchun minnadorchilik bildirib, hammalarini o’tirishga taklif etadi, so’ngra talabalarga savol bilan murojaat qiladi: jamiyatning maqsadi cheklangan resurslardan samarali foydalanish. O’yinimiz bo’yicha eng ko’p foyda olish uchun cho’plarni qachon terishni boshlash kerak (ya’ni resurslarni samarali joylashtirish uchun)?


Ikkinchi raundda.

Sababi, ikkinchi raundda ular uchun (ularning qadri) jamiyat ikki barobar yuqori haq to’lashga tayyor.
Savol: Nima sababdan hamma talabalar birinchi o’yinda, birinchi raunddayoq hamma cho’plarni terib bo’lishdi? Vaholanki, ikkinchi raundda ikki barobar qimmat to’lanardi? Buning
farqi nimada? Talabalar turlicha fikr bildirishi mumkin. Birinchi raundda cho’plar umumiy, hech kimga tegishli emas, kim birinchi bo’lib ko’proq terishga ulgursa, shuncha ko’p ball yig’adi (pul oladi). Oldinroq harakat qilsa ko’proq yig’ishi mumkin. Boshqalarni qancha, qaerdan terishini hech kim nazorat qilmaydi. Ikkinchi raundgacha nima qoladinoaniq. Har bir talaba o’z manfaatidan kelib chiqib, ikkinchi raundni kutishdan voz kechadi. Chunki bu kutish tufayli, ikkinchi raundda qancha cho’p terish mumkin, umuman, qanchasi qoladi, yoki qolmaydinoaniq. Shuning uchun ham hech bo’lmaganda, bir talaba terishni boshlaydi. Uni ko’rib, qolganlar ham shoshapisha cho’p terishga kirishib ketadi.
Ikkinchi o’yinda esa talabalar vaqtni nazorat qilish imkoniga ega. Shuning uchun hamma ikkinchi raundni kutdi. Chunki endi ular faqat o’z kvadratlariga to’g’ri kelgan cho’plarnigina terishlari mumkin, ya’ni cho’plarga mulk huquqi belgilangan.
Savol: Mulk huquqining belgilanishi talabalar xattiharakatiga qanday ta’sir qildi?
Ikkinchi o’yinning 2 raundida talabalar kutishlari evaziga foyda ko’rishdi. Mulkdan samarali foydalanildi.
O’yinda yuz bergan munosabatlarga ikki xil yondashish mumkin:

  1. Talabalarni, ya’ni jamiyatni mulkka (cho’pga) munosabati;

  2. Jamiyat a’zolari (talabalar)ning mulk (cho’p) yuzasidan o’zaro munosabatlari.

Cho’p (mulk) poldan terib olingach, uni nima qilish ixtiyoriy. O’yinimizda cho’p sotilayapti. Shuning uchun birinchi o’yinda cho’plarni hamma uchun bir xil olish imkoniyati bo’lganda, biribiriga qaramay, shoshapisha terishga tushishdi. Ikkinchisida esa aksincha. Demak, bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?
Resurslar hamma uchun teng, umumiy bo’lsa, ulardan foydalanish yuzasidan hech qanday cheklash bo’lmasa, ulardan: 1) samarasiz foydalaniladi; 2) ularni tezda tugatib, yo’q qilinishigacha olib kelish mumkin; 3) ularni o’zlashtirib, ya’ni o’ziniki qilib olish jarayonida turli nizolar chiqishi mumkin.
Savol: Kishilik jamiyati taraqqiyoti natijasida qanday ob’ektiv zaruriyat kelib chiqdi va bu muammo qay tarzda hal etildi?
Albatta, bunda ham turlituman javoblar bo’ladi. O’qituvchi uning qaysi biri haqiqatga yaqinligiga qarab, baho berishi kerak.
Dastlabki insonga tabiatdagi hamma ne’matlar birday qarashli bo’lgan. Ne’matlarni iste’mol qilishi oqibatida ochlikka mahkum bo’lishdan dehqonchilikni o’rganish, ya’ni ishlab chiqarishni boshlash bilan yo’l topgan bo’lsa, tabiatda resurslarni cheklanganligi, ularni palapartish, samarasiz ishlatishdan mulkchilik munosabatlari kelib chiqishi, muvofiq ravishda mulk huquqlarini belgilash bilan yo’l topdi. Xususiy mulkchilik resurslardan eng samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi
Shunday qilib, avvaldan ilgari surgan gipotezamiz, birinchi sharoitga to’g’ri kelmas ekan, lekin ikkinchisi uchun mos tushar ekan.
O’yinni muhokama qilish jarayonida tadqiqotni yanada chuqurlashtirish uchun manfaat nima, uning mulk bilan qanday bog’liqligi bor? Nima sababdan manfaat bir tomondan ob’ektiv, ikkinchi tomondan sub’ektiv, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiy, degan qo’shimcha savollar bilan murojaat qilish mumkin. Bunda talabalarning diqqatini ehtiyojlarning ob’ektivligi, ya’ni insonning yashash uchun ehtiyojlarini qondirishi zarurligi, ikkinchi tomondan, u har bir insonning sub’ektiv ehtiyoji tarzida namoyon bo’lishi, ehtiyojlarni qondirish uchun ne’matlar unga tegishli bo’lishi, ya’ni o’zlashtirilishi lozimligi haqidagi fikrlarga diqqatni qaratish kerak.
Inson o’z manfaatini o’ylovchi shaxsiyatparast(egoist), shuning uchun ham xususiy manfaat umumiy manfaat bilan mos tushavermasligi, natijada umum manfaatiga zid bo’lsa ham, resurslardan samarasiz foydalanishga olib kelishini ko’ramiz.
Real hayotdan qanday misollar keltirish mumkin? Hozirda hech kimniki bo’lmagan ne’matlar bormi? Misol qilib, kitlar, ilonlar, turli hayvonlar, suv, havo kabilarni natijada ular tufayli qanday muammolar vujudga kelayotganiga qator misollar keltirish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, talabalar o’yinda o’zlarining huquqlari (o’yindan avval
o’qituvchi tomonidan e’lon qilingan shartlar bo’yicha) o’qituvchi tomonidan ta’minlanishini ko’zda tutgan holda qatnashishgan. Mulk huquqini ta’minlashning sharoitlari, kim tomonidan, qanday tarzda amalga oshirilishi haqidagi tadqiqotni birgalikda davom ettirish mumkin.
Talabalarga: Agarda mulk huquqining amalga oshirilishi davlat tomonidan nazorat qilinmasa nima bo’ladi? Mulk huquqi suiiste’mol qilinsachi, degan savollar bilan murojaat qilish mumkin.

Yüklə 8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin