O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»


Bitiruv malakaviy ishlarga qo’yiladigan talablar



Yüklə 8 Mb.
səhifə84/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

Bitiruv malakaviy ishlarga qo’yiladigan talablar

Kasb ta’limi yo’nalishidagi talabalarga bitiruv malakaviy ishlarini bajarish anchagina murakkab, qiyin ish.


Chunki ular o’tiladigan fan bo’yicha mavzuni chuqur bilishlari, har qanday savolga hozirjavob bo’lishlari, fandagi yangiliklar, unga e’tibor beriladigan va hali o’rganilishi, tadqiq etilishi zarur bo’lgan masalalardan xabardor bo’lishlari zarur. Hamda ana shu
bilimlarni o’rganish, qanday yo’l bilan, qaysi metodlar yordamida talabalar ongiga etkazish, puxta o’zlashtirishlarini ta’minlash yo’llarini ham o’rganishlari va ularning barchasini bitiruv malakaviy ishda aks ettirishlari lozim.
Bitiruv malakaviy ishda talabaning fanni nazariy jihatdan qay darajasida o’zlashtirgani, nazariy umumlashtirishi, amaliy xulosalar chiqarishi, zarur axborotni qidirish, tanlash, ularni qayta ishlash va ma’lum tartibga solish, matnda ifodalashni uddasidan qay darajada chiqqani aks etadi.
Bitiruv malakaviy ishga qo’yiladigan asosiy talab tadqiqot materiali mazmunining ilmiy jihatdan yuqori darajada asoslanganligi, ishonchliligi, ob’ektivliligini ta’minlashdir.
Bitiruv malakaviy ishga tayyorgarlik tartibi.

Talabalarga kafedra tomonidan tasdiqlangan bitiruv malakaviy ishlar ro’yxatida ko’rsatilgan mavzularni erkin tanlash huquqi beriladi. Ba’zida talaba o’zining variantini ham taklif qilishi mumkin. Lekin u tasdiqlovchi materiallarga asoslangan va dolzarb masala bo’lishi kerak.
Bitiruvchi talabalar ish mavzusini tanlashlarida kafedra tomonidan maslahat uyushtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishlarni tanlashda talabalar bajargan kurs ishlari, ilmiy doklad mavzulariga yaqin yoki ulardan kelib chiqqan holda yoki kelajakda ishlamoqchi bo’lgan bitiruv oldi amaliyotini o’tadigan o’quv yurtining taklifi bilan mavzu tanlashlari, boshqacha aytganda, boshlagan ilmiy ishlarini davom ettirishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mavzular o’quv rejasi va kelgusida olib boriladigan amaliy faoliyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Bitiruv malakaviy ishni yozish uchun tanlangan fanning asosiy mazmunidan va uni o’rganishdan qo’yilgan maqsadga mos bo’lishi ko’zda tutiladi.
Tanlangan mavzuni rasmiylashtirish uchun talaba kafedra mudiri nomiga ariza yozishi kerak. Talabalarga rahbar va mavzularni biriktirish ΙΙΙ kursda, o’quv yilining oxirida, uzog’i bilan IV kurs yangi o’quv yilining boshida amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini ilmiy rahbarlarga biriktirish institut rektorining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Talaba mavzuni olgach:

  1. Rahbar bilan muhokama qilib, uni qay darajada o’rganilgani, qanday tajribalar mavjud, zarur manbalar bormiyo’qmi aniqlanishi, yo’naltiruvchi materiallar yig’ilishi kerak.

  2. O’rganilayotgan mavzu bo’yicha adabiyotlar tanlash, ularni tahlil qilish, zarur dalillar, statistik ma’lumotlar to’plash ular bilan tanishish, saralash zarur.

  3. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi, vazifalari va kontseptsiyasini ishlab chiqib, uni rahbar bilan muhokama qilish.

  4. Ishning dastlabki kengaytirilgan rejasini tuzib, uni rahbarga ko’rsatishi zarur. Rahbar bilan muhokama qilib, kelishgan holda rejani kamchiliklari tuzatiladi.

  5. To’plangan materiallar umumlashtiriladi, dastlabki matn tayyorlanadi.

  6. Rahbarga ishning mazmuni tanishtiriladi, so’ngra u ko’rsatgan kamchiliklar ustida ishlanadi.

  7. Kamchiliklar hisobga olingan holda tayyorlangan ish qayta rahbarga ko’rsatiladi va uning roziligi bilan oqqa ko’chiriladi.

  8. Bitiruv malakaviy ishining matnini qo’yilgan talablar bo’yicha yozib, himoyaga taxt qilinadi.

  9. Rahbarning xulosasi va tashqi taqriz olinadi.

  10. Ish kafedra tomondan tuzilgan komissiyada dastlabki himoya qilinadi.



  11. Yüklə 8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin