O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə107/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Innovatsiya bu insonning aqliy mehnati natijasida yaratilgan yangilik, ilm fan yutuqlari.Innovatsiyaning bir nechta tushunchalari bor.Masalan ,innovatsiya deb ishlab chikarish jarayonning yo‘lga qo‘yilishi,biznesni yuritishda marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishi, ish o‘rinlarini tashkil etishni yoki tashqi aloqalarni o‘rnatilishini o‘zida mujassamlashtirgan faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi.
Innovatsiyaning yana bir tushunchasi xam ishlatiladi. Innovatsiya deb yangi kiritilgan yoki takomillashtirilgan maxsulot,ish ,xizmat deb xisoblanadi.
”Innovatsiya bu kelajak degani.Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak,uni aynan innovatsion g‘oyalar,innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.”8
Innovatsiya bu g‘oyaning tovarga, ishga,xizmatga aylanishi.Bu qo‘yidagi sxemada ko‘rsatilgan. Innovatsiyaning asosiy turlari texnologik, ijtimoiy, maxsulotlik, tashkiliy, marketing turlari bo‘ladi.
Bilimga asoslangan iqtisodiyot iqtisodiyotning sanoat rivojlanishidan keyingi va innovatsion iqtisodiyotning oliy bosqichi hisoblanadi. Bunda ko‘pincha “bilimga asoslangan iqtisod” atamasi “innovatsion iqtisodiyot” sinonimi sifatida ishlatiladi. Ammo bilimga asoslangan iqtisodiyot – innovaison iqtisodiyotni rivojlantirishning oliy bosqichidir.
Jahon banki ekspertlarining ta’rifiga ko‘ra: “Bilimga asoslangan iqtisodiyot – o‘zining o‘sishi va raqobatdoshligini oshirish uchun bilimlarni yaratadigan, tarqatadigan va ulardan foydalanadigan iqtisodiyotdir”9.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mutaxassislari tomonidan bilimga asoslangan iqtisodiyotga batafsilroq ta’rif berilgan, ya’ni u “bilimlar barcha tarmoqlar, barcha sektorlar, iqtisodiy jarayonlarning barcha qatnashchilarini boyitadigan iqtisodiyotdir. Ayni paytda bunday iqtisodiyot turli shakllardagi bilimlardan foydalanibgina qolmasdan, balki mazkur bilimlarni yuqori texnologiyali mahsulotlar, yuqori malakali xizmatlar, ilmiy mahsulot va ta’lim sifatida yaratadi”10 (4–chizma).
Bir so‘z, bilan aytganda iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishi mamlakat taraqqiyoti va xalq farofonligining muhim shartidir. Va bu jarayon uzluksiz, doimiy davom etadigan jarayon bo‘lishi zarur. Chunki bugungi kunda dunyoda texnika va texnoligiyalar shu qadar tez yangilanayapdiki, bu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni kuchaytirib yubormoqda. Raqobatga bardosh berish zarurati ishlab chiqarish korxonalarini texnik texnologik jihatdan, kadrlarni bilim va ko‘nikmalar jihatidan doimiy yangilab, zamonaviylashtirib borishni talab etmoqda.
Iqtisodniyotni modernizatsiya qilish jarayonlari innovatsiyalarning joriy qilinishi bilan birga yuz beradi. Birini ikkinchisisiz tasavvur qilish mumkin emas. Innovatsiya jarayonlari modernizatsiyaning ichida ketadi. Agar modernizatsiyalashni strategiya deb olsak, innovatsiya jarayonlarini strategiyani amalga oshirish borasidagi taktik faoliyat desa bo‘ladi.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin