O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə4/163
tarix13.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#140466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

MASHG‘ULOT MATERIALLARI

1-MAVZU. RAHBAR VA VAQT. “TIME MANAGEMENT”..


Darsning maqsadi
Bo’lajak menejerlarni vaqtdan unumli foydalanishga o‘rgatish, kam vaqt sarflab samarali natijalarga erishishga o‘rgatish.
Kutiladigan natija
Rahbarlar o‘z ish kunini samarali rejalashtirishni o‘rganadilar


Reja:

  1. Taym-menejment to‘g‘risida tushuncha.


  2. Ish vaqtini boshqarish


  3. «Alp» metodi yordamida kun tartibini rejalashtirish.


  4. ABC tahlil yordamida yetakchilarini ajratish


  5. Eyzenxauer prinsipi bo‘yicha tezlashtirilgan taxlil


  6. Ish bajaruvchilar ishini operativ taqsimlash


  7. Vaqtni personal qabul qilishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot.


  8. Mashg‘ulot. «Vaqt sarflovchilar»


  9. Mashg‘ulot “Barqaror va moslashuvchi”


  10. Mashg‘ulot. “Hayotiy maqsadlarim”




Jihozlanishi: har bir ishtirokchi uchun “Vaqt pirogi” sxemasi, kutishlar va natijalar radugasi, kutishlarni to‘ldirish uchun bulutchalar, oq qog‘ozlar, vaqtni o‘tkazish sabablari ro‘yxati, yashil va ko‘k kartochkalar, bajariladigan ishlar ro‘yxati, rangli qalamlar, soatlar rasmi tushirilgan blanklar, ruchkalar.

Taym-menejment to‘g‘risida tushuncha.
Time Management (ingl. “vaqtni boshqarish”) deganda vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va vazifalar orasida to‘g‘ri taqsimlash orqali yuqori samaradorlikka erishish tushuniladi. Vaqtdan oqilona foydalanish texnikalari sizga yuqori bosim va cheklangan muhlatlar doirasida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishingizga yordam beradi. Vaqtdan unumli foydalanishni bilmaslik, kishiga yuklatilgan ishlarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga hamda doimiy bosim ostida yurish natijasida holdan toyish va stress holatlariga olib kelishi mumkin1.
Hozirgi zamon odami uchun “Xamma vaqt ulgurish”, taym menejment, vaqtni boshqarish eng zaruriy xususiyatlar hisoblanadi. Ma’lumotlarning turlichaligi, voqea va xodisalarning jadallik bilan o‘zgarib borishi, vaqtida barcha ishga ulgurib, yanada qisqa vaqt mobanida ko‘proq vazifani amalga oshirishga undab bormoqda. Lekin shuning orasida dam olishga, do‘stlarga va oilamizga ham vaqt ajratishni unutmasligimiz kerak.agar bir 10 000 so‘m yo‘qotsak buni qayta ishlab topishimiz mumkin, agar 10−20 soat vaqtimizni yo‘qotsak buni qaytarib ololmaymiz.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin