O‘qitishning kontekstliligi. Bu tamoyilga ko‘ra o‘qitish, bir tomondan aniq, ta’lim oluvchi uchun hayotiy muhim bo‘lgan maqsadlarni ko‘zlaydi, ular tomonidan ijtimoiy rollarni bajarishga yoki shaxning rivojlanishiga yo‘naltirilgan, boshqa tomondan esa, ta’lim oluvchining fazoviy, davriy, kasbiy, maishiy mezonlari (shartlari) ni hisobga olgan holda quriladi.
Ta’lim natijalarini dolzarblashtirish tamoyili. Ushbu tamoyil ta’lim oluvchi tomonidan olingan bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar, shaxsiy sifatlar va shaxsiyatli yo‘nalishlarni kechiktirmay amalda qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Ta’limning elektivligi tamoyili. U ta’lim oluvchiga maqsadlar, mazmun, shakllar, metodlar, manbalar, vositalar, muddatlar, vaqt, o‘quv joyi, ta’lim natijalarini baholash hamda ta’lim beruvchilarning o‘zlarini tanlashda muayyan erkinliklar berishni bildiradi.
Reflektivlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim oluvchining o‘quv jarayoniga anglagan holda munosabatiga asoslangan, bu esa o‘z navbatida uning motivatsiyasining asosiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim natijalarining ta’lim oluvchilarning amaliy faoliyati tomonidan talab qilinganligi tamoyili. Avvalambor, bu olingan bilimlar, malakalar, ko‘nikmalarning ta’lim oluvchining mehnat faoliyatida talab qilinganliligidir.
Ta’limning tizimliligi tamoyili. U ta’limning maqsadlari va mazmunining uning shakllari, metodlari, vositalari va o‘qitish natijalarini baholashga mosligidan iboratdir. Tizimlilikni muntazamlik sifatida ham, ya’ni ta’limning uzluksizligi yoki doimiyligini rivojlantirish tamoyili deb ham tushunish mumkin, bunda avvalgi ta’lim natijalari va o‘qishga bo‘lgan yangi ehtiyojlar hisobga olinadi.
Ta’lim oluvchining rivojlanishi tamoyili. O‘qitish shaxsni rivojlantirishga, o‘z-o‘zini o‘qitishga bo‘lgan qobiliyatlarni yaratishga, insonning amaliy faoliyati jarayonida yangiliklarni egallashiga yo‘naltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |