O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi


Yer yuzasidagi oqar suvlarning geologik faoliyati



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

5.3.Yer yuzasidagi oqar suvlarning geologik faoliyati. 
Delyuvial jarayonlar. Bu jarayonlar ayniqsa tepalik, jarliklar va daryo 
vodiylarining yonbag’irlarida keng ko’lamda namoyon bo’ladi. Yotiq 
30 
55 


kattalikka ega bo’ladi. Bunday turdagi strukturalar ma‘lum 
kristallizatsiya sharoiti uzoq vaqt saqlanib turganda hosil 
bo’ladi. Bu 
strukturalar abissal jinslar uchun xosdir. 
Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi ularning qanday sharoitda 
hosil 
bo’lishidan qat‘iy nazar, magmada quyidagi oksidlarning ya‘ni 
SiO
2
,, Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
,, FeO, MgO, TiO
2
, CaO, Na
2
O, K
2
O, H
2
O ning 
necha foiz miqdorda borligiga qarab aniqlanadi. 
Magma tarkibida kremniyli va alyuminiyli oksidlar ko’p bo’ladi. 
Agar magma tarkibida SiO
2
ko’p bo’lsa, magma juda yopishqoq va 
quyuq, kam bo’lsa suyuq va harakatchan bo’ladi. Magmatik jinslar o’z 
tarkibidagi SiO
2
ning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
1. Nordon jinslar - 65-75% 
2. O’rta jinslar - 52-65% 
3. Asosli jinslar - 40-52% 
4. O’ta asosli jinslar – 40% dan kam. 
Nordon jinslarda kremniyli kislotaning miqdori 
ko’p, rangli 
silikatlarning miqdori 3-12% ni tashkil qiladi, och rangga ega. Tarkibida 
kvarts, ortoklaz, nordon plagioklaz, biotit, shox aldamchisi va ozgina 
avgit uchraydi. Nordon jinslarga granit, granit-porfir, obsidian, pemza, 
kvartsli-porfir kiradi. 
O’rta jinslar tarkibida to’q rangdagi minerallarga ( shox 
aldamchisi, biotit, avgit) nisbatan ko’p miqdorda och rangdagi 
minerallar uchraydi. Bu esa o’rta jinslarga och-kulrang yoki kulrangni 
beradi. Ochiq rangdagi minerallar ortoklaz, mikroklin, plagioklazlardan 
iborat. O’rta jinslarga sienit, traxit, sienit-porfir, diorit, andezit, 
porfiritlar kiradi (3-jadval). 
Asosli jinslardagi jins hosil qiluvchi minerallarga piroksenlar 
(avgit), olivinlar va plagioklazlar (labrador) kiradi. Ba‘zida shox 
aldamchisi mi
nerali ham uchrashi mumkin. Asosli jinslarda ko’p 
miqdorda to’q rangli minerallarning mavjudligi jinslarga to’q rangni 
beradi. To’q rang muhitida plagioklazlarning kulrang- qora donalari 
ajralib ko’rinib turadi. Bu guruhdagi tog’ jinslarining tipik namunasi 
bo’lib gabbro, bazalt, diabaz jinslari hisoblanadi. 
Magmatik tog’ jinslari yer po’stida va yuzida turli shakllarda 
yotadi. Intruziv jinslar uchun batolitlar, shtok, fakolit, lakkoli t, tomirlar, 
va effuziv jinslar uchun yopqich va oqim ko’rinishidagi shakllar 
xarakterlidir. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin