O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

4.2.Ichki tabiiy xavfli jarayonlar. Ichki tabiiy xavfli 
jarayonlarga magmatizm, yer po’stining harakati va seysmik hodisalar 
Muhitning zarralari to’lqin yo’nalishi bo’yicha siljiydi. 
Ko’ndalang to’lqinlar jismlarning davriy surilishiga yoki shaklining 
o’zgarishiga olib keladi. Yer yuzasida zilzilaning epitsentrida qattiq va 
gazsimon muhit chegarasida y
uza to’lqinlari hosil bo’ladi.
Bu to’lqinlar ko’ndalang urilish (ta‘sir qilish) xususiyatiga ega va 
epitsentrdan har ega va epitsentrdan har tomonga yer po’stining eng 
yuqori qavati bo’ylab tarqaladi hamda jinslarning to’lqinsimon 
deformatsiyalanishiga olib keladi. 
Zilzilaning kuchi, soni va davom etish muddati turlicha bo’ladi. 
Kuchli zilzilalar vaqtida to’lqin zarbalari bir necha ko’p yillar ichida 
qaytarilib turadi. Masalan: 1966 yil 26 aprelda Toshkentda bo’lgan 
zilzila vaqtida 3 oyda 600 ta zarba qayd qilingan. 
Zilzila ta‘siridan tuproqning tebranishi maxsus qurilma 
seysmograf yordamida o’lchanadi. 
Seysmografning asosiy ishchi qismi ma‘lum bir yuzada 
tebranadigan mayatnigi hisoblanadi. Zilzila vaqtida zarba ta‘sirida 
mayatnikning shtativi tuproq (er yuzi) bilan birga ogadi mayatnik esa bu 
harakatdan inertsiya ta‘sirida shtativining asosidan ортда šолади. 
Natijada mayatnik tebranadi va uning o’tkir uchi harakatlanayotgan 
tasmaga chizadi. Zilzilaning kuchiga qarab to’lqin amplitudasi turlicha 
bo’ladi va zilzila harakatining chizma tasviri bunyodga keladi. 
Zilzilalar tabiiy ofatlar ichida eng dahshatlisi va katta 
vayronagarchilik keltirganliklari uchun, odamlar qadimdan zilzilaning 
kuchini aniqlashga harakat qilganlar va ularning vayron qilish 
oqibatlarini kamaytirish usullarini qidirishgan. 
Zilzilalar odatda murakkab va turli ko’rinishda namoyon bo’ladi. 
Ularning sodir bo’lishidan avval sodir bo’lish jarayonida va so’ngra, 
turli seysmik hodisalar ro’y beradi. Bo’larga misol qilib, tog’ jinslari 
zarralarining yuqori chastotada tebranishi natijasida hosil 
bo’ladigan yer 
ostining gumburlashini ko’rsatish mumkin. Tog’ jinslarida asta-sekin 
yig’ilgan kuchlanish ularning mustahkamlik chegarasidan ortgandan 
so’ng, yer massasining to’satdan siljishi bilan bog’liq bo’lgan impuls, 
tebranishning hosil 
bo’lishiga olib keladi. 
Kuchli zilzilalar vaqtida sodir b
o’ladigan seysmik hodisalarga 
silkinish va yer qobig’ining to’lqinsimon harakati ham kiradi. Agar 
jinslar yetarli darajada egiluvchanlikga ega bo’lmasalar to’lqinsimon 
harakat yer yuzasida qayd qilinadi. Masalan: 1902 yilda Gvatemalada 
bo’lgan zilzila vaqtida to’lqin qaytargich to’lqinsimon bukilgan , 1891 
yilda Yaponiyada esa tuproqda balandligi 30 santimetrgacha, uzunligi 3-
10 metrgacha bo’lgan to’lqinsimon relef hosil bo’lgan. Andijon zilzilasi 
(1902 yil) vaqtida temir yo’l relslari uzilgan. 
40 
45 


k
iradi. Ko’pgina olimlar ichki tabiiy jarayonlarni vujudga keltiruvchi 
asosiy energiya manbai deb radiogen issiqlikni, ya‘ni yer paydo bo’lishi 
jarayonida, to’plangan, og’ir, turg’un bo’lmagan elementlarning 
parchalanishi natijasida hosil 
bo’lgan issiqlikni asosiy energiya manbai 
deb hisoblaydilar. Yer qa‘rida hosil bo’lgan bu issiqlik energiyasi 
jinslarning issiqlik o’tkazuvchanligi juda kichik bo’lganligi sababli juda 
uzoq vaqt (milliard yillar) saqlanib qoladi. 
Litosfera bilan mantiyaning chegara qismida termodinamik 
muvozanat buzilsa (harorat ortsa yoki bosim kamaysa), o’ta zichlangan 
moddalar suyuq holatda o’tadi. Suyulish natijasida moddalarning 
zichligi keskin pasayadi, hajmi katta miqdorga ortadi. Natijada bu 
qizigan suyuq moddalarning litosferaga singib kirishi uchun sharoit 
yaratiladi va suyuq moddalarning differentsiatsiyasi boshlanadi. Yer 
qa‘rining bunday qismlaridan yuqorida joylashgan cho’kindi qatlamlar 
cho’ka boshlaydi, natijada toshqobiq jinslari sinib yirik yoriqlarni hosil 
qiladi va suyuq qizigan moddalar bu yoriqlardan yer yuziga oqib chiqa 
boshlaydi. Yerning bunday qismlarida botiq yuzalar hosil 
bo’ladi. Bu 
hodisalardan tashqari yer qobig’ining pasayishi ham V.Ye.Xainning 
fikriga ko’ra, yer qa‘ridagi moddalarning zichlanishi ham sabab bo’lishi 
mumkin. 
Shunday qilib, yer qa‘ridagi moddalarning radiogen issiqlik 
ta‘sirida uzluksiz o’zgarish jarayoni, yer yuzasida vulqon hodisalari va 
yer po’stining harakati (tebranish) ko’rinishida o’zini nomoyon qiladi. 
Ko’pchilik ichki jarayonlarni uzoq vaqt o’tgandan so’ng payqab olish 
mumkin. Vulqon otilishi va zilzilalarni esa ularning namoyon bo’lish 
vaqtida kuzatish mumkin. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin