O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

10.Jorj Kyuve (1769-
1832 yillarda yashab o’tgan frantsuz olimi) 
- planetologiya faniga asos solgan. 
11.Leybnits (1646-
1716 yillarda yashab o’tgan nemis olimi)- 
XVII-asrning oxirida Yer qachonlardir qizigan nur tarqatuvchi jism 
bo’lgan degan fikrni o’rtaga tashlagan. 
12.M.V.Lomonosov (1711-
1765 yillarda yashab o’tgan buyuk rus 
olimi)-geologiya 
va mineralogiya sohasiga katta hissa qo’shgan olim. 
13.F.Moos (1773-
1839 yillarda yashab o’tgan olim) - 
minerallarning qattiqligini aniqlaydiga
n o’n balli (Moos) shkalasini 
ishlab chiqdi. 
 
14. Muhammad Ibn Muso Xorazmiy 
– «Yerning aholi 
yashaydigan joylarining tasviri» (1X asr boshlarida) nomli asari bilan 
shuhrat qozongan. Hozirgacha 
Xorazmiyning Yaqin va O’rta Sharq 
mamlakatlari xaritasi, Azov dengizi va Nil daryosi xaritalari saqlanib 
qolgan. 
15.F.N. Krasovskiy, A.A.Izotov 
– Yerning shakli va kattaligini 
ishonarli ma‘lumotlar bilan aniqladi. 
16.Klark (amerikalik olim) - X1X asrning 80-yillarida birinchi 
bo’lib Yer po’stining kimyoviy tarkibini ko’rsatuvchi jadvalni tuzdi. 
17.Nikolay Kopernik (1473-
1543 yillarda yashab o’tgan polyak 
olimi) «Dunyo jismlarining aylanishi haqida» nomli asarida birinchi 
bo’lib Yer koinotning markazi emas, faqat Quyosh atrofida doimiy 
aylanib turuvchi kichik planeta ekanligini aniqladi. 
18.Pifagor 
(eramizgacha bo’lgan 580-600 yillarda yashab o’tgan 
Yunon olimi) - Yer shar shakliga ega degan 
xulosani birinchi bo’lib 
aytgan. 
19.Per Simon Laplas (1749-
1827 yillarda yashab o’tgan frantsuz 
astronom, matematik va fizigi) -1796 yil Koinot qizdirilgan gazsimon 
jismlardan tashkil topgan va u o’z o’qi atrofida qattiq jismlar kabi sekin 
bir tekis aylanadigan birlamchi gaz tumanligidan iborat 
bo’lgan degan 
fikrni aytgan. 
60 
81 


boshlaydi. 
3.Vodiyning allyuvial yotqiziqlar bilan to’ldirilishi ikkinchi 
bosqich bilan bir vaqtda boshlanadi. Bu bosqichda oqar suvning errozion 
faoliyati, qiyalik jud
a kichik bo’lganligi va hamda tarkibida ko’p 
miqdorda loyqa bo’lganligi sababli to’xtaydi va vodiy allyuvial 
yotqiziqlar bilan to’ldiriladi. Atrof yuzalar esa tekislik shaklini oladi. 
Vodiy rivojlanishining bu bosqichida cho’kindi yotqizish 
jarayoni tashish jarayoni bilan almashinadi. 
Agar daryoning erroziya bazisi pasaysa uning ko’ndalang kesimi 
tiklanadi, daryo o’z o’zanini qaytadan jadal yuva boshlaydi va o’z 
yotqiziqlari joylashgan tekis yuzalarda yangi vodiyni hosil qilish 
boshlanadi (yangi erozion bosqich boshlanadi). Tektonik harakatning 
susayishi bilan daryoning ko’ndalang kesimi tekislanib boradi yonlama 
erroziya kuchayib vodiyni kengaytiradi va shu bilan bir vaqtda yangi 
allyuviy bilan to’ldiriladi. Ilgari hosil bo’lgan qayir yangisiga nisbatan 
yu
qori balandliklarda joylashadi va uning qoldiqlari yangi qayir bo’ylab 
cho’ziladi. Daryoda suv ko’tarilishi davrida vodiyning suv bosmaydigan 
eski qayiri, qayir usti terrasasi deyiladi. Daryo quyilish joyining bir 
necha marta pasayishi natijasida qayir usti terrasalari tizimlari hosil 
bo’ladi. 
Eng yuqorida joylashgan qayir usti terrasasi yoshi katta, qayir esa 
eng kichik yoshdagi terrasa hisoblanadi. Terrasalarga pastdan yuqoriga 
qarab tartib soni beriladi. Bir xil balandlikda joylashgan terrasalar teng 
yoshli hisoblanadi. Har bir terrasaning balandligi kengligi, zinasi va 
boshqa elementlari bo’ladi. 
Hosil bo’lishiga ko’ra terrasalar akkumulyativ, erozion va tsokol 
turlariga bo’linadi. 
Akkumulyativ terrasalar allyuviy yotqiziqlaridan, erozion 
terrasalar tub jinslardan, tsokol terrasalari esa asosan tub jinslardan, 
qisman esa allyuviy yotqiziqlaridan tashkil topadi. Akkumulyativ 
terrasalar ikki xil geomorfologik turlarga ya‘ni ustiga qo’yilgan, ichiga 
qo’yilgan terrasalarga bo’linadi. 
Allyuvial yotqiziqlarning qalinligi odatda bir necha metrdan 80-
100 metrlargacha o’zgarib turadi. Ammo ayrim Yer maydonining uzoq 
muddat bukilgan (botiq) yerlarida 400-500 metrlarga yetishi mumkin 
(Amudaryo, Turkmaniston hududida). 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin