20.
Deflyatsiya jarayonlari qanday hosil bo’ladi?
21. .
Jarliklarning hosil bo’lish jarayonini tushuntiring?
22.
Sel
oqimi deb nimaga aytiladi, uning paydo bo’lish jarayonini
tushuntiring?
23. Daryo erroziyasiga tushuncha bering?
24.
Meandralar qanday hosil bo’ladi?
25. Daryo vodiylarining yotqiziqlarida allyuviyning qanday fatsiyalari
mavjud?
26.
Daryo vodiysining shakllanishi qanday bosqichlarda sodir bo’ladi?
27. Qayir usti terrasasi deb nimaga aytiladi?
28.
Terrasalar qanday turlarga bo’linadi, ularga tushuncha bering?
29.
Muzliklar qanday hosil bo’ladi va qanday turlarga bo’linadi?
30. Muzliklarning ekzaratsiya ishi deganda nimani tushunasiz?
31. Morenalar deb nimaga aytiladi?
32. Tasmasimon gillar deb nimaga aytiladi?
33. Flyuvioglyatsial yotqiziqlari deb nimaga aytiladi?
34. Dengiz kesimi qanday mintaqalardan iborat?
35. Dengiz obraziyasini tushuntiring?
36. Polyaj deb nimaga aytiladi?
37.
Ko’llar deb nimaga aytiladi va qaerlarda joylashgan bo’ladi?
38.
Botqoqliklar qanday hosil bo’ladi va qanday turlarga bo’linadi?
39.
Ozuqalanish sharoitiga ko’ra botqoqliklar qanday turlarga
bo’linadi?
va amplitudaga ega. Bukiluvchan viloyatning kuo’tarilishi
va tushishi
uning ayrim qismlarga bo’linib turli tezlikda ayrim vaqtda qarama-
qarshi yo’nalishda harakat qilishga olib keladi. Bu hodisa geosinklinal
viloyatlarni qator ko’tarilgan balandliklar va chuqurliklarga bo’linishiga,
yer yuzasida o’ta notekis relefning va burmalangan murakkab tuzilishga
ega bo’lgan yer qismlarining hosil bo’lishiga olib keladi.
Yer tarixi rivojlanishining ayrim bosqichlari uchun nisbatan sekin
harakat xarakterlidir va bu bosqichlarda burmalanish davri tugaydi va
qit‘ada turg’un mustahkam struktura (platforma) hosil bo’ladi.
Platformalar asosida kuchli burmalangan turli tarkibdagi
intruziyalar va effuziya
lar bilan kesilgan metamorfik va magmatik tog’
jinslaridan
tashkil topgan asta-
sekin harakat qiladigan yer qobig’ining
strukturalarini kristallik fundament deb yuritiladi.
Kristallik fundament deb, ataluvchi bu jinslar ustida stratigrafik va
yotish burchag
i jihatidan nomuvofiq holda gorizontal cho’kindi jinslar
yotadi. Bu jinslarga platforma qobig’i deyiladi. Platformalar
burmalanish
qobiliyatiga ega emas, ular uchun sokin tebranma harakat
xarakterlidir. Shuning uchun platforma jinslari deyarli gorizontal holda
yotadi.
Geosinklinallarda sodir bo’ladigan burmalanish harakati ta‘sirida,
platformalar xuddi qattiq jismlar singari sinadi va uziladi.
SHu sababli platformaning ayrim qismlari pastga tushadi boshqa
qismlari esa ko’tariladi. Bu hodisa platformalarda qo’yidagi elementlarni
ajratishga imkon beradi.
Qalqonlar
– bu platformaning yaqqol ko’tarilish tendentsiyasiga
ega bo’lgan qismidir.
Plitalar
– platformaning harakatchan qismi bo’lib,
uning uchun
ko’tarilish va tushish jarayoni almashinib turishi xarakterlidir.
Sinekliz va anteklizlar
– katta maydonlarni o’z ichiga olgan,
pasaygan va ko’tarilgan strukturalardir.
Poleozoy erasi boshlanishida Yerda uning mustahkam qattiq
qismlari hosil
bo’ladi va ular bo’lajak meteriklarning asosi bo’lib xizmat
qiladi. Bu may
donlar harakatchan egiluvchan mintaqalar bilan o’ralgan
bo’ladi. Bu erada tektonik jarayonlar notekis namoyon bo’lib turadi.
Ayrim davrlar uchun (silur, toshko’mir, perm) geosinklinal viloyatlarda
kuchli
burmalanish, kuchli tik ko’tarilish xarakterli bo’lsa, boshqa
davrlar (kembriy, devon) uchun burmalanish jarayonining umuman
bo’lmasligi va geosinklinal mintaqalarning jadal bukilishi hamda
cho’kindi yotqizilishi bilan xarakterlidir.
Burma hosil qiluvchi jarayonlar magma
harakatini faollashtiradi,
natijada
magma cho’kindi jins qatlamlari orasida oqib kiradi va qotadi
68
73