ko’tarilib turishi hisobiga ham hosil bo’ladilar.
Botqoqliklar ozuqalanish sharoitiga va o’simliklarning turiga
ko’ra balandlik yerlardagi va pastkam yerlardagi turlariga bo’linadi .
Pastkam yerlardagi botqoqliklar yer relefining chuqurlashgan
qismlarida joylashadi va yassi yoki bukilgan yuzaga ega bo’ladi.
Ularning ozuqalanishida atmosfera yog’inlaridan tashqari sizot va daryo
suvlari qatnashadi. Hosil bo’lgan torf jinslari kam kaloriyali va o’zidan
ko’p kul ajratadi.
Balandlik yerlarda joylashgan botqoqliklar junlarda joylashadi
va qabargan yuzaga ega bo’ladi. Ular asosan atmosfera yog’inlari
hisobiga ozuqalanadi. Atmosfera yog’inlari chuchuk bo’lganligi uchun
bunday botqoqliklarda asosan zamburug’lar o’sadi. Zamburug’larning
chirishidan hosil bo’lgan torflar yuqori kaloriyali va kam kul hosil
qiladigan bo’ladi.
Birinchi va ikkinchi tur botqoqliklaridan tashqari oralik
toifadagi botqoqliklar ham mavjud. Ularga pastkam va balandlik
yerlarga joylashgan botqoqliklarning xususiyatlari xarakterlidir.
Dostları ilə paylaş: