CHo’kindi yotqizish jarayoni fasliy xarakterga ega bo’lganligi
uchun, bu yotqiziqlarga kichik
qatlamli tekstura xarak
terli bo’ladi. Bir
yillik qatlam qum va gil qatlamchalaridan tashkil topadi. Bu yotqiziqlar
tasmasimon gillar deyiladi. Tasmasimon gil qatlamlarida bir necha
yuztagacha kichik qalinlikdagi qatlamchalarni kuzatish mumkin.
Tasmasimon gillardan tashqari bund
ay ko’llarda yaxshi saralangan va
gorizontal qatlamlangan mayda qumlar yotqizilishi mumkin. Bunday
yotqiziqlar muzlik ko’llari yotqiziqlari deyiladi. Muzlik ostidan
chiquvchi suvlar yoyilib keng yelpig’ichsimon shleyf hosil
qilib oqadi
va yotqizilgan cho’kindilar flyuvioglyatsial (muzlik suvlari) yotqiziqlari
deyiladi.
Yer tarixida muzliklar hozirgi davrgacha bir necha marotaba
katta maydonlarni qoplagan. Masalan muzliklar proterozoy erasining
boshlarida Shimoliy Amerikaning juda keng maydonlarini, toshko
’mir
davrida esa Afrikaning, Janubiy Amerikaning
va Avstraliyaning katta
maydonlarini qoplagan. So’ngra esa muzlik bosishi perm va trias
davrlarida va oxirgisi yuqori neogen va to’rtlamchi davr boshlarida sodir
bo’lgan.
To’rtlamchi davrda uch marotaba muz bosish hodisasi bo’lgan.
Bo’lar Yevrosiyoda Grenlandiya, Shimoliy Amerika va Antarktidadir.
Dostları ilə paylaş: